logo

Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.Yagona pedagogik jarayon. Didaktika-ta’lim nazariyasi sifatida.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.244140625 KB
Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.Y a gona
pedagogik jarayon. Didaktika-ta’lim nazariyasi sifatida.
Reja:
1. Jamiyat va inson taraqqiyotida pedagogikaning o’rni.
2. Pedagogika fani, uning maqsad va vazifalari.
3. Pedagogikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari).
4. Pedagogikaning   fanlar   bilan   aloqasi   va   pedagogika   fanlari   tizimi .
5. Pedagogika   faninig   ilmiy - tadqiqot   metodlari  
6. Tа’lim jаrаyoni yaхlit tizim sifаtidа. Tа’lim tushunchаsi vа mоhiyati
7. Tа’lim jаrаyonining yaхlit tizim sifаtidаgi tаvsifi
8.  Tа’lim funksiyalаri
 
                             Kuzatish   usuli     ta’lim-tarbiya   jarayonlarining   amaldagi   holati   bilan
tanishtiradi,   ularning   oqibat   natijalarini   bilishga   yordam   beradi   va   shu   asnoda
yaratilgan   yangi   kashfiyotlar   uchun   dalillar,   omillar   yig`ish   imkonini   tug`diradi.
Bu   usul   ancha   murakkab   bo’lib,   nazarda   tutilgan   maqsad   qanday   amalga
oshayotganligini   aniqlash,   o’qituvchi   va     o’quvchilarning   o’zaro   aloqalari,
individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo’llaniladi.
Tabiiy   kuzatish   orqali   o’quvchilarning   fanlarni   o’zlashtirishlari,   ularning   xulq-
atvori   va   muammolaridagi   o’zgarishlarni   hisobga   olish   va   tegishli   ta’limiy-
tarbiyaviy  ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi.
Ilmiy   kuzatishlar   esa   nafaqat     o’quvchilarning   tabiiy   faoliyatini   balki   ularning
ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi
faolliklarini     aniqlaydi,   ularni   tahlil   etadi.   Bunday   kuzatishlar   oqibat   natijada
pedagogika fani  mazmunini boyishiga sabab bo’ladi.
Pedagogik   tadqiqotda   suhbat   metodining   o’rni     qanday?   Ta’lim-tarbiya
jarayonini   yaxshilash   yoki   yaratilgan   ilmiy   farazlarning   qanchalik   to’g`ri
ekanligini  aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli
maktab  o’qituvchilari  va  o’quvchilar   jamoasi  bilan,  ota-ona  va  keng  jamoatchilik
bilan   yakka   va   guruhli   tartibda   ish   olib   borilganda   qo’llaniladi.   Bunda   suhbat
usulini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari  belgilanadi,
natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi.
Bolalar ijodi qay shaklda o’rganiladi?
Bolalar   ijodini   o’rganishda     maktab   o’quvchilarining   o’ziga   xos   individual
tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi.
Bunda o’quvchilarning   turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari,
she’r   va   hikoyalari,   hayotiy   rejalari,   insholari,   turli   yozma   hisobotlari   ularning
dunyoqarashi va ma’naviyatini o’rganish  uchun manba bo’lib xizmat qiladi.
  Bu   usul   orqali   o’quvchilar   orasidan   yetishib   chiqayotgan   iste’dodli   ,   iqtidorli
yoshlar   aniqlanib,   ular   bilan   alohida   ish   olib   boriladi.   Bolalar   ijodini   quyidagi
jarayonlarda   ham   aniqlash   mumkin:   fan   olimpiadalari,   mavzular   bo’yicha konkurslar;   maktablar   bo’yicha   ko’rgazmalar;   musobaqalar;   sayohatlar   va
boshqalar. 
Ilmiy tadqiqotda test, so’rovnomalar usuli  yetakchi usul sanaladi. So’rovnoma  -
anketa usuli  qo’llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini  bilish, aniqlash,
o’quvchilarning   yakka     yoki   guruhli   fikrlarini,   qarashlarini,   qanday   kasblarga
qiziqishlarini,   kelajak   orzu-istaklarini   bilish   va   tegishli   xulosalar   chiqarish,
tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi. 
Test   sinovlarini   o’tkazishdan   maqsad     oz   vaqt   ichida   o’quvchilarning   bilimlarini
yoppasiga   aniqlash   va   baholashdir.   Test     savollarining     o’rni   va   ularning
mazmunan     rang-barang     qilib   tuzilishi,   o’quvchilarning     mustaqil     fikrlarini
o’stiradi, kelajakni real baholash  qobiliyatini  taraqqiy ettiradi.    
 Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuliga nimalar kiradi?
Bu usul orqali  o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi , ularning pedagogik  faoliyati
haqida   aniq   ma’lumotlar   olinadi.   Maktab   hujjatlari   deyilganda,   o’qituvchi   va
o’quvchilarning   soni,   o’quvchilarning   shaxsiy   hujjatlari|   sinf   jurnallari,   kundalik
daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning
rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va
boshqalar tushuniladi.
Eksperiment - tajriba-sinov usulining ahamiyati qanday?
«Eksperiment»   so’zi   lotincha   «sinab   ko’rish»,   «tajriba   qilib   ko’rish»   ma’nosini
anglatadi. Eksperimental   tajriba ishlari, asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador
ilmiy   faraz   yoki   amaliy   ishlarning   tadbiqi   jarayonlarini   tekshirish,   aniqlash
maqsadida o’tkaziladi. 
Eksperiment   usuli   sharoitga   qarab   3   xilda     o’tkaziladi:   1.   Tabiiy
eksperiment, 2. Laboratoriya  eksperimenti, 3. Amaliy tajriba.
Statistika ma’lumotlarini  tahlil qilish usuli nima uchun kerak?
Pedagogik   tadqiqot     statistika   ma’lumotlarisiz,   ularning   tahlilisiz     o’zligini
namoyon   etolmaydi.   Nafaqat   ilmiy   izlanishlar   borasidagi,   balki   xalq   ta’limi
sohasidagi,   jumladan   ajratilgan   mablag`larning   oshirilishi,   xalq   ta’limi
muassasalarining   o’sib   borishi,   darslik   va   o’quv   qo’llanmalari,   ko’rgazmali qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo’jalik shartnomalari va
ulardan   tushayotgan   mablag`lar     statistika   usuli   orqali   aniqlanadi.     Statistik   omil
aniq, hayotiy bo’lsa bajarilayotgan ta’lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati
yuqori bo’ladi.
  Pedagogik  tadqiqotda matematika va  kibernetika usulining   ahamiyati
qanday?
«Kibernetika»   grekcha   rolni   bajaraman,   idora   etaman     degan   ma’nolarni
anglatadi.   Kibernetika   ishlab     chiqarishni,   texnikani,   tirik   organizmlarni,   kishilik
faoliyatini     boshqarishning   umumiy   qoidalarini   va   vositalarini   ishlab   chiqadi.
Uning   mazmuni   axborot   berish,   dasturlashtirish,   algoritmlar,   boshqaruvchi   tizim,
model   yasash   singari   asosiy   nazariyalarda   o’zligini       namoyon   etadi.   Mazkur
usuldan bugungi kunda pedagogikada ham keng foydalanilmoqda. 
O’qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetika mashinalari
yordamida   bir   tildan   ikkinchisiga   tarjima   qilish,   dasturli   ta’lim   va   uni   mashina
orqali   boshqarish,   o’qitishni   mustahkamlash,   baholash   orqali     ta’lim-tarbiya
samaradorligini   oshirish,   differensial   va   individual   ta’lim   berish,   maktab
hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda.
Ilmiy-pedagogik tadqiqot  metodlariga ijodiy yondashuvning  ahamiyati haqida 
ham to’xtalib o’tish lozim.
  Talabalar   ma’ruza   va   seminar   mashg`ulotlari   davomida   o’zlashtirib   olgan   ilmiy
pedagogik   tadqiqot   metodlari   mavzusini   esga   olgan   holda   maktab   hujjatlarini
o’rganish   orqali   matematik-statistikaga   murojaat   etadilar.   Bunda   o’zlari   tahsil
olgan maktabning  qachon tashkil topgani, undan qancha olim, sportchi, shoir,xalq
maorifi a’lochilari, o’qituvchilar yetishib chiqqanligini, bugungi kungacha qancha
o’g`il-qiz   bitirib   chiqqani,   jumladan,   2005-2006   o’quv   yilida   qancha   o’quvchi
oliygohlarga,   litsey,   kollejga   o’qishga   kirganligi   haqida   ma’lumot   to’plashlari
lozim. Buning uchun ular maktab manitoringiga murojaat qilishlari kerak.
              Talabalar  biror  sinfdagi   bolalar  ijodini   o’rganish   uchun  pedagogik  kuzatish
metodidan foydalansalar maqadga muvofiq bo’ladi. Oddiy kuzatish orqali ularning
dunyoqarashlarini   bilib   olishlari   mumkin,   ilmiy   kuzatish   orqali   ularning   qaysi fanga   ko’proq     ishtiyoqlari   balandligini   bilib   olishlari   mumkin.   Shunda   sinfdagi
o’quvchilarning   nechtasi   she’riyatga,   san’atga,   sportga,   kashtachilikka,   rasm
solishga,   fanga   qiziqishlariga   qarab,   o’quvchilarni   fan   to’garaklariga   yoki   kasbga
yo’llashlari mumkin.      
XULOSA:     Demak,   pedagogika   fani   o’z   mazmunini   boyitish   va   yangilash
maqsadida mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga
muvofiq   keladigan   usullari   bilan   o’rganadi.       Pedagogikaning   ilmiy   tadqiqot
metodlari   qanchalik   to’g`ri   tanlansa,   ta’lim-tarbiya   mazmunini   yangilash   va
takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham mazmunan boyib
boradi.   Shu   sababli   pedagogik   ilmiy-tadqiqot   usullariga   dogmatik   yondashish
mukin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda
to’la  yaratilgan, ishlab chiqilgan emas.
Keys.  M    а   vzug    а       о   id mu    а   mm    о   l   а   r:   
Bir   savdogarning   ikki   mirzasi   bor   ekan.   Savdo-tijorat     ishlarida   barcha
yumushlarni   har   ikkalasi   ham   birdek   bajarishar,   savdogarga   sidqidildan   xizmat
qilisharkan.   Lekin   maosh   masalasida   anchagina   farq   bo’lib,   biri   ko’p,   biri   esa
ozroq   haq   olar   ekan.   Bu   ahvol   anchagina   davom   etibdi.   Maoshi   oz   mirza   ancha
vaqt xojasining og’zini poylab yuraveribdi. Biroq savdogar bu haqda hech ham gap
ochmas, har kuni  odatdagi o’z ishlari bilan mashg’ul bo’lar ekan.
    Sabr   kosasi   to’lgan   mirza   bir   kun   payt   topib   yuragidagi   dardini   xojasiga   to’kib
solibdi.
- Mana   qanchadan   beri   indamay   hamma   ishlaringizni   qilib   kelyapman.
Ishyoqmaslik qilib, biror vazifadan bo’yin tovlagan yerim yo’q. Anavi mirza bilan
bajaradigan   ishimizda   shuncha   kuzatib   biror   farqni   anglay   olmadim.   Lekin
maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim yetmayotir,- debdi. 
Xoja mirzaning so’zini eshitib miyig’ida kulibdida, uning da’vosi to’g’ri ekanligini
tan olibdi va bu haqda keyinroq gaplashajagini aytib, hozir zarur bir yumushni ado
etib kelishini buyuribdi.
- Bosh ustiga!- debdi mirza tavoze bilan o’rnidan turarkan. - Bo’lmasa   eshiting-   debdi   xoja.-Karvonsaroyga   Bog’doddan   savdogarlar
tushishibdi.  Borib ulardan so’rang-chi, bisotlarida baxmal matosi bormikan?
Mirza ko’ksiga kaftini qo’yib: «Xo’p bo’ladi», debdi va xojasi huzuridan chiqibdi.
Hech qancha vaqt o’tmay, u karvonsaroyga borib kelibdi.
-Taqsir bog’dodlik savdogarlarda baxmal mato bor ekan!-debdi.
- Rangi qanaqa ekan bilmadingizmi?-debdi xoja.
- Yo’q! Rangini so’ramabman.
- Rangini bilib keling!- deb buyuribdi xoja mirzaga.
Mirza   yana   karvonsaroyga   qarab   ketibdi   va   fursat   o’tib   yana   xojasi   yoniga   kirib
kelibdi.
- Bildim taqsir! Rangini so’rab bildim!  Pistamagiz ekan baxmal rangi!
- Yaxshi,   -   debdi   xoja.-     Baxmalning   gazini   necha   so’mdan   sotarkanlar
bog’dodlik birodarlar?
  Tili   lol   mirza   baxmal   narxini   bilib   kelish   uchun   yana   karvonsaroyga
zing’illabdi   va   u   yerdan   baxmal   narxini   ham   aniqlab   kelibdi.   Lekin   xojasi
tushmagur   mirzaga   yana:   «Hammasi   bo’lib   qancha   baxmallari   bor   ekan,
bilmadingizmi?»-degan   savolni   ko’ndalang   qilib,   uni   mulzam   qilibdi.   Mirza
baxmalning   qancha   ekanligini   bilib   kelish   uchun   yana   karvonsaroyga   junayotgan
ekan, xoja uni to’xtatibdi.
- To’xtang,   -   debdi   va   ikkinchi   mirzani   chaqirtirib,birinchi   mirzaga   aytgan
dastlabki   topshiriqni   aytibdi.   Ikkinchi   mirza   ham   karvonsaroyga   qarab   ketibdi   va
bir fursat o’tgach, xoja va birinchi mirza o’tirgan yerga kirib kelibdi.
- To’g’ri   taqsir!   Karvonsaroyga   Bog’doddan   savdogarlar   kelishibdi.   Bisotlarida
baxmal matolari xam bisyor emish,- debdi.
- Rangi qanday ekan uning?
- Rangi   pistamag ’ iz ,  sifati   ham   soz !
- Har gazini qanchadan deyishmoqda?
  Ikkinchi   mirza   baxmal   narxini   ham   aniq   aytib   beribdi.   U   xojasining
«Hammasi   bo’lib   qancha   baxmallari   bor   ekan?»   degan   savoliga   ham   aniq   javob
qilibdi.   Shu   paytdan  xoja   ikkinchi   mirzaning   xizmati   uchun   unga  minnatdorchilik  aytib,
javob beribdi va birinchi mirzaga yuzlanibdi.
- Mirzam ,  endi   tushungandirsiz ,  maoshingidagi   farq   sababini ?
  Maosh   belgilashda   xodim   farosati   xam   e ’ tiborda   tutilur .  Kishi   farosatining   maoshi
bebahodir !-  debdi .
        Savol :       1)   Mazkur   hikoyat     nima   uchun   shunday   nomlangan ?     Fikringizni
izohlab   bering . 2)   Mustaqil   fikrlovchi   inson   bo ’ lib   shakllanishda   farosatning   o ’ rni
qanday ?   Sizning   fikringizcha   ,   xalq   manfaatini   ko ’ zlashda ,   Vatan   ravnaqini
yuksaltirishda     mustaqil     fikrlash   ko ’ nikmalari     zarurmi ?   .   Javobingizni   asoslab
bering 
2. Muallim quyidagicha hikoya qiladi: «O’g’lim (9 yosh) qorong’idan
va   balandlikdan     qo’rqadi.   Men     imkon   boricha   uni   ko’proq   ana   shu   qo’rquvni
yenga oladigan sharoitga qo’yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun
kechqurun hovliga, goho go’yo esdan  chiqqan narsani  olib kelish uchun qorong’i
xonaga yuboraman.  
    O’yin   paytida   ayrim   paytlari   chuqurlikka   sakraymanda,   «Daraxtning   hov
anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi,  yuqoridagisini» deyman. 
O’qituvchi   to’g’ri   qiladimi?   Bu   qanday   tarbiya   metodi.?   U   nima   uchun
samarali?  
1.Tа’lim   jаrаyoni   yaхlit   tizim   sifаtidа .   Tа’lim   tushunchаsi   vа   mоhiyati.   Tа’lim
tizimli bilim оlishning eng muhim vа ishоnchli usulidir. Tа’limgа ikki tоmоnlаmа
аlоqа   (tа’lim   оlish   vа   tа’lim   bеrish),   shахsni   hаr   tоmоnlаmа   rivоjlаntirish   vа
bоshqа   хususiyatlаr   хоsdir.     Tа’lim   o`qituvchi   tоmоnidаn   bоshqаriluvchi   o`zigа
хоs   аnglаsh   jаrаyonidir.   O`qituvchining   yo`nаltiruvchi   sifаtidаgi   rоli
o`quvchilаrning   аqliy   vа   ijоdiy   qоbiliyatlаrini   rivоjlаntirishni   tа’minlоvchi   bilim,
ko`nikmа vа mаlаkаlаrni to`liq o`zlаshtirа оlishlаridа ko`rinаdi.
Tа’lim   o`qituvchining   o`quvchilаr   bilаn   mulоqоti   jаrаyoni   hаm   sаnаlаdi.   U
o`quvchilаrgа o`quv mаtеriаli mаzmunini tushuntirib bеrаdi, sаvоl  vа tоpshiriqlаr
bеrаdi,   ulаrning   fаоliyatini   nаzоrаt   qilаdi,   хаtо   vа   kаmchiliklаrini   аniqlаydi,   yo`l
qo`yilgаn   хаtоlаrni   to`g`rilаydi,   qаndаy   ishlаsh   lоzimligini   qаytа   ko`rsаtаdi.   Hаr qаndаy   tа’lim   o`zidа   o`qituvchi   vа   o`quvchining   fаоliyati,   ya’ni,   o`qituvchining
o`rgаtish   hаmdа   o`quvchining   o`rgаnishgа   yo`nаltirilgаn   fаоliyati,   bоshqаchаi
аytgаndа to`g`ridаn to`g`ri, bеvоsitа vа nisbiy munоsаbаt 1
 аks etаdi.
Tа’lim jаrаyonidа o`qituvchi vа o`quvchi o`rtаsidа o`zаrо mulоqаt yuzаgа kеlаdi.
“Mulоqоt” tushunchаsi “tа’lim” tushunchаsidаn ko`rа kеng mа’nоgа egа. 
Tа’lim  o`quvchilаrgа nаzаriy bilimlаrni bеrish аsоsidа ulаrning bilish 
qоbiliyatlаrini o`stirish, ulаrdа аmаliy ko`nikmа vа mаlаkаlаr, shuningdеk, 
dunyoqаrаshni shаkllаntirishgа yo`nаltirilgаn jаrаyondir. 
Tа’lim   vа   tа’lim   jаrаyoni   (didаktik   jаrаyon)   sinоnim   tushunchаlаr   emаs.   Jаrаyon
bu   yaхlit   pеdаgоgik   hоdisа,   pеdаgоgik   fаоliyatning   tаrkibiy   qismi   sifаtidа   tа’lim
tizimining   muаyyan   hоlаtini   o`zgаrtirish   hisоblаnаdi.   Jаrаyon   mоhiyatini
V.P.Bеspаlkо tоmоnidаn tаklif etilgаn quyidаgi fоrmulа аsоsidа to`lаqоnli аnglаsh
mumkin:
 
Bu еrdа; DJ – didаktik jаrаyon; 
M – o`quvchilаrning o`qish (tа’lim оlish)  mоtivаsiyasi ; 
O`f –o`quvchilаrning o`zlаshtirish fаоliyati; 
B –o`quvchilаrning bilish fаоliyatlаrini bоshqаrish.
2.Tа’lim   jаrаyonining   yaхlit   tizim   sifаtidаgi   tаvsifi.   Tа’lim   jаrаyonining
“yaхlitligi” “tizimliligi” vа “mаjmuаviyligi”ni bir хildа tаlqin etish mumkin emаs.
Birоq, tа’lim jаrаyonining yaхlitligi uning tizimliligi bilаn uzviy bоg`liq.
Tizim  (mustаqil tushunchа sifаtidа) o`zаrо bоg`lаngаn ko`plаb elеmеntlаr (tаrkibiy
qismlаr) o`rtаsidаgi  mustаhkаm  birlik vа o`zаrо yaхlitlikdir. Dеmаk, tа’lim yaхlit
tizim sifаtidа ko`plаb o`zаrо bоg`liq quyidаgi elеmеntlаrni o`z chigа оlаdi: tа’lim
mаqsаdi,   o`quv   ахbоrоtlаri,   o`qituvchi   vа   o`quvchilаrning   tа’limiy   fаоliyatlаri,
uning   shаkllаri,   pеdаgоgik   mulоqоt   vоsitаlаri,   shuningdеk,   tа’lim   jаrаyonini
bоshqаrish usullаri.
1
 Дьяченко В.Д. Оганизационная структура учебного процеса и его развитие. – Москва, Педагогика, 1984. – с. 44-45. Bаrchа tаrkibiy qismlаrning o`zаrо birligi vа yaхlitligi sifаtidа nаmоyon bo`luvchi
tа’lim   jаrаyonining   nеgizini   o`qituvchi   vа   o`quvchilаrning   tа’limiy   fаоliyatlаri
tаshkil etаdi.
Ta’limdagi   ushbu     yangi   3ta   R   (QMM):     rigor   (qattiqqollik),
relevance(muvofiqlik),   relationship(munosabat)   larning   o`rni   insonning     o`zaro
ta’siri   muhim   ustuvorlik   kasb   etadi.   Yuqori   samaradorlikka   erishuvchi
o`qituvchilar   maktabga   kelgandan   boshlab   kulmaydigan   (jiddiy)lardir.
Chorakning   boshida   talabalarga   o`zini   xushchaqchaqlik   bilan   tanishtiradiganlar
ham bor. Ular  do`stona  ko`makdosh   va    butun maktab  davomida hamma uchun
hurmatga sazovor bo`ladilar. Bunday o`qituvchilar   hurmat qozona olgani uchun
talabalar   bilan   samarali   ish olib   bora olishadi .   Xonalaridan   kulgu   eshitilib
turadi.   Talabalar     vazifalar     ustida     ishlaydi       va     yaratuvchan     bo`ladi.
O`qituvchilar     individual     ehtiyojlar     va     qobiliyat       darajalariga       e’tiborli
bo`lgani  sababli  talabalar  o`rganib  boradi  va  ular  talabalarni  rivojlantirish
uchun   ular  bilan  individual  ishlaydi.  Shuning  uchun,  ota-onalar   va  ularning
o`rnini     bosuvchi     mas’ul     shaxslar       bilan     aloqa       o`rnatish       o`qitish
jarayonidagi   muhim  va  kuchli  kelishuv  hisoblanadi.   Bu  kasbning   talablari
va     murakkabliklari       sababli       ta’lim       beruvchilar       ta’lim       jarayoni       va
dasturlarini         rivojlantirish     uchun       boshqalar     bilan     birga       hamkorlikda
ishlashlari       zarur.     Va     nihoyat       aloqalari     orqali       o`qituvchilar       o`zlarining
atrofidagilarga  ta’sir  o`tkaza  olish   uchun  yetarli  kuchga  ega  bo`ladi. Nemis
shoiri   Gyote   aytishicha ,  quydagi    fikr     atrofidagilarga    ta’sir   o`tkaza   olish
uchun  individual   kuch  haqida   juda   yaxshi  bayon   beradi:
“     Men     shunday       qo`rqinchli     xulosaga       keldimki,       men     hal     qiluvchi
elementman. Iqlimimni    yaratish    bu   mening   shaxsiy      fikrlashim.    Ob-havomni
yaratish     bu    mening    kunlik   faoliyatim. Hayotni     qo`rqinchli     yoki     zavqli    qila
oladigan     kuchga     men     egalik     qilaman.     Men     ilhomlantirish       quroli       yoki
azoblarning     manbai     bula     olishim     mumkin.       Ayblay     olishim   ham     hazilga
yo`yishim   ham ,   azoblashim   yoki     tuzatishim   ham   mumkin. Barcha   hollarda ham,   har     qanday   qaltis   vaziyatni      kuchaytirish    yoki     kamaytirishga    qaror
qilish   bu  mening   javobgarligimdir.”
Agar     biz   odamlarga     ular      qanday    bo`lsa  ,   shunday     murojaat       qilsak      biz
ularni  yomon  ahvolga  solib  qo`yamiz. Ya’ni  biz  ularga  qanday bo`lishi kerak
bo`lsa shunday  bo`lishlariga   yordam  beramiz. 
Bir  paytning   o`zida   Gyotening   so`zlari  hayotga   bo`lgan  qiziqishni  yaqqol
ilhomlantiradi hamda     uning   tushunchasi     sinfga   ta’sir   ko`rsatadi.   Talabalar
bizning     haridorlarimiz     va     ishimizning       manbaidir,       bir       paytning     o`zida
o`qituvchilarning  o`zlari  darsdagi  eng  muhim  inson  hisoblanadi.  Chunki  ular
ko`plab   talabalarning   muvaffaqiyatiga     hissa   qo`shadigan   omillarni   nazorat
qiladi.
O`qituvchilarning   harakati   va   munosabatlari   hamkasblari   bilan   bo`lgan   ijobiy
kasbiy munosabatlari ota onalar bilan birgalida ishlashni taminlaydi. Shunighdek
maktablar   va   o`qituvchi   ota   onalar   bilan   birga     ishlashni   taminlaydi.   Bundan
tashqari   maktab   va   o`qituvchilar   ota   onalarni   taklif   qilib   farzandlarining   talim
tarbiyasi bo`yicha sherik bo`lib ishlashini anglatadi.
O`qituvchi   risoladagidek   namunali   darsni   tashkillashtira   oladi   lekin   munosabat
o`rnatish orqaligina  darsning yutuqlarini keskin kuchaytira oladi. 1
3.Tа’lim   funksiyalаri.   “Funksiya”   tushunchаsi   “tа’lim   vаzifаlаri”   tushunchаsigа
yaqindir.   Tа’lim   funksiyasi   tа’lim   jаrаyoni   mоhiyatini   ifоdа   etаdi,   vаzifаsi   esа
tа’limning kоmpоnеntlаridаn biri hisоblаnаdi.
Didаktikа tа’lim jаrаyonining quyidаgi uchtа funksiyasini аjrаtib ko`rsаtаdi:  tа’lim
bеrish, rivоjlаntirish vа tаrbiyalаsh.
Tа’lim   bеrish   funksiyasi   tа’lim   jаrаyonining   o`quvchilаrdа   bilim,   ko`nikmа   vа
mаlаkаlаrni shаkllаntirishdаn ibоrаt. Tа’lim nаtijаsi sifаtidа b ilimlаrining to`lаligi,
chuqurligi,   tizimliligi,   аnglаngаnligi,   mustаhkаmligi   vа   аmаliy   хususiyat   kаsb
etishi   muhimdir.   Bu   kаbi   hоlаtlаr   tа’lim   jаrаyonining   mеtоdik   jihаtdаn   to`g`ri
tаshkil etilgаnligini ifоdаlаydi. 
1
  Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.128-b. Tа’lim jаrаyonidа o`quvchilаrdа ulаr tоmоnidаn o`zlаshtirilgаn nаzаriy bilimlаr 
аsоsidа hоsil qilingаn аmаliy ko`nikmа vа mаlаkаlаrning shаkllаnishi hаm аlоhidа 
аhаmiyatgа egа. 
Ko`nikmа   – оlingаn bilimlаrgа аsоslаnib  qo`yilgаn vаzifаlаr vа shаrtlаrgа binоаn
bаjаrilаdigаn hаrаkаtlаr yig`indisi.
Mаlаkа   –   оngli   хаtti-hаrаkаtning   аvtоmаtlаshtirilgаn   tаrkibiy   qismi.   Umumiy
ko`nikmа vа mаlаkаlаrgа оg`zаki vа yozmа nutqni bilish, ахbоrоt mаtеriаllаridаn
fоydаlаnа   оlish,   o`qish,   mаnbаlаr   bilаn   ishlаsh,   rеfеrаt   yozish,   mustаqil   ishini
tаshkil etish kаbilаr kirаdi.
Tа’limning   rivоjlаntiruvchi   funksiyasi   tа’lim   jаrаyonidа,   bilimlаrni   o`zlаshtirish
jаrаyonidа   o`quvchining   rivоjlаnishi   sоdir   bo`lishini   ko`rsаtаdi.   Rivоjlаnish
quyidаgi   yo`nаlishlаrdа   sоdir   bo`lаdi:   nutqi   rivоjlаnishi,   fikrlаshi,   shахsning
sеnsоrli   vа   hаrаkаtlаnish   sоhаlаri,   emоsiоnаl-irоdаviy   vа   ehtiyoj-sаbаbli   sоhаlаri
rivоjlаnаdi.   To`g`ri   tаshkil   etilgаn   tа’lim   shахsni   hаr   dоim   rivоjlаntirаdi,   lеkin
o`qituvchi   vа   o`quvchining   shахsiy   hаr   tоmоnlаmа   rivоjlаnishigа   qаrаtilgаn
mахsus o`zаrо munоsаbаtlаridа rivоjlаntirish funksiyasi yanаdа sаmаrаlirоqdir.
Tа’limning   o`quvchi   shахsini   rivоjlаntirishgа   yo`nаltirilgаnligi   “rivоjlаntiruvchi
tа’lim”  tushunchаsi bilаn ifоlаdаnаli. ХХ аsr 60-yillаridаn bоshlаb rivоjlаntiruvchi
tа’limni tаshkil etishgа nisbаtаn turli yondоshuvlаr yuzаgа kеldi. 
Bulаrning   hаmmаsi   tа’limni   tаshkil   etish   fаqаt   bilimlаrni   shаkllаntirishgа   emаs,
o`quvchini   hаr   tоmоnlаmа   rivоjlаntirish   (birinchi   nаvbаtdа,   аqliy   rivоjlаntirish,
аqliy   fаоliyat   usullаri,   аnаliz   qilish,   tаqqоslаsh,   turlаrgа   аjrаtish   vа   bоshqаlаrni
kuzаtish,   хulоsа   chiqаrish,   оb’еktlаrning   muhim   bеlgilаrini   аjrаtа   bilish,   fаоliyat
mаqsаdi   vа   usullаrini   аniqlаshni   bilishgа   o`rgаtish,   uning   nаtijаlаrini   tеkshirishni
bilish mаlаkаsini rivоjlаntirish)gа хizmаt qilishini аnglаtаdi.
Tа’lim   jаrаyoni   tаrbiyalоvchi   хususiyatgа   hаm   egа.   Tаrbiya   vа   tа’lim   o`rtаsidаgi
bоg`liqlik   оb’еktiv   vа   qоnuniy   hisоblаnаdi.   Birоq   shахsni   tа’lim   jаrаyonidа
tаrbiyalаsh tаshqi оmillаr (оilа, mikrоmuhit vа bоshqаlаr)ning tа’siri tufаyli qiyin
kеchаdi.  Tаrbiyalаsh funksiyasi.  Tа’limning tаrbiyalоvchilik хususiyati turli ijtimоiy tuzum
hаmdа   shаrоitdа   hаm   yaqqоl   nаmоyon   bo`lаdi.   Tаrbiyalаsh   funksiyasi   tа’lim
mаzmuni, shаkli vа mеtоdlаrining mоhiyati bilаn bеlgilаnаdi vа o`qituvchi hаmdа
o`quvchilаr o`rtаsidаgi munоsаbаtlаrni tаshkil etish jаrаyonidа еtаkchi o`rin tutаdi.
Tа’lim jаrаyonidа shахsning mа’nаviy-ахlоqiy vа estеtik tаsаvvurlаri, хulq-аtvоri
vа dunyoqаrаshi shаkllаntirilаdi.
Tа’limning   tаrbiyalоvchilik   хususiyati,   eng   аvvаlо,   tа’lim   mаzmunidа   аks   etаdi.
Birоq,   shuni   hаm   e’tibоrdа   tutish   kеrаk-ki,   bаrchа   o`quv   fаnlаri   hаm   birdеk
tаrbiyalоvchilik   imkоniyatigа   egа   emаs.   Gumаnitаr   vа   estеtik   fаnlаrning   bu
bоrаdаgi imkоniyatlаri yuqоri. 
Tа’lim   jаrаyonidа   tаrbiyaning   ikkinchi   оmili   o`qituvchi   vа   o`quvchilаrning
munоsаbаtlаri,   sinfdаgi   psiхоlоgik   muhit,   o`qish   jаrаyoni   ishtirоkchilаrining
o`zаrо   munоsаbаtlаri,   o`quvchilаrning   idrоk   etish   fаоliyatlаrigа   o`qituvchining
rаhbаrligi   hisоblаnаdi.   Zаmоnаviy   pеdаgоgikа   o`qituvchi   vа   o`quvchilаr
o`rtаsidаgi munоsаbаtning eng qulаy usuli sifаtidа dеmоkrаtik usulini e’tirоf etаdi.
Bu   usul   tа’lim   jаrаyonidа   o`quvchilаr   shахsini   hurmаt   qilish,   ulаrning   хоhish-
istаklаri, qiziqishlаrini inоbаtgа оlinishini аnglаtаdi.  ADABIYOTLAR   RO ` YXATI
1. O’zbekiston   Respublikasining   «Ta`lim   to’g’risida»gi   Qonuni.   Barkamol   avlod   –
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., «Sharq», 1998y.
2. Mirziyoyev   Sh .M.     “Kitob   mahsulotlarini   chop   etish   va   tarqatish   tizimini
rivojlantirish, kitob mutolaasi  va kitobxonlik  madaniyatini  oshirish hamda targ'ibot qilish
bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida”gi   farmoyishi. 2017 yil 12 yanvar
3. Pеdаgоgikа.   //   M.Tохtахоdjаеvаning   umumiy   tаhriri   оstidа.   –   T.:   O`zbеkistоn
Fаylаsuflаri Milliy jаmiyati, 2010. 
4. Yuzlikayeva E., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. –
T.: TDPU, 2012. 
5.   Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011. 84 -85b.
6. Dr Jo Westbrook, Dr Naureen Durrani, Rhona Brown,  Dr David Orr,  Dr John Pryor, Dr
Janet Boddy, Francesca Salvi. Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education
in Developing Countries .
7. Хасанбоев   Ж,   Тўракулов   Х.,   Хайдаров   М.,   Ҳасанбоева   О.   Педагогика   фанидан
изоҳли луғат. – Т.: Фан ва технология, 2008. 
8. Ism о il о v а  Z .  P е d а g о gik а d а n  а m а liy   m а shg ` ul о tl а r . –  T .:  F а n , 2001. 
9. Roziqov O.,B.Adizov, G.Najmidinova.  Umumiy didaktika. Buxoro., “Durdona”,  2012 y
10. Pedagogika A.Q.Munavvarovning tahriri ostida).  -T.: O’qituvchi, 1996.
11. Подласый И.П. Педагогика1-2 е. -M.:  Владос , 1999.

Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.Y a gona pedagogik jarayon. Didaktika-ta’lim nazariyasi sifatida. Reja: 1. Jamiyat va inson taraqqiyotida pedagogikaning o’rni. 2. Pedagogika fani, uning maqsad va vazifalari. 3. Pedagogikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari). 4. Pedagogikaning fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari tizimi . 5. Pedagogika faninig ilmiy - tadqiqot metodlari 6. Tа’lim jаrаyoni yaхlit tizim sifаtidа. Tа’lim tushunchаsi vа mоhiyati 7. Tа’lim jаrаyonining yaхlit tizim sifаtidаgi tаvsifi 8. Tа’lim funksiyalаri

Kuzatish usuli ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig`ish imkonini tug`diradi. Bu usul ancha murakkab bo’lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo’llaniladi. Tabiiy kuzatish orqali o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq- atvori va muammolaridagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy- tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o’quvchilarning tabiiy faoliyatini balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar oqibat natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo’ladi. Pedagogik tadqiqotda suhbat metodining o’rni qanday? Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g`ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli maktab o’qituvchilari va o’quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Bolalar ijodi qay shaklda o’rganiladi? Bolalar ijodini o’rganishda maktab o’quvchilarining o’ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Bunda o’quvchilarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she’r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari ularning dunyoqarashi va ma’naviyatini o’rganish uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Bu usul orqali o’quvchilar orasidan yetishib chiqayotgan iste’dodli , iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib boriladi. Bolalar ijodini quyidagi jarayonlarda ham aniqlash mumkin: fan olimpiadalari, mavzular bo’yicha

konkurslar; maktablar bo’yicha ko’rgazmalar; musobaqalar; sayohatlar va boshqalar. Ilmiy tadqiqotda test, so’rovnomalar usuli yetakchi usul sanaladi. So’rovnoma - anketa usuli qo’llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o’quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi. Test sinovlarini o’tkazishdan maqsad oz vaqt ichida o’quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash va baholashdir. Test savollarining o’rni va ularning mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o’quvchilarning mustaqil fikrlarini o’stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuliga nimalar kiradi? Bu usul orqali o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi , ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma’lumotlar olinadi. Maktab hujjatlari deyilganda, o’qituvchi va o’quvchilarning soni, o’quvchilarning shaxsiy hujjatlari| sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi. Eksperiment - tajriba-sinov usulining ahamiyati qanday? «Eksperiment» so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma’nosini anglatadi. Eksperimental tajriba ishlari, asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o’tkaziladi: 1. Tabiiy eksperiment, 2. Laboratoriya eksperimenti, 3. Amaliy tajriba. Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli nima uchun kerak? Pedagogik tadqiqot statistika ma’lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o’zligini namoyon etolmaydi. Nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta’limi sohasidagi, jumladan ajratilgan mablag`larning oshirilishi, xalq ta’limi muassasalarining o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali

qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag`lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Statistik omil aniq, hayotiy bo’lsa bajarilayotgan ta’lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo’ladi. Pedagogik tadqiqotda matematika va kibernetika usulining ahamiyati qanday? «Kibernetika» grekcha rolni bajaraman, idora etaman degan ma’nolarni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy qoidalarini va vositalarini ishlab chiqadi. Uning mazmuni axborot berish, dasturlashtirish, algoritmlar, boshqaruvchi tizim, model yasash singari asosiy nazariyalarda o’zligini namoyon etadi. Mazkur usuldan bugungi kunda pedagogikada ham keng foydalanilmoqda. O’qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetika mashinalari yordamida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, differensial va individual ta’lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlariga ijodiy yondashuvning ahamiyati haqida ham to’xtalib o’tish lozim. Talabalar ma’ruza va seminar mashg`ulotlari davomida o’zlashtirib olgan ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari mavzusini esga olgan holda maktab hujjatlarini o’rganish orqali matematik-statistikaga murojaat etadilar. Bunda o’zlari tahsil olgan maktabning qachon tashkil topgani, undan qancha olim, sportchi, shoir,xalq maorifi a’lochilari, o’qituvchilar yetishib chiqqanligini, bugungi kungacha qancha o’g`il-qiz bitirib chiqqani, jumladan, 2005-2006 o’quv yilida qancha o’quvchi oliygohlarga, litsey, kollejga o’qishga kirganligi haqida ma’lumot to’plashlari lozim. Buning uchun ular maktab manitoringiga murojaat qilishlari kerak. Talabalar biror sinfdagi bolalar ijodini o’rganish uchun pedagogik kuzatish metodidan foydalansalar maqadga muvofiq bo’ladi. Oddiy kuzatish orqali ularning dunyoqarashlarini bilib olishlari mumkin, ilmiy kuzatish orqali ularning qaysi

fanga ko’proq ishtiyoqlari balandligini bilib olishlari mumkin. Shunda sinfdagi o’quvchilarning nechtasi she’riyatga, san’atga, sportga, kashtachilikka, rasm solishga, fanga qiziqishlariga qarab, o’quvchilarni fan to’garaklariga yoki kasbga yo’llashlari mumkin. XULOSA: Demak, pedagogika fani o’z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik to’g`ri tanlansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham mazmunan boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mukin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to’la yaratilgan, ishlab chiqilgan emas. Keys. M а vzug а о id mu а mm о l а r: Bir savdogarning ikki mirzasi bor ekan. Savdo-tijorat ishlarida barcha yumushlarni har ikkalasi ham birdek bajarishar, savdogarga sidqidildan xizmat qilisharkan. Lekin maosh masalasida anchagina farq bo’lib, biri ko’p, biri esa ozroq haq olar ekan. Bu ahvol anchagina davom etibdi. Maoshi oz mirza ancha vaqt xojasining og’zini poylab yuraveribdi. Biroq savdogar bu haqda hech ham gap ochmas, har kuni odatdagi o’z ishlari bilan mashg’ul bo’lar ekan. Sabr kosasi to’lgan mirza bir kun payt topib yuragidagi dardini xojasiga to’kib solibdi. - Mana qanchadan beri indamay hamma ishlaringizni qilib kelyapman. Ishyoqmaslik qilib, biror vazifadan bo’yin tovlagan yerim yo’q. Anavi mirza bilan bajaradigan ishimizda shuncha kuzatib biror farqni anglay olmadim. Lekin maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim yetmayotir,- debdi. Xoja mirzaning so’zini eshitib miyig’ida kulibdida, uning da’vosi to’g’ri ekanligini tan olibdi va bu haqda keyinroq gaplashajagini aytib, hozir zarur bir yumushni ado etib kelishini buyuribdi. - Bosh ustiga!- debdi mirza tavoze bilan o’rnidan turarkan.