logo

Sportning nazariy asoslari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

45.751953125 KB
Sportning nazariy asoslari.
Reja:
1. Sport nazariyasi predmetining xususiyatlari maxsus atamalari
2. Sportning nazariy asoslari.
3. Sport turlarining tasnifi
4.    Sportning   vazifalari Sport  nazariyasi  predmeti, jismoniy  tarbiya nazariyasi  va uslubiyati  fanining
bir qismi bo‘lib, yangidan ajralib chiqqan fandir.
Sport   nazariyasi   fani   sport   mashg‘ulotlari   bilan   maxsus   tashkil   qilingan
jarayonda   sportchining   tayyorgarlik   mazmuni   va   uslubiyati   hamda   unga   ta’sir
qiladigan umumiy qonuniyatlarni o‘rganadi.
Sport   nazariyasining   asosiy   atamalariga   quyidagilar   kiradi:   sport
musobaqalari, sport harakati, sport faoliyati, sport tayyorgarligi, sport tayyorgarligi
tizimi,   sport   maktabi,   sport   mashg‘ulotlari   tizimi,   sport   ko‘rsatkichlari,   sport
natijalari.   Shu   atamalar   mazmuni   va   xajmini   aniqlab   olmasdan   turib,   sport
nazariyasi o‘rgana-digan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab bo‘lmaydi.
Sport   -   qisqa   ma’noda   shaxsiy   musobaqa   faoliyati   deyilsa,   keng   ma’noda
shaxsiy   musobaqa   faoliyati   shu   faoliyat   asosidan   kelib   chiqadigan   maxsus
tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi.
Sport   musobaqalari   -   ko‘rsatish   uslubi,   sport   yutuqlarini   baxolash   va
taqqoslash, sport soxasidagi konkurensiyalarni o‘ziga nisbatan boshqarishdir. Sport
musobaqalari,   boshqalar   bilan   muloqotda   bo‘lishni   kerakli   omili,   shaxsni   tashkil
topishini   vositasi,   inson   imkoniyatlarini   anglab   etish,   etalon   ko‘rsatkichlarini
tuzishga qaratilgan.
Sport musobaqalarini maqsadi - kuchli sportchilar va komandalarni aniqlash,
sport  maxoratini  takomillashtirish,  jismoniy  madaniyat  va sportni  targ‘ibot  qilish,
sport   tashkilotlari,   murabbiylar,   sportchilar,   hakamlar   faoliyatiga   ob’ektiv   baxo
berishdir.
Sport   harakati   -   ijtimoiy   harakatning   maxsus   shakli   bo‘lib,   tuzish,
rivojlanish,   saqlash,   sport   boyliklarini   qabul   qilish   va   almashish,   shaxsni   tashkil
topishi   uslubi,   jamiyatga   ishchi   kuchi   xamda,   Vatanni   faol   himoyachilarini
tayyorlaydi.   O‘zbekistonda   sport   harakati   -   g‘oyaviy   kurashning   kerakli   sohasi
bo‘lib,   ommaga   ta’sir   ko‘rsatuvchi,   insonda   milliy   ongni   tarbiyalovchi   tomonla-
ridan   biridir.   Sport   harakati   tarixan   quyidagi   shakllarni:   ommaviy,   havaskorlik
sportini yaratgan. Bundan tashqari biznes shaklidagi - professional sportni yuzaga
chiqaradi. Sport   faoliyati   -   harakat   faoliyati   rivojlanishini   oliy   shakli   bo‘lib,   inson
faoliyati   jarayonining   ko‘p   qirraliligi   insonni   jismoniy   va   psixologik   rivoj-lanishi
hamda   takomillashuvini   jamiyatning   talabiga   nisbatan   tashkil   qilishdir.   Sport
faoliyati: shaxsiy sport faoliyati va tashkiliy - pedagogik faoliyatlarga bo‘linadi.
Insonning   sport   faoliyati   ikki   bir-biriga   bog‘liq:   qayta   tashkil   topish   va
tushunib   etish   (sportchini   bilishi,   ko‘nikma,   malakalarni   yuqori   sport
ko‘rsatkichlari) tomoni mavjud.  
Funksional   atamalar   guruhiga   tayanch   bo‘lib,   sport   tayyorgarligi   va   sport
mashg‘ulotlari atamalari kiradi.
Sport tayyorgarligi   – sportchilar mashg‘ulotini qamrab oluvchi, ko‘p omilli
jarayon   bo‘lib,   musobaqalarga   tayyorlanish   va   qatnashish,   mashg‘ulot   jarayonini
va   musoba-qani   tashkil   qilish,   mashg‘ulot   va   musobaqani   ilmiy   -   metodik   va
material   -   texnik   tomonidan   tayyorlash;   kerakli   shart-sharoitni,   sport   ishlari
mashg‘uloti o‘qish va dam olish bilan qo‘shib olib borishini hisobga oladi.
Ushbu   atamalarni   ishlab   chiqarishda   sport   tayyor - garligi   tizimi   va   sport
maktabi deb yuritiladi.
Sport   tayyorgarligi   tizimi   -   bilim,   vositalar,   uslublar,   shakllar   va   shu
muxitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada tayyorlashni ta’minlash,
shuningdek sportchini tayyor-lashni amaliy faoliyatidir.
Sport   maktabi   -   sportchilarni   tayyorlashni   yagona   tizimi   bo‘lib,   bir   guruh
mutaxassislarni ijobiy izla-nishga asoslanadi.
Sport   mashg‘ulotlari   –   bu   sport   tayyorgarligini   bir   qismidir.   Sport
mashg‘ulotlari maxsus jarayonni o‘z ichiga olib, aniq tanlangan sport turi bo‘yicha,
sportchini   yuqori   ko‘rsatkichlarga   erishishida,   jismoniy   mashqlar   orqali
organizmni   rivojlantirish,   jismoniy   sifatlar   va   qobiliyatlarni   takomillashtirish
uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir.
–   sport mashg‘ulotlari   pedagogik xodisa bo‘lib, u sportda yuksak natijalarga
erishish uchun bevosita yo‘nalti-rilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir.
“ Sport   mashg‘ulotlari ”   atamasi   bilan   bir   qatorda   sportchini   tayyorlash
atamasi ham qo‘llaniladi. “Sportchini   tayyorlash ”   –   kengroq   tushuncha   bo‘lib,   u   sportda   yuksak
ko‘rsatkichlarga   erishishga   tayyor   bo‘lishi   va   uni   amalga   oshira   borishni
ta’minlovchi barcha vosita-lardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Umuman   sport   mashg‘uloti   sportchini   tayyorlashda   biologik   va   psixologik
o‘zgarishlarining   murakkab   majmua-sini   yuzaga   keltirib,   natijada   “ mashq   bilan
chiniqqanlik ”,   “ tayyorgarlik ”,   “ sport   formasida   bo‘lishlik ”   darajasini
yaxshilanishiga   olib   keladi.   “ Mashq   bilan   chiniqqanlik ”   tushunchasi   odatda
mashg‘ulot   ta’siri   ostida   sportchi   organizmida   sodir   bo‘ladigan   hamda   uning   ish
qobiliyatini   ortishida   o‘z   ifodasini   topadigan   biologik   (funksional   va   morfologik)
moslashuv   o‘zgarishlari   ma’nosida   anglanadi.   Bular:   umumiy   va   maxsus   turga
bo‘linadi.
“Mashq   bilan   chiniqqanlik ”   –   mashg‘ulot   vositasida   organizmning
muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir.
“ Tayyorgarlik darajasi ” – atamasi, “mashq bilan chiniq-qanlik” atamasidan
kengroq bo‘lib, tayyorgarlikni qaysi darajada, ekanligini ko‘rsatadi.
“Sport   mashg‘ulotlari   tizimi ”   –   bu   sportchilar   tayyorlashda   beriladigan
bilimlarni, tamoyillarni, uslub-lari va sport ko‘rsatkichini, shuningdek mashg‘ulot
jarayonini boshqarish va tashkil qilishda amaliy faoliya-tini bir butunligidir.
“Sport   ko‘rsatkichlari ”   -   bu   sport   mahorati   va   sportchi   qobiliyatini   qaysi
darajada   ekanligini   ko‘rsatib,   aniq   natijalarda   beriladi.   Aniq   holda,   tayyorlash
tizimini   samarali   amalga   oshirishi   mobaynida   sport   ko‘rsatkichlari,   sportchini
iqtidorligini aniqlaydi. YUqori sport ko‘rsatkichi bo‘lib, shu sport turida, maksimal
imkoniyatlardan foydalanilganini ko‘rsatadi.
“Sport natijalari ” - sportdagi son va sifat darajasini ko‘rsatkichidir.
“ Sportchining   tasnifi ”   -   sportchini   barqaror   tas-nifi   bo‘lib,   ma’lum   vaqt
ichida yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir.
O‘zbekiston   Respublikasida   “ yagona   sport   tasnifi ”   mavjud   bo‘lib   har   to‘rt
yilda o‘zgarib turadi. Sportni ijtimoiy xodisa sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan
iboratki, u asosan  jamiyatga insonning jismoniy sifat-larini rivojlantiruvchi vosita
sifatida   xizmat   qiladi,   shu   bilan   birga,   uning   ma’naviy   kamolatiga   ham   kuchli ta’sir   ko‘rsatadi.   Mazkur   xususiyati   jismoniy   tarbiyaning   mushtarak   belgisidir.
Insonning   ijtimoiy   ongini   rivoj   topganligi   jismoniy   madaniyatni   vujudga
kelishidagi sub’ektiv omili deb hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi, fan sifatida, insonning jismoniy tarbiya
va   sport   bo‘yicha   jamiyatda   ko‘rsatgan   faoliyatini,   yangi   shaxsning   mazkur
faoliyat   davomida,   qonuniy   tarzda   shakllanishi   va   jismonan   komil   inson   bo‘lib
etishishini o‘rganadi va tadbiq qiladi.
Jismoniy   tarbiya   va   sportning   ijtimoiyligi   uning   oqibatlaridan   samarali
ravishda manfaatdordir deb hisoblaydi (O.A.Milshteyn ).
Bu oqibatlar  majmui, sport  bilan shug‘ullangan har bir jamoa a’zosi, har  bir
ijtimoiy gurux uchun qanchalik foyda yoki ziyon keltirishini aniqlab beradi.
Bularga quyidagilar kiradi:
-   aholini   barcha   ijtimoiy   guruh   va   tabaqalariga   jismoniy   tarbiya   tizimining
ijtimoiy ta’siri;
-   jismoniy tarbiya boshqaruvini tashkil qilish va uning faoliyat samaradorligi;
-   har   bir   jamiyat   a’zosining   ruhan   va   jismonan   sog‘lom   bo‘lishiga,   uning
ijodkor   shaxs   sifatida   har   tomonlama   kamol   topishiga,   uning   mehnat   faoliyati,
ijtimoiy siyosiy harakati, umuman, ijtimoiy qiyofasi va faoliyatiga, hayotda tutgan
o‘rniga   sportning   tarbiya,   ta’lim   va   sog‘lomlash-tirishga   qaratilgan   ta’sirining
amaliy natijasi;
-   mashg‘ulotdan bo‘sh vaqtlarda samarali  dam  olish  usullari  va bunday dam
olishning ommaviyligi;
-   ommaviy   axborot   vositalari   orqali   jismoniy   tarbiya   va   sportni   targ‘ib
qilishning samaradorligi;
-xalqaro   sport   harakatlari   va   olimpiya   o‘yinlarining   rivojlanishiga,   turli
mamlakat   xalqlari   o‘rtasida   tinchlik   –   totuvlik   va   hamkorlikning   rivojlanishiga,
keskinlikni yumshatishga qo‘shgan hissasining samaradorligiga bog‘liq-dir.
Sport   hamisha   jamiyat   oldida,   bir   qator   muhim   vazifalarni   bajarib   kelgan
hozirgi kunda vazifalar bundan ham ko‘paya boradi. Sport shaxsning har tomonlama rivojlanishiga maxsus tarzda ta’sir ko‘rsatadi,
hayotiy   ko‘nikma   va   malakalarning   shakllanishiga   yordam   beradi,   ma’naviy,
axloqiy   va   aqliy   o‘sishga,   shaxsning   mardlik,   iroda,   ruhiy   tetiklik   kabi
xususiyatlarini   chiniqtirishga   ko‘maklashadi,   insonlarda   o‘zaro   hurmat,   do‘stlik-
inoqlik   hissiyotlarini   tarbiyalaydi,   o‘zaro   yordam,   oliyjanoblik,   halollik,
baynalminallik ruhi va boshqalar sportning eng muhim fazilati hisoblanadi.
Sport ko‘ngilxushlik va muxlislik bilan birgalikda sog‘lomlashtirish vazifasini
bajaradi,   uning   sog‘lomlash-tirish   turlari,   dam   olish,   jo‘shqin   xordiq   chiqarishga
qaratilgan bo‘lib, sog‘lom hayotning asosi bo‘lib, hisoblanadi.
Nazariya   -   deganda,   asosan,   u   yoki   bu   sohadagi   tajribalarni
umumlashtiruvchi,   tabiat   qonunlarini,   ob’ektiv   ravishda   ko‘rsa-tishi   asosiy
bilimlarni inson ongida namoyon bo‘lishi tushuniladi.
Nazariya   -   ilmiy   bilimning   oliy   shakli   bo‘lib,   tamoyillar   va   qonunlar,
tushuncha   va   funksiyalari,   uslu-biyati   va   qoidalarini,   umumlashtirish   va   tahlil
qilishda, ma’lum sohadagi bilimlarni bir butunligicha tushunchaga keltiradi. Sport
nazariyasini   haqiqiyligi   sport   faoliyati   amaliyotda  aniqlanadi,   yoki   nazariya   bilan
amaliyot bir-biri bilan mustahkam bog‘langandir.
Sport   nazariyasini   ob’ektiv   holati   inson   faoliyati   sohasini   ijtimoiy   hodisasi
sifatida, musobaqalarni  o‘tkazish  va tashkil  qilish tizimini, musobaqalarda  yuqori
sport   natijalari   va   g‘alabaga   erishish,   shu   bilan   sog‘ligini   mustahkamlash   va
insonni   umumiy   jismoniy   rivojlan-tirish   maqsadida   o‘quv-trenirovka
mashg‘ulotlarini o‘tkazish hisoblanadi.
Sport   nazariyasini   maqsadi   -  fan sifatida  anglab  etish,  tavsif, tushuntirish  va
ob’ektiv qonunlarni bashorat qilish, sport faoliyati jarayonlarini va ko‘rinishlarini,
predmet   tuzilishini   o‘rganadigan   va   ijtimoiy   holatlarni   o‘z   ichiga   olishi,
tashkillashtirilishi, metodik, biologik va sport bilan bog‘liqligini hisobga olishdan
iboratdir.
“ Sport   nazariyasi ”   ni   ko‘p   funksionalli   jamiyat   hodisasi   sifatida,   jismoniy
madaniyat   instituti   va   jismoniy   tarbiya   fakultetlariga   mo‘ljallangan   o‘quv dasturidagi hajmi bo‘yicha sportchini tayyorlash tizimidagi sportni har xil sohalari
bo‘yicha o‘quv predmetidir.
