logo

Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim mazmuni.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

241.7568359375 KB
Didaktika  pedagogik  ta’lim nazariyasi.   O`qitish
jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim mazmuni.
Reja:
1. Ta’lim   nazariyasi   (didaktika)-pedagogika   fanining
tarkibiy qismi sifatida. 
2. Didaktika, uning asosiy kategoriyalari. 
3. Didaktika nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy
asoslari. 
4. Ta’lim paradigmalari. Ta’lim prinsiplari. 
5. Ta’lim mazmuni, davlat ta’lim standartlari.
6. “O‘qitish   metodlari”   va   “usullari”   tushunchalarining   mohiyati.   O‘qitish
metodlarining   tasnifi . O’qitish   metodlariga   qo’yilidigan   pedagogik   talablar   va   ularni
guruhlash.
7. Ta’lim olganlikni tashxis etish .   O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini
hisobga olish va baholash.
8. Ta’limni   tashkil   etish   shakllari   va   turlari.
O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis
etish.  Pedagogika   fani   ta’lim   va   tarbiya   jarayonini   ularning   yaxlitligi   va   birligi
asosida o’rganadi.
Ikki   faoliyatning   har   birining   mohiyatini   aniq   bayon   etish   uchun   didaktika
(ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko’rsatadilar.
Hozirgi   davrda   didaktika   o’qitishning   mazmuni,   metodlari   va   tashkiliy
shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Umumiy   didaktikadan   tashqari   xususiy   didaktikalar   yoki   alohida   fanlar
bo’yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.
Ularning   mazmuni   ta’limning   ma’lum   bosqichlarida   u   yoki   bu   fanlarni
o’rganish   va   ta’lim   berishning   nazariy   asoslarini   belgilaydi.   Har   bir   o’qituvchi
didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi
zarur.
Didaktika   predmetini   aniqlash   bo’yicha   turli   qarashlar   ilgari   surilgan.
Qarashlarning   turlicha   bo’lishi   didaktikaning   metodologik   kategoriyalarini   aniq
ajratilmaganligi bilan bog’liq.
Ko’pchilik olimlar ta’lim obekti deb o’qitish jarayonining maqsadi, mazmuni,
qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko’rsatadilar.
Didaktika ta’limni ijtimoiy tajriba berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim
yordamida   yoshlarni   hayotga   tayyorlash   amalga   oshiriladi.   Ta’limiy   faoliyatni
tashkil   etishda   o’qituvchi   —   o’quvchi,   o’quvchi   —   o’quv   materiali,   o’quvchi   —
boshqa o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.
Pedagogik   adabiyotlarda   ulardan   qaysi   biri   didaktika   uchun   asosiy
hisoblanishi   kerakligi   borasida   ham   turli   fikrlar   keltiriladi   hamda   o’quvchining
o’quv   materialiga   bo’lgan   munosabati,   ya’ni,   bilimlarni   o’rganish   munosabatini
asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko’p.
Darhaqiqat,   o’qish,   o’rganish   ta’lim   jarayonining   ajralmas   xususiyatidir.
Ta’limga   psixologiya   nuqtayi   nazaridan   yondashilsa,   ushbu   munosabatning
ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani
berish,   o’igatish   nuqtayi   nazaridan   qaralsa   faoliyat   uchun   asosiy   sanaluvchi
munosabat —  ikki shaxs (o’quvchi va o’qituvchi) o’rtasidagi munosabatlar  etakchi o’rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.
Didaktika predmetining mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash
ta’lim-tarbiya   jarayonini   yaxlit   o’rganish   zarurligini   ilgari   suradi.   Ta’limning
tarbiyaviy   vazifalari   o’quvchining   bilimni   o’zlashtirishlarini   ta’minlabgina
qolmay,   shaxs   xususiyati,   uning   rivojlanishi,   ma’lum   ma’naviy-axloqiy   sifatlarni
o’zlashtirishi,   fe’l-atvori,   xulqini   tarbiyalash   uchun   zarur   shart-sharoitni
yaratishdan iborat.
Didaktikaga ta’limning   mazmunli va jarayonli   jihatlarini birgalikda o’rganish
xosdir.   Amaliyotni   qayta   tashkil   etish   va   takomillashtirish   masalalarini   nazarda
tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina  o’rganish obvekti  sifatidagina emas, balki
ilmiy asoslangan loyihalashtirish obekti sifatida qaraydi.
Umumiy   didaktikaning   predmeti   dars   o’tish   (o’qituvchi   faoliyati)   va   bilim
olish   (o’quvchining   o’rganish   faoliyati)ning   o’zaro   bog’liqligi   va   aloqadorligi
hjsoblanadi.
Didaktikaning  vazifalari  quyidagilardan iborat:
- ta’lim   jarayonlari   va   ularni   amalga   oshirish   shartlarini   ta’riflash   va
tushuntirish;
- ta’lim   jarayonini   yanada   mukammal   tashkil   etish,   ya’ni,   ta’lim   tizimlari   va
texnologiyalarini ishlab chiqish;
- ta’lim   jarayon     uchun   xos   bo’lgan   umumiy   qonuniyatlarni   aniqlash,
omillarini tahlil qilish va ta’riflash.
Didaktika   nazariy   va   bir   vaqtning   o’zida   me`yoriy-amaliy   fan.   Daktikaning
ilmiv-nazariv   vazifasi   ta’limning   mavjud   jarayonlarini   o’rganish,   uning   turli
jihatlari   o’rtasidagi   bog’liqliklar,   ularning   mohiyatini   ochib   berish,   rivojlanish
tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O’zlashtirilgan   nazariy   bilimlar   ta’lim   amaliyotini   yo’naltirish,   ta’limni
jamiyat   tomonidan   qo’yilayotgan   ijtimoiy   talablarga   muvofiq   takomillashtirishga
imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va
vositalarini   qo’llash   me`yorlarini   aniqlash   asosida   didaktika   amaliy-me’yoriy
hamda tashkiliy-texnologik vazifani  bajaradi. 3. Ta’lim   jarayonining   mohiyati.   O’qitish   va o’rganish   jarayonlari   tavsifi,
o’quv  jarayonida  ularning  o’zaro  bog’liqligi. 
Insonning faoliyatida o’qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Ta’lim   tasodifiy,   intiutiv   xususiyatga   ega   bo’lganda   ham   va   asosan   tasodifan
axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo’lganda ham shunday bo’lgan;
keyinchalik   ham,   ta’lim   maqsadga   muvofiq   muntazam   va   rejalashtirilgan
jarayonga aylanganda, maktab paydo bo’lganida ham shunday bo’lgan. Biroq uzoq
vaqt   davomida   ta’limni   nazariy   tahlil   qilish   va   o’rganish   ishlari   olib   borilmadi,
shuning   uchun   o’z   nazariyasiga   ega   bo’lmadi.   Faqatgina   XVII   asr   bu   sohada
muhim   o’zgarishlar   olib   keldi:   aynan   o’sha   paytda   ta’lim   alohida   nom   oldi   va
tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika   (ta’lim   nazariyasi :   yunoncha   «didaktikos»   «o’rgatuvchi»,
«didasko»   esa   —   «o’rganuvchi»   ma’nosini   bildiradi)   ta’limning   nazariy   jihatlari
(ta’lim   jarayonining   mohiyati,   tamoyillari,   qonuniyatlari,   o’qituvchi   va   o’quvchi
faoliyati   mazmuni,   ta’lim   maqsadi,   shakl,   metod,   vositalari,   natijasi,   ta’lim
jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolar)ni o’rganuvchi fan.
Bu tushunchani  buyuk chex pedagogi  Yan Amos Komenskiy (1592— 1670-
yillar) «Buyuk didaktika» (1657-yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Komenskiy
«didaktika   bu   faqat   ta’limgina   emas,   balki   tarbiyalash   ham»,   deb   ta’kidlaydi.
Mazkur   asarda   olim   ta’lim   nazariyasining   muhim   masalalari:pta’lim   mazmuni,
ta’limning ko’rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida
so’z  yuritadi.   Lekin  birinchi   bo’lib  nemis   olimi  Ratke   tomonidan    ilmiy  nazariya
sifatida kiritiladi. 
    Didaktika, uning asosiy kategoriyalari. 
Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tus hunchalar tizimi. Muayyan
fanga   xos   bo’lgan   tushunchalarda   insoniyat   tomonidan   ijtimoiy   taraqqiyot
jarayonida   to’plangan   bilimlar   aks   etadi.   Mavjud   ilmiy   tushunchalar   ikki   asosiy
guruhga ajratiladi:
1) falsafiy tushunchalar;
2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo’lgan tushunchalar. Didaktika   uchun   «umumiy   va   alohida»,   «mohiyati   va   hodisa»,   «qarama-
qarshilik»,   «bog’liqlik»   kabi   falsafiy   tushunchalar   ham   muhim   ahamiyatga   ega.
Didaktikada   qo’llaniladigan   umumiy-ilmiy   tushunchalar   orasida   «tizim»,
«tuzilma»,   «vazifa»,   «element»   kabilar   alohida   o’rin   tutadi.   Pedagogikaga   xos
didaktik tushunchalar  sirasiga quyidagilar kiradi:
1)   ta’lim   —   o’quvchilarga   nazariy   bilimlarni   berish   asosida   ularda   amaliy
ko’nikma  va  malakalarni   shakllantirish,  ularning bilish  qobiliyatlarini   o’stirish  va
dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon;
2) dars — bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan
olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;
3)   bilim   olish   —   idrok   etish,   o’rganish,   mashq   qilish   va   muayyan   tajriba
asosida   xulq-atvor   hamda   faoliyat   ko’nikma,   malakalarining   mustahkamlanib,
mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
4)   ta’lim   jarayoni   —   o’qituvchi   va   o’quvchilar   o’rtasida   tashkil   etiluvchi
hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
5)   o’quv   fani   —   ta’lim   muassasalarida   o’qitilishi   yo’lga   qo’yilgan   hamda
o’zida   muayyan   fan   sohasi   bo’yicha   umumiy   yoki   mutaxassislik   bilim   asoslarini
jamlagan manba.
6)   ta’lim   mazmuni   —   davlat   ta’lim   standartlari   asosida   belgilab   berilgan
hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan
ilmiy bilimlar mohiyati.
Didaktikada   «idrok   etish»,   «o’zlashtirish»,   «mahorat»,   «rivojlanish»   va
boshqalar   (psixologiya)   hamda   «boshqarish»,   «qayta   aloqa»   (kibernetika)   kabi
fturdosh fanlarga xos bo’lgan tushunchalar  ham qo’llaniladi.
Didaktikaning   tushunchali-terminologik   tizimi   muntazam   yangilanib   va
to’ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning   asosiy   kategorivalari   quyidagilardan   iborat:   dars,   bilim   olish,
ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni,
ta’lim   jarayonini   tashkil   etish,   ta’lim   turlari,   shakllari,   metodlari   va   vositalari,
ta’lim natijasi. So’nggi   paytlarda   asosiy   didaktik   kategoriyalar   sirasiga   ta’limning   didaktik
tizimi   va   ta’lim   texnologiyasi   kabi   tushunchalarni   ham   kiritish   taklifi   ilgari
surilmoqda.
1)   bilim   —   shaxsning   ongida   tushunchalar,   sxemalar,   ma’lum   obrazlar
ko’rinishida   aks   etuvchi   borliq   haqidagi   tizimlashtirilgan   ilmiy   ma’lumotlar
majmui;
2)   bilim   olish   —   idrok   etish,   o’rganish,   mashq   qilish   va   muayyan   tajriba
asosida   xulq-atvor   hamda   faoliyat   ko’nikma,   malakalarining   mustahkamlanib,
mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
3)   ko’nikma   — olingan bilimlarga asoslanib qo’yilgan vazifalar va shartlarga
binoan bajariladigan harakatlar yig’indisi;
4) malaka — ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;
5)   ta’lim   —   o’quvchilarga   nazariy   bilimlarni   berish   asosida   ularda   amaliy
ko’nikma  va  malakalarni   shakllantirish,  ularning bilish  qobiliyatlarini   o’stirish  va
dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon;
6)   ta’lim   metodlari   —   ta’lim   jarayonida   qo’llanilib,   uning   samarasini
ta’minlovchi usullar majmui;
7)  ta’lim mazmuni  — shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama
rivojlantirish,   dunyoqarashi,   odobi,   xulqi,   ijtimoiy   hayot   ta   mehnatga   tayyorlik
darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati; 
8)   ta’lim   vositalari   -   ta’lim   samaradorligini   ta’minlovchi   obektiv   (darslik,
o’quv   qo’llanmalari,   o’quv   qurollari,   xarita,   diagramma,   plakat,   rasm,   chizma,
dioproektor,   magnitafon,   videomagnitafon,   uskuna,   televizor,   radio,   komputer   va
boshqalar) va subektiv (o’qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va
faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
9)   ta’lim   jarayoni   —   o’qituvchi   va   o’quvchilar   o’rtasida   tashkil   etiluvchi
hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon;
10)   ta’lim   mazmuni   —   davlat   ta’lim   standartlari   asosida   belgilab   berilgan
hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan
ilmiy bilimlar mohiyati; 11)   ta’lim   maqsadi   (o’qish,   bilim   olish   maqsadi)   —   ta’limning   aniq
yo’nalishini belgilab beruvchi etakchi g’oya;
12)   ta’lim   natijasi   (ta’lim   mahsuli)   —   ta’lim   yakunining   mohiyatini   qayd
etuvchi   tushuncha;   o’quv   jarayonining   oqibati;   belgilangan   maqsadni   amalga
oshirish darajasi;
13)   ta’limni boshqarish   — ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish,
boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;
14)   ta’lim   tizimi   —   yosh   avlodga   ta’lim-tarbiya   berish   yo’lida   davlat
tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o’quv-tarbiya muassasalari
majmui.
  Didaktika nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.
Didaktik   nazariya   (konsepsiya)lar   va   ularning   falsafiy   asoslari.   Ta’lim
jarayoni   psixologik-pedagogik   konsepsiyalar   (ular   aksariyat   hollarda   didaktik
tizimlar  ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Didaktik   tizim   (yunoncha   «systema»   —   yaxlit   qismlardan   tashkil   to’gan,
birlashtirish)   —   ma’lum   mezonlari   asosida   ta’lim   jarayonining   yaxlit   holatini
belgilash,   ajratib   ko’rsatish   demakdir.   U   ta’limning   maqsadi,   tamoyillari,
mazmuni,   shakli,   metod   va   vositalarining   birligi   asosida   tashkil   etilgan
tuzilmalarning   ichki   yaxlitligini   ifodalaydi.   Tadqiqotchilar   mavjud   didaktik
konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar:
1) an’anaviy;
2) progressiv;
3) zamonaviy.
Ta’lim   nazariyasida   Ya.A.Komenskiy,   I.Pestallotsi   va   I.Gerbartlarning
didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega.
An’anaviy didaktik tizim ning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog
I.F.Gerbart   (1776-1841   yillar)   nomi   bilan   bog’liq.   U   Ya.A.Komenskiyning   sinf-
dars   an’anaviy   tizimini   tanqidiy   nuqtayi   nazardan   qayta   asoslab,   etika   va
psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi.
I.F.Gerbart   ta’lim   tizimining   asosiy   belgisi   quyidagilardan   iborat: o’quvchilarning   intellektual   rivojlanishini   ta’minlash   maktabning   asosiy   vazifasi;
bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.
Progressiv (pedosentrik) tizim  bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol
o’ynashini   e’tirof   etadi.   Mazkur   tizim   asosini   D.Dyui   tizimi,   G.Kershteynning
mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy   didaktik   tizim .   XX   asming   50-yillarida   psixolog   va   pedagog
B.Skinner   qismlarga   bo’lingan   axborotlarni   etkazish,   bu   jarayonni   muntazam
nazorat qilish asosida materialni o’zlashtirishda samaradorlikka erishish g’oyasini
ilgari   suradi.   Mazkur   g’oya   keyinchalik   dasturiy   ta’lim   deb   ataladi.   Keyinchalik
N.Krauder   nazorat   natijalariga   qarab   o’quvchiga   mustaqil   ishlash   uchun   turli
materiallarni taklif etadigan  tarmoqlashtirilgan dastur lami yaratdi.
D.Dyuining   nazariy   g’oyalari   muammoli   ta’limning   asosi   bo’lib   qoldi.
Bugungi   kunda   muammoli   ta’lim   deb   nomlanuvchi,   ushbu   g’oya   o’qituvchi
rahbarligi   ostida   muammoli   vaziyatni   yaratish   va   ularni   hal   etishda
o’quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta’minlashga erishishni nazarda tutadi.
Muammoli ta’limning vazifasi fan o’rganish
jarayonini   rag’batlashtirish,   o’quvchilarda   fikrlash,   tadqiqotchilik
ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning   (1901-1977   yillar)   rivojlantiruvchi   ta’lim   konseptsiyasi   XX
asrning   50-yillarida   keng   tarqaldi.   Uning   g’oyalarini   amalga   oshirish   ta’lim
jarayoniga   insonparvarlik   g’oyasini   singdirish,   shaxsni   barkamol   rivojlanishi
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Psixolog   L.S.Vigotskiy   (1896-1934   yillar)   tomonidan   30-yillarda   ilgari
surilgan   «Yaqin   rivojlanish   zonasi»   g’oyasi   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Unga
ko’ra   bola   kattalar   yordamida   bilim   olib,   o’zi   mustaqil   bajara   olmagan   ishlarni
bajara boshlaydi.
O’zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonunida   ta’lim   va
tarbiyani   insonparvarlik,   demokratik   g’oyalarga   muvofiq   tashkil   etilishi   e’tirof
etilgan.
Ta’limni   insonparvarlashtirish   ta’lim   jarayonida   o’quvchi   shaxsini   hurmat qilish, uning sha’ni, obro’si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste’dodini
rivojlantirishni   nazarda   tutadi.   Demokratlashtirish   esa   pedagogik   jarayonda
rasmiyatchilikka   yo’l   qo’ymaslik,   ta’lim   dasturlarini   tanlashda   o’quvchilarning
fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.
Respublika   uzluksiz   ta’lim   tizimi   ijtimoiy   buyurtmani   bajarishga   xizmat
qiladi, barkamol shaxs va etuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.
5. Didaktik jarayonning qonuniyatlari.
Pedagogika   fanida   didaktika   o’qitish   va   ta’lim
nazariyasi   demakdir.   Didaktika   o’qitishning
qonuniyatlarini   o’rganib,   u   «nimani   o’rgatish»   va
«qanday o’rgatish» degan savollarga javob beradi.
Barcha   ta’lim   muassasalarida   o’qitish,   avvalo,
o’quvchilarning aqliy  rivojlanishiga ta’sir  ko’rsatadi.
Shu   sababli   ham   didaktika   barkamol   shaxsni
rivojlantirishning ajralmas qismi bo’lgan aqliy tarbiya
mohiyatini ochib beradi.
Didaktika   hamma   predmetlar   uchun   harakterli   bo’lgan
o’quv jarayonining umumiy qonuniyatlarini ochib beradi.
Bilim  - insoniyatning umumlashtirilgan tajribasi.
Bilim   -   borliqdagi   narsa   va   hodisalarni,   tabiat   va
jamiyat qonunlarini anglab etish mahsulidir.
Didaktikaning   bahs   mavzusi   o’qituvchi   va   o’quvchi
faoliyatini,   ularning   vazifalarini,   ular   o’rtasidagi
munosabatlarni   o’quv   jarayonining   ishtirokchilari
sifatida qarab chiqish hisoblanadi.
O’qitish   jarayonining   mohiyati   bilish   jarayonining
qarama-qarshiligidadir.
O’qitish   jarayoni   deganda   o’quvchilarni   bilim,
ko’nikma   va   malakalar   bilan   qurollantirishga,   ularning
rivojlanishi   va   tarbiyasiga   qaratilgan   umumiy   maqsadni amalga   oshirish   uchun   o’qituvchi   va   o’quvchilarnnng
birgalikdagi murakkab mehnati jarayoni tushuniladi.
Didaktika pedagogikaning bir qismi sifatida - umumiy
didaktika   va   metodika,   xususiy   didaktikaga   ajratib
o’rganiladi.
Umumiy   didaktika   murakkab   nazariy   va   amaliy
muammolarni   hal   etadi   hamda   o’qitish   jarayonining
qonuniyatlarini   ochib   beradi,   ta’limning   mazmunini
belgilaydi,   samarali   o’qitish   metodlari   va   ularni
yo’lga   qo’yish   shakllarini   ishlab   chiqadi,   hozirgi
zamon   texnika   vositalaridan   ta’lim   jarayonida   unumli
foydalanish   va   boshqa   masalalarni   hal   etishni   maqsad
qilib qo’yadi.
Turli   ijtimoiy-iqtisodiy   bosqichlarda   o’qitishning
vazifalari va xarakteriga nisbatan o’ziga xos qarashlar
yuzaga   kelgan.   Bu   esa   mavjud   jamiyatga   xos   bo’lgan
mahlum   o’quv   jarayonining   tiplari   yuzaga   kelishiga
sabab bo’ldi.
Masalan:   a) dogmatik tipi;
    b) tushuntiruvchi tipi;
   v) tadqiqot-muammoli tipi.
O’quv   jarayonining   dogmatik   tipi   -   quruq   yodlash
xarakteriga ega.
Tushuntirish   tipi.   O’quvchi,   avvalo,   materialni
tushunsin,   keyin   yodlab   olsin.   O’quv   jarayonining
takomillashgan   bu   tipi   bilimlarni   egallashda
dogmatizmning   yo’qotilishiga   sababchi   bo’ldi.   O’tgan
asrning   30-50-yillarida   bizning   maktablarga   o’quv
jarayoni   tushuntiruvchi   o’qitish   tipi   mustahkam   kirib
bordi.   Lekin   bu   tipning   ham   o’ziga   xos   kamchiliklari
bor   edi.   Hozirgi   sharoitda   har   bir   odamning   mehnati ijodiy   xarakter   kasb   etib   borayotgani   sababli
o’qitishning   tushuntiruvchi   tipida   egallangan   bilimlar
kamlik   qilar   edi.   Shuning   uchun   ham   keyinchalik
umumta’lim   maktablarida   o’qitishning   tadqiqot-muammoli
tipi keng joriy etib borilmoqda.
Muammoli   o’qitish   o’quvchilarda   bilish   jarayonini
mustaqil va ijodiy, izlanadigan tarzda yo’lga qo’yishni
taqozo etadi.
Umuman   olib   qaralganda,   ta’lim   jarayonining   asosiy
maqsadi   yosh   avlodni   ilmiy   bilimlar,   hayotiy   zarur
ko’nikma   va   malakalar   bilan   qurollantirish   ekan,
avvalo,   biz   ana   shu   tushunchalarning   o’zini   anglab
etishimiz zarur bo’ladi.
Ilmiy   bilimlarni   egallash   muayyan   dalillarni,
turmushdagi   predmetlararo   o’zaro   bog’lanishlarni,   biri
ikkinchisini   taqozo   etishini   idrok   etish,   faxmlash,
ularni   izohlay   olish,   mustahkam   o’zlashtira   olish   va
xulosalar chiqara olish demakdir.
Ko’nikma   mehnat   qilish   yo’llari   va   usullarini   bilib
olish, o’z bilimlarini amalda qo’llay olish demakdir.
Malaka  avtomatlashgan ko’nikmadir.
Ta’lim   ikki   tomonlama   jarayondir   (o’qituvchi   va
o’quvchi   o’rtasidagi   faoliyatga   asoslangan   jarayon
hamda o’qitish va o’qish jarayonlaridan iborat).
O’qitish,   bu   -   o’qituvchining   o’quvchilarga   bilim,
ko’nikma   va   malaka   berish,   yangi   haqiqatlarni   ocha
bilishga   qodir   bo’lgan   ijodiy,   mantiqiy   tafakkurni
tarbiyalash jarayonidir.
O’qish   esa   o’quvchilarning   o’qituvchi   tomonidan
berilgan   bilimlarini,   ko’nikmalarini   o’zlashtirishlari,
shu   orqali   o’zlarida   bilish   qobiliyatini,   fikrlash   va harakatlarni tarkib toptirish jarayonidan iborat.
Bu   ikkilasi   faol,   bir-birlarini   taqozo   etadigan
jarayonlar hisoblanadi.
6. Bilish jarayonining dialektikasi. 
Bilish   jarayoni   -   o’qitish   jarayonining   metodologik
asosi
O’qitish   jarayonining   metodologik   asosini   bilish
nazariyasi   tashkil   etadi.   Bu   nazariya   bilimni   obektiv
dunyoning   inson   ongidagi   passiv   tasviri,   shunchaki
akslanishi   emas,   balki   uni   faol   jarayon   sifatida   qarab
chiqish   demakdir.   Bilimda   obektiv   dunyodagi   hodisa,
jarayonlar   o’z   aksini   topgan   bo’lib,   bular   sababiy   va
qonuniy   o’zaro   bog’langan   bo’ladi.   Bilish   obektiv
dunyoning inson ongidagi in’ikosidir.
Bir   qator   tadqiqotchilar,   pedagog   va   psixologlar
dialektik-materialistik   metodologiyaga   tayangan   holda
o’qitish   jarayonini   dunyoqarashning   shakllanishi
(E.I.Monaszon,   N.A.Menchinskaya   va   b.q.),   pedagogik
jarayonda   tarixiy   mantiqiy   bog’liqlikning   ahamiyati
(F.F.Korolev,   Z.I.Ravkin   va   b.q.),   asosiy   didaktik
tushunchalarning   har   tomonlama   metodologik   tahlili
(E.I.Monaszon,   V.E.Gmurman   va   b.q.)   nuqtai   nazaridan
qarab   chiqdilar.   Didaktikaning   nazariy   tadqiqiga
L.V.Zankov   (so’z   va   ko’rgazmalilikning   bog’liqligi,
ta’limning   rivojlantiruvchi   tahsirini   kuchaytirish),
S.G.Sha’ovalenko   (o’qitish   metodlariga   turlicha
yondashuv),   K.P.Yagodovskiy   (tadqiqot   metodlari)   va
b.q.lar o’zlarining samarali hissalarini qo’shdilar.
Bilish   nazariyasining   birligi   to’g’risidagi   qoidaga
amal   qilgan   tadqiqotchilar   shuni   tasdiqlab   berdilarki, ta’lim   jarayoni   bilish   jarayonining   o’ziga   xos
sharoitda   sodir   bo’ladigan   turli-tuman   faoliyatlar
ko’rinishidir.
O’quv   jarayonida   yangilik   yaratish,   ixtiro   qilish
talab   qilinmaydi,   balki   tayyor   bilimlarni   ijodiy
o’zlashtirish   yo’lga   qo’yiladi.   Ushbu   jarayon   zamirida
olimlar   tomonidan   uzoq   yillar   davomida   olib   borilgan
tadqiqotlar natijalarini tezkor bilish jarayoni yotadi.
Bilimlarning   juda   ko’plab   ko’rinishlari   o’quvchilar
tomonidan,   bevosita   o’rganilmaydi,   balki   o’qituvchi
yordamida   tezkor   bilish   yo’llaridan   foydalangan   holda
amalga oshiriladi.
Haqiqatga   etishish   o’ta   murakkab   dialektik
jarayondir.   Dialektikasiz   bilishning   o’zi,   uning
rivojlanishi   bo’lmaydi.   Bilishda   jarayonlarning
bog’liqligi,   Ya’ni   ichki   butunlik   va   ular
elementlarining o’zaro bog’liqligi mavjud.
Lekin   bilish   dialektik asi ning   mohiyat i,   eng   avvalo,
uning   ichki   qarama-qarshiligidadir.   Dunyodagi   barcha
jarayonlar   bilish   shartlarida,   ularning   ichki
harakatida,   o’z-o’zining   harakatida,   barcha
ziddiyatlarning   o’zaro   bog’liqligidadir.   Shuningdek,
bilish   o’zgaruvchanlikda,   rivojlanishda,   uzluksizlikda,
sakrovchan, doimo bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga
o’tib turishda namoyon bo’ladi.
Bilish   tafakkurning   obektga   doimiy   to’xtovsiz
yaqinlashuvidir.   Tabiatning   inson   ongidagi   inhikosini
«o’lik», «abstrakt», harakatsiz, qarshiliksiz bir narsa
deb   emas,   balki   doimiy   rivojlanishdagi,   doimiy   qarama-
qarshilikdagi   va   uni   hal   etishdagi   jarayon   deb   bilish
kerak. Shuning uchun ham biz,  yuqoridagi metodologik asosga
tayanib,   ilmiy   haqiqatlarni   o’quvchilar   tomonidan
o’zlashtirish   qanday   kechayotganligini,   o’quvchi
o’zlashtirishniig qaysi  bosqichida turganligini,  bilish
jarayonida   ularning   harakatidagi   ziddiyatlar   nimadan
iboratligini aniqlashimiz zarur.
Psixologlar   va   didaktikashunoslar   tomonidan
isbotlanishicha,   o’quvchi   shaxsiy   tajribasi   va   ilmiy
bilimlar   o’rtasidagi,   bilish   vazifalarini   aniqlash
zaruriyati   bilan   uni   hal   etish   imkoniyatlari
o’rtasidagi qarama-qarshiliklarda  jonli bilish  jarayoni
yotadi.   Bunda   o’quvchi   butun   imkoniyatlarni
(intellektual   tajribani)   ishga   solib,   bu   ziddiyatdan
chiqib ketishga harakat qiladi.
Eng   muhimi,   bizning   vazifamiz   shu   masalani   hal
etishda   uchraydigan   ziddiyatlarni   izlab   topish,
aniqlash,   so’ng   shu   qarama-qarshiliklarni   hal   etish
imkoniyatlarini,   yo’llarini,   shartlarini   ochib
berishdan;   o’quvchilarning   faol   bilish   jarayonini
tashkil   etishga   undovchi   ichki   intilish,   ehtiyojni
yuzaga   keltiruvchi   qo’zg’atuvchi   vositalarni   izlab
topishdan   iborat.   Xuddi   shu   qo’zg’atuvchi   o’qitish
jarayonini   harakatga   keltiruvchi   kuch   bo’lib   maydonga
chiqadi.
O’qitish   jarayonini   harakatlantiruvchi   asosiy
qarama-qarshiliklar   doimiy   murakkablashib,   qiyinlashib
borayotgan   talablar   bilan   o’quvchilar   imkoniyatlari
(bilim   darajasi,   rivojlanganligi,   motivlar,   usullarni
egallash   darajasi)   o’rtasidagi   ziddiyatlardir.   Bu
qarama-qarshilik   o’zini   mazmun   (bilim,   ko’nikma)da ,
qo’zg’atuvchi   usullar   va   operatsiyalar   (bilish usullari)da namoyon etadi.
Bu qarama-qarshiliklar quyidagilardir:
1.   O’quvchilarning oldingi bilimlari darajasi bilan   yangi
bilimlar o’rtasidagi;
2.   Bilimlar bilan uni qo’llash o’rtasidagi;
3.   Yangi qo’yilayotgan talablar bilan oldin o’quvchilarda
mavjud   bo’lgan   bilish   va   o’qitishga   munosabat
o’rtasidagi;
4.   Yangi   bilish   vazifalarini   hal   etish   uchun   ilgari
surilayotgan   metodlar   bilan   oldin   egallangan   eski
bilish usullari, yo’llari o’rtasidagi ziddiyatlar.
Har   qanday   bilish   amaliy   jarayonda   ro’y   beradi,
chunki   amaliyot   nazariy   bilishdan   yuqoridir,   ya’ni   u
faqat   umumiylik   qiymatiga   ega   bo’libgina   qolmay,   balki
bevosita voqelik qiymatiga ham egadir. Jonli muloqotdan
abstrakt   tafakkurga   va   undan   amaliyotga   -   haqiqatni
bilishning,   obektiv   reallikni   bilishning   dialektik
yo’li mana shu.
Sezish   ongning   tashqi   dunyo   bilan   bevosita
bog’lanishidir,   tashqi   ta’sir   energiyasining   ong
faktiga aylanish jarayonidir.
Idrok   voqelikdagi   mavjud   narsa   va   hodisalarning
inson ongida yaxlit holicha aks etishidir.
Tasavvur  sezgi   va  idrok   qoldirgan  iz   bo’lib,  u   bosh
miya   po’stlog’ining   plastikligi   tufayli   odam   ongida
uzoq vaqt saqlanib qoladi.
7.   Ta’lim   yo’nalishining   rivojlanishi.   Ta’lim   paradigmalari.   Zamonaviy
pedagogikada   ta’lim   paradigma   (modeli)lari.   Pedagogik   paradigma   (yunoncha
«paradeigma»   —   misol,   namuna)   —   pedagogika   fani   rivojining   ma’lum
bosqichida   ta’limiy   va   tarbiyaviy   muammolarni   hal   etish   namunasi   (modeli, standarti)   sifatida   ilmiy   pedagogik   hamjamiyat   tomonidan   eptirof   etilgan   nazariy
hamda  metodologik  ko’rsatmalar   to’plami   bo’lib,  u ta’limning konseptual  modeli
sifatida   qo’llaniladi.   Bugungi   kunda   ta’limning   quyidagi   paradigmalari   keng
tarqalgan:
1. An’anaviy - konservativ paradigma (bilim paradigmasi).
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.
3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.
4. Texnokratik paradigma.
5. Ezoterik paradigma.
Ayni   vaqtda   ta’lim   paradigmalarini   belgilashga   nisbatan   uch   xil   yondashuv
mavjud:
1. Qadriyatli (aksiologik) yondashuv  — madaniyat inson hayotining mazmuni
sifatida tushuniladi.
2.   Faoliyatli   yondashuv   asosan   madaniyat   moddiy   va   ma’naviy   boyliklarini
yaratishga yo’naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
3.   Shaxsiy   yondashuv   —   madaniyat   muayyan   shaxs   timsolida   namoyon
bo’ladi.
Madaniyatga   nisbatan   turli   yondashuvlarning   mavjudligi   bir   qator
paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi.
Har bir paradigma muayyan ta’limiy muammolarni hal etishga yo’naltiriladi.
Xususan:
- ijtimoiy institut sifatida o’quv muassasalarining vazifalari;
- ta’limning samarali tizimi;
- o’quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;
- ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
- muayyan bilim, ko’nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.
Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:
1. Bilim   olishning   an’anaviy   paradigmasi   (J.Majo,   L.Kro,   J.Ka’el   va   
boshqalar)
Unga  ko’ra  ta’limning  asosiy   maqsadi  —  «Bilim,   qanchalik  qiyin  bo’lmasin bilim   olish».   An’anaviy   paradigma   maktabning   maqsadi   yosh   avlodga   individual
rivojlanishi   hamda   ijtimoiy   tartibni   saqlab   qolishga   yordam   beruvchi   madaniy
meroslarning muhim elementlari — bilim, ko’nikma va malakalar, ilg’or g’oyalar
va   qadriyatlami   saqlab   qolish   hamda   ularni   yoshlarga   etkazish   muhim   ekanligini
yoritadi.   Bilim   olish   paradigmasining   asosiy   maqsadi:   ta’lim   olish,   taraqqiyot   va
madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga etkazish.
2.Ratsionalistik   (bixevioristik)   paradigma   (P.Blum,   R.Gane,   B.Skinner   va
boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas, balki
o’quvchilar   tomonidan   turli   bilimlarning   o’zlashtirilishini   ta’minlovchi   samarali
usullari   yotadi.   Ta’limning   ratsionalistik   modeli   asosini   B.Skinnerning   ijtimoiy
injeneriya bixevioristik (inglizcha     behavior     — xulqi) konsepsiyasi tashkil qiladi.   
Maktabning   maqsadi   —   o’quvchilarda   g’arb   madaniyati   ijtimoiy   qoidalari,
talablari   va   ko’zlagan   maqsadlariga   mos   keladigan   moslashtiruvchi   «xulqiy
repertuar»ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaqtda, «xulqi» atamasi bilan «insonga
xos   hamma   ta’sirlanishlar   —   uning   fikrlari,   sezgi   va   harakatlari»   ifodalanadi
(R.Tayler).
Bunda ta’limning asosiy metodlari, o’rgatish, trening, test sinovlari, individual
ta’lim, tuzatishlari bo’lib qoladi. Buning oqibatida, ta’limninggina emas, balki dars
berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi.
P.Blum barcha o’quvchilar faqat o’zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli
o’qishlari   mumkin   deb   hisoblaydi.   O’quvchining   optimal   qobiliyatlari   ma’lum
sharoitlarda,   o’quvchiga   ta’lim   berish   natijasi   uning   sur’ati   bilan   aniqlanadi.
Olimning   fikricha,   ta’lim   oluvchilarning   95   foizi   ta’lim   muddatlariga   bo’lgan
cheklashlar   olib   tashlanganda   o’quv   kursining   butun   mazmunini   o’zlashtirib
olishga   qodirlar.   Ana   shu   nuqtayi   nazardan   o’quvchilar   tomonidan   bilimlarning
muvaffaqiyatli   o’zlashtirishini   ta’minlovchi   metodika   ishlab   chiqiladi,   uning
mohiyati quyidagichadir:
1.   Butun   sinf   yoki   kurs   uchun   to’la   o’zlashtirish   etaloni,   mezonini   aniq
belgilab   olish   asosida,   o’qituvchi   ta’lim   yakunida   erishilishi   kerak   bo’lgan   aniq
natijalarning ro’yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi. 2. O’quv birliklari, ya’ni, o’quv materiallarining yaxlit bo’limlari ko’rsatiladi,
ularni   o’zlashtirish   natijalari   aniqlanadi,   yakuniy   bahoga   ta’sir   ko’rsatmaydigan
navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning vazifalari — tuzatish, korreksiyalashdan
iborat.
3.   To’la   o’zlashtirishga   yo’naltirilgan   har   bir   o’quv   kurs   materiallarini
o’zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlarini o’tkazish. Bu o’rinda har bir
o’quvchiga baho va ta’lim maqsadlarining ahamiyatini tushuntirish muhim.
Predmetlarni bo’sh va o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchilarning qobiliyatlarini
jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Turli   mamlakatlarning   (Avstriya,   Belgiya,   AQSh   va   boshqalar)   ta’lim
tizimlari   tajribasi   ratsionalistik   (bixevioristik)   paradigma   g’oyalariga   muvofiq   ish
ko’rilganda 70 % o’quvchilar yuqori natijalarni qayd etganliklarini ko’rsatadi.
Yuqorida   qayd   etilgan   ta’lim   yo’nalishlari   o’zida   insonparvarlik   g’oyalarini
ifoda   etmagan,   ular   bola   dunyoqarashining   rivojlanishi,   shaxsning   rivojlanishida
shaxslararo munosabatlarning muhim o’rin tutishini nazarda tutmaydi.
3.   Gumanistik   (fenomenologik)   paradigmaga   ko’ra   (A.Maslov,   A.Kombs,
K.Rodjers, L.S.Vigotskiy va boshqalar) ta’lim oluvchi erkin
shaxs,   ijtimoiy   munosabatlar   subekti   sifatida   o’ziga   xos   rivojlanish
imkoniyatlariga   ega.   Ular   bolani   rivojlantirish   maqsadida   uni   shaxslararo
munosabatlar   jarayoniga   yo’naltiradi.   Ta’limning   fenomenologik   (fenomen
yunoncha   «phainomenon»   —   hisoblangan,   ya’ni,   mashhur,   alohida   nodir   odam)
modeli   o’quvchilarning   individual-psixologik   xususiyatlarini   hisobga   olib,
ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni ko’zda tutadi.
Uning   vakillari   o’quvchini   nodir   shaxs   deb   hisoblaydilar.   Gumanistik   paradigma
doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o’quvchi
hamda o’qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g’oyalari 1991-yildan keyin respublika uzluksiz ta’lim
tizimiga   joriy   etila   boshlandi.   Paradigmaning   diqqat   markazida   o’quvchining
barkamol   rivojlanishi,   uning   intellektual   ehtiyojlari,   «erkin   fikrlaydigan   shaxsni
tarbiyalash» masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda, respublika ta’lim muassasalarida   quyidagi   g’oyalarga   amal   qilinmoqda:   «Demokratik   jamiyatda
bolalar,   umuman   har   bir   inson   erkin   fikrlaydigan   etib   tarbiyalanadi.   Agar   bolalar
erkin   fikrlashga   o’rganmasa,   berilgan   ta’lim   samarasi   past   bo’lishi   muqarrar.   ...
Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir» 1
.
Ezoterik   paradigma   (yunoncha   «esoterikos»   ichki,   sirli,   yashirin,   faqatgina
biluvchilar   uchun   mo’ljallangan   insonning   dunyo   bilan   o’zaro   aloqalari   yuksak
darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqat abadiy va o’zgarmas, doimiy
ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo’lmasligi,
unga   faqatgina   fahmlash   asosida   erishish   mumkinligini   ta’kidlaydilar.   Pedagogik
faoliyatning   oliy   maqsadi   koinot   bilan   muloqot,   o’quvchining   tabiiy   kuchlarini
ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan biiga, o’qituvchining himoyalash
vazifasi muhimdir, u o’quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma’naviy, jismoniy,
psixik jihatdan rivojlantirishga yo’naltiradi.
Ilmiy-texnik,   texnokratik   paradigma ning   asosiy   maqsadi   amaliyotni
takomillashtirish   asosida   ta’lim   oluvchilarga   «aniq»   ilmiy   bilimlarni   berish   va
ularning   o’zlashtirilishini   ta’minlashdir.   Bilim   kuchdir,   shu   bois   shaxs   qimmati
uning   o’rganish,   bilim   olish,   imkoniyatlari   bilan   belgilanadi.   Shaxs   muayyan
(o’rtacha,   standartlashtirilgan)   bilim   yoki   xulq-atvor   egasi   bo’lsagina   qadriyat
sifatida e’tirof etiladi degan g’oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
So’nggi   yillarda   noinstitutsional   paradigma   rivojlana   boshladi.   U   ta’limni
ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil
etish   g’oyasini   ilgari   suradi.   Bu   ta’lim   «tabiatda»   —   Internet,   «ochiq   maktablar»
—   komputerlar   vositasida   ta’lim   dasturlariga   (masofadan   o’qitish)   muvofiq
o’qitish samarali deya hisoblaydi.
                                        Ta’lim  mazmuni.  Davlat  ta’lim
standartlari
Ta’lim   o‘quvchilarga   nazariy   bilimlarni   berish   asosida   ularning   bilish
qobiliyatlarini   o ‘stiris h,   ularning   amaliy   ko‘nikma,   malakalari   va   dunyoqarashini
shakllantirishga yo'naltirilgah jarayon bo’lib, ushbu tushuncha negizida shaxsning
tanqidiy   fikrlashi,   yaratishi,   boiiiqda   sodir   bo‘layotgan   hodisalami   o‘zaro aloqadorlik nuqtayi nazaridan baholay olishi ham aks etadi.
Ta’lim   tushunchasi,   shuningdek,   ajdodlar   tomonidan
to‘plangan   ijtimoiy   ahamiyatli   tajribalarning
avlodlarga   doimiy   uzatilishini   ta’minlovchi   tizimli
jarayoni ham sanaladi..
Shaxsni iitimoivlashtirish  uni jamiyat tomonidan tan
olingan xulq- atvor me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar
tizimini   o‘zlashtirishdan   iborat   ijtimoiy   hayotga   jalb
etish jarayonidir.
Ta’lim   mazmuni   tizimlashtirilgan   bilim,   ko'nikma   va
malakalar,   qarashlar,   ishonchlar   to'plami,   o‘quv-
tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan
amaliy   tayyorgarlikning   ma’lum   darajasi   bilan
belgilanadi.
Ta’lim   mazmunining   asosiy   tarkibiy   qismlaridan   biri
bo'lgan   bilim lar   muhim   ijtimoiy   qadriyat   ham   sanalad i.
Individning   ijtimoiylashishi,   odamning   sotsium
(ijtimoiy   muhit)ga   kirishiga   yordam   beradi.   0‘tgan
asrda   ta’lim   mazmunini   siyosiylashtirishga,   urinishga
qaratilgan   harakatlaming   yuzaga   kelganligi   uning
mazmunini   belgilashda   ekstensiv   vondashish   (miqdoriv   —
sonini   ko‘paytirish)   yetakchi   o‘rin   egalladi.   Natijada
ta’lim   mazmuni   o‘quv   fanlari   sonining   doimiy   ortib
borish hisobiga kengaytirildi, ta’lim jarayonida tayyor
bilimlarni   berish   asosida,   o‘quvchilarda   bilim,
ko‘nikma   va   malakalarini   shakllantirishga   e’tibor
qaratilib,   o‘quvchi   shaxsini   rivojlantirish   masalasi
o‘z yechimini topmadi.
So’niggi   yillarda,   ta’limni   insonparvarlashtirish
yoMida,   ta’lim   mazmunini   aniqlashda   shaxsga- vo‘naltirilgan   yondashuv   asosiy   o‘rinni   egallay
boshladi.   Bunday   yondashish   V.V.Krayevskiy,
I.Ya.Lerner,   M.N.Skatkin   (Rossiya);   M.Ochilov,
N.N.Azizxo‘jayeva,   N.Sayidahmedov,   F.R.Yuzlikayev
(O‘zbekiston)larning ishlarida o‘z aksini topdi.
Masalan, V.V.Krayevskiy,
  I.Ya. Lerner ta’lim mazmuni
deganda   shaxsni   har   tomonlama   rivojlantirishni
ta’minlovchi   pedagogik   bilim,   ko‘nikma   va   malakalar
to‘plami,   ijodiy   faoliyat   tajribasi   hamda   emotsional-
irodaviy munosabat tajribasini tushunadilar.
Bunday   yondashuv   shaxsning   ta’lim   olish,   ma’naviy,
madaniy   va   hayotiy   talab-ehtiyojlarini   qondirish,
rivojlanayotgan   shaxsga   nisbatan   samimiy   munosabatda
bo‘lishi   ta’lim   mazmunini   erkin   tanlash   imkonini
beradi.
An’anaviy pedagogika deyarli faqat odamning ijtimoiy
mohiyatini   tan   olganligi   bois,   ta’limning   maqsadi
insonning   jamiyat   a’zosi   sifatida   rivojlanishi,   unda
ijtimoiy   ahamiyatli   sifatlarining   shakllanishi
hisoblanadi.
Mustaqillik   yillarida,   O‘zbekiston   Respublikasida
ta’lim   jamiyat   va   davlatning   ma’naviy,   ijtimoiy,
iqtisodiy,   madaniy   rivojlanishi   asosi   deb   e’lon
qilindi.   Ta’limning   maqsadi   mustaqil   fikrlaydigan,
ma’naviy-   axloqiy   jihatdan   yetuk,   har   tomonlama
rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
O‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limning   umumiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
— aholi   milliy-madaniy   ehtiyojlarini   qoniqtirish,
jismoniy va ma’naviy sog‘lom avlodni tarbiyalash;
-   o‘quvchilar   tomonidan   ijtimoiy   va   ishlab   chiqarish talablari   bilan   belgilanadigan   bilimlar   tizimini
o‘zlashtirilishini ta’minlash; .
- ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy
madaniyat,   ijodiy,   erkin   fikrlash   ko‘n,ikmalarini
shakllantirish,   ularning   mustaqil   bilimlarini   oshirib
borishi
— yoshlarda   Vatanga   muhabbat,   vatanparvarlik,   fuqarolik
dunyoqarashi;   insoniy   qadr-qimmat,   demokratik   o'zini
boshqarishda   ishtirok   etish,   shuningdek,   o‘z
harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish.
Ana   shu   umumiy   vazifalar   bir   qator   alohida
masalalardan   iborat   bo‘ladi.   Ular   o‘quv   fanlari
mazmunida uyg‘unlashtiriladi.
Ta’lim   turlari   va   ko‘rinishlari.   Yevropa   va   Sharq,
Osiyo   va   Amerika   mamlakatlarida   ta’lim   turlari   tarixiy
taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Birinchi mifologik
ta’lim   bo‘lib,   unda   dunyoning   mohiyati   ertak,   afsona,
doston, qissa hamda qo‘shiqlar shaklida o‘rganilgan.
Keyingi tarixiy turi sxolastik ta’lim bo‘lgan. Uning
mohiyatiga ko‘ra ta’limda matn madaniyati va yer, osmon
haqidagi   bilimlar   so‘z   bilan   ifodalanib,   xotira   va
irodani   mashq   qildirish   asosida   yosh   avlodga   inson
udligi   va   u   tomonidan   tashkil   etiladigan   faoliyat
mazmuni   haqida   lar   berilgan,   savodxonlik   va   nutq
madaniyatiga o‘rgatilgan.
Ta’limning uchinchi tarixiy turi —  ma’rifatparvarlik
bo‘lib,   u   an’anaviy   bilimlar   yaratilgan   davrda   yuzaga
kelgan.   XX   asrdan   boshlab   esa   turli   ta’lim   paradigma
(model)lari,   turlari   va   ko‘rinishlarining   rivojlanish
jarayoni kuzatildi.
Bugungi   kunda   asoslariga   ko‘ra   ta’limning   quyidagi turlari, ko‘rinishlari mavjud:
 ilmiy bilimlarni o‘zlashtirilishi turi va sifatiga ko‘ra;
 ustuvor mazmuniga ko’ra;
 ijtimoiy faoliyatlarni egallashi turi va mahoratiga ko‘ra;
 madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga ko‘ra;
 kishilik jamiyatinirig madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish ko‘lamiga ko‘ra;
  milliy, yevropa, xalqaro, global ta’lim va boshqalar;
 ta’lim tizimi turiga ko‘ra (universitet, akademik, litsey, gimnaziya ta’limi va
boshqalar);
 ta’lim mazmuni yo‘nalishining ustuvorligiga ko‘ra (formal va moddiy, ilmiy
va elementar, gumanitar va tabiiy fanlar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar,
oliy va boshqalar);
 ta’lim   darajasiga   ko‘ra   (boshlang‘ich,   to‘liqsiz   o‘rta,   umumiy   o‘rta,   o‘rta
maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim).
Ta’limning   tarixiy   xususiyatlari.   Ta’lim   mazmuni
tarixiy   xususiyatga   ega,   chunki   u   jamiyat   rivojining   u
yoki   bu   bosqichida   ustuvor   o‘rin   tutuvchi   ijtimoiy
maqsad   va   vazifalar   bilan   belgilanadi.   Bu   ta’lim
mazmunining   ijtimoiy   hayot,   ishlab   chiqarish   va   ilmiy
bilimlarning   rivojlanish   darajasi   talablari   ta’siri
ostida   o‘zgarib   borishini   anglatadi.   Ta’lim   ijtimoiy
hodisa   sifatida   odamlarning   bilimlarni   o‘zlashtirishga
bo‘lgan   prag’latik   (amaliy)   ehtiyojlari   negizida
shakllangan   va   u   odamlarga   hayot   faoliyatlarini   yo‘lga
qo‘yish   uchun   zarur.   Bilimlarni   to‘plash   va
chuqurlashtirish,   jamiyat   madaniyatining   o‘sib   borishi
bilim   tomonidan   tashkil   etiluvchi   funksiyalari
ko’lamini   oshishini   ta’minlaydi.   Mazkur   yondashuvlar
(prag’latik   va   madaniy)   kishilik   jamiyatining   turli
bosqichlarida   ta’lim   mazmuni   yo‘nalishlarini   belgilab keladi.
O‘rta   asrda,   Yaqin   va   0‘rta   Sharqda   diniy   o‘quv
muassasalari   —   madrasalar   ta’lim   va   fan   markazlari
bo’lgan.   0‘zbekistonlik,   Rossiyalik   va   chet   el
sharqshunos   tadqiqotchilari   tomonidan   madrasa   turidagi
o‘quv   muassasalari   aynan   Markaziy   Osiyoda   yuzaga
kelgani   va   shu   yerdan   boshqa   mamlakatlarga   tarqalgani
isbotlangan.
Somoniylar   davrida   (X   asr)   faqat   Samarqandning
o‘zida   20   ga   yaqin   madrasalar   mavjud   bo’lgan.   Abu   Ali
ibn   Sino   (980—1037)   o‘zining   «Donishnoma»   («Bilimlar
kitobi»)   nomli   asarida   mazkur   madrasalarda   faqat
musulmonchilikka oid bilimlar berilibgina qolmay, balki
dunyoviy   ilmlar   ham   o‘rganilganligi,   ilmiy   tadqiqotlar
olib   borilganligi,   ularning   negizida   ilmiy
maktablarning yuzaga kelganiigi qayd etiladi.
O‘z   davrida   madrasalarda   o‘qitilishi   yo’lga
qo‘yilgan   fanlarni   Abu   Ali   ibn   Sino   quyidagi   tizimlar
bo‘yicha   ajratadi:   odob   (xulq   etikasi),   astronomiya,
tibbiyotshunoslik,   til   va   uning   grammatikasi,   fiqh
(musulmon qonunchiligi).
Alloma   tomonidan   taklif   etilgan   tarbiya   turlari   esa
quyidagilardan   iborat:   1)   aqliy   tarbiya;   2)   jismoniy
sog’lomlashtirish;   3)   estetik   tarbiya;   4)   ma’naviy
tarbiya;   5)   hunarga   o‘rgatish.   Abu   Ali   ibn   Sino
tomonidan   taklif   etilgan   tarbiya   turlari   Markaziy
Osiyoda,   Uyg‘onish   davrida   (IX—   X   asr)   ta’limning
insonparvarlik   va   shaxsning   barkamol   rivojlanishi
borasidagi   g'oyalarga   asoslangan   edi   deyishga   imkon
beradi.
Sharqdagi   Uyg‘onish   davri   Sharq   mutafakkirlari   - Muahammad   Muso   al-Xorazmiy,   Abu   Nasr   Forobiy,   Abu   Ali
ibn   Sino,   Abu   Rayhon   Beruniylar   o‘zlarining   ta’limiy
qarashlarida birinchi o‘ringa inson shaxsini qo‘yadilar
hamda   bolalarni   har   tomonlama,   jismoniy   va   estetik
kamolotga   erishish   lari,   shuningdek,   tillarni
bilishlarini   zarur   deb   hisoblaydilar.   Aqliy   ta’limni
tashkil   etuvchi   fanlar   sirasiga   matematika,
astronomiya,   mexanika   va   tabiatshunoslik   kabi   tabiiy-
ilmiy fanlarni kiritadilar.
Allomalar   bolaga   hurmat   bilan   munosabatda   boMish
g‘oyasini   ilgari   suradilar,   sxolastik   o'qitish   va
qat’iy   intizomga   qarshi   chiqadilar.   Ularning   fikricha,
o‘qish bolada bilimlarga qiziqishni uyg'otishi kerak.
Muhammad   Tarag‘ay   Ulug‘bekning   (1394-1449   yillar)
Samarqanddagi   faoliyati   XIV   -   XV   asrlarda
madrasalarning   fanlar   rivojini   ta’minlovchi   markazlari
vazifasini bajarganligini  ko‘rsatadi. Muhammad  Tarag‘ay
Ulug‘bek   Samarqandning   hukmdori   boMishi   bilan   birga
astronom,   matematik   va   tarixchi   sifatida
mashhurbo‘lgan.   Shuningdek,   allomaning   mohir   pedagog
ham   bo‘lgan!igini   tarixiy   dalillar   qayd   etadi.
Chunonchi,   alloma   ko‘plab   iste’dodli   yoshlami
tarbiyalagan.   U   odamlar,   ayniqsa   yoshlarning   ilmiy
bilimlarni o‘rganishlariga katta ahamiyat bergan.
Alloma   o‘z   davlatida   ta’lim   sohasida   jiddiy
islohotlarni   tashkil   etdi.   U   madrasalarni   davlat
ta’minotiga   o‘tkazdi,   mudarris   (o‘qituvchi)larga   oylik
ish   haqi   belgilagan,   shogird   (talaba)larga   stipendiya
ajratgan.
Muhammad   Tarag‘ay   Ulug‘bek   madrasa   o‘quv   rejasiga
quyidagi   fanlar:   arab   tili,   adabiyot,   Qur’on,   Hadis, ritorika,   mantiq,   falsafa,   fiqh   (qonunchilik),
metafizika,   matematika,   astronomiya,   tibbiyot,
geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.
Mutafakkir   tomonidan   barpo   etilgan   hamda   o‘zi
bevosita   ta’lim   bergan   madrasalarda   o‘qish   quyidagi
bosqichlardan iborat bo‘lgan:
1. «Anda» (kichik) — o‘qish muddati 2 yil.
2. «Aust» (o‘rta) — o‘qish muddati 3 yil.
3. «A’lo» (oliy) — o‘qish muddati 3 yil.
Bunday   yondashuvda,   bugungi   kun   nuqtayi   nazaridan
aytganda bakalavriat va magistratura ko‘zga tashlanadi.
Ayni   vaqtda   ular   o‘rta   asr   yevropa   universitetlari
uchun ham xos bo’lgan.
Buyuk   iste’dod   egasi   sifatida   alloma   o‘z   davridan
bir   necha   asrlarga   o‘zib   ketgan.   Deyarli   600   yil   avval
Muhammad   Tarag'ay   Ulug‘bek   quyidagi   aksiomani   ilgari
surgan:   bilim   olishga   intilish   davlat   ravnaqiga   yo'l
demakdir. Iqtisodiy  rivojlangan mamlakatlarning  hozirgi
tajribasi mazkur fikrni to'la tasdiqlaydi.
Yevropa   uyg‘onish   davri   (XIV—XVI   asrlar)
ma’rifatparvarlari   XVIII—XIX   asrlarda   ham   shaxsning
barkamol   rivojlanishi   g‘oyalarini   ilgari   surganlar.
Misol   uchun,   Italiya   ma’rifatparvari   V.   De   Feltrc   (XV
asr)   «Quvonch   maktabi»ni   tashkil   etadi.   Bu   maktabda
bolaga   erkin   jismoniy   va   aqliy   rivojlanish   imkoni
berilgan.   J.J.Russoning   erkin   tarbiya   nazariyasi,
I.G.Pestalotsining   odamni   faol   hayotiy   faoliyatga   jalb
etish   yo‘li   bilan   uni   rivojlantirish   haqidagi   g‘oyasi
XX   asr   pedagogikasining   rivojiga   o‘z   ta’sirini
ko‘rsatdi.
Ta’lim nazariya (konseptsiya)lari mazmuni.  An’anaviy pedagogikada   formal   va   moddiv   ta’lim   nazariyasi   keng
tanilgan.   Bu   nazariyalarning   mohiyati   nima   va   o‘rta
ta’lim mazmuniga qanday ta’sir etadi?
Formal   ta’lim   nazarivasiga   Djon   Lokk   (XVII   asr),
Pestalotsi,   Kant   va   Gerbart   (XVIII—XIX   asrlar)     asos
solganlar.   XVIII   asrning   oxirlarida   didaktik   formalizm
nazariyasi   (konsepsiyasi)   vujudga   keldi   (bu   nom   D.
Shmit   va   A.A.Nemeyerning   «Printsipo’   vospitaniya   i
obucheniya»   asarida   tilga   olinadi).   Konsepsiya
tarafdorlari   ta’limni   o'quvchilarning   iqtidori   va
qiziqishlarini   rivojlantiruvchi   vositasi   sifatida
e’tirof etadilar. Keyinchalik bu ta’limot formal ta’lim
nazariyasi sifatida  shakllantirildi. Didaktik  formalizm
tarafdorlarining   asosiy   g‘oyasi   qadimiy   olim   Geraklit
tomonidan   aytilgan   (ko‘p   bilim   aqlni   kuchaytirmaydi)
fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g'oyani I.Kant va
I.G.Pestalotsilar   rivojlantirishdi.   Ular   o‘qitishning
asosli   maqsadi,   eng   avvalo,   o‘quvchining   iqtidorini
rivojlantirish’   o‘quvchining   to‘g‘ri   tafakkur
yuritishini   kuchaytirish   bo‘lishi   shart   deb
hisoblaydilar.
Ushbu   nazariya   tarafdorlari   falsafiy   ratsionalizm
(lotinchada   «rationaits»   —   aqlli)ga   tayanadilar   va
bilim   manbayi   aqldir,   bilim   faqat   aqlning
mustaqilligida   tug‘iladi,   shu   bois   ta’lim
o'quvchilarning   ma’lum   bilimlarni   egallab   olishlari
emas,   balki   ularning   aqlini   o‘stirish,   ya’ni,   analiz,
sintez,   mantiqiy   fikrlash   layoqatlarini   rivojlantirish
kabi   vazifani   hal   etishi   zarur   deb   hisoblaydilar.
Ularning   fikricha,   fikrlashni   rivojlantirish   vositasi
tillar,   ayniqsa,   qadimiy   yunon   va   lotin   tili, shuningdek, matematikani o'rganish lozim. Formal ta’lim
elementlaridan   hozirgi   kunda   ham   foydalaniladi.
Angliyadagi   grammatik   maktablarda,   ushbu   nazariya
g'oyalari asosida ish ko‘riladi.
XVII   asr   oxiri   —   XIX   asr   boshlarida   moddiv   ta’lim
nazariyasi   jadal   rivojlandi.   Nazariyaning   paydo
bo‘lishiga   sanoat   va   uning   ilmiy-texnik   asoslari
rivojlanishi   asos   bo‘lib   xizmat   qildi.   Binobarin,
sanoatning   jadal   rivojlanishi   tabiiy   fan,   texnik   va
amaliy   tayyorgarlikka   ega   bo’lgan   odamlarni   tayyorlash
masalasini   kun   tartibiga   olib   chiqdi.   Pedagogika
tarixida   bu   nazariya   (konsepsiya)   didaktik   materializm
nazariyasi   sifatida   ham   mashhurdir.   Ushbu   nazariya
tarafdorlari   (ularni   «ensiklopedistlar»   deb   ham
ataganlar),   xususan,   ingliz   shoiri   va   tarixchisi
Dj.Milton,   nemis   pedagogi   N.B.Besedovlar   maktabning
asosiy   maqsadi   o'quvchilarga   bilimlar   berish   deb
hisoblaganlar   hamda   o‘zlari   o'qitadigan   fanga   iloji
boricha   ko‘proq   materiallarni   kiritishga   intilganlar.
Maktab   ta’limi   mazmunini   shakllantirishga   bunday
yondashishning   samarasi   kam   bo‘lib   chiqdi,   chunki
o‘quvchilarga   juda   ko‘p   axborotlar   beriladi.   Natijada
axborotlar qisman va yuzaki o‘zlashtiriladi.
Bu   nazariyaning   boshqa   tarafdorlari   empirizm
g ‘oyalarini   ilgari   suradilar   (lotincha   «empiria»   —
tajriba).   Faylasuf-empiristlar,   xususan   ingliz
faylasufi   G.Spenser   (1820-1903   yillar)   bilish   tajriba
chegarasidan   chiqa   olmaydi   va   bilim   manbayi   faqat
tajriba   hisoblanadi,   deya   ta’kidlaydilar.   Bundan
quyidagi pedagogik  xulosalar chiqariladi:  o‘quvchilarni
asosan   tabiiy-ilmiy   bilimlar   bilan   qurollantirish kerak, ta’lim materiallarini tanlash uchun esa hayotga,
kelajakda   o‘quvchilarning   amaliy   faoliyatlari   uchun
zarur   bo’lgan   bilimlarga   murojaat   qilish   kerak.   Moddiy
ta’lim   nazariyasi   real   vo‘nalish   deb   ataluvchi   maktab
ta’limi   asosini   tashkil   etadi.   Masalan,   XIX   asr
oxirlari   XX   asr   boshlarida   Rossiya   va   Turkistonda   real
gimnaziya   va   real   bilim   yurtlarida   o‘qitish   qadimgi   va
g‘arbiy   Yevropa   tillarini   o‘rganishga   emas,   balki
tabiiy-ilmiy   fanlar   (matematika,   fizika,   ximiya   va
boshqalar)   hamda   amaliy   xususiyatli   fanlarni
o‘zlashtirishga asoslangan.
Formal va moddiy ta’lim nazariyalarini K.D.Ushinskiy
va   A.Avloniylar   juda   asosli   tanqid   qiladilar.
K.D.Ushinskiy   bilimlarni   o‘zlashtirishdan   uzoq   bo’lgan
formal   deb   ataluvchi   rivojlanish   o‘ylab   topilgan
yolg‘on   deb   aytadi.   Har   bir   fan   biror-bir   boshqa   narsa
bilan   emas,   balki   o‘zining   mazmuni   bilan
rivojlantirishini   ta’kidlaydi.   Shunday   ekan,   maktab
faqatgina   rivojlantiribgina   qolmay,   balki   ularning
keyingi   faoliyatlarida   foydali   bo’ladigan   bilimlarni
ham   berishi   kerak.   0‘zbek   pedagogi   Abdulla   Avloniy   ham
(1878—   1934-   yillar)   ana   shunday   fikrni   bildirgan.   U
o‘zining   «Turkiy   guliston   yoxud   axloq»   nomli   asarida
«...   bilim   bizning   aqlimizni   va   bizning   xotiramizni
qilich   kabi   o'tkir   qiladi.   Bilim,   fanni   egallash
taraqqiyot   yo’lida   bizning   ilgari   qadam   tashlashimiz
shartidir Bilimsiz   odam   bu   mevasiz   daraxtga
o'xshaydi»   deb   yozadi.   Shu   bilan   bir   vaqtda   A.   Avloniy
fanni o'zlashtirishga faqatgina xayoliy amaliyoti uchun
utilitar   (foydali)   yaroqliligi   nuqtayi   nazaridan
yondashish   mumkin   emas   deb   hisoblaydi.   U   hayot   bilan to‘g‘ridan   to‘g‘ri   bog’liq   bo’lmagan   bilimlar   ham   bor
va ular amaliy bilimlardan kam bo’lmagan ahamiyatga ega
deb   hisoblaydi.   Misol   uchun   qadimgi   tarixdan   amaliy
faoliyatda   foydalanib   boMmaydi,   lekin   uni   o‘rganish
kerak   va   foydalidir:   uni   (tarixni)   bilish
o‘quvchilarning   bilimlarini   kengaytiradi,
dunyoqarashini shakllantiradi.
XX   asr   boshlarida,   chet   el   va   ayniqsa   amerika
pedagogikasida   maktab   ta’limi   masalalari   bo‘yicha
prag’matik   (vunoncha   «prag’ma»   —   harakat,   amaliyot)
g‘oyasi keng tarqaldi. Pedagogikada mashhur prag’matizm
tarafdori   Djon   Dyun   (1859—1952-yillar)   maktab
ta’limining   o‘z   konsepsiyasini   yaratishga   ko‘p   urindi.
Bu   yo‘nalishlar   vakillari   (Dj.Dyui,   G.Kershenshteyner)
o'qitish   bu   o‘quvchining   «tajribasini   qayta   tashkil
etish» uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar.
O‘qitishni   Dyun   kundalik   hayotdan   olingan   amaliy
masalalarni hal etishga oid bolalar faoliyatini tashkil
etish   sifatida   tushunadi.   Bu   nazariyaning   asosiy
boshlang‘ich   qoidalari   quyidagilardan   iborat   deb
hisoblangan:   «Oldindan   tuzilgan   o‘quv   kurslari   kerak
emas»,   «O‘qitish   materiallarini   bolaning   tajribasidan
olish   kerak»,   «Bola   o‘qitishning   sifati   kabi   miqdorini
ham belgilashi kerak», «Bajarish yordamida o‘qitish
— maktabda   asosiy   metod».   Shunday   qilib,   Dyun   maktabda
ta’lim   va   alohida   fanlar   aniq   belgilangan   mazmuni
zarurligini   rad   etadi,   ilmiy   ta’limni   tan   olmaydi   va
o‘qishni   tor   hamda   o‘quvchilarning   qiziqishlariga
asoslangan praktitsizmidan iborat deb hisoblaydi.
Mazkur   nazariya   asosida   uning   izdoshi   Uilyam
Kilpatrik   20-yillarda   « o‘qitishning   loyihali   tizimi » (yoki   loyihalar   metodi) ni   ishlab   chiqdi,   uning   mazmuni
o‘z   qiziqishlaridan   kelib   chiqib   bolalar   o‘qituvchi
bilan   birga   qandaydir   amaliy   masalaning   yechimini
loyihalashtirishlaridan   iborat.   Misol   uchun,   o‘yinchoq
uychaning   qurilishi   amaliy   faoliyatga   kiritiladi   va
uning   davomida   til,   matematika,   boshqa   fanlar   bo‘yicha
u   yoki   bu   ma’lumotlarni   bilib   oladilar.   Bu   nazariya
ommaviy   maktabda   ta’lim   darajasini   pasaytirishi
mumkinligini tushunish qiyin emas.
Amerikalik   pedagoglar   I.Adler,   Dj.Brunner   va
boshqalar   Dyun   nazariyasi   amerika   maktablari
rivojlanishini   ortga   tortganini   aytadilar   va   ta’limni
modernizatsiyalashtirish   hamda   takomillashtirish
yo‘llarini izlaydilar.
Ko‘plab   pedagoglar   —   A.Disterveg,   K.D.Ushinskiy,
M.Behbudiy   va   A.Avloniylar   maktab   ta’limiga   taalluqli
ko‘plab qimmatli g'oyalarni ilgari surganlar. Ular xalq
maktablari,   yangi   usulli   maktabda   ta’lim   darajasini
oshirish,   tabiiy-ilmiy   fanlar   va   gumanitar   fanlar
birligi tarafdori edilar.
Bugungi   kunda   turli   ta’lim   konsepsiyalari   mavjud.
Konsepsiyalardan   biri   ta’lim   mazmunini   ta’lim
muassasalarida   o‘rganiladigan   fanning   pedagogik
moslashtirilgan   asoslari   sifatida   talqin   qiladilar.   Bu
yerda   shaxsning   ijodga   qobiliyati,   erkin   tanlashni
amalga   oshira   bilishi,   odamlarga   haqqoniy
munosabatlarda   bo'lishi   kabi   sifatlari   chetda   qolib
ketadi.   Ushbu   yondashish   o‘quvchilarni   fan   va   ishlab
chiqarishga   jalb   etishga   qaratilgan,   lekin   demokratik
jamiyatda   mustaqil   hayotga   yo‘naltirishga   emas.   Amalda
odam   bu   yerda   ishlab   chiqarish   omili   sifatida   ishtirok etadi (avtoritarizm).
Boshqa   bir   konsepsiya   ta’lim   mazmunini   o‘quvchi
o‘zlashtirishi   kerak   bo’lgan   bilim,   ko'nikma   va
malakalar   majmui   sifatida   qaraydi.   Bu   konsepsiya
mualliflari   bilim   va   malakalarni   egallab   olish   odamga
zamonaviy   jamiyatda   mos   ravishda   hayot   kechirishga
imkon   beradi   deb   hisoblaydilar.   Odamdan   faqatgina   u
bilishi   va   bajara   olishini   talab   etish   yetarli.   Bunday
holatda   ta’limga   talablar   ham   quyidagicha   bo’ladi:
o‘sib   kelayotgan   avlodga   ona   tili.   matematika,   fizika
va   boshqa   fanlar   bo‘yicha   bilim   va   malakalar   berish
zarur.
Milliy   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabi   hozirgi   zamon
sharoitlarida   rivojlanishi   uchun   bu   yetarli   emas.
Jamiyatning   o‘quvchilardan   faqat   ma’lum   o‘quv   fanlari
mazmunini   emas,   balki   ularda   iroda   kuchi,   o‘z
harakatlari   uchun,   jamiyat   va   mamlakat   taqdiri   uchun
mas’uliyatli, atrof-muhitni  himoya qilish;  millatchilik
va   diniy   aqidaparastlikka   yoM   qo‘ymaslik   va   shu   kabi
sifatlarni   rivojlantirishni   talab   etadi.   O‘zbekiston
Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»
(I997)da   zamonaviy   ta’lim   mazmuni   ijodiy,   mustaqil
fikrlovchi demokratik  jamiyat fuqarosini  shakllantirish
vazifalariga mos kelishi kerak deb yozib qo‘yilgan.
Rossiya   ta’lim   akademiyasi   (RAO)   haqiqiy   a’zosi
V.V.Krayevskiy   tomonidan   ilgari   surilgan   konsepsiyada
qayd   etilishicha,   ta’limning   asosiy   ijtimoiy   vazifasi
ajdodlar   tomonidan   to‘plagan   tajribalarni   avlodlarga
uzatish hisoblanadi.
Mazkur   konsepsiya   mazmunida   ta’lim   mazmuni   quyidagi
to‘i1ta tashkiliy elementlardan iborat bo’ladi: —      idrok   etish   faoliyatini      amalga   oshirish   usullari   qayd
etilgan shaklidagi idrok etish faoliyati (bilimlar);
— amaliy   faoliyatni   amalga   oshirish   usullari   shaklida
qayd   etilgan   amaliv   faoliyat   tajribasi   (ko'nikma   va
malakalar);
— muammoli   vaziyatlar,   nostandart   vaziyatlarda   yangi
masalalarni   hal   etish   shaklida   (ijodiv   faoliyat
tajribasi);
— atrof-muhitga,   bir-biriga,   emotsional   qadriyatli
munosabatlar   tajribasi.   ya’ni,   emotsional,   axloqiy,
estetik tarbiyalash.
Mazkur   elementlar   o‘zaro   bog’liq   va   bir-biriga
asoslangandir.   Mamlakatlar   bilimlarsiz   boMishi   mumkin
emas. Odamning ijodiy faoliyati bilimlar va ko‘nikmalar
mazmunli   ma’lum   materialida   amalga   oshiriladi.
Ma’naviy-axloqiy   tarbiyalilik   odam   yashaydigan
jamiyatning   xulq,   ko‘nikma   va   malakalarini   egallab
olganligini   ko‘zda   tutadi.   Ijtimoiy   tajribaning   bu
elementlarini   o‘zlashtirish   odamga   jamiyatda
muvaffaqiyatli yashash, yaxshi bajaruvchi bo‘lish bilan
birga   mustaqil   harakat   qilish,   jamiyatni   o‘zgartira
olish,   ijtimoiy   taraqqiyotga   o‘z   hissasini   qo‘sha
olishga imkon beradi. Shuning uchun umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   birinchi   navbatda   hayotga
tayyorlaydi,   ikkinchidan   inson   ushbu   tartibga   o‘z
hissasini   qo‘shish,   hatto   uni   qayta   tuzishga   ham   qodir
bo‘ladi.   Akademik   V.V.Krayevskiyning   konsepsiyasi
o‘qituvchini   o‘quvchilar   ongida   umuminsoniy   va   milliy
qadriyatlar   tizimi,   odamlarga   insonparvarlik
munosabatini shakllantirish,  erkin fikrlovchi,  barkamol
rivojlangan   shaxsni   shakllantirishga   qaratilgan   maxsus faoliyatga yo‘naltiradi.
Ta’lim   qoidalari   -   o‘qituvchining     darsdagi
faoliyatini va o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning
o‘zlashtirishini,   tegishli   ko‘nikma   va   malakalar,
dunyoqarash,   mafkura   hosil   qilishning   asosiy   qonun   va
yo‘l   -   yo‘riqlarini   o‘z   ichiga   oladi.   Ta’lim   qoidalari
o‘qitishning,     o‘rgatishning   eng   muhim   masalalarini
nazariy   jihatdan   hal   qilishning   asosiy
qonuniyatlaridir.   Dars   jarayonida   o‘quvchilarning
bilish   ehtiyoji   va   sharoitlar   o‘quv   jarayonining
xarakterini,   maqsadi,   vazifalari,   mazmuni,   shakllari,
usullari   va   vositalarini   belgilab   beradi.   O‘qituvchi
ta’lim   jarayonining   qoidalari,   qonuniyatlarini   qancha
ilmiy   asosda   bilsa,   uning   samarasi   shuncha   yuqori
bo‘ladi.   Ta’lim   qoidalarini   ham   nazariy   bilish,   hamda
amalda   qo‘llay   bilish   juda   muhim.   SHuning   uchun
o‘qituvchi   ta’lim   qoidalarini   bilishi   shart.   CHunki,
o‘qituvchi   ta’lim   qoidalarini   bilmasdan   turib
ta’limning   maqsad   va   vazifalarini   amalga   oshira
olmaydi.
Ta’lim   qoidalari   deb ,   barkamol   inson   ta’lim   -
tarbiyasi ni ng   maqsad   va   vazifalarini   amalga   oshirishga
qaratilgan   o‘qish   va   o‘qitish   jarayonining   umumiy
yo‘nalishi,   o‘quvchilar   tomonidan   ilmiy   bilimlar,
ko‘nikmalar   hosil   qilishning   asosiy   qonun   va
qoidalarining   yig‘indisiga   aytiladi.   Sodda   etib
aytganda   ta’limning   samarali   natijalarini
ta’minlaydigan qoidalar  majmuini tushunamiz.  Pedagogika
fanida   olimlar,   buyuk   pedagoglar   tomonidan   asoslangan
va yaratilgan pedagogik adabiyotlarda didaktik qoidalar
turlicha   guruhlanmoqda.   Ana   shularga   asoslanib   ta’lim qoidalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
1. Ta’limning ongli, faollik va mustaqillilik.
2. Ta’limning ilmiy, izchil va muntazam bo‘lishi.
3. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan birligi.
4. Ta’lim va tarbiyaning birligi.
5. Ta’limda ko‘rsatmalilik.
6.   Ta’limni   tushunarli,   puxta   va   mustahkam
o‘zlashtirish.
7.   Ta’limda   o‘quvchilarning   yosh   va   individual
xususiyatlarini   hisobga   olish   hamda   ta’limning   mos
bo‘lish va hokazo qoidalari mavjud. Ularning har biriga
alohida to‘xtalamiz.
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
Maktab   ta’limi   tizimida   onglilik,   faollik,
mustaqillilik   qoidalari   muhim   ahamiyatga   ega.   Ta’lim
jarayonining   muvaffaqiyati   ko‘p   jihatdan   sinf
o‘quvchilarning faolligiga bog‘liq. 
“Tarbiyachi   shuni   unitmasligi   kerakki,
o‘quvchilarini   qiziqtirmasdan,   ularni   quriq   majburiyat
va   zo‘rlash   yo‘li   bilangina   o‘qitishdan   hech   qanday
natija   chiqmaydi   qoidasi   ilgari   suringan.   Biroq   bu
o‘rinda   o‘quvchilar   faoliyatini   o‘qituvchi   tomonidan
bayon   qilinayotgan   tayyor   va   yaxlit   o‘quv   materialini
faolsiz   tinglovchi   harakterdagi   faoliyat   deb   tushunish
yarmaydi.   Ta’limda   o‘quvchilarning   tafakkurini
aktivlashtirish   ularning   mustaqilligini   taraqqiy
ettirishga   yordam   beradi,   mustaqil   ishlarining   to‘g‘ri
yo‘lga   qo‘yilishi   esa   ularning   fikr   qilish
faoliyatlarini   o‘stiradi   va   takomillashtiradi.   Ta’lim
jarayonida   o‘quvchilar   faolligi,   dastavval   ularning
aktiv faoliyati - tafakkur qilish faoliyatidir. Materiallarning   o‘quvchilar   tomonidan
o‘zlashtirilishi   ularning   fikr   qilish   faoliyatiga
ta’sir   qilish   jarayonida   yuzaga   keladi.   SHunga   asosan
ta’limni   ongli   o‘zlashtirish   prinsipi   bir   tomondan
o‘quvchilarning   mustaqil,   aktiv   fikr   qilishlarini
nazarda   tutsa,   ikkinchi   tomonidan   ularning   mustaqillik
va   faolligini   takomillashtirib   borishni   o‘z   ichiga
oladi.   O‘quvchilar   faolligi   ta’lim   jarayonidagi   emas,
balki   o‘zlashtirilgan   ilmiy   bilim,   hosil   qilingan
ko‘nikma   va   malakalarni   hayotga   qo‘llay   olish
faoliyatini   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Tafakkur   qilish
fikrlash   operatsiyalarida,   ya’ni   taqqoslash,   analiz,
sintez   qilish,   abstraksiya   va   umumlashtirishda
ko‘rinadi.   Ongli   o‘zlashtirish   prinsipi.   ta’lim
jarayonida   o‘quvchilarning   mustaqil   olib   boradigan
ishlari   bilan   bevosita   bog‘liqdir.   O‘qish   jarayonida
mustaqil   ishlar:   kitob,   gazeta,   jurnal   materiallari,
spavochniklar,   tablitsalar,   kartalar   ustida   ishlash,
tabiiy   fanlar   ya’ni   matematika,   fizika,   biologiya
bo‘yicha   mustaqil   amaliy   ishlar   va   laboratoriya
mashg‘ulotlari o‘tkazish muhum ahamiyat kasb etadi.
Ta’limning ilmiy, tizimli va izchil bo‘lish qoidasi.
Maktabda o‘quvchilarga beriladigan bilimlar, hozirgi
zamon   bilimlar   darajasida   bo‘lishi,   o‘quvchilarga
ularni   ma’lum   tizimda   berishni   talab   qiladi.
A.R.Beruniy   Bilish   cheksiz,   uzluksiz   davom   etadigan
jarayon,   ta’lim   jarayonida   o‘quvchidarga   muayyan   ilmiy
bilimlar   berish,   ularni   yangi   -   yangi   bilimlar   olishga
undosh kerak deb xisoblagan.
A.N.Farobiy   “Inson   hayvonlardan   aqli   bilan   ajralib
turadi.   Inson   aqli   bilan   atrofni   o‘rab   turgan   dunyoni anglaydi,   buyum   va   hodisalarga   ilmiy   baho   beradi”,   -
degan.
“Dunyoda   ilmdan   boshqa   najot   yo‘q   va   bo‘lmag‘ay”-
degan Imom Al Buxoriy
Maktab ta’lim - tarbiya jarayonining hamma zvenosida
izchillik   katta   ahamiyatga   egadir.   Kundalik   ta’lim
jarayoni   ham,   sinf   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy
ishlar   ham   izchillaik   prinsipiga   amal   qilingan
taqdirdagina, kutilgan natijani berishi mumkin.
Maktab   o‘quv   fanlari   tizimi   bir   qancha   didaktik
qoidalarga   asoslanadi.   Bu   didaktika   qoidalarda,
birinchidan,   umumiy   ta’lim   maktablarida   o‘qitilayotgan
fanlarni   ma’lum   fan   tizimi   bilan   o‘zaro   mustahkam,
ilmiy   bog‘liq.   Ikkinchidan   fanlar   asosida
o‘quvchilarning   bilish   qobiliyatlari   hamda   ijodiy
qobiliyatlarini   taraqqiy   ettirish   nazarda   tutiladi.
SHunga   ko‘ra   tizimlilik   qoidasi   o‘rganilgan   fan
asoslari   va   o‘rganilayotgan   fan   asoslari   bilan
egallagan   ko‘nikma   va   malakalar   bir   -   birlarining
davomi   bo‘lmog‘i   kerak.   Bu   bog‘lanish   predmetlar
o‘rtasida ham tizimlilikning bo‘lishini talab qiladi.
Ta’limda   nazariyaning   amaliyot   bilan   birligi
qoidasi.  
Bu qoida ta’limning ilmiylik qoidasi bilan mustahkam bog‘langandir.
Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,
YAna oshirmoqqa aylagil shiddat, - degan M.Ulug‘bek.
O‘quvchilar   bilim   bilan   qurollanar   ekan,   ilmning
amaliy   ehtiyoj   tufayli   bo‘lganini,   ishlab   chiqaruvchi
kuchlarining   qanday   taraqqiy   etganini,   texnika   va
iqtisod   sohasidagi   yangiliklar,   ilmning   borgan   sari rivojlantira   borishni,   ilm   esa   o‘z   navbatida   hayotni
yaxshilishga   yordam   berishini   biladilar.   Ilmning
rivojlanishida   tajribaning   roli   kattadir.   Ilmiy
nazariyalarning   haqqoniyligi   amaliyotda   sanaladi:   uni
tajriba   yo   tasdiqlaydi   yo   inkor   qiladi.   Mana   bu
nazariya   bilan   tajriba   o‘rtasidagi   murakkab
munosabatlarni   o‘quvchilar   ilm   asoslarini   o‘rganish
jarayonida fahmlab olishlari lozim. Ulug‘lik gapda emas
boshdan   -   oyoq,   yarti   ish   ham   yuzta   gapdan   yaxshiroq
degan Abdulqosim Firdavsiy.
O‘quvchilar tomonidan matematika, fizika, biologiya,
ximiya,   astromiya   va   boshqa   tabiiy   fanlardan
o‘zlashtirilgan   nazariy   bilim,   hosil   qilingan   ko‘nikma
va   malakalar   o‘quv   -   tajriba   kabineti   va
laboratoriyalari,   tajriba     er   uchastkalari   va   ishlab
chiqarish mehnati jarayonida qo‘llaniladi.
Sa’diy   SHeroziyning   fikricha:”   Ikki   toifa   odam
behuda ishlab, behuda harakat qilgan bo‘ladi: biri mulk
yig‘ib   foydalanmagan   va   ikkinchisi   esa   ilm   olib,   amal
qilmagan odam. 
Harchand o‘qibsan, bilimdonsan,
Agar amal qilmasang, nodonsan.
Ta’lim va tarbiyaning birligi qoidasi.
“Ta’lim   bilan   tarbiya   bir   -   biri   bilan   bog‘liq   bir
butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi, A.Avloniy. U yana
dars  va   tarbiya  orasida   bir  oz   farq  bo‘lsa   ham,  ikkisi
bir   -   biridan   ayrilmaydurgan,   birining   vujudi   biriga
bog‘langan jon ila tan kabidir”.
Maktabda   o‘quvchi   yolg‘iz   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarni   egallabgina   qolmaydi,   balki   har   jihatdan
mukammal   tarbiyalanadi.   Maktab   o‘quv   fanlarining   har bir   mavzu   va   temachalar   ham   shubhasiz   tarbiyalovchi
harakterga ega. SHunga ko‘ra, maktab ta’limi umuman har
qaysi dars jarayoni alohida ikki muhim vazifani:
1. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni yangi - yangi ilmiy
bilimlar bilan qurollanadi.
2.   O‘zlashtirilgan   ilmiy   bilimlar   asosida
o‘quvchilarda dunyoqarash va ma’naviy - axloqiy tirbiya
tarkib topishini o‘z ichiga oladi. 
Ta’lim   va   tarbiyaning   birligi:   a)
o‘zlashtirilayotgan ilmiy  bilimlar orqali  o‘quvchilarda
ilmiy   materiallistik   asosda   dunyoqarash   tarkib
toptirish; 
b) ta’limda o‘quvchilarga muayyan ma’naviy - axloqiy
sifat normallarini singdirish;
v)   o‘quvchilarning   aqliy   kamoloti   hamda   bilish
qobiliyatlarini   yanada   rivojlantirib   borishni   nazarda
tutadi.
O‘quvchilarda   ilmiy   dunyoqarash   tarkib   toptirish
murakkab   va   ko‘p   qirrali   jarayonidir.   Maktab   ta’limida
tabiiy fanlarni - matematika, fizika, ximiya, biologiya
va   astronomiya   kabi   fanlarni   o‘zlashtirish   orqali
dialektik   materializm   asosida   dunyoqarashlar   tarkib
topadi.
“Xotirada   dalili   bor   hamma   narsalarni   yaxshiroq,
tezroq va o‘ngay eslab qoladi” degan A.R.Beruniy.
“Birdaniga   ko‘p   sezgilar   yordamida   idrok   etish
mumkin   bo‘lgan   narsalarni   iloji   boricha   bir   necha
sezgilar ishtirokida idrok etish lozim”, deb ko‘rsatgan
YA.A.   Komenskiy.   Mashhur   pedagog   K.D.Ushinskiyning
quyidagi   fikri   ta’limda   qimmatlidir.   “Siz   bolaga qandaydir   bir   nechta   noma’lum   so‘zni   o‘rgating,   u   bu
so‘zlarni   bilib   olguncha   uzoq   vaqt   ketadi   va   behuda
bosh qotiradi, lekin suratlar vositasida o‘rgatilganda,
yigirma   so‘zni   o‘quvchi   hash-pash   deguncha   o‘rganib
oladi”.
Ko‘rsatmalilik   qoidasi   ta’limning   etakchi   qonun   -
qoidalarini   ham   amalga   oshirishda   juda   muhim   didaktik
masalalarni o‘z ichiga oladi, ayniqsa: 
1.   Bayon   qilayotgan   temaning   harakteriga   mos
keladigan ko‘rsatma materiallardan to‘g‘ri foydalanish.
2.   Ta’limda   qo‘llaniliyotgan   ko‘rsatma   materiallar
o‘quvchilarning   yaqqol   va   kokret   obrazli   idrok
qilishini ta’minlashi.
3. Ko‘rsatma materiallar orqali o‘quvchilar ob’ektiv
borliqdagi   narsa,   xodisa   va   voqealar   bilan,   ularning
xususiyati,   belgilari   va   bir   -   biri   bilan   bog‘lanish
vositalari bilan tanishadilar.
4.   Ko‘rsatma   materiallarining   ko‘rsatmali   bo‘lishi
ilmiy   bilimlarni   mustahkamlashini   ta’minlab   qolmay,
o‘quvchilar diqqatining  barqarorligini oshiradi,  ijodiy
tashabbuslarining rivojlanishiga yordam beradi.
Ko‘rsatma   qurollar   o‘tilayotgan   mavzuning   hajmi,
harakteri,   mazmuni   va   sinf   o‘quvchilarining   saviyasiga
qarab   xilma   -   xil   bo‘lishi   mumkin.   Maktabda
qo‘llaniladigan   ko‘rsatma   materiallarni   ikki   guruhga
ajratish mumkin.
1.   Buyum   va   narsalarni   aslicha   tabiiy   holicha
ko‘rsatuvchi   materiallar:   o‘simliklar,   hayvonlar,
gerbariylar.
2.   Tasviriy   ko‘rgazma   qurollar:   rasm,   surat,
fotosurat, kinofilm, diafilm.   a)   Simvolik   tasvirlanishni   ko‘rsatuvchi
materiallar: geografiya va tarix qartalari.
b) Sxematik materiallar: sxema, tablitsa, diagramma.
O‘qituvchining   ta’limni   muammoli   tashkil   etishda
ko‘rsatmalarining o‘rni va amaliy ahamiyati beqiyosdir.
Ammo   ba’zi   o‘qituvchilar   ta’limda   ko‘rsatmalilikdan
foydalanishda   nuqsonlarga   yo‘l   qo‘yishadi.   Masalan,
tayyorlangan   ko‘rsatmali   qurollardan   aniq   ta’limiy
maqsadni   nazarda   tutmaydi.   YOki   ko‘rsatiladigan   rasm
sxema   va   boshqa   tasviriy   materiallar   kichkina   barcha
o‘quvchilar   yaxshi   ko‘rib   idrok   qila   olishmaydi.
SHuning   uchun   ko‘rsatmali   materiallar   chiroyli,
chizmalari   aniq   va   o‘quvchilarning   bilish
qobiliyatlarini   rivojlantirishga   hamda   ta’limni
muammoli o‘zlashtirishga amaliy yordam bermog‘i darkor.
Darsda   ta’limning   ko‘rsatmali   tashkil   etilishi
o‘quvchilar   tomonidan   o‘zlashtirilayotgan
materiallarning qiziqarli, tez va ongli o‘zlashtirishga
hamda   mustaqilligini   rivojlantirishda   muhim   rol
o‘ynaydi.
 Bilimni puxta va mustahkam o‘zlashtirish qoidasi.
A.R.Beruniy o‘qitish jarayonida bolalarga tushunarli
bo‘lmagan so‘zlarni quruq yodlashga asoslangan ta’limni
qattiq qoraliydi.
Puxta   o‘zlashtirishning   harakterli   belgisi   bilimni
mustahkam   esga   (xotirada)   saqlab   qolinishdadir.   Puxta
o‘zlashtirish   uchun   qaytarish   (takrorlash)   va   mashq
g‘oyat   katta   ahamiyatga   ega.   Qaytarishda   faqat   ilgari
o‘zlashtirilgan   materiallargina   esga   tushurilmay,
o‘zlashtirgan   bilimlarning   noaniq,   tumanli   bo‘lib
qolgan tomonlari oydinlashadi va to‘ldiriladi. O‘tilgan materialni   qaytarish-xotirada   qayta   tiklash   bir   necha
yo‘l   bilan   olib   boriladi.   Qaytarishning   ahamiyati
haqida   A.R.Beruniy   “Bilim   takrorlash   va   qaytarish
mevasidir”.
Qaytarish   turlari   darsning   qaysi   bosqichida
qo‘llanishi   mumkinligi   va   o‘tilayotgan   mavzuning
harakteriga bog‘liqdir.
O‘tilgan   mavzularni   asosiy   va   markaziy   masalalar
yuzasidan   qaytarishning   ahamiyati   katta.   Odatda   bunday
takrorlashlar   bir   qancha   mayda   temachalarni   o‘tib
bo‘lgach,   temachalar   o‘rtasidagi   bog‘lanishlarni
aniqlash, umumlashtirish maqsadida qaytariladi.
Kudalik  takrorlash.   Har  kuni   har  bir   dars  yuzasidan
olib boriladigan takrorlashdir.
Takrorlashning   ikkinchi   turi   maxsus   takrorlashdir.
Odatda   bunday   takrorlash   katta   temalarni   o‘tib
bo‘lgach, shuningdek, ma’lum bir chorak ichida o‘tilgan
materiallar   yuzasidan   olib   boriladi.   Maxsus
takrorlashning   keng   tarqalgan   turi   o‘quv   yili   oxirida
alohida ajratilgan soatlarda o‘tkaziladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual
xususiyatlarini   xisobga   olish   va   tushunarli   qilib
o‘qitish qoidasi.
Ta’lim   jarayonida   har   bir   sinf   o‘quvchilariga   xos
umumiy   xususiyatlarni   ham   shu   sinfdagi   har   qaysi
o‘quvchining   individual   xususiyatini   xisobga   olgan
holda ish ko‘rish muhim didaktik ahamiyatga egadir. Ibn
Sino,   Beruniy   o‘qitish   jarayonida   bo‘lgan   tushunarli
bo‘lmagan so‘zlarni quruq yodlashga asoslangan ta’limni
qattiq qoralaydi. Beruniy yozadi: “Tushunish yodlashdan
yaxshiroq   va   afzaldir”.   Beruniy   pedagogik   g‘oyalaridan eng   muhimi   bilimni   puxta   va   mustahkam   egallash
zarurligidir.   “Bilimning   shunday   bo‘lishi   kerakki,   u
yalang‘ochligingda   ham   o‘zingda   qolsin,   bilimingni
hammomdagi   qo‘llik   ham   yuvolmasin”.   Bilimlarning
o‘quvchilarga   tushunarli   bo‘lishi   ta’limda   samarador
bo‘lish   uchun   Beruniy   quyidagilarga   amal   qilishni
tavsiya etadi:
-   sezgi   organlarning   ma’lumotlariga   ko‘ra...
bilishni davom ettirish; 
-   fanni   o‘rganayotganda   fikrlash,   xotiralab   esga
olish zarur;
-   o‘rganiyotgan   ilmlarni   to‘la   bilib   olish   uchun,
o‘sha   ilmni   tashkil   etib   turgan   elementlarini   puxta
o‘rganib chiqish;
-   bilishda   oddiydan   murakkabga,   ma’lumdan
noma’lumga,   yaqindan   uzoqqa,   osondan   qiyinga,
dalillardan xulosalarga qarab borish;
- uzoq o‘tmishga oid bilimlarni o‘rganishda shu ilm,
fan tarixini o‘rganish;
-   hodisalarni,   fan   asoslarini   bir-birlariga
taqqoslashtirib, solishtirib  har tomonlama  chog‘ishtirb
o‘rganish va h.k.
O‘quvchilarga   ta’lim   berishda   bayon   qilinayotgan
bilim   bolalarga   tushunarli   bo‘lish   kerak.   SHu
bilimlarning tushunarli bo‘lishi uchun ularning yosh va
individual   xususiyatlari   hisobga   olinadi.   Ana   shuning
uchun   ham   yangi   bilimlarni   bayon   qilish,   o‘tilgan
materialni   mustahkamlash,   uyga   vazifa   toptirish   ham,
mustaqil   ish   va   qo‘shimcha   mashg‘ulotlar   o‘tkazish
paytida   bolalarning   yosh   va   individual   xususiyatlarga
amal qilinadi. O‘qitishning bolalarga tushunarli bo‘lishi qoidasida
ta’limning ikki tomoniga e’tibor beriladi.
1. O‘quv materiallarining harakteri-mazmuni va hajmi
shu   sinf   o‘quvchilarining   yosh   xususiyatlariga   mos
bo‘lishi.
2.   Sinf   uchun   belgilangan   bilim   hajmi   shu   sinf
o‘quvchilarining saviyalariga mos bo‘lishi.
  Darsda   berilayotgan   bilimlarning   bolalar   tomonidan
puxta   o‘qib   olinishga   erishish   uchun   mustahkam   rejaga
amal   qilinishi,   mazmuni   va   hajmi   to‘g‘ri   belgilangan
bo‘lishi,   materiallardan   lo‘nda   xulosalar   chiqarishi
materiallarning   ishonchli   bo‘lishi   uchun   fakt,   misol,
dalillar   keltirish   –   ko‘rsatmali   qurollardan
foydalanish,   nutqning   ravon   va   tushunarli   bo‘lishi,
materiallarning   turmush   bilan,   o‘quvchilarning   shaxsiy
tajribalari bilan bog‘lab olib borish talab qilinadi.
Ta’limni   tushunarli   bo‘lish   qoidasi   o‘quv   ishlarini
osonlashtirib, soddalashtirib yuborishni rad etadi.
Mashhur   pedagog   Burxoniddin   Zarnudjiy   “O‘quvchiga
ta’lim   yo‘lida   qo‘llanma”   asarida   “Har   biringiz
muruvvatni egallashga hayrixohlik bilan intiling, biroq
bulardan   eng   dolzarbi,   bu   -   kishilarda   bilimlarni
takrorlashdir.   Sen   bilimlarni   faqat   mana   shu   olti
holatda,   o‘zlashtirishining   zarur   bo‘ladi”.   Bular:   aql
-   farosatlilik,   kuchli   istak,   chidamlilik,   ozgina
eyimlik   va   ichimlik,   o‘qituvchi   ta’limi   va   bilim   olish
uchun etarli vaqt.
Klassik   pedagogik   namoyondalar   ta’limning
o‘quvchilarga   mos   bo‘lishi   yuzasidan   bir   qator
qoidalarni   ishlab   chiqqanlar.   Ular   “didaktik   qoidalar”
deb yuritiladi: 1. Osondan qiyinga qarab borish.
2. Ma’lumdan noma’lumga borish.
3. Soddadan murakkabga borish.
4. YAqindan uzoqqa qarab borish.
Ya.A.Komenskiy   mazkur   qoidaga   ta’raf   berib   bunday
deb yozgan edi: “O‘quv materiallarini shunday taqsimlab
chiqish   lozimki,   avval   bola   juda   yaqin   va   aniq
narsalarni,   so‘ngra   uncha   uzoq   bo‘lmagan   narsalarni,
keyin   uzoqroq   va   nihoyat,   eng   uzoq   narsalarni   bilib
olsin”.
Zamonaviy   darslikka   muammoli   vaziyatlarni   yuzaga
keltiruvchi   savollar,   masalalar   va   topshiriqlarni
kiritish   orqali   talabalarda   zaruriy   bilimni   mustaqil
izlash   va   topishga   ehtiyoj   hamda   qiziqish   uyg’otishi
lozim.
Zamonaviy   darslik   quyidagi   asosiy   funktsiyalarni
bajarishi kerak:
1.   Axborotni   uzutish   funktsiyasi.   Bu   funktsiya
talaba   muayyan   fan   bo’yicha   egallashi   majburiy   bo’lgan
bilim   va   ko’nikmalar   mazmunini   qamrab   olinishini
ta’minlaydi.
2.   Muvofiqlashtiruvchi   funktsiya.   Darslikning   bu
funktsiyasi   o’quv   materialini   loyihalash   jarayonida
boshqa   o’quv   manbalarida   keltirilgan   materiallarni
o’rganish,   ular   orasidagi   uzviylikni   ta’minlash,
talabalarga   axborot   oqimini   tez   o’zlashtirish   va   olgan
bilimlarni   chuqurlashtirish   hamda   amaliy   faoliyat
jarayonida qo’llash yo’llarini topishni qamrab oladi.
3.   Tizimlovchi   funktsiya.   O’quv   fani   mazmunini
tizimlangan   shaklda   qat’iy   ketma   –   ketlikda   oddiydan
murakkabga   qarab   bayon   qilinishini   ta’minlaydi. Darslikning   ushbu   funktsiyasi,   birinchidan,   o’quv
materiali   kasbiy   faoliyatga   bog’liq   bo’lgan   asosiy
nazariy   bilim,   amaliy   ko’nikma   va   malakalarni   o’zida
qamrab   olishi;   ikkinchidan,   darislikda   biron   –   bir
faoliyatni   bajarish   ketma   –   ketligining   ta’minlanishi;
uchinchidan,   darslikda   alohida   arakatlar   va
jarayonlarni   bajarishga   talabalarning   individual
ehtiyojlariga   yo’naltirilgan   amaliy   topshiriqlar
berilishi;   to’rtinchidan,   o’quv   materiallari   o’zida
reproduktiv   faoliyat   usullarini   va   unga   mos   holda
produktiv   jihatlarni   o’zida   qamrob   olishi;
beshinchidan,   tushunchalar   va   terminlar   aniq   bir
tartibda saqlanishini ta’minlashi kerak.
4.   Mutaxassislikka   yo’naltirilganlik   funktsiyasi.
Darslikning   mazmuni   talabaning   mutaxassislik   bo’yicha
ishlab   chiqarish   va   mehnat   jarayonlari,   ob’ektlari,
texnika   va   texnologiyalari   to’g’risidagi   asosiy
fundamental   tushuncha   va   bilimga   ega   bo’lishini
ta’minlashi   hamda   kelajakda   ularga   tayanib   yangi
ma’lumotlarni   mustaqil   tahlil   qilish   va   o’zlashtirish
ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilishi kerak.
5. Didaktik funktsiyasi. Talabalarning qobiliyati va
ehtiyojiga   mos   ravishda   o’quv   materiallarini   mustaqil
o’zlashtirishga hamda asosiy mazmunini ajratish, tahlil
qilish,   umumlashtirish   va   xulosalash   ko’nikmalarini
shakllantirish uchun xizmat qiladi.
6.   O’zlashtirgan   bilimlarni   mustahkamlash   va   o’z   –
o’zini   nazorat   qilish   funktsiyasi.   Talabaning
o’qituvchi   rahbarligida   yoki   mustaqil   tarzda
darslikdagi   nazorat   savollari,   test   materiallaridan
foydalanib,   o’z   bilimini   tekshirishi   hamda   ularga tayangan holda amaliy mashg’ulotlarni bajara olish kabi
faoliyatlarga ko’maklashishdan iborat.
7.   Mustaqil   bilim   olishga   qiziqtirish   va
ijodkorlikka   undovchi   funktsiyasi.   Ushbu   funktsiya
talabalarga   mustaqil   tarzda   ta’lim   olishga   bo’lgan
ishtiyoq,   ehtiyoj   va   zaruriyatni   uyg’otishi,
qiziqtirishi,   etishmaydigan   bilimlarni   mustaqil   tarzda
to’ldirishga yordam berishga yo’naltirilgan.
8. Rivojlantiruvchi – tarbiyalovchi funktsiya. Ushbu
funktsiya   o’quv   materiallari   asosida   shaxsning   vatani
va   xalqiga   e’tiqodi,   ma’naviy   –   insoniy   xislatlar:
Vatanparvarlik,   mehnatsevarlik   kabi   ijobiy
xislatlarning   faol   shakllanishiga   ko’mak   berishdan
iborat.
1-sxemadagi   zamonaviy   darslik   modeliga   muvofiq
darslik ikki qismdan iborat bo’ladi va quyidagii asosiy
komponentlarni o’z ichiga oladi:
Birinchi   qismida   bosma   shakli   kitob   ko’rinishida
nashr   etiladi   va   uning   oxiriga   ikki   qismga   tegishli
komponentlar elektron shaklda disketada biriktiriladi.
Davlat   ta’lim   standarti.   Ta’lim   mazmunining
rivojlanishida   kro’‘zgn   tashlanayotgan   zamonaviy
tendensiyalaridan   biri   uni   standartlashtirish   (davlat
miqyosida   yagona   qoidalar   va   talablar   o‘rnatilishi)
hisoblanadi.   Standartlashtirishda   quyidagi   ikki   omil
muhim ahamiyatga ega:
1) turli   ta’lim   muassasalarida   tahsil   olayotgan
yoshlarning   umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar
bilimlar hajmining bir xillik darajasini
ta’minlovchi   mamlakatda   yagona   pedagogik   muhitni
yaratish zarurligi; 2)   0‘zbekistonning   jahon   hamjamiyati   tizimiga
kirishi   natijasida   xalqaro   ta’lim   amaliyotida   umumiy
o‘rta   va   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   mazmunini
rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti:
1) ta’lim   olish   shaklidan   qat’iy   nazar   bitiruvchilar
erishishlari   kerak   bo'lgan   ta’lim   darajasini
belgilovchi asosiy hujjat;
2) o‘quv   fani   bo‘yicha   yakuniy   ta’limning   yakuniy
natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
3) ta’lim   dasturlari   mazmunining   minimumi,   o'quvchilar
tomonidan   bajariladigan   o‘quv   ishlarining   maksimal
hajmi,   shuningdek,   bitiruvchi-   larning   tayyorgarlik
darajalariga qo‘yiluvchi talablarni belgilaydi.
0‘zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to‘g‘risida»gi
Qonuni   bilan   bir   qatorda   ta’lim   standarti   asosiy
me’yoriy   hujjat   hisoblanadi.   «Standart»   ingliz   tilidan
tarjima   qilinganda   «me’yor»,   «namuna»,   «andoza»,
«model»   ma’nolarini   anglatadi.   Standart   yordamida,
respublika   miqyosidagi   turli   ta’lim   muassasalarida
ta’limning   barqarorlik   darajasini   ta’minlashga
erishiladi, o‘quv  ishlari normativlari  moslashtiriladi,
o‘quvchilarning   bilimlarini   baholash   mezonlari   ishlab
chiqiladi. O'quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim
standarti   bilan   cheklanishi   mumkin,   yoki   bilimlarni
yanada   chuqurroq   egallab   olish   maqsadida   mustaqil
shug‘ullanish   imkoniyatiga   ega.   Uning   uchun   qiyin
bo’lgan   yoki   qiziqarli   bo‘lmagan   fanni   o‘rganishda
o‘quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan
cheklanish imkoniyati beriladi.
Ushbu   holatda,   o'quvchi   o‘ziga   mos   keladigan   ta’lim yoMini   anglagan   holda   va   mustaqil   tanlab,   o‘z
qiziqishlari,   istagi,   qobiliyatlari   va   intilishlarini
amalga   oshirish   imkoniyatiga   ega   bo‘ladi.   Shakli   va
mazmuni   bo‘yicha   tushunarli   ifoda   etilgan   standart
talablari   oldindan   o'quvchilarga   va   ularning   ota-
onalariga vetkaziladi.
Ta’limni   standartlashtirish   dunyoning   rivojlangan
mamlakatlarida,   mukammal   ravishda   o‘quv   rejalari   va
dasturlarini   ishlab   chiqish,   ta’limning   ma’lum
darajasini   belgilash   bilan   amalga   oshiriladi.   Ammo
«standart»   termini   o‘zi   ta’limga   nisbatan   yaqin
davrlardan   qo‘llanila   boshlangan.   Davlat   ta’lim
standartlari   ta’lim   sifatini   oshirishga   imkon   beradi.
Ular   ta’lim   mazmuni   minimal   hajmini   qayd   etish   va
ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy
qoidalar   mavjud   emas   edi.   0‘zlashtirishning   aniq
belgilangan   chegaralari   yo'qligi   XX   asrning   80-
yillarida   ko‘pchilik   bitiruvchilarning   haqiqiy   bilim
darajalari juda past bo‘lishiga olib keldi.
Davlat   ta’lim   standartlarini   yaratish   bo‘yicha
ishlar   O‘zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim
to‘g‘risida»gi   Qonuni   (1992   yil)   qabul   qilingandan
keyin   boshlandi.   Mazkur   hujjatning   6-bandida   jahon
ta’limi   amaliyoti   me’yorlariga   mos   keluvchi   davlat
ta’lim   standartlarini   yaratish   zarurligi   ta’kidlab
o‘tiladi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   IX
sessiyasida   (1997   yil)   O‘zbekiston   Respublikasining
yangi   tahriridagi   «Ta’lim   to‘g‘risida»gi   Qonuni   qabul
qilingandan   so‘ng   ta’lim   dasturlari   yangi   avlodi
yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim   standartlari   har   bir   fan   bo‘yicha
o‘zlashtirilishi   zarur   bo‘Igan   bilimlarning   minimal
darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat   ta’lim   standartlari   tarkibiy   tuzilishiga
ko‘ra quyidagilardan iboratdir:
1. Ta’limning   yangi   yoki   aniqlashtirilgan   maqsadlari,
fanning   o‘rganish   obyektlari   va   asosiy   mazmunli
yo‘nalishlari   ko‘zda   tutiladigan   o‘quv   fanining   umumiy
ta’rifi.
2. O'quv   fanining   mazmuni,   tayanch   (invariant)   darajasini
tasvirlash.
3. Ta’limning   majburiy   natijalarini   ifodalash,   ya’ni
o‘quvchilarning   o‘quv   tayyorgarliklari   zarur   bo’lgan
minimal darajasiga talablar.
4. Bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiluvchi talablar, bu
ularning   majburiy   tayyorgarliklari   darajasining
«oMchamidir»,   ya’ni,   tekshirish   ishlari,   testlar   va
alohida topshiriqlarni  bajarishlariga qarab  o‘quvchilar
tomonidan   talablarning   majburiy   darajasiga
erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo’ladi.  “O‘qitish metodlari” va “usullari” tushunchalarining
mohiyati. O‘qitish metodlarining tasnifi
Keng ma’noda metod yunoncha " Metodost " so’zidan olingan bo’lib, "y o’ l",
"usul", ”ish uslubi” degan ma’noni anglatadi. Qo’llaniladigan (o’qitish) "metod" -
termini   kishilarning   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsadlariga   erishish,   ma’lum   ob’yektni
o’zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi.  O’qitish
metodi   deganda   ta’lim   jarayonida   o’qituvchi   va   o’quvchilarning   kutilgan
maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi usullari tushuniladi.
Ba`zi   didaktik   metodistlar   ta`lim   metodlarini
o`quvchilarni bilmaslikdan bilishga  borish yo`li, ayrim
olimlar esa, ularni o`qituvchi va o`quvchi faoliyatini
o`zaro   bog’lovchi   metodlar,   deb   qarashadi.   Ta`lim
metodlarini   o`quv   ishlari   majmui,   shuningdek,   ta`lim
mazmuni   shaklida   qarash   g’oyasi   ham   bor.   Bu
qarashlarning   qay   biri   asosida   ta`lim   metodlarining
mohiyati,   o`quv-tarbiya   jarayonidagi   funksiyalarini
batafsilroq tasavvur etish mumkin?   Didaktikada hali ham
eng       munozarali       muammolardan       biri   ta`lim metodlari tasnifi masalasidir.
Ularni   ta`lim   manbalari,   didaktik   vazifalar,
mantiqiy   fikrlash   shakllariga   qarab   tasnif   etish
moyilligi   mavjud.   Ta`lim   metodlarini   ta sn if   e ti sh da
s hu   yo `n al is hl ar da n   q ay   bi ri   ma `q ul ?   Y ok i   t a’ li m
me to dl ar in i   tasnif   etishning   boshqa   mezonlari   ham
mavjudmi?   Adabiyotlarda   «o`qitish   metodlari»,   «o`qish
metodlari» kabi terminlar qo`llanadi. Shunday   bo`lgach,
«ta`lim   metodlari»   iborasini   ishlatishga   ehtiyoj   bormi?
Metod termini yunonchadan tarjima qilinganda ma`lum bir
maqsadga   erishish   yo`li,   faoliyat   usuli   ma`nolarini
anglatadi.   Ta`lim   metodi   deganda   ta`lim   jarayonida
o`qituvchi   va   o`quvchilarning   kutilgan   maqsadga
erishishga   qaratilgan   hamkorlikdagi   faoliyat   usullari
tushuniladi.   Ularga   ko`ra   ta`lim   mazmunini
o`zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi. 
Ta`lim metodlari o`quv-tarbiya jarayonining tarkibiy
qismi bo`lib,   ularsiz ta`lim maqsadi, vazifalarini amalga
oshirish,   o`quv   materiallari   mazmunini       o`zlashtirish
mumkin   emas.   
Ta`lim   metodlari   ham   o`quv   materiali   mazmuniga,
binobarin,   bolalarning   ma`lumoti,   taraqiyoti,
tarbiyasiga,   shuningdek,   o`qitish,   o` qi sh
fa ol iy at la ri ni ng   bi r- bi ri ga   ki ri sh uv i   v a   s hu   as os da
o` za ro   ta`sirning   yuzaga   chiqishiga   yo`nalgan.   Ta`lim
metodi   vositasida   o`qituvchi   va   o`quvchining   faoliyati
o`zaro   muvofiqlashadi.   Ta`lim   metodi-o`qituvchi   va
o`quvchilarning   ma`lumot   mazmuniga   yo`nalgan
faoliyatini   tartibga   solish   yo`lidir.   Ta`lim   metodlari
tarkiban   o`qitish   metodlari   va   o`qish   metodlaridan
iborat.  Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturida:   "Zamonaviy   axborot   texnologiyalari,
kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot
bilan   ta’minlash   rivojlanib   boradi.   Ta’lim   jarayonida   ommaviy   axborot
vositalarining   maqsadi   oshib   boradi,   televideniya   va   radioning   ta’lim   dasturlari
intellektuallashuvi ta’minlanadi", deb ta’kidlangan.
Amaliy   fazilatlar   va   amaliy   san’at   (kasb   -   hunar)lar   va   ularni   bajarishga
odatlantirish   masalaga   kelganda,   bu   odatda   ikki   yo’l   bilan   hosil   qilinadi:   bularda
birinchisi   -   qanoatbaxsh   so’zlar,   chorlovchi,   ilhomlantiruvchi   so’zlar   yordamida
odat  hosil  qilinadi,  malakalar  vujudga  keltiriladi,  odamdagi  g’ayrat, qasd-intilish-
harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi   (usul)   yo’l   -  majbur  etish  yo’li, bu  usul  gapga  ko’nmovchi  qaysar
shaharliklar   va   boshqa   sahroyi   xalqlarga   nisbatan   ishtiladi.   Chunki   ular   o’z
istaklaricha   so’z   bilan   g’ayratga   kirishadiganlardan   emas,   deb   ta’kidlagan
A.H.Forobiy.
Yu.K.Babinskiy  tahriri ostida nashr qilingan «Hozirgi zamon umumiy o’rta
ta’lim   maktablarida   o’qitish   metodlari»   (1990   yil)   kitobida   o’qitish   metodlari
quyidagicha turkumlanadi.
1. O’qitishning og’zaki metodlari.   
2. O’qitishning ko’rgazmali metodlari.   
3. O’qitishning muammoli     - izlanishlar va reproduktiv metodlari.
4. O’qitishning mantiqiy metodlari    : induktiv, deduktiv va asoslash mantiqiy
metodlari.
5. O’quvchilarning   o’quv   faoliyatlarini   rag’batlantirish   va   asoslash   
metodlari: 
a) Bilimga bo’lgan qiziqishni shakllantarish metodlari. 
b) Bilim berishdagi burch va mas’uliyatni rag’batlantirish metodlari.
6.  O’qitishdagi nazorat va o’z - o’zini nazorat qilish metodlari:  
a) Og’zaki va yozma nazorat metodlari. 
b) O’quvchilarning tayyorgarliklarini  laboratoriya va amaliy yo’llari bilan
nazorat qilish metodlari.  c) Mashina vositasida nazorat qilish metodlari. 
d) O’z - o’zini nazorat qilish metodlari va h.k. 
Ya.A.Komenskiy   "O’qitish   metodlarining   o’chi   bolada   qiziqish   uyg’otishi
uchun   uni   jonli   qiziqarli   qilish   zarur,   o’qitish   har   qancha   jiddiy   ish   bo’lsa   ham,
darsni   do’stona,   qiziqarli   vaziyatda,   suhbat,   musobaqa,   topshiriqlarni   topshirish
shaklida   yoki   hikoya   va   masala   shaklida   o’tish   lozim".   O’qitish   metodi   san’at
darajasiga ko’tarilishi uchun uni shunday puxta asoslarga qo’yish kerak, “o’qitish
hech   og’ishmay   olg’a   qadam   tashlasin   va   o’z   natijalarida   aldanmasin”   -   deb
yozgandi.
I.G.Pestalossi   metodik tanlashda bolaning o’z ichki tabiatini hisobga olgan
holda tabiatning adabiy qonunlariga asoslanishi kerak deb hisoblaydi. "Faqat bitta
metod,   ya’ni   tabiatning   abadiy   qonunlariga   to’la   asoslanadigan   metodgina
yaxshidir". 
A.Disterveg  o’qitishning ikki asosiy metodini bayon qiluvchi va o’stiruvchi
metodlarini   ajratadi:   “Tashqi   tomondan   farq   ikki   metod   mavjuddir.   Biri   shundan
iboratki,   unda   o’quvchilarga   predmet   aytib   beriladi:   ikkinchisi   shundan   iboratki,
unda   o’quvchilar   predmetning   o’zini   yaratishga   va   shu   bilan   bir   qatorda
o’qitishning   dogmatik   va   o’stiruvchi   (evristik)   metodlarini   yaratishga   majbur
qiladi”.
U ta’lim metodlariga taaluqli ikki qoidani, ya’ni: "Metod tanlashda predmet
xususiyati   bilan   hisoblashmoq   kerak"   va   ”O’qitish   metodi   o’qituvchi   shaxsining
o’zi bilan bog’langan", - degan qoidalarni ifodalaydi. 
O’qitish metodlariga qo’yilidigan pedagogik talablar va ularni guruhlash.
Hozir   o’qitish   metodlarining   samaradorligini   oshirish   eng   dolzarb
masalalardan   biridir.O’qitish   metodlarining   muvaffaqiyati,   samarasi,   natijasi
ko’proq, o’quvchilar faoliyatining faolligi va mustaqilligini tarkib toptirishga ko’p
jihatdan   bog’liq.   Bu   yo’l   o’qitish   metodlarini   takomillashtirishning   eng   samarali
shaklidir.   Metod   shunday   vaqtda   samarali   bo’lishi   mumkinki,   o’qituvchi   darsda
shunday   vaziyat,   sharoit   yaratishi   kerakki,   ularning   mustaqilligini   oshirish   bilan
birga, olayotgan bilimlarni o’zlashtirishda va fikrlashga o’rgatishi zarur. O’qitish   metodlarini   takomillashtirish   o’quvchi   shaxsini,   uning
dunyoqarashiga,   uning   pedagogik-psixologik,   metodik   va   maxsus   ilmiy   jihatidan
tayyorgarligiga   bog’liq.   Ana   shunday   omillar   o’qitish   metodlarining
samaradorligini oshirish omilllari hisoblanadi.
Yaxshi   tayyorgarlik   ko’rgan   o’qituvchida   ma’lum   tanlangan   metodlarning
ustunligini   ko’rinadi.   Tayyorgarligi   kam   o’qituvchida   buning   aksi   bo’lishi
mumkin.
Maktab   ta’lim   tizimida   o’qitish   metodlari   bilan   birga   "metodik   usul"   va
"vosita"lar   ham   ishlatiladi.   Usul   -   metodning   bir   qismi   bo’lagidir.   Masalan,
o’quvchining bilimini yozma tekshirish metodiga xatolarni tuzatish usuli kiradi.
Vosita   -   ma’lum   bo’lgan   yordamchi   o’quv   materiali   -   asbob,   qurol   va
apparatlardan   foydalanishdir.   O’qitish   metodlari   dars   xarakteriga   qarab   turli   -
tuman   bo’lishi   mumkin.   Lekin   har   bir   fanni   o’qitishda   o’ziga   xos   umumiy
talablarni   hisobga   olishi   kerak.   Masalan,   fizika,   ximiya,   biologiya   fanlarini
laboratoriya   mashg’ulotisiz   o’qitish   mumkin   bo’lmaganidek,   matematika,   ona   tili
grammatikasini   mashq   qilmay,   misol   va   masalalar   yechmay   turib   kutilgan
maqsadga   erishib   bo’lmaydi.   Aksincha   tarix,   geografiya   darslarida   misol   va
masalalar yechishga hech qanday zaruriyat yo’q.
Ta’lim   jarayonida   xilma-xil   ta’lim   vositalaridan
foydalaniladi.   Ularni   foydalanish   maqsadi   nutqai
nazaridan bir qancha guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ko‘rgazmali qurollar
2. Ta’lim ashyolari (daftar, ruchka, parta,doska, bo‘r 
va hokazo).
3. Ta’limning texnik vositalari (audio, video universal
ham ovoz li ham tasvirli).
4. O‘quv xonalari.
Ta’lim usul va vositalarini tanlash me’yorlari.
O‘qituvchi ta’limning usul va vositalari arsenalidan
o‘z   fao liyatida   samara   beradiganlaridan   foydalaniladi, albatta.   Buning   uchun   u   ta’lim   jarayonining   ko‘p
qirrali   va   o‘qitayotgan   predmetining   o‘ziga   xos
tomonlarini   hisobga   olishi   lozim.   Shu   bilan   birga   usul
va   vositalarni   samarali   tanlash   va   foydalanishning
uslubiy   shart-sha roitlari,   me’yorlariga   amal   qilgan
holda faoliyat ko‘rsatadi.
1.   Har   bir   darsda   qo‘llaniladigan   ta’lim   usuli   va
vositasi   o‘sha   predmetning   asosi   fanning   tadqiqoti
usullaridan kelib tanla nadi.
2. Mashg‘ulotlarda usul va vositalar majmuidan 
foydalaniladi.
3.   O‘quvchilarning   yosh   va   bilish   imkoniyatlarini
mos tushadigan usul va vositalaridan foydalaniladi.
4.   O‘qituvchining   pedagogik   mahorati,   tajribalik
darajasiga bog‘liq. 
O’qitish metodlariga quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi: 
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirilishga qaratilishi.
2. Metodning ilmiyligi. 
3. Metodning   ommabopligi,   metod   o’quvchilar   rivojlanishining   psixologik   -
pedagogik imkoniyatlariga muvofiq bo’lishi.
4. O’quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligi.
5. O’z   ishida   ilg’or   metodlarni   muntazam   o’rganish,   boshqalar   tajribasidan
foydalanish zarurligidan iborat.
6. O’qitish   metodlari   o’quvchilarning   yosh   xususiyatlariga   va   ularning   samarali
o’zlashtira olishlariga imkon berishi.
7. O’qitish   metodlari   butun   sinf   o’quvchilar   faolligi   va   mustaqilligini   oshirishga
qaratilmog’i kerak va h.k.
Maktablarda qo’llanilayotgan o’qitish metodlari  xilma - xil bo’lib, ularning
keng tarqalganlari quyidagilar:
1. O’quv materiallarini og’zaki bayon qilish metodi.    O’quv   materialini   og’zaki   bayon   qilish   metodi
maktab   ta’limi   tizimida   eng   ko’p   qo’llaniladigan
metodlardan   biri   bo’lib,   uni   hamma   fanlardan,   hamma
sinflarda   qo’llash   mumkin.   Bu   metodda   o’qituvchi
bilimlarni to’g’ridan - to’g’ri jonli nutqi bilan bayon
qiladi   va   o’quvchilar   esa   idrok   qilishi   bilan
xarakterlanadi.   Hikoya,   suhbat,   ma`ruza   ta`limning
bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu
metodlar   evristik   suhbatni   hisobga   olmaganda,   asosan,
o`quvchilarning   xotirasiga   mo`ljallab   tashkil   etiladi,
tuzilish   jihatidan   ularning   tarkibi   bir   xil:   o`qituvchi
tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
Hikoya   qilish   -   o’qituvchi   tomonidan   yangi   o’tilayotgan   mavzuga   doir
hodisa   va   voqealarning   yaxlit   qismlarga   bo’lib,   izchil   bayon   qilinishidir.   Hikoya
qilish   davomida   o’quvchilar   faolligini   oshirish,   diqqatini   bir   yerga   to’plash,
ularning   voqea   ustida   fikr   yuritish   va   almashinishlariga   erishishi   uchun   ayrim
savollar   berib   borish   ko’rsatma   materiallardan   foydalanish   kerak.   Hikoya
qilishning   muvaffaqiyatli   bo’lishi   o’qituvchi   nutqining   ravonligi,   tushunarli   va
emotsional   bo’lishiga   bog’liq.   Hikoyaning   bir   necha   xil   turi   mavjud:   kirish
hikoyasi-   o`quv   materialini   o`rganishga   bolalarni   tayyorlash   maqsadida
o`tkaziladi.   Kirish   hikoyasi   badiiy   asarlar   bilan   tanishtirish,   yangi   mavzuga   oid
omillarni   eslash,   ularni   dastlabki   tahlil   etish   bilan   daxldor   metoddir;   bayon
shaklidagi   hikoya-   yangi       o`quv   materialini   bevosita   idrok   etish   bilan   aloqador
metodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o`qituvchi o`quv materiali   m a zm un i n i
t ur l i ch a   ay t a di ,   u ni ng   a so si y   va   i kk i n ch i   dar aj al i   hususiyatlarini  izohlaydi;
yakunlovchi   hikoya-undan   darsning   oxirida   o`rganilgan   mavzuga   yakun   yasash
maqsadida foydalaniladi.
Tushuntirish   -   o’qitishning   o’qituvchi   tomonidan   o’tilayotgan   mavzuning
mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarning bayon qilinishidir. O’quvchi   ma’lum   bir   fanning   biror   mavzusiga   doir   qonun-   qoidalarni   qanchalik
asosli ekanligini faktlar, misol va masalalar yechish bilan isbotlab beradi.
Ma’ruza   -   Ma`ruza   o`rta   umumta`lim   maktablarining
yuqori   sinflarida,   kollejlarda,   oliy   o`quv   yurtlarda
foydalaniladigan   ta`lim   metodi   bo`lib,   unda   o`zaro
ta`sir   o`qituvchining   bayoni   va   bolalarning
tinglashi,   ayrim   omillar,   asosiy   g’oya   va
bog’lanishlarni   yozib   olish   shaklida   amal   qiladi.
Ma`ruza   uchun   vaqt   bolalarning   tayyorgarlik   darajasi,
o`quv materiali xajmiga ko`ra belgilanadi.
Ma`ruza   jarayonida   o`quvchilarning   faolligi,
tashabbuskorligini   oshirish   maqsadida   o`qituvchi   o`z
nutqini   ko`rgazmali   qurol,     muammo   va   topshiriqlar
bilan   uyg’unlashtiradi.   O`quv     materialiga   oid
iboralarga izoh berish, ayrim o`rinlarda  o`quvchilarning
o`zlariga xulosa chiqarishni taklif etish talabalarning
o`quv-biluv faoliyatining samarasini  oshiradi.
Suhbat     –   bu  metod   ko’p   qo’llaniladigan   samarali   metodlardan  biridir.   Bu
metod   savol   –   javob   metodi   deb   ham   yuritiladi.   Chunki   dars   jarayonida   savollar
bilan   butun   sinfga   murojaat   qiladi,   o’quvchilar   javob   qaytaradilar.   O’qituvchi
tomonidan berilayotgan ta’lim mazmuni hajmi va shakliga bog’liq.
Suhbat o`qituvchi o`quvchining o`zaro ta`siri dialog
shaklidagi   ta`lim   metodidir.   Unda   mavzu   mazmuniga   xos,
atroflicha   o`ylangan,   bir-biriga   bog’liq   savollarni
qo`yish va savollarga javob izlash  hamda javob qaytarish
yo`llari   bilan   o`qituvchi   va   o`quvchi   faoliyati   o`zaro
muvofiqlashadi. 
Suhbat   mohiyati   jihatidan   ikki   turli   bo`ladi:
evristik   suhbat;   katoxezistik   suhbat.   evristik   suhbat
o`quvchilarning   tafakkuriga   mo`ljallangan   metod bo`lib,   unda   o`zaro   ta`sir   o`qituvchi   savollari
bolalarning   javoblari   shaklida   amal   qiladi.   evristik
suhbat   uzoq   tarixga   ega   bo`lib,   undan   qadimgi
Gretsiyada   Suqrot   mohirona foydalangan.
U   hozirgi   ilmiy-didaktik   tadqiqotlarda   «izlanish
suhbati»   ham   deb   yuritaladi. Evristik suhbatning qator
ijobiy   tomonlari   mavjud;   ijodiy   yo`l   bilan   o`quv
materialini   o`rganish;   o`zlashtirishning   individual
harakter  kasb etishi. 
Katoxezistik   suhbat   o`quvchilarning   xotirasiga,
binobarin,   qayta   esga   tushirish   faoliyatiga   mo`ljallab
o`tkaziladi.   O`tkazish   maqsadiga   ko`ra   katoxezistik
suhbatning quyidagicha turlari mavjud:
Yakunlash   suhbati.   Bunday   suhbatda   mashg’ulotda
qilingan   ishlar   bo`yicha   umumiy   va   yakuniy   xulosa
chiqariladi.
Mustahkamlash   suhbati-yangi   mavzu   tushuntirilgandan
keyin   o`tkaziladi,   so`ngra   yangi   mavzu   intelektual   va
amaliy topshiriqlar  bajariladi.
Takrorlash   suhbati   ikki   yoki   undan   ortiq   mavzu
bo`yicha   o`tkaziladi. Takrorlash   yo`li   bilan   malakalar
takomillashtiriladi.   Umumlashtiruvchi   suhbat   katta
bo`lim   o`tilgandan   so`ng,   o`quv   boshida,       oxirida
tashkil etiladi.
Kirish   suhbati   yangi   mavzuni   o`rganishdan   oldin
o`tkaziladi.   Nazorat   suhbat i   bilimlarni   sinab   ko`rish
maqsadida tashkil etiladi.
2. Mustaqil ishlar metodlari   
Mustaqil   ishlar   ta`limning   barcha   bosqichlarida
o`tkaziladigan,   o`qituvchining   bevosita   ishtirokisiz,
ammo   uning   ko`rsatmalari,   rahbarligida   bajariladigan intelektual   va   amaliy   topshiriqlardir.   Hozirgi   paytda
mustaqil ishlarning quyidagi  turlaridan foydalaniladi.
Darslik va kitob bilan ishlash metodi . Bu metod ham
maktabda muhim o’rin tutadi. Kitobsiz undan foydalanish
madaniyatiga   ega   bo’lmay   turib,   fan-texnika   sirlarini
egallab bo’lmaydi. O’quv amaliyoti bilan ishlash psixik
jarayonni   o’z   ichiga   oladi.   O’qitish   jarayonida
o’qituvchining bayon  qilayotgan bilimlarini  o’quvchilar
faqatgina   eshitib   qolmasdan,   shu   bilan   birga   uni   kitob
matnidan   ko’rib,   ongli   idrok   qilishi   muhim   rol   tutadi.
Darslik va kitob bilan ishlash metodi ikki shaklda olib
boriladi:
1. Dars jarayonida darslik va o’quv adabiyoti bilan ishlash;
2. Sinf va maktabdan tashqari darslik va o’quv adabiyoti bilan mustaqil
ishlash.
Darslikdagi qoidalar va ta`riflar ustida mustaqil ishlash:   darslikdagi   qoida
va ta`rifni   o`qish  va  ularga  oid  omillarni   ajratish; o`qituvchi topshirig’iga ko`ra
to`plangan   omillarni   tahlil   etish   va   xulosa   chiqarish;   darslikning   ayrim
sahifalarini tanlab o`qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo`lllari
to`g’risida   qisqacha     xisobot     tayyorlash;   qoida,  ta`riflarni     mantiqiy       qismlarga
ajratish   va   terminlarga   qo`shimcha   adabiyotlardan   o`rganilgan   mavzu   doirasida
material to`plash; ma`ruza,  hikoya, suhbat paytida o`qituvchi chiqargan xulosalarni
darslikdagi qoida, ta`riflarni solishtirish.
Darslikdagi   amaliy   materiallar   ustida   mustaqil   ishlash:   darslikdagi   mashq,
misol   va   masalalar   variantlarni   o`zaro   musobaqalashib   bajarish;   darslikdagi
amaliy   materiallar   asosida   turli   diagramma,   jadval,   chizmalar   tayyorlash;
laboratoriya mashg’ulotlarini  o`tkazish rejasini tuzish.
Mashg’ulotlarda   turli   mustaqil   ishlarni   bajarish   bolalarda   mustaqillikni
tarbiyalaydi.   Mustaqillik   esa   shaxsiy   sifat   hisoblanadi.   Mustaqil   ishlash
metodlaridan   foydalanishda   qator   qoidalarga   rioya   qilinadi;   o`quvchilarni mustaqil   ishlashga   tayyorlash;   mustaqil   ishlarning   tushunarli   bo`lishi;   mustaqil   ish
uchun yetarli vaqt ajratish; mustaqil ish  natijasini tekshirish.
1. Namoyish qilish va illyustrasiya      o’quvchilar tomonidan materiallarni aniq
obrazlar orqali bevosita idrok etish jihatidan muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilar   o’rganayotgan   buyum   va   hodisalarni   konkret   va   aniq   tasavvur
etgan taqdirdagina ularning olgan bilimlari chuqur va puxta bo’ladi.
Ko`rgazmalilik   didaktikada   eng   asosiy   qoida   bo`lib,
uning   yordamida   ko`ruv   o`quvi   va   tafakkur   o`zaro
uyg’unlashadi.   Ko`rgazmali   metodlarn ing   quyidagicha
turlari mavjud:
-Illyustratsiya   metodi   og’zaki   bayon   qila   turib,
rasmlar,   chizmalar,   jadvallar,   doskadagi   yozuvlarga
diqatni tortish.
Demonstratsiya   metodi-kinoapparat,   LETI   kabi   texnik
vositalar   asosida,   shuningdek,   televizor
ko`rsatuvlaridan,   videotasvirdardan   foydalanib,   turli
tasvirlarni namoyish qiladi.
    T a b i i y   k o ` r g a z m a l a r - n a r s a l a r n i n g   o ` z i ,
p r e d m e t l a r ,   t u r l i   jonivorlarning   mulyajlarini
ko`rsatish.   Ko`rgazmali   metodlar   e shitish   va   ko`rishni
o`zaro uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli
ulardan   bilimlarni   og’zaki   bayon   qilish   metodlari   bilan
yonma-yon   foydalansh   ta`limning   samaradorligini
oshiradi.
Ta’limda   namoyish   qilish   metodi   keng   qo’llaniladi.   Bu   metoddan   darsda
ko’pincha   fizika,   ximiya,   biologiya   fanlariga   alohida   tabiiy   narsa   va   buyum
ko’rsatiladi.   Ta’lim   jarayonida   namoyish   qilish   metodidan   foydalanish   juda   ko’p
jihatdan   namoyish   qilish   materiallarining   xarakteriga,   mazmuniga,   shakli   va hajmiga   bog’liqdir.   Ko’rsatma   materiallari   o’z   mazmuni   va   xarakteriga   ko’ra   2
turga bo’linadi:
1. Tabiiy   ko’rsatmali   materiallar:   o’simlik,   hayvonlar,   foydali   qazilmalar,
ularning kolleksiyalari va boshqalar.
2. Tasviriy   ko’rsatma   materiallar.   Tasviriy   ko’rsatma   materiallari   ham   mazmuni
va tizimi shakliga qarab 2 turga bo’linadi.
a) Buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi rasmlar-rasm,
surat, fotosurot, diafilm, kinofilm va h.k.
b) Buyum, narsa, hodisa va voqealarning biror shartli belgisi orqali simvolik
yoki   grafik   materiallar   –   geografiya   va   tarix   kartalari   va   chizmalar,   jadvallar   va
boshqalar. 
Illyustratsiya - og’zaki   bayon   qila   turib,   rasmlar,   chizmalar,   jadvallar,
doskadagi yozuvlarga di q qatni tortish.
Demonstratsiya   metodi-kinoapparat,   LETI   kabi   texnik   vositalar   asosida,
shuningdek,   televizor   ko`rsatuvlaridan,   videotasvirdardan   foydalanib,   turli
tasvirlarni namoyish qiladi.
Namoyish   qilish   va   illyustrasiya   metodlar   e shitish   va   ko`rishni     o`zaro
uyg’unlashtirish   vositasi   hisoblanadi.   Shu   tufayli   ulardan   bilimlarni   og’zaki   bayon
qilish metodlari bilan yonma-yon foydalansh  ta`limning samaradorligini  oshiradi.
2. Ekskursiya metodi   
O’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan buyum va hodisalarni jonli kuzatib,
idrok   etish   yo’li   bilan   ilm   asoslarini   egallashga   ekskursiya   metodi   deyiladi.
Sa’diyning   “Guliston”   asarida   “safarning   foydasi   ko’pdir:   bag’ri   diling   ochiladi,
foyda topasan, ajoyibotlarni ko’rasan, g’oyibotlarni eshitasan, shaharlarni tomosha
qilasan, do’stlar  bilan suhbatda bo’lasan,  bilim orttirasan, molu-mulk, davlatingni
ko’paytirasan,   do’stlaringni   yaqindan   tanib,   taqdirni   imtihon   qilasan”   deyilgan.
Ekskursiya zavodlarga, fabrika, qo’shma korxona kabilarda o’tkaziladi. Ekskursiya
o’tkazishda   bir   qancha   talablarga   amal   qilish   lozim.   Ekskursiya   to’rt   yo’nalishda
bo’lmog’i lozim:
1. Tabiatni kuzatish va o’rganish maqsadida; 2. Sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga doir;
3. Ijtimoiy va maishiy mazmundagi;
4. San’at va adabiyot materiallari bilan tanishishga oid ekskursiyalar.
Ekskursiya quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Ekskursiya haqida ekskursovodning muqaddama suhbati;
2. Marshrut bo’yicha ob’yektni kuzatish;
3. Ekskursiya davomida yoki oxirida zarur materiallarni to’plash.
3. Mashq metodi- quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Og’zaki, yozma mashq va grafik ishlari metodi.
2. Amaliy, laboratoriya mashg’uloti metodi.
3. Tajriba yer uchastkasida mashg’ulot.
4. Muammoli o’qitish metodi.
Bu metodlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, hamma sinflarda, o’quv fanlari
bo’yicha   keng   qo’llaniladi.   Mashq   metodi   o’quvchilar   o’zlashtirgan   bilim   hosil
qilingan ko’nikmalarni mustahkamlash va ularni hayotda qo’llay olish qobiliyatini
o’rgatish   maqsadida   tashkil   etiladi.   O’quvchilar   mustaqil   ishlarning   xususiyatlari
va mazmuniga qarab og’zaki, yozma, grafik va amaliy turlarda olib boriladi:
1. og’zaki mashq;
2. yozma mashq;
3. grafik ishlar (metod);
4. amaliy ishlari.
Yozma   ishlar:   ona   tili   va   adabiyot,   matematika,   shuningdek,   tarix   va
geografiya   fanlarini   o’qitishda   qo’llaniladi.   O’quvchilarning   yozma   mashqlari
asosan   ko’chirib   olish,   bayon,   yozma   ish   qog’ozlari,   matematikadan   misol   va
masalalar yechish kabilardan iborat.
Grafik   ishlar:   yozma   ishlar   jumlasiga   kirib,   o’quvchilarning   o’zlashtirgan
yoki   o’zlashtirmagan,   bilimlarni   ongli   va   mustahkam   esda   saqlab   qolishlariga
hamda   shu   sohada   ko’nikma,   malakalar   hosil   qilishlariga   yordam   beradi.
O’quvchilarning   grafik   ishlari   quyidagilarni   o’z   ichiga   oladi:   rasm   chizish   (yoki
asliga qarab chizish), geografiya va tarix fanlaridan unchalik murakkab bo’lmagan kartalar   chizish,   chizma   va   sxemalar   chizish,   jadval,   diagramma   va   grafiklar,
plakat,   albom,   stendlar   tayyorlash   va   boshqalar.   Grafik   ishlarni   o’quvchilar
bajarganda, o’qituvchilar kamchiliklarni o’z vaqtida ko’rsatishlari kerak.
Laboratoriya mashg’ulotlari metodi.   Laboratoriya ishlari deb o’quvchilar
tomonidan   maktab   sharoitida   narsa   va   hodisalarni   maxsus   jihozlar   vositasida
(mikroskop, o’lchov asboblari, tajriba jihozlari  va shuningdek kabilarda) bevosita
o’rganishga aytiladi. Bu metod asosan V-IX sinflarda fizika, ximiya, biologiya va
tabiiy   geografiya   fanlarini   o’qitishda   qo’llaniladi.   Laboratoriya   mashg’ulotlari
maxsus jihozlangan laboratoriya, kabinet hamda tegishli apparat, mikroskop, lupa,
kolba,   o’lchov   asboblari   yordamida   oddiy   sinf   xonalarida,   maktablarning   yer
uchastkalarida   olib   boriladi.   Laboratoriya   mashg’ulotlari   o’qituvchi   tomonidan
ilgari   bayon   qilingan   materiallarni   aniqlash,   isbot   qilish   va   mustahkamlash
maqsadida   olib   boriladi.   Yuqori   sinflarda   yangi   bilimlarni   berishda   ham   ishlatish
mumkin. Laboratoriya darsi mashg’ulotlari ko’pincha 3 turda bo’ladi:
1. Kuzatish;
2. Tajriba yoki eksperiment o’tkazish;
3. Tegishli   asbob-uskunalar   yordamida,   vositada   ma’lum   obyektni   o’lchab,
ko’rishda ishlatiladi.
Laboratoriya mashg’ulotlari  xarakteriga qarab turli  tipda tashkil  qilinadi:  1.
Sinf   o’quvchilari   bilan   frontal   ravishda   olib   boriladigan   mashg’ulotlar.   2.   Sinf
o’quvchisining alohida-alohida olib boriladigan tajriba mashg’ulotlari.
Amaliy   ishlar   metodi   –   umumiy   o’rta   ta’lim   maktablarida   texnika   va
mehnat   malakalari   bilan   qurollantirish   maqsadida   amaliy   ishlar   olib   boriladi.
Fizika,   ximiya,   biologiya,   chizmachilik   fanlari   o’quvchilarga   texnika   ta’limini
berishda   muhim   rol   o’ynaydi.   Texnik   ta’limi   o’quvchilardan   bevosita   ishlab
chiqarishning dastlabki  mehnat ko’nikmalari  bilan qurollanishni  ham talab qiladi.
Shuning   uchun   ham   umumiy   o’rta   ta’lim   maktablarining   V-IX   sinflarida   o’quv
ustaxonasi   va   tajriba   yer   uchastkasida   bir   qancha   amaliy   tajriba   ishlari   olib
boriladi. Masalan: yog’och va materiallar bilan ishlash. Yuqori   sinflarda   maktab   yer   uchastkasida   amaliy   tajriba   olib   boriladi.
Amaliy   mashg’ulotlarni   olib   borishda   shu   mashg’ulotlarning   xarakteriga   qarab
xilma-xil   metod   va   usullar   qo’llaniladi.   Amaliy   ishlar   oxirida   o’qituvchi
o’quvchilar ishini tekshiradi, baholaydi, amaliy ishlarga yakun yasaydi.
Tajriba   yer   uchastkasida   amaliy   mashg’ulotlar.   O’quvchilarning   amaliy
tajriba   mashg’ulotlari   maktab   jonli   burchagi   va   tajriba   yer   uchastkasida   olib
boriladi.   Amaliy   ishlar   o’quv   fanlari,   fizika,   ximiya,   biologiya,   tabiatni   o’rganish
darslarida ilmiy bilimlar asosida  olib boriladi. Maktab  yer uchastkasidagi  ishlarni
asosan o’quvchilar jamoalari amalga oshiradi. Maktab yer uchastkasida asosan ish
turi   ekin   maydonlarini   haydash,   ekish,   o’g’itlash,   sug’orish   kabilar   hamda   otaliq
tashkilotlari   ish   uchastkalarida,   parrandachilik,   sut-tovar   fermalarida   ham
o’tkazishlari mumkin.
«Tarbiyachi   o’z   shogirdlarining   mustaqil   ishlashiga   ko’proq   imkoniyat
yaratib bermog’i lozim. O’quvchini tayyor xulosalar bilan qurollantirishdan ko’ra
uning   o’ziga   to’g’ri   xulosalar   chiqarishni   o’rgatmog’i   lozim»,   -   deb   ta’kidlagan
K.D.Ushinskiy.   Shveysariya   pedagogi   I.G.Pestolojka:   «Mening   o’quvchilarim
yangilikni   mendan   olmaydi:   ular   bu   yangilikni     o’zlari   kashf   etadilar.   Mening
asosiy   vazifam-ularni   o’zlarini   namoyish   etishga,   mustaqil   g’oyalarini
rivojlantirishga yordam berishdan iborat» degan.
Muammoli   o’qitish.   Maktabda   ta’limning   muammoli   o’qitishsiz   tasavuur
etish   mushkul.   Uning   asosiy   maqsadi   o’quvchilarni   mustaqil   fikrlashga   o’rgatish
orqali   bilish   qobiliyatlarini   rivojlantirishdan   iborat.   Har   qaysi   fanni   o’qitishda
muammoli   ta’lim   shu   fanning   o’ziga   xos   xususiyat   va   mazmunidan   kelib   chiqib
tashkil   etiladi.   Muammoli   ta’limda   muammoli   vaziyatni   yuzaga   keltirish,
o’quvchilarni   mazkur   vaziyatni   qidirib   topishga,   ixtiro   qilishga   o’rgatishni   vazifa
qilib   oladi.   Albatta,   o’qituvchi   yo’naltiruvchi   shaxs   hisoblanadi.   Bunda
o’quvchilarning o’zlari mavjud bo’lgan bilimlarga tayanib ish tutadi. Eng muhimi
o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga va ularni amalda qo’llashga o’rgatadi
Muammoli  izlanish turidagi   metodlar   o`quvchilarning tafakkuriga,   binobarin,
ularning   ijodiy   faoliyatiga   yo`nalgan   ta`lim   metodidir.   Bu   metodlar   asosida o`quv-tarbiya   ishlari   tashkil   etilganda   o`qituvchi   va   o`quvchilarning   o`zaro
ta`siri quyidagicha umumiy  ko`rinishga ega bo`ladi.
O`qituvchi faoliyati O`quvchi faoliyati
- turli   topshiriqlar   muammoli   asosida   holat
yaratish ;
- muammoni   hal   etishga   oid   farazlarni
aytishni taklif etish;      
- farazlardan   mosini   muammoni   bajarishga
tatbiq etish , so’rash;  
- xulosalar chiqarishga ko`maklashish;
- chiqarilgan   xulosalarni   amaliyotga   tatbiq
etish yo`lla rini ko`rsatish          - m uammoli holatda 
ishtirok    e tish va 
muammoni qabu l  qilish ;
- farazlarni aytish;
- tanlangan farazni   
muammon i  bajarilishiga
tatbiq  etish;
- xulosalar chiqarish;
- xulosalarni amaliyotga
tad biq etish .
Muammoli   izlanish   metodlari   ham   maktab   tajribasida
sof   holda   qo`llanilmaydi.   Muammolarni   qo`yish,   ularni
izohlashda   suhbat,   hikoyadan   ham   foydalaniladi.
Shuningdek,   ma`ruza   o`qib   turgan   paytda   turli   o`quv
t o p s h i r i q l a r i ,   m u a m m o l a r   h a m   h a l   e t i l a d i .
K o ` r g a z m a l i   q u r o l l a r   vositasida   bolalarga
eksperimental   (sinov)   topshiriqlar   beriladi.   Ana
s hularga   ko`ra   muammoli-izlanish   metodlarining   quyidagi
turlari farqlanadi.
  Muammoli   hikoya   o`rganilayotgan   mavzu   doirasida
hikoya   boshida,   hi ko ya   d av om id a,   h ik oy a   ox ir id a
bo la la r   o ld ig a   m ua mm ol ar   qo `y ib ,   ularning   mavzuga
qiziqishlarini oshirish yo`lidir. Muammoli   ma`ruza:   ma`ruzadan   oldin   o`quvchilarni
mavzuga   qiziqtirish   maqsadida   yoki   ma`ruza   oxirida
o`quvchilar oldiga muammolar qo`yish yo`li  bilan ta`lim
maqsadiga erishishdir. 
4. Didaktik   o`yin   metodi.   K e y i n g i   y i l l a r d a
i l g ’ o r   o ` q i t u v c h i l a r   t a j r i b a s i d a   d i d a k t i k
o`yinlardan   ta`lim   metodlari   sifatida   foydalanish
odat   tusini   olib   bormoqda.   Didaktik   o`yinlarning
samaradorligi   shundaki,   ular   vositasida   o`quv-tarbiya
ishlari   hayotga   yaqinlashtiriladi,   shuningdek,
ularning   har   birida   bilimlarni   og’zaki   bayon   etish,
ko`rgazmali,   amaliy   metodlarning   e lementlari
qo`llaniladi.   Shu   hususiyatlariga   ko`ra   didaktik
o`yinlar   sintetik     harakterga     ega.   Ularning
quyidagicha turlari mavjud:
      Simulyativ   o`yin-ta`limni   hayotda   bo`lib   o`tgan i
ijtimoiy   v o q e a l a r g a   t e n g l a s h t i r i s h ,   u l a r n i   q i y o s i y
t a r z d a   t a s h k i l   e t i s h   v a   boshqarish   metodidir.   Bu
o`yindan   tarix,   geografiya   darslarida   unumli
foydalaniladi;   bir   o`qituvchi   Amir   Temur,   boshqasi
Boyazid,   qolganlari   sarkardalar,   askarlar   rolida
ishtirok   etadi,   shu   yo`l   bilan   ta`lim   bo`lib   o`tgan
tarixiy voqeaga qiyoslab tashkil etiladi.
      Simulyativ  o`yinlarning  bir ko`rinishi insenirovka
(rollarga   ajratib   o`qish)   metodidir.   Boshlang’ich
sinflarda   badiiy   matnlar,   yuqori   sinflarda   badiiy
asarlarni   rollarga   ajratib   o`qitish   an`anasi
maktablarimiz   tajribasida   uzoq   tarixga   ega.   Adabiyot
o`qituvchilari «Tuya bilan bo`taloq»   asarini o`qitganda
bir   o`quvchi   yozuvchi,   ikkinchi   o`quvchi   tuya,
uchinchisi   esa   bo`taloq   so`zlarini   o`qib     ishtirok etishadi.
        Situativ   o`yinlar   ham   asta-sekin   maktab
tajribasida   o`z   o`rnini   olib   bormoqda.   Mehmon   kutish,
kasalni   davolash,   harid   qilish   kabi   turli   haetiy
vaziyatlar   mohiyatidan   kelib   chiqib,   ta`limni   tashkil
etish va boshqarish  situativ o`yinlar sirasiga kiradi.
Ta’lim olganlikni tashxis etish .  O’quvchilarning bilim,
ko’nikma, malakalarini hisobga olish va baholash
Ta’lim   olganlikni   tashxis   etishning   mohiyati .
Tashxisning mohiyati haqida gapirishdan oldin tashxisni
umumiy   yondashuv   hamda   tashxislashni   amaliy   pedagogik
faoliyat   jarayoni   sifatida   farqlab   olaylik.   Tashxis   –
bu   didaktik   jarayon   kechadigan   barcha   sharoitlarni
oydinlashtirish,   uning   natijalarini   belgilash   demak.
Tashxissiz   didaktik   jarayonni   samarali   boshqarish,
mavjud   sharoit   uchun   optimal   natijalarga   erishish
mumkin emas.
Ta’lim   olganlikni   tashxislash   orqali   erishilgan
natijalar   va   ta’lim   olganlik   ajratib   olinadi.
SHuningdek,   ta’lim   olganlik   tashxislash   vaqtida
belgilangan   maqsadni   amalga   oshirish   darajasi   sifatida
ham   qaraladi.   Didaktik   tashxislashning   maqsadi   o‘o‘quv
jarayonida   kechadigan   barcha   jihatlarni   uning   mahsuli
bilan   bog‘liq   holda,   o‘z   vaqtida   aniqlash,   baholash   va
tahlil qilishdan iborat.
Yuqoridagilardan   ma’lum   bo‘ladiki,   tashxis   ta’lim
oluvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini
an’anaviy   tekshirishga   nisbatan   kengroq   va   chuqurroq
ma’no   kasb   etadi.   Ta’limni   baholash   yoki   tekshirish
faqat   natijalarni   qayd   etadi,   biroq   ularning   kelib
chiqishini   izohlamaydi.   Tashxis   natijalarni   ularga erishish   yo‘llari   va   vositalari,   usullari   bilan
aloqadorlikda baholaydi,  ta’lim mahsulining  shakllanish
jarayonlari   va   bosqichlarni   aniqlaydi.Tashxislash
nazorat,   tekshirish,   baholash,   statistik   ma’lumotlar
to‘plash,   ularni   tahlil   qilish,   dinamika,
tendensiyalarni aniqlash,  voqealarning keyingi  rivojini
taxminlashni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini   nazorat   qilish,   baholash
tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning
ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy
hamroxi   bo‘lib   kelgan.   S h unga   qaramay,   bugun   ham   baholashning   mazmuni,
texnologiyalari   haqida   qizg‘in   munozaralar   davom   etmoqda.   Avval   bo‘lgani   kabi
pedagoglar   baho   nimani   qayd   etishi   lozimligini   aniqlashga   urinmoqdalar.   Ular
baho   nimani   ko‘rsatishi   lozimligi:   ta’lim   oluvchi   o‘zlashtirishning   qat’iy
belgilovchisi     sifat   ko‘rsatkichi   bo‘lishi   kerakmi,   yo   aksincha,   u   yoki   bu   ta’lim
tizimining   ustunligi   va   kamchiliklarining   ko‘rsatkichi   bo‘lishi   kerakmi   degan Tashxislash 
Nazorat  Ma’lumotlrni tahlil qilish
Dinamik a Tekshirish 
Baholash 
Statistic ma’lumotlarni to’plash Voqelikning keying rivojini 
taxmin qilishTendensiyalarni aniqlash
Tashxislashning asosiy tarkibiy 
qismlari masalada bahslashib kelmoqda. 
Ta’limni   baholashda   ziddiyatli   qarashlarning   tug‘ilishini   buyuk   pedagog
Ya.A.Komenskiy   ham   ta’kidlab   o‘tgan   edi.   U   pedagoglarni   o‘zlari   ega   bo‘lgan
baholash   huquqidan   aql   bilan   foydalanishga   chaqirgan.   Ta’lim   oluvchilarga
nisbatan   nazoratning   ob’ektiv   bo‘lishiga   erishish   didaktik   tizimlarning   asosida
yotadi.
Olimlarning   ta’kidlashicha,   demokratlashgan   ta’lim   tizimida   yuzaki
(formal)   nazorat   bo‘lmasligi   lozim .   Didaktik   nazorat   o‘qitishning   o‘ziga   xos
metodi   sifatida   aniq   ifodalangan   ta’lim   beruvchi,   rivojlantiruvchi   yo‘nalganlikga
ega   bo‘lishi,   o‘z-o‘zini   nazorat   qilish   bilan   birlashishi,   eng   avvalo,   ta’lim
oluvchining o‘zi uchun zarur va foydali bo‘lishi lozim.
Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat
va   baholashdan   emas,   balki   baho   yordamida   o‘qishga   undashning   eskirgan
shakllaridan   voz   kechishni   talab   qiladi.   O‘quvchilarning   o‘quv   mehnatini
rag‘batlantirishning yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to‘plab
borayotgan   shaxsiy   foyda     tamoyili   yangicha   yondashuvlarni   belgilab   beradi.
Tashxislash   tizimida   baho   rag‘batlantirish   vositasi   sifatida   bir   qator   afzalliklarga
ega   bo‘ladi.   Birinchi   navbatda,   baholovchi   fikrlar   (ballar)   qo‘llanishi   mumkin
bo‘lgan   tashxislash   natijalari   shaxsning   o‘z   darajasini   belgilashga   ko‘maklashadi,
bu   esa   raqobatli   ta’lim   sharoitlarini   yaratishda   muhim   omil   sanaladi.   Ta’lim
(shuningdek,   nazorat)ning   ixtiyoriyligi   tamoyili   bilan   boyitilgan   baho   o‘tmishda
ko‘plab o‘quvchilar uchun majburiy ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting
– insonning jamiyatdagi mavqei ko‘rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari . Ta’lim
jarayonining   muhim   tarkibiy   qismlaridan   biri   -   nazorat   va   hisobga   olishdir.   Bu
tushunchalar   o‘ziga   xos   mohiyat   va   xususiyatlarga   ega.   O‘qituvchi   nazorat   va
hisobga   olishni   to‘g‘ri   tashkil   etsa,   ta’lim   jarayonining   samaradorligi   ortadi.
Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini
aniqlab borishi lozim. Nazorat   (ta’lim   jarayonida)   ta’lim   oluvchining   bilim,   ko‘nikma   va
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash
va o‘lchash esa  tekshirish  deb ataladi. 
Tekshirish   –   nazoratning   tarkibiy   qismi   bo‘lib,   uning   asosiy   didaktik
vazifasi   o‘qituvchi   va   o‘quvchilar   o‘rtasida   aks   aloqani   ta’minlash,   pedagog
tomonidan o‘quv materialini  o‘zlashtirish  haqida ob’ektiv axborot  olinishi  xamda
bilimlardagi   kamchilik   va   nuqsonlarni   o‘z   vaqtida   aniqlashdir.   Tekshirishning
maqsadi   nafaqat   o‘quvchining   bilim   darajasi,   sifati,   balki   uning   o‘quv   mehnati
hajmini ham aniqlashdan iborat.
O‘quvchilarning   bilim   va   malakalarini   tekshirish   quyida   ko‘rsatilgan
mantiqiy ketma-ketlikda  olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi  birinchi bo‘g‘in  ta’lim oluvchilarning bilim darajasini
oldindan   aniqlash   hisoblanadi.   Odatda,   u   o‘quv   yili   boshida   o‘quvchilar
tomonidan   avvalgi   o‘quv   yilida   o‘zlashtirilgan   bilimlari   darajasini   aniqlash
maqsadida   o‘tkaziladi.   Bu   kabi   tekshirish,   shuningdek,   o‘quv   yilining   o‘rtasida
yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli
bo‘ladi.
Bilimlarni   tekshirishning   ikkinchi   bo‘g‘ini   h ar   bir   mavzuni   o‘zlashtirish
jarayonidagi   joriy   tekshirishdir .   Joriy   tekshirish   ta’lim   oluvchilar   tomonidan
o‘quv   dasturida   belgilangan   ayrim   alohida   elementlarni   o‘zlashtirish   darajasini
tashxislash   imkonini   beradi.   Mazkur   tekshirishning   asosiy   vazifasi   o‘rgatishdir.
Bunday   tekshirishning   shakl   va   metodlari   turlicha   bo‘lib,   ular   o‘quv   materiali
mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va
maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Takroriy tekshirish  bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning  uchinchi
bo‘g‘ini   sanalib,   joriy   tekshirish   kabi   mavzuli   bo‘lishi   mumkin.   YAngi   mavzuni
o‘rganish   bilan   birga   o‘quvchilar   avval   o‘rganilganlarni   takrorlaydilar.   Takroriy
tekshirish   bilimlarni   mustahkamlashga   ko‘maklashadi,   biroq   o‘quv   ishlari
bosqichini tavsiflash, bilimlarni o‘zlashtirish mus-tahkamligi darajasini tashxislash
imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina kutilgan samarani beradi.
Tizimning   to‘rtinchi   bo‘g‘ini   o‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini   yaxlit   bo‘lim   yoki   kursning   alohida   mavzusi   bo‘yicha   davriy
tekshirish h isoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida
o‘rganilgan   o‘quv   materialining   strukturaviy   elementlari   o‘rtasidagi   o‘zaro
aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi –
tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda   beshinchi bo‘g‘in   ta’lim oluvchilarning, ta’lim
jarayonining   barcha   bosqichlarida   egallangan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini
yakuniy tekshirish va hisobga olishdir . O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir
chorak   va   o‘quv   yili   oxirida   o‘tkaziladi.   U   olingan   baholarni   qo‘shib,   o‘rtacha
arifmetik   ballni   mexanik   tarzda   chiqarishdangina   iborat   bo‘lmasligi   lozim.   Bu,
avvalo,   mazkur   bosqichda   belgilangan   maqsadga   muvofiq  tarzda   amaldagi   ta’lim
olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir.
Tekshirishdan   tashqari   nazorat   o‘z   ichiga   baholashni   (jarayon   sifatida)   va
bahoni   (natija   sifatida)   ham   oladi.   Baholash   deb   bilim,  ko‘nikma  va   malakalarni
o‘quv   dasturida   ko‘rsatilgan   etalon   (ko‘rstakich,   qolip,   o‘lchagich)lar   bilan
solishtirishni   aytamiz.   Baho   deb   baholashning   ball   shaklida   ko‘rsatilgan   son
jihatdan   o‘lchamiga   aytiladi.   O‘zlashtirish   tabellari,   sinf,   guruh   jurnallari,   reyting
daftarchalari   va   shu   kabilarda   baholar   shartli   belgilar,   kod   signallari,   xotiralash
belgilari   va   xokazolar   baho   ko‘rinishida   qayd   etiladi.   O‘quvchining   o‘zlashtirish
darajasini   baholash   uchun   nazorat   yakunlari   (natijalari)   asos   bo‘ladi.   Bunda
o‘quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor
ko‘rsatkichlari ko‘proq ballar yoki foizlarda, sifat ko‘rsatkichlari esa a’lo, yaxshi,
qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi
fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, ko‘rsatkich (masalan, o‘rin – 1, 2, 3,
4   va   xokazo)   tayinlanadi.   Bunda   baho   o‘lchash   va   hisoblashlar   natijasida
olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik
muhim. Baholarni son sifatida qo‘llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir
qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va xokazo) ifodaga ega.   Bahoni amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan davlat ta’lim
standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar umumiy
hajmi   o‘rtasidagi   nisbat   sifatida   tushunish   (ta’riflash)dan   ta’lim   darajasining
miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi
B-AT*100% nisbat asosida hi-soblanadi. Bunda: 
B – O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T– o‘zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to‘liq hajmi.
Ko‘rinib   turibdiki,   o‘zlashtirish   ko‘rsatkichi   (baho)   bu   o‘rinda   100%   –
axborotni   to‘liq   o‘zlashtirish   va   0%   –   uning   umuman   mavjud   emasligi   o‘rtasida
bo‘ladi.   Ma’lumki,   baholash   funksiyasi   ta’lim   darajasini   qayd   etish   bilangina
cheklanmaydi.   Baho   –   pedagog   ixtiyoridagi   o‘qishni,   ijobiy   motivatsiyani
rag‘batlantirishning va shaxsga ta’sir ko‘rsatishning yagona   vositasi. Aynan xolis
(ob’ektiv)   baholash   ta’sirida,   o‘quvchilarda   adekvat   o‘z-o‘zini   baholash,   shaxsiy
muvaffaqiyatlarga   tanqidiy   munosabat   yuzaga   keladi.   SHu   bois   bahoning
ahamiyati,   vazifalarining   xilma-xilligi   o‘quvchilar   o‘quv   faoliyatining   barcha
jihatlarini   aks   ettiradigan   va   ularni   aniqlashni   ta’-minlaydigan   ko‘rsatkichlarni
izlab topishni talab etadi.
O‘qituvchi   o‘qitish   bilan   bir   vaqtda   o‘quvchilarning   o‘rganilayotgan
mavzuni   qanday   qilib   idrok   etishini,     esda   saqlashga   harakat   qilishini     va   uni
amalda qo‘llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. H isobga olish
–   bu   o‘qitishning   muayyan   bir   davrida   o‘quvchilar   va   o‘qituvchi   faoliyatini
umumlashtirib xulosalash.
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘zlarining keyingi
bajaradigan   ishlarining   shaklini   va   mazmunini   belgilaydi.   O‘zlashtirishni   hisobga
olish   o‘quvchilarning   bilish   faoliyatini   rag‘batlantirib,   ma’lum   bir   harakatlarni
bajarish   uchun   uning   irodasini     tarbiyalaydi.   SHuningdek,   o‘zlashtirishni   hisobga
olish   o‘qituvchining   faoliyatini   ham   tashkil   etadi.   O‘qitish   metodlari   va
shakllarining   tabora   takomillashuvi   natijasida   baho   o‘qituvchining   pedagogik
mahorati   ko‘rsatkichiga   aylanmoqda   va   o‘qituvchining   o‘z   malakasini   oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
To‘g‘ri   tashkil   etilgan   hisobga   olish   natijasida   o‘qituvchi   o‘quvchilarning
o‘zlashtirishini   aniq   baholay   oladi,   ularning   o‘z   bilimlarini   takomillashtirishga
intilishini yuzaga keltiradi, aqliy va ahloqiy rivojlanishiga ta’sir etadi.  
O‘quvchilarning   o‘zlashtirish   natijalarini   hisobga   olishda   quyidagilarga
e’tiborni qaratish lozim:
                       1) O‘quv dasturi asosida mavzu va bo‘limni o‘rganishda o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
           2) Har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati to‘g‘risida
to‘liq xulosa chiqarish;
                      3)   O‘rtacha   arifmetik   ma’lumotlarga   tayanibgina   o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajasini baholamaslik;
                    4)   O‘quvchilarning   mavjud   bilimlariga   aniq,   batafsil   ma’lumot   (tavsif)
berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga
asoslanib tahlil etish. 
Demak,   o‘zlashtirishni   nazorat   qilish   va   hisobga   olish   nazorat,   o‘qitish,
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Nazorat   qilish   vazifasi   o‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalari
darajasini   aniqlash   va   baholashdan   iborat.   Bu   o‘quv   materiallarini   o‘rganishning
keyingi   bosqichiga   o‘tish   imkoniyatlarini   aniqlashtiradi   hamda   o‘qituvchining
o‘quv   metodlarini   va   usullarini   to‘g‘ri   tanlaganini   nazorat   qiladi.   Nazorat   qilish
vazifasi   o‘quv   materiallarini   o‘rganishning   maqbul   yo‘llarini   topish   bilan
bog‘liqdir.
O‘qitish   vazifasi   o‘quvchilarning   bilimini   tekshirishda   aniq   ko‘rinadi.
YAngi   mavzuni   mustahkamlash   jarayonida   yoki   uy   vazifalarini   tekshirishda
o‘quvchilarning   o‘tilgan   mavzuni   takrorlashga,   ular   uchun   tushunarsiz   bo‘lgan
ma’lumotlarni   bilib   olishlariga   imkon   tug‘iladi.   CHunki   guruhdagi   boshqa
o‘quvchilar   javob   berayotgan   o‘quvchining   fikrlarini   diqqat   bilan   tinglashadi   va
avval   egallangan   bilimlarni   mustahkamlab,   qo‘shimcha   ma’lu-motlar   bilan
boyitishadi. O‘rtoqlarining javoblariga qo‘shimcha qilishga yoki echilmay qolgan savollarga   javob   berishga   shaylanish   orqali   o‘rganilgan   mavzuni   aniqlashtirishga
harakat qiladi.
Nazoratning  tarbiyalash vazifasi  shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga
tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli
foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar.
SHuningdek,   tekshirish   va   baholash   o‘quvchining   o‘z   bilimlari   va
qobiliyatlarini   o‘zi   mustaqil   aniqlashiga   ham   yordam   beradi.   O‘zidagi
kamchiliklarni   ko‘ra   olishga   va   uni   tugatish   yo‘llarini   izlashga   ko‘maklashadi.
Lekin   o‘quvchining   bilimini   baholashda   o‘qituvchi   nohaqlikka   yo‘l   qo‘ysa,
o‘quvchi   bilan   o‘qituvchi   o‘rtasida   ziddiyat   kelib   chiqadi.   Uy   vazifalarining   esa
haddan   ziyod   ko‘p   bo‘lishi   ham   o‘quvchilarning   yuzaki   dars   tayyorlashiga   olib
keladi.
Eng   asosiysi,   o‘zlashtirishni   hisobga   olish,   shaxsning   ijobiy   fazilatlarini
shakllantirish,   yaxshi   o‘qishga   xohish   uyg‘otish,   o‘quv   ishlariga   vijdonan
yondashish,   javob   berishga   tayyorlanishda   mustaqil   bo‘lish   hamda   bilish
faoliyatini chuqurlashtirishga qaratilmog‘i lozim.
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa,
shaxsning   tafakkurini   rivojlantirishga,   xis-tuyg‘ulari   va   axloqiy   sifatlarini
tarbiyalashga   imkon   tug‘iladi.   Bu   esa   o‘z-o‘zidan   nazoratning   rivojlantiruvchi
vazifasi  sanaladi.
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari .
Pedagogikada   o‘quvchilarning   ta’lim   olganligini   tashxislash   va   nazorat
qilish   tamoyillarining   tizimi   ishlab   chiqilgan.   Ulardan   eng   muhimlari   xolislik
(ob’ektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko‘rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi.
Xolislik   (ob’ektivlik)   tashxis   testlari   (topshiriqlari,   savollari),   tashxis
jarayoni   mazmunining   ilmiy   asoslanganligi,   pedagogning   barcha   ta’lim
oluvchilarga   do‘stona   munosabati   hamda   bilim,   malakalarni   baholashning   aniq
ko‘rinishda   belgilangan   mezonlaridan   iborat.   Amalda   tashxisning   xolisligi
qo‘yilgan   baholar   nazorat   metodlari   va   vositalaridan,   tashxis   o‘tkazgan
o‘qituvchidan qat’iy nazar xamma vaqt mos kelishini anglatadi. Tizimlilik   (sistemalilik)   tamoyilining   talabi   shundan   iboratki,   tashxislash
nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang‘ich idrok
etishdan   to   amalda   qo‘llashgacha   bo‘lgan   bosqichlarida   olib   borish
kerak.Tizimlilik   barcha   ta’lim   oluvchilar   o‘quv   muassasida   bo‘lgan   birinchi
kundan   boshlab   oxirigacha   muntazam   tashxisga   jalb   etilishini   anglatadi.   Ta’lim
oluvchining   bilimi   va   egallashi   lozim   bo‘lgan   barcha   ji-hatlarni   ishonchli
tekshirish   uchun   ta’lim   nazoratini   tez-tez   o‘tkazish   kerak.   Tizimlilik   tamoyili
tashxis o‘tkazishga bir butun yondashuvni talab etadi-ki, bunda nazorat, tekshirish,
baholashning   turli   shakllari,   metodlari,   vositalari     uzviy   o‘zaro   bog‘liqlikda   va
birlikda   qo‘llaniladi,   bir   maqsadga   xizmat   qiladi.   Bu   kabi   yondashuv   tashxisning
ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik)   tamoyili  avvalo barcha ta’lim  oluvchilarni  aynan bir
xil   mezonlar   bo‘yicha   ochiq   sinovdan   o‘tkazishni   anglatadi.   Tashxis   jarayonida
belgilanadigan   har   bir   o‘quvchi   reytingi   ko‘rgazmali,   qiyosiy   xarakterga   ega.
Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab
etadi.   Baho   mo‘ljal   (orientir)   bo‘lib,   ta’lim   oluvchilar   unga   muvofiq   o‘zlariga
qo‘yiladigan   talablar   va   pedagogning   xolisligi   haqida   fikr   yuritadi.   Tamoyilni
amalga   oshirishning   zarur   sharti   tashxislash   natijalarini   e’lon   qilish,   ularni
manfaatdor   shaxslar   ishtirokida   muhokama   va   tahlil   qilish,   nuqsonlarni
tugatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi.
O‘quvchilarning   o‘quv   faoliyatini   nazorat   qilish   turlari,   shakl   va
metodlari.   Hozirgi   davr   pedagogik   amaliyotida   o‘quvchilar   o‘quv   faoliyatini
nazorat qilishning qo‘yidagi  turlaridan  foydalaniladi:
- joriy nazorat;
- oraliq nazorat;
- yakuniy nazorat.
Joriy   nazorat   o‘qituvchi   tomonidan
o‘quvchilarning   har   bir   o‘quv   ishini   muntazam     nazorat
qilishni   hamda     ularning   o‘rganilgan   mavzularni
o‘zlashtirish   bo‘yicha   bilim,   ko‘nikma   va   malakalari darajasini   tekshirishni   o‘z   ichiga   oladi.   Bilim
darajasini   tekshirish   fanning   har   bir   mavzusi   bo‘yicha
kundalik   ballar   qo‘yib   borishni   nazarda   tutadi.   Joriy
nazorat   o‘qituvchini   har   bir   o‘quvchining   o‘quv
faoliyati   bo‘yicha   tezkor   ma’lumotlar   bilan
ta’minlaydi,   o‘qitish   jarayonini   boshqarishda   yaxshi
natija   beradi,   o‘zlashtirmagan   o‘quvchilarni   o‘z
vaqtida   aniqlaydi,   o‘zlashtirmaslikni   bartaraf   etish
bo‘yicha choralar belgilaydi.
Oraliq   nazorat   -     bu   o‘quvchilar   tomonidan   mazkur
fanning   muayyan   bob   yoki   bo‘limlarining
o‘zlashtirilganini   tekshirish.   Oraliq   nazoratni
o‘qituvchi   dars   jadvali   asosida   darsda   o‘quv
materialining   o‘ziga   xos   xususiyatini   hisobga   olgan
xolda o‘tkazadi. 
Oraliq   nazorat   o‘tkazishdan   oldin   o‘quvchilar
ogohlantiriladi.   Har   bir   oraliq   tekshirish   alohida-
alohida shkala asosida baholanadi.
Y a kuniy   nazorat   –   choraklik,   yarim   yillik,   yillik   va   davlat   attestatsiyasi
sinovlari singari turlarga bo‘linadi. YAkuniy nazorat og‘zaki, yozma, test   hamda
amaliy topshiriqlarni bajarish  metodlari asosida o‘tkaziladi.
Nazoratning   shakli   o‘quv   ishini   tashkil   etish   shakliga   bog‘liq   bo‘ladi.
O‘qituvchi   uni   mavzudan   kelib   chiqib   tanlaydi.   Nazoratning   asosiy   besh   shakli
mavjud: 
-   nazoratning   ommaviy   (frontal)   shakli da     o‘qituvchi   o‘quvchilarga
materialning   ma’lum   bir   hajmi   bo‘yicha   savol   beradi,   o‘quvchilar   unga     qisqa
javob qaytaradi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchini nazorat qilishni ta’minlaydi
va   butun   guruhni   faollashtiradi.   Ammo     bu   nazoratni   o‘quvchilarning   bilim
darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi.
-   nazoratning guruhli shakli da o‘quvchilarning ma’lum bir qismi nazorat qilinadi.   O‘qituvchi   tomonidan   o‘quvchilar   guruhiga     vazifa   beriladi   va   uni   shu
guruh   bajaradi.   Lekin     masalani   hal   qilishda   boshqa   o‘quvchilar   ham   qatnashishi
mumkin.   Guruh   ishlayotgan   paytda   qolgan   o‘quvchilar   bo‘sh   qolmaydi,   ular
o‘rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o‘z ustilarida ishlab o‘tiradi.
-   nazoratning individual shaklidan   har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma
va   malakasi   bilan     mukammal   tanishish   uchun   foydalaniladi.   Nazoratning   bu
shaklida,odatda  o‘quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi. 
-   nazoratning   kombinatsiyalangan   (biriktirilgan)shakli   individual
nazoratni   ommaviy   va   guruhli   shakllar   bilan   birlashtirishni   taqozo   etadi.   Bu
nazoratni   hajmi   katta   mavzularni   barcha   o‘quvchilardan   so‘rash   kerak   bo‘lgan
vaqtda   foydalanadi.   Har   bir   o‘quvchiga   alohida   topshiriq   beriladi   va   bir   vaqtda
birnecha o‘quvchini tekshirish mumkin bo‘ladi.
-   O‘ z-o‘zini   nazorat   qilish   shakli   ta’lim   jarayonida   ichki   aks   aloqaning
bo‘lishini   ta’minlaydi.   Nazoratning   bu   shakli   psixologik   mezonlarga   asoslanadi.
Uning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quvchilarning   o‘quv   faoliyatini   nazorat   qilish   metodlari   quyidagilar:
og‘zaki   tekshirish,   yozma   tekshirish,   amaliy   topshiriqlarni   bajarishga
asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish .  
Og‘zaki   tekshirish.   Bu   metod   bilimlarni   nazorat   qilish   va   baholashning
ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og‘zaki   tekshirishning   mohiyati   shunda
ko‘rinadiki,   o‘qituvchi   o‘quvchilarga   o‘rganilgan
mavzuning   mazmunidan   kelib   chiqib,   savollar   beradi   va
ularni   javob   berishga   undaydi.   Ana   shu   tarzda   ularning
o‘zlashtirish   darajasini   aniqlaydi.   Og‘zaki   tekshirish
o‘quvchilarning   bilimlarini   tekshirishni   savol-javob
usuli   asosida   amalga   oshiriladi.   Ushbu   usul   ayrim
hollarda   suhbat   usuli   deb   ham   ataladi.   Og‘zaki
tekshirishda o‘qituvchi  o‘rganilayotgan mavzuni  alohida
qismlarga   ajratadi   va   ularni   har   biridan   o‘quvchilarga savollar   beradi.   Biroq   o‘quvchilarning   nutqini
o‘stirish   hamda   ularning   chuqur   va   mustahkam   bilimga
ega   bo‘lishlari   uchun   ulardan   shu   yoki   oldingi   mavzuni
butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. 
YOzma tekshirish   – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma
va   malakalarini   nazorat   qilish   va   baholashning   eng
samarali   usullaridan   biri   bo‘lib,   ular-ning   ijodiy
qobiliyatlarini   baholash   imkonini   beradi.   Mazkur
usulning   mohiyati   shundaki,   o‘qituvchi   alohida   mavzu
yoki   o‘quv   dasturining   ma’lum   bo‘limini   o‘tib
bo‘lganidan   so‘ng   oz   vaqtning   ichida   barcha
o‘quvchilarni   tekshirishi   mumkin.   YOzma   tekshirish
nazorat   ishi,   insho,   bayon,   diktant   va   b.   yordamida
olib   boriladi.   Ammo   o‘qituvi   va   o‘quvchi   o‘rtasida
bevosita   aloqaning   yo‘qligi   sababli   uning   fikrlashini
kuzatish imkoni bo‘lmaydi.
Amaliy   topshiriqlarni   bajarishga   asoslangan
tekshirish.   Bajarilayotgan   amaliy   harakatlar   (sport,
mehnat   harakatlari)ning   to‘g‘riligini   kuzatish   yoki
olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin.
Amaliy   tekshirish   tabiiy-matematik   sikldagi   fanlardan
o‘quvchilarning   o‘zlashtirishini   xisobga   olishda   keng
foydalaniladi.   Bu   usul   yordamida   o‘quvchilarning   olgan
bilimlarini   amaliyotda   qo‘llay   olish   malakasi
aniqlanadi.
Uy   vazifalarini   tekshirish .   O‘quvchilarning
o‘zlashtirishini   nazorat   qilish   uchun   ularning   uyga
berilgan     vazifalarni   bajarishini   tekshirish   katta
ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga
o‘quvchilarning   o‘quv   ishiga   bo‘lgan   munosabatini,
o‘rganilgan   materialni   qanchalik   egallaganligini,   uy vazifalarini   bajarishdagi   mustaqillik   darajasini
aniqlashga imkon beradi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda.
Reyting deganda   baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani
oldindan   belgilangan   shkala   bo‘yicha   baholash   tushuniladi.   Reyting   nazorati
o‘quvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi. 
S h kalalash  – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish..
Reyting   nazoratida   o‘quvchilarning   o‘quv   faoliyatini   nazorat   qilishning   yuqorida
keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test
so‘rovidan     nafaqat   o‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalari   darajasini
aniqlash,   balki   1993   yildan   boshlab   O‘zbekiston   Respublikasida   abiturientlarni
oliy   o‘quv   yurtlariga   tanlov   asosida   qabul   qilish   jarayonida   ham   samarali
foydalanib kelinmoqda.
Test   –   aniq   maqsad   asosida,   muayyan   holat
darajasini   sifat   va   miqdoriy   ko‘rsatkichlarda
belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Pedagogik   amaliyotda   testning   bir   qator
afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:
1)  nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2)     nazariy   va   amaliy   bilim   darajasini   ob’ektiv   sharoitda   aniqlash   imkonining
mavjudligi;
3)   bir   vaqtning   o‘zida   ko‘p   sonli   o‘quvchilar
bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa
muddatda tekshirilishi;
5)   barcha   o‘quvchilarga   bir   xil   murakkablikdagi
savollar   berilib,   ular   uchun   bir   xil   sharoitning
yaratilishi. 
Ta’lim   tizimi   uzluksiz   ravishda   islohotlarni
amalga oshirishni talab etadigan sohadir. Ta’lim   tizimida   isloxotlarni   amalga   oshirish
jarayonida   o‘qituvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini   nazorat   qilish   va   baholash   ham   yangicha
mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab
chiqilganligi, yangi o‘quv dasturining amaliyotga joriy
etilganligi,   erkin   va   mustaqil   fikrlovchi   shaxsni
tarbiyalashga   nisbatan   yuqori   talabning
qo‘yilayotganligi,   ta’lim   amaliyotiga   pedagogik
texnologiyalar   olib   kirilayotganligi,   o‘quvchilarni
kasbga   muvaffaqiyatli   yo‘llash   maqsadida   psixologik   va
pedagogik   diagnostika   barcha   turdagi   ta’lim
muassasalarida   keng   ko‘lamda   amalga   oshirilayotganligi
kabi   holatlar   ko‘zga   tashlanayotgan   bir   vaqtda
o‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini   eng
samarali   shakl,   metod   va   vositalar   yordamida   nazorat
qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilar   bilimini   baholashning   besh   balli
tizimining eskirganligi va zamon talablariga javob bera
olmagani   uchun   uni   reyting   tizimi   asosida   baholash
uslubi   bilan   almashtirish   davr   taqozasiga   aylandi.   SHu
o‘rinda   «qanday   sabablarga   ko‘ra   besh   balli   baholash
mezoni   o‘zini   oqlamadi?»   degan   savolga   javob   berish
o‘rinlidir:
Birinchidan,   O‘zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»
ta’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda
tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqo‘llikni, o‘qituvchining mustabidligi hamda
uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan.
Demak,   ushbu   jarayonda   talab   va   amaldagi   holat
bir-biriga muvofiq kelmaydi.
Ikkinchidan,   baholash   mezoni   o‘qituvchi   va o‘quvchi   o‘rtasida   ixtiloflarni   keltirib   chiqarishga
emas,   aksincha,   o‘zaro   faol   hamkorlik,   bir-birini
tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan,   baholash mezoni faqatgina o‘quvchilar
tomonidan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarning
o‘zlashtirilish   darajasini     nazorat   qilish     uchungina
emas,   balki   ta’limni   tashxis   etishning   faol
ko‘makchisiga aylanishi zarur.
Baholashning   besh   balli   tizimi   birdan   beshgacha
farqlanuvchi   dastlabki   baholar   qo‘yish   tartibini
bildirib,   mohiyati   esa   baholarning   o‘rtasidan   kelib
chiqqan   holda   choraklik   (yillik)   o‘zlashtirish
natijalarini aniqlash tartibidan iborat.
Masalan,   o‘quvchi   biror   o‘quv   fanidan   uchta
nazorat   ishini   3,   4   va   5   ga   bajargan,   joriy   nazorat
bo‘yicha   ham   shunday   natijalarni   qayd   etgan   bo‘lsa,
unga   chorak   uchun   «4»   baho   qo‘yiladi.   Bu   esa   joriy,
oraliq   va   yakuniy   nazorat   paytida   yaxshi   tayyorgarlik
ko‘rgan   o‘quvchining     ijobiy   baholanishi   o‘rniga,
chorak   yoki   yil   oxirida     muayyan   mavzudan   «5»   bahoga
berilgan   javoblarining   mutlaqo   inobatga   olmasligiga
sabab bo‘ladi..
Reyting   tizimida   o‘zlashtirish   natijasi
nazoratning   ko‘rsatilgan   barcha   shakllardan   o‘tish
jarayonida   to‘plangan   ballarni   qo‘shish   yo‘li   bilan
aniqlanadi.   Har   bir   nazorat   turi   uchun   10   balldan
taqsimlanganda   (o‘quv   fani   uchun   100   ball   hisobida)
unga 7, 5, 8, 7 ball qo‘yilsa, o‘quvchining chorak yoki
yarim   yillik   uchun   to‘plagan   bali   27   ballni   tashkil
etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u etarlicha
reyting   balini   to‘plamaguncha   va   barcha   nazorat shaklidan   o‘tmagancha   attestatsiya   qilinmaydi.   Demak,
reyting   ti-zimi   olingan   baho   bilan   egallangan   bilim
o‘rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting   tizimi   yana   bir   qator   afzalliklarga   ega,
chunonchi:
- ta’lim   jarayonida   baholash   tizimi
imkoniyatlarini kengaytirish;
- o‘quvchi   bilimini   eng   adolatli   mezonlar
yordamida aniqlash;
- ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur
imkoniyatlarni ochib berish;
- ta’lim   standartlarida   ko‘zda   tutilgan   o‘quv
dasturiga   kirgan   majburiy   ixtiyoriy   mavzularning
to‘laligicha o‘zlashtirilishi;
- o‘quvchilarda   o‘z   ustida   mustaqil   ishlash
intilish,   erkin   fikr   yuritish,   bilimlarni   egallashga
nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
- o‘quvchilarda yomon baho olishga bo‘lgan qo‘rquv
yo‘qolib,   uning   o‘rniga   bilimlarni   ixtiyoriy
o‘zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf
etish   yo‘lida   mustaqil   ishlash   imkoniyati   yaratiladi.
Boshqacha   aytganda,   qo‘rquv   o‘rniga   intilish,
rejalashtirish,   harakat   qilishga   ehtiyoj   tug‘iladi,
o‘rganishga nisbatan qiziqish ortadi.
O‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini
baholash   mezonlari .   O‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini   baholash   mezonlari   hamma   vaqt   bahstalab
mavzu   bo‘lib   kelgan.   CHunki   u   turli   adabiyotlarda
turlicha   yoritilgan.   Biroq   mavjud   qarashlarni umumlashtirib   aytish   mumkinki,   o‘quvchilarning   bilim,
ko‘nikma   va   malakalarini   baholash   mezonlari   har   bir
fanning   maqsad   va   vazifalariga,   shuningdek,   sinf
(guruh)dagi   o‘quvchilarning   o‘zlashtirish   darajasiga
tayangan   holda   belgilanadi.   SHuningdek,   baholash
mezonlarini   ishlab   chiqishda   o‘quvchilarning   og‘zaki
javob   berishlari,   ko‘nikma   va   malakalariga   alohida-
alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash
mezonlariga   o‘quvchilarning   og‘zaki   javoblari,   amaliy
topshiriqlarni   bajara   olishlari   va   amalda   mavjud
bilimlarini   namoyish   eta   olishlari   inobatga   olinadi.
Buni   «4»   baho   misolida   aniqlashtiramiz .   Og‘zaki   javob
berishda   «4»   baho   qo‘yiladi,   agar:   a)   o‘rganilayotgan
mavzu   yuzasidan   to‘g‘ri   javoblar   bersa;   b)   material
mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; v)o‘qituvchi
talabi   bilan   tuzatilgan   ikki-uchta   unchalik   ahamiyatga
ega   bo‘lmagan   xatolarga   yoki   ba’zi   to‘liq   bo‘lmagan
javoblarga yo‘l qo‘ysa.
Yozma   topshiriqni   bajarishda   «4»   baho   qo‘yiladi,
agar:   a)masalani   echishda   va   izohlashda   muhim   xato
bo‘lmasa;   b)topshiriqni   bajarish   va   izohlashda   muhim
ahamiyatga   ega   bo‘lmagan   bir-ikki   xatoga   yo‘l   qo‘yilsa
yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo‘lsa.
Amaliy   bilimlarni   namoyish   etishda   «4»   baho
qo‘yiladi,   agar:   a)ishni   to‘liq,   muhim   xatolarsiz
bajarsa,   natija   chiqara   olsa;   b)ishni   bajarishda,
tajribani   tugallashda   ikki-uch   muhim   bo‘lmagan
xatolarga yo‘l qo‘ysa.
Y u qoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin:
5»baho qo‘yiladi, agar:   a) o‘quvchi dasturdagi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa;   b)   o‘rganilgan   mavzu   bo‘yicha   asosiy   fikrlarni   ochib   bera   olsa;   v)
egallangan   bilimlarni   amalda   erkin   qo‘llay   olsa;   g)   o‘rganilgan   mavzuni   bayon
qilishda,   yozma   ishlarda   xatolarga   yo‘l   qo‘ymasdan,   ma’lumotlarni   tushuntirib
bera olsa.
«4»baho qo‘yiladi, agar:   a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b)
o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni
amaliyotda   qo‘llay   olsa;   g)   og‘zaki   javob   berishda   jiddiy   xatolarga   yo‘l
qo‘ymasdan,   o‘qituvchining   qo‘shimcha   savollari   bilan   xatolarini   to‘g‘rilay   olsa
hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
  «3»baho   yiladi,   agar:   a)   o‘quvchi   o‘rganilgan   mavzuni   o‘zlashtirgan,   lekin
mustaqil   tushuntirib   berishda   o‘qituvchining   aniqlashtiruvchi   savollariga   ehtiyoj
sezsa;   b)   savollarning   mantiqiy   tuzuilishini   o‘zgartirib   berganda,   javob   berishga
qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
                          «2»   baho   qo‘yiladi,   agar:   a)   o‘quvchi   o‘rganilgan   mavzu   haqida
tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, b) yozma ishda qo‘pol xatolarga
yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
 
Ta’lim ni tashkil etish haqida tushuncha .Ta’lim
shakllarining tarixan paydo bo’lishi.
Ta`limning   tashkiliy   shakllari   o`quvchilar   miqdori,   o`quv   ishlarini   o`tkazish
o`rni,   vaqti,   hamda   o`qitish   va   o`qish   faoliyatlarining   amal   qilishiga   ko`ra   bir-
biridan   farq   qiladi.   Ta`lim   yakka   bir   o`quvchi   bilan   o`tkazilsa,   individual   ta`lim
sanaladi.   Ta`lim   o`quvchilarning   qiziqishi,   qobiliyati,   tayyorgarlik   darajasini
hisobga   olib   alohida-alohida   o`quvchilar   jamoalari   bilan   tashkil   etilsa,   guruhlar
asosida   o`qitish   deb   yuritiladi.   Umumsinf   ishi   esa   sinf   jamoasiga   mo`ljallanadi.
Sinf-dars   tizimi   oldindan   belgilangan   xona,   rejim   asosida   olib   borilsa,   ta`limning
ayrim   turlari,   masalan,   ekskursiya,   maktabdan   tashqari   joyda   tashkil   etiladi.
Ta`limning   tashkiliy   shakllarini   atroflicha   o`rganish   ularning   ta`lim   metodlari,
vositalari bilan taq q oslashni taq o zo etadi.
Ta`lim   metod,   vositalarini   belgilashda   yosh   xususiyatlari,   o`quv materiallarning   mazmuni,   murakkabligi,   qiyinligi   hisobga   olinsa,   ta`limning
tashkiliy   shakllarini   tanlashda   uning   yaqin   didaktik   maqsadlari,   vazifalariga
tayaniladi. Ta`lim   metodlari, vositalari   aynan olingan  sharoitda  qanday  o`qitiladi,
degan   savolga   javob   berish   imkoniyatini   bersa,   ta`limning   tashkiliy   shakllari
qanday   qilib,   qaerda,   qachon   o`qitiladi   degan   savollarga   javob   tanlashni
ta`minlaydi.   Binobarin,   ta`limning   tashkiliy   shakllari   mazmun   va   hajm   jihatdan
keng kategoriya bo`lib, ular ta`lim metodlari vositalaridan quyidagicha farq qiladi.
Ta`lim metodlari, vositalaridan ta`limning tashkiliy shakllarida foydalaniladi,
ta`lim prinsiplari bevosita o`quv-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shu jihatdan
qaraganda,   ta`limning   tashkiliy   shakllari   ta`lim   metodlaridan   foydalanish,   ta`lim
prinsiplarini amalga oshirish obyekti-muhiti sanaladi.
Ta`limning   tashkiliy   shakllari   o`qituvchi   va   o`quvchining   o`zaro   ta`sirini
tartibga   tushirish   omili   bo`lib,   ularga   ko`ra   ta`lim   bosqichma-bosqich   harakat
qiladi. Masalan, bolalarga biror o`quv materiallini o`rgatmoqchi bo`lsak, quyidagi
bosqichlarga   rioya   qilinadi;   o`rganilgan   qoidalarni   turli   o`quv   sharoitlariga   tatbiq
etish.
Ta`limning tashkiliy shakllariga ko`ra bolalarning individual, guruh va jamoa
ishlari   nisbati   aniqlanadi,   ulardan   maqsadga     muvofiq   foydalanish,   individual,
guruh   va   jamoa   ishlarini   optimal   qo`shib   olib   borish   o`lchovlari   belgilanadi.
Ta`limning   tashkiliy   shakllari   asosida   bolalarning   o`quv-biluv   faoliyati   tashkil
etiladi,   boshqariladi,   nazorat   qilinadi.   Ko`rinadiki,   ma`lumot   mazmunini
o`zlashtirish bevosita ta`limning tashkiliy shakllari bilan ham aloqadordir.
O`qitish   va   o`qish   faoliyati   o`zaro   ta`sirining   belgilangan   tartibda   ma`lum
o`rin hamda vaqtda amalga oshishiga ta`limning tashkiliy shakllari deyiladi.
Ta`limning   ilk   tashkiliy   shakllari.   Individual   ta`lim   o`quv - tarbiya
jarayonining   eng   qadimiy   tashkiliy   shakli   bo`lib,   u   dastavval   antik   Gretsiyada
paydo  bo`lgan   edi.  O`qituvchi   bir   o`quvchi   bilan   ishlab,   ta`limni   bevosita   tashkil
etgan,   boshqargan,   nazorat   qilgan.   O`qituvchi   matnlarni   o`qib   bergan   yoki
bolalarning   o`zlariga   o`qitib,   so`zlatgan.   qoida   va   ta`riflarni   yodlash,   jismoniy
mashqlarni   bajarish,   muzika   asboblarida   u   yoki   bu   kuyni   ijro   etish   yo`llari   bilan bolalar   hayot,   san`at,   notiqlik,   jismoniy   madaniyatga   oid   bilimlarni
o`zlashtirishgan.
Keyinchalik   individual   ta`lim   bilan   yonma-yon   guruhlar   asosida   o`qitish
tajribasi   ham   qo`llana   boshlagan.   O`rta   asrlarga   kelib,   qoidalarni   yodlash,   bir   xil
tipdagi   mashqlarni   bajarish,   og`zaki   savol-javob,   shuningdek,   ta`limning   yuqori
pog`onalarida   ma`ruza,   munozara   ta`limning   yyetakchi   usullariga   aylana
boshlagan. 
Individual   ta`limni   o`qituvchi   o`z   uyida   o`tkazgan   yoki   o`quvchining   uyida
tashkil   etgan.   Individual-guruh   asosidagi   ta`limda   esa   o`qituvchi   bir   guruh   bola
bilan ishlagan:  bir  xonaga  turli  yoshdagi,  turli   tayyorgarlikka  ega  bo`lgan  bolalar
to`plangan,   o`qituvchi   bolalar   bilan   individual   ishlab   har   bir   o`quvchidan
o`rganilgan   mavzuni   so`rab,   yangi   materialni   tushuntirgan,   so`ngra   bolalarga
individual   topshiriq   bergan.   Guruhdagi   barcha   o`quvchi   bilan   alohida-alohida
ishlash   s hu   yo`sinda   davom   ettirilgan.   Mashg`ulotlar   qat`iy   rejim   dastur   asosida
o`tkazilmagan. O`quvchi kunning istalgan paytida maktabga kelgan. Dasturlarning
yo`qligi   ma`lumot   mazmunini   o`zlashtirish   jarayonini   tashkil   etish,   boshqarish,
nazorat   etishda   turli   chalkashliklarga   olib   keladi.   Ta`limning   individual-guruh
shakllari sinf -d ars tizimi asoslangun ch a davom etdi.
Sinf-dars   tizimi.   O`rta   asrning   oxiriga   kelib   aloqalar   kuchaydi,   savdo   va
sanoat   jadal   sur`atlar   bilan   o`sdi.   Natijada   turli   fanlar   rivojlandi,   dunyoviy
bilimlarga   ehtiyoj   oshdi.   Bu,   o`z   navbatida,   maktab   ta`limini   yanada
takomillashtirishni   taqozo   qilardi.   Ana   shunday   tarixiy   sharoitda   buyuk   chex
pedagogi   Y.A.Komenskiy   slavyan   maktablari   tajribasini   o`rganib,   sinf-dars
tizimini asosladi.
Sinf-dars   tizimi   jamoa   asosida   o`qitishga   asoslangan   bo`lib,   unda   yoshlari
teng,   bir   xil   tayyorgarlikka   ega   o`quvchilar   bir   sinfga   doimiy   birlashtirilgan.   Har
bir sinf o`ziga xos dastur darsliklar bilan ishlagan. Ta`limning yyetakchi tashkiliy
shakli sifatida darsdan foydalanilgan. Har bir darsda ma`lum   o`quv predmetiga oid
o`quv materiallari o`rganilgan.
Y.A.Komenskiyning   fikricha,   sinf-dars   tizimi   quyidagi   qoidalar   asosida tashkil etilishi zarur: 1) mashg`ulotlarni qat`iy tartib asosida o`tkazish (eng yaxshi
mashg`ulot   ertalabki   o`qishdir);   2)   har   bir   o`quv   predmetiga   oid   alohida
mashg`ulotlarni   tashkil   etish   (maktabda   qat`i   tartib-intizom   bo`lishi   shart;   sinf
o`quvchilarining barchasi  bir paytda faqat  bir  o`quv predmetini  o`rganishi  zarur);
3)   bolalarga   oldin   umumiy   ma`lumot   berish   kerak   (o`quv   materiallarini   shunday
taqsimlash   lozimki,   unda   oldingi   mashg`ulotda   o`rganilgan   bilim,   keyingi
mashg`ulotda   yana   rivojlansin);   4)   sinf   mashg`ulotlari   oldindan   aniq   belgilanishi
kerak   (vaqt,   shu   vaqt   ichida   bajariladigan   ishlar   shunday     taqsimlansinki,   unda
biror   narsa   e`tibordan   chetda   qolmasin);   5)   bolalar   o`z   sinflariga   mo`ljallangan
(kitoblarni   mashg`ulotga   olib   kelishsin,   kitoblar   bolalar   uchun   donishmandlik
manbai sifatida xizmat qilsin); 6) ma`lumot berish yoshlikdan boshlansin (har bir
o`quv predmeti uchun alohida o`qituvchi bo`lsin); 7) bolalarda o`qishga, bilimlarga
qizkish   havasni   uyg`otish   asosiy   shartlardan   biri   (ta`lim   metodlari   o`qish
jarayonidagi qiyinchiliklarini kamaytirsin); 8) har bir fan qisqartirilgan, tushunarli
qoidalar asosida o`rganilsin (qoidalar juda ko`p misollar vositasida isbotlansin); 9)
o`qituvchi  va  o`quvchilar   bir  tilda  so`zlashishsin   (isbotlar,  tushuntirishlar,  izohlar
bolalar   tushunadigan   tilda   olib   borilsin);   10)   o`quvchilarga   ularning   yoshiga   mos
o`quv   predmetlari   o`rgatilsin   (bolaning   aqliy   taraqqiyotiga   mos   kelmaydigan
bilimlar o`rgatilmasin).
Ishlab   chiqarish   kuchlarining   rivojlanishi,   yangi   ijtimoiy   munosabatlarning
paydo   bo`lishi   va   ijtimoiy-gumanitar   bilimlarga   ehtiyojni   o`z   paytida   payqagan
Y.A.Komenskiy sinf-dars tizimini asosladi. Sinf-dars tizimi o`z vaqtida yaratilgan
bo`lsa-da,   u   maktablar   amaliyotidan   juda   syokinlik   bilan   o`rin   ola   boshladi.   Eski
o`zbek   maktabi   tarixining   yetuk   tadqiqotchisi   Y.A.Abdullayevning   uqtirishicha,
sinf-dars   tizimi   O`rta   Osiyo   maktablariga   XIX   asrning   oxiri     XX   asrning
boshlarida rus-tuzem maktablari orqali kirib kela boshladi.
Bell-Lankaster tizimi.  Sinf-dars tizimiga ko`ra ,  har bir sinfda 50-60 o`quvchi
o`qirdi.   Bunda   yoshlarni   o`qitish   ancha   qimmatga   tushurdi.   Bolalarga   umumiy
elementar   ma`lumot   berish   (ularni   o`qiy   oladigan,   yoza   biladigan,   hisoblay
oladigan   qilish)   va   bir   o`qituvchi   rahbarligida   imkoniyati   yetguncha   ko`proq o`quvchini   to`plash   ehtiyoji   tug`ilda.   Shu   ehtiyojga   ko`ra   XIX   asrning   oxiri   XX
asrning boshlarida Anglyada   Bell-Lankaster tizimi paydo bo`ldi. Uning asoschisi
ruhoniy A.Bell, o`qituvchi D.Lankaster lar  edi.
Bell-Lankaster   tizimiga   ko`ra ,   katta   xonada   (zalda)   600   tagacha   o`quvchi
to`planardi. Barcha o`quvchiga bitta o`qituvchi dars berardi. Kichik o`quvchilarni
o`qish,   yozish,   hisoblashga   o`rgatish   katta   yoshli,   puxta   tayyorgarlikka   ega
bolalarga   topshiriladi.   Monitorlar-o`qituvchi   tayyorlagan   katta   yoshli   ilg`or
o`quvchilar o`zlaridan yosh bolalarga rahbarlik qilar edi: ularning o`qishi, yozishi,
hisoblashi, matnlarni yodlashi ustidan nazorat qilishardi.
Bell-Lankaster   tizimi   manifaktura   faoliyatiga   o`xshab   tashkil   etilardi:   uch
harfni   tanigan   o`quvchi   bilganlarini   kichikroq   o`quvchilarga   o`rgatardi.   B unday
maktablar   oz   xarj   etib,   elementar   bilimlarnigina   bolalarga   bera   olardi.   Bell-
Lankaster   tizimining   eng   zaif   tomoni   o`quvchilarda   mustaqil   aqliy   faoliyatning
juda   bo`sh   rivojlanishida   edi.   Shu   tafayli   u   o`zini   pedagogik   amaliyotda   oqlay
olmadi.
Dalton-reja tizimi.  Dalton-reja tizimi (uni dalton-laboratoriya rejasi ham deb
atashadi)   mashhur   pedagoglar   D.Dyui,   E.   Dyui   xayrixohligi,   qo`llab   quvvatlashi
oqibatida AQSHda Yelena Parkxerst tomonidan asoslangan edi. Dalton-shaharning
nomi.
Dalton-reja   tizimiga   ko`ra   har   bir   o`quvchi   o`zining   imkoniyatiga   yarasha
individual   o`qirdi.   Da r slarda   har   bir   o`quvchining   kuchi   etadigan   mustaqil   ish
asosida   bolalarning   o`quv   ishlari   tashkil   etilardi.   O`quvchilarning   o`zlashtirishini
nazorat   etish   uch   xil   kartochka   asosida   olib   borilgan:   instruktorning   laboratoriya
kartochkasi;   o`quvchining   shaxsiy   individual   hisob-kitob   kartochkasi;   sinfning
hisob-kitob kartochkasi.
Instruktorning labor a toriya kartochkasida o`rganiladigan o`quv predmeti, sinf
o`quvchilarining   ismi   familiyasi,   o`quv   haftalariga   bo`lingan   ish   dasturi   qayd
etilgan.   I ndividual   kartochkada   bola   u   yoki   bu   o`quv   predmeti   bo`yicha   o`zi
bajargan   ishlarni   qayd   etgan.   Sinf   kartochkasida   esa   barcha   o`quvchilar   o`quv
predmetlari bo`yicha erishgan yutuqlar hisobga olingan.  Dalton -reja   tizimi   sovet   pedagogikasida   20-yillarda   ma`lum   o`zgartirishlar
bilan   brigada-laboratoriya   metodi   termini   bilan   qo`llana   boshlandi.   “Brigada”
termini   orqali   ta`limning   jamoa   xarakteri,   ”Laboratoriya”   termini   vositasida   esa
o`quvchilarning ta`lim jarayonidagi mustaqilligi e`tirof etildi.
Brigada-laboratoriya   metodi   o`quv-tarbiya   ishlarini   jamoa   asosida   tashkil
etish hamda bolalarning mustaqilligini ta`minlash g`oyalariga asoslangan bo`lib, u
quyidagicha   tashkil   etilardi:   1)   sinf   o`quvchilarining   umumiy   ishlashi   bolalar
o`qituvchi   topshiriqlari   bilan   tanishadi;   2)   jamoa   bo`lib   guruhlar   brigada,
zvenolarda   topshiriqlarni   bajarish;   3)   mavzu   yoki   berilgan   topshiriqlar   ustida
o`quvchilarning   individual   ishlari;   4)   umumsinf,   guruh   brigada,   zveno   individual
ishlar   bo`yicha   hisob   berish;   5)   bundan   keyin   qilinadigan   ishlar   bo`yicha
ko`rsatmalar olish.
Qator sinflar tizimi.   Q ator sinflar yoki mangeym tizimining asoschisi Yozef
Anton   Zikkinger   (1858-1930)   edi.   Y.A.Zikkingerning   fikricha,   o`quvchilar   aqliy
taraqqiyotining   har   xil   darajada   bo`lishi   jamoa   asosidagi   o`qitishning   eng   asosiy
kamchiligidir.   Bir   xil   yoshdagi,   lyokin   taraqqiyot   darajasi   turlicha   bo`lgan
o`quvchilarni   bir   jamoaga   to`plab   o`qitish   ta`limni   tashkil   etish,   unga   rahbarlik
qilishni   murakkablashtiradi.   Bu   kamchilikni   yo`qotish   uchun   bolalarni   layoqati,
qobiliyati,   o`zlashtirish   darajasiga   qarab   turli   qator   sinflarga   ajratmoq   zarur.
Y.A.Zikkinger shu tezisga asoslanib, bir xil yoshdagi o`quvchilarni to`rt qator-har
xil sinflarga birlashtirishni taklif etgan edi: asosiy sinflar-o`rtacha qobiliyatga ega
o`quvchilar   sinfi;   qobiliyatlari   kam   taraqqiy   etgan   o`quvchilar   sinfi-sinf
o`quvchilarining   barchasi   maktabni   tugatishi   shart   emas;   yordamchi   sinflar-aqlan
zaif   bolalar   sinfi;   chet   tillar   sinfida   eng   qobiliyatli   bolalar   o`qishadi,   ular   yuqori
sinflarda kollej va oliy o`quv yurtlarida o`qishni davom ettirishadi.
Har bir qator sinfda o`qish muddati ham turlicha belgilangan asosiy sinflarda
o`quvchilar   8   yil,   ikkinchi   (qobiliyatlari   kam   taraqqiy   etgan)   va   uchinchi   (aqlan
zaif) qator sinflarda to`rt yil, qobiliyatli bolalar sinfida esa 6 yil o`qishgan. Har bir
qator sinfda o`quv - tarbiya ishlari alohida dastur, darslik,  tartib  asosida o`tkazil gan .
O`quvchilarning   qobiliyati,   layoqati,   taraqqiyot   darajasiga   ko`ra   mashg`ulotlar tashkil etiladi.
Tramp rejasi.  O`tgan XX asrning 60-yillarida sinfning jamoa va bolalarning
individual ishlarini o`zaro qo`shib olib borish g`oyasi asosida ta`limni tashkil etish
masalasini amerikalik pedagog Loyd Tramp ishlab chiqqan. L.Trampning fikricha,
maktablarda umumta`lim berish uchun 100-150 o`quvchiga mo`ljallangan guruhlar
tashkil   etilishi   lozim.   Bunda   ta`lim   uchun   ajratilgan   vaqtning   40   foizi   miqdorida
ish turli texnik vositalar yordamida nazariy materialni o`rganishga ajratiladi. Keyin
o`quvchilar kichik guruhlarga 10 yoki 15 kishidan bo`linadi. Buning uchun 20 foiz
vaqt   ajratiladi.   Shu   vaqt   mobaynida   ma`ruza   paytida   tinglangan,   informatsiyalar
tahlil   etiladi,   savol-javob   o`tkaziladi,   o`rganilgan   materiallar   oldin   o`tilgan
mavzular bilan solishtiriladi, ularni farqlari ajratiladi. Keyin har bir o`quvchi uchun
alohida mustaqil ish topshiriladi. O`quv jarayoni uchun ajratilgan vaqtning 40 foizi
doirasida bolalar mustaqil ishlab, turli intellektual ishlarni bajarishadi.
Ta`limning tashkiliy shakllari o`quvchilar miqdori va ta`limni amalga oshirish
o`rniga ko`ra tasnif etiladi.
O`quvchilar   miqdoriga   ko`ra   ta`limning   tashkiliy   shakllari.   O`quvchilar
miqdoriga   q arab   ta`limning   3   ta   tashkiliy   shakli   ajratiladi:   individual,   guruh,
jamoa.
Individual   ta`lim   genetik   jihatdan   eng   qadimiy   bo`lib,   undan   antik   davrda
ta`limning   y yetakchi   shakli   sifatida   foydalanilgan.   Individual   ta`limda   o`qituvchi
bir   o`quvchi   bilan   ishlaydi   o`quv   materiali   tushuntirilib,   uning   o`zlashtirilishini
sinab ko`rish uchun savol-javob tashkil etiladi; o`quv topshiriqlarini berib, ularning
bajarilishi   bevosita   zudlik   bilan   tekshiriladi.   Individual   ta`limda   o`zlashtirish
individual   xarakterga   ega   bo`lib,   o`quv   materialini   o`zlashtirish   sur`atu   bolaning
o`ziga   xos   xususiyatlari,   layoqati,   qobiliyatiga   moslashtiriladi.   O`qituvchi
o`quvchining   tayyorgarlik     darajasi,   ishlash   sur`atini   hisobga   olib,   o`z   faoliyatini
bolaning faoliyatiga muvofiqlashtiradi. Bu ta`limning samaradorligiga ijobiy ta`sir
etadi. Ammo qator ijobiy xususiyatlariga qaramasdan, individual ta`limning salbiy
tomonlari ham talaygina: avvalo, individual ta`lim qimmatga tushadi; o`quvchi o`z
tengdoshlari   bilan   hamkorlik   qila   olmaydi.   Binobarin,   bolalarda   jamoada   ishlash, yashashga   oid   odatlar   shakllanmaydi.   Jamoada   ishlay   olish,   tashkilotchilik   esa
rivojlangan jamiyat a`zolari uchun eng zaruriy shaxsiy sifatlardir. 
Ojiz   tomonlari   mavjudligiga   qaramasdan,   individual   ta`limdan   voz   kechib
bo`lmaydi.   Undan   hozir   konservatoriyalarda   yuqori   malakali   san`at   xodimlarini
tayyorlashda,   repititorlik   xizmatida   (o`zlashtirishda   orqada   qolayotgan   bolalarga)
individual yordam tashkil etish, ayrim qobiliyatli balalarga ota-onasining xohishiga
ko`ra   u   yoki   bu   o`quv   predmetlaridan   murakkablashtirilgan   dasturlar   asosida
alohida   mashg`ulotlar   tashkil   etishda   foydalaniladi.   Shuningdek,   o`quvchi   o`z
tashabbusi   bilan   mustaqil   kitob   mutolaa   qilganda,   darslik   muallifi   o`quvchiga
bilvosita rahbarlik qiladi.
Guruh   asosida   ta`lim   berish .   Sinf   jamoasini   balalarning   tayyorgarlik
darajasi,   o`zlashtirishi,   ishlash   sur`ati   asosida   kichik   guruhlarga   ajratib   o`qitish
pedagogik   amaliyot   erishgan   eng   keyingi   yutuqlardandir.   Guruhlarga   ajratib
o`qitishning   asosida   o`quvchilarning   individual   xususiyatlari   yo tadi.   Bolalarni
individual   xususiyatlariga   ko`ra   turli   kichik   guruhlarga   birlashtirish,   har   bir
guruhga   mos   ta`lim   metodlari,   vositalarini   tanlash   yo`li   bilan   o`quv-tarbiya
ishlarini   tashkil   etishga   guruhlarga   ajratib   o`qitish   deyiladi.   Kichik   guruhlar   ikki
turda bo`ladi:  geterogen guruhlar – bu qiziqishi, layoqati, tayyorgarligi birbiridan
farq   qiladigan   o`quvchilarning   kichik   jamoasi;   gamogen   guruhlar   –   qiziqishi,
layoqati,   tayyorgarlik   darajasi   nisbatan   o`zaro   yaqin   bo`lgan   o`quvchilarning
kichik jamoasi. Differensial ta`lim asosida gamogen guruhlar yotadi. 
Ta`limni   guruhlar   asosida   tashkil   etishning   qator   shartlari   mavjud:
o`quvchilarning   har   birining   individual   xususiyatlarini,   ishlash   sur`ati,
qobiliyatlarini   mufassal   o`rganish;   o`quvchilarda   mustaqil   ishlash   ko`nikmalarini,
o`quv   predmetlariga   oid   faktlarni   tahlil   eta   bilish   layoqatlarini   tarbiyalash;
bolalarda   o`quv   ishlariga   oid   malakalarni   (vaqtdan   foydalanish,   darslik   va
qo`shimcha   adabiyotlar   ustida   ishlash,   masala   va   misollarni,   mashqlarni   bajarish,
test   to`plami   ustida   ishlash)   shuningdek,   aqliy   faoliyat   usullarini   (tahlil   va   sintez
qilish,   induktiv   va   deduktiv   xulosalar   chiqarish,   taqqoslash,   bilimlarni   bir
sharoitdan ikkinchi sharoitga ko`chira bilish) rivojlantirish, o`quvchilarning kichik guruhlari   doimiy   bo`lishini   ta`minlash;   guruh   o`quvchilari   o`rtasida   hamkorlik,
o`zaro   yordamni   tashkil   etish;   guruhlarda   bajarilgan   ishlar,   ularning   mazmunini
yagona   maqsadga   –   o`quv   materiallarini   atroflicha,   to`liq   o`zlashtirishga
bo`ysundirish;   guruhlarga   mo`ljallangan   ishlarga   yetarli   vaqt   ajratish,   ularning
natijasini   jamoa   bo`lib   muhokama   qilish,   umumiy   xulosalar   chiqarish;   guruhlar
bo`yicha   ish   qilganda   bolalarning   shaxsiga,   shaxsiy   sha`niga   zid   hodisalarni
imkoniyati   etguncha   chegaralash.   Bular   guruhlar   asosida   ta`limni   o`tkazishning
samaradorligiga ijobiy ta`sir qiladi.
Jamoa   ta`limi.   Jamoa   ta`limi   o`quvchilarning   barchasiga   mo`ljallangan
umumsinf   ishidir.   Jamoa   ta`limi   quyidagi   xususiyatlari   bilan   umumsinf   ishi
sanaladi:   barcha   o`quvchilar   uchun   bir   xil   o`quv   materiali   tanlanadi,   bir   xil
murakkablikdagi va qiyinlikdagi o`quv topshiriqlaridan foydalaniladi; ta`lim tempi
o`rtacha tezlikda ishlaydigan o`quvchilarga mo`ljallanadi; ta`lim natijasi saylanma
(tanlab)   tekshiriladi.   Jamoa   ta`limi   xususiyatlari   keyingi   bobda   kengroq   bayon
etiladi. 
O`tkazish   o`rniga   ko`ra   ta`lim   tashkiliy   shakllari.   Ta`limni   tashkil   etish,
boshqarish   o`rniga   ko`ra   uning   quyidagi   tashkiliy   shakllari   farqlanadi:   ta`limning
maktab   doirasida   tashkil   etiladigan   shakllari,   ta`limning   maktabdan   tashqarida
o`tkaziladigan shakllari.
Ta`limning maktab doirasida o`tkaziladigan shakllari.   Ta`limning maktab
doirasida   o`tkaziladigan   turlari   qatoriga   sinf-dars   mashg`ulotlari,   laboratoriya
ishlari,   ishlab   chiqarish   ustaxonalarida   ishlash,   to`garak   mashg`ulotlari,
fakul`tativlar, o`quv anjumanlari, sinov va imtihonlar, konsultatsiyalar, qo`shimcha
mashg`ulotlar, seminar mashg`ulotlari kiradi.
Sinf-dars   mashg`ulotlari   hozirgi   o`quv   yurtlarida,   o`rta   maktab,   litsey
kollejlarda ta`limning yyetakchi shakli sanaladi. Dars doimiy o`quvchilar jamoasi,
dastur   va   darsliklar   asosida   qat`iy   tartib   va   oldindan   belgilangan   o`rinda
o`tkaziladi.   Har   bir   dars   uchun   o`quvchilarning   yoshi,   o`quv   predmetlari
xususiyatlariga   qarab   30,   45,   80   daqiqadan   vaqt   ajratiladi.   Dars   o`qituvchi   va
o`quvchilar hamkorligida tashkil etiladi.  Laboratoriya     mashg`ulotlarida   bolalar   turli   o`quv   predmetlari   bo`yicha
tajribalar,   turli   qurilmalar   yordamida   sinov   ishlari   o`tkazishadi.   O`quv
predmetlarining barchasi bo`yicha laboratoriya mashg`ulotlari o`tkazish imkoniyati
mavjud:   masalan,   ona   tilidan   turli   asboblar   vositasida   tovush   kuchi,   tembri,
balandligi,   nutqni   ohang   xususiyatlari   bo`yicha   tajribalar   o`tkazish   mumkin,
geografiyadan   esa   kontr   karta,   globus   bilan   ishlab,   u   yoki   bu   shaharning
koordinatalarini   belgilashga   oid   ishlarni   o`tkazish   ta`limning   samaradorligini
oshiradi.   H ozirgi   paytda   laboratoriya   mashg`ulotlari   ko`pincha   kimyo,   fizika,
biologiya fanlari bo`yicha tashkil etiladi.  
Laboratoriya   mashg`ulotlari   didaktik   adabiyotlarda   praktikum   –   amaliy   dars
deb   ham   yuritiladi.   Amaliy   darslarda   o`quvchilar   guruhlarga   ajralishadi,   turli
eksperimental   topshiriqlarni   bajarishadi.   Amaliy   –   eksperimental   topshiriqlarni
bajarishga uzoq vaqt ajratiladi. O`quvchilar 10 - 16 soat mobaynida turli tajribalar
o`tkazishadi,   natijalarni   to`plab,   xulosalar   chiqarishadi.   Shuningdek,   qisqa
muddatga (1-2 soatga) mo`ljallangan amaliy mashg`ulotlar ham o`tkaziladi.
Seminar   mashg`ulotlari   nazariy   muammolarni   faol   o`rganish   shakli
hisoblanadi.   Umumta`lim   maktablarida,   litsey,   kasb-hunar   kollejlarida
o`tkaziladigan   seminar   mashg`ulotlari   oliy   o`quv   yurtlari   uchun   tayyorgarlik
bosqichi   hisoblanadi.   O`rta   umumta`lim   maktablarida   seminar   mashg`ulotlari
quyidagicha   o`tkaziladi:   seminar   mashg`ulotlari   uchun   mavzu   tanlanadi;   mavzu
bo`yicha   qilinadigan   reja,   ko`rsatmalar   beriladi;   reja   bandlari   uchun   asosiy   va
qo`shimcha   ma`ruzachilar   ajratiladi;   seminar   mashg`ulotiga   tayyorgarlik   ko`rish
uchun   yetarli   vaqt   (ikki,   hatto   undan   ko`proq   hafta)   ajratiladi;   seminarga   oid
chizmalar, jadvallar, modellar, diagrammalar tushuntiriladi; seminar o`tkaziladigan
kungacha   konsultatsiyalar   –   maslahatlar   berib   boriladi;   seminar   bo`yicha
o`tkaziladigan   tajribalar   o`qituvchilar   yordamida   sinab   ko`riladi.   Seminarga   sinf
o`quvchilarining barchasi tayyorgarlik ko`rishadi. Seminar mavzusi, uning hajmiga
qarab   o`quv   soatlari   ajratiladi.   Odatda   uni   o`tkazishda   ikki   soat   vaqt   beriladi.
Seminarning   oxirida   o`qituvchi   yakunlovchi   suhbat   o`tkazib,   kelgusi   seminarda
qilinadigan ishlarni belgilaydi.  O`quvchilarning qobiliyati, o`z qiziqishlari va xohishlari bo`yicha tanlashiga
ko`ra   u   yoki   bu   o`quv   predmetini,   uning   bulimlarini   chuqurlashtirib   o`rganishga
fakultativ   mashg`ulot   deyiladi.   Fakultativ     mashg`ulot   o`quvchilar   guruhiga
mo`ljallangan,   ularning   bilish   faoliyatini,   mustaqilligini   ta`minlashga   yo`nalgan
differensial ta`limdir.
Hozirgi   maktab   tajribasida   fakultativ   mashg`ulotlar   7-sinfdan   boshlanadi.
Ular maxsus dasturlar asosida o`tkaziladi. Har bir o`quvchi fakultativ mashg`ulotni
ixtiyoriy tanlaydi. Unda ma`ruza va amaliy ishlar qo`shib olib boriladi.
Ta`limning maktabdan tashqari  shakllari.   Ta`limning maktabdan tashqari
shakllari   xilma-xil   bo`lib,   ular   orasida   uy   vazifalari,   ekskursiyalar   alohida
qimmatga   ega.   Uy   ishlari   sinfda   bajarilgan   ishlarning   tabiiy   davomi   bo`lib,   ular
o`quvchilarda mustaqillikni tarbiyalashning yyetakchi shakli sanaladi.
Hozirgi   didaktik   adabiyotlarda   uy   vazifalarini   tashkil   etishning   normativ
chegaralari belgilangan: 1 - sinfda 1 soat, 2 - sinfda 1,5 soat,         3 – 4 – sinflarda
2 soat, 5 - 6 - sinflarda 2,5 soat, 7- sinfda 3soat,      8 – 9 - sinflarda 4 soat.
Uy   vazifalari   o`qituvchining   bevosita   ishtirokisiz,   ammo   uning
ko`rsatmalariga ko`ra bajariladigan amaliy va nazariy topshiriqlardir. Uy vazifalari
quyidagi pedagogik talablar asosida tashkil etiladi:
 -o`quvchilarda uy vazifalarini bajarishga ishtiyoq,
havas,   qiziqishlarni   oshirish.   Buning   uchun   uy
vazifasining   maqsadi,   ahamiyati   tushuntiriladi,   sinfda
va   uyda   bajariladigan   ishlar   o`rtasida   vorislik
o`rnatiladi;
 - uy   vazifalarini   bajarishga   javobgarlik   hissini
tarbiyalash.   Uy   vazifalarining   bajarilishini   nazorat
etish,   bolalarni   rag`batlantirish,   eng   yaxshi
bajarilgan   uy   ishlarini   numuna   qilib   ko`rsatish
yo`llari   bilan   bolalarda   uy   vazifalarini   bajarishga
javobgarlik hissi tarbiyalanadi;
 - uy   vazifalarining   tushunarli li gini   ta`minlash.   Uy vazifalari   bolalarning   kuchi   ye tadigan   bo`lishi   shart.
Har   bir   uy   vazifasini   bajarish   uchun   y etarli   miqdorda
maslahatlar berish;
 -uy   vazifalarini   asta-syokin   murakkablashtirib
borish, ularning optimal qiyinligini ta`minlash;
 -uy   vazifalari   turlarini   o`zgartirib   turish.   Bir
xil   uy     topshiriqlari   (masalan,   grammatik   mashqlarni
bajarish,   misol   va   masalalarni   echish)   o`quvchilarning
o`quv predmetlariga qiziqishlarni susaytiradi;
 - o`quvchilarni   uy   vazifalar i ni   bajarishga
tayyorlash. Buning uchun uy vazifasini bajarish maqsadi
tushuntiriladi, zarur ko`rsatmalar beriladi;
 - uy   vazifasini   bajarish   uchun   gigi y enik   talablarga
javob beradigan sharoit yaratish.
O`quvchilarda   kuzatish,   fakt   to`plash   va   ularni   tahlil   qilishga   oid
ko`nikmalarni   rivojlantirishda   o`quv   ekskursiyasini   ahamiyati   nihoyatda   katta.
O`quv   ekskursiyalari   o`quv   dasturlarida   ko`zda   tutilgan   bo`lib,   u   yoki   bu   o`quv
predmeti   uchun   ajratilgan   vaqt   doirasida   o`tkaziladi.   ekskursiya   o`rganilgan
nazariy   bilimlarni   amaliyotda   kuzatish   ta`limni     hayot,   ijtimoiy   ishlab   chiqarish
bilan bog`lanishning yetakchi shakli sanaladi. ekskursiyaning tarbiyaviy ahamiyati
ham  katta:  uning vositasida  bolalarda jamoatchilik, vatanparvarlik, estetik  tarbiya
amalga oshiriladi. 
O`quv   ekskursiyalari   to`rt   tomonlama   tasnif   etiladi:   o`quv   predmetlariga
ko`ra; ajratilgan vaqtga ko`ra; ta`lim jarayonidagi o`rniga ko`ra; tarkibiga ko`ra.
O`quv predmetlariga ko`ra ekskursiyaning quyidagicha turlari farqlanadi: ona
tilidan lingvistik ekskursiya; tarixdn tarixiy obidalarga tarixiy ekskursiya; fizika va
ximiyadan zavod, fabrikalarga ekskursiya; tabiatshunoslikdan tabiatga ekskursiya.
Ta`lim   jarayonidagi   o`rniga   ko`ra   ekskursiyaning   quyidagicha   turlari
ajratiladi:   kirish   ekskursiyalari   –   o`quv   predmeti   yoki   uning   biror   bo`limini
o`rganishdan oldin o`tkaziladi. Uning yordamida shu bulim, o`quv predmetiga oid faktlar   to`planadi;   joriy   ekskursiya   –   o`quv   predmetini,   uning   biror   bo`limini
o`rganish bilan aloqador ekskursiya. ekskursiyaning bu turi o`quv predmetiga oid
katta   mavzu,   bo`limlarni   o`rganish   bilan   parallel`   o`tkaziladi;   yakunlovchi
ekskursiya – o`quv predmeti to`liq o`rganilgandan keyin tashkil etiladi.
Tarkiban   ekskursiyaning   ikki   turi   ajratiladi:   bir   o`quv   predmetiga   (masalan,
faqat   adabiyotga)   oid   ekskursiya   kompleks   ekskursiya–   bir   qancha   o`quv
predmetiga   oid   (masalan,   tabiatga)   ekskursiya.   B unday   ekskursiya   materiallari
geografiya, biologiya, fizika kabi qator o`quv predmetlari bo`yicha to`planadi.
Ajratilgan   vaqtga   ko`ra   ekskursiyaning   ikki   turi   farqlanadi:   qisqa   muddatli
ekskursiya – masalan, biologiyadan “Gulning tuzilishi” mavzusini o`tishdan oldin
maktab   bog`iga   qisqa   muddatli   ekskursiya   o`tkazish,   yerga   tushgan   gullarni
to`plash,   dars  paytida  ulardan  jonli   material   sifatida  foydalaniladi;  uzoq   muddatli
ekskursiyalarga bir kun, hatto o`quv haftasi ajratilishi mumkin.
Dars   -   ta’limni   tashkil   etish   asosiy   shakli.   Dars
ta’lim   jarayonining   yaxlitligi   nuqtai   nazaridan
ta’limning   asosiy   tashkiliy   usuli   hisoblanadi.   Unda
sinf-dars   tizimining   xususiyatlari   aks   etadi,   unda
o‘quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va
o‘quv   ishlarining   muntazamligi   ta’minlanadi.   Dars
iqtisodiy   jihatdan   foydalidir.   O‘quvchilar   hamda   sinf
jamoasining   individual   xususiyatlarini   bilishi
o‘qituvchi   uchun   har   bir   o‘quvchi   faoliyatiga
rag‘batlantiruvchi   ta’sir   ko‘rsatishga   imkon   beradi.
Dars   doirasida   ommaviy,   guruhli   va   individual   ta’lim
shakllarini   birlashtirish   imkoniyati   uning   rad   etib
bo‘lmaydigan ustunligi hisoblanadi.
Sinf   -   deganda,   yoshi   va   bilim   darajasi   bir   xil
bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars   -   aniq   maqsadni   ko’zlab   belgilangan   vaqtda   bir xil   yoshdagi   o’quvchi,   yoshlar   bilan   o’qituvchi
rahbarligida   olib   boriladigan   mashg’ulotlardir.   Dars   -
o’z   oldiga   qo’yilgan   aniq   maqsad   va   tugal   mazmundan
iborat.
Dars   bevosita   o‘qituvchi   rahbarligida   aniq
belgilangan   vaqt   davomida   muayyan   o‘quvchilar   guruhi
bilan   olib   boriladigan   ta’lim   jarayonining   asosiy
shakli   sanaladi.   Darsda   har   bir   o‘quvchi
xususiyatlarini   hisobga   olish,   barcha   o‘quvchilarning
mashg‘ulot   jarayonida   o‘rganilayotgan   fan   asoslarini
egallab   olishlari,   ularning   idrok   etish   qobiliyatlari
va   ma’naviy-axloqiy   sifatlarini   tarbiyalash   hamda
rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.
Dars   ta’limning   boshqa   shakllaridan   farq   qiluvchi
o‘ziga   xos   belgilarga   ega,   chunonchi:   o‘quvchilarning
doimiy   guruhi,   o‘quvchilar   faoliyatiga   ularning   har
biri   xususiyatlarini   hisobga   olish   bilan   rahbarlik
qilish,   o‘rganilayotgan   fan   asoslarini   bevosita   darsda
egallab   olish   (bu   belgilari   darsning   faqat   mazmunini
emas, balki o‘z xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning   tuzilishi   oddiy   va   ancha   murakkab
bo‘lishi   mumkin.   Bu   o‘quv   materialining   mazmuni,
darsning   didaktik   maqsadi,   o‘quvchilar   va   jamoa
sifatida sinfning xususiyatlariga bog‘liq.. 
Darsning   maqsadi,   mazmuni,   hajmi   ta’lim
standartlari   asosida   belgilanadi.   Dars   o’quv
ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu   jarayonda
quyidagilarga amal qilinishi lozim:
- Har bir sinfda o’quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lishi lozim.
- Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak. - Dars o’qituvchi  rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar  bilan
ishlash shaklida olib boriladi.
-   Dars,   o’quv   fanining   xarakteri,   o’qitilayotgan   materialning   mazmuniga
qarab   turli   usullar   va   vositalarda   olib   boriladi   hamda   ta’lim   tizimining   bir   qismi
sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni o’zlashtirmoq uchun zamin
yaratadi.
Shuni   unutmaslik   kerakki,   ta’lim   ishlari   darsdan
tashqari   ham   to’garak,   ekskursiyalar   shaklida   olib
boriladi.
Dars   oldiga   qanday   talablar   qo’yiladi?   Ularning
mohiyati nimadan iborat?
Har bir dars oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:   a)
tarbiyaviy   talab,   b)   didaktik   talab,     v)   tashkiliy
talab.
Darsga   qo’yilgan   didaktik   talablar   sirasiga
quyidagilar kiradi:
1.Har   bir   dars   aniq   maqsadni   ko’zlagan   holda   puxta
rejalashtirilmog’i   lozim.   Bu   jarayonda   o’qituvchi
darsning   ta’limiy   va   tarbiyaviy   maqsadini   belgilaydi.
Dars bosqichlarini, ya’ni qanday tamomlash, ko’rgazmali
materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib
oladi.
2.Har   bir   dars   aniq   g’oyaviy   mafkurafiy   izlanishga
ega   bo’lishi   lozim.   O’qituvchi   esa   ulardan   tarbiyaviy
maqsadda foydalanmog’i lozim.
3.Har   bir   dars   maktabning,   ijtimoiy   muhitning
imkoniyatini   hisobga   olgan   holda   amaliyot   bilan
bog’lanmog’i, ko’rsatmali  vositalar bilan  jihozlanmog’i
lozim.
4.Har   bir   dars   xarakteriga   mos   usul,   uslub   va vositalardan   samarali   foydalangan   holda   tashkil
etilishi lozim.
5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va
unumli foydalanish darkor.
6.Dars   jarayonida   o’qituvchi   va   o’quvchi   faol
munosabatda   bo’lishi   lozim,   o’quvchi-talaba   passiv
tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7.Mashg’ulotlar butun sinf bilan va har bir o’quvchi
bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan
holda olib borilishi kerak.
8.O’qitilayotgan   mavzuni   mazmuniga   bog’liq   holda
mustaqil   yurtimizdagi   o’zgarishlardan   talabalarni
xabardor qilish.
9.Darsda   prezidentimizning   ta’lim   sohasidagi
fikrlari,   yurtimiz   kelajagi   bo’lgan   yoshlarimizga,
farzandlarimizga   qarata   qilgan   murojaatlaridan   o’z
o’rnida foydalanish.
Dars bilim va ko’nikma, malakalar bilan o’quvchilarni
qurollantirishda asosiy rol o’ynaydi. Shu sababli o’quv
mashg’ulotlariga   ajratilgan   vaqtning   asosiy   qismi   dars
o’tish uchun sarflanadi.D a r s g a  
q o ` y ila n
 t a r b i y a v iy  
t a l a b la r :	
D a r s d a  	
o’rg a n i la d ig a n	
 o’q u v  	
m a te r ia lla r i 
b o	’y i c h a	
 ta r b iy a v i y
 x u l o s a la r
 c h iq a r is h	
N a z a r i y  
b ili m la r	
 a s o s i d a  il m iy  
D u n y o q a r a s h n i
 s h a k lla n ti r is h	
B o la l a r d a  
o’q i s h g a	
 o i d  ij o b i y  
m o tiv -
la r n i  	
u y g	’o tis h	,	
 b i li s h	, o’q i s h	-	
o’rg a n is h g a  
h a v a s	,	
 is h t iy o q	, 	
q iz iq is h n i	
 s h a k l la n tir i s h	
D a r s  	
ja r a y o n id a  
p e d a g o g ik  ta k t  
q o id a la r ig a  
r io y a  q ilis h 2-9.chizma
Darsga qo’yilgan tashkiliy talablar:
1. Dars uchun puxta o’ylangan konspekt yoki reja tuzish;
2. Darsning   logikasiga   (dars   etaplarining   o’zaro
bog’liqligi,   darsda   amalga   oshiriladigan   ishlar;   o’quv
topshiriqlarining o’zaro aloqadorligiga) rioya qilish;
3. Dars   tempini   o’quvchilarning     tayyorgarligiga
moslashtirish;
4. Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish;
5. Darsda ongli intizomni tashkil etish.
Dars tiplari nima, ular qanday tiplarga ajratiladi? 
Dars   turlari   -   darsning   maqsadi   va   mazmuni,
o’quvchining   yosh   xususiyatiga   qarab,   darsning
tuzilishi   har   xil   bo’ladi.   Endi   biz   darsning   yanada
ravshanroq   ko’rsatib   berish   maqsadida   darsni   turlarga
ajratamiz,   saralaymiz   va   ularni   tuzilishi   bilan
tanishamiz.  Dars qanday tiplarga ajratiladi? 
Ular quyidagilarga ajratiladi.
1.Darslarning   asosiy   maqsad   va   mazmuniga   qarab
turlariga bo’lish.
2.Darslarni   o’qitish   jarayonining   analiziga   qarab
turlarga bo’lish.
3.Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish.
Dasrlarni   turlarga   ajratishda   birinchi   qoida   eng
ob’ektiv   va   ma’quldir.   Darsning   mazmuni   dasturda
ko’rsatilgan bo’ladi.
Darslarni   saralash   dars   tuzilishini   bilishimizga o’rganishimizga yordam beradi. 
Ta’lim   tizimida   tajribadan   o’tgan   dars   turlari
quyidagilardan iborat.Dars
turlari
Dars
turlari	
Yangi	
bilimlarni
bayon
qilish
darsi
Yangi	
bilimlarni
bayon
qilish
darsi	
O	’quv	
m	ateriallarini
mustahkam	-	
lash
darsi	
O	’quv	
m	ateriallarini
mustahkam	-	
lash
darsi	
Takrorlash	
va	
bilimlarni
umumlash	-	
tirish
darslari	
Takrorlash	
va	
bilimlarni
umumlash	-	
tirish
darslari	
Dars	jarayoni	-	
da	pedagogik	
takt	
qoidalariga
rioya	qilish	
Dars	jarayoni	-	
da	pedagogik	
takt	
qoidalariga
rioya	qilish	
Dars	turlari	
uyg	’unlash	-	
gan	
(aralash	)	
darslar	.	
Dars	turlari	
uyg	’unlash	-	
gan	
(aralash	)	
darslar	.
Zamonaviy   didaktikada   dars   quyidagi   turlari
ajratib ko‘rsatilgan:
- aralash darslar;
- yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish
bo‘yicha   yoki   umumlashtirishlarni   anglab   etish   va
o‘zlashtirish maqsadiga ega darslar;
- bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
- o‘rganilganlarni   umumlashtirish   va
tizimlashtirish asosiy  maqsadiga ega darslar;
- malaka   va   ko‘nikmalarni   ishlab   chiqish   va
mustahkamlash darslari;
- bilimlarni   tekshirish   va   tekshirish   ishlarini
o‘rganish darsi;
- o‘z tuzilishi bo‘yicha oddiy bo‘lgan, ya’ni bitta
asosiy   didaktik   maqsadga   ega   bo‘lgan   dars   turlari
(o‘rta va katta sinflarda qo‘llash uchun mos keladi).
Boshlang‘ich   sinflarda   o‘quvchilar   yoshlarini
hisobga   olib   o‘quv   ishlari   turli   xillaridan foydalanishga,   yangi   bilimlarni   berishni   avval   ilgari
o‘rganilganni   mustahkamlash,   takrorlash   bilan   birga
olib borishga to‘g‘ri keladi. Hatto tekshirish darslari
ham   bu   erda   ko‘pincha   ishlar   boshqa   turlarini   o‘z
ichiga   oladi:   materialni   og‘zaki   etkazish.   qiziqarli
hikoyani   o‘qish.   Darsning   aynan   mana   shu   turi   aralash
(kombinatsiyalashgan ),   yoki   murakkab   tuzilishli   deb
ataladi.   Kombinatsiyalashgan   darsning   taxminiy
tuzilishi:   uy   vazifalarini   tekshirish   va   o‘quvchilar
bilan   savol-javob,   yangi     materialni   o‘rganish,
o‘zlashtirishini   dastlabki   tekshirish,   mashq   misollari
davomida   yangi   bilimlarini   mustahkamlash,   ilgari
o‘rganilganlarni   suhbat   ko‘rinishida   takrorlash,
o‘quvchilar   bilimlarini   tekshirish   va   baholash,   uyga
vazifa berish.
O‘quvchilarning   yangi   materiallar   bilan   tanishish
darsi   yoki   yangi   bilimlarni   berish   (o‘rganish)   darsi
nisbatan   keng   doiradagi   savollarni   o‘z   ichiga   olgan   va
uni   o‘rganishga   ko‘p   vaqtini   talab   qiluvchi,
o‘quvchilarga   tanish   bo‘lmagan   yangi   material   uning
mazmuni bo‘lgan ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning
mazmuni,   aniq   maqsadi   va   o‘quvchilarning   mustaqil   ish
bajarishga   tayyorgarliklariga     qarab,   ba’zi   hollarda
yangi   materialni   o‘zi   bayon   etadi.   Boshqa   hollarda   esa
– o‘qituvchi rahbarligi ostida o‘quvchilarning mustaqil
ishlari   olib   boriladi,   uchinchi   holda   –   unisi   ham
bunisidan   ham   foydalaniladi.   YAngi   material   bilan
tanishish   darsining   tuzilishi:   yangi     materialni
o‘rganish   uchun   asos   bo‘lgan   avvalgi   materialni
takrorlash.   O‘qituvchining   yangi   materialni   va   darslik
bilan   ishlashni   tushuntirishi,   bilimlarni tushunishlarini   tekshirish   va   dastlabki   mustahkamlash,
uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustahkamlash darslarida   o‘quv ishining
asosiy   mazmuni   ilgari   o‘zlashtirilgan   bilimlarni
mustahkam   o‘zlashtirish   maqsadida   ularni   ikkinchi   bor
tushunib olish hisoblanadi.
O‘quvchilar   o‘z   bilimlarini   yangi   manbalar
bo‘yicha   anglab   oladilar   va   chuqurlashtiradilar   yoki
ularga   ma’lum   bo‘lgan   qoidaga   yangi   masalalar
echadilar,   ilgari   olgan   bilimlarini   og‘zaki   va   yozma
takrorlaydilar   yoki   ilgari     o‘rganganlarini   yanada
chuqurroq   va   mustahkam   o‘zlashtirish   maqsadida   ulardan
alohida masalalar bo‘yicha axborot beradilar. Tuzilishi
bo‘yicha bunday darslar quyidagi bosqichlardan o‘tishni
ko‘zda   tutadi:   uy   vazifasini   tekshirish,   og‘zaki   va
yozma   mashqlarni   bajarish,   topshiriqni   bajarishni
tekshirish, uyga vazifa berish.
Ko‘nikma   va   malakalarni   ishlab   chiqish   va
mustahkamlash   darslari   bilimlarni   mustahkamlash
darslari  bilan bog‘liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus
darslar   jarayonida   amalga   oshiriladi.   Boshqa   darslarda
yangi   mavzularni   o‘rganishda   davom     ettiriladi.   SHu
bilan   birga   avvaliga   mashqni   bajarish   ishlari   bolalar
tomonidan   o‘qituvchi   yordamida   va   ular   topshiriqni
qanday   tushunganlarini   daslab   jiddiy   tekshirish   bilan
bajarilsa,   keyinchalik   esa   qaerda   qanday   qoida
qo‘llanilishini   o‘quvchilarning   o‘zlari   belgilaydilar.
Ular   turli   vaziyatlarda   malaka   va   ko‘nikmalarini
qo‘llash,   shu   jumladan,   hayotiy   amaliyotida   qo‘llashni
o‘zlashtirib olishlari kerak. 
Umumlashtiruvchi   darslari   (bilimlarini umumlashtirish   va   tizimlashtirishlar)   ilgari   o‘tilgan
materialdan   eng   muhim   savollari   qayta   takrorlanadigan
va tizimlashtiriladigan,  o‘quvchilar bilimlarida  mavjud
kamchiliklari   to‘ldiriladigan   va   o‘rganilayotgan
kursning   muhim     g‘oyalari   ochib   beriladigan   darslar
hisoblanadi.   Umumlashtiruvchi   darslar   mavzu,   bo‘lim   va
o‘quv   kurslarining   yakunida   o‘tkaziladi.   Kirish   va
yakunlash   darsning   tarkibiy   elementi   hisoblanadi.
Takrorlash   va   umumlashtirishning   o‘zi   hikoya,   qisqacha
xabarlar,   darslikni   o‘qib   berish   yoki   o‘qituvchining
o‘quvchilar   bilan   suhbatlashishi   shaklida   o‘tkazilishi
mumkin.
Tekshirish   (nazorat)   darslari   o‘qituvchiga
o‘quvchilarning   ma’lum   sohadagi   bilim,   malaka   va
ko‘nikmalari shakllanganlik  darajasi, o‘quv  materialini
egallashdagi   kamchiliklarni   aniqlash,   shuningdek,
navbatdagi   topshiriqlarning   bajarish   yo‘llarini
belgilab   olishga   yordam   beradi.   Tekshirish   darslari
o‘quvchidan   ushbu   mavzu   bo‘yicha   uning   hamma   bilim,
ko‘nikma   va   malakalarini   qo‘llashini   talab   etadi.
Tekshirish   og‘zaki   hamda   yozma   shaklda   ham     amalga
oshirilishi mumkin.
Y u qorida   ifodalangan   hamma   darslarning   majburiy
elementi   tashkiliy   va   yakuniy   bosqich   hisoblanadi.
Tashkiliy   bosqich   maqsadlarni   qo‘yish   va   ularni
o‘quvchilar   tomonidan   qabul   qilish   sharoitlari
ta’minlash,   ish   sharoitini   yaratish,   o‘quv   faoliyati
motivlarini   dolzarblashtirish   va   materialni   idrok
etish,   anglash,   eslab   qolish   yuzasidan   beriladigan
ko‘rsatmalarni   shakllantirishni   ko‘zda   tutadi.   Darsga
yakun   yasash   bosqichida   maqsadlarga   erishish   qayd etiladi,   ularga   erishishda   barcha   yoki   yakka
o‘quvchilarning   alohida   ishtiroki   belgilanadi,   ishlari
baholanadi va istiqbollari belgilanadi.
Ta’limning   tashkiliy   shakli   sifatida   dars   dinamik
hodisadir.   U   pedagogik   jarayonning   yaxlitligini
ta’minlaydi   va     ta’limiy-tarbiyaviy-rivojlantirish
vazifalarini ijobiy echimini topishga imkon beradi. 
Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga
bo‘lgan talablarda o‘zining aniq ifodasini topadi.
Zamonaviy   darslar   quyidagi   talablarga   javob   bera
olishi lozim:
- fanning   ilg‘or   yutuqlari,   pedagogik
texnologiyalardan   foydalanish,   darsni   o‘quv-tarbiyaviy
jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
- darsda   barcha   didaktik   tamoyil   va   qoidalarning
optimal nisbatlarini ta’minlash;
- o‘quvchilarning   qiziqishlari,   layoqati   va
talablarini   hisobga   olish   asosida   ular   tomonidan
bilimlarning   puxta   o‘zlashtirilishi   uchun   zarur
sharoitlarni yaratish;
- o‘quvchilar   anglab   etadigan   fanlararo
bog‘liqliklarni o‘rnatish;
- ilgari   o‘rganilgan   bilim   va   malakalari,
shuningdek,     o‘quvchilarning   rivojlanish   darajasiga
tayanish;
- shaxsning   har   tomonlama   rivojlantirishni
motivatsiyalash va faollashtirish;
- o‘quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining
mantiqiyligi va emotsionalligi;
- pedagogik vositalardan samarali foydalanish; - zarur   bilim,   ko‘nikma   va   malakalar,   fikrlash   va
faoliyat ratsional usullarini shakllantirish; 
- mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini
yuzaga keltirish;
- har   bir   darsni   puxta   loyihalashtirish,
rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.
Har   bir   dars   quyidagi   uchta   asosiy   maqsadga
erishishga   yo‘naltiriladi:   o‘qitish,   tarbiyalash,
rivojlantirish . Ana shularni hisobga olib darsga umumiy
talablar   didaktik,   tarbiyaviy   va   rivojlantiruvchi
talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik   (yoki   ta’lim)iy   talablarga   har   bir
darsning   ta’lim   vazifalarini   aniq   belgilash,   darsni
axborotlar   bilan   boyitish,   ijtimoiy   va   shaxsiy
ehtiyojlarni   hisobga   olish   bilan   mazmunini
optimallashtirish,   idrok   etish   eng   yangi
texnologiyalarini   kiritish,   turli   xildagi     shakli,
metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish,
dars   tuzilishini   shakllantirishga   ijodiy   yondoshish,
jamoaviy   faoliyat   usullari   bilan   birga   o‘quvchilar
mustaqil   faoliyatlarini   turli   shakllaridan   birga
foydalanish,   operativ   qayta   aloqani   ta’minlash,   amaliy
nazorat   va   boshqaruvni   amalga   oshirish,   ilmiy   mo‘ljal
va   darsni   mahorat   bilan   o‘tkazishni   ta’minlash   kabilar
kiradi.
Darsga   nisbatan   qo‘yiladigan   tarbiyaviy   talablar
o‘quv   materialining   tarbiyaviy   imkoniyatlarini
aniqlash,   darsdagi   faoliyat,   aniq   erishilishi   mumkin
bo‘lgan   tarbiyaviy   maqsadlarni   shakllantirish   va
qo‘yish,   faqat   o‘quv   ishlari   maqsadlari   va   mazmunidan tabiiy   ravishda   kelib   chiqadigan   tarbiyaviy
masalalarni   belgilash,   o‘quvchilarni   umuminsoniy
qadriyatlarda   tarbiyalash,   hayotiy   muhim   sifatlar
(tirishqoqlik,   tartiblilik,   mas’uliyatlilik,
intizomlilik,   mustaqillik,   ish   bajarishga
qobiliyatlilik,   e’tiborlilik,   halollik   va   boshqalar)ni
shakllantirish,   o‘quvchilarga   diqqat-e’tiborli
munosabatda   bo‘lib,   pedagogik   odob   talablariga   amal
qilish,   o‘quvchilar   bilan   hamkorlik   va   ularning
muvaffaqiyat   qozonishlaridan   manfaatdor   bo‘lishdan
iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan
rivojlantiruvchi   talablarga   o‘quvchilarda   o‘quv-
o‘rganish   faoliyati   ijobiy   sifatlari,   qiziqish,   ijodiy
tashabbuskorlik   va   faollik   shakllantirish   hamda
rivojlantirish,   o‘quvchilarning   idrok   etish
imkoniyatlari   darajasini   o‘rganish,   hisobga   olish,
“rivojlanishning   yaqin   zonasini   loyihalashtirish”,
“o‘zib   ketish”   darajasidagi   o‘quv   mashg‘ulotlarini
tashkil   etish,   rivojlanishidagi   yangi   o‘zgarishlarni
rag‘batlantirish,   o‘quvchilarning   intellektual,
emotsional,   ijtimoiy   rivojlanishlaridagi   «sakrash»larni
oldindan   ko‘ra   bilish,   boshlanayotgan   o‘zgarishlarni
hisobga   olish   asosida   o‘quv   mashg‘ulotlarini   operativ
qayta qurish kabilar kiradi.
Nostandart   darslar .     XX   asr   70-yillari
o‘rtalarida,   milliy   maktablarda   o‘quvchilarning
mashg‘ulotlarga   qiziqishlarining   pasayish   xavfi
aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart
darslarning   tashkil   etilishiga   alohida   e’tibor
qaratildi.   Nostandart   dars   an’anaviy   tuzilishdagi improvizatsion o‘quv mashg‘ulotidir. 
Pedagogik   adabiyotlarni   tahlil   qilish   nostandart
darslarning o‘nlab turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Ular
orasida   “berilish”   darsi,   amaliy   o‘yinlar,   matbuot
konferensiyalari,   ijodiy   hisobotlar,   musobaqalar,   KVN
turidagi   o‘yinlar,   tanlov,   teatrlashtirilgan   darslar,
binar,   kompyuterli   darslar,   fantaziyalar,   “sudlar”,
haqiqatni   izlash,   “paradokslar”,   auksionlar,   dialoglar
va boshqalar  ko‘zga tashlanadi.
O‘qituvchining   darsga   tayyorgarligi.   Darsning
samaradorligi   uning   puxta   tayyorlanganligi   va   samarali
tashkil   etilganligi   bilan   bog‘liq.   YAxshi
rejalashtirilmagan,   etarlicha   o‘ylab   chiqilmagan,
shoshilinch     tuzilgan   va   o‘quvchilar   imkoniyatlariga
moslashtirilmagan   dars   sifatli   bo‘la   olmaydi.   Darsga
tayyorgarlik   aniq   sharoitlarda   eng   yuqori   yakuniy
natijaga   erishishni   ta’minlovchi   o‘quv-tarbiyaviy
jarayonni tashkil etilishini ta’minlash, komleks chora-
tadbirlarni ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining   darsga   tayyorgarligida   quyidagi
uchta   bosqich   ko‘zga   tashlanadi:   tashxislash,
bashoratlash,   loyihalashtirish   (rejalashtirish).   SHu
bilan   birga   o‘qituvchi   amaliy   materiallarni   yaxshi
bilishi,   o‘z   fanini   erkin   olib   borishga   erishishi
lozim.   Darsga   tayyorgarlik   asosini     bo‘lajak
mashg‘ultning   algoritmlari,   samaradorligi   bog‘liq
bo‘lgan   omillar   va   holatlarni   hisobga   olishni
ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish
tashkil etadi.
Algoritmni   amalga   oshirish   aniq   sharoitlarni
diagnostika     qilish   bilan   boshlanadi.   Tashxis   didaktik jarayon kechadigan  barcha sharoitlarni  oydinlashtirish,
uning   natijalarini   belgilashdir.   Unda   o‘quvchilarning
imkoniyatlari,   ularning   faoliyatlari   va   xulqlari,
motivlari,   talab   va   layoqatlari,   qiziqish   va
qobiliyatlari,   bilimdonlik   darajasi,   o‘quv
materialining   xususiyati,   uning   amaliy   ahamiyati,   dars
tuzilishi, yangi  axborotni o‘zlashtirish,  mustahkamlash
va   tizimlashtirish,   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini
nazorat   qilish   hamda   tuzatish   kabi   holatlar   namoyon
bo‘ladi. 
Bashoratlash   bo‘lajak   darsni   tashkil   etilishining
turli   varianlarini   baholash   va   ulardan   qabul   qilingan
mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish. 
Loyihalashtirish   (rejalashtirish )   o‘quvchilarning
o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib,
u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Loyiha   (boshqarish   dasturi)   qisqa   va   aniq,   erkin
tuzilgan,   pedagog   o‘zi   uchun   boshqarish   jarayoni   muhim
vaziyatlari   (kimdan   va   qachon   so‘rash,   qaerda   mavzuni
kiritish, mashg‘ulot keyingi   bosqichiga qanday o‘tish,
oldindan   ko‘zda   tutilmagan   qiyinchiliklar   yuzaga
kelganida   jarayonni   qaysi   sxema   bo‘yicha   qayta
o‘zgartirish)ni   belgilab   olishga   imkon   beruvchi
hujjatdir.   Boshqarish   dasturi   darsning   an’anaviy
rejasidan   boshqarish   ta’sir   ko‘rsatishlarini   aniq   va
tushunarli belgilab olish bilan farq qiladi.
Ta’limning   yordamchi   shakllari    .     Ta’limning
yordamchi   shakllari:   to‘garak,   praktikum,   seminar,
konferensiya,   maslahat   (konsultatsiya),   fakultativ
mashg‘ulot,   o‘quv   ekskursiyalari,   o‘quvchilarning
mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi.  Maktabdan   tashqari   mashg‘ulotlarning   asosiy   va
barqaror   turlariga   o‘qish   jarayonining   tarkibiy   qismi
sifatida   qaraladigan,   o‘quvchilarning   mustaqil   uy
ishlari   kiradi.   Uning   asosiy   maqsadi   –   darsda
o‘zlashtirilgan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini
kengaytirish,   chuqurlashtirish,   ularni   esdan
chiqarishning   oldini   olish,   o‘quvchilarning   individual
layoqati,   iste’dod   va   qobiliyatini   rivojlantirishdan
iborat.   Bu   ishlar   o‘quv   dasturi   talablari,
o‘quvchilarning qiziqish   va ehtiyojlari hamda ularning
rivojlanish   darajalarini   hisobga   olib   quriladi.
O‘quvchilarning   mustaqil   uy   ishlari     ma’lum   didaktik
vazifa larni bajaradi.  CHunonchi,   darsda o‘zlashtirilgan
bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   mustahkamlash,   sinfda
ishlab   chiqilgan   o‘quv   materialini   kengaytirish   va
chuqurlashtirish,   mashqlarni   mustaqil   bajarish
ko‘nikmalarini   shakllantirish,   dasturli   material
doirasiga   kiruvchi   hajmda   individual   topshiriqlarni
bajarish   asosida   mustaqil   fikrlashini   rivojlantirish,
individual   kuzatishlar,   tajribalar,   gerbariy,   tabiiy
namunalar,   otkritkalar,   rasmlar,   gazeta   va   jurnal
lavhalari     statistik   ma’lumotlar   kabi   o‘quv
qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash va boshqalar.
Darslarda   pedagogning   o‘quvchilar   tomonidan   uy
vazifalarining   halol   bajarishlariga   kam   e’tibor
berayotganliklari,   ularni   sinfda   tekshirishga
uninmasliklari,    yaxshi o‘zlashtirayotgan  o‘quvchilarni
rag‘batlantirib   bormasliklari   ta’lim   amaliyotda   keng
tarqalgan   kamchilik     hisoblanadi.   Uy   vazifalarini
tushuntirib   berishga   ko‘pincha   vaqt   etmaydi,   ular
shoshilinch   beriladi.   Pedagoglar   kamdan-kam   hollarda, o‘quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan
qiyinchiliklarini   ko‘rsatib   beradilar,   ularni   bartaraf
etish   yo‘lini   esa   ko‘rsatmaydilar.   Natijasida   mustaqil
uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib qoldi. 
Fan   to‘garaklari   yo‘nalishi,   mazmuni,   ish   metodi,
o‘qish   vaqti   va   boshqa   jihatlari   bilan   ajralib   turadi.
Ular   o‘quvchilarning   qiziqish   va   qobiliyatlarini
rivojlantirish,   o‘qishga   ijobiy   munosabatni
shakllantirishga   yordam   beradi..   To‘garaklar   o‘qishni
hayot   bilan   aloqasini   kuchaytiradi,   fanlararo
bog‘liqlikni     rivojlantiradi.   Fan   to‘garaklarida
o‘quvchilarning   ishlari   o‘quv   jarayonini
faollashtiradi,   o‘qish   sifatini   oshirishga   yordam
beradi.
Ta’limning yordamchi shakllariga   ekskursiyalar   ham
kiradi.   Ular   ommaviy ,   guruhli   va   kichik   guruhli
bo‘lishi   mumkin.   O‘quv   ekskursiyalari   alohida   fanlar
hamda   bir   qancha   fanlar   bo‘yicha   ham   rejalashtiriladi.
Ekskursiyani   muvaffaqiyatli   o‘tkazish   uchun   o‘qituvchi
unga   puxta   tayyorlanishi:   ob’ekt   va   mashrut   bilan
oldindan   tanishib   chiqishi,   to‘la   rejani   ishlab
chiqishi,   o‘quvchilarni   bo‘lajak   topshiriqlarni
bajarishga   jalb   eta   olishi   kerak.   Ekskursiya   rejasida
mavzu   va   maqsad,   ob’ekt,   u   bilan   tanishish   tartibi,
o‘quvchilar   idrok     etish   faoliyatlarini   tashkil   etish,
topshiriqni   bajarish   uchun   zarur   bo‘lgan   vositalar   va
uskunalar,   yakun   yasash   ko‘rsatiladi.   Ekskursiyani
o‘tkazish   metodikasi   mavzu,   didaktik   maqsad,
o‘quvchilarning   yoshi,   ularning   rivojlanishi   hamda
ekskursiya ob’ektiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktab   o‘quv   rejasi   turli   fakultativ   va   tanlovi bo‘yicha   kurslarni   tashkil   etishni   ko‘zda   tutadi.   Ular
o‘quvchilar,   ularning   ota-onalari   istak   va
qiziqishlarini   hisobga   olish   bilan   ishlab   chiqiladi.
Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika,
elektronika,   polimerlar   ximiyasi,   astrofizika,
psixologiya,   etika,   antik   tarix,   botanika   ba’zi
sohalari,   ikkinchi   chet   tili,   etnografiya,
stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi
kurslarni   fakultativ   sifatida   o‘rganiladi.   Fakultativ
va   fanlarni   ro‘yxatini   aniqlashda   faqat   o‘quvchilar
istaklari   emas,   balki   ijtimoiy   talablar   va   maktab
imkoniyatidan   kelib   chiqiladi.   Fakultativ   va   tanlovi
bo‘yicha   mashg‘ulotlar   majburiy   va   umumiy   o‘rta   ta’lim
fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi kerak.
Maslahat   (konsultatsiya   -   o‘quv   suhbati) ga
talablar   ko‘pincha   o‘quvchilarning   ma’lum   o‘quv
materiali   yoki   topshirig‘i   ustida   mustaqil   ishlashi
sababli   yuzaga   keladi.   Bunda   ko‘proq   o‘quvchi   savol
beradi.   To‘g‘ri   tashkil   etilgan   konsultatsiya
o‘quvchilarga   o‘quv   materialini   egallashda
qiyinchiliklarni   engishga   yordam   beradi.   Konsultatsiya
davomida     o‘qituvchi   o‘quvchilar   faoliyatini   u   yoki   bu
masalani   to‘g‘ri   tushunishga   mustaqil   keladigan,   ular
uchun   qiyin   topshiriqni   tushunib   oladigan   qilib,
o‘rganilayotgan   materialni   mohiyatini   ochishga
o‘rganadigan   qilib   yo‘naltiradi.   Konsultatsiya
o‘qituvchiga   o‘quvchilar   bilimlaridagi   kamchiliklarni
aniqlash,   alohida   e’tibor   berishni   talab   etuvchi
vaziyatlarga   ularning   diqqatini   jalb   etishga   imkon
beradi.   To‘g‘ri   tashkil   etilgan   konsultatsiya
o‘quvchilarda   o‘zini   nazorat   qilish,   bilimlarga tanqidiy   ko‘z   bilan   qarashni   tarbiyalaydi.
O‘qimishlilik   darajasini   to‘g‘ri   aniqlashga   yordam
beradi. 
Oliy ta’lim tizimida ta’limning qanday tashkiliy shakllari qo’llanilmoqda?
Uzluksiz   ta’limning   hamma   bosqichlarida   ta’limning
o’ziga   xos   tashkiliy   shakllari   mavjud.   Jumladan:   ikki
bosqichli   oliy   ta’lim   tizimida   o’ziga   xos   ta’lim
shakllari   mavjud.   Bularga:   ma’ruzalar,   seminar   va
amaliy mashg’ulotlar,   kafedra o’qituvchilarining ochiq
ma’ruzalarida qatnashish, ma’ruza matnini tayyorlash va
muhokama   qilish,   o’quv   kurslari   bo’yicha   dasturlar
tayyorlash ishlari kabilar kiradi.
Oliy   ta’lim   tizimida   ma’ruza   o’quv   jarayonining   ham
usuli,   ham   shakli   hisoblanib,   u   talabalarga   fan
asoslarini   og’zaki,   uzviy   va   muntazam   singdirishga
xizmat   qiladi.   Ma’ruza   tufayli   talaba   shu   fanning
mohiyatini   tushunib   boradi   hamda   ularni   erkin
fikrlashga,   fan   ustida   o’ylashga   majbur   etadi.   Shu
sababli   ma’ruza   ilmiy   tafakkurni   rivojlantirishning
o’ziga xos maktabiga aylanadi.
Ma’ruzani   shunday   o’qish   lozimki,   uning   ta’sirida
talabalarda   shu   fanga,   uning   vazifa   va   kelajagiga
nisbatan   turli   qarashlar,   ilmiy   e’tiqod,   g’oya   va
milliy   mafkura   asoslari   shakllansin.   Buning   uchun
o’qituvchi   har   bir   ma’ruzaning   mazmunini,   fandagi
yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim.
Ma’ruza   ijobiy   hamkorlikka   tayanib   tashkil
qilingandagina   samarali   natija   beradi.   Buning   uchun
ma’ruza   jarayonida   ham   ta’limiy   ham   tarbiyaviy
vazifalarni samarali amalga oshirish yo’llaridan biri - o’qituvchilar   bilan   talabalar   o’rtasidagi   do’stona,
faol munosabatlarni tiklab olishdan iborat.
Bundan tashqari dars va ma’ruzaning samarali natijasi
o’quvchi   talabalarning   o’quv   jarayonidagi   ruhiy
holatlarini   qay   darajada   hisobga   olinishiga   ham
bog’liq.   Shunday   ekan   ta’limni   samarali   tashkil   etish,
uning   dars,   ma’ruza   va     boshqa   shakllaridan   o’qitish
jarayonida   foydalanishlari   uchun   shubhasiz,
o’qituvchining   pedagogik   mahorati,   pedagogik
madaniyati,   o’z   fanini   puxta   bilishligi   va   o’quvchi   -
talabalar   bilan   umumiy   til   topa   olishlari   g’oyat   katta
ahamiyatga egadir.
T a’limni   tashkil   etishning   zamonaviy   (noan’anaviy)
shakllari   zarurati   nimada?     Uning   qanday   shakllari
qo’llanilmoqda?
Mustaqil O’zbekistonimizda «Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi»ni   amalga   oshirishda   ta’lim   tizimiga   yangi
pedagogik   texnologiyalarni   tatbiq   etish   bilan   bog’liq
ishlar   qilinmoqda.   T a’limni   KVN,   munozara,   disput,
konferensiya,   mushoira,   sud   o’yinlari   va   boshqa
shakllarda   tashkil   etishga   harakat   qilinmoqda.
O’quvchilar     faolligini   oshiruvchi   turli   interfaol
usullar   keng   qo’llanilmoqda.   Bularga   misol     tariqasida
Sinkveyn,   Klaster,   Aqliy   hujum,   T -Chizma,   Insert
jadvali,   B-B-B   jadvali,   Venn   diagrammasi,   Konseptual
jadval,   Semantik   xususiyatlar   tahlili   va   boshqalarni
keltirish mumkin.
An’anaviy    metodlarning   afzalliklari:
- ma’lum   ko’nikmalarga   ega   bo’lgan   va   aniq   ma’lum
tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali. - O’qituvchi   tomonidan   o’qitish   jarayonini   va   o’qitish
muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.
- Vaqtdan unumli foydalanish.
- Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish.
   Kamchiliklari:
- O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.
-   O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun
motivatsiyani vujudga keltirmaydi.
- O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha
olmaydi.
- Eslab   qolish   darajasi   hamma   o’quvchilarda   bir   xil
bulmaganligi   sababali,   sinf   bo’yicha   o’zlashtirish
darajasi past bulib kolishi mumkin.
- Mustaqil   o’rganish   va   yechimlar   qabul   qilish   uchun
sharoitlar yaratilmaydi.
Noan’anaviy  o’qitish  metodlarining afzalliklari:
- O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi.
- O’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.
- Tushunchalarni   amaliyotda   qo’llash   uchun   sharoitlar
yaratilishi.
- O’qitish   usullarining     turli   xil   ko’rinishlari   taklif
etilishi.
- Motivatsiyani yuqori darajada bo’lishi.
- O’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
- Muloqatga kirishish ko’nikmasining takomillashishi.
- O’z-o’zini baholashning o’sishi.
- O’quvchilarning   predmetning   mazmuniga,   o’qitish
jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati. - Mustaqil   fikrlay   oladigan   o’quvchining   shakllanishiga
yordam berishi.
- Tanqidiy   va   mantiqiy   fikrlashni   rivojlantirishi .
- Muammolar  yechish ko’nikmalarining shakllanishi.
Kamchiliklari:
- Ko’p vaqt talab etilishi.
- O’quvchilarni   har   doim   ham   keraklicha   nazorat   qilish
imkoniyatining pastligi.
- Juda   murakkab   mazmundagi   material   o ’ rganilayotganda   ham
o ’ qituvchi   rolining   past   bo ’ lishi .
- « Kuchsiz »   o ’ quvchilar   bo ’ lganligi   sababali   « kuchli »
o ’ quvchilarning   ham   past   baho   olishi .
- O ’ qituvchining   o ’ zi   ham   yaxshi   rivojlangan   fikrlash
qobiliyatiga   va   muammolar   yechish   ko ’ nikmalariga   ega
bulishining   talab   etilishi   
Ko
’ p     yillar   davomida   an ’ anaviy   dars   o ’ tish
ta ’ limning   asosiy   shakllaridan   biri   bo ’ lib   keldi .
An ’ anaviy   dars -   muayyan   muddatga   mo ’ ljallangan ,   ta ’ lim
jarayoni   ko ’ prok   o ’ qituvchi   shaxsiga   qaratilgan ,
mavzuga   kirish ,   yoritish ,   mustahkamlash   va   yakunlash
bosqichlaridan    iborat   ta ’ lim   modelidir . 
Ma ’ lumki ,   an ’ anaviy   darsda   ta ’ lim   jarayonining
markazida   o ’ qituvchi   turadi .
An ’ anaviy     dars   o ’ tish   modelida   ko ’ prok   ma ’ ruza ,   savol - javob ,   amaliy
mashq   kabi   metodlardan   foydalaniladi . 
Shu   sabab ,   bu   xollarda   an ’ anaviy   dars   samaradorligi   ancha   past   bo ’ lib ,
o ’ quvchilar   ta ’ lim   jarayonining   passiv   ishtirokchilariga   aylanib   qoladilar .
An ’ anaviy   dars   shaklini   saqlab   qolgan   holda ,   unga   turli -   tuman   o ’ quvchilar
faolligini   oshiradigan   metodlar   bilan   boyitib   borilsa ,   o ’ quvchilar   o ’ zlashtirish darajasini   ko ’ tarilishiga   olib   keladi .
Buning   uchun   daras   jarayoni   oqilona   tashkil   qilinishi ,   o ’ qituvchi   tomonidan
o ’ quvchilarning   qiziqishini   orttirib ,   ularning   ta ’ lim   jarayonida   faolligi     muttasil
rag ’ batlantirilib   turilishi ,   o ’ quv   materialini     kichik - kichik   bo ’ laklarga   bo ’ lib ,
ularning   mazmunini   ochishda   baxs ,   munozara ,     aqliy   hujum ,   kichik
guruhlarda   ishlash ,   tadqiqot   rolli   o ’ yinlar   metodlarini   qo ’ llash ,   rang - barang
qiziqtiruvchi   misollarning   keltirilishi ,   o ’ quvchilarni   amaliy   mashqlarni   mustaqil
bajarishga   undash ,   rang - barang   baholash   usullaridan   foydalanish ,   ta ’ lim
vositalaridan   urinli   foydalanish   talab   etiladi .
Ta’limning  an’anaviy
shakli Ta’limning
noan’anaviy
shakli
Afzallig
i Kamchili
gi Afzalli
gi Kamchiligi
                     
Ta’lim   olganlikni   tashxis   etishning   mohiyati .
Tashxisning mohiyati haqida gapirishdan oldin tashxisni
umumiy   yondashuv   hamda   tashxislashni   amaliy   pedagogik
faoliyat   jarayoni   sifatida   farqlab   olaylik.   Tashxis   –
bu   didaktik   jarayon   kechadigan   barcha   sharoitlarni
oydinlashtirish,   uning   natijalarini   belgilash   demak.
Tashxissiz   didaktik   jarayonni   samarali   boshqarish,
mavjud   sharoit   uchun   optimal   natijalarga   erishish
mumkin emas.
Ta’lim   olganlikni   tashxislash   orqali   erishilgan
natijalar   va   ta’lim   olganlik   ajratib   olinadi.
SHuningdek,   ta’lim   olganlik   tashxislash   vaqtida
belgilangan   maqsadni   amalga   oshirish   darajasi   sifatida ham   qaraladi.   Didaktik   tashxislashning   maqsadi   o‘o‘quv
jarayonida   kechadigan   barcha   jihatlarni   uning   mahsuli
bilan   bog‘liq   holda,   o‘z   vaqtida   aniqlash,   baholash   va
tahlil qilishdan iborat.
Yuqoridagilardan   ma’lum   bo‘ladiki,   tashxis   ta’lim
oluvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini
an’anaviy   tekshirishga   nisbatan   kengroq   va   chuqurroq
ma’no   kasb   etadi.   Ta’limni   baholash   yoki   tekshirish
faqat   natijalarni   qayd   etadi,   biroq   ularning   kelib
chiqishini   izohlamaydi.   Tashxis   natijalarni   ularga
erishish   yo‘llari   va   vositalari,   usullari   bilan
aloqadorlikda baholaydi,  ta’lim mahsulining  shakllanish
jarayonlari   va   bosqichlarni   aniqlaydi.Tashxislash
nazorat,   tekshirish,   baholash,   statistik   ma’lumotlar
to‘plash,   ularni   tahlil   qilish,   dinamika,
tendensiyalarni aniqlash,  voqealarning keyingi  rivojini
taxminlashni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini
nazorat   qilish,   baholash   tashxislashning   zaruriy
tarkibiy   qismlari   sanaladi.   Ular   pedagogik
texnologiyaning   ancha   qadimiy   usullaridir.   Nazorat   va
baholash   maktab   amaliyoti   rivojining   doimiy   hamroxi
bo‘lib   kelgan.   SHunga   qaramay,   bugun   ham   baholashning
mazmuni,   texnologiyalari   haqida   qizg‘in   munozaralar
davom   etmoqda.   Avval   bo‘lgani   kabi   pedagoglar   baho
nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar.
Ular   baho   nimani   ko‘rsatishi   lozimligi:   ta’lim   oluvchi
o‘zlashtirishning   qat’iy   belgilovchisi     sifat
ko‘rsatkichi   bo‘lishi   kerakmi,   yo   aksincha,   u   yoki   bu
ta’lim   tizimining   ustunligi   va   kamchiliklarining
ko‘rsatkichi bo‘lishi kerakmi degan masalada bahslashib kelmoqda. 
Ta’limni   baholashda   ziddiyatli   qarashlarning   tug‘ilishini   buyuk   pedagog
YA.A.Komenskiy   ham   ta’kidlab   o‘tgan   edi.   U   pedagoglarni   o‘zlari   ega   bo‘lgan
baholash   huquqidan   aql   bilan   foydalanishga   chaqirgan.   Ta’lim   oluvchilarga
nisbatan   nazoratning   ob’ektiv   bo‘lishiga   erishish   didaktik   tizimlarning   asosida
yotadi.
Olimlarning   ta’kidlashicha,   demokratlashgan   ta’lim   tizimida   yuzaki
(formal)   nazorat   bo‘lmasligi   lozim .   Didaktik   nazorat   o‘qitishning   o‘ziga   xos
metodi   sifatida   aniq   ifodalangan   ta’lim   beruvchi,   rivojlantiruvchi   yo‘nalganlikga
ega   bo‘lishi,   o‘z-o‘zini   nazorat   qilish   bilan   birlashishi,   eng   avvalo,   ta’lim
oluvchining o‘zi uchun zarur va foydali bo‘lishi lozim.
Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat
va   baholashdan   emas,   balki   baho   yordamida   o‘qishga   undashning   eskirgan
shakllaridan   voz   kechishni   talab   qiladi.   O‘quvchilarning   o‘quv   mehnatini
rag‘batlantirishning yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to‘plab
borayotgan   shaxsiy   foyda     tamoyili   yangicha   yondashuvlarni   belgilab   beradi.
Tashxislash   tizimida   baho   rag‘batlantirish   vositasi   sifatida   bir   qator   afzalliklarga
ega   bo‘ladi.   Birinchi   navbatda,   baholovchi   fikrlar   (ballar)   qo‘llanishi   mumkin
bo‘lgan   tashxislash   natijalari   shaxsning   o‘z   darajasini   belgilashga   ko‘maklashadi,
bu   esa   raqobatli   ta’lim   sharoitlarini   yaratishda   muhim   omil   sanaladi.   Ta’lim
(shuningdek,   nazorat)ning   ixtiyoriyligi   tamoyili   bilan   boyitilgan   baho   o‘tmishda
ko‘plab o‘quvchilar uchun majburiy ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting
– insonning jamiyatdagi mavqei ko‘rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari . Ta’lim
jarayonining   muhim   tarkibiy   qismlaridan   biri   -   nazorat   va   hisobga   olishdir.   Bu
tushunchalar   o‘ziga   xos   mohiyat   va   xususiyatlarga   ega.   O‘qituvchi   nazorat   va
hisobga   olishni   to‘g‘ri   tashkil   etsa,   ta’lim   jarayonining   samaradorligi   ortadi.
Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini
aniqlab borishi lozim.
Nazorat   (ta’lim   jarayonida)   ta’lim   oluvchining   bilim,   ko‘nikma   va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash
va o‘lchash esa  tekshirish  deb ataladi. 
Tekshirish   –   nazoratning   tarkibiy   qismi   bo‘lib,   uning   asosiy   didaktik
vazifasi   o‘qituvchi   va   o‘quvchilar   o‘rtasida   aks   aloqani   ta’minlash,   pedagog
tomonidan o‘quv materialini  o‘zlashtirish  haqida ob’ektiv axborot  olinishi  xamda
bilimlardagi   kamchilik   va   nuqsonlarni   o‘z   vaqtida   aniqlashdir.   Tekshirishning
maqsadi   nafaqat   o‘quvchining   bilim   darajasi,   sifati,   balki   uning   o‘quv   mehnati
hajmini ham aniqlashdan iborat.
O‘quvchilarning   bilim   va   malakalarini   tekshirish   quyida   ko‘rsatilgan
mantiqiy ketma-ketlikda  olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi  birinchi bo‘g‘in  ta’lim oluvchilarning bilim darajasini
oldindan   aniqlash   hisoblanadi.   Odatda,   u   o‘quv   yili   boshida   o‘quvchilar
tomonidan   avvalgi   o‘quv   yilida   o‘zlashtirilgan   bilimlari   darajasini   aniqlash
maqsadida   o‘tkaziladi.   Bu   kabi   tekshirish,   shuningdek,   o‘quv   yilining   o‘rtasida
yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli
bo‘ladi.
Bilimlarni   tekshirishning   ikkinchi   bo‘g‘ini   h ar   bir   mavzuni   o‘zlashtirish
jarayonidagi   joriy   tekshirishdir .   Joriy   tekshirish   ta’lim   oluvchilar   tomonidan
o‘quv   dasturida   belgilangan   ayrim   alohida   elementlarni   o‘zlashtirish   darajasini
tashxislash   imkonini   beradi.   Mazkur   tekshirishning   asosiy   vazifasi   o‘rgatishdir.
Bunday   tekshirishning   shakl   va   metodlari   turlicha   bo‘lib,   ular   o‘quv   materiali
mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va
maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Takroriy tekshirish  bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning  uchinchi
bo‘g‘ini   sanalib,   joriy   tekshirish   kabi   mavzuli   bo‘lishi   mumkin.   YAngi   mavzuni
o‘rganish   bilan   birga   o‘quvchilar   avval   o‘rganilganlarni   takrorlaydilar.   Takroriy
tekshirish   bilimlarni   mustahkamlashga   ko‘maklashadi,   biroq   o‘quv   ishlari
bosqichini tavsiflash, bilimlarni o‘zlashtirish mus-tahkamligi darajasini tashxislash
imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan
birga qo‘llanilsagina kutilgan samarani beradi. Tizimning   to‘rtinchi   bo‘g‘ini   o‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini   yaxlit   bo‘lim   yoki   kursning   alohida   mavzusi   bo‘yicha   davriy
tekshirish h isoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida
o‘rganilgan   o‘quv   materialining   strukturaviy   elementlari   o‘rtasidagi   o‘zaro
aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi –
tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda   beshinchi bo‘g‘in   ta’lim oluvchilarning, ta’lim
jarayonining   barcha   bosqichlarida   egallangan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini
yakuniy tekshirish va hisobga olishdir . O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir
chorak   va   o‘quv   yili   oxirida   o‘tkaziladi.   U   olingan   baholarni   qo‘shib,   o‘rtacha
arifmetik   ballni   mexanik   tarzda   chiqarishdangina   iborat   bo‘lmasligi   lozim.   Bu,
avvalo,   mazkur   bosqichda   belgilangan   maqsadga   muvofiq  tarzda   amaldagi   ta’lim
olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir.
Tekshirishdan   tashqari   nazorat   o‘z   ichiga   baholashni   (jarayon   sifatida)   va
bahoni   (natija   sifatida)   ham   oladi.   Baholash   deb   bilim,  ko‘nikma  va   malakalarni
o‘quv   dasturida   ko‘rsatilgan   etalon   (ko‘rstakich,   qolip,   o‘lchagich)lar   bilan
solishtirishni   aytamiz.   Baho   deb   baholashning   ball   shaklida   ko‘rsatilgan   son
jihatdan   o‘lchamiga   aytiladi.   O‘zlashtirish   tabellari,   sinf,   guruh   jurnallari,   reyting
daftarchalari   va   shu   kabilarda   baholar   shartli   belgilar,   kod   signallari,   xotiralash
belgilari   va   xokazolar   baho   ko‘rinishida   qayd   etiladi.   O‘quvchining   o‘zlashtirish
darajasini   baholash   uchun   nazorat   yakunlari   (natijalari)   asos   bo‘ladi.   Bunda
o‘quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor
ko‘rsatkichlari ko‘proq ballar yoki foizlarda, sifat ko‘rsatkichlari esa a’lo, yaxshi,
qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. ¥ar bir baholovchi
fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, ko‘rsatkich (masalan, o‘rin – 1, 2, 3,
4   va   xokazo)   tayinlanadi.   Bunda   baho   o‘lchash   va   hisoblashlar   natijasida
olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik
muhim. Baholarni son sifatida qo‘llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir
qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va xokazo) ifodaga ega.  
Bahoni amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar umumiy
hajmi   o‘rtasidagi   nisbat   sifatida   tushunish   (ta’riflash)dan   ta’lim   darajasining
miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi
B-AT*100% nisbat asosida hi-soblanadi. Bunda: 
B – O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T– o‘zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to‘liq hajmi.
Ko‘rinib   turibdiki,   o‘zlashtirish   ko‘rsatkichi   (baho)   bu   o‘rinda   100%   –
axborotni   to‘liq   o‘zlashtirish   va   0%   –   uning   umuman   mavjud   emasligi   o‘rtasida
bo‘ladi.   Ma’lumki,   baholash   funksiyasi   ta’lim   darajasini   qayd   etish   bilangina
cheklanmaydi.   Baho   –   pedagog   ixtiyoridagi   o‘qishni,   ijobiy   motivatsiyani
rag‘batlantirishning va shaxsga ta’sir ko‘rsatishning yagona   vositasi. Aynan xolis
(ob’ektiv)   baholash   ta’sirida,   o‘quvchilarda   adekvat   o‘z-o‘zini   baholash,   shaxsiy
muvaffaqiyatlarga   tanqidiy   munosabat   yuzaga   keladi.   SHu   bois   bahoning
ahamiyati,   vazifalarining   xilma-xilligi   o‘quvchilar   o‘quv   faoliyatining   barcha
jihatlarini   aks   ettiradigan   va   ularni   aniqlashni   ta’-minlaydigan   ko‘rsatkichlarni
izlab topishni talab etadi.
O‘qituvchi   o‘qitish   bilan   bir   vaqtda   o‘quvchilarning   o‘rganilayotgan
mavzuni   qanday   qilib   idrok   etishini,     esda   saqlashga   harakat   qilishini     va   uni
amalda qo‘llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. ¥ isobga olish
–   bu   o‘qitishning   muayyan   bir   davrida   o‘quvchilar   va   o‘qituvchi   faoliyatini
umumlashtirib xulosalash.
¥isobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘zlarining keyingi
bajaradigan   ishlarining   shaklini   va   mazmunini   belgilaydi.   O‘zlashtirishni   hisobga
olish   o‘quvchilarning   bilish   faoliyatini   rag‘batlantirib,   ma’lum   bir   harakatlarni
bajarish   uchun   uning   irodasini     tarbiyalaydi.   SHuningdek,   o‘zlashtirishni   hisobga
olish   o‘qituvchining   faoliyatini   ham   tashkil   etadi.   O‘qitish   metodlari   va
shakllarining   tabora   takomillashuvi   natijasida   baho   o‘qituvchining   pedagogik
mahorati   ko‘rsatkichiga   aylanmoqda   va   o‘qituvchining   o‘z   malakasini   oshirib
borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. To‘g‘ri   tashkil   etilgan   hisobga   olish   natijasida   o‘qituvchi   o‘quvchilarning
o‘zlashtirishini   aniq   baholay   oladi,   ularning   o‘z   bilimlarini   takomillashtirishga
intilishini yuzaga keltiradi, aqliy va ahloqiy rivojlanishiga ta’sir etadi.  
O‘quvchilarning   o‘zlashtirish   natijalarini   hisobga   olishda   quyidagilarga
e’tiborni qaratish lozim:
                       1) O‘quv dasturi asosida mavzu va bo‘limni o‘rganishda o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
           2) ¥ar bir yakunlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati to‘g‘risida
to‘liq xulosa chiqarish;
                      3)   O‘rtacha   arifmetik   ma’lumotlarga   tayanibgina   o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajasini baholamaslik;
                    4)   O‘quvchilarning   mavjud   bilimlariga   aniq,   batafsil   ma’lumot   (tavsif)
berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga
asoslanib tahlil etish. 
Demak,   o‘zlashtirishni   nazorat   qilish   va   hisobga   olish   nazorat,   o‘qitish,
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Nazorat   qilish   vazifasi   o‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalari
darajasini   aniqlash   va   baholashdan   iborat.   Bu   o‘quv   materiallarini   o‘rganishning
keyingi   bosqichiga   o‘tish   imkoniyatlarini   aniqlashtiradi   hamda   o‘qituvchining
o‘quv   metodlarini   va   usullarini   to‘g‘ri   tanlaganini   nazorat   qiladi.   Nazorat   qilish
vazifasi   o‘quv   materiallarini   o‘rganishning   maqbul   yo‘llarini   topish   bilan
bog‘liqdir.
O‘qitish   vazifasi   o‘quvchilarning   bilimini   tekshirishda   aniq   ko‘rinadi.
YAngi   mavzuni   mustahkamlash   jarayonida   yoki   uy   vazifalarini   tekshirishda
o‘quvchilarning   o‘tilgan   mavzuni   takrorlashga,   ular   uchun   tushunarsiz   bo‘lgan
ma’lumotlarni   bilib   olishlariga   imkon   tug‘iladi.   CHunki   guruhdagi   boshqa
o‘quvchilar   javob   berayotgan   o‘quvchining   fikrlarini   diqqat   bilan   tinglashadi   va
avval   egallangan   bilimlarni   mustahkamlab,   qo‘shimcha   ma’lu-motlar   bilan
boyitishadi. O‘rtoqlarining javoblariga qo‘shimcha qilishga yoki echilmay qolgan
savollarga   javob   berishga   shaylanish   orqali   o‘rganilgan   mavzuni   aniqlashtirishga harakat qiladi.
Nazoratning  tarbiyalash vazifasi  shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga
tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli
foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar.
SHuningdek,   tekshirish   va   baholash   o‘quvchining   o‘z   bilimlari   va
qobiliyatlarini   o‘zi   mustaqil   aniqlashiga   ham   yordam   beradi.   O‘zidagi
kamchiliklarni   ko‘ra   olishga   va   uni   tugatish   yo‘llarini   izlashga   ko‘maklashadi.
Lekin   o‘quvchining   bilimini   baholashda   o‘qituvchi   nohaqlikka   yo‘l   qo‘ysa,
o‘quvchi   bilan   o‘qituvchi   o‘rtasida   ziddiyat   kelib   chiqadi.   Uy   vazifalarining   esa
haddan   ziyod   ko‘p   bo‘lishi   ham   o‘quvchilarning   yuzaki   dars   tayyorlashiga   olib
keladi.
Eng   asosiysi,   o‘zlashtirishni   hisobga   olish,   shaxsning   ijobiy   fazilatlarini
shakllantirish,   yaxshi   o‘qishga   xohish   uyg‘otish,   o‘quv   ishlariga   vijdonan
yondashish,   javob   berishga   tayyorlanishda   mustaqil   bo‘lish   hamda   bilish
faoliyatini chuqurlashtirishga qaratilmog‘i lozim.
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa,
shaxsning   tafakkurini   rivojlantirishga,   xis-tuyg‘ulari   va   axloqiy   sifatlarini
tarbiyalashga   imkon   tug‘iladi.   Bu   esa   o‘z-o‘zidan   nazoratning   rivojlantiruvchi
vazifasi  sanaladi.
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari .
Pedagogikada   o‘quvchilarning   ta’lim   olganligini   tashxislash   va   nazorat   qilish
tamoyillarining   tizimi   ishlab   chiqilgan.   Ulardan   eng   muhimlari   xolislik
(ob’ektivlik),   tizimlilik   (sistemalilik),   ko‘rgazmalilik   (oshkoralik)   sanaladi.
Xolislik   (ob’ektivlik)   tashxis   testlari   (topshiriqlari,   savollari),   tashxis   jarayoni
mazmunining   ilmiy   asoslanganligi,   pedagogning   barcha   ta’lim   oluvchilarga
do‘stona   munosabati   hamda   bilim,   malakalarni   baholashning   aniq   ko‘rinishda
belgilangan   mezonlaridan   iborat.   Amalda   tashxisning   xolisligi   qo‘yilgan   baholar
nazorat   metodlari   va   vositalaridan,   tashxis   o‘tkazgan   o‘qituvchidan   qat’iy   nazar
xamma vaqt mos kelishini anglatadi.
Tizimlilik   (sistemalilik)   tamoyilining   talabi   shundan   iboratki,   tashxislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang‘ich idrok
etishdan   to   amalda   qo‘llashgacha   bo‘lgan   bosqichlarida   olib   borish
kerak.Tizimlilik   barcha   ta’lim   oluvchilar   o‘quv   muassasida   bo‘lgan   birinchi
kundan   boshlab   oxirigacha   muntazam   tashxisga   jalb   etilishini   anglatadi.   Ta’lim
oluvchining   bilimi   va   egallashi   lozim   bo‘lgan   barcha   ji-hatlarni   ishonchli
tekshirish   uchun   ta’lim   nazoratini   tez-tez   o‘tkazish   kerak.   Tizimlilik   tamoyili
tashxis o‘tkazishga bir butun yondashuvni talab etadi-ki, bunda nazorat, tekshirish,
baholashning   turli   shakllari,   metodlari,   vositalari     uzviy   o‘zaro   bog‘liqlikda   va
birlikda   qo‘llaniladi,   bir   maqsadga   xizmat   qiladi.   Bu   kabi   yondashuv   tashxisning
ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik)   tamoyili  avvalo barcha ta’lim  oluvchilarni  aynan bir
xil   mezonlar   bo‘yicha   ochiq   sinovdan   o‘tkazishni   anglatadi.   Tashxis   jarayonida
belgilanadigan   har   bir   o‘quvchi   reytingi   ko‘rgazmali,   qiyosiy   xarakterga   ega.
Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab
etadi.   Baho   mo‘ljal   (orientir)   bo‘lib,   ta’lim   oluvchilar   unga   muvofiq   o‘zlariga
qo‘yiladigan   talablar   va   pedagogning   xolisligi   haqida   fikr   yuritadi.   Tamoyilni
amalga   oshirishning   zarur   sharti   tashxislash   natijalarini   e’lon   qilish,   ularni
manfaatdor   shaxslar   ishtirokida   muhokama   va   tahlil   qilish,   nuqsonlarni
tugatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi.
O‘quvchilarning   o‘quv   faoliyatini   nazorat   qilish   turlari,   shakl   va
metodlari.   Hozirgi   davr   pedagogik   amaliyotida   o‘quvchilar   o‘quv   faoliyatini
nazorat qilishning qo‘yidagi  turlaridan  foydalaniladi:
- joriy nazorat;
- oraliq nazorat;
- yakuniy nazorat.
Joriy   nazorat   o‘qituvchi   tomonidan
o‘quvchilarning   har   bir   o‘quv   ishini   muntazam     nazorat
qilishni   hamda     ularning   o‘rganilgan   mavzularni
o‘zlashtirish   bo‘yicha   bilim,   ko‘nikma   va   malakalari
darajasini   tekshirishni   o‘z   ichiga   oladi.   Bilim darajasini   tekshirish   fanning   har   bir   mavzusi   bo‘yicha
kundalik   ballar   qo‘yib   borishni   nazarda   tutadi.   Joriy
nazorat   o‘qituvchini   har   bir   o‘quvchining   o‘quv
faoliyati   bo‘yicha   tezkor   ma’lumotlar   bilan
ta’minlaydi,   o‘qitish   jarayonini   boshqarishda   yaxshi
natija   beradi,   o‘zlashtirmagan   o‘quvchilarni   o‘z
vaqtida   aniqlaydi,   o‘zlashtirmaslikni   bartaraf   etish
bo‘yicha choralar belgilaydi.
Oraliq   nazorat   -     bu   o‘quvchilar   tomonidan   mazkur
fanning   muayyan   bob   yoki   bo‘limlarining
o‘zlashtirilganini   tekshirish.   Oraliq   nazoratni
o‘qituvchi   dars   jadvali   asosida   darsda   o‘quv
materialining   o‘ziga   xos   xususiyatini   hisobga   olgan
xolda o‘tkazadi. 
Oraliq   nazorat   o‘tkazishdan   oldin   o‘quvchilar
ogohlantiriladi.   ¥ar   bir   oraliq   tekshirish   alohida-
alohida shkala asosida baholanadi.
YAkuniy   nazorat   –   choraklik,   yarim   yillik,   yillik   va   davlat   attestatsiyasi
sinovlari singari turlarga bo‘linadi. YAkuniy nazorat og‘zaki, yozma, test   hamda
amaliy topshiriqlarni bajarish  metodlari asosida o‘tkaziladi.
Nazoratning   shakli   o‘quv   ishini   tashkil   etish   shakliga   bog‘liq   bo‘ladi.
O‘qituvchi   uni   mavzudan   kelib   chiqib   tanlaydi.   Nazoratning   asosiy   besh   shakli
mavjud: 
-   nazoratning   ommaviy   (frontal)   shakli da     o‘qituvchi   o‘quvchilarga
materialning   ma’lum   bir   hajmi   bo‘yicha   savol   beradi,   o‘quvchilar   unga     qisqa
javob qaytaradi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchini nazorat qilishni ta’minlaydi
va   butun   guruhni   faollashtiradi.   Ammo     bu   nazoratni   o‘quvchilarning   bilim
darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi.
-   nazoratning guruhli shakli da o‘quvchilarning ma’lum bir qismi nazorat
qilinadi.   O‘qituvchi   tomonidan   o‘quvchilar   guruhiga     vazifa   beriladi   va   uni   shu guruh   bajaradi.   Lekin     masalani   hal   qilishda   boshqa   o‘quvchilar   ham   qatnashishi
mumkin.   Guruh   ishlayotgan   paytda   qolgan   o‘quvchilar   bo‘sh   qolmaydi,   ular
o‘rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o‘z ustilarida ishlab o‘tiradi.
-   nazoratning individual shaklidan   har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma
va   malakasi   bilan     mukammal   tanishish   uchun   foydalaniladi.   Nazoratning   bu
shaklida,odatda  o‘quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi. 
-   nazoratning   kombinatsiyalangan   (biriktirilgan)shakli   individual
nazoratni   ommaviy   va   guruhli   shakllar   bilan   birlashtirishni   taqozo   etadi.   Bu
nazoratni   hajmi   katta   mavzularni   barcha   o‘quvchilardan   so‘rash   kerak   bo‘lgan
vaqtda   foydalanadi.   ¥ar   bir   o‘quvchiga   alohida   topshiriq   beriladi   va   bir   vaqtda
birnecha o‘quvchini tekshirish mumkin bo‘ladi.
-   O‘ z-o‘zini   nazorat   qilish   shakli   ta’lim   jarayonida   ichki   aks   aloqaning
bo‘lishini   ta’minlaydi.   Nazoratning   bu   shakli   psixologik   mezonlarga   asoslanadi.
Uning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quvchilarning   o‘quv   faoliyatini   nazorat   qilish   metodlari   quyidagilar:
og‘zaki   tekshirish,   yozma   tekshirish,   amaliy   topshiriqlarni   bajarishga
asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish .  
Og‘zaki   tekshirish.   Bu   metod   bilimlarni   nazorat   qilish   va   baholashning
ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og‘zaki   tekshirishning   mohiyati   shunda
ko‘rinadiki,   o‘qituvchi   o‘quvchilarga   o‘rganilgan
mavzuning   mazmunidan   kelib   chiqib,   savollar   beradi   va
ularni   javob   berishga   undaydi.   Ana   shu   tarzda   ularning
o‘zlashtirish   darajasini   aniqlaydi.   Og‘zaki   tekshirish
o‘quvchilarning   bilimlarini   tekshirishni   savol-javob
usuli   asosida   amalga   oshiriladi.   Ushbu   usul   ayrim
hollarda   suhbat   usuli   deb   ham   ataladi.   Og‘zaki
tekshirishda o‘qituvchi  o‘rganilayotgan mavzuni  alohida
qismlarga   ajratadi   va   ularni   har   biridan   o‘quvchilarga
savollar   beradi.   Biroq   o‘quvchilarning   nutqini o‘stirish   hamda   ularning   chuqur   va   mustahkam   bilimga
ega   bo‘lishlari   uchun   ulardan   shu   yoki   oldingi   mavzuni
butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. 
YOzma tekshirish   – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma
va   malakalarini   nazorat   qilish   va   baholashning   eng
samarali   usullaridan   biri   bo‘lib,   ular-ning   ijodiy
qobiliyatlarini   baholash   imkonini   beradi.   Mazkur
usulning   mohiyati   shundaki,   o‘qituvchi   alohida   mavzu
yoki   o‘quv   dasturining   ma’lum   bo‘limini   o‘tib
bo‘lganidan   so‘ng   oz   vaqtning   ichida   barcha
o‘quvchilarni   tekshirishi   mumkin.   YOzma   tekshirish
nazorat   ishi,   insho,   bayon,   diktant   va   b.   yordamida
olib   boriladi.   Ammo   o‘qituvi   va   o‘quvchi   o‘rtasida
bevosita   aloqaning   yo‘qligi   sababli   uning   fikrlashini
kuzatish imkoni bo‘lmaydi.
Amaliy   topshiriqlarni   bajarishga   asoslangan
tekshirish.   Bajarilayotgan   amaliy   harakatlar   (sport,
mehnat   harakatlari)ning   to‘g‘riligini   kuzatish   yoki
olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin.
Amaliy   tekshirish   tabiiy-matematik   sikldagi   fanlardan
o‘quvchilarning   o‘zlashtirishini   xisobga   olishda   keng
foydalaniladi.   Bu   usul   yordamida   o‘quvchilarning   olgan
bilimlarini   amaliyotda   qo‘llay   olish   malakasi
aniqlanadi.
Uy   vazifalarini   tekshirish .   O‘quvchilarning
o‘zlashtirishini   nazorat   qilish   uchun   ularning   uyga
berilgan     vazifalarni   bajarishini   tekshirish   katta
ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga
o‘quvchilarning   o‘quv   ishiga   bo‘lgan   munosabatini,
o‘rganilgan   materialni   qanchalik   egallaganligini,   uy
vazifalarini   bajarishdagi   mustaqillik   darajasini aniqlashga imkon beradi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. 
Reyting deganda  baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta 
hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi. Reyting 
nazorati o‘quvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi. 
S h kalalash  – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish..
Reyting nazoratida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilishning 
yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali 
foydalanilmoqda. Test so‘rovidan  nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O‘zbekiston 
Respublikasida abiturientlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish 
jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Test   –   aniq   maqsad   asosida,   muayyan   holat
darajasini   sifat   va   miqdoriy   ko‘rsatkichlarda
belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Pedagogik   amaliyotda   testning   bir   qator
afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:
1)  nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2)     nazariy   va   amaliy   bilim   darajasini   ob’ektiv   sharoitda   aniqlash   imkonining
mavjudligi;
3)   bir   vaqtning   o‘zida   ko‘p   sonli   o‘quvchilar
bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa
muddatda tekshirilishi;
5)   barcha   o‘quvchilarga   bir   xil   murakkablikdagi
savollar   berilib,   ular   uchun   bir   xil   sharoitning
yaratilishi. 
Ta’lim   tizimi   uzluksiz   ravishda   islohotlarni
amalga oshirishni talab etadigan sohadir.
Ta’lim   tizimida   isloxotlarni   amalga   oshirish jarayonida   o‘qituvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini   nazorat   qilish   va   baholash   ham   yangicha
mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab
chiqilganligi, yangi o‘quv dasturining amaliyotga joriy
etilganligi,   erkin   va   mustaqil   fikrlovchi   shaxsni
tarbiyalashga   nisbatan   yuqori   talabning
qo‘yilayotganligi,   ta’lim   amaliyotiga   pedagogik
texnologiyalar   olib   kirilayotganligi,   o‘quvchilarni
kasbga   muvaffaqiyatli   yo‘llash   maqsadida   psixologik   va
pedagogik   diagnostika   barcha   turdagi   ta’lim
muassasalarida   keng   ko‘lamda   amalga   oshirilayotganligi
kabi   holatlar   ko‘zga   tashlanayotgan   bir   vaqtda
o‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini   eng
samarali   shakl,   metod   va   vositalar   yordamida   nazorat
qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilar   bilimini   baholashning   besh   balli
tizimining eskirganligi va zamon talablariga javob bera
olmagani   uchun   uni   reyting   tizimi   asosida   baholash
uslubi   bilan   almashtirish   davr   taqozasiga   aylandi.   SHu
o‘rinda   «qanday   sabablarga   ko‘ra   besh   balli   baholash
mezoni   o‘zini   oqlamadi?»   degan   savolga   javob   berish
o‘rinlidir:
Birinchidan,   O‘zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»
ta’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda
tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqo‘llikni, o‘qituvchining mustabidligi hamda
uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan.
Demak,   ushbu   jarayonda   talab   va   amaldagi   holat
bir-biriga muvofiq kelmaydi.
Ikkinchidan,   baholash   mezoni   o‘qituvchi   va
o‘quvchi   o‘rtasida   ixtiloflarni   keltirib   chiqarishga emas,   aksincha,   o‘zaro   faol   hamkorlik,   bir-birini
tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan,   baholash mezoni faqatgina o‘quvchilar
tomonidan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarning
o‘zlashtirilish   darajasini     nazorat   qilish     uchungina
emas,   balki   ta’limni   tashxis   etishning   faol
ko‘makchisiga aylanishi zarur.
Baholashning   besh   balli   tizimi   birdan   beshgacha
farqlanuvchi   dastlabki   baholar   qo‘yish   tartibini
bildirib,   mohiyati   esa   baholarning   o‘rtasidan   kelib
chiqqan   holda   choraklik   (yillik)   o‘zlashtirish
natijalarini aniqlash tartibidan iborat.
Masalan,   o‘quvchi   biror   o‘quv   fanidan   uchta
nazorat   ishini   3,   4   va   5   ga   bajargan,   joriy   nazorat
bo‘yicha   ham   shunday   natijalarni   qayd   etgan   bo‘lsa,
unga   chorak   uchun   «4»   baho   qo‘yiladi.   Bu   esa   joriy,
oraliq   va   yakuniy   nazorat   paytida   yaxshi   tayyorgarlik
ko‘rgan   o‘quvchining     ijobiy   baholanishi   o‘rniga,
chorak   yoki   yil   oxirida     muayyan   mavzudan   «5»   bahoga
berilgan   javoblarining   mutlaqo   inobatga   olmasligiga
sabab bo‘ladi..
Reyting   tizimida   o‘zlashtirish   natijasi
nazoratning   ko‘rsatilgan   barcha   shakllardan   o‘tish
jarayonida   to‘plangan   ballarni   qo‘shish   yo‘li   bilan
aniqlanadi.   Har   bir   nazorat   turi   uchun   10   balldan
taqsimlanganda   (o‘quv   fani   uchun   100   ball   hisobida)
unga 7, 5, 8, 7 ball qo‘yilsa, o‘quvchining chorak yoki
yarim   yillik   uchun   to‘plagan   bali   27   ballni   tashkil
etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u etarlicha
reyting   balini   to‘plamaguncha   va   barcha   nazorat
shaklidan   o‘tmagancha   attestatsiya   qilinmaydi.   Demak, reyting   ti-zimi   olingan   baho   bilan   egallangan   bilim
o‘rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting   tizimi   yana   bir   qator   afzalliklarga   ega,
chunonchi:
- ta’lim   jarayonida   baholash   tizimi
imkoniyatlarini kengaytirish;
- o‘quvchi   bilimini   eng   adolatli   mezonlar
yordamida aniqlash;
- ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur
imkoniyatlarni ochib berish;
- ta’lim   standartlarida   ko‘zda   tutilgan   o‘quv
dasturiga   kirgan   majburiy   ixtiyoriy   mavzularning
to‘laligicha o‘zlashtirilishi;
- o‘quvchilarda   o‘z   ustida   mustaqil   ishlash
intilish,   erkin   fikr   yuritish,   bilimlarni   egallashga
nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
- o‘quvchilarda yomon baho olishga bo‘lgan qo‘rquv
yo‘qolib,   uning   o‘rniga   bilimlarni   ixtiyoriy
o‘zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf
etish   yo‘lida   mustaqil   ishlash   imkoniyati   yaratiladi.
Boshqacha   aytganda,   qo‘rquv   o‘rniga   intilish,
rejalashtirish,   harakat   qilishga   ehtiyoj   tug‘iladi,
o‘rganishga nisbatan qiziqish ortadi.
O‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini
baholash   mezonlari .   O‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini   baholash   mezonlari   hamma   vaqt   bahstalab
mavzu   bo‘lib   kelgan.   CHunki   u   turli   adabiyotlarda
turlicha   yoritilgan.   Biroq   mavjud   qarashlarni
umumlashtirib   aytish   mumkinki,   o‘quvchilarning   bilim,
ko‘nikma   va   malakalarini   baholash   mezonlari   har   bir fanning   maqsad   va   vazifalariga,   shuningdek,   sinf
(guruh)dagi   o‘quvchilarning   o‘zlashtirish   darajasiga
tayangan   holda   belgilanadi.   SHuningdek,   baholash
mezonlarini   ishlab   chiqishda   o‘quvchilarning   og‘zaki
javob   berishlari,   ko‘nikma   va   malakalariga   alohida-
alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash
mezonlariga   o‘quvchilarning   og‘zaki   javoblari,   amaliy
topshiriqlarni   bajara   olishlari   va   amalda   mavjud
bilimlarini   namoyish   eta   olishlari   inobatga   olinadi.
Buni   «4»   baho   misolida   aniqlashtiramiz .   Og‘zaki   javob
berishda   «4»   baho   qo‘yiladi,   agar:   a)   o‘rganilayotgan
mavzu   yuzasidan   to‘g‘ri   javoblar   bersa;   b)   material
mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; v)o‘qituvchi
talabi   bilan   tuzatilgan   ikki-uchta   unchalik   ahamiyatga
ega   bo‘lmagan   xatolarga   yoki   ba’zi   to‘liq   bo‘lmagan
javoblarga yo‘l qo‘ysa.
YOzma   topshiriqni   bajarishda   «4»   baho   qo‘yiladi,
agar:   a)masalani   echishda   va   izohlashda   muhim   xato
bo‘lmasa;   b)topshiriqni   bajarish   va   izohlashda   muhim
ahamiyatga   ega   bo‘lmagan   bir-ikki   xatoga   yo‘l   qo‘yilsa
yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo‘lsa.
Amaliy   bilimlarni   namoyish   etishda   «4»   baho
qo‘yiladi,   agar:   a)ishni   to‘liq,   muhim   xatolarsiz
bajarsa,   natija   chiqara   olsa;   b)ishni   bajarishda,
tajribani   tugallashda   ikki-uch   muhim   bo‘lmagan
xatolarga yo‘l qo‘ysa.
YUqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin:
5»baho qo‘yiladi, agar:  a) o‘quvchi dasturdagi materialni to‘liq o‘zlashtirib 
olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v) 
egallangan bilimlarni amalda erkin qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon  qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib 
bera olsa.
«4»baho qo‘yiladi, agar:  a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; 
b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan 
bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga 
yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay 
olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
 «3»baho yiladi, agar:  a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin 
mustaqil tushuntirib berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj
sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga 
qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
             «2» baho qo‘yiladi, agar:  a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida 
tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, b) yozma ishda qo‘pol 
xatolarga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi. FAN MAJMUASINI TAYYORLASHDA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO’YXATI
Asosiy adabiyotlar
A1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: 
O’zbekiston nashriyoti 2019 y
A2 O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi
Qonuni // Xalq so’zi gazetasi 2020 yil 24-
sentabr soni
A3 R.A.Mavlonova, O.To’rayeva, K.M.Xoliqberdiyev, 
Pedagogika. Darslik T:. O’qituvchi 2018 yil.
A4 B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va 
amaliyoti. “Sanostandart” nashriyoti. Toshkent 
2017 y.
A5 K.Xoshimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi . 
Darslik –Toshkent 2005 yil
A6 K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi 
antologiyasi. O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 
2010-yil
A7 Pedagogika (Pedagogika nazariyasi va tarixi) 
O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani 
sohasi: bakalavriat yo‘nalishi uchun darslik // 
prof.M.X.Toxtaxadjayevaning umumiy tahriri 
ostida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent “O‘zbekiston
faylasuflar milliy jamiyati” nashriyoti, 2010
A8 A.Xoliqov Pedagogik mahorat.DarslikT.: Iqtisod-
moliya, 2011yil 
A9 Maxsus pedagogika. Darslik.-T.: (Fan va  texnologiya )  2004   y

Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim mazmuni. Reja: 1. Ta’lim nazariyasi (didaktika)-pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida. 2. Didaktika, uning asosiy kategoriyalari. 3. Didaktika nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. 4. Ta’lim paradigmalari. Ta’lim prinsiplari. 5. Ta’lim mazmuni, davlat ta’lim standartlari. 6. “O‘qitish metodlari” va “usullari” tushunchalarining mohiyati. O‘qitish metodlarining tasnifi . O’qitish metodlariga qo’yilidigan pedagogik talablar va ularni guruhlash. 7. Ta’lim olganlikni tashxis etish . O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini hisobga olish va baholash. 8. Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish.

Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o’rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko’rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika o’qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo’yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o’rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o’qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo’yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Qarashlarning turlicha bo’lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog’liq. Ko’pchilik olimlar ta’lim obekti deb o’qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko’rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajriba berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o’qituvchi — o’quvchi, o’quvchi — o’quv materiali, o’quvchi — boshqa o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o’quvchining o’quv materialiga bo’lgan munosabati, ya’ni, bilimlarni o’rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko’p. Darhaqiqat, o’qish, o’rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtayi nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o’igatish nuqtayi nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat — ikki shaxs (o’quvchi va o’qituvchi) o’rtasidagi munosabatlar etakchi

o’rin egallashi lozim ekanligi anglanadi. Didaktika predmetining mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o’rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o’quvchining bilimni o’zlashtirishlarini ta’minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma’lum ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o’rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o’rganish obvekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obekti sifatida qaraydi. Umumiy didaktikaning predmeti dars o’tish (o’qituvchi faoliyati) va bilim olish (o’quvchining o’rganish faoliyati)ning o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi hjsoblanadi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: - ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish; - ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; - ta’lim jarayon uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash. Didaktika nazariy va bir vaqtning o’zida me`yoriy-amaliy fan. Daktikaning ilmiv-nazariv vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limni jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me`yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.

3. Ta’lim jarayonining mohiyati. O’qitish va o’rganish jarayonlari tavsifi, o’quv jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi. Insonning faoliyatida o’qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ta’lim tasodifiy, intiutiv xususiyatga ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo’lganda ham shunday bo’lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo’lganida ham shunday bo’lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o’rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o’z nazariyasiga ega bo’lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o’zgarishlar olib keldi: aynan o’sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi. Didaktika (ta’lim nazariyasi : yunoncha «didaktikos» «o’rgatuvchi», «didasko» esa — «o’rganuvchi» ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolar)ni o’rganuvchi fan. Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592— 1670- yillar) «Buyuk didaktika» (1657-yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Komenskiy «didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham», deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari:pta’lim mazmuni, ta’limning ko’rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so’z yuritadi. Lekin birinchi bo’lib nemis olimi Ratke tomonidan ilmiy nazariya sifatida kiritiladi. Didaktika, uning asosiy kategoriyalari. Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tus hunchalar tizimi. Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi: 1) falsafiy tushunchalar; 2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo’lgan tushunchalar.

Didaktika uchun «umumiy va alohida», «mohiyati va hodisa», «qarama- qarshilik», «bog’liqlik» kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo’llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida «tizim», «tuzilma», «vazifa», «element» kabilar alohida o’rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi: 1) ta’lim — o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon; 2) dars — bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli; 3) bilim olish — idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni; 4) ta’lim jarayoni — o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. 5) o’quv fani — ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan hamda o’zida muayyan fan sohasi bo’yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba. 6) ta’lim mazmuni — davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati. Didaktikada «idrok etish», «o’zlashtirish», «mahorat», «rivojlanish» va boshqalar (psixologiya) hamda «boshqarish», «qayta aloqa» (kibernetika) kabi fturdosh fanlarga xos bo’lgan tushunchalar ham qo’llaniladi. Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to’ldirilib borilmoqda. Didaktikaning asosiy kategorivalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi.