logo

Huquqiy informatikaning metodologik asoslari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.1552734375 KB
Mavzu: Huquqiy informatikaning metodologik
asoslari
                                                                            Reja:
1.Huquqiy informatika predmeti
2.Huquqiy informatikaning integrativ 
funksiyasi
3.Tizimlarni tahlil qilish metodi 1.O'zbekistonning davlat va huquq sohasini axborotlashtirish borasidagi
murakkab   vazifalarni   hal   qilish   ilmiy   bilimlarning   yangi   sertarmoq
tizimini   vujudga   keltirishni   talab   qiidi.   Yangi   fanlararo   tarmoq   —
huquqiy   informatika   ana   shu   vazifalarni   hal   qilishga   javob   beradi.
Umumiy   va   huquqiy   informatika   g‘oyalari   dastlab   murakkab   dinamik
tizimlarni   boshqarish   qonunlari   haqidagi   fan   -   kibernetika   tarkibida
rivojlandi.   Informatikani   mustaqil   fanga   ajratish   masalasi   faqat   ayrim
olimlar   tomonidan   qo'yildi.   Jumladan,   mazkur   sohaning   yetakchi
mutaxassislaridan   biri   V.l.   Siforov   informologiya   -   axborotlarni   uzatish,
taqsimlash, qayta ishlash va o'zgartirish qonunlari haqidagi fan g'oyasini
ilgari   surdi.   Bunda   informologiya   mazmuniga   axborotlarni   kodlash,
koddan chiqarish, eslab qolish, saqlash, qidirish, ajratib olish, yetkazish,
taqqoslash,   ifoda   etish,   ishlab   chiqarish   va   foydalanish   kirishi   nazarda
tutildi   (1976).   60-   yillaming   oxirida   «informatika»   tushunchasi
mamlakatimizda faqat axborot texnikasi bilan emas, balki ilmiy axborot
nazariyasi   («dokumentalistika»)   bilan   ham   bog'landi.   Bunga   ko'p
jihatdan A.I. Mixaylov, A.I. Cherniy va R.S. Gilyarevskiyning «Informatika
asoslari»   (1968)   asarining   e’lon   qilinishi   sabab   bo'ldi.   Asarda   ilmiy-
texnik axborot tushunchasi va unga ishlov berish usullari batafsil ko'rib
chiqildi. 1982-yili kibernetika va informatika sohasidagi atoqli olim V.M.
Glushkovning   «qog'ozsiz   informatika   asoslari»   monografiyasi   e’lon
qilindi. Ushbu monografiyada axborot tushunchasi va unga ishlov berish
usullari, ilmiy  tadqiqotlar, noshirlik   faoliyati, tibbiyot,  ta’lim, loyihalash
ishlari,   kredit-moliya   munosabatlari   sohalaridagi   qog‘ozsiz
texnologiyalaming   amaliy   masalalari   ko'rib   chiqildi.   Tashkiliy   tizimlarni
avtomatlashtirish   va   turdosh   masalalarga   alohida   e’tibor   qaratildi.
Umumdavlat   avtomatlashtirilgan   tizimi   g'oyasi   ilgari   surildi.
Informatikaning   tushunchalar   apparatini   shakllantirishda   GR.
Gromovning   «Milliy   axborot   resurslari:   sanoatda   foydalanish
masalaiari»   (1984)   monografiyasi   katta   rol   o'ynadi.   Bu   monografiyada
milliy   axborot   resurslari,   ulardan   sanoatda   foydalanish,   EHM
sanoatining  o'sish  sur’atlari,  axborot   texnologiyalari   va  dasturlashtirish fanining   rivojlanish   istiqbollari   ko'rib   chiqilgan.   Axborot   resurslari   -
mamlakat mehnatga layoqatli aholisi eng malakali va ijodiy jihatdan faol
qismi   intellektual   faoliyatining   bevosita   mahsulidir.   Milliy   axborot
resurslari - nisbatan yangi iqtisodiy kategoriya. Bu resurslarni miqdoriy
baholash   va   ularning   boshqa   iqtisodiy   kategoriyalar   bilan   aloqasi
masalasining   to'g'ri   qo'yiNshi   turli   bilim   sohalaridagi   mutaxassislar   va
olimlardan   hamkorlikdagi   uzoq   izlanishlarni   talab   etadi.   80-yillarning
oxirlaridan   O'zbekistonda   ikkinchi   kompyuter   inqilobi   boshlandi.
«Informatika» atamasi faqat fannigina emas, amaliy faoliyat yo'nalishini
ham   anglata   boshladi.   Informatika   xalq   xo'jaligining   tarmog'i   sifatida
kompyuter   texnikasi,   dasturiy   mahsulot   ishlab   chiqarish   va   zamonaviy
axborotlarga   ishlov   berish   texnologiyalarini   ishlab   chiqish   bilan   bog'liq
turli xo'jalik yuritish shakllaridagi turdosh korxonalar majmuidan tashkil
topadi.   «Informatika»   atamasi   60-yillarda   Fransiyada   vujudga   kelgan
bo'lib,   elektron   hisoblash   mashinalari   yordamida   axborotlarga
avtomatlashtirilgan   ishlov   berish   sohasi   ana   shu   atama   bilan   atalgan.
Fransuzcha informatique atamasi information (axborot) va automatique
(avtomatika)   so'zlarini   qo‘shish   yo‘li   bilan   hosil   qilingan   bo'lib,
«informatsion   avtomatika   yoki   axborotlarga   avtomatlashtirilgan   ishlov
berish»   degan   ma’noni   anglatadi.   Inglizzabon   mamlakatlarda   bu
atamaga computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) atamasi
mos   keladi.   Mamlakatimizda   «informatika»   atamasining   hozirgi   talqini
1983   yili   sobiq   SSSR   Fanlar   akademiyasi   yillik   yig'ilishi   sessiyasida
Informatika,   hisoblash   texnikasi   va   avtomatlashtirish   bo'limini   tashkil
etish   haqida   qaror   qabul   qilingan   paytdan   e’tiboran   qaror   topdi.
Informatika   «EHMga   asoslangan   axborotlarga   ishlov   berish   tizimlarini
ishlab   chiqish,   loyihalash,   yaratish,   baholash,   bu   tizimlaming   ishlashi,
ularning   qo'llanishi   va   ijtimoiy   amaliyotning   turli   sohalariga   ta’sirining
barcha   jihatlarini   o'rganuvchi   kompleks   ilmiy   va   muhandislik   fani»
sifatida   talqin   qilindi.   Predmetini   axborotlar   va   axborot   jarayonlari
tashkil   qiluvchi   fanlarning   sertarmoq   tizimi   mavjud.   Axborot
jarayonlarining   umumiy   qonuniyatlari   va   ularning   matematik modellarini   o'rganuvchi   nazariy   informatika;   jamiyatdagi   axborot
jarayonlarining   xususiyatlarini   o'rganuvchi   ijtimoiy   informatika;
to'g'ridan-to'g'ri   amaliy   vazifalarni   hal   qilish   uchun   avtomatlashtirish
vositalaridan foydalanishga mo'ljallangan amaliy informatika; muayyan
fanlar   (iqtisodiyot,   sotsiologiya,   huquq   va   boshqalar)dagi   axborot
jarayonlarini   o'rganuvchi   informatikaning   tarmoq   yo'nalishlari   shular
jumlasidan. Hozirgi zamon informatika fani matematika va kibernetika,
tizimli   texnika   va   elektronika,   mantiq   va   lingvistika   negizida   vujudga
kelgan.   Uning   asosiy   ilmiy   yo'nalishlari   hisoblash   texnikasining   nazariy
asoslari,   statistik   axborot   nazariyasi,   dasturlashtirish   va   sun’iy   intellekt
singari   fanlarni   hosil   qilgan.   Umumiy   va   huquqiy   informatikani   farqlay
bilish   zarur.   Umumiy   informatika   -   bu   axborotlarning   tuzilishi   va
xususiyatlarini,   shuningdek,   axborot   faoliyatining   qonuniyatlari,   uning
nazariyasi,   metodikasi   va   tashkilotini   o'rganuvchi   fandir.   Umumiy
informatikaning   maqsadi   axborotlarni   yozib   olish,   to'plash,   tahliliy-
sintetik ishlov berish, saqlash, qidirish va tarqatishning maqbul usul va
vositalarini   ishlab   chiqishdan   iborat.   Mavjud   ishlar   umumiy
informatikaning   tuzilishiga   tegishli   quyidagi   qoidalarni   ta’riflash
imkonini beradi. 1. Axborot va axborotlashtirishning ijtimoiy masalalari.
Ijtimoiy   axborot.   Axborotning   jamiyatdagi   roli.   Axborot   jamiyati
konsepsiyasi.   Axborot   xavfsizligi.   Axborotlashtirishning   ijtimoiy
oqibatlari.   2.   Nazariy   va   matematik   informatika.   Algoritm,   model,
formalizatsiya   tushunchalari.   Qarorlar   qabul   qilish   nazariyasi,
matematik   va   mantiqiy   apparat.   3.   Sun’iy   intellekt   nazariyasi.
Intellektual va psixik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish. Ekspert
tizimlar.   Obrazlarni   tanib   olish.   Intellektual   robotlar.   4.   Hisoblash
texnikasi   va   dasturlash.   EHM   arxitekturasi.   Dastur   va   dasturlash.
EHMning   yaratilishi   tarixi.   Rivojlanish   tendensiyalari.   Kompyuter
tarmoqlari va tizimlari. 5. Amaliy informatika. Fan va amaliyotning turli
sohalarida   (iqtisodiyot,   texnika,   har-   biy   ish,   huquq   va   boshqalarda)
axborotlarni   to'plash   va   ularga   ishlov   berish   usullarini   qo'llash
masalaiari.   Informatika   amaliy   fan   sifatida   axborot   jarayonlaridagi qonuniyatlar   (axborotlarni   jamg'arish,   qayta   ishlash   va   tarqatish)ni
o'rganish,   inson   faoliyatining   turli   sohalarida   kommunikatsiyalarning
axborot   modellarini   yaratish,   axborot   tizimlari   va   texnologiyalarini
ishlab   chiqish   bilan   shug'ullanadi.   Huquqiy   informatika   umumiy
informatikaning   amaliy   tarmog'i   hisoblanadi.   Huquqiy   informatikaning
vazifalari va tabiatini tushunishga nisbatan har xil yondashuvlar mavjud.
Aytib   o'tilgan   qarashlardan   kelib   chiqib   unga   quyidagicha   ta’rif   berish
mumkin.   Huquqiy   informatika-b   u   yuridik   faoliyat   sohasidagi   axborot
jarayonlarining   qonuniyatlari   va   xususiyatlari,   ulami   avtomatlashtirish,
yuridik   faoliyatni   takomillashtirish   va   uning   samaradorligini   oshirish
hamda  huquqiy vazifalarni  hal qilish uchun  huquq  fanlari  nazariyasi  va
metodologiyasi,   matematika,   informatika   va   mantiq,   vosita   va
usullaridan   kompleks   foydalanish   negizida   yaratiladigan
avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tuzilishi va ulardan foydalanish
usullari   haqidagi   fanlararo   bilim   sohasidir1.   Huquqiy   informatika   va
huquqiy   kibernetika   g'oyalarining  vujudga  kelishi   va   rivojlanishida   V.N.
Kudryavsev, D.A. Kerimov, O.A. Gavrilova, R.M. Lansman, Z.I. Kirsanov,
S.S. Moskvin, N.S. Polevoy, A.R. Shlyaxov, L.G. Ejubov singari olimlarning
ishlari   katta   rol   o'ynadi.   Huquqiy   informatikaning   vazifalariga
quyidagilar   kiradi:   plyuralistik   demokratiya   va   oshkoralik,   jamiyatning
har   bir   a’zosi   normativ   huquqiy   hujjatlaming   butun   majmuidan
foydalanish   imkoniyatiga   egaligi,   zarur   vaqtda,   zarur   joyda   va   zarur
shaklda   erkin   axborot   olish   imkoniyatining   mavjudligi   prinsiplarida
huquqiy   davlat   qurishda   faol   ishtirok   etish;   avtomatlashtirilgan   ish
joylari   (AIJ),   intellektual   va   maslahat   tizimlarini   joriy   etishning   ilmiy   va
amaliy   asoslarini   ishlab   chiqish;   yuridik   muassasa   va   organlarning
faoliyatini   intellektuallashtirish,   adliyani   va   yuridik   faoliyatning   boshqa
shakllarini amalga oshirishda ish samaradorligi va madaniyatini oshirish;
avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlarini yaratish; yuridik kadrlar tayyorlash
va qayta tayyorlashning nazariy va uslubiy muammolarini ishlab chiqish,
yangi   huquq   ixtisosligi   -   «huquqiy   informatika»   bo'yicha   yosh
mutaxassislar   korpusini   shakllantirish.   Bugungi   kunda   huquqiy informatikani   ilmiy  tadqiqotlarning  o‘z   predmeti,  vazifalari  va   tadqiqot
usullariga ega bo'lgan istiqbolli va tez rivojlanayotgan yo'nalishi sifatida
ko'zdan kechirish mumkin. Informatika qoidalari va xulosalarini yuristlar
yuridik   tushuncha   va   kategoriyalar   nuqtai   nazaridan   idrok   etishlari
lozim.   Huquqiy   informatika   fani   nisbatan   yaqinda   paydo   bo'lganiga
qaramay,   O'zbekistonning   huquq   sohasini   axborotlashtirish   borasidagi
davlat   siyosatini   amalga   oshirishda   jiddiy   yutuqlarni   ao'lga   kiritdi.   Ular
jumlasiga: respublika huquqiy axborot markazlari va tizimlarining tashkil
etilishi;   axborot   va   axborotlashtirish   haqidagi   qonun   hujjatlarining
chiqarilishi;   bilim   tizimlarining   yaratilishi;   matematika   va   informatika
kurslarining   kiritilishi;   informatika   sohasida   xalqaro   miqyosga   chiqilishi
kiradi.   «Informatika   huquqi»   (yoki   kompyuter   huquqi)   tushunchasi
adabiyotlarda   nisbatan   yaqinda,   jamiyatda   hisoblash   texnikasi   va
informatikaning jadal rivojlanishi natijasida paydo bo'ldi. U axborotlarni
to'plash,   qayta   ishlash   va   ulardan   foydalanishni   amalga   oshiruvchi
hisoblash tizimlaridan (hisoblash markazlari, xizmatlari, axborot-qidirish
tizimlari   va   boshqalar)   foydalanish   jarayonida   ijtimoiy   munosabatlarni
huquqiy tartibga solishga bevosita taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasi
Fanlar   akademiyasi   doirasida   informatika   kodeksini   va   jamiyatdagi
hisoblash   tizimlarining   ishini   optimallashtirishga   yo'naltirilgan   boshqa
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Bizning   nazarimizda,   informatika   huquqi   yoki   kompyuter   huquqiga
hozirgi   ko'rinishida   huquqiy   informatikaning   aspekti   sifatida   qaralishi
mumkin.   Ammo   istiqbolda   bu   bilim   sohasi   huquqiy   informatikadan
ajralib   chiqishi   va   yurisprudensiyaning   mustaqil   yo'nalishini   tashkil
etishi   mumkin.   Binobarin,   huquqiy   informatika   mustaqil   bilim   sohasi
sifatida   huquq,   huquq   tizimi   va   umuman   yuridik   faoliyatga   axborot
nuqtai nazaridan, yaxlit huquqiy-axborot  tuzilmalari sifatida qaraydi va
o'rganadi.   Huquqiy   hodisalar   va   jarayonlarga   informatsion
yondashuvdan   hamda   huquqni   rivojlantirishning   asosiy   aspektlaridan
kelib   chiqib,   huquqiy   informatika   fanining   predmeti   doirasida   huquqiy
voqelikni   axborotlashtirish   bilan   bevosita   bog‘liq   bo'lgan   vazifalarning ikki   turkumini   ajratish   mumkin.   Birinchi   turkumga   nazariy   vazifalar:
informatikaning   predmeti,   metodlari   va   nazariy   g'oyalarini
aniqlashtirish; huquqning izchil axborot konsepsiyasini, ya’ni huquqning
informatsion   tabiati   haqidagi   ta’limotni   ishlab   chiqish;   jamiyatdagi
huquq   tizimi,   uning   kichik   tizimlari   va   elementlarining   axborot
aspektlarini   o'rganish;   jamiyatda   huquqiy-axborot   ta’siri   ko'rsatishning
samarali   tuzilma   va   modellarini   ishlab   chiqish;   huquqiy   axborot
nazariyasini   yaratish;   huquq   normalari   va   huquqiy   tartibga   solishning
informatsion   tabiatini   o'rganishda   qo'llanishi   mumkin   bo'lgan
kompyuter   texnikasi   va   dasturiy   vositalardan   foydalanishning   metodik
asoslarini   ishlab   chiqish;   huquq   sohasida   informatsion
modellashtirishning   nazariy   asoslarini   ishlab   chiqish   va   boshqa   shunga
o'xshash   vazifalar   kiradi.   Ikkinchi   turkumga   amaliy   xususiyatga   ega
bo'lgan   vazifalar   kiradi.   Bular   avvalambor   har   xil   axborot   texnikasidan
keng   foydalanish   asosida   yuristlarning   amaliy   faoliyatini
takomillashtirish   vazifalari,   shu   jumladan   yuridik   firmalar,   markazlar,
agentliklar   va   uyushmalarning   ishida   kompyuter   texnikasidan
foydalanilishini optimallashtirish vazifalaridir. Korxona, birja, kompaniya
va   banklarning   yuridik   xizmatlari   faoliyatida   kompyuterlar   va   boshqa
texnikadan   foydalanilishini   takomillashtirish;   amaliy   axborot-qidirish
tizimlarining   ishini   yo'lga   qo'yish;   huquq   ijodkorligida   va   qonun
hujjatlarini   tartiblashda,   huquqni   muhofaza   qilish   organlari
xodimlarining   ishida   va   huquqiy   targ'ibotda   shaxsiy   kompyuterlardan
foydalanish; hozirgi zamon informatikasi uchun qonun hujjatlarini ishlab
chiqish   vazifalarini   ham   shular   qatoriga   kiritish   mumkin.   Bilimning
boshqa   ko'pgina   sohalari   singari,   huquqiy   informatika   fan   sifatida
huquqiy   axborotlar   milliy   tizimini   tashkil   etish   vazifalarini,   huquq   va
davlat tizimlari hamda siyosiy tizimni axborotlashtirish sohasidagi davlat
siyosatini, yagona axborot maydoni tushunchasini, umumiy va huquqiy
axborot   tushunchasini,   huquq   ijodkorligi   va   huquqni   qo'llash   sohasi,
kriminalistika   va   sud   ekspertizasi,   sotsiologik   tadqiqotlar   va   boshqa
sohalarda foydalanish yo'llari va vazifalarini o'rganish metodologiyasi va usullarini   o'z   ichiga   oladi   va   o'rganadi.   Huquqiy   informatika,   davlat   va
huquq nazariyasida hamda umumiy, “katta informatika’da o'z ildizlariga
ega   bo'lgan   holda,   huquqqa   va   yuridik   faoliyatning   barcha   sohalariga
mustaqil   yondashadi;   u   huquq   va   huquqiy   mexanizmlar   sohasidagi
umumiy va muayyan axborot muammolari va vazifalarini tadqiq qiladi.
Huquqiy informatika ma’lum huquqiy tizimlar, hodisalar va jarayonlarni
yangi   nuqtai   nazardan   -   umumlashtirilgan   axborot   pozitsiyalari   nuqtai
nazaridan   o'rganish,   ularni   yaxlit   bir   butun   axborot   tuzilmasi
ko'rinishida   tasawur   qilish   imkonini   beradi.   Huquqiy   informatikaning
ilmiy   maqomi   va   sohasiga   aniqliklar   kiritib   borilmoqda.   Huquqiy
informatika   hali   mustaqil   fan   shakliga   kirgani   yo‘q.   U   nisbatan   quyi
pog‘onada   -   fanlararo   bilim   sohasi   pog'onasida   turadi.   Huquqiy
informatikani   qator   turdosh   ilmiy   yo'nalishlardan   farqlay   bilish   zarur.
Biroq bu uning ilmiy va amaliy ahamiyatini kamaytirmaydi. Chunonchi,
huquqiy   informatikani   «Axborot   huquqi»   kursidan   chegaralash   lozim.
Bu   kursning   vazifasi   axborot   va   axborotlashtirishga   doir   qonun
hujjatlarini   o‘rganishdan   iborat.   Mustaqil   axborot   fani   -   «Kompyuter
savodxonligi   kursi»   o‘rta   maktab   o'quv   fanlari   qatoriga   kiritilgan   va
mamlakatning barcha oliy o'quv yurtlarida, shu jumladan yuridik o'quv
yurtlarida ham o'qitiladi.
2.   Turli bilim sohalarini integratsiya qilish hozirgi zamon fanining asosiy
tendensiyalaridan   biridir.   Huquqiy   informatika   doirasida   yuridik   va
boshqa   ijtimoiy,   texnik,   tabiiy   va   matematik   fanlarning   ma’lumotlari
sintez   qilinadi.   Informatika   huquq   fani   sohasiga   tadqiq   qilishning   aniq
usullari   kirib   keladigan   kanal   vazifasini   bajaradi.   Huquqiy
informatikaning   o'ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   shundaki,   uning
mazmunida ikki asos - yuridik va texnik asoslar uyg'un mujassamlashgan
va   o'zaro   bog'langan.   Uni   to'liq   holda   fanning   texnik   sohalariga   ham,
yuridik sohalariga ham mansub deb topib bo'lmaydi. Bu tipik kompleks,
chegarali   va   integrativ   bilim   sohasidir.   Huquqiy   informatikada   umumiy
huquq   nazariyasi   -   huquqiy   hodisalar   va   jarayonlaming   qpnunlyatlarini
ochib beruvchi funda   mental huquqshunoslik fanining ma’lumotlaridan foydalanish   katta   ahamiyatga   ega.   Axborotlashtirish   jarayoni   huquq
fanida   ishlab   chiqilgan   to‘g‘ri   itmiy-nazariy   asoslarga   tayanishi   lozim.
Yurisprudensiyada   huquqning   umumiy   nazariyasi   muammolariga
unumli   yoncfashuv   qaror   topayotir.   Unga   muvofiq   mazkur   nazariya
huquqni   tushunishga   falsafiy,   sotsiologik   va   maxsus   yuridik
yondashuvlarning   birligini   aks   ettiradi.   Har   bir   yondashuv   huquq
nazariyasini   o'rganishning  yagona   predmetini   tashkil  etuvchi   hodisa  va
jarayoplarning   tegishli   doirasiga   nisbatan   o'z   nuqtai   nazariga   ega
bo'ladi.  Har   bir   yondashuvga  o'z   metodologik  xususiyatlari   mos   keladi.
Huquq   nazariyasi   rivojlanishining   har   bir   aspekti   uni   bilishning
murakkab   dialektik   jarayonini   aks   ettiradi.   Umumiy   huquq
nazariyasidagi   ilmiy   bilimlarning   teran   tuzilishini   quyidagicha   tavsiflash
mumkin:   nazariy-huquqiy   yondashuv   -   o'rta   miqyosdagi   nazariyalarni
ishlab   chiqish;   normativ-huquqiy   yondashuv   va   normativ-huquqiy
masalalar;   sotsiologik   yondashuv   va   sotsiologik   muammolar;   tizimli-
boshqaruv   va   tizimli-axborot   yondashuv   hamda   tegishli   muammolar;
bilish   usullari   haqidagi   ta’limotni   rivojlantirish   va   yangi   muayyan
usullarni   ishlab   chiqish.   Hozirgi   zamon   huquq   nazariyasining   nazariy
asosi   ana   shunday   obyektiv   ko'rinishga   ega.   Bayon   etilgan
konsepstyaning metodologik qimmati shundaki, u universal xususiyatga
ega,   chunki   yuridik   fanlaming   keng   doirasiga,   shu   jumladan   umumiy
davlat  nazariyasi   va  tarmoq  yuridik  fanlariga   mansub;  u  juda   samarali,
zotan   bilimlami   real   ko'paytirish   imkonini   beradi;   u   prognostik
xususiyatga   ega,   chunki   ilm-fan   taraqqiyotining   muhim   yo'nalishlarini
o'zida   mujassam   etgan.   Huquq   tizimini   axborotlashtirish   muammosi
umumiy   huquq   nazariyasining   bayon   etilgan   tuzilishida   o'z   o'rnini
topgan.  U huquq  hodisalarini  tahlil  qilishning  tizimli-axborot  va   tizimli-
boshqaruv (kibernetik) usullari bilan bog'liq bo'limga kiritilgan. Jamiyat
hayotining   huquqiy   sohasini   axborotlashtirish   jarayoni   umumiy   huquq
nazariyasining   huquq   va   qonun,   qonunchilik   va   qonunchilik   sohalari
hamda huquq tizimi singari tushunchalariga tayanadi. Qonunan belgilab
qo'yilgan   axborot   munosabatlari   tu-   shunchasi,   shuningdek,   axborot huquqi   tushunchasi   puxta   ilmiy   tahlildan   o'tkazishni   talab   etadi.
Huquqiy   informatika   konstitutsiyaviy   huquq   fani   bilan   uzviy   bog'liq.
O'zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasida   axborotlar   sohasidagi
munosabatlarning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishiga   jiddiy   ta’sir
ko'rsatuvchi asosiy normalar  belgilab qo'yilgan. Jumladan, 0 ‘zbekiston
Respublikasi   Konstitutsiyasining   29-moddasiga   binoan   har   kim   o‘zi
istagan  axborotni  izlash, olish  va  uni  tarqatish  huquqiga  ega,  amaldagi
konstitutsiyaviy   tuzumga   qarshi   qaratilgan   axborot   va   qonun   bilan
belgilangan   boshqa   cheklashlar   bundan   mustasnodir.   Konstitutsiya
fuqarolarning   shaxsiy   hayoti,   davlat   organlarining   materiallari   va
hujjatlari haqidagi axborotlar tushunchasini, shuningdek, maxsus rejimli
axborotlarning   tur—xili   sifatida   davlat   sirlari   tushunchasini   kiritadi.
Konstitutsiyada axborot olish huquqini amalga oshirish tartibini tartibga
soluvchi   normalar   belgilangan.   Axborotlami   olish   va   tahlil   qilish   bilan
bog'liq muammolar barcha yuridik fanlarda vujudga keladi. Umumiy va
huquqiy   informatika   til   haqidagi   fan   -   lingvistika   bilan   uzviy   bog'liq.
Informatika   til,   so‘z,   alifbo,   gap,   matn   singari   tushunchalardan   keng
foydalanadi.   Matn   tuzilishini   o'rganish   lingvistikaning   muhim
vazifalaridan   biri   hisoblanadi.   Zamonaviy   kompyuter   -   matn   bilan
ishlashni   avtomatlashtirishning   qudratli   vositasidir.   Ko'pgina   katta
mehnat   sarfini   talab   etuvchi   jarayonlar,   masalan,   matnlarga   statistik
ishlov   berish,   har   xil   lug'aviy   va   leksik   kartotekalarni   yuritish   ishlarini
avtomatlashtirish   imkoniyati   tug'ildi.   Kompyuterlar   paydo   bo'lgani
zahoti ular bilan muomala qilish muammosi vujudga keldi. Oddiy tabiiy
til bu muammoni hal qilishning eng yaxshi usuli bo'lishi mumkin. Ammo
bunday   o'zaro   ta’sirni   tashkil   etish   uchun   eng   awalo   tabiiy   tildan
insonlarning o'zaro aloqalari jarayonida foydalanish qonunlari va o'ziga
xosliklarini tushunib yetish lozim. Informatikada psixologiyaning xotira,
tafakkur,   idrok   etish   va   tanib   olish   singari   tushunchalari   qo'llanadi.
Informatikaning   rivojlanishi   bugungi   kunning   vazifalaridan   biri   inson
intellektini   o'rganish   bo'lgan   Dsi:fflfl^va^fcwmioQ   yutuqlari   bilan   uzviy
bog'liq. Psixologiyada hozir alofVidayd'ttaBsiht'j^if^on intellekti, xotirasi va tafakkurining qoriuniyatlarini obhib^eruvchi kognitiv psixologiya faol
rivojlanmoqda.   Kognitiv   psixologiya   insonning   o'zi   va   atrof   olam
haqidagi   bilimlarini,   shuningdek,   bilimga   ega   bo'lishni   ta’minlovchi
jarayonlarni   o'rganadi.   Huquqiy   informatika   bilishning   matematik
usullaridan   faol   foydalanadi.   Matematika   miqdoriy   nisbatlar   va
makonga   oid   shakllarni   o'rganuvchi   aniq   abstrakt   fandir.
Matematikaning   aniqligi   uning   asosiy   o'rganish   usullaridan   bin   qaf   iy
mantiqiy   mulohazalar   ekanligi,   o'rganish   natijalari   esa   qat’iy   mantiqiy
ko'rinishda   shakllanishini   bildiradi.   Matematikaning   abstraktligi   esa
uning o'rganish obyektlari matematik modeller ekanligini bildiradi. Bitta
model   birbiriga   o'xshamaydigan   har   xil   hodisalaming   xususiyatlarini
ma’lum darajadagi yaqinlik bilan tavsiflashi mumkin. XX asrning ikkinchi
yarmida   informatika,   kibernetika,   iqtisodiyot,   lingvistika   va   boshqa
qator   fanlarning   talablari   ta’sirida   matematikaning   ulkan   binosida
chuqur   qayta   qurish   amalga   oshirildi.   O'ziga   xos   ilmiy   inqilob   sodir
bo'ldi. Informatika axborotlarga ishlov berish, ularni uzatish va ulardan
foydalanish   modellarini   tuzish   va   o'rganish   uchun   matematika
usullaridan   foydalanadi,   informatikaning   nazariy   negizini   yaratadi.
Axborot   o'z   tabiatiga   ko'ra   diskret   tasawurga   moyil.   Axborotlarni,
odatda,   diskret   ko'plik   ko'rinishida   tavsiflash   mumkin.   Demak,   nazariy
informatika   o'z   xususiyatiga   ko'ra   diskret   matematikaga   yaqin   turadi.
Matematik   mantiqqa   tayanuvchi   fanlar   axborotlarga   kompyuterlar
yordamida   ishlov   berish   jarayonlarini   tahlil   qilish   uchun   mantiq
yutuqlaridan   foydalanish   imkonini   beradigan   metodlami,   shuningdek
mantiqiy   tip   modellari   asosida   kompyuteming   o'zida   sodir   bo'ladigan
jarayonlarni   o'rganish   imkonini   beradigan   metodlarni   ishlab
chiqmoqdalar.   Bu   metodlarning   har   xil   turlari   mavjud:   formal   tizimlar,
avtomatlar,   o'yin   modellari   va   boshqalar.   Metodning   turi   obyektning
informatsion   mazmunidan   kelib   chiqib   tanlanadi.   Mutaxassislarning
fikricha,   informatikaning   taraqqiyoti   uning   matematik   negizining
rivojlanishiga   ko'p   jihatdan   bog'liq.   Huquqiy   informatikaning   texnik
fanlar bilan aloqasi huquq fani va amaliyotining ehtiyojlari uchun har xil rusumdagi   zamonaviy   elektron   hisoblash   mashinalaridan   faol
foydalanish orqali amalga oshiriladi. O'z navbatida EHMdan foydalanish
huquqiy   informatikaning   qiziqishlari   sohasiga   formal   mantiq   va
matematika   appa-   ratining   jalb   etilishiga   asoslanadi,   zero   busiz   huquq
normalarini   EHM   xotirasiga   kiritish   oldidan   formalizatsiya   qilib
bo'lmaydi. Yuridik fanining har bir sohasi o'z bilish obyektining axborot
modelini   yaratishi   lozim.   Bu   umumiy   va   huquqiy   informatika   usul   va
vositalaridan faol foydalanishni nazarda tutadi. Qonun hujjatlariga doir
avtomatlashtirilgan   axborot-qidiruv   tizimlarini   tashkil   etishda   tarmoq
yuridik   fanlarida   (fuqarolik   huquqi,   ma’muriy   huquq   va   boshqalarda)
mavjud   bo'lgan   normativ   huquqiy   hujjatlarning   klassifikatorlaridan
foydalanish zarur.
3.   Tizim -bu komponentlarining funksiyalariga bog'liq bo'lmagan [/ayrim
umumiy   funksiyaning   bajarilishi   bilan   birlashtirilgan   o'zaro   aloqador,
nisbatan   mustaqil   elementlarning   majmuidir.   Tizim   tushunchasi
umumiy   huquq   nazariyasida   va   tarmoq   yuridik   fanlarida   ancha   keng
qo'llanadi: huquq tizimi; huquqiy tartibga solish tizimi; davlat organlari
tizimi; elyoeiy tizim; dalillar tizimi (jinoyat, fuqarolik yoki xo'jalik ishlari
bo'yicha).   Huquq   tizimini   o'rganishda   uning   barcha   iyerarxik
pog'onalarida   «tizim»   atamasi   va   tizimli   tahlil   metodlari   qo'llaniladi.
Bilishning ko'pglna xususiy metodlari negizida tizimli yondashuv yotadi.
U   ompirlk   faktlarni   umumlashtirishning   usullaridan   biri   bo'lib,
elementlarni   bir   butunga   birlashtirish   natijasida   vujudga   keladigan
integrativ   sifatlarni   aniqlashga   e’tiborni   qaratish   imkonini   beradi.
Qonunni tizimli tahlil qilish metodologiyasi tizimni hosil qiluvchi barcha
aloqa,   omil   va   konstruksiyalami   aniqlash;   bu   aloqalarni
rnaqbullashtirish,   ya’ni   qonunning   sifati   va   samaradorligini   yaxshilush;
qonunning yaxlitligi va samaradorligini oshirishda har bir aloqaning roli
va funksiyalarini aniqlashni  o'z ichiga oladi. Tizimli-komponentli aspekt
tizim   tarkibining   o'rganilishini   aks   ettiradi.   Bunda   o'zaro   ta’sirini
tizimning yaxlitligi ta’minlaydigan komponentlar ajralib chiqadi. Tizimli-
tuzilmaviy aspekt tizim elementlarining ichki aloqalari va o'zaro ta’sirini o'rganishni   nazarda   tutadi.   Tuzilma   tizimning   ichki   shakli   sifatida
tushuniladi.   Tizimli-funksional   aspekt   ushbu   tizimning   komponentlari
o'rtasida; komponentlar va tizim o'rtasida; tizim va u tarkibiga kiradigan
boshqa   tizim   o'rtasidagi   axborot-funksional   bogliqliklami   o'rganishni
nazarda   tutadi.   Tizimli-kommunikatsion   aspekt   tizimning   atrof   muhit
bilan o'zaro ta’sirini o'rganishni va salbiy omillarni tahlil qilishni nazarda
tutadi.   Tizim   tushunchasi   muhim   normativ   huquqiy   hujjat   -   qonunga
nisbatan   ham   qo'llanishi   mumkin.   Q   onun-bu   har   xil   vazifalarni
bajaruvchi,   qonunning   yaxlitligi   va   barqarorligini   ta’minlovchi   har   xil
darajadagi   va   har   xil   xususiyatlarga   ega   bo'lgan   o'zaro   aloqa   qiluvchi
norma,   prinsip   va   huquq   tuzilmalarining   yaxlit   majmuidir.   Qonunning
tuzilishida   tizim   hosil   qiluvchi   omillar   vazifasini   qonun   konsepsiyasi,
qonunning   prinsiplari,   boshqaruv   konsepsiyasi,   inson   va   fuqaroning
huquq   va   erkinliklarining   in’ikosi   bajaradi.   Qonunda   umumiy   huquq
nazariyasining ko'pgina muhim kategoriyalari - huquq subyekti, huquqiy
tartibga   solish   mexanizmi,   ijtimoiy   va   yuridik   maqsadlar,   ijtimoiy
munosabatlar,   huquqiy   munosabatlar   va   boshqalardan   foydalaniladi.
Amalda   qonunning   tizimliligi   talablari   ba’zan   buziladi.   Bu,   masalan,
huquq   normalari   va   huquq   hujjatlari   o'rtasidagi   ziddiyatlarda,   ularning
samarasizligida,   elementlarning   yaxlitligi   va   muvozanati   prinsipining
buzilishida   o'z   ifodasini   topadi.   Turli   vaqtlarda   va   har   xii   holatlar
munosabati   bilan   e’lon   qilingan   qonun   hujjatlari   ba’zan   o'zaro   mos
kelmaydi.   Bu   qonunning   qo'llanishi   jarayonida   qiyinchiliklar   tug'diradi,
qonunchilikning   samaradorligini   pasaytiradi.   Bu   esa   normativ   huquqiy
hujjatlarni   tizimga   solish  zaruratini   keltirib   chiqaradi.   Ijtim  oiy   tizim  lar
Ijtimoiy   muhitda   vujudga   keluvchi   va   faoliyat   ko'rsatuvchi   tizimlar
ijtimoiy   tizimlar   hisoblanadi.   Iqtisodiy,   siyosiy,   ilmiy-texnik   tizimlar,
boshqaruv   tizimlari   va   ekologik   tizimlar   shular   jumlasidan.   Ularning
asosiy   komponentlari   odamlar,   shaxslar,   katta   va   kichik   ijtimoiy
tabaqalar   hamda   guruhlardir.   Ijtimoiy   tizimlar   ko'p   sonli   alohida
elementlardan   tashkil   topadi.   Bu   elementlar   ma’lum   qonunlarga   ko'ra
o'zaro   aloqa   qiladi.   Huquq   o'zining   regulyativ   ta’siri   bilan   ijtimoiy tizimlarning   barcha   funksional   komponentlarini   -   ularning   maqsadlari,
ijtimoiy   funksiyalari,   axborot   oqimlari,   boshqa   tizimlar   bilan   aloqalari,
maqsadlarga   erishish   usullari,   bir   marom-   da   ishlashdan   chekinishi,
elementlar   tarkibi   va   boshqa   komponentlarini   qamrab   oladi.   Har
qanday ijtimoiy organizm faol, rivojlanuvchi, o'zini o‘zi Inrtibga soluvchi
tizim   hisoblanadi   va   tashqi   sharoitlarga   qator   moslashishlar   asosida
faoliyat   ko'rsatadi,   o'z   atrofidagi   ijtimoiy   va   tabiiy   muhit   bilan   aloqa
qiladi. Huquq tizimlarning o'lchamlarini qayd etibgina qolmay, ularning
ish   jarayonini   ham   tartibga   soladi.   Bu   nuqtai   nazardan   ijtimoiy
munosabat va aloqalar subyektlarining faoliyati, ularning tashqi va ichki
muhitlardagi   faol   harakati   huquq   tizimining   obyekti   hisoblanadi,   deb
aytish mumkin. Huquq normalari ijtimoiy faoliyatning mazmuniga kirib,
ijtimoiy   tizimlarning   tuzilishiga   uyg'un   qo'shiladilar,   uning   elementiga
aylanadilar,   uning   faoliyati   va   progressiv   rivojlanishini   ta’minlaydilar.
Ijtimoiy tizimning sifat xususiyatlari quyidagilardan iborat: u ko‘p omilli,
ehtimol   tutilgan   tizim   ko'rinishida   bo'ladi;   huquq   tizimi   faoliyati
mexanizmining   ratsional   modelini   yaratishda   hisobga   olinishi   lozim
bo'lgan   spetsifik   qonuniyatlar   majmuiga   tayanadi;   huquqiy   tartibga
solishning maqsadlariga mos kelishi ham, mos kelmasligi hum mumkin
bo'lgan   o'ziga   xos   maqsadlarga   ega   bo'ladi;   nafaqat   huquqiy,   balki
boshqa   ijtimoiy   regulatorlar   bilan   bog'liq   bo'ladiki,   bularnlng   barchasi
huquqiy   tartibga   solish   jarayonida   hisobga   olinishi   lozim.   Murakkab
dinamik   tizim   Murakkab   dinamik   tizim   tushunchasi   informatika   va
kibemetikada muhim rol o'ynaydi. Murakkab dinamik tizimlar ko'p sonli
oddiy   tizimlardan   tashkil   topadi.   Bu   oddiy   tizimlarning   har   biri   o'z
navbatida   mustaqil   tizim   (oddiy   tizimchalar)   hisoblanadi.   Butun
tizimning  va  alohida   elementlarning  holati   har  xil  qonuniyatlarga   ko'ra
o'zgarishi   mumkin   bo'lgan   bir   yoki   ko'p   sonli   parametrlarnIng   miqdori
bilan   tavsiflanadi.   Tizimning   bir   holatdan   ikkinchi   holatga   o'tishi—
jarayon   deb   ataladi.   Tizimni   parametrlariga   ta’sir   ko'rsatish   yo'li   bilan
bir holatdan ikkinchi holatga o'tkazish — boshqaruv deb ataladi. EHM,
mehnat faoliyati bilan birlashtirilgan odamlar jamoasi, texnik va biologik tizimlar   boshqaruv   jarayonlari   sodir   bo'luvchi   dinamik   tizimlar
hisoblanadi.   Murakkab   dinamik   tizimning   boshqa   bir   o'ziga   xos
xususiyati   uning   rivojlanishidir.   Barcha   murakkab   dinamik   tizimlarda
boshqaruv   axborotlarni   to'plash,   tarqatish,   saqlash   va   qayta   ishlash,
boshqaruv komandalarini ishlab chiqish va ularni ijro etuvchi organlarga
taqdim   etish   yo'li   bilan   amalga   oshiriladi.   «Davlat   -   huquq»   murakkab
dinamik tizimi - bu ko‘p maqsadli, polifunksional, polistrukturaviy, ko‘p
aspektli   tizimdir;   u   yaxlit   tizimli   xususiyatlari,   tarkibiy   elementlari,
ularning   xususiyatlari   va   ular   o'rtasidagi   munosabatlarning   xilma-xilligi
bilan   farq   qiladi.   Uni   tavsiflash   bir   nechta   maxsus   tillar   yordamida
amalga   oshiriladi.   Normativ   tizim   lar   Jamiyatda   juda   ko'p   ijtimoiy
regulatorlar   amal   qiladi.   Bular   siyosiy   normalar,   axloq   normalari,
ommaviy   axborot   vositalari,   davlat   va   huquqdir.   Ularning   barchasi
ijtimoiy   normativ   tizimlaming   turi   (xili)   hisoblanadi,   ya’ni   ularning
tarkibiga   har   xil   ijtimoiy   normalar   kiradi.   Kibernetik   tizim   Kibernetik
tizim deganda axborot jarayoni bilan birlashtirilgan jonli va jonsiz tabiat
tizimchalari va elementlarining majmui tushuniladi. Ularning harakatlari
qo'yilgan   maqsadga   muvofiq   ravishda   erishish   uchun   xizmat   qiladi.
Boshqaruv  subyekti  va  obyekti  hamda  boshqaruv  tizimining  mavjudligi
kibernetik tizim uchun xosdir.

Mavzu: Huquqiy informatikaning metodologik asoslari Reja: 1.Huquqiy informatika predmeti 2.Huquqiy informatikaning integrativ funksiyasi 3.Tizimlarni tahlil qilish metodi

1.O'zbekistonning davlat va huquq sohasini axborotlashtirish borasidagi murakkab vazifalarni hal qilish ilmiy bilimlarning yangi sertarmoq tizimini vujudga keltirishni talab qiidi. Yangi fanlararo tarmoq — huquqiy informatika ana shu vazifalarni hal qilishga javob beradi. Umumiy va huquqiy informatika g‘oyalari dastlab murakkab dinamik tizimlarni boshqarish qonunlari haqidagi fan - kibernetika tarkibida rivojlandi. Informatikani mustaqil fanga ajratish masalasi faqat ayrim olimlar tomonidan qo'yildi. Jumladan, mazkur sohaning yetakchi mutaxassislaridan biri V.l. Siforov informologiya - axborotlarni uzatish, taqsimlash, qayta ishlash va o'zgartirish qonunlari haqidagi fan g'oyasini ilgari surdi. Bunda informologiya mazmuniga axborotlarni kodlash, koddan chiqarish, eslab qolish, saqlash, qidirish, ajratib olish, yetkazish, taqqoslash, ifoda etish, ishlab chiqarish va foydalanish kirishi nazarda tutildi (1976). 60- yillaming oxirida «informatika» tushunchasi mamlakatimizda faqat axborot texnikasi bilan emas, balki ilmiy axborot nazariyasi («dokumentalistika») bilan ham bog'landi. Bunga ko'p jihatdan A.I. Mixaylov, A.I. Cherniy va R.S. Gilyarevskiyning «Informatika asoslari» (1968) asarining e’lon qilinishi sabab bo'ldi. Asarda ilmiy- texnik axborot tushunchasi va unga ishlov berish usullari batafsil ko'rib chiqildi. 1982-yili kibernetika va informatika sohasidagi atoqli olim V.M. Glushkovning «qog'ozsiz informatika asoslari» monografiyasi e’lon qilindi. Ushbu monografiyada axborot tushunchasi va unga ishlov berish usullari, ilmiy tadqiqotlar, noshirlik faoliyati, tibbiyot, ta’lim, loyihalash ishlari, kredit-moliya munosabatlari sohalaridagi qog‘ozsiz texnologiyalaming amaliy masalalari ko'rib chiqildi. Tashkiliy tizimlarni avtomatlashtirish va turdosh masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Umumdavlat avtomatlashtirilgan tizimi g'oyasi ilgari surildi. Informatikaning tushunchalar apparatini shakllantirishda GR. Gromovning «Milliy axborot resurslari: sanoatda foydalanish masalaiari» (1984) monografiyasi katta rol o'ynadi. Bu monografiyada milliy axborot resurslari, ulardan sanoatda foydalanish, EHM sanoatining o'sish sur’atlari, axborot texnologiyalari va dasturlashtirish

fanining rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqilgan. Axborot resurslari - mamlakat mehnatga layoqatli aholisi eng malakali va ijodiy jihatdan faol qismi intellektual faoliyatining bevosita mahsulidir. Milliy axborot resurslari - nisbatan yangi iqtisodiy kategoriya. Bu resurslarni miqdoriy baholash va ularning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan aloqasi masalasining to'g'ri qo'yiNshi turli bilim sohalaridagi mutaxassislar va olimlardan hamkorlikdagi uzoq izlanishlarni talab etadi. 80-yillarning oxirlaridan O'zbekistonda ikkinchi kompyuter inqilobi boshlandi. «Informatika» atamasi faqat fannigina emas, amaliy faoliyat yo'nalishini ham anglata boshladi. Informatika xalq xo'jaligining tarmog'i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulot ishlab chiqarish va zamonaviy axborotlarga ishlov berish texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bog'liq turli xo'jalik yuritish shakllaridagi turdosh korxonalar majmuidan tashkil topadi. «Informatika» atamasi 60-yillarda Fransiyada vujudga kelgan bo'lib, elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish sohasi ana shu atama bilan atalgan. Fransuzcha informatique atamasi information (axborot) va automatique (avtomatika) so'zlarini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan bo'lib, «informatsion avtomatika yoki axborotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish» degan ma’noni anglatadi. Inglizzabon mamlakatlarda bu atamaga computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) atamasi mos keladi. Mamlakatimizda «informatika» atamasining hozirgi talqini 1983 yili sobiq SSSR Fanlar akademiyasi yillik yig'ilishi sessiyasida Informatika, hisoblash texnikasi va avtomatlashtirish bo'limini tashkil etish haqida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran qaror topdi. Informatika «EHMga asoslangan axborotlarga ishlov berish tizimlarini ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, bu tizimlaming ishlashi, ularning qo'llanishi va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirining barcha jihatlarini o'rganuvchi kompleks ilmiy va muhandislik fani» sifatida talqin qilindi. Predmetini axborotlar va axborot jarayonlari tashkil qiluvchi fanlarning sertarmoq tizimi mavjud. Axborot jarayonlarining umumiy qonuniyatlari va ularning matematik

modellarini o'rganuvchi nazariy informatika; jamiyatdagi axborot jarayonlarining xususiyatlarini o'rganuvchi ijtimoiy informatika; to'g'ridan-to'g'ri amaliy vazifalarni hal qilish uchun avtomatlashtirish vositalaridan foydalanishga mo'ljallangan amaliy informatika; muayyan fanlar (iqtisodiyot, sotsiologiya, huquq va boshqalar)dagi axborot jarayonlarini o'rganuvchi informatikaning tarmoq yo'nalishlari shular jumlasidan. Hozirgi zamon informatika fani matematika va kibernetika, tizimli texnika va elektronika, mantiq va lingvistika negizida vujudga kelgan. Uning asosiy ilmiy yo'nalishlari hisoblash texnikasining nazariy asoslari, statistik axborot nazariyasi, dasturlashtirish va sun’iy intellekt singari fanlarni hosil qilgan. Umumiy va huquqiy informatikani farqlay bilish zarur. Umumiy informatika - bu axborotlarning tuzilishi va xususiyatlarini, shuningdek, axborot faoliyatining qonuniyatlari, uning nazariyasi, metodikasi va tashkilotini o'rganuvchi fandir. Umumiy informatikaning maqsadi axborotlarni yozib olish, to'plash, tahliliy- sintetik ishlov berish, saqlash, qidirish va tarqatishning maqbul usul va vositalarini ishlab chiqishdan iborat. Mavjud ishlar umumiy informatikaning tuzilishiga tegishli quyidagi qoidalarni ta’riflash imkonini beradi. 1. Axborot va axborotlashtirishning ijtimoiy masalalari. Ijtimoiy axborot. Axborotning jamiyatdagi roli. Axborot jamiyati konsepsiyasi. Axborot xavfsizligi. Axborotlashtirishning ijtimoiy oqibatlari. 2. Nazariy va matematik informatika. Algoritm, model, formalizatsiya tushunchalari. Qarorlar qabul qilish nazariyasi, matematik va mantiqiy apparat. 3. Sun’iy intellekt nazariyasi. Intellektual va psixik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish. Ekspert tizimlar. Obrazlarni tanib olish. Intellektual robotlar. 4. Hisoblash texnikasi va dasturlash. EHM arxitekturasi. Dastur va dasturlash. EHMning yaratilishi tarixi. Rivojlanish tendensiyalari. Kompyuter tarmoqlari va tizimlari. 5. Amaliy informatika. Fan va amaliyotning turli sohalarida (iqtisodiyot, texnika, har- biy ish, huquq va boshqalarda) axborotlarni to'plash va ularga ishlov berish usullarini qo'llash masalaiari. Informatika amaliy fan sifatida axborot jarayonlaridagi

qonuniyatlar (axborotlarni jamg'arish, qayta ishlash va tarqatish)ni o'rganish, inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsiyalarning axborot modellarini yaratish, axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Huquqiy informatika umumiy informatikaning amaliy tarmog'i hisoblanadi. Huquqiy informatikaning vazifalari va tabiatini tushunishga nisbatan har xil yondashuvlar mavjud. Aytib o'tilgan qarashlardan kelib chiqib unga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Huquqiy informatika-b u yuridik faoliyat sohasidagi axborot jarayonlarining qonuniyatlari va xususiyatlari, ulami avtomatlashtirish, yuridik faoliyatni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda huquqiy vazifalarni hal qilish uchun huquq fanlari nazariyasi va metodologiyasi, matematika, informatika va mantiq, vosita va usullaridan kompleks foydalanish negizida yaratiladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tuzilishi va ulardan foydalanish usullari haqidagi fanlararo bilim sohasidir1. Huquqiy informatika va huquqiy kibernetika g'oyalarining vujudga kelishi va rivojlanishida V.N. Kudryavsev, D.A. Kerimov, O.A. Gavrilova, R.M. Lansman, Z.I. Kirsanov, S.S. Moskvin, N.S. Polevoy, A.R. Shlyaxov, L.G. Ejubov singari olimlarning ishlari katta rol o'ynadi. Huquqiy informatikaning vazifalariga quyidagilar kiradi: plyuralistik demokratiya va oshkoralik, jamiyatning har bir a’zosi normativ huquqiy hujjatlaming butun majmuidan foydalanish imkoniyatiga egaligi, zarur vaqtda, zarur joyda va zarur shaklda erkin axborot olish imkoniyatining mavjudligi prinsiplarida huquqiy davlat qurishda faol ishtirok etish; avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ), intellektual va maslahat tizimlarini joriy etishning ilmiy va amaliy asoslarini ishlab chiqish; yuridik muassasa va organlarning faoliyatini intellektuallashtirish, adliyani va yuridik faoliyatning boshqa shakllarini amalga oshirishda ish samaradorligi va madaniyatini oshirish; avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlarini yaratish; yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashning nazariy va uslubiy muammolarini ishlab chiqish, yangi huquq ixtisosligi - «huquqiy informatika» bo'yicha yosh mutaxassislar korpusini shakllantirish. Bugungi kunda huquqiy