logo

Zardushtiylik dini. Avesto tarixiy manba sifatida

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.9736328125 KB
Zardushtiylik dini. Avesto tarixiy manba sifatida
Reja:
1. «Avesto» zardushtiylarning muqaddas kitobi
2. «Avesto» va unda jamiyat ijtimoiy tarkibining aks etishi.
3. «Avesto» –odob va axloq qoidalari majmui.
.
  "Avesto"   O‘rta     Osiyoning   tarixan   ajralmas   qismi   bo‘lgan   Turon-zamin
hududlarida shakllangan eng qadimiy din - zardushtiylikning muqaddas  kitobidir.
Unda   O‘zbek,   tojik,   turkman,   ozarbayjon,   fors,   afg‘on   va   boshqa     xalqlarning
ibtidoiy va qadimiy ilohiy tasavvurlari, koinot va yerda dunyoning yaratilishi bilan
bog‘liq   tushunchalar,   afsona   va   rivoyatlar,   falsafiy-ahloqiy   qarashlar   o‘z   aksini
topgan.
Mazdaviylik   dini,   яъни       Zardushtiylik     дини   haqida   toki   Sosoniylar   uni
davlat   dini   deb   e’lon   qilmaguncha   hech   qanday   ma’lumot   yo’q   edi 1
.   Nothing
would  be   known   about   Zoroastrianism   (   Mazdaism)   under   the   Sasanians   had   not
one of its most outstanding religious .
U   ezgulik   xudosi   Axuramazda   bilan   odamlar   o‘rtasidagi   vakil   sifatida
maydonga chiqdi. Zaratushtra eroncha so‘z bo‘lib ushtra - tuya, zarat, - sariq ya’ni
keksa                                         tuyachi   -   tuyachilar   avlodidan   degan   ma’nolarni   bildiradi.
Zardusht     o‘ta   iste’dodli   shoir,   ilohiyot   bilimdoni,   faylasuf   olim   edi.   Yagona
xudoga ishonishgina jamiyat yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tara oladi, Shu yo‘lda
Zardusht   Navro‘z   kunlaridan   birida   kohinlar   boshchiligida   muqaddas   ichimlik
bo‘lgan xaoma tayyorlashga kirishadi. 
Xaoma tayyorlashda ishtirok etayotgan Zardusht erta tong pallasida daryodan
suv olishga qirg‘oqqa tushadi. Daryo suvining pokiza oqimidan suv olib, bir yo‘la
tahoratini   yangilayotgan   Zardushtning   ko‘ziga   qirg‘oqda   turgan   porloq   hilqat   -
Voxumana   ko‘rinadi.   Zardusht   uning   sehrli   nuriga   ergashadi.   Nihoyat,   Zardusht
ezgu va ulug‘ xudo Axuramazda huzuriga boradi. U Voxumana kabi porloq ettita
hamisha barhayot ilohiy hilqat qurshovida o‘tirar edi.
Axuramazda   shu   yerda   o‘zining   borliqni   yaratgan   xudo   ekani   haqidagi
xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. Shu vaqtda
Zardusht   40   yoshga   to‘lgan   edi.   Shu   kundan   boshlab   Zardusht   Axuramazda
dinining   payg‘ambariga   aylandi   (payg‘ambar   "ezgulik   xaqida   darak   beruvchi"
1
  History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of civilizations:A.D. 250 to 750 Multiple History Series UNESCO 
Publishing  Volume III .1996,394-403 demakdir).   U   o‘z   qavmlari   orasida   Axuramazda   dinini   targ‘ib   qila   boshlaydi.
Buning   uchun   u   gatlar   deb   atalgan,   qo‘shiq   qilib   aytishga   mo‘ljallangan   she’rlar
yaratadi.   Zardusht   gatlaridan   17   tasi   "Avesto"ning   "Yasna"   deb   atalgan   qismiga
kirgan va bizgacha saqlangan. 
Avestada Zardust tug‘ilgan yurt haqida yozilgan: “Mamlakatki, son-sanoqsiz
qo‘shinlarga   ba   hodir   boshliqlar   yo‘lboshchilik   qiladi..   O‘tloqlar   va   suvga   serob,
baland   tog‘lar   chorvachilik   uchun   zarur   barcha   narsani   yetkazib   beradi.   U   yerda
sersuv chuqur ko‘llar bor. U yerda kemalar qatnaydigan keng daryolar o‘zlarining
to‘lqinli   suvlari   bilan   shiddat   bilan   Iskat   (Skiflar),Pourut,   Mour,   Xareva(Ariya),
Gava (Sug‘dagi vil), Sug‘uda, Xvayrizam mamlakatlariga eltadi.   
Zaratushtraning tug‘ilgan vatani haqida ilmiy olamda 2 xil qarash bor g‘arbiy
va sharqiy.
G‘arbiy qarash tarafdorlari
Sosaniylar   qarashlari     Zaratushtra   Atropatenda   (Azarbayjonda)     yokiMidiya
Ragida (O‘rta asrladagi Rey Tehronga yaqin joy)tug‘ilgan deb hisoblashadi.  Lekin
faktlarni    uni  inkor  qiladi.  Ktesiyda  va  ba’zi  olimlar  (Dj.Multon)  Gatlar  Baktriya
yaratilgan degan fikrni beradi. 
Hozirgi kunda avesta O‘rta Osiyoning viloyatlarining birida yaratilgan degan.
Tols tov, Xenning, Struve. Aestoda tilgan olingan viloyatlar bugungi kunda O‘rta
Osiyoni, Afg‘oniston, Shimoli-sharqiy Eron tilga olingan. 
Aksariyat   olimlarning   fikricha   Zardusht   tarixiy   shaxs.   Zardusht   an’anaviy
tasavvurlarga   ko‘ra,   miloddan   avvalgi   VII-VI   asrlar   oralig‘ida   yashagan
(I.M.Dyakonov,   V.I.Abaev,   B.G‘.G‘ofurov).   Ammo,   Avesto   ma’lumotlariga
asoslanib   olimlar   Zaratushtrani   miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning   ikkinchi
yarmida   (XIII-XII   asrlarda   -   Meri   Boys),   miloddan   avvalgi   I   ming   yillikning
boshlarida   (X-IX   asrlar   oraligida-I.M.Steblin   -   Kamenskiy)   o‘tgan,   degan   fikrlar
ham o‘rtaga tashlangan. 
Zardushtiylarning   eng   katta   ruhoniysi   Kartir   ko’plab   joylardagi   toshlarga
yozuvlar   o’ydirib   yozdirgan.   Bu   yozuvlar   Persepol   yaqinidagi   Naqshi   Rustam   va
Naqshi Rajab va Mashhadning janubidan topilgan.  Ulardagi yozuvlar uning yashab o’tgan davrini tasvirlash bilan boshlanadi 2
. 
Xo‘sh, Zardusht qachon yashagan? Bu masalada, bizningcha, m. a. II ming yillik
–   o‘lkamizda   bronza   asri   gullab-yashnagan,   sug‘orma   dehqonchilik   va   xonaki
chorvachilik   muqim   rivojlangan,   jamiyatda   hokimlar,   ruhoniylar,   harbiylar,   hunar
ahli,   chorvadorlar,   dehqonlar   kabi   tabaqalar   yuzaga   kelib,   mehnat   taqsimoti   va
ijtimoiy   tabaqalanish   chuqurlashgan   davr   –   zardushtiylik   yaxlit   din   sifatida
shakllangan davr, deyishga to‘la asos bor. Ana shu davrda ibtidoiy diniy-mafkuraviy,
mifologik tasavvurlar saqlanib, ma’lum bir tizimga keltirilgan. Dunyoning yaxlitligi,
hayot tarzining muqim va tadrijiyligi turli-tuman ilohlarga e’tiqodni so‘ndirib, yaxlit,
yagona   sababkorni   izlashga,   uni   tanishga,   unga   iymon   keltirish   va   e’tiqod   qilishga
undagan.   Demak,   m.   a.   ikkinchi   mingyillik   o‘lkamizda   kuchli   tafakkur   izlanishlari
davri   sifatida,  xalqni  tanish,  pirovardida  yakka  xudoni  tanishda  ajdodlarimiz  uchun
o‘ziga xos ma’naviy taraqqiyot bosqichi bo‘lgan.
Avesto"   da   olam   qarama-qarshiliklardan   iborat.   Yorug‘lik   va zulmat,
hayot  va o‘lim, ezgulik va yovuzlik adolatli qonunlar va qonunsizliklar o‘rtasidagi
kurash   unda   o‘z   ifodasini   topgan.   Zardushtning   diniy   ta’limotida   ezgulikni   qaror
toptirish   ruhi   (Axuramazda)   bilan   yovuzlik   ruhi   (Axramon)   o‘rtasidagi   kurash
ta’riflanadi.   Axuramazda     ezgulikni   vujudga   keltirishda   odamlarni   imonli
bo‘lishiga   undayveradi.   Axramon   esa   unga   qarshi   odamlarni   yomon   ishga
boshlaydi.
Zardushtiylik dinida iymon uch tayanchga asoslanadi:
1) fikrlar sofligi, 2) so‘zning sobitligi, 3) amallarning insoniyligi. "Avesto" da
"Bergan   so‘zning   uddasidan   chiqish,   unga   sodiq   qolish,   savdo-sotiq   va
shartnomalarda   qat’iy   amal   qilish,   qarzni   o‘z   vaqtida   to‘lash,   aldamchilik   va
xiyonatdan xoli bo‘lish  imonlilik alomatidir", -deyilgan.
  “Avesto”   o‘lkamizda   islom   dini   yoyilguniga   qadar   (mil.   VIII   asrgacha)
ajdodlarimiz e’tiqod qilgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lgan. Bu kitob
ajdodlarimiz   yakkaxudolikka   iymon   keltirgunlaricha   uzoq   o‘tmishdan   boshlab
2
  History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of civilizations:A.D. 250 to 750 Multiple History Series UNESCO 
Publishing  Volume III .1996,394-403 ma’naviy   izlanish,   o‘zlikni   anglash   yo‘lida   bosib   o‘tgan   tafakkur   takomillashuvi
bosqichlarining mevasi sifatida bizgacha yetib kelgan buyuk merosdir.
Zardushtiylik   dini   odamlarga   bu   din   haqida   xushxabar   keltirgan   payg‘ambar
Zaratushtra nomi bilan bog‘liq holda shartli ravishda shu nom bilan   atalib kelinadi.
Aslida   “Avesto”   kitobida   bu   din   mazdayasna   dini   deb   atalgan.   Bu   so‘z   “Mazdaga
sig‘inmoq”   deb   tarjima   qilinib,   Mazda   so‘zi     “donishmand,   oqilli”ma’nosini
anglatadi.
Barcha   ezgu   borliq   Mazdaning   irodasi   bilan   yaratilgan,   deb   e’tiqod   qilingan.
Mazda   so‘zi   oldiga   Axura   –   “ulug‘lash”   so‘zi   qo‘shilib,   zardushtiylikning   ilohi-
xudosi – Axura Mazda nomi paydo bo‘lgan. 
Lekin “Avesto” haqida gap ketganda, uning tarixiy taqdirida o‘ziga xos voqealar
davri   boshlandi.   Avvalo,   arablar   ilk   harbiy   yurishlari   bilan   VII   asr   o‘rtalarida
Sosoniylar   Eroni,   so‘ngra   Markaziy   Osiyoga   kirib   kelgandayoq   ajdodlarimizning
qadimiy   dini   zardushtiylik   bilan   yuzma-yuz   kelgan   edi.   Keyinchalik   fath   ishlari
poyoniga yetib, islom dini yoyilgan pallada zardushtiy jamoalari yalpi ta’qib ostiga
tushdi.   Bu   hol   Eronu   Turon   o‘lkalarida   ayovsiz   davom   etdi.   Shu   vaziyat   taqozosi
bilan zardushtiylarning bir qismi xavfsiz o‘lkalarga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi.
Oqibatda VIII – XIII asrlar davomida bu jamoalar Hindistonning Bombay va Gujarot
viloyatlariga kelib o‘rnashdi. Bu qavmlar, asl kelib chiqishidan qat’i nazar, mahalliy
xalq   orasida   forslar   (parslar),   deb   atala   boshlandi.   Muhimi   shundaki,   ayni   shu
zardusht  jamoalari  qadimiy dinlariga e’tiqodni  saqlab  qolganliklari  tufayli  umuman
unutilishga   mahkum   etilgan   din   tizimi,   uning   urf-odatlari,   aqidalari   va   nihoyat,
muqaddas   kitobi   “Avesto”ning   asosiy,   kundalik   amaliyot   uchun   eng   zarur   va
muqaddas   hisoblangan   qismlari   saqlanib   qoldi.   Hozirgi   kunda   ham   o‘sha
qavmlarning   avlodlari   –   qariyb   150   ming   zardushtiy   Hindistonning   mazkur
o‘lkalarida o‘z dinlarini saqlab yashab kelmoqda. 
Zardushtiylik dini Sosoniylar davrida davlat dini deb e’lon qilingan.  Hukmdor
Shopur I ni Ahuramazda elchisi deb hisoblashgan 3
3
  History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of civilizations:A.D. 250 to 750 Multiple History Series UNESCO 
Publishing  Volume III .1996,394-403 Ko‘pchillik olimlarning ta’kidlashlaricha, zardushtiylik dinining ilk vatani Turon
o‘lkalari   bo‘lgan,   deb   tan   olishmoqda.   Chunki,   “Avesto”da   aks   etgan   mifologik
qatlamlar,   tarixiy - geografik   manzaralar   asos - e’tibori   bilan   Turon   o‘lkalariga,
aniqrog‘i,   Baqtriya,   Marg‘iyona,   Sug‘diyona   va   Xorazmga   xosdir.   Qolaversa,
“Avesto”ga   asos   bo‘lgan   til,   hozirgi   fors   tilining   ajdodi   bo‘lmish   qadimgi   janubi-
g‘arbiy   eroniy   tildan   farqli   ravishda,   shimoli-sharqiy   eroniy   tillarga,   xususan,
O‘zbekistonning qadimgi hududlarida amal qilgan tillarga qarindoshdir.
Sharqda   tarixiy   manbalar   “Avesto”   kitobi   mavjud   bo‘lgani   haqida   ikki   ming
yildan   ziyod   vaqt   davomida   ko‘plab   ma’lumotlarni   saqlagan.   Ovro‘pada   esa
“Avesto”   kitobi   haqida   ilk   ma’lumotlar   o‘rta   asrlardagina   paydo   bo‘lgan,   ya’ni
inglizlar   Hindistonni   istilo   qilgach,   bu   ma’lumot   yanada   boyigan.   1750-yillarning
boshlarida   yosh   fransuz   tadqiqotchisi   Anketil   Dyuperron   “Avesto”ni   o‘rganish
ishtiyoqi   bilan   yonib,   ingliz   harbiy   qismlariga   qo‘shilib   Hindistonga   boradi.
Zardushtiy   jamoalar   orasida   uzoq   muddat   bo‘lib,   ularning   ishonchini   qozonib,
dindorlargina tafsir qila oladigan “Avesto” tilini o‘rganadi, “Avesto” matnlarini sotib
oladi.  So‘ngra 1761 yili Fransiyaga qaytib kelib, 1771 yili “Avesto” matnlarini nashr
ettiradi. 
Ko‘p   o‘tmay   “Avesto”   haqidagi   ma’lumotlar   yanada   ko‘payib,   unga   ilmiy
qiziqish ortdi.  Dyuperronning buyuk ilmiy jasorati va fan oldidagi xizmati tan olinadi.
U tarjimada yo‘l qo‘ygan xatolar, talqindagi kamchiliklar tuzatiladi. “Avesto” bilan
hind xalqining ulug‘ asotiriy asari “Rigveda”ning tili yaqin ekanligi ma’lum bo‘ladi.
A .   Dyuperron   “Avesto”   tili   Hindistonning   boshqa   tillariga   hamda   yunon   va   lotin
tillariga   yaqinligini   anglab,   tarixda   birinchi   bo‘lib   fanga   “hind- o vro‘pa   tillari”
tushunchasini kiritdi. 
“Avesto”   o‘z   vatani   Turonzaminda   qadimdan   ilmiy   dunyo   diqqat   markazida
bo‘lib   kelgan.   Avvalo,   bu   masala   “Avesto”   kitobining   to‘planishi,   uning   tarkibiy
bo‘laklariga   silsilaviy   tartib   berilishi   va   nihoyat,   eng   mukammal,   ishonchli   shakli
yuzaga   kelishi   uzoq   ajdodlarimizning   kitobatchilik   madaniyati   hamda   qadimiy
matnshunoslikning buyuk namunasidir. Qolaversa, o‘rta asr ilmida “Avesto” haqida
batafsil   ma’lumotlarni   ulug‘   alloma   Abu   Rayhon   Beruniy   asarlaridan   va   boshqa manbalardan olish mumkin.
Avesto  bizgacha to‘liq yetib kelmagan, uning Yasna, Yasht, Visparad, Videvdat
deb atalgan kitoblaridan parchalar yetib kelgan. 
Yasna   – 72   bobdan   iborat   qurbonliklar,   alqovlar   haqida   bo‘lib,   asosiy
marosimlarni o‘tkazish tartibi bayon etilgan.  eng qadimgi qatlami 17 tasi “Gatlar”
(muqaddas qo‘shiqlar . 
Olamning yaratuvchisi Ahuramazda madh qilingan. 
  Zaratushtra   yashagan   zamonda   tarkib   topgan.   “Gatlar”da   bayon   etilgan
vokealar tahlili, uni bronza davrida yaratilganligidan guvohlik beradi.
YaShTLAR-ulug‘lash, e’tiqod ma’nosini beradi.
52 bobdan iborat. Ma’budalar alqovi Mixr Yasht ham deyiladi. 
Yasht kitobi “Avesto”ning  Har bir bob Axura Mazdadan boshlab, u yaratgan va
uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan gimn (alqov)lardan
iboratdir.   Demak,   Yasht   boblari   qadimgi   qabilalar   og‘zaki   ijodi   asosida   paydo
bo‘lgan. 
“Yasht”larda arxaika va ilk antik davri ijtimoiy - iqtisodiy  taraqqiyot darajasi
mujassamlashgan   bo‘lib,   uning   tarkibiga   “Gatlar”   davri   voqealari
omuxtalashtirilgan.
Boshqaruv tizimi haqida ma’lumot bor. 
VISPARAD barcha hukmronlar  (Vispered deb ham atalgan)
27 bobdan iborat. 
Ibodat paytida o‘qiladigan matnlar yig‘ilgan
Avestoning   “Visparad”   kitobida   zardushtiylarning   bayram   va   diniy
marosimlarda ijro etiladigan madhiyalari to‘plangan.
“Videvdat” kitobi devlarga qarshi qonun “Vendidat” tarzida ham uchraydi. 
  Avesto   qismlari   orasida   birmuncha   yosh,   lekin   to‘liq   saqlangan   kitobdir.
Uning   b oblari   “fragard”   deb   atalgan.   Fragardlarda   Axura   Mazda   yaratgan   16ta
viloyatlar,   jumladan   Xvarizam   (Xorazm),   Gava   Sug‘uda   (Sug‘d),   Mouri   (Marv), Baxdi   (Balx)   haqida,   dehqonchilik   va   chorvachilikning   savobli   sharofatlari   haqida
ma’lumotlar berilgan. 
Tibbiy, kosmogonik, ahloqiy, geografik masalalar aks etgan
Davr   jihatdan   ulardan   yosh   hisoblangan   Videvdat   esa   sosoniylar   davrida
(Shopur I davrida) tahrir qilinib kitob holiga keltiriladi
"Avesto"   da   uning   Vendidad   (Videvdat)   kitobida   qadimgi   Turon   o‘lkasi   va
Eronning   o‘ziga   xos   tarixiy   jug‘rofiyasi   bayon   etiladi.   Jumladan,   Axuramazda
Spitamid Zardushtga bunday deydi: "Ey, Spitamid Zardusht, men, Axuramazda, bu
noxush, g‘amgin joyni osoyishta, farog‘atli o‘lkaga aylantirdim. Eng avvalo g‘oyat
ezgu   joriy   qilib,   yurtlar   ichra   eng   yaxshi   yurt   qilib,   daitiya   daryosi   yoqasidagi
go‘zal   Ayranem-vaedja-Eronvejni   yaratdim.   Lekin   yovuz   Axaramon   mening
ziddimga turib u yurtning ofati bo‘lgan   sariq ilonlarni va devlar yuborgan qishni
yaratdi. U yurtda o‘n oy qahraton qish ikki  oy yoz bo‘ladi: yeri uchun ham, suvi
uchun   ham,   naboti   (o‘simligi   uchun   ham   sovuq   (bu   qishu   yoz   oylari).   qishi
qahratoni,   uning   poyoni   o‘ta   saryog‘in.   Men,   Axuramazda   yaratgan   yurtlarning
ikkinchisi   Gava-so‘g‘dlar   yashaydigan   yurt.   Bu   yurtda   yaylovlar   bo‘liq   o‘tloqlar
serut, mollari semiz... .
Uchinchi o‘lka - Mouru (Marg‘iyona) qudratli yurt, haq yo‘liga sodiq yurt ...;
Tog‘lari   baland   ko‘tarilgan   go‘zal   yurt   -   Bahdini   yaratdim   men,   Axuramazda   ...,
Mouru va Baxdi o‘rtasidagi Nisayya yurtini ham  men yaratdim...".
"Avesto"   ning   ushbu   jug‘rofiy   dostoni,   tadqiqotchilar   fikricha,   Turon
zaminidan,   xususan,   Xorazm   va   So‘g‘ddan   boshlanib,   to   janub   va   janub-g‘arb
tomon tarqalgan zardusht dini targ‘ibotining bosib o‘tgan yo‘lini ko‘rsatadi.
Ayranem-vaedjo- go‘zallikda  u bilan dunyoda hech nima tenglasha olmaydi. 
Sug‘d-odamlar va chorvaga boy
Muru –qudratli boy 
Baxdi-bayroqlari baland qo‘tarilgan.
XORDA AVESTO (KIChIK AVESTO)
22 bobdan iborat.  Diniy marosimlarda o‘qiladigan duolar
Zend AVESTO Avestoga sharh- zand(bilim, o‘qish) 22 qismdan iborat
“Avesto”   qadimiy   tarix,   din,   etnografiya,   axloqiy-falsafiy   qarashlar,
astronomiya,   kosmogoniya,   ilohiyot   va   boshqa   ko‘plab   sohalar   uchun   qiziqarli
ma’lumotlar   bera   oladi.   Shu   bilan   birga ,   “ Avesto ”   mohiyatan   ilk   badiiy   ijod   va
adabiyot   obidasidir.   Uning   tarkibida   eng   qadimgi   asotirlarimiz,   rivoyatlar,
qahramonlik dostonlari mavjud. “Avesto”ning asotiriy obrazlari tizimidan o‘rin olgan
Xushang,   Taxmuras,   Jamshid,   Kayumars,   Faridun,   Za hh ok   va   boshqalar   o‘rta   asr
dostonchiligi   va   adabiyotiga   ham   kirib   kelgan.   Kayxusrav,   Afrosiyob,   Siyovush,
Rustam, Suhrob va boshqa siymolar asrlar osha yashab kelmoqda.
Ular   o‘rtasida   doimo   muttasil   kurash   boradi.   Zardushtiylik   e’tiqodi   bo‘yicha
olov   nihoyatda   muqaddas   hisoblangan.   quyosh   yorug‘lik   manbai   bo‘lib,   otash
uning bir   qismi xisoblangan. Kuyosh olamga hayot bag‘ishlaydi. Uning nuri bilan
barcha jonzod uyg‘onadi va yashnaydi.
Kadimiy   tangalarda   suqilgan   ma’budalar   tasviri   va   sopol   xaykalchalar
taxlitiga qaraganda Axuramazdadan tashqari, zardushtiylarning Mitra, Farna, Nana
yoki   Noxid   (Anaxita),   Mirrix   va   Xubbi   kabi   maxalliy   ezgulik   tangrilari   ham
bo‘lgan.   Mitra   —   Kuyosh   va   yorug‘lik   xudosi,   jangovar   yigit   siymosida
tasvirlanadi. Farna mah.alliy aholi Xumo ba’zan  ANKO   nomi bilan yuritgan baxt va
tole xudosi, nihoyatda chiroyli qush qiyofasida tasavvur etilgan. Nana yoki Noxid
hosildorlik   va   farovonlik   ma’budasi,   u   bir   qo‘lida   anor   yoki   olma   tutgan   go‘zal
ayol   qiyofasida   tasvirlanadi.   Mirrix   —   urush   va   g‘alaba   xudosi,   xarbiylar
madadkori,   kurollangan   jangchi   taxlitida   tasavvur   etilgan.   Xubbi   —   suv   xudosi,
qayiqchilar va miroblar xomiysi, zabardast yigit tusida tasvirlanadi.
Zardushtiylar   e’tiqodiga   ko‘ra,   koinot   olov,   tuproq.,   suv   va   havo   kabi   to‘rt
unsurdan  tarkib  topgan. Muqaddas  hisoblanganligi   tufayli   ularga nisbatan  e’tiqod
nihoyatda   kuchli   bo‘lgan.   Ularga   iflos   va   badbuy   narsalar   tashlash   qat’iy
taqiqlangan. Hatto marhumlar jasadini yerga ko‘mish, suvga tashlash, yoqish yoki
ko‘katlar   ustida   qoldirish   qat’iyan   man   etilgan.   Chunki   ular   murdor   xisoblangan. Marhum yashagan xonadonda bir necha kun o‘t yoqilmagan, ovqat pishirilmagan.
Murdalar toshloq tepaliklar yoki shahardan tashqarida bino qilingan maxsus baland
dahmalarning ustida qoldirilgan. qush-quzg‘unlar va yirtqichlar ularning etini yeb
bo‘lgach,   suyaklari   quyoshda   toblanib   sarg‘aygach,   ular   jamlanib   qopqoqli   sopol
ostadon   (assu-ariy)larga   solib   qo‘yilgan.   Barcha   motam   marosimlari   tugagach,
marxum  ustuxonlari  solingan   ostadon  maxsus   xilxona   —  «naus»ga  kiritilib,  supa
ustiga   terib   qo‘yilgan.   Shu   bilan   dafn   marosimi   tugagan.   Marxumlarning
suyaklarini ostadonlarga solib, nauslarda saklash odati So‘g‘d,   Choch va Xorazm
viloyatlarida   keng   rasm   bo‘lgan.   Zardushtiylik   dahmalarining   vayronalari   Karshi
shahri   yaqinida   joylashgan   Yerqo‘rg‘on   shahar   harobasidan   hamda   Buxoro
shahridan Xorazmdagi  Qal’ali qir, Qo‘yqirilgan qal’adan  topib o‘rganildi. Buxoro
dahmasining   qanday   inshoot   ekanini   anglatuvchi   qadimiy   nomi   xatto   hozirgacha
saqlanib   qolgan.   Bu   yodgorlik   «Tali   murdapartov»,   ya’ni   murdalar   tashlanadigan
tepa   deb   yuritiladi.   Qorako‘l     yaqinida   joylashgan   qadimiy   Poykand   shahri
tevaragidan esa 50dan oshiq nauslar qazib o‘rganildi.
 “Avesto”da zardushtiylikning eng muhim axloqiy g‘oyasi bunday ifoda topgan:
agar     ezgu   borliqni   yaratgan   Axura   Mazda   qabohat   dunyosini   yaratuvchi   Axriman
ustidan   g‘olib   bo‘lib,   insoniyat   abadiy   baxtu   saodatga   erishsin   desang,   ezgu   fikr
yurgiz, ezgu so‘znigina so‘zla, ezgu ishlar bilan band bo‘l. Hayotida shu uch qoidaga
amal   qilgan   odam   qabohat,   yovuzlik   yo‘liga   og‘ib   ketmaydi.   Bu   esa   eng   oddiy
hayotiy   maqsad   –   haq   yo‘ldagi   yagona   maqsad   bo‘lmog‘i   kerak.   Zardushtiylikda
inson erkin tanlash orqali ezgulik yoki qabohat  tomonida turishi  mumkin, deyiladi.
Insonning   bu   masalada   tutgan   yo‘li   haqiqat   va   ezgulik   bilan   yolg‘on   va   yovuzlik
o‘rtasidagi   kurashda   ezgulikning   g‘alabasi   uchun   g‘oyat   muhim.   Ezgulik   yo‘li   esa
haq yo‘l bo‘lib, Axura Mazdaning xabarini keltirgan Zardusht odamlarni shu yo‘lga
yetaklaydi.   Iymonli,   e’tiqodli   odamlarning   yalpi   ezgu   harakatlari   yomonlikni,
qabohatni mahv etadi.  Shunda ezgu amalda turgan barcha odamlar adolatli saltanatda
abadiy yashaydilar. Zardusht odamlarga abadiy farog‘atli jannat hayotini va’da qiladi.
Buning nomi “ b ehisht”, ya’ni “Avesto”cha vahu-hishta   – “yaxshi hayot” demakdir.
Zardushtiylar ananasi bu jannatni 3000 yildan keyi n  keladi, deb hisoblaydi. O‘shanda Zardusht   tuxumidan   paydo   bo‘lgan   x aloskor   Saoshyanata   muqaddas   suv   ostidan
chiqib,   savobga   j o x illarning   hammasini   Axriman   yaratgan     daujvah   (   do‘zax )
x urujlaridan   qutqaradi.   Saoshyanata   kelgach,   ezgulik   uzil-kesil   g‘alaba   qiladi ,
deyiladi.
Avestoda   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlar.   Avesto   jamiyati   to‘rt   ijtimoiy
bosqichdan iborat: patriarxal oila jamoasi  - nmana, patriarxal urug‘ jamoasi  - vis,
qabila   jamoasi   -   zantu   va   qabilalar   ittifoqi   -   daxyu.   Dax’yu   viloyat,   mamlakat
ma’nosini   ham   anglatgan.   Oila,   urug‘,   qabila   boshlig‘ini   anglatish   uchun   “pati”
(ota), patni ona nmapatni-xozyayka. Nmanya-oila ma’budasi yoki a’zosi anglatgan
so‘zi   ishlatilgan.   Demak,   oila   boshlig‘i   -   nmanapati,   urug‘   oqsoqoli   -   vispati,
(Visya-  urug‘ xomiysi)qabila boshlig‘i - zantupati, mamlakat  sardori  - dax’yupati
deb   yuritilgan.   Mamlakatni   idora   qilgan   shaxs   “kavi”,   ya’ni   diniy,   dunyoviy
hokimiyat   egasi   bo‘lib,   uning   mamlakat   boshlig‘igi   “sastar”   so‘zi   ishlatilgan.
Sastar   mamlakat   harbiy   kuchlariga   qo‘mondonlik   qilgan   va   poytaxt   yoki   o‘lkani
boshqarish kirgan.
Sastar   va   kavi   atamalari   iqtisodiy   hayoti   dehqonchilik   xo‘jaligi   asosida
qurilgan   mamlakatlar   boshqaruv   tizimida   uchraydi.   Chorvadorlar   jamoasida   esa
kavi va sastar vazifalarini qabila jabg‘usi bajargan. Avesto jamiyati tarkibining eng
yuqori   bosqichi   –   dax’yu   etnogenez   nuqtai   nazaridan   yondoshilsa   –   bu   nafaqat
yirik   hududiy   birlik,   balki   ma’lum   bir   etnik   birlikning   ma’muriy   hududi   hamdir.
Shunday   hududiy   etnik   birliklardan   16   tasini   nomlari   Avestoda   tilga   olinib,
ularning   har   biri   o‘z   navbatida   muayyan   xalqlar   nomi   bilan   bog‘liq   etnik
birliklardir.  
Avesto jamiyatining hududiy tarkibida bir necha dax’yularni siyosiy jihatdan
uyushtirgan   dax’yular   konfederatsiyasi   bo‘lgan.   Ularning   tepasida   dax’yu   sasti
turgan.   Dax’yu   sasti   -   bu   dax’yuning   davlat   darajasiga   o‘sib   chiqqan   bo‘g‘ini.
Masalan, Axomaniylarga qadar xorasmiylar yetakchilik qilgan siyosiy uyushmani
(Yasht,   10   bob)   dax’yu   sasti     konfederatsiyasi   deyish   mumkin.   Markvard     mana
shu siyosiy uyushmani “Katta Xorazm” deb atashni taklif qilgan edi. 
Yozma   manbalarda   Axomaniylarga   qadar   “Qadimgi   Baqtriya   podsholigi” bo‘lganligi   haqida   ma’lumotlar   uchraydi.   Ammo,   dax’yu   sasti   qo‘l   ostidagi
podsholik   hali   mutloq   hokimiyat   egasi   emas   edi,   uning   huquqlari   dax’yupatilar
tomonidan   cheklangan   edi.   U   faqat   dax’yupatilardan   tashkil   topgan   kengashni
raisi,   dax’yu   sasti   uyushmasining   huquqi   “xanchamana”   (anjuman)   tomonidan
cheklangan podshosi. Bu siyosiy uyushmaning tepasida diniy rahbari, oliy sudyasi
bor.   U   zaratushtroema   deb   ataladi.   U   payg‘ambar   Zaratushtra   darajasidagi   oliy
diniy boshliq. Uning roziligisiz dax’yupatilar va dax’yu sastilar hokimiyat tepasiga
kela olmaydilar.           
Ezgulik   xudosi   Axuramazda   yaratgan   mamlakatlarda   oqsoqollar   kengashi
“varzana”,   “xanchamana”,   umum   jamoa   majlisi   esa   “v’yaxa”   deb   yuritilgan.
Avestoda shahar yoki shahar jamoasi degan tushunchalar uchramaydi.
Daxyunam fratemato- ittifoqdoshlar yig‘ilishi
  Avesto   qadimgi   jamiyat   a’zolarini   to‘rt   taifaga   bo‘ladi:   qohinlar,   jangchi
askarlar,   chorvadorlar   va   hunarmandlar   (Yasna   kitobi,   19-bob).   Avestoda   tilga
olingan “baland uylar”, “ustunlar” iboralari Avesto jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy
asosida bronza davri dehqonchilik jamoalarining hayotiy manzarasi yotadi. 
Oilaga teng xuquqga ega bo‘lmagan a’zolar bo‘lgan-vira (qul), vaysa, pariytar
Ota   tomondan   qarindoshlar   “nafa”   deyilgan.   100   ta   teng   huquqli   erkaklarni
urug‘ tashkil etgan.  
Darhaqiqat, agar o‘sha davr jamiyati a’zolari tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak,
qadimgi   dehqonchilik   mintaqalarida   dastlab   boshqaruv   tizimining   tepasida
qohinlar   turgan.   Ular   “chorva   va   keng   yaylovlar   egasi”   hisoblangan.   Jangchi
askarlar   bu   oriylar   bo‘lib,  kohinlardan   keyingi   mulk   egalari   bo‘lganlar.   Avestoda
asosiy   boylik   chorva   hisoblangan.   Zaratushtra   o‘z   ta’limotida   “Chorvaga   yaxshi
ega   kerak.   Ushbu   yerdagi   chorva   egalariga   men   erkin   yurishni   va   erkin   hayotni
ta’min qilaman” deydi (Yasna, 24. Gatlar). Ana shu erkin hayot egalari oriylar edi.
Avestodagi   chorvadorlar   toifasi   esa   kohinlar   va   jangchi   oriylar   boyligi   –   chorva
mol-qo‘ylari va yilqilarini boquvchi cho‘ponlardir.  
Hunarmandlar   toifasiga   kelsak,   ular   mehnat   va   harbiy   qurollar,   zargarlik, kulolchilik   va   to‘qimachilik   kasbini   ziroatchilikdan   ajralmagan   holda   olib
boruvchi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi dehqonchilik jamoalaridir. Ammo, Avestoning
Yasna   va   Yashtlarida   dehqonchilik   haqida   ma’lumotlar   uchramaydi.   Bunday
ma’lumotlar Avestoning Videvdat kitobiga kiritilgan (Videvdat, 3-bob).  
Zardushtiylikda     to‘rt   unsur   -   suv,   olov,   tuproq,     havo     muqaddas   deb
hisoblangan.     Ularni   iflos   qilish,   toptash,   bulg‘ash   mumkin   bo‘lmagan.   Olov-
zardushtiylik   dinining   e’tiqod   manbai   bo‘lib,   u   zardushtiylar   ibodatxonasining
markazida joylashtirilgan.  
Avestoda diniy va axloqiy falsafiy   qarashlar. Zaratushtraning diniy falsafasi
qarama-qarshi   kuchlarning   kurashiga   asoslangan.   Bu   kurash   xudolar   o‘rtasida
boshlanib,   tabiatda   va   insonlar   hayotida   ham   davom   etadi.   Aholi   joylashgan
dunyoni   zardushtiylar   7   ta   tabiiy   qismlarga   bo‘lganlar.   Bu   dunyoning   tarixi   12
ming   yil   davomida   rivojlanadi,   deb   faraz   qilganlar.   Ular   dunyo   rivojini   to‘rt
bosqichga bo‘lib,  har bir bosqich 3 ming yilni o‘z ichiga olgan. Birinchi bosqich-
ko‘rinmas  ma’naviy  dunyo;  ikkinchisi-yerda  odamzod  hayotini  boshlanishi,  ya’ni
Gavamard (islomda Odam ato) ning paydo bo‘lish davri; uchunchisi - “oltin davr”,
ya’ni   oriylarning   tarix   maydoniga   chiqish   davri;   to‘rtinchisi   -   payg‘ambar
Zaratushtra   vafotidan   keyingi   davr.   Dunyo   tarixining   ikkinchi   bosqichida
yovuzliklar   ilohi   Axriman   (islomda   Shayton)   faoliyati   boshlanadi.   Axriman
Gavamardni   o‘ldiradi,   ammo   undan   tarqalgan   erkak   va   ayol   insoniyat   urug‘ini
davom   ettiradi.   Avestoga   ko‘ra,   oriylar   Gavamard   farzandlaridan   tashkil   topgan.
Oriylarni Avesto turlarining aslzodalari sifatida tasavvur qilish mumkin. Uchunchi
bosqich  Yima (Jamshid)  podsholik  qilgan “oltin”  davr  bo‘lib, bu  davrda  odamlar
baxtli   hayot   kechirganlar.   Dunyo   aholisi   bir   necha   bor   ko‘paygan,   qushlar   va
hayvonlar   yashashi   uchun   sayhon   (odam   oyog‘i   yetmagan)   yerlar   qolmagan.
Axuramazda maslahatiga ko‘ra, Yima har 300, 600 va 900 yil davomida insonlar
yashaydigan   yerlar   chegaralarini   kengaytirib   borgan.   Yima   sovuq   va   suv
toshqiniga   qarshi   “vara”-   to‘rtburchakli   qal’a   qurishga   asos   solgan.   Demak,   bu
davr   arxeologik  davriy  tizimda   bronza  va   ilk  temir   davriga   to‘g‘ri   keladi.  Dunyo
tarixining   to‘rtinchi   bosqichida   insoniyatni   yovuz   kuchlardan   xalos   etuvchi, qutqaruvchi   Saosh’yant   ismli   shaxs   paydo   bo‘ladi,   yer   yuzini   yomonliklardan
tozalaydi,  gunoh ish  qilgan va  qiluvchi   odamlarni   yo‘q  qiladi. Aynan  shu  davrda
bahodirlarga hamdu-sanolar to‘qish, hayot va o‘lim falsafasi, xalq og‘zaki ijodiyoti
kelib chiqadi. Bu davr kishilik tarixida “harbiy demokratiya davriga” to‘g‘ri keladi.
To‘rtinchi davrning so‘nggida “oxirgi zamon” boshlanadi.  
Zaratushtraning   diniy   axloqiy   falsafasida   iymonli   bo‘lish,   buning   uchun
doimo   toza,   pok   yurish,   iblislarga   qarshi   harakatlar   qilish,   gunoh   qilmaslik,   ezgu
fikr, ezgu so‘z, ezgu amallar bilan yashash har  bir  zardushtiyning kundalik hayot
faoliyatining   mazmun   va   mohiyatini   tashkil   etish   kerak.   Axuramazda
bashoratlarida  jahannam  ”hayotning  eng   yomon  onlari”,  osmon   esa  “ruhning  eng
yuksak   holati”   sifatida   ifodalanadi.   Olamdagi   yomonlik   va   yovuzliklar
odamlarning   iymonsizligidan   kelib   chiqadi.   Ularni   bartaraf   etish,   bu   istiqboldagi
vazifa bo‘lib, iymonli kishilar bularni  bartaraf etishda faollik ko‘rsatishlari  kerak,
deyiladi.
Zardushtiylik dinida iymon uch tayanchga asoslanadi: fikrlar sofligi, so‘zning
sobitligi, amallarning insoniyligidir. Avestoda “bergan so‘zning uddasidan chiqish,
unga   sodiq   qolish,   savdo-sotiq   va   shartnomalarga   qatiy   amal   qilish,   qarzni   o‘z
vaqtida   to‘lash,   aldamchilik   va   hiyonatdan   xoli   bo‘lish   iymonlilik   alomatidir”
deyilgan.   Zaratushtra   falsafasiga   ko‘ra,   odam   o‘lgach,   uning   ruhi   3   kun   o‘z
tanasida   bo‘ladi,   to‘rtinchi   kunida   go‘zal   qiz   qiyofasidagi   farishta   kuzatuvida
narigi   dunyoga   “chinvot”   (qil   ko‘prik)   ko‘prigidan   o‘tib   jannatga   ketadi.
Gunohkorlar esa chinvotdan o‘tolmay jahannamga  g‘arq bo‘ladilar. Yaxshilar esa
yana yangi tanalarda yashashni davom ettiradilar.
Avesto bu borliq dunyoni odam uchun sinov maydoni,  deb tushuntiradi. Zero,
insoniyat,   dastlab,   Yima   podsho   bo‘lgan   davrlarda   azaliy-abadiy   baxt-saodat
makonida kasallik va o‘lim ko‘rmay, oltin asrni   boshidan kechirgan. Yima ming
yil   podsho   bo‘lib,   jannatmakon   yurtni   yaratgan.   Unda   mag‘rurlik   g‘olib   kelib,
Axuramazda   man   etgan   taom-qoramol   go‘shtini   yeb   qo‘yadi     va   jazoga   tortiladi.
Natijada,   uning  avlodlari,  ya’ni   barcha   odamzod   tirikchilik  dardi   –  tashvishlariga
giriftor bo‘ladi, ya’ni yeyish-ichish zaruriyatiga, kasalliklar va o‘limga yuzma-yuz bo‘ladi.   Axriman   Axuramazda   tanasidan   ajrab   chiqib,   yovuzliklar   yaratishga
tutinadi. Endi, dunyoni  azaliy ezgulik bag‘riga qaytarishning birdan bir  yo‘li  pok
hayot,   halol   mehnat,   yaratuvchilik,   yovuzlikni   qalbdan   chiqarib   tashlash,   iymonli
e’tiqodli   bo‘lish,   miskinlarga   yordam   berish,   yaxshi   niyat,   yaxshi   so‘z   va   yaxshi
amallarga   qo‘l   urishdir.   Shunday   qilib,   Avesto   dunyodagi   eng   qadimgi   din   -
zardushtiylik   ta’limotini   axloqiy   falsafasi,   bu   kitob   nafaqat   diniy,   balki   keng
ma’noda tarixiy va adabiy manba, ajdodlarimizning uzoq o‘tmish tarixi va tafakkur
taraqqiyotining qomusiy yig‘indisidir.
Bunda   an’anaviy   diniy,   falsafiy   va   axloqiy   qarashlar   davr   ruhi   bilan
omuxtalashgan.   Har   qalay,   Avestoni   bir   butunlikda   tahlil   etganda   shunisi   aniqki,
Zaratushtra   yashagan   zamonga   qadar   ibtidoiy   ajdodlarimiz   turli   qabilaviy   diniy
tasavvurlarga   amal   qilib   kelishgan.   Endi   esa   ibtidoiy   munosabatlar   o‘rnini
dastlabki   sinfiy   jamiyat   egallayotgan   davr   boshlandi.   Bu   davrning   shakllanishi
uchun   kuchli   mafkuraviy   g‘oya   zarurligi   sezila   boshlandi.   Chunki,   mahalliy
qabilaviy   dinlar   jamiyat   taraqqiyotining   yangi   bosqichga   ko‘tarilishiga   to‘sqinlik
qiluvchi   kuchga   aylangan   edi.   Bu   murakkab   zamonda   o‘lkaning   turli   qabilalarini
birlashtirish, bu orqali ularni ilk davlatchilik g‘oyasi atrofiga uyushtirish zaruriyati
tug‘ildi.   Ana   shunday   zaruriyatni   to‘g‘ri   tushungan   o‘z   zamonasining   ilgg‘or
kishilardan biri sifatida Zaratushtra tarix maydoniga chiqdi.
O‘z   qavmi,   yurti   Turonzaminda   o‘ziga   izdoshlar   topa   olmagan   Zaratushtra
shimoli-sharqiy   Eron   viloyatlaridan   biri   Baxdida,   uning   kavisi   Vishtasp,   butun
xonadoni va ayonlari tomonidan yaxshi kutib olinadi va shundan so‘ng uning dini
rivoj topadi. Adabiyotlar  
1. Muqaddas   olov-atar-xurra   Xoмидoв   X.   «Aвестo»нинг
мaърифий қиймaти. Тoшкент.2002. 5-12-betlar
2. Авесто / Асқар Маҳкам таржимаси. – Т.: Шарқ, 2001. – 384.
3. Авесто. Яшт китоби / М.М. Исҳоқов таржимаси. –Т: Шарқ,
2001. 3 -9-betlar
4. Ҳамиджон   Ҳомидий.   Авестодан   Шоҳномагача.   –Тошкент.,
2007.  35-44-betlar
5. History   of   Civilizations   of   Central   AsiaThe   crossroads   of
civilizations:A.D.   250   to   750 Multiple   History   Series UNESCO   Publishing
Volume III .1996 394-403 - pages           www    .   avesta    .   org    .   ru

Zardushtiylik dini. Avesto tarixiy manba sifatida Reja: 1. «Avesto» zardushtiylarning muqaddas kitobi 2. «Avesto» va unda jamiyat ijtimoiy tarkibining aks etishi. 3. «Avesto» –odob va axloq qoidalari majmui. .

"Avesto" O‘rta Osiyoning tarixan ajralmas qismi bo‘lgan Turon-zamin hududlarida shakllangan eng qadimiy din - zardushtiylikning muqaddas kitobidir. Unda O‘zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg‘on va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy ilohiy tasavvurlari, koinot va yerda dunyoning yaratilishi bilan bog‘liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-ahloqiy qarashlar o‘z aksini topgan. Mazdaviylik dini, яъни Zardushtiylik дини haqida toki Sosoniylar uni davlat dini deb e’lon qilmaguncha hech qanday ma’lumot yo’q edi 1 . Nothing would be known about Zoroastrianism ( Mazdaism) under the Sasanians had not one of its most outstanding religious . U ezgulik xudosi Axuramazda bilan odamlar o‘rtasidagi vakil sifatida maydonga chiqdi. Zaratushtra eroncha so‘z bo‘lib ushtra - tuya, zarat, - sariq ya’ni keksa tuyachi - tuyachilar avlodidan degan ma’nolarni bildiradi. Zardusht o‘ta iste’dodli shoir, ilohiyot bilimdoni, faylasuf olim edi. Yagona xudoga ishonishgina jamiyat yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tara oladi, Shu yo‘lda Zardusht Navro‘z kunlaridan birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik bo‘lgan xaoma tayyorlashga kirishadi. Xaoma tayyorlashda ishtirok etayotgan Zardusht erta tong pallasida daryodan suv olishga qirg‘oqqa tushadi. Daryo suvining pokiza oqimidan suv olib, bir yo‘la tahoratini yangilayotgan Zardushtning ko‘ziga qirg‘oqda turgan porloq hilqat - Voxumana ko‘rinadi. Zardusht uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, Zardusht ezgu va ulug‘ xudo Axuramazda huzuriga boradi. U Voxumana kabi porloq ettita hamisha barhayot ilohiy hilqat qurshovida o‘tirar edi. Axuramazda shu yerda o‘zining borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. Shu vaqtda Zardusht 40 yoshga to‘lgan edi. Shu kundan boshlab Zardusht Axuramazda dinining payg‘ambariga aylandi (payg‘ambar "ezgulik xaqida darak beruvchi" 1 History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of civilizations:A.D. 250 to 750 Multiple History Series UNESCO Publishing Volume III .1996,394-403

demakdir). U o‘z qavmlari orasida Axuramazda dinini targ‘ib qila boshlaydi. Buning uchun u gatlar deb atalgan, qo‘shiq qilib aytishga mo‘ljallangan she’rlar yaratadi. Zardusht gatlaridan 17 tasi "Avesto"ning "Yasna" deb atalgan qismiga kirgan va bizgacha saqlangan. Avestada Zardust tug‘ilgan yurt haqida yozilgan: “Mamlakatki, son-sanoqsiz qo‘shinlarga ba hodir boshliqlar yo‘lboshchilik qiladi.. O‘tloqlar va suvga serob, baland tog‘lar chorvachilik uchun zarur barcha narsani yetkazib beradi. U yerda sersuv chuqur ko‘llar bor. U yerda kemalar qatnaydigan keng daryolar o‘zlarining to‘lqinli suvlari bilan shiddat bilan Iskat (Skiflar),Pourut, Mour, Xareva(Ariya), Gava (Sug‘dagi vil), Sug‘uda, Xvayrizam mamlakatlariga eltadi. Zaratushtraning tug‘ilgan vatani haqida ilmiy olamda 2 xil qarash bor g‘arbiy va sharqiy. G‘arbiy qarash tarafdorlari Sosaniylar qarashlari Zaratushtra Atropatenda (Azarbayjonda) yokiMidiya Ragida (O‘rta asrladagi Rey Tehronga yaqin joy)tug‘ilgan deb hisoblashadi. Lekin faktlarni uni inkor qiladi. Ktesiyda va ba’zi olimlar (Dj.Multon) Gatlar Baktriya yaratilgan degan fikrni beradi. Hozirgi kunda avesta O‘rta Osiyoning viloyatlarining birida yaratilgan degan. Tols tov, Xenning, Struve. Aestoda tilgan olingan viloyatlar bugungi kunda O‘rta Osiyoni, Afg‘oniston, Shimoli-sharqiy Eron tilga olingan. Aksariyat olimlarning fikricha Zardusht tarixiy shaxs. Zardusht an’anaviy tasavvurlarga ko‘ra, miloddan avvalgi VII-VI asrlar oralig‘ida yashagan (I.M.Dyakonov, V.I.Abaev, B.G‘.G‘ofurov). Ammo, Avesto ma’lumotlariga asoslanib olimlar Zaratushtrani miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida (XIII-XII asrlarda - Meri Boys), miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida (X-IX asrlar oraligida-I.M.Steblin - Kamenskiy) o‘tgan, degan fikrlar ham o‘rtaga tashlangan. Zardushtiylarning eng katta ruhoniysi Kartir ko’plab joylardagi toshlarga yozuvlar o’ydirib yozdirgan. Bu yozuvlar Persepol yaqinidagi Naqshi Rustam va Naqshi Rajab va Mashhadning janubidan topilgan. Ulardagi yozuvlar uning yashab

o’tgan davrini tasvirlash bilan boshlanadi 2 . Xo‘sh, Zardusht qachon yashagan? Bu masalada, bizningcha, m. a. II ming yillik – o‘lkamizda bronza asri gullab-yashnagan, sug‘orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik muqim rivojlangan, jamiyatda hokimlar, ruhoniylar, harbiylar, hunar ahli, chorvadorlar, dehqonlar kabi tabaqalar yuzaga kelib, mehnat taqsimoti va ijtimoiy tabaqalanish chuqurlashgan davr – zardushtiylik yaxlit din sifatida shakllangan davr, deyishga to‘la asos bor. Ana shu davrda ibtidoiy diniy-mafkuraviy, mifologik tasavvurlar saqlanib, ma’lum bir tizimga keltirilgan. Dunyoning yaxlitligi, hayot tarzining muqim va tadrijiyligi turli-tuman ilohlarga e’tiqodni so‘ndirib, yaxlit, yagona sababkorni izlashga, uni tanishga, unga iymon keltirish va e’tiqod qilishga undagan. Demak, m. a. ikkinchi mingyillik o‘lkamizda kuchli tafakkur izlanishlari davri sifatida, xalqni tanish, pirovardida yakka xudoni tanishda ajdodlarimiz uchun o‘ziga xos ma’naviy taraqqiyot bosqichi bo‘lgan. Avesto" da olam qarama-qarshiliklardan iborat. Yorug‘lik va zulmat, hayot va o‘lim, ezgulik va yovuzlik adolatli qonunlar va qonunsizliklar o‘rtasidagi kurash unda o‘z ifodasini topgan. Zardushtning diniy ta’limotida ezgulikni qaror toptirish ruhi (Axuramazda) bilan yovuzlik ruhi (Axramon) o‘rtasidagi kurash ta’riflanadi. Axuramazda ezgulikni vujudga keltirishda odamlarni imonli bo‘lishiga undayveradi. Axramon esa unga qarshi odamlarni yomon ishga boshlaydi. Zardushtiylik dinida iymon uch tayanchga asoslanadi: 1) fikrlar sofligi, 2) so‘zning sobitligi, 3) amallarning insoniyligi. "Avesto" da "Bergan so‘zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiq va shartnomalarda qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish imonlilik alomatidir", -deyilgan. “Avesto” o‘lkamizda islom dini yoyilguniga qadar (mil. VIII asrgacha) ajdodlarimiz e’tiqod qilgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lgan. Bu kitob ajdodlarimiz yakkaxudolikka iymon keltirgunlaricha uzoq o‘tmishdan boshlab 2 History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of civilizations:A.D. 250 to 750 Multiple History Series UNESCO Publishing Volume III .1996,394-403

ma’naviy izlanish, o‘zlikni anglash yo‘lida bosib o‘tgan tafakkur takomillashuvi bosqichlarining mevasi sifatida bizgacha yetib kelgan buyuk merosdir. Zardushtiylik dini odamlarga bu din haqida xushxabar keltirgan payg‘ambar Zaratushtra nomi bilan bog‘liq holda shartli ravishda shu nom bilan atalib kelinadi. Aslida “Avesto” kitobida bu din mazdayasna dini deb atalgan. Bu so‘z “Mazdaga sig‘inmoq” deb tarjima qilinib, Mazda so‘zi “donishmand, oqilli”ma’nosini anglatadi. Barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan, deb e’tiqod qilingan. Mazda so‘zi oldiga Axura – “ulug‘lash” so‘zi qo‘shilib, zardushtiylikning ilohi- xudosi – Axura Mazda nomi paydo bo‘lgan. Lekin “Avesto” haqida gap ketganda, uning tarixiy taqdirida o‘ziga xos voqealar davri boshlandi. Avvalo, arablar ilk harbiy yurishlari bilan VII asr o‘rtalarida Sosoniylar Eroni, so‘ngra Markaziy Osiyoga kirib kelgandayoq ajdodlarimizning qadimiy dini zardushtiylik bilan yuzma-yuz kelgan edi. Keyinchalik fath ishlari poyoniga yetib, islom dini yoyilgan pallada zardushtiy jamoalari yalpi ta’qib ostiga tushdi. Bu hol Eronu Turon o‘lkalarida ayovsiz davom etdi. Shu vaziyat taqozosi bilan zardushtiylarning bir qismi xavfsiz o‘lkalarga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi. Oqibatda VIII – XIII asrlar davomida bu jamoalar Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlariga kelib o‘rnashdi. Bu qavmlar, asl kelib chiqishidan qat’i nazar, mahalliy xalq orasida forslar (parslar), deb atala boshlandi. Muhimi shundaki, ayni shu zardusht jamoalari qadimiy dinlariga e’tiqodni saqlab qolganliklari tufayli umuman unutilishga mahkum etilgan din tizimi, uning urf-odatlari, aqidalari va nihoyat, muqaddas kitobi “Avesto”ning asosiy, kundalik amaliyot uchun eng zarur va muqaddas hisoblangan qismlari saqlanib qoldi. Hozirgi kunda ham o‘sha qavmlarning avlodlari – qariyb 150 ming zardushtiy Hindistonning mazkur o‘lkalarida o‘z dinlarini saqlab yashab kelmoqda. Zardushtiylik dini Sosoniylar davrida davlat dini deb e’lon qilingan. Hukmdor Shopur I ni Ahuramazda elchisi deb hisoblashgan 3 3 History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of civilizations:A.D. 250 to 750 Multiple History Series UNESCO Publishing Volume III .1996,394-403