O‘zbekistonda mustaqillik yillarida milliy ta’lim tizimini shakllantirishning nazariy asoslari.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida milliy ta’lim tizimini shakllantirishning nazariy asoslari. 1. Mustaqillik yillarida yurtimizda milliy ta’lim tizimini yaratish va takomillshtirish borasida muhim islohotlarning amalga oshirilishi. 2. Ta’lim-tarbiya tizimini bosqichma-bosqich, izchil amalga oshirish va uni modernizatsiyalash. 3. Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g’risidagi qonun”ning qabul qilinishi va ta’limga innovatsion yondashuv.
Mustaqillik yillarida O’zRda uzluksiz ta’limni takomillashtirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu maqsadda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Har qanday jamiyatning kuchi fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog’lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mohiyati, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qanday hujjat? Uning mazmunida qanday g’oyalar ifoda etilgan? “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” O’zRning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni g’oyalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandi r . Dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir * . Ushbu maqsadni ro’yobga chiqarish bir qator vazifalar ning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. Ya’ni: - O’zRning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini
yagona o’quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish; - kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish; - kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; - ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; - ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; - yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; - ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; - uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag’lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; - kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari . Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-tarbiya jarayonini qamrab olmay, shu bilan birga ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o’z ichiga oladi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o’zaro hamkorligi, ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik asosida “yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi” mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi. Milliy modelning o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishda to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o’z navbatida umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga o’tilishiga zamin yaratad i . SHaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. SHaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o’zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o’zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. SHaxsda o’zlashtirilgan bilim, faoliyat ko’nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo’lish uchun shaxs o’z oldiga muayyan maqsadni qo’ya olishi hamda unga erishish yo’lida tinimsiz izlanishi, o’qib-o’rganishi lozim. SHundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo’lib shakllanadi Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir. Davlat va jamiyat ta’lim
muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo’lidagi faoliyatini ham uyg’unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi: fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o’z malakasini oshirish huquqlarning ro’yobga chiqarilishiga; majburiy umumiy o’rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo’nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga; davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga; davlat ta’lim muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashga; ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga; sog’liq va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslarning ta’lim olishiga. Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasini o’z ichiga oladi. Uzluksiz ta’lim O’zRning taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy- texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo’lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsni shakllantirish va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. O’zRda uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari hamda o’quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi. Uzluksiz ta’lim ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi, udan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik, axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi sanaladi. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgalik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy