logo

TA’LIM MAZMUNI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.955078125 KB
TA’LIM   MAZMUNI
R E J A :
1. Ta’lim   tushunchasining   mazmuni,   mohiyati   va   tarixiy
xususiyatlari.
2. Ta’lim turlari va ko’rinishlari.
3. Ta’lim nazariya (konsepsiya)lari mazmuni.
4. Ta’lim mazmunini belgilovchi hujjatlar.
  T a’lim   o’quvchilarga   nazariy   bilimlarni   berish   asosida   ularning   bilish
qobiliyatlarini   o’stirish,   ularning   amaliy   ko’nikma,   malakalari   va   dunyoqarashini
shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, ushbu tushuncha negizida shaxsning
tanqidiy   fikrlashi,   yaratishi,   borliqda   sodir   bo’layotgan   hodisalarni   o’zaro
aloqadorlik nuqtai nazaridan baholay olishi ham aks etadi.
Ta’lim   tushunchasi,   shuningdek,   ajdodlar   tomonidan   to’plangan   ijtimoiy
ahamiyatli   tajribalarining   avlodlarga   doimiy   uzatilishini   ta’minlovchi   tizimli
jarayoni ham sanaladi..
Shaxsni   ijtimoiylashtirish   uni   jamiyat   tomonidan   tan   olingan   xulq-atvor
me’yorlari,   bilim   hamda   qadriyatlar   tizimini   o’zlashtirishdan   iborat   ijtimoiy
hayotga jalb etish jarayonidir. 
Ta’lim   mazmuni   tizimlashtirilgan   bilim,   ko’nikma   va   malakalar,   qarashlar,
ishonchlar   to’plami,   o’quv-tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   etish   natijasida   erishilgan
amaliy tayyorgarlikning ma’lum darajasi bilan belgilanadi. 
Ta’lim   mazmunining   asosiy   tarkibiy   qismlaridan   biri   bo’lgan   bilim lar
muhim   ijtimoiy   qadriyat   ham   sanaladi.   U   individning   ijtimoiylashishi,   odamning
sosium (ijtimoiy muhit)ga kirishiga yordam beradi. O’tgan asrda ta’lim mazmunini
siyosiylashtirishga   urinishga   qaratilgan   harakatlarning   yuzaga   kelganligi   uning
mazmunini   belgilashda   ekstensiv   yondashish   (miqdoriy   –   sonini   ko’paytirish)
yetakchi   o’rin   egalladi.   Natijada   ta’lim   mazmuni   o’quv   fanlari   sonining   doimiy
ortib   borish   hisobiga   kengaytirildi,   ta’lim   jarayonida   tayyor   bilimlarni   berish
asosida   o’quvchilarda   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   shakllantirishga   e’tibor
qaratilib, o’quvchi shaxsini rivojlantirish masalasi o’z yechimini topmadi.
So’nggi   yillarda   ta’limni   insonparvarlashtirish   yo’lida   ta’lim   mazmunini
aniqlashda   shaxsga-yo’naltirilgan   yondashuv   asosiy   o’rinni   egallay   boshladi.
Bunday   yondoshish   V.V.Krayevskiy,   I.Ya.Lerner,   M.N.Skatkin   (Rossiya);
M.Ochilova,   N.N.Azizxo’jayeva,   N.Sayidahmedov,   F.R.Yuzlikayev
(O’zbekiston)larning ishlarida o’z aksini topdi. 
Masalan,   V.V.Krayevskiy,   I.Ya.Lernerlar   ta’lim   mazmuni   deganda   shaxsni
har   tomonlama   rivojlantirishni   ta’minlovchi   pedagogik   bilim,   ko’nikma   va malakalar to’plami, ijodiy faoliyat  tajribasi  hamda emosional-irodaviy munosabat
tajribasini tushunadilar. 
Demak,   shaxsga   yo’naltirilgan   yondoshishga   muvofiq   ta’lim   mazmuni
mohiyatini   aniqlashda   asosiy   qadriyat   bilim   emas,   balki   odamning   o’zi
hisoblanadi.   Bunday   yondoshuv   shaxsning   ta’lim   olish,   ma’naviy,   madaniy   va
hayotiy   talab-ehtiyojlarini   qondirish,   rivojlanayotgan   shaxsga   nisbatan   samimiy
munosabatida bo’lishi ta’lim mazmunini erkin tanlash imkonini beradi.
An’anaviy   pedagogika   deyarli   faqat   odamning   ijtimoiy   mohiyatini   tan
olganligi   bois,   ta’limning   maqsadi   insonning   jamiyat   a’zosi   sifatida   rivojlanishi,
unda ijtimoiy ahamiyatli sifatlarining shakllanishi hisoblanadi. 
Mustaqillik   yillarida   O’zbekiston   Respublikasida   ta’lim   jamiyat   va
davlatning   ma’naviy,   ijtimoiy,   iqtisodiy,   madaniy   rivojlanishi   asosi   deb   e’lon
qilindi.   Ta’limning   maqsadi   mustaqil   fikrlaydigan,   ma’naviy-axloqiy   jihatdan
yetuk, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. 
O’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limning   umumiy   vazifalari   quyidagilardan
iborat:
- aholi milliy-madaniy  ehtiyojlarini qoniqtirish, jismoniy va ma’naviy sog’lom
avlodni tarbiyalash;
-   o’quvchilar   tomonidan   ijtimoiy   va   ishlab   chiqarish   talablari   bilan
belgilanadigan bilimlar tizimini o’zlashtirilishini ta’minlash;
- ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyat, ijodiy, erkin
fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilimlarini oshirib borishi;
- yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fuqarolik dunyoqarashi, insoniy
qadr-qimmat,   demokratik   o’zini   boshqarishda   ishtirok   etish,   shuningdek,   o’z
harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish.
Ana   shu   umumiy   vazifalar   bir   qator   alohida   masalalardan   iborat   bo’ladi.
Ular o’quv fanlari mazmunida uyg’unlashtiriladi. 
Ta’lim   turlari   va   ko’rinishlari.   Yevropa   va   Sharq,   Osiyo   va   Amerika
mamlakatlarida ta’lim  turlari   tarixiy  taraqqiyot   natijasida  yuzaga  kelgan.  Birinchi turi mifologik ta’lim bo’lib, unda dunyoning mohiyati ertak, afsona, doston, qissa
hamda qo’shiqlar shaklida o’rganilgan.
Keyingi   tarixiy   turi   sxolastik   ta’lim   bo’lgan.   Uning   mohiyatiga   ko’ra
ta’limda   matn   madaniyati   va   yer,   osmon   haqidagi   bilimlar   so’z   bilan   ifodalanib,
xotira   va   irodani   mashq   qildirish   asosida   yosh   avlodga   inson   mavjudligi   va   u
tomonidan   tashkil   etiladigan   faoliyat   mazmuni   haqida   bilimlar   berilgan,
savodxonlik va nutq madaniyatiga o’rgatilgan.
Ta’limning   uchinchi   tarixiy   turi   -   ma’rifatparvarlik   bo’lib,   u   dunyoviy
bilimlar   yaratilgan   davrda   yuzaga   kelgan.   XX   asrdan   boshlab   esa   turli   ta’lim
paradigma (model)lari, turlari va ko’rinishlarining rivojlanish jarayoni kuzatildi.
Bugungi   kunda   asoslariga   ko’ra   ta’limning   quyidagi   turlari,   ko’rinishlari
mavjud:
- ilmiy   bilimlarni   o’zlashtirishi   turi   va   sifatiga   ko’ra   (biologik,   matematik,
fizik, iqtisodiy, filologik ta’lim va shu kabi);
- ustuvor mazmunga ko’ra  ( nazariy va amaliy, gumanitar va boshqalar);
- ijtimoiy   faoliyatlarni   egallashi   turi   va   mahoratiga   ko’ra   (musiqiy,   badiiy,
texnik, texnologik, pedagogik-tibbiy ta’lim va shu kabilar);
- madaniy   qadriyatlarni   o’zlashtirishiga   ko’ra   (an’anaviy   ta’lim,   badiiy-
estetik, diniy ta’lim va boshqalar);
- kishilik   jamiyatining   madaniy   qadriyatlarni   o’zlashtirish   ko’lamiga   ko’ra
(milliy, yevropa, xalqaro, global ta’lim va boshqalar);
- ta’lim tizimi turiga ko’ra (universitet, akademik, gimnaziya, lisey ta’limi va
boshqalar);
- ta’lim mazmuni yo’nalishining ustuvorligiga ko’ra (formal va moddiy, ilmiy
va elementar, gumanitar va tabiiy fanlar, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar,
oliy va boshqalar);
- ta’lim   darajasiga   ko’ra     (boshlang’ich,   to’liqsiz   o’rta,   umumiy   o’rta,   o’rta
maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim.
Ta’limning   tarixiy   xususiyatlari.   Ta’lim   mazmuni   tarixiy   xususiyatga
ega,   chunki   u   jamiyat   rivojining   u   yoki   bu   bosqichida   ustuvor   o’rin   tutuvchi ijtimoiy   maqsad   va   vazifalar   bilan   belgilanadi.   Bu   ta’lim   mazmunining   ijtimoiy
hayot,   ishlab   chiqarish   va   ilmiy   bilimlarning   rivojlanish   darajasi   talablari   ta’siri
ostida   o’zgarib   borishini   anglatadi.   Ta’lim   ijtimoiy   hodisa   sifatida   odamlarning
bilimlarni   o’zlashtirishga   bo’lgan   pragmatik   (amaliy)     ehtiyojlari   negizida
shakllangan   va   u   odamlarga   hayot   faoliyatlarini   yo’lga   qo’yish   uchun   zarur.
Bilimlarni to’plash va chuqurlashtirish, jamiyat madaniyatining o’sib borishi bilim
tomonidan   tashkil   etiluvchi   funksiyalari   ko’lamini   oshishini   ta’minlaydi.   Mazkur
yondashuvlar   (pragmatik   va   madaniy)   kishilik   jamiyatining   turli   bosqichlarida
ta’lim mazmuni yo’nalishlarni belgilab keladi. 
O’rta asrda Yaqin va O’rta Sharqda diniy o’quv muassasalari – madrasalar
ta’lim va fan markazlari bo’lgan. O’zbekistonlik, Rossiyalik va chet el sharqshunos
tadqiqotchilari   tomonidan   madrasa   turidagi   o’quv   muassasalari   aynan   Markaziy
Osiyoda   yuzaga   kelgani   va   shu   yerdan   boshqa   mamlakatlarga   tarqalgani
isbotlangan. 
Somoniylar   davrida   (X   asr)   faqat   Samarqandning   o’zida   20   ga   yaqin
madrasalar mavjud bo’lgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining «Donishnoma»
(«Bilimlar   kitobi»)   nomli   asarida   mazkur   madrasalarda   faqat   musulmonchilikka
oid bilimlar  berilibgina  qolmay,  balki  dunyoviy  ilmlar  ham  o’rganilganligi,  ilmiy
tadqiqotlar   olib   borilganligi,   ularning   negizida   ilmiy   maktablarning   yuzaga
kelganligi qayd etiladi.
O’z   davrida   madrasalarda   o’qitilishi   yo’lga   qo’yilgan   fanlarni   Abu   Ali   Ibn
Sino   quyidagi   tizimlar   bo’yicha   ajratadi:   odob   (xulq   etikasi),   astronomiya,
tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fikh (musulmon qonunchiligi).
Alloma tomonidan taklif  etilgan tarbiya turlar  esa  quyidagilardan iborat:  1)
aqliy tarbiya; 2) jismoniy sog’lomlashtirish; 3) estetik tarbiya; 4) ma’naviy tarbiya;
5)   hunarga   o’rgatish.   Abu   Ali   Ibn   Sino   tomonidan   taklif   etilgan   tarbiya   turlari
Markaziy   Osiyoda   Uyg’onish   davrida   (IX-X   asr)   ta’limning   insonparvarlik   va
shaxsning   barkamol   rivojlanishi   borasidagi   g’oyalarga   asoslangan   edi   deyishga
imkon beradi. Sharqdagi   Uyg’onish   davri   Sharq   mutafakkirlari   –   Muahammad   Muso   al-
Xorazmiy,   Abu   Nasr   Forobiy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Abu   Rayhon   Beruniylar
o’zlarining ta’limiy qarashlarida birinchi  o’ringa inson shaxsini  qo’yadilar  hamda
bolalarni   har   tomonlama,   jismoniy   va   estetik   kamolotga   erishishlari,   shuningdek,
tillarni   bilishlarini   zarur   deb   hisoblaydilar.   Aqliy   ta’limni   tashkil   etuvchi   fanlar
sirasiga   matematika,   astronomiya,   mexanika   va   tabiatshunoslik   kabi   tabiiy-ilmiy
fanlarni kiritadilar. 
Allomalar   bolaga   hurmat   bilan   munosabatda   bo’lish   g’oyasini   ilgari
suradilar,   sxolastik   o’qitish   va   qattiy   intizomga   qarshi   chiqadilar.   Ularning
fikricha, o’qish bolada bilimlarga qiziqishni uyg’otishi kerak.
Muhammad   Tarag’ay   Ulug’bekning   (1394-1449   yillar)   Samarqanddagi
faoliyati   XIV-XV   asrlarda  madrasalarning   fanlar   rivojini   ta’minlovchi   markazlari
vazifasini   bajarganligini   ko’rsatadi.   Muhammad   Tarag’ay   Ulug’bek
Samarqandning   hukmdori   bo’lishi   bilan   birga   astronom,   matematik   va   tarixchi
sifatida   mashhur   bo’lgan.   Shuningdek,   allomaning   mohir   pedagog   ham
bo’lganligini   tarixiy   dalillar   qayd   etadi.   Chunonchi,   alloma   ko’plab   iste’dodli
yoshlarni   tarbiyalagan.   U   odamlar,   ayniqsa   yoshlarning   ilmiy   bilimlarni
o’rganishlariga katta ahamiyat bergan. 
Alloma   o’z   davlatida   ta’lim   sohasida   jiddiy   islohotlarni   tashkil   etdi.   U
madrasalarni davlat ta’minotiga o’tkazdi, mudarris (o’qituvchi)larga oylik ish haqi
belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan. 
Muhammad Tarag’ay Ulug’bek madrasa o’quv rejasiga quyidagi fanlar: arab
tili,   adabiyot,   Qur’on,   Hadis,   ritorika,   mantiq,   falsafa,   fiqh   (qonunchilik),
metafizika,   matematika,   astronomiya,   tibbiyot,   geografiya,   tarix   kabi   fanlarni
kiritadi. 
Mutafakkir   tomonidan   barpo   etilgan   hamda   o’zi   bevosita   ta’lim   bergan
madrasalarda o’qish quyidagi bosqichlardan iborat bo’lgan:
1. “Anda” (kichik) – o’qish muddati 2 yil.
2. “Aust” (o’rta) – o’qish muddati 3 yil.
3. “A’lo” (oliy) – o’qish muddati 3 yil. Bunday yondoshuvda bugungi kun nuqtai nazaridan aytganda bakalavriat va
magistratura   ko’zga   tashlanadi.   Ayni   vaqtda   ular   o’rta   asr   yevropa   universitetlari
uchun ham xos bo’lgan. 
Buyuk   iste’dod   egasi   sifatida   alloma   o’z   davridan   bir   necha   asrlarga   o’zib
ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag’ay Ulug’bek quyidagi aksiomani
ilgari   surgan:   bilim   olishga   intilish   davlat   ravnaqiga   yo’l   demakdir .   Iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to’la tasdiqlaydi.
Yevropa   uyg’onish   davri   (XIV-XVI   asrlar)   ma’rifatparvarlari   XVIII-XIX
asrlarda   ham   shaxsning   barkamol   rivojlanishi   g’oyalarini   ilgari   surganlar.   Misol
uchun, Italiya ma’rifatparvari V. de Feltre (XV asr) “Quvonch maktabi”ni tashkil
etadi.   Bu   maktabda   bolaga   erkin   jismoniy   va   aqliy   rivojlanish   imkoni   berilgan.
J.J.Russoning   erkin   tarbiya   nazariyasi,   I.G.Pestalossining   odamni   faol   hayotiy
faoliyatga   jalb   etish   yo’li   bilan   uni   rivojlantirish   haqidagi   g’oyasi   XX   asr
pedagogikasining rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. 
Ta’lim   nazariya   (konsepsiya)lari   mazmuni.   An’anaviy   pedagogikada
formal   va   moddiy   ta’lim   nazariyasi   keng   tanilgan.   Bu   nazariyalarning   mohiyati
nima   va   o’rta   ta’lim   mazmuniga   qanday   ta’sir   etadi? Formal   ta’lim   nazariyasiga
Djon   Lokk   (XVII   asr),   Pestalossi,   Kant   va   Gerbart   (XVIII-XIX   asrlar)   asos
solganlar.   XVIII   asrning   oxirlarida   didaktik   formalizm   nazariyasi   (konsepsiyasi)
vujudga   keldi   (bu   nom   E.Shmit   va   A.A.Nemeyerning   «Prinsipi   vospitaniya   i
obucheniya»   asarida   tilga   olinadi).   Konsepsiya   tarafdorlari   ta’limni
o’quvchilarning   iqtidori   va   qiziqishlarini   rivojlantiruvchi   vositasi   sifatida     e’tirof
etadilar.   Keyinchalik   bu   ta’limot   formal   ta’lim   nazariyasi   sifatida   shakllantirildi.
Didaktik   formalizm   tarafdorlarining   asosiy   g’oyasi   qadimiy   olim   Geraklit
tomonidan   aytilgan   (ko’p   bilim   aqlni   kuchaytirmaydi)   fikrlariga   asoslanadi.
Keyinchalik   bu   g’oyani   I.Kant   va   I.G.Pestalossilar   rivojlantirishdi.   Ular
o’qitishning   asosli     maqsadi,   eng   avvalo,   o’quvchining   iqtidorini   rivojlantirish,
o’quvchining   to’g’ri   tafakkur   yuritishini   kuchaytirish   bo’lishi   shart   deb
hisoblaydilar.  Ushbu   nazariya   tarafdorlari   falsafiy   rasionalizm   (lotinchada   «rationalts»   -
aqlli)ga   tayanadilar   va   bilim   manbai   aqldir,   bilim   faqat   aqlning   mustaqilligida
tug’iladi, shu bois ta’lim o’quvchilarning ma’lum bilimlarni egallab olishlari emas,
balki ularning aqlini o’stirish, ya’ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini
rivojlantirish   kabi   vazifani   hal   etishi   zarur   deb   hisoblaydilar.   Ularning   fikricha,
fikrlashni   rivojlantirish   vositasi   tillar,   ayniqsa,   qadimiy   yunon   va   lotin   tili,
shuningdek,   matematikani   o’rganish   lozim.   Formal   ta’lim   elementlaridan   hozirgi
kunda   ham   foydalaniladi.   Angliyadagi   grammatik   maktablarda   ushbu   nazariya
g’oyalari asosida ish ko’riladi. 
XVII   asr   oxiri   –   XIX   asr   boshlarida   moddiy   ta’lim   nazariyasi   jadal
rivojlandi.   Nazariyaning   paydo   bo’lishiga   sanoat   va   uning   ilmiy-texnik   asoslari
rivojlanishi asos bo’lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy
fan, texnik va amaliy tayyorgarlikka ega bo’lgan odamlarni tayyorlash masalasini
kun   tartibiga   olib   chiqdi.   Pedagogika   tarixida   bu   nazariya   (konsepsiya)   didaktik
materializm   nazariyasi   sifatida   ham   mashhurdir.   Ushbu   nazariya   tarafdorlari
(ularni   “ensiklopedistlar   deb   ham   ataganlar),   xususan,   ingliz   shoiri   va   tarixchisi
Dj.Milton,   nemis   pedagogi   N.B.Besedovlar   maktabning   asosiy   maqsadi
o’quvchilarga   bilimlar   berish   deb   hisoblaganlar   hamda   o’zlari   o’qitadigan   fanga
iloji boricha ko’proq materiallarni kiritishga intilganlar. Maktab ta’limi mazmunini
shakllantirishga   bunday   yondashishning   samarasi   kam   bo’lib   chiqdi,   chunki
o’quvchilarga juda ko’p axborotlar beriladi. Natijada axborotlar qisman va yuzaki
o’zlashtiriladi. 
Bu   nazariyaning   boshqa   tarafdorlari   empirizm   g’oyalarini   ilgari   suradilar
(lotincha   «empiria»   -   tajriba).   Faylasuf-empiristlar,   xususan   ingliz   faylasufi
G.Spenser   (1820-1903   yillar)   bilish   tajriba   chegarasidan   chiqa   olmaydi   va   bilim
manbai faqat tajriba hisoblanadi,  deya ta’kidlaydilar. Bundan quyidagi  pedagogik
xulosalar   chiqariladi:   o’quvchilarni   asosan   tabiiy-ilmiy     bilimlar   bilan
qurollantirish   kerak,   ta’lim   materiallarini   tanlash   uchun   esa   hayotga,   kelajakda
o’quvchilarning amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan bilimlarga murojaat qilish
kerak. Moddiy ta’lim nazariyasi  real yo’nalish  deb ataluvchi maktab ta’limi asosini tashkil etadi. Masalan,  XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Rossiya, va Turkistonda
real gimnaziya va real bilim yurtlarida o’qitish qadimgi va g’arbiy Yevropa tillarini
o’rganishga   emas,   balki   tabiiy-ilmiy   fanlar   (matematika,   fizika,   ximiya   va
boshqalar) hamda amaliy xususiyatli fanlarni o’zlashtirishga asoslangan. 
Formal   va   moddiy   ta’lim   nazariyalarini   K.D.Ushinskiy     va   A.Avloniylar
juda   asosli   tanqid   qiladilar.   K.D.Ushinskiy   bilimlarni   o’zlashtirishdan   uzoq
bo’lgan   formal   deb   ataluvchi   rivojlanish   o’ylab   topilgan   yolg’on   deb   aytadi.   Har
bir   fan   biror-bir   boshqa     narsa   bilan   emas,   odamni   o’zining   mazmuni   bilan
rivojlantirishini   ta’kidlaydi.   Shunday   ekan,   maktab   faqatgina   rivojlantiribgina
qolmay,   balki     ularning   keyingi   faoliyatlarida   foydali   bo’ladigan   bilimlarni   ham
berishi   kerak.   O’zbek   pedagogi   Abdulla   Avloniy   ham   (1878-1934   yillar)   ana
shunday fikrni bildirgan. U o’zining “Turkiy guliston yohud axloq” nomli asarida
“... bilim bizning aqlimizni va bizning xotiramizni qilich kabi o’tkir qiladi. Bilim,
fanni   egallash   taraqqiyot   yo’lida   bizning   ilgari   qadam   tashlashimiz   shartidir....
Bilimsiz   odam   bu  mevasiz   daraxtga   o’xshaydi”   deb  yozadi.   Shu  bilan   bir   vaqtda
A.Avloniy fanni o’zlashtirishga faqatgina xayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali)
yaroqliligi   nuqtai   nazaridan   yondoshish   mumkin   emas   deb   hisoblaydi.   U   hayot
bilan   to’g’ridan-to’g’ri   bog’liq   bo’lmagan   bilimlar   ham   bor   va   ular   amaliy
bilimlardan kam bo’lmagan ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi
tarixdan   amaliy   faoliyatda   foydalanib   bo’lmaydi,   lekin   uni   o’rganish   kerak   va
foydalidir:   uni   (tarixni)   bilish   o’quvchilarning   bilimlarini   kengaytiradi,
dunyoqarashni shakllantiradi.
XX asr boshlarida chet el va ayniqsa amerika pedagogikasida maktab ta’limi
masalalari   bo’yicha   pragmatik   (yunoncha   «pragma»   –   harakat,   amaliyot)   g’oyasi
keng tarqaldi. Pedagogikada mashhur pragmatizm tarafdori Djon Dyun (1859-1952
yillar)   maktab   ta’limining   o’z   konsepsiyasini   yaratishga   ko’p   urindi.   Bu
yo’nalishlar   vakillari   (Dj.Dyun,   G.Kershenshteyner)   o’qitish   bu   o’quvchining
“tajribasini qayta tashkil etish” uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar. 
O’qitishni   Dyun   kundalik   hayotdan   olingan   amaliy   masalalarni   hal   etishga
oid   bolalar   faoliyatini   tashkil   etish   sifatida   tushunadi.   Bu   nazariyaning   asosiy boshlang’ich qoidalari quyidagilardan iborat  deb hisoblangan:  “Oldindan tuzilgan
o’quv   kurslari   kerak   emas”,   “O’qitish   materiallarini   bolaning   tajribasidan   olish
kerak”,   “Bola   o’qitishning   sifati   kabi   miqdorini   ham   belgilashi   kerak”,   “Bajarish
yordamida   o’qitish   –   maktabda   asosiy   metod”.   Shunday   qilib,   Dyun   maktabda
ta’lim   va   alohida   fanlar   aniq   belgilangan   mazmuni   zarurligini   rad   etadi,   ilmiy
ta’limni   tan   olmaydi   va   o’qishni   tor   hamda   o’quvchilarning   qiziqishlariga
asoslangan praktisizmidan iborat hisoblaydi. 
Mazkur   nazariya   asosida   uning   izdoshi   Uilyam   Kilpatrik   20-yillarda
“ o’qitishning   loyihali   tizimi ”   (yoki   loyihalar   metodi) ni   ishlab   chiqdi,   uning
mazmuni o’z qiziqishlaridan kelib chiqib bolalar o’qituvchi bilan birga qandaydir
amaliy   masalaning   yechimini   loyihalashtirishlaridan   iborat.   Misol   uchun,
o’yinchoq   uychaning   qurilishi   amaliy   faoliyatga   kiritiladi   va   uning   davomida   til,
matematika,   boshqa   fanlari   bo’yicha   u   yoki   bu   ma’lumotlarni   bilib   oladilar.   Bu
nazariya ommaviy maktabda ta’lim darajasini pasaytirishi mumkinligini tushunish
qiyin emas.
Amerikalik   pedagoglar   I.Adler,   Dj.Brunner   va   boshqalar   Dyun   nazariyasi
amerika   maktablari   rivojlanishini   ortga   tortganini   aytadilar   va   ta’limni
modernizasiyalashtirish hamda takomillashtirish yo’llarini izlaydilar.
Ko’plab   pedagoglar   -   A.Disterveg,   K.D.Ushinskiy,   M.Behbudiy   va
A.Avloniylar   maktab   ta’limiga   taalluqli   ko’plab   qimmatli   g’oyalarni   ilgari
surganlar.   Ular   xalq   maktablari,   yangi   usulli   maktabda   ta’lim   darajasini   oshirish,
tabiiy-ilmiy fanlar va gumanitar fanlar birligi tarafdori edilar.
Bugungi   kunda   turli   ta’lim   konsepsiyalari   mavjud.   Konsepsiyalardan   biri
ta’lim   mazmunini   ta’lim   muassasalarida   o’rganiladigan   fanning   pedagogik
moslashtirilgan   asoslari   sifatida   talqin   qiladilar.   Bu   yerda   shaxsning   ijodga
qobiliyati,   erkin   tanlashni   amalga   oshira   bilishi,   odamlarga   haqqoniy
munosabatlarda   bo’lishi   kabi   sifatlari   chetda   qolib   ketadi.   Ushbu   yondoshish
o’quvchilarni   fan   va   ishlab   chiqarishga   jalb   etishga   qaratilgan,   lekin   demokratik
jamiyatda   mustaqil   hayotga   yo’naltirishga   emas.   Amalda   odam   bu   yerda   ishlab
chiqarish omili sifatida  ishtirok etadi (avtoritarizm). Milliy umumiy o’rta ta’lim maktabi hozirgi zamon sharoitlarida rivojlanishi
uchun   bu   yetarli   emas.   Jamiyatning   o’quvchilardan   faqat   ma’lum   o’quv   fanlari
mazmunini   emas,   balki   ularda   iroda   kuchi,   o’z   harakatlari   uchun,   jamiyat   va
mamlakat   taqdiri   uchun   mas’uliyatli,   atrof-muhitni   himoya   qilish;   millatchilik   va
diniy aqidaparastlikka  yo’l  qo’ymaslik  va shu  kabi   sifatlarni  rivojlantirishni   talab
etadi. O’zbekiston Respublikasining  «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997)da
zamonaviy   ta’lim   mazmuni   ijodiy,   mustaqil   fikrlovchi   demokratik   jamiyat
fuqarosini shakllantirish vazifalariga mos kelishi kerak deb yozib qo’yilgan. 
Rossiya   ta’lim   akademiyasi   (RAO)   haqiqiy   a’zosi   V.V.Krayevskiy
tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada qayd etilishicha, ta’limning asosiy ijtimoiy
vazifasi ajdodlar tomonidan to’plagan tajribalarni avlodlvrga uzatish hisoblanadi. 
Mazkur   konsepsiya   mazmunida   ta’lim   mazmuni   quyidagi   to’rtta   tashkiliy
elementlardan iborat bo’ladi:
- idrok etish faoliyatini      amalga oshirish usullari qayd etilgan shaklidagi idrok
etish faoliyati (bilimlar);
- amaliy   faoliyatni   amalga   oshirish   usullari   shaklida   qayd   etilgan   amaliy
faoliyat tajribasi  (ko’nikma va malakalar);
- muammoli   vaziyatlar,   nostandart   vaziyatlarda   yangi   masalalarni   hal   etish
shaklida  (ijodiy faoliyat tajribasi);
- atrof-muhitga, bir-biriga,   emosional qadriyatli munosabatlar tajribasi,   ya’ni,
emosional, axloqiy, estetik tarbiyalash.
Mazkur   elementlar   o’zaro   bog’liq   va   bir-biriga   asoslangandir.   Mamlakalar
bilimlarsiz   bo’lishi   mumkin   emas.   Odamning   ijodiy   faoliyati   bilimlar   va
ko’nikmalar   mazmunli   ma’lum   materialida   amalga   oshiriladi.   Ma’naviy-axloqiy
tarbiyalilik odam yashaydigan jamiyatining xulq ko’nikma va malakalarini egallab
olganligini   ko’zda   tutadi.   Ijtimoiy   tajribaning   bu   elementlarini   o’zlashtirish
odamga   jamiyatda   muvaffaqiyatli   yashash,   yaxshi   bajaruvchi   bo’lish   bilan   birga
mustaqil   harakat   qilish,   jamiyatni   o’zgartira   olish,   ijtimoiy   taraqqiyotga   o’z
hissasini qo’sha olishga imkon beradi. Shuning uchun umumiy o’rta, o’rta maxsus,
kasb-hunar   ta’limi   birinchi   navbatda,   hayotga   tayyorlaydi,   ikkinchidan,   inson ushbu tartibga  o’z hissasini qo’shish, xatto uni  qayta tuzishga ham qodir bo’ladi.
Akademik   V.V.Krayevskiyning   konsepsiyasi   o’qituvchini   o’quvchilar   ongida
umuminsoniy va milliy qadriyatlar tizimi, odamlarga insonparvarlik munosabatini
shakllantirish,   erkin   fikrlovchi,   barkamol   rivojlangan   shaxsni   shakllantirishga
qaratilgan maxsus faoliyatga yo’naltiradi. 
Hozirgi   zamon   bosqichida   ta’lim   mazmunini   belgilovchi   muhim
g’oyalar   (asoslar).   Ta’lim   mazmuni   –   bu   jamiyatning   shaxsni   ma’naviy
rivojlanishi   darajasiga   qo’yilgan   talablar,   jamiyatning   ijtimoiy   tajriba   va
madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir.
Ijtimoiy tajriba quyidagi to’rt element bilan tavsiflanadi:
- inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari
- faoliyatning ko’nikma, malaka va usullari;
- yangi vazifalarni hal etish bo’yicha ijodiy faoliyat tajribasi;
-   atrofdagilar   bilan   o’zaro   emosional   (hissiy)   –   qadriyatli   munosabatlar
tajribasi.
Shularga   muvofiq   zamonaviy   didaktika   g’oyalariga   ko’ra   ta’lim
mazmunining tarkibida quyidagilar o’z aksini topadi: 1) olam haqidagi bilimlar; 2)
faoliyatni   amalga   oshirish   usullari   tajribasi;   3)   ijodiy   faoliyat   tajribasi;   4)   atrof-
muhitga emosional (hissiy) qadriyatli munosabat tajribasi.
Bilim va ko’nikmalar ijodiy faoliyat asosi bo’lib qolishi mumkin, lekin unga
tayyorlikka   kafolat   bo’la   olmaydi.   Ijodga,   ta’limning   o’ziga   xos   turi   sifatida
maxsus   o’qitish   kerak   bo’ladi.   Atrof-muhitga   emosional-umumiy   munosabatda
bo’lish u haqida bilish, lekin ularga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmaslikni nazarda
tutadi.   Uni   rivojlantirish   uchun   o’qitish   jarayonida   maxsus   ishlash   olib   berish
zarur.
Ilmiy   asoslangan   ta’lim   mazmunini   qanday   aniqlash   mumkin?   Ta’lim
mazmuniga nima ta’sir ko’rsatadi? U nimaga bog’liq bo’ladi? 
Ta’lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat bo’ladi:
- fan, texnika, madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi;
- ta’limning maqsad va vazifalari; - o’quvchilarning yoshi xususiyatlari;
- o’quvchi shaxsining ehtiyojlari.
Umumiy   o’rta   va   o’rta   maxsus   ta’lim   mazmuni   o’quvchilarda   atrof-muhit
haqida   umumiy   tasavvurlarni   hosil   qilishi,   ularni   o’zlarining   amaliy   faoliyatlari
uchun zarur bo’lgan bilimlarni izlashg va bu bilimlarni hayotiy muammolarni hal
etishda   qo’llashga   o’rgatishi   kerak.   Ta’lim   mazmuni   o’quv   rejalari,   o’quv
dasturlarida, darsliklarda aks ettiriladi,
XX   asr   80-yillarida   amaliy   qo’llanilgan   o’rta   umumta’lim   maktabi
namunaviy   o’quv   rejalari   maktabni   yangilash   vazifalariga,   o’quv-tarbiyaviy
jarayonni   hozirgi   zamon   talablari   asosida   tashkil   qilishga   mos   kelmas   edi.   Bu
o’quv   rejasining   eng   asosiy   kamchiligi   –   uni   shakllantirishning   haddan   tashqari
markazlashtirilishidir ,   bu   esa   maktablarning   hammasi   bir   xil   bo’lishi,   taklif
etilayotgan   ta’lim   idealining   bir   xilligiga   olib   keladi,   unda   shaxs,   jamiyat   va
davlatning   turli   ta’limiy   talablari   hisobga   olinmaydi;   ko’p   predmetlilik,
o’quvchilarga   vazifalar   ortiqchalik,   og’irlik   qiladi   va   ta’lim   mazmunining   sun’iy
qisqaligi,   aralashligi   yuzaga   keladi;   bu   ta’limning   texnokratik   yo’nalishi   uning
insonparvarlik   va   madaniy,   badiiy-yaratuvchilik   rolini   yo’qotishiga   olib   keladi.
O’quv   rejasining   ana   shu   va   boshqa   ko’plab   kamchiliklari   didakt   olimlar   va
amaliyotchilar tomonidan keskin va haqli ravishda tanqid qilindi.
1991   yilda   O’zbekiston   Respublikasi   mustaqillikka   erishgach,   uzluksiz
ta’lim   tizimini   takomillashtishrishga   kirishildi.   Bunday   sharoitlarda   ta’lim,   yangi
demokratik davlat barpo etish, madaniy va ma’naviy tiklanish, demokratik jamiyat
va bozor munosbaatlari shakllanishi, milliy fan va texnikaning rivojlanishini dunyo
standartlari talablari darajasiga ko’tarishning asosi bo’lib qolishi kerak.
Umumiy  o’rta   ta’lim,   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   mazmuniga   talablar
ta’limni   rivojlantirish   davlat   strategiyasi   bilan   belgilanadi.   Bu   strategiya
respublikaning   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»da   belgilangan   (1997   yil),
ta’limni   tubdan   isloh   qilish,   rivojlangan   demokratik   davlatlar   darajasida   yuqori
malakali   kadrlar   tayyorlash   bo’yicha   milliy   tizimni   yaratish   hisoblanadi.   Ta’lim
mazmunida quyidagi ikki jihat ko’zga tashlanadi: milliylik va umuminsoniylik. Hozirgi   sharoitda   o’rta   maktab,   akademik   lisey   va   kasb-hunar   kollejlari
uchun   ta’lim   mazmuni   (o’quv   rejalari)ni   ishlab   chiqishda   ta’lim   mazmunida
quyidagi g’oyalar yetakchi o’rin tutadi:
1) insonparvarlashtirish;
2) integrasiya;
3) standartlashtirish;
4) ko’p bosqichlilik;
5) axborotlashtirish;
6) individuallashtirish;
7) ketma-ketlik.
Ta’lim   mazmunini   insonparvarlashtirish   ta’lim   muassasasining   o’quvchiga
e’tibor   qaratishi,   uning   shaxsi,   xohish-istak   va   qiziqishlarini   hurmat   qilishi,
birinchi   navbatda   o’quvchilarning   qobiliyatlarini   rivojlantirish,   ularning   mustaqil
hayotda   o’z   yo’llarini   topib   olishlari   uchun   sharoit   yaratishni   ko’zda   tutadi.
Insonparvarlashtirish   gumanitar   va   tabiiy   fanlarni   optimal   nisbatlarda   bo’lishi,
matematik,   biologik,   texnik   kurslar   mazmunini   insoniylik   haqidagi   bilimlar   bilan
boyitishni ko’zda tutadi. Ta’lim mazmunida insonparvarlik g’oyalarining aks etishi
o’quvchilarda fikrlash layoqatining shakllanishiga yordam beradi. 
Ta’limni   insonparvarlashtirish   bu   ta’lim   tizimi   va   butun   ta’lim   jarayonini
har   bir   inson   huquqlarini   hurmat   qilish,   pedagoglar   o’rtasida   o’zaro   hurmatga
asoslangan   munosabatlarni   rivojlantirish,   ularning   sog’liqlarini   saqlash   va
mustahkamlash,  shaxsiy qadr-qimmatlarining his etishlarini ta’minlash va shaxsiy
imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Ta’limni   insonparvar   (gumanitar)lashtirish   yangi   tayanch  o’quv  rejasining
ikkinchi muhim g’oyasidir. Ta’limni gumanitarlashtirish birinchi navbatda tayanch
o’quv rejasida gumanitar fanlar hajmini oshirishda o’z ifodasini topadi (50 % dan
ko’proq).   Bu   xususan   estetik   tarbiyani   tashkil   etishga   o’quv   vaqtini   ikki   barobar
ko’paytirishga   imkon   beradi.   Gumanitarlashtirish   –   bu   ta’limning   bosqichi     va
turidan qat’iy nazar asosiy ijtimoiy muammo - inson farovonligi muammosini hal
etishga imkon beruvchi ta’lim mazmunini o’zlashtirishga yo’naltirishdir.  Ta’lim   yangi   mazmunini   ishlab   chiqishning   uchinchi   g’oyasi   –   ta’limni
differensiyalashtirish .   Bu   yo’nalish   majburiy   kurslar   bilan   birga   katta   sinflarda
chuqurlashtirilgan   va   ixtisoslashtirilgan   o’qitish,   fanlarni   tanlash   asosida   olib
borishni   ko’zda   tutadi.   Sinfda,   sinflar   o’rtasida   hamda   turli   yoshdagi   o’quv
guruhlarida     fakultativ   kurslarni   individual,     guruhli   mashg’ulotlar   hamda
qiziqishlariga   ko’ra   to’garaklarni   rivojlantirish   ham   ko’zda   tutiladi.
Differensasiyalash   –   bu   zamonaviy   sharoitda   ta’limni   rivojlantirish   umumiy
yo’nalishi   hisoblanadi.   Respublikada   o’tgan   asrning   90-yillarida   ta’limni
differensasiyalash   maqsadida   ixtisoslashtirilgan   maktablar   va     sinflar   (fizika,
ximiya,   matematika,   chet   tillarini   chuqur   o’rganish   bilan)   liseylar,   gimnaziyalar
ochildi.
1997   yilda   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   XI   sessiyasida
O’zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to’g’risida”gi   Qonuni   va   “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’lim tizimini rivojlantirishda yangi
bosqich   bo’ldi.   Davlat   ta’lim   standartlari   talablaridan   kelib   chiqib   ta’lim
dasturlarining yangi avlodi ishlab chiqildi. 
Kurslarni integrasiyalashtirish   ta’limning yangi mazmunini ishlab chiqishga
qaratilgan   yana   bir   g’oya   o’quvchilarda   dunyoni   yaxlit   tasavvur   qilish   layoqatini
rivojlantirishda umumlashtiruvchi, dunyoqarashni shakllantirish imkonini beruvchi
integrativ fanlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yangi   yagona   (tayanch)   o’quv   rejasida   integrasiyalash   hisobiga   o’quv
fanlari   soni   kamaytirildi,   soatlarning   umumiy   hajmi   ixchamlashtirildi.   Xususan,
“Tarix” fani umumiy tarix va O’zbekiston xalqlari tarixiga asoslanadi. 
Standartlashtirish   –   bu   majburiy   o’quv   fanlari   to’plamini   soatlari   aniq
belgilangan hajmini belgilash. Ta’lim standartlari yordamida ta’lim muassasalarida
o’quv   ishlarining   normativlari   moslashtiriladi,   o’quvchilar   bilimlarini
baholashning yagona mezonlari ishlab chiqiladi.
Ko’p bosqichlilik  – bu ta’limning har bir bosqichida o’quvchining imkoniyat
va   qiziqishlari   darajasiga   javob   bera   oladigan   bilim   darajasiga   erishish   imkonini
beruvchi   ko’p   bosqichli   ta’lim   jarayonini   tashkil   etishdan   iborat.   Turli bosqichlarning   har   birida   o’qitishning   yakuniy   holati   ta’limning   sifatli
yakunlanganligi hisoblanadi. 
Fundamentallashtirish   –   shaxs   (o’quvchi)ni   ijtimoiy   faoliyatiga   nazariy   va
amaliy   jihatdan   tayyorlashni   kuchaytirish.   Bu   yerda   maktab   bo’lsa   ham,     lisey,
kollej yoki oliy o’quv yurtining ta’lim tizimi, o’quv rejasi, barcha fanlar bo’yicha
ilmiy-nazariy   bilimlarni   chuqur   va   tizimli   o’zlashtirishga   alohida   ahamiyat
beriladi.
Ta’limni   axborotlashtirish   o’quvchilarni   o’qitish   jarayonida   hisoblash
texnikasi   va   axborot   texnologiyalaridan   ommaviy   va   keng   foydalanish   bilan
bog’liq bo’ladi. Ta’limni axborotlashtirish oxirgi o’n yillikda keng tarqaldi, buning
boisi   shuki,   zamonaviy   video-radiotexnika   va   kompyuterlarning   ta’lim   tizimida
qo’llanilishi mumkin bo’lganligi hamda foydalanish nisbatan oddiyligidir.
Individuallashtirish   ta’lim-tarbiya   jarayonida   o’quvchi   va   o’qituvchilar
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning hamma turlaridan foydalangan holda ularning
individual xususiyatlarini hisobga olish va rivojlantirish demakdir.
Uzluksizlik   jamiyat hayotining tez o’zgarib borishi odamni doimiy ravishda
ta’lim olish (mustaqil ta’lim olish)ga undovchi  jarayon mohiyatini anglatadi.
Umumiy   o’rta   va   o’rta   maxsus   ta’lim   mazmunini   tanlab   olish   tamoyil
va   mezonlari.   Maktab   ta’limi   mazmunini   shakllantirish   quyidagi   umumiy
tamoyillarga  muvofiq amalga oshiriladi:
1.  Ta’lim mazmunining barcha elementlari barcha bosqichlarda jamiyat, fan,
madaniyat   va   shaxs   rivojlanishi   talablariga   mos   bo’lishi   tamoyili .   Bu   tamoyil
ta’lim   mazmuniga   an’anaviy   bo’lgan   bilim,   ko’nikma   va   malakalar   bilan   birga
jamiyatning   rivojlanganligi,   ilmiy   bilim,   madaniy   hayot   darajasi   va   shaxsning
rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
2.   Ta’limning yagona mazmunli va prosessual  tomoni tamoyili.   Bu tamoyil
ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama ilmiy yo’nalishni rad etadi. U aniq bir
o’quv jarayonini amalga oshirish bilan bog’liq pedagogik haqiqatni hisobga olishni
ko’zda   tutadi.   Bu   umumiy   o’rta   va   o’rta   maxsus   ta’lim   mazmunini
loyihalashtirishda   uni   berish   va   o’zlashtirish   tamoyillari   hamda   texnologiyasi, o’zlashtirish   darajasi   va   u   bilan   bog’liq   harakatlarni   hisobga   olish   kerakligini
anglatadi.
3.   Ta’lim   mazmunining   yaxlit   tuzilishi   tamoyili .   Bu   tamoyil   ta’lim
tizimining   turli   bosqichlarida   nazariy   bilimlarning   berilishi,   o’quv   fani,   o’quv
materiali,   pedagogik   faoliyat,   o’quvchi   shaxsi   kabi   tashkil   etuvchilarining   o’zaro
mosligini ko’zda tutadi.
Oxirgi   yillarda   ta’lim   mazmunini   tanlash   gumanitarlashtirish   va
fundamentallashtirish   kabi   tamoyillar   yetakchi   o’rin   egallamoqda.   Bu   umumiy
o’rta   va   o’rta   maxsus   ta’lim   shaxsning   insonparvarlik   madaniyatini
shakllantirishga   yo’naltirilgan   bo’lishini   anglatadi.   Insonparvarlik   madaniyati
birinchi   navbatda   bilim,   hissiyotlar   madaniyati,   muomala   va   ijodiy   harakatlar
uyg’unligidir.
4.   Ta’lim   mazmunini   insonparvarlashtirish   tamoyili .   Bu   tamoyil   birinchi
navbatda   o’quvchilarning   umuminsoniy   va   milliy   madaniyatni   faol   ijodiy   va
amaliy   o’zlashtirishlari   uchun   sharoitlar   yaratish   bilan   bog’liqdir.   Buning   uchun
gumanitar   g’oyalar   umumiy   ta’lim   mazmuniga   singdirilishi   kerak.   Bu   esa   o’z
navbatida   gumanitar   va   tabiiy-ilmiy   fanlarning   o’zaro   bog’liqligi   va   o’zaro
munosabatlari   tamoyilining   o’zgartirilishini   talab   etadi,   uning   asosini   shaxsga
e’tibor qaratish tashkil etishi zarur.
5.   Ta’lim   mazmunini   fundamentallashtirish   tamoyili   ta’limni
gumanitarlashtirishdagi   to’siqlarni   yo’qotishga   imkon   beradi   (an’anaviy
pedagogikada uni ilmiylik, tushunarlilik va tarixiylik tamoyili sifatida qaraladi). U
gumanitar   va   tabiiy-ilmiy     bilimlarni   birlashtirish,   ketma-ketlikni   o’rnatish     va
fanlararo aloqalarni o’quvchilarning idrok etish va amaliy faoliyat metodologiyasi
mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi. 
6.  Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili ,  bu tamoyil ta’lim mazmunini
o’sib   boruvchi   yo’nalishda   rejalashtirishdan   iborat   bo’lishini   anglatadi,   bunda
birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi.
7.   Ta’limning   mazmuni   muntazamligi   tamoyili ,   ushbu   tamoyil
o’rganilayotgan   bilimlar   va   shakllantirilayotgan   malakalarni   yagona   tizimdagi o’rni,   umumiy   o’rta   va   o’rta   maxsus   ta’lim,   barcha   o’quv   kurslari   va   yaxlit
mazmunning   bir-biriga   hamda   umuminsoniy,   milliy   madaniyat   tizimiga   kiruvchi
tizim sifatida ko’rishni ko’zda tutadi.
8.   Ta’lim   mazmunining   o’quvchilar   yoshlari   imkoniyatlariga   mosligi
tamoyili   o’quvchilarning   yosh   darajasi   va   tayyorgarligini   ko’zda   tutadi.   Ularga
o’zlashtirish uchun u yoki bu bilimlar va malakalar tizimi o’zlashtirish uchun taklif
etiladi.
Umumiy   o’rta   va   o’rta   maxsus   ta’limning   mazmunini   shakllantirish   ko’rib
chiqilgan   tamoyillarini   zamonaviy   o’rta   maktablar   va   akademik   liseylari   uchun
tanlab olish quyidagi mezonlar bo’yicha amalga oshiriladi:
- erkin fikrlovchi  shaxsning  rivojlanishi  va  uning madaniyatini  shakllantirish
masalalari mazmunini yaxlit aks ettirish;
- ilmiy va amaliy ahamiyati;
- ta’lim   mazmunining   murakkabligi,   o’quvchilar   imkoniyatlarining   mavjud
o’quv dasturlariga mosligi;
- ta’lim hajmining uni o’rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;
- maktab hamda liseylar bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
- umumiy o’rta ta’lim mazmunini qurishda xalqaro tajribalarni hisobga olish.
Ta’lim   mazmunini   belgilovchi   me’yoriy   hujjatlar.   Ilmiy   pedagogik
adabiyotlarda   ta’lim   mazmunini   shakllantirishning   quyidagi   uch   bosqichi
ko’rsatiladi: 
1) umumiy nazariy bosqich;
2) o’quv bosqichi;
3) o’quv materialini o’zlashtirish bosqichi,   ya ’ni, ta’lim mazmunining o’quv
rejasi, o’quv dasturi va darsliklar kabi me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini topishi.
Umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   mazmuni   davlat   ta’lim
standarti, o’quv rejalari mazmunida namoyon bo’ladi. 
Davlat   ta’lim   standarti.   Ta’lim   mazmunining   rivojlanishida   ko’zga
tashlanayotgan   zamonaviy   tendensiyalaridan   biri   uni   standartlashtirish   (davlat miqyosida   yagona   qoidalar   va   talablar   o’rnatilishi)   hisoblanadi.
Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o’rta, o’rta
maxsus,   kasb-hunar   bilimlar   hajmining   bir   xillik   darajasini   ta’minlovchi
mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) O’zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim
amaliyotida   umumiy   o’rta   va   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   mazmunini
rivojlanishi tendensiyalarining  hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti:   
1) ta’lim   olish   shaklidan   qat’iy   nazar   bitiruvchilar   erishishlari   kerak   bo’lgan
ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2) o’quv   fani   bo’yicha   yakuniy   ta’limning   yakuniy   natijalarini   belgilovchi
asosiy hujjat;
3) ta’lim   dasturlari   mazmunining   minimumi,   o’quvchilar   tomonidan
bajariladigan   o’quv   ishlarining   maksimal   hajmi,   shuningdek,   bitiruvchilarning
tayyorgarlik darajalariga qo’yiluvchi talablarni belgilaydi.
O’zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to’g’risida”gi   Qonuni   bilan   bir
qatorda   ta’lim   standarti   asosiy   me’yoriy     hujjat   hisoblanadi.   «Standart»   ingliz
tilidan   tarjima   qilinganda   «me’yor»,   «namuna»,   «andoza»,   «model»   ma’nolarini
anglatadi.   Standart   yordamida   respublika   miqyosidagi   turli   ta’lim   muassasalarida
ta’limning   barqarorlik   darajasini   ta’minlashga     erishiladi,   o’quv   ishlari
normativlari     moslashtiriladi,   o’quvchilarning   bilimlarini   baholash   mezonlari
ishlab   chiqiladi.   O’quvchi   davlat   tomonidan   belgilangan   ta’lim   standarti   bilan
cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida
mustaqil shug’ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo’lgan yoki qiziqarli
bo’lmagan   fanni   o’rganishda   o’quvchiga   standartga   kiritilgan   normativ   minimum
bilan cheklanish imkoniyati beriladi.
Ushbu holatda o’quvchi o’ziga mos keladigan ta’lim yo’lini anglagan holda
va   mustaqil   tanlab,   o’z   qiziqishlari,   istagi,   qobiliyatlari   va   intilishlarini   amalga
oshirishga imkoniyatga ega bo’ladi. Shakli va mazmuni bo’yicha tushunarli ifoda etilgan   standart   talablari   oldindan   o’quvchilarga   va   ularning   ota-onalariga
yetkaziladi.
Ta’limni   standartlashtirish   dunyoning   rivojlangan   mamlakatlarida
allaqachon   o’quv   rejalari   va   dasturlarini   ishlab   chiqish,   ta’lim   ma’lum   darajasini
belgilab   bilan   amalga   oshiriladi.   Ammo   “standart”   termini   o’zi   ta’limga   nisbatan
yaqin   davrlardan   qo’llanila   boshlangan.   Davlat   ta’lim   standartlari   ta’lim   sifatini
oshirishga   imkon   beradi.   Ular   ta’lim   mazmuni   minimal   hajmini   qayd   etish   va
ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas
edi.   O’zlashtirishning   aniq   belgilangan   chegaralari   yo’qligi   XX   asrning   80-
yillarida ko’pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim  darajalari  juda past  bo’lishiga
olib keldi. 
Davlat   ta’lim   standartlarini   yaratish   bo’yicha   ishlar   O’zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to’g’risida”gi   Qonunini   (1992   yil)   qabul   qilingandan
keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti me’yorlariga
mos   keluvchi   davlat   ta’lim   standartlarini   yaratish   zarurligi   ta’kidlab   o’tiladi.
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisning   IX   sessiyasida   (1997   yil)   O’zbekiston
Respublikasining   yangi   tahriridagi   “Ta’lim   to’g’risida”gi   Qonuni   qabul
qilingandan so’ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi
asosida   yaratilgan   ta’lim   standartlari   har   bir   fan   bo’yicha   o’zlashtirilishi   zarur
bo’lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko’ra quyidagilardan iboratdir:
  1.Ta’limning   yangi   yoki   aniqlashtirilgan   maqsadlari,   fanning   o’rganish
obyektlari   va   asosiy   mazmunli   yo’nalishlari   ko’zda   tutiladigan   o’quv   fanining
umumiy ta’rifi.
2. O’quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.
3.   Ta’limning   majburiy   natijalarini   ifodalash,   ya’ni   o’quvchilarning   o’quv
tayyorgarliklari zarur bo’lgan minimal darajasiga talablar.
4.   Bilim,   ko’nikma   va   malakalarga   qo’yiluvchi   talablar,   bu   ularning   majburiy
tayyorgarliklari   darajasining   “o’lchamidir”,   ya’ni,   tekshirish   ishlari,   testlar   va alohida   topshiriqlarni   bajarishlariga   qarab   o’quvchilar   tomonidan   talablarning
majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo’ladi.
O’quv  rejalari   quyidagilardan  iborat:   tayanch,  namunaviy  va   maktab  o’quv
rejasi.
Umumiy   o’rta   hamda   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasalari
(akademik lisey va kasb-hunar kollejlari) uchun   tayanch o’quv rejasi   davlat ta’lim
standartining   tashkiliy   qismi   hisoblangan   asosiy   me’yoriy   hujjat   bo’lib,   u
namunaviy   va   amaliy   o’quv   rejalarini   ishlab   chiqish   uchun   asos   bo’lib   xizmat
qiladi.   Tayanch   o’quv   rejasi   davlat   ta’lim   standarti   tarkibiy   qismi   sifatida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maktab,   akademik   lisey   va   kasb-hunar   kollejlarining   namunaviy   o’quv
rejalari   tayanch   o’quv   rejasi   asosida   tuziladi   va   O’zbekiston   Respublikasi   Xalq
ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Bu
reja   uzoq   muddatga   mo’ljallab   tuziladi   va   uning   asosida   mavjud   sharoitlarni
hisobga olib  ishchi o’quv rejalari  ishlab chiqiladi.
O’quv rejasi  –  me’yoriy hujjat hisoblanib quyidagilarni belgilaydi:
- o’quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;
- ushbu  ta’lim muassasasida o’rganiladigan o’quv fanlari tartibi;
- o’qish yillari bo’yicha fanlarni taqsimlash;
- har   bir   fan   bo’yicha   yaxlit   ta’lim   davri   va   har   bir   sinf   (kurs)da   fanlarni
o’rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
- har bir fanni o’rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
- praktikumlar,   ishlab   chiqarish   va   pedagogik   amaliyotlar   hamda   shu
kabilarning davomiyligi.
O’quv   rejasida,   yana   shuningdek ,   aniq   bir   o’quv   muassasi   xususiyatlarini
aks   ettiruvchi,   o’quvchilarning   erkin   tanlovi   bo’yicha   fakultativ   va   majburiy
mashg’ulotlar aks ettiriladi.
O’quv dasturi  – muayyan  o’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar
mazmuni,   umumiy   vaqtni   muhim   bilimlarni   o’rganilishi   bo’yicha   taqsimlash, mavzularning   ketma-ketligini   belgilash   hamda   ularning   o’rganilish   darajasini
yorituvchi me’yoriy hujjat.
Dasturda   o’quv   materialining   ta’limning   har   bir   yili   va   har   bir   sinf,   kurs
bo’yicha   taqsimlanishi   tuzilishi   asoslab   berilgan.   Dasturda   ko’rsatilgan   bilim,
malaka   va   ko’nikmalarni   o’quvchilar   tomonidan   to’la   o’zlashtirilishi   o’qitish
jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
O’quv dasturlari  namunaviy, ishchi va mualliflik   bo’lishi mumkin.
Namunaviy   o’quv   dasturi   u   yoki   bu   ta’lim   sohasiga   nisbatan   davlat   ta’lim
standartlari   talablari   asosida   ishlab   chiqiladi.   O’quv   dasturlari   quyidagilardan
iborat bo’ladi:
- ushbu   fanni   o’rganish   maqsadlari,   o’quvchilarning   bilim   va   malakalariga
asosiy talablar, o’qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish
xati;
- o’rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
- kursning   alohida   savollarini   o’rganishga   o’qituvchi   sarflaydigan   taxminiy
soatlari hajmi;
- dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro’yxati;
- fanlararo va kurslararo bog’liqlikni amalga oshirish bo’yicha ko’rsatmalar;
- o’quv uskunalari va ko’rgazmali qo’llanmalar ro’yxati;
- tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Namunaviy o’quv dasturlari Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim
Vazirliklari   tomonidan   tasdiqlanadi,   tavsiyanoma   xususiyatiga   ega   bo’ladi.
Namunaviy   dastur   asosida   maktab,   akademik  lisey   pedagogik   kengashi   tomnidan
ishchi o’quv dasturlari  ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli
ravishda   ishchi   dasturda   regional   komponenti   ta’riflanadi,   o’quv   jarayonini
metodik, informasion, texnik ta’minlash imkoniyati, o’quvchilarning tayyorgarligi
darajasi hisobga olinadi.
Mualliflik   o’quv   dasturlari   davlat   standarti   talablarini   hisobga   olgan   holda
o’quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo’lishi, u yoki bu nazariyalarni
o’rganishga   mualliflik   yondashuvi,   o’rganilayotgan   hodisa   va   jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan
sohasida   pedagog,   psixolog,   metodistlarning   tashqi   resenziyalariga   ega   bo’lishi
kerak   va   ular   mavjud   bo’lganida   maktab,   akademik   lisey   hamda   kasb-hunar
kollejlarining   Pedagogik   Kengashi   tomonidan   tasdiqlanadi.   Mualliflik   o’quv
dasturlari   o’quvchilarning erkin tanlovi  bo’yicha (majburiy va fakultativ) kurslar
tashkil etishda keng foydalaniladi.
O’quv   fani   ta’lim   muassasalarida   o’quvchilarning   yosh,   idrok   etish
imkoniyatlariga   muvofiq   ularga   muayyan   fan   sohasi   bo’yicha   umumiy   yoki
mutaxassislik   bilimlarini   berish,   ko’nikma   va   malakalarni   shakllantirishni
ta’minlovchi manbadir.
O’quv   fanining   mazmuni   har   bir   pedagog   tomonidan   ixtiyoriy
belgilanmaydi,   balki   ijtimoiy   hodisa   sifatida   ta’limning   tarixiy   rivojlanishi
davomida   ishlab   chiqiladi.   O’rta   maktab,   akademik   lisey   va   kasb-hunar   kolleji
o’quv   fanlarini   ilmiy   bilimning   umumiy   tuzilishiga   mos   ravishda   shakllantirish
kerak deb hisoblovchi nuqtai nazar eng keng tarqalgan va tan olingan hisoblanadi.
Ta’lim mazmuni va o’quv dasturlari o’quv adabiyotlarida     loyihalashtiriladi    .
Bunday adabiyotlar sirasiga  darsliklar va o’quv qo’llanmalari  kiradi.
O’quv   adabiyotlari   orasida   darslik   alohida   o’rin   tutadi.   Darslik   muayyan
o’quv fani  bo’yicha ta’lim  maqsadi, o’quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq
belgilangan   ilmiy   bilimlari   to’g’risidagi   ma’lumotlarni   beruvchi   manba   bo’lib,   u
mazmuni va tuzilishiga ko’ra fan bo’yicha yaratilgan o’quv dasturiga mos keladi.
Namunaviy o’quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda
Respublika   Xalq   ta’limi,   Oliy   va   o’rta   maxsus   ta’lim   Vazirliklari   tomonidan
barcha maktablar, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etiladi.
G’oyaviy   va   metodik   jihatdan   mukammal   bo’lgan   darslik   ta’lim   mazmuniga
qo’yiladigan barcha talablarga javob bera olishi, o’quvchilar  uchun qiziqarli, iloji
boricha  qisqa, tushunarli, ko’rgazmalilik nuqati  nazaridan  estetik xususiyatga  ega
bo’lishi kerak.
Darslik   bir vaqtning o’zida ham barqaror, ham qulay tarkibiy tuzilmaga ega
bo’lishi   kerak.   Darslik   barqarorligiga   ko’ra   mustahkam   asosga   ega,   mobilligiga ko’ra   ega   asosiy   tuzilmaga   dahl   etmagan   holda   yangi   bilimlarni   tezlikda   kiritish
imkoniyatini   namoyon   etadi.  Ularga   qo’yiladigan   talablar   turli-tuman   va  qarama-
qarshi   bo’lib,   mukammal   darsliklarning   yetishmovchiligi   doimo   his   etiladi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, shu
sababli   o’qituvchilar   va   o’quvchilar   ular   orasidan   eng   yaxshilarini   tanlab   olish
imkoniyatiga egalar.
Darslik   o’quvchilarning   ta’lim   jarayonida   ongli   ravishda   va   faol   ishtirok
etishlari,   o’quv   materialini   to’la   o’zlashtirishlarini   ta’minlashi   kerak.   Ana   shu
masalalarni hal etish yo’lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) motivasion   vazifa      -   bu   vazifa   o’quvchilarni   ushbu   fanni   o’rganishga
yo’naltiradigan,   ularda   ishga   pozitiv   munosabati   va   qiziqishini   shakllantiruvchi
rag’bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;
2) axborot      vazifasi      o’quvchilarga   axborotlarni   yetkazish,   samarali   usullar
yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi;
3) nazorat-tuzatish   (mashq  qilish)   vazifasi      –  ta’lim  jarayoni,  uning  natijalarini
tekshirish, o’quvchilarda o’zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo’lgan
ko’nikma,   malakalarni   shakllantirish   uchun   o’rganish   mashqlarini   tavsiya   etishni
nazarda tutadi.
4) muvofiqlashtirish   vazifasi      material   ustida   ishlash   jarayonida   ta’limning
boshqa vositalari (xaritalar, ko’rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb
etishni ifodalaydi;
5) rivojlantiruvchi   –tarbiyalovchi   vazifasi      darslik   mazmunining   o’quvchilarga
ma’naviy-axloqiy   ta’sir   ko’rsatishi,   kitoblar   bilan   ishlash   jarayonida   ulardan
mehnatsevarlik,   faol   fikrlash,   ijodiy   qobiliyat   kabi   sifatlarni   shakllantirishdan
iborat;
6) o’qitish   vazifasi      darslik   bilan   ishlashda   mustaqil   bilim   olish   uchun   zarur
bo’lgan   konpekt   yozish,   umumlashtirish,   asosiysini   ajratib   ko’rsatish,   mantiqiy
eslab   qolish   kabi   malaka   va   ko’nikmalarni   rivojlantirishga   yordam   berishida
ko’zga tashlanadi. Ta’lim   mazmuni   o’quv   materiali   darajasida     darsliklar   bilan   bir   qatorda
turli   xil   o’quv   qo’llanmalari :   adabiyot   va   tarix   xrestomatiyalari,   spravochniklar,
matematika,   fizika,   ximiya   bo’yicha   masalalar   to’plamlari,   georafiya,   biologiya
bo’yicha atlaslar, til bo’yicha mashqlar to’plamlari va boshqalarda ochib beriladi.
O’quv qo’llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni
hal etish maqsadiga ega bo’ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish). Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni Barkamol
avlod   –   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –   Toshkent,   Sharq   nashriyot-
matbaa konserni, 1997.
2. O’zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»
Barkamol   avlod   –   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –   Toshkent,   Sharq
nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.
- Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
4. Podlasy I.P. Pedagogika. Novy kurs. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados,
1999.

TA’LIM MAZMUNI R E J A : 1. Ta’lim tushunchasining mazmuni, mohiyati va tarixiy xususiyatlari. 2. Ta’lim turlari va ko’rinishlari. 3. Ta’lim nazariya (konsepsiya)lari mazmuni. 4. Ta’lim mazmunini belgilovchi hujjatlar.

T a’lim o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish, ularning amaliy ko’nikma, malakalari va dunyoqarashini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, ushbu tushuncha negizida shaxsning tanqidiy fikrlashi, yaratishi, borliqda sodir bo’layotgan hodisalarni o’zaro aloqadorlik nuqtai nazaridan baholay olishi ham aks etadi. Ta’lim tushunchasi, shuningdek, ajdodlar tomonidan to’plangan ijtimoiy ahamiyatli tajribalarining avlodlarga doimiy uzatilishini ta’minlovchi tizimli jarayoni ham sanaladi.. Shaxsni ijtimoiylashtirish uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o’zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayonidir. Ta’lim mazmuni tizimlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalar, qarashlar, ishonchlar to’plami, o’quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan amaliy tayyorgarlikning ma’lum darajasi bilan belgilanadi. Ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan bilim lar muhim ijtimoiy qadriyat ham sanaladi. U individning ijtimoiylashishi, odamning sosium (ijtimoiy muhit)ga kirishiga yordam beradi. O’tgan asrda ta’lim mazmunini siyosiylashtirishga urinishga qaratilgan harakatlarning yuzaga kelganligi uning mazmunini belgilashda ekstensiv yondashish (miqdoriy – sonini ko’paytirish) yetakchi o’rin egalladi. Natijada ta’lim mazmuni o’quv fanlari sonining doimiy ortib borish hisobiga kengaytirildi, ta’lim jarayonida tayyor bilimlarni berish asosida o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratilib, o’quvchi shaxsini rivojlantirish masalasi o’z yechimini topmadi. So’nggi yillarda ta’limni insonparvarlashtirish yo’lida ta’lim mazmunini aniqlashda shaxsga-yo’naltirilgan yondashuv asosiy o’rinni egallay boshladi. Bunday yondoshish V.V.Krayevskiy, I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin (Rossiya); M.Ochilova, N.N.Azizxo’jayeva, N.Sayidahmedov, F.R.Yuzlikayev (O’zbekiston)larning ishlarida o’z aksini topdi. Masalan, V.V.Krayevskiy, I.Ya.Lernerlar ta’lim mazmuni deganda shaxsni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik bilim, ko’nikma va

malakalar to’plami, ijodiy faoliyat tajribasi hamda emosional-irodaviy munosabat tajribasini tushunadilar. Demak, shaxsga yo’naltirilgan yondoshishga muvofiq ta’lim mazmuni mohiyatini aniqlashda asosiy qadriyat bilim emas, balki odamning o’zi hisoblanadi. Bunday yondoshuv shaxsning ta’lim olish, ma’naviy, madaniy va hayotiy talab-ehtiyojlarini qondirish, rivojlanayotgan shaxsga nisbatan samimiy munosabatida bo’lishi ta’lim mazmunini erkin tanlash imkonini beradi. An’anaviy pedagogika deyarli faqat odamning ijtimoiy mohiyatini tan olganligi bois, ta’limning maqsadi insonning jamiyat a’zosi sifatida rivojlanishi, unda ijtimoiy ahamiyatli sifatlarining shakllanishi hisoblanadi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida ta’lim jamiyat va davlatning ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi asosi deb e’lon qilindi. Ta’limning maqsadi mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat: - aholi milliy-madaniy ehtiyojlarini qoniqtirish, jismoniy va ma’naviy sog’lom avlodni tarbiyalash; - o’quvchilar tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish talablari bilan belgilanadigan bilimlar tizimini o’zlashtirilishini ta’minlash; - ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyat, ijodiy, erkin fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilimlarini oshirib borishi; - yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fuqarolik dunyoqarashi, insoniy qadr-qimmat, demokratik o’zini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek, o’z harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish. Ana shu umumiy vazifalar bir qator alohida masalalardan iborat bo’ladi. Ular o’quv fanlari mazmunida uyg’unlashtiriladi. Ta’lim turlari va ko’rinishlari. Yevropa va Sharq, Osiyo va Amerika mamlakatlarida ta’lim turlari tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Birinchi

turi mifologik ta’lim bo’lib, unda dunyoning mohiyati ertak, afsona, doston, qissa hamda qo’shiqlar shaklida o’rganilgan. Keyingi tarixiy turi sxolastik ta’lim bo’lgan. Uning mohiyatiga ko’ra ta’limda matn madaniyati va yer, osmon haqidagi bilimlar so’z bilan ifodalanib, xotira va irodani mashq qildirish asosida yosh avlodga inson mavjudligi va u tomonidan tashkil etiladigan faoliyat mazmuni haqida bilimlar berilgan, savodxonlik va nutq madaniyatiga o’rgatilgan. Ta’limning uchinchi tarixiy turi - ma’rifatparvarlik bo’lib, u dunyoviy bilimlar yaratilgan davrda yuzaga kelgan. XX asrdan boshlab esa turli ta’lim paradigma (model)lari, turlari va ko’rinishlarining rivojlanish jarayoni kuzatildi. Bugungi kunda asoslariga ko’ra ta’limning quyidagi turlari, ko’rinishlari mavjud: - ilmiy bilimlarni o’zlashtirishi turi va sifatiga ko’ra (biologik, matematik, fizik, iqtisodiy, filologik ta’lim va shu kabi); - ustuvor mazmunga ko’ra ( nazariy va amaliy, gumanitar va boshqalar); - ijtimoiy faoliyatlarni egallashi turi va mahoratiga ko’ra (musiqiy, badiiy, texnik, texnologik, pedagogik-tibbiy ta’lim va shu kabilar); - madaniy qadriyatlarni o’zlashtirishiga ko’ra (an’anaviy ta’lim, badiiy- estetik, diniy ta’lim va boshqalar); - kishilik jamiyatining madaniy qadriyatlarni o’zlashtirish ko’lamiga ko’ra (milliy, yevropa, xalqaro, global ta’lim va boshqalar); - ta’lim tizimi turiga ko’ra (universitet, akademik, gimnaziya, lisey ta’limi va boshqalar); - ta’lim mazmuni yo’nalishining ustuvorligiga ko’ra (formal va moddiy, ilmiy va elementar, gumanitar va tabiiy fanlar, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy va boshqalar); - ta’lim darajasiga ko’ra (boshlang’ich, to’liqsiz o’rta, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim. Ta’limning tarixiy xususiyatlari. Ta’lim mazmuni tarixiy xususiyatga ega, chunki u jamiyat rivojining u yoki bu bosqichida ustuvor o’rin tutuvchi

ijtimoiy maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Bu ta’lim mazmunining ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish va ilmiy bilimlarning rivojlanish darajasi talablari ta’siri ostida o’zgarib borishini anglatadi. Ta’lim ijtimoiy hodisa sifatida odamlarning bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan pragmatik (amaliy) ehtiyojlari negizida shakllangan va u odamlarga hayot faoliyatlarini yo’lga qo’yish uchun zarur. Bilimlarni to’plash va chuqurlashtirish, jamiyat madaniyatining o’sib borishi bilim tomonidan tashkil etiluvchi funksiyalari ko’lamini oshishini ta’minlaydi. Mazkur yondashuvlar (pragmatik va madaniy) kishilik jamiyatining turli bosqichlarida ta’lim mazmuni yo’nalishlarni belgilab keladi. O’rta asrda Yaqin va O’rta Sharqda diniy o’quv muassasalari – madrasalar ta’lim va fan markazlari bo’lgan. O’zbekistonlik, Rossiyalik va chet el sharqshunos tadqiqotchilari tomonidan madrasa turidagi o’quv muassasalari aynan Markaziy Osiyoda yuzaga kelgani va shu yerdan boshqa mamlakatlarga tarqalgani isbotlangan. Somoniylar davrida (X asr) faqat Samarqandning o’zida 20 ga yaqin madrasalar mavjud bo’lgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat musulmonchilikka oid bilimlar berilibgina qolmay, balki dunyoviy ilmlar ham o’rganilganligi, ilmiy tadqiqotlar olib borilganligi, ularning negizida ilmiy maktablarning yuzaga kelganligi qayd etiladi. O’z davrida madrasalarda o’qitilishi yo’lga qo’yilgan fanlarni Abu Ali Ibn Sino quyidagi tizimlar bo’yicha ajratadi: odob (xulq etikasi), astronomiya, tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fikh (musulmon qonunchiligi). Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlar esa quyidagilardan iborat: 1) aqliy tarbiya; 2) jismoniy sog’lomlashtirish; 3) estetik tarbiya; 4) ma’naviy tarbiya; 5) hunarga o’rgatish. Abu Ali Ibn Sino tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari Markaziy Osiyoda Uyg’onish davrida (IX-X asr) ta’limning insonparvarlik va shaxsning barkamol rivojlanishi borasidagi g’oyalarga asoslangan edi deyishga imkon beradi.