logo

PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT METODLARI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.12890625 KB
PEDAGOGIKANING  ILMIY-TADQIQOT METODLARI.
R E J A :
1. Ilmiy-tadqiqot metodlar  haqida  tushuncha.
2. Pedagogik kuzatish metodi.
3. Suhbat metodi.
4. Anketa metodi.
5. Intervyu metodi.
6. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
7. Test metodi.
8. Pedagogik tahlil metodi.
9. Bolalar ijodini o’rganish metodi.
10. Pedagogik tajriba metodi.
11. Matematik-statistik metod. Pedagogika   fani   rivoji   muayyan   pedagogik   muammolarni   tadqiq   etish
maqsadida   olib   borilgan   tadqiqot   ishlarining   g’oyasi,   mazmuni   hamda   natijalari
hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiharish jarayonining keskin rivojlanishi
shaxsni  har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik
shart-sharoitlarni   aniqlash,   jamiyat   va   shaxs   ma’naviyatiga   ziyon   yetkazuvchi
holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash
ularni   keng   yoki   tor   doirada   o’rganish,   mavjud   ko’rsatkichlar   vositasida   ularning
sodir   bo’lish   sabablarini   o’rganish,   zarur   chora-tadbirlarni   belgilash   ilmiy
izlanishlarni   tashkil   etish   zaruriyatini   yuzaga   keltiradi.   Pedagogik   izlanishlarning
samarali   kechishi   bir   qator   obyektiv   va   subyektiv   omillarga   bog’liq.   Mazkur
jarayonda   maqsadga   muvofiq   keluvchi,   maqbul.   Ayni   vaqtda   samarali   bo’lgan
metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan
yo’nalishlarda   chuqur,   puxta   ilmiy   bilimlarni   berishga   berish   tamoyillari,   obyekti
va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va
qonuniyatlarini   maxsus   tekshirish   va   bilish   usullaridir.Ayni   vaqtda   O’zbekiston
Respublikasida pedagogik yo’nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik
yondoshuvga asoslanadi. 
Pedagogik   hodisa,   voqyelik   va   ularning   qonuniyatlarilarini   aniqlashga
bunday yondashuv   pedagogik hodisa  va  jarayonlarning umumiy aloqasi,  ularning
izchil,   uzluksiz   rivojlanishi,   bolaning   fiziologik   rivoji   uning   psixologik,
intellektual jihatdan takomillashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning
shaxs   kamolotini   ta’minlashdagi   o’rni   va   roli,   shuningdek,   dialektika
kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi.
  Pedagogik   ilmiy   tadqiqotlarni   amalga   oshirish   murakkab,   muayyan
muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi
xususiyatlarga ega bo’lgan jarayon bo’lib, uning samarali bo’lishi uchun bir qator
shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlarning to’g’ri shakllantirilganligi; 3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi;
4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;
5) tajriba-sinov   ishlari   jarayoniga   jalb   etiluvchi   respondentlarning   yosh,
psixologik   va   shaxsiy   xususiyatlari,   shuningdek,   shaxs   rivojlanishi
qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi;
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini bashoratlash;
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy   sharoitda   pedagogik   yo’nalishda   tadqiqotlarni   olib   borishda
quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
1.  Pedagogik kuzatish metodi.
2.  Suhbat metodi.
3.  Anketa metodi.
4.  Intervyu metodi.
5.  Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6.  Test metodi.
7.  Pedagogik tahlil metodi.
8.  Bolalar ijodini o’rganish metodi.
9.  Pedagogik tajriba metodi.
10.  Matematik-statistik metod.
Pedagogik kuzatish metodi.   Uni qo’llash jarayonida ta’lim muassasalarining
o’quv-tarbiya   ishlari   jarayonini   o’rganish   asosida   tadqiq   etilayotgan   muammo
holat   aniqlanadi,   tajriba-   avvali   va   yakunida   qo’lga   kiritilgan   ko’rsatkichlar
o’rtasidagi   farq   to’g’risidagi   ma’lumotga   ega   bo’linadi.   Pedagogik   kuzatish
murakkab   va   o’ziga   xos   xususiyatlarga   ega.   Kuzatish   aniq   maqsad   asosida,
uzluksiz,   izchil   va   tizimli   amalga   oshirilsa,   kutilgan   natijani   qo’lga   kiritish
mumkin.   Olib   borilayotgan   pedagogik   kuzatish   ta’lim-tarbiya   sifatini   oshirish,
o’quvchi   shaxsini   shakllantirishga   xizmat   qilsa,   mazkur   metodning   ahamiyati
yanada oshadi. Pedagogik   kuzatuvni   tashkil   etishda   xatoga   yo’l   qo’ymaslik   muhimdir.
Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish;
3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
                  Suhbat   metodi .   Bu   metod   pedagogik   kuzatish   jarayonida   ega   bo’lingan
ma’lumotlarni   boyitish,   mavjud   holatga   to’g’ri   baho   berish,   muammoning
yechimini   topishga   imkon   beruvchi   pedagogik   shart-sharoitlarni   yaratish,   tajriba-
sinov ishlari  subyektlari  imkoniyatlarini  muammo yechimiga jalb etishga  yordam
beradi.   Suhbat   maqsadga   muvofiq   holda   individual,   guruhli   hamda   ommaviy
shaklda o’tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to’la-to’kis
namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning samarali bo’lishi uchun quyidagilarga
amal qilish maqsadga muvofiq:
1) maqsaddan   kelib   chiqqan   holda   suhbat   uchun   belgilanuvchi
savollarning   mazmuni   aniqlash   hamda   savollar   o’rtasidagi   mantiqiylik   va
izchillikni ta’minlash;
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to’xtamga kelish;
4) suhbatdosh to’g’risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo’lish;
5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo’lish;
6) suhbatdoshning o’z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit
yaratish;
7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil qilish.
Anketa   metodi   (fransuzcha   –   tekshirish).   Ushbu   metod   yordamida
pedagogik   kuzatish   va   suhbat   jarayonida   to’plangan   dalillar   boyitiladi.   Anketa
metodi   ham   tizimlangan   savollar   asosida   respondentlar   bilan   muloqotni   tashkil
etishga   asoslanadi.   Anketa   savollariga   javoblar,   ko’p   hollarda,   yozma   ravishda olinadi. O’rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari
quyidagicha bo’ladi: 
1) ochiq   turdagi   savollar   (respondentlarning   erkin,   bafsil   javob   berishlari
uchun imkon beruvchi savollar); 
            2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo’q», «qisman» yoki
«ijobiy»,   «qoniqarli»,   «salbiy»   va   hokazo   tarzdagi   javob   variantlarini   tanlash
orqali savollarga javob beradilar).
Anketa metodini qo’llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular
quyidagilardir:
1) anketa   savollari   tadqiq   etilayotgan   muammoning   mohiyatini   yoritishga
xizmat qilishi lozim;
2) anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo’lmasligi kerak;
3) anketa   savollari   o’quvchilarning   dunyoqarashi,   yosh   va   psixologik
xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
4) anketa   savollari   respondentlar   tomonidan   to’la   javoblar   berilishini
ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;
5) anketa   o’quvchilarning   pedagogik   va   psixologik   tavsifnomalarini   to’zish
manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;
6) anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.
          Intervyu metodi  respondent  tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning
u   yoki   bu   jihatini   yorituvchi   hodisaga   nisbatan   munosabat   bildirilishini
ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida
o’tkaziladi.  Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan
munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta’lim   muassasasi   hujjatlarni   tahlil   qilish   metodi.   Pedagogik   hodisa   va
dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi
ma’lumotlarni   tekshirish   maqsadga   muvofiqdir.   Mazkur   metod   O’zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»   talablarining   ta’lim   muassasalari   amaliyotidagi   bajarilish   holatini
o’rganish,   bu   boradagi   faollik   darajasi,   erishilgan   yutuq   hamda   yo’l   qo’yilgan kamchiliklarni   aniqlash,   ilg’or   tajribalarni   ommalashtirish   va   ta’lim   muassasasi
pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo’llaniladi.
Ta’lim   muassasasi   faoliyati   mohiyatini   yorituvchi   hujjatlar   quyidagilardan
iborat: o’quv mashg’ulotlarining jadvali, o’quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari,
o’quvchilarning   shaxsiy   varaqalari,   buyruqlar,   Pedagogik   Kengash   yig’ilishi
bayonnomalari   yozilgan   daftar,   Pedagogik   Kengash   qarorlari,     ta’lim   muassasasi
smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o’quv-tarbiya ishlarini tashkil etish
borasidagi   hisobotlar,   ta’lim   muassasasi   jihozlari   (o’quv   partalari,   stol   stullar,
yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar. 
Mazkur   metod   muayyan   yo’nalishlarda   o’quv-tarbiya   ishlari   samaradorligi
darajasi,   o’quvchilarda   hosil   bo’lgan   bilim,   ko’nikma   va   malakalar   hajmi,   ilg’or
pedagogik tajribalar mazmunini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Test   metodi.   Ushbu   metod   respondentlar   tomonidan   muayyan   fan   sohasi
yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy bilim
va   amaliy   ko’nikma,   malakalar   darajasini   aniqlashga   xizmat   qiladi.   Test   o’z
mohiyatiga ko’ra quyidagi savollardan iborat: 
    1)ochiq   turdagi   savollar   (respondentlarning   erkin,   bafsil   javob   berishlari   uchun
imkon beruvchi savollar); 
    2)yopiq   turdagi   savollar   (respondentlar   «ha»,   «yo’q»,   «qisman»   yoki
«ijobiy»,   «qoniqarli»,   «salbiy»   va   hokazo   tarzdagi   javob   variantlarini   tanlash
orqali savollarga javob beradilar).
    3)to’g’ri   javob   variantlari   qayd   etilgan   savollar   (respondentlar   o’z
yondashuvlariga ko’ra to’g’ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test   metodini   qo’llashda   aniqlanishi   zarur   bo’lgan   bilim,   ko’nikma   va
malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu
metodning   afzalligi   respondentlar   javoblarini   aniq   mezonlar   bo’yicha   tahlil   etish
imkoniyati   mavjudligi   hamda   vaqtning   tejalishi   bilan   tavsiflanadi.   Biroq,   metod
ayrim   kamchilikdan   ham   holi   emas.   Chunonchi,   aksariyat   holatlarda   javoblar
yozma   ravishda   olinadi,   shuningdek,   respondent   taqlif   etilayotgan   javob variantlardan   birini   tanlashi   zarur.   Shu   bois   respondent   o’z   fikrini   batafsil   ifoda
etish imkoniyaga ega emas. 
Pedagogik   tahlil   metodi .   Tadqiqotni   olib   borish   jarayonida   ushbu   metodni
qo’llashdan   ko’zlangan   maqsad   tanlangan   muammoning   falsafiy,   psixologik
hamda   pedagogik   yo’nalishlarda   o’rganilganlik   darajasini   aniqlashdan   iborat
bo’lib,   tadqiqotchi   ilgari   surayotgan   g’oyaning   nazariy   jihatdan   haqqoniyligini
asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar   ijodini   o’rganish   metodi .   Mazkur   metod   o’quvchilarning   muayyan
yo’nalishlardagi   layoqati,   qobiliyati,   shuningdek,   ma’lum   fan   sohalari   bo’yicha
bilim,   ko’nikma   va   malakalari   darajasini   aniqlash   maqsadida   qo’llaniladi.   Uni
qo’llashda   o’quvchilarning   ijodiy   ishlari   –   kundaliklari,   insholari,   yozma   ishlari,
referatlari,   hisobotlari   muhim   vosita   bo’lib   xizmat   qiladi.   Metodning   afzalligi
shundaki,   u   ma’lum   o’quvchiga   xos   bo’lgan   individual   imkoniyatni   ko’ra   olish,
baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.  
Bolalar ijodini o’rganishning quyidagi  shakllar i mavjud:  
1) fan olimpiadalari;
2) turli mavzulardagi tanlovlar;
3)  maktab ko’rgazmalari;
4) festivallar;
5) musobaqalar.
Pedagogik   tajriba   (eksperiment   –   lotincha   «sinab   ko’rish»,   «tajriba   qilib
ko’rish»)   metodi .   Pedagogik   tajriba   metodidan   muammo   yechimini   topish
imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning
kafolatlay   olishi,   ilgari   surilayotgan   tavsiyalarning   amaliyotda   o’z   in’ikosiga   ega
bo’la   olishi   hamda   samaradorligini   aniqlash   maqsadida   foydalaniladi.   Muayyan
muammo yechimini topishga yo’naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni
aniq   belgilangan   respondentlar   ishtirokida   amalga   oshiriladi.   Mazkur   metoddan
foydalanish   tadqiqotchi   tomonidan   ilgari   surilayotgan   maxsus   metodikaning
samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.             Pedagogik   tajriba   ham   bir   qator   shartlarga   amal   qilgan   holda   tashkil
etiladi. Xususan:
1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;
tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
tadqiqot obyektlari va usullarining to’g’ri tanlanishi;
tajriba o’tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi;
zarur   pedagogik   shart-sharoitlar   (asbob-uskuna,   jihozlar,   vositalar)ning
yaratilganligi;
tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash.
Pedagogik   tajriba   yakunida   olingan   natijalarga   asoslanib   umumiy   xulosaga
kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik-statistik   metod   tajriba-sinov   ishlari,   shuningdek,   umumiy   holda
tadqiqotning   samaradorlik   darajasini   aniqlash   maqsadida   qo’llaniladi,   muammo
holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar  maxsus matematik formulalar yordamida qayta
tahlil   etiladi.   Yakuniy   qiymat   tadqiqot   samarasini   ifodalovchi   asosiy   ko’rsatkich
hisoblanadi.   Ayni   vaqtda   pedagogik   yo’nalishda   tadqiqotlar   olib   borishda
Styudent,   Rokich,   V.P.Bespalko   hamda   V.V.Grechixin     metodlaridan   keng
foydalanilmoqda.
  Adabiyotlar:
1)Karimov   I.A.   O’zbekistonninng   o’z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo’li.   –
Toshkent, O’zbekiston, 1992.
2) Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.
– Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3) O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni Barkamol
avlod   –   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –   Toshkent,   Sharq
nashriyot-matbaa konserni, 1997.
4) Forobiy,   Abu   Nasr.   Fozil   odamlar   shahri.   –   Toshkent,   Halq   merosi
nashriyoti, 1993.
5) Pedagogika.   G’A.Q.Munavvarovaning   umumiy   tahriri   ostida.   -
Toshkent, O’qituvchi, 1993.

PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT METODLARI. R E J A : 1. Ilmiy-tadqiqot metodlar haqida tushuncha. 2. Pedagogik kuzatish metodi. 3. Suhbat metodi. 4. Anketa metodi. 5. Intervyu metodi. 6. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 7. Test metodi. 8. Pedagogik tahlil metodi. 9. Bolalar ijodini o’rganish metodi. 10. Pedagogik tajriba metodi. 11. Matematik-statistik metod.

Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiharish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida ularning sodir bo’lish sabablarini o’rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog’liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bo’lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasida pedagogik yo’nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondoshuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqyelik va ularning qonuniyatlarilarini aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomillashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o’rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo’lgan jarayon bo’lib, uning samarali bo’lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: 1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; 2) ilmiy farazlarning to’g’ri shakllantirilganligi;

3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi; 4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; 5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi; 6) tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini bashoratlash; 7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 1. Pedagogik kuzatish metodi. 2. Suhbat metodi. 3. Anketa metodi. 4. Intervyu metodi. 5. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 6. Test metodi. 7. Pedagogik tahlil metodi. 8. Bolalar ijodini o’rganish metodi. 9. Pedagogik tajriba metodi. 10. Matematik-statistik metod. Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo’llash jarayonida ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o’quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.

Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo’l qo’ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 2) kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish; 3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish; 5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik. Suhbat metodi . Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to’g’ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba- sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o’tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to’la-to’kis namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning samarali bo’lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq: 1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar o’rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash; 2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to’xtamga kelish; 4) suhbatdosh to’g’risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo’lish; 5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo’lish; 6) suhbatdoshning o’z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 8) olingan ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil qilish. Anketa metodi (fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to’plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko’p hollarda, yozma ravishda

olinadi. O’rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo’ladi: 1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); 2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo’q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). Anketa metodini qo’llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir: 1) anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; 2) anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo’lmasligi kerak; 3) anketa savollari o’quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; 4) anketa savollari respondentlar tomonidan to’la javoblar berilishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur; 5) anketa o’quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini to’zish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur; 6) anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart. Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o’tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi. Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o’rganish, bu boradagi faollik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan