logo

Boshlang‘ich ta’lim didaktikasining mazmuni va mohiyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.1435546875 KB
Boshlang‘ich ta’lim didaktikasining mazmuni va mohiyati
Reja:
1. Ta’limning metodologik asoslari. 
2. Zamonaviy didaktika konsepsiyasi. 
3.  Sharq mutafakkirlarining didaktika haqidagi fikrlari.  Ta’lim   va   o’qitish   mazmunining   nazariy   masalalarini,   uning   shakli   va
uslublarini pedagogikaning bir qismi bo`lgan didaktika o`rganadi. 
Umuman   pedagogika   singari   didaktika   hm   rivojlanadi.   Uning
rivorlanishiga   Yan   Amos   Kamenskiy   hissa   qo`shdi.   Uning   “Buyuk
didaktika” asari o`qitishni rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatdi. 
        Boshlang`ich   ta’lim   didaktikaning   asoslari   Shvetsariya   pedagogi
I.G.Pestolotsi   asarlarida   ishlab   chiqilgan.   Bulardan   tashqari   rus
didaktikasining   atoqli   namoyondasi   K.D.Ushinskiy   bo`lgan.   U   ham   o`qitish
masalalarini   chuqur   psixologik   asosini   yaratdi.   O`zbek   xalqi   orasida   ham
H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi pedagoglar yetishib chiqdi. 
    Ular ham o`zbek xalq maktablarini ochish, o`quvchilarga darsliklar yozish
kabi ishlarni davom ettirdilar. 
        Didaktikaga   asoslangan   holda   biz   o`quvchilarga   bilim   beramiz.   Ta’lim
jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to`g`ri va muvaffaqiyatli
o`tish uslubini ham to`g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni
ko`rgazmali   va   texnika   vositalari   bilan   o`tkazish   joizdir.   Shundagina   dars
bilimga   boy   o`tadi.   O`qituvchi   izlanuvchan   bo`lishi,   darslarni   rang-barang
usulda o’tishi kerak.Dars qiziqarli o`tishi uchun faqat ko`rgazma qurollardan
foydalanib   qolmay,   o`yin   elementlaridan,   dars   davomida   harakatli
daqiqalardan foydalanish lozim. 
        O`yin   elementlaridan   nafaqat   darsda,   balki   darsdan   tashqari   ishlarda
konferensiya   darslarida   foydalanish   mumkin.   Bu   albatta   boshlang`ich   sinf
o`quvchilariga   mo`ljallangan.   Ular   bu   yoshda   o`yinqaroq,   tez   zerikuvchan,
diqqati tarqoq bo`ladi. O`yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz
mumkin. 
          Boshlang`ich   sinf   o`quvchilari   yosh   bo`lgani   uchun   ularga   sodda   tilda
tushunarli   holda   bilim   berish   va   darslarda   o`yin   elementlaridan   foydalanish
lozim.   Bola   hayotining   asosiy   qismi   o`yin   bilan   o`tadi.   O`yinlar   faqat didaktik vosita bo`lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz
o`yinning   nozik   tomonlarini   egallamay   turib,   o`yin   faoliyatini   boshqarishini
o`rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz. 
          Insonning   faoliyatida   o‘qitish   har   doim   juda   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan
tasodifan   axborotlarni   berish   hamda   taqlid   qilishdan   iborat   bo‘lganda   ham
shunday   bo‘lgan;   keyinchalik   ham,   ta’lim   maqsadga   muvofiq   muntazam   va
rejalashtirilgan   jarayonga   aylanganda,   maktab   paydo   bo‘lganida   ham
shunday bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va
o‘rganish   ishlari   olib   borilmadi,   shuning   uchun   o‘z   nazariyasiga   ega
bo‘lmadi.   Faqatgina   XVII   asr   bu   sohada   muhim   o‘zgarishlar   olib   keldi:
aynan   o‘sha   paytda   ta’lim   alohida   nom   oldi   va   tarixda   birinchi   didaktik
faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi. 
        Didaktika   (ta’lim   nazariyasi:   yunoncha   «didaktikos»   “o‘rgatuvchi”,
«didasko»   esa   –   “o‘rganuvchi”   ma’nosini   bildiradi)   ta’limning   nazariy
jihatlari   (ta’lim   jarayonining   mohiyati,   tamoyillari,   qonuniyatlari,   o‘qituvchi
va   o‘quvchi   faoliyati   mazmuni,   ta’lim   maqsadi,   shakl,   metod,   vositalari,
natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni
o‘rganuvchi fan. 
      Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670
yillar) “Buyuk didaktika” (1657 yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin
Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb
ta’kidlaydi.   Mazkur   asarda   olim   ta’lim   nazariyasining   muhim   masalalari:
ta’lim   mazmuni,   ta’limning   ko‘rgazmaliligi,   ketma-ketligi   kabi   tamoyillari,
sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi. 
    
     Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi.           Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi
asosida o‘rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish
uchun   didaktika   (ta’lim   nazariyasi)   va   tarbiya   nazariyasini   ajratib
ko‘rsatadilar. 
          Hozirgi   davrda   didaktika   o‘qitishning   mazmuni,   metodlari   va   tashkiliy
shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. 
Umumiy   didaktikadan   tashqari   xususiy   didaktikalar   yoki   alohida   fanlar
bo‘yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. 
          Ularning   mazmuni   ta’limning   ma’lum   bosqichlarida   u   yoki   bu   fanlarni
o‘rganish   va   ta’lim   berishning   nazariy   asoslarini   belgilaydi.   Har   bir
o‘qituvchi   didaktika   asoslarini   puxta   bilishi   va   ularga   tayangan   holda
faoliyatni tashkil etishi zarur. 
Didaktika   predmetini   aniqlash   bo‘yicha   turli   qarashlar   ilgari   surilgan.
Qarashlarning   turlicha   bo‘lishi   didaktikaning   metodologik   kategoriyalarini
aniq ajratilmaganligi bilan bog‘liq. 
          Ko‘pchilik   olimlar   ta’lim   oby’ekt   deb   o‘qitish   jarayonining   maqsadi,
mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar. 
         Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi.
Ta’lim   yordamida   yoshlarni   hayotga   tayyorlash   amalga   oshiriladi.   Ta’limiy
faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali,
o‘quvchi - boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. 
        Pedagogik   adabiyotlarda   ulardan   qaysi   biri   didaktika   uchun   asosiy
hisoblanishi   kerakligi   borasida   ham   turli   fikrlar   keltiriladi   hamda
o‘quvchining   o‘quv   materialiga   bo‘lgan   munosabati,   ya’ni,   bilimlarni
o‘rganish   munosabatini   asosiy   deb   e’tirof   etuvchi   qarashlar   soni   nisbatan
ko‘p. 
       Darhaqiqat, o‘qish, o‘rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir.
Ta’limga   psixologiya   nuqtai   nazaridan   yondashilsa,   ushbu   munosabatning ustuvorligiga   shubha   qolmaydi.   Biroq,   ta’limga   pedagogik,   ya’ni,   ijtimoiy
tajribani   berish,   o‘rgatish   nuqtai   nazaridan   qaralsa   faoliyat   uchun   asosiy
sanaluvchi   munosabat   –   ikki   shaxs   (o‘quvchi   va   o‘qituvchi)   o‘rtasidagi
munosabatlar  ye takchi o‘rin egallashi lozim ekanligi anglanadi. 
    Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash
ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning
tarbiyaviy   vazifalari   o‘quvchining   bilimni   o‘zlashtirishlarini   ta’minlabgina
qolmay,   shaxs   xususiyati,   uning   rivojlanishi,   ma’lum   ma’naviy-axloqiy
sifatlarni   o‘zlashtirishi,   fe’l-atvori,   xulqini   tarbiyalash   uchun   zarur   shart-
sharoitni yaratishdan iborat. 
        Didaktikaga   ta’limning   mazmunli   va   jarayonli   jihatlarini   birgalikda
o‘rganish   xosdir.   Amaliyotni   qayta   tashkil   etish   va   takomillashtirish
masalalarini   nazarda   tutgan   holda   didaktika   ta’limni   faqatgina   o‘rganish
ob’ekti   sifatidagina   emas,   balki   ilmiy   asoslangan   loyihalashtirish   ob’ekti
sifatida qaraydi. 
Umumiy   didaktikaning   predmeti   dars   o‘tish   (o‘qituvchi   faoliyati)   va   bilim
olish (o‘quvchining o‘rganish faoliyati)ning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi
hisoblanadi. 
     Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: 
-   ta’lim   jarayonlari   va   ularni   amalga   oshirish   shartlarini   ta’riflash   va
tushuntirish; 
- ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va
texnologiyalarini ishlab chiqish;
-   ta’lim   jarayoni   uchun   xos   bo‘lgan   umumiy   qonuniyatlarni   aniqlash,
omillarini tahlil qilish va ta’riflash. 
          Didaktika   nazariy   va   bir   vaqtning   o‘zida   me’yoriy-amaliy   fan.
Didaktikaning   ilmiy-nazariy   vazifasi   ta’limning   mavjud   jarayonlarini o‘rganish,   uning   turli   jihatlari   o‘rtasidagi   bog‘liqliklar,   ularning   mohiyatini
ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. 
         O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limini
jamiyat   tomonidan   qo‘yilayotgan   ijtimoiy   talablarga   muvofiq
takomillashtirishga   imkon   beradi.   Ta’lim   mazmunini   anglab   olish,   ta’lim
tamoyillari,   ta’lim   metod   va   vositalarini   qo‘llash   me’yorlarini   aniqlash
asosida   didaktika   amaliy-me’yoriy   hamda   tashkiliy-texnologik   vazifani
bajaradi. 
       Didaktikaning  asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar  tizimi.
Muayyan   fanga   xos   bo‘lgan   tushunchalarda   insoniyat   tomonidan   ijtimoiy
taraqqiyot   jarayonida   to‘plangan   bilimlar   aks   etadi.   Mavjud   ilmiy
tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi: 
1) falsafiy tushunchalar; 
2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar. 
         Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-
qarshilik”,   “bog‘liqlik”   kabi   falsafiy   tushunchalar   ham   muhim   ahamiyatga
ega. Didaktikada qo‘llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”,
“tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos
didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi: 
1)   ta’lim   -   o‘quvchilarga   nazariy   bilimlarni   berish   asosida   ularda   amaliy
ko‘nikma   va   malakalarni   shakllantirish,   ularning   bilish   qobiliyatlarini
o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon; 
2) dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan
olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli; 
3)   bilim   olish   –   idrok   etish,   o‘rganish,   mashq   qilish   va   muayyan   tajriba
asosida   xulq-atvor   hamda   faoliyat   ko‘nikma,   malakalarining
mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;  4)   ta’lim   jarayoni   –   o‘qituvchi   va   o‘quvchilar   o‘rtasida   tashkil   etiluvchi
hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 
5)   o‘quv   fani   –   ta’lim   muassasalarida   o‘qitilishi   yo‘lga   qo‘yilgan   hamda
o‘zida   muayyan   fan   sohasi   bo‘yicha   umumiy   yoki   mutaxassislik   bilim
asoslarini jamlagan manba. 
6)   ta’lim   mazmuni   –   davlat   ta’lim   standartlari   asosida   belgilab   berilgan
hamda   ma’lum   sharoitda   muayyan   fanlar   bo‘yicha   o‘zlashtirilishi   nazarda
tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati. 
        Didaktikada   “idrok   etish”,   “o‘zlashtirishi”,   “mahorat”,   “rivojlanish”   va
boshqalar   (psixologiya)   hamda   “boshqarish”,   “qayta   aloqa”   (kibernetika)
kabi turdosh fanlarga xos bo‘lgan tushunchalar ham qo‘llaniladi. 
Didaktikaning   tushunchali-terminologik   tizimi   muntazam   yangilanib   va
to‘ldirilib borilmoqda. 
          Didaktikaning   asosiy   kategoriyalari   quyidagilardan   iborat:   dars,   bilim
olish,   ta’lim,   bilim,   ko‘nikma,   malaka,   ta’lim   maqsadi,   ta’lim   mazmuni,
ta’lim   jarayoni,   ta’lim   jarayonini   tashkil   etish,   ta’lim   turlari,   shakllari,
metodlari va vositalari, ta’lim natijasi. 
So‘nggi   paytlarda   asosiy   didaktik   kategoriyalar   sirasiga   ta’limning   didaktik
tizimi   va   ta’lim   texnologiyasi   kabi   tushunchalarni   ham   kiritish   taklifi   ilgari
surilmoqda. 
1)   bilim   –   shaxsning   ongida   tushunchalar,   sxemalar,   ma’lum   obrazlar
ko‘rinishida   aks   etuvchi   borliq   haqidagi   tizimlashtirilgan   ilmiy   ma’lumotlar
majmui; 
2)   bilim   olish   –   idrok   etish,   o‘rganish,   mashq   qilish   va   muayyan   tajriba
asosida   xulq-atvor   hamda   faoliyat   ko‘nikma,   malakalarining
mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni; 
3) ko‘nikma – olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga
binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi;  4) malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi; 
5)   ta’lim   –   o‘quvchilarga   nazariy   bilimlarni   berish   asosida   ularda   amaliy
ko‘nikma   va   malakalarni   shakllantirish,   ularning   bilish   qobiliyatlarini
o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon; 
6)   ta’lim   metodlari   –   ta’lim   jarayonida   qo‘llanilib,   uning   samarasini
ta’minlovchi usullar majmui; 
7) ta’lim mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama
rivojlantirish,   dunyoqarashi,   odobi,   xulqi,   ijtimoiy   hayot   va   mehnatga
tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati; 
8)   ta’lim   vositalari   –   ta’lim   samaradorligini   ta’minlovchi   ob’ektiv   (darslik,
o‘quv   qo‘llanmalari,   o‘quv   qurollari,   xarita,   diagramma,   plakat,   rasm,
chizma, dioproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio,
kompyuter   va   boshqalar)   va   sub’ektiv   (o‘qituvchining   nutqi,   namunasi,
muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar; 
9)   ta’lim   jarayoni   –   o‘qituvchi   va   o‘quvchilar   o‘rtasida   tashkil   etiluvchi
hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; 
10)   ta’lim   mazmuni   –   davlat   ta’lim   standartlari   asosida   belgilab   berilgan
hamda   ma’lum   sharoitda   muayyan   fanlar   bo‘yicha   o‘zlashtirilishi   nazarda
tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati; 
11)   ta’lim   maqsadi   (o‘qish,   bilim   olish   maqsadi)   –   ta’limning   aniq
yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya; 
12)   ta’lim   natijasi   (ta’lim   mahsuli)   –   ta’lim   yakunining   mohiyatini   qayd
etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga
oshirish darajasi; 
13) ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish,
boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;  14)   ta’lim   tizimi   –   yosh   avlodga   ta’lim-tarbiya   berish   yo‘lida   davlat
tamoyillari   asosida   faoliyat   yuritayotgan   barcha   turdagi   o‘quv-tarbiya
muassasalari majmui. 
    Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.  Ta’lim
jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik
tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi. 
        Didaktik   tizim   (yunoncha   «systema»   –   yaxlit   qismlardan   tashkil   topgan,
birlashtirish)   –   ma’lum   mezonlari   asosida   ta’lim   jarayoning   yaxlit   holatini
belgilash,   ajratib   ko‘rsatish   demakdir.   U   ta’limning   maqsadi,   tamoyillari,
mazmuni,   shakli,   metod   va   vositalarining   birligi   asosida   tashkil   etilgan
tuzilmalarning   ichki   yaxlitligini   ifodalaydi.   Tadqiqotchilar   mavjud   didaktik
konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar: 
1) an’anaviy; 
2) progressiv; 
3) zamonaviy. 
  Ta’lim   nazariyasida   Ya.A.Komenskiy,   I.Pestallotsi   va   I.Gerbartlarning
didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega.
        An’anaviy   didaktik   tizimning   yaratilishi   nemis   faylasufi,   psixolog   va
pedagog   I.F.Gerbart   (1776-1841   yillar)   nomi   bilan   bog‘liq.   U
Ya.A.Komenskiyning   sinf-dars   an’anaviy   tizimini   tanqidiy   nuqati   nazardan
qayta   asoslab,   etika   va   psixologiyaning   nazariy   yutuqlariga   tayangan   holda
ta’lim tizimini yaratdi. 
I.F.Gerbart   ta’lim   tizimining   asosiy   belgisi   quyidagilardan   iborat.
o‘quvchilarning   intellektual   rivojlanishini   ta’minlash   maktabning   asosiy
vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir. 
    Progressiv (pedotsentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy
rol   o‘ynashini   e’tirof   etadi.   Mazkur   tizim   asosini   D.Dyui   tizimi,
G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.         Zamonaviy didaktik  tizim .   XX asrning  50-yillarida psixolog va pedagog
B.Skinner   qismlarga   bo‘lingan   axborotlarni   yetkazish,   bu   jarayonni
muntazam   nazorat   qilish   asosida   materialni   o‘zlashtirishda   samaradorlikka
erishish g‘oyasini ilgari suradi. Mazkur g‘oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb
ataladi.   Keyinchalik   N.Krauder   nazorat   natijalariga   qarab   o‘quvchiga
mustaqil   ishlash   uchun   turli   materiallarni   taklif   etadigan   tarmoqlashtirilgan
dasturlarni yaratdi. 
        D.Dyuining   nazariy   g‘oyalari   muammoli   ta’limning   asosi   bo‘lib   qoldi.
Bugungi   kunda   muammoli   ta’lim   deb   nomlanuvchi,   ushbu   g‘oya   o‘qituvchi
rahbarligi   ostida   muammoli   vaziyatni   yaratish   va   ularni   hal   etishda
o‘quvchilarning   faollik   va   mustaqilliklarini   ta’minlashga   erishishni   nazarda
tutadi.   Muammoli   ta’limning   vazifasi   faol   o‘rganish   jarayonini
rag‘batlashtirish,   o‘quvchilarda   fikrlash,   tadqiqotchilik   ko‘nikmalarini
shakllantirishdan iboratdir. 
        L.V.Zankovning   (1901-1977   yillar)   rivojlantiruvchi   ta’lim   konsepsiyasi
XX   asrning   50-yillarida   keng   tarqaldi.   Uning   g‘oyalarini   amalga   oshirish
ta’lim   jarayoniga   insonparvarlik   g‘oyasini   singdirish,   shaxsni   barkamol
rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. 
        Psixolog   L.S.Vigotskiy   (1896-1934   yillar)   tomonidan   30-yillarda   ilgari
surilgan   “Yaqin   rivojlanish   zonasi”   g‘oyasi   ham   muhim   ahamiyatga   ega.
Unga ko‘ra bola kattalar yordamida bilim olib, o‘zi mustaqil bajara olmagan
ishlarni bajara boshlaydi. 
         O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim va
tarbiyani   insonparvarlik,   demokratik   g‘oyalarga   muvofiq   tashkil   etilishi
e’tirof etilgan. 
     Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsini hurmat
qilish,   uning   sha’ni,   obro‘si,   qadr-qimmatini   poymol   etmaslik,   mavjud
iste’dodini   rivojlantirishni   nazarda   tutadi.   Demokratlashtirish   esa   pedagogik jarayonda   rasmiyatchilikka   yo‘l   qo‘ymaslik,   ta’lim   dasturlarini   tanlashda
o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi. 
Respublika   uzluksiz   ta’lim   tizimi   ijtimoiy   buyurtmani   bajarishga   xizmat
qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi. 
        Zamonaviy   pedagogikada   ta’lim   paradigma   (modeli)lari.   Pedagogik
paradigma   (yunoncha   «paradeigma»   -   misol,   namuna)   –   pedagogika   fani
rivojining   ma’lum   bosqichida   ta’limiy   va   tarbiyaviy   muammolarni   hal   etish
namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan
e’tirof   etilgan   nazariy   hamda   metodologik   ko‘rsatmalar   to‘plami   bo‘lib,   u
ta’limning konseptual modeli sifatida qo‘llaniladi. Bugungi kunda ta’limning
quyidagi paradigmalari keng tarqalgan: 
1. An’anaviy – konservativ paradigma (bilim paradigmasi). 
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma. 
3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma. 
4. Texnokratik paradigma. 
5. Ezoterik paradigma. 
Ayni   vaqtda   ta’lim   paradigmalarini   belgilashga   nisbatan   uch   xil   yondashuv
mavjud: 
1. Qadriyatli (aksiologik) yondashuv - madaniyat inson hayotining mazmuni
sifatida tushuniladi. 
2.   Faoliyatli   yondashuv   asosan   madaniyat   moddiy   va   ma’naviy   boyliklarini
yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi. 
3.   Shaxsiy   yondashuv   -   madaniyat   muayyan   shaxs   timsolida   namoyon
bo‘ladi. 
Madaniyatga   nisbatan   turli   yondashuvlarning   mavjudligi   bir   qator
paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. 
Har bir paradigma muayyan ta’limiy muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi.
Xususan:  - ijtimoiy institut sifatida o‘quv muassasalarining vazifalari; 
- ta’limning samarali tizimi; 
- o‘quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala; 
- ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari; 
- muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi. 
Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud: 
1. Bilim olishning an’anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel
va boshqalar) 
Unga ko‘ra ta’limning asosiy maqsadi - “Bilim, qanchalik qiyin bo‘lmasin
bilim   olish”.   An’anaviy   paradigma   maktabning   maqsadi   yosh   avlodga
individual   rivojlanishi   hamda   ijtimoiy   tartibni   saqlab   qolishga   yordam
beruvchi   madaniy   meroslarning   muhim   elementlari   –   bilim,   ko‘nikma   va
malakalar,   ilg‘or   g‘oyalar   va   qadriyatlarni   saqlab   qolish   hamda   ularni
yoshlarga yetkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish  paradigmasining
asosiy   maqsadi:   ta’lim   olish,   taraqqiyot   va   madaniyatning   eng   muhim
elementlarini avloddan-avlodga yetkazish. 
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va
boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas,
balki   o‘quvchilar   tomonidan   turli   bilimlarni   o‘zlashtirilishini   ta’minlovchi
samarali   usullari   yotadi.   Ta’limning   ratsionalistik   modeli   asosini
B.Skinerning   ijtimoiy   injeneriya   bixevioristik   (inglizcha   behavior   -   xulqi)
konsepsiyasi tashkil qiladi. 
     Maktabning maqsadi – o‘quvchilarda g‘arb madaniyati ijtimoiy qoidalari,
talablari   va   ko‘zlagan   maqsadlariga   mos   keladigan   moslashtiruvchi   “xulqiy
repertuar”ni   shakllantirishdir.   Shu   bilan   bir   vaqtda,   “xulqi”   atamasi   bilan
“insonga   xos   hamma   ta’sirlanishlar   –   uning   fikrlari,   sezgi   va   harakatlari”
ifodalanadi (R.Tayler).          Bunda   ta’limning   asosiy   metodlari,   o‘rgatish,   trening,   test   sinovlari,
individual ta’lim, tuzatishlari bo‘lib qoladi. Buning oqibatida, ta’limninggina
emas,   balki   dars   berishning   ham   ijodiy   xarakterini   aniqlash   muammosi
muhokama qilinmaydi. 
P.Blum   barcha   o‘quvchilar   faqat   o‘zlashtiribgina   qolmay,   balki
muvaffaqiyatli   o‘qishlari   mumkin   deb   hisoblaydi.   O‘quvchining   optimal
qobiliyatlari   ma’lum   sharoitlarda,   o‘quvchiga   ta’lim   berish   natijasi   uning
sur’ati   bilan   aniqlanadi.   Olimning   firicha,   ta’lim   oluvchilarning   95   foizi
ta’lim   muddatlariga   bo‘lgan   cheklashlar   olib   tashlanganda   o‘quv   kursining
butun   muzmunini   o‘zlashtirib   olishga   qodirlar.   Ana   shu   nuqtai   nazardan
o‘quvchilar   tomonidan   bilimlarning   muvaffaqiyatli   o‘zlashtirishini
ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi, uning mohiyati quyidagichadir: 
1. Butun sinf yoki kurs uchun to‘la o‘zlashtirish etaloni, mezonnini aniq
belgilab   olish   asosida,   o‘qituvchi   ta’lim   yakunida   erishilishi   kerak   bo‘lgan
aniq natijalarning ro‘yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi. 
            2.   O‘quv   birliklari,   ya’ni,   o‘quv   materiallarining   yaxlit   bo‘limlari
ko‘rsatiladi,   ularni   o‘zlashtirish   natijalari   aniqlanadi,   yakuniy   bahoga   ta’sir
ko‘rsatmaydigan   navbatdagi   testlar   tuziladi.   Bu   testlarning   vazifalari   –
tuzatish, korreksiyalashdan iborat. 
3.   To‘la   o‘zlashtirishga   yo‘naltirilgan   har   bir   o‘quv   kurs   materiallarini
o‘zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlarini o‘tkazish. Bu o‘rinda
har   bir   o‘quvchiga   baho   va   ta’lim   maqsadlarining   ahamiyatini   tushuntirish
muhim. 
Predmetlarni bo‘sh va o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning qobiliyatlarini
jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi. 
Turli   mamlakatlarning   (Avstriya,   Belgiya,   AQSh   va   boshqalar)   ta’lim
tizimlari tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) paradigma g‘oyalariga muvofiq ish   ko‘rilganda   70   %   o‘quvchilar   yuqori   natijalarni   qayd   etganliklarini
ko‘rsatadi. 
Yuqorida   qayd   etilgan   ta’lim   yo‘nalishlari   o‘zida   insonparvarlik   g‘oyalarini
ifoda   etmagan,   ular   bola   dunyoqarashining   rivojlanishi,   shaxsning
rivojlanishida   shaxslararo   munosabatlarning   muhim   o‘rin   tutishini   nazarda
tutmaydi. 
3.  Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko‘ra (A.Maslou, A.Kombs,
K.Rodjers, L.S.Vo‘godskiy va boshqalar) ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy
munosabatlar   sub’ekti   sifatida   o‘ziga   xos   rivojlanish   imkoniyatlariga   ega.
Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga
yo‘naltiradi. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon»
–  hisoblangan,  ya’ni,  mashhur,  alohida  nodir  odam)  modeli  o‘quvchilarning
individual-psixologik   xususiyatlarini   hisobga   olib,   ularning   talab   va
qiziqishlariga   hurmat   bilan   munosabatda   bo‘lishni   ko‘zda   tutadi.   Uning
vakillari   o‘quvchini   nodir   shaxs   deb   hisoblaydilar.   Gumanistik   paradigma
doirasida   faoliyat   olib   boruvchi   har   bir   ta’lim   tizimi   ijodiy   rivojlanadi   va
o‘quvchi hamda o‘qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi. 
          Gumanistik   paradigma   g‘oyalari   1991   yildan   keyin   respublika   uzluksiz
ta’lim   tizimiga   joriy   etila   boshlandi.   Paradigmaning   diqqat   markazida
o‘quvchining   barkamol   rivojlanishi,   uning   intellektual   ehtiyojlari,   “erkin
fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni
vaqtda,   respublika   ta’lim   muassasalarida   qo‘yidagi   g‘oyalarga   amal
qilinmoqda:   “Demokratik   jamiyatda   bolalar,   umuman   har   bir   inson   erkin
fikrlaydigan   etib   tarbiyalanadi.   Agar   bolalar   erkin   fikrlashga   o‘rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. ...      Mustaqil fikrlash – ham
katta boylikdir”. 
            Ezoterik   paradigma   (yunoncha   «esoterikos»   ichki,   sirli,   yashirin,
faqatgina   biluvchilar   uchun   mo‘ljallangan   insonning   dunyo   bilan   o‘zaro aloqalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqat abadiy
va o‘zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari
haqiqatni   bilib   bo‘lmasligi,   unga   faqatgina   fahmlash   asosida   erishish
mumkinligini   ta’kidlaydilar.   Pedagogik   faoliyatning   oliy   maqsadi   koinot
bilan muloqot, o‘quvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan
iborat.   Shu   bilan   birga,   o‘qituvchining   himoyalash   vazifasi   muhimdir,   u
o‘quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma’naviy, jismoniy, psixik jihatdan
rivojlantirishga yo‘naltiradi. 
          Ilmiy-texnik,   texnokratik   paradigmaning   asosiy   maqsadi   amaliyotni
takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va
ularning   o‘zlashtirilishini   ta’minlashdir.   Bilim   -   kuchdir,   shu   bois   shaxs
qimmati uning o‘rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs
muayyan   (o‘rtacha,   standartlashtirilgan)   bilim   yoki   xulq-atvor   egasi
bo‘lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu paradigmaning
asosini   tashkil   etadi.     So‘nggi   yillarda   noinstitutsional   paradigma   rivojlana
boshladi.   U   ta’limni   ijtimoiy   institutlar,   ya’ni,   maktab   va   oliy   ta’lim
muassasalaridan   tashqarida   tashkil   etish   g‘oyasini   ilgari   suradi.   Bu   ta’lim
“tabiatda”   -   Internet,   “ochiq   maktablar”   –   kompyuterlar   vositasida   ta’lim
dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitish samarali deya hisoblaydi. Adabiyotlar
1.   Lutfillaev   M.X.   Oliy   ta’limda   axborot   texnologiyalari   integratsiyasi.
Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b.
2.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
3. Raxima   Mavlvanova,   Nargiz   Raxmankulova   Boshlang‘ich   ta’lim
pedagogikasi,   innovatsiya   va   intergatsiya   “Boshlangich   ta’lim”
mutaxassisligi:   Bakaiavriyat   yo‘nalishi   -   5111700   bo‘yicha   pedagogika
universitetining   talabalari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.-T.:   «   Voris-nashriyoti   »
2013y.
4.   N.N.Azizxujaeva   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   T.:   Fan,
2003y.
5. Omonov   X.,   Xo‘jaev   N.,   Madyarova   S.,   Eshchonov   E.,   Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: IQTISOD MOLIYA, 2009.
6. Musurmonova   O.   Pedagogik   texnologiyalar   –   ta’lim   samaradorligi   omili;
monografiya / T.: “YOshlar nashriyot uyi”, 2020  y . 
7.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.

Boshlang‘ich ta’lim didaktikasining mazmuni va mohiyati Reja: 1. Ta’limning metodologik asoslari. 2. Zamonaviy didaktika konsepsiyasi. 3. Sharq mutafakkirlarining didaktika haqidagi fikrlari.

Ta’lim va o’qitish mazmunining nazariy masalalarini, uning shakli va uslublarini pedagogikaning bir qismi bo`lgan didaktika o`rganadi. Umuman pedagogika singari didaktika hm rivojlanadi. Uning rivorlanishiga Yan Amos Kamenskiy hissa qo`shdi. Uning “Buyuk didaktika” asari o`qitishni rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatdi. Boshlang`ich ta’lim didaktikaning asoslari Shvetsariya pedagogi I.G.Pestolotsi asarlarida ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari rus didaktikasining atoqli namoyondasi K.D.Ushinskiy bo`lgan. U ham o`qitish masalalarini chuqur psixologik asosini yaratdi. O`zbek xalqi orasida ham H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi pedagoglar yetishib chiqdi. Ular ham o`zbek xalq maktablarini ochish, o`quvchilarga darsliklar yozish kabi ishlarni davom ettirdilar. Didaktikaga asoslangan holda biz o`quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to`g`ri va muvaffaqiyatli o`tish uslubini ham to`g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko`rgazmali va texnika vositalari bilan o`tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o`tadi. O`qituvchi izlanuvchan bo`lishi, darslarni rang-barang usulda o’tishi kerak.Dars qiziqarli o`tishi uchun faqat ko`rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o`yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim. O`yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan. Ular bu yoshda o`yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo`ladi. O`yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin. Boshlang`ich sinf o`quvchilari yosh bo`lgani uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish va darslarda o`yin elementlaridan foydalanish lozim. Bola hayotining asosiy qismi o`yin bilan o`tadi. O`yinlar faqat

didaktik vosita bo`lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o`yinning nozik tomonlarini egallamay turib, o`yin faoliyatini boshqarishini o`rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz. Insonning faoliyatida o‘qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo‘lganda ham shunday bo‘lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo‘lganida ham shunday bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o‘rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o‘z nazariyasiga ega bo‘lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o‘zgarishlar olib keldi: aynan o‘sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi. Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan. Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” (1657 yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi. Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi.

Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o‘rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko‘rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika o‘qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo‘yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o‘rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o‘qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Qarashlarning turlicha bo‘lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog‘liq. Ko‘pchilik olimlar ta’lim oby’ekt deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi - boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o‘quvchining o‘quv materialiga bo‘lgan munosabati, ya’ni, bilimlarni o‘rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko‘p. Darhaqiqat, o‘qish, o‘rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning

ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o‘rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlar ye takchi o‘rin egallashi lozim ekanligi anglanadi. Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o‘quvchining bilimni o‘zlashtirishlarini ta’minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma’lum ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart- sharoitni yaratishdan iborat. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o‘rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish ob’ekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish ob’ekti sifatida qaraydi. Umumiy didaktikaning predmeti dars o‘tish (o‘qituvchi faoliyati) va bilim olish (o‘quvchining o‘rganish faoliyati)ning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi hisoblanadi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: - ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish; - ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; - ta’lim jarayoni uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash. Didaktika nazariy va bir vaqtning o‘zida me’yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini