logo

ESKI TURKIY TIL TERMINOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.3037109375 KB
ESKI TURKIY TIL TERMINOLOGIYASI
Reja:
1. Ilk eski turkiy til obidalariga Qoraxoniylar  davri yodgorliklari
2. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”  asari
3. O’zbek  terminologiya sining shakllanishida Mahmud  
Zamaxshariyning  o’rni Turkiyshunoslikda   eski   turkiy   til   tushunchasi   ostida   XI-XIV   asrlarda
turkiy   til   xususiyatlarini   aks   ettirishga   yo’naltirilgan   nafaqat   turkiy,   balki
noturkiy   tillarda   yaratilgan   manbalar   ham   nazarda   tutiladi.   Eski   turkiy   til
manbalari   muayyan   til   qoidalari,   ularda   yuz   bergan   jarayonlar,   qolaversa
yozilish tarixi nuqtai nazaridan ilk eski turkiy til (XI-II) va XIII-XIV asrlarda
qo’llangan   eski   turkiy   til   tarzida   tasniflanadi.   Sakkizinchi   asrdan   e’tiboran
arab   tili,   arab   xati   va   islom   mafkurasining   Turonzaminda   qaror   topishi,   bir
qator   mahalliy   sulolalar   (qorxoniylar,   g’aznaviylar,   saljuqiylar)ning   birin-
ketin   siyosat   sahnasiga   chiqishi   singari   obyektiv   jarayonlar   ostida   o’zligini
yo’qotmagan eski turkiy til (XI-XIV)da terminologik leksika ko’lamining bir
qadar kengayganini kuzatish mumkin. 
Ilk   eski   turkiy   til   obidalari   sirasiga   asosan   qoraxoniylar   sulolasi
hukmronlik   qilgan   vaqtda   yuzaga   kelgan   Yusuf   Xos   Hojibning   ‘‘Qutadg’u
bilig’‘,   Mahmud   Qoshg’ariyning   ‘‘Devonu   lug’otit   turk’‘,   Ahmad   adib
Yugnakiyning   ‘‘Hibat   ul-haqoyiq’‘,   Ahmad   Yassaviyning   ‘‘Hikmatlari’‘,
Mahmud   Zamaxshariyning   ‘‘Muqaddimat   ul-adab’‘,     muallifi   noma’lum
‘‘O’g’uznoma’‘   singari   asrlar   taalluqlidir.   Bu   asarlar   shuningdek   dz   tilli
manbalar   deb   yuritiladi.   Ma’lumki,   qadimgi   turkiy   tilning   o’ziga   xos
jihatlaridan   biri   yadag’   ‘‘yayov,   piyoda’‘,   adag’   ‘‘oyoq’‘,   adgu   ‘‘ezgu’‘,
qadg’u   ‘‘qayg’u,   alam,   iztirob’‘singari   leksemalarning   inlautida   d   fonemasi
ishlatilgan.  X-XI   asrlardan  e’tiboran  mazkur  fonemaning   dz   shakliga  o’tishi
qonuniyat   tusini   olaboshlagan   va   keltirilgan   so’zlar     adzag’,   adzag’,   adzgu,
qadzg’u  tarzida qo’llanishda bo’lgan. 
XIII-XIV   asrga   keli b   dz   tovushining   sekin-asta   y   tovushi   bilan
almashilish   jarayoni   kuzatiladi.   Ushbu   jarayon   taxminan   XV   asr   boshlariga
qadar   davom   etgan.   Ya’ni   yadzag’,   adzag’,   adzgu,   qadzg’u   kabi   sof   turkiy
so’zlar   yayag’,   ayag’,   ezgu,   qayg’u   shakllari   dam   qo’llanavergan.   Ba’zi
manbalar   matnida   har   uchala   shaklli   so’zlarning   ishlatilganining   guvohi bo’lamiz,   Masalan:   Nosiruddin   Rabg’uziyning   1310   yilda   Raboto’g’uz   beki
Nosiruddin   To’qbo’g’abek   iltimosiga   ko’ra   yaratilgan   ‘‘Qisas   Rabg’uziy’‘
asari   tilida   ‘‘quduq’‘   ma’nosini   ifodalash   uchun   nafaqat   so’zning   asar
yaratilgan   davrga   oid   qudzuq,   quyuq   shakllari   balki   qadimgi   quduq   shakli
ham   ifodasini   topgan.   Mazkur   ashyoviy   material   XIV   asrda   Xorazmda   d
tovushining   dz   tovushiga  o’tish   jarayoni  to’la-to’kis  yakunlamaganligi,   ayni
chog’da   tilda   yetakchilik   qilgan   dz   tovushining   y   tovushiga   o’rini   bo’shatib
bera   boshlaganidan   dalolatdir.   Ma’lumki,   hozirgi   o’zbek   adabiy   tilida
yuqorida   tahlilga   tortilgan   leksemaning   quduq   rudiment   shakli   saqlanib
qolgan.
Qoraxoniylar   hukmronligi   davrida   fotih   arablar   hamda   salkam   yuz   yil
taxt   tepasida   turgan   somoniylar   vaqtida   qaddi   dol   holatiga   tushib   qolgan
turkiy   tilning   qomati   ma’lum   darajada   rostlandi,   unda   bir   qator   badiiy,
didaktik,   diniy,   tarixiy   asarlar   yaratildi.   Bizning   kunimizga   yetib   kelgan
obidalar   matnidan   eski   turkiy   til   so’z   boyligining   o’ta   rang-barang,   miqdor
jihatdan   salmoqli,   asosan,   o’z   qatlamdan   iborat   bo’lganligini   ilg’ash
qiyinchilik   tug’dirmaydi.   Ayni   chog’da   eski   turkiy   til   so’z   boyligining
rivojlanishda   arab,   fors-tojik   tillarining   ham   sezilarli   ta’siri   bo’lganligini
inkor   etish   mumkin   emas,   albatta.   Eski   turkiy   til   leksikasining   o’ziga   xos
jihatlari   o’sha   davrlarda   tuzilgan   leksikografik   manbalarda   ravshan   aksini
topgan. Boy  madaniy  merosga ega  bo’lgan  turkiy xalqlar,  jumladan,  o’zbek
xalqining   tarixida   Mahmud   Koshg’ariyning   ‘‘Devonu   lug’otit   turk’‘   asari
alohidaahamiyatga   molik.   ‘‘Devon’‘   o’z   davridagi   turkiy   qabilalarning   so’z
boyligi, lug’atini izohlashga, so’zlarning ma’no va ma’no nozikliklarini ochib
berishga,   turli   qabila   tillari   o’rtasidagi   xarakterli   fonetik   va   morfologik
farqlarni   ko’rsatishga   mo’ljallangan.   Bu   jihatdan   lug’at   S.Mutallibov
ta’kidlaganidek, faqat izohli lug’atgtna bo’lib qolmay, XI asr tilining fonetika
va   grammatikasi   hamdir.   ‘‘Devon’‘   XI   asrda   Markaziy   Osiyoda   istiqomat qilgan   turkiy   qabilarlar,   urug’lar,   qavmlar   va   ularning   til   xususiyatlarini
o’rganishda,   izlanishlar   olib   borishda   hamda   hozirgi   turkiy   xalqlarning
shakllanish va qaror topishini belgilashda muhim siyosiy-ijtimoiy ahamiyatga
ega.   Mahmud     Qoshg’ariyning   sa’yharakati,   ona   tiliga   bo’lgan   cheksiz
muhabbati,   qolaversa,   elga,   yurtga   bo’lgan   fidoyligi   natijasi   o’laroq   dunyo
yuzini ko’rgan bu lug’at qadimgi turkiy til, eski turkiy va eski o’zbek adabiy
tili  obidalarini tushunish  va  o’rganish  yo’lida qimmatli qo’llanma  vazifasini
o’taydi.   ‘‘Devon’‘   Muqaddima   va   Lug’at   qismidan   iborat   bo’lib,
muqaddimada   muallif   turk   tilining   ahamiyati   va   xususiyatlari,   o’z   oldiga
qo’ygan   maqsadi,   asarning   strukturasi   va   tartibi,   qo’llanilgan   yozuv-alifbo,
fe’llardan yasalgan ismlar, so’zlarning tuzilishi va o’zgarishi, tilga olinmagan
sifatlar,   masdarlar   xususida,   turk   tabaqalari   va   qabilalari   borasida   qisqacha
ma’lumot   keltiradi,   ularning   yashash   joylarini   doira(xarita)da   tasvirlaydi.
Lug’at   qismida   lug’atnavis   o’sha   davrda   qo’llanishda   bo’lgan   barcha
turkiycha   so’zlarni   qamrab   olishga,   izohlashga   harakat   qilgan,   ularni   yetarli
darajada ilmiy, tarixiy aspektlarda keng va to’liq yoritib bergan. Muallifning
ta’kidlashicha,   tilda   iste’modan   chiqqan   so’zlar   lug’atga   kiritilmagan,   Zero,
ishlatishdan qolgan   raqa, aquz, ziqi, ziq   kabi so’z (istorizm)larni izohlashga
hojat   bo’lmagan.   Ayni   paytda   Mahmud   Koshg’ariy   eskirgan   (arxaizm)   so’z
namunasini ko’rsatib, ularning adad jihatdan ko’pligini e’tirof etgan. Bu holat
‘‘Devon’‘da izohlangan tilning juda qadimiyligini belgilaydi. Lug’atdan o’rin
olgan   so’zlar   ikki,   ya’ni   ism   va   fe’llarga   taqsimlangan   holda   izohlangan.
Dastlab   ismlar,   so’ngra   fe’llar   berilgan.   Ismlarda   ham,   fe’llarda   ham   oldin
hamza ( u, o, a)  harflari bilan boshlagan so’zlar, keyin maxsus alifbo tartibida
b, t ba   h.k. harflar bilan boshlangan leksemalar izohini topgan. ‘‘Devonda’‘
oz harfli so’zlar oldin, ko’p harfli so’zlar esa keyin berilgan. Lug’at muallifi
eng   kam   harfli   ism   ikki,   eng   ko’p   harfli   ism   yetti   harfli   deb   ko’rsatadi.
Mahmud   Koshg’ariy   lug’at   materiallarini   yig’ish   asnosida   nafaqat   jonli so’zlashuv   tili   materiallari,   shuningdek   eski   turkiy   til   terminologiyasi
tizimiga   doir   ko’pdan-ko’p   terminlarni   ham   to’plagan   va   izohlagan.
Chunonchi,   su   ‘‘lashkar,   armiya ’‘,   oq   ‘‘o’q ’‘,   im   ‘‘parol’‘,   alp   ‘‘qahramon,
botir’‘,   sungu   ‘‘nayza’‘,   urush   ‘‘jang’‘,   atlig’   ‘‘suvoriylar’‘,   tutg’aq
‘‘ayg’oqchi   qism’‘   va   h.k.,   qag’an   ‘‘xoqon’‘,   xan   ‘‘xon’‘,   yafg’u   ‘‘oliy
lavozim   egasi’‘,   tutuq   ‘‘harbiy   gubernator   singari   ijtimoiy-siyosiy   terminlar
shular jumlasidandir va h.k. 
Eski   turkiy   va   eski   o’zbek   adabiy   tili   so’z   boyligini   o’zida   mujassam
etgan   leksigrafik   manbalar   sirasiga   avvalgi   mavzuda   ta’kidlaganidek,   arab
tilida   yaratilgan   bir   qator   risolalarni   kiritish   o’zini   oqlaydi.   Zotan,   ‘‘Kitob
ulidrok’‘,   ‘‘Tarjumon’‘,   ‘‘At-tuhfa’‘,   ‘‘Kitob-ul-bulg’ot’‘,   ‘‘Al-qavonin’‘
singari   filologik   risolalar   asosan   turk   tilini   o’rgatish   uchun   mo’ljallangan
qo’llanma   vazifasini   o’tagan   bo’lsa-da,   biroq   bu   asarlarda   turkiy   tillarning
so’z   boyligi,   ularning   strukturasi,   tematik   guruhlariga   oid   qimmatli
ma’lumotlar aksini topgan. 
Turkiy-qipchoq   tili   fonetikasi,   leksik   boyligi,     morfologiyasini   arab
millati   vakillariga   tanishtirish   uchun   yuzaga   chiqqan   ‘‘Tarjumon   turki   va
ajami   va   mo’g’ali’‘   risolasi   to’rt   qismdan   iborat   bo’lib,   birinchi   qismda
ismlar,   ikkinchi   qismda   fe’l   masdari   buyruq   mayli,   uchinchi   qismda
so’zlarning turlanishi va fe’llarining tuslanishi, to’rtinchi qismda so’zlarning
qo’llanish   qoidalar   haqida   mulohaza   yuritgan.   Asarning   birinchi   ismlar
haqidagi   qismi   26   faslni   o’z   ichiga   olgan.   Bular:   oson   va   unga   tegishli
narsalar, yer va undagi joylar, daraxtlar, mevalar, o’simliklar, ekin va donlar,
qushlar va ularga o’xshash narsalar, yirtqich hayvonlar, hashoratlar, otlar va
ularning   turlari,   ot   abzali,   qurol-aslaha   va   urush   asboblari,   tuya   va
qoramollar, qo’y va echkilar, oziq-ovqat va sutlar, uy asbob-anjomlari, palos,
ayollarga xos narsalar, kiyim-kechak, gazmol, uning xillari, insonning tashqi
va ichki a’zolari, son va sanoq sonlar, hunar turlari, martabalar, kishilarning sifatlari,   har   bir   narsaning   nomi   va   ularning   zidi,   vaqt,   turki   va   turkiy
bo’lmagan   ismlarning   izohi,   ranglar   va   ularning   orttirma   darajalari,
ma’danlar,   qarindosh   urug’lar,   xo’jayin,   qul-cho’ri,   tanish-bilishlar   va   dard-
kasalliklar,   dori-darmonlar   va   o’lim   haqidagi   fasllardan   tashkil   toptirilgan.
Risolada   turkiy   til   so’z   boyligining   qayd   etilgan   usulda   taqdim   etilishi
bugungi   kunda   shakllangan   tezaurus   lug’atlari   tuzish   prinsiplargi   mos
tushadi.
Ayni   shunga   yaqin   fikrni   ‘‘At-tuhfa’‘ning   tuzilishi   borasida   ham
bildirish   mumkin.   Harflar   bo’limidan   keyin   bevosita   so’zlarning   izohi,
ma’nosi   ochilgan.   Izohlanayotgan   so’zlar   qanday   harf   bilan   boshlanishi
jihatidan   guruhlashtirilgan:   hamza   hafi   bilan   boshlanuvchi   so’zlar- tangri
‘‘Olloh’‘ ,   kichi   ‘‘kishi’‘,   qadash   ‘‘aka’‘,   t ul   ‘‘tul’‘,   yalmag’ay,   saqalsiz
‘‘saqolsiz’‘,  solagay  ‘‘chapaqay’‘,  tumav, tumag’  ‘‘tumov’‘ va h.k., b/p harfli
so’zlar   qarin   ‘‘egov’‘,   qizliq   ‘‘qizlik,   bokiralik’‘,   qut   ‘‘baxt’‘,   qizg’ansh
‘‘baxil’‘,   abdal   ‘‘ahmoq’‘,   kol   ‘‘ko’l’‘   va   h.k.   Asar   boy   leksik   materialni
qamrab   olgan   bo’lib,   unda   katta   miqdordagi   sinonimlar,   antonimlar,
omonimlar qatori boshqa filologik risollarda qayd etilmagan leksemalarning
ham mavjudligi bilan ahamiyat kasb etadi. Asarning leksik tarkibi taxminan
8000 ga yaqin so’zlardan iborat  bo’lib,  1729 tasi ot,  1185 tasi  fe’l, 313  tasi
sifat,   92   tasi   son,   53   tasi   olmosh,   34   ravish,   22   tasi   bog’lovchi,   32tasi
ko’makchi,   7   tasi   yuklama,   6tasi   undovlardir.   Asarning   lug’at   qismi   36
tematik   guruhni   tashkil   qiladi.   Asar   muallifi   va   boshqa   tadqiqotchilarning
ta’kidlashicha, ‘‘At-tuhfa’‘ning til materiallari turkiy tillar va shevalarga xos
bo’lib, aralash tilning qipchoq-o’g’uz tipi xususiyatlarini ifodalaydi.
O’zbek leksikografiyasining shakllanishida Mahmud  Zamaxshariyning
(18.03.1075   -1144)   ‘‘Muqaddimat   ul-adab’‘(Adab   ilmiga   muqaddima)   asari
alohida   ilmiy   ahamiyatga   ega.   Otsiz   Xorazmshohga   bag’ishlab   tuzilgan
asardagi   arabcha   so’zlar   ostida   forscha   va   turkiycha   tarjimalarning   berilishi o’zbek   tarixiy   leksikologiyasi,   leksikografiyasi   va   terminologiyasi   uchun
qimmatli hisoblanadi. Lug’at besh qismdan iborat bo’lib, ot, fe’l, bog’lovchi
hamda   ot   o’zgarishlari   va   fe’l   o’zgarishlari   haqida   fikr   yuritiladi.   Lug’at
muallifi asarda o’sha davr arab tilida qo’llanishda bo’lgan hamma so’zlarni,
iboralar, terminlarni qamrab olgan holda izohlashga harakat qilgan, ularning
etimologiyasini   aniqlashga   intilgan.   Lug’at   arabchadan   fors,   eski   o’zbek   tili
(chig’atoy  tili),  mo’g’ul  hamda  turk  tillariga  ilk  bor  1706  yilda  Xoja  Is’hoq
afandi   tomonidan   usmonli   turk   tiliga   tarjima   qilingan.   Zamaxshariyning
mazkur asarida she’rshunoslik, uslubshunoslik xususida ham baxs yuritilgan.
Badiiy tasvir vositalariga aniq, lo’nda izohlar keltirilgan. Chunonchi, kinoya
va   tarz   badiiy   san’atlari   orasidagi   farqni   ko’rsatib   bergan   va   shu   jihatdan
terminologiya sohasiga o’z hissasini qo’shgan. 
1.   Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абдушукуров Б. Эски туркий тил лексикаси. - Тошкент, 2015.
2.   Боровков   А.К.   Узбекский   литературный   язык   в   период   1905-
1917 гг. -Ташкент, 1940.
3.   Дадабаев   Х.   Обественно-политическая   и   социально-
экономическая
терминология   в   тюркоязычных   письменных   памятниках   ХI-ХIV   вв.   -
Ташкент: Ёзувчи, 1991.
4.   Усмонов   О.,   Ҳамидов   Ш.   Ўзбек   тили   лексикаси   тарихидан.   -
Тошкент: Фан, 1981.

ESKI TURKIY TIL TERMINOLOGIYASI Reja: 1. Ilk eski turkiy til obidalariga Qoraxoniylar davri yodgorliklari 2. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari 3. O’zbek terminologiya sining shakllanishida Mahmud Zamaxshariyning o’rni

Turkiyshunoslikda eski turkiy til tushunchasi ostida XI-XIV asrlarda turkiy til xususiyatlarini aks ettirishga yo’naltirilgan nafaqat turkiy, balki noturkiy tillarda yaratilgan manbalar ham nazarda tutiladi. Eski turkiy til manbalari muayyan til qoidalari, ularda yuz bergan jarayonlar, qolaversa yozilish tarixi nuqtai nazaridan ilk eski turkiy til (XI-II) va XIII-XIV asrlarda qo’llangan eski turkiy til tarzida tasniflanadi. Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili, arab xati va islom mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolalar (qorxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar)ning birin- ketin siyosat sahnasiga chiqishi singari obyektiv jarayonlar ostida o’zligini yo’qotmagan eski turkiy til (XI-XIV)da terminologik leksika ko’lamining bir qadar kengayganini kuzatish mumkin. Ilk eski turkiy til obidalari sirasiga asosan qoraxoniylar sulolasi hukmronlik qilgan vaqtda yuzaga kelgan Yusuf Xos Hojibning ‘‘Qutadg’u bilig’‘, Mahmud Qoshg’ariyning ‘‘Devonu lug’otit turk’‘, Ahmad adib Yugnakiyning ‘‘Hibat ul-haqoyiq’‘, Ahmad Yassaviyning ‘‘Hikmatlari’‘, Mahmud Zamaxshariyning ‘‘Muqaddimat ul-adab’‘, muallifi noma’lum ‘‘O’g’uznoma’‘ singari asrlar taalluqlidir. Bu asarlar shuningdek dz tilli manbalar deb yuritiladi. Ma’lumki, qadimgi turkiy tilning o’ziga xos jihatlaridan biri yadag’ ‘‘yayov, piyoda’‘, adag’ ‘‘oyoq’‘, adgu ‘‘ezgu’‘, qadg’u ‘‘qayg’u, alam, iztirob’‘singari leksemalarning inlautida d fonemasi ishlatilgan. X-XI asrlardan e’tiboran mazkur fonemaning dz shakliga o’tishi qonuniyat tusini olaboshlagan va keltirilgan so’zlar adzag’, adzag’, adzgu, qadzg’u tarzida qo’llanishda bo’lgan. XIII-XIV asrga keli b dz tovushining sekin-asta y tovushi bilan almashilish jarayoni kuzatiladi. Ushbu jarayon taxminan XV asr boshlariga qadar davom etgan. Ya’ni yadzag’, adzag’, adzgu, qadzg’u kabi sof turkiy so’zlar yayag’, ayag’, ezgu, qayg’u shakllari dam qo’llanavergan. Ba’zi manbalar matnida har uchala shaklli so’zlarning ishlatilganining guvohi

bo’lamiz, Masalan: Nosiruddin Rabg’uziyning 1310 yilda Raboto’g’uz beki Nosiruddin To’qbo’g’abek iltimosiga ko’ra yaratilgan ‘‘Qisas Rabg’uziy’‘ asari tilida ‘‘quduq’‘ ma’nosini ifodalash uchun nafaqat so’zning asar yaratilgan davrga oid qudzuq, quyuq shakllari balki qadimgi quduq shakli ham ifodasini topgan. Mazkur ashyoviy material XIV asrda Xorazmda d tovushining dz tovushiga o’tish jarayoni to’la-to’kis yakunlamaganligi, ayni chog’da tilda yetakchilik qilgan dz tovushining y tovushiga o’rini bo’shatib bera boshlaganidan dalolatdir. Ma’lumki, hozirgi o’zbek adabiy tilida yuqorida tahlilga tortilgan leksemaning quduq rudiment shakli saqlanib qolgan. Qoraxoniylar hukmronligi davrida fotih arablar hamda salkam yuz yil taxt tepasida turgan somoniylar vaqtida qaddi dol holatiga tushib qolgan turkiy tilning qomati ma’lum darajada rostlandi, unda bir qator badiiy, didaktik, diniy, tarixiy asarlar yaratildi. Bizning kunimizga yetib kelgan obidalar matnidan eski turkiy til so’z boyligining o’ta rang-barang, miqdor jihatdan salmoqli, asosan, o’z qatlamdan iborat bo’lganligini ilg’ash qiyinchilik tug’dirmaydi. Ayni chog’da eski turkiy til so’z boyligining rivojlanishda arab, fors-tojik tillarining ham sezilarli ta’siri bo’lganligini inkor etish mumkin emas, albatta. Eski turkiy til leksikasining o’ziga xos jihatlari o’sha davrlarda tuzilgan leksikografik manbalarda ravshan aksini topgan. Boy madaniy merosga ega bo’lgan turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek xalqining tarixida Mahmud Koshg’ariyning ‘‘Devonu lug’otit turk’‘ asari alohidaahamiyatga molik. ‘‘Devon’‘ o’z davridagi turkiy qabilalarning so’z boyligi, lug’atini izohlashga, so’zlarning ma’no va ma’no nozikliklarini ochib berishga, turli qabila tillari o’rtasidagi xarakterli fonetik va morfologik farqlarni ko’rsatishga mo’ljallangan. Bu jihatdan lug’at S.Mutallibov ta’kidlaganidek, faqat izohli lug’atgtna bo’lib qolmay, XI asr tilining fonetika va grammatikasi hamdir. ‘‘Devon’‘ XI asrda Markaziy Osiyoda istiqomat

qilgan turkiy qabilarlar, urug’lar, qavmlar va ularning til xususiyatlarini o’rganishda, izlanishlar olib borishda hamda hozirgi turkiy xalqlarning shakllanish va qaror topishini belgilashda muhim siyosiy-ijtimoiy ahamiyatga ega. Mahmud Qoshg’ariyning sa’yharakati, ona tiliga bo’lgan cheksiz muhabbati, qolaversa, elga, yurtga bo’lgan fidoyligi natijasi o’laroq dunyo yuzini ko’rgan bu lug’at qadimgi turkiy til, eski turkiy va eski o’zbek adabiy tili obidalarini tushunish va o’rganish yo’lida qimmatli qo’llanma vazifasini o’taydi. ‘‘Devon’‘ Muqaddima va Lug’at qismidan iborat bo’lib, muqaddimada muallif turk tilining ahamiyati va xususiyatlari, o’z oldiga qo’ygan maqsadi, asarning strukturasi va tartibi, qo’llanilgan yozuv-alifbo, fe’llardan yasalgan ismlar, so’zlarning tuzilishi va o’zgarishi, tilga olinmagan sifatlar, masdarlar xususida, turk tabaqalari va qabilalari borasida qisqacha ma’lumot keltiradi, ularning yashash joylarini doira(xarita)da tasvirlaydi. Lug’at qismida lug’atnavis o’sha davrda qo’llanishda bo’lgan barcha turkiycha so’zlarni qamrab olishga, izohlashga harakat qilgan, ularni yetarli darajada ilmiy, tarixiy aspektlarda keng va to’liq yoritib bergan. Muallifning ta’kidlashicha, tilda iste’modan chiqqan so’zlar lug’atga kiritilmagan, Zero, ishlatishdan qolgan raqa, aquz, ziqi, ziq kabi so’z (istorizm)larni izohlashga hojat bo’lmagan. Ayni paytda Mahmud Koshg’ariy eskirgan (arxaizm) so’z namunasini ko’rsatib, ularning adad jihatdan ko’pligini e’tirof etgan. Bu holat ‘‘Devon’‘da izohlangan tilning juda qadimiyligini belgilaydi. Lug’atdan o’rin olgan so’zlar ikki, ya’ni ism va fe’llarga taqsimlangan holda izohlangan. Dastlab ismlar, so’ngra fe’llar berilgan. Ismlarda ham, fe’llarda ham oldin hamza ( u, o, a) harflari bilan boshlagan so’zlar, keyin maxsus alifbo tartibida b, t ba h.k. harflar bilan boshlangan leksemalar izohini topgan. ‘‘Devonda’‘ oz harfli so’zlar oldin, ko’p harfli so’zlar esa keyin berilgan. Lug’at muallifi eng kam harfli ism ikki, eng ko’p harfli ism yetti harfli deb ko’rsatadi. Mahmud Koshg’ariy lug’at materiallarini yig’ish asnosida nafaqat jonli

so’zlashuv tili materiallari, shuningdek eski turkiy til terminologiyasi tizimiga doir ko’pdan-ko’p terminlarni ham to’plagan va izohlagan. Chunonchi, su ‘‘lashkar, armiya ’‘, oq ‘‘o’q ’‘, im ‘‘parol’‘, alp ‘‘qahramon, botir’‘, sungu ‘‘nayza’‘, urush ‘‘jang’‘, atlig’ ‘‘suvoriylar’‘, tutg’aq ‘‘ayg’oqchi qism’‘ va h.k., qag’an ‘‘xoqon’‘, xan ‘‘xon’‘, yafg’u ‘‘oliy lavozim egasi’‘, tutuq ‘‘harbiy gubernator singari ijtimoiy-siyosiy terminlar shular jumlasidandir va h.k. Eski turkiy va eski o’zbek adabiy tili so’z boyligini o’zida mujassam etgan leksigrafik manbalar sirasiga avvalgi mavzuda ta’kidlaganidek, arab tilida yaratilgan bir qator risolalarni kiritish o’zini oqlaydi. Zotan, ‘‘Kitob ulidrok’‘, ‘‘Tarjumon’‘, ‘‘At-tuhfa’‘, ‘‘Kitob-ul-bulg’ot’‘, ‘‘Al-qavonin’‘ singari filologik risolalar asosan turk tilini o’rgatish uchun mo’ljallangan qo’llanma vazifasini o’tagan bo’lsa-da, biroq bu asarlarda turkiy tillarning so’z boyligi, ularning strukturasi, tematik guruhlariga oid qimmatli ma’lumotlar aksini topgan. Turkiy-qipchoq tili fonetikasi, leksik boyligi, morfologiyasini arab millati vakillariga tanishtirish uchun yuzaga chiqqan ‘‘Tarjumon turki va ajami va mo’g’ali’‘ risolasi to’rt qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda ismlar, ikkinchi qismda fe’l masdari buyruq mayli, uchinchi qismda so’zlarning turlanishi va fe’llarining tuslanishi, to’rtinchi qismda so’zlarning qo’llanish qoidalar haqida mulohaza yuritgan. Asarning birinchi ismlar haqidagi qismi 26 faslni o’z ichiga olgan. Bular: oson va unga tegishli narsalar, yer va undagi joylar, daraxtlar, mevalar, o’simliklar, ekin va donlar, qushlar va ularga o’xshash narsalar, yirtqich hayvonlar, hashoratlar, otlar va ularning turlari, ot abzali, qurol-aslaha va urush asboblari, tuya va qoramollar, qo’y va echkilar, oziq-ovqat va sutlar, uy asbob-anjomlari, palos, ayollarga xos narsalar, kiyim-kechak, gazmol, uning xillari, insonning tashqi va ichki a’zolari, son va sanoq sonlar, hunar turlari, martabalar, kishilarning