«O’ZBEK TERMINOLOGIYASI» FAN SIFATIDA






« O’ZBEK TERMINOLOGIYASI » FAN SIFATIDA Reja: 1. « O’zbek terminologiyasi » fan sifatida. 2. Termin va terminologiya haqida tushuncha . 3. O’zbek terminologiyasi ning o’rganish ob’yekti .
Tilda shunday so’zlar borki, ular fan, texnika, adabiyot, san’at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib, bir ma’noda ishlatiladi. Bunday so’zlar terminlar deb ataladi. Termin (lot. terminus - chek, chegara, chegara belgisi). Fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so’z yoki so’z birikmasi; atama. Terminlar bir ma’noli bo’lishi, ekspressivlik va emosionallikka ega bo’lmasligi kabi belgilari bilan ham umumiste’moldagi so’zlardan farqlanadi. Mas, lingvistik terminlar: gap, ega, ot, son, tovush...; geometriyaga oid terminlar: aylana, uchburchak...; fizikaga oid terminlar: jism, bosim, harakat, maydon; kimyoga oid terminlar: suv, kumush, ishqor, tuzlar va b. Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda maxsus sohalarda qo’llanuvchi so’z va so’z birikmalari termin sifatida talqin qilinadi. Aksariyat tilshunoslar to’liq asos bilan termin, eng avvalo, til lug’aviy tizimining teng huquqli a’zosi ekanligini ta’kidlaydi 1 . Har bir sohaga oid terminlar birlashtirilib terminologiya deb yuritiladi. Terminologiya (termin+logos - so’z, ta’limot) ikki xil ma’noda qo’llaniladi. 1. Biror ilm, kasb va boshqa sohaga oid terminlar majmui. Mas, grammatik terminologiya, san’at terminologiyasi va b. 1. Tilshunoslikning terminlarni o’rganuvchi bo’limi. Ayrim olimlar mazkur terminni 3 xil ma’noda qo’llanilishini ta’kidlab o’tadi: 1) Biror ilm, kasb va boshqa sohaga oid terminlar majmui. 2) Tildagi barcha terminlar majmui. 3) Tilshunoslikning terminlarni o’rganuvchi bo’limi 2 . Demak, terminologiya deganda uch ma’no anglashiladi: terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan bog’liq bo’lgan terminlar tizimi, til tizimidagi barcha terminlar hamda tilshunoslikda terminlarni o’rganuvchi bo’lim sifatida qo’llaniladi. Ammo keyingi paytlarda bu terminologiya ko’proq nazariy 1 Виногравдов В.В. Вступительное слово ва Всесоюзном терминологическом совещании // Вопросы терминологии. – Москва, 1961. – С.3-10. 2 Гринев С.В. Введение в терминоведение. – М., 1993. – С. 309; Шелов С.Д. Терминология, профессиональная лексика и профессионализмы (к проблеме классификации специальной лексики) // Вопросы языкознания. – 1984. – № 5. – С. 76-87.
aspektda qo’llanmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, terminologiyaning predmeti muayyan sohaning tushunchalar bilan bog’liq bo’lgan terminlar tizimi bo’lib, uning vazifasi soha terminlarining nazariy-metodik asoslarini ishlab chiqish dan iborat. Terminologiya maxsus so’zlar, maxsus leksika deb ham ataladi. Maxsus leksika deganda ma’lum bir sohaga tegishli lug’aviy birlik va ularga tenglashgan birikma tushuniladi. M: lingvistik terminologiya, fizik terminologiya 3 . A.Reformatskiy bu xususda shunday yozadi: ‘‘... terminlar - bu maxsus so’zlardir’‘. Xullas, terminologiyaga oid adabiyotlarda terminologiya - maxsus so’zlar - atamashunoslik - terminologik tizim kabi terminlar parallel qo’llaniladi. Terminologiyadagi tizimlilik, birinchi navbatda, ilmiy bilimning o’zi tizimli ekanligi va iyerarxik tarzda tuzilganligi bilan aloqador. Keltirilib o’tilgan fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, ‘‘terminologiya ‘‘ va terminologik tizim’‘ tushunchalarini farqlash lozim. Lekin B.N.Golovin ‘‘terminologiya’‘ va ‘‘terminologik tizim’‘ ifodalarini ‘‘professional faoliyat sohalariga aloqador bir - biri bilan tushunchaviy, leksik - semantik, so’z yasalishi va grammatik darajalarda bog’langan terminlar majmui’‘ni bildiruvchi sinonimlar sifatida ishlatishni taklif qiladi. Boshqa mualliflar esa, aksincha, ‘‘terminologiya’‘ va ‘‘terminologik tizim’‘ tushunchalarini farqlash lozimligini uqtirishadi, ya’ni ‘‘terminologiya’‘ tushunchasi ostida stixiyali tarzda to’planib boruvchi terminlar majmuini, ‘‘terminologik tizim’‘ deganda esa inson bilimlari yoki faoliyatining ma’lum bir ixtisoslashgan sohasini tasvirlovchi tushunchalar tizimini adekvat ifodalovchi tartibga solingan terminlar majmui’‘ni tushunishni taklif etishadi. Umuman olganda, terminologik tizimlar boshqa til tizimlaridan farqli ravishda ilmiy tushunchalarni tasniflash, sistemalashtirish va belgilash jarayonlarida yuzaga keladi. Terminologiyaning tizimli ekanini til doirasidan chiqmay turib asoslab bo’lmaydi. 3 Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент,
Xulosa qilib aytganda, olimlar bu tushunchalar o’rtasidagi prinsipial farqni terminlar majmuining tartibga solingan yoki solinmaganligida, deya belgilashmoqda. Boshqacha aytganda, terminologiyaning terminologik tizimga aylanishida uning tartibga solinganlik omili muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari , termin - atama-so’z termin, terminologiya - atamashunoslik kabi tushunchalar adabiyotlarda yonma-yon qo’llanilib kelmoqda. «O’zbek tilining izohli lug’ati»da quyidagicha ta’rif keltirilgan: Atama - 1. ayn. termin. 2. Umuman, nom. Pekin shamanni har bir xalq o’z tilidagi nom, atama bilan yuritib kelgan. «Fan va turmush». Respublikamizning o’zidagina 400 dan ortiq turli tuman qovun atamalari mavjud ekan. «Fan va turmush». Atamashunos - atamalar bilan shug’ullanuvchi mutaxassis. Atamashunoslik - atamalarga oid ilm; atamalarga oid masalalar bilan shug’ullanuvchi soha. Shu munosabat bilan mamlakatda Atamashunoslik qo’mitasi tuzildi. Gazetadan 4 . Ayrim olimlarning fikricha: ‘‘ Termin ’‘ so’z ini belgilash uchun uni “ atama ’‘ so’zidan farqlash hamda bu ikki til birligini bir-biridan chegaralash maqsadga muvofiqdir. ‘‘Atama’‘ bu har qanday predmet, belgi xususiyat n i atash mumkin bo’lgan umumiy tushunchadir. Adabiyotlarda bu ikki so’zni biri o’rnida ikkinchisi qo’llanaveradi. Ammo olimlar tomonidan professional so’zlarning terminologik leksikadan ajratib o’rganish lozimligi tavsiya qilinganligi 5 masalaning o’ziyoq terminologik tadqiqot ishlarining murakkabligidan dalolat beradi 6 . Keyingi yillarda terminologiya (atamashunoslik) ning shakllanishi va rivojlanishi (terminlar haqidagi bilimlar, fan-texnika rivojlanishi tufayli o’zlashayotgan terminlar va boshqalar) natijasida terminologiya hamda tilshunoslikda terminlarni o’rganuvchi bo’lim o’rtasida har xil qarashlarning yuzaga kelishi fanni mutaxassislari va bilimlarni yetkazishda qarama-qarshi fikrlar 4 O’zbek tilining izohli lug’ati. – То shkent, 2006. 4- tom . –Б.113. 5 Усмонов С. Ўзбек тили терминологиясининг баъзи масалалари. – Тошкент, 1962.- Б.17. 6 Жўрабев А., Собиров А. Халқ томоша санъати терминларини тартибга солишнинг айрим масалалари / Ўзбек терминологияси ва унинг тараққиёти перспективалари. – Тошкент, 1986. – Б.82.
paydo bo’ldi. Bunday muammolarning kelib chiqishi terminologiya fanini yuzaga kelishi va terminologiya sohasini tizimlashtirishga olib keldi. Terminologiyaga kirish - tilshunoslikda til tizimining terminlarini o’rganuvchi soha. Terminologiyani o’rganish bo’lajak filolog mutaxassislar uchun lingvistik dunyoqarashni shakllantirish, o’z ishiga ijodiy munosabatda bo’lishda katta yordam beradi, chunki terminologik tizimning o’rganilishi tarixi, uning o’ziga xos qonuniyatlarini bilish talabalarning lingvistik bilim doirasini kengaytiradi. Jahon terminologiya tizimini ko’zdan kechirish, undagi eng qimmatli lingvistik qarashlarni tanqidiy o’rganish, o’tmishning eng yaxshi lingvistik an’analarini rivojlantirish muayyan sabablar bilan bog’liq: a) terminologiya sohasi yutuqlariga nisbatan bo’lgan lingvistik munosabatga barham berildi; b) termin, terminologiya, terminografiyaga ijodiy yondashish vujudga keldi; v) hozirgi zamon terminologiyasining ko’pgina hal qilinmagan muammolarini o’rganish uchun o’tmish terminologiyasi yutuqlarini tanqidiy nuqtai-nazardan ko’zdan kechirish zarurligi amaliy jihatdan isbotlandi. Bundan tashqari, b ugungi kunda dunyoda 20 mingdan ortiq terminologik standartlar mavjud. Terminologik tizimlarni tashkil qilish uchun maxsus standartlar nafaqat davlat va xalqaro miqyosda, balki ayrim kompaniyalar va firmalarda ishlab chiqilgan. Bunday sharoitda atamalar va terminologik tizimlarni birlashtirish nafaqat ilmiy, balki amaliy vazifadir. Tizim atamalarining noaniqligi, omonimiya, tizimlar o'rtasida muvofiqlikning yo'qligi ilmiy va texnologik taraqqiyot, ishlab chiqarishni rivojlantirishga jiddiy to'siqdir. Shunga ko’ra, terminologiya sohasi muammolarining takomilini o’rganish fan tarixidagi qarashlarni chuqur tushunishga, terminlarni o’rinli qo’llay olishga, ularning izohini bilishga, to’g’ri izohlay olishga olib keladi.