logo

Sportning nazariy asoslari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.1220703125 KB
Sportning nazariy asoslari
Reja :
1.Sport nazariyasi predmetining xususiyatlari. 
2.Sport faoliyati. 
3.Sport tayyorgarligi. 
4.Sport tayyorgarligi tizimi. 
5.Sport maktabi. 
6.Sport mashg ’
ulotlari. 
7.Sportchini tayyorlash.
8 .  Sport mashg‘ulotlari tizimi. 
9.Sport natijalari.
10. Sportchini tasnifi haqida nazariy ma'lumotlarga ega qilish. 1.Sport nazariyasi predmetining xususiyatlari.
Sport nazariyasi predmeti, jismoniy tarbiya naza-riyasi va uslubiyati
fanining bir qismi bo’lib, yangidan ajralib chiqqan fandir.
Sport   nazariyasi   fani   sport   mashg’ulotlari   bilan   maxsus   tashkil
qilingan   jarayonda   sportchining   tayyorgarlik   mazmuni   va   uslubiyati
hamda unga ta’sir qiladigan umumiy qonuniyatlarni o’rganadi.
Sport   nazariyasining   asosiy   atamalariga   quyidagilar   kiradi:   sport
musobaqalari,   sport   harakati,   sport   faoliyati,   sport   tayyorgarligi,   sport
tayyorgarligi   tizimi,   sport   maktabi,   sport   mashg’ulotlari   tizimi,   sport
ko’rsat-kichlari,   sport   natijalari.   Shu   atamalar   mazmuni   va   xajmini
aniqlab   olmasdan   turib,   sport   nazariyasi   o’rgana-digan   fanni
muvaffaqiyatli ravishda egallab bo’lmaydi.
Sport   -   qisqa   ma’noda   shaxsiy   musobaqa   faoliyati   deyilsa,   keng
ma’noda   shaxsiy   musobaqa   faoliyati   shu   faoliyat   asosidan   kelib
chiqadigan   maxsus   tayyorgarlik   hamda   uning   norma   va   yutuqlari
tushuniladi.
Sport musobaqalari   - ko’rsatish uslubi, sport yutuqlarini baxolash
va   taqqoslash,   sport   soxasidagi   konkurentsiyalarni   o’ziga   nisbatan boshqarishdir.  Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo’lishni
kerakli   omili,   shaxsni   tashkil   topishini   vositasi,   inson   imko-niyatlarini
anglab etish, etalon ko’rsatkichlarini tuzishga qaratilgan.
Sport musobaqalarini maqsadi - kuchli sportchilar va komandalarni
aniqlash,   sport   maxoratini   takomillash-tirish,   jismoniy   madaniyat   va
sportni   targ’ibot   qilish,   sport   tashkilotlari,   murabbiylar,   sportchilar,
hakamlar faoliyatiga ob’ektiv baxo berishdir.
Sport harakati   - ijtimoiy harakatning maxsus shakli bo’lib, tuzish,
rivojlanish, saqlash, sport boyliklarini qabul qilish va almashish, shaxsni
tashkil   topishi   uslubi,   jamiyatga   ishchi   kuchi   xamda,   Vatanni   faol
himoyachilarini   tayyorlaydi.   O’zbekistonda   sport   harakati   -   g’oyaviy
kurashning   kerakli   sohasi   bo’lib,   ommaga   ta’sir   ko’rsatuvchi,   insonda
milliy   ongni   tarbiyalovchi   tomonla-ridan   biridir.   Sport   harakati   tarixan
quyi-dagi   shakl-larni:   ommaviy,   havaskorlik   sportini   yaratgan.   Bundan
tashqari biznes shaklidagi - professional sportni yuzaga chiqaradi.
