Ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar. Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyasi
Mavzu: Ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar . Ijtimoiy pedagog ik faoliyat metodikasi va texnologiyasi REJA: 1.Ilmiy tadqiqotning mohiyati. 2.Ijtimoiy-pedagogik tadqiqotning bosqichlari va metodlari. .
Metodlar -o’rganilayotgan ob’ektning mohiyati va qonuniyatlaridan kelib chiqib, borliqni amaliy va nazariy o’zlashtirish usullaridir ijtimoiy pedagogika esa pedagogikaning bir sohasi bo’lib, uning metodlarini pedagogikada qo’llanadigan tarbiyalash va o’qitishning an’anaviy metodlariga tayanamiz, boshqa tomondan ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiyaning ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy faoliyat bilan o’zgarib bormoqda. YAna shuni yodda tutish kerakki, buning diqqat markazimizda bola va uni o’rab turgan ijtimoiy muhit turadi ijtimoiy pedagog esa bolaga muammolarni uni ijtimoiylashish jarayon hal qilishga yordam beradi . Ijtimoiy pedagogika bola bilan bevosita yoki bilvosita - oila, do’stlari, bolalar jamoasi orqali ta’sir o’tkazadi. U qandaydir qisqa muddatli vazifalarni bajarilishi yoki, bola bilan uzoq vaqt davomida ishlashi mumkin oqliqligini hisobga olamiz. Ijtimoiy pedagog metodlar orqali bolaning ongi, xulqi his-tuyg’ulariga maqsadga muvofiq ta’sir o’tkazilish hamda uni o’rab turgan ijtimoiy muhitga ta’sir o’tkazilishi mumkin. Metodlar - bolaning ijtimoiylashilishi va tiklashda hamkorlik qiluvchi, pozitiv ijtimoiy tajriba to’plashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va bolaning o’zaro boqliq hatti- harakatlari usullaridir. Ijtimoiy pedagogika ham pedagogikaning eng yangi sohalaridan biri bo’lib, ijtimoiy - pedagogik faoliyat yangi shakllanayotgani uchun uning metodlar tizimi haqida gapirish juda erta . SHuning uchun ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishdagi metodlardan keng foydalanadi. U shakllanishi bosqichida o’z kasbiy faoliyatni bajarish uchun ijtimoiy pedagog alohida usullardan tashkil topgan metodlarni egallashi kerak. Metodlar, usullar va vositalar shu tariqa bir - birlari bilan bog’liqki, metodlar va usullar holatda vositalar rolini bajarishi mumkin. Ijtimoiy pedagogik faoliyatda ishontirish va mashq qilishi metodlari keng qo’llaniladi, Bu metodni qo’llashning xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy pedagog qaysidir sabablarga ko’ra odob - axloqning umumqabul qilingan me’yorlari shakllanmagan yoki noto’g’ri shakllangan bola bilan ish olib boradilar.
SHu jamiyatga qabul qilishgan hayot me’yorlari, ular to’g’risidagi to’g’ri va aniq tasavvurning yuzaga kelishi, og’ir - oqibatda shaxsning ishonchi uning hayotdagi o’rnini shakllantiradi, bilim va ular haqidagi tasavvur bilan boqliq. Ishontirish metodi jamiyatda qabul qilingan me’yorlarni bola xulqi va faoliyoti motivlariga ko’chirishga yordam berib, e’tiqodni shakllantiradi. E’tiqod - bu bolaning ma’naviy bilimlarining xaqiqiyligi va adolatliliga qat’iy ishonch bo’lib, u shaxsning ahloqiy faoliyatga va harakatiga ichki xohishdir. E’tiqod - bu muayyan harakatning zarurligi va to’g’riligi tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida ijtimoiy pedagog bolaning ongli, his-tuyg’ulari va irodasiga ta’sir o’tkazadi. Ishontirish metodi maqsadga erishishi uchun bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning xulqi, qiziqishlari, shaxsiy tajribasini hisobga olish zarur. Ishontirishning asosiy qismi talab qilishdir. Uning asosiy vazifasi shundan iboratki, bolalar oldiga vazifa qo’yilib, axloq - odob qoidalarining mazmunini ularning ongiga yetkazishi va kelgusi faoliyat mazmunini aniqlashdan iborat. Ishontirish quyidagi pedagogikaga ma’lum bo’lgan metodlar orqali amalga oshiriladi, ya’ni hikoya, leksiya, suhbat, disput. Hikoya va leksiya - bir kishi ijtimoiy pedagog tomonidan olib boriladigan metodning monologik formasi. Hikoya kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashda qo’llaniladi, u uzoq vaqt cho’zilmaydi, aniq va ravshan faktlarga asoslanadi. Leksiya katta yoshdagi bolalariga qo’llaniladi, vaqti uzoqroq bo’lib, murakkab axloqiy tushunchalar ( gumanium, do’stlik, yaxshilik) ni ochib beradi. Suhbat va disput - dialogik shakldagi usul, bunda bolalarning ishlash muhim. Suhbat - bu savol - javob metodi ijtimoiy pedagog suhbatni shunday olib borishi kerakki, savollarni nafaqat u, balki bolalar ham bersin. O’smirlar uchun disput metodi qo’llanadi, bu metod fikrlarini shakllantiradi.
SHunday qilib ishontirish - bu ma’lum axloqning to’g’riligi va zarurligini tushuntirish va isbotlash. Agar ishontirish bola ongini «programmalashtirilsa, mashq qilish bilim - ko’nikma va malakalarini shakllantiradi». Mashq qilish ohir - oqibatda bolalarda odob - axloqni shakllantirishi uchun zarur. Axloqiy mashqlar deganda, bolalar faoliyati va harakatlarining zarur bo’lgan ko’nikma va odat hosil bo’lib, mustahkamlanishga qadar bo’lgan ko’p marta takrorlanuvchi harakatga aytiladi. Ko’nikma va odatlarning shakllanishi quyidagi usullardan iborat: vazifani qo’yish, uning bajarilishi qoidalarini tushuntirish va talab uyg’otish, amalda qilib ko’rsatish, amalliy mashqni tashkil qilishi, talab qo’yishi, talabni bajarishni zslatish va uniig bajarilishini kuzatib borish. Malaka va odat o’rtasida ma’lum distansiya bor. Bu malakani shakllantiramiz keyin ma’lum vaqt muntazam mustahkamlab borib, uni odatga aylantiramiz. Mashq qilishi metodining unumliligi ijtimoiy pedagogning mashq qilishini o’yin shaklida tashkil qilishi orqali oshadi. Mashq qilishi va ishontirish metodlari o’zaro chambarchas boqliq.. Ijtimoiy pedagogik metodlar orasida muhim guruhni korreksiya metodlari tashkil qiladi, unga rag’batlantirish va jazolash metodlari kiradi. Ijtimoiy - pedagogogika tarixi guvohlik beradiki, rag’batlantirishi va jazolash - bola shaxsiga ta’sir qilishining murakkab usullari. Rag’batlantirish va jazolash bir maqsadga yo’naltirilgan - ya’ni ma’lum axloqiy sifatlarni bola harakterida shakllantiradi. Lekin bu maqsad turli yo’llar bilan amalga oshiriladi: rag’batlantirish harakat va holatni ma’qullaydi, jazolash noto’g’ri harakat va faoliyatni qoralaydi, unga yomon baho beradi. Jazolash va rag’batlantirish bola harakati va uning oqibati orasidagi muqarrar boqliqlikni eslatadi (rag’batlantirish - qoniqish, jazo - norozilik). Ijtimoiy pedagogning amaliy faoliyatida bu metodlarning turli xil turlari qo’llanilishi mumkin.
Modomiki, bolalarda adashish va hato qilish xos ekan, qayta ishontirish, ogohlantirish, qiziqishlarini o’zgartirish va jazolash metodlarni qo’llash mumkin. Qayta ishontirish bola ongidan noto’g’ri tasavvurlar, hato hayotiy rejalarni, aqliy tasavvurlar va qarashlar orqali surib chiqarish. Bu ishontirish metodining bir turidir . Ogohlantirish ijtimoiy pedagog va pedagog faoliyatiga keng qo’llaniladi va u bola noto’g’ri harakatni oldini oladi va noto’g’ri faoliyatga yo’l qo’ymaydi. YUqorida ko’rib chiqilgan metodlar ijtimoiy pedagogikada alohda emas balki bir - biri bilan bog’iq holda qo’llaniladi. Ijtimoilashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar. Ijtimoiy maqom va o’rinlar, ijtimoiy o’zini tutish me’yor va kiradilar.Haqida ko’pgina bilimlarni o’zlashtiradi. U shuningdek integratsiyasn va jamiyatta kirishiga yordam beraligan turli xil malaka va ko’nikmalarni egallaydi. Agar normal bolada normal bola (jismonan va psixik sog’lom) tug’ilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlariga ko’ra sodir bo’ladi. Bola avval jismoniy maqomni o’zlashtiradi, unda yo’lini topishga o’rganildi: emaklash, o’tirish, yurish, yugirish va h. Bola yaqin kishilarini ajratadi otani, onani, aka-ukalarini o’z ismiga egaligiga o’rganadi, o’nta javob berishni boshlaydi. Bolada ijtimoiy xush ko’rishlar, his tuyg’ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi. Bola ijtimoiy rivojlanishda nuh xazinasidagi bor narsa til yordamida bola diliga o’tadi. Tilda xalq tarixi, harakteri, odatlari, an’nalari saqlanib qoladi. Tilni o’zlashtirib, bola xalq madaniyati, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy an’analarni ham o’zlashtiradi. Eng muhim bo’lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o’yinlarda sodir bo’ladi. O’yinlar yordamida bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi. Agar bolalar jismoniy va psixik kamchiliklar bilan tug’ilsa, unla ijtimoiy tajribani o’zlashtirilishi ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug’ilsa bu haqida bolaning ijtimoiy tiklanishi ko’p holda bunga tayyor bo’lmagan ota-onalar zimmasiga