GEOGRAFIYa TA’LIM METODIKASINING MAKTABLARDAGI MAQSADI VA MAZMUNI
GEOGRAFIYa TA’LIM METODIKASINING MAKTABLARDAGI MAQSADI VA MAZMUNI 1. Maktablarda geografiya o‘qitishning maqsadi va mazmuni 2. Ta’lim, tarbiya, bilish qobiliyatini rivojlantirish 3. Geografiya ta’lim maqsadlari va mazmuni dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalar, ta’lim vositalari va ta’limni uslub va usullari bilan bog‘liqligi
Geografiya dastlab paydo bo‘lgan fanlardan biridir. Uning asosiy vazifasi o‘sha davrlardan boshlab biror mamlakat hududidagi va butun yer sharidagi tabiat, aholi va xo‘jalikni o‘rganishdan iborat bo‘lgan. Hozirgi kunda geografik tadqiqotlar natijalari, tabiiy resurslar, qishloq xo‘jaligi uchun yerlar ochishda, sanoat korxonalari, aholi turar joylari, infrastruktura tarmoqlarini oqilona joylashtirishda keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi zamon maktab geografiyasining asosiy mazmuni 60-yillarning oxirlarida shakllantirildi. Unga qadar maktablarimizda 30-yillarda ishlab chiqilgan dasturlar asosida ta’lim tarbiya ishlari olib borildi. 60-yillardan boshlab tabiiy geogarafiya fanida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yangi-yangi tabiiy boyliklar ochilishi, chuqurlik va dune okeandagi fundamental tadqiqotlar o‘tkazish, maktab geografiyasi mazmuniga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Geografiya hududlar va mamlakatlarni tasvirlovchi fan bo‘lib, qolmasdan balki bevosita Amaliy tadqiqotlar olib boruvchi fundamental fanga aylandi. Tabiiy va iqtisodiy geografiya o‘z navbatida bir qancha fanlarga bo‘linib ketadi. Tabiiy hududiy mujassamlarni (komplekslar) tashkil etga qismlarni o‘rganish tabiiy geografiyaning (geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanologiya tuproqshunoslik va h.k.) qator maxsus tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Bu fanlar umumiy yer bilimi va mintaqa tabiiy geografiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Iqtisodiy geografiya o‘z navbatida ikkita asosiy qismga bo‘linadi: umumiy iqtisodiy geografiya (butun yer sharida aholining va xo‘jalikning joylashishi tarkibini o‘rganish) va mintaqa iqtisodiy geografiyasi (alohida mamlakatlar va hududlar misolida aholi va ishlab chiqarishning joylashishini o‘rganadi). Iqtisodiy geografiya bir necha tarmoq fanlarga-sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, shaharlar, qishloqlar geografiyasi kabi o‘nlab tarmoqlarga ham bo‘linadi. Geografiya fanlari tizimiga, tabiiy va iqtisodiy geografiyaga deyarli bir xil aloqador bo‘lgan mamlakatshunoslik va kartagrafiya fanlari ham kiradi. Maktab geografiyasi geografiya fanining to‘plagan bilimlarini o‘quvchilarga yetkazishda quyidagilarga amal qilish kerak.
1. O‘quvchilar yoshiga mos keladigan va ular o‘zlashtira oladigan darajadagi bilimlarni berish. 2. O‘quvchilarga to‘la shakllangan va hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan bilimlarni berish. Maktab geografiyasining hozirgi shakldagi mazmunini belgilashda N.N.Baranskiy, A.S. Barkov, A.A. Borzov, A.A.Polovinkin, I.A.Vitver, S.V. Chefranov, P.T.Terexov, V.G.Erdeli, H.H.Hasanov, Z.M.Akramov, O.A.Mo‘minov, P.G.Musayev, P.G‘ulomov va boshqalarning xizmatlari katta. Ilmiy texnika taraqqiyoti va geografiya fanining ko‘proq amaliy fan bo‘lishi maktab geografiyasi mazmunini sifat jihatdan o‘zgarishiga yordam bermoqda. 50- yillardan boshlab maktab dasturlari mazmuniga Amaliy ishlar tizimiga ega. Amaliy ishlarni uyushtirishning majburiyligi ta’limni hayot bilan yaqinlashtiradi. Maktab geografiyasining mazmuni hozirgi zamon geografiya Fani taraqqiyoti bilan belgilanadi, ya’ni geografiya Fani qanchalik rivojlansa, maktab geografiyasi ham unga bog‘liq holda shunchalik rivojlanishda bo‘ladi. Geografiya ta’limi jarayonida o‘quvchilar asosiy geografik tushunchalar va qonuniyatlar tizimini egallashlari kerak. Ta’lim jarayonida geografik ob’ektlar va hodisalar sabab-oqibat nuqtai nazaridan yoritilishi lozim. O‘quvchilar tabiiy geografiya asoslarini bilish uchun geomorfologiya, iqlimshunoslik, okeanologiya, quruqlik gidrologiyasi, tuproqshunoslik, geologiya, geofizika, geoximiya va boshqa fanlardagi ma’lumotlarni kiritish kerak. Ayniqsa, hozirgi kunda tabiiy geografiya mazmuniga tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va uni qo‘riqlash, inson bilan tabiat o‘rtasida ketayotgan jarayonlar haqidagi bilimlar keng o‘rin olishi kerak. Iqtisodiy geografiyani o‘rganish o‘quvchilarga iqtisodiy geografik o‘rin, tabiiy sharoit va boyliklarga iqtisodiy jihatdan baho berish, territorial ishlab chiqarish kompleksi, geografik mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, iqtisodiy rayonlar, agrosanoat kompleksi, shaharlar, qishloqlar kabi tushuncha va kategoriyalar haqida bilimlar berilishi lozim. Ayniqsa o‘quvchilar aholi joylashishi va mehnat resurslari, hududiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni joylashtirishning muhim qonuniyatlari va territorial ishlab chiqarish
komplekslarining vujudga kelishi qonuniyatlari, bozor iqtisodi munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘nlab tushunchalarni puxta egallashlari kerak. Maktab geografiyasi mazmunining ilmiy jihatdan boyishi, o‘quvchilarni ilmiy tadqiqot metodlari bilan ham qurollantirishni taqozo etadi. Barcha fanlar qatori geografiyaning ham eng asosiy metodi kuzatishdir . Geografik ob’ekt va hodisalarni uzoq vaqt jarayonida kuzatish , shu ob’ektlar haqida batafsil va atroflicha bilimlar olish imkoniyati yaratildi. Qisqa muddatli kuzatishlar(maktab geografiya maydonchasida; ekskursiyalar)da keng tarqalgan, biron yo‘nalish bo‘yicha vaqt va zamonda kuzatuv olib borishda, yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bunda relef geologik tuzilish, o‘simliklar, tuproqlar haqida ma’lumotlar to‘plash mumkin. Maktab sharoitida yo‘nalish bo‘yicha kuzatishlar, ekskursiyalar olib boriladi. Geografiya ta’limida kuzatishlardan tashqari geografiya hodisalarini o‘lchash metodlari ham keng qo‘llaniladi. Bu metodlarning bar necha turlari mavjud. Masalan: ko‘z bilan chamalab o‘lchash, quyosh radiatsiyasini o‘lchash, geodezik o‘lchash va hokazolar. O‘lchash metodi orqali geografik ob’ekt va hodisalarga miqdoriy tasvir beri shva ularning turlicha xususiyatlarini bilib olish imkoniyatiga tushuniladi. Landshaft va iqtisodiy kuzatishlar jarayonida satatistik ma’lumotlar to‘planadi, ular iqtisodiy va iqtisodiy geografik umumlashtirishda keng qo‘llaniladi. Yuqoridagi metodlar tabiiy va dala sharoitida ham qo‘llaniladi. Ulardan geografiya ta’limida taqqoslab dars o‘tishda ham foydalaniladi. Geografiya tadqiqotlari ichida eng yangi metodlardan biri- aerokosmik metodlari hisoblanadi. Ayniqsa, hozirgi kunda materiklarning tektonik tuzilishlarini, muhim foydala qazilma konlarini aniqlash, sayyoramiz ob-havosi va iqlimini, dunyo okeanidagi o‘zgarishlar va boshqalarni bu metodsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak 8-9 sinf geografiya kurslarida bu metodlar natijalaridan darslarda keng foydalaniladi. Geografiya ta’limida laboratoriya metodidan ham unumli foydalanish mumkin. Tog‘ jinslari, foydali qazilmalar, tuproqlar, suvlarning namunalari geografiya kurslaridagi amaliy ishlarni uyushtirshda juda qo‘l keladi.
Geografiya o‘qitishda yer haqidagi umumiy bilimlarni berishda eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan biri geografik ob’ektlarning modellarini qo‘llash hisoblanadi. Modellarning eng asosiy turlariga: globus, karta va statistik materiallar kiradi. Kartografik tadqiqot metodlari geografiya ta’limida birmuncha kam qo‘llaniladi, buning asosiy sababi bu metod o‘quvchilardan juda yuqori darajada tayyorgarlik talab qiladi 1. Ta`limiyma q sadlar: - o`uvchilarga tabiiy, i q tisodiy, kartografiya va bosh q a geografiya fanlarining asoslarini o`rgatish. Tabiatni q o`ri q lash va undan o q ilona foydalanishning tabiiy-ilmiy va texnika i q tisodiy tomonlarining ochilishi, toki bu jamiyat h ayoti va ishlab chi q arishni rivojlantirish uchun imkon yaratsin: - o` q uvchilarni i q tisodiy, ekologik, ta`lim bilan q urollantirish: - o` q uvchilarda geografik madaniyatini shakillantirish, ularni kartalar, ma`lumotnomalar bilan ishlay olish, kundalik matbuot materiallarini o` q ishda geogrfik bilimlarni q o`llay olish. O` q uvchilarni geografiya va unga alo q ador bo`lgan fanlar asosida o`z bilimlarini oshirish q obiliyatlarini shakillantirish: - o`z respublikasining tabiiy va i q tisodiy geografiyasiga oid bo`lgan bilimlarini, chu q ur bilish. - o` q uvchilar tabiatga, xo`jalikka, tabiat bilan xo`jalik o`rtasidagi alo q alarga nisbatan to` g` ri ilmiy dunyo q arashni shakllantirish. - o` q uvchilarda vatanparvarlik milliy guru h xislatlarni shakllantirish. - o` q uvchilarning turli mamlakatlarning xo`jalik yuritish metodlari, tabiiy boyliklaridan unumli foydalanish, a h olini ish bilan ta`minlash kabi masalalar mo h iyatini ochib berish.