logo

TA’LIM INTEGRATSIYASI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

82.3388671875 KB
 TA’LIM INTEGRATSIYASI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Reja.
1. Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari.
2. Integratsiyalangan darslarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar.
3.   Integratsiyalangan   darslarni   tashkil   qilishda   chet   el   tajribasi   va   undagi
muammolar. 1. Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari.
        Boshlang‘ich maktab ta’lim va tarbiyasini integratsiyalash  muammosi  nazariya
uchun   ham,   amaliyot   uchun   ham   muhim   va   dolzarbdir.   Boshlang‘ich   talimni
integratsiyalash masalasi bo‘yicha keyingi paytda bir qancha yondashishlar bo‘ldi:
darsni ikki fan o‘qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga birlashtirib, uni
bir   o‘qituvchi   tomonidan   o‘tilishi,   integratsiyalangan   kurslar   tashkil   etish,
boshlang‘ich ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirish.   Bunga maktab ham, didaktika
va metodika ham tayyor emas.
Hozirgi   kunda   asosini   tabiatshunoslik   bo‘yicha   bilimlar   tashkil   etuvchi
integratsiyalangan   kurs   yaratish   muammo si   dolzarb   bo‘lib   turibdi.   Bular   boshqa
turdaga   bilimlarni   jipslashtiruvchi   asosiy   vazifani   o‘z   zimmasiga   oladi.   Bunday
yondashish   anchadan   beri   ma’lum   va   chet   el   maktablari   tajribasida   hal   etilgan.
Bunda   gap   faqat   sinflarda   emas,   balki   umumiy   ta’limning   o‘rta   va   tugallovchi
bo‘g‘inlarida   ham   bir   qator   fanlarning   mazmunini   integratsiyalash   ustida
bormoqda.   Bu   integratsiyalangan   fanga   tabiat   va   jamiyatning   birligini   tushunish
uchun   zarur   bo‘lgan   bir   qator   ijtimoiy-iqtisodiy,   axloqiy-estetik   g‘oya   va
tushunchalarni kiritish ko‘zda tutilgan.
       Oxirgi paytda maktab ta’limini integratsiyalash to‘g‘risida juda ko‘p   gapirildi.
Olimlar   va   amaliyotchi-o‘qituvchilar   bolalarda   qanday   qilib   dunyo   to‘g‘risida
yaxlit   tushuncha   hosil   qilish   va   turli   fanlar   bo‘yicha   bilimlarni   yaqinlashtirish
uchun   bir   butun   dasturni   tuzish   to‘g‘risida   bosh   qotirmoqdalar.   Bir-biriga   yaqin
bo‘lgan   fanlarni   birlashtiruvchi   kurslar   tashkil   etish   harakatlari   bo‘lmoqda:
masalan,   matematika   va   konstruksiyalash,   tasviriy   san’at   va   badiiy   mehnat,   bu
yo‘llarning   samaradorligi   to‘g‘risida   chet   ellik   pedagoglarning   ko‘p   yillik   ishlari
natijalari bo‘yicha baholash mumkin   integratsiyalangan kurslar chet el maktablari
uchun odatiy holga aylangan.
       CHet  el  tajribasi  bilan tanishish shuni  ko‘rsatadiki, tabiat va jamiyat   xaqidaga
bilimlarni   rivojlantirish   uchun   asos   bo‘luvchi   integratsiyalangan   fanlar   ko‘pgina
mamlakatlarning   o‘kuv   dasturlariga   kiritilgan.   Bu   ekologik   yo‘nalishiga   ega
bo‘lgan   integratsiyalangan   fanlar   jahon   hamjamiyatida   o‘kuvchilarda   atrof- muhitga javobgarlikni shakllantirishning asosiy vositasi   ekanliga to‘g‘risida xabar
beradi.
      Hozirgi   kunda   integratsiyaning   bir   necha   usullari   qo‘llaniladi.   Birinchisi   bir
nechta   fanlarni   bir   fanga   birlashtirish.   SHu   masaladagi   1988   yilda   chop   etilgan
xalqaro   pedagogik   tajriba   o‘rganishi   natijalari   juda   keng.   Ko‘pchilik   xorijiy
mamlakatlar boshlang‘ich maktablarining o‘ziga xos xususiyati   integratsiyalangan
kurslar bo‘yicha ta’lim bo‘lib qoldi.
   Kursning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson tabiat, jamiyat,  fan,
san’at   bilan   suxbatlashishga   faqat   odamlar   suhbatlashadigan   til   bilangina   emas,
hayvonlar,   o‘simliklar   tili   bilan,   rassomlar,   musiqachilar,   olimlar   foydalanadigan
til bilan tanishtirishdir.
        Kichik   maktab   o‘quvchisiga   fikr   doirasi   keng   bo‘lgan   muloqot   san’atining
boshlang‘ich   savodini   egallashda   yordam   berish.   Bu   savod   o‘z   ichiga   odamlar
bilan   muloqot   (tengdoshlar,   katta   yoshdagilar,   kichik   yoshdagilar),   o‘z-o‘zi   bilan
muloqot va atrof-muhitdagi hodisalar bilan  muloqotni kiritadi.
        Kursning   maqsadlaridan   yana   biri   o‘zi   ishlayotgan   olam   haqida   narsa   va
hodisalar   orasidagi   bog‘liqlik,   o‘zaro   yordam,   moddiy   va   madaniyatning   turli-
tumanligi   haqida   keng   va   eng   asosiysi,   insonning   ichki   (ma’naviy)   va   (ijtimoiy)
dunyosi   haqida,   olamda   hukm   suruvchi   qonunlar   (tabiiy,   ilmiy,   tarixiy,   axloqiy)
haqida   tushuncha   berish.   Asosiy   urg‘u   faqat   ma’lum   bilimlarni   egallashgagina
emas,   balki   obrazli   fikrlashni   rivojlantirishga   beriladi.   Olamning   umumiy
ko‘rinishi   tovushlar,   obrazlar,   ranglar   orqali   tanishtiriladi,   bola   esa   ham   dunyoni,
ham   o‘zini   o‘rganuvchi,   tekshiruvchi   o‘rniga   qo‘yadi.   Bunda   kursning   ta’limiy
kichik   maktab   o‘quvchilarining   kurs   bilan   parallel   ravishda   asosiy   fanlarni   ham
o‘rganishlariga   hamda   o‘rta   maktab   ta’limida   qulay   sharoitlar   yaratishga   xizmat
qiladi.
        Kursning   tuzilishi   qanday?   Kursning   integrativligi   uning   tuzilishiga   xos
xususiyatlarni   belgilab   beradi.   Yil   uchun   umumiy   bo‘lgan   bir   mavzu,   har
chorakning asosiy mavzusida o‘z rivojini topadi. SHunday qilib kurs asosiga qo‘yilgan (fikrlarning) g‘oyalarning gorizontal harakati
amalga oshiriladi.
         Xuddi   shu yo‘l   bilan   vertikal  harakat ham   amalga   oshiriladi   (sinfdan-sinfga),
bunda bir mavzu bolaning o‘sishiga qarab murakkablashib  boradi.
Integrativlik   insonning   olam   bilan   o‘zaro   aloqalariga   aks   etuvchi   mavzularga
kiritilgan:   bola   idrokida   abstrakt   bo‘lgan   uzoq   olam   bilan   (kosmos,   yulduzlar,   er
planetasi,   katta   bo‘shliqlar   va   vaqt   qa’ri).   YAqin   olam   (mikroolam,   uy   oldidagi
hayvonlar  va  o‘simlik  dunyosi,  ona-Vatan  tabiati  va  boshqa  mamlakatlar  tabiati).
Insonlar   olami   bilan   (turli   mamlakatlar   va   madaniyatlar,   sivilizatsiya   markazlari,
insonning inson va jamiyat bilan munosabatlari insonning ichki dunyosi); madaniy
dunyosi bilan (xalq ijodi, rassom va olimlar ijodi, ma’naviy qadriyatlarni saqlovchi
odamlarning  ishlari).
     SHu olamlar ichra sayohatning mavjudlik qonuniyatlarini, tillarining o‘ziga  xos
xususiyatlarini   ochish-kurs   tizimining   asosiy   mantiqidir.   Kurs   oddiydan
murakkabga,   bilishdan-ilmga,   tartibsizlikdan   uyg‘unlikka,   chanqoqlikdan
mohirlikka   va   ijodga   bo‘lgan   harakatni,   taklif   qiladi.   Bola   dunyo   yaralishining
«g‘ishtchalari»   bilan   taniladi,   olamning   boshlanishga,   insonning   erda   paydo
bo‘lishiga   murojat   qiladi.   So‘zlar,   sonlar   siri,   yashil   barg,   qadimiy   afsonalar
sirlarini   ochish   fikrlariga.   Bola   makon   va   zamon   bo‘ylab   sayohatga   otlanadi.
SHunday qilib  bola har  kuni   ochishi   kerak bo‘lgan   olamning go‘zalligini  va  turli
tumanligini his qiladi.
2. Integratsiyalangan darslarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar.
         Murakkab dunyoqarashlar ilmiy, badiiy g‘oyalar bola tushunishi uchun qulay,
obrazli mavzularda o‘z aksini topgan, ular yil mundarijasini tuzishga imkon beradi.
Bir tartibga solingan tizim bu kursning o‘ziga xos xususiyatidir. Bunday o‘yinlarga
yondoshish   6-10   yoshdan   boshlanadi.   Bu   hol   ularni   turli   o‘yin   orqali   murakkab
bilim orttirish, badiiy, axloqiy masalalarni hal qilishga  yordam beradi.
        Yil   va   chorak   mundarijasiga   turli   ertak   qaxramonlarini   (kichik   shaxzoda,
Karlson, Dyumovochka va boshqalar) kiritilishi ham shu maqsadga xizmat qiladi. Ular bolani mavzudan mavzuga etaklab yurgandek, ular bilan bola, inson muloqot
qiladi va yangi narsalarni bilib oladi.
     Kurs shaxsga moslangan yo‘nalishga ega faqatgina sinf yoki guruhga emas,   har
bir   bolaga   ahamiyat   beriladigan   qilib   ishni   tashkil   etish   nazarda   tutiladi.   Bunda
uning   shaxsiy   fazilatlari,   qobiliyatlari   alohida   ko‘rsatiladi,   uning   qiziqishlari
hisobga olinadi. U maqsadda «O‘z yulduzingni yoq», «Guldastada sening guling»,
«Sen sevgan kitob» kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yin davomida diqqat-
e’tibor   birgina   bolaga   qaratiladi.   Masalan,   tug‘ilgan   kuni   munosabati   bilan
osmonda   yangi   yoritilgan   yulduz   uning   nomi   bilan   ataladi   yoki   katta   guldasta
bayram   egasiga   yoqadigai   gul   bilan   boyiydi.   Kichik   maktab   yoshidagi
o‘quvchilarning   qiziqish   va   qobiliyatlariga   moslashish   ularning   badiiy   faolligini
rivojlantirishni   taqozo   etadi.   Bilim   olish,   badiiy   hayotiy   masalalarni   hal   qilishda
o‘ziga xoslikni uddaburonlikni, epchillikni rag‘batlantirish nazarda tutilyapti. SHu
munosabat   bilan   bolalarning   she’r   va   hikoyalar   yozish,   yangi   raqs   o‘ylab   topish,
shirin   taom   pishirish,   biror   asbob   yaratish,   o‘simliklardan   shakllar   yaratish   kabi
mustaqil  ijodiyot turli yo‘llar bilan rag‘batlantirib borish taqazo etiladi.
        Emotsional   tomonlarni   rivojlantirishga   katta   ahamiyat   beriladi.   Mashg‘ulotlar
bolalarda ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini (materiallar sifatini (fakturasini) ushlab
ko‘rib   ajrata   bilish   qobiliyati),   sezish   tuyg‘ularini   (hid   va   ta’mni   ajrata   olish
qobiliyatlarini)   rivojlantirishga   yordam   beradi.   «Ovchilar»,   «Hayvonlar»   ,
«Izquvarlar»ni o‘ynash bolalarga faqat umumiy bilimlarga ega bo‘lish, masalalarni
mantiqan   hal   eta   bilishgina   emas,   insonga   berilgan   barcha   his-tuyg‘ular   ham
muhim   ekanligini   ko‘rsatib   beradi.   Ularni   rivojlantirish   o‘ta   nozik   tuyg‘ularning
shakllanishiga   yo‘ldir.   Bunga   yorqin   obrazlarga,   san’at   asarlariga,   tabiat   bilan
zavqlanishga   murojaat   qilish   orqali   erishish   mumkin.   Bolalarda   salbiy,   xunuk,
yomon narsalarga ham emotsional munosabatini rivojlantirish lozim.
    Bunga ertaklar o‘qish, turli sahna ko‘rinishlari qo‘yish yordam beradi. Bolaning
his   tuyg‘ulari   uning   jismoniy   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   bola   faoliyatiga   harakat
qilishga,   o‘z   holatini   badan   harakatlari,   imo-ishoralar,   raqs   orqali   ko‘rsatib
berishga imkon beruvchi mashqlarni kiritish lozim. Kursni   tashkil   qilish   va   ish   shakllari   kursi   haftasiga   ikki   soatga   mo‘ljallangan.
Hafta   oxirida   ikki   soatlik   dars   o‘qish   maqsadga   muvofiq,   bunda   bolalar,   bir
tomondan,   asosiy   darslardan   ancha   dam   olishadi,   ikkinchi   tomondan,   keyingi
haftasiga   darslarga   tayyorlanishadi.   Bunday   ikki   soatlik   darsni   «Ijod   soati»,
«Xayol (orzu) darsi» deb nomlash mumkin.
       Dars o‘tishdagi  asosiy shart – sinfda zarur, mos muhitni yaratish:  polga gilam
solish,   partalar   o‘rniga   qulay   bo‘lgan   stul   va   kreslolar   o‘rnini   almashtirish.
Mashg‘ulot   jarayonida   bolalar   o‘z   yashash   muhitlarini   yaratishadi.   Yil   va   chorak
mavzusi   «devorlardagi   suratlar»,   «Hayvonot   va   o‘simliklar   dunyosi»   paydo
bo‘ladi, bularni o‘quvchilar o‘zlari o‘ylab topishadn. Buning uchun turli badiiy va
texnik   vositalar,   ma’lumot   beruvchi   nashrlar,   ensiklopediyalar,   kartalardan
foydalanish mumkin.
Ko‘pincha   vaqtni   sinfdan   va   maktabdan   tashqarida   o‘tkazish   ko‘zda   tutiladi.
Muzey   va   kutubxonalarda,   xiyobon   yoki   ko‘chalarda   o‘tiladigan   darslar   odatiy
bo‘lib qoladi.
3. Integratsiyalangan darslarni tashkil qilishda chet el tajribasi va undagi
muammolar.
        Integratsiyalangan kurs ustidagi ishlar  davom etadi. Tanlangan yo‘l juda qiyin
va mutlaqo shubhasiz emas. Qiyin  muammolarni  hal qilish lozim.
Bolgariyalik   olimlar   tabiiy-ilmiy   bilimlarni   o‘z   ichiga   olgan,   10-12   yoshli
bolalarga mo‘ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. SHunday qilib, o‘qish,
yozish   va   og‘zaki   nutq   «til   san’ati»ga   tarix,   geografiya,   fuqoroshunoslik,
jamiyatshunoslik,   fizika,   kimyo,   biologiya,   astronomiya,   tabiatshunoslik   va   shu
kabilarga birlashtirildi.
        Integratsiyaning   bunday   usulidan   to‘liqsiz   va   to‘liq   o‘rta   maktablarda
qo‘llaniladi. AQSH o‘rta maktablarining katta sinflarida o‘z ichiga fizika, kimyo,
geografiya,   geologiya,   kristallografiya,   tuproqshunoslik,   poletalogiya   va   shu
kabilarni oluvchi «Erni o‘rganish» fani kiritilgan. CHexoslovakiyada ham shunday
umumlashtiruvchi integratsiyalangan «Fuqoro tarbiyasi» deb nomlangan kurs katta sinflarda kiritilgan. SHunday qilib, bir qator mamlakatlar tajribalari ko‘rsatishicha,
integratsiyalangan   kurslar   qulay   shakli   bo‘lib   qoldi.   Maktabda   o‘qitiladigan
fanlarni bir butun tizimli ravishda o‘qitish imkoniyati tug‘ilganga o‘xshaydi. Lekin
shunday   savol   tug‘iladi:   bu   kursni   qanday   o‘qituvchi   o‘qitishi   mumkin.   Bunday
kurslar yaratilishining o‘zi mualliflarning yuqori  malakali jamoani talab qiladi. Uni
o‘qitish uchun esa yuqori malakagina emas,  balki keng bilimdonlik kerak. Bunday
o‘qituvchini kim tayyorlab beradi. 
    Kim   shunday   murakkab   ko‘p   predmetli   o‘quv   kursini   olib   boruvchi o‘qituvchini
moddiy va ma’naviy jihatdan qiziqtira oladi?
Bu   savollar   hal   qilinmas   ekan,   integratsiyaning   bu   usuli   ko‘rinarli   natijalar
bermaydi.
          Boshlang‘ich   maktabda   integratsiyani   amalga   oshiruvchi   bug‘in   vazifasini
o‘qituvchining   o‘zi   amalga   oshiradi.   U   bolalarning   arifmetikaga,   yozishga,   tabiat
ko‘pgina boshlang‘ich tushunchalarga va yana ko‘pgina narsalarga o‘rgatadi. O‘z
kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang‘ich sinflarda
bir   o‘qituvchining   dars   berishini,   integratsiyaning   bir   usuli   deb   hisoblasak   ham
bo‘ladi.
     Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin,
muammoning   mohiyati shundaki, usullarning birlaridan yuz o‘girib, ikkinchisidan
barcha   darajalarida   o‘qituvchilarning   (psixologik   va   fiziologik)   yosh
xususiyatlarini   hisobga   oladigan   integratsion   choralar   tuzishni   kiritishidir.
Muammoning   bunday   qo‘yilishi   integratsiyaning   turli   ta’lim   pog‘onalarida   turli
xususiyatlarga ega. Boshlang‘ich maktabda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin
fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiq.
        Ta’limning   keyingi   pog‘onalaridan   u   asosiy   fanlarning   chegaralarini
birlashtirishga   xarakat   qiladi.   Boshlang‘ich   ta’lim-tarbiyani   integratsiyalashda
ijobiy   va   salbiy   omillar   mavjudligini   hisobga   olish   kerak.   Bu   omillar
integratsiyaning usullarini belgilab beradi.
YU.M.Kolegin   va   O.L.Aleksinko   integratsiyaning   salbiy   omillarini   ko‘rsatib
beradilar: -   O‘quv   fanlarining   chegaralangan   soni – olinayotgan   katta hajmdagi   bilimlarning
mazmuni   olamning   haqiqiy   ko‘rinishini,   qismlarining   o‘zaro   bog‘liqligini   aks
ettirish bilan to‘ldirish mumkin.
-   Juda   muhim   bo‘lgan   o‘qish,   yozish   va   sanoq   ko‘nikmalarini   shakllantirish
zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga bo‘linib o‘qitishni talab qiladiganga o‘xshaydi.
Lekin   o‘qish   va   matematikaga   o‘qitishning   an’anaviy   tajribasi   ham   keng
integratsion   imkoniyatlar   haqida   dalolat   beradi.   Bunda   o‘qish   fan   sifatida   o‘z
ichiga   faqat   badiiy   matnlarni   emas,   tarix,   tabiatshunoslik   bo‘yicha   materiallarni
oladi.   Matematika,   arifmetika,   algebraik   va   geometrik   materiallarini   o‘z   ichiga
oladi.   Bunday   integratsiya   muhim   ko‘nikmalar   hosil   qilishga   halaqit   bermaslik,
aksincha ularni shakllantirishga  kafolat beradi.
      Robert   Karlosning   aytishicha,   boshlang‘ich   maktab   faqat   o‘qish,   yozish   va
sanashni   o‘rgatibgina   qolmasdan,   bundan   ham   muhimroq   va   kattaroq   masalani
amalga   oshirish   kerak.   CHunki   har   bir   bola   shakllantirish   davrida   uning
intellektual   faolligini   rag‘batlantirish,   tabiiy   qobiliyat   singari,   uning   keyingi
muvaffaqiyatlari uchun juda muhimdir.
-   Integratsiyalangan   kurslarni   shu   yoshdagi   bolalarga   tushunarli   va   qiziq   bo‘lishi
uchun bayon qilishning qiyinligi. Bu omilni bartaraf etishning yo‘llari amaliyotda
tekshirilgan   eng   ma’qul   uslublarni   ishlab   chiqishda   hamda   o‘qituvchilar
tayyorlashning maxsus tizimidadir.
Adabiyotlar .
1.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan   pedagogikasi.
Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005. -104 b.

TA’LIM INTEGRATSIYASI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Reja. 1. Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari. 2. Integratsiyalangan darslarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar. 3. Integratsiyalangan darslarni tashkil qilishda chet el tajribasi va undagi muammolar.

1. Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari. Boshlang‘ich maktab ta’lim va tarbiyasini integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Boshlang‘ich talimni integratsiyalash masalasi bo‘yicha keyingi paytda bir qancha yondashishlar bo‘ldi: darsni ikki fan o‘qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga birlashtirib, uni bir o‘qituvchi tomonidan o‘tilishi, integratsiyalangan kurslar tashkil etish, boshlang‘ich ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirish. Bunga maktab ham, didaktika va metodika ham tayyor emas. Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo‘yicha bilimlar tashkil etuvchi integratsiyalangan kurs yaratish muammo si dolzarb bo‘lib turibdi. Bular boshqa turdaga bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani o‘z zimmasiga oladi. Bunday yondashish anchadan beri ma’lum va chet el maktablari tajribasida hal etilgan. Bunda gap faqat sinflarda emas, balki umumiy ta’limning o‘rta va tugallovchi bo‘g‘inlarida ham bir qator fanlarning mazmunini integratsiyalash ustida bormoqda. Bu integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-estetik g‘oya va tushunchalarni kiritish ko‘zda tutilgan. Oxirgi paytda maktab ta’limini integratsiyalash to‘g‘risida juda ko‘p gapirildi. Olimlar va amaliyotchi-o‘qituvchilar bolalarda qanday qilib dunyo to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo‘yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to‘g‘risida bosh qotirmoqdalar. Bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etish harakatlari bo‘lmoqda: masalan, matematika va konstruksiyalash, tasviriy san’at va badiiy mehnat, bu yo‘llarning samaradorligi to‘g‘risida chet ellik pedagoglarning ko‘p yillik ishlari natijalari bo‘yicha baholash mumkin integratsiyalangan kurslar chet el maktablari uchun odatiy holga aylangan. CHet el tajribasi bilan tanishish shuni ko‘rsatadiki, tabiat va jamiyat xaqidaga bilimlarni rivojlantirish uchun asos bo‘luvchi integratsiyalangan fanlar ko‘pgina mamlakatlarning o‘kuv dasturlariga kiritilgan. Bu ekologik yo‘nalishiga ega bo‘lgan integratsiyalangan fanlar jahon hamjamiyatida o‘kuvchilarda atrof-

muhitga javobgarlikni shakllantirishning asosiy vositasi ekanliga to‘g‘risida xabar beradi. Hozirgi kunda integratsiyaning bir necha usullari qo‘llaniladi. Birinchisi bir nechta fanlarni bir fanga birlashtirish. SHu masaladagi 1988 yilda chop etilgan xalqaro pedagogik tajriba o‘rganishi natijalari juda keng. Ko‘pchilik xorijiy mamlakatlar boshlang‘ich maktablarining o‘ziga xos xususiyati integratsiyalangan kurslar bo‘yicha ta’lim bo‘lib qoldi. Kursning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan suxbatlashishga faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o‘simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir. Kichik maktab o‘quvchisiga fikr doirasi keng bo‘lgan muloqot san’atining boshlang‘ich savodini egallashda yordam berish. Bu savod o‘z ichiga odamlar bilan muloqot (tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar), o‘z-o‘zi bilan muloqot va atrof-muhitdagi hodisalar bilan muloqotni kiritadi. Kursning maqsadlaridan yana biri o‘zi ishlayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog‘liqlik, o‘zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli- tumanligi haqida keng va eng asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va (ijtimoiy) dunyosi haqida, olamda hukm suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish. Asosiy urg‘u faqat ma’lum bilimlarni egallashgagina emas, balki obrazli fikrlashni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko‘rinishi tovushlar, obrazlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham o‘zini o‘rganuvchi, tekshiruvchi o‘rniga qo‘yadi. Bunda kursning ta’limiy kichik maktab o‘quvchilarining kurs bilan parallel ravishda asosiy fanlarni ham o‘rganishlariga hamda o‘rta maktab ta’limida qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Kursning tuzilishi qanday? Kursning integrativligi uning tuzilishiga xos xususiyatlarni belgilab beradi. Yil uchun umumiy bo‘lgan bir mavzu, har chorakning asosiy mavzusida o‘z rivojini topadi.

SHunday qilib kurs asosiga qo‘yilgan (fikrlarning) g‘oyalarning gorizontal harakati amalga oshiriladi. Xuddi shu yo‘l bilan vertikal harakat ham amalga oshiriladi (sinfdan-sinfga), bunda bir mavzu bolaning o‘sishiga qarab murakkablashib boradi. Integrativlik insonning olam bilan o‘zaro aloqalariga aks etuvchi mavzularga kiritilgan: bola idrokida abstrakt bo‘lgan uzoq olam bilan (kosmos, yulduzlar, er planetasi, katta bo‘shliqlar va vaqt qa’ri). YAqin olam (mikroolam, uy oldidagi hayvonlar va o‘simlik dunyosi, ona-Vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati). Insonlar olami bilan (turli mamlakatlar va madaniyatlar, sivilizatsiya markazlari, insonning inson va jamiyat bilan munosabatlari insonning ichki dunyosi); madaniy dunyosi bilan (xalq ijodi, rassom va olimlar ijodi, ma’naviy qadriyatlarni saqlovchi odamlarning ishlari). SHu olamlar ichra sayohatning mavjudlik qonuniyatlarini, tillarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochish-kurs tizimining asosiy mantiqidir. Kurs oddiydan murakkabga, bilishdan-ilmga, tartibsizlikdan uyg‘unlikka, chanqoqlikdan mohirlikka va ijodga bo‘lgan harakatni, taklif qiladi. Bola dunyo yaralishining «g‘ishtchalari» bilan taniladi, olamning boshlanishga, insonning erda paydo bo‘lishiga murojat qiladi. So‘zlar, sonlar siri, yashil barg, qadimiy afsonalar sirlarini ochish fikrlariga. Bola makon va zamon bo‘ylab sayohatga otlanadi. SHunday qilib bola har kuni ochishi kerak bo‘lgan olamning go‘zalligini va turli tumanligini his qiladi. 2. Integratsiyalangan darslarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar. Murakkab dunyoqarashlar ilmiy, badiiy g‘oyalar bola tushunishi uchun qulay, obrazli mavzularda o‘z aksini topgan, ular yil mundarijasini tuzishga imkon beradi. Bir tartibga solingan tizim bu kursning o‘ziga xos xususiyatidir. Bunday o‘yinlarga yondoshish 6-10 yoshdan boshlanadi. Bu hol ularni turli o‘yin orqali murakkab bilim orttirish, badiiy, axloqiy masalalarni hal qilishga yordam beradi. Yil va chorak mundarijasiga turli ertak qaxramonlarini (kichik shaxzoda, Karlson, Dyumovochka va boshqalar) kiritilishi ham shu maqsadga xizmat qiladi.

Ular bolani mavzudan mavzuga etaklab yurgandek, ular bilan bola, inson muloqot qiladi va yangi narsalarni bilib oladi. Kurs shaxsga moslangan yo‘nalishga ega faqatgina sinf yoki guruhga emas, har bir bolaga ahamiyat beriladigan qilib ishni tashkil etish nazarda tutiladi. Bunda uning shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari alohida ko‘rsatiladi, uning qiziqishlari hisobga olinadi. U maqsadda «O‘z yulduzingni yoq», «Guldastada sening guling», «Sen sevgan kitob» kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yin davomida diqqat- e’tibor birgina bolaga qaratiladi. Masalan, tug‘ilgan kuni munosabati bilan osmonda yangi yoritilgan yulduz uning nomi bilan ataladi yoki katta guldasta bayram egasiga yoqadigai gul bilan boyiydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlariga moslashish ularning badiiy faolligini rivojlantirishni taqozo etadi. Bilim olish, badiiy hayotiy masalalarni hal qilishda o‘ziga xoslikni uddaburonlikni, epchillikni rag‘batlantirish nazarda tutilyapti. SHu munosabat bilan bolalarning she’r va hikoyalar yozish, yangi raqs o‘ylab topish, shirin taom pishirish, biror asbob yaratish, o‘simliklardan shakllar yaratish kabi mustaqil ijodiyot turli yo‘llar bilan rag‘batlantirib borish taqazo etiladi. Emotsional tomonlarni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Mashg‘ulotlar bolalarda ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini (materiallar sifatini (fakturasini) ushlab ko‘rib ajrata bilish qobiliyati), sezish tuyg‘ularini (hid va ta’mni ajrata olish qobiliyatlarini) rivojlantirishga yordam beradi. «Ovchilar», «Hayvonlar» , «Izquvarlar»ni o‘ynash bolalarga faqat umumiy bilimlarga ega bo‘lish, masalalarni mantiqan hal eta bilishgina emas, insonga berilgan barcha his-tuyg‘ular ham muhim ekanligini ko‘rsatib beradi. Ularni rivojlantirish o‘ta nozik tuyg‘ularning shakllanishiga yo‘ldir. Bunga yorqin obrazlarga, san’at asarlariga, tabiat bilan zavqlanishga murojaat qilish orqali erishish mumkin. Bolalarda salbiy, xunuk, yomon narsalarga ham emotsional munosabatini rivojlantirish lozim. Bunga ertaklar o‘qish, turli sahna ko‘rinishlari qo‘yish yordam beradi. Bolaning his tuyg‘ulari uning jismoniy rivojlanishi bilan bog‘liq bola faoliyatiga harakat qilishga, o‘z holatini badan harakatlari, imo-ishoralar, raqs orqali ko‘rsatib berishga imkon beruvchi mashqlarni kiritish lozim.