logo

NEYROLINGVISTIKANING NAZARIY ASOSLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.029296875 KB
NEYROLINGVISTIKANING NAZARIY ASOSLARI  
Reja:
1. Neyrolingvistik tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari  
2.  Nutq patologiyasi   turlari   1. Neyrolingvistik tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari    
Neyrolingvistika   (yunon. neuron  – tomir,  nerv, asab   va lot.  lingua  –  til)  –
nutqiy   faoliyatning   miya   mexanizmlarini   va   miyaning   mahalliy     jarohatlanishi
tufayli yuzaga keladigan nutqiy jarayondagi o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan. 
Binobarin,   barcha   jihatlar   bir - biridan   ajralmagan   holda   o‘zaro   bog‘liqlikda
o‘rganiladi, ya’ni til sistemasi lisoniy muomalaning miya substrati (lot. substratum
– asos, zamin, negiz, bu o‘rinda miya asosi)  bilan o‘zaro munosabatda o‘rganiladi.
Shunday   qilib,   neyrolingvistika   asosiy   e ’ tiborini   turli   ko‘rinishdagi   nutqiy
buzilishlarni  tashxislash va davolashga qaratadi 1
.   
Neyrolingvistika   mustaqil   fan   sifatida   (biologik)   tilshunoslik   negizida,
neyrologiya,   psixologiya   va   lingvistika   kesishgan   nuqtada   yuzaga   keldi   va   u   til
sistemasini   lisoniy   muomalaning   miya   substrati   bilan   o‘zaro   aloqada   o‘rganadi.
Neyrolingvistika   lingvistika,   psixolingvistika,   fiziologiya,   neyrofiziologiya,
nevrologiya, psixologiya va neyropsixologiya fanlari bilan o‘zaro bog‘langandir. 
1   Кавинкина   И.Н.   Психолингвистика.   Пособие   для   студентов   педагогических   специальностей   высших   учебных
заведений. –Гродно: ГрГУ, 2010.  –С. 51.Neyrolingvistika 	
quyidagi uch jihatni 	
o‘rganadi	
1) tilni belgilar 
sistemasi sifatida	
2)	 nutq va nutqiy 	
faoliyat (dekodlash va 
kodlash jarayonlari)ni	
3) voqelik haqidagi 
informatsiyani kodlash 
va dekodlash bilan 
bog‘liq miya qismlarini Nutq iy   buzilishlar   etiologiyasida   bosh   miya   jarohatlanishining   o‘z   o‘rni
borligi eramizdan avvalgi 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib o‘tilgan.
Lekin uni sistematik jihatdan o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi.
Nutqiy  buzilishlar   faktlariga  bo‘lgan  qiziqishni    Boduen   de  Kurtune,  A.Shleyxer,
G.   Vernike,   V.   A.   Bogoroditskiy,   L.B.Sherba,   R.Yakobson,   L.R.Zinder   h.k.
olimlarning tadqiqotlarida uchratish mumkin.  
Neyrolingvistikada   nutqiy   buzilishlarning   neyrofiziologik   va   lingvistik
jihatlari   T.Alajuanin,   A.Ombredan,   M.Dyuran,   K.Konrad,   K.Breyn,   F.Grevel,
R.Yusson,   Yu.   Barbiz,   K.Kolmayer,   A.Layshner,   P.Milnerlar   singari   olimlarning
ishlarida   yoritib   berilgan.   A.R.   Luriya   esa   L.S.Vigotskiy,   I.P.Pavlov   va
P.K.Anoxinlarning ishlariga tayanib tadqiqotlar olib borgan. Mazkur tadqiqotchilar
tomonidan turli fonologik, grammatik, leksik va semantik buzilishlar tasvirlangan.
Shuningdek,   neyrolingvistika   lisoniy   muomala   buzilishining   noafazik   shakllari
(nutqiy   agnoziya,   apraksiya,   aleksiya   va   agrafiya)ni   tadqiq   etishga   ham   e’tibor
qaratadi. 
2.  Nutq patologiyasi ning  turlari
Lisoniy me’yor va nutqiy me’yor nima? Nutq patologiyasi nima? 
Lisoniy   me’yor   –   umumiy   kommunikatsiya   jarayonida   tanlab   olingan   va
mustahkamlangan til sistemasining turg‘un an’anaviy realizatsiyalari majmuyi.  
Nutqiy   me’yor   –   madaniy   jamiyat   tomonidan   ongli   ravishda   qayd   qilingan
barqaror   va   birlashtirilgan   lisoniy   vositalar   va   ularni   qo‘llash   qoidalarining
majmuyi   (masalan,   talaffuz,   urg‘u,   so‘z   qo‘llash,   grammatika   va   stilistika
qoidalari). 
Nutq   patologiyasi   (yunon.   pathos   –   azob   chekish,   kasallik)   –   nutq
me’yoridan   chetga   chiqish.   Nutq   patologiyasi   jarayonini   o‘rganish   juda   qiyindir.
Chunki   nutqida   kamchiliklari   mavjud   insonlar   muloqotga   kam   kirishadilar   va
o‘rganish   obyekti   sifatida   o‘zlarining   ustida   eksperiment   olib   borishni   uncha
xohlamaydilar. Klinik tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  miya  faoliyatining buzilishi, nutqiy faoliyatning buzilishiga olib keladi. Hatto alkogol, qattiq toliqish, qo‘rqinch
tufayli vaqtincha miya buzilishi inson nutqiga ta’sir qiladi.
A.A. Leontev nutq patologiyasining beshta muhim turini ajratib ko‘rsatadi:   
1.   Shaxs   patologiyasi,   ong   va   oliy   psixik   funksiyalar   bilan   bog‘liq   nutqiy
buzilish.   Bunga   progressiv   falaj   holatidagi   nutqiy   faoliyatning   buzilishi
(artikulyasiyaning   qiyinlashuvi,   talaffuzning   noaniqligi)ni   misol   qilib   keltirish
mumkin.   
2.   Miyaning   muayyan   darajada   shikastlanishiga   asoslangan,   biroq   ruhiy
kasalliklar bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan nutqiy buzilish. Bunga misol qilib
afaziyaning turli ko‘rinishlarini keltirish mumkin. 
3. Sensor sistemalarning buzilishi bilan bog‘liq tug‘ma yoki keyin orttirilgan
nutqiy   buzilish.   Bu   asosan   karlar   va   kar-soqovlar   nutqi   va   uni   qabul   qilishning
o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq.
4.   Aqli   zaif   yoki   psixik   rivojlanishning   vaqtincha   kechikishi   bilan   bog‘liq
nutqiy buzilish.  
5.   Ijro   xarakteriga   ega   va   nutqni   motorli   dasturlash   yoki   motorli   dasturni
amalga oshirish nuqsonlari bilan bog‘liq nutqiy buzilish.  
Nutq patologiyasining mazkur barcha turlari yaqingacha psixolingvistikaning
bo‘limlaridan   biri   bo‘lgan   patopsixolingvistika   tomonidan   o‘rganib   kelingan.
Neyrolingvistika   mustaqil   fan   sifatida   ajralib   chiqqanidan   keyin   nutqiy
buzilishning ikkinchi turi neyrolingvistik nuqtayi nazardan tadqiq qilina boshlandi.
Quyida neyrolingvistika o‘rganadigan nutqiy buzilishlarni ko‘rib chiqamiz.
Afaziya   (yunon.   aphasna ,   a   –   inkor,   phasis   –   nutq)   miya   muayyan
qismlarining,   odatda,   chap   yarim   sharning   shikast   topishi   tufayli   vujudga   kelgan
nutqiy buzilish. 
Afaziyani   o‘rganish   miyada   nutqiy   markazlarni   joylashishini   aniqlash
imkonini   berdi.   Nutqiy   patologiya   yo‘nalishining   eng   yaxshi   ishlangan   bo‘limi
afaziologiya   hisoblanadi.   Bugungi   kunda   nutqiy   mexanizmlarning   detalli   modeli
ishlab   chiqilgan.   O‘ng   qo‘lda   ish   qiladiganlar,   yozadiganlarda   (95   %)   nutqiy zonalar   chap   yarim   sharda   joylashgan.   Shunday   ekan   afaziologiya   chap   yarim
sharning tadqiqi bilan shug‘ullanadi. 
Afaziya   miyaga   qon   quyilishi   (insult),   miya   o‘simtasi,   biror   bir   mexanik
shikast     tufayli   vujudga   keladi.   Agar   miyadagi   nutqiy   zonalarning   hammasi
shikastlansa,   total afaziya   yuzaga keladi. Bunday holatda nutq umuman yo‘qoladi
va uni   tushunish  amalga  oshmaydi.  Agar  miyaning  nutqiy zonalaridan  biri   ishlab
ketsa,  qisman afaziya  vujudga keladi. 
Motor   afaziya   inson   miyasidagi   Broka   zonasi   shikastlanganda   maydonga
keladi.   Afaziyaning   bu   turida   inson   nutqni   tushuna   oladi,   lekin   gapira   olmaydi.
Broka markazini   1861-yilda fransuz olimi P.Broka kashf qilgan. U miyaning chap
peshona pastki orqa burmasida joylashgan.  
Ikkinchi   nutqiy   zona   nemis   olimi   K.Vernike   tomonidan   1874-yili   kashf
qilingan. U miyaning yuqori chakka burmasida joylashgan. Bunda odamlar nutqga
ega bo‘ladilar, lekin o‘zgalar nutqini tushunmaydilar.   Afaziyaning bu turi   sensor
afaziya ,   deb   nomlanadi.   Miyada   joylashgan   harakat   markazi   (Broka   zonasi)   va
eshitish markazi (Vernike zonasi) bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Harakat   afaziyasida   bemor   so‘zlarni   talaffuz   qila   olmaydi,   garchi   u   unga
aytilgan nutqni tushunadi, bunda miyaning chap peshona pastki  orqa burmalarida
joylashgan   Broka   markazi   shikast   yegan   bo‘ladi.   Agar   bosh   miyaning   yuqori
chakka   miyasida   joylashgan   Vernika   markazi   shikastlansa,   akustik   afaziya     sodir
bo‘ladi.   Bunday   holda   bemor   gapira   oladi,   lekin   nutqni   tushunmaydi,   unda
“fonematik   eshitish   qobiliyati”   buziladi.   U   so‘zlarni   tushunib   bo‘lmaydigan
shovqindek   qabul   qiladi,   ma’nosiga   tushunmaydi.   U   hamma   tovushlarni   eshitadi,
lekin ularni umumlashtirish va ajratish qobiliyatini yo‘qotadi. Bularning hammasi
ikkilamchi   buzilishlarga   –   so‘zlarning   noto‘g‘ri   talaffuz   qilinishiga,   yozish
qobiliyatining buzilishiga olib keladi. 
Bosh   miya   quyi   qismi   faoliyatining   shikasti   nutqni   qisman   tushunishga   olib
keladi.   Bunday   holda   semantik   afaziya   yuz   beradi.   Bemor   mantiqiy   grammatik
munosabatlarni  tushunmaydi, masalan:  “otamning akasi”,    “akamning otasi” yoki “yoz   bahordan   keyin”,     “bahor   yozdan   keyin”     kabi   so‘z   birikmalarini   farqlay
olmaydi.
Miyaning   chakka   qismlarining   shikasti   markaz   faoliyatining   buzilishiga,
ya’ni nutqiy elementlarning ketma-ket bog‘liqligini uzluksiz aloqaga olib kelishini
ta’minlay  olmay qoldi.  Bunda  bemor   nutqni  tushunadi  va  o‘zi  gapira oladi,  lekin
to‘liq   bir   gapni   tuza   olmaydi,   hammaga   ma’lum   grammatik   qoidalar   –   ega   va
kesimni bog‘lanishiga rioya qilolmaydi. U uzib-kesib   “telegraf usulida”   gapiradi.
Bu   misollardan   ko‘rinib   turibdiki,   bosh   miya   funksiyasi   buzilishini   o‘rganish,
tilning   grammatik,   fonetik,   semantik   jihatidan   nutq   jarayonini   tahlili   uchun
material bo‘la oladi.
Nutq   markazlarini   o‘rganish   ichki   nutq   jarayonini   o‘rganishga   yo‘l   ochib
beradi.   Bu   jarayonda   inson   ichida   o‘ylaydi,   o‘z   fikrini   ovoz   chiqarib   namoyon
qilmaydi. Odatda, ichki nutq eshittirib aytilgan so‘zlarni oldini oladi. Ichki nutqda
Broka harakati markazi to‘xtab qoladi, lekin o‘chmaydi.   
Alaliya    (yunon.   ἀ -   inkor   yuklamasi   va   qad.  yunon.   lalia  –   nutq)   –  nutqiy
buzilishning   bir   ko‘rinishi   bo‘lib,   u   aqli   raso,   eshitish   qobiliyati   bekam-ko‘st
bo‘lgan     bolalarda   nutqning   bo‘lmasligi   yoki   nutqning   juda   kech   paydo   bo‘lishi
bilan tavsiflanadi.
Ko‘pincha   ona   qornida   yoki   tug‘ilish   vaqtidagi   bola   miyasi   chap   yarim
sharining   shikastlanishi,   shuningdek,   uning   nutqiy   davrigacha   bo‘lgan     miya
kasalliklari va jarohatlari alaliyaga sabab bo‘ladi. Keyinchalik bunday bolalarning
nutqni egallashlarida muayyan qiyinchiliklar kuzatiladi: so‘z boyligi juda sekinlik
bilan   shakllanadi,   ifodalarni   qiyinchilik   bilan   yanglish   tuzishadi.   Masalan,
“Malьchik   gorka   sankax   kataetsya   –   Bola   tepalik   chanada   uchyapti”   ( Malьchik
kataetsya   na   sankax   s   gorki   –   Bola   tepalikda  chanada   uchyapti) .  Ba’zan   bunday
bolalarning   o‘zining   nutqi   bo‘ladi.   Masalan,   “ Lyalya   kilya   gilya”(Devochka
kataetsya na lыja  – Qizcha chang‘ida uchyapti) . 
Alaliyada nutq quyidagicha rivojlanishi mumkin:
Nutq   umuman   paydo   bo‘lmasligi   yoki   juda   sekin   paydo   bo‘lishi   mumkin.
Bola   10-12   yoshlarga   kelib   2-3   yoshli   bolalardek   gapirishi,   ya’ni   grammatik jihatdan   tugallanmagan   ifodalar   qo‘llab,   tovushlarni   buzib,   juda   noaniq,   noto‘liq
gapirishi mumkin.
  5-6 yoshdan keyin faol yoki nofaol holatda nutq boshlanishi mumkin. Biroq
maktabga   borish   vaqtida   baribir   yaxshi   ko‘rsatkichlarga   erisha   olmaydi.   Shuning
uchun uning umumiy maktablarda ta’lim olishi imkonsiz bo‘ladi. 
Har qanday holatda ham alaliyali bolalarda nutqiy nuqsonlar tufayli ularning
intellektual   rivojlanishida   qoloqlik   vujudga   keladi.   Odatda,   bolalarda   alaliyaning
mavjudligi   haqida   3   yoshdan   keyin   aytiladi.   Ungacha   nutq   rivojlanishining
kechikishi deyish maqsadga muvofiqdir.
Odatda,   nutq   rivojlanishining   kechikishi   bola   tomonidan   mustaqil   ravishda
yengib   o‘tiladi   (ko‘pincha   o‘zidan   keyin   tovushlarni   to‘liq   talaffuz   qila   olmaslik
asoratini qoldiradi). 
Shunday   holatlar   ham   bo‘ladi-ki,   (deyarli   o‘g‘il   bolalarda,   ko‘pincha   irsiy
ko‘rinishda) 3 yoshgacha hech gapirmay jim yurgan bola birdaniga aniq, lo‘nda va
to‘liq   ifodalar   bilan   gapira   boshlaydi.   Shunga   ko‘ra,   nutq   rivojlanishining
kechikishini   alaliyadan   farqlash   murakkab   bo‘ladi.   Shuning   uchun   gapirmagan
bolalarni   2   yoshida   logoped   maslahatiga   olib   borish   kerak.   Mashg‘ulotlarni   iloji
boricha ertaroq boshlash lozim. 
Maktab   yoshigacha   bo‘lgan   alaliyali   bolalar   uchun   maxsus   maktabgacha
ta’lim   va   tibbiyot   muassasalari   (logoped   guruhlari   yoki   og‘ir   nutq   buzilishlari
kuzatilgan   bolalar   bog‘chalari,   statsionarlar   va   sanatoriyalar)   mavjud.   Ularda
tibbiyot-pedagog xodimlar maxsus mashg‘ulotlar olib borishadi.   
Maktab yoshida bo‘lgan alaliyali bolalar uchun maxsus ta’lim muassasalari
kerak   bo‘ladi.   Maxsus   maktablarda   nutqi   cheklangan   bolalarning   har   tomonlama
ta’lim va tarbiya olishlari uchun sharoitlar yaratib beriladi. 
Alaliyali   bolalarning   aksariyati   bolalar   poliklinikasi   va   psixonevrologik
dispanserlarning logopedlaridan boshlag‘ich yordam oladilar.   
Alaliyaning uch ko‘rinishi mavjud:
1.   Sensor alaliya   – impressiv (lot. impressio taassurot) nutqning norasoligi,
unda   so‘zlarning   ma’nosi   va   tovush   ifodasi   o‘rtasida   uzilish   kuzatiladi.   Sensor alaliyada   bolada   yaxshi   eshitish   qobiliyati   bo‘lishiga   qaramasdan,   unda
atrofdagilar   nutqini   tushunishda   buzilish   kuzatiladi.   Ya’ni   bola   nutq   tovushlarini
farqlay   olmagani,   xuddi   ularni   “eshitmayotgani”   uchun   gapirishni   o‘rganmaydi.
Holbuki,   bunda   har   qanday   boshqa   “nutqiy   bo‘lmagan”   tovushlarni   juda   yaxshi
eshitadi   va   ularning   ta’siriga   yaxshi   javob   qaytaradi.   Bunday   bolaning   xususiy
nutqi to‘liq mavjud bo‘lmasligi yoki ayrim alohida poyma-poy so‘zlar, exolaliyalar
(faqat   hozirgina   eshitgan   so‘zini   takrorlash)dan   iborat   bo‘lishi   mumkin.   Sensor
alaliyaning paydo bo‘lishiga eshitish-nutq analizatori (Vernika markazi)ning miya
qobig‘i oxiri va uni o‘tkazish yo‘llarining jarohatlanishi  sabab bo‘ladi.   
2.   Motor   alaliya   –   ekspressiv   (lot.   expressio   ifoda)   nutqning   norasoligi.
Unda   bola   nutqni   to‘la   tushunadi   biroq   o‘zining   nutq   organlarini   (til,   lab,   pastki
jag‘)   yaxshi   boshqara   olmaganligi   bois   gapirishni   o‘rgana   olmaydi.       Motor
alaliyada   bolaning   mushaklari   sog‘lom   bo‘ladi,   faqat   ularni   o‘zi   xohlagandek
harakatlantira   olmaydi.   Ya’ni   nutq   harakatlarini   bajara   olmaydi   yoki   yomon
bajaradi (nutq tovushlarini, binobarin so‘zlarni talaffuz qila olmaydi), biroq nutqsiz
harakatlarning   barchasi   joyida   bo‘ladi   (u   ovqat   mahalida   og‘zini   ochadi,
chaynaydi,   yalaydi,   kuladi   va   h.k.).   Motor   alaliyaning   paydo   bo‘lishiga   nutq-
dvigatel   analizatori   (Broka   markazi)ning   miya   qobig‘i   oxiri   va   uni   o‘tkazish
yo‘llarining  jarohatlanishi  sabab bo‘ladi.   
3.   Sensomotor   alaliya   –   sensor   va   motor   alaliyaning   kombinatsiyasidan
vujudga kelgan bo‘lib, unda turli darajada  eshitish va dvigatel buzilishlari mavjud
bo‘lib, eng og‘ir nutqiy nuqson hisoblanadi.  ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1 .   Usmanova   Sh.     “Psixolingvistika”   fanidan   ma’ruza   kurslari .   – Toshkent:
Universitet, 2014.
2.   Usmanova   Sh.     Psixolingvistika.   O‘quv   qo‘llanma.   – Toshkent:   Universitet,
2015. (Elektron variant).
3 . Belyanin V. P. Psixolingvistika.  Uchebnoe posobie.  –M.: Flinta, 2008.
4. Gluxov V.P. Osnovы p sixolingvistiki.  Uchebnoe posobie.   – M.:  ACT: Astrelь,
2008.
5 .   Karaseva   O.F.,   Safonova   O.A.     Psixolingvistika:   novыe   texnologii   analiza
poeticheskogo teksta. Uchebnoe posobie.  – Krasnodar, 2012. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6 .   Axutina   T.V.   Porojdenie   rechi.     Neyrolingvisticheskiy   analiz   sintaksisa.   -   M.:
MGU, 1989. 
7.   Baskakov   N.A.,   Sodiqov   A.S.,   Abduazizov   A.A.   Umumiy   tilshunoslik.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 1979. 
8.   Batov   V.I.   O   sudebnoy   psixologo-lingvisticheskoy   ekspertize   //Voprosы
sudebno-psixologicheskoy ekspertizы. –M., 1974.
9 . Belikov V. I., Krыsin L. P.  Sotsiolingvistika. –M., 2001.
1 0 .   Bыkova   G.   V.,   Fraerl   V.   L.   Lakunы   russkogo   yazыka.   Pod   nauch.   red.   I.A.
Sternina. – Blagoveщensk: Izd-vo BGPU, 2008.

NEYROLINGVISTIKANING NAZARIY ASOSLARI Reja: 1. Neyrolingvistik tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari 2. Nutq patologiyasi turlari

1. Neyrolingvistik tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari Neyrolingvistika (yunon. neuron – tomir, nerv, asab va lot. lingua – til) – nutqiy faoliyatning miya mexanizmlarini va miyaning mahalliy jarohatlanishi tufayli yuzaga keladigan nutqiy jarayondagi o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan. Binobarin, barcha jihatlar bir - biridan ajralmagan holda o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganiladi, ya’ni til sistemasi lisoniy muomalaning miya substrati (lot. substratum – asos, zamin, negiz, bu o‘rinda miya asosi) bilan o‘zaro munosabatda o‘rganiladi. Shunday qilib, neyrolingvistika asosiy e ’ tiborini turli ko‘rinishdagi nutqiy buzilishlarni tashxislash va davolashga qaratadi 1 . Neyrolingvistika mustaqil fan sifatida (biologik) tilshunoslik negizida, neyrologiya, psixologiya va lingvistika kesishgan nuqtada yuzaga keldi va u til sistemasini lisoniy muomalaning miya substrati bilan o‘zaro aloqada o‘rganadi. Neyrolingvistika lingvistika, psixolingvistika, fiziologiya, neyrofiziologiya, nevrologiya, psixologiya va neyropsixologiya fanlari bilan o‘zaro bog‘langandir. 1 Кавинкина И.Н. Психолингвистика. Пособие для студентов педагогических специальностей высших учебных заведений. –Гродно: ГрГУ, 2010. –С. 51.Neyrolingvistika quyidagi uch jihatni o‘rganadi 1) tilni belgilar sistemasi sifatida 2) nutq va nutqiy faoliyat (dekodlash va kodlash jarayonlari)ni 3) voqelik haqidagi informatsiyani kodlash va dekodlash bilan bog‘liq miya qismlarini

Nutq iy buzilishlar etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining o‘z o‘rni borligi eramizdan avvalgi 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib o‘tilgan. Lekin uni sistematik jihatdan o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Nutqiy buzilishlar faktlariga bo‘lgan qiziqishni Boduen de Kurtune, A.Shleyxer, G. Vernike, V. A. Bogoroditskiy, L.B.Sherba, R.Yakobson, L.R.Zinder h.k. olimlarning tadqiqotlarida uchratish mumkin. Neyrolingvistikada nutqiy buzilishlarning neyrofiziologik va lingvistik jihatlari T.Alajuanin, A.Ombredan, M.Dyuran, K.Konrad, K.Breyn, F.Grevel, R.Yusson, Yu. Barbiz, K.Kolmayer, A.Layshner, P.Milnerlar singari olimlarning ishlarida yoritib berilgan. A.R. Luriya esa L.S.Vigotskiy, I.P.Pavlov va P.K.Anoxinlarning ishlariga tayanib tadqiqotlar olib borgan. Mazkur tadqiqotchilar tomonidan turli fonologik, grammatik, leksik va semantik buzilishlar tasvirlangan. Shuningdek, neyrolingvistika lisoniy muomala buzilishining noafazik shakllari (nutqiy agnoziya, apraksiya, aleksiya va agrafiya)ni tadqiq etishga ham e’tibor qaratadi. 2. Nutq patologiyasi ning turlari Lisoniy me’yor va nutqiy me’yor nima? Nutq patologiyasi nima? Lisoniy me’yor – umumiy kommunikatsiya jarayonida tanlab olingan va mustahkamlangan til sistemasining turg‘un an’anaviy realizatsiyalari majmuyi. Nutqiy me’yor – madaniy jamiyat tomonidan ongli ravishda qayd qilingan barqaror va birlashtirilgan lisoniy vositalar va ularni qo‘llash qoidalarining majmuyi (masalan, talaffuz, urg‘u, so‘z qo‘llash, grammatika va stilistika qoidalari). Nutq patologiyasi (yunon. pathos – azob chekish, kasallik) – nutq me’yoridan chetga chiqish. Nutq patologiyasi jarayonini o‘rganish juda qiyindir. Chunki nutqida kamchiliklari mavjud insonlar muloqotga kam kirishadilar va o‘rganish obyekti sifatida o‘zlarining ustida eksperiment olib borishni uncha xohlamaydilar. Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, miya faoliyatining buzilishi,

nutqiy faoliyatning buzilishiga olib keladi. Hatto alkogol, qattiq toliqish, qo‘rqinch tufayli vaqtincha miya buzilishi inson nutqiga ta’sir qiladi. A.A. Leontev nutq patologiyasining beshta muhim turini ajratib ko‘rsatadi: 1. Shaxs patologiyasi, ong va oliy psixik funksiyalar bilan bog‘liq nutqiy buzilish. Bunga progressiv falaj holatidagi nutqiy faoliyatning buzilishi (artikulyasiyaning qiyinlashuvi, talaffuzning noaniqligi)ni misol qilib keltirish mumkin. 2. Miyaning muayyan darajada shikastlanishiga asoslangan, biroq ruhiy kasalliklar bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan nutqiy buzilish. Bunga misol qilib afaziyaning turli ko‘rinishlarini keltirish mumkin. 3. Sensor sistemalarning buzilishi bilan bog‘liq tug‘ma yoki keyin orttirilgan nutqiy buzilish. Bu asosan karlar va kar-soqovlar nutqi va uni qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. 4. Aqli zaif yoki psixik rivojlanishning vaqtincha kechikishi bilan bog‘liq nutqiy buzilish. 5. Ijro xarakteriga ega va nutqni motorli dasturlash yoki motorli dasturni amalga oshirish nuqsonlari bilan bog‘liq nutqiy buzilish. Nutq patologiyasining mazkur barcha turlari yaqingacha psixolingvistikaning bo‘limlaridan biri bo‘lgan patopsixolingvistika tomonidan o‘rganib kelingan. Neyrolingvistika mustaqil fan sifatida ajralib chiqqanidan keyin nutqiy buzilishning ikkinchi turi neyrolingvistik nuqtayi nazardan tadqiq qilina boshlandi. Quyida neyrolingvistika o‘rganadigan nutqiy buzilishlarni ko‘rib chiqamiz. Afaziya (yunon. aphasna , a – inkor, phasis – nutq) miya muayyan qismlarining, odatda, chap yarim sharning shikast topishi tufayli vujudga kelgan nutqiy buzilish. Afaziyani o‘rganish miyada nutqiy markazlarni joylashishini aniqlash imkonini berdi. Nutqiy patologiya yo‘nalishining eng yaxshi ishlangan bo‘limi afaziologiya hisoblanadi. Bugungi kunda nutqiy mexanizmlarning detalli modeli ishlab chiqilgan. O‘ng qo‘lda ish qiladiganlar, yozadiganlarda (95 %) nutqiy

zonalar chap yarim sharda joylashgan. Shunday ekan afaziologiya chap yarim sharning tadqiqi bilan shug‘ullanadi. Afaziya miyaga qon quyilishi (insult), miya o‘simtasi, biror bir mexanik shikast tufayli vujudga keladi. Agar miyadagi nutqiy zonalarning hammasi shikastlansa, total afaziya yuzaga keladi. Bunday holatda nutq umuman yo‘qoladi va uni tushunish amalga oshmaydi. Agar miyaning nutqiy zonalaridan biri ishlab ketsa, qisman afaziya vujudga keladi. Motor afaziya inson miyasidagi Broka zonasi shikastlanganda maydonga keladi. Afaziyaning bu turida inson nutqni tushuna oladi, lekin gapira olmaydi. Broka markazini 1861-yilda fransuz olimi P.Broka kashf qilgan. U miyaning chap peshona pastki orqa burmasida joylashgan. Ikkinchi nutqiy zona nemis olimi K.Vernike tomonidan 1874-yili kashf qilingan. U miyaning yuqori chakka burmasida joylashgan. Bunda odamlar nutqga ega bo‘ladilar, lekin o‘zgalar nutqini tushunmaydilar. Afaziyaning bu turi sensor afaziya , deb nomlanadi. Miyada joylashgan harakat markazi (Broka zonasi) va eshitish markazi (Vernike zonasi) bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Harakat afaziyasida bemor so‘zlarni talaffuz qila olmaydi, garchi u unga aytilgan nutqni tushunadi, bunda miyaning chap peshona pastki orqa burmalarida joylashgan Broka markazi shikast yegan bo‘ladi. Agar bosh miyaning yuqori chakka miyasida joylashgan Vernika markazi shikastlansa, akustik afaziya sodir bo‘ladi. Bunday holda bemor gapira oladi, lekin nutqni tushunmaydi, unda “fonematik eshitish qobiliyati” buziladi. U so‘zlarni tushunib bo‘lmaydigan shovqindek qabul qiladi, ma’nosiga tushunmaydi. U hamma tovushlarni eshitadi, lekin ularni umumlashtirish va ajratish qobiliyatini yo‘qotadi. Bularning hammasi ikkilamchi buzilishlarga – so‘zlarning noto‘g‘ri talaffuz qilinishiga, yozish qobiliyatining buzilishiga olib keladi. Bosh miya quyi qismi faoliyatining shikasti nutqni qisman tushunishga olib keladi. Bunday holda semantik afaziya yuz beradi. Bemor mantiqiy grammatik munosabatlarni tushunmaydi, masalan: “otamning akasi”, “akamning otasi” yoki