logo

Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida. Ijtimoiyllashuv-ijtimoiy-pedagogik jarayon (2-Modul

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

61.6884765625 KB
Mavzu:  Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida.
Ijtimoiyllashuv-ijtimoiy-pedagogik jarayon (2-Modul )
REJA:
1. Ijtimoiy   pedagogikaning   tadqiqot   ob’ekti   va   ijtimoiy   pedagogika
rivojlanishi tarixidan. 
2 . Ijtimoiy pedagogika  va  ijtimoiy ish. 
3 . 3.Ijtimoiylashuv – ijtimoiy-pedagogik jarayon .  Ijtimoiy pedagogikaning predmeti va ob’ekti
Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar aloqasi.
Falsafa   va     ijtimoiy   pedagogika .   Falsafa   inson   borlig’i   masalalarini   o’rtaga
qo’yadi   va   ularga   javob   topishga   harakat   qilib,   dunyoqarashining   umumlashgan
tizimini   ishlab   chiqadi.   Ijtimoiy   pedagogikaning     “   ijtimoiy   tarbiya   falsafasi”
bo’limi   inson   va   uning   tarbiyasiga   muayan   qarashlardan   kelib   chiqadi   va   bu
qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni uchratsak bo’ladi.
Etika   va     ijtimoiy   pedagogika .   Etika   axloqiy   tasavvur   va   qarashlar
rivojlanishining   umumiy   qonuniyatlarini,   shuningdek,   u   tartibga   solayotgan
axloqiy   ong   shakllarini   va   ularning   axloqiy   faoliyatini   tahlil   qiladi.     Ijtimoiy
pedagogika   etika   shakllantirgan   tamoyillardan   foydalanadi,   tarbiya   usullari   va
maqsadlarini   ishlab   chiqadi.   Falsafa,     ijtimoiy   tarbiya   nazariya   va   uslubiyatining
boshqa muammolarini o’rganadi.
Sotsiologiya   va     ijtimoiy   pedagogika .   Sotsiologiya-jamiyat,   ijtimoiy
munosabatlar   va     ijtimoiy   tarbiya   uslubiyati   rivoji   faoliyat   yuritishi,   shakllanishi
qonuniyatlari   haqidagi   fan     ijtimoiy   tarbiya   sotsiologiyasi   ijtimoiylashuv
muammolarini o’rgana turib   ijtimoiy bitimlar sohalarining birqator ma’lumotlari:
(yosh,   shahar   va   qishloq,   dam   olish,   ommaviy   aloqalar,   yoshlar,   axloq,   ta’lim,
jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi.           “Ijtimoiy”  tushunchasi  (lotincha  socialis  –  umumiy,  jamoatchilik)
insonlarning  birgalikdagi  hayoti  bilan  bog’liq  bo’lib,   ularning muomala va bir-
biriga ta'sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
              Pеdagogikaning  ham, ijtimoiy pеdagogikaning  ham obyеkti- bu bola, biroq
o’rganish prеdmеtlari turlicha. 
Pеdagogikaning o’rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, 
Ijtimoiy   pеdagogikaning   prеdmеti   esa   bolani   ijtimoiylashtirish   qonuniyatlari
hisoblanadi.                          Ijtimoiy   pеdagogika   -   shaxsni   ijtimoiylashuvi   qonuniyatlarini   o’rganish,
jamiyatning   ijtimoiy   muammolarini     hal     qilish   maqsadida   ijtimoiy   pеdagogik
faoliyatning   samarali   usullari   tеxnologiyalarini   ishlab   chiqish   va   ularni   qo’llashga
qaratilgan pеdagogika sohasi ..       
Etnografiya, etnopsixologiya va   ijtimoiy pedagogika .   Etnografiya xalqlarning
maishiy   va   madaniy   xususiyatlarini   o’rganadi.   Etnopsixologiya   insonlar
ruhiyatining   etnik   xususiyatlari,   milliy   xarakteri,   milliy   o’z-o’zini   anglashning
shakllanishi  qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o’rganuvchi  bilim sohasi.   Ijtimoiy
tarbiya   sotsiologiya   va   psixologiya   inson   hayotining   yosh   davrlarga   bo’linishi,
etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda u yoki bu yoshdagi yoki jinsdagi
insonlarning   tutgan   o’rnini   belgilaydigan   omillar   ijtimoiylashuv   va   tarbiyaning
etnik va qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi.
  Ijtimoiy   tarbiya   nazariyasini   ishlab   chiqishda   etnografiya   va   etnopsixologiya
ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va
mazmunini aniqlashda, tarbiya tizimini tashkil qilishda inobatga olish lozim. SHu
bilan   birga   umuminsoniy   tarbiya   tamoyillariga   mos   tushadigan   etnosda
shakllangan   tarbiya   usullaridan   shu   xalq   doirasida     ijtimoiy   tarbiya   tizimida
foylanish   maqsadida   muvofiqdir.   Bundan   tashqari   ijtimoiylashuv   va   tarbiyaning
ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va o’rnini to’ldirish
ham lozimdir.
  Ijtimoiy   va   yosh   psixologiyasi   hamda     ijtimoiy   pedagogika.     ijtimoiy
psixologiya   insonlarni   ijtimoiy  guruhlarga   qo’shilishlari   faktini   keltirib  chiquvchi
inson   faoliyati   va   yurish-turish   qonuniyatlari,   shuningdek   bu   guruhlarning
psixologik   ta’riflarini   ham   o’rganadi.   YOsh   psixologiyasi   inson   ruhiyati
dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog’liq
omillarini   ham   o’rganadi.     Ijtimoiy   pedagogika   ijtimoiylashuv   va   viktimologiya
(jinoyatshunoslik)   muammolarini   o’rgana   turib   va     ijtimoiy   tarbiya   uslubiyat   va
psixologiyasini ishlab chiqa turib   ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan
foydalanadi.   Bola ijtimoiylashuvining asosiy institutlari
3-Ilova
O’zbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy g’oyalari.M	A	D	A	N	I	Y	A DIN	T	A	’	L	I	MOILA
IJTIMOIY
INSTITUTLAR
Jamiyat   o’zining   qurilishiga   ko’ra   turli   xildagi   o’zaro   bog’langan   va   o’zaro   ta'sir   etuvchi
ijtimoiy   institutlarga   ega.   Ijtimoiy   institut   –     insonlar   jamiyatdagi   hayotining   tarixan
murakkab shaklda tashkil etilganligi va artibga solinganligini o’rganadi. Xuddi ana shular
orqali   bola   jamiyat   m е 'yorlari   va   axloq   qoidalarini   o’zlashtiradi.   Shunday   ijtimoiy
institutlarni   ijtimoiylashgan   institut   d е b   nomlash   mumkin   va   bularga   oila,   ta'lim,
madaniyat va din kabilar kiradi 
Oila – ijtimoiylashishning y е takchi instituti, bu
orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi,
ahloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma'lum
baho va eng yuksak maqsad qilishni
o’zlashtiradi, hayotida nima k е rak bo’lsa shu
jamiyatdan oladi.        Sotsiologiya fani jamiyatning o`zini-o`zi anglashida qudratli vositadir. qaysi
jamiyatda   sotsiologiya     kuchliroq   rivojlansa,   bu   mana   shu   jamiyatning   o`zini
to`laroq   anglayotgani   alomatidir.     Sotsiologiya   fani     inson   xulq-atvorini
tushunishning aniq va favqulodda yorqin istiqbolini ochadi. Sotsioloyani o`rganar
ekanmiz,   dunyoga   o`zimiz   berayotgan     talqindan   hayotimizni   shakllantirayotgan
ijtimoiy ta'sirlarga nazar tashlash uchun yuqoriroq o`qtariladi. 
Sotsiologiya   fani   jamiyat   va   undagi   insonlararo,   insonlar   va   ijtimoiy
institutlararo   munosabatlar   haqidagi   fan   sifatida   pedagogika   faniga   juda   katta
material tayyorlab beradi.
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari
bilan   esa   ijtimoiy   pedagogika   (lat.   Socium-jamiyat)   shuqullanadi.   Sotsiologiya-
insonning ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir. 
Ijtimoiy   mavjudot   bo`lgan   odamlarning   xulq-atvori-   uning   predmetidir.
Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy
to`qnashuvlaridan   to   global     ijtimoiy   jarayonlarni   tadqiq   qilishgacha     bo`lgan
sohalarni qamrab oladi. 
Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida,
shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida  bilim olish
imkonini beradi. 
Sotsiologiya   keyingi   2-3   asr   davomida     kishilik   jamiyatida   yuz   bergan
o`zgarishlarni  o`rganish asosida  maydonga keldi. Hozirgi ijtimoiy dunyoning eng
muhim   xususiyatlari   orasida   sanoatlashuv,   urbanizatsiya   va   siyosiy   tizimlarning
yangi tiplarini  sanab o`tish mumkin. 
Sotsiologiya   boshqa   fanlar   bilan   uzviy   bog`langan.   Barcha   ijtimoiy   fanlar
inson   xudq-   atvorini   o`rganadi.   Sotsiologiya   antropologiya,   tarix,   iqtisod   va
siyosatshunoslik orasidagi aloqalar muhimdir. 
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa   mamlakatlarda
ham   uzoq   va   chuqur     an'analarga   ega.     Shunga     qaramay     sobiq   sovet   tuzumi
davrida    ijtimoiy   pedagogika  yutuqlari  e'tiborga olinmadi.   Mana  shuning uchun
ham   ijtimoiy     pedagogika   yangi   soha       sifatida     faqat   ijtimoiy-   pedagogik mutaxassislar   davlat   va     jamoat   organlari     boshqarmalarinigina   emas,   balki
mutaxassislar     tayyorlaydigan   tizimni,     shuningdek   ijtimoiy-pedagogik
faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini   ham o`z ichiga oladi.   Ijtimoiy pedagogikani
rivojlantirish   va   mazkur   yo`nalishda     mutaxassislar   tayyorlash     muhim   ahamiyat
kasb etmoqda.  
Ijtimoiy   pedagogika yaqin   kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim   singari
ommaviy     kasbga   aylanadi,     chunki   ayrim   odamning   ijtimoiy   kasalligini   oldini
olish   va   ma'naviy-axloqiy   og`ishini   davolash   «ijtimoiy     epidemiya»ga     qarshi
kurashga  nisbatan ancha  osondir.
   Ijtimoiylashuv   uzoq   davom   etadigan   va   juda   murakkab   jarayon.   Bir
tomondan   har   qanday   jamiyat   o`z   rivojlanish   jarayonida   ijtimoiy   va   axloqiy
qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar  va qoidalar  tizimini  ishlab chiqadi, har  bir
bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o`rganib mazkur jamiyatda yashash, uning
to`laqonli   a'zosi   bo`lish   imkoniga   ega   bo`ladi.   Uning   uchun   jamiyat   u   yoki   bu
shaklda   shaxsga   maqsadga   muvofiq   tarzda   ta'sir   ko`rsatadi,   uni   ta'lim   va   tarbiya
doirasida amalgi oshiradi. Ikkinchi tomondan, uning shakllanishiga turli g`oyalar,
ijtimoiy muhit ta'sir kqrsatadi. Uning uchun bunday yo`nalishlar, stixiyali ta'sirlar
yig`indisi har doim ham milliy mustaqillik manfaatlariga javob bermaydi. Jamiyat
o`z   tuzilishiga   yega   turli   xil   o`zaro   bir-biriga   bog`liq   va   bir-biriga   ta'sir   etadigan
davlvt   jamoat   institutlariga   ega   bo`lib,   ular   ijtimoiy   hayotni   tashkil   etish   va
boshqarish   shakllarini   anglatadi.   Odamlar   bu   ijtimoiy   normalar   ijtimoiy   qoidalar
bilan   munosabatga   kirishadilar   va   uni   o`rganadilar.   Ammo   turli   xil   ijtimoiy
institutlarning   g`oyaviy   tarbiyadagi   roli   bir   xil   emas.     Ulardan   biri   bolaning
rivojlanishi   va   ijtimoiy   tiklanishi   uchun   ularga   tabiiy   ta'sir   ko`rsatsa,   boshqasi
shaxsning   shakllanishi   uchun   maqsadga   muvofiq   vazifani   bajaradi.   Bular
ijtimoiylashtirish  institutlari  nomini  olib, ularning arkibiga oila, ta'lim, madaniyat
va din kabilar kiradi.
Oila   ijtimoiy   pedagogikaning   asosiy   instituti   ,   oila   vositasida   odam   asosiy
ijtimoiy   bilimlarni     o`rganadi,   axloqiy   maxorat   va   malakaga   ega   bo`ladi,   xayoti
uchun   zarur   bo`lgan   ma'lum   qadriyat   va   makurani   egallaydi.   Bolalarning muvaffaqqiyatli ijtimoiylashtirish uchun muhim ahamiyatga yega bo`lgan yana bir
institut-ta'lim   muassasasidir.   Odam   uzluksiz   ta'lim   orqali   jamiyatda   tarkib   topgan
qadriyatlar,   boyliklar   bilan   munosabatda   bo`ladi.   Odam   bilim   olish   jarayonida
faqat aqliy jihatdan rivojlanib qolmay, jamiyat hayotiga moslashadi.
Ijtimoiy   pedagogika -   bu   pedagogik   fanlarning   muhim   yo`nalishlaridan   biri
bo`lib,   uning   tadqiqot   ob'ekti   shaxs   bo`lib ,   u   aniq   manzilga   ega.   Ya'ni   ijtimoiy
pedagogikaning   ob'ekti   jamiyatdagi   barcha   shaxslar   emas,   balki   ijtimoiy   qayotda
adashgan ,   odob-axloq   me'yorlaridan   oqishgan,   ijtimoiy   pedagogik     yordamga
muxtoj   shaxslar,   shuningdek   jamiyat   a'zolarining   ongini   tarbiyalashdan   iboratdir.
Ijtimoiy pedagogikaning  predmeti  esa-bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir.
Ijtimoiy   pedagogika -bu   shaxslarning   ijtimoiylashuvi   qamda   ularga   ijtimoiy
ta'lim   va   ijtimoiy   tarbiya   berish   qonuniyatlarini   o`rganuvchi   pedagogika   fani
tarmoqidir.
Shaxsning   ijtimoiylashuvi   esa   -   bu   ma'lum   jamiyatga   mos   bilimlar,
qadriyatlar,   me'yorlar,   hatti-harakatlar   tizimidan   iborat   ijtimoiy   hayotga   kirisha
borish jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati.
  Ijtimoiy   pedagogikaning   fan   sifatidagi   ta’rifi   bir   qator   baxs-munozaralarga
sabab   bo’lmoqda.   Yaxshi   ma’lumki,   har   qanday   fan   inson   bilimi   sohasi   sifatida
nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-
birini   to’ldirib   kelishadi   va   voqelikning   mukammallashuviga   o’z   ta’sirini
ko’rsatishadi.     Demak,   biz     ijtimoiy   pedagogikani   ham   fan   va   amaliy   faoliyat
sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari  ijtimoiy pedagogika ko’pgina
boshqa fanlar  (falsafa,  matematika, biologiya)  kabi  o’quv fani  bo’lib ham  xizmat
qilishi mumkin.
O’zbekiston   qadimiy   tarix   va   pedagogik   an’analarga   ega   davlat   bo’lgani
uchun   qadimdan     ijtimoiy   pedagogika   fanining   SHarq   mutafakkirlari   va   diniy
arboblar   asarlarida   rivojlanishi   asoslari   mavjuddir.   XIX   asrda   o’zbek
ma’rifatparvarlari,  XX asrdagi novator pedagoglarning  ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati   ijtimoiy bilimlar uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq   ma’lum bir
davrda   ijtimoiy   pedagogikaning   MDH   hududidagi   tadrijiy   rivojlanishi   to’xtatib
qo’shildi. bu ish avvaliga inqilobgacha bo’lgan davrda pedagogikadan voz kechish,
so’ngra   ijtimoiy  muammolarni   ma’lum  qilmaslik  siyosati  bilan  amalga   oshirilgan
bo’lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy
nazariy   bilimlar   va   ijtimoiy   –pedagogik   faoliyatini   o’rganadi,   keyinchalik   unga
burjuaziya fani sifatida qaralgan.  Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX
asrning   90-yillarida   ro’y   berdi.   Uning   qayta   “tug’ulishi”   ijtimoiy   pedagoglarning
zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda   ijtimoiy pedagogika fanining
yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va
jamiyatning   faoliyat   yuritishining   yangi   tamoyillari-bozor   iqtisodiyoti,   raqobat,
byudjetdan   pul   ajratishni   kamaytirish,   dunyo   hamjamiyatiga   kirish,   iqtisodiy
holatning   barqarorligi   nazarda   tutilmoqda.   Shu   bilan   birga   ijtimoiy   hayotni
demokratiyalashtirish,   jahon   hamjamiyatiga   kirish   aholining   kam   ta’minlangan
qatlamlariga   e’tiborni   yanada   kuchaytirishni   talab   qiladi.   Biroq   bundan   avvalgi
davrning   nazariya   va   amaliyotining   tizimlashtirilmog’ini   bu   ikki   soha   bir-biridan
alohida   ravishda   rivojlanishiga   sabab   bo’ldi   va     ijtimoiy   pedagogika   fan   sifatida
shakllanishiga   ta’sirini   ko’rsatdi.   Natijada   bugunda   ilmning   bu   sohasini   to’liq
qamrab oluvchi ta’rif mavjud emas.
Masalan,   Yu.V.Vasilkova   bu   fanni   “alohida   shaxs   va   guruhni   tarbiyalash   va
o’qitish nazariya va amaliyoti” deb ta’kidlaydi 1
. 
A.V.Mudrikning   fikricha     ijtimoiy   pedagogika-“barcha   yosh   guruhlar   va
ijtimoiy toifalarni  ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogikasi”dir 2
.
V.D.Semenov     ijtimoiy   pedagogika   yoki   muhit   pedagogikasi   fan   yutuqlarini
birlashtiruvchi   va   ularni   ijtimoiy-tarbiya   amaliyotida   amalga   oshiradi 3
,   deb
hisoblaydi.
1
 
2
 
3
  I.Podlaso’yning   “Pedagogika     darsligida   quyidagicha   ta’rif   mavjud:   “   ijtimoiy
pedagogika-ijtimoiy   muhitning   shaxsni   shakllantirishga   va   ijtimoiy   tarbiya
muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o’rnatuvchi fan” 4
.
Yu.N.Galaguzova   ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash
orqali ta’rif bermoqchi bo’lgan.
  Ijtimoiy   pedagogikaning   fan   sifatidagi   mohiyatini   aniqlash   uchun   “fan”
tushunchasining   o’zi   inson   faoliyatining   ob’ektiv   bilimlarni   tizimlashtirish   va
ishlab   chiqishga   qaratilgan   faoliyati   ekanligini   ta’kidlash   lozim.   Tushunchaning
ilmiy   mazmuniy   jihatini   o’rganish   “   ijtimoiy   pedagogika”   atamasining   o’ziga
e’tibor   qaratishni   talab   qiladi.   U   ikki   sohadan   iborat   bo’lib,   ularni   bitta   sohaga
birlashtirib   turadi.   Bu   birlashuv   tasodifiy   emas   va   fanda   tabaqalashuv   va
ixtisoslashuvning   zamonaviy   jarayonlariga   bog’liq.   Pedagogika   fanida
tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni so’nggi paytlarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir
ixtisoslashtirilgan sohalar-maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, maxsus
pedagogikasi,   kasb-xunar   pedagogikasi,   tarix   pedagogikasi   mustaqil   ilmiy
sohalarga aylanib bo’lishdi. Ularning qatoriga  ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak
bo’ladi.
  Ijtimoiy   pedagogikaning   pedagogika   singari   ta’lim-tarbiya     jarayoni   jarayoni
va   hodisalarini   o’rganadi   dalolat   beradi.   Biroq   ularni   muayyan   o’ziga   xos
yo’nalishlarda   o’rganadi.   Bu   fanning   o’ziga   xos   xususiyati   “   ijtimoiy”   so’zida
mujassamlashtiilgan.
“   Ijtimoiy”   (lotinchada   socialis -umumiy,   ijtimoiy)   tushunchasi   ostida
odamlarning   shakllari,   ular   o’zaro   munosabatlarining   turli   shakllari   bilan   bog’liq
barcha   narsa   tushuniladi.   Bu   degani,   agar   pedagogika   o’sib   kelayotgan
avlodlarning   ta’lim   tarbiyasi   haqidagi   fan   bo’lsa,     ijtimoiy   pedagogika   ta’lim-
tarbiya   jarayonlarida   bolaning   jamiyatdagi     hayotga   qo’shilishiga   bog’liq
xodisalarni aloxida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan
ijtimoiy   tajribani   qo’lga   kiritishi   (bilim,   qadriyat,   yurish-turish   qoidalari)
ijtimoiylashuv deyiladi.
4
  Shunday   qilib   agar   biz     ijtimoiy   pedagogika   mohiyatini   bu   fanning   ob’ekt   va
predmetini   qiyoslash   orqali   aniqlamoqchi   bo’lsak   quyidagi   holat   kelib   chiqadi.
Pedagogikaning   ham,     ijtimoiy   pedagogikaning   ham   ob’ekti-   bu   bola,     biroq
o’rganish   predmetlari   turlicha.   Pedagogikaning   o’rganish   predmeti   bolani
tarbiyalash   qonuniyatlari   hisoblanadi,     ijtimoiy   pedagogikaning   predmeti   esa
bolani   ijtimoiylashtirish   qonuniyatlari   hisoblanadi.   SHuni   ta’kidlash   lozimki,   bu
ikki   fanlarning   uzoq   tarixiy   aloqasiga   qaramay   natijada   ularning   o’ziga   xos
vazifalari   tufayli   uzoqlashishi   ro’y   berdi.   Umumiy   pedagogikaning   spetsifik
vazifasi   ta’lim-tarbiyadir.   Bola   va   bolalikni   himoya   qilish     ijtimoiy   pedagogning
asosiy kasbi hisoblanadi.
S h u   sababli     ijtimoiy   pedagogika   jamiyatni   va   ijtimoiy   munosabatlarni
o’rganadi, insonlar  bir-birlari  bilan qanday  muomalaga kirishishlarini  ,nimaga bir
guruhga   birlashishlarini     va   jamiyatning   boshqa   ijtimoiy   masalalarini   aniqlashga
harakat   qiladi.     Ijtimoiy   pedagogika   bu   muammolarni   biroz   boshqacha   tarzda,
uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o’rganadi. SHu bilan birga o’z rivojlanishida
umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo’ldi. Hozirda
uning   nazariy   va   amaliy   faoliyati   sohasiga   maktab   va   maktabdan   tashqari
muassasalarda   tarbiya   va   qayta   tarbiya,   bolalar   uylari,   qariyalar   uylarida
yashovchilarga g’amxo’rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar   kiradi.   Ijtimoiy
pedagoglar   faoliyatning   turli   sohalari:   ekologiya,   badiiy   ijod,   sog’lomlashtirish
sohalarida   ixtisoslashishadi.     Ijtimoiy   pedagogning   kompleks   xarakteri   uning
boshqa fanlar bilan munosabatida namoyon bo’ladi.
Falsafa   va     ijtimoiy   pedagogika.   Falsafa   inson   borlig’i   masalalarini   o’rtaga
qo’yadi   va   ularga   javob   topishga   harakat   qilib,   dunyoqarashining   umumlashgan
tizimini   ishlab   chiqadi.   Ijtimoiy   pedagogikaning     “   ijtimoiy   tarbiya   falsafasi”
bo’limi   inson   va   uning   tarbiyasiga   muayan   qarashlardan   kelib   chiqadi   va   bu
qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni uchratsak bo’ladi.
Etika   va     ijtimoiy   pedagogika.   Etika   axloqiy   tasavvur   va   qarashlar
rivojlanishining   umumiy   qonuniyatlarini,   shuningdek,   u   tartibga   solayotgan
axloqiy   ong   shakllarini   va   ularning   axloqiy   faoliyatini   tahlil   qiladi.     Ijtimoiy pedagogika   etika   shakllantirgan   tamoyillardan   foydalanadi,   tarbiya   usullari   va
maqsadlarini   ishlab   chiqadi.   Falsafa,     ijtimoiy   tarbiya   nazariya   va   uslubiyatining
boshqa muammolarini o’rganadi.
Sotsiologiya   va     ijtimoiy   pedagogika.   Sotsiologiya-jamiyat,   ijtimoiy
munosabatlar   va     ijtimoiy   tarbiya   uslubiyati   rivoji   faoliyat   yuritishi,   shakllanishi
qonuniyatlari   haqidagi   fan     ijtimoiy   tarbiya   sotsiologiyasi   ijtimoiylashuv
muammolarini o’rgana turib   ijtimoiy bitimlar sohalarining birqator ma’lumotlari:
(yosh,   shahar   va   qishloq,   dam   olish,   ommaviy   aloqalar,   yoshlar,   axloq,   ta’lim,
jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi.
Etnografiya,   etnopsixologiya   va     ijtimoiy   pedagogika.   Etnografiya   xalqlarning
maishiy   va   madaniy   xususiyatlarini   o’rganadi.   Etnopsixologiya   insonlar
ruhiyatining   etnik   xususiyatlari,   milliy   xarakteri,   milliy   o’z-o’zini   anglashning
shakllanishi  qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o’rganuvchi  bilim sohasi.   Ijtimoiy
tarbiya   sotsiologiya   va   psixologiya   inson   hayotining   yosh   davrlarga   bo’linishi,
etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda u yoki bu yoshdagi yoki jinsdagi
insonlarning   tutgan   o’rnini   belgilaydigan   omillar   ijtimoiylashuv   va   tarbiyaning
etnik va qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi.
  Ijtimoiy   tarbiya   nazariyasini   ishlab   chiqishda   etnografiya   va   etnopsixologiya
ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va
mazmunini aniqlashda, tarbiya tizimini tashkil qilishda inobatga olish lozim. SHu
bilan   birga   umuminsoniy   tarbiya   tamoyillariga   mos   tushadigan   etnosda
shakllangan   tarbiya   usullaridan   shu   xalq   doirasida     ijtimoiy   tarbiya   tizimida
foylanish   maqsadida   muvofiqdir.   Bundan   tashqari   ijtimoiylashuv   va   tarbiyaning
ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va o’rnini to’ldirish
ham lozimdir.
  Ijtimoiy   va   yosh   psixologiyasi   hamda     ijtimoiy   pedagogika.     ijtimoiy
psixologiya   insonlarni   ijtimoiy  guruhlarga   qo’shilishlari   faktini   keltirib  chiquvchi
inson   faoliyati   va   yurish-turish   qonuniyatlari,   shuningdek   bu   guruhlarning
psixologik   ta’riflarini   ham   o’rganadi.   YOsh   psixologiyasi   inson   ruhiyati
dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog’liq omillarini   ham   o’rganadi.     Ijtimoiy   pedagogika   ijtimoiylashuv   va   viktimologiya
(jinoyatshunoslik)   muammolarini   o’rgana   turib   va     ijtimoiy   tarbiya   uslubiyat   va
psixologiyasini ishlab chiqa turib   ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan
foydalanadi.
SHunday   qilib     ijtimoiy   pedagogika   ilmiy   tadqiqotlarning   intizomiy   sohasi
hisoblanadi.   Uning   asosi   pedagogika,   pedagogika   tarixi,   pedagogik   usullar   va
vositalar   hisoblanadi.   SHu   bilan   birga   ijtimoiylashuv   muammolari     ijtimoiyogiya
tomonidan   o’rganilganligi   sababli     ijtimoiy   pedagogika   ba’zi     ijtimoiyogik
nazariya,   usul   va   vositalardan   ham   foydalanadi.   SHu   bilan   birga     ijtimoiy
pedagogika   o’zining   nazariya,   uslub,   vosita   va   texnologiyalarini   ham   ishlab
chiqadi.
YUqorida bayon etilgan isbot dalillar asosida YU.N.Galaguzovaning ta’rifiga
juda yaqin turuvchi  ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha:
  ijtimoiy   pedagogika-shaxsni   ijtimoiylashuvi   qonuniyatlarini   o’rganish,
jamiyatning   ijtimoiy   muammolarini   hal   qilish   maqsadida     ijtimoiy   pedagogik
faoliyatning   samaraliusullari   texnologiyalarini   ishlab   chiqish   va   ularni   qo’llashga
qaratilgan pedagogika sohasi.  
SHuningdek,     ijtimoiy   pedagogikaga   bola   ijtimoiylashuvi   qonuniyatlarini
o’rganadigan   va   mutaxassislarni     ijtimoiy   tarbiya   va   ta’lim   usullari   va
texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’lif bersak ham bo’ladi
Ijtimoiy  pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida 
 Ijtimoiy pedagogika va  ijtimoiy ish  XIX   asrda yevropa va SHimoliy Amerikada
bo’lib o’tgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar nafaqat  ijtimoiy pedagogika balki  “ 
ijtimoiy ish” deb nomlangan  ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo’lishini 
ta’minladi.
G’arbiy yevropa davlatlarida ayniqsa Germaniyada   XX   asr davomida   ijtimoiy
pedagogika   bilan   bir   qatorda     ijtimoiy   ish   ham   amaliy   faoliyat   sohasi   sifatida
rivojlanadi,   biroq     ijtimoiy   pedagoglar   va   ijtimoiy   ishchilarning   kasbiy
faoliyatlarida   ko’p   umumiy   jihatlar   bor.   Ular   bir   kasbni   anglatuvchi   sinonim so’zlardir.   Bu   mutaxassislar   jamiyatda   tarbiyaviy,   axborot,   hamkorlik,   tashkiliy,
himoya, qo’llab-quvvatlovchi vazifalarni bajarishadi.
Ishchilarning   bu   toifalarini   paydo   bo’lishi   aholining   himoyalanmagan
qatlamlariga   ijtimoiy   yordam   bera   oladigan   mutaxassislarda   ehtiyoj   tug’ilgani
bilan bog’liq.
  Ijtimoiy   pedagogika   va     ijtimoiy   ishning   rivojlanish   tarixi   juda   yaqin.
Avvalambor   ularni   insonlarga   munosabatning   tarixiy-madaniy   an’analari
birlashtiradi. “Mehribonlik”, “hayriya”, “yordam” tushunchalarining ham  ijtimoiy
pedagogik ham  ijtimoiy ishda qo’llanishi tasodif emas.
  Ijtimoiy   pedagogika   va     ijtimoiy   ish   amaliy   faoliyatining   yaqinligi,   bu   ikki
ishchilar   toifasining   kengaytirish,   ularning   maqsadlarining   yaqinlashuviga   va   bir-
birlarini to’ldirishlariga olib keldi. Turli davlat va nodavlat  ta’lim muassasalarida-
masalan,   bolalar   bog’chalari,   maktablarda   hozirda   ham     ijtimoiy   ishchilar   va
ijtimoiy   pedagoglar   birgalikda   ishlashlari   mumkin.   Biroq   ulardan   har   biri   o’z
majburiyatlariga ega.
Ularning farqlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. Ular bilim sohasi sifatida turli
fanlardan kelib chiqishgan:   ijtimoiy pedagogika-pedagogikadan,   ijtimoiy ish esa
ijtimoiyogiyadan.
Amaliy   faoliyatda   ularning   farqlari     ijtimoiy   pedagoglar   o’z   faoliyatlarida
pedagog   faoliyatining   nazariy   va   metodik   asoslariga   suyanganlarida,     ijtimoiy
ishchilar   esa   asosan     ijtimoiy   nazariya   va   texnologiyalardan   foydalanishlarida
namoyon   bo’ladi.   Bu   ikki   mutaxassisliklar   shuningdek,   faoliyat   ob’ekti   bo’yicha
ham farqlanadilar.
  Ijtimoiy   ish   ob’ekti   insonning   me’yorida   faoliyat   yuritishiga   xalaqit   beruvchi
muammolarga   ega   shaxsdir.   Muammolar   har   bir   insonda   butun   hayoti   davomida
yuzaga   keladi.   Ular   psixologik,   tibbiy,   huquqiy,   moddiy   bo’lishi   mumkin.   Ular
ham   insonga   bog’liq   bo’lmagan   tashqi   omillar(kasallik   va   boshqa)ga   bog’liq
bo’lishi ham mumkin. Bu holatda  ijtimoiy ish ob’ekti o’z muammolarini mustaqil
hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bo’lgan inson bo’ladi. SHunday   qilib     ijtimoiy   ish   ob’ekti       hayoti   davomida   ijtimoiy   yordamga
muhtoj   bo’lgan   insondir.     Ijtimoiy   pedagogika   ob’ekti   esa   bolaning   ijtimoiy
sub’ektga aylanishiga kerak bo’ladigan yordamdir.
  Ijtimoiy   ishchi   yordam   ko’rsatayotgan   inson   mijoz   deyiladi,     ijtimoiy
pedagogikada odatda “go’dak” so’zi ishlatiladi.
“Ijtimoiy   ish”   insonning   insonga   insoniy   munosabatini   namoyon   bo’lishini
bildiruvchi   ibora.   U   hali   qadim   zamonlardayoq   insonning   diniy   burchi,
ehtiyojmandlarga insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo bo’lgan. Biroq faqatgina
bizning   asrimizga   kelib     ijtimoiy   ish   butun   dunyoda   maxsus   tayyorgarlikni   talab
qiluvchi kasb sifatida tan olinayapti.
  Ijtimoiy   faoliyat-insonning   jamiyatga   muvoffaqiyatli   moslashuvini
osonlashtirish   qaratilgan   tizimli   chora-tadbirlardir.   U   mehribonlik   va   shuncha
o’xshash   faoliyat   doirasidan   nafaqat   kundalik   muammolarni   hal   qilishga   yordam
berish,  balki   ehtiyojlarni   qondirishga   to’siq  bo’ladigan  muammolarni  hal   qilishga
yordam berish bilan ajralib turadi.
Davlat va jamoatchilik qo’llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat)
ko’rsatadigan   yordam   eng   samaralidir.     Ijtimoiy   yordam   ko’rsatma   berish
jamiyatning   yuqori   madaniyati   va   taraqqiy   etganligidan   dalolat   beradi.   U   butun
aholining hamdardligiga sabab bo’ladi. SHuning uchun ancha obro’ e’tiborga ega.
Biroq   ijtimoiy ishchilarning maoshi yuqori emas va  ijtimoiy tashkilotlarga ishga
kiruvchilar soni ham ko’p emas.
  Ijtimoiy   pedagog   ishini   ham   ahloqiy   burch   ham   kasb     desak   bo’ladi.   Savol
paydo bo’ladi: ijtimoiy pedagog o’zi nima bilan shug’ullanadi?
  Ijtimoiy   ishning   o’ziga   xosligini   tushunishda   asosiy   omil   1917   yilda   Meri
Richmandning   “   Ijtimoiy   suhbat”   kitobining   chop   etilishi   bo’ldi.   Bu   mumtoz
asarda   “YAxshi     ijtimoiy   ishchi   odamlarni   kambag’allikdan   halos   etish   bilan
shug’ullanmaydi,   u   kambag’allikni   umuman   bartaraf   etish     uchunnima   qilish
haqida   o’ylaydi”,-deb   yozilgan.   Richmonddan   keyin   izlanish,   tashhis,   davolash
parofigmasi  ijtimoiy ishda asosiy bo’ldi.  Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag’ishlangan ilk yirik asarlardan birida
I.Karpf (1931 yil) o’z rivojlanishida tayanish lozim bo’lgan fanlarni sanab o’tgan:
biologiya,   iqtisod,   tibbiyot,   psixiatriya,   sotsiologiya,   statistika,   antropologiya,
pedagogika,     ijtimoiy   psixologiya.   O’shandan   buyon   bu   ro’yxat   deyarli
o’zgarmadi.
Amaliy     ijtimoiy   ishchi   atamasi   1970   dan   buyon   qo’llanilmoqda   Avvallari   bu
ishga   turli   ta’riflar   berilgan:   metodologiya   nuqtai   nazaridan-mijoz,   guruh   bilan
ishlash,   yerning   yo’naltirilganligi   nuqtai   nazaridan-bolalarni   ijtimoiy   ta’minlash,
oilaviy   xizmatlar,   tibbiy     ijtimoiy   ish,   axloq   tuzatish   muassasalarida   psixiatrik
ishlari,   kambag’allar,   nogironlar,   aqliy   ojizlar,   aroqxo’rlar   bilan   ishlash.   Bunaqa
tor   ixtisoslashgan   yondashuvlar   bilan   birga   yanada   kengroq   yondashuvlar   ham
shakllandi.
  Ijtimoiy   ishchilar   keng   doiradagi   muammolar   bilan   to’qnash   kelishadi .   Bu
muammolarga   aroqxo’rlik,   mulkchilik   huquqlarining   buzilishi,   bolalarga   yomon
munosabat,   oiladagi   nizolar   ruhiy   va   jismoniy   kasalliklar,   bezorilik,   jamiyatdan
ajralib   qolish,   kabilarni   kiritish   mumkin.   Muammolarni   bunday   tasniflash
mutaxassisga  ularni yanada chuqurroq o’rganish imkonini berdi.
Hozirda   amaliy   ish   sohalari   quyidagilar   hisoblanadi:   oila,   bolalarga   yordam
berish, sog’liqni saqlash,  turli kasb egalari bilan  ijtimoiy ish olib borish, qariyalar,
ta’lim   va   axloq   tuzatish   muassasalari.   Bu   ixtisoslashuvga   eng   keng   ta’rifdir.   U
ishchi   o’z   sohasida   unga   yordam   so’rab   murojaat   qilgan   aholi   toifalari   haqida
zaruriy bilimlarga ega bo’lishini talab qiladi.
XX   asrning   70-yillarida   tizimli   yoki   bir   butun   yondashuv   yetakchi
yondoshuvga   aylandi.   Unga   muvofiq     ijtimoiy   ishchilardan   bir   sohaga
ixtisoslashuv   mos,   universallik   turli   usullarni   uyg’unlashtira   olish   talab   qilina
boshladi. Pedagogik,   ijtimoiyogik,   nazariyalarning ahamiyati oshdi. Birlashishga
ehtiyoj     ijtimoiy   ish   tarkibida   ham   muhim   o’zgarishlar   ro’y   berardi:   metodik
madaniyat,     ijtimoiy   ishlarning   aniq   texnologiyasiga   ehtiyoj   tug’ildi.   Tizimli
yondashuv   yordamida     ijtimoiy   ishchilar   bir   vaqtning   o’zida   bir   qancha   inson
muammolarini hal qilishdi. Butun   dunyoda     ijtimoiy   xizmatlar   ishchilari   jiddiy   o’qitilmoqda.   U   milliy
ta’lim tizimlarining o’ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda-Fransiya,
Germaniya, Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, SHvetsariya va YAponiyada katta
farqlarga ega.
Zamonaviy  ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga asoslanadi.  Ijtimoiy ishda
bilimlar   zahirasiga   oid   sohada   ishlangan   va   boshqa   sohalardan
o’zlashtirishganlarning   qo’shiluvidan   iborat.     Ijtimoiy   ish   falsafa,   etika,
huquqshunoslik,   sotsiologiya,   psixologiyadan   ko’p   narsa   olgan.   SHaxs,     ijtimoiy
guruhlarning yurish-turishi, oila muammolari, hokimiyat, qo’shnichilik va ijtimoiy
hayot,   ijtimoiylashtirish,   submadaniyat,   stratifikatsiya   va   ijtimoiy   qatlamlashish,
murakkab   tuzilmalar   va   turli   madaniy   tizimlarning   turlarini     ijtimoiy   ishchilar
psixologiya va   ijtimoiyogiyadan o’zlashtirishdi. Biroq mizojlar va guruhlar bilan
amaliy ish olib borish metodikasi xal qiluvchi darajada pedagogika, psixologiya va
tibbiyot ta’siri ostida shakllanadi.
Bugungi   kunda     ijtimoiy   ish   ilmiy   asoslangan   bo’lishi   lozimligini   tushunish
kengayib   bormoqda.   Bu   kasb   bo’yicha   o’tkazilayotgan   ilmiy   tadqiqotlarning
nufuzi   oshib   bormoqda,   maxsus   konferensiyalar   o’tkazilmoqda   va   ularda
nazariyani   amaliyotda   yana   samarali   qo’llash   masalasi   muhokama   qilinmoqda.
Xalqaro   darajada   ilg’or   yutuqlar   almashuvi     ijtimoiy   pedagogikaning   dinamik
rivojlanishini ta’minlashi mumkin.
 Ijtimoiy pedagogikaning sohalarilari va vazifalari.
  Ijtimoiy pedagogika bilim  sohasi  sifatida bir nechta bo’limlardan iborat. Bu
bo’limlarda  olingan   bilimlar     ijtimoiy  tarbiyani     ijtimoiy   amaliyoti   turlaridan   biri
sifatida   xarakterlashga   va   uni   mukammallashtirish   bo’yicha   muayyan   yondashuv
va tavsiyalarni berish imkonini yaratadi.
  Ijtimoiy   tarbiya   falsafasi   falsafa,   etika,     ijtimoiyogiya   va   pedagogika
to’qnashuvidan   kelib   chiqadi.   Unda   amaliy,   uslubiy   va   dunyoqarashga   oid
masalalar o’rganiladi. Xususan  ijtimoiy tarbiya va uning vazifalari ta’rifi beriladi:
inson   obrazini   muayyan   tushunish   asosida   rivojlanish,   ijtimoiylashuv   va   tarbiya nisbatiga umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi;   ijtimoiy tarbiyaning qadriyat va
tamoyillari ishlab chiqiladi va boshqalar.
 Ijtimoiy tarbiya   ijtimoiyogiyasi  ijtimoiylashuvni  ijtimoiy tarbiya konteksti va
ijtimoiy   tarbiyani   ijtimoiylashuv   tarkibi   sifatida   o’rganadi.   Olingan   bilimlar
ularning   tarbiya   solohiyatlaridan   foydalanish,   ijtimoiylashuv   jarayonida   inson
rivojiga ta’sir etish mumkin bo’lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish va salbiy ta’sirni
kamaytirishning   usullari   va   yo’llarini   izlab   topish   imkonini   beradi.   Umuman
olganda     ijtimoiy   tarbiya     ijtimoiyogiyasi   tomonidan   o’zlashtirilgan   bilimlar
jamiyat   tarbiyaviy   kuchlarini   birlashtirish   yo’llarini   qidirishga   asos   bo’lishi
mumkin.
 Ijtimoiy tarbiya nazariyasi   ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi,
tushuntiradi va bashorat qiladi.  Ijtimoiy tarbiya darajasidan kelib chiqib,  ijtimoiy
tarbiya     ijtimoiyogiyasi   ma’lumotlarini   inobatga   olib   ijtimoiy   tarbiya   individual,
guruh,     ijtimoiy   sub’ektlari   nima   ekanligini   va   ular   o’zaro   qanday   munosabatda
bo’lishlarini o’rganadi.
  Ijtimoiy   tarbiya   psixologiyasi   guruh   va   insonlarning     ijtimoiy   psixologik
tavsiflari,   ularning   turli   yoshlardagi   xususiyatlari   asosida     ijtimoiy   tarbiya
sub’ektlarining   o’zaro   munosabati   samaradorligining   psixologik   sharoitlarini
aniqlaydi.
  Ijtimoiy   tarbiya   uslubiyati   ijtimoiy   tarbiyani   maqsadga   muvofiq   tashkil
qilishning yangi usullarini ishlab chiqadi.
  Ijtimoiy   tarbiya   menejmenti   va   iqtisodiyoti   bir   tomondan   jamiyatning   inson
mablag’iga   ehtiyojini,   boshqa   tomondan     ijtimoiy   tarbiyani   tashkil   qilishda
foydalanishi   mumkin   bo’lgan   jamiyatning   iqtisodiy   resurslarini   tadqiq   etadi.
Bundan tashqari bu bo’limda  ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham ko’rib chiqiladi.
  Ijtimoiy   pedagogika   fan   sohasi   sifatida   bir   qator   vazifalarga   ega.
A.V.Mudrin bu vazifalarni  3 guruhga ajratib ko’rsatadi:  nazariy, insoniylikka oid
va amaliy. Nazariy   vazifa     ijtimoiy   pedagogik   bilimlarni   to’plab   zamonaviy   jamiyatda
o’rganayotgan   jarayon   va   hodisalarining   to’liq   tasvirini   tuzishga   intilishida
namoyon bo’ladi.
Amaliy vazifalarga   ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik
va psixologik yo’nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash
bilan bog’liq. Amaliy vazifalarga quyidagilar kiradi:
1)bola   (o’smir)   ongida   yaxshilik,   adolat,   yaqinlariga,   ijodga,   o’zaro
tushunishga muhabbatni tarbiyalash;
2)inqirozdan   mustaqil   chiqib   ketish   maqsadini   qo’yish,   chiqish   yo’llarini
aniqlash,   atrofdagilar   bilan   muomala   qilishni   o’rganish,   hayot   mazmuni   va
maqsadini aniqlash;
3) atrof-muhit, inson, uning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari, jamiyatdagi
huquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish;
4)g’urur, mustaqillik, o’ziga ishonch hissini rivojlantirish;
5)bola (o’smir)da insonlar bilan oila, maktab, tengdoshlari davrasida, ishda muomala
qilishga   ishtiyoqni   oshirish.   Bunda     ijtimoiy   pedagogika   o’z
tarbiyalanuvchilarining   yosh   xususiyatlarini   bilishi   zarur.   SHuningdek,   u   bolaga
ijtimoiy   munosabatlarning   axloq   va   huquq   normalariga   suyangan   holda   insonlar,
shaxs   va   jamiyat   o’rtasidagi   nizolarni   yechishga   o’rgatishi   kerak.   Bu   vazifalarni
yaxshilik qilish, o’z hayotini tashkil  qilishni  o’rgatish, o’ziga xosligi va iqtidorini
tashkil qilishga rivojlantirishda o’z aksini topadi.
Insonparvarlik   vazifasisi   shaxsning   rivojlanishi   uchun   sharoitlar   yaratib
beruvchi   ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni
ishlab   chiqishda   o’z   ifodasini   topadi.   Zamonaviy     ijtimoiy   pedagogikaning
insoniyligi  bola  va  pedagog o’rtasidagi   munosabatlarni  qattiqqo’llik emas,  o’zaro
tushunishga asoslanadi.   Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy
va   ma’naviy   kuchlariga   dalda   berish,   unda   jamiyat   qabul   qilgan   xislatlarni
tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
YU.V.Vaselkova   ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalari sifatida tarbiyaviy,
ijtimoiyhuquqiy va ijtimoiyreabilitatsion umumlashmalarni ajratadi. Tarbiyaviy   vazifa   bolani   atrof   muhitga   qo’shilish,   uning   ijtimoiylashuv
jarayoni, o’quv va tarbiya jarayoniga ko’nikishini ko’zda tutadi.
  Ijtimoiy-   huquqiy   vazifa   davlatning   bolalarga   g’amxo’rligi,   ularning   huquqiy
himoyasini bildiradi.
Ijtimoiy   reabilitatsion   vazifa -nogiron,   jismoniy   va   ruhiy   nuqsonlarga   ega
bolalar   bilan   tarbiyaviy   va   o’quv   ishlarini   olib   borishdir.   Bunda   asosiy     ijtimoiy
vazifalarni pedagog bajaradi.
SHu bilan birga u vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi:
1) falokatga   uchragan   bola(o’smir)larga   yordam   ko’rsatish.   Inqirozdan   chiqish
yo’llarini topish, qiyin vaqtda qo’llab-quvvatlash ham muhimdir;
2) bola(o’smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o’rganish;
3) bolani   o’rab   turgan   va   unga   ta’sir   qiluvchi   turli     ijtimoiy   sohalardagi     ijtimoiy
tarbiya holatining tahlili;
4)   ijtimoiy   pedagogning   ijobiy   tajribani   tahlil   qilish,   tarqatish,   targ’ib   qilishga
qaratilish;
5) u bola(o’smir) faoliyatini o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitish va o’z hayotini
mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ;
6)   ijtimoiy   pedagog   bola   (o’smir)   muammolarini   hal   qiluvchi,   uning   inqirozi,
huquqlariga   aloqador   tashkilot,   mutaxassislarni   birlashtirish   bilan   ham
shug’ullanish;
7)   ijtimoiy pedagogning  vazifalaridan biri     ijtimoiy  tarbiyaning  turli   muammolarini
o’rganishni tashkil qilish,  ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim.
Ijtimoiylashuv tushunchasi
“Ijtimoiylashuv” so’zi  dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-
iqtisodiyotda   yer,   ishlab   chiqarish   vositalarining   umumiylashuvi   ma’nosini
anglatgan.
“Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijt__ nazariyasi” (1987)
kitobida   hozirgiga   yaqin   ma’noda   qo’llagan   amerikalik   sotsiolog   F.G.Keddings
hisoblanadi.   Uning   zamonaviy   ma’nosi-“   ijtimoiy   tabiat   yoki   individ   xarakterini
rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. XX  asr o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida
o’rganuvchi   mustaqil   ilmiy   sohaga   aylandi.   Ijtimoiylashuvning   turli
konsepsiyalarining   tahlili   uni   shartli   raivshda   ikki   asosiy   yondoshuvga   ajratish
imkonini beradi:
-sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv  iste’molchisi  sifatida
qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons)
-sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda  ijtimoiylashuv  jarayonida  insonning faol  o’rni, uning
hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat   va     ijtimoiy   moslashuv   jarayonlarini   tushunishning   hozirgi     talablariga
ikkinchi yondashuv ko’proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv
insonning   madaniyatni   o’zlashtirish   jarayonidagi   rivojlanish   va   o’zgarishi   bilan
aniqlanadi.
Ijtimoiylashuv   jarayoni Bolaning   ijtimoiylashuvi   xususan   insonning
ijtimoiy   moslashuvi   uning   hamma   narsani   egallashga   bo’lgan   ob’ektiv   ehtiyoji
jarayonidapaydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola   boshqa bir  ob’ektiv
ehtiyoj   -o’ziga   xosligini   namoyon  qilish   hissi   ham   shakllanadi.   Bola     uni   yuzaga
chiqarish   uchun     turli   usul   va   vositalarni   qidira   boshlaydi   va   buning   natijasida
uning   individuallashuvi   ro’y   beradi.   Bu   hodisa   shunda   namoyon   bo’ladiki,
shaxsning  ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli
tarzda namoyon bo’ladi, uning   ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega
bo’ladi.   SHunday   qilib   bolaning     ijtimoiy   rivojlanishi   ikki   o’zaro   bog’liq
yo’nalishda   olib   boriladi:   ijtimoiylashuv   (   ijtimoiy   madaniy   tajriba   madaniyatni
o’zlashtirish)   va   individuallashuv   (mustaqillik,   nisbiy   o’ziga   xoslikni   qo’lga
kiritish).   SHu   tarzda   ijtimoiylashuv   tushunchasi   zamonaviy   fanda   moslashuv
(birlashish)   va   individuallashuv   jarayonlari   bilan   bog’liq   ijtimoiylashuv
jarayonining   mazmuni   inson(bola)ning   aniq   bir   jamiyat   sharoitlariga
moslashuvidir.   moslashuv   sub’ekt   va   ijtimoiy   muhit   faolliklarining   yaqinlashuv
jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy   moslashuv   esa     ijtimoiy   muhit   talablariga   insonning   munosabat
bildirishidir.   SHunday   qilib,   ijtimoiylashuv   (moslashuv)   individning   ijtimoiy
mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo’ladigan ob’ektiv ehtiyojlari
bilan bog’liq jamiyatdagi o’z-o’zini egallashdir. Bu ehtiyoj:
a) o’z qarashlariga ega bo’lish;
b) o’ziga xosliklariga ega bo’lish;
v)   unga     tegishli   bo’lgan   masalalarni   hal   qilish,   uning   o’z   darajasini   aniqlab
olishiga   xalaqit   beradigan   hayotiy   holatlarga   qarshi   turish   xohishi   sifatida
namoyon bo’ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida  ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari
o’rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro’y beradi. SHu
bilan   birga   bu   yerda   shaxs   va   muhitning   o’zaro   ta’sir   etish   ham   sodir   bo’ladi.
SHunday   qilib,   muvaffaqqiyatli   ijtimoiylashuv     moslashuv   va   individuallashuv
o’rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy
sohada amalga oshadi:
-   faoliyat-turlarning   kengayishi,   uning   shakl   va   vositalarini   qo’lga   kiritish,   erkin
mo’ljal olish.
-   muomala-muomala   doirasini   kengaytirish,   uning   mazmunini   chuqurlashtirish,
xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish.
-   anglash-shaxsiy   men   obrazini   faoliyatning   faol   ishtirokchisi   sifatida
shakllantirish,   o’z   ijtimoiy   mansubligi   va   o’rnini   anglash,   o’ziga   baho   berishni
shakllantirish.
Ijtimoiylashuv   vositalari. Inson   ijtimoiylashuvi   u   yoki   bu   jamiyat   ijtimoiy
qatlamlariga   xos   bo’lgan   universal   vositalar   orqali   amalga   oshiriladi,   ularga:
go’dakni emizish va g’amxo’rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish
qoidalari,   insonni   o’rab   turuvchi   moddiy   madaniyat   mahsulotlari,   ma’naviy
madaniyat   unsurlari(alladan   boshlab   ertaklargacha),   muomala   usuli   va   mazmuni,
shuningdek   oilada   jazolash   va   mukofotlash   uslublari,   insonning   hayotiy faoliyatidagi   ko’p   sonli   munosabatlari-muloqot,   o’yinlar,   ma’naviy-amaliy
faoliyat, sport bilan shug’ullanish kiradi.
Har bir jamiyat, davlat,   ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar-man etish, ruxsat
berish,   majburlash   chora-tadbirlarini   ishlab   chiqshadi.   Bu   choralar   yordamida
inson   xulq-atvori   shu   jamiyatda   qabul   qilingan   me’yoriy   qadriyatlarga
moslashtiriladi.Bola   ijtimoiylashuvining   yetakchi   vositalari   muomala   (ota-onalar,
tengdoshlar   va   boshqalar   bilan)   hamda   faoliyat   (o’yin,   o’qish,   ijod,   sport)dir.
Psixologik-pedagogik   tadqiqotlar   jarayonida   turli   yosh   davrlariga   turli   faoliyat
turlari mos kelishi aniqlangan.
Bolaning   me’yorida   rivojlanishining   eng   muhim   shartlaridan   biri   bu   muomala.
Muomala   va   faoliyatning   yetakchi   turlariga   nisbatan   quyidagi   yosh     davrlari
qo’llaniladi::
-go’daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
-go’daklikdan keyingi davr-predmetli  faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli o’yinlar;
-ilk maktab  davri-o’quv faoliyati;
- o’smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
-o’spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv   agentlari. Insonning   voyaga   yetishida,   uning   shakllanishi
jarayonida, u bevosita munosabatda bo’lgan kishilar muhim o’rin tutishadi. Ularni
ijtimoiy   pedagogikaga   oid   adabiyotlarda   ijtimoiylashuv   agentlari   deb   ham
nomlanadi.   Turli   yosh   davrlarida   agentlarning   tarkibi   turli   bo’ladi.   Bolalar   va
o’smirlar   uchun   ota-ona,   aka-uka,   opa-singillar,   qarindoshlari,   tengdoshlari,
qo’shnilar   agent   bo’lishlari   mumkin.   YOshlik   davrig   kelib   agentlar   qatoriga
turmush   o’rtog’i,   hamkasblari   ham   qo’shilishlari   mumkin.   Ijtimoiylashuvdagi
tutgan o’rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham
farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko’rsatmaydigan.
Ijtimoiy himoya   - keng ma noda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiyʼ
muhofaza qilinishini ta minlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy,	
ʼ
ijtimoiy   choratadbirlar   majmui;     tor   ma -noda   —   davlat   va   jamiyatning   yoshi,	
ʼ salomatligi   holati,   ijtimoiy   ahvoli,   tirikchilik   vositalari   bilan   yetarli
ta minlanmagani   tufayli   yordamga,   ko makka   muhtoj   fuqarolar   to g risidagiʼ ʻ ʻ ʻ
g amxo rligi.   Uning   asosiy   maqsadi   aholi   farovonligining   to xtovsiz
ʻ ʻ ʻ
yaxshilanishini ta minlash, aholi qat-lamlarining ta lim, madaniyat, kasb malakasi,	
ʼ ʼ
daromadlari   jihatidan   keskin   tafovutlariga   barham   berish,   jamiyat   tomonidan
insonga   munosib   hayot   darajasini   va   inson   taraqqiyotini   ta minlashga   yordam	
ʼ
berishdan   ibo-rat.   I.h.ning   asosiy   yo nalishlari:   erkin   ijtimoiyiqtisodiy   faoliyat	
ʻ
ko rsatishni   ta minlash;   ish   bilan   bandlik,   kasb   tanlash,   o qish   va   bilim   olish;	
ʻ ʼ ʻ
daromadlarning   kafolatlani-shi;   har   bir   fuqaroning   o z   iqtisodiy   faoliyatida	
ʻ
daromadga   ega   bo lishi;   is-te molchilar   himoyasi,   iste molchilar   jamiyatlari;	
ʻ ʼ ʼ
tovarlar   va   xizmatlar   sifati,   iste mol   kafolatini   ta minlash;   aholiga   tibbiy   xizmat	
ʼ ʼ
ko rsatish;   ijtimoiy   ta minot   tizimi   va   aholining   muhtoj,   kam   ta minlangan	
ʻ ʼ ʼ
qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish. Adabiyotlar
1. Egamberdiyeva H.M. «Ijtimoiy pedagogika» (darslik) - T., 2009 y.
2.     Mavlonova   R.   va   boshkalar   “Ijtimoiy     pedagogika”   (O’kuv     kullanma)   -   T.,
2009 y.
3.  Galaguzova  M.  A.  Sotsialnaya  pedagogika  (Uchebnoye  posobiya)  - M.,
4.   Xarlamov   I.F.   Pedagogika   v   voprosax   i   otvetax   (Uchebnoye   posobiya)     -1.
Munavvarov A.K. Pedagogika (O’quv qullanma). - T.,  1996 u.
5. Munavvarov A.K. Pedagogika(o`quv qo`llanma). - T.,  1996 u.
6 .Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi (o`quv qo`llanma a). - T.,  1994 u.
7. Yo‘ldoshev J.  Ta’lim yangilanish yo‘lida (o`quv qo`llanma). - T., 2000 u.
8 . Podlasыy I L .Pedagogika. V 2x kn. (o`quv qo`llanma). - M., 2003 g.
9.Yu.Asadov,   R.Musurmanov.O’smirlar   deviant   hatti-harakatning   ijtimoiy
psixologik xususiyatlari T;-Sano-standart-2011

Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida. Ijtimoiyllashuv-ijtimoiy-pedagogik jarayon (2-Modul ) REJA: 1. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va ijtimoiy pedagogika rivojlanishi tarixidan. 2 . Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish. 3 . 3.Ijtimoiylashuv – ijtimoiy-pedagogik jarayon .

Ijtimoiy pedagogikaning predmeti va ob’ekti Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar aloqasi. Falsafa va ijtimoiy pedagogika . Falsafa inson borlig’i masalalarini o’rtaga qo’yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashining umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo’limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni uchratsak bo’ladi. Etika va ijtimoiy pedagogika . Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi, tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi. Falsafa, ijtimoiy tarbiya nazariya va uslubiyatining boshqa muammolarini o’rganadi. Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika . Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji faoliyat yuritishi, shakllanishi qonuniyatlari haqidagi fan ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv muammolarini o’rgana turib ijtimoiy bitimlar sohalarining birqator ma’lumotlari: (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi. “Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog’liq bo’lib, ularning muomala va bir- biriga ta'sirining turli xil shakllari birlashtiradi. Pеdagogikaning ham, ijtimoiy pеdagogikaning ham obyеkti- bu bola, biroq o’rganish prеdmеtlari turlicha. Pеdagogikaning o’rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, Ijtimoiy pеdagogikaning prеdmеti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Ijtimoiy pеdagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pеdagogik faoliyatning samarali usullari tеxnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pеdagogika sohasi ..

Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika . Etnografiya xalqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy o’z-o’zini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o’rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiya va psixologiya inson hayotining yosh davrlarga bo’linishi, etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda u yoki bu yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan o’rnini belgilaydigan omillar ijtimoiylashuv va tarbiyaning etnik va qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi. Ijtimoiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda etnografiya va etnopsixologiya ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va mazmunini aniqlashda, tarbiya tizimini tashkil qilishda inobatga olish lozim. SHu bilan birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu xalq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish maqsadida muvofiqdir. Bundan tashqari ijtimoiylashuv va tarbiyaning ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va o’rnini to’ldirish ham lozimdir. Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. ijtimoiy psixologiya insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo’shilishlari faktini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini ham o’rganadi. YOsh psixologiyasi inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog’liq omillarini ham o’rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o’rgana turib va ijtimoiy tarbiya uslubiyat va psixologiyasini ishlab chiqa turib ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.

Bola ijtimoiylashuvining asosiy institutlari 3-Ilova O’zbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy g’oyalari.M A D A N I Y A DIN T A ’ L I MOILA IJTIMOIY INSTITUTLAR Jamiyat o’zining qurilishiga ko’ra turli xildagi o’zaro bog’langan va o’zaro ta'sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va artibga solinganligini o’rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat m е 'yorlari va axloq qoidalarini o’zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut d е b nomlash mumkin va bularga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi Oila – ijtimoiylashishning y е takchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma'lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o’zlashtiradi, hayotida nima k е rak bo’lsa shu jamiyatdan oladi.

Sotsiologiya fani jamiyatning o`zini-o`zi anglashida qudratli vositadir. qaysi jamiyatda sotsiologiya kuchliroq rivojlansa, bu mana shu jamiyatning o`zini to`laroq anglayotgani alomatidir. Sotsiologiya fani inson xulq-atvorini tushunishning aniq va favqulodda yorqin istiqbolini ochadi. Sotsioloyani o`rganar ekanmiz, dunyoga o`zimiz berayotgan talqindan hayotimizni shakllantirayotgan ijtimoiy ta'sirlarga nazar tashlash uchun yuqoriroq o`qtariladi. Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab beradi. Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika (lat. Socium-jamiyat) shuqullanadi. Sotsiologiya- insonning ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir. Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori- uning predmetidir. Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy to`qnashuvlaridan to global ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilishgacha bo`lgan sohalarni qamrab oladi. Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida, shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida bilim olish imkonini beradi. Sotsiologiya keyingi 2-3 asr davomida kishilik jamiyatida yuz bergan o`zgarishlarni o`rganish asosida maydonga keldi. Hozirgi ijtimoiy dunyoning eng muhim xususiyatlari orasida sanoatlashuv, urbanizatsiya va siyosiy tizimlarning yangi tiplarini sanab o`tish mumkin. Sotsiologiya boshqa fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xudq- atvorini o`rganadi. Sotsiologiya antropologiya, tarix, iqtisod va siyosatshunoslik orasidagi aloqalar muhimdir. Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik