PSIXOLOGIYANING ILMIY TADQIQOT METODLARI
MAVZU: PSIX OLO G IY ANING ILMIY TADQIQO T METO DLARI Reja: 1. Kuzatish metodi 2. Test metodlari 3. Biografiya va anketa matodlari 4. Djon Moreno “Sotsiometriya metodi” 5. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari ~ 1 ~
Avvalo metodlar haqida ikki og’iz so’z. Metod so’zi – yunoncha methodos bo’lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo’l, usul so’zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo’llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashdagi qo’llaniladigan tadqiqot metodalri haqida so’z boradi. Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o’rin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlaridan biri – kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo’lib hisoblanib, uzoq o’tmish zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo’lib, keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’ekti, ko’lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o’rganish imkoniyati tug’ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o’zgarishlar yuzaga keldi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo bo’ldi, xolisonalik (ob’ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, o’lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish metodi psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kiritilib, uning barcha sohalarida qo’llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiylik imkoniyatining yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanlik xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz. Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi: - voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, yo’nalishlarga ajratish (nemischa – lotincha «kvantifikatsiyalash», ya’ni eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash); - kuzatishning ko’lami (hajmi), xususiyati va o’ziga xosligini aniqlash, ya’ni uning nimalarga qaratilganini belgilab olish; - kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, ko’rinishning o’ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni frantsuzcha – lotincha «fiksatsiyalash»); 2.Test metodlari 1. Kuzatish metodi - kuzatish davomida to’plangan omillar, ma’lumotlar, natijalarni matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari bo’yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish. Psixologik kuzatish olib borishdan ko’zlangan maqsad mana bulardan iborat: - kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’ektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish; - kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, chizgi tarzda ifodalanishini yaratish, yig’ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish. Kuzatishning ob’ekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega: - kuzatishning ob’ekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar, emotsional – hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti, ~ 2 ~
muomalasi kabilarni o’rganishdan iboratdir; - kuzatishning predmeti – insonning xilma – xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, o’ziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir; - amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo’nalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va boshqalar; - noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa ma’nosini tana a’zolari orqali ifodalash); - vegetativ reaktsiyalarning ko’rinishi: rangning qizarishi, oqarishi, terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi. Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (iyerarxiyasi) tarkiblari quyidagilardan tashkil topadi: - kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning tahlili, talqini va g’oyalarni ilgari surish. Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to’plangan ma’lumotlarni alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish. Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: izchil, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy - sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar. Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo’llash maqsadga muvofiq: - ę.Gilbertning «Ish kuni fotografiyasi» metodikasi (rasmlarda ifodalangan ishchining harakatini kuzatish, ko’zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa’i – harakatlar bo’yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o’zgarishlarga binoan muayyan ketma – ketlikda joylashtirish); - A.K.Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada va smenadan keyin tekshiruv o’tkazish); - talabalarda dars boshida, o’rtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda: yordamchi yumush bilan shug’ullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar. Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo’lib, vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish, kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish (o’smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq - atvor portretini tahlil qilish va hokazo. Kuzatilgan ob’ektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir tomonidan faktik ifodalanishi, ta’kidlovchi, ta’birlovchi, umumlashtiruvchi xususiyatlar majmuasi. Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilinadi, tajriba yakunlari bo’yicha g’oyalar, umumlashmalar, xossalar, qonuniyatlar, mexanizmlar, holatlarning ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi. ~ 3 ~
Kuzatish yakunida to’plangan ma’lumotlar ilmiy hisobat sifatida muayyan qoidalarga asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish, metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma – bosqich tahlili, ularning muhokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega bo’lgan tavsiyalar, ko’rsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati va nihoyat ilovalar (har bir qism o’ziga xos yakunlangan, tugallangan ma’no anglatishi lozim). Kuzatish metodi yordami bilan hatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli – tuman bo’lishidan qat’i nazar kuzatish jarayonida ushbu holatlarga e’tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish, nizoning kuchayishi, uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga qaratilgan ta’sir o’tkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo yechimining topilishi, nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyingi psixologik holatning tasnifi. Kuzatish jarayonida R.Beylzaning interaktsiya metodikasini (bahs, munozara jarayonida o’zaro ta’sir o’tkazish imkoniyatini aniqlash uchun) qo’llash ijobiy natijalar beradi: - umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yo’naltirish; - guruh a’zolari tomonidan muammoni yechish yo’llarini baholash; - bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish; - umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish; - muammo yechimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va hamjihatligi. Kuzatish yakunlari bo’yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharhlash, yosh davrlari, jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning boyishiga olib keladi. Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi tartibda qo’llash lozim: - olingan natijalarni foizlar bo’yicha hisoblab chiqish; - to’plangan ma’lumotlarning o’rtacha arifmetik qiymatini topish; - son qatoridagi o’rtacha kvadrat og’ishni hisoblash (sigma); - son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya); - omillar o’rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion) tahlil qilish; - ma’lumotlar, metodikalarning ishonchililik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish lozim. 2.2. Test metodi Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko’ra, intellekt-lotincha so’zdan olingan bo’lib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan ma’noni anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. O’z davrida A+SHlik psixolog ę.ęrimen intellekt oltita tarkibdan iborat, degan g’oyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini ko’rsatib o’tadi: - sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlilik; - lug’at boyligi ko’lami; - geometrik shakllar o’rtasidagi o’xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga ~ 4 ~
nisbatan uquvchanlik; - shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati; - shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi; - xotiraning mahsuldorligi yoki noyob xislatliligi. YAna bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib «birlamchi aqliy potentsiyalar» deb ataydi. Muallif yetti xildagi potentsiyalar o’zaro farqlanishini ta’kidlab o’tadi: - insonning hisoblash qobiliyati ko’rsatkichi; - og’zaki so’zni ixcham ifodalashining ko’rsatkichi, nutq yordami bilan tez o’qish hadisini egallaganligi; - og’zaki ma’lumotlarni to’la idrok qilish yoki idrok qilingan so’zlarni tushunish, anglash; - fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash qobiliyati (uquvchanligi); - xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi; - fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik; - shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur’ati. ęrantsuz psixologi T.Ribo idrok ko’lamining kengayishi, bilimlarning ko’payishi, diqqatni bir vaqtning o’zida bir necha ob’ektga qarata olishi – inson intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat bo’lishi mumkin ekanligini ta’kidlaydi: - shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi, - inson identifikatsiyasi (o’quvchining bilimlarini o’ziga singdirish jarayoni, uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini o’zlashtirib borish va boshqalar), - refleksiya (inson o’zini – o’zi anglash hamda bo’lg’usi faoliyatni amalga oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlari tug’ilishi kabilar). SH.Byuler intellektual taraqqiyotni quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi shart deb hisoblaydi: - sinkretizm (tushunchalarni bir – biridan ajrata olmaslik holati); - agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi, vaqtni noadekvat, noto’g’ri idrok qilish, har bir obrazlarni muayyan bo’laklariga binoan bir umuiyatga yaxlitlash, birlashtirish); - xayolot (ijodiy xayol) yordamida inson o’zi tug’ilib o’sgan Vataniga biron – bir jihatdan yordam berishi; - realiya (realizm, ya’ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yaqqol tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan iborat fikrlashning ko’rinishi singari). Jahon psixologlari to’plagan ilmiy materiallarni umumlashtirib, intellekt muammosini tadqiq qilishda diqqat – e’tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim deb hisoblaymiz: - intellektning yosh davr xususiyatlariga bog’liqligi; - jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi; - millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi; ~ 5 ~