Muammoli o’qitish texnologiyasining mohiyati va mazmuni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

6

Hajmi:

31.2 KB
Muammoli o’qitish texnologiyasining mohiyati va mazmuni .
Reja.
1. Muammoli ta’lim va uning xususiyatlari.
2.Muammoli ta’lim jarayonida muammoli-qidiruv uslublari.   Muammoli   ta’lim   XX   asrning   20-yillarida   Amerikalik   olim   J.Dyui   va
uning shogirdi V.X.Kilpatrik tomonidan taklif etilgan. Bu texnologiya ta’lim
jarayonida   o‘qituvchi   tomonidan   muammoli   vaziyatlar   qo‘yilishi   va
o‘quvchilarning   ushbu   muammoni   hal   etish   orqali   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarni egallashga asoslanadi.
Muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog‘liq:
1.O‘quv materialini muammolashtirish;
2.O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish;
3.Ta’lim jarayonini o‘yin, mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashtirish;
4.O‘qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o‘z o‘rnida va samarali
foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini
tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o‘quvchilarga bayon etish.
Muammoli   metodlar   muammoli   vaziyatlarni   vujudga   keltirib,
o‘quvchilarning   muammoni   hal   etish,   murakkab   savollarga   javob   topish
jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko‘nikmalari va
bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi.
Muammoli   ta’limning   zamonaviy   nazariyasida   muammoli   vaziyatlarning
ikki turi mavjud:
1. Psixologik muammoli vaziyatlar.
2. Pedagogik muammoli vaziyatlar.
Psixologik   muammoli   vaziyatlar   o‘quvchilar   faoliyatiga,   pedagogik
muammoli vaziyatlar o‘quv jarayonining tashkil etilishiga taalluqlidir.
Muammoli   vaziyatlarning   bu   ikki   turi   bir-birini   taqozo   etadi.   Pedagogik
muammoli   vaziyatlar   o‘quvchilardan   faqat   fikr   yuritishnigina   talab   qilmay,
balki bilish munozarasida ishtirok etish, u yoki bu hodisa haqidagi hayotiy va
ilmiy tasavvurlarni qiyoslash, olimlarning turli nuqtai nazarlarini taqqoslash,
shuningdek, ularning qiziqishlarini orttirish maqsadida dars davomida yangi dalillarni   ma’lum   qilish,   mazkur   dalillarning   fan-texnika   rivoji   uchun
ahamiyatini   yoritish,   ajablanarli   dalillarni,   qiziqarli   biologik   masalalarni
bayon etish orqali vujudga keltiriladi.
Muammoli   vaziyatlarni   hal   etishda   o‘qituvchi   o‘quvchilar   faoliyatini   fikr
yuritishning   mantiqiy   operatsiyalari:   tahlil,   sintez,   taqqoslash,   analogiya,
umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yo‘naltiradi.
Muammoli   vaziyatlardan   o‘quv   jarayonining   barcha   bosqichlarida:   yangi
mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda muvaffaqiyatli
foydalanish   mumkin.   Muammoli   vaziyatlar   tizimi   muvaffaqiyatli   yaratilgan
hollarda   mazkur   mavzuni   muammoli   dars   shaklida   o‘tish   tavsiya   etiladi.
O‘qitish   jarayoniga   muammoli   darslarni   qo‘llash   uchun   o‘qituvchi   quyidagi
masalalarni hal qilishi zarur:
1. O‘quv dasturi bo‘yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o‘tish
mumkinligini;
2.   Mavzu   matnidagi   masalalar   bo‘yicha   muammoli   vaziyatni   keltirib
chiqaradigan   savollar,   topshiriqlarni   aniqlash,   bunda   didaktikaning   ilmiylik,
sistemalilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilishini;
3.   O‘quvchilarning   bilish   faoliyatini   faollashtirish   va   boshqarishni
ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o‘z o‘rnida va samarali
foydalanish yo‘llarini belgilashi.
Muammoli   darslarda   o‘qituvchining   faoliyati,   avvalo   mavzu   mazmunidan
kelib   chiqqan   holda   o‘quv   muammolarini   aniqlash,   muammoli   vaziyatlar
tizimini   yaratish,   o‘quvchilar   oldiga   o‘quv   muammolarini   yuqori   ilmiy   va
metodik   saviyada   qo‘yish,   darsda   mazkur   o‘quv   muammolaridan   samarali
foydalanishga   erishish,   o‘quvchilar   faoliyatini   muammolarni   hal   etishga
yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi.
O‘quvchilarning   faoliyati   muammoli   vaziyatlarni   idrok   etish,   hal   qilish
usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni ilmiy,   mantiqiy   nuqtai   nazardan   asoslash,   taxminlarni   tekshirish   va   xulosa
chiqarishdan iborat bo‘ladi.
Hozirgi zamon muammoli darslarning didaktik maqsadi:
•   o‘quv   muammolarni   hal   etishda   o‘quvchilar   tomonidan   avval
o‘zlashtirgan   bilimlarini   ijodiy   qo‘llanib,   yangi   bilimlarni   egallash
ko‘nikmalarini;
•  bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish va amalda qo‘llanish malakalarini;
•   izlanuvchanligi,   qiziqishi,   motivlari,   mantiqiy   tafakkuri,   ijodiy
faoliyati, aqliy kamoloti, zakovatini rivojlantirishdan iborat.
2. Muammoli ta’lim jarayonida muammoli-qidiruv uslublari.
Muammoli   darslarni   keyingi   yillarda   yangi   nom   bilan   («Tafakkur
bo‘roni»   B.R.Qodirov),   («Miyaga   hujum»,   «Fikrlar   to‘qnashuvi»,   «Fikrlar
jangi   maydoni»   V.M.Karimova,   F.A.Akramova),   («Aqliy   hujum»
J.G‘.Yo‘ldoshev) atash rasm bo‘ldi.
Muammoli-qidiruv uslublari muammoli  ta’lim jarayonida  qo‘llaniladi. Bu
uslublardan   foydalanishda   o‘qituvchi   (pedagog)   avvalo   muammoli   vaziyat
yaratadi,   savollar   qo‘yadi,   masalalarni,   eksperimental   topshiriqlarni   taklif
qiladi,   muammoli   vaziyatni   echishga   qaratilgan   muhokamani   uyushtiradi,
xulosalarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi. O‘quvchi (talaba)lar oldingi bilim va
tajribalariga   asoslanib   muammoli   vaziyatni   hal   qilish   yo‘llari   to‘g‘risidagi
takliflarini   aytadi,   oldin   olgan   bilimlarini   umumlashtiradi,   hodisalarning
sabablarini   aniqlaydi,   ularning   kelib   chiqishini   tushuntiradi,   muammoli
vaziyatni   echishning   eng   oqilona   variantini   tanlaydi.   Bu   uslub   o‘quvchi
(talaba)larning   bilimga   qiziqishini   oshiribgina   qolmay,   ularda   fikrlash
qobiliyatini   ham   rivojlantiradi,   Ta’limning   muammoli-qidiruv   uslublari
amalda   bilimni   so‘z   orqali   ifodalash,   ko‘rgazmali   va   amaliyot   uslublari
yordamida   amalga   oshiriladi.   SHu   bilan   birgalikda   o‘quv   materialini
muammoli bayon qilish uslubini qo‘llash, amaliy muammoli-qidiruv ishlarini bajarish, hatto tadqiqot tipidagi amallarni olib borish to‘g‘risida so‘z yuritish
mumkin.
O‘quv   materialini   muammoli   uslub   yordamida   o‘tish   muammoli   tuzilgan
ma’ruza   uslubi   orqali   bilim   bayoni   davomida   mulohaza   yuritish,   isbotlash,
umumlashtirish,   faktlarni   tahlil   qilish,   o‘quvchi   (talaba)   fikrini   o‘z   ortidan
ergashtirish, uni faolroq qilish kabi usullardan foydalanishini ko‘zda tutadi.
Muammoli   ta’lim   uslublaridan   biri   evristik   va   muammoli   qidiruv   suhbati
hisoblanadi.   Bunda   o‘qituvchi   o‘quvchi   (talaba)lar   oldiga   qator   izchil   va
o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan savollar majmuini qo‘yadi. O‘quvchi (talaba)lar
ularga   javob   berganda   qandaydir   shakllarni   aytadilar.   Aytganlari   to‘g‘ri
ekanligini   mustaqil   isbotlashga   harakat   qiladilar.   SHu   bilan   birga   yangi
bilimlarni   o‘zlashtirishda   mustaqil   ravishda   oldinga   siljishni   amalga
oshiradilar.   Agar   evristik   suhbatda   bunday   taxminlar   yangi   mavzuning
faqatgina   biror   qismiga   aloqador   bo‘lsa,   muammoli-qidiruv   suhbatda
o‘quvchi   (talaba)lar   muammoli   vaziyatning   butun   bir   tizimini   echadilar,
SHuning   uchun   ham   bu   suhbatlarning   farqi   shartli   va   faqatgina   muammoli
vaziyatda   qo‘llanish   tadbirlariga   taalluqlidir.   Ta’limning   muammoli-qidiruv
uslublarida ko‘rgazmali qo‘llanmalar esda saqlashni faollashtirish maqsadida
emas,   balki   darsda   muammoli   vaziyatni   yaratadigan   eksperimental
masalalarni   qo‘yish   uchun   ishlatiladi.   Bundan   tashqari,   keyingi   paytda
rasmlar   va   chizmalar   tizimi   ko‘rinishida   muayyan   o‘quv   vaziyatlari
tasvirlarining   ko‘rgazmali   qo‘llanmalari   ko‘p   tayyorlanmoqda.   Bu   usulda
o‘quvchilarning   mustaqil   fikrlashining   ustuvor   sabablarini   aniqlash   oson
kechadi.
Muammoli-qidiruv   uslublari   ko‘proq   ijodiy   bilim   faoliyati   ko‘nikmalarini
rivojlantirish   maqsadida   qo‘llaniladi.   Ular   o‘quvchi   (talaba)larning   bilimni
chuqur anglashiga, mustaqil egallashiga yordam beradi. Bu uslublar, ayniqsa,
quyidagi   hollarda   samarali   qo‘llaniladi:   o‘quv   jarayonida   tushuncha,   qonun va   nazariya   kabilarni   shakllantirish   ko‘zda   tutilganda,   faktik   axborotni
ma’lum   qilish,   mehnat   faoliyatining   laboratoriya   –   eksperimental   o‘quv   va
ko‘nikmalarini   hosil   qilishda,   o‘quv   materialining   mazmuni   prinsipial
jihatdan   yangi   bo‘lmasdan,   ilgari   o‘rganilganining   mantiqiy   davomi   bo‘lsa,
uning   asosida   o‘quvchilar   yangi   bilimni   qidirish   uchun   mustaqil   qadam
tashlasa, mazmun hodisadagi sabab-oqibat va boshqalarga olib kelsa. Qidiruv
uslublari o‘qituvchi (pedagog)lar o‘quvchi (talaba)larni muammoli vaziyatni
echish faoliyatiga tayyorlagan hollarida qo‘llaniladi. SHu nuqtai nazardan bu
uslub o‘zini tadqiqot ishiga bag‘ishlagan yoshlarga bilim berishda asqotadi.
Muammo qo‘yishga misollar keltiramiz:
1.   Arximed   qonuniga   doir   muammoni   qo‘yish.   Nima   uchun   temir
parchasini suvga tashlasak u cho‘kadi? Ayni paytda temirdan yasalgan ulkan
kemalar dengizda suzib yuradi? Ushbu muammoni hal etish uchun o‘quvchi
Arximed kuchi tabiatini tushuntirishdan boshlaydi. Jismlarning suvda suzish
sharti,   ya’ni   Arximed   kuchining   og‘irlik   kuchidan   katta   bo‘lishi   orqali
izohlanadi. Adabiyotlar
1.   Lutfillaev   M.X.   Oliy   ta’limda   axborot   texnologiyalari   integratsiyasi.
Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b.
2.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
3. Raxima   Mavlvanova,   Nargiz   Raxmankulova   Boshlang‘ich   ta’lim
pedagogikasi,   innovatsiya   va   intergatsiya   “Boshlangich   ta’lim”
mutaxassisligi:   Bakaiavriyat   yo‘nalishi   -   5111700   bo‘yicha   pedagogika
universitetining   talabalari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.-T.:   «   Voris-nashriyoti   »
2013y.
4.   N.N.Azizxujaeva   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   T.:   Fan,
2003y.
5. Omonov   X.,   Xo‘jaev   N.,   Madyarova   S.,   Eshchonov   E.,   Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: IQTISOD MOLIYA, 2009.
6. Musurmonova   O.   Pedagogik   texnologiyalar   –   ta’lim   samaradorligi   omili;
monografiya / T.: “YOshlar nashriyot uyi”, 2020  y . 
7.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.

Muammoli o’qitish texnologiyasining mohiyati va mazmuni . Reja. 1. Muammoli ta’lim va uning xususiyatlari. 2.Muammoli ta’lim jarayonida muammoli-qidiruv uslublari.

Muammoli ta’lim XX asrning 20-yillarida Amerikalik olim J.Dyui va uning shogirdi V.X.Kilpatrik tomonidan taklif etilgan. Bu texnologiya ta’lim jarayonida o‘qituvchi tomonidan muammoli vaziyatlar qo‘yilishi va o‘quvchilarning ushbu muammoni hal etish orqali bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga asoslanadi. Muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog‘liq: 1.O‘quv materialini muammolashtirish; 2.O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish; 3.Ta’lim jarayonini o‘yin, mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashtirish; 4.O‘qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o‘quvchilarga bayon etish. Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o‘quvchilarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko‘nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Muammoli ta’limning zamonaviy nazariyasida muammoli vaziyatlarning ikki turi mavjud: 1. Psixologik muammoli vaziyatlar. 2. Pedagogik muammoli vaziyatlar. Psixologik muammoli vaziyatlar o‘quvchilar faoliyatiga, pedagogik muammoli vaziyatlar o‘quv jarayonining tashkil etilishiga taalluqlidir. Muammoli vaziyatlarning bu ikki turi bir-birini taqozo etadi. Pedagogik muammoli vaziyatlar o‘quvchilardan faqat fikr yuritishnigina talab qilmay, balki bilish munozarasida ishtirok etish, u yoki bu hodisa haqidagi hayotiy va ilmiy tasavvurlarni qiyoslash, olimlarning turli nuqtai nazarlarini taqqoslash, shuningdek, ularning qiziqishlarini orttirish maqsadida dars davomida yangi

dalillarni ma’lum qilish, mazkur dalillarning fan-texnika rivoji uchun ahamiyatini yoritish, ajablanarli dalillarni, qiziqarli biologik masalalarni bayon etish orqali vujudga keltiriladi. Muammoli vaziyatlarni hal etishda o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini fikr yuritishning mantiqiy operatsiyalari: tahlil, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yo‘naltiradi. Muammoli vaziyatlardan o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o‘tish tavsiya etiladi. O‘qitish jarayoniga muammoli darslarni qo‘llash uchun o‘qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi zarur: 1. O‘quv dasturi bo‘yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o‘tish mumkinligini; 2. Mavzu matnidagi masalalar bo‘yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilishini; 3. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish yo‘llarini belgilashi. Muammoli darslarda o‘qituvchining faoliyati, avvalo mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini yaratish, o‘quvchilar oldiga o‘quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik saviyada qo‘yish, darsda mazkur o‘quv muammolaridan samarali foydalanishga erishish, o‘quvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi. O‘quvchilarning faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni

ilmiy, mantiqiy nuqtai nazardan asoslash, taxminlarni tekshirish va xulosa chiqarishdan iborat bo‘ladi. Hozirgi zamon muammoli darslarning didaktik maqsadi: • o‘quv muammolarni hal etishda o‘quvchilar tomonidan avval o‘zlashtirgan bilimlarini ijodiy qo‘llanib, yangi bilimlarni egallash ko‘nikmalarini; • bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish va amalda qo‘llanish malakalarini; • izlanuvchanligi, qiziqishi, motivlari, mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati, aqliy kamoloti, zakovatini rivojlantirishdan iborat. 2. Muammoli ta’lim jarayonida muammoli-qidiruv uslublari. Muammoli darslarni keyingi yillarda yangi nom bilan («Tafakkur bo‘roni» B.R.Qodirov), («Miyaga hujum», «Fikrlar to‘qnashuvi», «Fikrlar jangi maydoni» V.M.Karimova, F.A.Akramova), («Aqliy hujum» J.G‘.Yo‘ldoshev) atash rasm bo‘ldi. Muammoli-qidiruv uslublari muammoli ta’lim jarayonida qo‘llaniladi. Bu uslublardan foydalanishda o‘qituvchi (pedagog) avvalo muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo‘yadi, masalalarni, eksperimental topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni echishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi. O‘quvchi (talaba)lar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muammoli vaziyatni hal qilish yo‘llari to‘g‘risidagi takliflarini aytadi, oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi, hodisalarning sabablarini aniqlaydi, ularning kelib chiqishini tushuntiradi, muammoli vaziyatni echishning eng oqilona variantini tanlaydi. Bu uslub o‘quvchi (talaba)larning bilimga qiziqishini oshiribgina qolmay, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi, Ta’limning muammoli-qidiruv uslublari amalda bilimni so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyot uslublari yordamida amalga oshiriladi. SHu bilan birgalikda o‘quv materialini muammoli bayon qilish uslubini qo‘llash, amaliy muammoli-qidiruv ishlarini

Ko'chirib oling, shunda to'liq holda ko'ra olasiz