logo

Oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.548828125 KB
Mavzu:   Oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
REJA:
1.Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oila turlari. 
2.  O’zbekistonda ko’pbolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari    oilaning ijtimoiy
vazifalari. 
3. Ijtimoiy   pedagogning   oilalar   bilan   olib   boradigan   ishlari   shakl,   metod   va
vositalari 
  Oila   shaxs   tarbiyasida   boshqa     ijtimoiy   institutlar   bilan   taqqoslaganda
birinchi   darajali   rolni   bajaradi.   CHunki,   aynan   oilada   individual   qobiliyatlar,
shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun
unum   davomida   ta’sir   etadi.     Ijtimoiy   jihatdan   oila   inson   turli   ijtimoiy   rollarni
egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini  belgilab olishga, uning
ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi.
Oilaviy   munosabatlar   oliy   qadriyat   hisoblangan   bizning   respublikamizda
O’zbekistonda   oilaning   ijtimoiy   maqomi   nihoyatda   balanddir   va   o’z   mavqe’ini
xozirgacha   ushlab   turibdi.   Biroq   bu   holatdagi   oila   inqirozi   ko’pgina   oilalar,   shu
jumladan,   o’zbek   oilalariga   ham   ta’sir   qiladi.   Ko’pbolali   o’zbek   oilalarida
patriarxal     tartibning   saqlanishi   oiladagi   munosabatlarning   barqarorligini
ta’minlagan,   chunki   o’zbek   oilasida   zaruriy   tarbiyaviy   omil   va   ko’nikmalar
avloddan-avlodga   o’tib   keladi.   Oila   a’zolari   sonining   qisqarishi,   avlodlarning
uzoqlashuvi   muammosining   kuchayishi   munosabati   bilan   oilaviy   munosabatlarni
shakllantirish masalasi  borgan sari  muhim  ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Oila
bugungi   kunda   yuksak   malakali   psixolog,     ijtimoiy   pedagog,     ijtimoiy   ishchilar
yordamiga nihoyatda muhtoj bo’lib qolgan.
Oila   ikki   yo’nalishda   mavjud   bo’ladi:   kichik   ijtimoiy   guruh   sifatida   va
ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga
yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa insonlarning kundalik
hayoti kechadigan  ijtimoiy institutdir.
Inson jamiyatida oila bir nechta vazifalarni bajaradi:
reproduktiv -homilani   davom   ettirish   bilan   bog’liq   O’zbekistonda   ko’p   bolali
oilalarning   mavjudligi   bilan   bir   qatorda   oila   a’zolari   sonining   qisqarishi   ham
kuzatilmoqda.   Bu   hodisalar   asosan   moddiy-iqtisodiy   qiyinchiliklar,   ma’naviy
inqiroz,   yosh   oilalarning   ota-ona   uyidan   ajralib   chiqishi,   tibbiy   xizmatning   past
darajasi, noqulay ekologik holat bilan izohlanadi.
Iqtisodiy -oilaning bir a’zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy mablag’lar
topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag’larini to’plash.   Zamonaviy   bozor   munosabatlari   mulk   to’plash,   mulkka   ega   bo’lish,
meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi.
Ijtimoiylashuv   vazifasi-oila   bola   shakllanishiga   ta’sir   qiluvchi   birinchi   va
asosiy     ijtimoiy   guruh   hisoblanadi.   Oilada   ota-onalar   va   bolalarning     tabiiy-
biologik   va   ijtimoiy   aloqalari   uzviy   bog’lanib   keladi.   Oila   mikromuhit   sifatida
bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oilaning
vazifasi   bolani   asta-sekinlik   bilan   jamiyatga   tayyorlashdir.   Oilada   insonga   ta’lim
va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan
oilada bola mehnat va mustaqillikka o’rganadi.
Xo’jalik-maishiy - oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir. Unda
oila   a’zolarining   jismoniy   holatini   bir   maromda   ushlab   turish,   kasallar   va
qariyalarga g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy   vazifa .   Biz   bu   funksiyani   alohida   ajratib   ko’rsatamiz,   chunki   u
bolaning   ilk   ijtimoiylashuvi   jarayonida   muhim   rol   o’ynaydi.   Bola   shakllanishiga
shuningdek,   atmosfera   va   iqlimning   ta’siri   ham   bor.   Tarbiyaning   eng   muhim
vositalaridan biri shaxsiy namunadir.
Rekreatsion   va   psixoterapevt   funksiyasi .   Bu   funksiya   shunda   namoyon
bo’ladiki,   oilada   hamma   o’zini   qulay   sezishi   lozim.   Ruhshunoslar,   sotsiologlar,
pedagoglarning kuzatishlariga ko’ra inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanadi.
O’zbekistonda ko’pbolali oilalarning 
mintaqaviy xususiyatlari   O’zbekistonda   yuqori   tug’ilish   darajasi   quyidagi
mintaqaviy omillari bilan izohlanadi:
-inson   organizmiga   geografik   va   iqlim   sharoitlarining   ta’siri,   ayollarda   homila
davrining uzunligi,
-erta nikohdan o’tish an’anasi,
-ijtimoiy   omillar-ayolning   jamiyat   va   oiladagi   o’rni.   Hozirgi   kungacha   oilaviy
tarbiya amaliyotida ko’pbolalikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar
olib   borilmoqda,   chunki   bu   muammoning   ahamiyatli   ekanligiga   qaramay   bu
masala yetarli darajada o’rganilmagan.  Ko’p   bolali   oila-kattalar   va   bolalardan   iborat,   o’ziga   xos   jamoadir.   Unda
shaxsning   ijtimoiylashuvi   uchun   qulaysharoitlar   yaratiladi.   Bunaqa   oilada   tarbiya
jarayonini   tashkil   etish   muammosi   bilan   shug’ullanuvchi   olimlar   ham   turli
qarashlarga   egadirlar.   Ularning   ba’zilari   ko’p   bolali   oilada   bola   jamoa
munosabatlari   orqali   tajriba   to’playdi   deyishadi,   chunki   ko’p   bolali   oila   tarbiya
uchun   qulay     sharoitlar   yaratadi   va   ota-onalarning   bolalari   haqida   qayg’urishlari
teng taqsimlangan  bo’ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa,  aksincha ko’p bolali  oilada
bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi.
Agar   oilaviy   tarbiya   bola   individualligini   aniqlash   va   uning   qobiliyatlarini
rivojlantirish   kerak     degan   qoidadan   kelib   chiqsak,   bu   uchun   oila   nihoyatda
rivojlangan bo’lishi kerakligiga amin bo’lamiz. 
Ko’pbolali   oilada   individual   yondashuv   bo’ladimi?   Bu   yerda   tarbiya
jarayonining   ko’p tamonlamaligi va standartlashuvi  ro’y bermaydimi? Individual
yondashuv uchun avvalo psixologik va pedagogik bilimlar, shuningdek esa tarbiya
jarayonida   bolalarni   kuzatish   uchun   maxsus   vaqt   va   psixologik   tahlil   o’tkazish
kerak. 
Ba’zi  nohush tarbiyaviy omillar o’zbek oilasida,  xususan  ko’pbolali o’zbek
oilasida uy xo’jaligini yuritish bilan bog’liq. Ko’p o’zbek oilalarida uy ishlarini qiz
bolalar   bajarishadi,   o’g’il   bolalar   esa   bu   vazifalardan   deyarli   ozod   etilganlar.   Bu
holat   keyinchalik   o’g’il   bola   xarakterida   oiladagi   muomalasiga   xalaqit   beruvchi
odatlarni paydo qilishi mumkin.   ba’zan esa bolalar uy yumushlariga haddan ortiq
vaqt   ajratishadi.   Bu   ham   ularning   ta’lim   olishiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Ba’zan
o’zbek   oilalarida   ota-onalar   bolalarining   o’qishiga   umuman   befarq   bo’lishadi,
ularga   uy   vazifalarini   bajarishda   amaliy   yordam   barishmaydi.   O’zbek   oilalarida
bola   uy   vazifalarini   kechqurun-barcha   oila   a’zolari   to’planishganda   qilish   odat
bo’lgan. Bu vaziyatda ko’pgina chalg’ituvchi omillar ham paydo bo’ladi-televizor
ko’rish,   oila   a’zolarining   o’zaro   suhbatlashishi   qilishi,   uy   yumushlarini   bajarish
talabi.   Ko’pgina oilalarda bolalarning o’qishi uchun sharoitlar bor, biroq ular har
doim ham yaxshi jihozlanmagan bo’ladi. Bu borada aksariyat ota-onalar pedagogik maslahatlarga   ehtiyoj   sezadilar.   Ularni   bolalarga   yordam   berishning   aniq   usullari
bilan tanishtirish lozim.
O’zbek   oilalaridagi   yigit-qizlarning     ijtimoiy   moslashuvigasiga   xalaqit
beruvchi omillarga qizlarni oilaviy hayot uchun yigitlarni esa mehnat, kasb uchun
noto’g’ri   tayyorlashni   kiritsak   bo’ladi.   Ayol   kishidan   malakaviy   va   kasbiy
faollikni, erkak kishidan esa o’z xizmat va oilaviy majburiyatlarini bajarishni talab
qiluvchi   hozirgi   kunda   bu   an’analarning   saqlanib   qolishi   zamonaviy     ijtimoiy
talablarga   zid   keluvchi   hodisadir.   Bu   hodisa   ijtimoiy   tarbiya   va   oilaviy   tarbiya
o’rtasida kelishmovchiliklar borligidan guvohlik beradi. Bunaqa oilalarning salbiy
ta’sirini         bartaraf   etish   oilani   shaxs   ijtimoiylashuvining   asosiy   omili   sifatida
mukammallashtirishni   talab   qiladi.   Bu   masalaning   muhimligi   kadrlar   tayyorlash
milliy dasturida  ilgari  surilgan ta’lim-tarbiya jarayoni  talablari  bolalar  tarbiyasiga
nafaqat   maktabda   balki,   oilada   ham   o’z   talablarini   qo’yganligi   bilan   katta
ahamiyatga ega bo’lmoqda. 
SHu bilan birga bir qator o’zbek pedagog olimlari aynan ko’pbolali oilalarda
bolalar   tarbiyasi   uchun   qulay   sharoitlar   mavjud   deb   hisoblashadi.   Avvalo,
ko’pbolali   oila   pedagogik   munosabatda   qulay   bo’lgan   yosh   tuzilmasiga   ega.   Bir
nechta bola mavjud bo’lganida ota-onalarning g’amxo’rligi ham ular orasida teng
taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi.
Katta   va   kichik   boalar   o’rtasida   turli   o’zaro   munosabatlar   shakllanadi.   Ko’pgina
ota-onalar   ko’pbolali   oilalarda   bolalarni   tarbiyalash   oson,   chunki   bunda   katta
farzandlar   yordam   berishadi   deyishadi.   Ko’pbolali   oilalardagi   tarbiyaning   eng
muhim   omillari   muomula   muhiti,   birgalikdagi   mehnat,   jamoaviy   tashabbus,   ota-
onalarning   talabchanligi,   bolalar       yoshini   inobatga   olish   hisoblanadi.   Bunaqa
oilalar   farzandlari   axloqiy   hislatlarining   shakllanganligi,   mehnatsevarligi,
mehribonligi, to’g’riligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta
oilada       mustahkam   va   tabiiy   bolalar   jamoasi   shakllanib,   unda   bu   jamoa   a’zolari
birgalikda   g’amxo’rlik   ko’rsatishadi,   boshqa   a’zolar   oldida   mas’uliyatli
ekanliklarini his etishadi. SHunday qilib o’zbek oilasining ko’pbolalik omili bola tarbiyasiga umuman
olganda ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Oilaning ijtimoiy maqomi
Oilaning   jamiyatda   moslashuvining   ko’rsatgichi   uning   ijtimoiy   maqomi
hisoblanadi, ya’ni oilaning bugungi kundagi holati. Oila maqomi oila a’zolarining
individual   tavsiflari   majmuasidan   shakllanadi.   Oilaning   to’rtta   maqomi   mavjud
bo’lib,   ular:   ijtimoiy-iqtisodiy,   ijtimoiy-ruhiy,   ijtimoiy-madaniy,   vaziyat-rol
maqomlaridir. 
Ijtimoiy-iqtisodiy   maqom -oilaning   moddiy   holatini   belgilaydi.   Bu   oila
daromadlari,   yashash   ko’rsatgichlarini   o’z   ichiga   oluvchi   moddiy
ta’minotlanganlikdir. Daromadlar yuqori, o’rta va past bo’lishi mumkin.  
YUqori -daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy ehtiyojlarni
qondirish   imkoniyatini   beradi,   balki   boshqa   xizmatlardan   foydalanishga   ham
zamin yaratadi.
O’rta- holat   minimal   ijtimoiy   ehtiyojlarni   qondira   oladi,   biroq   dam   olish
ta’lim va boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
Past -daromad   va   yashash   sharoitlari   darajasi   belgilangan   me’yorlarlardan
past,   ovqat,   kiyim-kechak,   yashash   joyi   to’lovi   kabi   masalalarda   ham   muammo
chiqib turadi.
Psixologik   (ruhiy)   maqom- bu   oilaning   psixologik   iqlimi.   YAxshi   iqlim
emotsional   yaqinlik,   hamkorlik,   teng   huquqlilik   bilan   xarakterlanadi.   YOmon,
noxush   iqlim   esa   nizo-janjallar   ko’pligida   emotsional   noqulayliklarda   namoyon
bo’ladi.
Ijtimoiy-madaniy   maqom -ta’lim   darajasi,   yurish-turish   madaniyati,
an’nalarni   saqlab   qolish   va   o’tkazish   vazifasi,   qiziqishlarning   keng   doirasi,
rivojlangan   ma’naviy   ehtiyojlar,   dam   olish   va   maishiy   hayotning   birgalikdagi
shakllari.
Vaziyat-rol maqomi -bolaga munosabat xarakteri______?___.
Oilaning     ijtimoiy   moslashuv   bo’yicha   tadqiqot   o’tkazish   uchun     ijtimoiy
pedagogika   uning   xususiyatlarini   bilishi,   ularga   baho   berish   lozim.   A.   Q. Minavarovning 1
  fikricha   oilaning   tarbiyaviy   funksiyasining   darajasi   uch
yo’nalishda bo’luvchi uning tuzilmasiga bog’liq. 
Bu   yo’nalishlar   demografik-ko’pbolalik,   kambolalik,   ikki   yoki   uch
avlodning   birgalikda   yashashi,   ota-onalarning   ikkalasini   ham   bo’lishi,   oila
a’zolarining   ta’lim   olganliklari   darajasi,   bolalarni   tarbiyalashda   vazifalarni
taqsimlash,   oila   tarbiyasining   o’ziga   xosligi,   shuningdek   oilaning   milliy
xususiyatlari ham inobatga olinadi.
Oila   tipologiyasi     ijtimoiy   moslashuv   darajasi   bo’yicha   farq   qiluvchi
to’rttaasosiy kategoriya asosida shakllanadi:
YAxshi oilalar -o’z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o’z bolasi
ehtiyojlariga   tez   ko’nikishadi.   Muammo   paydo   bo’lib   qolsa   ularga   bir   karra
yordam ko’rsatish kifoya.
Tavakkalchi   oilalarda   adaptativ   qobiliyatlar   pastroq.   Ular   bola   tarbiyasini
qiyinchilik   bilan   eplashadi   va     ijtimoiy   pedagog   yordami   va   nazoratiga     ehtiyoj
sezadilar.
Muvaffaqiyatsiz oilalar  hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past  ijtimoiy
maqomga   ega   bo’lib,   ular   o’zlariga   yuklatilgan   vazifalarni   bajara   olmaydilar,
ularning   adaptativ   imkoniyatlari   past,   bola   tarbiyasi   jarayoni   katta   qiyinchiliklar
bilan sekin kechadi. Bu oila turi uchun   ijtimoiy pedagogning faol yordami zarur.
Muammolari   xarakteridan   kelib   chiqib   pedagog   ularga   ta’lim,   psixologik
yordamlar ko’rsatadi.
G`ayri   ijtimoiy   oilalar -bu   oilalar   tubdan   isloh   qilinishi   lozim.   Bu   oilalarda
ota-onalar   g’ayriaxloqiy   va   g’ayrihuquqiy   hayot   tarzini   olib   borishadi,   yashash
sharoitlari   oddiy   tozalik-gigiyenik   talablarga   javob   bermaydi.   Bolalar   tarbiyasi
bilan   albatta   hech   kim   shug’ullanmaydi,   bolalar   nazoratsiz   qolib   ketishadi,
rivojlanishda   ortda   qolishadi.     Ijtimoiy   pedagogni   bu   oilalar   bilan   ishlaganda
huquqni   muhofaza   qilish   organlari   bilan   yaqin   hamkorlik   asosida   ish   yuritishi
darkor.
 Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi
1
  Минаваров   А .  К .  Оилавий   тарбия   эффективлигини   педагогик   шарт - шароитлари .  Т .:  Фан . 1989 
й , 17  б .   ijtimoiy   pedagog   faoliyati   oilani   o’rganishdan   boshlanadi.   Oiladagi
munosabatlarni   o’rganish   pedagogga   oilada   bolaning   holatini   tasavvur   qilish
imkonini beradi. Oilani o’rgangandan keyin   ijtimoiy pedagog oldida oilada yangi
munosabatlarni   o’rnatish   vazifasi   turadi.   Bu   muammoni   oilani   turli   klublar,
maslahatlar,   maishiy   birlashmalar,   bog’,   tamorqadagi   ishga   jalb   qilish   yo’li   bilan
hal qilsa bo’ladi.
Bolaning   oilada   tutgan   o’rni   haqida   tasavvurga   ega   bo’lgandan   so’ng
ijtimoiy   pedagog   oila   bilan   birgalikda   u   uchun   reabilitatsion   dastur   variantlarini
ishlab chiqadi. 
 Ijtimoiy pedagog tomonidan “ oila xaritasi ”ni buzish amaliyoti ham mavjud.
Unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug’ilgan sanasi beriladi. SHuningdek oila
maqomi,   yashash   sharoitlari,   qo’shnichilik,   oilaning   diniy   va   milliy   mansubligi
aniqlanadi.
“Xarita”ning   ilovasida   oilada   bola   tarbiyasini   o’rganish   deb   nomlangan
qismi ham mavjud, unda  ota-onalar bola bilan qancha vaqt va qanday o’tkazishadi,
ularning   umumiy   ishlari   nimalardan   iboratligi,   vaqtni   ota-onalar   o’z   farzandlari
haqida   nimalar   bilishlari   haqidagi   ma’lumotlar   o’z   aksini   topadi.   Masalan-bola
nimaga     qiziqadi,   nimalarni   o’qiydi,   kimlar   bilan   do’stlashgan,   uning   sog’ligi
qanaqa   va   sh.k.   SHuningdek,   bu   jarayonda   bolalarning   ham   ota-onalari   haqida
nima bilishlarini aniqlash juda muhimdir. 
  Bundan   tashqari,   ijtimoiy   pedagog   oiladagi   barcha   munosabatlar-
kattalarning   o’zaro   munosabati,   kattalar   va   bolalar   o’rtasidagi   munosabatlarni
inobatga   olishi   muhim   hisoblanadi.   Oilada   hamkorlik   mavjudmi   yoki   barcha
munosabatlar   kattalarning   buyrug’i   asosida   quriladimi.   Agar   bola   birinchi   sinfga
qatnay   boshlasa,     ijtimoiy   pedagog   bolaning   holatini,   kim   bilan   sizlashishi,   unga
nima yoqishi-yoqmasligini aniqlashi lozim.
  Ijtimoiy  pedagog  birinchi   navbatda,  muvaffaqiyatsiz  oilalar   bilan  to’qnash
keladi.   Bularga   bola   doimiy   ota-onalar   janjallarida   yashaydigan,   ota-onasi
giyohvand bo’lgan oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar bularga ishsiz oilalarni ham
kiritib qo’ydi.  Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari bilan duch keladi. Bular:
-kasal bolalar, nogiron bolalar,
-nogironlar, nafaqaxo’rlar, qariyalar,
-foxishabozlik,
-giyohvandlik,
-daydi bolalar,
-ota-onalarning ajralishlari.
SHubhasiz,     ijtimoiy   pedagogning   oiladagi   birinchi   vazifasi   bu   inqirozli
vaziyatlarni   hal   qilishdir.     Ijtimoiy   pedagog   oila   bilan   ish   yuritishda   uch   asosiy
rolni o’ynaydi:
Maslahatchi -oilani   ota-onalar   va   bolalarning   o’zaro   ta’sirining   muhimligi
haqida gapirib beradi, bola tarbiyasi bo’yicha pedagogik maslahatlar beradi.
Konsultant -oila   qonunchiligi   masalasi   bo’yicha   maslahat   beradi,   mavjud
tarbiya   metodlarini   ma’lum   qiladi,   oilada   bolaning   me’yorida   rivojlanishi   va
rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib beradi.
Himoyachi -bola   ota-onalari   shaxsiyati   (giyohvand,   aroqxo’r,   bolalarga
yomon   munosabat)ning   to’liq   degratatsiyasiga   duch   kelganda   bolani   himoya
qiladi.
  Ijtimoiy   pedagogning   oiladagi   faoliyati   uch     asosiy     ijtimoiy   pedagogik
yordam-ta’lim, psixologik, vositachilik yordamlaridan iborat.
Pedagogik   yordam   o’z   ichiga     ijtimoiy-pedagogik   faoliyatning   ikki
yo’nalishini oladi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam.
Ta’lim   olishda   yordam   oilada   vujudga   kelayotgan   muammolarni   bartaraf
etish va ota-onalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
 Ijtimoiy pedagog faoliyati quyidagi masalalar bo’yicha ota-onalarning keng
yoritishni ko’zda tutadi:
-ota-onalarning bo’lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-
biologik tayyorgarligi;
-bolalarda   tengdoshlariga   nisbatan   adekvant   munosabatni   shakllantirishda   ota-
onaning o’rni; -bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona obro’ e’tiborining ahamiyati,
-oilada   turli   avlodlarning   o’zaro   munosabati,   bolalarga   pedagogik   ta’sir   usullari,
bolalar va kattalar orasida ijobiy munosabat shakllantirish.
Tarbiyada   yordamlashish       ijtimoiy   pedagog   tomonidan   avvalo,   ota-onalar
bilan   ularga   maslahat   berish   orqali,   shuningdek   esa   bola   bilan   maxsus   tarbiyaviy
holatlar yaratish orqali o’tkaziladi.
  Ijtimoiy   pedagogik   yordamning   psixologik   yo’nalishi   2   komponentdan
iborat: ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash va korreksiya (to’g’rilash). 
Qo’llab-quvvatlash     qisqa   muddatli   inqiroz   davrida   oilada   yaxshi   muhitni
yaratishga   qaratilgan   turli   shakldagi   stress   holatlarini   boshdan   kechirayotgan
oilalarni   psixologik   qo’llab-quvvatlashni     ijtimoiy   pedagogning   qo’shimcha
psixologik   ma’lumot   bo’lganda   amalga   oshiriladi.   Bundan   tashqari   bu   ishni
psixolog   va   psixoterapevtlar   ham   bajarishlari   mumkin.   Agar   qo’llab-quvvatlash
kompleks   tarzida   amalga   oshirilsa   nihoyatda   foydali   bo’ladi.     Ijtimoiy   pedagog
oiladagi   shaxslararo     munosabatlarni,   oilada   bolaning   tutgan   o’rnini,   oilaning
jamiyat   bilan   aloqasini   tahlil   qilib   muammoni   o’rganadi,   psixolog   esa   psixologik
testlar  va boshqa  metodlar  vositasida  oila  a’zolarining nizoga olib keluvchi  ruhiy
holatlarini aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan band bo’ladi. 
SHaxslararo   munosabatlarning   korreksiyasi   asosan   oilada   bolaga   nisbatan
ruhiy   zo’rlik   bo’lganda   qo’llanadi.   Ruhiy   zo’rlik   bola   asab-ruhiy   va   jismoniy
holatining   buzilishiga   olib   keladi.   YAqin-yaqingacha   bu   hodisaga   yetarli   e’tibor
berilmagan.   Bunaqa   zo’rlikka   bolani   qo’rqitish,   uni   haqorat   qilish,   g’ururini
poymol qilish, ishonchini oqlamaslik kiradi.
 Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki,
oilada   tartib   va   intizomni   ta’minlashga   qaratilgan   barcha   choralar   bola   huquqlari
to’g’risidagi Konvensiya talablariga asoslanishi lozim. Psixoterapiyadan   farqli
o’laroq   korreksiya   oila   ichidagi   nizolarni   ochib   ko’rsatadi.   Uning   maqsadi   oila
a’zolariga  ular o’rtasidagi munosabatlarni bilishga ko’maklashishdir.   Ijtimoiy   pedagogik   yordamning   vositachilik   yo’nalishi     uch   komponentdan
iborat:   tashkil   qilishga   yordam,   tartibga   solishga   yordam   va   axborot   berishga
yordam. 
Tashkil   qilishga   yordam   oilaviy   dam   olishni   tashkil   qilishga   qaratilgan.
Oilaviy   dam   olish   o’z   ichiga   xayriya   auksionlari   o’tkazish,   oilaviy   bayramlar,
tanlovlar, uy xo’jaligini  yuritish bo’yicha kurslar tashkil qilishdan iborat.
Tartibga  solishga   yordam   berish   muayyan  oilaning  muammosini  hal  qilish
bo’yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir.  Bunday muammolarga:
1. Bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish,
2. Bolalikka olish,
3. Bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi.
  Axborot   berishga   yordam   oilani     ijtimoiy   himoya   masalalari   bo’yicha
axborot   bilan     ta’minlashga   qaratilgan   va   konsultatitsiya   shaklida   o’tkaziladi.
Masalalar   maishiy,   oilaviy,   mehnat,   fuqorolik,   nafaqa   qonunchiligi,   bolalar,
ayollar,   nogironlar   huquqlari,   shuningdek   oilaviy   nizolarga   tegishli   bo’lishi
mumkin.
Oilada  ijtimoiy pedagogik yordam shakllari
Oilada   ijtimoiy pedagogik yordam shakllari muhtojlarga   ijtimoiy pedagogik
yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish shakllaridan iborat bo’ladi. 
Qisqa   shakllar   ichidan   olimlar   o’zaro   munosabatlarning   intervent   va
muammoli modellarini ajratishadi.
Oila bilan ish yuritishning  intervent modeli   inqirozli holatda bevosita yordam
ko’rsatishni ko’zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o’zgarishlar yoki tasodifiy
noxush holatlarga bog’liq bo’lishi mumkin.
Inqirozli  holatga  qaysi  muammolar  sabab   bo’lganidan  qat’iy  nazar  ijtimoiy
pedagogning   vazifasi   bevosita   emotsional   yordam   ko’rsatish   orqali   stress
holatining   ta’sirini   yumshatish   va   oila   kuchlarining   inqirozini   bartaraf   etishga
qaratishdir. 
Bu   holatdagi   yordam   psixologik,   axborot   va   vositachilik   xarakteriga   ega
bo’lishi mumkin.  Muammoli   model   ham   qisqa   muddatli   ish   shakliga   tegishli   bo’lib,   uning
muddati     to’rtoydan   oshmaydi.   Muammoli   model   oiladagi   amaliy   vazifalarni
yechishga   qaratiladi,   ya’ni   model   markazida   shunday   talab   turadiki,   yordam
ko’rsatuvchi   mutaxassis   shaxslar   o’z   harakatlarini   oiladagi   muammolarini
yechishga   yo’naltirishlari   kerak.   Bu   model   muayyan   holatlarda   aksar
muammolarni odamlarni o’zlari xal qilishlariga asoslanadi.   Ijtimoiy pedagogning
asosiy   vazifasi   aynan   shunday   holatlarni   yaratishdir,   muammoli   modelning
yetakchi metodi yordam ko’rsatuvchi  ijtimoiy pedagog va oila o’rtasida shartnoma
tuzilishidir.   SHartnoma   tuzilayotganda   oilaning   vazifasi   oldinda   turgan
faoliyatning maqsad va vazifalarini aniqlashdir.  Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa
bu   maqsad   va   vazifalarning   amalga   oshishi   uchun   yetarli   bo’lgan   muddatni
belgilash.
SHuni   ta’kidlash   joizki,     ijtimoiy   pedagog   va   oila   o’rtasidagi   shartnoma
biznes yoki nikoh shartnomasiga o’xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas,
balki axloqiy majburiyatlarga ega bo’lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi.
SHartnoma   bo’yicha   hamkorlik   oilani   shartnoma   shartlarini   ishlab   chiqishda,
qarorlar   qabul   qilishda   faol   ishtirok   etishini   ta’minlaydi.   O’smirlar   va   o’spirinlar
bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga
jiddiy xarakter berishi bilan ijobiy jihatlarga ega. 
Asosan   xorij   amaliyotida   qo’llaniladigan   uzoq   muddatli   ish   shakllari
psixoijtimoiy yondoshuvga  asoslanishadi va  to’rtoydan ortiq vaqtni talab qiladi. 
Psixoijtimoiy   yondashuvning   asosiy   vazifalari   biror   bir   vazifani   bajarishga
odatlantirish qilish orqali oilaviy tizimni o’zgartirish, oilaga ta’sir qiluvchi boshqa
ijtimoiy   tizimlardagi   holatlarni   o’zgartirishdan   iborat.   Aynan     ijtimoiy   pedagogik
yordam sharoitida patronajning qo’llanilishi maqsadga muvofiq. 
Patronaj - ijtimoiy pedagogik ish shakllaridan bo’lib, unda   ijtimoiy pedagog
tashhiz, nazorat va reabilitatsiya maqsadlarida oilaga tashrif buyuradi. Bu esa oila
bilan   uzoq   muddatli   aloqalarni   ushlab   qolishga   zamin   yaratadi.   Patronaj   oilani
uning   tabiiy   sharoitlarida   kuzatishga   imkon   beradi.   Patronajning   o’tkazilishi   bir
qancha   tamoyillarga   amal   qilishni   talab   qiladi.   Bular:   yordamni   ixtiyoriy   qabul qilish,   konfidensiallik   va   boshqalar.   SHuning   uchun   oilani   avvaldan   tashrif
to’g’risida xabardor qilish lozim. 
Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir martalik bo’ladi.
Doimiy   patronajlar   avvalambor   g’ayri   ijtimoiy   oilalarga   nisbatan   qo’llanilishi
lozim.  CHunki  ularni   doimiy  nazorat  qilish   intizomga   chaqiradi.  SHu  bilan   birga
vujudga kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash imkonini beradi. 
Patronaj   bilan   bir   qatorda     ijtimoiy   pedagogik   faoliyatda   oila   bilan   ish   olib
borishning   muhim   shakllaridan   biri–bu   konsultativ   suhbat   o’tkazishdir.
Konsultatsiya   asosan   hayotiy   masalalarni   hal   qilishda   qiyinchiliklarga   duch
kelayotgan sog’ odamlarga mo’ljallangan. YAkka tarzdagi konsultatsion suhbatlar
bilan   bir   qatorda   oila   bilan   ishlashning   jamoaviy   shakllari-treninglar   ham
o’tkazilishi mumkin.
  Ijtimoiy   pedagogik   trening   amaliy   psixologiyaning   jamoaviy   psixologik   ish
olib   borishni   faol   metodlaridan   foydalanishga   asoslangan   sohasi   sifatida
ta’riflanadi. 
SHuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda o’tkazilayotgan trening dasturlarining
maqsadlari   kengaydi   va   trening   faqatgina   amaliy   psixologiya   sohasi   bo’libgina
qolmay,   ijtimoiy pedagogika, ta’lim tizimida ham o’z o’rniga ega bo’ldi. Trening
bir   qancha   indevidual   va   jamoaviy   ish   olib   borish   usullarining   uyg’unlashuvi
bo’lib, ota-onalarning psixologik, pedagogik savodxonligini oshirish muammosini
xal   qilishning   eng   istiqbolli   usullaridan   biriga   aylandi.   Bu   muammo   so’ngi   o’n
yilliklar   davomida   o’z   global   ahamiyatini   yo’qotmayapti.   Ayniqsa   ruhiy   va
jismoniy nuqsonli farzandli oilalarda bu muammo nihoyatda keskindir. 
Jamoaviy   usullar   ota-onalarga   bir-birlari   bilan   tajriba   almashishi,   savollar
berishi va guruhda qo’llab-quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari axborot
almashinuvida   yetakchilik   rolini   bajarish   faollikni   oshiradi.   YUqoridagi   ususllar-
konsultativ   suhbat,   trening   ommabop   hisoblanib   ham   qisqa   muddatli   ham   uzoq
muddatli shakllarda qo’llaniladi. 
Oiladagi     ijtimoiy   pedagogik   faoliyat   tizimli   yondashuvga   asoslangan
taqdirdagina   samarali   bo’lishi   mumkin.   U   demografiya,     ijtimoiyogiya,     ijtimoiy psixologiya,   pedagogika   (oilaning   tarbiya   funksiyasi),   huquq,   iqtisod   (oila
byudjeti),   etnografiya,   tarix   va   falsafa   ma’lumotlarini   o’rganishni   va   ulardan
foydalanishni ko’zda tutadi.
SHunday   qilib,   zamonaviy   sharoitlarda   oila   turli   bilim   sohalari:     ijtimoiy
pedagogika,     ijtimoiy   ish,   sog’liqni   saqlash   va   boshqalarning   markaziy
ob’ektlaridan   biriga   aylanmoqda.   CHunki   har   bir   jamiyatning   kelajagi     o’sha
jamiyatdagi oilalardagi muammolarni xal qilishga bog’liq. 
Adabiyotlar
1. Egamberdiyeva H.M. «Ijtimoiy pedagogika» (darslik) - T., 2009 y.
2.     Mavlonova   R.   va   boshkalar   “Ijtimoiy     pedagogika”   (O’kuv     kullanma)   -   T.,
2009 y.
3.  Galaguzova  M.  A.  Sotsialnaya  pedagogika  (Uchebnoye  posobiya)  - M.,
4.   Xarlamov   I.F.   Pedagogika   v   voprosax   i   otvetax   (Uchebnoye   posobiya)     -1.
Munavvarov A.K. Pedagogika (O’quv qullanma). - T.,  1996 u.
5. Munavvarov A.K. Pedagogika(o`quv qo`llanma). - T.,  1996 u.
6 .Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi (o`quv qo`llanma a). - T.,  1994 u.
7. Yo‘ldoshev J.  Ta’lim yangilanish yo‘lida (o`quv qo`llanma). - T., 2000 u.
8 . Podlasыy I L .Pedagogika. V 2x kn. (o`quv qo`llanma). - M., 2003 g.
9.Yu.Asadov,   R.Musurmanov.O’smirlar   deviant   hatti-harakatning   ijtimoiy
psixologik xususiyatlari T;-Sano-standart-2011

Mavzu: Oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat. REJA: 1.Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oila turlari. 2. O’zbekistonda ko’pbolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari oilaning ijtimoiy vazifalari. 3. Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari

Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda birinchi darajali rolni bajaradi. CHunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun unum davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi. Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqe’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Ko’pbolali o’zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan, chunki o’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib keladi. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy ishchilar yordamiga nihoyatda muhtoj bo’lib qolgan. Oila ikki yo’nalishda mavjud bo’ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir. Inson jamiyatida oila bir nechta vazifalarni bajaradi: reproduktiv -homilani davom ettirish bilan bog’liq O’zbekistonda ko’p bolali oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda oila a’zolari sonining qisqarishi ham kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, yosh oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning past darajasi, noqulay ekologik holat bilan izohlanadi. Iqtisodiy -oilaning bir a’zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy mablag’lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag’larini

to’plash. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to’plash, mulkka ega bo’lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi. Ijtimoiylashuv vazifasi-oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va bolalarning tabiiy- biologik va ijtimoiy aloqalari uzviy bog’lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan oilada bola mehnat va mustaqillikka o’rganadi. Xo’jalik-maishiy - oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi. Tarbiyaviy vazifa . Biz bu funksiyani alohida ajratib ko’rsatamiz, chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o’ynaydi. Bola shakllanishiga shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor. Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. Rekreatsion va psixoterapevt funksiyasi . Bu funksiya shunda namoyon bo’ladiki, oilada hamma o’zini qulay sezishi lozim. Ruhshunoslar, sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko’ra inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanadi. O’zbekistonda ko’pbolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari O’zbekistonda yuqori tug’ilish darajasi quyidagi mintaqaviy omillari bilan izohlanadi: -inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila davrining uzunligi, -erta nikohdan o’tish an’anasi, -ijtimoiy omillar-ayolning jamiyat va oiladagi o’rni. Hozirgi kungacha oilaviy tarbiya amaliyotida ko’pbolalikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqda, chunki bu muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay bu masala yetarli darajada o’rganilmagan.

Ko’p bolali oila-kattalar va bolalardan iborat, o’ziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulaysharoitlar yaratiladi. Bunaqa oilada tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan shug’ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadirlar. Ularning ba’zilari ko’p bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba to’playdi deyishadi, chunki ko’p bolali oila tarbiya uchun qulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qayg’urishlari teng taqsimlangan bo’ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha ko’p bolali oilada bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi. Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak degan qoidadan kelib chiqsak, bu uchun oila nihoyatda rivojlangan bo’lishi kerakligiga amin bo’lamiz. Ko’pbolali oilada individual yondashuv bo’ladimi? Bu yerda tarbiya jarayonining ko’p tamonlamaligi va standartlashuvi ro’y bermaydimi? Individual yondashuv uchun avvalo psixologik va pedagogik bilimlar, shuningdek esa tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va psixologik tahlil o’tkazish kerak. Ba’zi nohush tarbiyaviy omillar o’zbek oilasida, xususan ko’pbolali o’zbek oilasida uy xo’jaligini yuritish bilan bog’liq. Ko’p o’zbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o’g’il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod etilganlar. Bu holat keyinchalik o’g’il bola xarakterida oiladagi muomalasiga xalaqit beruvchi odatlarni paydo qilishi mumkin. ba’zan esa bolalar uy yumushlariga haddan ortiq vaqt ajratishadi. Bu ham ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ba’zan o’zbek oilalarida ota-onalar bolalarining o’qishiga umuman befarq bo’lishadi, ularga uy vazifalarini bajarishda amaliy yordam barishmaydi. O’zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun-barcha oila a’zolari to’planishganda qilish odat bo’lgan. Bu vaziyatda ko’pgina chalg’ituvchi omillar ham paydo bo’ladi-televizor ko’rish, oila a’zolarining o’zaro suhbatlashishi qilishi, uy yumushlarini bajarish talabi. Ko’pgina oilalarda bolalarning o’qishi uchun sharoitlar bor, biroq ular har doim ham yaxshi jihozlanmagan bo’ladi. Bu borada aksariyat ota-onalar pedagogik

maslahatlarga ehtiyoj sezadilar. Ularni bolalarga yordam berishning aniq usullari bilan tanishtirish lozim. O’zbek oilalaridagi yigit-qizlarning ijtimoiy moslashuvigasiga xalaqit beruvchi omillarga qizlarni oilaviy hayot uchun yigitlarni esa mehnat, kasb uchun noto’g’ri tayyorlashni kiritsak bo’ladi. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa o’z xizmat va oilaviy majburiyatlarini bajarishni talab qiluvchi hozirgi kunda bu an’analarning saqlanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga zid keluvchi hodisadir. Bu hodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya o’rtasida kelishmovchiliklar borligidan guvohlik beradi. Bunaqa oilalarning salbiy ta’sirini bartaraf etish oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi. Bu masalaning muhimligi kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilgari surilgan ta’lim-tarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabda balki, oilada ham o’z talablarini qo’yganligi bilan katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. SHu bilan birga bir qator o’zbek pedagog olimlari aynan ko’pbolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud deb hisoblashadi. Avvalo, ko’pbolali oila pedagogik munosabatda qulay bo’lgan yosh tuzilmasiga ega. Bir nechta bola mavjud bo’lganida ota-onalarning g’amxo’rligi ham ular orasida teng taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik boalar o’rtasida turli o’zaro munosabatlar shakllanadi. Ko’pgina ota-onalar ko’pbolali oilalarda bolalarni tarbiyalash oson, chunki bunda katta farzandlar yordam berishadi deyishadi. Ko’pbolali oilalardagi tarbiyaning eng muhim omillari muomula muhiti, birgalikdagi mehnat, jamoaviy tashabbus, ota- onalarning talabchanligi, bolalar yoshini inobatga olish hisoblanadi. Bunaqa oilalar farzandlari axloqiy hislatlarining shakllanganligi, mehnatsevarligi, mehribonligi, to’g’riligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta oilada mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari birgalikda g’amxo’rlik ko’rsatishadi, boshqa a’zolar oldida mas’uliyatli ekanliklarini his etishadi.