JISMONIY TARBIYA. HUQUQIY TARBIYA.
![JISMONIY TARBIY A . HU QUQIY TARBIYA.
R E J A :
1. Jismoniy tarbiya haqida tushuncha .
2. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat.
3. Huquqiy tarbiya ning mazmuni, shakl va metodlari.](/data/documents/0c9a3dcf-539c-42c7-9ab7-5f7930b78c52/page_1.png)
![Jismoniy tarbiya haqida tushuncha . Jismoniy tarbiya o’quvchilarda
jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan
mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon
bo’lib, ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Yoshlarni sog’lom bo’lib voyaga yetishlarini ta’minlash masalasi xalq
pedagogikasi, og’zaki ijodi hamda mutafakkirlar asarlarining bosh g’oyalaridan
biri bo’lib kelgan. Jumladan, «Alpomish», «Go’ro’g’li» kabi dostonlarda ham o’z
ifodasini topgan. «Alpomish» dostonida Hakimbek (Alpomish)ning jismoniy
mashq qilishi, tabiat qo’ynida voyaga yetganligi, uning alpligi quyidagicha
tasvirlanadi: «Alpinboyning bobosidan qolgan o’n to’rt botmon birinchdan bo’lgan
parli yoyi bor edi. Shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o’n to’rt botmon yoyni
qo’lga ushlab ko’tarib tortdi, tortib qo’yib yubordi. Yoyning o’qi yashinday bo’lib
ketdi. Asqar tog’ining katta cho’qqilarini yulib ketdi, ovozasi olamga yoyildi.
Shunda barcha xaloyiq yig’ilib kelib aytdi: «Dunyoda bir kam to’qson alp o’tdi,
alplarning boshlig’i Rustami doston, oxiri bu Alpomish alp bo’lsin».
Abu Ali ibn Sino ham insonga xos bo’lgan ijobiy fazilatlaridan sanab o’tar
ekan, quyidagilarga alohida urg’u beradi:
1. Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson
boshiga tushgan yomonlikni to’xtatib turuvchi quvvat.
2. Aqllilik – biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi
quvvat.
3. Ziyraklik – sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan
tushuntirishga yordam beruvchi quvvat.
Alisher Naoiy «Farhod va Shirin» dostonida Farhodning jismoniy
qobiliyatlarini alohida ko’rsatib o’tadi. Dostonda ta’riflanishicha, Farhod aqliy
kamolotga erishish bilangina cheklanib qolmay, jismoniy va harbiy mashqlar
yordamida chiniqadi. Suvda suzish, chavandozlik, qilichbozlik va boshqalar uning
kundalik mashg’ulotiga aylangan. Farhod, mutafakkirning fikriga ko’ra, 10 nafar
20 yoshli yigitning quvvatiga ega bo’lgan.](/data/documents/0c9a3dcf-539c-42c7-9ab7-5f7930b78c52/page_2.png)
![Abdulla Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga
ega bo’lmoq uchun badan tarbiya bilan shug’ullanishi zarur: «Badanning salomat
va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadir. Chunku o’qimoq, o’qitmoq,
o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz vujud lozim. Sog’
badanga ega bo’lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo’l
qo’yurlar. ... Badan tarbiyasini fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh
ikkisi bir choponning o’ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa,
yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo’yib astarini yuvib ovora
bo’lmak kabidirki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat
va sog’lom bir vujud kerakdur».
Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini
mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi.
Sport har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish kuch-quvvatini saqlab
turishning ajoyib vositasidir. Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish
manbai bo’lib xizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida sport, shu jumladan,
bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo’nalish
davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, ijobiy ishlar
amalga oshirilmoqda. Chunonchi, yoshlarni jismoniy tarbiyalashning kompleks
dasturi ishlab chiqildi. «Sog’lom avlod dasturi» yoshlarning salomatligini
mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur dastur talablariga muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch
bosqichli sport musobaqalarining o’tkazilishi yo’lga qo’yildi:
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilar o’rtasidagi «Umid nihollari»
bellashuvi.
2. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari
o’rtasidagi «Barkamol avlod» bellashuvi.
3. Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o’rtasidagi «Universiada»
bellashuvi.](/data/documents/0c9a3dcf-539c-42c7-9ab7-5f7930b78c52/page_3.png)
![Shuningdek, sportning turli yo’nalishlari bo’yicha joylarda ommaviy sport
bayramlari, musobaqalarning tashkil etilishi ommaviy tus oldi.
Yangi turdagi o’quv muassasalarda ham o’quvchilar o’rtasida jismoniy
tarbiyani samarali tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiya
mazmuni o’quvchilarning harbiy chaqiriqqacha tayyorgarligiga erishish bilan
uzviy bog’liqdir.
Maktabdan tashqari sharoitlarda jismoniy tarbiyani tashkil etuvchi
muassasalarning soni ortib bormoqda. Bugungi kunda yoshlar o’rtasida sportning
futbol, shaxmat, suvda suzish, tennis, boks, karate, ushu va taekvando kabi turlari
tobora ommalashib bormoqda. Respublikada sportning ommalashuvi turli
yo’nalishlarda xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qiluvchi
sportchilar sonining o’sishiga imkon berdi. Bugungi kunda sportchilarimiz orasida
olimpiada chempionlari yetishib chiqmoqda. O’quvchilarga olimpiada
sovrindorlari hamda xalqaro musobaqalarning g’oliblari bo’lgan M.Abdullayev,
L.Cheryazova, A.Grigoryan, R.Chagayev, B.Sultonov, O’.Haydarov,
A.Doktorashvili, A.Taymazovlar haqida hikoya qilib berish, ularning ishlarini
davom ettirishga rag’batlantirish o’zining samarali natijalarini beradi.
O’quvchilarning jismoniy madaniyatga ega bo’lishlari jismoniy tarbiya
samaradorligini belgilovchi muhim omil sanaladi. Shuningdek, jismoniy
madaniyat inson va jamiyat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismidir.
Jismoniy madaniyat mazmunida quyidagilar aks etadi:
1. Inson a’zolarining funksional kamoloti. Ichki a’zolar, nerv va harakat,
suyak-muskul tizimi, tana uyg’unligi va ularning funksional faoliyatini boshqarish
layoqatiga egalik.
2. O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash.
3. Ularni gigiyena qoidalariga amal qilishga ko’niktirish.
4. O’quvchilar mohirligini har tomonlama o’stirish.
5. Bo’lajak kasb-hunar egalarining jismoniy va fiziologik sifatlarini kasbiy
nuqtai nazardan shakllantirish, ularning ishchanlik qobiliyatini oshirish.](/data/documents/0c9a3dcf-539c-42c7-9ab7-5f7930b78c52/page_4.png)
![6. O’quvchilarning jinsiy jihatdan to’g’ri kamolga yetishlari uchun sharoit
yaratish.
Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarni gigiyena qoidalari
bilan tanishtirish, ularga so’zsiz amal qilish ko’nikmalariga ega bo’lishlariga
erishish muhimdir. Buyuk pedagog Abdulla Avloniy o’zining «Turkiy guliston
yoxud axloq» asarida bu borada quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Nazofat (gigiyena)
deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur.
Poklik zehn va idrokingni keng va o’tkir qilur. Xalq orasida e’tibor va shuhratga
sabab bo’lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrin bilan
bo’lurmiz. Pok bo’lmok salomatimiz, saodatimiz uchun eng kerakli narsadur.
Yirtiq eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog’ini chiqarib
yurmak zo’r ayb va gunohdir. ... Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq
kerak». Demak, inson jismonan baquvvat va aqlan ziyrak bo’lishni istasa, u
birinchi navbatda poklikka katta ahamiyat berishi lozim. Ayni paytda poklik
tarbiyasi ustuvor bo’lgan insonlarda kishiga yaxshi yashash uchun zarur bo’lgan
barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo’lgan nuqsonlar
yo’qoladi.Jismoniy tarbiya bolalarga faqat oilada yoki ta’lim muassasalarida
ta’limni tashkil etish jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari
o’tkaziladigan mashg’ulotlar, turli musobaqalar, tadbirlar chog’ida ham samarali
tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. «Sog’lom tanda sog’ aql» degan maqolda
jismoniy tarbiyaga oid ma’no lo’nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy tarbiyani
bugungi kun talablariga muvofiq yuqori darajaga ko’tarish o’quvchilar o’rtasida
salbiy holatlar narkomanlik va alkogolizmning keng tarqalishi oldini oladi.
Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya o’quvchilar o’rtasida fuqarolik
tarbiyasini tashkil etishda o’ziga xos o’rin tutadi. 1993 yil mart oyida e’lon
qilingan "Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi"da qayd
etilganidek: "Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitusiyani,
davlat haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma’muriy,
nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini
tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga](/data/documents/0c9a3dcf-539c-42c7-9ab7-5f7930b78c52/page_5.png)
![so’zsiz rioya etish, adliyaviy bilimlarni egallashga ehtiyoj sezish, tartib va
intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, xalqaro
huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro tashkilotlar (BMT, Xavfsizlik
Kengashi va hokazo) faoliyati haqida o’quvchilarning umumiy tasavvurlarini
shakllantirishdan iboratdir 1.
1.
1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasida qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy
dasturi" g’oyalari jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni
rivojlantirish borasida qimmatli nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda
dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi
hisoblanadi. Zero, huquqiy ta’lim o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar
hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risida tizimlashgan bilimlarni
berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish,
huquqiy ongni shakllantirish jarayoni bo’lib, u izchil, uzluksiz, tizimli tarzda
tashkil etilishi lozim.
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar
negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil
qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy
madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs
huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoning muhim
bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: -
o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar
mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar
berish;
- o’quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga
keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;
1. 1
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi. –
Ma’rifat g., 1993, 3 mart.](/data/documents/0c9a3dcf-539c-42c7-9ab7-5f7930b78c52/page_6.png)
![- o’quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va
malakalarni hosil qilish;
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy
idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik,
huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;
- o’quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning ijtimoiy
hayotdagi ahamiyatini to’g’ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy
bo’lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik
huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror
toptirish, har qanday ko’rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni
tashkil etish)ni shakllantirish.
Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishi
hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi. Shaxs
huquqiy madaniyatini shakllantirish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
- keng ko’lamli ijtimoiy – huquqiy axborotli muhitning mavjudligi;
- shaxs huquqiy ongini shakllantirish;
- shaxs huquqiy faoliyatini yo’lga qo’yish.
Pedagogik jarayonda huquqiy ta’lim-tarbiyaning samaradorligini hisobga
olish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarning huquqiy jihatdan tarbiyalanganligi
quyidagi holatlar bilan o’lchanadi:
-o’quvchilar tomonidan "O’zbekiston davlat va huquqi asoslari",
"Konstitusiyaviy huquq" kabi o’quv fanlarining o’zlashtirilish darajasi, ya’ni,
huquqiy bilimlarning muayyan darajasi;
- ularning umumjamiyat axloqiy-huquqiy me’yorlariga amal qilishlari
hamda maktab va boshqa o’quv yurtlari ichki tartib-qoidalari, shuningdek,
o’quvchilar qoidalariga rioya qilishlari, tartib-intizomni buzish hollarining
kamayganligi, o’z-o’zini nazorat qilish, xatti-harakatlari mohiyatini ongli tahlil
etish qobiliyatiga ega ekanliklari – huquqiy ongning muayyan darajasi;
- ijtimoiy-huquqiy faolliklari (o’quvchilar o’z-o’zini boshqaruv organlari,
yoshlar uyushmalari, tabiatni muhofaza qilish, shuningdek, jamoat tashkilotlari](/data/documents/0c9a3dcf-539c-42c7-9ab7-5f7930b78c52/page_7.png)
![hamda huquq-tartibotni himoya qiluvchi tashkilotlar faoliyatini uyushtirishdagi
ishtiroklari) – amaliy-huquqiy faoliyat ko’lami.
O’quvchilardagi qiziqishni inobatga olgan holda huquqiy mazmundagi,
xususan, "Biznes faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari", "Maishiy xizmat
turlaridan foydalanishning huquqiy mohiyati", "Oldi-sotdi munosabatlarining
huquqiy-axloqiy negizlari", "Yoshlar jinoyatchiligi va uning oqibatlari", "XXI
asrga narkotiklarsiz qadam tashla!", "Sening huquq va burchlaring", "Yoshlar
ijtimoiy mehnatini tashkil etish shartlari”, “Nikoh-muqaddas bitim”, “Tabiatni
muhofaza qilishning huquqiy asoslari”, “Terrorizm – mudhish jinoyat”, “Qonuniy
harakat va harakatsizlik nima?” kabi mavzularda ma’ruza va seminarlar tashkil
etish, mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o’zlashtirish maqsadida ularni huquqiy
adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish, jinoiy xatti-harakatlar va ularning oqibatlari
xususida davra suhbati, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan
uchrashuv va konferensiyalar o’tkazish, shuningdek, huquqiy mavzudagi
kinofilmlar namoyish etish g’oyat muhim.
Shaxsda huquqiy sifatlarni qaror topishi uning ijtimoiy – huquqiy
munosabatlar jarayonidagi ishtiroki darajasi va sifatiga bog’liq. Doimiy ravishda,
maqsadli tarzda huquqiy munosabatlarga kirishish shaxsda huquqiy madaniyat
unsurlarining shakllanishiga olib keladi. Shu bois jamiyat mafkurasi, ijtimoiy
tuzumda qaror topgan huquqiy munosabatlar mazmuni, uning g’oyalari o’quvchilar
huquqiy madaniyatini shakllantirishda yetakchi o’rin tutadi.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish davrida o’quvchilar faoliyati mazmunini
tahlil etish, ularda o’z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondoshuvni qaror toptirish,
shuningdek, o’z faoliyatlarini real baholashga o’rgatib borish talab etiladi.
O’quvchilar “O’zbekiston davlat va huquqi asoslari”, “Konstitusiyaviy
huquq” o’quv predmetlari asoslarini o’rganish jarayonida O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi,
davlat organlari tizimi, vakillik hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti, Respublika Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va davlat qo’mitalari,
mahalliy boshqaruv organlari, fuqarolarining o’zini o’zi boshqarish organlari,](/data/documents/0c9a3dcf-539c-42c7-9ab7-5f7930b78c52/page_8.png)
![Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kabi organlar faoliyatini
o’rganish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosati
mohiyatini o’zlashtirish, xalqaro huquqiy munosabatlarni yo’lga qo’yilishi tartibi
bilan tanishib borar ekanlar, ayni vaqtda ularda nafaqat huquqiy ong balki siyosiy
ong ham shakllanadi. Zero, jamiyat tizimi, uning amal qilishi uchun asos bo’lgan
g’oya va qarashlar o’z navbatida huquqiy g’oya va qarashlarning vujudga kelishini
ta’minlaydi.
R.Mahmudov huquqiy madaniyatning asosini tashkil etuvchi qismlar
moddiy, ma’naviy, huquqiy, axloqiy, estetik va boshqa mafkuraviy omillardan
iborat ekanligini, demakki, moddiy hamda ma’naviy xususiyatga ega bo’lgan
asosiy, bir-biriga muvofiq qismlarni ajratib ko’rsatadi. Huquqshunos olimlar
Sh.O’razayev, M.Qoriyevlar esa huquqiy madaniyat huquqiy bilimlarni egallash,
huquqiy me’yorlarning amaliyotda o’z isbotini topishi hamda boshqa mualliflardan
farqli ravishda huquqning obro’si va qonunning ijtimoiy hayotdagi o’rni bilan
belgilanishini qayd etib o’tadilar: “ Huquqiy madaniyat tushunchasi – huquqning
rivojlanish darajasi, aholining huquq haqidagi tushunchasi, qonunchilikning ahvoli,
huquqning obro’si va shu singari unsurlardan tashkil topadi" 1
.
A.F.Nikitin esa shaxs huquqiy madaniyati tarkibini tushunishga o’ziga xos
tarzda yondashadi hamda shaxs huquqiy madaniyatini murakkab psixologik hodisa
deb baholaydi. U. chunonchi, uning tarkibiy qismlarini: huquqiy bilimlar va ularni
amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi; qonunga nisbatan shaxs munosabati va
nihoyat shaxsning huquqiy mazmunga ega bo’lgan vaziyatlardagi faoliyatidan
iborat"deb ta’kidlaydi 2
.
Demak, shaxs huquqiy madaniyati negizida quyidagilar aks etadi:
1) huquq va huquqiy tizim borasida yetarli ma’lumotga ega bo’lish, huquqiy
bilim asoslarini o’rganish, ularni o’rganishga bo’lgan ehtiyoj va qiziqishning hosil
bo’lishi, egallangan nazariy-huquqiy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish borasidagi
ko’nikmani shakllantirish hamda malakaga ega bo’lish;
1
2](/data/documents/0c9a3dcf-539c-42c7-9ab7-5f7930b78c52/page_9.png)
![2) ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlarni uyushtirish chog’ida
o’z faoliyati timsolida huquqiy madaniyat unsurlarini namoyon etish, ijtimoiy-
siyosiy hamda huquqiy faollikni yuzaga keltira olishda ko’rinadi.
Shaxs huquqiy madaniyatini quyidagi ikki asosiy qismga ajratish mumkin;
1) huquqiy ong;
2) huquqiy faoliyat.
Huquqiy ong – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, u jamiyat
taraqqiyotning ma’lum bosqichida – davlat, mulk va mulkiy munosabatlarning
paydo bo’lishi, aholining keskin sur’atda tabaqalashuvi, huquq, huquqiy
munosabatlar tushunchalarining paydo bo’lish jarayonida ularga yondosh
tushuncha sifatida qo’llanilgan hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni tashkil
etish chog’ida ko’zga tashlanadi.
Huquqiy ong muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan
tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-psixologik hodisa
sifatida murakkab tuzilishga ega.
Huquqiy faoliyat huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli
yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish,
ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy
munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy
xatti–harakatlar majmui.
Shaxs huquqiy madaniyatining muhim tarkibiy qismlari sifatida quyidagilar
e’tirof etiladi: huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy savodxonlik, huquqiy
tafakkur, huquqiy faollik, huquqiy mas’ullik, huquqiy e’tiqod, huquqiy salohiyat.
Adabiyotlar:](/data/documents/0c9a3dcf-539c-42c7-9ab7-5f7930b78c52/page_10.png)
![1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.
– Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
2. Avloniy, Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, O’qituvchi,
1992.
3. Pedagogika.A.Munavvarovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent,
O’qituvchi, 1996.
4. Podlasy I.P. Pedagogika .Novy kurs. Kn. 2. Protsess vospitaniya. –
Moskva, VLADOS, 1999.](/data/documents/0c9a3dcf-539c-42c7-9ab7-5f7930b78c52/page_11.png)
JISMONIY TARBIY A . HU QUQIY TARBIYA. R E J A : 1. Jismoniy tarbiya haqida tushuncha . 2. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat. 3. Huquqiy tarbiya ning mazmuni, shakl va metodlari.
Jismoniy tarbiya haqida tushuncha . Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Yoshlarni sog’lom bo’lib voyaga yetishlarini ta’minlash masalasi xalq pedagogikasi, og’zaki ijodi hamda mutafakkirlar asarlarining bosh g’oyalaridan biri bo’lib kelgan. Jumladan, «Alpomish», «Go’ro’g’li» kabi dostonlarda ham o’z ifodasini topgan. «Alpomish» dostonida Hakimbek (Alpomish)ning jismoniy mashq qilishi, tabiat qo’ynida voyaga yetganligi, uning alpligi quyidagicha tasvirlanadi: «Alpinboyning bobosidan qolgan o’n to’rt botmon birinchdan bo’lgan parli yoyi bor edi. Shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o’n to’rt botmon yoyni qo’lga ushlab ko’tarib tortdi, tortib qo’yib yubordi. Yoyning o’qi yashinday bo’lib ketdi. Asqar tog’ining katta cho’qqilarini yulib ketdi, ovozasi olamga yoyildi. Shunda barcha xaloyiq yig’ilib kelib aytdi: «Dunyoda bir kam to’qson alp o’tdi, alplarning boshlig’i Rustami doston, oxiri bu Alpomish alp bo’lsin». Abu Ali ibn Sino ham insonga xos bo’lgan ijobiy fazilatlaridan sanab o’tar ekan, quyidagilarga alohida urg’u beradi: 1. Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to’xtatib turuvchi quvvat. 2. Aqllilik – biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat. 3. Ziyraklik – sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushuntirishga yordam beruvchi quvvat. Alisher Naoiy «Farhod va Shirin» dostonida Farhodning jismoniy qobiliyatlarini alohida ko’rsatib o’tadi. Dostonda ta’riflanishicha, Farhod aqliy kamolotga erishish bilangina cheklanib qolmay, jismoniy va harbiy mashqlar yordamida chiniqadi. Suvda suzish, chavandozlik, qilichbozlik va boshqalar uning kundalik mashg’ulotiga aylangan. Farhod, mutafakkirning fikriga ko’ra, 10 nafar 20 yoshli yigitning quvvatiga ega bo’lgan.
Abdulla Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga ega bo’lmoq uchun badan tarbiya bilan shug’ullanishi zarur: «Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadir. Chunku o’qimoq, o’qitmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz vujud lozim. Sog’ badanga ega bo’lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo’l qo’yurlar. ... Badan tarbiyasini fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o’ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo’yib astarini yuvib ovora bo’lmak kabidirki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog’lom bir vujud kerakdur». Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish kuch-quvvatini saqlab turishning ajoyib vositasidir. Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai bo’lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida sport, shu jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo’nalish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, yoshlarni jismoniy tarbiyalashning kompleks dasturi ishlab chiqildi. «Sog’lom avlod dasturi» yoshlarning salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur dastur talablariga muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport musobaqalarining o’tkazilishi yo’lga qo’yildi: 1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilar o’rtasidagi «Umid nihollari» bellashuvi. 2. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari o’rtasidagi «Barkamol avlod» bellashuvi. 3. Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o’rtasidagi «Universiada» bellashuvi.
Shuningdek, sportning turli yo’nalishlari bo’yicha joylarda ommaviy sport bayramlari, musobaqalarning tashkil etilishi ommaviy tus oldi. Yangi turdagi o’quv muassasalarda ham o’quvchilar o’rtasida jismoniy tarbiyani samarali tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiya mazmuni o’quvchilarning harbiy chaqiriqqacha tayyorgarligiga erishish bilan uzviy bog’liqdir. Maktabdan tashqari sharoitlarda jismoniy tarbiyani tashkil etuvchi muassasalarning soni ortib bormoqda. Bugungi kunda yoshlar o’rtasida sportning futbol, shaxmat, suvda suzish, tennis, boks, karate, ushu va taekvando kabi turlari tobora ommalashib bormoqda. Respublikada sportning ommalashuvi turli yo’nalishlarda xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qiluvchi sportchilar sonining o’sishiga imkon berdi. Bugungi kunda sportchilarimiz orasida olimpiada chempionlari yetishib chiqmoqda. O’quvchilarga olimpiada sovrindorlari hamda xalqaro musobaqalarning g’oliblari bo’lgan M.Abdullayev, L.Cheryazova, A.Grigoryan, R.Chagayev, B.Sultonov, O’.Haydarov, A.Doktorashvili, A.Taymazovlar haqida hikoya qilib berish, ularning ishlarini davom ettirishga rag’batlantirish o’zining samarali natijalarini beradi. O’quvchilarning jismoniy madaniyatga ega bo’lishlari jismoniy tarbiya samaradorligini belgilovchi muhim omil sanaladi. Shuningdek, jismoniy madaniyat inson va jamiyat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismidir. Jismoniy madaniyat mazmunida quyidagilar aks etadi: 1. Inson a’zolarining funksional kamoloti. Ichki a’zolar, nerv va harakat, suyak-muskul tizimi, tana uyg’unligi va ularning funksional faoliyatini boshqarish layoqatiga egalik. 2. O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash. 3. Ularni gigiyena qoidalariga amal qilishga ko’niktirish. 4. O’quvchilar mohirligini har tomonlama o’stirish. 5. Bo’lajak kasb-hunar egalarining jismoniy va fiziologik sifatlarini kasbiy nuqtai nazardan shakllantirish, ularning ishchanlik qobiliyatini oshirish.
6. O’quvchilarning jinsiy jihatdan to’g’ri kamolga yetishlari uchun sharoit yaratish. Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarni gigiyena qoidalari bilan tanishtirish, ularga so’zsiz amal qilish ko’nikmalariga ega bo’lishlariga erishish muhimdir. Buyuk pedagog Abdulla Avloniy o’zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida bu borada quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Nazofat (gigiyena) deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o’tkir qilur. Xalq orasida e’tibor va shuhratga sabab bo’lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrin bilan bo’lurmiz. Pok bo’lmok salomatimiz, saodatimiz uchun eng kerakli narsadur. Yirtiq eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog’ini chiqarib yurmak zo’r ayb va gunohdir. ... Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak». Demak, inson jismonan baquvvat va aqlan ziyrak bo’lishni istasa, u birinchi navbatda poklikka katta ahamiyat berishi lozim. Ayni paytda poklik tarbiyasi ustuvor bo’lgan insonlarda kishiga yaxshi yashash uchun zarur bo’lgan barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo’lgan nuqsonlar yo’qoladi.Jismoniy tarbiya bolalarga faqat oilada yoki ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlar, turli musobaqalar, tadbirlar chog’ida ham samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. «Sog’lom tanda sog’ aql» degan maqolda jismoniy tarbiyaga oid ma’no lo’nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy tarbiyani bugungi kun talablariga muvofiq yuqori darajaga ko’tarish o’quvchilar o’rtasida salbiy holatlar narkomanlik va alkogolizmning keng tarqalishi oldini oladi. Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya o’quvchilar o’rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o’ziga xos o’rin tutadi. 1993 yil mart oyida e’lon qilingan "Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi"da qayd etilganidek: "Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitusiyani, davlat haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga