logo

Blum taksonomiyasi. Uning nazariy-metodologik asoslari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.5966796875 KB
Blum taksonomiyasi.  Uning nazariy-metodologik asoslari
Reja:
1 . Blum taks o nomiyasi. O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim .  
2.  Blum taks o nomiyasi va adabiy ta ’ lim. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanida 
motivatsiya .  
3. B lum taks o nomiyasi asosida savol va topshiriqlar ishlab chiqish .
  Blum taks o nomiyasi. O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim
Uzluksiz   ta’limda   ta’lim   oluvchilarga   belgilangan   o‘quv   dasturlari   asosida
bilim   berish   va   o‘quv   natijalarini   baholashda   Blum   taksonomiyasi   mezonlariga
asoslaniladi.  Amerikalik mashhur psixolog va pedagog Benjamin Blum tomonidan
asos solingan savol  va to‘shiriqlar  tizimi - bilish faoliyati  darajalariga asoslangan
o‘quv   maqsadlari   taksonomiyasi   zamonaviy   ta’lim   olamida   yetarli   darajada   keng
tarqalgan.   O‘quv   maqsadlari   taksonomiyasi   –   o‘quvchilar   o‘zlashtirishining
ma’lum bir darajasidan darak beruvchi konkret harakatlari, mazmunan obyektlarni
tabiiy   o‘zaro   bog‘liqlik   asosida   murakkablashib   borishini   ketma-ket   joylashtirish
orqali   turkumlashtirilishi   yoki   tizimlashtirilishi.   Taksonomiya   –   borliqning
murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasidir.
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil
qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila
bilish,   sog‘lom   muloqot,   munozara,   vaziyatni   baholash   ko‘nikmalari   shakllanib,
rivojlanib   boradi.   Bu   masalada   Benjamin   Blumning   bilish   va   emotsional
sohalardagi  pedagogik maqsadlarning  taksonomiyasi  o‘quvchini  fanga qiziqtirish,
bilish   faoliyatini   jadallashtirish,   intellektual   salohiyatini   aniqlash   uchun   eng
maqbul   yo‘ldir.   Blum   tafakkurni   bilish   qobiliyatlari   rivojlanishiga   muvofiq
ravishda   oltita   darajaga   ajratdi.   Bir   necha   bosqichli   savollar   tizimining   asosiy
maqsadlari:   o‘quvchilarda   ijodiy   fikrlash   ko‘nikmasini   hosil   qilishga   yordam
berish,   muammolarini   yechish   va   maqsadli   obektiv   yechimlarini   topish.   Bu
maqsadlarga qachon yerishish mumkin, qachonki o‘qituvchi o‘quvchining chuqur
o‘ylash jarayonini bosqichma- bosqich rag‘batlantirib borsa. Shuning uchun Blum
fikrlash   jarayonini   sistemalashtirgan   holda   bir   necha   bosqichli   savollar   tizimini
ishlab chiqqan.  Blum taksonomiyasi bu  –  shunchaki tasniflash jadvali emas. Blumga   ko‘ra   tafakkur   bilish,   tushunish,   qo‘llash,   tahlil,   umumlashtirish,
baholash   darajalarida   bo‘ladi.   Ushbu   darajalar   quyidagi   belgilar   hamda   har   bir
darajaga muvofiq fe’llar bilan ham ifodalanadi. Jumladan:
Bilish   dastlabki   tafakkur   darajasi   bo‘lib,   bunda   o‘quvchi   atamalarni,   aniq
qoidalar,   tushunchalar,   faktlar,   mezonlar,   yo‘nalishlar,   kategoriyalar,   tasniflar,
shuningdek,   abstract   bilimlar:   tamoyillar,   aksiomalar,   teoremalar,   umumlashma
fikrlar,   strukturalar   va   shu   kabilarni   biladi,   eslaydi,   takrorlaydi,   asar   voqea-
hodisalarini   bayon   qila   oladi.   Bu   tafakkur   darajasiga   muvofiq   fe’l   namunalari:
qaytara   bilish,   mustahkamlay   olish,   axborotni   yetkaza   olish,   aytib   bera   olish,
yozish, ifodalay olish, taniy olish, ga’irib berish, takrorlash.
Tushunish   darajasidagi   tafakkurga   ega   bo‘lganda   esa,   o‘quvchi   faktlar,
qoidalar,   chizmalar,   jadvallarni   tushunadi,   qayta   tuza   oladi,   o‘zgartira   oladi
(so‘zdan   raqamga   yoki   obrazga),  mavjud   ma’lumotlar   asosida   kelgusi   oqibatlarni
taxminiy   tavsiflay   oladi .   Bu   tafakkur   darajasiga   muvofiq   fe’llar   namunalari:
asoslash,   almashtirish,   yaqqollashtirish,   belgilash,   tushuntirish,   tarjima   qilish,
qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash oydinlashtirish. BILISH
TUSHUNISH
QO`LLASH
TAHLIL
SINTEZ
BAHOLASH Qo‘llash  darajasidagi tafakkurda  o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy
emas,   noan’anaviy   holatlarda   ham   foydalana   oladi   va   ularni   ma’lum   bir   model,
formula, ko‘rsatma asosida to‘g‘ri qo‘llaydi . Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar
namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish,
aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish.
Tahlil   darajasidagi   tafakkurda   o‘quvchi   yaxlitning   qismlarini   va   ular
o‘rtasidagi   o‘zaro   bog‘liqliklarni   ajrata   oladi,   mantiqiy   fikrlash   asosida   xatolarni
ko‘radi,   faktlar   va   oqibatlar   orasidagi   farqlarni   ajratadi,   ma’lumotlarning
ahamiyatini baholaydi.  Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib
chiqarish,   ajratish,   tabaqalashtirish,   tasniflash,   taxmin   qilish,   bashorat   qilish,
yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash.
Sintez . Umumlashtirish darajasidagi  tafakkurda   o‘quvchi  ijodiy ish bajaradi,
biror   tajriba   o‘tkazish   rejasini   tuzadi,   bir   nechta   sohalardagi   bilimlardan
foydalanadi.  Ayrim materiallar asosida butunning, yaxlitning obrazini, ko‘rinishini
yaratadi.   Bu   bosqich   tegishli   natijalardan   yangi   jadval   tuzishga   urg‘u   beruvchi
ijodiy xarakterdagi faoliyatni taqozo etadi. Masalan: insho yozish, faoliyat rejasini
ishlab   chiqish.   Bu   tafakkur   darajasiga   muvofiq   fe’llar   namunalari:   yangilik
yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish,
tuzish, loyihalash.
Baholash .   Mazkur   kategoriya   yuqorida   ko‘rsatilgan   barcha   kategoriyal
bo‘yicha   o‘quv   natijalarga   erishishni   va   aniq   ifodalangan   mezonlarga   asoslanib
baholash mulohazalarini taqozo etadi. Ichki va tashqi mezonlar asosida baholaydi,
o‘quvchi   mezonlarni   ajrata   oladi,   ularga   rioya   qila   oladi,   mezonlarning   xilma-
xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar
va  baholovchi  fikrlar   orasidagi  farqlarni  ajratadi .  Bu  tafakkur   darajasiga  muvofiq
fe’llar   namunalari:   tashxislash,   isbotlash,   o‘lchash,   nazorat   qilish,   asoslash,
ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash.
Blum   taksonomiyasi   –   ta’lim   maqsadlariga   ko‘ra   tashkil   etilgan   biluv
faoliyatning   uch   sohasini   qamrab   oluvchi   ierarxik   tizimdir:   kognitiv   (bilish),
affektiv   (emotsional-qadriyatli)   va   ‘sixomotor.   Taksonomiyaning   kognitiv faoliyatni   qamrab   oluvchi   birinchi   qismi   1956-yilda   B. Blum   rahbarligida   ishlab
chiqilgan.   L.Anderson   va   D.Kratvol   2001-yilda   taksonomiyani   qayta   ishlab
chiqdilar.   Aniqlashtirilgan   ushbu   taksonomiyada   avvalgi   an’anaviy
taksonomiyadagi   xatolarni   bartaraf   etishga   urinishdi.   Unda   bilish   masalalarida
“ nima ” (fikrlash mazmuni) va “ qanday qilib? ” savollari , ya’ni mavjud axborot va
muammo yechimidagi amallar o‘rtasiga chiziq tortishdi.
O‘quvchilarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha bilishga oid o‘quv maqsadiga
erishganlik   darajasini   nazorat   qilishda   ular   tomonidan   muayyan   mavzu   bo‘yicha
ma’lumot   va   axborotlarni   o‘zlashtirganlik   darajasini   aniqlash   maqsadga   muvofiq.
Buning  uchun  o‘quvchi   mavzu  bo‘yicha  atamalar,  qoidalar,  tushunchalar,  faktlar,
mezonlar,   yo‘nalishlar,   kategoriyalar,   eslashi,   takrorlay   olishi,   asar   voqealarini
bayon qila olishi, ularga ta’rif  berishi,  ma’lumotlarni  qayta ishlashlari,  o‘z fikrini
bayon qilishi, obyekt yoki voqeaning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishi
kerak bo‘ladi.
O‘quvchilarning   tushunishga   oid   o‘quv   maqsadiga   erishishi   uchun   atamalar,
faktlar, qoidalar, sxema  va jadvallarni  tushunishi,  qayta  tuza  olishi, almashtirishi,
asoslashi, sharhlashi, asosiy g‘oyani ajratib ko‘rsatishi, anglashi lozim bo‘ladi.
Ta’lim   va   tarbiya   jarayonida   nazariya   va   amaliyot   birligi   juda   muhim,
shuning   uchun   o‘quvchilarning   o‘zlashtirgan   nazariy   bilimlarni   amaliyotda
qo‘llash imkoniyatini yaratish zarur. Buning uchun o‘qituvchi o‘quv to‘shiriqlarini
tuzishda   o‘quvchilarning   o‘zlashtirgan   nazariy   bilim,   tushuncha,   tamoil,   usullarni
tanish va notanish vaziyatlarda qo‘llashini nazarda tutishi lozim.
O‘quvchi   shaxsiga   yo‘naltirilgan   ta’lim-o‘quvchi   shaxsiy   imkoniyatlariga
moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishni
nazarda   tutadi.   Bu   ta’lim   texnologiyasida   har   bir   o‘quvchini   tushunish,   hurmat
qilish, unga ishonish katta ahamiyatga ega.   O‘quvchi-o‘qituvchi hamda o‘quvchi-
o‘quvchi   hamkorligi   ko‘zda   tutilgan   ijobiy   natijalarni   beradi.   Bu   texnologiyada
kommunikativ   metodlardan   keng   foydalaniladi,   ularning   ayrim   asosiy   belgilarini
ko‘rib   chiqamiz.   O‘qituvchi   tomonidan   o‘quvchi   shaxsiga   yo‘naltirilgan   ta’limni
amalga oshirishning quyidagi asosiy mezonlari mavjud : 1.   Har   bir   o‘quvchiga   buyuk   shaxsdek   qarash,   uni   hurmat   qilish,   uni
tushunish, qabul qilish.
2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o‘quvchi o‘zini shaxs
deb sezsin, unga bo‘lgan e’tiborni tuysin.
3.   Bolaga   tazyiq   o‘tkazmaslik   hamda   uning   kamchiligini   bo‘rttirmaslik,
bilimlarni   o‘zlashtirmasligi,   o‘zini   yomon   tutishi   sabablarini   aniqlash   va   ularni
bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish.
4.   Ta’limda   « muvaffaqiyat   muhitini »   tashkil   etish,   bolaga   o‘qishda
muvaffaqiyat qozonishiga yordam berish, uning o‘z kuchi va iqtidoriga ishonchini
orttirish. O‘quvchiga atrofdagilarning har biri  o‘zi kabi ekanligini anglatish, unda
jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish.
5.   O‘quvchining   hurmati   va   ishonchini   qozonish,   o‘ziga   ham   shaxs   nuqta y i
nazaridan qarash.
O‘qituvchi   har   bir   bola   timsolida   avvalo,   shaxsni   ko‘rishi   lozim.   Har   bir
o‘quvchini   shaxs   sifatida   qarashimiz   hamda   ularning   fikrlarini   hurmat   qilishimiz
lozim. O‘quvchi bilan muloqotda uning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda uning
eng   yaqin   rivojlanish   sohasi   keng   bo‘lgan   belgilarni   topish   va   asta–sekin   yangi
bilimlar   bilan   to‘ldirib   borish   orqali   kutilgan   natijaga   erishiladi.   Bunda   bolalarga
do‘stlik va o‘zaro hurmatda bo‘lish asosiy shart hisoblanadi.
Maktabda   pedagogik   jamoa   yoki   metod   birlashmalar   miqyosida
o‘qituvchilarning   o‘quvchi   shaxsiga   yo‘naltirilgan   ta’limni   amalga   oshirishda
o‘quvchi shaxsini o‘rganish yo‘nalishlari, muloqot usullari, darsda o‘quvchilarning
bilim   darajasi,  qiziqishlari, fanlarni  turlicha o‘zlashtirishlaridagi   farqlarni  hisobga
olish, qulay muhit yaratish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlariga erishish va boshqa
masalalar bo‘yicha nazariy, metodik va amaliy tajribalar bilan tanishish, o‘rganish,
ommalashtirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlarni vaqti-vaqti bilan o‘tkazib borish
lozim.
Bolalar   o‘rtasida   hamkorlik   va   muloqotga   rag‘bat   bildirish,   ya’ni   darsda
kichik guruh va juft bo‘lib ishlashlari, darsdan tashqari vaqtda o‘yin o‘ynashlariga
sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak. Bolalarda maktabga tegishlilik hissi, xavfsizlik va erkinlik  hissi  bo‘lishi. Turli   madaniyatlar  mavjudligini  his  qildirish.  Bolaga  erkin
tanlash imkonini berish va mustaqil qaror qabul qilishga undash.
O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limda dars shakli. Shaxsga yo‘naltirilgan
o‘quv vaziyatlari o‘quvchilarning bilish faoliyatini  tashkil  etish usul  va metodlari
bilan   uzviy   bog‘liq.   Bunday   o‘quv   mashg‘ulotlarining   shakllari   turlicha.   Ular
orasidan   alohida   e’tibor   dars   jarayonida   o‘qituvchi   -   o‘quvchi   hamkorligining
tadqiqot   -   izlanish   metodlari   hamda   dialogli   shakllariga   qaratiladi,   shuningdek,
ko‘rgazmali,   tasviriy,   re’roduktiv   va   boshqa   metodlar   ham   qo‘llaniladi.   Bunday
mashg‘ulotlarning   shakl   va   usullari   bevosita   shaxs   faoliyatiga   yondashuv
konsepsiyasi   va   tamoyillariga   mos   kelib,   ular   bola   ichki   dunyosi,   tafakkuri   va
shaxsiy   hayotiy   tajribasini   maksimal   darajada   faollashtirishga   xizmat   qiladi.   Bu
o‘rinda   o‘quv   faoliyatiga   rag‘bat   uyg‘otish   orqali   o‘quvchilarni   bilim   egallashga
yo‘naltirib,   bunday   shakl   va   usullarda   tashkil   etilgan   ta’lim   jarayoni
o‘quvchilarning   shaxsiy   bilimi,   tajribasi   va   hissiyotlarini   rivojlantirishning   asosiy
manbalaridan biri bo‘lib qoladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki,   Blum taksonomiyasi  murakkablashgan savol
va   topshiriqlar   tizimi   bo‘lib,   ta’lim-tarbiya   jarayonida   o‘quvchining   rivojlanish
darajasiga   mos   va   uning   mantiqiy,   aqliy   va   shaxsiy   o‘sishiga   yordam   beruvchi
mashg‘ulotlarni rejalashtirish va o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega.
Blum taksonomiyasi va adabiy ta ’ lim.  adabiyot o‘qitish metodikasi fanida
motivatsiya
Bugungi kunda ta‘lim standartlari rivojlangan Buyuk Britaniya, Germaniya,
Amerika   kabi   mamlakatlarning   ilg‘or   tajribalarini,   sinovdan   о `tgan
yondashuvlarini milliy ta‘limga olib kirish   о `qitish va   о `rganish sifatini   о `sishida,
adabiyot   darslarining   samaradorligini   oshirishda   va   sohani   jahon   standartlariga
mos   rivojlanishida   muhim   faktorlardan   biri   b о `lib   xizmat   qiladi.   Jumladan,
Britaniya   ta‘lim   muassasalarida   о `quvchilarni   ijodkorlik,   faollik,   fikrlash
qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan turli xil nazariya va konsepsiyalardan
foydalaniladi.   Mana   shunday   nazariyalardan   biri   Blum   taksonomiyasidir.   1950 yilda   Benjamin   Blum   tomonidan   ishlab   chiqilgan   mazkur   modelning   eng   muhim
jihati turli ehtiyoj va qobiliyat, dunyoqarash, tafakkur egalari b о `lgan  о quvchilarni
dars   jarayonlarida   bir   xil   tarkibda   va   bir   xil   faollikda   ishtirok   etishlarini
ta‘minlaydi hamda asosiy e‘tibor badiiy asarni  о `rganish bosqichlariga qaratiladi.
1956- yilda Amerikalik olimlar  Benjamin Blum  (Benjamin Bloom) , Maks Englhart
(Max   Engleheart) ,   Edvard   Furst   (Edward   Furst) ,   Uolter   Hill   (Walter   Hill)   va
Devid   Krasvol   (David   Krathvol)   tomonidan   yaratilgan   ta’limiy   maqsadlar
taksonomiyasi   (aksar   adabiyotlarda   Blum   taksonomiyasi   deb   yuritiladi)   fanni
o‘qitishda   maqsadlarni   soddadan   murakkabga   va   aniqdan   mavhumga   qarab
rejalashtirish uchun xizmat qiladi.
Blum   taksonomiyasida   kognitiv   ko‘nikmalar   (bilish,   tushunish,   tanqidiy
fikrlash   va   muammolarni   hal   qilish   bilan   bog‘liq   ko‘nikmalar)   quyi   darajadagi
ko‘nikmalar   va   yuqori   darajadagi   ko‘nikmalarga   bo‘linadi.   Yuqori   darajadagi
ko‘nikmalar   quyi   darajadagi   ko‗nikmalarga   qaraganda   murakkabroq   jarayonlarni
o‘z ichiga oladi va o‘quvchilarda ularni shakllantirish uchun o‘qituvchidan kreativ
yondashuvlarni   talab   qiladi.   Shu   bilan   birga,   quyi   darajadagi   ko‘nikmalarni
shakllantirmasdan turib yuqori darajaga o‘tish mumkin emas.
Quyi  darajagi ko‘nikmalarga quyidagilar kiradi:
1.   Bilish   -   o‗quvchi   ma‘lumotni   eslab   qoladi   va   uni   qaytara   oladi .   Bu
bosqichning asosiy xususiyatlari:
-   kim,   nima,   qachon,   qayerda,   qaysi,   nega   singari   faktual   savollarga   javob   bera
olish;
- nomini aytish, ajratib olish, topish, moslashtirish, ro‘yxatini tuzish, qayta so‘zlab
berish, tasvirlash singari amallari bajara olish.
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar:
- Asar qahramonlarini sanab bering.
- Asar qahramonlari va ularning ta’riflarini moslashtiring.
- Quyidagi gaplarni asarda kim aytganligini toping.
- Asar voqealari qachon, qayerda kechishini aytib bering.
- Asardagi voqealar ketma-ketligini to‘g‘ri toping. - Asarning syujetini qisqacha bayon qilib bering.
2. Tushunish   – o‘quvchi  ma‘lumotni   tushuntira oladi,   boshqa shaklga  sola
oladi, talqin qila oladi va tasniflay oladi. Bu bosqichning asosiy xususiyatlari:
-   o‘rganilayotgan   hodisalarni   solishtirib,   o‘xshash   va   farqli   tomonlarini   ko‘rsata
olish;
- o‘z talqinini bera olish;
- fikrni isbotlash uchun matndan misollar keltira olish;
- keyin nima bo‘lishi mumkinligini bashorat qila olish;
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar:
- Asarning janrini aniqlang.
- Asar nega shunday nomlanganligini izohlang.
- Asardagi muammo nimadan iborat va bu muammoning qanday yechim topdi?
- Asar qahramonlarini solishtiring.
- Asar qahramonlari o‘zlarini qanday his qilishganini tasvirlab bering.
- Asardagi misralarni sharhlang.
- Asarda qo‘llanilgan badiiy san’atlarning maqsadini tushuntirib bering.
-   Asardagi   tabiat   (ob-havo)   manzarasining   nima   uchun   ishlatilganligini
tushuntiring.
- Yozuvchining bu asarni yozishdan maqsadi nima deb o‘ylaysiz?
- Asar voqealari kechayotgan joy tasvirini chizing.
- Asarga (asardagi bir epizodga) rasm chizing.
3. Qo‘llash  – o‘quvchi ma‘lumotni  yangi hayotiy vaziyatlarda   qo‘llay oladi.
Bu bosqichning asosiy xususiyatlari:
- muammoli vaziyatlarni yecha olish;
- asar qahramonlarini boshqa vaziyatlarga solib ko‘ra olish;
- asarga o‘zgacha (alternativ) yakun bera olish.
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar:
- Asardagi muammoga boshqacha yechim toping.
-   Tasavvur   qiling,   siz   asar   qahramonlaridan   birisiz.   Hayotingizdagi   bir   kunni
tasvirlab kundalik yozing. - Asardagi bir voqea o‘zgarsa boshqa voqealar qanday rivojlangan bo‘lardi?
- Asar qahramoni boshqa vaziyatda qanday yo‘l tutgan bo‗lardi?
- Asardagi voqealar boshqa zamonda (makonda) sodir bo‗lsa nimalar o‗z gargan
bo‗lardi?
-   Asarga   boshqacha   yakun   yozing.   Nega   aynan   shunday   yakunlaganingizni
izohlang.
- Asardagi voqealarga o‘xshash voqealar sizning hayotingizda sodir bo‘lganmi?
- Siz qahramonning o‘rnida bo‘lganingizda nima qilardingiz?
- Asar qahramnidan (muallifidan) intervyu oling.
Yuqori   darajagi ko‘nikmalarga quyidagilar kiradi:
4. Tahlil   – o‘quvchi murakkab tushunchani kichikroq qismlarga  ajrata oladi
va   qismlar   orasidagi   bog‘liqliklarni   izohlab   bera   oladi.   Bu   bosqichning   asosiy
xususiyatlari:
-   asarni   qismlarga   yoki   tarkibiy   elementlarga   (ekspozitsiya,   tugun,   kulminatsiya,
yechim) ajrata olish;
- asarning asosiy g‘oyasini aytib bera olish;
- yashirin (ochiq aytilmagan) fikrni topa olish.
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar:
- Asardan uning asosiy g‘oyasini ochib bera oladigan uchta so‘z toping.
- Asar qahramonlarining asosiy xususiyatlaini toping.
- Asarni qismlarga bo‘ling. Har bir qismga sarlavha toping.
5.   Sintez   –   o‘quvchi   o‘rgangan   narsalari   asosida   yangi   narsa   yarata   oladi .
Asarga yangi obraz qo‘shish, yangi sarlavha qo‘yish, asar asosida ssenariy (hikoya,
she‘r   va   hokazo)   yozish,   musiqa   bastalash,   asarga   plakat   yaratish,   asar   asosida
savollar (testlar) tuzish, sahna asari qo‘yish, video suratga olish singari topshiriqlar
bu bosqichga misol bo‘la oladi.
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar:
- Asarga sikvel (prikvel) yozing.
- Asar asosida beshta suratdan iborat komiks yarating. -   Tasavvur   qiling,   asarni   sahnalashtirmoqchisiz.   Asar   qahramonlariga   qanday
kiyimlar tanlardingiz?
6.   Baho   berish   –   o‘quvchi   mezonlar   asosida   biron-bir   voqea-hodisaga   o‘z
munosabatini  bildira oladi. Asar qahramonlari hatti-harakatlarini oqlash (qoralash),
asarga   baho   berish,   taqriz   yozish,   asarni   birovga   tavsiya   qilish   uchun   fikrlar
bildirish bu bosqichga misol bo‘la oladi.
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar:
- Asardagi sizga eng yoqqan (yoqmagan) epizod qaysi? Nima uchun?
- Asar sizga yoqdimi? Nima uchun?
- Asarni do‘stingizga tavsiya qilib xat yozing.
- Asardagi qaysi qahramon bilan do‘st tutingan bo‘lardingiz?
Ma‘lumki,   o‘quvchilarning   fanga   qiziqish   darajasi,   fanni   o‘rganishga   bo‘lgan
ishtiyoqi   turlicha   bo‘lishi   mumkin.   Ta‘lim   jarayonining,   xususan,   adabiyot
darslarining samarasi  o‘quvchilar  motivatsiyasiga,   o‘qituvchining  o‘quvchilardagi
motivatsiyani boshqarish va to‘g `ri yo‘naltira olishiga ham bog‘liq. 
Motivatsiya   –   insonning   biron-bir   ishga,   faoliyat   turiga,   hatti-harakatga,
fanga   bo‘lgan   doimiy   qiziqishini   ta‘minlab   turadigan,   insonni   ma‘lum   bir
maqsadga   erishish   yo‘lida   kuch   sarflashga   undaydigan   ichki   va   tashqi   omillar
yig‘indisi. Motivatsiya quyidagi faktorlarning o‘zaro ta’siridan kelib chiqadi:
- xohish yoki talabning kuchliligi;
- maqsadga erishilgandan keyin qo‘lga kiritiladigan mukofotning qiymati;
- shaxsning va atrofidagilarning kutganlari.
Motivatsiya ta‘lim jarayoniga quyidagicha ta‘sir qiladi:
- o‘quvchini ta‘limiy maqsad va vazifalar sari yo‘naltiradi;
- kutilgan maqsad va vazifalarga erishish yo‘lida ko‘proq kuch sarflashga undaydi;
- kognitiv jarayonlarga ijobiy ta‘sir qiladi;
- o‘rganish jarayonining samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Motivatsiya ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. I chki   motivatsiya o‘quvchining
fanga   bo‘lgan   qiziqishi,   o‘rganish   jarayonidan   zavq   olishi   yoki   o‘rganilayotgan
narsalarni o‘zi uchun kerakli, muhim, ahamiyatli deb hisoblaganidan kelib chiqadi. Amerikalik   taniqli   psixolog,   motivatsiya   hodisasi   bo‘yicha   ilmiy   izlanishlar   olib
borgan   olima   Syuzan   Harter   (Susan   Harter,   1939-)   tadqiqotlariga   ko‘ra,   3-9
sinflarda   o‘quvchilarda   intrinzik   motivatsiya   susayadi.   T ashqi   motivatsiya
o‘quvchining   tashqi   rag‘batlar   (yaxshi   baho   olish,   o‘qituvchisi   yoki   ota-onasidan
maqtovga   sazovor   bo‘lish,   mukofotga   erishish)   ta’siridagi   xohishidir.   Tashqi
motivatsiya   qisqa   muddatlarda   samarali   bo‘lib   ko‘rinsa   ham,   uzoq   muddatli
maqsadlarga   erishish   va   o‘qish-o‘rganish   jarayonining   o‘quvchilarga   foydali
bo‘lishini   ta’minlashning   asosiy   shartlaridan   biri   ularda   intrinzik   motivatsiyani
shakllantirishdir. Darsga qiziqmagan o‘quvchi dars oldiga qo‘yilmagan vazifalarga
erishmaydi va erishishga harakat qilmaydi, shu bilan birga, dars jarayoniga xalaqit
berishi mumkin. 
       O‘quvchilarda motivatsiya uyg‘otish uchun o‘qituvchi: 
-   o‘quvchilarni   rag‘batlantirib   borishi   (nafaqat   baho   bilan,   balki   so‘zlar,   dalda
berish orqali);
- o‘quvchilarni darsning passiv kuzatuvchisi emas, faol ishtirokchisiga aylantirishi;
- dars jarayonida bir xillikdan qochishi;
- darsni o‘quvchi hayoti bilan bog‘lashi lozim.
Ichki motivatsiyani kuchaytirish quyidagi  strategiyalarga   tayanadi:
1.   O‘quvchida   o‘rganiladigan   materialga   nisbatan   qiziqish   uyg‘otish,
o‘rganiladigan material yoki shakllantiriladigan ko‘nikmani   o‘quvchi  hayoti   bilan
bog‘lash (hayotda qanday kerak bo `lishini ko‘rsatish).
2.   Materialni   taqdim   qilishning   turli   shakllaridan   (ma‘ruza,   savol-javob,
o‘yin, multimediya vositalari) o‘z o‘rnida foydalanish.
3.   O‘quvchilarning   o‘z   oldilariga   konkret   va   realistik   maqsadlar
qo‘yishlariga yordam berish. 
O‘quvchilarda motivatsiyani ushlab turish uchun quyidagi  tamoyillarga  amal
qilish lozim:
1.   O‘quvchilardan   nima   kutilayotgani   haqida   o‘quvchilarga   aniq   ma‘lumot
berish.   O‘quvchilar   o‘quv   yili,   semestr   (chorak)   va   dars   davomida   nimalarni
o‘rganishlarini   hamda   qanday   baholanishlarini   aniq   bilsalar,   bu   ularning   fanga bo‘lgan   munosabatiga   ijobiy   ta‘sir   qiladi.   Shuningdek,   dars   yoki   nazorat   paytida
o‘quvchilarga   topshiriq   berayotganda   ulardan   nima   kutilayotgani,   bu   topshiriq
qanday   mezonlar   asosida   baholanishi   haqida   aniq   ma‘lumot   berilishi   lozim.
Amerikalik   olimlar   Grehem,   Makartur   va   Shwarts   (Graham,   MacArthur   and
Schwartz)  o‘tkazgan bir tajribada o‘zlashtirishi  sust  bo‘lgan beshinchi  va oltinchi
sinf   o‘quvchilariga   insholarini   qaytadan   yozish   topshirilgan   va   bir   guruh
o‘quvchilarga   “yaxshiroq   yozinglar”,   ikkinchi   guruhga   esa   “inshongizga   mavzu
bo‘yicha kamida uch ma‘lumot qo‘shing” deyilgan. Ikkinchi guruh qaytadan yozib
kelgan   insholar   yaxshiroq   bo‘lgan,   chunki   ular   nima   qilishlari   kerakligini   aniq
bilishgan.
2.   Aniq   fidbek   berish.   Fidbek   (inglizcha   “feedback”)   –   birovning   mehnati,
hatti-harakatlari   natijalari   to‘g‘risida   ma‘lumot.   Fidbek   aniq   bo‘lishi   lozim,
masalan,   o‘quvchiga   inshosi   haqida   fidbek   berayotganda   “yaxshi   yozibsan,
inshoing   menga   yoqdi”   degandan   ko‘ra   “yaxshi   yozibsan,   inshong   menga   yoqdi,
Kumush   va   Zaynab   obrazlarini   solishtirib,   ularning   o‘xshash   va   farqli   jihatlarini
ochib   beribsan,   fikrlaringni   asoslash   uchun   asardan   misollar   keltiribsan”   deyish
o‘quvchiga   yaxshiroq   ta‘sir   qiladi   va   o‘quvchi   aynan   nima   uchun   inshosi   yaxshi
baholanganligi   to‘g‘risida   tasavvurga   ega   bo‘ladi.   O‘qituvchi   o‘quvchilarga
ularning   dars   davomida   yoki   darsdan   tashqari   bajargan   mashq   va   topshiriqlari
yuzasidan   aniq,   o‘z   vaqtida   va   tez-tez   ma‘lumot   bersa,   o‘quvchilar   o‘zlarining
yutuq   va   kamchiliklari   nimalardan   iborat   ekanligi   haqida   aniq   tasavvurga   ega
bo‘lsalar, bu ularning motivatsiyasiga ijobiy ta‘sir qiladi.
3. Tashqi  motivatsiya beruvchi faktorlarning  qiymatini   oshirish. O‘quvchilar
qilingan harakatlari uchun rag‘batlantirilishlari lozim, shu bilan birga, eng yuqori
rag‘batga   erishish   hech   qaysi   o‘quvchi   uchun   oson   bo   `lmasligi   lozim.   Ayrim
o‘qituvchilar   a‘lo   baho   olib   yurgan   o‘quvchiga   sifatsizroq   bajarilgan   ishi   uchun
ham a’lo baho qo‘yishga moyil bo‘ladilar, bu holat o‘quvchida “nima qilsam ham
a’lo   baho   olaverar   ekanman”degan   xulosaning   shakllanishiga   olib   keladi   va
o‘quvchining o‘z ustida ishlashga bo‘lgan motivatsiyasiga salbiy ta‘sir qiladi. O‘quvchilar motivatsiyasiga va pirovardida adabiyot darslarining samarasiga
ta’sir   qiluvchi   muhim   faktorlardan   biri   darsning   to‘g‘ri   rejalashtirilishidir.   Dars
rejasi   –   dars   oldiga   qo‘yilgan   vazifalar,   bu   vazifalarni   samarali   amalga   oshirish
yo‘llari (usullar va vositalar) hamda bu vazifalarning qay darajada bajarilganligini
tekshirish   yo‘llari   aks   etgan   o‘qituvchi   uchun   “yo‘l   xaritasi”dir.   Darsni   samarali
rejalashtirish uchun quyidagilar aniqlab olinishi lozim:
- dars oldiga qo‘yilgan vazifalar;
- darsda qo‘llaniladigan metodlar;
- o‘quvchilarning tushunishini tekshirish strategiyalari.
Dars   oldiga   qo‘yiladigan   vazifalar   (o‘quvchilar   dars   jarayonida   egallashi
lozim   bo‘lgan   bilim   va   ko‘nikmalar,   rivojlantirilishi   ko‘zda   tutilgan
kompetensiyalar)   aniqlashtirib   olingandan  keyin   bu   vazifalarni   amalga  oshirishga
yordam  beradigan metodlar  tanlanadi va dars oldiga qo‘yiladigan vazifalarga qay
darajada   erishilganligini   tekshirish   yo‘llari   belgilab   olinadi.   Umuman   olganda,
ta’limiy   vazifalar,   o‘qitish   metodlari   va   baholash   usullari   o‘rtasidagi   bog‘liqlikni
ta’minlash   ta’lim jarayonining muhim shartlridan biridir.
O‘quvchilarim nimani o‘rganishini xohlayman?
O‘quvchilarim samarali o‘rganishi uchun qanday metodlarni qo‘llayman?
O‘quvchilarim samarali o‘rganishligini qanday nazorat qilaman?
Darsning tarkibiy elementlari  Darsni rejalashtirish quyidagi  bosqichlardan   iborat:
1)   Darsning   oldiga   qo‘yilgan   vazifalarni   aniqlashtirib   olish.   Darsni
rejalashtirishda   darsning   oldiga   qo‘yilgan   vazifalarni,   ya’ni   o‘quvchilar   darsning
oxirida   egallashi   lozim   bo‘lgan   bilimlar   va   ko‘nikmalar   majmuini   aniq   belgilab
olish juda muhimdir, chunki darsda qo‘llash uchun tanlanadigan metodlar va o‘quv
materiallarining   barchasi   aynan   shu   vazifalarni   amalga   oshirishga   qaratilgan
bo‘ladi.
Shu   o‘rinda,   maqsad   va   vazifalarning   farqini   aniqlashtirib   olish   lozim.
Maqsad – fanni yoki uning qismini o‘qitish natijasida o‘quvchilar egallashi lozim
bo‘lgan   bilim   va   ko‘nikmalar   yoki   o‘quvchilarda   rivojlantirilishi   lozim   bo‘lgan
kompetensiyalar   yig‘indisidir,   vazifa   esa   maqsadga   erishish   yo‘lidagi   kichik   bir qadam   bo‘lib,   konkret   kognitiv   jarayonlarga   qaratilgan.   Bunda   o‘quvchilar
egallashi   lozim   bo‘lgan   murakkab   ko‘nikma   va   kompetensiyalar   kichik   konkret
kognitiv   malakalarga   bo‘linishi   va   har   bir   malaka   izchil   rivojlantirilishi   talab
qilinadi.  Masalan,  o‘quvchilarga   she‘riy  vaznlarni  ajrata  olishni  o‘rgatish  maqsad
sifaida   qo‘yilgan   bo‘lsa,   bu   maqsadga   erishishni   “o‘quvchi   barmoq   vaznida
yozilgan   she‘rlarni   aniqlay   oladi”,   “o‘quvchi   aruz   vaznida   yozilgan   she‘rlarni
aniqlay oladi”singari vazifalarga bo‘lish mumkin.
Amerikalik   psixolog   va   pedagog   olim,   ta’limga   “mezonlarga   asoslangan
ta’lim”   (criterion-referenced   instruction)   yondashuvini   olib   kirganlardan   biri
Robert Meyjerning   (Robert Mager, 1923-yil)   ta’kidlashicha, dars oldiga qo‘yilgan
vazifa quyidagi  uch komponentdan   iborat:
-   o‘quvchi   dars   oxirida   nimani   bajara   olishi   –   bu   fe’l   orqali   ifodalanadi   va   dars
oxirida   o‘quvchi   bajara   oladigan,   o‘qituvchi   esa   kuzatib,   baho   bera   oladigan
konkret hatti-harakatdan iborat bo‘ladi;
- o‘quvchi bu narsani  qanday sharoitda   bajara olishi;
-   o‘quvchi   bu   narsani   muvaffaqiyatli   bajargan   yoki   bajarmaganligi   qanday
mezonlar   asosida   baholanishi   (bu   komponent   yozilmagan   bo‘lishi   mumkin,   lekin
o‘qituvchi   mezonlarni   o‘zi   uchun   aniqlashtirib   olishi   kerak).   Masalan:   “Darsning
oxirida   o‘quvchilar   berilgan   hikoyada   ekspozitsiyani   topa   oladi   va   uning
ahamiyatini   asoslab   bera   oladi”.   Ushbu   vazifada:   o‘quvchi   dars   oxirida   nimani
bajara oladi (birinchi komponent) – ekspozitsiyani topa oladi va uning ahamiyatini
aytib   bera   oladi;   qanday   sharoitda   bajara   oladi   (ikkinchi   komponent)   –   berilgan
hikoya   asosida,   o‘quvchining   hatti-harakati   qanday   mezonlar   asosida   baholanadi
(uchinchi   komponent)   –   ekspozitsiyani   to‘g‘ri   topa   oladi   va   uning   ahamiyati
haqida asoslangan fikr bera oladi.
Demak, darsni rejalashtirishning birinchi bosqichi aniq, kuzatib, baho berish
mumkin   bo‘lgan   vazifalar   qo‘ya   olishdan   iboratdir.   Agar   vazifalar   mavhum
ifodalangan bo‘lsa, tegishli o‘qitish metodlari va baholash usullarini tanlash qiyin
yoki imkonsiz jarayonga aylanadi.  2)   Mavzuga   kirish   usullarini   tanlash.   Darsni   rejalashtirishning   bu
bosqichida   o‘qituvchi   o‘tiladigan   mavzuga   o‘quvchilarni   qanday   qiziqtirishni
(motivatsiya   uyg‘otishni)   va   qanday   qilib   uni   o‘quvchilarning   oldingi   bilimlari
bilan bog‘lashni   aniq belgilab olishi lozim.
3)   Darsning   oldiga   qo‘yilgan   vazifalarga   erishish   metodlarini   tanlash.
Bu   darsni   rejalashtirishning   asosiy   qismidir.   O‘qituvchi   darsda   ishlatiladigan
metodlarni tanlar ekan,  tanlash va bo‘lish tamoyili   tamoyilini  hisobga olishi lozim.
Bunda   o‘qituvchi   darsda   o‘tiladigan   material   hajmini   aniq   belgilab   olishi   va   bu
materialni   mantiqiy   qismlarga   bo‘lgan   holda   o‘quvchilarga   taqdim   qilishi   lozim.
Shu   bilan   birga,   materialning   qaysi   qismini   berishda   induktiv   metoddan   va   qaysi
qismini berishda deduktiv metoddan foydalanishini aniqlashtirib olishi lozim.  
Deduktiv   metod   –   o‘qituvchi   yangi   tushuncha   yoki   qoidani   o‘quvchilarga
tushuntiradi   va   o‘quvchilar   bu   tushuncha   yoki   qoidani   mashqlar   yordamida
mustahkamlaydilar.   Induktiv   metod   –   o‘quvchilar   berilgan   misollarni
umumlashtirib, o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushuncha yoki qoidani o‘zlari “kashf
qiladilar” va so‘ngra uni mustahkamlaydilar. 
  Adabiyotlar:
1.   Mirzayeva   Z.,   Jalilov   K.   Adabiyot   о `qitish   metodikasi.   Uslubiy   qo‘llanma.   –
Toshkent, 2020.
2.   Yo‘ldoshev   Q.,   Qodirov   V.,  Yo‘ldoshbekov   J.   Adabiyot.   Umumiy   o‘rta   ta‘lim
maktablarining   9-sinfi   uchun   dasrlik-majmua.   –   Toshkent:   Yangiyo‘l   polygraph
servis, 2006.
3. Karimov N., Nazarov B., Normatov U. XX asr o‘zbek adabiyoti. 11-sinf uchun
darslik. – Toshkent, O‘qituvchi nashriyoti, 1995.
4.   “Literature   and   integrated   Studies.   Grade   7”   (“Adabiyot   va   integrallashgan
fanlar.   7-sinf”).   (Alan   Prurves   va   boshqalar.   “ScottForesman   nashriyoti,   Illinoys,
1997)” 
5. Xalq ta’limi jurnali. 2019-yil. 2-son.
6. Internet manbalari: 
fayllar.org – O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari
Ziyonet.uz
 arxiv.uz
 aim.uz

Blum taksonomiyasi. Uning nazariy-metodologik asoslari Reja: 1 . Blum taks o nomiyasi. O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim . 2. Blum taks o nomiyasi va adabiy ta ’ lim. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanida motivatsiya . 3. B lum taks o nomiyasi asosida savol va topshiriqlar ishlab chiqish .

Blum taks o nomiyasi. O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim Uzluksiz ta’limda ta’lim oluvchilarga belgilangan o‘quv dasturlari asosida bilim berish va o‘quv natijalarini baholashda Blum taksonomiyasi mezonlariga asoslaniladi. Amerikalik mashhur psixolog va pedagog Benjamin Blum tomonidan asos solingan savol va to‘shiriqlar tizimi - bilish faoliyati darajalariga asoslangan o‘quv maqsadlari taksonomiyasi zamonaviy ta’lim olamida yetarli darajada keng tarqalgan. O‘quv maqsadlari taksonomiyasi – o‘quvchilar o‘zlashtirishining ma’lum bir darajasidan darak beruvchi konkret harakatlari, mazmunan obyektlarni tabiiy o‘zaro bog‘liqlik asosida murakkablashib borishini ketma-ket joylashtirish orqali turkumlashtirilishi yoki tizimlashtirilishi. Taksonomiya – borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasidir. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, vaziyatni baholash ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bu masalada Benjamin Blumning bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasi o‘quvchini fanga qiziqtirish, bilish faoliyatini jadallashtirish, intellektual salohiyatini aniqlash uchun eng maqbul yo‘ldir. Blum tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishda oltita darajaga ajratdi. Bir necha bosqichli savollar tizimining asosiy maqsadlari: o‘quvchilarda ijodiy fikrlash ko‘nikmasini hosil qilishga yordam berish, muammolarini yechish va maqsadli obektiv yechimlarini topish. Bu maqsadlarga qachon yerishish mumkin, qachonki o‘qituvchi o‘quvchining chuqur o‘ylash jarayonini bosqichma- bosqich rag‘batlantirib borsa. Shuning uchun Blum fikrlash jarayonini sistemalashtirgan holda bir necha bosqichli savollar tizimini ishlab chiqqan. Blum taksonomiyasi bu – shunchaki tasniflash jadvali emas.

Blumga ko‘ra tafakkur bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo‘ladi. Ushbu darajalar quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar bilan ham ifodalanadi. Jumladan: Bilish dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, tasniflar, shuningdek, abstract bilimlar: tamoyillar, aksiomalar, teoremalar, umumlashma fikrlar, strukturalar va shu kabilarni biladi, eslaydi, takrorlaydi, asar voqea- hodisalarini bayon qila oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’l namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, taniy olish, ga’irib berish, takrorlash. Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar, chizmalar, jadvallarni tushunadi, qayta tuza oladi, o‘zgartira oladi (so‘zdan raqamga yoki obrazga), mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tavsiflay oladi . Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash oydinlashtirish. BILISH TUSHUNISH QO`LLASH TAHLIL SINTEZ BAHOLASH

Qo‘llash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noan’anaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni ma’lum bir model, formula, ko‘rsatma asosida to‘g‘ri qo‘llaydi . Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish. Tahlil darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, mantiqiy fikrlash asosida xatolarni ko‘radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash. Sintez . Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, bir nechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ayrim materiallar asosida butunning, yaxlitning obrazini, ko‘rinishini yaratadi. Bu bosqich tegishli natijalardan yangi jadval tuzishga urg‘u beruvchi ijodiy xarakterdagi faoliyatni taqozo etadi. Masalan: insho yozish, faoliyat rejasini ishlab chiqish. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, tuzish, loyihalash. Baholash . Mazkur kategoriya yuqorida ko‘rsatilgan barcha kategoriyal bo‘yicha o‘quv natijalarga erishishni va aniq ifodalangan mezonlarga asoslanib baholash mulohazalarini taqozo etadi. Ichki va tashqi mezonlar asosida baholaydi, o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma- xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi . Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash. Blum taksonomiyasi – ta’lim maqsadlariga ko‘ra tashkil etilgan biluv faoliyatning uch sohasini qamrab oluvchi ierarxik tizimdir: kognitiv (bilish), affektiv (emotsional-qadriyatli) va ‘sixomotor. Taksonomiyaning kognitiv

faoliyatni qamrab oluvchi birinchi qismi 1956-yilda B. Blum rahbarligida ishlab chiqilgan. L.Anderson va D.Kratvol 2001-yilda taksonomiyani qayta ishlab chiqdilar. Aniqlashtirilgan ushbu taksonomiyada avvalgi an’anaviy taksonomiyadagi xatolarni bartaraf etishga urinishdi. Unda bilish masalalarida “ nima ” (fikrlash mazmuni) va “ qanday qilib? ” savollari , ya’ni mavjud axborot va muammo yechimidagi amallar o‘rtasiga chiziq tortishdi. O‘quvchilarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha bilishga oid o‘quv maqsadiga erishganlik darajasini nazorat qilishda ular tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘quvchi mavzu bo‘yicha atamalar, qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, eslashi, takrorlay olishi, asar voqealarini bayon qila olishi, ularga ta’rif berishi, ma’lumotlarni qayta ishlashlari, o‘z fikrini bayon qilishi, obyekt yoki voqeaning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. O‘quvchilarning tushunishga oid o‘quv maqsadiga erishishi uchun atamalar, faktlar, qoidalar, sxema va jadvallarni tushunishi, qayta tuza olishi, almashtirishi, asoslashi, sharhlashi, asosiy g‘oyani ajratib ko‘rsatishi, anglashi lozim bo‘ladi. Ta’lim va tarbiya jarayonida nazariya va amaliyot birligi juda muhim, shuning uchun o‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratish zarur. Buning uchun o‘qituvchi o‘quv to‘shiriqlarini tuzishda o‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilim, tushuncha, tamoil, usullarni tanish va notanish vaziyatlarda qo‘llashini nazarda tutishi lozim. O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim-o‘quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu ta’lim texnologiyasida har bir o‘quvchini tushunish, hurmat qilish, unga ishonish katta ahamiyatga ega. O‘quvchi-o‘qituvchi hamda o‘quvchi- o‘quvchi hamkorligi ko‘zda tutilgan ijobiy natijalarni beradi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishning quyidagi asosiy mezonlari mavjud :