2.Sport faoliyati  - harakat faoliyati rivojlanishini oliy shakli bo’lib,
inson   faoliyati   jarayonining   ko’p   qirraliligi   insonni   jismoniy   va
psixologik   rivoj-lanishi   hamda   takomillashuvini   jamiyatning   talabiga nisbatan   tashkil   qilishdir.   Sport   faoliyati:   shaxsiy   sport   faoliyati   va
tashkiliy - pedagogik faoliyatlarga bo’linadi.
Insonning sport faoliyati ikki bir-biriga bog’liq: qayta tashkil topish
va tushunib etish (sportchini bilishi, ko’nikma, malakalarni yuqori sport
ko’rsatkichlari) tomoni mavjud.  
Funktsional atamalar guruhiga tayanch bo’lib, sport tayyorgarligi va
sport mashg’ulotlari atamalari kiradi.
3.Sport   tayyorgarligi   –   sportchilar   mashg’ulotini   qamrab   oluvchi,
ko’p   omilli   jarayon   bo’lib,   musobaqalarga   tayyorlanish   va   qatnashish,
mashg’ulot   jarayonini   va   musoba-qani   tashkil   qilish,   mashg’ulot   va
musobaqani ilmiy - metodik va material - texnik tomonidan tayyorlash;
kerakli   shart-sharoitni,   sport   ishlari   mashg’uloti   o’qish   va   dam   olish
bilan qo’shib olib borishini hisobga oladi.
Ushbu   atamalarni   ishlab   chiqarishda   sport   tayyorgarligi   tizimi   va
sport maktabi deb yuritiladi.
4.Sport tayyorgarligi tizimi  - bilim, vositalar, uslublar, shakllar va
shu   muxitda   tashkil   qilish   bilan   sportchini   eng   yaxshi   darajada tayyorlashni   ta’minlash,   shuningdek   sportchini   tayyor-lashni   amaliy
faoliyatidir.
5.Sport   maktabi   -   sportchilarni   tayyorlashni   yagona   tizimi   bo’lib,
bir guruh mutaxassislarni ijobiy izla-nishga asoslanadi.
6.Sport   mashg’ulotlari   –   bu   sport   tayyorgarligini   bir   qismidir.
Sport   mashg’ulotlari   maxsus   jarayonni   o’z   ichiga   olib,   aniq   tanlangan
sport   turi   bo’yicha,   sportchini   yuqori   ko’rsatkichlarga   erishishida,
jismoniy   mashqlar   orqali   organizmni   rivojlantirish,   jismoniy   sifatlar   va
qobiliyatlarni   takomillashtirish   uchun   foydalanilgan   maxsuslashtirilgan
jarayondir.
–   sport   mashg’ulotlari   pedagogik   xodisa   bo’lib,   u   sportda   yuksak
natijalarga   erishish   uchun   bevosita   yo’nalti-rilgan   maxsus   jismoniy
tarbiya jarayonidir.
“ Sport   mashg’ulotlari ”   atamasi   bilan   bir   qatorda   sportchini
tayyorlash atamasi ham qo’llaniladi.
7.“Sportchini   tayyorlash ”   –   kengroq   tushuncha   bo’lib,   u   sportda
yuksak ko’rsatkichlarga erishishga tayyor bo’lishi va uni amalga oshira borishni   ta’minlovchi   barcha   vosita-lardan   foydalanishni   o’z   ichiga
oladi.
Umuman   sport   mashg’uloti   sportchini   tayyorlashda   biologik   va
psixologik   o’zgarishlarining   murakkab   majmua-sini   yuzaga   keltirib,
natijada   “ mashq   bilan   chiniqqanlik ”,   “ tayyorgarlik ”,   “ sport   formasida
bo’lishlik ”   darajasini   yaxshilanishiga   olib   keladi.   “ Mashq   bilan
chiniqqanlik ”   tushunchasi   odatda   mashg’ulot   ta’siri   ostida   sportchi
organizmida sodir bo’ladigan hamda uning ish qobiliyatini ortishida o’z
ifodasini   topadigan   biologik   (funktsional   va   morfologik)   moslashuv
o’zgarishlari   ma’nosida   anglanadi.   Bular:   umumiy   va   maxsus   turga
bo’linadi.
“Mashq   bilan   chiniqqanlik ”   –   mashg’ulot   vositasida
organizmning muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir.
“ Tayyorgarlik   darajasi ”   –   atamasi,   “mashq   bilan   chiniq-qanlik”
atamasidan   kengroq   bo’lib,   tayyorgarlikni   qaysi   darajada,   ekanligini
ko’rsatadi.
8“Sport   mashg’ulotlari   tizimi ”   –   bu   sportchilar   tayyorlashda
beriladigan   bilimlarni,   tamoyillarni,   uslub-lari   va   sport   ko’rsatkichini, shuningdek mashg’ulot jarayonini boshqarish va tashkil qilishda amaliy
faoliya-tini bir butunligidir.
“Sport ko’rsatkichlari ” - bu sport mahorati va sportchi qobiliyatini
qaysi darajada ekanligini ko’rsatib, aniq natijalarda beriladi. Aniq holda,
tayyorlash   tizimini   samarali   amalga   oshirishi   mobaynida   sport
ko’rsatkichlari,   sportchini   iqtidorligini   aniqlaydi.   Yuqori   sport
ko’rsatkichi   bo’lib,   shu   sport   turida,   maksimal   imkoniyatlardan
foydalanilganini ko’rsatadi.
9.“Sport   natijalari ”   -   sportdagi   son   va   sifat   darajasini
ko’rsatkichidir.
10.“ Sportchining   tasnifi ”   -   sportchini   barqaror   tas-nifi   bo’lib,
ma’lum   vaqt   ichida   yoki   sport   musobaqalarida   qatnashishini
umumlashgan yakunidir.
O’zbekiston   Respublikasida   “ yagona   sport   tasnifi ”   mavjud   bo’lib
har to’rt yilda o’zgarib turadi. Sportni ijtimoiy xodisa sifatida o’ziga xos
xususiyati   shundan   iboratki,   u   asosan   jamiyatga   insonning   jismoniy
sifat-larini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi, shu bilan birga,
uning   ma’naviy   kamolatiga   ham   kuchli   ta’sir   ko’rsatadi.   Mazkur
xususiyati jismoniy tarbiyaning mushtarak belgisidir. Insonning ijtimoiy ongini   rivoj   topganligi   jismoniy   madaniyatni   vujudga   kelishidagi
sub’ektiv omili deb hisoblanadi.
Jismoniy   tarbiya   va   sport   nazariyasi,   fan   sifatida,   insonning
jismoniy   tarbiya   va   sport   bo’yicha   jamiyatda   ko’rsatgan   faoliyatini,
yangi shaxsning mazkur faoliyat davomida, qonuniy tarzda shakllanishi
va jismonan komil inson bo’lib etishishini o’rganadi va tadbiq qiladi.
Jismoniy   tarbiya   va   sportning   ijtimoiyligi   uning   oqibatlaridan
samarali ravishda manfaatdordir deb hisoblaydi (O.A.Milshteyn ).
Bu oqibatlar majmui, sport bilan shug’ullangan har bir jamoa a’zosi,
har   bir   ijtimoiy   gurux   uchun   qanchalik   foyda   yoki   ziyon   keltirishini
aniqlab beradi.
Bularga quyidagilar kiradi:
-   aholini   barcha   ijtimoiy   guruh   va   tabaqalariga   jismoniy   tarbiya
tizimining ijtimoiy ta’siri;
-   jismoniy   tarbiya   boshqaruvini   tashkil   qilish   va   uning   faoliyat
samaradorligi;
- har bir  jamiyat  a’zosining  ruhan va jismonan  sog’lom  bo’lishiga,
uning   ijodkor   shaxs   sifatida   har   tomonlama   kamol   topishiga,   uning mehnat faoliyati, ijtimoiy siyosiy harakati, umuman, ijtimoiy qiyofasi va
faoliyatiga,   hayotda   tutgan   o’rniga   sportning   tarbiya,   ta’lim   va
sog’lomlash-tirishga qaratilgan ta’sirining amaliy natijasi;
-   mashg’ulotdan   bo’sh   vaqtlarda   samarali   dam   olish   usullari   va
bunday dam olishning ommaviyligi;
-   ommaviy   axborot   vositalari   orqali   jismoniy   tarbiya   va   sportni
targ’ib qilishning samaradorligi;
-xalqaro   sport   harakatlari   va   olimpiya   o’yinlarining   rivojlanishiga,
turli   mamlakat   xalqlari   o’rtasida   tinchlik   –   totuvlik   va   hamkorlikning
rivojlanishiga,   keskinlikni   yumshatishga   qo’shgan   hissasining
samaradorligiga bog’liq-dir.
Sport   hamisha   jamiyat   oldida,   bir   qator   muhim   vazifalarni   bajarib
kelgan hozirgi kunda vazifalar bundan ham ko’paya boradi  (1,2,3) .
Sport   shaxsning   har   tomonlama   rivojlanishiga   maxsus   tarzda   ta’sir
ko’rsatadi,   hayotiy   ko’nikma   va   malakalarning   shakllanishiga   yordam
beradi,   ma’naviy,   axloqiy   va   aqliy   o’sishga,   shaxsning   mardlik,   iroda,
ruhiy   tetiklik   kabi   xususiyatlarini   chiniqtirishga   ko’maklashadi,
insonlarda   o’zaro   hurmat,   do’stlik-inoqlik   hissiyotlarini   tarbiyalaydi, o’zaro   yordam,   oliyjanoblik,   halollik,   baynalminallik   ruhi   va   boshqalar
sportning eng muhim fazilati hisoblanadi.
Sport ko’ngilxushlik va muxlislik bilan birgalikda sog’lomlashtirish
vazifasini  bajaradi,  uning sog’lomlash-tirish  turlari,  dam olish,  jo’shqin
xordiq   chiqarishga   qaratilgan   bo’lib,   sog’lom   hayotning   asosi   bo’lib,
hisoblanadi.
Nazariya   -   deganda,   asosan,   u   yoki   bu   sohadagi   tajribalarni
umumlashtiruvchi,   tabiat   qonunlarini,   ob’ektiv   ravishda   ko’rsa-tishi
asosiy bilimlarni inson ongida namoyon bo’lishi tushuniladi.
Nazariya   -   ilmiy   bilimning   oliy   shakli   bo’lib,   tamoyillar   va
qonunlar,   tushuncha   va   funktsiyalari,   uslu-biyati   va   qoidalarini,
umumlashtirish   va   tahlil   qilishda,   ma’lum   sohadagi   bilimlarni   bir
butunligicha   tushunchaga   keltiradi.   Sport   nazariyasini   haqiqiyligi   sport
faoliyati   amaliyotda   aniqlanadi,   yoki   nazariya   bilan   amaliyot   bir-biri
bilan mustahkam bog’langandir.
Sport   nazariyasini   ob’ektiv   holati   inson   faoliyati   sohasini   ijtimoiy
hodisasi   sifatida,   musobaqalarni   o’tkazish   va   tashkil   qilish   tizimini,
musobaqalarda   yuqori   sport   natijalari   va   g’alabaga   erishish,   shu   bilan sog’ligini   mustahkamlash   va   insonni   umumiy   jismoniy   rivojlan-tirish
maqsadida o’quv-trenirovka mashg’ulotlarini o’tkazish hisoblanadi.
Sport   nazariyasini   maqsadi   -   fan   sifatida   anglab   etish,   tavsif,
tushuntirish   va   ob’ektiv   qonunlarni   bashorat   qilish,   sport   faoliyati
jarayonlarini   va   ko’rinishlarini,   predmet   tuzilishini   o’rganadigan   va
ijtimoiy holatlarni o’z ichiga olishi, tashkillashtirilishi, metodik, biologik
va sport bilan bog’liqligini hisobga olishdan iboratdir.
“ Sport   nazariyasi ”   ni   ko’p   funktsionalli   jamiyat   hodisasi   sifatida,
jismoniy   madaniyat   instituti   va   jismoniy   tarbiya   fakultetlariga
mo’ljallangan   o’quv   dasturidagi   hajmi   bo’yicha   sportchini   tayyorlash
tizimidagi sportni har xil sohalari bo’yicha o’quv predmetidir.
Sport nazariyasi gepotezo-deduktiv yoki induktiv-deduktiv nazariya
turiga kirib, bu ma’lum tizim va emperik (amaliy tajriba) holatini logik
bog’liqligiga ega.
Sport   nazariyasi   bir-biri   bilan   bog’langan,   predmet   va   xodisalar
majmuida,   sport   sohasiga   taalluqli   bilimlar   tizimi   quyidagi   asosiy
funktsiyalarga   ega:   tavsiflovchi,   tartibga   tushuruvchi,   bashorat
qiluvchi   olingan   natijalarni   umumlashtiruvchidir.   Bundan   tashqari
amaliy va metado-logik funktsiyalar bilan farqlanadi. Sport nazariyasida quyidagi elementar tuzilishlar ajratiladi:
1. Dastlabki emperik asoslari (tajriba yo’li bilan) - bu sport faoliyati
to’g’risida   tajriba   davomida   tanlab   olingan,   nazariy   tushuntirishga
muhtoj ma’lumotlardir.
2. Dastlabki nazariy asoslari quyidagi tarkibiy qismlarga ega:
-   ko’p   yillik   yoki   kelajakdagi   faoliyat   natijalarini   onglab   etishi   va
amaliy   qayta   tuzilishida   aniq   haqiqatni   yorituvchi   birlashgan   shakli
tushuniladi, bu esa onglab etgan maqsadni o’z ichiga oladi.
-   asosiy   tamoyillari   dastlabki   holatda,   kerakli   qonuniyatlarni
bildiradigan nazariya kutadigan ma’lumot-lardir.
3.   Dastlabki   logik   asoslari   -   sport   nazariyasida   shunday   tushuncha
borki,   u   xodisa   va   predmetlar   xususiyat-larini,   faqat   ilmiy   holda   emas
balki, ilmiy bilimgacha bo’lgan bilimni ham ko’rsatadi.
4.   O’zining   nazariy   qismi   -   bajarilgan   mashqlardan   yig’ilgan
samaradorligini  qoldiq oqibatini,  tushuntirish  va tasdiqlashni  o’z ichiga
oladi.
Shunday   qilib   sport   nazariyasi   -   bu   sportni   ahamiyati   to’g’risida
tushuncha   beriladigan,   qonuniyatlari   va   asosiy   atamalariga   jamiyatda amal qilish, uning mazmuni va shakllari bo’yicha optimal ravishda sport
tayyorgarligi   va   musobaqa   faoliyatini   birlashtiradigan   bir   butun
tizimidir.
Sport turlarining tasnifi.
Bugungi   zamonaviy   sportning   juda   ko’p   mustaqil   turlari   paydo
bo’ldiki, ularning har qaysisi o’zining musobaqa shakli, maxsus harakat
tarkibi,   bellashuv   qoidalari   va   musobaqa   faoliyatiga   baho   berish   usuli
bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi.
Matveev   L.P.   (1977)   sport   turlarini   harakat   faoliyatiga   qarab   5
guruhga bo’lgan:
Birinchi guruh  - sportning bu turi jismoniy sifatlarni chegaragacha
talab   qiladigan   sport   turlari   bo’lib,   sportchini   o’z   shaxsiy   imkoniyatiga
qarab muvaf-faqiyat qozonishi mumkin (boks, gimnastika, kurash, sport
o’yinlari, engil atletika va boshqalar);
Ikkinchi   guruh   -   yuruvchi   texnik   vositalarni   boshqarish   bilan
bog’liq   bo’lgan   sport   turlari   (mototsikl,   avtomobil,   tayyora,   yaxta   va
boshqalar); bunday turda sport natijasi o’zi yuruvchi texnik vositalariga,
ham ularni boshqarish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi; Uchunchi   guruh   -   maxsus   qurollar   (miltiq,   kamon   va   boshqalar)
dan qat’iy cheklangan shart bilan nishonga tekkizuvchi sport turlari;
To’rtinchi   guruh   -   model   -   konstruktorlik   faoliyatini   o’zaro
taqqoslash turlari (aviamodel, avtomodel va shu kabilardagi faoliyatlar);
Beshinchi guruh   - sportning abstrakt - mantiqiy yo’l bilan g’alaba
qozonish turi (shaxmat, damka);
Yozgi   va  qishki   olimpiya   o’yinlari  dasturiga   kiritilgan   sport   turlari
boshqa hislatlarga ko’ra guruhlarga birlashtiriladi.
1-guruh   - davriy xarakterdagi harakat faoliyati bilan bog’-liq sport
turlari suzish, eshkak eshish, engil atletika, velosport va boshqalar;
2-guruh   - asosan tezkorlik - kuch sifatlarini namoyon etishni talab
etuvchi sport turlari sakrash, uloqtirish, og’ir atletika;
3-guruh   - asosan harakatlarni muvofiqlashtirish bilan bog’liq sport
turlari   -   sport   va   badiiy   gimnastika,   akrobatika,   suvga   sakrash,   batut,
figurali uchish va boshqalar;
4-guruh  - yakkakurash boks, kurash (barcha turlari), qilichbozlik va
boshqalar; 5-guruh   -   sport   o’yinlari   futbol,   xokkey,   basketbol,   voleybol,   suv
polasi va boshqalar.
6-guruh  - ko’pkurash chang’i ikki kurashi, engil atletika ko’pkurashi,
zamonaviy beshkurash va boshqalar.
II.Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot 
manbaalari Asosiy adabiyotlar
  1.Abdumalikov   R.   Eshnazarov   J.   Jismoniy   madaniyat   va   sport   tarixi.
O‘quv qo‘llanma Toshkent 1993 y.
2Yarashev   K.D.   Jismoniy   tarbiya   va   sportni   boshqarish.   O‘quv
qo‘llanma Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 2002
yil.
3.Юнусова Ю.М. Teopия и методика физической културы. Учебное
пособия Tошкент UzGosIFK 2007 г.
4.Salomov   R.S.   Sport   mashg‘ulotning   nazariy   asoslari   -   Toshkent.,
O‘quv qo‘llanma O‘zDJTI, 2005 yil - 238 b.
5.Mahkamdjanov   K.M.   Jismoniy   madaniyat   nazariyasi   va   metodikasi
Toshkent., darslik “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b.
6.Ma тв e ев   Л.Р.   Teop ия   и   методика   физического   воспитание   - Учебник Moc кв a «Физкультура и спорт» - 2005 г.
7.David C. Watt Sports  management  and administration  © 1998 David
C. Watt Qo‘shimcha adabiyotlar
8. Мирзиёев   Ш . М .   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олийжаноб
ҳ алкимиз   билан   бирга   курамиз . Тошкент  “ Ў збекистан ” - 2017  й .
9.Ш.Мирзиёев   Эркин   ва   фаровон   демократик   Ў збекистон
давлатини биргаликда барпо этамиз. “ Ў збекистон” НМИУ, 2016 й.
10.Ш.Мирзиёев   Қ онун   устуворлиги   ва   инсон   манфаатларини
таъминлаш   -   юрт   тара ққ иёти   ва   халк   фаравонлигининг
гарови.“ Ў збекистон” НМИУ,2016й.
11.2017-2021   йилларда   Ў збекистон   Республикасини
ривожлантиришнинг   бешта   устувор   йунали ш и   буйича   Х а ракатлар
стратегияси.   Ў збекистон   Республикаси   Президентининг     .17   йил  7
февралдаги ПФ-4947 сонли Фармони.
12.Botirov   X.A.  Jismoniy   tarbiya   va  sport   tarixi.  T.  “O‘qituvchi”   1993
y.
13.Xo‘jayev F. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya. 1997 y.
14.Goncharova   O.V.   Yosh   sportchilarning   jismoniy   qobiliyatlarini
rivojlantirish. o‘quv qo‘llanma, Toshkent., O‘z DJTI, 2005 y - 171 b.
15.Maxkamdjonov K, Tulenova X.B. Maktabgacha ta’lim  muassasalari
uchun   umumiy   va   kengaytirilgan   “Jismoniy   tarbiya”   dasturi.   Ilm-ziyo
Toshkent., 2006 y 16.Xoldorov   T,   Tulenova   X.B.   Jismoniy   madaniyat,   jismoniy   tarbiya,
sport,   turizm,   xalq   milliy   o‘yinlarining   nazariy   va   amaliy   asoslari.
TDTU bosmaxonasi, 2007 y.
17.Tulenova   X.B.   Malinina   N.N.,   Umumrivojlantiruvchi   mashqlarni
o‘rgatish metodikasi, o‘quv qo‘llanma TDPU, 2005 y.
18.Abdullayev   A.,   Xonkeldiyev   Sh.   Jismoniy   tarbiya   nazariyasi   va
bslubiyoti. o‘quv qo‘llanma Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil - 300 b.
19.Thomas H. Sawyer, Lawrence W. Judge The Management of fitness,
Physikal   Activity,   Recreation,   and   Sport   ©   2012   Sagamore   Publishing
LLC AII ringhts reserved.
Internet saytlari
20. www.tdpu.uz
21. www.pedagog.uz
22. www.edu.uz
23. www.nadlib.uz  (A.Navoiy nomidagi O’z.MK)
24. http://ziyonet.uz  — Ziyonet axborot-ta’lim resurslari portal

Sportning nazariy asoslari Reja : 1.Sport nazariyasi predmetining xususiyatlari. 2.Sport faoliyati. 3.Sport tayyorgarligi. 4.Sport tayyorgarligi tizimi. 5.Sport maktabi. 6.Sport mashg ’ ulotlari. 7.Sportchini tayyorlash. 8 . Sport mashg‘ulotlari tizimi. 9.Sport natijalari. 10. Sportchini tasnifi haqida nazariy ma'lumotlarga ega qilish.

1.Sport nazariyasi predmetining xususiyatlari. Sport nazariyasi predmeti, jismoniy tarbiya naza-riyasi va uslubiyati fanining bir qismi bo’lib, yangidan ajralib chiqqan fandir. Sport nazariyasi fani sport mashg’ulotlari bilan maxsus tashkil qilingan jarayonda sportchining tayyorgarlik mazmuni va uslubiyati hamda unga ta’sir qiladigan umumiy qonuniyatlarni o’rganadi. Sport nazariyasining asosiy atamalariga quyidagilar kiradi: sport musobaqalari, sport harakati, sport faoliyati, sport tayyorgarligi, sport tayyorgarligi tizimi, sport maktabi, sport mashg’ulotlari tizimi, sport ko’rsat-kichlari, sport natijalari. Shu atamalar mazmuni va xajmini aniqlab olmasdan turib, sport nazariyasi o’rgana-digan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab bo’lmaydi. Sport - qisqa ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi. Sport musobaqalari - ko’rsatish uslubi, sport yutuqlarini baxolash va taqqoslash, sport soxasidagi konkurentsiyalarni o’ziga nisbatan

boshqarishdir. Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo’lishni kerakli omili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imko-niyatlarini anglab etish, etalon ko’rsatkichlarini tuzishga qaratilgan. Sport musobaqalarini maqsadi - kuchli sportchilar va komandalarni aniqlash, sport maxoratini takomillash-tirish, jismoniy madaniyat va sportni targ’ibot qilish, sport tashkilotlari, murabbiylar, sportchilar, hakamlar faoliyatiga ob’ektiv baxo berishdir. Sport harakati - ijtimoiy harakatning maxsus shakli bo’lib, tuzish, rivojlanish, saqlash, sport boyliklarini qabul qilish va almashish, shaxsni tashkil topishi uslubi, jamiyatga ishchi kuchi xamda, Vatanni faol himoyachilarini tayyorlaydi. O’zbekistonda sport harakati - g’oyaviy kurashning kerakli sohasi bo’lib, ommaga ta’sir ko’rsatuvchi, insonda milliy ongni tarbiyalovchi tomonla-ridan biridir. Sport harakati tarixan quyi-dagi shakl-larni: ommaviy, havaskorlik sportini yaratgan. Bundan tashqari biznes shaklidagi - professional sportni yuzaga chiqaradi. 2.Sport faoliyati - harakat faoliyati rivojlanishini oliy shakli bo’lib, inson faoliyati jarayonining ko’p qirraliligi insonni jismoniy va psixologik rivoj-lanishi hamda takomillashuvini jamiyatning talabiga

nisbatan tashkil qilishdir. Sport faoliyati: shaxsiy sport faoliyati va tashkiliy - pedagogik faoliyatlarga bo’linadi. Insonning sport faoliyati ikki bir-biriga bog’liq: qayta tashkil topish va tushunib etish (sportchini bilishi, ko’nikma, malakalarni yuqori sport ko’rsatkichlari) tomoni mavjud. Funktsional atamalar guruhiga tayanch bo’lib, sport tayyorgarligi va sport mashg’ulotlari atamalari kiradi. 3.Sport tayyorgarligi – sportchilar mashg’ulotini qamrab oluvchi, ko’p omilli jarayon bo’lib, musobaqalarga tayyorlanish va qatnashish, mashg’ulot jarayonini va musoba-qani tashkil qilish, mashg’ulot va musobaqani ilmiy - metodik va material - texnik tomonidan tayyorlash; kerakli shart-sharoitni, sport ishlari mashg’uloti o’qish va dam olish bilan qo’shib olib borishini hisobga oladi. Ushbu atamalarni ishlab chiqarishda sport tayyorgarligi tizimi va sport maktabi deb yuritiladi. 4.Sport tayyorgarligi tizimi - bilim, vositalar, uslublar, shakllar va shu muxitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada

tayyorlashni ta’minlash, shuningdek sportchini tayyor-lashni amaliy faoliyatidir. 5.Sport maktabi - sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi bo’lib, bir guruh mutaxassislarni ijobiy izla-nishga asoslanadi. 6.Sport mashg’ulotlari – bu sport tayyorgarligini bir qismidir. Sport mashg’ulotlari maxsus jarayonni o’z ichiga olib, aniq tanlangan sport turi bo’yicha, sportchini yuqori ko’rsatkichlarga erishishida, jismoniy mashqlar orqali organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni takomillashtirish uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir. – sport mashg’ulotlari pedagogik xodisa bo’lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yo’nalti-rilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir. “ Sport mashg’ulotlari ” atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi ham qo’llaniladi. 7.“Sportchini tayyorlash ” – kengroq tushuncha bo’lib, u sportda yuksak ko’rsatkichlarga erishishga tayyor bo’lishi va uni amalga oshira