logo

Fan ijtimoiy institut sifatida tayanch iboralar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.884765625 KB
Fan ijtimoiy institut sifatida tayanch   iboralar
R e j a:
1. Fan borligini asosiy tomonlari
2. Fan va ilmiy bilish
3. Fan ijtimoiy institut sifatida
4. Fan madaniyatini tomoni va o’ziga xos jabhasidir. Fan borligini asosiy tomonlari
Fan   ijtimoiy   borliqni   bir   jabhasidir.   U   ijtimoiy   hayotni   realligini
(mavjud   bo’linishi)   bir   ko’rinishi,   insonlarni   moddiy   va   ma’naviy
ehtiyojlarini qondiradigan ijtimoiy institutdir.
Ayni   paytda   fan   o’zini   borligiga,   ya’ni   mavjud   bo’lish   shakllari,
usullari va sikllariga ega.
Fan borligini asosiy tomonlari:
1) Fan   ijtimoiy   institut   sifatida   shakllanadi   va   rivojlanadi.   Bu   esa
insonlarni   intellektual,   ma’naviy   tarakqiy   etish   imkoniyatlarini
yaratadi,   kishilarni   nazariy   faoliyatlarini   ijtimoiy   kasb   turiga
aylantiradi.
2) Ixtisoslashgan   ilmiy   bilish   faoliyati   bilan   shug’ullanadigan   ziyolilar
guruhi   ijtimoiy tabaqa shakllanadi. Bilish faoliyatini ijtimoiylashtirish
individual   va   ijtimoiy   subyektlarini   paydo
qiladi.
3)   Kishilarni   ilmiy   faoliyatini   tashkil   qilishga   qaratilgan   turli   rasmiy   va
norasmiy uyushmalar,   tizimlar, paydo bo’ladi va rivojlanadi.
4) Fan ijtimoiy hayotni, kimsalarni turmushi va mehnatini oqilona tashkil
qilishga,   yangidan-yangi       yashash   va   faoliyat   ko’rsatish   vositalarini
yaratishga   yordam   beradigan   ilmiy-ma’naviy   qadriyatlar
sohasi sifatida taraqqiy etadi.
5)   Turli   sivilizasiyalarda   bilish   faoliyatini   tashkil   qilishni   tarixiy   tiplari
paydo bo’lish, yuksalish va tanazzulga uchrashish sikllariga ega.
Qadimgi dunyo fani va ilmiy maktablari
O’ rta mag’rib va Mashriq fani.
Xorazmiy - Ulug’bek
Vorislik uziladi.  Jamiyat miqyosida bu sikllar vorislik va aloqadorlik doirasiga kiradi.
Antik - fan  - o’rta asr Mashriq fani
Arximed   -   Ibn   Sino,   Al   Xaysam   natijasida   fan   spiralsimon   taraqqiyot
ko’rinishida yuksaladi, rivojlanadi.
2. Fan va ilmiy bilish
Fan murakkab - ijtimoiy hodisa va institutlar. Fanning ijtimoiy   borligi
unga tizim xislatini beradi. 
O’z-o’zini   tashkillashtiruvchi   tizim   sifatida   fan   tarkibiy   qismlarga,
sohalarga va qatlamlarga egadir.
Fan   insonlarni   faoliyatini   tashkillashtiradigan   uyushma   bo’lar   ekan,   u
murakkab tarkibiy qismlardan iborat.
Shunday   qismlardan   biri   nazariy   faoliyatni   ko’rinishi   bo’lgan   ilmiy
bilishdir.   Ilmiy   bilishni   natijasi   esa   nazariy   yoki   ilmiy   bilimlardir.   Fanni
harakatlantiruvchi kuchi ilmiy bilish faoliyati, intellektual o’zagi esa - ilmiy
bilishdir.
3.Fan ijtimoiy institut sifatida
Ijtimoiy   institut   tushunchasi   institut,   ya’ni   o’rnatish,   idora   etish,   idora
ma’nosida   ishlatiladi.   Sosiologiya   fanida   aytilishicha   institut   tarixi   yuzaga
kelgan   kishilarni   birgalikda   faoliyat   ko’rsatishlarini   tashkil   etuvchi   barqaror
uyushmadir.
Inson faoliyatiga ijtimoiylik xislatini beradigan, bu xislatga barqarorlik
bag’ishlayigan sifat institutdir.
Jamiyatni   o’zi   iqtisodiy,   siyosiy   huquqiy,   ma’naviy   faoliyatlar   va
munosabatlarni   tashkil   qiladigan,   ularni   ro’yobga   chiqaradigan   ijtimoiy
institutlar tizimidir.
Eng   muhim   ijtimoiy   institutlardan   mulkchilik,   davlat,   oila,   ishlab
chiqarish jamoalari, fan, ma’naviy, ma’rifiy, tibbiy muassasalar va boshqalar. Ijtimoiy   institut   tufayli   ijtimoiy   hayot   va   faoliyat   tashkil   qilinadi,
tartiblashadi, inson ijtimoiy - madaniy xislatlar va rollarga ega bo’ladi.
Ijtimoiy institutlar turli miqyos va sohalarga egadirlar, bir-birlari bilan
aloqada va o’zaro ta’sirda bo’ladilar.
Davlat   - fan 
Fanning ijtimoiy institut jihati nimada ko’rinadi?
Fan ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida   m a’lum funksiyalarni bajaradi.
Ijtimoiy   institut   sifatida   fan   birgalikda   mehnat   qilish   shakli   bo’lib,   uning
qatnashchilari nisbatan mustaqil ilmiy uyushmalarga birlashadi, u shaxsiy va
guruhiy yutuqlarni tarqatish va ayriboshlashni ijtimoiy nazorat ostiga oladi.
Tadqiqot   faoliyati   natijalarini   tanishtirish   va   ayriboshlash   ilmiy
aloqalar orqali amalga oshiriladi.
Fanning   boshqa   ijtimoiy   funksiyalariga   ilmiy   yutuqlarni   texnik
loyihalarga   o’tkazish,   texnikaviy   yagilanishni   joriy   etish,   amaliyot,   ijtimoiy
sohalar va xizmat ko’rsatish sohalariga tatbiq qilish kiradi.
Fanni   ichida   sodir   bo’ladigan   ijtimoiy   mehnat   taqsimoti   tabaqalangan
strukturaviy guruhlarni paydo bo’lishini taqozo etadi.
Masalan,   fundamental   tadqiqot   olib   boruvchi   nazariyotchilar,   amaliy
joriy   etish   bo’yicha   tadqiqot   olib   boruvchilar,   nazariy   yutuqlarni   texnika   va
turli ijtimoiy sohalarga tatbiq qiluvchilar (muhandislar) va boshqalar. Bu hol
ilmiy uyushmani ixtisoslashgan kasbiy guruhlarga bo’linishiga olib keladi.
Fanni   ijtimoiy   institut   sifatida   namoyon   bo’lishini   yana   bir   belgisi   -
unga nisbatan davlat ma’lum siyosatini yurgizish
Fan   siyosiy,   iqtisodiy   va   ma’naviy   mafkuraviy   jarayonlar   doirasiga
tushadi,   davlatdan   taraqqiy   ettiruvchi   yoki   tanazzulga   uchratadigan   ta’sirlar
oladi.
4.Fan madaniyatini ko’rinishi va jabhasi sifatida Fan madaniyatga kiradimi yoki yo’qmi?
Fanni madaniyatni bir ko’rinishi desa bo’ladimi?
Fanni   madaniyat   doirasidan   tashlamoqchi   bo’lgan,   ya’ni   fanni
madaniyatga   bevosita   aloqasi   yo’q   deydigan   tadqiqotchilar   ham   bor.   Ularni
fikricha,   madaniyat   -   inson   yaratgan   va   foydalanadigan   belgilar   tizimidir.
Semiotik   -   madaniyatshunoslar   (   Yu.M.   Loytman)   O   Savranskiy)
madaniyatni belgili tomoniga urg’u beradilar.
Fanda   esa,   deydi   ular,   eng   muhimi   belgi,   ifodalash   emas,   balki
obrazlar, tasavvurlar, ma’nolardir. To’g’ri, fan ham belgilar bilan ish ko’radi,
lekin ular ilmiy tadqiqot uchun ikkinchi, uchinchi darajali jihatlar.
Shuning   uchun,   ularning   nuqtai   nazarlariga   ko’ra   fan   madaniyat
jabhasiga kirmaydi, madaniyatni mohiyatini namoyon qilmaydi.
Lekin ko’pchilik tadqiqotchilar bu fikrga qo’shilmaydilar.
Inson yaratgan va ma’no bergan har qanday narsa, predmet bo’lmasin,
jarayon   bo’lmasin,   muassasa   bo’lmasin,   madaniyatdir,   madaniyatga   kiradi.
Inson   yaratgan   qadriyatlar   madaniyat   olamini   tashkil   qiladi.   Fan   predmet
emas. Lekin fan insonlar yaratgan muassasalar tarkibiga kiradi.
Madaniyat   orqali   inson   o’zini   mohiyatini,   insoniyligini,   qadriyatlar
yarata olish qobiliyatini namoyon etadi. 
Fan orqali ham inson o’zini yaratuvchanlik qobiliyatini o’stiradi, ilmiy
qadriyatlar   yaratadi,   tabiatda   uchramaydigan   predmetlar   va   texnologiyalarni
ko’radilar, aqliy va insoniy jihatlarini tabiatga, koinotga tarqatadi.
San’at   va   ma ’ naviyatda   harakatlantiruvchi,   rivojlantiruvchi   kuch
badiiy, intellektual ijoddir. 
Fanning harakatlantiruvchi kuchi ilmiy ijoddir. 
Ijod   -   madaniyatni   yaratuvchisi,   mohiyati,   namoyon   etish
mexanizmidir.  Demak, inson madaniyatni yaratadi.
Shu bilan birga, insonning faoliyatini o’zi bajarish shakli, tarzi moxirlik
takomillashtirish   nuqtai   nazaridan   madaniy   darajasiga   ega   bo’lishi   mumkin
"mehnat   madaniyati",   "siyosiy   madaniyat",   “iqtisodiy   tafakkur   madaniyati"
kabi tushunchalar inson faoliyatini madaniy me’yorini ifodalaydilar.
Fanda   amalga   oshiriladigan   ilmiy   faoliyat   ham   o’zini   madaniy
darajalariga tarzi va siymosiga egadir. Bu maxsus tushunchalarda aks etilgan.
1. Mantiqiy tafakkur madaniyati (fikrlash izchilligi, murakkab normani
soddalashtirilgan   hukmlar   orqali   tavsiflash,   ziddiyatsiz,   bayon   etish
chiroyli stilistika)
2. Dialektik tafakkur madaniyati
3. Uslubiy tafakkur madaniyati
4. Ilmiy ijod madaniyati
5.   Nazariy   tafakkur   madaniyati   (Ibn   Rushd,   Al-G’azzoliy,   Getel’,
Shopengauer, Markslarni ijodi)
V.J.  Kelleni  fikricha, san’at  va  fan  m adaniyat tizimida turli  jabhalarni
egallaydi.   Fan,   deydi   olim,   madaniyat   funksiyasini   (vazifasini)   bajaradi   va
shuning   uchun   madaniyat   hodisasi   sifatida   olib   qaralsa   bo’ladi,   qachonki   u
(fan) qo’lga kiritgan bilim inson olamini ifodalovchisi, omili bo’lsa, insonga
qarasa, unga munosabatda bo’lsa
(Kelli V.J., Nauka kak fenomen kul’tur* nauka i kul’tura M., 1984 s 8) 
Hodisa, jarayon nuqtai nazarda fan jamiyatda mavjud, demak tarixni ma’lum
madaniyat tizimini tarkibiga qo’shilgan.
Qadimgi   misrliklarni   bilimi   koxinlarni   qo’lida   bo’lgan,   ezoterik
(yepok) xarakterda bo’lgan.
Qadimgi   Hindiston   madaniyatida   kishilar   inson,   olam   haqida   chuqur,
hatto     hozirgi     zamon       fanini   hayratda   qoldiradigan   bilimlarga   ega
bo’lishgan. Lekin ular g’ayriilmiy, mistik qobiqqa o’ralgan (Yoga maktabi). Qadimgi Yunon fani ochiq, tizimli, tanqidiy, refleksiya, interubchektiv
belgilaga ega bo’lgan.
Madaniyat insoniy me’yor, inson taraqqiyoti fanda ham insoniy me’yor
bor, u orqali inson taraqqiy etadi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR  RO‘YXATI :
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi.   –   Toshkent:
O‘zbekiston NMIU, 2017. – B. 74.
2. 2017 – 2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi .2017.   yil   7   fevral
(PF4947) .
3. To‘raev B.O. Tabiatshunoslik falsafasi.-T.:Tafakkur, 2010
4. T o‘ raev B.O. Abu Rayhon Beruniy. – T.: Tafakkur, 2010. – B. 96
5. To‘raev B.O. Ontologiya, gnoseologiya, logika va fan falsafasi 
muammolari. Tanlangan asarlar: I jild. O‘zMK nashriyoti, 2015. –B. 376.
6. To‘raev   B.   Hozirgi   zamon   tabiatshunoslik   konsepsiyasi.   –   T.:
Tafakkur. 2009. –B. 208
7. Turaev   B.O.   Sinergetika:   mohiyati,   qonuniyatlari   va   amaliyotda
namoyon bo‘lishi. Jamoaviy monografiya. – T.: Navro‘z, 2017. –B. 36 4 .
8. Qo‘shoqov Sh. Tabiatshunoslik falsafasi. S.:Samarqand; 2004.
9. Qo‘shoqov Sh.S. Tabiiy, texnik va ijtimoiy – gumanitar fanlarning
falsafiy muammolari.S.:SamDU, 2000.
10. Shermuxamedova  N.  Falsafa va  fan metodologiyasi.-T.: 
Universitet,  2005.
11.   Shermuxamedova   N.   Falsafa   va   fan   metodologiyasi    –   T.:   
Axborot texnologiyalari, 2008.
12. Shermuxamedova  N.A. Gnoseologiya –  bilish falsafasi. -
T.:“Noshir”,   2011.

Fan ijtimoiy institut sifatida tayanch iboralar R e j a: 1. Fan borligini asosiy tomonlari 2. Fan va ilmiy bilish 3. Fan ijtimoiy institut sifatida 4. Fan madaniyatini tomoni va o’ziga xos jabhasidir.

Fan borligini asosiy tomonlari Fan ijtimoiy borliqni bir jabhasidir. U ijtimoiy hayotni realligini (mavjud bo’linishi) bir ko’rinishi, insonlarni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradigan ijtimoiy institutdir. Ayni paytda fan o’zini borligiga, ya’ni mavjud bo’lish shakllari, usullari va sikllariga ega. Fan borligini asosiy tomonlari: 1) Fan ijtimoiy institut sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Bu esa insonlarni intellektual, ma’naviy tarakqiy etish imkoniyatlarini yaratadi, kishilarni nazariy faoliyatlarini ijtimoiy kasb turiga aylantiradi. 2) Ixtisoslashgan ilmiy bilish faoliyati bilan shug’ullanadigan ziyolilar guruhi ijtimoiy tabaqa shakllanadi. Bilish faoliyatini ijtimoiylashtirish individual va ijtimoiy subyektlarini paydo qiladi. 3) Kishilarni ilmiy faoliyatini tashkil qilishga qaratilgan turli rasmiy va norasmiy uyushmalar, tizimlar, paydo bo’ladi va rivojlanadi. 4) Fan ijtimoiy hayotni, kimsalarni turmushi va mehnatini oqilona tashkil qilishga, yangidan-yangi yashash va faoliyat ko’rsatish vositalarini yaratishga yordam beradigan ilmiy-ma’naviy qadriyatlar sohasi sifatida taraqqiy etadi. 5) Turli sivilizasiyalarda bilish faoliyatini tashkil qilishni tarixiy tiplari paydo bo’lish, yuksalish va tanazzulga uchrashish sikllariga ega. Qadimgi dunyo fani va ilmiy maktablari O’ rta mag’rib va Mashriq fani. Xorazmiy - Ulug’bek Vorislik uziladi.

Jamiyat miqyosida bu sikllar vorislik va aloqadorlik doirasiga kiradi. Antik - fan - o’rta asr Mashriq fani Arximed - Ibn Sino, Al Xaysam natijasida fan spiralsimon taraqqiyot ko’rinishida yuksaladi, rivojlanadi. 2. Fan va ilmiy bilish Fan murakkab - ijtimoiy hodisa va institutlar. Fanning ijtimoiy borligi unga tizim xislatini beradi. O’z-o’zini tashkillashtiruvchi tizim sifatida fan tarkibiy qismlarga, sohalarga va qatlamlarga egadir. Fan insonlarni faoliyatini tashkillashtiradigan uyushma bo’lar ekan, u murakkab tarkibiy qismlardan iborat. Shunday qismlardan biri nazariy faoliyatni ko’rinishi bo’lgan ilmiy bilishdir. Ilmiy bilishni natijasi esa nazariy yoki ilmiy bilimlardir. Fanni harakatlantiruvchi kuchi ilmiy bilish faoliyati, intellektual o’zagi esa - ilmiy bilishdir. 3.Fan ijtimoiy institut sifatida Ijtimoiy institut tushunchasi institut, ya’ni o’rnatish, idora etish, idora ma’nosida ishlatiladi. Sosiologiya fanida aytilishicha institut tarixi yuzaga kelgan kishilarni birgalikda faoliyat ko’rsatishlarini tashkil etuvchi barqaror uyushmadir. Inson faoliyatiga ijtimoiylik xislatini beradigan, bu xislatga barqarorlik bag’ishlayigan sifat institutdir. Jamiyatni o’zi iqtisodiy, siyosiy huquqiy, ma’naviy faoliyatlar va munosabatlarni tashkil qiladigan, ularni ro’yobga chiqaradigan ijtimoiy institutlar tizimidir. Eng muhim ijtimoiy institutlardan mulkchilik, davlat, oila, ishlab chiqarish jamoalari, fan, ma’naviy, ma’rifiy, tibbiy muassasalar va boshqalar.

Ijtimoiy institut tufayli ijtimoiy hayot va faoliyat tashkil qilinadi, tartiblashadi, inson ijtimoiy - madaniy xislatlar va rollarga ega bo’ladi. Ijtimoiy institutlar turli miqyos va sohalarga egadirlar, bir-birlari bilan aloqada va o’zaro ta’sirda bo’ladilar. Davlat - fan Fanning ijtimoiy institut jihati nimada ko’rinadi? Fan ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida m a’lum funksiyalarni bajaradi. Ijtimoiy institut sifatida fan birgalikda mehnat qilish shakli bo’lib, uning qatnashchilari nisbatan mustaqil ilmiy uyushmalarga birlashadi, u shaxsiy va guruhiy yutuqlarni tarqatish va ayriboshlashni ijtimoiy nazorat ostiga oladi. Tadqiqot faoliyati natijalarini tanishtirish va ayriboshlash ilmiy aloqalar orqali amalga oshiriladi. Fanning boshqa ijtimoiy funksiyalariga ilmiy yutuqlarni texnik loyihalarga o’tkazish, texnikaviy yagilanishni joriy etish, amaliyot, ijtimoiy sohalar va xizmat ko’rsatish sohalariga tatbiq qilish kiradi. Fanni ichida sodir bo’ladigan ijtimoiy mehnat taqsimoti tabaqalangan strukturaviy guruhlarni paydo bo’lishini taqozo etadi. Masalan, fundamental tadqiqot olib boruvchi nazariyotchilar, amaliy joriy etish bo’yicha tadqiqot olib boruvchilar, nazariy yutuqlarni texnika va turli ijtimoiy sohalarga tatbiq qiluvchilar (muhandislar) va boshqalar. Bu hol ilmiy uyushmani ixtisoslashgan kasbiy guruhlarga bo’linishiga olib keladi. Fanni ijtimoiy institut sifatida namoyon bo’lishini yana bir belgisi - unga nisbatan davlat ma’lum siyosatini yurgizish Fan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy mafkuraviy jarayonlar doirasiga tushadi, davlatdan taraqqiy ettiruvchi yoki tanazzulga uchratadigan ta’sirlar oladi. 4.Fan madaniyatini ko’rinishi va jabhasi sifatida

Fan madaniyatga kiradimi yoki yo’qmi? Fanni madaniyatni bir ko’rinishi desa bo’ladimi? Fanni madaniyat doirasidan tashlamoqchi bo’lgan, ya’ni fanni madaniyatga bevosita aloqasi yo’q deydigan tadqiqotchilar ham bor. Ularni fikricha, madaniyat - inson yaratgan va foydalanadigan belgilar tizimidir. Semiotik - madaniyatshunoslar ( Yu.M. Loytman) O Savranskiy) madaniyatni belgili tomoniga urg’u beradilar. Fanda esa, deydi ular, eng muhimi belgi, ifodalash emas, balki obrazlar, tasavvurlar, ma’nolardir. To’g’ri, fan ham belgilar bilan ish ko’radi, lekin ular ilmiy tadqiqot uchun ikkinchi, uchinchi darajali jihatlar. Shuning uchun, ularning nuqtai nazarlariga ko’ra fan madaniyat jabhasiga kirmaydi, madaniyatni mohiyatini namoyon qilmaydi. Lekin ko’pchilik tadqiqotchilar bu fikrga qo’shilmaydilar. Inson yaratgan va ma’no bergan har qanday narsa, predmet bo’lmasin, jarayon bo’lmasin, muassasa bo’lmasin, madaniyatdir, madaniyatga kiradi. Inson yaratgan qadriyatlar madaniyat olamini tashkil qiladi. Fan predmet emas. Lekin fan insonlar yaratgan muassasalar tarkibiga kiradi. Madaniyat orqali inson o’zini mohiyatini, insoniyligini, qadriyatlar yarata olish qobiliyatini namoyon etadi. Fan orqali ham inson o’zini yaratuvchanlik qobiliyatini o’stiradi, ilmiy qadriyatlar yaratadi, tabiatda uchramaydigan predmetlar va texnologiyalarni ko’radilar, aqliy va insoniy jihatlarini tabiatga, koinotga tarqatadi. San’at va ma ’ naviyatda harakatlantiruvchi, rivojlantiruvchi kuch badiiy, intellektual ijoddir. Fanning harakatlantiruvchi kuchi ilmiy ijoddir. Ijod - madaniyatni yaratuvchisi, mohiyati, namoyon etish mexanizmidir.