logo

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiypedagogik faoliyat

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.138671875 KB
Mavzu:  Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan
ijtimoiypedagogik faoliyat
REJA:
1.Chaqaloqlik  davrida  ijtimoiylashuv  moslashuv.  
2.Go‘daklik  davrida  ijtimoiy moslashuvning  o ‘ziga  xosliklari.  
3.Maktabgacha  ta'lim  muassasalarda  olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik 
faoliyat.
  Bolalarni   taraqqiy   etishini   tushuntirib   berishga   uringan   eng   keksa
nazariya   “Bola   katta   yoshli   kishining   kichik   nusxasi”   degan   so’z   bilan
ta’riflanadi.   Bu   nazariya   tarafdorlari   bola   sifat   e’tibori   bilan   katta   yoshli
kishidan  hech   bir  farq  qilmaydi.  Bola   bo’yi,  shuningdek   tasavvurlari,  xotirasi,
diqqati,   tafakkuri   va   boshqa   jarayonlaridan   anchayin   kichkina   bo’lgan   katta
yoshli   kishilardir   deb   ko’rsatishga   urinadir.   Lekin   bola   psixikasining   sifat
jihatidan   o’ziga   xosligini   tushuntirib   bera   olmaydilar   va   taraqqiyotning   asosiy
sabablarini yoritib bera olmaydilar. 
XVIIasrdan boshlab filosofik va psixologik yo’nalishlarda bolaning taraqqiyoti
haqida   kurash   boradi:   psixologik   yo’nalish   tarafdorlari   psixik   taraqqiyot
butunlay   muhitga   va   turmush   tajribasiga   bog’liq   deydilar.   Xo’sh   odam
psixikasi   va   xatti   harakatlarida   bor   bo’lgan   o’ziga   xos   xususiyatlarni   nima
bog’laydi   –tabiiy,   tug’ma   xususiyatlarmi     yoki   hayot   davomida   orttirgan
xususiyatlarmi? degan muammoda turlicha qarashlar maydonga keldi .
Go’daklik   davri   bolaning   tug’ilgandan   1   yoshgacha   bo’lgan   davrini   o’z
ichiga   oladi.   Uning     dastlabki     1-oyi   chaqaloqlik   davri   deb     yuritiladi.   Bolani
dunyoga   kelishini   o’zi   bir     mo’’jiza,   bu   esa   oilada   homilador     ayolga   nisbatan
ijobiy munosabatda bo’lishni talab  qiladi. 
Oilada   farzand     dunyoga   kelishi   sezilishi   bilanoq   xomilador     ayolga   qulay
sharoit   yaratish   atrofdagilar   uchun shartdir. CHunki ayol homiladorlikning   2-3
oyligida   muhitda   va   o’zida   o’zgarishlar     seza   boshlaydi.   Ayoldagi   jismoniy
o’zgarishlardan     tashqari   uning     ruhiyatida   ham   bir     qancha   psixik   o’zgarishlar
sodir   bo’ladi,  ayolning     ruhiy  holati   tug’ilajak   farzandning     psixik   rivojlanishiga,
jismoniy rivojlanishiga ta’sir  qiladi. Homilador  ayol psixik holatiga qarab farzand
rivojlanib   boradi. SHuning   uchun   farzand har     jihatdan   sog’lom o’sishi uchun
ota –onaning sog’ligi va   atrof muhitning   sofligi,   oila tinchligi katta ahamiyatga
ega. Buyuk bobomiz Amir Temur ham ayollari homilador  bo’lsalar,  ularni tog’li,
xavosi   musaffo joylarga olib borib turarkanlar. Ayolni turli jiddiylik xolatlaridan
saqlash     va   manzarali   tabiati   go’zal     joylarga   ko’proq   sayr   qilishni   ta’minlash,
tinch sokin bo’lishni ta’minlash  kerak.  Bu tavsiyalar  avvalo homilador  ayollarni o’zlariga tegishlidir, chunki eng  mas’ul
shaxs ayolning, onaning  o’zidir. 
SHunday qilib,  bunday tadbirlar vositasi ila bola dunyoga keldi deylik,  endi
ota –ona zimmasida bu go’dakni har   jihatdan sog’lom qilib voyaga yetkazishdek
ulkan vazifa turibdi,  chunki  yangi tug’ilajak chaqaloq ham jismoniy,  ham psixik
jihatdan juda zaif bo’ladi. CHaqaloqning  barcha hayotiy funksiyalari ovqatlanish,
nafas   olish,     nafas   chiqarish,   xavoning     o’zgarishiga,     moddalar     almashinuviga
moslashishi va boshqalar uni organizmi orqali amalga oshiriladi. 
CHaqaloqning tug’ilishi sifat   o’zgarishlari daqiqasi, ijtimiy rivojlanishning
yangi ko’rinishi boshlang’ich nuqta ekanligi bilan ahamiyatga ega. 
Bolaning   psixik   taraqqiyotida   biologik   va   ijtimoiy   faktorlardan   tashqari
bolani   faolligi   ham   muhim   ahamiyatga   egadir.   Bolalar   psixologiyasi   bolaga
tarbiyaning   pasiv     “ob’ekti”   deb   qaramaydi,   balki   bola   psixikasining
taraqqiyotida  bolaning  aktiv faoliyatini  to’g’ri  tashkil  qilib, yo’lga solib  tursa,
undagi   mavjud   sifatlar   faoliyatining   har   xil   turlarida   namoyon   bo’lib
o’sayotganini hisobga olib tursagina tarbiya muvoffaqiyatli bo’ladi. 
Bola   psixikasi   o’yin,   o’qish,   o’rganish,   mehnat   va   ijtimoiy   faoliyat
jarayonida   tarqqiy   etadi.   Har   bir   faoliyat   bolaning   hayotini   o’zgarishi   bilan
turli  yoshda turlicha xarakter kasb etadi. Agar bog’chagacha va bog’cha yoshi
davridagi bolalarning yetakchi faoliyati o’yin bo’lsa, maktab yoshidagi bolalar
faoliyati   o’qish,   o’rganishdan   iboratdir.   O’yin   yoki   o’qish,   o’rganish,   mehnat
yoki   ijtimoiy   faoliyat   turlari   orasida   keskin   chegara   bo’lishi   mumkin   emas.
Maktab   yoshi   davrida   o’yin   ham   saqlanadi,   u   hatto   katta   yoshli   kishilar
hayotida   ham   u   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Mehnat   faoliyatiga   esa   biz
bolalarni   juda   yoshligidan   jalb   qilamiz.   Lekin   har   bir   faoliyat   turi   ham   o’z
mazmuni   bilan   bolaning   ham   jismoniy,   ham   psixologik   tomondan   rivojlanishi
imkonini beradi. 
Bola   psixikasining   taraqqiy   etishda   o’yinning   roli   beqiyosdir.   Biz
bolaning psixik taraqqiyotini o’yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. CHunki, o’yin
orqali   bola   faqat   jismoniy   tomondan   emas,   balki   psixologik   tomondan   ham rivojlanadi.   O’yin   orqali   bola   olamni,   undagi   narsa   hodisalarni,   ularga   xos
xususiyatlarni  o’rganibgina qolmay, balki nutq so’zlashga, mustaqil fikrlashga
xayol   qilishga,   ijod   qilishga,   muomala   madaniyatiga   o’rganadi.   Rus   pedagogi
A.S.   Makarenko   “Bola   o’yinda   qanday   bo’lsa,   o’sib   ulg’aygach   ishda   ham
ko’pincha,   ko’p   jixatdan   shunday   bo’ladi”   –deb   to’g’ri   aytgan   edi.   A.M.
Gorkiy  “O’yin bolalar yashayotgan va o’zgartirishi  ish lozim bo’lgan dunyoni
bilish   yo’lidir”-deb   bejiz   aytmagan.   Haqiqatdan   ham   o’yin   har   bir   yosh
bosqichda   bolaning   tevarak   atrofdagi   hayotni   va   kishilar   o’rtasidagi   turli
munosabatlarni   har   tomonlama   bilib   olishga   qaratilgan     faoliyatidir.   Bolaning
o’yin   faoliyati   mazmun   jihatdan   har   kungi   vaziyatga   qarab   o’zgarib   turadi.
O’yin   doimo   o’zgarib   turganligi   tufayli   bola   o’ynab   charchamaydi,
zerikmaydi.   Bolaning   atrof   muhitga   kishilarga,   narsalarga   va   o’ziga   bo’lgan
turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o’zgarib turadigan
o’yin   jarayonida   namoyon   bo’ladi.   Bolalarning   turli   ehtiyojlari,   istak   va
qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o’yin jarayonida
bevosita rivojlanadi. 
O’yin   jarayonidagi   bolalar   faol   faoliyatining   psixik   taraqqiyot   uchun
ahamiyati   shundaki,   bolalarning  turli   sifat   va  fazilatlari  o’yin  jarayonida   faqat
namoyon   bo’libgina   qolmasdan,   bunda   sifat   va   fazilatlar   mustahkamlanadi,
o’zlashtiriladi.   SHuning   uchun   psixologiya   nuqtai   nazardan   oqilona   ya’ni
to’g’ri tashkil qilingan o’yin bola shaxsini har tomonlama o’stiradi va shuning
bilan   birga   bolaning   butun   psixik   jarayonlarida   –sezish,   idrok,   diqqat,   xotira,
tafakkur,   xayol   va   irodani   ildam   rivojlanishiga   yordam   beradi.   O’yin   o’z
mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti –harakatlari va xulq-atvorlariga faol
taqlid   qilishdan   iborat   bo’lishi   tufayli   bolalarda   ma’naviy   sifatlarning
mustahkamlanishi uchun va odob – axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng
imkoniyatlar   beradi.   Bola   o’yin   jarayonida   tabiblik   yoki   muallimlik   rolini
bajarayotgan   bo’lsa,   shu   kasbga   tegishli   barcha   sifatlarni   namoyon   qilishga
intiladi.   Ular   o’yinga   juda   berilib   ketsalar,   bajarayotgan   rollariga   xos   sifatlar
shunchalik   samimiy,   ijodiy   tarzda   namoyon   bo’ladi.   Bolalar   uchun   o’yin mazmunining   hech   bir   chegarasi   yo’q.   Bolalar   kattalar   hayotini   hamma
tomonlarini   o’z   o’yinlarida   aks   ettira   oladilar.   O’yinning   ahamiyati   bola
shaxsining   o’sib   kamolotga   yetishiga   ta’sir   ko’rsatishdin   iboratdir.   O’yin   har
bir   yosh   bosqichda   bolaning   tevarak   atrofdagi   dunyoni   va   kishilar   o’rtasidagi
munosabatlarni   bilib   olishni   ifodalaydi.   Bolaning   moddiy   dunyoga,   kishilarga
o’z-o’ziga   munosabati   o’zgarayotgan   o’yinda   namoyon   bo’ladi.   Bolalarning
ehtiyojlari,   istak,   qiziqish   (xavas)   lari   bevosita   o’yinda   ifodalanadi.   O’yin
bolalarning   xayolparastligi   tufaydi   narsalar   va   kishilar   dunyosini   ular   uchun
ma’qul tomonga “o’zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir. 
Bog’cha   yoshi   davrida   bola   o’yin   faoliyati   bilan   birga   ta’limiy
mashg’ulotlarda   ham   ishtirok   etadilar.   Maktabgacha   tarbiya   yoshi   davridagi
ta’limiy   mashg’ulotning   asosiy   mazmuni   bolani   atrof   hayotdagi   narsa   va
hodisalarning   asosiy   xususiyatlari   bilan   tanishtirish,   og’zaki   nutqni   lug’at
boyligi,   tovushlarni   to’g’ri   talaffuz   qilish,   grammatik   tomondan   to’g’ri
so’zlashlikka   o’rgatish,   bog’lanishli   nutqni   shakllantirishdan   iborat,   elementar
mavhum   tushunchalarga   ega   bo’lish,   jismoniy   tarbiya,   tasviriy   san’at   qirqib
yopishtirish,   rasm,   loy   yoki   plastilindan   turli   buyumlar   yasash,   qurilishi
materiallar  bilan  ishlash,  muzika  va   boshqa  mazmundagi  mashg’ulotlar  bolani
aqliy jihatdan maktab ta’limini egallashga tayyorlash imkonini beradi. 
Keyinchalik   bolaning   hayotiga   alohida   faoliyat   turi   kirib   keladi.   Bu
faoliyatni   shunday   turiki   uning   bevosita   maqsadi   yangi-yangi   informatsiyalar,
harakatlar   va   ish-harakatlari   shakllarini   o’zgartirishdan   iboratdir.   Sub’ektning
o’z maqsadi  o’rganishdan iborat bo’lgan mana shunday maxsus faoliyat ta’lim
jarayonidir. 
Ta’lim   maktabda   yetakchi   faoliyat   bo’lib   u   quyidagi   tarkibiy   qismlarni
o’z ichiga oladi: 
a)   ma’lum   bir   faoliyat   turini   muvafaqqiyat   bilan   tashkil   qilish   uchun
olamning   zarur   xususiyatlari   haqidagi   ma’lumotlarni   o’zlashtirish   (bu
jarayonning mahsuloti bilimdir); b)   mana   shu   faoliyat   turlarini   yuzaga   keltiradigan   usul   turli   harakatlarni
o’zlashtirishi (bu jarayonning mahsuloti ko’nikmadir);
v)   ko’zlangan   maqsad   va   berilgan   masala   shartiga   mos   ravishda   to’g’ri
yo’l   va   harakatni   tanlash   hamda   nazorat   qilish   uchun   ko’rsatilgan
ma’lumotlardan   foydalanish   usullarini   egallash   (bu   jarayonning   mahsuloti
malakadir).
Insonning   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   o’zlashtirishda   ongli   maqsad
bilan boshqariladigan barcha xarakterlar ta’lim bilan bog’liq bo’ladi. 
Bolalarning   qiziqish   va   qobiliyatlari   o’qish-o’rganish   jarayonida
namoyon   bo’ladi   va   mustahkamlanadi.   Bilish,   iroda   va   hissiyot   jarayonlari
ta’lim   jarayonida   yuzaga   chiqadi   va   taraqqiy   etadi   .   Bolalar   aqliy   jihatdan
ancha   rivojlanibgina   qolmay,   o’quvchilarning   xarakter   xislatlari   ham
o’zgaradi, axloqiy jixatdan shakllanadi. Ta’lim-ta’rbiya jarayonida psixikaning
qanchalik   tez   va   samarali   taraqqiy   etishi   o’qituvchilarning   diqqat   –e’tiboriga
va o’ylab ish tutishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. 
Bola   shaxsining   tarkib   topishiga   o’yin   va   o’qish   –   o’rganish   har   qancha
ta’sir etmasin, bola shaxsi mehnatda takomillashadi. 
Mehnat   ma’lum   ijtimoiy   foydali   moddiy   yoki   ma’naviy   ishlab
chiqarishga   qaratilgan   faoliyatdir.   Mehnat   faoliyati   insonning   asosiy
faoliyatidir.   Agar   katta   kishilar   mehnat   qilishdan   to’xtab   qoladigan   bo’lsa,
insoniyat zoti o’z hayotini tugatgan bo’lar edi. 
Mehnat   odam   psixikasining   tarkib   topishi   faktori   sifatida   bolalar
hayotida ham muhim ahamiyatga ega. 
YOsh bola ham tom ma’nosida mehnat qilmaydi. Uning mehnat jarayoni
avvalo   o’yin   keyinchalik   o’qish-o’rganish   jarayoni   bilan   bog’liq   xolda
rivojlanadi.   Agar   yosh   bolaga   “ana   uni   menga   olib   kelib   ber”   –   desangiz   uni
sizga   qiynalib   olib   keladi.   Bola   bunda   harakat   qiladi   va   uni   o’ynab   bajarishi
mumkin, lekin u o’z harakatida mehnat elementlarini bajaradi. 
Mehnat   ijobiy,   ongli   munosabatni   tarbiyalashi   lozim.   CHunki   bola
mehnat   qilib,   avvalo   qiyinchiliklarga   bardosh   berishga,   o’z-o’zini boshqarishga,   sabr   toqatli   bo’lishga   o’rganadi.   Keyinchalik   kishilarning
mehnatini   qadrlashga,   uni   mohiyatini   anglashga,   undan   zavqlanishga,   jiddiy
mehnatga   muxabbat   bilan   qarashiga,   mehnatsiz   baxtli   bo’lish   mumkin
emasligini   anglashga   o’rganadi.   Hammadan   ham   muhimi   u   mehnat   qilib,
undan zavqlanadi va mehnatni qadriga yetadigan bo’lib qoladi. 
K.D.   Ushinskiy   (1860   yilda)     “Mehnatning   psixologik   va   tarbiyaviy
ahamiyati”   degan   maqolasida   bunday   deb   yozgan   edi,   mehnatning   moddiy
samaralari   odamzod   mulkidir;   lekin   mehnatning   ichki,   ma’naviy,   hayotbaxsh
kuchi   odamzod     qadr-qimmatining   manbai   bo’lib     xizmat   qiladi,   shu   bilan
birga odob-axloq va baxt-saodat  manbai bo’lib ham xizmat qiladi. Ishlayotgan
kishi   uchun   qilinadigan   shaxsiy   mehnatgina   ana   shunday   hayotbaxsh   ta’sir
ko’rsatadi. Mehnatning moddiy samaralarini tortib olish, meros qoldirish, sotib
olish   mumkin,   lekin   mehnatning   ichki,   ma’naviy,   hayotbaxsh   kuchini   tortib
olish ham, meros qoldirish ham, Kaliforniyaning jami tillasini berib sotib olish
ham mumkin emas; bu kuch mehnat qilgan kishida qoladi.”
Darhaqiqat,  bunday  zavq  faqat  mehnat  qilgan  kishida     qolar  ekan,   u  shu
kishining   kuchiga   kuch,   g’ayratiga   g’ayrat   qo’shadi.   Biz   yosharni   yoshligidan
boshlab   mehnatga   muhabbatini   uyg’otishimiz     va   ularni   mumkin   qadar
mehnatga   ertaroq   jalb   qilishamiz,   axloqiy   va   irodaviy   sifatlarni   shakllanirib
berishimiz, komil insonni tarbiyalashimiz hozirgi zamon talabidir. 
Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalar   mehnat   tarbiyasi   bilan   birga
ijtimoiy   ishlarda   qatnashishi   ham   muhimdir,   chunki   u   ham   bola   uchun
mehnatdir.   Bog’chada   turli-tuman   ishlarga   qatnashishi,   jumladan,   guruhlarda
navbatchilik   qilish,   gullarni   sug’orish,   plastilin   va   loydan   buyumlar   yasashda,
qirqib   yopishtirish,   qurilish   materiallari   bilan   ishlash   mashg’ulotlarida
tarbiyachiga   yordam   berish,   mehnat   anjomlarini,   o’yinchoqlarni   joy-joyiga
qo’yish   kabilar   ham   bolani   mas’uliyatni   his   qilishga,   o’z   burchini   anglashga,
uni sadoqat bilan bajarishga o’rgatib boradi. Bolalar   psixologiyasi   taraqqiyot   faktorlarini   ta’lim-tarbiya   jarayonida
hisobga   olish   bilan   birga,   qaysi   faktor     qaysi   faoliyatda   faollik   darajasida
ekanligidan qat’iy nazar tarbiyada ularning ahamiyatiga, qudratiga asoslanadi. 
SHuningdek   bolalar   psixologiyasi   tarbiya   bolaning   ichki   tomondan
faolligini   hisobga   olishga   asoslansagina,   tarbiyaviy   ta’sir   natijalari   qanday
bo’lishini   psixik   xususiyatlariga   va   faol   faoliyatiga   qarab   aytib   bergandagina
tarbiya taraqqiyotining qudrati va hal qiluvchi faktori bo’ladi deb hisoblaydi.
Ta’lim   tizimi   rivojlanishining   zamonaviy   davri   –   maktabgacha   birinchi
bosqichida   quyidagilarda   namoyon   bo’luvchi   o’zgarishlar   yuz   bermoqda:
maktabgacha   ta’lim   muassasalari   faoliyatining   huquqiy-me’yoriy   asosi
takomillashib   bormoqda;   muassasalar   moliyaviy-xo’jalik   faoliyatining   yangi
shakllariga   o’tmoqda;   nodavlat   tashkilotlar   tarmoqlari   kengaymoqda;   ta’limning
ilg’or   texnologiyalari   tatbiq   etilmoqda;   kadrlar   malakasini   oshirish   tizimi
takomillashmoqda; maktabgacha ta’lim muassasalarining alternativ shakllari tatbiq
etilmoqda.   Moliya   institutlari   ishtirokida   investitsion   loyihalar   amalga
oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarining innovatsion va eksperimental
faoliyati kengaymoqda.
          YUNESKO qarori bilan 1997 yilda “maktabgacha ta’lim” termini kiritilgan.
Bu esa maktabgacha ta’limning nazariy asosini qaytadan ko’rib chiqish zarurligini
belgilaydi. SHunga ko’ra, mazkur maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi 2017 yilgacha
bo’lgan   vazifalar,   strategiyasi,   maqsadi,   tamoyillari,   rivojlanish   vazifalarini
aniqlaydi.
                   Konsepsiyada davlatimizda, chet elda maktabgacha ta’lim rivojlanishining
zamonaviy   g’oyalari   aks   ettirilib,   shuningdek,   psixolog-olimlar,   pedagoglar,
defektologlar, ota-onalar jamoatchiligi fikrlari inobatga olingan.
                    Konsepsiyaning   huquqiy   asosi   bo’lib   O’zbekiston   Respublikasining
quyidagi   huquqiy-me’yoriy   hujjatlari   hisoblanadi:   O’zbekiston   Respublikasining
Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
va ta’lim sohasidagi boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlaridir.                    Davlat bo’lajak fuqaro shaxsi shakllanishida bola ilk rivojlanishini muhim
ahamiyatini   his   qilgan   holda   uzluksiz   ta’lim   tizimining   birinchi   davrida   bolalarni
tayyorlash uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishga kuch-qudrat sarflamoqda.
                   Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich halqasi bo’lib
hisoblanadi.   U   sog’lom   va   har   tomonlama   yetuk   bola   shaxsi   shakllanishini
ta’minlashga,   uni   muntazam   ravishda   ta’lim   olishga   tayyorlab,   uni   o’qishga
bo’lgan   havasini   uyg’otishga   qaratilgan   bo’lib,   bu                 6-7   yoshgacha   bo’lgan
davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilalarda
amalga   oshiriladi.   Maktabgacha   ta’lim   maqsadi   va   vazifalarini   amalga  oshirishda
jamoatchilik   va   xayriya   tashkilotlari,   mahalliy   uyushmalar   (mahalla),   xalqaro
fondlar faol ishtirok etadilar. 
                      Maktabgacha   ta’lim   –   bolaning   individual,   yosh   xususiyatlaridan   kelib
chiqqan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini, uzluksiz ta’limning keyingi
bosqichi   –   maktabga   o’z   vaqtida   va   to’laqonli   o’tishini   ta’minlovchi   har
tomonlama, maqsadga yo’naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir. 
                     Maktabgacha ta’lim olishning shakl va usullaridan qat’iy nazar quyidagi
vazifalarni hal qilish lozim:
- bolalarning jismoniy va psixik salomatligini mustahkamlash;
- bolalarni milliy, umuminsoniy, ahloqiy va madaniy qadriyatlarga o’rgatish;
- bolaning aqliy qobiliyatini rivojlantirish;
- milliy an’analar va urf-odatlar asosida yuqori ma’naviyat va ahloq asoslarini
shakllantirish;
- maqsadga yo’naltirilgan va muntazam ravishda bolalarni maktabda o’qishga
tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iste’dodini rivojlantirish.
YUqorida ta’kidlanishicha, O’zbekiston Republikasidagi maktabgacha 
ta’lim   maktabgacha   yoshdagi   bolaning   individual   xususiyatlariga,   davlat   va
jamiyat ehtiyojlariga bog’liq holda har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim.
          Maktabgacha yosh davrining xususiyati shundan iboratki, aynan shu davrda
turli   xil   ijtimoiy   bilimlar,   ko’nikma,   malakalar   va   faoliyatning   turli   turlarini
egallashda zamin bo’lib xizmat qiluvchi umumiy rivojlanish ta’minlanadi.                    Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim jarayonidan kelib chiqib, maktabgacha
yoshdagilar   ta’lim   va   tarbiyasi   shaxs   shakllanishida   insonparvarlik     tamoyili   va
ijodiy   yondashuvga   asoslangan   tarbiyaning   metod   va   yo’llari   tizimidan   iborat
bo’lgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga asosan amalga oshirilishi zarur.
          Hamkorlik pedagogikasining asosiy qoidalari – tarbiyachi va bolaning ijodiy
o’zaro   ta’siri   sifatida   ta’limga   munosabat;   ixtiyoriy   ravishda   o’qitish;   mushkul
maqsad   g’oyasi   (bola   oldida   murakkab   maqsad   qo’yiladi   va   uni   yengib   o’tish
ishonchi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o’z-o’zini tahlil
qilish (bolalar faoliyatini individual va jamoaviy xulosalash); erkin tanlash (o’quv
materialini   bolalar   tomonidan   yaxshiroq   o’zlashtirilishi   maqsadida   tarbiyachining
o’quv   vaqtidan   o’z   ixtiyoricha   foydalanishi);   guruhning   intellektual   foni
(ta’limning  mazkur   davrida  zaruriy  hayotiy  maqsadlarni  qo’yish  va  o’quvchilarni
dasturga   nisbatan   ko’proq   bilimlarni   olishi);   tarbiyaga   shaxsiy   yondashuv,
tarbiyachilar va ota-onalar hamkorligi.
           Ta’lim natijasi bo’lib,  bolaning shaxsiy sifatlari: mehribonlik, xayrixohlik,
dilkashlik,   vijdonlilik,   to’g’rilik,   maqsadga   intiluvchanlik,   tashabbuskorlik,
qat’iyatlilik,   uyushqoqlik,   mehnatsevarlik,   mas’uliyatlilik,     ziyraklik,     vazminlik,
dovyuraklik,   mustaqillilik,  ishchanlik,   kuzatuvchanlik,   bilimdonlik  va   shu   kabilar
mazmunini o’zgartirish hisoblanadi.  
          Ta’lim tomonidan zamonaviy jamiyatga integratsiyalashgan (qo’shilgan) va
uni   takomillashtirishga   yo’nalgan     odam   va   fuqaroning   vujudga   kelishi,
bilimlarning   zamonaviy   darajasiga   mos   keluvchi   olam   tasvirining   shakllanishi;
shaxsning   milliy   va   jahon   madaniyatiga   integratsiyasi   uchun   shart-sharoit
yaratuvchi   jamiyatning   umumiy   va   professional   madaniyatining   jahon   darajasiga
teng   kelishi;   jamiyatning   milliy   kadrlar   imkoniyatini   takror   ishlab   chiqarish   va
rivojlantirish ta’minlanadi.
                    Uzluksiz   ta’lim   jarayonining   yakunlanish   muvaffaqiyati     ta’limning
normativ   belgilangan   bosqichi   sifatida   ta’lim   darajasi   haqida   dalolat   beradi.
Maktabgacha     yoshdagi   bola   uchun   bilim   darajasi   –   bu   shaxs   sifatlari   va
xususiyatlarining   rivojlanish   darajasi,   ta’lim   standartiga   asoslangan   yoshga     va dastur   talablariga   bog’liq   holda   erishilgan   bilim,   ko’nikma   va   malakalar
yig’indisidir.  
                    Maktabgacha   ta’lim   jarayonida   maktabgacha   yoshdagilar   ta’lim   va
tarbiyasining   shaxsiy   yo’nalganlik   modeli   ustuvor   bo’lib   hisoblanadi.   SHaxsiy
yondashuvning   maqsadi   –   bu   shaxsning   shakllanishi   bo’lib,   belgilangan   standart
bo’yicha   uni   o’zgartirish   emas,   balki   uni   qanday   bo’lsa,   shundayligicha   qabul
qilishdir.   SHaxsiy   yondashuv   ta’lim   jarayoni   sub’ektining   shaxsiy   vazifalari
(funksiyalari)   rivojlanishining   to’laqonli   namoyon   bo’lishi   uchun   shart-sharoitlar
yaratishni   nazarda   tutadi.   SHaxsiy     vazifalar   –   “shaxs   bo’lish”   ijtimoiy
buyurtmasini   amalga   oshiruvchi   ma’lum   bir   sifatlarni   shaxs   tomonidan   namoyon
bo’lishidir. 
                    Ta’lim   jarayonini   tashkil   qilishning   asosi   sifatida   shaxsiy   yondashuv
shaxsning   jamoada   e’tirof   etilishi,   unda   insonparvarlik   o’zaro   munosabatlarini
yaratishni bildiradi. Mazkur munosabatlar sababli bola o’zini shaxs sifatida anglab,
boshqa   insonlar   (kattalar   va   tengdoshlar)da   ham   shaxsni   ko’ra   olishga   o’rganadi.
Tengdoshlar,   bolalar   jamoasi   har   bir   bolaning   imkoniyatlari   amalga   oshirilishi
kafolati  sifatida   namoyon  bo’ladi.  Har  bir   bolaning  shaxsiy   imkoniyatlari  amalga
oshirilishining   yo’llari   pedagogning   qadriyatlar   yo’nalganligiga,   ya’ni     uning
moddiy va ma’naviy qadriyatlarga , hulq-atvorda namoyon bo’luvchi ustanovkalar
tizimi,  e’tiqod, afzalliklarga tanlab munosabatda bo’lishiga bog’liq. 
                   Pedagogning qadriyatlari  yo’nalganligi uning kasbiy faoliyat yo’nalishini
belgilaydi.   SHaxsiy   yondashuv   pedagog   va   bolaga     o’zini   shaxs   deb   anglashiga
yordam   berishni,   ular   imkoniyatlarini   aniqlash   va   ochishni,   o’z-o’zini   anglash
shakllanishini,   o’z   o’rnini   belgilashning   shaxsiy   muhim   va   ijtimoiy   maqbul
usullarini   amalga   oshirishni,   o’z-o’zini   namoyon   qilishni   va   o’z   mavqeini
tasdiqlashni nazarda tutadi. 
                    Ta’lim   muassasasida   bola   shakllanish   muammosida   oilaviy   tarbiya
sharoitlarini   xisobga   oluvchi   va   bolaning   shaxsiy   salohiyati   va   qobiliyatini
ochishga   qaratilgan   tarbiya     haqidagi   zamonaviy   ilmiy   ma’lumotlarni   amalda
qo’llovchi pedagogning o’rni masalasini ko’rib chiqish talab etiladi.           Pedagogga shaxsiy yo’naltirilgan yondashuvni amalga oshirishda pedagogik
o’zaro   ta’sirni   davrma-davr   rejalashtirishdan   “pedagog   faoliyatining   vositasi
sifatida emas”, balki pedagog va bola “shaxsining namoyon bo’lish usuli” sifatida
foydalanish zarur (P.Blonskiy, A.Leontev).
          Pedagogik o’zaro ta’sirning birinchi davrida  pedagog bola bilan psixologik
aloqani   o’rnatish   maqsadida     birgalikda   xatti-harakatlarni   shakllantirib
rivojlantiradi   (qabul   qilish   va   yoqtirish   xissi,   bir-biriga   ishonch,   emotsional
hamdardlik,   o’zaro   xatti-harakatlarni   tushunish   va   kelishilganlik),   pedagogik
aloqani   emotsional-  shaxsiy  aloqaga   “o’tkazadi”.   Kattalar   va  bolalar   o’zaro  ta’sir
xarakteriga   javobgarlik   o’zaro   munosabatlarni   o’rnatishni   biluvchi   kattalar
zimmasida qoladi.
                    Ikkinchi   davrda   bolani   psixologik   qo’llab-quvvatlash,     kattalar   bilan
muloqotda   konkret-emotsional,   amaliy   ta’sir   qiluvchi   va   odob-ahloq   aloqasiga
erishish maqsadlarida namoyon bo’ladi.
                    Bola   shaxsi   shakllanishini   psixologik   qo’llab-quvvatlash   –   bu   kattalar
tomonidan   bola   muammosini   tushunish,   qabul   qilish,   tan   olish   va   ularni   hal
qilishda yordam berishdir. Uning asosiy maqsadi pedagogik muloqotning kundalik
vaziyatlarida kattalar va bolalar emotsional-shaxsiy munosabatlari shakllanishidan
iborat.   Tarbiyachi   shaxsiy-rivojlanuvchi   o’zaro   ta’sir   sharoiti   sifatida   psixologik
qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishda:
- pedagogga va o’z-o’ziga ishonish imkoniyatini berib, bolaga nisbatan mehr-
muhabbat, g’amxo’rlik, samimiylik bildiradi;
- o’z-o’ziga   baho   berish   va   u   uchun   o’zining   ahamiyatga   egaligini
mustahkamlash maqsadida bolaning fazilatlarini ongli ravishda ta’kidlaydi;
- xatolarga   yo’l   qo’yish   qo’rquvini   ketkazib,   bola   uchun   ijobiy   emotsional
makon yaratadi;
- bolaning   muvaffaqiyatsizligini   tushungan   holda   qabul   qilib,   u   bilan   birga
ularni   yengib   o’tish   yo’llarini   aniqlaydi.   Bunday   yondashuv   asosida
“kattalar-bolalar”     o’zaro   ta’sir   tizimining   shaxsiy   yo’naltirilgan qoidalaridan  biri  yotadi.  Bunga  ko’ra har   bir   inson,  xususan  ta’lim  oluvchi
xato qilish va uni tuzatish huquqiga ega;
- bolani   tarbiyalamasdan,   balki   muammoni   bola   tomonidan   hal   qilinishiga
yo’lboshchilik qiladi.
                    SHunday   qilib,   pedagog   (katta   odam)   psixologik   qo’llab-quvvatlashni
amalga   oshirib,     maktabgacha   davrdagi   bola   shaxsi   shakllanishini   ta’minlovchi,
taraqqiyotning   shart-sharoiti,   xarakteri   va   kelajagi   uchun   majburiyatni   o’z
zimmasiga olib, asosiy omil sifatida ishtirok etadi. Bola esa o’z navbatida ijtimoiy
hulq-atvor   namunasi   sifatida   kattalarning   munosabatini   kuzatib   (tahlil   qilib),
ijtimoiy maqbul va adekvat hulq-atvor normalarini o’zlashtiradi.
                    Psixologik   qo’llab-quvvatlashni   amalga   oshirish   pedagog   va   bola
emotsional-shaxsiy   munosabatlarining   rivojlanishiga   olib   keladi.   Emotsional-
shaxsiy   qo’llab-quvatlanishni   qidirish   maqsadida   pedagog   bilan   o’zaro
munosabatga   kirishib,       muloqot   davomida   namoyon   bo’lgan     sifatlar   (diqqat-
e’tibor,   xayrixohlik   va   b.)   orqali   uni   bilib   oladi.   Keyingi   galda   bola   aynan   shu
xususiyatga ishongan holda  aloqaga kirishib, unda emotsional-ijobiy o’z-o’zini his
qilish, atrofdagilar uchun keraklilik  xissi shakllanadi.
                      Pedagogik   o’zaro   ta’sirning   uchinchi   davrida   o’zaro   ta’sirning   uslubi
sifatida “pedagogik his qilish”ning shakllanishiga, pedagog va bolaning bir-biriga
ta’sir   ko’rsatishning     tuzilishi   sifatida   o’zaro   munosabatlar   ma’lum   bir   turining
yuzaga   kelishiga   olib   keluvchi   emotsional-shaxsiy   munosabatlarning   rivojlanishi
yuz beradi.
           Hamkorlik pedagogikasi kattalarga (tarbiyachilar, ota-onalar va b.) ta’lim va
tarbiya   jarayonida   muloqotning   altruistik   uslubidan   foydalanish   zarurligini
uqtiradi.     Pedagog   bolaga   bunday   ta’sirni   amalga   oshirishda   unga   hukmronlik
qilib,   nazorat,   majburlash   kabi   ta’sirlardan   voz   kechib,   tarbiyalanuvchiga   erkin
tanlash   huquqini   beradi.   Bola   muloqotning   mazkur   uslubida     chegarasiz,   so’zsiz
o’z-o’ziga,   shaxsiy   imkoniyatlariga   bo’lgan   ishonch   vaziyatiga   tushadi.     Bunday
vaziyat   natijasi   sifatida   maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   ahloqiy   o’z-o’ziga   baho
berish:   o’zganing   ishonchini   his   qilgan   holda   o’zining   imkoniyatlariga   ishona boshlaydi.   Pedagogning   bolaga   nisbatan   beg’arazligi     uni   ham   beg’araz   harakat
qilishga undaydi. 
                     SHunday qilib, pedagogik o’zaro ta’sirning uchinchi yakunlovchi davrida
uyg’un munosabatlar tizimi sifatida ikki tomonlama muloqotga kirishuvchilarning
bir-biriga   ta’sir   tizimi   shakllanadi.   Bunda   kattalar   va   bolalar   faolligi,   o’zaro
munosabatlarining   ishonchliligi,   bolani   psixologik   himoya   qilish   darajasi     va
o’zaro tushunishga erishish ortadi.
                   O’zaro ta’sir tomonlarning (pedagog va bola) vakilligi kattalar pozitsiyasi
tomonidan “pedagogik his qilish”ni egallash, tarbiyachi  o’z  shaxsini o’zgartirishi,
shaxsiy   ziddiyatni   kamaytirish,   tarbiyalanuvchi   “pozitsiya”sini   egallash
ko’nikmasini   o’zlashtirish,   bolani   emotsional   qabul   qilish,   unga   ruhiy   jarohat
yetkazish   imkoniyatini   yo’q   qilish   va   uning   shaxsiy   taraqqiyotiga   ishonch
bildirishni taxmin qiladi.
                      Bola   pozitsiyasi   tomonidan   o’zaro   ta’sir   tomonlarining   vakilligi   uning
kattalar   va   tengdoshlari   bilan   o’zaro   ta’sir   va   muloqotda   bo’lish   ehtiyojlarida;
tarbiyachiga yordam berishda shaxsiy va tarbiyachining unga nisbatan munosabat
xatti-harakatlarini   anglashda;     tengdoshlarining   o’z   shaxsiy   muammolarini
tushunib yetish (refleksiya)da namoyon bo’ladi. 
            SHunday qilib, tarbiyachining pedagogik o’zaro ta’sir davrlari emotsional-
shaxsiy   aloqani   o’rnatish   va   yaratishga   (I   davr);   pedagog   va   o’quvchi   o’rtasidagi
emotsional-shaxsiy   munosabatlarni   rivojlantirishga   (II   davr);   munosabatlarning
uyg’unlik tizimini shakllantirishga (III davr)  yo’naltirilgan. 
                      SHuni   ta’kidlash   mumkinki,   bolaning   kattalar   va   tengdoshlari   bilan
bo’ladigan     munosabatlari   tizimining   uyg’unligi   turli   xil   shaxslararo
munosabatlarda   “Men”   mezoni   bo’yicha   shaxsiy   rivojlanishning   asosiy
ko’rsatkichlari     sifatida     bola   ijtimoiy   faolligi   rivojlanishining   manbasi   va   sharti
bo’lib hisoblanadi.
                      Bola   ijtimoiy   faolligining   rivojlanishi   davrma-davr   yuz   beradi   va     buni
uning ijtimoiy faolligi namoyon bo’lishining bir darajadan ikkinchi darajaga o’tishi
deb ifodalash kerak.                         I-davr   –   ijtimoiy   faollikning   boshlang’ich   darajasi   (“oiladagi   voqelik”)
bolaning   tevarak-atrofdagi   haqiqat   bilan   aloqasining   amaliy   xarakteri   va   uni
kattalar   (ota-ona,   enaga   va   b.)ga   to’liq   qaramligi   bilan   belgilanadi.   Bolaning
faolligi turmush ehtiyojlarini qoniqtirishga qaratilgan. Bola uchun uning ota-onasi
(ular o’rnini bosuvchilar) qadr-qimmatga egadir. 
                      II-davr   –   ijtimoiy   faollikning   birinchi   darajasi   (“vaziyatdagi   voqelik”)
bolani   bo’lib   o’tayotgan   hodisalardan   ajrala   olmasligi   va   uni   vaziyatga   to’liq
qaramligi   bilan   tavsiflanadi.   Bu   darajada   bola   uchun   uning   xatti-harakatlari
xarakteri va yo’nalganligini belgilovchi vaziyat  muhim ahamiyatga egadir.
           III-davr – ijtimoiy faollikning ikkinchi darajasi (“vaziyat ustidagi voqelik”)
bolani   vaziyatlar   oqimi   ta’siridan     chiqishi   va   o’zining   “qimmatli   kompasi”
yordamida   vaziyatni   tushunib   ish   tutishi   bilan   xarakterlanadi.   Uning   uchun
vaziyatdan   chiqishning   usul   va   vositalari,   ya’ni   “qurollar”,   ularning     psixologik
turlari  ham  muhim ahamiyatga ega.
          IV-davr – ijtimoiy faollikning uchinchi darajasida (“o’zidagi voqelik”) bola
o’z   vaziyatlari   modelini   tayyorlab,   atrofidagi   kattalar   va   tengdoshlari   bilan   “ish
yuzasidan”   munosabatlar   o’rnatishga   urinadi.   SHu   yo’l   bilan   o’z   “Men”ini
namoyish   qilib,   o’z   “makoni”ni   himoya   qiladi   va   uning   egotsentrizmi,     ya’ni
olamga  bo’lgan munosabati va o’zining shu olamda  namoyon etishi aniqlanadi.
                    V-davr   –   ijtimoiy     faollikning   to’rtinchi   darajasi   (“boshqadagi   voqelik”)
bolaning   egotsentrizmini   yengishga   va   o’zganing   qadr-qimmatini   tan   olishga
intilishi   bilan   belgilanadi.   Bola   uchun   tevarak-atrofdagi   barcha     tirik     jonzotlar:
o’simlik va hayvonot dunyosi, odam qadr-qimmatga egadir.
                   Ijtimoiy faollik qayd etilgan darajalar bolani ijtimoiy haqiqat bilan o’zaro
munosabat   xarakterini   va   turli   shaxslararo   munosabatlarda   ijtimoiy-shaxsiy
rivojlanish yo’llarini aniqlaydi. 
                   YUqorida ta’kidlanganlar bola ijtimoiy rivojlanish jarayonining qanchalik
murakkabligini   ko’rsatib   turibdi.   Maktabgacha   yosh   davri     shaxs   shakllanishi   va
ijtimoiylashuvida   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lgan   davr   hisoblanadi.   SHaxs rivojlanishi   uning   ehtiyoji   oxir   oqibat   albatta   iste’molchilik   emas,   balki
yaratuvchilik sohasida ro’y berishini taxmin qiladi.
                      O’zbekiston   Respublikasida   islohotlar   davrida   maktabgacha   ta’limni
rivojlantirishning  maqsadi :
- maktabgacha   ta’lim   nufuzini   oshirish,   ta’lim   sohasining   jamiyatdagi
ustuvorlik mavqeini mustahkamlash;
- asosiy buyurtmachi va iste’molchi bo’lgan ota-onalarga yo’naltirilgan holda
turli  xildagi  maktabgacha  tarbiya muassasalari  rivojlanishi  uchun sharoitlar
yaratish.
                     Qo’yilgan maqsadni  amalga oshirish uchun quyidagi  vazifalarni yechish
zarur:
- maktabgacha   ta’lim   muassasalari   davlat   tizimini   (byudjet   va   idoralar)
saqlash;
- maktabgacha ta’lim standartini aniqlash;
- maktabgacha ta’limni yangi mazmun  va texnologiyalarga o’tkazish;
- maktabgacha   ta’lim   muassasasining   turli   xil   tamoyillariga,   ochiqlik,
qulaylik,   oila   bilan   hamkorlik,     maktab,   mahalla   va   boshqa   jamoatchilik
tashkilotlari bilan o’zaro munosabatlariga bog’liq holda maktabgacha ta’lim
muassasalari tashkiliy tuzilmasini o’zgartirish;
- maktabgacha   ta’lim   muassasalari   rivojlanishini   o’zib   o’tuvchi   jamiyatga
nisbatan (avvalambor, oila va maktabga) o’zgaruvchan sharoitlar, talablarga
mos ravishda va o’z vaqtida javob qaytarish;
- maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   o’zgaruvchan   tuzilishida   tez   mo’ljal
olishga imkon beruvchi mazkur muassasalar   uchun kadrlarni ilmiy-uslubiy
tayyorlashni takomillashtirish.
                    Maktabgacha   ta’limni   yangilashda   asosiy   pozitsiyalar   quyidagicha:
pedagogik   ish   yo’nalganligini   insonparvarlashtirish;   differensiatsiyalashtirish   va
individuallashtirish;   demokratlashtirish;   bolalar   uchun   ta’lim   imkoniyatlarini
taqdim etish; dinamiklashtirish va variativlikdir.                       Maktabgacha   ta’limning   asosiy   vazifalarini   amalga   oshirishda   quyidagi
tamoyillarni inobatga olish zarur:
- bolaning   turli   xildagi   faoliyatini   tashkil   etish   orqali   bola   shaxsining
ishtiyoqini   to’la   ochilishiga,   qiziqishlari,   qobiliyatlariga   yo’naltirilgan
pedagogik ish;
- shaxs   shakllanishida   maktabgacha   yosh   davrining   ahamiyati   haqidagi
zamonaviy ilmiy bilimlardan foydalanish;
- predmetli-makonli nutqiy va ijtimoiy rivojlantiruvchi muhit yaratish;
- shaxsga yo’naltirilgan ta’lim ustuvorligini tan olish;
- har bir bolani har tomonlama rivojlanishida  teng huquqligini tan olish;
- maktabgacha ta’limni hammabopligi;
- bolaning hayoti va sog’lig’i, jismoniy va ruhiy rivojlanishi, sog’lom turmush
tarzi   asoslari   shakllanishini   himoya   qilish     kabi   maktabgacha   ta’lim
muassasalari faoliyatini bunday yo’nalishining ahamiyati;
- maktabgacha   ta’lim   muassasalari   ish   mazmuni   bolaning   ijtimoiylashuviga
yo’naltirilishi,   bolada   munosabat   malakasini   rivojlantirish,   jamoada
yashashni bilish, ta’limning keyingi bosqichiga oson o’tish;
- o’quv-tarbiyaviy   ishning   mazmuni,   shakli   va   usullarida   umuminsoniy   va
milliy qadriyatlar birligi;
- tarbiyaviy, o’quv va rivojlantiruvchi vazifalarning birligi;
- bolalarni   o’qitish   va   rivojlantirishga   maktabgacha   ta’lim   muassasalari   va
oilani   o’ziga   xos   imkoniyatlarini   birgalikda   amalga   oshirishga   ota-onalarni
jalb etish;
- bosh   buyurtmachi   va   iste’molchi     –     oila   ehtiyojlariga   mos   holda
maktabgacha   tarbiyani   turli   ko’rinishda,   mutaxassislik   turlarida,
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati tartibining variativligi;
- maktabgacha   va   boshlang’ich   ta’limning   izchilligi,   jamoatchilik   va   oilaviy
maktabgacha ta’limning o’zaro bog’liqligi;
- hududiy xususiyatlarni hisobga olish; - maktabgacha   ta’lim   tizimida   ro’y   beruvchi   o’zgarishlarga   pedagogik
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining o’z vaqtida javob berishi.
                      Maktabgacha   ta’lim   maqsad   va   vazifalarini   amalga   oshirish   uchun
maktabgacha   ta’lim   muassasalari   ta’lim   jarayonini   shunday   tuzish   kerakki,   bir
butun   sub’ekt   sifatida   ham   bola,     ham   pedagogga   yoqishi   kerak   va   ular
uyg’unlashuvining rivojlanishiga yordam berish kerak.
                   Maktabgacha yoshdagi bola predmetlarni alohida tashqi xossalarini idrok
qilish,   ko’rgazmali-obrazli   shaklda   berilgan   amaliy   va   bilish   topshiriqlarini
yechishning   yuqori   darajasiga   erishadi.     Biroq,   bola   predmetlarni   yuzaki   ko’radi.
Bu   tabiiy,   chunki   predmetlar   uni   faqat   amaliy   va   bilish   jarayoni   ob’ekti   sifatida
qiziqtiradi.   Maktabgacha   yoshdagi   bola   predmetlarni   mohiyati   bilan   emas,   balki
alohida   turlari,   tashqi   xossalari   va   xususiyatlari   bilan   ish   ko’radi.   Narsalarning
mohiyati   va   ular   bizga   qanday   ko’rinishi   o’rtasida   katta   farq   mavjud.   Mazmun-
mohiyat ustki ko’rinishga emas, u to’g’ri idrok qilinmaydi. U olamni ilmiy bilish –
ijtimoiy uyushgan ta’lim jarayonida namoyon bo’ladi. 
         Fanni o’rganishga o’tish – bu olamni bilishga o’tish bo’lib,  inson ongi uchun
ob’ektiv bo’lib hisoblanadi (D.B.Elkonin, 1995. 249b.).
                   Maktabgacha ta’lim muammosi empirik bilimlardan (tajribaga asoslangan
“hayotiy   bilimlar”)   nazariy   ilmiy   bilimlarga   o’tish   mexanizmini   aniqlashdan
iborat.   Bunday   mexanizm   sifatida   ta’lim   islohoti   (N.A.Gorlova)   bo’lib,   bolaning
tabiiy   qobiliyatlarini   tashqi   olam   bilan   munosabati   va   mazmunini   aniqlovchi
madaniy salohiyatni o’zgartirishga qaratilgan. O’zaro ta’sir tizimini shakllanishiga
yordam   beruvchi   “Men-Sen-Biz-Ular”   obrazini   yaratish;   pedagog   va   bola   ongida
“olam   obrazi”   va   olamni   bolalarcha   ko’rishni   yaratish   va   takrorlanmas   olamda
o’ziga xoslikka ega va unda o’z o’rnini aniqlovchi refleksiya – o’zini aks ettirishga
qaratilgan.
                    Ta’lim  islohoti   – bu  pedagog  va bolaning  hamkorlikdagi  islohot   faoliyat
jarayoni   bo’lib,   pedagogni   o’z-o’zini   va   bola   shaxsini   tarbiyalashga,   hayotiy
qadriyatlar yo’nalganlik tizimi sifatida shaxsiy mazmunni shakllanishiga, pedagog
va bolani  universallashtirishga yo’naltirilgan.            Ta’lim islohoti quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:
                      Ijtimoiy-pedagogik   yondashuv.     Uning   mohiyati   bola   rivojlanishini
boshqara   olinadigan   jarayon   qilib,   insoniyat   tajribasini   o’zlashtirishni
ta’minlashdan iborat. Mazkur yondashuv o’qitish jarayonining pirovard natijasiga
–   bola   shaxsi   ijtimoiylashuviga   qaratilgan.   Uning   mazmuni   –   bola   jamiyatning
ma’naviy-ma’rifiy   qadriyatlarini   egallashi,   ularni   qayta   tuzish   va   o’zgartirishdan
iborat. Bunday yondashuvda o’qitish tarbiyaviy vazifani bajaradi.
           Gnoseologik (bilishga qaratilgan) yondashuv  o’qitish jarayoni mohiyatini
bilish   jarayonidan   olib   chiqishga   yordam   berib,   tabiiy   vujudga   kelgan   bilish
faoliyatining   o’zgargan   ko’rinishi   –   modifikatsiyasidir.   O’qitish   ijtimoiy
qonuniyatlarga   bo’ysunib,   inson   individual   rivojlanishining   tezlashuviga   yordam
beradi.     SHunday   qilib,   u   inson   individual   rivojlanish   qonuniyatlari   bilan   bir
qatorda   inson   ongining   ijtimoiy   tarixiy   rivojlanishiga   bog’liq.   Ta’lim   bilishning
ijtimoiy   va   individual   shakllarini,   individual   faoliyatni   ijtimoiy   bilish   tuzilishiga
yaqinlashtirib,   bolani   o’qitishgacha   bo’lgan   shaxsiy   tajribasi   bilan   ta’lim
jarayonida paydo bo’lgan anglash o’rtasida qarama-qarshilikni tug’diradi. 
           Gnoseologik yondashuvda ta’lim mohiyati – o’quvchida individuallashtirish
jarayonini amalga oshirish va o’qitish jarayonini tatbiq etish. 
                      Psixologik   yondashuv.   Unga   o’qitish   jarayoni   mohiyatini   bilimlarni
egallash   va   inson   rivojlanishining   psixologiya   nazariyalaridan   ajratib   olish
xarakterlidir. 
                      Aqliy   xatti-harakatlarni   bosqichma-bosqich   shakllanish   nazariyasiga
(P.YA.Galperin,   N.F.Talizina)   asosan   ta’lim   birinchi   moddiylashgan   bosqichdan
tashqi   nutqiy   harakatga   tayangan   holda     ikkinchisiga   o’tish   asosida   ro’y   beradi.
Bundan   so’ng,   uchinchi   bosqichda   xatti-harakatlar   to’laligicha   ichki   rejada
bajariladigan oliy darajaga o’tadi. Bunday yondashuvda ta’lim mazmuni bilimlarni
egallash   bosqichlariga   bog’liq   holda   aqliy   xatti-harakatlar   shakllanish
bosqichlariga   muvofiqlikdan   iborat.   Mazkur   yondashuvda   ta’lim   o’quvchining
shaxsiga yo’naltirilib, rivojlanuvchi funksiyani amalga oishradi.             Akmeologik yondashuv  ta’limning shaxsiy yo’nalgan xususiyatlarini ochib
beradi. Uning mohiyati shundaki, ta’lim shaxs hayotiy olami, pedagog va bolaning
mazmuniy   reallik   yuzasiga   o’tadi.   Ta’lim   pedagog   va   bolaning   nafaqat   fikr   va
munosabatlarini   o’zgartirishga,   balki   o’zaro   ta’sir   sub’ektining   shakllanishi   va
rivojlanishiga olib keladi.   Bunday yondashuv ta’limni o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-
o’zini   o’qitishga,   ya’ni   hamkorlikka,   birgalikda   ijod   qilishga   aylanishiga   xizmat
qiladi.   Bunda   ta’lim   jarayonida   asosiy   qarama-qarshilik,   ta’limni     ideal   shaklga
olib   kelish   uchun   ta’lim   mazmunida   mavjud   pedagog   va   bolaning   real     hayotiy
pozitsiyasi   amalga   oshiriladi.   Mazkur   yondashuv   ta’limning   yakuniy   natijasiga
erishishiga – pedagog va bolani universallashtirish (takrorlanmaslik, noyoblik) va
amaliy funksiyani bajarilishiga yo’naltiradi.
           Fan va jamiyat tomonidan maktabgacha ta’limga qo’yilayotgan zamonaviy
talablarni   inobatga olgan holda   bugungi kunda ta’limda barcha yondashuvlardan
birgalikda foydalanish ma’qul. CHunki, ularning har biri alohida bitta funksiyani,
ta’limning bitta maqsadini amalga oshiradi.
                    Ta’lim   islohoti   texnologiyasini   didaktika   va   metodika   pozitsiyasi   nuqtai
nazaridan   ko’rib   chiqish   zarur.   Maktabgacha   yosh   davrida   bolaning   nutqiy
rivojlanish   uslubiyati   asosiy   ahamiyatga   ega   (nutqiy   faoliyatning   rivojlanishi).
Bolaning   nutqiy   hulqi   asosida   “uning   dolzarb   rivojlanish   darajasi”ni,   “yaqin
kelajak   taraqqiyot   darajasi”ni   aniqlash   mumkin.   Binobarin,   gap   bolaning   nutqiy
faoliyatini rivojlantirish uslubiyati haqida borishi kerak.
           Isloh qilingan ta’lim  texnologiyasining  didaktik modeli  shunday omillarni
qamrab   olishi   kerakki,   pedagog   ular   o’rtasidagi   o’zaro   bog’liqlikni   amalga
oshirishi,   ta’lim   shartiga   bog’liq   ravishda   o’z   qoidalarini   ishlab   chiqishi   mumkin
bo’lsin. Bular quyidagicha: pedagog va bola o’zaro ta’sirining didaktik tamoyillari,
vositalari, bosqichlari, turi va yo’llari 
         Didaktik tamoyillar:
- faollik tamoyili bola xususiyatlarini bilish faoliyati sub’ekti sifatida hisobga
olishga asoslanadi; - ko’rgazmalilik   tamoyili   bolalar   tomonidan   tevarak   olamni   idrok   etish
xususiyatlariga asoslanadi;
- tushunarlilik   tamoyili   bolalar   bilish   faoliyatining   rivojlanish   qonuniyatlari
bilan bog’liq;
- amalga   oshiriluvchi   tamoyil   ta’lim   jarayonida   bolalarning   individual
xususiyatlarini inobatga olishni taxmin qiladi;
- tizimlilik   tamoyili     bolaning   tevarak-atrofni   anglashi   orqali   muloqot
darajasini hisobga olish bilan bog’liq.
                    Ta’lim   vositalari:   nutqiy,   faoliyatli,   moddiy,   texnik.   Bosqichlari:
tanishtiruvchi, differensiatsiya, integratsiya.
           O’zaro ta’sir turlari:
                      I- tur – emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifasi -   emotsional-
shaxsiy munosabatlar tajribasi bilan almashish, kelgusi birgalikdagi faoliyat  uchun
emotsional kayfiyat va motivatsiyani yaratish.
             II -tur – ijodiy faoliyat tajribasini o’zgartirish. O’zaro ta’sirning mazkur turi
ta’limning   bilish   jihatini,   ta’lim   maqsadini   amalga   oshirib,   bolani
individuallashtirishga qaratilgan.
                    III-tur   –   o’quv   vazifalarini   yechish   mumkin   bo’lgan   vositalarni
mustahkamlash uchun faoliyat usullarini amalga oshirish tajribasi bilan almashish.
O’zaro   ta’sirning   bu   turi   ta’limning   psixologik   jihatiga   asoslanib,   rivojlanuvchi
maqsadni amalga oshiradi va bola shaxsi shakllanishiga yordam beradi.
              IV -tur – ta’limning akmeologik jihatini amalga oshirish. Pedagog notanish
sharoitlarda     yo’nalish   olishni   yaratadi.   O’zaro   ta’sir   mazkur   turining   vazifasi   –
mazmun   va   munosabatlarni   anglash   jarayonida   bola   tomonidan   tizimli   bilimlarni
egallash,   bola   shaxsi   fikrlash   sohasida   “olam   obrazi”ning,   ya’ni     “olamni
bolalarcha ko’rish”ning  shakllanishidan iborat. 
          Isloh qilingan ta’lim texnologiyasini amalga oshiruvchi o’zaro ta’sirning 4 ta
turi   faqatgina     pedagog   va   bolalarning   hamkorlikdagi   faoliyat   vositasi     va
xarakterini   aniqlabgina   qolmasdan,   balki   bolalar   o’rtasidagi   o’zaro   ta’sirni   ham
belgilaydi. Bu esa shaxsiy faoliyat metodida asosiy manba bo’lib hisoblanadi.            Isloh qilingan ta’lim texnologiyasining   uslubiy modeli   ta’lim jarayonining
yaxlit   sub’ekti   sifatida   pedagog   va   bolalar   fikrlarini   shakllantirish   va
munosabatlarini boshqarishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Uslubiy model uslubiy
tamoyillarni, vositalar, bosqichlar, metod va yo’llarini o’z ichiga oladi .
                                                                                                          
          Uslubiy tamoyillar:
- ta’lim maqsadlarining o’zaro bog’liqlik va o’zaro shartlanganlik tamoyili;
- tarbiyalovchi,  rivojlantiruvchi va isloh qiluvchi ta’lim tamoyili;
- ta’limni  hissiy-amaliy yo’nalganlik tamoyili;
- ta’limni syujetli-vaziyatli shartlanganlik tamoyili.
          Ta’lim jarayonida uslubiy tamoyillarni amalga oshirish.
          Ta’lim maqsadlari: tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy.
           Ta’limning tarbiyaviy maqsadi  –  bola ehtiyojlarini tarbiyalash, pedagogik
jihatni   amalga   oshirish   (kattalar     tomonidan   boshqariladigan   jamoa   faoliyatida
bola o’z xatti-harakatlarining kechinmalari orqali “ahloqiy   bosqichlar”ni egallash
yo’li).
          Tarbiyaviy  maqsadni mazmuni shundaki, bolada ahloqiy qadriyatlar tizimi,
dunyoga emotsional baholovchi munosabat shakllanadi.
           Ta’lim maqsadi shundaki, bola ta’lim jarayonida uni o’rab turgan haqiqatni
anglab, bilish ehtiyojini qondiradi. 
                    Bilish   ehtiyojlarining   mazmuni   maktabgacha   yosh   davrining   turli
bosqichlarida:   ilk   bolalik   davrida   (1   yoshdan   3   yoshgacha)   bilish   ehtiyojlarini
qondirish   “Men   predmetlar   olamida”;   kichik   maktabgacha   yosh   davrida   (3
yoshdan 5 yoshgacha) “Men tabiat olamida”; o’rta va katta yoshlarda (5 yoshdan 7
yoshgacha) “Men odamlar olamida” kabi munosabatlarda  o’zgaradi.
                    Bilish   ehtiyojlarini   qondirish   jarayonida,   bola   hayotiy   vaziyat
munosabatlarida til  vositalaridan, shu  bilan bir  qatorda faoliyatning turli  turlarida
foydalanishni   o’rganadi   (o’yin,   tasviriy,   musiqa   va   b.).   Namoyon   bo’lishni   mos
(adekvat) vositalarini qidirish bilish faolligini, qiziquvchanlikni, tashabbuskorlikni
oshishiga turtki beradi va bilishga qiziqishni rivojlantiradi.            O’qitishning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadi – uslubiy
tamoyillarni mos kelgan usul va uslublarini aniqlovchi bosh omildir.
          Har bir xususiy metodika o’z mashqlar tizimini taklif etishi mumkin. Misol
sifatida   mashqlarni   lingvistik   tizimi   keltirilgan.   Bu   tizim   quyidagi   tavsiflar   bilan
aniqlanadi:
- belgilangan   vazifasiga   ko’ra   mashqlar   kommunikativ,   nutqiy   va   tilga   oid
bo’lishi   mumkin.   Kommunikativ   –   ehtiyojlar   xarakteriga   ko’ra   maishiy
faoliyatga   qaratilgan.   Og’zaki-nutqiy   eshitishda   va   gapirishda   (dialog   va
monolog). Tilga oid – fonetik, leksik, grammatik  yoki leksik-grammatik;
- o’yin harakatlarining xarakteri  bo’yicha – predmetli, tabiiy, syujetli-rolli,
harakatchan va kam harakatli, ijodiy va qoidali;
- harakatlarni   bajarish   usuli     bo’yicha   –   tanishuv-imitativ,   qidiruv   (taqlid
qiluvchi   va   loyiha   bo’yicha   tuzuvchi),   reproduktiv   (qayta   tiklovchi),
produktiv (ijodiy);
- bajarish usullarining xarakteri   bo’yicha – taxmin bo’yicha harakat, biror
hodisani   vaqtidan   avval   bo’lishi   (aktivizatsiya),   idrok   qilish,   taqlid   qilish
(imitatsiya), tashkil etish, o’zgarishi (transformatsiya), modellashtirish.
         Aniq vazifani bajarish uchun  mashq tanlaganda pedagog yuqorida keltirilgan
barcha tavsiflarni hisobga olishi kerak.
                 SHunday qilib, turli vosita, uslublar va uslubiy tamoyillar asosida qurilgan
o’qitishning   uslubiy   modeli   ta’lim   islohoti   texnologiyasini   tashkil   etish   usulidir.
Didaktik   va   uslubiy   modellar   birligi   maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   o’qitish
jarayonini tashkil etishga yo’naltirilgan asos bo’lib xizmat qiladi. 
                  Pedagog   isloh   qilingan   ta’lim   texnologiyasini   egallab,   “bolaning   dolzarb
rivojlanish   darajasi”ni,   “yaqin   kelajak   taraqqiyot   darajasi”ni   aniqlashi   mumkin.
O’zlashtirilgan   ma’no   va   munosabatlar   erkin,   o’qishdan   tashqari   faoliyatda
qo’llanilgandagina   o’qitishning   amaliy   maqsadi   to’liq   amalga   oshirilgan
hisoblanadi.            Pedagog bola shaxsining rivojlanish ko’rsatkichlari va shaxsiy yondashuvni
amalga oshirishga o’zining tayyorgarlik darajasini  hisobga olsagina ta’lim-tarbiya
jarayoni yanada muvaffaqiyatli o’tadi.
                    Bolaning   rivojlanganlik   va   maktabga   tayyorgarlik   ko’rsatkichlari
quyidagicha:
- jismoniy   tayyorgarlik   (bola   fikrlash   sohasi   rivojlanishining   fiziologik
darajasi);
- psixologik tayyorgarlik (bola shaxsining emotsional, mental (aqliy), irodaviy
rivojlanish darajasi);
- ijtimoiy tayyorgarlik (bola fikrlash sohasining ijtimoiy rivojlanish darajasi).
                   Pedagogni maktabgacha ta’limda shaxsiy yondashuvni  amalga oshirishga
tayyorlik   ko’rsatkichlarini   aniqlashda   uch   jihatni   hisobga   olish   kerak:   shaxsiy,
kasbiy va refleksiv.
                    SHaxsiy   tayyorgarlik     -   bu   pedagogik   fikrlash   (gnostik,   ya’ni   bilish
qobiliyati   –   ilmiy   ma’lumotlardan   to’g’ri   foydalanishni   bilish,   ilmiy   bilimlarni
amaliy faoliyatda qo’llay bilish, pedagogik vazifalarni ixtisosiga yarasha yechish);
pedagogik   maqsad   belgilanishi   (tashkilotchilik   xususiyatlari   –   o’qish   va   mashq
qilish   uchun     qulay   sharoit   yaratish   qobiliyati,     mashg’ulotlarning   kerakli
shakllarini tanlab olish, vaqtni to’g’ri taqsimlash, o’qish jarayonini kerakli asbob-
uskunalar   bilan   ta’minlash;   o’z   mehnatini   tashkil   qila   bilish,   turli   ommaviy
tadbirlarni rejalashtirish va o’tkazish (turli bayram tadbirlari, adabiyot kechalari va
b.);
                    pedagogik   yo’nalganlik   (kommunikativ   qobiliyatlar:   mazkur   ta’lim
oluvchilar guruhi uchun qulay bo’lgan shaklda ma’lumotlar taqdim etish qobiliyati,
vaziyatga   qarab   ma’lumotlar   berishning   vosita   va   usullarini   tuzatish,   ishontirish
qobiliyati, kasbiy muloqotni “pedagog-pedagog”, “pedagog-ota-onalar”, “pedagog-
menejer”,   “pedagog-bola”   darajalarida   savodli   olib   borish,     bolalar   jamoasida
sog’lom psixologik mikroiqlim yaratish va b.) 
                      Kasbiy   tayyorgarlik:   pedagogik   takt   (intellektual   mehnatda
loyihalashtirish   qobiliyati:   hal   qilishning   oddiy   standart   va   metodlaridan   voz kechish,   yangi   o’ziga   xos   usullar   qidirish;   bor   narsadan   uzoqni   ko’rish;
muammolarni   asosiy   bir-biriga   bog’lanish   mazmunini   qamrab   olish;   yechimning
bir necha turli yo’llarini aniq tasavvur qilib, fikran eng samarali bo’lganini tanlash;
barcha   narsa   hal   bo’lgan   joyda   muammoni   yuzaga   kelishi   va   uni   his   qilish;
g’oyalarni   ko’pligi;   o’z   faoliyatini,   o’qitish   jarayonini,   bolalarni   individual
rivojlanishini, innovatsion o’qitish jarayonini, dasturlarni loyihalashtirish).
                      Refleksiv tayyorgarlik:    pedagogik refleksiya (refleksiv qobiliyatga uch
turdagi sezgirlik kiradi:  ob’ektni his qilish  pedagogni o’ziga xos maxsus sezgirligi
–   bolalar   real   haqiqatga   qanday   qarashda,   ularning   qiziqish   va   ehtiyojlari   qay
darajada   namoyon   bo’ladi,   “ular   pedagogik   tizim   talablariga   mos   keladimi”;
me’yor   va  taktni   his   qilish   –   bola  shaxsi   va   faoliyatida   turli   pedagogik  ta’sirlar
natijasida   kelib   chiqadigan   o’zgarishlar   me’yoriga   nisbatan   maxsus   sezgirlik,
qanday o’zgarishlar ro’y beradi, ular ijobiy yoki salbiymi, qaysi belgilar yordamida
ular haqida xulosa qilish mumkin;  aloqadorlik hissi –  pedagogni o’z faoliyatining
kamchiliklariga   nisbatan   bo’lgan   sezgirligi,   pedagogik   jarayonga   tanqidiy   va
javobgarlik hissiyotlari).
                   YUqorida qayd etilganlar shuni ko’rsatadiki, shaxsiy yondashuvni amalga
oshirishda faqat bola shaxsini yoki faqat pedagog shaxsini rivojlanishi emas, balki
ta’lim   jarayonining   bir   butun   sub’ektini   rivojlanishi   ko’zda   tutiladi.   YAxlit
sub’ektni   rivojlanish   ko’rsatkichlari   ma’no   (mazmun)   tizimi   bo’lib   hisoblanadi:
bola   ongidagi   shaxsiy   fikrlar   tizimi   va   pedagog   shaxsining   shaxsiy,   hayotiy
mazmun va mazmunlar tuzilishi tizimi. Adabiyotlar
1. Egamberdiyeva H.M. «Ijtimoiy pedagogika» (darslik) - T., 2009 y.
2.     Mavlonova   R.   va   boshkalar   “Ijtimoiy     pedagogika”   (O’kuv     kullanma)   -   T.,
2009 y.
3.  Galaguzova  M.  A.  Sotsialnaya  pedagogika  (Uchebnoye  posobiya)  - M.,
4.   Xarlamov   I.F.   Pedagogika   v   voprosax   i   otvetax   (Uchebnoye   posobiya)     -1.
Munavvarov A.K. Pedagogika (O’quv qullanma). - T.,  1996 u.
5. Munavvarov A.K. Pedagogika(o`quv qo`llanma). - T.,  1996 u.
6 .Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi (o`quv qo`llanma a). - T.,  1994 u.
7. Yo‘ldoshev J.  Ta’lim yangilanish yo‘lida (o`quv qo`llanma). - T., 2000 u.
8 . Podlasыy I L .Pedagogika. V 2x kn. (o`quv qo`llanma). - M., 2003 g.
9.Yu.Asadov,   R.Musurmanov.O’smirlar   deviant   hatti-harakatning   ijtimoiy
psixologik xususiyatlari T;-Sano-standart-2011

Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiypedagogik faoliyat REJA: 1.Chaqaloqlik davrida ijtimoiylashuv moslashuv. 2.Go‘daklik davrida ijtimoiy moslashuvning o ‘ziga xosliklari. 3.Maktabgacha ta'lim muassasalarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.

Bolalarni taraqqiy etishini tushuntirib berishga uringan eng keksa nazariya “Bola katta yoshli kishining kichik nusxasi” degan so’z bilan ta’riflanadi. Bu nazariya tarafdorlari bola sifat e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo’yi, shuningdek tasavvurlari, xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin kichkina bo’lgan katta yoshli kishilardir deb ko’rsatishga urinadir. Lekin bola psixikasining sifat jihatidan o’ziga xosligini tushuntirib bera olmaydilar va taraqqiyotning asosiy sabablarini yoritib bera olmaydilar. XVIIasrdan boshlab filosofik va psixologik yo’nalishlarda bolaning taraqqiyoti haqida kurash boradi: psixologik yo’nalish tarafdorlari psixik taraqqiyot butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog’liq deydilar. Xo’sh odam psixikasi va xatti harakatlarida bor bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarni nima bog’laydi –tabiiy, tug’ma xususiyatlarmi yoki hayot davomida orttirgan xususiyatlarmi? degan muammoda turlicha qarashlar maydonga keldi . Go’daklik davri bolaning tug’ilgandan 1 yoshgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Uning dastlabki 1-oyi chaqaloqlik davri deb yuritiladi. Bolani dunyoga kelishini o’zi bir mo’’jiza, bu esa oilada homilador ayolga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishni talab qiladi. Oilada farzand dunyoga kelishi sezilishi bilanoq xomilador ayolga qulay sharoit yaratish atrofdagilar uchun shartdir. CHunki ayol homiladorlikning 2-3 oyligida muhitda va o’zida o’zgarishlar seza boshlaydi. Ayoldagi jismoniy o’zgarishlardan tashqari uning ruhiyatida ham bir qancha psixik o’zgarishlar sodir bo’ladi, ayolning ruhiy holati tug’ilajak farzandning psixik rivojlanishiga, jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Homilador ayol psixik holatiga qarab farzand rivojlanib boradi. SHuning uchun farzand har jihatdan sog’lom o’sishi uchun ota –onaning sog’ligi va atrof muhitning sofligi, oila tinchligi katta ahamiyatga ega. Buyuk bobomiz Amir Temur ham ayollari homilador bo’lsalar, ularni tog’li, xavosi musaffo joylarga olib borib turarkanlar. Ayolni turli jiddiylik xolatlaridan saqlash va manzarali tabiati go’zal joylarga ko’proq sayr qilishni ta’minlash, tinch sokin bo’lishni ta’minlash kerak.

Bu tavsiyalar avvalo homilador ayollarni o’zlariga tegishlidir, chunki eng mas’ul shaxs ayolning, onaning o’zidir. SHunday qilib, bunday tadbirlar vositasi ila bola dunyoga keldi deylik, endi ota –ona zimmasida bu go’dakni har jihatdan sog’lom qilib voyaga yetkazishdek ulkan vazifa turibdi, chunki yangi tug’ilajak chaqaloq ham jismoniy, ham psixik jihatdan juda zaif bo’ladi. CHaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, xavoning o’zgarishiga, moddalar almashinuviga moslashishi va boshqalar uni organizmi orqali amalga oshiriladi. CHaqaloqning tug’ilishi sifat o’zgarishlari daqiqasi, ijtimiy rivojlanishning yangi ko’rinishi boshlang’ich nuqta ekanligi bilan ahamiyatga ega. Bolaning psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy faktorlardan tashqari bolani faolligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolalar psixologiyasi bolaga tarbiyaning pasiv “ob’ekti” deb qaramaydi, balki bola psixikasining taraqqiyotida bolaning aktiv faoliyatini to’g’ri tashkil qilib, yo’lga solib tursa, undagi mavjud sifatlar faoliyatining har xil turlarida namoyon bo’lib o’sayotganini hisobga olib tursagina tarbiya muvoffaqiyatli bo’ladi. Bola psixikasi o’yin, o’qish, o’rganish, mehnat va ijtimoiy faoliyat jarayonida tarqqiy etadi. Har bir faoliyat bolaning hayotini o’zgarishi bilan turli yoshda turlicha xarakter kasb etadi. Agar bog’chagacha va bog’cha yoshi davridagi bolalarning yetakchi faoliyati o’yin bo’lsa, maktab yoshidagi bolalar faoliyati o’qish, o’rganishdan iboratdir. O’yin yoki o’qish, o’rganish, mehnat yoki ijtimoiy faoliyat turlari orasida keskin chegara bo’lishi mumkin emas. Maktab yoshi davrida o’yin ham saqlanadi, u hatto katta yoshli kishilar hayotida ham u muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat faoliyatiga esa biz bolalarni juda yoshligidan jalb qilamiz. Lekin har bir faoliyat turi ham o’z mazmuni bilan bolaning ham jismoniy, ham psixologik tomondan rivojlanishi imkonini beradi. Bola psixikasining taraqqiy etishda o’yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning psixik taraqqiyotini o’yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. CHunki, o’yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham

rivojlanadi. O’yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o’rganibgina qolmay, balki nutq so’zlashga, mustaqil fikrlashga xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o’rganadi. Rus pedagogi A.S. Makarenko “Bola o’yinda qanday bo’lsa, o’sib ulg’aygach ishda ham ko’pincha, ko’p jixatdan shunday bo’ladi” –deb to’g’ri aytgan edi. A.M. Gorkiy “O’yin bolalar yashayotgan va o’zgartirishi ish lozim bo’lgan dunyoni bilish yo’lidir”-deb bejiz aytmagan. Haqiqatdan ham o’yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o’rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Bolaning o’yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o’zgarib turadi. O’yin doimo o’zgarib turganligi tufayli bola o’ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga kishilarga, narsalarga va o’ziga bo’lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o’zgarib turadigan o’yin jarayonida namoyon bo’ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o’yin jarayonida bevosita rivojlanadi. O’yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o’yin jarayonida faqat namoyon bo’libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o’zlashtiriladi. SHuning uchun psixologiya nuqtai nazardan oqilona ya’ni to’g’ri tashkil qilingan o’yin bola shaxsini har tomonlama o’stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida –sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi. O’yin o’z mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti –harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo’lishi tufayli bolalarda ma’naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob – axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Bola o’yin jarayonida tabiblik yoki muallimlik rolini bajarayotgan bo’lsa, shu kasbga tegishli barcha sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o’yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo’ladi. Bolalar uchun o’yin

mazmunining hech bir chegarasi yo’q. Bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o’z o’yinlarida aks ettira oladilar. O’yinning ahamiyati bola shaxsining o’sib kamolotga yetishiga ta’sir ko’rsatishdin iboratdir. O’yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o’rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o’z-o’ziga munosabati o’zgarayotgan o’yinda namoyon bo’ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (xavas) lari bevosita o’yinda ifodalanadi. O’yin bolalarning xayolparastligi tufaydi narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul tomonga “o’zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir. Bog’cha yoshi davrida bola o’yin faoliyati bilan birga ta’limiy mashg’ulotlarda ham ishtirok etadilar. Maktabgacha tarbiya yoshi davridagi ta’limiy mashg’ulotning asosiy mazmuni bolani atrof hayotdagi narsa va hodisalarning asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish, og’zaki nutqni lug’at boyligi, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, grammatik tomondan to’g’ri so’zlashlikka o’rgatish, bog’lanishli nutqni shakllantirishdan iborat, elementar mavhum tushunchalarga ega bo’lish, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at qirqib yopishtirish, rasm, loy yoki plastilindan turli buyumlar yasash, qurilishi materiallar bilan ishlash, muzika va boshqa mazmundagi mashg’ulotlar bolani aqliy jihatdan maktab ta’limini egallashga tayyorlash imkonini beradi. Keyinchalik bolaning hayotiga alohida faoliyat turi kirib keladi. Bu faoliyatni shunday turiki uning bevosita maqsadi yangi-yangi informatsiyalar, harakatlar va ish-harakatlari shakllarini o’zgartirishdan iboratdir. Sub’ektning o’z maqsadi o’rganishdan iborat bo’lgan mana shunday maxsus faoliyat ta’lim jarayonidir. Ta’lim maktabda yetakchi faoliyat bo’lib u quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: a) ma’lum bir faoliyat turini muvafaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimdir);