logo

PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOTLAR METODLARI.DIDAKTIKANING PREDMETI VA VAZIFALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

182.80859375 KB
PEDAGOGIKA  FAN SIFATIDA. PEDAGOGIKANING   ILMIY
TADQIQOTLAR METODLARI. DIDAKTIKANING PREDMETI VA
VAZIFALARI  
Reja:
1.  Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari
2.   Pedagogika   fanining   asosiy   kategoriyalari.   Pedagogik   jarayonlarni   tadqiq
qilishning ustuvor jihatlari.
   3.   Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va       bog’liqligi.
Pedagogik fanlar tizimi.
  4.  Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning turkumlari.
5. Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning paydo bo’lish va rivojlanishi.
 6 . Umumiy va xususiy didaktikalar va ularning o’zaro aloqalari.
  7.   Didaktikaning   asosiy   kategoriyalari:   bilim,   ko’nikma,   malaka,   ta’lim,   tarbiya,
ma’lumot va shaxsni shakllantirish.
 8. Hozirgi davrda ta’limning dolzarb muammolari.
 9. Ta’lim, o’qitish va mustaqil bilim olish maktab o’quvchilar shaxsini tarbiyalash
va rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan bog’liq jarayon.
            Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari.  Pedagogika
atamasi   qadimiy   bo’lib,   "bola   yetaklovchi"   degan   ma’noni   bildiruvchi   grekcha
"paydogogos" so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko’rstilishicha, qadimgi
Yunonistonda   o’z   xo’jayinlarining   bolalarini   sayr   qildirgan,   ehtiyot   qilgan
tarbiyachini   "pedagog"   ("bola   yetaklovchi")   deb   atashgan.   Keyinchalik   esa   bu
tushuncha   keng   ma’noda   ishlatilib,   maxsus   bilimlarni   egallagan   mutaxassislarga
nisbatan     qo’llanila   boshlandi.   Shu   bilan   birga   ta’lim   -   tarbiya   ishlari   bilan
shug’ullanuvchilar   kasb   -   hunar   homiylari   sifatida   ajralib   chiqa   boshlaydilar.
Ularning   ta’lim   -   tarbiya  borasidagi   faoliyatlari   va  to’plagan   tajribalaridan   o’rinli
foydalanishlari PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi.  
Pedagogikaning     rivojiga   IX-XVI     asrlar   (Sharq   uyg’onish   davri)da     yashab
ijod   etgan   Al-Buxoriy,   At-   Termiziy,     Abu   Nosir   Forobiy,       Abu   Rayhon
Beruniy,Abu   Ali   ibn   Sino,   Yusuf   Xos   Xojib,   Mahmud   Qoshg’ariy,   Ahmad
Yassaviy,   Bohouddin   Naqshbandiy,   Mirzo   Ulug’bek,     Mir   Alisher   Navoiy,
Zahiriddin   Muhammad   Bobur   kabi   buyuk   daholar,   XIX   asrning   oxiri   XX   asr
boshlarida  Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namayondalaridan  Abdurauf
Fitrat,   Mahmudxo’ja   Behbudiy,   Munavvarqori   Abdurashidxonov,   Abdulla
Avloniy,   Saidahmad   Siddiqiylar,     Ovro’pa     davlatlarining   buyuk   mutafakkir   va
pedagog   olimlaridan     Yan   Amos   Komenskiy,   Jan   Jak   Russo,   I.G.   Pestolotssi,
Adolf Disterveg, K.D. Ushinskiy,     A. S. Makarenko, J. Lokk, Jon. Dyui, Edvard
Torndayk,  S. T. Shatskiy, B. Blumlar ulkan hissa qo’shdilar.
  P edagogika  fan  sifatida  shakllanib,  takomillashib   borib,   ta’lim   -  tarbiyaning
maqsad   va   vazifalari,   ularning   mazmuni,   usullari   hamda   tashkil   etish   shakllari
haqidagi fanga ay landi.  1.3. chizma
Ko’p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida faqat o’sib kelayotgan yosh avlodning
tarbiyasini o’rganadi, deb qaralgan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyasiga emas, balki
kattalar tarbiyasiga ham taalluqli ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham keyingi
paytlarda   pedagogikani yosh avlodni va katta yoshdagi odamlarni tarbiyalash
va   o’qitish,   ularga   ma’lumot   berish   qonuniyatlarini   o’rganuvchi   fan ,   deb
belgilash odatga aylandi.
Pedagogikaning   ob’ekti   asosan   o’quvchilar   hisoblansa,   predmeti   esa,
o’quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti hisoblanadi.
Pedagogika fanining maqsadi:
o Respublikamizda   komil   insonni   voyaga   yetkazishning   bir   butun
holatdagi muammolarini xal qilish;
o Ta’lim-tarbiya   samaradorligini   tinmay   oshirish   va   Dunyo
talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;
o Umuminsoniy   qadriyat   va   milliy   madaniyatning   asoslarini
e’tiborga   olib,   ta’lim-tarbiya   mazmunini,   milliy   mafkurani   shakllantirib
borish imkonini yaratish; Pedagogika fanining predmeti
Тa’lim-tarbiyaning zamonaviy 
qonuniyatlari Тa’lim-tarbiyaning mazmuni
Т a’lim-tarbiyaning usullari, vositalari Dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs 
kamolot uyg’unligi      o Pedagogika-tarbiyashunoslik   qoida,   qonunlarni   ilg’or   tajribalar
asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash;
o Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini hal
qilish;
o “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirish.
Pedagogika fanining vazifalari:
- Sharq  va  G’arbda  xalq yaratgan  xalq og’zaki   ijodiyoti,  pedagogikasi,
mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg’or
g’oyalarini o’rganib, tahlil kilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish;
- Komil   insonni   tarkib   toptirishning   qonuniyat,   qoida   va   zaruriy
sifatlarini aniklash;
- Pedagogikadagi   ta’lim-tarbiya   nazariyasini   hozirgi   darv   xususiy
metodikasi   bilan   uzviylik   muammolarini   ishlab   chikish   va   yangi   pedagogik
texnologiya qonunlariga amal qilish;
- Ta’lim-tarbiya   nazariyasidagi   qoida,   qonun,   tamoyil,   metod   va
usullarini maktab amaliy hayoti bilan bog’lab, bo’lajak O’qituvchilarga urgatish;
- Xalq   ta’limini   boshqarish   va   rahbarlik   masalalarini   chuqur   o’rganib
bo’lajak O’qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini xal qilish.
O’zbekiston   Respublikasida   demokratik,   insonparvar   hamda   huquqiy   jamiyatni
barpo   etish   sharoitida   mazkur   fan   yuksak   ma’naviy   va   axloqiy   talabalarga   javob
beruvchi yuqori  malakali  kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol
g’oyasi   asosida   ta’lim   va   tarbiya   nazariyasini   ijodiy   rivojlantirish   vazifasini   hal
etadi. Mazkur jarayonda quyidagi  vazifalar ni  bajarishga e’tibor haratiladi:
1. Ma’naviy   va   axloqiy   talabalarga   javob   beruvchi   yuqori
malakali   kadrni   tarbiyalashga   yo’naltirilgan   pedagogik   jarayonning   mohiyatini
o’rganish.
2. Shaxsni   har   tomonlama   kamol   toptirish   qonuniyatlarini
aniqlash. 3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan
xorijiy   mamlakatlar   ta’lim   tizimi   tajribasini   o’rganish   asosida   uzluksiz   ta’lim
tizimini takomillashtirish.
4. Ta’lim   muassasalari   hamda   ularda   faoliyat   olib   borayotgan
pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
5. Ilg’or   pedagogik   tajribalarni   umumlashtirish   va   amaliyotga
joriy etish.
6. Pedagoglarni   pedagogika   nazariyasiga   oid   bilimlar   hamda
ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.
7. Ta’lim-tarbiya   birligi   hamda   ijtimoiy   tarbiya   yo’nalishlari
o’rtasidagi   o’zaro   aloqadorlikni   ta’minlashning   pedagogik   shart-sharoitlarini
o’rganish.
8. O’qitish   hamda   tarbiyalash   jarayonining   samarali
texnologiyalarini yaratish.
9. Oila   tarbiyasini   muvaffaqiyatli   tashkil   etish   yuzasidan   ota-
onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogika   fanining   asosiy   kategoriyalari.   Pedagogik   jarayonlarni   tadqiq
qilishning ustuvor jihatlari.
  Pedagogikaning   asosiy     kategoriyalariga   ta’lim,   tarbiya,   ma’lumot,   rivojlanish,
pedagogik   faoliyat,   pedagogik   jarayon,   bilish,   o’rgatish,   ta’lim-tarbiya   metodlari,
prinsiplari   va   boshqalar   kiradi.   Biz   ularni   pedagogik   tushunchalar   ham   deb
ataymiz.
Pedagogika   fanining   asosiy   kategoriyalari   shaxs   kamolotini   ta’minlash,   ta’lim
va   tarbiya   samaradorligiga   erishishga   haratilgan   jarayonlarning   umumiy
mohiyatini   yoritadi.   Eng   muhim   kategoriyalar   sirasiga   quyidagilar   kiradi:   shaxs,
tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs   –   psixologik   jihatdan   taraqqiy   etgan,   shaxsiy   xususiyatlari   va   xatti-
harakatlari   bilan   boshqalardan   ajralib   turuvchi,   muayyan   xulq-atvor   va
dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi. Tarbiya   -   muayyan,   aniq   maqsad   hamda   ijtimoiy-tarixiy   tajriba   asosida   yosh
avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish   jarayoni.   Tarbiya   -   deb   tarbiyachi   o’zi   hohlagan   sifatlarni
tarbiyalanuvchilar   ongiga  singdirish   uchun   ularning  ruhiyatiga  ma’lum   maqsadga
ko’ra tizimli ta’sir ko’rsatishiga aytiladi.
Ta’lim   –o’quvchilarni   nazariy   bilim,   amaliy   ko’nikma   va   malakalar   bilan
qurollantirish,   ularning   bilish   qobiliyatlarini   o’stirish   va   dunyoqarashlarini
shakllantirishga   yo’naltirilgan   jarayon.   Ta’lim   -   maxsus   tayyorlangan   kishilar
rahbarligida   o’tkaziladigan   o’quvchilarni   bilim,   ko’nikma   va   malakalar   bilan
qurollantiradigan bilim qobiliyatlarini o’stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib
toptiradigan jarayondir.
Bilim        –   shaxsning   ongida   tushunchalar,   sxemalar,   ma’lum   obrazlar   ko’rinishida
aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko’nikma  – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka  –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot   –   ta’lim-tarbiya   natijasida   o’zlashtirilgan   va   tizimlashtirilgan   bilim,
hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. 
Rivojlanish   –   shaxsning   fiziologik   va   intellektual   o’sishida   namoyon   bo’ladigan
miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogik   faoliyat -   estetik,   axloqiy,   siyosiy,   iqtisodiy   maqsadlarga   muvofiq
ravishda   yosh   avlodni   hayotga   tayyorlashning   aqlan   o’ylab   ko’rilgan,   katta
yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo’lgan mehnatining o’ziga xos turidir. 
Pedagogik jarayon   - ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan kattalarning pedagogik
faoliyati   ta’sirida     tashkiliy   shakllantirilgan   va   mazmunan   boyitilgan   hamda
tarbiyachining   yo’naltiruvchi   va   olib   boruvchi   rahbarlik   roli   natijasida   bolaning
o’z-o’zini taraqqiy ettirishidir.
   Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va    bog’liqligi.
Pedagogik fanlar tizimi.
Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy
jihatdan   rivojlanishiga   erishishda   turli   yosh   davrlari,   har   bir   davrning   o’ziga   xos jihatlari,   shuningdek,   bolaning   fiziologik,   psixologik   holatini   inobatga   olish
maqsadga   muvofiqdir.   Shu   bois   yaxlit   pedagogik   jarayon   muayyan   turkumni
tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir:
1. Umumiy pedagogika     – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash
va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.
2. Maktabgacha   ta’lim   pedagogikasi      –   maktabgacha   ta’lim
yoshidagi   bolalarni   tarbiyalash,   ularni   intellektual,   ma’naviy-axloqiy   va   jismoniy
jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
3. Boshlang’ich   ta’lim   pedagogikasi         –   boshlang’ich   sinflar
o’quvchilarini   tarbiyalash,   ularga   ta’lim   berish,   ularning   o’ziga   xos   psixologik
hamda   fiziologik   xususiyatlarini   tadqiq   etish,   shuningdek,   ularni   intellektual,
ma’naviy-axloqiy   va   jismoniy   jihatdan   kamolotga   yetkazish   masalalarini
o’rganadi.
4. Korreksion   (maxsus)   pedagogika      –   rivojlanishida   turli
psixologik va fiziologik nuqsonlari  bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan
bog’liq muammolarni o’rganadi.
1-4.chizmaPеdagogika fanlari tizimining maxsus tarmoqlari
Surdopеdagogika (soqov 
bolalarni o`qitish va 
tarbiyalashLogopеdiya nutqi yaxshi 
rivojlanmaganlar bilan 
shug’ullanish
Tiflopеdagogika-ko`zi ojiz 
bolalarni o`qitish va 
tarbiyalash Oligofrеnopеdagogika (aqliy 
rivojlanishdan orqada qolgan 
bolalarni tarbiyalash va  o`qitish)       5. Metodika        – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi.
6. Pedagogika   tarixi      –   ta’lim   va   tarbiyaning   yuzaga   kelishi,
taraqqiy   etishi,   muayyan   tarixiy   davrlarda   yetakchi   o’rin   egallagan   pedagogik
fikrlar taraqqiyoti masalalarini o’rganadi.
7. Pedagogik   texnologiya         –   ta’lim   va   tarbiya   jarayonida
zamonaviy   pedagogik   texnologiyalarni   qo’llash,   texnologik   yondashuv   asosida
ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
8. Pedagogik   mahorat      –   bo’lajak   o’qituvchilarning   kasbiy
mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
9.   Ta’limni   boshqarish   –   ta’lim   muassasalarining   faoliyatini   yo’lga   qo’yish,
boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi. 
10.  Ijtimoiy pedagogika   – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik 
g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish 
muammolarini o’rganadi.
1.  Xalq   pedagogikasi     (mazkur   xalqi   ta’lim   tarbiyasi,   maktabi,   ijtimoiy
turmush tarzi, madaniyati, ma’naviyati, ahloq odobi  singarilarni);
2.  Tibbiyot pedagogikasi ;
3.  Harbiy pedagogika;
4.  Rahbarlik pedagogikasi;
5.  Mehnat pedagogikasi singari tarmoqlari mavjud.
Pedagogikaning  rivojlanib  va boyib borishiga qaysi fanlar ta’sir ko`rsatadi?
psixologiya
fiziologiya
gigiyena
matematika
kibernetika
Ахлоqшуносл
икfalsafa tarix mantiq biologiya
Pedagogika fanining 
predmetlararo 
bog`liqligi 1-5.chizma
Ilmiy tadqiqot metodalri.
Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog’langan.
Pedagogika   yosh   avlodni   tarbiyalash,   bilimli   qilish   va   o’qitishning   real
jarayonlariga   xos   bo’lgan   ichki   aloqa   va   munosabatlarini   tekshirish   hamda   bilish
usullari va vositalari majmuini tushunamiz.
Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog’liq bo’ladi.
Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir.
Pedagogikaning   hodisalarini   o’rganish   va   ularning   qonuniyatlarini   aniqlash
masalasida   bir-biriga   qarama-qarshi   ikkita   yo’nalish     metofizik   va   dialektik
yo’nalish mavjuddir.
Metofiziklar   pedagogikaning   hodisalari   va   faktlarini   o’zgarmas,   vaqt,   joy   va
konkret   sharoitlardan   tashqari   boshqa   ijtimoiy   hodisalar   bilan   aloqasi   bo’lmagan
hodisa sifatida olib qaraydilar.  Madaniyatshuno
slik kibernetika
lingvistika valeologiya
sotsiologiya
siyosatshunoslik
informatika
demografiyaetnografiyadinshunoslikestetikaАхлоqшуносл
ик Pedagogika fanining 
predmetlararo 
bog`liqligi Dialektik   metod   esa   metofizika   talqiniga   qarama-qarshi   o’laroq,   o’qitish,   bilim
berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o’rganishni
talab etadi:
1.  Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o’zaro ta’sir jarayonida
bolalarni   tarbiyalash,   o’qitishning   turmush,   siyosat,   ideologiya,   madaniyat,   fan,
ahloq,   san’at,   ta’lim-tarbiya   muassasasi   tarmoqlarining   va   ijtimoiy,   maktab   va
oilaviy tarbiyalarini o’zaro bog’liqligi va boshqa.
2.  Ularning to’xtovsiz harakati, o’zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy
va ilmiy vazifalarining tug’ilishi natijasida kelib chiqadigan o’qitish va tarbiyalash
vazifalari,   forma   va   metodlarining   o’zgarishi;   tarbiyalash   qisqa   muddatli   va   tez
olib   boriladigan   ish   emas,   balki   qiyin   va   murakkab   jarayondir,   bolalarni   andoza,
universal sxema asosida o’qitish va tarbiyalash mumkin emas.
3.  Bolalarning o’sishida miqdor va sifat o’zgarishlari jarayonida har bir maktab
yoshining o’ziga xosligi, tarbiya va ta’lim bola shaxsining sifat jihatidan o’sish va
tarkib   topishi   ekanligi,   ong   va   ahloqning,   so’z   va   ishning     birligi   va   boshqa
mezonlar.
4.  Qarama-qarshi   tomonlarni,   an’analarni,   qarashlarni   va   fikrlarni   aniqlash   va
ochish   jarayonida   tarbiya   va   ta’limda     turmush   dialektikasida,   yangi   va   eski
o’rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o’rtasidagi qarama-qarshiliklar va hokazo.
5.  Pedagogikaning   qonuniyatlarini   obyektiv   o’rganishda   dialektika
kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif, mazmun va
shakl, tarixiy va mantiqiy, umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrak
kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir.
Dialektikaning   yuqorida   ko’rsatilgan   prinsiplari   asosidagi   pedagogika
hodisalari,   faktlari   va   jarayonlarini   ilmiy   tekshirish,   ularning   taraqqiy   etish
qoniniyatlarini bilish mumkin.
Binobarin,   pedagogik   tadqiqot   metodlariga   obyektivlik   o’qituvchilik
pedagogik   faoliyatini   oshirishga   qaratilgan   tadqiqot   vazifalarining   aniqligi,
o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga
olish kabi talablar qo’yiladi.  Lekin, bolalarni o’qitish va tarbiyalash amaliyotining o’zi   hamma   vaqt   pedagogik   tadqiqotlarning   manbai   hisoblanadi.   Faqat   maktab
tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi. 
Tadqiqot   metodlarining   tanlash   fanning   o’zi   uchun   muhim   ahamiyatga
egadir, uning metodlari qanchalik mukammal bo’lsa, shu fan oldida turgan aktual
vazifalar shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning
metodlar tizimini to’la hal etilga deb bo’lmaydi.
“Pedagogika   tajribasini   o’rganishda   quyidagi   metodlar:   kuzatish,
eksperiment,   suhbat,   o’quvchilar   ijodini   o’rganish,   tarbiya   muassasalarini
hujjatlarini o’rganish turli xilda qo’shib olib borilishi mumkin”.
1.  “ Ilmiy   -   pedagogik   tadqiqotning   asosiy   metodlari   kuzatish,   suhbat,
tekshirish, eksperiment metodlari  singari faoliyat natijalarini o’rganishdan iborat”
2.  Hozirgi   vaqtda   quyidagi   metodlar   asosida   ishlaydi.   Bular:   pedagogik
kuzatish,   so’rash,   o’quvchilar   faoliyati   natijalari   va   o’quv   -tarbiya   muassasalari
hujjatlarini   o’rganish,   pedagogik   eksperiment,   modellashtirish,   ilg’or   tajribalarni
o’rganish   va   yoyish,   sosiologik,   matematika   va   statistika   materiallarini   ishlash
kibernetika,   anketa,   intervyu   olish   va   tasvirga   olish   singari   metodlardan
foydalaniladi.
Pedagogik   kuzatish   murakkab   va   maxsus   xususiyatga   egadir.   Bunda
kuzatilayotgan   pedagogik   hodisaning   mohiyatini   ko’ra   bilish ,   o’qituvchi   va
o’quvchi   harakatlarining   o’zaro   aloqasi   dialektikasini,   ulardan   har   birining
individualligini   aniqlay   olish   lozim.   Har   pedagog   kuzatuvchan   bo’lishi   ayrim
hodisa   va   dalillarning   tavsilotlarini   payqay   olish,   ularni   tahlil   qila   bilish
qobiliyatiga   ega   bo’lishi   lozim.   Kuzatishlar   biror   maqsadga   qaratilgan   holda
amaliy   va   sistemali   yo’lga   quyilgan   bo’lsa,   eng   kerakli   dalillarni,   mazkur
kuzatishdan   o’z   vaqtida   chiqarilgan   pedagogik   -   psixologik   xulosalarni   hisobga
olgan   holda   tashkil   qilinsa,   samarali   bo’ladi.   Kuzatish   ta’lim-tarbiya   jarayonini
yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o’qitish
jarayonida bolalarning qanday o’sayotganligi, darslar jarayonlarida bilim berish va
tarbiyalash   vazifalari   birligi   qanday   amalga   oshirilayotganligi;   fan   asoslarini o’rganishda   o’quvchilarnig   tafakkuri   qanday   faollashayotganligini   va   boshqalar
aniqlanadi. 
Ilmiy kuzatishda  ba’zan tadqiqotchi  chidamsiz,  shoshqaloq  va sistemali  ish
ko’rmasligi singari holatlarga yo’l quyilsa uning samaradorligi pasayadi.
Suhbat metodi.    Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi,
vazifasi,   shakli   va   ularni   o’tkazish   metodikasi   mavjud.   Suhbatlar   individual,
guruhli   va   jamoa   turlari   bor.   Tadqiqotchi   suhbat   olib   borishni   va   uni   kerakli
maqsadli   tomonga   yo’naltira   olishi   g’oyat   muhimdir.   Suhbat   olib   boruvchi
quyidagi pedagogik qoidalarga rioya qilishi shart:
a) suhbat savollarini oldindan belgilash;
b) vaqti va joyini belgilash;
v) suhbat ishtirokchilarini belgilash (soni, miqdori);
g) qulay sharoit yaratib ochiq suhbatlashish;
d) suhbatdoshga o’z fikrini aytishga imkon berish;
ye) sergak va bachkana bo’lmaslik;
j) suhbatdosh haqida biografik ma’lumotga ega bo’lish;
z) olingan materialni o’z vaqtida ishlab chiqish va qo’shimchalar qilish.
Suhbatdan ilmiy xulosa chiqarish.
Maktab   hujjatlarini   tahlil   qilish   metodi .   Maktab   hujjatlarini   tahlil   qilish
davlat   qonunlarining   amalda   bajarilish   darajasini,   har   bir   xodimning   faolligini
aniqlash ,   ularning   amaliy   hayotdagi   faoliyatidagi   kamchilik   va   xatolarni
aniqlashga   va   ularning   topshirilgan   ish   uchun   mas’uliyatini   oshirishga   imkon
beradi. Maktab hujjatlarini; rejalashtirishning barcha turlari; umumiy ta’limga doir
hisob   va   hisobot;   dars   jadvali;   o’quvchilar   tarkibi   soni;   sifati;   ta’lim-tarbiya
ishlarini   taqsimlash;   o’quvchilarning   delolari;   sinf   jurnallari;   o’quvchining
kundalik   daftarlari;   buyruqlar   daftarlari;   pedagoglar   kengashi   qarorlari   daftari;
maktab smetasi; maktab pasporti; inventarlar daftari va hokazolar.
Hujjatlarni   tahlil   qilishda   o’quvchilar   kontingentining   o’sishi   va   kamayishi
tavsifiga, bolalarning maktabga ketib qolishiga, ularning ayrimlari va sinf bo’yicha
o’zlashtirish   darajasiga,   rag’batlantirish   va   jazolash   choralarini   to’g’ri   tashkil qilinishiga,  maktab pedagoglar  tarkibiga va maktabning o’quv - moddiy bazasiga
alohida e’tibor beriladi.
Bolalar ijodini o’rganish metodi.     O’quvchilar ijodini hamda ularning turli
faoliyatini   (xatlari,   kundaliklari,   insho,   bayon   solgan   suratlari,   bajargan   amaliy
ishlari,   namunalari,   rajalari   va   hisobotlarini)   o’rganishi   va   tahlil   qilish   pedagogik
tadqiqotning   samarali   metodlaridan   biridir.   Bolalar   ijodining   ahamiyati   shundaki,
unda yosh avlodning tipik layoqati va xususiyatlari aniq ochib beriladi.
Bu   metodni   qo’llashdan   asosiy   maqsad   hozirgi   yosh   avlod   ijodining
manbalari   va   faktorlarini   chuqur   bo’lishiga   hamda   rivojlantirish   va
takomillashtirishning   to’g’ri   yo’llarini   ko’rsatib   berishga   qaratilgandir.   Bizda
bolalar   ijodi   shakllari   turlichadir:   olimpiadalar,   tematik   konkurslar,   maktab
ko’rgazmalari,   turli   xil   musobaqalar,   poxodlar,   quvnoq   startlar,   ziyraklar   va
topqirlar, iste’dodlar va hokazolar.
Eksperiment   metod    .       Bu   so’z   lotincha   sinab   tekshirib   ko’rish,   ilmiy
maqsadga   qaratilgan   tajriba   ma’nosini   anglatadi.   Ta’lim-tarbiya   ishlarida
qo’llaniladigan biror shakl, metod va vositaning foydaliligini aniqlash  va tekshirish
uchun o’quv yurtlarida o’tkaziladi.
Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo’llaniladi.
1.  Tabiiy   eksperiment   (yaratuvchi,   ixtiro   qiluvchi   eksperimentlar.   Asl   holicha
ta’lim-tarbiya   muammolari   ma’lum,   suhbat,   kuzatish   va   anketa   asosida
o’quvchining o’qish jarayonida, o’z-o’zini nazorat qilish singarilar) aniqlanadi
2.  O’quvchilarning   ongliligini   yaratuvchi   eksperiment.   (tadqiqotchi   biror
ma’no   bo’yicha   taxminiy   reja   asosida   o’quvchi   faoliyatining   o’quv   jarayonida
o’zini-o’zi nazorat qilish usullarini, yo’llari tekshirilib ma’lum bir ilmiy pedagogik
xulosa chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar
boshqa hamma maktablar hayotiga tadbiq qilinishi uchun nazorat eksperimentidan
o’tkazdiriladi.   Chiqarilgan   pedagogik   xulosa   esa   o’z   navbatida   mazkur   masalani
hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo’lib pedagogika yutug’i hisoblanadi.
3.  Tabiiy   eksperiment   buning   asoschisi   rus   psixologi   A..F.Lazurskiy
hisoblanadi. Bu metodda maktab faoliyati asl  holda o’rganiladi. Masalan,  maktab internatining   tarbiyachilari   o’quvchilarning   o’zlari   haqidagi   g’amhurligini   tabiiy
tekshirishda  pechda   yoqadigan  ho’l   va  quruq  o’tin  vositasida   aniqlangan.  Bolalar
yashaydigan binoda   yaqin joyda ho’l o’tin borligi, uzoqroq joyda quruq o’tindan
foydalanishning samarasini tekshirishni ko’rsatish mumkin. Shunday qilinsa natija
haqiqiy bo’ladi. 
Eksperiment   metodlari   o’z   mazmuni,   turi   va   xarakteriga   ko’ra   quyidagi
turlarga   bo’linish   mumkin:   didaktik,   tarbiyaviy,   maktabshunoslik,   chog’ishtirma
pedagogika va hokazo.
Ilg’or   tajribani   o’rganish   va   yoyish   metodi .   Maktab   ta’lim-tarbiyasida
nazariy   asoslanib,   tajribada   ilg’or   o’qituvchilar   faoliyatida   sinalib   o’rganishga
tavsiya   qilingan   pedagogik   xulosa   deyish   mumkin.   Buyuk   rus   pedagogi
K.D.Ushinskiy   bu   metod   haqida   “o’tkazilgan,   xulosa   qilingan   asl   tajriba
to’Qhg’risida   emas,   balki   kelingan,   uzatilgan,   qilingan   fikrdadir”   -   degan   edi.
“Peredayetsya m ы sl, v ы vedennaya iz op ы ti, -no ne sam ы y op ы t”.
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi .
Pedagogik   tadqiqot   kerakli   statistika   ma’lumotlarini   ma’lum   bir   maqsad
bilan   sistemali   o’rganish   va   umumlashtirishsiz   amalga   oshmaydi.   Chunki   bu
ma’lumotlar jamiyatimizda madaniyat, fan, tarbiya va ta’limning barq urib taraqqiy
etish   qonunlarining   rivojlanishida   muhimdir.   Xalq   maorifi   byudjetining   oshishi,
o’quv   yurtlarida   bolalar   sonining   ko’payishi,   maktabdan   tashqari   tarmoqlarning
kengayishi,   darsliklar,   ko’rgazmali   qurollar,   texnika   vositalarinig   ortishi,
o’qituvchi kadrlar tayyorlashi kabilar statistika ma’lumotlari bilan isbotlanadi.
Anketa   metodi.   Anketa   fransuzcha   so’z   bo’lib,   tekshirish   degan   ma’noni
anglatadi.   Anketa   metodi   o’quvchilardan   so’rash   metodi   bo’lib,   u   o’quvchilar
tarkibining sifati to’g’risida kerakli ma’lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va
qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo’llashni belgilash uchun ma’lum
bir   shaklda   o’tkaziladi.   Bu   metodni   qo’llashda   quyidagi   talablarga   amal   qilish
kerak :
1.  Anketalar   o’quvchilarning   pedagogik   va   ruhiy   tavsifini   tuzishning   manbai
va universal vositasiga aylantirmasligi kerak. 2.  Anketalar juda katta va noaniq bo’lmasligi kerak.
3.  Anketani o’tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va vaqt
normada berilishi kerak va hokazo.
Kibernetika  metodi    .       Kibernetika   grekcha   so’z  bo’lib,  rolni   boshqaraman,
idora   etaman,   boshqarish   san’ati   degan   ma’noni   anglatadi .   Kibernetika   ishlab
chiqarishni,   texnikani,   tirik   organizmlarni,   kishilik   faoliyatini   boshqarishning
umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi. Kibernetika mazmunini informasiya,
dasturlashtirish,   boshqaruvchi   tizimlar,   model   yasash   singari   asosiy   nazariyalar
tashkil etadi.
Pedagogika kibernetika   o’quv jarayonini,o’qitish va bilim berish jarayonlarini
boshqarishning     alohida   shakli   sifatida   o’ziga   xos   xususiyatga   ega,chunki
pedagogik   jarayon   bilan   ishlab   chiqarish   jarayonlarini   avtomatlashtirish
o’rtasida juda katta farq bor.   
Sotsilogik   metod .   Yuqoridagi   sanab   ko’rsatilgan   metodlar   qo’llashda     tadqiq
qilinayotgan   o’quvchilar   soni     chegaralangan   ularning   kamchiligi   ham   shunda
ekanligini   bilishimiz   darkor.   Bunday   paytda   o’quvchilarning   ko’pchiligi   bilan
ommaviy   ravishda   pedagogika   fanining   u   yoki   bu   muammosini   hal   etishda
sosiologik   metodini   qo’llash   talab   qilinadi.   Misol   uchun     maktab   o’quvchilari
o’zlarining  bo’sh vaqtlardini  qanday  o’tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa
savollari asosida so’rash  ko’plab o’quvchilardan  o’tkaziladi va aniq bir  xulosaga
kelinadi.                                                                                              
Keyingi yillarda pedagogika fanida   matematik metod va xususan statistika
materillarini   ishlash     metodlari     keng   qo’llanilmoqda.   Masalan;   maktablarning
birida     matematika   fani   bo’yicha   o’quvchilarning   uy   ishlarini     bajarilishi
o’rganilganda   IV sinfda   uy vazifalarini  mustaqil  bajarish -80 % , VI  sinfda-75 % ,
VIII   sinfda-55 %   tashkil   qilganligi   aniqlangan.   Buning   asosiy   sababi   nimaligi
aniqlash darkor. Buning sababi ikki tomonlama yuz berishi mumkin. Birinchidan ,
mazkur matematika fanining o’qua dasturi murakkablashganligidan yoki shu fanni
o’qitish sifati pastligidan izlash kerak . Pedagogika   ilmiy   tekshirishlari   metodlaridan   biri   nazariy   pedagogik
g’oyalarni tahlil qilish metodidir. (Metod teoreticheskogo analiza pedagogicheskix
idey).   Bu   metod   ta’lim-tarbiyaning   chuqur   muhim   masalalarini   ilmiy
umumlashtirish   bilan   emas.   Balki   uni   amalga   oshirishda   yangi   qonuniyatlarni
tajribaga   asoslangan(emprik   metod)   yordamida   amalga   oshiriladi.Buni   quyidagi
misol   bilan   isbotlash   mumkin.   Shaxsni   umumiy   maqsadli   rivojlantirish,   shaxsni
har   tomonlama   rivojlantirish   bilan   o’zaro   aloqadorlikda   amalga   oshadi.
A.S.Makarenko   ta’kidlaganidek,   odam   organizmi   alohida-alohida   holda
rivojlanmaydi,   balki   barchalari   o’zaro   uzviy   bog’liqlikda   bir   vaqtda   rivojlanadi
degan xulosaga kelgan. 
Bundan   shunday   xulosa   chiqarish   to’g’ri   bo’ladi.   Tarbiya   jarayoni   shaxsni
har tomonlama rivojlantirishini ta’minlamog’i kerak.
Modellashtirish   -   bu   real   mavjud   pedagogika   tizimiga   aynan   o’xshash
maxsus   andoza   (model)   ni   yaratib,   unda   bu   tizimni   tashkil   qilish   va   faoliyat
ko’rsatish prinsiplarini takrorlagan holda uning moddiy yoki hayoliy tarazda ishlab
ko’rish demakdir. Modellashtirish yordamida tizimning ushbu aniq holatda muhim
bo’lmagan   xususiyatlaridan   chetga   chiqish   mumkin.   Tadqiqotchi   pedagog   bu
metoddan   foydalanarkan,   ayrim   xususiyatlar,   shakllari   va   jarayonlarni   analitik
tarzda   o’rganish   o’rniga   nazort   qiladigan   sharoitlardagi   yaxlit   tizimlarni   sintetik
tarzda bilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Turli   fanlardan   dars   beradigan   o’qituvchilar   o’quvchilar   bilan   ishlashda   o’z
maqsadlariga   erishishda   o’ziga   xos   ilmiy   tadqiqot   metodlaridan   foydalanishdi.
Masalan,   matematika   o’qituvchisi   kibernetika   metodidan,   fizika   o’qituvchisi
o’quvchilar   ijodini   o’rganish   metodidan,   ximiya   o’qituvchisi   anketa   metodidan
boshlang’ich sinf o’qituvchisi suhbat metodidan foydalanib o’z maqsadiga erishdi.
Didaktika   pedagogikaning   ta’lim   jarayonining   umumiy   qonuniyatlarini
o’rganadigan   bo’limdir.   Didaktika   grekcha   so’z   bo’lib,   “didasko”-   o’qitish,
“didaskal”   -   o’rgatuvchi,   degan   ma’noni   bildiradi.   Didaktikaning   so’zma   -   so’z
tarjimasi     ta’lim,   o’qitish   nazariyasini   anglatadi.   Ta’lim   nazariyasi   quyidagi
masalalarni: ta’lim jarayonining mohiyati, ta’lim mazmuni, ta’lim qoidalari, ta’lim metodlari,   ta’limni   tashkil   etish   shakllari   hamda   ta’limda   o’quvchilarning   bilim,
ko’nikma,   malakalarini   hisobga   olish   va   baholash   kabilarni   o’z   ichiga   oladi.   Bu
masalalarning   har   birini   alohida   mavzu   sifatida   keyingi   darslarda   o’rganamiz.
Didaktikaning   asosiy   maqsadi,   vazifasi   o’qituvchini   o’qitishga   doir   ma’lumot,
mahorat  bilan, o’quvchilarni esa illiy bilimlar ko’nikma va malakalar tizimi bilan
qurollantirishdan iboratdir.
Didaktika   termini   qadimgi   Gresiyada   Afina   va   Sparta   shaharlarida   eramizdan
avvalgi IV - V asrda   paydo bo’lgan. Keyinchalik Xitoy, Misir va Markaziy Osiyo
davlatlarida rivoj topgan.
O’zbek   didaktikasiga   Al-Xorazmiy,   A.R.Beruniy,   Ibn   Sino,   A.Navoiy,
M.Ulug’bek,   A.Avloniy,   M.Behbudiy,   H.H.Niyoziy,   Muhammadrasul   Rasuliy,
Q.Niyoziy   va   boshqa   mutafakkirlar   hamda   hozirgi   mashhur   pedagoglar,   olimlar
munosib hissa qo’shmoqda.
Didaktikaga   oid   materiallar   mashhur   pedagog   Ya.A.Komenskiy,   Ushinskiy   va
boshqalar tomonidan boyitildi.
Didaktikaning   asoslari   hikmatlar,   hadislar   va   xalq   og’zaki   ijodining   boshqa
manbalarida   o’z   aksini   topgan.   Ayniqsa   vatandoshimiz   B.Zarnudjiyning
“O’quvchiga ta’lim yo’lida qo’llanma” asari bag’oyat qimmatlidir.
Men   ushbu   kitobni   “O’quvchiga   bilim   olish   yo’lida   qo’llanma”   deb   atab,   uni
quyidagi   bo’limlardan   iborat   deb   tuzdim.   Ular:   “Bilimning   mohiyati   va   ularni
takomillashtirish   haqida”,   “Ta’lim   yo’lida   ongli   istaklar   haqida”,   “O’qituvchi,
o’rtoq, fanlarni  tanlash haqida”, “Olimlar va fanning sharafi haqida”, “Dars vaqti
haqida   qo’llanma”,   “Bilimlarni   egallash   haqida”,   “Ollohdan   qo’rqish   va   ta’lim
olish”, “Bilimlarni xotirada saqlash, esdan chiqarish turlari”, “Umrni uzaytiruvchi
va   qisqartiruvchi   kuchlar   haqida   va   boshqalardan   iborat”.   Inson   tarbiyasida   va
shakllanishida bilim, ta’lim, ma’lumot eng muhim rol o’ynaydi. Ta’lim jarayonida
o’quvchilarning   bilish   qobiliyatlari   o’qituvchi   rahbarligida   zarur   bo’lgan   bilim,
ko’nikma   va   malakalarini   egallash   bilan   ularda   ilmiy   dunyoqarash   va   shaxsning
asosiy  sifatlari:  axloq,  estetik qarashlar  hamda kasb  -  hunarga  bo’lgan qiziqishlar
tarbiyalanadi. Ma’lumot   va   ta’lim   o’zaro   yaqin   aloqada   bo’ladi.   Ma’lumot   -   bu   ta’limning
natijasi ta’lim esa ma’lumot olishning asosiy shartlaridan biridir.
Didaktika   ma’lumotning   ilmiy   asoslanishi   bilan   shug’ullanish   bilan   birga   yuksak
darajada bilimlar zarur bo’lgan ko’nikma, malakalarni tarixiy bir jarayonida beradi
va hozirgi fan, texnika taraqqiyoti davrida o’quvchilarni muayyan darajada shaxsni
tarkib topdiradi.
Didaktika   faqat   ma’lumot   mazmunini   belgilabgina   qolmay,   balki   qanday   o’qitish
kerakligini ham belgilaydi.
Didaktika   pedagogikaning   asosiy   tarkibiy   qismlaridan   biri   bo’lish   bilan   birga
boshqa   bir   qancha   fanlar   bilan   uzviy   bog’langan:   Filosofiya,   sosiologiya,   logika,
psixologiya, fiziologiya oliy nerv faoliyati, kibernetika, matematika va h.k.
Hozirgi   zamon   didaktikasining   taraqqiyoti   ijtimoiy   hayot,   fan   va   texnikaning
ishlab   chiqarish   darajasi   bilan   asoslanadi.   Didaktikaning   hozirgi   davrida
vazifalaridan   biri   oldingidek   har   tomonlama   kamol   topgan   barkamol   shaxsni
shakllantirish bo’lib qolmoqda va shunday bo’lib qolaveradi.
Didaktika   oldidagi   eng   muhim   vazifalardan   biri   o’sib   boruvchi   ta’limni   keng
yoyish, shu asosda shaxsning eng asosiy sifatlarini ya’ni ilmiy bilishini ta’minlash,
ijodiy fikrlashga o’rgatish hamda doimiy ravishda o’z ma’lumotini takomillashtirib
borish kabilarni talab etmoqda.
Ta’lim   va   ma’lumotning   birligi   asosida   ta’limning   tarbiyalovchi   metodikasini
takomillashtirish, bilish qobiliyatlarini, dunyoqarshni va yuksak ma’naviy - axlaqiy
sifatlarni tarkib toptirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Didaktika asosan pedagogika fanining ilmiy tekshirish metodlaridan foydalanadi.
Bular: 1. Ilmiy kuzatish:
          2. Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va yoyish.
3. Didaktik eksperiment.
4. O’quv hujjatlarni o’rganish va h.k.
Pedagogika   fanida   didaktika   ikki   turga   ajratilib   o’rganiladi.   Birinchisi   umumiy
didaktika ya’ni o’qitishning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Ana shu o’rganish
asosida o’qitish jarayonining yangi - yangi qirralari ochiladi va amaliyotga tadbiq etiladi.   Masalan   EHM   yoki   ta’limning   texnika   vositalari   yordamida
o’quvchilarning   bilish   qobiliyatlari   o’stiriladi.   Yuqoridagi   o’qitish   sohasida
yutuqlar umumiy didakitkaning rivojlanib borayotganligi ko’rsatadi.
Shu   bilan   bir   qatorda   xususiy   didaktika   ya’ni   bir   fanni   o’qitishining   o’ziga   xos
xususiyatlarini   o’rganadigan   tarmog’i   hisoblanadi.   Fanda   xususiy   didaktikani
metodika ham deb yuritiladi. Masalan, ona tili o’qitish metodikasi, ximiya o’qitish
metodikasi, boshlang’ich ta’lim metodikasi singarilar.
Umumiy   didaktika   bilan   xususiy   didaktikalar   o’zaro   uzviy   aloqadorlikda,
bog’liqlikda ish olib boradi. Ular bir - birlarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va
yagona maqsadni ya’ni barkamol insonni shakllantirish vazifasini amalga oshiradi.
Xususiy   didaktika   rivojlanib   qo’lga   kiritgan   yutuqlari   umumiy   didaktikaning
hamda xususiy didaktikaning, vazifalarini hal qilishga yo’naltiradi. Yoki aksincha.
Shuning uchun ular o’zaro hamkorlikda, aloqadorlikda bir - biriga tayangan holda
ish tutadi. 
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmag’ay. imom Al Buxoriy. Muhammad
payg’ambar: 
“Ilm egallang! Ilm - sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik damlarida
yo’ldosh,   baxtli   daqiqalarda   rahbar,   qayg’uli   onlada   madadkor,   odamlar   orasida
zebu   -   ziynat,   dushmanlarga   qarshi   kurashda   quroldir”.(Axloq   odobga   oid
hadislardan).
O’quv   qayda   bo’lsa,   ulug’lik   bo’lar.   Bilim   qayda   bo’lsa,   buyuklik   bo’lar.   Yusuf
Xos Xojib.
Ilm   inson   uchun   g’oyat   oliy   va   muqaddas   bir   fazilatdir.   Idmsiz   inson   mevasiz
daraxt kabidir. Abdullo Avloniy.
Didaktikaning   maqsadi   va   vazifasi   haqida   “Avesto”da:   odamlarga   va   ularning
avlodlariga   baxt   -   saodat   keltiradigan   ta’limni   amalga   oshirsinlar   hamda   tarbiya
hayotning eng muhim tirgagi  (tayanchi) bo’lib hisoblanishi  lozim. Har bir  yoshni
shunday   tarbiyalash   kerakki,   u   avvalo   yaxshi   o’qishni   va   so’ngra   esa   yozishni
o’rganish   bilan   eng   yuksak   pog’onaga   ko’tarilsin,   deb   ta’kidlangan.   O’zbekiston
Respublikasining   ta’lim   to’g’risidagi   Qonun   3-   moddasida:   “Ta’lim   O’zbekiston Respublikasi   ijtimoiy   taraqqiyoti   sohasida   ustivor   deb   e’lon   qilinadi”.   (20   -   bet)
Barcha   turdagi   ta’lim   muassasalarida   o’quvchilarga   beriladigan   ta’lim   ana   shu
hujjat asosida tashkil etiladi.
O’qituvchi   didaktikani   ilmiy   o’zlashtirmasdan,   o’quvchilarni   talab   darajasida
o’qita   olmaydi.   Buning   uchun   didaktika   haqida   maxsus   ilmiy   didaktika
ma’lumotiga ega bo’lishi shart.
Didaktikaning   tushunchasi,   kategoriyasi   ya’ni   predmeti   bilim,   ko’nikma,   malaka
va ma’lumotlarni tashkil etadi.
Bilimlar   -   odamlarning   ijtimoiy   -   tarixiy   amaliyoti   jarayonida   to’plangan,
umumlashgan tajribasidir. Yoki Bilimlar - bu ijtimoiy - tarixiy ong, insoniyatning
ijtimoiy   -   tarixiy   amaliyoti   hosilasidir.   Bilimlar,   insoniyat   tomonidan   ishlab
chiqarish   faoliyatini   faol   o’zlashtirish   jarayonida   to’plagan,   amalda   sinovdan
o’tgan   va   obyektiv   dunyoni   chuqurroq   anglashga   hamda   o’zgartirishga
yo’naltirilgan   tabiat,   jamiyat,   inson   tafakkuri   va   faoliyat   usullari   qonuniyatlari
haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va  tizimlangan majmuasidir.
Ta’lim jarayonida o’quvchilar  bilimlar tizimini  egallabgina qolmaydilar, balki bir
qancha   ko’nikma   va   malakalarni   hosil   qiladilar.   Kishida   bilim   qanchalik   boy   va
muntazam  tarzda olingan bo’lsa, uning kelajakda  mustaqil  bilim  olish  imkoniyati
ham shuncha katta bo’ladi. (V.V.Davidov va boshqalar)
Ko’nikmalar   maktab   o’quvchilarining   olgan   bilimlariga   asoslanib   (qo’yilgan
vazifalar va shartlarga binoan) bajariladigan harakatlarning yig’indisidir.
Ko’nikma   bilimlar   kabi   harakatda,   kishi   biror   harakatga   erishish   uchun   har   xil
faoliyat   turida   izchil   bajariladigan   uslublar   tizimi   kabi   bilgilanadi.   Ko’nikmalarni
kishi faoliyati turlariga ko’ra bir necha turlarga ajratib ko’rsatish mumkin.
1.   O’quv   faoliyatiga   oid   ko’nikmalar   -   bular   o’qituvchini   tinglash   va   eshitganini
tushunish,   uning   ko’rsatmalariga   qarab   harakat   qilish,   kuzatish,   idroki
yo’naltirilgan narsalarni ko’ra olish: turli masalarni yecha olish; sanay, o’qiy, yoza
olish va h.k. 
2.   Nutqiy   faoliyat   ko’nikmalari   -   nutqni   tinglash,   uni   tushunish,   o’z   fikrini   aniq
bayon qilish, leksik, fonetik va grammatik normalarga amal qilish. 3. Badiiy faoliyatga oid ko’nikmalar - musiqiy, rang - tasvir, harakatli.
4. Kishining jamiyatda muomala va o’zini tutish ko’nikmalari.
5. Mehnat ko’nikmalari.
Malaka -  ongli xatti - harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Yoki Malaka
-   bu   faoliyat   jarayonida   uning   biror   bir   elementini   (ongning   eng   kam   nazorati
ostida) bajarish qobiliyatidir.
Ko’nikma   va malakalar maqsadga yo’naltirilgan faoliyat jarayonida shakillanadi.
Ularni   mutahkamlash   uchun   uzoq   vaqt   bilim   olish   bilan   bog’liq   bo’lgan   maxsus
mashqlar talab qilinadi.
Ta’lim mazmunidagi asosiy narsa - zarur bilim va ko’nikmalarni mustaqil egallash,
egallangan   bilimlar   haqida   avval   hosil   qilingan   ko’nikma   va   malakalar   asosida
vujudga   keladigan   amaliy   va   nazariy   masalalarni   hal   etish   qobiliyatini
shakllantirishdan iboratdir.
Ta’lim   jarayonida,   bilimlar,   ko’nikma   va   malakalar   bir   -   biri   bilan   o’zaro   uzviy
bog’lansada,   avvalgidek   bilimlar   yetakchi   rol   o’ynayveradi.   Chunki   o’quvchilar
bilimlar   asosidagina   ko’nikma   va   malakalarning   ma’lum   doirasini
egallaydilar.Bolalarga   matematikaning   to’rt   amalini   mashq   qildirishdan   oldin
ularga   sanoqni   o’rgatish   lozim.   Lekin   ko’nikma   va   malakalar   ham   o’z   navbatida
bilimlar egallash jarayoniga katta ta’sir ko’rsatadi.
Ma’lumot   -   olingan,   hosil   qilingan   bilimlar,   tarkib   topgan   ko’nikma,   malakalar
hamda   tarkib   topgan   dunyoqarashlar   majmuasi.   Didaktikaning   dolzarb
muammolari: 
1.   Davlat   ta’lim   standartlarini   ishlab   chiqish   va   joriy   etish,   yangi   pedagogik
texnologiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirish.
2. Lotin alifbosi asosida o’zbek tiliga o’tish.
3. Mukammal o’quv darsliklari yaratish.
4.   Ta’limning   texnika   vositalari.   O’quv   -   moddiy   baza,   kompyuter   bilan
ta’minlash, ta’limda internet tizimini joriy etish.
5. Malakali ilmiy va pedagogik xodimlar tayyorlash. 6.   Ta’lim   jarayonida   ommaviy   axborot   vositalarining   mavqyeni   oshirish,
televideniya va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvini ta’minlash.
Haqiqatdan   ham   ta’lim,   o’qish   va   mustaqil   bilim   olish   inson   shaxsini   tarbiyalash
va   rivojlantirishga   qaratilgan   bir   -   biri   bilan   uzviy   bog’liq   jarayondir.   Inson
shaxsini   shakllantirish   uchun   unga   ta’lim   ya’ni   ilm,   bilim,   saboq   berish   darkor.
Ilmsiz   bu   jarayonni   ro’yobga   chiqarish   mumkin   emas.   Inson   shakllanishi,
rivojlanishi   uchun   esa   o’qishi,   o’rganishi,   mustaqil   harakat   qilishi   shart.   Buning
uchun   o’qituvchi   insonning   rivojlanishini   ta’minlash   uchun   unga   ta’lim   berish,
o’qitish,   mustaqil   harakatni   amalga   oshirish   zarur.   Bu   vazifa   pedagog   tomonidan
o’quvchining   rivojlanish   davrining   ma’lum   yillarida   amalga   oshirilib   uning
o’qishga   bo’lgan   ishtiyoqini   hosil   qilishi,   kerakli   ko’nikma,   malakalar   bilan
qurollantirishi  va nihoyat  uning mustaqil  bilim  olishini  tashkil  etishi  talab etiladi.
Bu   mas’uliyatli   vazifa   o’qituvchi   tomonidan   mohirona   olib   boriladi.   Shuning
uchun   ta’lim,   o’qish   va   mustaqil   bilim   olish   o’quvchi   shaxsini   tarbiyalash   va
rivojlantirishga,   kamol   toptirishga   qaratilgan   ijtimoiy   jarayondir.   Bu   ishlarni
tashkil   qilmasdan   hayotni,   jamiyatni   rivojlantirish   mumkin   emas.   Shuning   uchun
ta’lim, o’qish va mustaqil bilim olish o’quvchi shaxsini rivojlantirishning obyektiv
zaruriy   sharti   hisoblanadi.   Buni   har   bir   o’qituvchi   bilishi   va   amalda   qo’llashi
shartdir.
Pedagogik mashq
Maktab tajribasida uchraydigan ba’zi jihatlarga baho bering.
Aksariyat   o’qituvchilar   pedagogik   faoliyatda   didaktikaning   umumiy   asoslarini
nazariy-ilmiy   jihatdan   puxta   o’zlashtiradi   va   o’z   navbatida   fanni   o’qitishning
usullarini maktab amaliyotida o’z o’rnida tadbiq etadi. Natijada o’quvchilar ta’lim
tarbiyasida   samarali   natijalarni   qo’lga   kiritadi.   Ba’zi   o’qituvchilar   esa
didaktikaning   umumiy   asoslarini   ilmiy   o’zlashtirishiga   qaramasdan   shu   fanni
o’qitish   usullarini   yaxshi   tadbiq   qila   olishmaydi.   O’quvchilarning   o’zlashtirishi
talab darajasida bo’lmaydi.
Vaziyatni tahlil qiling: 1.   Pedagogik   faoliyatda   samarali   natijalarni   qo’lga   kiritgan   o’qituvchilar   qanday
didaktik talablarga tayanib ish yuritgan?
2. O’zlashtirishi past darajada bo’lgan o’qituvchilar nima sabablarga ko’ra bunday
natijaga erishadi? Siz uni qanday izohlaysiz?
3.   Sizningcha   o’quvchilar   o’zlashtirmasligini   bartaraf   qilishning   qanday
muammolari mavjud va ularni amalda qanaqa shaklda hal etsa bo’ladi?
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:
1. Pedagogikaga oid ijodiy va immitatsion masalalar tuzishga harakat qiling.
(namuna uchun quyidagi masalaga qarang)
1-   masala .   Quyidagi   pedagogik   vaziyat     yechimini   topishga   harakat   qiling.
Avtobusda   ketayotib,   og’ir   yuk   ko’targan   yoshi   katta   kishining   turib   qolganiga
ko’zingiz   tushdi.   Ro’paradagi   o’rindiqda   yosh   yigit   va   qiz   pinagini   buzmasdan
o’tirishibdi. Siz shu vaziyatda qanday harakat qilgan bo’lardingiz?
a) go’yoki hech narsa bo’lmagandek, yo’limni davom ettiraman.
b) yigit-qizlarga murojaat qilib joy berishlarini so’rayman.
v) qo’lidagi yukni qo’limga olaman.
g)  noordinar harakat qilaman.
2. Nemis olimi Kellog quyidagi   tajribani sinovdan o’tkazdi: Shimpanze va
yosh bolaning boshidagi tuklarini   tortishi natijasida biri darhol yig’lashga tushar,
ikkinchisi esa har gal tajriba o’tkazuvchining qo’lini silkitib tashlar edi. Sinov bir
necha bor takrorlanganda ham shu hol takrorlandi. 
Savol :   Sinaluvchilarning   qay   biri   yig’lashga   tushgan,   qay   biri   esa   yig’lamasdan
tajriba o’tkazuvchining qo’lini siltab tashlagan. Buning sababini izohlang. 
3.   Pedagogika   fanining   ilmiy-tadqiqot   metodlarini   aks   ettiruvchi   chizmalar
yaratishga harakat qiling. 
4. Didaktika nima haqida bahs qiladi, maqsadi va vazifasi nimalardan iborat hamda
biz didaktikani nega o’rganamiz?
5. Didaktika qachon va qayerda paydo bo’lgan hamda qanday rivojlanmoqda?
6.Didaktika qanday turlarga ajratib o’rganiladi va ularni izohlang. 7.   Didaktikaninig   asosiy   kategoriyalari   nimalardan   tashkil   topgan   va   ta’limning
qanday muammolarini hal etishda yordam beradi?
8. Hozirgi davrda didaktikaning qanday dolzarb muammolari mavjud?
9.   Nima   uchun   ta’lim,   o’qitish,   mustaqil   bilim   olish   maktab   o’quvchilar   shaxsini
tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan bog’liq jarayon?
10.   O’zbek   didaktikasi   g’oyalarini   darsliklarga   kiritish   bo’yicha   qanday
muammolar mavjud va ularni qanday hal etish mumkin?
11. Nima uchun amaliyotchi o’qituvchilar didaktika nazariyasini ilmiy bilishmaydi
va bu sohada qanaqa muammolar mavjud?
                                    Ta’lim   mazmuni.Ta’lmining   qoida   va   qonuniyatlari.
Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari  
                                                   Reja:
1. Ta’lim mazmuni haqida tushuncha va uning ilmiy pedagogik asoslari.
2.   Maktabda   umumiy,   mahnat   va   kasb   ma’lumotlarining   o’zaro   bog’liqligi   va
birligi.
3. Maktabning o’quv rejalari va uning ish mazmuni, o’ziga xos xususiyatlari.
4.   O’quv   dasturi   mazmuni.   Uning   tuzilish   prinsiplari   va   unga   qo’yiladigan
pedagogik talablar.
5. Darsliklar va ularga qo’yiladigan pedagogik talablar hamda o’quvchilar mustaqil
ishlarini tashkil etishdagi o’rni, ahamiyati.
                6.Ta’lim   qoidalari,   qonuniyatlari   haqida   tushuncha   va   ularning   pedagogik
asoslari. Nima uchun o’qituvchi ta’lim qoidalarini bilishi kerak.
              7.   Ta’limning   ilmiylik,   izchillik,   ongli,   faol,   mustaqillik,   ta’lim   -   tarbiya,
hamda nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidalarini tavsiflash.
8 .  Ta’lim metod lari haqida tushuncha.
9 . Uslub va vositalar, ularning  mohiyati.
10 . Ta’limning og’zaki, ko’rgzmali, amaliy metodlari.
11 . O’qitishning reproduktiv va muammoli izlanish, induktiv-deduktiv usullari.
1 2 .Ta’lim shakllarining tarixan paydo bo’lishi. 13 .Ta’limning asosiy shakli-dars va unga qo’yilgan talablar.
14 .Darsning xil (tip)lari  va ularning tuzilish shakllari.
15 .Seminar   va   amaliy   tajriba   ishlari   shaklidagi   mashg’ulotlar..Ta’limning
samaradorligini ta’minlovchi noan’anaviy  shakllar.
O’zbekiston Republikasida milliy dasturning maqsadi va vazifalarida:
-   kadrlar   tayyorlash   tizimi   va   mazmuni   mamlakatning   ijtimoiy   va   iqtisodiy
taraqqiyoti   istiqbollaridan,   jamiyat   ehtiyojlaridan,   fan,   madaniyat,   texnika   va
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish zarurligi
alohida   ta’kidlangan.   Shunga   asoslanib   maktab   ta’limining   mazmuni   jamiyatning
ijtimoiy   va   iqtisodiy   taraqqiyoti   ehtiyojlaridan,   fan,   madaniyat,   texnika   va
texnologiyaning   talabalardan   kelib   chiqqan   holda   tashkil   etiladi.   Yuqoridagi
ijtimoiy   taraqqiyot   yo’nalishlari   shu   jamiyat   uchun   qanday   tarbiyalangan
mutaxassislarga   bo’lgan   talablarga   asoslanadi.   Buni   quyidagicha   ifodalash
mumkin:   jamiyatning   ijtimoiy   rivojlanishi,   shu   jamiyat   a’zolarini   tarbiyalashning
maqsadini,   tarbiyaning   maqsadi   esa   o’z   navbatida   maktab   ta’limning   mazmunini
belgilashga asos bo’ladi. Buni sodda etib tubandagicha izohlash mumkin:
jamiyatni   ijtimoiy   rivojlantirish   ®   tarbiyaning   maqsad   va   vazifasini   va   u   o’z
navbatida  ®  maktab ta’lim mazmunini belgilashga asos bo’ladi.
Yoki   bu   tuzilishning   aks   holda   ko’z   oldimizga   keltirib   tasavvur   etsak   yanada
ravshanroq anglaymiz.
maktab  va   ta’limi   (ma’lumot)   mazmuni ® tarbiyaning   maqsadi   va   vazifasini   u  o’z
navbatida ® jamiyatning ijtimliy rivojlanishini jadallashtiradi, takomillashtiradi.
Maktab   ta’limining   mazmuni   deganda,   o’quvchilarning   o’qish   jarayonida   barcha
o’rganiladigan   fanlardan   egallab   olishi   lozim   bo’lgan   hamda   tizimga   solingan
bilimlar, ko’nikmalar  va dunyoqarashlarning aniq belgilangan doirasi  tushuniladi.
Bu jarayon maktab o’quv rejasida ko’rsatilgan har bir o’quv dasturida asoslangan
barcha o’rganiladigan fanlari asoslari asosida tarkib topadi.
Ta’limning mazmun bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi: a)   ijtimoiy   ishlab   chiqarishning   eng   zarur   ehtiyojlari   ijtimoiy   tuzumning
xususiyatlari, yo’nalishlari;
b)   davlatning   xalq   ta’limi   va   muayyan   turdagi   o’quv   yurti   oldiga   qo’yadigan
maqsad va vazifalari;
c) o’qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o’quvchilarining imkoniyatlarini (yosh
imkoniyatlari,   rivojlinish   darajasi,   tarbiyalanganligi   va   boshqalar)   e’tiborga
oluvchi   didaktik   talablar.  Maktablarda   beriladigan  ta’limning  mazmuni   tarixiy   va
ijtimoiy   xususiyatga   egadir.   Jamiyat   tarixiy   taraqqiyotining   hamma   bosqichlarida
maktablarda yoshlarga beriladigan ta’limning mazmuni, hajmi ijtimoiy tuzumning
iqtisodiy   talab   va   ehtiyojlari   fan   va   texnika   taraqqiyoti   darajasi   bilan   belgilab
kelingan. Inqilob to’ntarishgacha bo’lgan davrida O’zbekiston xududida VII -VIII
asrlardan beri  kelgan eski  - “usuli  qadmiya”, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
paydo   bo’lgan   -   “usuli   savtiya”   maktablari,   xad   -   savod   o’rgatadigan   diniy
maktablar   bo’lgan.   1905   yildan   so’ng,   o’lkaning   ba’zi   yirik   shaharlarida   “jadid”
maktablari paydo bo’lib unda savdo - sotiq ishlari uchun zarur bo’lgan ayrim fanlar
(hisob, tibbiyot, geografiya va boshqa) o’qitilar edi.
Hozirgi   bizning   maktablarimizda   yoshlarga   quriq   ilmiy   bilimlar   berilmasdan
ularga   turmushda   zarur   bo’lgan   xalq   hunarmandchiligi   tabobat   asoslari,   iqtisod
asoslari, odabnoma “Konstitusion  huquq asoslari, kabi fanlari o’qitilishi ma’qul”. 
Hozirgi   bizning   maktablarimizda   ta’lim   mazmuni   O’zbekiston   respublikasining
Ta’lim   to’g’risidaga   Qonun   va   Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi   singari
xujjatlarida   ko’zda   tutilgan   maqsad   va   vazifalar   bilan   belgilanadi.   Bular
quyidagilardir:
7- modda. Davlat  ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb - hunar va
oliy   ta’lim   mazmuniga   hamda   sifatiga   qo’yiladigan   talablarni   belgilaydi.   Uni
bajarish   O’zbekiston   Respublikasining   barcha   ta’lim   muassasalari   uchun
majburiydir deb qayd etilgan.
Yuqorida   asoslangan   talablardan   kelib   chiqib   umumiy   o’rta     maktablarda
o’quvchilarga umumiy ma’lumot amalga oshiriladi. Albatta u mehnat ta’limi, kasb ta’limi   bilan   uzviy   aloqadorlikda   olib   boriladi.   Bu   qoida   o’quvchilarni   ijtimoiy
hayotda o’z o’rnini topishga bevosita yordam beradi.
Umumiy   o’rta   ta’lim   to’g’risidagi   Nizomda   Davlat   ta’lim   standartlariga   muvofiq
o’quvchilarni   o’qitish   va   tarbiyalash   hamda   shaxsning   ta’lim   olish   huquqini
ro’yobga   chiqarish   umumiy   o’rta   ta’limning   maqsadi   xisoblanadi.   Umumiy   o’rta
ta’lim bilimlar zarur hajmiga asos soladi, o’quvchilarda tashkilotchilik qobiliyatlari
va   amaliy   tajriba   ko’nikmalarini   rivojlantiradi,   kasb   yo’nalishini   va   ta’limning
keyingi bosqichini tanlashga ko’maklashadi.
O’zbekiston   Respublikasi   Kadrlar   tayyorlashning   Milliy   Dasturi   4   Kadrlar
tayyorlash   tizimi   rivojlantirishining   asosiy   yo’nalishlari   4,3.   Ta’lim   jarayonini
mazmunan   isloh   qilishda   kadrlarni   o’qitish   va   tarbiyalash   milliy   tiklanish
prinsplari   va   mutaqillik   yutuqlari,   xalqning   boy   milliy,   ma’naviy   intelektual
salohiyati   hamda   umumbashariy   qadriyatlariga   tayangan,   insonparvarlikka
yo’naltirilgan ta’limning mazmuni  davlat  ta’lim  standartlari  asosida  isloh qilinadi
deb takidlanadi. 
  Yuqoridagi   pedagogik   g’oyalar   turli   shakldagi   ta’lim   muassasalari   ta’lim
mazmunini belgilashning asosiy yo’nalishlarni belgilab beradi.
O’quv reja
Maktablarning   o’quv   rejasi   davlat   -   hujjatidir.   O’quv   rejasi   -   barcha   tipdagi
maktablarda   amal   qilinishi   lozim   bo’ladigan   davlat   hujjatidir .   Unda   sinflar
bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv fanlari va o’sha fanlar uchun ajratilgan
barcha   o’quv   soatlari   miqdori   ko’rsatilgan   bo’ladi.   Maktablarning   o’quv   rejalari
xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 
O’quv rejasi  deb, o’qitiladigan fanlar, o’qitilish uchun  ajratilgan o’quv soatlar  va
o’quv   yilining   tuzilishini   belgilab   beruvchi   davlat   hujjatiga   aytiladi.   O’quv   reja
tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi: 
1 . O’quv rejasi  o’quv - tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad
-   ilmiy   bilimlar   berish,   olgan   bilimlarini   hayotda   qo’llay   olishga   va
mutaxassisliklarni mukammal egallashga o’rgatish dan iboratdir. 2. Maktablarning birligi ya’ni uzluksiz ta’lim qoidalariga asoslanadi. Bular: (quyi
ta’lim, boshlang’ich ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus  ta’lim, kasb hunar
ta’lim, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini  oshirish
va   ularni   qayta   tayyorlash,   maktabdan   tashqari   ta’lim,   maktabgacha   ta’lim   va
oilada ta’limning o’zaro bog’liqligi) tarzda amalga oshirishni ko’zlaydi.
3.   O’quv   rejasiga   kiritilgan   fanlarning   hajmi,   qaysi   sinfda   o’qitilishi,   ajratilgan
soati, bolalarning yosh va bilim saviyasiga qarab belgilanadi. Fanning hajmi, og’ir
-   yengilligi,   didaktik   ahamiyati   ham   e’tiborga   olinadi.   O’quv   rejasiga   kiritilgan
fanlar, birinchi navbatda, umum insoniy, milliy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini
amalga   oshirishga   qaratilgandir.   Unda   ta’limning   ilmiyligi,   g’oyaviyligi,   amaliy
qimmati   hamda   O’zbekiston   kelajagiga   munosib   barkamol   insonni   tarbiyalab,
voyaga   yetkazish   nazarda   tutiladi.   Shuning   uchun   ham   unda   tabiat   va   jamiyat
haqidagi   ilmiy   bilimlar,   ishlab   chiqarish   asoslari,   san’at   va   jismoniy   tarbiya,
sog’lom   avlodning   ma’naviy   qiyofasi   asosiy   o’rinni   egallaydi.   O’quv   rejasida
tabiiy   fanlar   -   tabiiy   jo’g’rofiya,   biologiya,   fizika,   astranomiya,   ximiya,
matematika   va   informatika   markaziy   o’rinni   egallaydi.   Ijtimoiy   fanlar   -   tarix,   til
haqidagi ilmiy bilimlar - ona tili, xorijiy tillari, badiiy va san’at asoslari - adabiyot,
tas’viriy   san’at,   musiqa   va   ashulla;   jismoniy   tarbiya   asoslari   bilan   bir   qatorda
mehnat ta’limni o’qitish uchun soatlar ajratiladi. Bulardan tashqari, o’quv rejasida
ayrim   tabiiy   fanlar,   ayniqsa   matematika,   informatika,   fizika   fanlari,   ayrim
gumanitar   fanlar   bo’yicha   ham   o’quvchilarning   qiziqishlarini   qoniqtirishi,
qobiliyatlarini   rivojlantirish   maqsadida   o’tkaziladigan   fakultativ   mashg’ulotlar
ko’rsatilgan bo’ladi
O’quv rejasi bazi bir maxsus  o’quv maktablarida o’ziga xos ixtisoslikni mukammal
o’rgatish ga   yo’naltirilgan   fanlarning   xususiyatlaridan   kelib   chiqib,   ajratilgan
soatlarning   faqlanishi   bilan   ajralib   turadi.   O’quv   rejasida   amaliy   mashg’ulotlar,
ishlab chiqarish amaliyoti va boshqa amaliy faoliyatga tayyorlashga yo’naltirilgan
o’quv   -   tarbiyaviy   ishlar   o’z   aksini   topadi.   O’quv   rejasi   o’quv   yilini   choraklarga
bo’ladi va ular orasidagi ta’til muddatlarini belgilovchi hujjatdir.
O’quv dasturi Dasturda  o’quv yili davomida har bir sinfda alohida fanlar bo’yicha o’quvchilarga
beriladigan   ilmiy   bilim,   ko’nikma   va   malakalarning   hajmi   belgilab
beriladi .Dasturda   har   bir   fanning   mazmuni   izchillik   bilan   yoritiladi   va   ma’lum
mavzular orqali ko’rsatiladi.
O’quv dastur quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi .
1.   Dasturning   qat’iyligi.   Jamiyat   taraqqiyotini   ilmiy   asoslab   beradigan   ya’ni   fan,
texnika,  ishlab   chiqarish   hamda   ijtimoiy   munosabatlar   sohasida   erishgan   darajani
aks ettirgan, uzoq vaqtga mo’ljallangan darsliklar yaratishni nazarda tutadi.
2. O’quv dasturida ilmiylik.
3.   O’quv   materiallari   mazmunini   to’g’ri   tanlashda   unda   isbot,   mantiqiy
umumlashmaga alohida e’tibor beriladi.
4. Nazariyaning amaliyoti bilna birligi qoidasi.
5.   Dastur   ikki   usul   bilan,   ketma   -   ket   (muntazam)   konsentrik   (markazlashgan)
tarzda joylashtirilishi mumkin.
Markazlashtirilganda   o’quv   materiali   o’qitishning   keyingi   bosqichida
murakkablashgan ko’rinishda takrorlanadi.
Dastur uch bo’limda iborat :
1. Uqtirish xati. Yo’l - yo’riqlar.
2. O’quv materiallarining mazmuni.
3. Asosiy va qo’shimcha ravshanda o’rganiladigan adabiyotlar ro’yxati.
Darslik
Darslik   o’quv   jarayonining   zarur   qismidir .   U   o’qitishning   eng   muhim   vositasi
hisoblanadi.
Darslik -   o’quvchilarning ikkinchi “muallimi” . Chunki  u, avvalo, o’quvchi  uchun
zarar qo’llanmadir.
Har bir o’quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga
oid   ilmiy   bilim   asoslarini   dasturga   va   didaktika   talabalariga   muvofiq   ravishda
bayon qiluvchi kitobdir. Darsliklar   bilan   bir   qatorda,   ayrim   o’quv   fanlari   yuzasidan   o’quv   qo’llanmalari
ham   tuziladi.   Masalalar   va   mashqlar   to’plami,   xrestomatiyalar,   atlaslar,   lug’at
kitoblari va h.k.
O’quvchilar darslik va o’quv qo’llanmalari bilan ham darsda, ham uy sharoitlarida
mustaqil   ish   olib   boradilar.   U   bilan   ishlash   o’quvchilarning   aqliy   tarbiyasiga,
ularda   ilmiy   dunyoqarashning,   axloq   -   odobning   shakillanishiga,   tafakkuri   va
nutqining, ishdagi mustaqilligining rivojlanishiga yordam beradi.
Darslikka quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi :
1.  Darslik ilmiy bilimlar tizimi va uning mazmuni, hajmi dastur talablariga va shu
sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi.
2. Darslikda ilmiy bilimlarning nazariy asoslari va g’oyaviy yo’nalish tizimi izchil
bo’lishi,  dalillarning ishonchli bo’lishi, ular to’g’ri tahlil etilishi, aniq ta’rif etilishi,
tegishli   xulosalar   chiqarilishi   va   shu   orqali   o’quvchilarda   ilmiy   dunyoarash   va
insoniy fazilatlar tarbiyalanadi.
3.  Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo’lishi .
4.   Darslikda   bayon   qilinayotgan   materialning   harakteriga   bog’liq   holda   tegishli
qoida   va   ta’riflar   berilishi,   dalillar   keltirilishi,   yaxshi   bezatilgan   bo’lishi,   ba’zi
materiallar   rasm,   sxema,   diagramma   va   boshqa   illyustrasiyalar   bilan   boyitilishi
talab etiladi.
5. Darslik o’quvchilar  tushunishi  oson bo’lgan jonli tilda yozilishi  va fikrlar  aniq
va qisqa bo’lishi kerak.
6.   Darslikning   tashqi   ko’rinishi,   bezagi   o’sha   sinf   o’quvchilari   estetik   didlariga
mos kelishi lozim.
Darsliklar bilan bir qatorda maktab ta’limi jarayonida o’quvchilar o’quv materiali
ustida tizimli,uzluksiz, maqsadli ishlashlari hamda o’zlarida ilmiy bilim, ko’nikma
va   malakalarni   shakllantirishda   quyidagi   kitob   va   qo’llanmalardan   ham
foydalanadi.   Bular:   badiiy,   ilmiy,   ijtimoiy   siyosiy,   iqtisodiy,   madaniy,   ilmiy   -
ommabop adabiyotlar, lug’atlar, atlaslar  va kartalar, masala va mashqlar  to’plami
xrestomatiyalar,   kundalik   axborot,   ensinlopediya,   kinofilmlar   hamda   internet
axborotlari va h.k. Darsliklar va o’quv qo’llanmalar
Maxsus   ravshanda   o’quvchilar   uchun   yozilgan   kitob   darslik   deb   ataladi.   Unda
o’quv dasturining hamma materiali batafsil va izchillik bilan ochib beriladi. 
Boshqa   kitoblarga   qaraganda   darslikka   oshirilgan   talabalar   qo’yiladi.   Darslikdagi
fikrlar lo’nda qilib ifodalanishi, material esa tushunish uchun oson shaklda bayon
qilinishi kerak. Darslik har doim yaxshi qog’ozda bosiladi, uning shrifti yetarlicha
katta, bosmasi aniq bo’lishi lozim. Quyi sinflarga mo’ljallangan darsliklarda rangli
illyutrasiyalardan   foydalaniladi.   Eslab   qolishi   talab   etiladigan   asosiy   o’rinlar   va
qoidalar   qalin   shrift   bilan   ajratiladi   yoki   ramka   ichiga   olinadi.   Har   bir   mavzu   va
bobning oxirida takrorlash uchun savollari beriladi.
Darsliklar o’quv materialini tezroq, to’laroq va chuqurroq egallab olishga yordam
beruvchi o’quv qo’llanmalari bilan to’ldiriladi.
Yo’nalishi va hal qilinadigan vazifalarga ko’ra o’quv qo’llanmalarni quyidagilarga
bo’lish mumkin.
-   o’quv   materialini   chuqurlashtiruvchi   va   uning   eslab   qolishiga   yordam   beruvchi
qo’llanmalar (xrestomatiyalar, mashqlar to’plami, ma’lum predmet bo’yicha o’qish
kitobi, kontur kartalar);
- o’rganilgan masalalarni illyustrasiyalovchi va bu bilan ancha aniq tasavvur hosil
qilishga   yordam   beruvchi   qo’llanmalar:   (mulyajlar,   rasmlar,   plakatlar,
diogrammalar, atlaslar), 
-   ko’nikma   va   malakalarni   hosil   qilishga   yordam   beruvchi   ko’lanmalar   (Bosma
asosdagi daftarlar, topshiriqlar kartochkasi);
- ma’noni tushunishni yengillashtiruvchi qo’llanmalar (lug’atlar);
- ko’p maqsadda ishlatuvchi qo’llanmalar: kinofilmlar, ensiklopediyalar va h.k.
Hozirgi   davrda   umumiy   o’rta   ta’lim,   akademik   lisey,   kasb-hunar   kollejlari
o’quvchilari   uchun   darsliklar   tayyorlashda   anchagina   muammolar   mavjud.   Bu
muammolar   O’zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonuni   va
«Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» hamda uzluksiz ta’lim dasturi mazmuni tizimi
uchun   o’quv   adabiyotlarining   yangi   avlodini   yaratish   konsepsiyasi   talablaridan
kelib chiqib hal etishni taqozo etadi. Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy, o’quv darsliklar,   o’quv   qo’llanmalar   hamda   zamonaviy   elektron   darsliklar,   masofaviy
o’qitish, internet tizimi bilan bog’liq axborot texnologiyalarini yaratish, tayyorlash
kabi   pedagogik   muammolar   amalga   oshirilishi   darkor.   Darsliklar   yaratishda
mualliflararo raqobat sog’lom muhitni yuzaga keltirish ularning sifatini oshirishda
muhim   omil   hisoblanadi.   Ta’limning   o’quv   moddiy,   nashriyot   bazasini
rivojlantirishda   muammolar   hal   etilsa,   darsliklarning   barqaror   tizimi   yaratiladi.
Oqibatda   barcha   tipdagi   ta’lim   muassasalarida   ta’lim   oluvchilarning   bilim
darajalarini takomillashtirib borishga erishiladi.
Elektron darsliklar. 
Xozirgi   kunda   jaxon   ta’lim   xizmatlari   axborot-komunikasiyalar   texnologiyalariga
tayangan xolda yo’lga qo’yilmoqda. 
ELEKTRON   DARSLIKLARNI     loyixalash,   ishlab   chiqarish   o’quv   jarayonida
keng foydalanish haqiqatdan ham dolzarb masalaga aylanmoqda. O’qkv jarayonida
qo’llanadigan  elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin : 
- matnni elektron versiyasi; 
-kitobning giper matnli elektron versiyasi; 
-grafik, jadval, rasmlar va giper matnlar mavjud darslik; 
-animasiya, ovoz, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud darsliklar. 
Elektron   darslikning   matn   usulida   o’quv   materiali   gipermatn   ko’rinishida   taqdim
etilib,   unda   grafik,   chizma,   diagramma,   fotografiya,   animasiya   va   video
qo’llaniladi. 
Elektron   darslik   materiali   o’quvchiga   diktor   ovozi   bilan   yetkazib,   slayd-shou
ko’rinishdagi   material   bilan   beriladi.   Audio   va   videoaxborotlarning   o’zaro
birgalikda qo’llanishi o’qitish samaradorligini keskin yuksaltiradi. 
Elektron darslik o’quvchini bilim olishini vaqt bo’yicha chegaralamaydi. Shuning
uchun   ham   o’quv   materialini   o’zlashtirish   vaqti   o’quvchining   xoxishiga   ko’ra
qisqarishi yoki uzayishi mumkin.
Pedagogik mashq
Maktab tajribasidagi darsning ba’zi jihatlarini baholang. Boshlang’ich   sinf   o’qituvchisi   o’qish   darsida   «Bog’»   mavzusini   o’rganishni
quyidagi   tarzda   tashkil   qildi.   Bog’ning   tasviri   tushurilgan   rangli   rasmni   sinf
doskasiga   osib   qo’ydi.   O’quvchilar   mana   bu   rasmda   bog’   va   unda   bajariladigan
ishlar   tasvirlangan.   «Bog’»   matnini   tushuntirishni   o’quvchilarga   «Bog’»   o’z
o’zicha   bog’   bo’ladimi?   tarzda   muammoli   savol   bilan   murojaat   qildi.   Va
o’quvchilarga   bog’dagi   mevali,   mevasiz   daraxtlar   parvarish   qilinayotganligi,
mevalar:   olma,   uzum,   nok,   gilos,   shaftoli,   behi   kabilar   pishib   yetilganligi,   ularni
terib  olishdan   odamlarning  bajarayotgan   yumushlari   va  kasblari  haqida  atroflicha
hikoya qilib, tushuntirdi. Bog’ bo’lish uchun kishilar albatta qattiq mehnat qilishi
darkorligiga   o’qituvchilar   diqqatini   qaratdi.   Rasmdagi   tasvirlarga   tayanib
o’qituvchilarga bilishga dori savollar asosida javob olishga harakat qildi. Umuman
o’qituvchi   dars   mazmunini   o’qituvchilarga   ilmiy   umumiy   ma’lumot,   mehnat   va
kasb   ta’limlarini   uzviy   bog’lab   o’rgatishga   intildi.   Natijada   o’quvchilarda   mavzu
haqida   umumiy   ma’lumot,   mehnat   va   kasb   haqida   ilk   tasavvurlarini
shakllantirishga erishdi.
Ta’lim   qoidalari   -   o’qituvchining     darsdagi   faoliyatini   va   o’quvchilar
tomonidan   ilmiy   bilimlarning   o’zlashtirishini,   tegishli   ko’nikma   va   malakalar,
dunyoqarash,   mafkura   hosil   qilishning   asosiy   qonun   va   yo’l   -   yo’riqlarini   o’z
ichiga oladi . Ta’lim qoidalari o’qitishning,   o’rgatishning eng muhim masalalarini
nazariy   jihatdan   hal   qilishning   asosiy   qonuniyatlaridir.   Dars   jarayonida
o’quvchilarning   bilish   ehtiyoji   va   sharoitlar   o’quv   jarayonining   xarakterini,
maqsadi,   vazifalari,   mazmuni,   shakllari,   usullari   va   vositalarini   belgilab   beradi.
O’qituvchi   ta’lim   jarayonining   qoidalari,   qonuniyatlarini   qancha   ilmiy   asosda
bilsa,   uning   samarasi   shuncha   yuqori   bo’ladi.   Ta’lim   qoidalarini   ham   nazariy
bilish, hamda amalda qo’llay bilish juda muhim. Shuning uchun o’qituvchi ta’lim
qoidalarini   bilishi   shart.   Chunki,   o’qituvchi   ta’lim   qoidalarini   bilmasdan   turib
ta’limning maqsad va vazifalarini amalga oshira olmaydi.
Ta’lim qoidalari  deb barkamol inson ta’lim - tarbiyasiinng maqsad va vazifalarini
amalga   oshirishga   qaratilgan   o’qish   va   o’qitish   jarayonining   umumiy   yo’nalishi,
o’quvchilar   tomonidan   ilmiy   bilimlar,   ko’nikmalar   hosil   qilishning   asosiy   qonun va   qoidalarining   yig’indisiga   aytiladi.   Sodda   etib   aytganda   ta’limning   samarali
natijalarini   ta’minlaydigan   qoidalar   majmuini   tushunamiz.   Pedagogika   fanida
olimlar,   buyuk   pedagoglar   tomonidan   asoslangan   va   yaratilgan   pedagogik
adabiyotlarda   didaktik   qoidalar   turlicha   guruhlanmoqda.   Ana   shularga   asoslanib
ta’lim qoidalarini ko’rsatib o’tish mumkin.
1. Ta’limning ilmiy, izchil va muntazam bo’lishi.
2.  Ta’limning ongli, faollik va mustaqillilik.
3. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan birligi.
4.  Ta’lim va tarbiyaning birligi.
5.  Ta’limda ko’rsatmalilik.
6. Ta’limni tushunarli, puxta va mustahkam o’zlashtirish.
7.   Ta’limda   o’quvchilarning   yosh   va   individual   xususiyatlarini   hisobga   olish
hamda   ta’limning   mos   bo’lish   va   hokazo   qoidalari   mavjud.   Ularning   har   biriga
alohida to’xtalamiz.
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
Maktab ta’limi tizimida onglilik, faollik, mustaqillilik qoidalari muhim ahamiyatga
ega.   Ta’lim   jarayonining   muvaffaqiyati   ko’p   jihatdan   sinf   o’quvchilarning
faolligiga bog’liq. 
“Tarbiyachi  shuni  unitmasligi kerakki, o’quvchilarini qiziqtirmasdan,  ularni quriq
majburiyat  va zo’rlash yo’li bilangina o’qitishdan hyech qanday natija chiqmaydi
qoidasi   ilgari   suringan.   Biroq   bu   o’rinda   o’quvchilar   faoliyatini   o’qituvchi
tomonidan bayon qilinayotgan tayyor va yaxlit o’quv materialini faolsiz tinglovchi
harakterdagi   faoliyat   deb   tushunish   yarmaydi.   Ta’limda   o’quvchilarning
tafakkurini   aktivlashtirish   ularning   mustaqilligini   taraqqiy   ettirishga   yordam
beradi,   mustaqil   ishlarining   to’g’ri   yo’lga   qo’yilishi   esa   ularning   fikr   qilish
faoliyatlarini o’stiradi va takomillashtiradi. Ta’lim jarayonida o’quvchilar faolligi,
dastavval ularning aktiv faoliyati - tafakkur qilish faoliyatidir.
Materiallarning   o’quvchilar   tomonidan   o’zlashtirilishi   ularning   fikr   qilish
faoliyatiga   ta’sir   qilish   jarayonida   yuzaga   keladi.   Shunga   asosan   ta’limni   ongli
o’zlashtirish prinsipi bir tomondan o’quvchilarning mustaqil, aktiv fikr qilishlarini nazarda   tutsa,   ikkinchi   tomonidan   ularning   mustaqillik   va   faolligini
takomillashtirib borishni o’z ichiga oladi. O’quvchilar faolligi ta’lim jarayonidagi
emas,   balki   o’zlashtirilgan   ilmiy   bilim,   hosil   qilingan   ko’nikma   va   malakalarni
hayotga   qo’llay   olish   faoliyatini   ham   o’z   ichiga   oladi.   Tafakkur   qilish   fikrlash
operasiyalarida,   ya’ni   taqqoslash,   analiz,   sintez   qilish,   abstraksiya   va
umumlashtirishda   ko’rinadi.   Ongli   o’zlashtirish   prinsipi.   ta’lim   jarayonida
o’quvchilarning   mustaqil   olib   boradigan   ishlari   bilan   bevosita   bog’liqdir.   O’qish
jarayonida   mustaqil   ishlar:   kitob,   gazeta,   jurnal   materiallari,   spavochniklar,
tablisalar, kartalar  ustida ishlash, tabiiy fanlar ya’ni  matematika, fizika, biologiya
bo’yicha   mustaqil   amaliy   ishlar   va   laboratoriya   mashg’ulotlari   o’tkazish   muhum
ahamiyat kasb etadi.
Ta’limning ilmiy, tizimli va izchil bo’lish qoidasi.  
Maktabda   o’quvchilarga   beriladigan   bilimlar,   hozirgi   zamon   bilimlar   darajasida
bo’lishi,   o’quvchilarga   ularni   ma’lum   tizimda   berishni   talab   qiladi.   A.R.Beruniy
Bilish cheksiz, uzluksiz davom etadigan jarayon, ta’lim jarayonida o’quvchidarga
muayyan ilmiy bilimlar berish, ularni yangi - yangi bilimlar olishga undosh kerak
deb xisoblagan.
A.N.Farobiy   “Inson hayvonlardan aqli bilan ajralib turadi. Inson aqli bilan atrofni
o’rab turgan dunyoni anglaydi, buyum va hodisalarga ilmiy baho beradi”, -  degan.
“Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmag’ay”- degan Imom Al Buxoriy
Maktab ta’lim - tarbiya jarayonining hamma zvenosida izchillik katta ahamiyatga
egadir. Kundalik ta’lim jarayoni ham, sinf va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
ham   izchillaik   prinsipiga   amal   qilingan   taqdirdagina,   kutilgan   natijani   berishi
mumkin.
Maktab   o’quv   fanlari   tizimi    .     bir   qancha   didaktik   qoidalarga   asoslanadi.   Bu
didaktika   qoidalarda,   birinchidan,   umumiy   ta’lim   maktablarida   o’qitilayotgan
fanlarni   ma’lum   fan   tizimi   bilan   o’zaro   mustahkam,   ilmiy   bog’liq.   Ikkinchidan
fanlar   asosida   o’quvchilarning   bilish   qobiliyatlari   hamda   ijodiy   qobiliyatlarini
taraqqiy   ettirish   nazarda   tutiladi.   Shunga   ko’ra   tizimlilik   qoidasi   o’rganilgan   fan
asoslari va o’rganilayotgan fan asoslari bilan egallagan ko’nikma va malakalar bir - birlarining   davomi   bo’lmog’i   kerak.   Bu   bog’lanish   predmetlar   o’rtasida   ham
tizimlilikning bo’lishini talab qiladi.
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi.  
Bu qoida ta’limning ilmiylik qoidasi bilan mustahkam bog’langandir.
Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,
Yana oshirmoqqa aylagil shiddat, - degan M.Ulug’bek.
O’quvchilar bilim bilan qurollanar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli bo’lganini,
ishlab   chiqaruvchi   kuchlarining   qanday   taraqqiy   etganini,   texnika   va   iqtisod
sohasidagi   yangiliklar,   ilmning   borgan   sari   rivojlantira   borishni,   ilm   esa   o’z
navbatida   hayotni   yaxshilishga   yordam   berishini   biladilar.   Ilmning   rivojlanishida
tajribaning   roli   kattadir.   Ilmiy   nazariyalarning   haqqoniyligi   amaliyotda   sanaladi:
uni tajriba yo tasdiqlaydi yo inkor qiladi. Mana bu nazariya bilan tajriba o’rtasidagi
murakkab munosabatlarni o’quvchilar ilm asoslarini o’rganish jarayonida fahmlab
olishlari lozim. Ulug’lik gapda emas boshdan - oyoq, yarti ish ham yuzta gapdan
yaxshiroq degan Abdulqosim Firdavsiy.
O’quvchilar tomonidan matematika, fizika, biologiya, ximiya, astromiya va boshqa
tabiiy fanlardan o’zlashtirilgan nazariy bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar
o’quv   -   tajriba   kabineti   va   laboratoriyalari,   tajriba     yer   uchastkalari   va   ishlab
chiqarish mehnati jarayonida qo’llaniladi.
Sa’diy   Sheroziyning   fikricha:”   Ikki   toifa   odam   behuda   ishlab,   behuda   harakat
qilgan   bo’ladi:   biri   mulk   yig’ib   foydalanmagan   va   ikkinchisi   esa   ilm   olib,   amal
qilmagan odam. 
Harchand o’qibsan, bilimdonsan,
Agar amal qilmasang, nodonsan.
Ta’lim va tarbiyaning birligi qoidasi.
“Ta’lim   bilan   tarbiya   bir   -   biri   bilan   bog’liq   bir   butun   jarayon   ekanligini
ta’kidlaydi,   A.Avloniy.   U   yana   dars   va   tarbiya   orasida   bir   oz   farq   bo’lsa   ham,
ikkisi   bir   -   biridan   ayrilmaydurgan,   birining   vujudi   biriga   bog’langan   jon   ila   tan
kabidir”. Maktabda o’quvchi yolg’iz bilim, ko’nikma va malakalarni egallabgina qolmaydi,
balki   har   jihatdan   mukammal   tarbiyalanadi.   Maktab   o’quv   fanlarining   har   bir
mavzu   va  temachalar   ham   shubhasiz   tarbiyalovchi   harakterga   ega.   Shunga   ko’ra,
maktab ta’limi umuman har qaysi dars jarayoni alohida ikki muhim vazifani:
1. Ta’lim jarayonida o’quvchilarni yangi - yangi ilmiy bilimlar bilan qurollanadi.
2. O’zlashtirilgan ilmiy bilimlar asosida o’quvchilarda dunyoqarash va ma’naviy -
axloqiy tirbiya tarkib topishini o’z ichiga oladi. 
Ta’lim   va   tarbiyaning   birligi:   a)   o’zlashtirilayotgan   ilmiy   bilimlar   orqali
o’quvchilarda ilmiy materiallistik asosda dunyoqarash tarkib toptirish; 
b)   ta’limda   o’quvchilarga   muayyan   ma’naviy   -   axloqiy   sifat   normallarini
singdirish;
c) o’quvchilarning aqliy kamoloti hamda bilish qobiliyatlarini yanada rivojlantirib
borishni nazarda tutadi.
O’quvchilarda   ilmiy   dunyoqarash   tarkib   toptirish   murakkab   va   ko’p   qirrali
jarayonidir.   Maktab   ta’limida   tabiiy   fanlarni   -   matematika,   fizika,   ximiya,
biologiya   va   astronomiya   kabi   fanlarni   o’zlashtirish   orqali   dialektik   materializm
asosida dunyoqarashlar tarkib topadi.
Ta’limning ko’rsatmalilik qoidasi
“Xotirada   dalili   bor   hamma   narsalarni   yaxshiroq,   tezroq   va   o’ngay   eslab   qoladi”
degan A.R.Beruniy.
“Birdaniga   ko’p   sezgilar   yordamida   idrok   etish   mumkin   bo’lgan   narsalarni   iloji
boricha   bir   necha   sezgilar   ishtirokida   idrok   etish   lozim”,   deb   ko’rsatgan   Ya.A.
Komenskiy.   Mashhur   pedagog   K.D.Ushinskiyning   quyidagi   fikri   ta’limda
qimmatlidir.   “Siz   bolaga   qandaydir   bir   nechta   noma’lum   so’zni   o’rgating,   u   bu
so’zlarni   bilib   olguncha   uzoq   vaqt   ketadi   va   behuda   bosh   qotiradi,   lekin   suratlar
vositasida   o’rgatilganda,   yigirma   so’zni   o’quvchi   hash-pash   deguncha   o’rganib
oladi”.
Ko’rsatmalilik   qoidasi   ta’limning   yetakchi   qonun   -   qoidalarini   ham   amalga
oshirishda juda muhim didaktik masalalarni o’z ichiga oladi, ayniqsa:  1. Bayon qilayotgan temaning harakteriga mos keladigan ko’rsatma materiallardan
to’g’ri foydalanish.
2.   Ta’limda   qo’llaniliyotgan   ko’rsatma   materiallar   o’quvchilarning   yaqqol   va
kokret obrazli idrok qilishini ta’minlashi.
3.   Ko’rsatma   materiallar   orqali   o’quvchilar   obyektiv   borliqdagi   narsa,   xodisa   va
voqyealar   bilan,   ularning   xususiyati,   belgilari   va   bir   -   biri   bilan   bog’lanish
vositalari bilan tanishadilar.
4.   Ko’rsatma   materiallarining   ko’rsatmali   bo’lishi   ilmiy   bilimlarni
mustahkamlashini   ta’minlab   qolmay,   o’quvchilar   diqqatining   barqarorligini
oshiradi, ijodiy tashabbuslarining rivojlanishiga yordam beradi.
Ko’rsatma   qurollar   o’tilayotgan   mavzuning   hajmi,   harakteri,   mazmuni   va   sinf
o’quvchilarining   saviyasiga   qarab   xilma   -   xil   bo’lishi   mumkin.   Maktabda
qo’llaniladigan ko’rsatma materiallarni ikki guruhga ajratish mumkin.
1. Buyum va narsalarni aslicha tabiiy holicha ko’rsatuvchi materiallar: o’simliklar,
hayvonlar, gerbariylar.
2. Tasviriy ko’rgazma qurollar: rasm, surat, fotosurat, kinofilm, diafilm.
 a) Simvolik tasvirlanishni ko’rsatuvchi materiallar: geografiya va tarix qartalari.
b) Sxematik materiallar: sxema, tablisa, diagramma.
O’qituvchining   ta’limni   muammoli   tashkil   etishda   ko’rsatmalarining   o’rni   va
amaliy ahamiyati beqiyosdir. Ammo ba’zi o’qituvchilar ta’limda ko’rsatmalilikdan
foydalanishda   nuqsonlarga   yo’l   qo’yishadi.   Masalan,   tayyorlangan   ko’rsatmali
qurollardan   aniq   ta’limiy   maqsadni   nazarda   tutmaydi.   Yoki   ko’rsatiladigan   rasm
sxema   va   boshqa   tasviriy   materiallar   kichkina   barcha   o’quvchilar   yaxshi   ko’rib
idrok  qila  olishmaydi.   Shuning  uchun   ko’rsatmali  materiallar   chiroyli,  chizmalari
aniq   va   o’quvchilarning   bilish   qobiliyatlarini   rivojlantirishga   hamda   ta’limni
muammoli   o’zlashtirishga   amaliy   yordam   bermog’i   darkor.   Darsda   ta’limning
ko’rsatmali   tashkil   etilishi   o’quvchilar   tomonidan   o’zlashtirilayotgan
materiallarning   qiziqarli,   tez   va   ongli   o’zlashtirishga   hamda   mustaqilligini
rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi.
6. Bilimni puxta va mustahkam o’zlashtirish qoidasi. A.R.Beruniy   o’qitish   jarayonida   bolalarga   tushunarli   bo’lmagan   so’zlarni   quruq
yodlashga asoslangan ta’limni qattiq qoraliydi.
Puxta o’zlashtirishning harakterli belgisi bilimni mustahkam esga (xotirada) saqlab
qolinishdadir.   Puxta   o’zlashtirish   uchun   qaytarish   (takrorlash)   va   mashq   g’oyat
katta ahamiyatga ega. Qaytarishda faqat ilgari o’zlashtirilgan materiallargina esga
tushurilmay,   o’zlashtirgan   bilimlarning   noaniq,   tumanli   bo’lib   qolgan   tomonlari
oydinlashadi va to’ldiriladi. O’tilgan materialni qaytarish-xotirada qayta tiklash bir
necha yo’l bilan olib boriladi. Qaytarishning ahamiyati haqida A.R.Beruniy “Bilim
takrorlash va qaytarish mevasidir”.
Qaytarish turlari darsning qaysi bosqichida qo’llanishi mumkinligi va o’tilayotgan
mavzuning harakteriga bog’liqdir.
O’tilgan   mavzularni   asosiy   va   markaziy   masalalar   yuzasidan   qaytarishning
ahamiyati katta. Odatda bunday takrorlashlar bir qancha mayda temachalarni o’tib
bo’lgach,   temachalar   o’rtasidagi   bog’lanishlarni   aniqlash,   umumlashtirish
maqsadida qaytariladi.
Kudalik takrorlash. Har kuni har bir dars yuzasidan olib boriladigan takrorlashdir.
Takrorlashning ikkinchi turi maxsus takrorlashdir. Odatda bunday takrorlash katta
temalarni o’tib bo’lgach, shuningdek, ma’lum bir chorak ichida o’tilgan materiallar
yuzasidan   olib   boriladi.   Maxsus   takrorlashning   keng   tarqalgan   turi   o’quv   yili
oxirida alohida ajratilgan soatlarda o’tkaziladi.
7.   Ta’lim   jarayonida   o’quvchilarning   yosh   va   individual   xususiyatlarini   xisobga
olish va tushunarli qilib o’qitish qoidasi.
Ta’lim jarayonida har bir sinf o’quvchilariga xos umumiy xususiyatlarni ham shu
sinfdagi   har   qaysi   o’quvchining   individual   xususiyatini   xisobga   olgan   holda   ish
ko’rish  muhim  didaktik  ahamiyatga egadir.  Ibn  Sino, Beruniy  o’qitish  jarayonida
bo’lgan tushunarli bo’lmagan so’zlarni quruq yodlashga asoslangan ta’limni qattiq
qoralaydi. Beruniy yozadi: “Tushunish yodlashdan yaxshiroq va afzaldir”. Beruniy
pedagogik   g’oyalaridan   eng   muhimi   bilimni   puxta   va   mustahkam   egallash
zarurligidir.   “Bilimning   shunday   bo’lishi   kerakki,   u   yalang’ochligingda   ham
o’zingda   qolsin,   bilimingni   hammomdagi   qo’llik   ham   yuvolmasin”.   Bilimlarning o’quvchilarga   tushunarli   bo’lishi   ta’limda   samarador   bo’lish   uchun   Beruniy
quyidagilarga amal qilishni tavsiya etadi:
- sezgi organlarning ma’lumotlariga ko’ra... bilishni davom ettirish; 
- fanni o’rganayotganda fikrlash, xotiralab esga olish zarur;
-   o’rganiyotgan   ilmlarni   to’la   bilib   olish   uchun,   o’sha   ilmni   tashkil   etib   turgan
elementlarini puxta o’rganib chiqish;
-   bilishda   oddiydan   murakkabga,   ma’lumdan   noma’lumga,   yaqindan   uzoqqa,
osondan qiyinga, dalillardan xulosalarga qarab borish;
- uzoq o’tmishga oid bilimlarni o’rganishda shu ilm, fan tarixini o’rganish;
- hodisalarni, fan asoslarini bir-birlariga taqqoslashtirib, solishtirib har tomonlama
chog’ishtirb o’rganish va h.k.
O’quvchilarga   ta’lim   berishda   bayon   qilinayotgan   bilim   bolalarga   tushunarli
bo’lish   kerak.   Shu   bilimlarning   tushunarli   bo’lishi   uchun   ularning   yosh   va
individual xususiyatlari hisobga olinadi. Ana shuning uchun ham yangi bilimlarni
bayon   qilish,   o’tilgan   materialni   mustahkamlash,   uyga   vazifa   toptirish   ham,
mustaqil   ish   va   qo’shimcha   mashg’ulotlar   o’tkazish   paytida   bolalarning   yosh   va
individual xususiyatlarga amal qilinadi.
O’qitishning   bolalarga   tushunarli   bo’lishi   qoidasida   ta’limning   ikki   tomoniga
e’tibor beriladi.
1.   O’quv   materiallarining   harakteri-mazmuni   va   hajmi   shu   sinf   o’quvchilarining
yosh xususiyatlariga mos bo’lishi.
2. Sinf  uchun belgilangan bilim  hajmi  shu sinf o’quvchilarining saviyalariga mos
bo’lishi.
 Darsda berilayotgan bilimlarning bolalar tomonidan puxta o’qib olinishga erishish
uchun   mustahkam   rejaga   amal   qilinishi,   mazmuni   va   hajmi   to’g’ri   belgilangan
bo’lishi,   materiallardan   lo’nda   xulosalar   chiqarishi   materiallarning   ishonchli
bo’lishi uchun fakt, misol, dalillar keltirish – ko’rsatmali qurollardan foydalanish,
nutqning   ravon   va   tushunarli   bo’lishi,   materiallarning   turmush   bilan,
o’quvchilarning shaxsiy tajribalari bilan bog’lab olib borish talab qilinadi. Ta’limni   tushunarli   bo’lish   qoidasi   o’quv   ishlarini   osonlashtirib,   soddalashtirib
yuborishni rad etadi.
Mashhur   pedagog   Burxoniddin   Zarnudjiy   “O’quvchiga   ta’lim   yo’lida   qo’llanma”
asarida   “Har   biringiz   muruvvatni   egallashga   hayrixohlik   bilan   intiling,   biroq
bulardan eng dolzarbi, bu - kishilarda bilimlarni takrorlashdir. Sen bilimlarni faqat
mana   shu   olti   holatda,   o’zlashtirishining   zarur   bo’ladi”.   Bular:   aql   -   farosatlilik,
kuchli istak, chidamlilik, ozgina yeyimlik va ichimlik, o’qituvchi ta’limi va bilim
olish uchun yetarli vaqt.
Klassik pedagogik namoyondalar ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi yuzasidan
bir qator qoidalarni ishlab chiqqanlar. Ular “didaktik qoidalar” deb yuritiladi:
1. Osondan qiyinga qarab borish.
2. Ma’lumdan noma’lumga borish.
3. Soddadan murakkabga borish.
4. Yaqindan uzoqqa qarab borish.
Ya.A.Komenskiy   mazkur   qoidaga   ta’raf   berib   bunday   deb   yozgan   edi:   “O’quv
materiallarini   shunday   taqsimlab   chiqish   lozimki,   avval   bola   juda   yaqin   va   aniq
narsalarni,   so’ngra   uncha   uzoq   bo’lmagan   narsalarni,   keyin   uzoqroq   va   nihoyat,
eng uzoq narsalarni bilib olsin”.
Pedagogik mashq
Maktab tarbiyasida darsning ba’zi jihatlarini baholang. 
Boshlang’ich   sinf   o’qituvchisi   o’quvchilarda   matematika   fanidan   ilk   ma’lumotni
quyidagi   mazmunda   amalga   oshirdi.   Aziz   o’quvchilar   biz   nima   uchun
matematikani   o’rganamiz?   Matematikasiz   hayotni   tasavvur   qilish   mumkinmi?
Matematika   bizning   hayotimizda   qo’llanadimi?   kabi   savollar   bilan   o’quvchilarga
murojaat   qildi.   O’qituvchi   matematika   darsida   matematika   fani   haqida
o’quvchilardan   ilk   matematik   tasavvur,   tushuncha   va   bilimlarni   tarkib   toptirdi.
Masalan,   matematika   fani   1,2,3,4,5,6,7,8,9,10   shakldagi   sonlarsiz   o’rganib
bo’lmaydi.   O’qituvchi   kirish   suhbatida   shu   sonlarning   nomini,   aytilishi,   shaklini
bilmay   va   yozishda   qo’llanmasdan   hamda   amaliy   hayotga   tadbiq   qilmay   turib
inson hayotini qurish mumkin emasligiga kichik o’quvchilarni ishontirdi. Shuning uchun   biz   o’quvchilar   hozirdanoq   matematik   sonlarning   aytilishi,   yozilish   shakli
va   ularning   bir-biri   bilan   qo’shilishi   hamda   hosil   bo’ladigan   sonlarni   ilmiy
bilishimiz   shart.   Chunki   har   birimiz   bajaradigan   ishimizning   natijalarini   sonlar
vositasida hisoblab aniqlaymiz. Shuning uchun matematik sonlarni ongli, mustaqil
ravishda   o’zlashtirishimiz   darkor.   Buning   uchun   matematik   sonlarni   uzluksiz,
izchil,   tizimli,   ketma-ket   o’rganishimiz   kerak.   Agar   matematik   sonlarni   mustaqil
o’rganmasak   o’zimiz   bajargan   ishlarning   foydali   bo’lganligini   aniqlay   olmaymiz.
Ya’ni,   o’z   ishimizni,   hayotimizni   reja   asosida   qura   olmaymiz.   Sonlarni   ilmiy
bilish,   ularni   to’g’ri   aytish,   yozish   va   hisoblashni   bilishni   hayotning   o’zi   toqazo
etadi. Biz sonlar  bilan muomila qilish ko’nikmasiga ega bo’lishimiz kerak. Misol
uchun vaqt qancha bo’lganligini, ishni qancha vaqtda bajarish kabilarini bilishimiz
kerak va h.k
O’QITISH METODLARI VA    VOSITALARI
Metod   -   yunon   tilidan   olingan   bo’lib,   yo’l,   usul,   yo’naltiruvchi   uslub   degan
ma’noni beradi,  ya’ni maqsadga erishish yo’lidir
  Vosita   -   metodlarni   muvaffaqiyatli   amalga   oshirmoq   uchun   zarur   bo’lgan
yordamchi   o’quv     materiallari,   asbob-uskuna,     qurol,   apparat,   kompyuterlar   va
boshq.
O’tilgan   «Ta’lim   tamoyillari»   mavzusida   biz   quyidagi   tayanch   iboralarga
asoslanib mavzuni idrok etgan edik:
Qonuniyat;  ta’lim  qoidasi;    ta’limning ilmiyligi, tizimliligi;  ta’limda faollik
va boshqalar.  
Topshiriq:
1. Ushbu tushunchalarning mohiyatini ochib bering.
2. Ta’lim tamoyillarining mazmunini izohlab bering.
Yangi   mavzu:  Ta’lim   vetodi   deganda   ta’lim   jarayonida   o’qituvchi   va
o’quvchilarning   kutilgan   maqsadga   erishishga   qaratilgan   birgalikdagi   faoliyati
tushuniladi. Ta’lim usullari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining
qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini
belgilab beradi.   Ta’lim usullari     har ikkala faoliyatning a) o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni   bilim,   ko’nikma   va   malakalar   bilan   qurollantirish,   b)   o’quvchilar
tomonidan   berilayotgan   ilmiy   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   o’zlashtirish
faoliyatida   qo’llanadigan   yo’llarni   o’z   ichiga     oladi.   Ta’lim   berish   o’qituvchidan
izlanishni,   pedagogik   mahoratni   talab   qiladi.   Ilmiy   salohiyati     boy   bo’lgan
ustozgina   mavzuni   talabalarga   maxorat   bilan   yetkazib   beradi.   Mavzuning
maqsadiga qarab, ta’lim metodlarini tanlay biladi,   kerakli vositalardan o’z o’rnida
foydalaniladi. 
«Mеtоd»   so`zining   yunоnchа   tаrjimаsi   «tаdqiqоt,   usul,   mаqsаdgа   erishish   yo`li»
kаbi   mа’nоlаrni   аnglаtаdi.   Filоfоsiya   sifаtidа   ushbu   tushunchа   umumiy   tаrzdа
«mаqsаdgа erishish usullаri» 1
 dеya shаrhlаngаn.
     Ta’lim   metodi   ta’limning   maqsadi   va   vazifalariga   bog’liq.   Metodlar
o’quvchilarning yoshiga ta’limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi. 
Metodlarni   har   qanday   muammoni   uzatish   va   qabul   qilish   xarakteriga   qarab
quyidagi turlarga ajratish mumkin:
2-7.chizma
Ta’lim   mazmunini   o’zlashtirishda   o’quvchilarining   bilim   saviyasi,   o’zlashtirish
qobiliyati,   ta’lim   manbai,   didaktik   vazifalariga   qarab,   munosib   ravishda   quyidagi
metodlar qo’llaniladi: 
 ta’lim ning og’zaki metodi;
 ta’lim ning amaliy ishlar metodi;
 ta’lim ning ko’rgazmali  metodi;
1
 Философский словарь. 5-изд. //Под ред. П.Т.Фролова. – Москва, 1987. – с. 278. Ta'lim mеtodlari
So`z orqali ifodalanadigan 
mеtod
K o`rgazmali mеtod Amaliy mеtod  muammoli evristik modellashtirish metodi;
 -  o’qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodi;
 o’qitishning  induktiv  va  deduktiv  metodi;
 o’qitishda rag’batlantirish va tanbeh berish metodi;
 o’qitishda nazorat va o’z-o’zining nazorat qilish metodi.
Metodlar o’z navbatida guruhlarga bo’linadi. 
Ta’lim   metodlarini   solishtirib   o’rganish     maqsadida     quyidagi   shakldagi     T-
Chizmadan   foydalanamiz   (uning   mohiyati   va   qo’llanish   qoidalari   oldingi
mavzularda berilgan)
Ta’limning   og’zaki
metodlari Ta’limning   amaliy
metodlari Ta’limning   muammoli
metodlari
Afzalligi Kamchi l igi Afzalligi Kamchiligi Afzalligi Kamchilig
i
2-8.  chizma
O ’ quv   informatsiyasini   so ’ z   orqali   uzatish   va   informatsiyani   eshitish   orqali
qabul   qilish   metodlariga   nimalar   kiradi   va   ularga   qanday   talablar   qo ’ yiladi ?
Ta ’ limning   og ’ zaki   usullari   uch   turga   a )  o ’ qituvchining   hikoyasi ,   b )  suhbat ,   v )
maktab   ma ’ ruzasiga   bo ’ linadi .
Hikoya   usuli   boshlang’ich   sinflarda   ko’p   qo’llansa,   yuqori   sinflarda   ma’ruza
usuli ko’p qo’llaniladi. Ta’lim mazmuni notanish bo’lsa hikoya va ma’ruza usullari
qo’laniladi.   Ta’lim   mazmuni   o’quvchiga   qisman   tanish   bo’lsa   suhbat   usuli
qo’llaniladi.   Og’zaki   bayon   qilish   usulida   har   ikkala   faoliyatning   o’qituvchining
bayon qilishi va o’quvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab
ongli va mustahkam o’zlashtirishlari birligiga amal qiladi.
Hikoya   maktab   ta’lim   tizimida   eng   ko’p   qo’llanadigan   usul   bo’lib,   u   hamma
sinflarda   barcha   fanlarni   o’qitishda,     maktab   ta’limining   hamma   bosqichlarida
qo’llaniladi.   Boshlang’ich   sinflarda   bu   ancha   qisqa   va   aniq   bo’ladi,   sinflarning
o’rta   guruhiga   kelib   hikoya   ancha   kattaroq   hajmda   va   davomli   bo’ladi.   Yuqori
sinflarda hajmi katta bo’ladi, ma’ruzadagi kabi butun darsni band qilmaydi. Nutq   madaniyatini   o’stirishda   hikoyaning   o’rni   katta   bo’ladi.   Shu   jihatdan
o’qitishning og’zaki usullari ta’limda doimo eng ko’p qo’llaniladi
O’quv ma’ruzasi   - o’quv materialini og’zaki bayon qilish uchun muljallangan.
Uning  hajmi   hikoyadan  katta  bo’ladi.  O’quv  ma’ruzasi  dars   yoki   mashg’ulotning
barcha qismini egallab oladi. 
Ma’ruza   asosan   yuqori   sinflar,   kollej   va   oliy   o’quv   yurtlarida   qo’llaniladi.
Maktab ma’ruzasi  o’tilayotgan mavzuning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berish,
ulardan   ilmiy  xulosalar   chiqarish   va  umumlashtirish   yo’li   bilan   to’liq  mashg’ulot
davomida bilimlarni izchillik bilan bayon etishdir.
O’quv   materialini   og’zaki   bayon   qilish   usuli   bir   qator   didaktik   qoida   va
talablarga asosan qo’llaniladi.
1.Bayon   qilinayotgan   materiallar   g’oyaviy   jihatdan   mazmunli,   ilmiy   hamda
nazariyani amaliyot bilan bog’lashga qaratilgan bo’lishi kerak.
2.Bayon   qilinadigan   materiallarning   tarbiyaviy   ahamiyatini   to’g’ri   ko’rsatish
orqali o’quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish.
3.Bayon qilishda o’quvchining nutqi yagona manba hisoblanadi va u nihoyatda
katta ahamiyat kasb etadi.
4.Bayon   qilishda   o’qituvchi   ishlatadigan   ta’riflar,   qoida   va   qonunlar   kitob
matnidan farq qilishi, mazmuniga mos bo’lishi kerak.
Qanday   hollarda   suhbat   usuli   qo’llaniladi?   Uni   qo’llashda   qanday
qoidalarga amal qilish lozim?
Suhbat usuli  - savol javob usuli deb ham yuritiladi.
O’quvchilar   darsga   yetarli   darajada   tayyor   bo’lsa   o’qituvchi   rahbarligida
muammoli   savollarga   javoblarni   o’zlari   axtarib   topadigan   suhbatlar   maqsadga
muvofiqdir. Bunday suhbatlar evristik izlanish, axtarib topish xarakterida bo’ladi.
O’qitish   jarayonida   o’rganilayotgan   mavzu   yuzasidan   kirish,   asosiy   va
yakunlovchi suhbatlar ham qo’llaniladi.
Suhbatlar   ayniqsa,   o’qitishning   tarbiyalovchilik   xarakterida   dunyoqarash,
e’tiqodni   tarkib   toptirishda   qo’l   keladi.   Suhbatlar   butun   sinf   hamda
o’quvchilarning ayrim guruhlari bilan ham o’tkaziladi. Suhbatlar  orqali  a) o’quvchilarning o’z hayotlarida uchratgan voqea hodisalar
yuzasidan   savollar   berish   orqali   o’quvchilarning   mustaqil   fikr   qilishlarini   amalga
oshiradigan holatlarga e’tibor  qilish,   b) o’quvchilarning ilgari o’rgangan tayanch
bilimlarini   esga   tushirishga   erishish   lozim,   suhbat   usuli   bilan   ish   ko’rganda
o’qituvchi quyidagilarga amal qilishi lozim:
1.O’qituvchining suhbat uchun tayyorlab kelgan savollari sinf o’kuvchilarining
hammasiga taalluqli bo’lib so’roq o’rtaga tashlanishi kerak.
2.O’quvchilardan biri javob berish uchun chaqiriladi.
3.Sinfning   hamma   o’quvchilari   javob   berayotgan   o’quvchini   qunt   bilan
tinglashi,   uning   javobini   to’ldirishi,   tuzatishi,   oydinlashtirishga   yordam   berishini
ta’minlashi kerak.
4.O’quvchilarning   javobi   qay   darajada   to’g’ri   -   noto’g’ri   bo’lishidan   qat’iy
nazar o’qituvchi tomonidan izohlanishi, yakunlanishi va baholanishi zarur.
Ta’lim  jarayonida      turli   ko’rgazmali  qurollardan    foydalanishga   harakat  qilamiz.
Xo’sh,   ushbu   o’quv   informatsiyasini   ko’rgazmali   uzatish   va   ko’rish   orqali
qabul   qilish   metodining   ahamiyati   qanday?   Ko’rgazmalilikning   qanday
turlari mavjud?  degan savollarga javob topishga harakat qilaylik. 
Ko’rgazmali   usulning   muhimligi   o’rganilayotgan   narsa   va   hodisalarni   hissiy
idrok   etishga,   ularni   kuzatib   mushohada   qilishga   o’quvchini   undash,   mantiqiy   va
nazariy elementlarning birligiga ishonch hosil qilishga, nihoyat nazariy bilimlarni
amaliyotda qo’llay olishga o’rgatishdan iborat.
Ta’limda   ko’rgazmalilik   usuli   namoyish   etish,   ilyustratsiya   va   ekskursiya
tariqasida olib boriladi.
Ta’lim   jarayonida   namoyish   etish   usulidan   foydalanish   asosiy   materialning
xarakteriga - mazmuni, shakli va hajmiga bog’liq. Bu xarakter ikki turlidir.
Aslicha ko’rsatilishi   mumkin bo’lgan buyum va narsalar: o’simliklar, ularning
tarkibi, hayvonlar, ma’danlar, kolleksiyalar, asbob va mashinalar, modellar va h.k.
Tasviriy   ko ’ rgazmali   materiallar   ikkiga   bo ’ linadi .   A )   buyum ,   narsa ,   hodisa   va
voqealarning   tasvirini   ifodalovchi   materiallar ,  rasm ,  surat ,  fotosurat ,  diafilm   va   h . k .
B )   buyum ,   narsa ,   voqealarning   biror   shartli   belgisi   orqali   ifodalangan   simvolik   va sxematik   tasviriy   materiallar   geografiya   v   tarix   kartalari ,   chizmalar ,   jadvallar ,
diagrammalar   va   h . k .
Tasviriy   ko ’ rgazmali   materiallar   turliligi   har   xil   qo ’ llashni   talab   etadi .  Masalan ,
1.  Buyum   va   narsalarni   tabiiy   holda   ko ’ rsatishni   ikki   usulda   namoyish   etiladi .
a )   o ’ tilayotgan   mavzuga   oid   badiiy   ko ’ rgazma   materiallari   o ’ quvchi   bayon
qilayotgan   bir   vaqtda  ( faqat   o ’ qituvchi   ko ’ rsatadi ).
b )  tabiiy   ko ’ rgazmali   materiallarning   soni   yetarli   bo ’ lsa   ular   har   bir   o ’ quvchiga
tarqatib   beriladi .
2.   Tasviriy   ko ’ rgazmali   materiallarning   har   ikkala   turini   ham   ikki   xil   usulda
olib   borish   mumkin .
a )  ko ’ rgazmali   materiallarni   o ’ qituvchi   namoyish   etadi .
b) ko’rgazmali materiallar o’quvchiga tarqatiladi.
O’qitilayotgan mavzuning xarakterini hamma vaqt sinfda ochib bo’lmaydi. Bu
holda   nima   qilish   kerak?   Ekskursiya   metodidan     foydalanish   mumkin.
Mavzuni   ekskursiya   usuli   bilan   ham     ko’rsatish   mumkin.   Bu   usulda
o’rganilayotgan narsa hodisalarni tabiiy sharoitda zavod, fabrika, tabiatda, muzey,
ko’rgazmalarda   tashkiliy   ravishda   ko’rsatiladi.   Agar   ko’rsatilayotgan   joyda
o’tilayotgan mavzu mazmunini keng ochib  berish  imkoni  bo’lsa,  buni o’qituvchi
oldindan   borib   kuzatib   keyin   o’quvchilarni   olib   boradi,   ekskursiya   usulidan
foydalanadi,   o’quvchilar   ekskursiya   davomida   ob’ekt   ustidan   ma’lumotlarni
eshitish   yoki   kuzatish   bilan   chegaralanmasdan   zarur   materiallarni   yozib   oladilar,
rasmini chizadilar, o’lchash, hisoblash ishlarini olib boradilar.
O’qituvchi   ekskursiya   oxirida   mulohaza   va   fikrlarni   umumlashtirib,   xulosa
chiqaradi va mashg’ulotni yakunlaydi.
Ta’limning amaliy metodlari ni qo’llash o’quvchilarga nimalar beradi?   
O’quv informatsiyasini  amaliy mehnat  harakatlari  orqali  berish (amaliy metodlar,
mashqlar,   laborotoriya,   ishlari,   dastur   tuzish,   pedagogik   masalalarni   yechish,
mehnat harakatlari  va boshqalar) Ta’limning   amaliy   usullari   doirasi   keng.   Bu   usullarga:   yozma   mashq,   tajriba ,
laboratoriya   xarakteridagi   mashqlar,   mehnat   topshiriqlarini   bajarish   kabilar   misol
bo’ladi.
Yozma   mashqlar   jarayonida   olingan   nazariy   bilimlar   bevosita   amaliyotda
qo’llanadi.   Mashq   qilish   davomida   ilmiy   bilim   va   ma’lum   ish   harakat
o’zlashtiriladi,   takomillashadi,   ular   aniq   o’quv   fanining   xarakteri   hisobiga
maqsadli,   rejali   tarzda   amalga   oshadi.   Mashq   davomida   har     bir   mashq   e’tiborga
olinadi.   Masalan,   ona   tilidan   grammatik   tahlil,   matematikadan   misol,   masala
yechish,   tabiiy   fanlardan   ximiyaviy   tenglamalar   tuzish,   koeffitsentlar   tanlash,
masala   yechish,   o’simlikllarni   turlarga   ajratish   va   h.k.   Mashq   davomida   ilgari
egallangan bilim, ko’nikma, malakalar, qonunlar faoliyatga tadbiq etiladi.
O’quvchilarning   o’zlashtirilgan   ko’nikma   va   malakalarni   mustahkamlash
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish asosida mashq qilishda
 mashq uchun berilgan topshiriqning maqsadi o’kuvchilarga aniq tushuntirilgan
bo’lishi;
 mashq   ustidan   sinf   o’quvchilar   jamoasi   va   har   qaysi   o’quvchilarning   shaxsiy
intilish, qiziqishini hisobga olishi;
 topshiriq   butun   sinf   o’quvchilarining   aktiv   faoliyatini   ta’minlaydigan   bo’lishi
va mashqni belgilangan vaqt ichida bajarishi talab etiladi.
Mashq   qilishda   o’quvchilarning   yozma,   ijodiy   mashqlari   alohida   o’rin
egallaydi.
Yozma   ijodiy   mashqlar   ona   tili,   adabiyot,   tarix,   geografiya   fanlarida   ham
qo’llaniladi. Ular insho, va’z, referatlar yozish kabilarda o’z aksini topadi. 
O’quvchilarning yozma grafik ishlari rasm solish, xaritalar chizish, chizma va
sxemalar   ishlash,   jadval,   diagramma,   grafik,   plakat,   albom,   stendlar   ishlash,
laboratoriya mashq ishlari, tajribalar o’qitish jarayonida o’quvchilarga atrofni o’rab
olgan   ob’ektlarni   borliqdagi   narsa   va   hodisalar,   ularning   shakli,   hajmi,   tarkibi,
tuzilishi,   o’zgarish   va   rivojlanishi   qonuniyatlari   haqida   yangi   bilim   beradi.   Bu
usullar o’quvchilar bilan yoppasiga va alohida ish olib boriladi. Amaliy   mashg’ulotlar   o’quvchilarga   umumiy   politexnik   ta’lim   berish   va
mehnat   malakasi   bilan   qurolantirishda   asosiy   usul   bo’lib   xizmat   qiladi.Bunga
misol tariqasida quyidagi testni qarab chiqsak.
Pedagogik test:
1.  Faraz qiling: Siz teatrda o’tiribsiz. Teatr artistlari o’z rollarini qoyilmaqom qilib
ijro etishmoqda. Siz bexosdan qarsak chalib, «bravo»-deb xitob qilganingizni ham
sezmay   qoldingiz.   Xitobingizni   qarsak   bilan   tasdiqlamoqdasiz.   Qarsak   chalish
jarayonida   qaysi   panjangiz   yuqorida   joylashganiga   e’tibor   qiling.   Agar,   masalan,
o’ng panjangiz yuqorida joylashgan bo’lsa, unda biron varoqqa «O’» deb belgilab
qo’ying,   yoki   aksincha   chap   panjangiz   yuqorida   joylashgan   bo’lsa   «Ch»   deb
belgilang.
2. Fransuz imperatori Bonapart Napoleon mushkul vaziyatda qo’llarini chalishtirib
mushohada qilishni yoqtirar edi. Faraz qiling: Siz ham chuqur o’yga cho’mdingiz,
yoki   kimnidir   kutmoqdasiz.   Shu   paytda   qo’llaringizni   chalishtirdingiz.   Bunda
qaysi qo’lingiz dominantalik qilmoqda? Masalan, chap qo’lingiz o’ng qulingizning
ustida joylashgan bo’lsa, varoqqa «Ch» deb belgilaysiz va aksincha. 
3.Ma’ruzaga kechikkan talaba ko’p hollarda eshik tirqishidan mo’ralaydi. Shunday
vaziyatlarda   Sizning   qaysi   ko’zingiz   dominantalik   qiladi?   «Ch»   yoki   «O’»
ekanligini belgilang.
  Test xulosasi : Varoqdagi «O’» yoki «Ch» harflarining belgilanishiga qarab,
insonning   chap   yoki   o’ng   miya   yarim   sharlari   faoliyatini   aniqlash   mumkin.
Ma’lumki, insonning o’ng qo’li, o’ng ko’zi, ung oyog’i va boshqa o’ng tomonlari
xatti-harakati   uchun   chap   miya   yarim   shari   javob   beradi   va   aksincha.   Masalan,
Sizning   javoblaringizda   «Ch»   harfi   ko’p   belgilangan   bo’lsa,   unda   Sizning   o’ng
miya yarim shari faoliyatingizda dominantalik qiladi va aksincha. 
O’qitishning reproduktiv metodini qachon qo’llash mumkin?  
Bu   usullar   o’quvchilarning   yangi   tushuncha,   hodisa   va   qonunlarni   bilishdagi
ijodiy   faolliklari   darajasini   baholash   asosida   qismlarga   ajratiladi.   Reproduktiv
usullar   o’quvchilarning   o’quv   materiallarini   mustahkamroq   eslab   qolishlarini ta’minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash
uchun amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo’llaniladi .
Reproduktiv   usullar   -   o’quv   materialining   mazmuni   asosan   axborot   xarakterida
bo’lsa,   amaliy   harakatlarning   usullarini   ta’riflasa,   o’quvchilarning   bilimlarini
mustaqil  qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa,  vaziyatlarni hal  qilish
uchun tayyor bilimlar yo’q bo’lsa samarali qo’llanadi.
Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda o’quvchilar
ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo’llaydi.
Muammoli   ta’lim   nima?     Qanday   qilib     muammoli   vaziyat   yaratish
mumkin ?
Muammoli   deyilganda   o’quv   materialini   o’quvchilar   ongida   ilmiy   izlanishga
o’xshash   bilish   vazifalari   va   muammolari   paydo   bo’ladigan   qilib   o’rganish
tushuniladi.
O’quvchilarning   fikrlash   faoliyatida   mantiqiy   to’g’ri,   ilmiy   xulosalarni   izlash
va o’zlashtirishga rag’batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi.
Har qanday ta’lim o’quvchi uchun muammolidir. O’quvchi ongida muammoli
vaziyatni   vujudga   keltirish,   o’quvchining   faol   fikrlash   faoliyati   o’quv   materialini
puxta   o’zlashtirib   olishlari   haqida   sharq   pedagoglari   qimmatli   fikrlar   aytib
o’tganlar.
Mutafakkir   Abu   Rayxon   Beruniy   (937-1048)   didaktik   qarashlarida
o’quvchilarni   o’qitish   hamda   tarbiyalash   jarayonida   birinchidan   turli   mavzularda
mulohazalar yuritishni, o’quvchining zerikmasligini, zo’riqmasligini ta’kidlagan.
Muammoli vaziyatda:
 o’quvchi   uchun   bilish   qiyinchiligiga   ega,   ya’ni   o’rganilayotgan
muammo ustida fikr yuritish;
 o’quvchilarda bilishga qiziqish o’yg’otish;
 tahlil     jarayonida   o’quvchilarning   avvalgi   tajribasi   va   bilimiga
suyanish.  T a’lim   jarayonida   muammoli   vaziyatni   vujudga   keltirish,   undan   foydalanish
usullarini   yaratish,   ta’lim   tizimining   har   bir   bosqichida   o’rganiladigan   fanlarga
xosdir.
Muammoli   vaziyat   fanning   mazmuni   o’ziga   xos   xarakter   xususiyatlari,   uni
o’rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi.
T a’lim   jarayonida   o’qitishning   induktiv   va   deduktiv   usullariga   ehtiyoj
sezilmoqda.   Q anday holda induktiv va deduktiv usullar qo’llaniladi?   Ayniqsa
deduktiv   o’qitishga   talab   va   e’tibor   kuchaydi.   Bu   usulda   tafakkur   qilish   katta
samara   beradi.   Induktiv   yoki   deduktiv   usullarni   qo’llash   o’rganilayotgan   mavzu
mazmunini   ochishning   ma’lum   mantiqini   -   xususiydan   umumiyga   yoki
umumiydan xususiyga o’tishni tanlashni anglatadi.
Induktiv   usullar   texnik   qurilmalarni   o’rganishda   va   amaliy   topshiriqlarni
bajarishda keng qo’llaniladi.
Deduktiv usul   o’quv materialini tezroq o’tishga yordam  beradi, tafakkurni bir
muncha faol rivojlantiradi.
Nazariy   materialni   o’rganishda   anchagina   umumiy   holatlardan   ayrim
oqibatlarni     aniqlashni   talab   qiluvchi   masalalarni   yechishda   deduktiv   usulni
qo’llash ayniqsa foydalidir.
Jeff   Halstead   fikricha:     “Agar   sinfning   katta   qismida   o`zlashtirish,   bilim   va
ko`nikmalar   yetishmayotgan   bo`lsa,   u   holda   butun   guruhni   oldinga
harakatlantirish faoliyati bilan ta’minlash mumkin. Agar o`zlashtirolmaydiganlar
qismi   kamroq   bo`lsa,   unda   o`qituvchi   ularni   tabaqalashtirish   orqali   bir   xil   bilim
darajaga ega bo`lgan yoki  bir xil  konseptual  akl atrofida bo`lganlarni  ajratilishi
mumkin.
O`qituvchilar toki o`z o`quvchilarini omadini guvohi bo`lmagunlaricha dars bilan
birga   oldinga   intilmaydilar.   Ular     shuningdek,   yordamga   muxtoj     talabalarga
yordam   berish     g`oyasini   amalga   oshirishlari   kerak   bo`ladi.   Agar   o`quvchilar
darsga   yoki   oldindagi   ishlarga   tayyor   bo`lishmasa,   ular   o`zlari   uchun kurashishlariga   to`g`ri   keladi,   extimol   muvaffaqqiyat   o`z   salohiyatlarini
ko`rsatishar” 1
Ta’limda   rag’batlantirish     va   tanbeh   berishning   qanday   turlaridan
foydalaniladi?
1. Ta’limga qiziqishni  ragbatlantirish  metodi.
2. Ta’limga burch va mas’uliyatni rag’barlantirish metodi.
O’quv faoliyatini rag’batlantirish deb kishining aktiv faoliyatiga bo’lgan tashqi
mayliga   aytiladi.   Shu   sababli   rag’batlantirish   o’qituvchi   faoliyatining   omili
hisoblanadi.
Rag’batlantirish   kishining   ichki   mayliga   ta’sir   qilganda   real   maqsad   sari
undaydigan   kuchga   aylanadi.   O’qishga   qiziqishni   rag’batlantirish   turlaridan   biri
o’qishda   ma’lum   qiyinchilik   sezayotgan   o’quvchilarga   muvaffaqiyatli   sharoit
yaratishdir.
Rag’batlantirish   va   tanbeh   berish   usullari   o’ziga   xos   xususiyatlarga   ega.
Rag’batlantirish: baho bilan, imo - ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi.
O’qishga doir tanbehlar dars paytida, og’zaki tanbeh berish, bahosini pasaytirib
qo’yish, ish daftariga yozish, xatolarni ko’rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi.
Maktabda o’quvchiga tan jazosi berish, o’zlashtirmagani uchun haqorat qilish,
shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so’kish aslo mumkin emas.
           Ta’limda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlarining zarurati
nimada va uning qanday turlari bor?
1. Og’zaki nazorat va  o’z-o’zini  nazorat qilish.
2. Yozma nazorat va o’z-o’zini nazorat  qilish .
3. Laborotoriya - amaliy nazorat va o’z-o’zini nazorat.
4. Test nazorati (kartochkalar tarqatiladi). 
O’qitish   tizimida   nazoratning   zarurligi   shundan   iboratki,   butun   o’quv   yurtlari
tizimiga   samarali   ishlayotganligi   haqida   axborot   olishga   bo’lgan   ijtimoiy   ehtiyoj
hisobga olinadi.
1
 
   Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.74-75b. Nazorat   maktabdagi   o’qitish   jarayoniga   xos   bo’lgan:   ta’limiy,   tarbiyaviy,
rivojlantirishdek asosiy vazifalarni bajaradi. Nazoratni quyidagi turlarga bo’lamiz.
Og’zaki   nazorat   -   yakka   va   guruhiy   so’rash   yo’li   bilan   amalga   oshiriladi.
Alohida   so’rashda   o’qituvchi   ma’lum   vaqt   davrida   o’quvchilar   tushuncha,   qonun
nazariya   holda   dalillarni   qay   darajada   egallaganliklarini   aniqlaydi.   O’quvchilar
bilimi ona tili, matematika, fizika, kimyo fanlarida yozma tarzda ham baholanadi.
Yozma   ishlar   turli   davomiylikka   ega .  Ayrim   vaqtda   qisqa ,  ayrimda   esa   to ’ la
dars   davomida   yozma   ishlar   o ’ tkaziladi .   Yozma   nazoratda   baholar   ob ’ ektiv
bo ’ lishi   va   o ’ quvchilarning   tipik   xatolari   aniqlanib   kelgusida   ularning   bartaraf
etilishi   belgilab   olinadi .   O ’ z   -   o ’ zini   nazorat   qilish   o ’ quvchilarning   o ’ quv
faoliyatini   muhim   elementidir .   Nazorat   kelgusidagi   ishlarga   reja   tuzish   nimalarga
e ’ tibor   berish   kerakligini   aniqlab   beradi .
Ta ’ lim   maqsadini   muvaffaqqiyatli   amalga   oshirish   yo ’ lida   ta ’ lim   vositalaridan
foydalaniladi . 
Ta’lim shakllarining tarixan paydo bo’lishi.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy
tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo’lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda
ta’lim   berish   ishlarini   odamlarning   mehnat   faoliyati,   turmush   tarzi   bilan   uzviy
bog’langan hamda bilim berish, o’rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.
Davr   o’tishi   bilan   ko’pchilikka   bilim   berish   ehtiyoji   paydo   bo’ladi,   ta’lim
tizimi mazmuni, bilimlarni murakkablashuvi bolalarni guruh - guruh qilib, to’plab
o’qitishni   taqazo   qilgan   hamda   ta’lim   bilan   shug’ullangan   mutaxassislar   -
o’qituvchi tayyorlash zaruriyati kelib chiqadi.
Shu   davrda   dars   va   sinf   -   dars   tizimi   paydo   bo’la     boshlaydi.   Xalq   orasida
hayotiy   tajribaga,   bilim   va   tarbiyaga   ega   bo’lgan   kishilar   murabbiy,   o’qituvchi
bo’lib faoliyat ko’rsatadi.
Xalqimiz   tarixiga   nazar   tashlar   ekanmiz,   maktab   va   madrasalarda   yoshlarga
bilim   berish   bilan   shug’ullanganligi   "Avesto"   va   boshqa   tarixiy   manbalardan
ma’lum.   Ammo   qadim   davrlardan   ta’limni   qat’iy   chegaralangan   vaqtda   bir   xil yoshdagi   bolalar   bilan   olib   borish,   ta’lim   mazmunini   bosqichma   -   bosqich   berish
masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.
Forobiyning   "Fan   va   aql   zakovat"   asarida   o’quv   fanlarini   guruhlarga   bo’lib
o’qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan.
Sinf-dars   tizimini   didaktik   talablar   asosida   yaratishda   buyuk   chex   pedagogi
Yan   Amos   Komenskiyning   xizmatlari   katta,   uni   sinf   -   dars   tizimining   asoschisi
sifatida butun dunyo tan olgan.
A.Ya.Komenskiy   "Buyuk   didaktika"   asarida   o’quv   mashg’ulotlarini   guruh
shaklida   tashkil   etish,   o’quv   yili   va   o’quv   kunini   bir   vaqtda   boshlash,
mashg’ulotlar orasida tanaffuslar berilishi, guruhdagi bolalarning yoshi va soni bir
xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar diqqatini to’plash,
materialni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini
nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.
«Ta’limni   tashkiliy   shakllari»     mavzusiga   klaster   tuzamiz.   (Uning   qoidalari
oldingi mavzularda tushuntirilgan)
 Biz hammamiz  sinf-dars tizimida o’qiganmiz. Xo’sh, bu tizimning   mohiyati
nimadan iborat va u qanday tuzilishga ega?
Ta’limning   maqsadi   -   mustaqil   jamiyatimizning   ravnaqiga   nazariy   va   amaliy
hissa qo’sha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.
Ta’limning   vazifasi   -   yosh   avlodni   ilmiy   bilimlar,   ko’nikma   va   malakalar
tizimi bilan qurollantirish.
Darsning   maqsadi   -   o’qituvchining   rejalashtirgan   aniq   bir   mavzusini
o’quvchilarga   bildirishi   va   o’quvchilar   o’zlashtirgan   bilim,   ko’nikma   va
malakalarni tekshirib ko’rish hamda  yangi mavzuga zamin yaratish .
Darsning   mazmuni   -   uni   o’qituvchi   tomonidan   rejalashtirilgan   tugal   ma’noga
ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa
va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf   -   deganda,   yoshi   va   bilim   darajasi   bir   xil   bo’lgan   o’quvchilar   guruhi
tushuniladi. Dars   -   aniq   maqsadni   ko’zlab   belgilangan   vaqtda   bir   xil   yoshdagi   o’quvchi,
yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotlardir. Dars -  o’z
oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Darsning   maqsadi,   mazmuni,   hajmi   ta’lim   standartlari   asosida   belgilanadi .
Dars   o’quv   ishlarining   asosiy   tashkiliy   shakli   ekan,   bu     jarayonda   quyidagilarga
amal qilinishi lozim:
- Har bir sinfda o’quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lishi lozim.
- Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak.
- Dars o’qituvchi  rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar  bilan
ishlash shaklida olib boriladi.
-   Dars,   o’quv   fanining   xarakteri,   o’qitilayotgan   materialning   mazmuniga
qarab   turli   usullar   va   vositalarda   olib   boriladi   hamda   ta’lim   tizimining   bir   qismi
sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni o’zlashtirmoq uchun zamin
yaratadi.
Shuni   unutmaslik   kerakki,   ta’lim   ishlari   darsdan   tashqari   ham   to’garak,
ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Dars   oldiga   qanday   talablar   qo’yiladi?   Ularning   mohiyati   nimadan
iborat?
Har bir dars oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:  a)   tarbiyaviy talab, b) didaktik
talab,  v) tashkiliy talab.
Darsga qo’yilgan  didaktik talablar  sirasiga quyidagilar  kiradi:
1. Har   bir   dars   aniq   maqsadni   ko’zlagan   holda   puxta   rejalashtirilmog’i   lozim .
Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars
bosqichlarini,   ya’ni   qanday   tamomlash,   ko’rgazmali   materiallardan   foydalanish
kabilarni oldindan hal qilib oladi.
2. Har   bir   dars   aniq   g’oyaviy   mafkurafiy   izlanishga   ega   bo’lishi   lozim .
O’qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog’i lozim.
3.Har   bir   dars   maktabning,   ijtimoiy   muhitning   imkoniyatini   hisobga   olgan
holda   amaliyot   bilan   bog’lanmog’i,   ko’rsatmali   vositalar   bilan   jihozlanmog’i
lozim. 4.Har   bir   dars   xarakteriga   mos   usul,   uslub   va   vositalardan   samarali
foydalangan holda tashkil etilishi lozim.
5. Dars   uchun   ajratilgan   soat   va   daqiqalarni   tejash   va   unumli   foydalanish
darkor.
6.Dars   jarayonida   o’qituvchi   va   o’quvchi   faol   munosabatda   bo’lishi   lozim,
o’quvchi-talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7.Mashg’ulotlar   butun   sinf   bilan   va   har   bir   o’quvchi   bilan,   ularning   shaxsiy
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi kerak.
8.O’qitilayotgan   mavzuni   mazmuniga   bog’liq   holda   mustaqil   yurtimizdagi
o’zgarishlardan talabalarni xabardor qilish.
9.Darsda prezidentimizning ta’lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo’lgan
yoshlarimizga,   farzandlarimizga   qarata   qilgan   murojaatlaridan   o’z   o’rnida
foydalanish.
Dars bilim va ko’nikma, malakalar bilan o’quvchilarni qurollantirishda asosiy
rol o’ynaydi. Shu sababli o’quv mashg’ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi
dars o’tish uchun sarflanadi. 2-9.chizma
Darsga qo’yilgan tashkiliy talablar:
1. Dars uchun puxta o’ylangan konspekt yoki reja tuzish ;
2. Darsning   logikasiga   (dars   etaplarining   o’zaro   bog’liqligi,   darsda
amalga oshiriladigan ishlar; o’quv topshiriqlarining o’zaro aloqadorligiga)
rioya qilish;
3. Dars tempini o’quvchilarning  tayyorgarligiga moslashtirish;
4. Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish;
5. Darsda ongli intizomni tashkil etish.
Dars tiplari nima, ular qanday tiplarga ajratiladi? 
Dars   turlari   -   darsning   maqsadi   va   mazmuni,   o’quvchining   yosh   xususiyatiga
qarab,   darsning   tuzilishi   har   xil   bo’ladi.   Endi   biz   darsning   yanada   ravshanroq
ko’rsatib berish maqsadida darsni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularni tuzilishi
bilan tanishamiz.  Dars qanday tiplarga ajratiladi? Darsga 
qo`yilan
 tarbiyaviy 
talablar:	
Darsda 	
o’rganiladigan	
 o’quv materiallari 	
bo	’yicha	
 tarbiyaviy
 xulosalar
 chiqarish	
Nazariy bilimlar
 asosida ilmiy 
Dunyoqarashni
 shakllantirish	
Bolalarda o	’qishga	
 oid ijobiy motiv-
larni  uyg	’otish	,	
 bilish	, o’qish	-	
o’rganishga havas	,	
 ishtiyoq	, qiziqishni	
 shakllantirish	
Dars jarayonida 
pedagogik takt 
qoidalariga 
rioya qilish Ular quyidagilarga ajratiladi.
1.Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo’lish.
2.Darslarni o’qitish jarayonining analiziga qarab turlarga bo’lish.
3.Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish.
Dasrlarni turlarga ajratishda birinchi qoida eng ob’ektiv va ma’quldir. Darsning
mazmuni dasturda ko’rsatilgan bo’ladi.
Darslarni saralash dars tuzilishini bilishimizga o’rganishimizga yordam beradi. 
Ta’lim tizimida tajribadan o’tgan dars turlari quyidagilardan iborat.Dars
turlari
Dars
turlari	
Yangi	
bilimlarni
bayon
qilish
darsi
Yangi	
bilimlarni
bayon
qilish
darsi	
O	’quv	
m	ateriallarini
mustahkam	-	
lash
darsi	
O	’quv	
m	ateriallarini
mustahkam	-	
lash
darsi	
Takrorlash	
va	
bilimlarni
umumlash	-	
tirish
darslari	
Takrorlash	
va	
bilimlarni
umumlash	-	
tirish
darslari	
Dars	jarayoni	-	
da	pedagogik	
takt	
qoidalariga
rioya	qilish	
Dars	jarayoni	-	
da	pedagogik	
takt	
qoidalariga
rioya	qilish	
Dars	turlari	
uyg	’unlash	-	
gan	
(aralash	)	
darslar	.	
Dars	turlari	
uyg	’unlash	-	
gan	
(aralash	)	
darslar	.
2.10.chizma
Yangi   mavzuni   o’tish   darsida   yangi   mavzuni   o’tish   kerak   ekan   deb   mashq
qildirish   yoki   o’tgan   mavzularni   qaytarish   mumkin   emas   deganlari   noto’g’ri.
O’quvchilarga   biron   nazariy   mavzuni   amaliyotga   tadbiqini   o’rgatganimizda,   shu
ishni   qanday   bajarilishini   o’quvchilarning   o’zlariga   taklif   etamiz.   Bu   ishlarni   bir
necha   bor   o’zlari   sekin   -   asta   shu   ishni   bajarishga   ko’nikma   hosil   qiladilar.
Shunday qilib oxirgi tegishli natijaga erishamiz.
O’tilgan   mavzuni   qaytarish   mashq   qildirish   darsi   o’qitilgan   bilimlarnigina
emas   o’rgatilgan   ishni   qaytarish,   mehnat   malakalarini   beradigan   malakalarni
o’tkazishdan iborat bo’lmog’i lozim.
O’quvchining   bilimi,   malaka   va   ko’nikmalarini     tekshirish   va   ularga   baho
berish   darsi   bunda   o’quv-chilarning   olgan   bilimi   tekshirilib   ular   qanchalik
o’zlashtirilganligiga qarab baho qo’yiladi. Yuqoridagi asosiy turlardan boshqa yana  qo’shimcha darslar turi ham mavjud.
Bu   dars   turida   yuqoridagi   saralash   nuqtai   nazaridan   olinganda,   o’quvchilarni
o’zlashtirishini tekshirish, yangi mavzuni o’tish va uni pishiqtirish uchun qaytarish
kabi  turli  ishlar  qo’shilsa  ham  lekin qo’shimcha darslarning asosini  bu ishlarning
bittasi,   qo’-shimcha   darslarning   maqsadga   to’laroq   javob   bera   oladigani   tashkil
qiladi qo’shma darsdagi boshqa ishlar esa shu asosiy ishga yordamchilik vazifasini
bajaradi.
Ta’lim jarayonida eng ko’p qo’llaniladigan   yangi bilimlarni bayon qilish   darsi
va aralash darsning tuzilishida   qanday farqlar bor?    Buni ko’rib chiqamiz:
2.11.  chizma
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi namunasi
1. Bolalarni yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorlash:
   a) darsning mavzusi, maqsadi bilan tanishtirish; yangi mavzuga oid faktlarni tahlil
etish.
2.   Yangi   o’quv   materialini   bayon   qilish   (tasvir,   tushuntirish,   suhbat   metodlaridan
foydalanib, kuzatilgan faktlarga asoslanib yangi mavzuni tushuntirish). Aralash  dars namunasi
1. O’tilganlarni takrorlash:
      a)oldin   o’tilgan   mavzu   yuzasidan   berilgan   faktlarni   tahlil   etish;   b)   savol-
javob; v) qoida-ta’riflarni esga tushirish.
2.  Yangi   o ’ quv   materialini   o ’ rganishga   tayyorgarlik : 
a )   darsning   mavzusi   va   maqsadini   bolalarga   yetkazish ;   b )   mavzuga   oid
faktlarni   tahlil   etish ;  v )  bilishga   rag ’ batlantiruvchi   savollarni   o ’ rtaga   tashlash .
3.   Yangi   o ’ quv   materialini   bayon   qilish   (   tasvir ,   suhbat ,   mustaqil   ishlash   kabi
metodlardan   foydalanib   yangi   o ’ quv   materialini   tushuntirish ).
4.  Yangi   o ’ quv   materialini   mustahkamlash ( mashq   qilish ,  mustaqil   ishlash ).
5. Uy vazifasini belgilash.
1. Bolalar bilimini baholash.
2. Darsni yakunlash.   3.Yangi mavzuni mustahkamlash:
a) darslikning ma’lum betlarini o’qish; b) mashq, misol, masalalarni bajarish.
4.Oldin  o’rganilgan  mavzularni   bugungi   o’quv  materialiga    oid  bilimlarni  paralell
takrorlash.
5. Uy vazifasini topshirish.
6. Bolalar bilimini baholash.
7. Dars yuzasidan yakuniy xulosalar chiqarish 2
.    
2.12. chizma
Dars   tiplari   va   strukturasi.   O’quvchilarni   bilim,   ko’nikma   va   malakalar   bilan
qurollantirishda   mashg’ulotlarning   asosiy   qismi   dars   tipini   tashkil   qiladi.   Maktab
ta’limi tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars tiplari quyidagilardir:
1. Yangi bilimlarni berish darsi.
2. O’tilgan materialni mustahkamlash darsi.
3. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish darsi.
4. Takrorlash – umumlashtirish darsi.
5. Aralash dars (yuqoridagi dars tiplarining bir nechtasi bir vaqtda qo’llaniladi).
Maktabdagi   eng   ko’p   qo’llaniladigan   dars   tiplaridan   biri   –   yangi   bilimlar   berish
darsidir. Odatda bu dars tipi quyidagicha tuziladi:
- yangi bilimlarni bayon qilish;
- yangi bilimlarni mustahkamlash;
- yangi bilimlar ustida mashq qilish;
- yangi bilimlarga bog’liq holda uy vazifalari topshirish  va h.k.
Har   bir   sinfda   har   bir   fanga   oid   dars   turlicha   tuziladi.   Dars   qanchalik   xilma-xil
tuzilmasin, unda umumiylik shunchalik ko’p bo’ladi.  O’rta maktablardagi darsning
tuzilishi asosan quyidagilardir:
1. O’tgan   darsda   o’tilgan   materiallarni   so’rash,   o’quvchilar   bilimini
tekshirib ko’rish darslari.
2. Yangi materialni bayon qilish darslari.
2
 Розиқов О. ва бошқалар. Дидактика. Т.: «Фан»,1997 . 233- бет. 3. Yangi materialni mustahkamlash va takrorlash.
4. Tekshirish darslari va h.k.
Dars tiplari.  Bilimlarni mustahkamlash darsining tuzilishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Darsning maqsadini belgilash.
3. Uyga berilgan topshiriqlarning bajarilishini tekshirish va o’rganilgan materialni
mashqlar, amaliy laboratoriya va boshqalar yordamida esda yaxshi qoldirish.
4. Darsni yakunlash va uyga bajarish uchun topshiriq berish.
Tekshirish darslarining tuzilishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Darsning maqsadini tushuntirish.
3. Nazorat ishlari.
4. Darsni yakunlash.
Dars   jarayoni   frontal,   guruhli,   individual   tashkil   etiladi.   Laboratoriya   ishlari
mashg’ulotning xarakteriga qarab turli tipda tashkil qilinadi:
1. Sinf o’quvchilari bilan frontal ravishda olib boriladigan mashg’ulot.
2. Guruh, ya’ni 6-7 o’quvchi bilan olib boriladi.
3. Sinf   o’quvchilarining har   qaysisi  bilan  alohida-alohida  olib boriladigan tajriba
mashg’ulotlari.
Frontal   ravishda   olib   boriladigan   mashg’ulot   tipi   o’qituvchining   rahbarligida
sinfdagi hamma o’quvchilarning bir xil asboblardan foydalangan holda bir turdagi
tajriba   ustida   ishlashdir.   Lekin   hamma   vaqt   ham   o’quvchilarni   zarur   bo’lgan
asboblar   bilan   ta’minlab   bo’lmaydi.   Shuning   uchun   rontal   ravishda   olib
boriladigan laboratoriya mashg’ulotlari ikki shaklda individual va brigada (guruhli)
shaklida   yo’lga   qo’yiladi.   Bunda   o’qituvchi   o’ziga   yordamchilar   tayinlab   olishi
mumkin.   O’qituvchi   tajribani   boshlashdan   oldin   o’quvchilarga   yo’l-yo’riqlar
berishi kerak.
Yuqori   sirflarda   o’quvchilarning   individual   olib   boriladigan   mustaqil   tajribalari
faoliyat tarzda o’tkaziladigan mashg’ulotlardan farq qiladi. Individul mashg’ulotlar
eksperimental   tajriba   masalalarni   yechishga   qaratilgan   amaliy   ishlardan   iborat bo’lib,   bunda   mashg’ulotlarda   har   qanday   o’quvchi   alohida-alohida   tajriba   ustida
ish olib boradi.
O’quvchilarning individual tajribalarining natijalari yozma ravishda yakunlanadi.
O’qituvchining   darsga   tayyorgarligi.   O’quv   mashg’ulotining   muvaffaqiyati
asosan   o’qituvchilarning   darsga   tayyorgarligiga   bog’liqdir.   O’qituvchining
tayyorgarligi asosan ikki yo’l bilan olib boriladi:
1. O’z mutaxassisligi bo’yicha olib boriladigan umumiy tayyorgarlik;
2. Kundalik dars rejasi, ya’ni dars konspekti.
Kalendar reja har bir fan yuzasidan har bir o’qituvchi tomonidan tuziladi. Kalendar
reja birinchi va ikkinchi yarim yillar uchun tuziladi. Kundalik darsga tayyorgarlik
ko’rishda dastur bilan tanishadi. Darsliklar, xrestomatiya materiallari, shu mavzuga
doir jurnal materiallari bilan tanishishi va ko’rsatma materiallarni tayyorlash kerak.
O’quvchilarning   mustaqil   ishlari.   O’quvchi   uy   vazifasini   bajarish   natijasida
o’zlashtirgan bilimlarni mustahkamlaydi. O’zlashtirgan materiallar yuzasidan ongli
fikr yuritishga, hosil qilingan ko’nikma va malakalarni turmushda qo’llay olishga
o’rgata   boradi.   Maktab   o’quvchilariga   beriladigan   uy   vazifalarning   turlari   juda
ham   xilma-xildir.   Darslik   va   kitob   bilan   ishlash,   qoida   va   qonunlarni   yod   olish,
yozma   va   og’zaki   mashqlar   bajarish,   insho   va   bayon   yozish,   maktab   tajriba-yer
uchastkasi   va   jonli   burchaklarda   o’simlik   va   hayvonlarni   kuzatish   yuzasidan   olib
boriladigan   mustaqil   ishlardir.   Shuni   ko’rsatib   o’tish   kerakki,   ba’zan   uy
vazifalarini   topshirishda   qo’pol   holatlarga   yo’l   qo’yiladi.   Uy   vazifalarining
muvaffaqiyatli   bajarilishi   ko’p   jihatdan   o’qituvchining   puxta   o’qtirishiga   bog’liq.
Uy vazifalarini dars oxirida shoshma-shosharlik bilan topshirish yaramaydi.
Maktabda   o’quvchilarning   mehnatdan,   biologiyadan,   jismoniy   tarbiya   fanlaridan
mashg’ulotlar   o’quv   ustaxonalarida,   yer   uchastkasida,   sport   maydonchalarida
tashkil   etiladi.   Bu   mashg’ulotlarni   o’tkazishdan   maqsad   o’quvchilarni   olgan
nazariy   bilimlarini   amaliyotga   qo’llash   ko’nikmasini   shakllantirishdan   iborat.
Bunday   mashg’ulotlar   o’ziga   xos   xususiyatlardan   kelib   chiqib   tashkil   etiladi   va
ma’lum pedagog talablar asosida o’tkaziladi. Maktabda   o’quvchilarni   hayotga   tayyorlashda   va   bilish   qobiliyatlarini
rivojlantirishda   sinfdan   tashqari   o’qishini   tashkil   etish   muhim   rol   o’ynaydi.
Sinfdan   tashqari   o’qish   barcha   fan   o’qituvchilari   va   kutubxonachilar   tomonidan
tashkil  etmoqlari   zarur.  Unda   ko’zda  tutilgan  maqsad  dasturda  ko’zda  tutilmagan
keng hajmdagi qo’shimcha materiallar o’quvchilarning o’zlashtirishi uchun tavsiya
etiladi. Darsdan tashqari munozaralar, konferensiyalar uyushtirilishi ham mumkin.
Eng   asosiy   o’quvchilarning   qiziqqan   sohalari   bo’yicha   bilishini   rivojlantirish,
o’qishga   ishtiyoqini   tarbiyalash,   kitob   bilan   ishlashga   o’rgatishdan   iborat.
“Odamlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar”, - degan Dini
Didro.   Ta’limni   yodga   qo’yishning   dars,   laboratoriya,   ekskursiya,   amaliy
mashg’ulot,   kollekvium,   uy   vazifalari,   qo’shimcha   konsultasiya,   nazorat   ishlar,
topshiriq va hokazo shakllari mavjud.
Ekskursiyani   tashkil   qilish   ta’limning   boshqa   shakllaridan   tubdan   farq   qiladi.
Ekskursiya 4 yo’nalishda uyushtiriladi:
1. Tabiatni kuzatish va o’rganish maqsadida olib boriladigan ekskursiyalar.
2. Sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga oid ekskursiyalar.
3. Ijtimoiy   va   maishiy   mazmundagi   materiallar   bilan   tanishtirishga   oid
ekskursiyalar.
4. San’at va adabiyot materiallari bilan tanishtirishga qaratilgan ekskursiyalar.
Ekskursiyaning   muvaffaqiyatli   chiqishi   uni   o’tkazish   uchun   ko’rilgan
tayyorgarlikka   bog’liq.   Ekskursiya   o’quvchilarni   reja   bilan   tanishtirish   hamda
obyekt   ustida   qisqacha   ma’lumot   berish   bilan   boshlanadi.   Ekskursiya   quyidagi
tuzilishda olib boriladi.
1. Ekskursiya haqida ekskursiyavodning dastlabki kirish suhbati.
2. Marshrut bo’yicha obyektni kuzatish.
3. Ekskursiyalar davomida kerakli materiallarni to’plash.
4. Ekskursiyani yakunlash .
Ta’lim   tizimida   takrorlash   va   bilimlarni   mustahkamlash   darslari   ham   ko’p
qo’llaniladi.   O’qituvchi   darsning   ma’lum   bir   qismi,   yirik   mavzularni   o’tib bo’lganidan   so’ng   bunday   darslar   uyushtiriladi.   Bu   darslar   oraliq   nazorat
baholashda   ham   xizmat   qiladi.   Har   bir   darsning   muvaffaqiyati   ko’p   jihatdan
mashg’ulotni to’g’ri tashkil qilishga bog’liqdir. Bu davrda sinfning tayyorgarligini
sinchiklab kuzatish, bolalarni darsni tinglashga ruhiy jihatdan tayyor ekanliklarini
o’rganish darkor. Shundan so’ng mahoratli pedagog fursatni qo’ldan boy bermay,
shogirdlarini   diqqatini   chalg’itmay   darsning     asosiy   qismini   boshlab   yuboradilar,
chunki sinf o’kuvchilarini tezlik bilan mashg’ulotga faol kirishishlarini ta’minlash
lozim.
 
Dars   o’qituvchi  va  o’quvchining  ijodiy  hamkorligiga  asoslanishi  lozim.
Shundagina   o’quvchilarda   mustaqil   fikrlay   olish,   iroda   tarbiyalanadi.   Nutq
madaniyati rivojlanadi. Muammoli vaziyat orqali o’z yo’lini topa oladilar.
Har   bir   dars   turidagi   o’qituvchi   va   o’quvchi   faoliyatini   quyidagi   T-chizma
orqali chuqur tahlil qilib chiqamiz:
Yangi   bilim
berish darsi O’quv materia-
lini   mustah-
kamlash darsi Takrorlash   va
umumlashtirish
darsi Aralash darsO’qituvchi 	
O’quvchi	
Faoliyati	
O’qituvchi 	
O’quvchi	
faoliyati	
O’qituvchi 	
O’quvchi	
faoliyati	
O’qituvchi 	
faoliyati	
O’quvchi	
Faoliyati
2.1 3 .  chizma
O’quv   ishlarini   tashkil   etishing   darsdan   tashqari   shakllari   ham   bormi?
Ularga nimalar  kiradi?
O’quv   mashg’ulotlarining   sinfdagi   shakli   darsdan   tashqari   yana   qo’shimcha
qator   ta’lim   shakllari   mavjud   bo’lib,   bular   amaliy   -   tajriba   mashg’ulotlari,
qo’shimcha darslar, fakultativlar, ekskursiya kabilardir.
Bular   darsda   berilgan   bilimlarni   to’ldirish,   mustahkamlash,   amaliyot   bilan
bog’lash uchun uyushtirilgan qo’shimcha mashg’ulotlardir. 
Bulardan   tashqari   o’quv   yurtlari   tajribasida   fan   tugaraklari,   ishlab   chiqarish
amaliyoti, o’yin shaklidagi mashg’ulotlardan ham foydalanmoqda. Laboratoriya     mashg’ulotlarida   bolalar   turli   o’quv   predmetlari   bo’yicha
tajribalar,   turli   qurilmalar   yordamida   sinov   ishlari   o’tkazishadi .   Laboratoriya
mashg’ulotlari   amaliy   dars   ham   deb   yuritiladi.   Amaliy   darslarda   o’quvchilar
guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi. 
Seminar   mashg’ulotlari   nazariy   muammolarni   faol   o’rganish   shakli
hisoblanadi.   O’rta   umumta’lim   maktablarida   seminarlar   quyidagicha   o’tkaziladi:
seminar   uchun   mavzu   tanlanadi;   mavzu   buyicha   reja,   ko’rsatmalar   beriladi;
tayyorganrlik   uchun     yetarli   vaqt   ajratiladi;   asosiy   manbalar,   ularning   betlari
aytiladi;   maslahatlar   beriladi.   Seminarga   barcha   o’quvchilar   tayyorgarlik
ko’rishadi.   Seminarning   oxirida   o’qituvchi   yakunlovchi   suhbat   o’tkazib,   kelgusi
seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi.  
Oliy ta’lim tizimida ta’limning qanday tashkiliy shakllari qo’llanilmoqda?
Uzluksiz   ta’limning   hamma   bosqichlarida   ta’limning   o’ziga   xos   tashkiliy
shakllari   mavjud.   Jumladan:   ikki   bosqichli   oliy   ta’lim   tizimida   o’ziga   xos   ta’lim
shakllari mavjud. Bularga: ma’ruzalar, seminar  va amaliy mashg’ulotlar,   kafedra
o’qituvchilarining  ochiq  ma’ruzalarida  qatnashish,  ma’ruza  matnini   tayyorlash  va
muhokama   qilish,   o’quv   kurslari   bo’yicha   dasturlar   tayyorlash   ishlari   kabilar
kiradi.
Oliy   ta’lim   tizimida   ma’ruza   o’quv   jarayonining   ham   usuli,   ham   shakli
hisoblanib,   u   talabalarga   fan   asoslarini   og’zaki,   uzviy   va   muntazam   singdirishga
xizmat   qiladi.   Ma’ruza   tufayli   talaba   shu   fanning   mohiyatini   tushunib   boradi
hamda   ularni   erkin   fikrlashga,   fan   ustida   o’ylashga   majbur   etadi.   Shu   sababli
ma’ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o’ziga xos maktabiga aylanadi.
Ma’ruzani shunday o’qish lozimki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga, uning
vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e’tiqod, g’oya va milliy mafkura
asoslari   shakllansin.   Buning   uchun   o’qituvchi   har   bir   ma’ruzaning   mazmunini,
fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim.
Ma’ruza   ijobiy   hamkorlikka   tayanib   tashkil   qilingandagina   samarali   natija
beradi. Buning uchun ma’ruza jarayonida ham ta’limiy ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo’llaridan biri - o’qituvchilar bilan talabalar o’rtasidagi
do’stona, faol munosabatlarni tiklab olishdan iborat.
Bundan   tashqari   dars   va   ma’ruzaning   samarali   natijasi   o’quvchi   talabalarning
o’quv jarayonidagi  ruhiy holatlarini  qay darajada hisobga  olinishiga ham  bog’liq.
Shunday   ekan   ta’limni   samarali   tashkil   etish,   uning   dars,   ma’ruza   va     boshqa
shakllaridan   o’qitish   jarayonida   foydalanishlari   uchun   shubhasiz,   o’qituvchining
pedagogik mahorati, pedagogik madaniyati, o’z fanini puxta bilishligi va o’quvchi
- talabalar bilan umumiy til topa olishlari g’oyat katta ahamiyatga egadir.
T a’limni   tashkil   etishning   zamonaviy   (noan’anaviy)     shakllari   zarurati
nimada?  Uning qanday shakllari qo’llanilmoqda?
Mustaqil   O’zbekistonimizda   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»ni   amalga
oshirishda   ta’lim   tizimiga   yangi   pedagogik   texnologiyalarni   tatbiq   etish   bilan
bog’liq   ishlar   qilinmoqda.   Ta’limni   KVN,   munozara,   disput,   konferensiya,
mushoira,   sud   o’yinlari   va   boshqa   shakllarda   tashkil   etishga   harakat   qilinmoqda.
O’quvchilar     faolligini   oshiruvchi   turli   interfaol   usullar   keng   qo’llanilmoqda.
Bularga   misol     tariqasida   Sinkveyn,   Klaster,   Aqliy   hujum,   T-Chizma,   Insert
jadvali,   B-B-B   jadvali,   Venn   diagrammasi,   Konseptual   jadval,   Semantik
xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin.
An’anaviy    metodlarning   afzalliklari:
- ma’lum   ko’nikmalarga   ega   bo’lgan   va   aniq   ma’lum   tushunchalarni,
fanni o’rganishda foydali.
- O’qituvchi   tomonidan   o’qitish   jarayonini   va   o’qitish   muhitini   yuqori
darajada nazorat qilinishi.
- Vaqtdan unumli foydalanish.
- Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish.
   Kamchiliklari:
- O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.
-  O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani
vujudga keltirmaydi. - O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi.
- Eslab   qolish   darajasi   hamma   o’quvchilarda   bir   xil   bulmaganligi
sababali, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bulib kolishi mumkin.
- Mustaqil   o’rganish   va   yechimlar   qabul   qilish   uchun   sharoitlar
yaratilmaydi.
Noan’anaviy  o’qitish  metodlarining afzalliklari:
- O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi.
- O’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.
- Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi.
- O’qitish usullarining  turli xil ko’rinishlari taklif etilishi.
- Motivatsiyani yuqori darajada bo’lishi.
- O’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
- Muloqatga kirishish ko’nikmasining takomillashishi.
- O’z-o’zini baholashning o’sishi.
- O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan
ijobiy munosabati.
- Mustaqil   fikrlay   oladigan   o’quvchining   shakllanishiga     yordam
berishi.
- Tanqidiy   va   mantiqiy   fikrlashni   rivojlantirishi .
- Muammolar  yechish ko’nikmalarining shakllanishi.
Kamchiliklari:
- Ko’p vaqt talab etilishi.
- O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining
pastligi.
- Juda   murakkab   mazmundagi   material   o ’ rganilayotganda   ham
o ’ qituvchi   rolining   past   bo ’ lishi .
- « Kuchsiz »   o ’ quvchilar   bo ’ lganligi   sababali   « kuchli »   o ’ quvchilarning
ham   past   baho   olishi . - O ’ qituvchining   o ’ zi   ham   yaxshi   rivojlangan   fikrlash   qobiliyatiga   va
muammolar   yechish   ko ’ nikmalariga   ega   bulishining   talab   etilishi   
Ko
’ p     yillar   davomida   an ’ anaviy   dars   o ’ tish   ta ’ limning   asosiy   shakllaridan   biri
bo ’ lib   keldi .   An ’ anaviy   dars -   muayyan   muddatga   mo ’ ljallangan ,   ta ’ lim   jarayoni
ko ’ prok   o ’ qituvchi   shaxsiga   qaratilgan ,   mavzuga   kirish ,   yoritish ,   mustahkamlash
va   yakunlash   bosqichlaridan    iborat   ta ’ lim   modelidir . 
Ma ’ lumki ,  an ’ anaviy   darsda   ta ’ lim   jarayonining   markazida   o ’ qituvchi   turadi .
An ’ anaviy     dars   o ’ tish   modelida   ko ’ prok   ma ’ ruza ,  savol - javob ,  amaliy   mashq   kabi
metodlardan   foydalaniladi . 
Shu   sabab ,  bu   xollarda   an ’ anaviy   dars   samaradorligi   ancha   past   bo ’ lib ,  o ’ quvchilar
ta ’ lim   jarayonining   passiv   ishtirokchilariga   aylanib   qoladilar .   An ’ anaviy   dars
shaklini   saqlab   qolgan   holda ,   unga   turli -   tuman   o ’ quvchilar   faolligini   oshiradigan
metodlar   bilan   boyitib   borilsa ,   o ’ quvchilar   o ’ zlashtirish   darajasini   ko ’ tarilishiga
olib   keladi .
Buning   uchun   daras   jarayoni   oqilona   tashkil   qilinishi ,   o ’ qituvchi   tomonidan
o ’ quvchilarning   qiziqishini   orttirib ,   ularning   ta ’ lim   jarayonida   faolligi     muttasil
rag ’ batlantirilib   turilishi ,   o ’ quv   materialini     kichik - kichik   bo ’ laklarga   bo ’ lib ,
ularning   mazmunini   ochishda   baxs ,   munozara ,     aqliy   hujum ,   kichik
guruhlarda   ishlash ,   tadqiqot   rolli   o ’ yinlar   metodlarini   qo ’ llash ,   rang - barang
qiziqtiruvchi   misollarning   keltirilishi ,   o ’ quvchilarni   amaliy   mashqlarni   mustaqil
bajarishga   undash ,   rang - barang   baholash   usullaridan   foydalanish ,   ta ’ lim
vositalaridan   urinli   foydalanish   talab   etiladi .
Modellashtirish  -   real   hayotda   va   jamiyatda   yuz   berayotgan   hodisa   va   jarayonlarni
ixchamlashtirilshan   va   soddalashtirilgan   ko ’ rinishini   ( modelini )   sinfxonada
yaratish   va   ularda   o ’ quvchilarni   shaxsan   katnashishi   va   faoliyat   evaziga   ta ’ lim
olishini   ko ’ zda   tutuvchi   metod .
Hamkorlikda   o ’ rganish   modeli   -   o ’ quvchilarning   mustaqil   guruhlarda   ishlashi
evaziga   ta ’ lim   olishini   ko ’ zda   tutadigan   metod .
O ’ rganishning   tadqiqot   modeli   -   o ’ quvchilarni     muayyan   muammoni     yechishga
yo ’ naltirilgan ,  mustaqil   tadqiqot   olib   borishini   ko ’ zda   tutuvchi   metod . Harakatga keltiradi, band qiladi va baholaydi.
Jeff   Halstead ning     “ Navigating   the   new   pedagogy ”   kitobida   ta’kidlanishicha:
Madeline   Hunterning   “Amaliyotga   q o’ llash   teor iya si”(ITIP)   1980-1990   yillarda
sertifkat olgan o’qituvchilar uchun ta’limning mohiyatini ochib berdi. Hunterning
dars   o’tish   taklifi   bo’yicha,   har   bir   dars   o ldindan   tayyorgarlik   ko’rilgan
d ekorasiya bilan boshlanishi kerak. Bu dekorasiyadan maqsad talabalarni darsga
qiziqtirib, o’qituvchini diqqat bilan eshitishni taminla y di.
Boshqacha aytganda, o’qituvchi o’quvchiga darsni birdan tushuntirmasligi lozim.
Ular   kunlik   o’rganadigan   narsalariga   yaqin   ba’zi   bir   harakatlar,   o’yinlar   bilan
boshlab,   o’quvchilarni   yangi   darsga   qiziqishlarini   yanada   orttirishlari   kerak
bo’ladi. Agar o’qituvchi shu zaylda dars o’tishni davom etsa, o’quvchilarning bu
fanga qiziqshi yanada ortadi.
Hunterning   o ldindan   tayyorgarlik   ko’rilgan   d ekorasiyasi   dars   o’tishga   yordam
beradi.     Iqtidorli   o’qituvchi   bu   tushuncha   oddiy   holda   qabul   qilmay,   aksincha
unga o’z g`oyalarini ham qo’shsa dars yanada qiziqarli va samarali bo’ladi. Dars
davomida   faqat   faol   o’quvchilarni   emas,   balki   darsga   qiziqmaydigan,
o’zlashtirishi   past   bo’lganlarni   ham   d ekorasiya   bilan   qamrab   olish   lozim.
Pedagog o’quvchi o’z iqtidoridan kelib chiqib, hamma fanga ham bir xil darajada
qiziqmasligini,   va   o’qishni   xohlamasligini   bilishi   lozim.   Hozirgacha
o’quvchilarning hamma fanlarni bir xilda o’zlashtira olmasligiga shu sabab bo’lib
kelmoqda.
Izlanishlar   shuni   ko’rsatadiki,   o’quvchi larni   past   darajada   fan n i
o’zlashtirish lar iga ularning irsiyati ham sabab bo’lib, ba’zi oddiy narsalarni ham
tushuna   olmas   ekanlar.   Ba’zi   hollarda,   bu   irsiyat   oiladagi   ahvolga   ham   bog`liq
bo’ladi. Boshqa hollarda esa irsiyat yillar davomida o’qigan o’quvchilar  ularning
o’zlashtirishi ni   o’zgarganini   ko’rish   mumkin.   Misol   uchun   dunyo   tillari   va
matematika o’rgangan o’quvchi yaxshi tomonga o’zgarish i  kuzatil gan .
O’quvchilar   o’tgan   darsga   qiziqib,   tushunishgan   bo’lsa,   ular   keyingi   darslarda
yanada   harakat   qilishadi.   Harakatga   keltiradigan,   band   qiladigan   va baholaydigan bosqichlarning birinchi darajali vazifasi o’quvchilarda irsiyat bilan
bog`liq muammoni hal etishga qaratilgan. 3
Harakatga keltiradi, band qiladi va baholaydi.
Madeline   Hunterning   “Amaliyotga   q o’ llash   teor iya si”(ITIP)   1980-1990   yillarda
sertifkat olgan o’qituvchilar uchun ta’limning mohiyatini ochib berdi. Hunterning
dars   o’tish   taklifi   bo’yicha,   har   bir   dars   o ldindan   tayyorgarlik   ko’rilgan
d ekorasiya bilan boshlanishi kerak. Bu dekorasiyadan maqsad talabalarni darsga
qiziqtirib, o’qituvchini diqqat bilan eshitishni taminla y di.
Boshqacha aytganda, o’qituvchi o’quvchiga darsni birdan tushuntirmasligi lozim.
Ular   kunlik   o’rganadigan   narsalariga   yaqin   ba’zi   bir   harakatlar,   o’yinlar   bilan
boshlab,   o’quvchilarni   yangi   darsga   qiziqishlarini   yanada   orttirishlari   kerak
bo’ladi. Agar o’qituvchi shu zaylda dars o’tishni davom etsa, o’quvchilarning bu
fanga qiziqshi yanada ortadi.
Hunterning   o ldindan   tayyorgarlik   ko’rilgan   d ekorasiyasi   dars   o’tishga   yordam
beradi.     Iqtidorli   o’qituvchi   bu   tushuncha   oddiy   holda   qabul   qilmay,   aksincha
unga o’z g`oyalarini ham qo’shsa dars yanada qiziqarli va samarali bo’ladi. Dars
davomida   faqat   faol   o’quvchilarni   emas,   balki   darsga   qiziqmaydigan,
o’zlashtirishi   past   bo’lganlarni   ham   d ekorasiya   bilan   qamrab   olish   lozim.
Pedagog o’quvchi o’z iqtidoridan kelib chiqib, hamma fanga ham bir xil darajada
qiziqmasligini,   va   o’qishni   xohlamasligini   bilishi   lozim.   Hozirgacha
o’quvchilarning hamma fanlarni bir xilda o’zlashtira olmasligiga shu sabab bo’lib
kelmoqda.
Izlanishlar   shuni   ko’rsatadiki,   o’quvchi larni   past   darajada   fan n i
o’zlashtirish lar iga ularning irsiyati ham sabab bo’lib, ba’zi oddiy narsalarni ham
tushuna   olmas   ekanlar.   Ba’zi   hollarda,   bu   irsiyat   oiladagi   ahvolga   ham   bog`liq
bo’ladi. Boshqa hollarda esa irsiyat yillar davomida o’qigan o’quvchilar  ularning
o’zlashtirishi ni   o’zgarganini   ko’rish   mumkin.   Misol   uchun   dunyo   tillari   va
matematika o’rgangan o’quvchi yaxshi tomonga o’zgarish i  kuzatil gan .
3
  Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.71-73b. Adabiyotlar:
1. Pedagogika   (Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi)   O‘qituvchilar   tayyorlash   va
pedagogika   fani   sohasi:   bakalavriat   yo‘nalishi   uchun
darslik//prof.M.X.Toxtaxadjaevaning   umumiy   tahriri   ostida,   O‘zbekiston   Respublikasi
Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi.   –   Toshkent   “O‘zbekiston   faylasuflar   milliy
jamiyati” nashriyoti, 2010.
2. Pedagogika.   O‘quv   qo‘llanma//A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.
Toshkent “O‘qituvchi”, 1996.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Pedagogika nazariyasi. 1-qism / Oliy o’quv yurtlari
uchun   darslik.   M.X.Toxtaxodjayevaning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent:   “ Iqtisod-
moliya”, 2007. 
4. Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat   /   S.A.Madiyarova   va   boshq.   –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.
5. Azizxo’jayeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   –   Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU,  2006.
6. Axmedova   M.E   “Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi”   o’quv   qo’llanma   T:2011
“Tafakkur bo’stoni” nashriyoti 157 b
7. Axmedova   M.E   Niyozov   G.   “Pedagogika   tarixidan   seminar   mashg’ulotlari”   o’quv
qo’llanma T:2011, Noshir nashriyoti 157 b
8. Mavlonova R. va boshqalar. “Pedagogika”, -Toshkent, “O‘qituvchi”, 2001.

PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOTLAR METODLARI. DIDAKTIKANING PREDMETI VA VAZIFALARI Reja: 1. Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari 2. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning ustuvor jihatlari. 3. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va bog’liqligi. Pedagogik fanlar tizimi. 4. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning turkumlari. 5. Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning paydo bo’lish va rivojlanishi. 6 . Umumiy va xususiy didaktikalar va ularning o’zaro aloqalari. 7. Didaktikaning asosiy kategoriyalari: bilim, ko’nikma, malaka, ta’lim, tarbiya, ma’lumot va shaxsni shakllantirish. 8. Hozirgi davrda ta’limning dolzarb muammolari. 9. Ta’lim, o’qitish va mustaqil bilim olish maktab o’quvchilar shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan bog’liq jarayon.

Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari. Pedagogika atamasi qadimiy bo’lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko’rstilishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayinlarining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini "pedagog" ("bola yetaklovchi") deb atashgan. Keyinchalik esa bu tushuncha keng ma’noda ishlatilib, maxsus bilimlarni egallagan mutaxassislarga nisbatan qo’llanila boshlandi. Shu bilan birga ta’lim - tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchilar kasb - hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning ta’lim - tarbiya borasidagi faoliyatlari va to’plagan tajribalaridan o’rinli foydalanishlari PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi. Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg’onish davri)da yashab ijod etgan Al-Buxoriy, At- Termiziy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek, Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk daholar, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namayondalaridan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Saidahmad Siddiqiylar, Ovro’pa davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, I.G. Pestolotssi, Adolf Disterveg, K.D. Ushinskiy, A. S. Makarenko, J. Lokk, Jon. Dyui, Edvard Torndayk, S. T. Shatskiy, B. Blumlar ulkan hissa qo’shdilar. P edagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fanga ay landi.

1.3. chizma Ko’p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida faqat o’sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o’rganadi, deb qaralgan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyasiga emas, balki kattalar tarbiyasiga ham taalluqli ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda pedagogikani yosh avlodni va katta yoshdagi odamlarni tarbiyalash va o’qitish, ularga ma’lumot berish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan , deb belgilash odatga aylandi. Pedagogikaning ob’ekti asosan o’quvchilar hisoblansa, predmeti esa, o’quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti hisoblanadi. Pedagogika fanining maqsadi: o Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun holatdagi muammolarini xal qilish; o Ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va Dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish; o Umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish; Pedagogika fanining predmeti Тa’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari Тa’lim-tarbiyaning mazmuni Т a’lim-tarbiyaning usullari, vositalari Dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamolot uyg’unligi

o Pedagogika-tarbiyashunoslik qoida, qonunlarni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash; o Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini hal qilish; o “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirish. Pedagogika fanining vazifalari: - Sharq va G’arbda xalq yaratgan xalq og’zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg’or g’oyalarini o’rganib, tahlil kilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish; - Komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniklash; - Pedagogikadagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi darv xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chikish va yangi pedagogik texnologiya qonunlariga amal qilish; - Ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarini maktab amaliy hayoti bilan bog’lab, bo’lajak O’qituvchilarga urgatish; - Xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o’rganib bo’lajak O’qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini xal qilish. O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g’oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalar ni bajarishga e’tibor haratiladi: 1. Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish. 2. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.

3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish. 4. Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash. 5. Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish. 7. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish. 8. O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish. 9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota- onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning ustuvor jihatlari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, bilish, o’rgatish, ta’lim-tarbiya metodlari, prinsiplari va boshqalar kiradi. Biz ularni pedagogik tushunchalar ham deb ataymiz. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish. Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.