logo

GEOGRAFIYA TA’LIMI METODIKASINING ShAKILLANIShI VA RIVOJLANIShI TA’RIXI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.1376953125 KB
GEOGRAFIYA TA’LIMI METODIKASINING ShAKILLANIShI  VA
RIVOJLANIShI TA’RIXI
1. O‘rta Osiyoni Rossiya bosib olgunga qadar bo‘lgan o‘qitish tizimi. 
2. Mustamlaka davrida geografiya o‘qitish metodikasi rivojlanish “Rus-
tuzem” maktabalarining ochilishi va ularda geografiyaning o‘qitilishi.
3. Mustaqillik yillarida geografiya ta’limidagi tub o‘zgarishlar.
4. 9   yillik   ta’lim,   akademik   litsey,   kollejlarda   geografiya   ta’limidagi
o‘zgarishlar. O‘zbekiston   maktablarida   geografiya   ta’limini,   (darsliklar   va   dasturlari
mazmunini, o‘qitish metodlari, o‘quv moddiy bazasi, kadrlar tayyorlash va boshqa
xususiyatlarga ko‘ra) 4 ta bosqichga ajratish mumkin.
1   –   bosqich   1918   –   1934   yillarni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   davr   o‘zbek   –   sovet
maktablarida   geografiya   o‘qitishni   yo‘lga   qo‘yish   bosqichi   hisoblanadi.   Bu
bosqichda Yangi tipdagi maktablar bilan eski tipdagi sovet maktabi geografiyasiga
asos   solindi.   Yangi   dasturlar   asosida   (1922   –   1923   yillarda)   o‘qitishning
«kompleks dasturlari» ishlab chiqildi.   Bu turli variantlarda bo‘lib, bir necha marta
o‘zgardi   va   10   yil   mobaynida   qo‘llanildi.   Geografik   materiallar   kompleks
mavzular   orasiga   singib   ketdi.   Geografiyani   o‘rganish   juda   past   saviyada   olib
borildi.   Kompleks   dasturlarning   uzoq   hukumronligi   maktab   geografiyasi   uchun
og‘ir   davr   bo‘ldi.   1925   –   1926   yillarda   maktablarning   yuqori   sinfida   geografiya
dasturlardan umuman chiqarib tashlandi. Geografiya, tabiyot, fizika, ijtimoiy fanlar
tarkibida   o‘rganildi.   Kartani   o‘rganish   nihoyatda   zaif   bo‘ldi.   Yuqoridagi   fanlar
geografiyani   o‘qitish   vazifalarini   mutloqo   bajara   olmadilar.   Kompleks   metod
aslida predmetsiz o‘qitish edi.
2   –   bosqich   1934   –   1955   yillarni   o‘z   ichiga   oladi.   O‘zbek   maktablarida
geografiya  o‘qitishning  muayyan  bir   tartibga   tushish  bosqichi.   Bu  davrda  yagona
dastur asosida muayyan darsliklar yaratildi. O‘quvchi va o‘qituvchilar uchun o‘quv
qo‘llanmalari   ko‘proq   nashr   etila   boshlandi.   O‘zbek   tilida   metodik   qo‘llanmalar
vujudga   kela   boshladi.   Maktab   geografiyasi   hissa   qo‘sha   oladigan   metodistlar,
geografiya o‘qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Ko‘plab metodik kitoblar o‘zbek
tiliga o‘girildi.
3   –   bosqich   1956   –   1966   yillar.   Bu   davrni   maktab   geografiyasini   turmush
bilan   bog‘lash   bosqichi   desa   bo‘ladi.   Bu   davrda   maktab   geografiyasi   bo‘yicha
ilmiy tadqiqot ishlar olib borildi. O‘qitishning samarali xillari tobora kengroq joriy
qilina   boshlandi.   Mahalliy   aholidan   milliy   kadrlar,   yirik   geograf   va   metodistlar
yetishib   chiqdi.   O‘quvchi   va   o‘qituvchilar   uchun   ilmiy   ommabop   va   metodik
adabiyotlar tarjima qilindi. Geografik atama va nomlar ma’lum bir tuzumga tusha
bordi. 4  –   bosqich   1967  –   1990  yillar.  Bu   davrda   ta’lim   sohasida   turli   o‘zgarishlar
paydo bo‘ldi. O‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar Chop qilindi. Ta’limni  isloh qilish
borasida   bir   qator   tadbir   va   o‘zgarishlar   amalga   oshirildi.   Muayyan   darsliklar
tizimi va yangi o‘quv kartalari paydo bo‘ldi. O‘lkashunoslikka e’tibor bir muncha
kuchaydi. Ammo O‘zbekiston geografiyasini o‘rganish bo‘yicha soatlar hajmi 20%
dan oshmadi.
Oktyabr   to‘ntarishidan   keyin   sovet   maktabini   isloh   qilishdan   boshlandi.
Dastlab  maxsus   qarorlar  asosida   9 yillik  yagona mehnat  maktablari  tashkil  etildi.
Bu maktab ikki bosqichdan iborat edi. Birinchi bosqich 1-5 sinflar, 2 – bosqich 6-9
sinflardan   iborat.   Bunday   maktabda   geografiya   ta’limi   maqsad   va   mazmun
jihatdan o‘zgardi.
1918 – 1922 yillarda geografiyada namunaviy dasturlar paydo bo‘ldi. Bunda
ayrim   landshaftlarning   xususiyatlarini   o‘rganishga   ko‘proq   e’tibor   berildi.   O‘sha
davrlar   «landshaft   dasturlari»   bilan   mashhurdir.   Masalan   «Ovchilar   landshafti»,
«Ko‘chmanchilar landshfti» va h.k.
Landshaft   dasturlari   o‘zini   oqlamadi.   1921   yilda   geograf   D.N.   Anuchin
rahbarligida   umumdavlat   ahamiyatiga   ega   bo‘lgan   geografiya   dasturi   loyihasi
ishlab chiqildi. Ungacha ayrim hududlar hatto ayrim maktablar huddi landshaftlar
dasturiga o‘xshash bo‘lgan dasturlarni o‘zlari tuzar edilar. Anuchin dasturi oktyabr
to‘ntarishiga qadar  bo‘lgan geografiya ta’limining eng yaxshi  tomonlarini qisman
bo‘lsa   ham   o‘zida  aks   ettirgan   bo‘lib,   unda  geografiyani   o‘qitish   sinflar   bo‘yicha
taqsimlangan edi.
Anuchin   dasturiga   muvofiq   3   –   sinfda   o‘z   qishlog‘i,   shahari,   guberniyasi
o‘rganilar   edi.   Bu   to‘rni   mamlakatshunoslik   deb   atadi.   O‘quvchilar   geografik
nomlar,   tushunchalar   geografiyaga   oid   rasmlar   bilan   tanishtirilar   edi.   4   –   sinfda
mamlakatlar   turli   mintaqalarning   tabiati,   insonlar   hayotini   aks   ettiruvchi   rasmlar
namoyish qilinar edi. 5 – sinfda mamlakatshunoslikga oid bo‘lgan ma’lumotlar va
qit’alar geografiyasi o‘rganiladi. 6 va 8 – sinflarda Rossiya geografiyasi 8 – sinfda
iqtisodiy   geografiya,   9   –   sinfda   astranomiya   va   astrologiya   edi.   Mazkur   dastur
o‘quvchilarning   geografiyaga   oid   bilimlarni   oshirishda   katta   rol   o‘ynaydi.   Unda geografiyaga ajratilgan soatlar  miqdori ancha ko‘p edi. 1924 yildan 1930 yillarda
maktab   geografiya   ta’limi   uchun   og‘ir   yillar   bo‘ldi.   1924   yildan   boshlab   maktab
geografiyasi yangi dasturlar asosida ishlashga o‘tdi, ammo bu darsliklar bo‘yicha,
geografiya   bo‘yicha   alohida   predmetlar   yo‘q   edi.   Unda   geografiyadan   uzoq   –
yuluq   bilim   berilardi.   1-4   sinflarda   alohida   geografiya   kurslari   o‘rnini   kompleks
mavzular   egalladi.   Bu   mavzular   mazmuniga   qisqacha   geografik   savollarda
mahalliy   tabiat   va   xo‘jalik   bilimlari   berilar   edi.   4-sinfda   Rossiya   geografiyasi   va
boshqa, fanlar geografiyasi o‘rgatilar kiritilar edi. Masalan 11 – sinfda yil fasillari,
2 – sinfda Rossiya geografiyasi va boshqa, fanlar geografiyasi o‘rgatilar edi.
Ikkinchi   bosqich   sinflarida   geografiya,   biologiya,   tarix,   jamiyatshunoslik
fanlari   tarkibiga   singib   ketgan   edi.   Tabiiy   geografiya   va   mamlakatshunoslik
haqidagi   bilimlar   nochor   ahvolga   tushib   qoldi.   Xullas   kompleks   dasturlarning
qabul   qilinishi   geografiyani   mustaqil   Fan   sifatida   barham   topishiga   olib   keldi.
Faqat   1927   yilda   avval   1   –   bosqich   maktablarda,   keyinroq   2   –   bosqich   sinflarda
geografiya fan sifatida qayta tiklandi. O‘zbekistonda 1920 – 1930 yillar oralig‘ida
geografiya   darsliklari   rus   tilidan   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilindi.   G.I.   Ivanovning
«Boshlang‘ich   jug‘rofiya»   darsligi   geografiya   darsliklarining   to‘ng‘ichi   edi.   Bu
darslik   1927   yildan   N.L.Korjenevskiy   yordamida   P.   Arxengelskiy   tomonidan
o‘zgartirib   nashr   qilindi.   G.I.Ivanovlarning,   Baxtiyorov   va   Makarov   bilan
hamkorlikda   birmuncha   o‘zgartirib   nashr   qilingan   «Jug‘rofiya   hvm   ulkani
o‘rganish»   darsligi   ham   o‘zbek   tilidagi   dastlabki   darsliklardan   edi.   Bu   davrda
Balashovning   «O‘zbekiston   hamda   unga   qo‘shni   jumhuriyatlar   va   viloyatlar»   P.
Arxangelskiyning   «Jug‘rofiya»   (o‘lkani   o‘rganish   darsligi),   A.   Obidovning
«O‘zbekiston   sotsialistik   sho‘rolar   jumhuriyati»   darsliklari   geografiya   ta’limida
katta   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   A.Obidovning   «O‘xbekiston   jug‘rofiyasi»   darsligi
O‘zbekiston   geografiya   ta’limida   o‘z   respublikasini   o‘rganishda   birinchi   haqiqiy
asar o‘zbek tilida dastlabki geografiya metodikasi paydo bo‘ldi. Uning muallifi N.
Leonov edi.
Geografiya   metodikasi   suhbatlar   metodida   yozilgan   bo‘lib.   U   talay
kamchiliklarga ega edi. Undan kartalar bilan ishlash metodlari yoritilmagan edi. O‘zbekiston maktablarida geografiya o‘qitish samaradorligini oshirishda 1925
yildan   boshlab   Chop   etilayotgan   «Maorif   va   o‘qituvchi»   jurnalining   roli   katta
bo‘ldi.   Jumladan,   Ushbu   jurnallarning   1925   yil   5-6   sonlarida   «Jug‘rofiyaning
foydasi»,   «Lug‘at   va   atamalar»,   «Samarqand»,   «Maktabda   o‘lkani   o‘rganishning
ahamiyati»,   «Muz   davrining   oxirlarida   Yevropa   qanday   irqlar   yashaydilar»,
«Sahroi     kabir»   va   boshqa   o‘nlab   geografiyaga   oid   maqolalar   e’lon   qilinadi.   Bu
jurnal   geografiya   o‘qituvchilariga   ilmiy   va   metodik   jihatdan   yaqindan   yordam
bergan.   1931   yil   4   –   iyuldan   «Madaniy   inqilob»   (keyinchalik   «O‘qituvchilar
gezetasi», hozirda «Ma’rifat») gezetasi chiqa boshladi. Unda yuzlab ilmiy, uslubiy
maqolalar e’lon qilinadi.
Geografiya ta’limida kadrlar yetishtirish masalasi sekin – asta yo‘lga qo‘yildi.
1927 yilda Samarqand oliy pedagogika instituti ochildi. 1930 yillar oxirlariga oliy
ma’lumotli   geografiya   o‘qituvchilari   yetishib   chiqa   boshladi.   Bular   N.Ibadov,
G.Nazarov, I.Mirzaboyev, A.Ahrorov va boshqalar edi. 1930 yillarning o‘rtalarida
Toshkent,   Buxoro,   Samarqand   keyinchalik   Nuks,   Urganch,   Qo‘qon,   Andijon
shaharlarida   pedaglgik   institutlari   ochildi.   Maktab   geografiyasining   taqdirini   hal
etishda   maktab   geografiyasi   va   ilmiy   geografiyasining   taqdiriga   katta   VKP   (b)
ning 1931 yil 5 – sentyabr va 25 – avgust  qarori ta’sir etdt. Geografiyani  boshqa
metodlar tarkibida o‘rganishga qatiy xotima berdi. Geografiyani boshqa predmetlar
orasida   teng   huquqli   bo‘lishiga   imkon   yaratdi.   Geografiyaning   aholida   fan
ekanligini isbotlab berdi.
Pedagogika   institutlarida   geografiya   o‘qituvchilarini   maxsus   tayyorlash
masalasini ham hal etadi. Geografiya dasturini, kartani, tabiiy geografiya asoslarini
bilish   kapitalistik   mamlakatlarini   o‘rganish   zarurligi   masalalari   qarorida   alohida
o‘qitiladi. O‘zbekistonda maktab geografiyasi taqdirini hal qilishda VKP (b) ning
1934 yil 15 – may qarori alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
Qarorda   boshlang‘ich   va   o‘rta   maktablarda   geografiya   o‘qitishning
sifatsizligi,   kartalarning   maqsadga   muvofiq   emasligi,   mavzularning   quruqligi,
darsliklarning   raqamlar   bilan   to‘laligi,   ayniqsa   maktabni   bitirib   chiqayotgan
o‘quvchilarning   geografiyadan   bilimlarining   sayoz   va   sifatsizligi   tanqid   ostida olinadi.   Qaror   geografiyani   qanday   o‘qitish   to‘g‘risida   har   bir   sinfda   geografiya
fanlarini o‘qitishda ayrim ko‘rsatmalar berdi. 
Bu qarorga muvofiq geografiya ta’limi  3 bo‘g‘inga bo‘lib o‘qitila boshlandi.
(boshlang‘ich   yetti   yillik,   o‘rta).   Geografiyadan   haftalik   soatlar   birmuncha
ko‘paydi.   Bu   qaror   o‘quvchilar   yoshini   e’tiborga   olgan   holda   ko‘rgazmali   va
qiziqarli   bayon   qilishni   talab   qiladi.   1934   –   1935   o‘quv   yilidan   boshlab   Yangi
dasturlarga o‘tildi.
Bu   dasturlarga   asosan   Yangi   darsliklar,   ilmiy   ommabop   adabiyotlar,   atlas
kartalar,   o‘qituvchilar   uchun   o‘quv   metodik   qo‘llanmalarni   yaratishga   kirishildi.
1934   yilgi   qarordan   keyin   «Geografiya   v   shkole»   jurnalining   chiqa   boshlashi
nafaqat   Rossiyada,   balki   O‘zbekistonda   ham   geografiya   ta’limini   rivojlantirishda
katta   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   Ilg‘or   o‘qituvchilarda   oliy   va   o‘quv   yurtlari
o‘qituvchilari geografiyadan darslik va boshqa qo‘llanmalar yaratishga jalb etildi.
Darslarda   o‘quvchilarning   mustaqil   va   Amaliy   ishlariga   e’tibor   kuchaydi.   1935
yilda   O‘rta   Osiyo   universitetiad   geografiya   –   geologiya   fakulteti   tashkil   etildi.
1935-1940   yillar   mobaynida   O‘zbekistonda   pedagogika   institutlarining
aksariyatlarida geografiya mutaxassiligi ochildi. 1943 yilgacha Respublikada 10 ga
yaqin   o‘qituvchilar   instituti   ochildi.   Ularga   geografiya   o‘qituvchilari   ehtiyojlarini
e’tiborga   olib,   ularga   metodik   yordamlarini   kuchaytirish   maqsadida   o‘qituvchilar
malakasini   oshirish   institutlari,   ular   bazasida   esa   geografiya   kabinetlari
(kafedralari) tashkil etiladi.
Geografiya   ta’limi   har   tomonlama   rivojlanishida   buyuk   iqtisodiy   –   geograf
N.N.Baranskiyning   xizmatlari   katta.   U   mualliflik   qilgan   iqtisodiy   geografiya
darsligi   20   yil   mobaynida   muntazam   rivojlanishda   nashr   etilib   turildi.
N.N.Baranskiy «o‘qituvchi – ta’lim jarayonida markaziy figura» deb qayta – qayta
ta’kidlagan. U geografiya ta’limida yetakchi o‘rnini karta va ko‘rsatmalik egallashi
zarur deb «Karta – geografiyaning ikkinchi tilidir», «Karta – geografiyaning alfasi
va   omegasi»,   «Birgina   karta   bir   necha   varaq   matinning   o‘rniga   o‘tadi»   degan
o‘lmas   fikr   va   g‘oyalarini   o‘rtaga   tashlaydi.   N.N.Baranskiy   Sobiq   Ittifoq miqyosida   geografiya   o‘qituvchilari   tayorlash   ishiga   ulkan   hissa   qo‘shgan   buyuk
shahardir.
2   –   jahon   urushi   ham   geografiya   ta’limiga   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatmasdan
qolmadi.   Ko‘pgina   geografiya   o‘qituvchilari   frontga   jo‘nab   ketdilar.   Oliy   o‘quv
yurtlarida   mutaxassislar   tayyorlash   izdan   chiqdi.   O‘quv   qo‘llanmalar   umuman
yetishmay qoldi.
Urushdan   keyingi   yillarda   maorif   sohasida   talaygina   yutuqlar   qo‘lga   kiritila
boshlandi.   Dastlab   4   yillik,   keyin   7   va   8   yillik   (majburiy)   to‘liq   o‘rta   ta’\limga
bosqichma   –   bosqich   o‘tilishi,   ta’lim   mazmunini   tubdan   qayta   qurishga   yordam
berdi.
Bu davrda geografiya o‘qituvchilari diqqati ko‘proq o‘quv jarayonini amaliyot
bilan   bog‘lashga   qaratildi.   Geografiya   ta’limini   hayot   bilan   bogg‘lash   borasida
tabiiy  sharoitning  xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyatiga   katta  e’tibor   berildi.  O‘z  o‘lkasi
geografiyasini   o‘rganish   va   o‘z   joyining   kartasini   chizish,   ob   –   havoni   kuzatish,
o‘z   joyidagi   barcha   tabiiy   kompleks   komponetlarini   o‘rganish   geografiyani
turmush bilan bog‘lashga qaratildi.
Maktabni   tutatish   bilan   bog‘lash   haqidagi   qaror   asosida   o‘quvchilarning
mustaqil ishlariga katta e’tibor berildi. O‘zbekiston geografiyasini o‘rganishga bir
muncha   kuchaydi.   1953-1954   o‘quv   yillaridan   boshlab   Amaliy   mashg‘ulotlarni
uyushtirish   majburiy   tarzda.   maktab   geografiya   dasturlariga   uyushtirish   majburiy
tarzda,   maktab   geografiya   dasturlariga   kiritildi.   O‘quvchilar   duneqarashini
shakillantirishga, mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashga e’tibor kuchaydi. 1958
yil   24   dekabrda   Oliy   Sovetning   maktab   haqidagi   qonuni   geografiyaning
takomillashuvida   katta   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   Bu   qonun   boshqa   fanlar   qatori
geografiya   ta’limini   ishlab   chiqarish   mehnati   bilan   yaqinlashtirishga   e’tiborini
kuchaytirdi.
Geografiya ta’limida o‘z o‘lkasini chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan talab oshdi.
O‘zbekistonda   geografiya   ta’limini   takomillashtirishda   bir   qancha   ilmiy
maskanalar   va   oliy   o‘quv   yurtalari   qatori   pedagogika   fanlari   ilmiy   tekshirish
institutidagi   geografiya   laboratoriyasining   xizmatlari   katta   bo‘ldi.   Bu   instituti geografiya   laboratorisida.   P.Musayev   rahbarligidagi   metodist   geograf   olimlar
maktabda   geografiya   o‘qitishni   takomillashtirish   bo‘yicha   qator   izlanishlar   olib
bordi. P.Musayev o‘sha mustamlaka yillarda ham hadeksiramasdan milliy maktab
muammolari bo‘yicha g‘oyat dadil fikrlarini ilgari surdi.
1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo‘llanma va
darsliklar   nashr   etila   boshlandi.   O‘sha   davrlarda   O‘zbekistonda   geografiya   fanini
takomillashtirishda   A.Obidov,   O.Saidrasulov,   H.Hasanov,   N.Dolimov,
Z.Akramov,   O.Mo‘minov,   M.Nabixonov,   I.Mirzaboyev   va   boshqalarning
xizmatlari   katta   bo‘ldi.   Umumta’lim   maktablari   va   oliy   o‘quv   yurtlari   uchun
geografik   adabiyotlar,   darslik   va   metodik   qo‘llanmalarni   tarjima   qilish   keng   tus
oldi.   Bunda   H.Hasanov,   P.Sultonov,   M.Qoriyev,   P.G‘ulomov,   R.Rahimbekovlar
unimli   mehnat   qildilar.   Jumladan   N.F.Kurazovning   «Geografiya   o‘qitish
metodikasi»   (1962),   P.Budanovning   «Tabiiy   geografiya   metodikasi»   (1950),
A.V.Darinskiyning   «Geografiya   o‘qitish   metodikasi»   (1964),   N.Dolimovning
«O‘zbekiston   tabiiy   geografiyasi»   Yangi   darslik   bo‘lib   chiqadi.   1960   yillardan
boshlab   O‘zbekistonda   geografiya   ta’limi   metodikasining   turli   yo‘nalishlari
bo‘yicha   ilmiy   tadqiqot   ishlari   olib   borildi.   O.Mo‘minov   «O‘zbek   maktablarida
tabiiy   geografiya   o‘qitish   masalalari»   (1967),   T.Abdullayeva   «Tabiiy   geografiya
o‘qitishda   o‘lkashunoslik»   materiallaridan   foydalanish   (1967),   M.Nabixonov
«SSSR   geografiyasida   badiy   ko‘rsatmali   vositalarining   roli   va   qo‘llanilishi»
(1969), P.Musayev «O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasining o‘qitish xususiyatlari»
(1968),   M.Jo‘raboyev   «O‘zbekiston   maktablarida   geografiya   o‘qitishda
predmetlararo   aloqalarni   joriy   etsh»   (1969),   M.Asanov   «Topografiyadan   amaliy
mashg‘ulotlar   uyushtirish»   (1970),   M.Yunusova   «Geografiya   ta’limida   natural
qo‘llanmalardan foydalanish» (1985), R.Qurbonniyozov «Geografiyadan fakultativ
mashg‘ulotlarda   o‘quvchilarni   mehnatga   yo‘naltirish»   (1986)   mavzulari   bo‘yicha
nomzodlik   dissertatsiyalarini   himoya   qildilar.   O‘rta   va   Oliy   maktablarda
geografiya   o‘qitish   metodikasini   rivojlantirishda   H.Hasanovning   xizmatlari   katta
bo‘ldi.   Professor   Hasanov   o‘quvchilar   va   geografiya   o‘qituvchilari   uchun   o‘nlab ilmiy   maqolalar,   ilmiy   ommabop   adabiyotlarni   o‘quvchilar   diqqatiga   havola   etdi
va nashr ettirdi.
Bular: «Geografiya terminlari lug‘ati» (1964), «Sayyoh geografiyalar» (1965),
«Yer   tili»   (1967),   «Mahmud   Qoshg‘ariy»   (1965),   «Geografik   nomlar   imlosi»
(1962)   va   boshqa   bunga   misoldir.   H.Hasanov   geografiya   metodikasiga   oid
ishlarida   o‘quvchi   va   talabalarning   mustaqil   ishlari,   metodlari,   bilimlarni   nazorat
qilishning o‘ziga xos tomonlarini ishlab chiqdi, rivojlandi, takomillashtirdi.
1960-1970 yillar oralig‘ida geografiya o‘qitish metodikasiga oid o‘nlab o‘quv
qo‘llanmalari Chop etildi va tarjima qilindi: 
Bular: M.Qoriyevning «O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi» (1964-1968 yillarda),
O.Mo‘minov,   Ye.Belskaya   2-3   sinflar   uchun   «Tabiatshunoslik»,   M.Qoriyev,
N.Dolimov,   O.Mo‘minov   «O‘zbekiston   tabiiy   geografiyasi»   (7-sinflar),
Z.Akramov,   P.Musayev.   «O‘zbekiston   iqtisodiy   va   ijtimoiy   geografiyasi»   (8-
sinflar),   M.Nabixonov,   E.Safarov,   G.Asanovlarning.   «O‘zbekiston   ijtimoiy   va
iqtisodiy   geografiyasi»   (Oliy   o‘quv   yurtlari),   P.Musayev   «O‘zbekiston   SSR
iqtisodiy   geografiyasini   o‘qitish»   (1977),   O.Mo‘minov   «Geografiya   ta’limi
metodikasi» (1978), P.Musayev, R.Qurboniyozovning «Geografik o‘yinlar» (1978-
1990),   N.Abdug‘aniyev.   «geografiya   darslarida   ta’limining   texniklaridan
foydalanish» (1990) kabi o‘nlab darslik o‘quv va metodik qo‘llanmasi Chop qilindi
va geografiya o‘qituvchilari, talabalrga havola etildi.
Shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   bu   davrlarda   geografiya   metodikasining
erishgan   yutuqlari   bevosita   o‘qituvchilari   amaliyoti   bilan   muntazam   bog‘langan
edi.   Bu   avvalo   geografiya   ta’limi   metodlari   bo‘yicha   mahaliy   sharoitni   e’tiborga
olgadigan   nazatsiyalar   paydo   bo‘ldi.   Bu   nazariyalar   asosiy   –   «Geografiya   v
shkole», «Sovet maktabi» jurnali, «O‘zbekiston geografiya jamiyati» to‘plamalirda
o‘z aksini topdi.
Respublikamizda   atlas   kartalar,   kontur   kartalar,   darslik   va   o‘quv
qo‘llanmalarining nashr etilishi, yuqoridagilarni tasdiqlashi  mumkin. Eng muhimi
dasturlarda mavzularni  o‘rganishda  «O‘z o‘lkasini» o‘rganishga e’tibor  kuchaydi.
Bu   o‘z   navbatida   didaklablariga   unchalik   javob   bermadi.   Ularda   o‘quvchilarda zarur   qonuniyatiga   ancha   mos   kelar   edi   va   o‘quvchilarga   kasb,   mehnat,   iqtisodiy
tarbiyalarni berishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki,
chop   etilgan   metogdik   adabiyotlarning   ko‘pchiligi   chuqur   izlanishlarsiz,   tadqiqot
uyushtirmasdan,   eksperimentlarsiz   nashr   etilishi   hollari   bo‘ldi.   Eksperimental
tadqiqotlar orqali nashr etilgan ishlar saviyasi ham hayot talabalriga unchalik javob
bermadi.   Ularda   o‘quvchilarda   zarur   ko‘nikma   va   malakalarini   shakillantirish
jarayonlari mavjud edi.
O‘zbekistonda   1969-1970   o‘quv   yilida   geografiyadan   Yangi   dasturlar   joriy
etildi.   U   1980-1981   o‘quv   yiligacha   amal   qildi.   Bu   dastur   bir   muncha
takomillashtirildi.   Har   bir   geografiya   kursi   uchun   zarur   amaliy   ishlar   qat’iy   qilib
qo‘yildi. Birinchi marta dasturda mavzular bo‘yicha fanlararo aloqalar, o‘quvchilar
bilimi va bajara olishi zarur bo‘lgan bilimlar alohida ko‘rsatildi.
Umumta’lim  maktablarni  takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni  isloh
qilishga   tayyorgarlik   ishlari   ko‘rib   chiqildi.   Isloh   geografiya   ta’limi   mazmuniga
ham   ta’sir   qilmasdan   qolmadi.   Maktab   geografiyasi   kurslari   tarkibida   ham   ba’zi
o‘zgarishlar  paydo bo‘ldi. Ta’limning 112-yillik tizimga o‘tish bilan geografiyani
o‘qitishda ham mehnat ta’limi kasb.
Sogbiq   SSSR   tugatilishi   arafasida   maktabni   qayta   isloh   qilish   uchun   ancha
kurashlar   va  harakatlar   bo‘ldi.  Lekin  ularning  barchasi   muvaffaqiyatsiz   tugadi   va
o‘zini   oqlamadi.   O‘zbekistonning   mustaqillikka   erishish   geografiya   ta’limida   tub
o‘zgarishlar olib keldi.
ETAKCHI TUSHUNCHALAR
O‘quv   moddiy   ba’za,   9-yillik   mehnat   maktabi,   Kompleks   dasturlar,
Namunaviy dastur, Kompleks mavzular, Landshaft  dasturlar, Kompleks metod 1-
bosqich   maktablar.   Predmetsiz   o‘qitish,   O‘rta   ta’lim,   o‘quv   qo‘llanma,   darslik,
dissertatsiyalar. ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston ensikilopediyasi 1996.
2. Pedagogik ensiklopediyasi 1980.
3. O‘zbekiston pedagoklari antologiyasi 1995.
4. Qurboniyozov R. Geografiya ta’limi metodikasi.  Toshkent 1993.
5. «Ma’rifat», (Sovet maktabi) jurnallari.
«Geografiya v shkole» jurnallari.

GEOGRAFIYA TA’LIMI METODIKASINING ShAKILLANIShI VA RIVOJLANIShI TA’RIXI 1. O‘rta Osiyoni Rossiya bosib olgunga qadar bo‘lgan o‘qitish tizimi. 2. Mustamlaka davrida geografiya o‘qitish metodikasi rivojlanish “Rus- tuzem” maktabalarining ochilishi va ularda geografiyaning o‘qitilishi. 3. Mustaqillik yillarida geografiya ta’limidagi tub o‘zgarishlar. 4. 9 yillik ta’lim, akademik litsey, kollejlarda geografiya ta’limidagi o‘zgarishlar.

O‘zbekiston maktablarida geografiya ta’limini, (darsliklar va dasturlari mazmunini, o‘qitish metodlari, o‘quv moddiy bazasi, kadrlar tayyorlash va boshqa xususiyatlarga ko‘ra) 4 ta bosqichga ajratish mumkin. 1 – bosqich 1918 – 1934 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davr o‘zbek – sovet maktablarida geografiya o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda Yangi tipdagi maktablar bilan eski tipdagi sovet maktabi geografiyasiga asos solindi. Yangi dasturlar asosida (1922 – 1923 yillarda) o‘qitishning «kompleks dasturlari» ishlab chiqildi. Bu turli variantlarda bo‘lib, bir necha marta o‘zgardi va 10 yil mobaynida qo‘llanildi. Geografik materiallar kompleks mavzular orasiga singib ketdi. Geografiyani o‘rganish juda past saviyada olib borildi. Kompleks dasturlarning uzoq hukumronligi maktab geografiyasi uchun og‘ir davr bo‘ldi. 1925 – 1926 yillarda maktablarning yuqori sinfida geografiya dasturlardan umuman chiqarib tashlandi. Geografiya, tabiyot, fizika, ijtimoiy fanlar tarkibida o‘rganildi. Kartani o‘rganish nihoyatda zaif bo‘ldi. Yuqoridagi fanlar geografiyani o‘qitish vazifalarini mutloqo bajara olmadilar. Kompleks metod aslida predmetsiz o‘qitish edi. 2 – bosqich 1934 – 1955 yillarni o‘z ichiga oladi. O‘zbek maktablarida geografiya o‘qitishning muayyan bir tartibga tushish bosqichi. Bu davrda yagona dastur asosida muayyan darsliklar yaratildi. O‘quvchi va o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalari ko‘proq nashr etila boshlandi. O‘zbek tilida metodik qo‘llanmalar vujudga kela boshladi. Maktab geografiyasi hissa qo‘sha oladigan metodistlar, geografiya o‘qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Ko‘plab metodik kitoblar o‘zbek tiliga o‘girildi. 3 – bosqich 1956 – 1966 yillar. Bu davrni maktab geografiyasini turmush bilan bog‘lash bosqichi desa bo‘ladi. Bu davrda maktab geografiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlar olib borildi. O‘qitishning samarali xillari tobora kengroq joriy qilina boshlandi. Mahalliy aholidan milliy kadrlar, yirik geograf va metodistlar yetishib chiqdi. O‘quvchi va o‘qituvchilar uchun ilmiy ommabop va metodik adabiyotlar tarjima qilindi. Geografik atama va nomlar ma’lum bir tuzumga tusha bordi.

4 – bosqich 1967 – 1990 yillar. Bu davrda ta’lim sohasida turli o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. O‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar Chop qilindi. Ta’limni isloh qilish borasida bir qator tadbir va o‘zgarishlar amalga oshirildi. Muayyan darsliklar tizimi va yangi o‘quv kartalari paydo bo‘ldi. O‘lkashunoslikka e’tibor bir muncha kuchaydi. Ammo O‘zbekiston geografiyasini o‘rganish bo‘yicha soatlar hajmi 20% dan oshmadi. Oktyabr to‘ntarishidan keyin sovet maktabini isloh qilishdan boshlandi. Dastlab maxsus qarorlar asosida 9 yillik yagona mehnat maktablari tashkil etildi. Bu maktab ikki bosqichdan iborat edi. Birinchi bosqich 1-5 sinflar, 2 – bosqich 6-9 sinflardan iborat. Bunday maktabda geografiya ta’limi maqsad va mazmun jihatdan o‘zgardi. 1918 – 1922 yillarda geografiyada namunaviy dasturlar paydo bo‘ldi. Bunda ayrim landshaftlarning xususiyatlarini o‘rganishga ko‘proq e’tibor berildi. O‘sha davrlar «landshaft dasturlari» bilan mashhurdir. Masalan «Ovchilar landshafti», «Ko‘chmanchilar landshfti» va h.k. Landshaft dasturlari o‘zini oqlamadi. 1921 yilda geograf D.N. Anuchin rahbarligida umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan geografiya dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Ungacha ayrim hududlar hatto ayrim maktablar huddi landshaftlar dasturiga o‘xshash bo‘lgan dasturlarni o‘zlari tuzar edilar. Anuchin dasturi oktyabr to‘ntarishiga qadar bo‘lgan geografiya ta’limining eng yaxshi tomonlarini qisman bo‘lsa ham o‘zida aks ettirgan bo‘lib, unda geografiyani o‘qitish sinflar bo‘yicha taqsimlangan edi. Anuchin dasturiga muvofiq 3 – sinfda o‘z qishlog‘i, shahari, guberniyasi o‘rganilar edi. Bu to‘rni mamlakatshunoslik deb atadi. O‘quvchilar geografik nomlar, tushunchalar geografiyaga oid rasmlar bilan tanishtirilar edi. 4 – sinfda mamlakatlar turli mintaqalarning tabiati, insonlar hayotini aks ettiruvchi rasmlar namoyish qilinar edi. 5 – sinfda mamlakatshunoslikga oid bo‘lgan ma’lumotlar va qit’alar geografiyasi o‘rganiladi. 6 va 8 – sinflarda Rossiya geografiyasi 8 – sinfda iqtisodiy geografiya, 9 – sinfda astranomiya va astrologiya edi. Mazkur dastur o‘quvchilarning geografiyaga oid bilimlarni oshirishda katta rol o‘ynaydi. Unda

geografiyaga ajratilgan soatlar miqdori ancha ko‘p edi. 1924 yildan 1930 yillarda maktab geografiya ta’limi uchun og‘ir yillar bo‘ldi. 1924 yildan boshlab maktab geografiyasi yangi dasturlar asosida ishlashga o‘tdi, ammo bu darsliklar bo‘yicha, geografiya bo‘yicha alohida predmetlar yo‘q edi. Unda geografiyadan uzoq – yuluq bilim berilardi. 1-4 sinflarda alohida geografiya kurslari o‘rnini kompleks mavzular egalladi. Bu mavzular mazmuniga qisqacha geografik savollarda mahalliy tabiat va xo‘jalik bilimlari berilar edi. 4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqa, fanlar geografiyasi o‘rgatilar kiritilar edi. Masalan 11 – sinfda yil fasillari, 2 – sinfda Rossiya geografiyasi va boshqa, fanlar geografiyasi o‘rgatilar edi. Ikkinchi bosqich sinflarida geografiya, biologiya, tarix, jamiyatshunoslik fanlari tarkibiga singib ketgan edi. Tabiiy geografiya va mamlakatshunoslik haqidagi bilimlar nochor ahvolga tushib qoldi. Xullas kompleks dasturlarning qabul qilinishi geografiyani mustaqil Fan sifatida barham topishiga olib keldi. Faqat 1927 yilda avval 1 – bosqich maktablarda, keyinroq 2 – bosqich sinflarda geografiya fan sifatida qayta tiklandi. O‘zbekistonda 1920 – 1930 yillar oralig‘ida geografiya darsliklari rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. G.I. Ivanovning «Boshlang‘ich jug‘rofiya» darsligi geografiya darsliklarining to‘ng‘ichi edi. Bu darslik 1927 yildan N.L.Korjenevskiy yordamida P. Arxengelskiy tomonidan o‘zgartirib nashr qilindi. G.I.Ivanovlarning, Baxtiyorov va Makarov bilan hamkorlikda birmuncha o‘zgartirib nashr qilingan «Jug‘rofiya hvm ulkani o‘rganish» darsligi ham o‘zbek tilidagi dastlabki darsliklardan edi. Bu davrda Balashovning «O‘zbekiston hamda unga qo‘shni jumhuriyatlar va viloyatlar» P. Arxangelskiyning «Jug‘rofiya» (o‘lkani o‘rganish darsligi), A. Obidovning «O‘zbekiston sotsialistik sho‘rolar jumhuriyati» darsliklari geografiya ta’limida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. A.Obidovning «O‘xbekiston jug‘rofiyasi» darsligi O‘zbekiston geografiya ta’limida o‘z respublikasini o‘rganishda birinchi haqiqiy asar o‘zbek tilida dastlabki geografiya metodikasi paydo bo‘ldi. Uning muallifi N. Leonov edi. Geografiya metodikasi suhbatlar metodida yozilgan bo‘lib. U talay kamchiliklarga ega edi. Undan kartalar bilan ishlash metodlari yoritilmagan edi.

O‘zbekiston maktablarida geografiya o‘qitish samaradorligini oshirishda 1925 yildan boshlab Chop etilayotgan «Maorif va o‘qituvchi» jurnalining roli katta bo‘ldi. Jumladan, Ushbu jurnallarning 1925 yil 5-6 sonlarida «Jug‘rofiyaning foydasi», «Lug‘at va atamalar», «Samarqand», «Maktabda o‘lkani o‘rganishning ahamiyati», «Muz davrining oxirlarida Yevropa qanday irqlar yashaydilar», «Sahroi kabir» va boshqa o‘nlab geografiyaga oid maqolalar e’lon qilinadi. Bu jurnal geografiya o‘qituvchilariga ilmiy va metodik jihatdan yaqindan yordam bergan. 1931 yil 4 – iyuldan «Madaniy inqilob» (keyinchalik «O‘qituvchilar gezetasi», hozirda «Ma’rifat») gezetasi chiqa boshladi. Unda yuzlab ilmiy, uslubiy maqolalar e’lon qilinadi. Geografiya ta’limida kadrlar yetishtirish masalasi sekin – asta yo‘lga qo‘yildi. 1927 yilda Samarqand oliy pedagogika instituti ochildi. 1930 yillar oxirlariga oliy ma’lumotli geografiya o‘qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Bular N.Ibadov, G.Nazarov, I.Mirzaboyev, A.Ahrorov va boshqalar edi. 1930 yillarning o‘rtalarida Toshkent, Buxoro, Samarqand keyinchalik Nuks, Urganch, Qo‘qon, Andijon shaharlarida pedaglgik institutlari ochildi. Maktab geografiyasining taqdirini hal etishda maktab geografiyasi va ilmiy geografiyasining taqdiriga katta VKP (b) ning 1931 yil 5 – sentyabr va 25 – avgust qarori ta’sir etdt. Geografiyani boshqa metodlar tarkibida o‘rganishga qatiy xotima berdi. Geografiyani boshqa predmetlar orasida teng huquqli bo‘lishiga imkon yaratdi. Geografiyaning aholida fan ekanligini isbotlab berdi. Pedagogika institutlarida geografiya o‘qituvchilarini maxsus tayyorlash masalasini ham hal etadi. Geografiya dasturini, kartani, tabiiy geografiya asoslarini bilish kapitalistik mamlakatlarini o‘rganish zarurligi masalalari qarorida alohida o‘qitiladi. O‘zbekistonda maktab geografiyasi taqdirini hal qilishda VKP (b) ning 1934 yil 15 – may qarori alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Qarorda boshlang‘ich va o‘rta maktablarda geografiya o‘qitishning sifatsizligi, kartalarning maqsadga muvofiq emasligi, mavzularning quruqligi, darsliklarning raqamlar bilan to‘laligi, ayniqsa maktabni bitirib chiqayotgan o‘quvchilarning geografiyadan bilimlarining sayoz va sifatsizligi tanqid ostida