logo

Avesto tarixiy manba sifatida.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.4765625 KB
Mavzu: Avesto tarixiy manba sifatida.
Reja:
1. Avestoning vujudga kelishi tarixi.  
2. Uning   arxeologik va yozma manbalar  asosida o`ganilishi .
 3.«Avesto» va unda jamiyat ijtimoiy tarkibining aks etishi.
4. Avesto –Vatanimiz tarixini o`rganishda muhim manba Zardushtiylarning   ilmiy-nazariy,   ijtimoiy-falsafiy,   tarixiy,   ta’limiy-ahloqiy,
diniy-ma’rifiy   qimmatga   ega   bo’lgan   muqaddas   kitobi   hisoblanmish   «Avesto»
bilan   bir   qatorda   olamning   yaratilishi,   yahshiilik   va   yovuzlik,   nur   va   zulmat
o’rtasidagi   doimiy   ko’rash,   borliq   to’g’risidagi   tasavvurlar   asosida   kosmologik,
kosmogonik,   esxatologik   asotirlarni   o’zida   mujassamlashtirgan   yozma   manbalari
safiga:   «Bundaxishn»,   «Dinkard»   «Dadestani   menogi   xirad»,   «Andaz-i   danag-
mard»,   «Xveshkarix-i   Redagan»,   «CHim-i   Dron»,   «Shoyist-noshoyist»,   «Arta-
Viraz nomak», «Oyatkor Zariron», «Baxman-yasht», «Zat-Sporam», «Kornomayi-
Ardasheri Bobakon», «Rost suxan», «Rivoyat», «Xvaday nomak», «Oyin nomak»
kabi   asarlarni   kiritgan   holda,   ularda   Turon   va   Eron   xalqlarining   mushtarak
yodgorliklari   sifatida   ajdodlarimizning   mushohadalari,   tafakkur   ne’matlari
jamlanganligini e’tirof etish lozim. 
 «Avesto» eramizdan oldingi VII asrning oxiri VI asrning boshlarida Zardusht
va   mazdoparastlik   dini   ulamolari   tomonidan   yaratilgan.   U   muqaddas   diniy   kitob
bo’lishi   bilan   birga   o’z   davrining   ko’pgina   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy,   ilmiy,
ma’rifiy,   falsafiy,   ahloqiy   masalalarini   qamrab   olgan.   Kitob   21   naskdan   iborat
bo’lgan.   Afsuski,   bizgacha   kitobning   5   naski   «Yasht»,   «Yasna»,   «Visparad»,
«Vandidod» va «Xorda Avesto» yetib kelgan xolos. 
  Dunyodagi   eng   qadimiy   va   noyob   bilimlar   xazinasi   bo’lgan   «Avesto»da
insoniyat   taraqqiyoti,   rivoji   uchun   zarur   barcha   ilmlar   majmuasi,   sohalar,   qonun-
qoidalar, ahloqiy-ijtimoiy normalar  o’z aksini  topgan. Shuningdek asarda  ahloqiy
barkamollik asosida, «komil inson»ni voyaga yetkazish yo’lida «ezgu fikr», «ezgu
kalom», «ezgu amal» g’oyalarining tarannum etilishi zardushtiylarning ma’naviy-
ma’rifiy olami mohiyatini tashkil etadi. 
Qadimgi   Turon   va   Eron   hududlarida   Ahmoniylar   va   Sosoniylar   davlatining
tashkil   etilishi   davrida   zardushtiylik   qonun-qoidalariga   amal   qilish,   uning   rasmiy
davlat   diniga   aylantirilishi   bilan   belgilandi.   Davlat   rahbarlari   va   din   peshvolari,
kohinlarning   sa’y   harakatlari   bilan   muqaddas   kitob   «Avesto»ning   parokanda
qismlarini   to’plash,   tiklash,   tartibga   keltirish,   yagona   matnlar   to’plamini   tashkil
etish ishlari keng miqyosda olib borildi.  «Avesto»ning   tarixda   rasmiy   qayta   tiklanishi   Sosoniylar   dalatining   asoschisi
Ardesher   Bobakon   (226-242   y)   hukmdorligi   davrida   amalga   oshirildi.   «Avesto»
matnlarini   tartibga   solish   bilan   davlatning   bosh   diniy   rahnamosi   Tansar
shug’ullandi.   «Dinkard»ning   beshinchi   kitobida   keltirilishicha:   Janobi   oliylari,
shohlar   shohi   Bobakon   o’g’li   Ardasher   o’zining   diniy   rahnamosi   Tansar
maslahatlariga  amal  qilgan  holda,  ta’limotning tarqalib ketgan  qismlarini   saroyga
to’plash   haqida   buyruq   berdi.   Tansar   o’z   ishiga   kirishib,   barcha   to’plangan
qismlarni   izchil   tahlil   qilgan   holda,   aniq   xulosalar   asosida   bir   yo’nalishni   tanlab
oldi. Qolgan qismlar va yo’nalishlar qonundan tashqarida, deb e’lon qilindi. Tansar
qo’yidagicha   buyruq   berdi:   «Shu   vaqtdan   boshlab   Mazdaga   e’tiqod   qilish
yo’nalishidagi har qanday o’zgacha talqinlar bizning shaxsiy ma’sulligimiz ostida
hal   qilinadi,   chunki   hozirgi   kunda   tartibga   va   tizimga   solingan   bilimlarga
o’zgartirish kiritishga hojat yo’q». 
  SHopur   I   (242-272)   davriga   kelib   «Avesto»ning   Tansar   tomonidan   tartibga
keltirilgan   qismlari,   imperiya   hududlaridan   tashqaridan   yozib   olingan   amalda
bo’lgan alohida qismlar bilan to’ldirildi. 
«Dinkard»ning beshinchi kitobida bu haqda qo’yidagicha ma’lumot berilgan:
«Ardasher   o’g’li,   shahanshoh   SHopur   Hindiston,   Vizantiya   imperiyasi   va   boshqa
mamlakatlarda tarqalib ketgan, o’z ichiga tibbiyot, astronomiya, makon va zamon,
materiya,   dunyoning   yaratilishi,   tugmush   tarzi,   rivojlanish   kabi   bilimlar   va
jarayonlarni   o’zida   mujassamlashtirgan   diniy   matnlarni   «Avesto»   tarkibiga
qo’shish va shoh xazinasida saqlashni buyurdi». 
«Avesto»ning beshinchi  marta tartibga solinishi  IV-asr  o’rtalarida  SHopur  II
(309-379)   hukmdorligi   davrida   amalga   oshirilgan.   Bu   ishni   bajarishda
mo’badlarning mo’badi Ozorpod Mehrospandon (290-371) ning xizmatini alohida
ta’kidlash lozim. Mehrospandon birinchi navbatda mamlakatdagi barcha «Avesto»
matnlarini   yoddan   bilgan   kohinlarni   to’playdi.   Chunki   bu   zardushtiy   ulamolar
yodgorlikni o’qish va qiroat qilishda matniy aniqlik, ichki musiqiylikni saqlashga
jiddiy e’tibor berishgan. Ozorpod yuborgan 7 kohin Marv hamda Xorazmga borib
avestoxon   kohinlardan   «Vendidod»ning   eng   mukammal   nusxasini   yozib   olib, podsholik   ixtiyoriga   topshirgan.   Qiyosiy   tahlil   jarayonida   bu   yozuvlar
«Vendidod»ning   komil   nusxasi   deb   topilgan.   Avloddan   avlodga   o’tib   kelayotgan
og’zaki bayon etish usulida «Avesto» so’zlarining mazmuni va ohangi saqlansada,
lekin  o’qish   lahzalarida  so’zlarning  jozibadorligi,  ta’sirchanligi  umuman  yo’qolib
borayotgan   edi.   Bu   o’z   navbatida   tallafuz   ohangidagi   unli   harflarni,   matndagi
undosh   harflar   bilan   bir   qatorda   yangi   ohangda   qaytadan   yozish   ehtiyojini
tug’dirdi.   Yangi   «Avesto»   alfaviti   yangidan   tiklangan   harflar   bilan   yunon,   o’rta
fors va Parfiya alfavitlarining ohangdosh xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirdi.
«Avesto»   alfavitidagi   harflar   soni   yuzasidan   tadqiqotchilar   har   xil   fikrlarga   ega.
Masalan X. Bartolome alfavit 52 harfdan (3 tasi ligatura), X. Rayxelt 51 harf (48+3
ligatura),  V. B.  Xening  48 harf  (shundan  14 tasi  unli), G.  Vindfur  60  harf   va M.
Boys   46   harfdan   iborat   deb   hisoblashadi.   Eron   olimlaridan   Hoshim   Rizoiy,
Jalolliddin Olitiyoniy, Ahmad Taffazuliy va boshqalar «Avesto» yozuvi 48-52 harf
doirasida deb ta’kidlashgan. 
Hozirgi   kunda   mustaqil   mamlakatimizning   ijtimoiy-iqtisodiy-ma’naviy
yuksalishi   yo’lida   xizmat   qiladigan   ozod   va   obod,   farovon   hayot,   jamiyatning
kelgusidagi   poydevorini   tashkil   etadigan   avlodni   tarbiyalash   va   voyaga   yetkazish
ta’lim  sohasidagi  islohotlarning o’zagini  tashkil  etar ekan, ajdodlarimiz qoldirgan
boy   madaniy-ma’rifiy   meros,   qadriyatlar,   ma’naviy   manbalardan   foydalanish,
o’rganish,   ularni   tahlil   va   tadqiq   qilish   bu   yo’ldagi   muhim   vazifalardan   biri
ekanligini unutmasligimiz lozim. 
«Avesto»   asosiy   qismlarning   turli   sabablarga   ko’ra   parokanda   bo’lib   ketishi
asarni   butunlay   yo’qota   olmaydi,   albatta.   Ulardagi   mazmun   turli   tarjima   va
sharhlar orqali bizgacha yetib keldi. VI asrda pahlaviy tilida yaratilgan qo’lyozma
manbalar   «Avesto»   qismlarining   mukammal   nusxalaridir.   Ular,   asosan,   pand-
nasihat   harakteridagi   ibratli   hikoyat   va   ahloqiy   fikrlar   bo’lib,   andarzlar-o’gitlar
majmuaidir.   Bularning   bir   qismi   «Sharq   yozma   yodgorliklari»   turkumida
«Pexlaviyskiye nazidatelnie teksti» nomi bilan rus tilida chop etilgan. 
Ma’lumki   eramizdan   oldingi   VII - asrning   oxiri   VI - asrning   boshlarida
Movoraunnaxr  va  Xuroson  xalqlari   yashagan  hududlarda  qo’hna  sivilizatsiyaning ilk   kurtaklari   paydo   bo’lib,   insoniyat   hayot   kechirishi,   taraqqiy   qilishi   va
rivojlanishining   asosiy   omili   sifatida   o’zi   tomonidan   o’rganilgan,
mustahkamlangan bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni keyingi avlodga yetkazish
uchun   ta’lim   va   tarbiyaning   yetakchi   bo’g’in   sifatida   zarurligini   tushunib   yetgan.
Qo’hna   sarchashmalar   va   «Avesto»dagi   dalillar   shuni   ko’rsatadiki   «ta’lim
jarayonida   kundalik   hayot   uchun   zarur   bo’ladigan   barcha   bilimlar   o’qitilgan,
hunarlar o’rgatilgan. 
«Avesto»dagi   ahloqiy-ma’naviy   tarbiyaning   asosini   poktiynat,   halol,   qalban
sof, ma’nan yetuk avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish masalasi tashkil qiladi.
Bu masalani amalga oshirish esa ustoz va murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. 
«Avesto»da   ustozlar   haqida   so’z   ketganda   eng   avvalo   barcha   ustozlarning
ustozi   ,   mutlaq   iloh   Axura   Mazda   madh   etiladi   :   «sen   ashah-Haqiqat   so’zi   va
Ezgu   niyat   ta’limoti   bilan,   senga   payvandlik   va   uns   bog’lagan   zotlarga   ilk
murabbiy,   ustozsan» 1
  ,   yoki   «sen   haqiqatda,   butun   mavjudotga   Ashah-
Haqiqatning manfaati va durujning ziyonkorligi xususida saboq bergansan, tarbiya
qilgansan.   2
  Bulardan   ko’rinib   turibdiki   yazdoni   pok   olamni,   dunyodagi   barcha
bilimlarni   yaratuvchi,   Zardusht   esa   bu   bilimlarni   insonlarga   yetkazib   ularni
hidoyatga   boshlovchi   hisoblanadi:   «Mazda   ta’lim   berdi   va   Zardusht   xabar
keltirdi» 3
,   yoki   «Mazda   ta’lim   berib,   Zardusht   so’ylagan   radlarga   olqishlar,
xushnudlik va ofarinlar bo’lsin».  4
 
Gohlar va yashtlarda Zardusht Ahuro Mazdo farmonini bajaruvchi, insonlarni
halollikka,   pok   ahloqga,   komillikka   undaguvchi   ustozlar   rahnamosi   sifatida
ko’rsatiladi.   O’z   navbatida   Zardusht   ta’limotini   kelajak   avlodga   yetkazish,
dunyoga   ezgulik   nurlarini   taratish,   insoniyatni   yuksak   ahloqiy   mezonlar   asosida
barkamollashtirish   jamiyatdagi   ustozlar   va   muallimlar   zimmasiga   yuklatilgan.
Ustoz-muallimlar   yazdon   farzlarini   diliga   joy   aylagan,   o’z   faoliyatida   qo’llagan,
vatanining   gullab   yashnashi,   farovonligi   yo’lida   halol   mehnat   qilib,   uni
1
 « Avesto » . Gohlar. Yasna. 51-hot.   A.Mahkam tarjimasi.   -T.:   Sharq.   2001.   29-b
2
  Qarang. O’sha asar .   27-b
3
  Qarang. O’sha asar . 40-b
4
  Qarang. O’sha asar .43-b dushmanlardan   himoya   qila   oladigan,   jasur,   pok,   bilimdon   shogirdlarni
tarbiyalashlari farz bo’lgan. 
Hozirgi  kunda mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risidagi» qonun,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosini har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni
tarbiyalash masalasi tashkil qilar ekan, ajdodlarimizning 3000 yil ilgari bu a’molga
yetishning   yo’llari,   qoidalarini   ishlab   chiqib,   davlat   va   jamiyat   tuzilishining
negiziga   asos   qilib   qo’yganlari   tahsinga   sazavordir:   «menga   barkamol   va
dinogoh,   vatansevar   va   anjumanoro,   ahil,   ezgu   andishali,   zulmatdan,
tanglikdan qutqaruvchi farzandlar bag’ishla. Toki ular manzil, shahar, o’lka
va uning nom hamda ovozasini ko’tarsinlar»  5
 
YOzma yodgorliklarda zardushtiylik dinining farz va sunnatlari  bayoni  bilan
bir   qatorda   chorvani   ko’paytirib,   bog’lar   yaratish   (agranomiya),   cho’lga   suv
chiqazib, yerning sho’rini yuvib, zaxini qochirib ishlov berish (irrigatsiya), osmon
jismlari,   ularning   harakatini   kuzatish   va   shu   asosda   kun,   yil,   vaqt   hisobini   olib
borish   (astronomiya),   daryolar,   tog’lar,   viloyatlar,   kishvarlar   tasnifi   (geografiya),
tabiatni,   atrof-muhitni   muhofoza   qilish   (ekologiya,   gigiyena),   yurtni,   xalqni,
chorvani   dushmanlar,   qaroqchilar   va   devlardan   himoya   qilish   (harbiy   bilim),
oilaning tuzilishi, oila va jamiyatda erkak-ayol ma’suliyatlari, vazifalari, burchlari
(ahloqshunoslik, sotsiologiya) kabi bilimlar majmuasi yuksak mahorat bilan bayon
qilinganligi   obidaning   ulkan   adabiy-ma’rifiy,   qomusiy   qimmatga   ega   ekanligini
ko’rsatadi.   Shu   bilan   birga   «Avesto»   va   pandnomalarda   ushbu   bilimlarni
umumlashtirib,   boyitib   kelajak   avlodga   yetkazish   ustozlar   va   muallimlar   uchun
yuksak ma’suliyat, burch ekanligi alohida o’qtirilgan. . Ayni paytda shu bilimlarni
maktab,   madrasalarda   o’qitish   yo’nalishlari,   usullari   va   uslublarini   ishlab   chiqish
(pedagogika, didaktika) dono muallimlar, ustozlar vazifasi hisoblangan. 
Muqqadas kitobda hayotning, taraqqiyotning asosida yahshiilik va yomonlik,
nur va zulmat, haqiqat va yolg’on, go’zallik va xunuklik, adolat va nohaqlik kabi
hamisha   o’zaro   ko’rashda   bo’lgan,   bir   biriga   zid   tushunchalar   va   g’oyalarning
o’zaro ko’rashi talqin qilingan bo’lib, bularning mantiqiy davomi sifatida yahshii,
5
 « Avesto » . Gohlar. Yasna. 62-hot.   A.Mahkam tarjimasi.   -T.:   “ Sharq ” .   2001.   90-b dono   ustoz   va   murabbiylar,   nodon   va   johil   ustoz,   murabbiylarga   qarshi   qo’yib
tasvirlangan.   Bunda   muallim   va   mudarrislar   o’z   ilmini   qanchalik   bilishi,   kasbiga
munosobati, fidoiyligi, o’z burchiga sadoqatiga qarab yahshi va yomon ustozlarga
ajratilgan.   «Ravshannazar   ustoz   tolibni   ogoh   etadi» 6
  ya’ni,   yahshi   ustoz
shogirdlarini   tangrini   tanimaslik,   kufr,   insofsizlik,   g’arazgo’ylik,   nohaqlik,
ishyoqmaslik, ahloqsizlik, hunarsizlik va bilimsizlik kabi illatlardan voz kechishga
undab,   tangriga   ishonib   uni   doim   madh   etish,   haqgo’ylik,   mehribonlik,   poklik,
hallolik, insof  va diyonatlilik, adolatlilik, insonparvarlik kabi  xislatlarni namoyon
etishiga   ko’mak   berishni   o’zining   muqqadas   burchi   hisoblab,   shu   yo’lda   xizmat
qilgan. Ustoz haqida : «haqiqat nurlari ostida komronlik va shodmonlik manziliga
eltuvchidir,   sen   bu   yo’lni   ezgulikdan   ogoh   zotlar   uchun   bino   aylading» 7
  deb
kuylanishi tahsinga sazovordir. 
  Ayni   vaqtda   imonini   va   ilmini   dev   va   durujlarga   sotgan   yomon   ustozlar
qattiq   tanqid   ostiga   olinib   qoralanadi.   «Yomon   tarbiyachi   o’z   ta’limi   bilan   ilohiy
so’zlarni   teskari   qiladi   va   tiriklik   idrokini   xarob   aylaydi.   Haqiqatda,   u   odamlarni
rostlikning   bebaho   sarmoyasidan   va   ezgu   niyatdan   bahrasiz   aylaydi» 8
,   yoki   «Ey,
ilm   olmoq   niyatida   uzoq-yaqindan   kelgan   insonlar!   Alhol   barchangiz   quloq
solingiz, mening oshkora so’zlarimni tinglangiz va yodingizda mahkam saqlangiz :
yomon   tarbiyachi   hech   qachon   hayotingizni   tubanlashtirmasin,   devparast
durvandlar   avraguvchi   til   bilan   sizlarni   gumroh   qilmasin» 9
.   Yahshiilik,   ezgulik
(Axura   Mazda)   doimo   yomonlik   va   johillik   (Ahriman)   ustidan   g’alaba
qozonganidek   dono   ustoz   va   murabbiylar   ta’limoti   yomon   ustozlar   ta’limidan
ustun   turishi,   nihoyada   ezgu   amallarni   o’z   qalbi   va   ongiga   jo   aylagan   tolib   va
shogirdlarning voyaga yetkazilishi bilan yakunlanishiga olib keladi. 
 «Avestoda»gi ustoz va muallimlar ta’rifi, ustoz-shogird munosobatlari talqini
hozirgi   kunda   ham   o’z   ahamiyati   va   qimmatini   yo’qotgani   yo’q.   Shu   asnoda   bu
g’oya   va   qarashlarni   ta’lim   jarayoni,   ma’naviy-ma’rifiy   tarbiya   yo’nalishiga
6
 « Avesto » . Yasna. 31-hot.   A.Mahkam tarjimasi.   -T.:   “ Sharq ” .   2001.   12-b
7
 « Avesto » . Gohlar. 34-hot.13-band. A.Mahkam tarjimasi.-T.:  “ Sharq ”,  2001 yil.   B-17.
8
 « Avesto » . Yasna. 32-hot. 9-band.A.Mahkam tarjimasi.-T.:  “ Sharq ”,  2001  yil.
9
  Qarang. O’sha asar .   B- 22 . qo’llash   yuksak   samara   berishi   aniq   va   ravshandir.   Bu   esa   o’z   navbatida
ajdodlarimizning   boy   madaniy-ma’naviy-ma’rifiy   meroslarini   yanada   chuqurroq,
maxsus o’rganish va tahlil etishni talab qiladi. 
Bundaxishn (olamning yaratilishi) -pahlaviy adabiyotlar ichida eng salmoqli
asarlardan   biri   va   «Avesto»dagi   yo’qotib   yuborilgan   Damdad-nask   ning   tafsiri
hisoblanib,   bizgacha   2   xil   qisqa   (hindcha)   va   to’liq   (eroncha)   ko’rinishda   yetib
kelgan.   Bundaxishnning   eng   qo’hna   nusxalaridan   biri   1397   yilda   Peshotan   Ram
Kamdin tomonidan ko’chirilib tartib berilgan. Hozirgi kunda barcha qadimgi Eron
tarixi   va   zardushtiylik   masalalari   bilan   shug’ullanadigan   tadqiqotchilar   Rossiya
fanlar   akademiyasining   Sharqshunoslik   instituti   Sankt-Peterburg   arxivida   I   170/6
inventar raqami, Londondagi India Offis kutubxonasi va Zardushtiylarning hozirgi
kundagi   markazlaridan   biri   hisoblangan   Naosari   shahridagi   dastur   Maxyyar
(Mexrdji)   Ran   kutubxonalarida   saqlanayotgan   Bundaxishn   va   boshqa   bir   qancha
paxlaviy   matnlarni   o’zida   mujassamlashtirgan,   dastur   SHopur   SHaxrobji
tomonidan 1873 yilda tartib berilgan qo’lyozma nusxasidan foydalanishadi. Dastur
SHopur SHaxrobjining bobokaloni mashhur kohin, dastur Maxyyor (Mexrdji) Ran
1579-1591   yillarda   Boburiylar   saroyida   bo’lib   Avesto,   Bundaxishn   va   boshqa
pandnomalar   asosida   shoh   Akbarni   zardushtiylik   ta’limoti   bilan   tanishtirgani
to’g’risida ham ma’lumotlar saqlangan. 
Bundaxishnning   qisqa   (hindcha)   talqini   o’ttiz   to’rt   fasldan   iborat   bo’lib
uning   asosiy   mazumunini   olamning   yaratilishi,   yahshiilik   va   yovuzlik   o’rtasidagi
ko’rash, tabiatda uchraydigan hodisalar va ularning xususiyatlari masalalari tashkil
etadi. Shuningdek osmon jismlari, sayyoralar, vaqt hisobi, viloyatlarni boshqarish,
tarixiy shaxslar va bir qator turli jabhalar, jumladan boshqa yozma yodgorliklarda
uchramaydigan   qator   ilmiy-ahloqiy   fikrlar,   ajdodlarimizning   ta’lim-tarbiyaga   oid
qarashlari   aks   etgan.   «Bundaxishn»ning   «Donishmandning   o’z   farzandiga
nasihati», «Ustozning birinchi sinf o’quvchisiga pandi» kabi qismlarida yosh avlod
tarbiyasi,   kamoloti   oldida   ota-ona,   jamoa,   qo’ni   qo’shni,   muallimlarning   burch
hamda   vazifalari   ,   o’quvchilarning   maktabda,   ko’chada,   ustoz,   ota-ona,   keksalar, kattalar   huzurida  o’zini  to’tishi,   qoidayu-yo’sinlari  birma-bir   sanalib  o’tilib,  unga
rioya qilish mezonlari ko’rsatilgan. 
«Bundaxishn»da   ta’lim-tarbiya   jarayonida   insonda   faqatgina   yahshiilik
fazilatlari   shakllanib,   aql   va   zakovat   hosil   bo’lishi   lozimligi   o’qtiriladi   va   shu
jarayonga rahnamolik qiluvchi ilohalar birma-bir sanab o’tiladi. Jumladan:   Rashn
(«Avesto»da   Rashnu)-porloqlik   va   parhezkorlik   ma’nolarini   anglatib,   hakamlik
ilohasi sanaladi  va mazdoparastlik dinida muhim o’rin tutadi. U Ahura Mazda va
Sipandormazning   o’g’loni,   iloha   Ashaning,   Surush,   Mehr   va   ma’buda   Dinning
birodari. Bu ilohning nomiga ko’p o’rinlarda «rost» yoxud «barchadan rost, to’g’ri,
haq»   sifatlari   ilova   qilib   aytiladi.   «Bundaxishn»da   yozilishicha   Rashn   adolat
hakami,   rostlik,   haq   va   haqqoniyat   miynusi   sifatida   moddiy   olamni   yomonlik,
yolg’on   va   razolat,   ablahlik   va   jaholatdan   qutqarmoq   uchun   bu   qabohatlarning
asosiy sabablari bo’lmish devlarga qarshi ko’rashadi va ularni nest-nobud aylaydi.
Shuningdek,   «odamlarni   rostlikning   bebaho   sarmoyasidan   avraguvchi»   yomon
tarbiyachi   va   ustozlarni   oxirat   kunida   imtihon   qiladi   va   ularning   gunohlarini
tarozida o’lchaydi. Soch tolasi qadar xatolik yoxud badkirdorlik uning faoliyatiga
yotdir.   Ta’lim-tarbiya   jarayoniga   rahnamolik   qiluvchi   ilohlardan   biri   Arshtod dir.
Arshtod   zardushtiylik   dinidagi   faol   ilohalardan   biri   bo’lib,   rostlik,   to’g’rilik
ma’nolarini ifoda etadi va «jahonparvar», «dunyoni kengaytirguvchi» kabi sifatlar
bilan   ta’riflanadi.   «Bundaxishn»ning   ta’rif   berishicha,iloha   Arshtodning   xayrli
amallari   boshqa   ilohalar   bilan   hamkorlikda   oxirat   kunida   odamlarning   yahshii-
yomon   amallarining   hisobini   olish,   adolatli   hakam   vazifasini   bajarib,   oqni   oq,
qorani   qora demoqdir. Arshtod  iloha Rashn   bilan yor   va hamkordir.  Zero,  rostlik
va   adolat   hakamlik   tushunchasi   bilan   egizdir.   Ta’lim-tarbiya   jarayonida   Arshtod
yahshi   va   ezgulik   urug’larini   sepuvchi   tarbiyachi   va   ustozlarga   rahnamolik   va
g’amxo’rlik qiladi. 
Dinkard   (Diniy   amallar   yoki   diniy   kirdikorlar) - Pahlaviy   tilida   yaratilgan   bu
kitobni   olimlar   «Farhangnoma»   («Doiratul   maorif»)   deb   nomlaganlar.   Bu   buyuk
kitob   milodiy   IX   asrda   Bag’dodda   jamlangan.   To’qqiz   bo’limdan   iborat
«Dinkard»ning ikki bo’limi bizgacha yetib kelmagan. Qolgan yetti bo’limi 169000 so’zni o’z ichiga oladi. Ozar Faranbog’ Farruxzod o’g’li «Dinkard»ni jamlab xatga
tushirgan.   «Dinkard»ni   qayta   jamlagan   Ozarpod   Umid   o’g’li   uni   « Ming   eshikli
Dinkard »   deb   nomlagan.   Asar   1911   yilda   ingliz   tiliga   o’girilib   ikki   jild   shaklida
chop etildi. Asarda «Avesto» dagi miflar, Zardusht sarguzashtlari va yetti tangriga
aloqador   voqealardan   tashqari   ta’lim-tarbiyaga   bag’ishlangan   maxsus   boblar   ham
mavjud.   «Shuning   uchun   ham   o’rta   asrlarda   «Avesto»   va   zardushtiylik   dinini
targ’ib qilish, shu e’tiqodning paydo bo’lishi tarixi, mohiyatini o’rganishda ushbu
manbaning   qiymati   beqiyos.   Barcha   avestoshunoslar,   tarjimon   va
lug’atnavislarning   ko’proq   «Dinkard»ga   murojaat   etishlarining   boisi   ham   xuddi
ana shundadir». 
  « Dadestoni   menogi   xrad»- (Aql   ruhi   mushohadalari)   pahlaviy   adabiyotlari
ichidagi   eng   qimmatli   asarlardan   biri   hisoblanadi.   «Dadestoni   menogi   xrad»   bir
necha   marta   (Andreas,   1882;   Sanjana,   1895;   Codex,   1936)   nashr   qilinib   ingliz,
gujarat,  fors va rus tillariga tarjima  qilingan. Bundan  tashqari  West,  1885;  Antia,
1909;   Taffazoli,   1975,   1985;   CHunakova   O,   1997,   F.   SHpigel,   D.   Tavadia,   X.
Nyuberg,   M.   Mole,   R.   Sener,   M.   Boys   va   boshqa   Sharqshunoslar   o’z   ilmiy
tadqiqotlari   asar   matnidan   namunalar   keltirishgan.   Yodgorlikning   yaratilish   vaqti
tarixi,   davri   hamda   va   muallifi   haqida   ma’lumotlar   yo’q   hisobi.   Ko’pgina
Tadqiqotchilar   asar   muallifining   «Avesto»   dan   juda   yahshi   xabardor,
mazdoparastlik   e’tiqodiga   sodiq   zardushtiy   bo’lganligini   e’tirof   etishadi.   Bunga
misol   sifatida   matnda   20   marotoba   «Avesto»   tilga   olinganligi   va   100   dan   ziyod
«Avesto»   dan   iqtibos   keltirilganligi   ta’kidlash   lozim.   Asarning   yaratilish   davri
Sosoniylar   hukmronligining   oxirgi   davriga   to’g’ri   kelishi   ham   taxmin   qilinadi.
Asarning   asosiy   syujetini   aql   ruhi   va   donishmand   orasidagi   savol-javob,
musohoba   tashkil   etadi.   Aql   ruhi   esa   o’z   navbatida   moddiylashtirilgan   tushuncha
sifatida talqin qilinadi. Donishmand unga jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalar,
udumlar,   urf-odatlar,   belgilangan   tartibga   rioya   qilinishi   va   shu   jarayonda
insonning   hatti-harakati   bilan   bog’liq   zardushtiylar   ta’limotining   mohiyatini
anglashga   qaratilgan   62   ta   savol   beradi.   Savol-javoblar   zardushtiylik   ta’limotiga
asoslangan   dunyoqarashni   shakllantirishga   yo’naltirilgan   bo’lib,   uning   asosini doimiy ravishda davom etadigan yahshiilik va yomonlik o’rtasidagi azaliy ko’rash
masalasi   tashkil   etadi.   Inson   esa   o’z   aqli,   tafakkuri   yordamida   yahshiilik   va
yomonlik yo’llaridan birini tanlab o’z taqdirini belgilaydi. 
Insonning   to’g’ri   tanlovi   uning   jamiyat   va   ijtimoiy   hayotdagi   hatti-
harakatlarini   ham   belgilab   beradi.   Bu   o’z   navbatida   dinning   asosiy   ahkomlarini
bilish va tushunish, uning farzlari, sunnatlariga rioya qilish, butparastlarga nisbatan
ko’rash,   shuningdek   «ezgu   fikr»,   «ezgu   so’z»   va   «ezgu   amal»   triadasiga   so’zsiz
amal qilish holatlarida namoyon bo’ladi. 
Zardushtiylikda tafakkur va aql tushunchasi (xrad) ga alohida e’tibor beriladi.
Oy,   yer   va   barcha   yaratilgan   xilqat   va   mavjudotlar   aql-tafakkur   tomonidan
himoyalanib, boshqariladi. Olamdagi  qonunlar  u tomonidan belgilanadi  ( s  3, 61,
65 ). Ezgu ishlar va oliyjanob hatti-harakatlar aql-tafakkur orqali amalga oshiriladi
(s   4),   aqlli   va   mulohozakor   insonga   kam   zarar   yetadi   (s   36),   aql-tafakkurga   ega
bo’lgan   inson   badavlatdir(s   36),  aql-tafakkur   har   qanday   boyligdan   a’lodir   (s   56)
va   uni   sotib   olib   bo’lmaydi   (s   43).   Aql-tafakkur   barcha   sohalarda   bilim,   tajriba,
ko’nikma va malakalarni hosil qilish, yahshi hayot kechirish, xursandchilik, shon-
sharafga   ega   bo’lishga   ko’maklashib,   o’limdan   so’ng   jannatga   tushishga   yordam
beradi(s 46-47, 60, 63). 
Inson   harakterida   shakllanishi   lozim   bo’lgan   asosiy   xususiyatlar-bu
oqko’ngillik,saxiylik,   ezgulik   (s10,   27),   oliyjanoblik,   rostgo’ylik(s   19,20,38),
tirishqoqlik(s 46), harakatchanlik, o’ziga ishonch(s8) va minnatdorchilik (s 72)dir.
« Dadestone   menogi   xrad » da   ana   shunday   ezgu   amallardan   33   tasining   tasnifi
keltirilgan. 
Inson   iblis   Axriman   tomonidan   yaratilgan   ko’p   sonli   xilqatlar   va   devlar,
shuningdek:   xasislik   (s.   5,24,44),   yovuzlik   (s.   44),   tuhmat   (s5),   takabbur   (   s.   44,
XXI.   43),   ishonchsizlik   (s   49),   qoniqmaslik   (s.   44)   kabi   xislatlardan   voz   kechib
ular   bilan   doim   ko’rash   olib   bormog’i   lozim.   Diniy   va   ahloqiy   holatlarni   o’zida
mujassamlashtirgan   30  ta   gunoh  ishlarni   bajarmaslik   va   ulardan  tiyilish   lozim   (s.
37-38).   Bunday   gunohlar   jumlasiga:   to’g’ri   kishini   qasddan   o’ldirish,   olov
otashdonini buzish, sanam va butlarga sig’inish, yolg’on, ishyoqmaslik, jodugarlik, o’g’rilik,   qasamni   buzish,   qondoshlik   nikohiga   kirish   bo’yicha   zardushtiylik
odatini   buzish   va   boshqalar   kiradi.   Insonlar   bilan   o’zaro   munosobat   ham
zardushtiylik   etikasi   prinsiplariga   bo’ysungan   holda   amalga   oshirilish   lozim.
Oqko’ngil   insonlar   bilan   muloqot   yahshiilik,   yomon   kishilar   bilan   esa   kulfat
keltiradi   (s.   67).   Hukmdorlarning   ham   yolg’onchi   va   tuhmatchilar   bilan   emas,
balki donishmand, dono, oqko’ngil kishilar bilan suhbatlashishlari foydalidir (XX.
4-5). 
Zardushtiylikda kishini holdan toydiradi degan fikrga ko’ra ro’za to’tish man
etilgan.   Inson   holdan   toysa,   o’z   zimmasiga   yuklangan   vazifani   bajara   olmaydi,
ya’ni,   Axura   Mazdaga   yordam   bera   olmaydi,   bu   esa   yovuz   kuchlarning   ezgulik
kuchlari   ustidan   g’alaba   qilishiga   Sharoit   yaratib   beradi,   deyiladi.   Och   qolish   va
yahshi   ovqatlanmaslikning   inson   xulqining   shakllanishga   ham   ta’sir   etishi
qo’yidagicha   ta’kidlanadi:   «Oziq-ovqat   yahshiilanishi   bilan   xalqning   ahloq-odobi
ham   kuchayadi.   Non   mo’l-ko’l   bo’lsa,   ahloqiy   so’zlar,   ilohiy   fikrlar   yahshiiroq
idrok   qilinadi».   Zardushtiylikda   may   iste’mol   qilish   ta’qiqlanmagan.   Mayni
me’yorida   iste’mol   qilish   kishi   organizmini   mustahkamlaydi,   ya’ni,   ovqat   yahshi
hazm   bo’ladi,   qon   yahshi   yurishadi,   kishi   yahshi   uxlaydi,   bu   holatlar   esa   uning
unumli ravishda aqliy mehnat  qilishiga yordam  beradi, kishilar o’rtasida do’stona
munosabatlarning   qaror   topishiga   ko’maklashadi,   ahloqi   yomon   kishilar   bilan
ahloqi   yahshi   kishilarni   bir-biridan   ajratib   olishiga   yordam   berishi   qayd   etib
o’tiladi. 
Zardushtiylikda dunyoviy noz-ne’matlardan voz kechish talab etilmaydi, balki
noz-ne’matlarni   me’yorida   iste’mol   qilish,   ularning   mazasidan   lazzat   olish,   inson
hayotining   «yahshii   kun   ko’rish   uchun   zarur   narsalar   mo’l-ko’lchiligida»
xushchaqchaqlik va baxtiyorlik bilan o’tkazishi lozimligi to’g’risidagi fikrlar ilgari
suriladi. 
Ko’rinib   turibdiki   «Avesto»   va   pandnomalardagi   ta’lim-tarbiyaga   oid
g’oyalarning   asosiy   o’zagini   ezgulik,   yahshiilik,   halollik,   poklik,   rostgo’ylik,
oliyjanoblik,   adolat,   insonparvarlik   kabi   xislatlarni   yosh   zardushtiylarda
shakllantirish   masalasi   tashkil   etib,   zardushtiylar   e’tiqodining   asosi   hisoblanmish «Ezgu fikr», «Ezgu so’z» va «Ezgu amal» aqoidlariga tayangan holda , insoniyatni
ro’shnolikka, hidoyatga undaydi. 
Xulosa   qilib   aytganda,   «Av e sto»   asarida   insonning   barkamol   bo’lib
yetishishida   uning   so’zi,   fikri   hamda   ishi   ezgu   bo’lishi   va   ezgulikning   tantanasi
uchun   xizmat   qilishiga   katta   e’tibor   b e riladi.   Ushbu   ahloqiy   uchlik   g’oyasi   eng
qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida
yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero,
unda   insonning   inson   sifatida   ma’naviy   va   moddiy   jihatdan   kamol   topishi   uchun
zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat
Sharq balki G`arb xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda
ifoda   etilayotgan   masalalarning   ijtimoiy   hayotning   barcha   jabhalarini   qamrab
olganligi   Zardusht   g’oyalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyatini   oshirib,   uning
qimmati bugungi kunda ham yuqori bo’lishiga olib kelgan.  Adabiyotlar  
1. Muqaddas   olov-atar-xurra   Xoмидoв   X.   «Aвестo»нинг
мaърифий қиймaти.  Тoшкент.2002.  5-12-betlar
2. Авесто / Асқар Маҳкам таржимаси. – Т.: Шарқ, 2001. – 384.
3. Авесто. Яшт китоби / М.М. Исҳоқов таржимаси. –Т: Шарқ,
2001. 3 -9-betlar
4. Ҳамиджон   Ҳомидий.   Авестодан   Шоҳномагача.   –Тошкент.,
2007.  35-44-betlar
5. History   of   Civilizations   of   Central   AsiaThe   crossroads   of
civilizations:A.D.   250   to   750 Multiple   History   Series UNESCO   Publishing
Volume III .1996 394-403 - pages           www    .   avesta    .   org    .   ru   
6. O‘zbekiston   tarixi,   I   kitob.   Oliy   o‘quv   yurtlarining   tarix   fakulteti
talabalari uchun darslik / Mas’ul muharrir      A.S.Sagdullayev. – T.,
2021 - 624 b. 115-139 betlar
7.     Эшов Б., Одилов А. Ўзбекистон тарихи. 1-жилд. Энг қадимги
даврдан XIX аср ўрталаригача. Дарслик. – Т., 2014.  63-75 betlar
8.    Эшов Б. Ўзбекистонда   давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи.
Биринчи   китоб   –   Т.:   Янги   аср   авлоди,   2019.   -   432   б   .   187-208
бетлар

Mavzu: Avesto tarixiy manba sifatida. Reja: 1. Avestoning vujudga kelishi tarixi. 2. Uning arxeologik va yozma manbalar asosida o`ganilishi . 3.«Avesto» va unda jamiyat ijtimoiy tarkibining aks etishi. 4. Avesto –Vatanimiz tarixini o`rganishda muhim manba

Zardushtiylarning ilmiy-nazariy, ijtimoiy-falsafiy, tarixiy, ta’limiy-ahloqiy, diniy-ma’rifiy qimmatga ega bo’lgan muqaddas kitobi hisoblanmish «Avesto» bilan bir qatorda olamning yaratilishi, yahshiilik va yovuzlik, nur va zulmat o’rtasidagi doimiy ko’rash, borliq to’g’risidagi tasavvurlar asosida kosmologik, kosmogonik, esxatologik asotirlarni o’zida mujassamlashtirgan yozma manbalari safiga: «Bundaxishn», «Dinkard» «Dadestani menogi xirad», «Andaz-i danag- mard», «Xveshkarix-i Redagan», «CHim-i Dron», «Shoyist-noshoyist», «Arta- Viraz nomak», «Oyatkor Zariron», «Baxman-yasht», «Zat-Sporam», «Kornomayi- Ardasheri Bobakon», «Rost suxan», «Rivoyat», «Xvaday nomak», «Oyin nomak» kabi asarlarni kiritgan holda, ularda Turon va Eron xalqlarining mushtarak yodgorliklari sifatida ajdodlarimizning mushohadalari, tafakkur ne’matlari jamlanganligini e’tirof etish lozim. «Avesto» eramizdan oldingi VII asrning oxiri VI asrning boshlarida Zardusht va mazdoparastlik dini ulamolari tomonidan yaratilgan. U muqaddas diniy kitob bo’lishi bilan birga o’z davrining ko’pgina ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy, falsafiy, ahloqiy masalalarini qamrab olgan. Kitob 21 naskdan iborat bo’lgan. Afsuski, bizgacha kitobning 5 naski «Yasht», «Yasna», «Visparad», «Vandidod» va «Xorda Avesto» yetib kelgan xolos. Dunyodagi eng qadimiy va noyob bilimlar xazinasi bo’lgan «Avesto»da insoniyat taraqqiyoti, rivoji uchun zarur barcha ilmlar majmuasi, sohalar, qonun- qoidalar, ahloqiy-ijtimoiy normalar o’z aksini topgan. Shuningdek asarda ahloqiy barkamollik asosida, «komil inson»ni voyaga yetkazish yo’lida «ezgu fikr», «ezgu kalom», «ezgu amal» g’oyalarining tarannum etilishi zardushtiylarning ma’naviy- ma’rifiy olami mohiyatini tashkil etadi. Qadimgi Turon va Eron hududlarida Ahmoniylar va Sosoniylar davlatining tashkil etilishi davrida zardushtiylik qonun-qoidalariga amal qilish, uning rasmiy davlat diniga aylantirilishi bilan belgilandi. Davlat rahbarlari va din peshvolari, kohinlarning sa’y harakatlari bilan muqaddas kitob «Avesto»ning parokanda qismlarini to’plash, tiklash, tartibga keltirish, yagona matnlar to’plamini tashkil etish ishlari keng miqyosda olib borildi.

«Avesto»ning tarixda rasmiy qayta tiklanishi Sosoniylar dalatining asoschisi Ardesher Bobakon (226-242 y) hukmdorligi davrida amalga oshirildi. «Avesto» matnlarini tartibga solish bilan davlatning bosh diniy rahnamosi Tansar shug’ullandi. «Dinkard»ning beshinchi kitobida keltirilishicha: Janobi oliylari, shohlar shohi Bobakon o’g’li Ardasher o’zining diniy rahnamosi Tansar maslahatlariga amal qilgan holda, ta’limotning tarqalib ketgan qismlarini saroyga to’plash haqida buyruq berdi. Tansar o’z ishiga kirishib, barcha to’plangan qismlarni izchil tahlil qilgan holda, aniq xulosalar asosida bir yo’nalishni tanlab oldi. Qolgan qismlar va yo’nalishlar qonundan tashqarida, deb e’lon qilindi. Tansar qo’yidagicha buyruq berdi: «Shu vaqtdan boshlab Mazdaga e’tiqod qilish yo’nalishidagi har qanday o’zgacha talqinlar bizning shaxsiy ma’sulligimiz ostida hal qilinadi, chunki hozirgi kunda tartibga va tizimga solingan bilimlarga o’zgartirish kiritishga hojat yo’q». SHopur I (242-272) davriga kelib «Avesto»ning Tansar tomonidan tartibga keltirilgan qismlari, imperiya hududlaridan tashqaridan yozib olingan amalda bo’lgan alohida qismlar bilan to’ldirildi. «Dinkard»ning beshinchi kitobida bu haqda qo’yidagicha ma’lumot berilgan: «Ardasher o’g’li, shahanshoh SHopur Hindiston, Vizantiya imperiyasi va boshqa mamlakatlarda tarqalib ketgan, o’z ichiga tibbiyot, astronomiya, makon va zamon, materiya, dunyoning yaratilishi, tugmush tarzi, rivojlanish kabi bilimlar va jarayonlarni o’zida mujassamlashtirgan diniy matnlarni «Avesto» tarkibiga qo’shish va shoh xazinasida saqlashni buyurdi». «Avesto»ning beshinchi marta tartibga solinishi IV-asr o’rtalarida SHopur II (309-379) hukmdorligi davrida amalga oshirilgan. Bu ishni bajarishda mo’badlarning mo’badi Ozorpod Mehrospandon (290-371) ning xizmatini alohida ta’kidlash lozim. Mehrospandon birinchi navbatda mamlakatdagi barcha «Avesto» matnlarini yoddan bilgan kohinlarni to’playdi. Chunki bu zardushtiy ulamolar yodgorlikni o’qish va qiroat qilishda matniy aniqlik, ichki musiqiylikni saqlashga jiddiy e’tibor berishgan. Ozorpod yuborgan 7 kohin Marv hamda Xorazmga borib avestoxon kohinlardan «Vendidod»ning eng mukammal nusxasini yozib olib,

podsholik ixtiyoriga topshirgan. Qiyosiy tahlil jarayonida bu yozuvlar «Vendidod»ning komil nusxasi deb topilgan. Avloddan avlodga o’tib kelayotgan og’zaki bayon etish usulida «Avesto» so’zlarining mazmuni va ohangi saqlansada, lekin o’qish lahzalarida so’zlarning jozibadorligi, ta’sirchanligi umuman yo’qolib borayotgan edi. Bu o’z navbatida tallafuz ohangidagi unli harflarni, matndagi undosh harflar bilan bir qatorda yangi ohangda qaytadan yozish ehtiyojini tug’dirdi. Yangi «Avesto» alfaviti yangidan tiklangan harflar bilan yunon, o’rta fors va Parfiya alfavitlarining ohangdosh xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirdi. «Avesto» alfavitidagi harflar soni yuzasidan tadqiqotchilar har xil fikrlarga ega. Masalan X. Bartolome alfavit 52 harfdan (3 tasi ligatura), X. Rayxelt 51 harf (48+3 ligatura), V. B. Xening 48 harf (shundan 14 tasi unli), G. Vindfur 60 harf va M. Boys 46 harfdan iborat deb hisoblashadi. Eron olimlaridan Hoshim Rizoiy, Jalolliddin Olitiyoniy, Ahmad Taffazuliy va boshqalar «Avesto» yozuvi 48-52 harf doirasida deb ta’kidlashgan. Hozirgi kunda mustaqil mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy-ma’naviy yuksalishi yo’lida xizmat qiladigan ozod va obod, farovon hayot, jamiyatning kelgusidagi poydevorini tashkil etadigan avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish ta’lim sohasidagi islohotlarning o’zagini tashkil etar ekan, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy-ma’rifiy meros, qadriyatlar, ma’naviy manbalardan foydalanish, o’rganish, ularni tahlil va tadqiq qilish bu yo’ldagi muhim vazifalardan biri ekanligini unutmasligimiz lozim. «Avesto» asosiy qismlarning turli sabablarga ko’ra parokanda bo’lib ketishi asarni butunlay yo’qota olmaydi, albatta. Ulardagi mazmun turli tarjima va sharhlar orqali bizgacha yetib keldi. VI asrda pahlaviy tilida yaratilgan qo’lyozma manbalar «Avesto» qismlarining mukammal nusxalaridir. Ular, asosan, pand- nasihat harakteridagi ibratli hikoyat va ahloqiy fikrlar bo’lib, andarzlar-o’gitlar majmuaidir. Bularning bir qismi «Sharq yozma yodgorliklari» turkumida «Pexlaviyskiye nazidatelnie teksti» nomi bilan rus tilida chop etilgan. Ma’lumki eramizdan oldingi VII - asrning oxiri VI - asrning boshlarida Movoraunnaxr va Xuroson xalqlari yashagan hududlarda qo’hna sivilizatsiyaning

ilk kurtaklari paydo bo’lib, insoniyat hayot kechirishi, taraqqiy qilishi va rivojlanishining asosiy omili sifatida o’zi tomonidan o’rganilgan, mustahkamlangan bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni keyingi avlodga yetkazish uchun ta’lim va tarbiyaning yetakchi bo’g’in sifatida zarurligini tushunib yetgan. Qo’hna sarchashmalar va «Avesto»dagi dalillar shuni ko’rsatadiki «ta’lim jarayonida kundalik hayot uchun zarur bo’ladigan barcha bilimlar o’qitilgan, hunarlar o’rgatilgan. «Avesto»dagi ahloqiy-ma’naviy tarbiyaning asosini poktiynat, halol, qalban sof, ma’nan yetuk avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish masalasi tashkil qiladi. Bu masalani amalga oshirish esa ustoz va murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. «Avesto»da ustozlar haqida so’z ketganda eng avvalo barcha ustozlarning ustozi , mutlaq iloh Axura Mazda madh etiladi : «sen ashah-Haqiqat so’zi va Ezgu niyat ta’limoti bilan, senga payvandlik va uns bog’lagan zotlarga ilk murabbiy, ustozsan» 1 , yoki «sen haqiqatda, butun mavjudotga Ashah- Haqiqatning manfaati va durujning ziyonkorligi xususida saboq bergansan, tarbiya qilgansan. 2 Bulardan ko’rinib turibdiki yazdoni pok olamni, dunyodagi barcha bilimlarni yaratuvchi, Zardusht esa bu bilimlarni insonlarga yetkazib ularni hidoyatga boshlovchi hisoblanadi: «Mazda ta’lim berdi va Zardusht xabar keltirdi» 3 , yoki «Mazda ta’lim berib, Zardusht so’ylagan radlarga olqishlar, xushnudlik va ofarinlar bo’lsin». 4 Gohlar va yashtlarda Zardusht Ahuro Mazdo farmonini bajaruvchi, insonlarni halollikka, pok ahloqga, komillikka undaguvchi ustozlar rahnamosi sifatida ko’rsatiladi. O’z navbatida Zardusht ta’limotini kelajak avlodga yetkazish, dunyoga ezgulik nurlarini taratish, insoniyatni yuksak ahloqiy mezonlar asosida barkamollashtirish jamiyatdagi ustozlar va muallimlar zimmasiga yuklatilgan. Ustoz-muallimlar yazdon farzlarini diliga joy aylagan, o’z faoliyatida qo’llagan, vatanining gullab yashnashi, farovonligi yo’lida halol mehnat qilib, uni 1 « Avesto » . Gohlar. Yasna. 51-hot. A.Mahkam tarjimasi. -T.: Sharq. 2001. 29-b 2 Qarang. O’sha asar . 27-b 3 Qarang. O’sha asar . 40-b 4 Qarang. O’sha asar .43-b