Sport   nazariyasi   gepotezo-deduktiv   yoki   induktiv-deduktiv   nazariya   turiga
kirib, bu ma’lum tizim va emperik (amaliy tajriba) holatini logik bog‘liqligiga ega.
Sport nazariyasi bir-biri bilan bog‘langan, predmet va xodisalar majmuida, 
sport sohasiga taalluqli bilimlar tizimi quyidagi asosiy funksiyalarga ega: 
tavsiflovchi, tartibga tushuruvchi, bashorat qiluvchi olingan natijalarni 
umumlashtiruvchidir. Bundan tashqari amaliy va metado-logik funksiyalar bilan
farqlanadi.
Sport nazariyasida quyidagi elementar tuzilishlar ajratiladi:
1.   Dastlabki   emperik   asoslari   (tajriba   yo‘li   bilan)   -   bu   sport   faoliyati
to‘g‘risida   tajriba   davomida   tanlab   olingan,   nazariy   tushuntirishga   muhtoj
ma’lumotlardir.
2. Dastlabki nazariy asoslari quyidagi tarkibiy qismlarga ega:
-   ko‘p   yillik   yoki   kelajakdagi   faoliyat   natijalarini   onglab   etishi   va   amaliy
qayta   tuzilishida   aniq   haqiqatni   yorituvchi   birlashgan   shakli   tushuniladi,   bu   esa
onglab etgan maqsadni o‘z ichiga oladi.
-   asosiy   tamoyillari   dastlabki   holatda,   kerakli   qonuniyatlarni   bildiradigan
nazariya kutadigan ma’lumot-lardir.
3.   Dastlabki   logik   asoslari   -   sport   nazariyasida   shunday   tushuncha   borki,   u
xodisa   va   predmetlar   xususiyat-larini,   faqat   ilmiy   holda   emas   balki,   ilmiy
bilimgacha bo‘lgan bilimni ham ko‘rsatadi.
4. O‘zining nazariy qismi - bajarilgan mashqlardan yig‘ilgan samaradorligini
qoldiq oqibatini, tushuntirish va tasdiqlashni o‘z ichiga oladi.
SHunday qilib sport nazariyasi  - bu sportni ahamiyati to‘g‘risida tushuncha
beriladigan,   qonuniyatlari   va   asosiy   atamalariga   jamiyatda   amal   qilish,   uning
mazmuni  va  shakllari   bo‘yicha  optimal  ravishda  sport   tayyorgarligi  va  musobaqa
faoliyatini birlashtiradigan bir butun tizimidir.
Sport turlarining tasnifi. Bugungi   zamonaviy   sportning   juda   ko‘p   mustaqil   turlari   paydo   bo‘ldiki,
ularning   har   qaysisi   o‘zining   musobaqa   shakli,   maxsus   harakat   tarkibi,   bellashuv
qoidalari  va  musobaqa faoliyatiga baho berish usuli  bilan boshqa sport  turlaridan
ajralib turadi.
Matveev   L.P.   (1977)   sport   turlarini   harakat   faoliyatiga   qarab   5   guruhga
bo‘lgan:
Birinchi   guruh   -   sportning   bu   turi   jismoniy   sifatlarni   chegaragacha   talab
qiladigan   sport   turlari   bo‘lib,   sportchini   o‘z   shaxsiy   imkoniyatiga   qarab   muvaf-
faqiyat qozonishi mumkin (boks, gimnastika, kurash, sport o‘yinlari, engil atletika
va boshqalar);
Ikkinchi guruh  - yuruvchi texnik vositalarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan
sport   turlari   (mototsikl,   avtomobil,   tayyora,   yaxta   va   boshqalar);   bunday   turda
sport natijasi o‘zi yuruvchi texnik vositalariga, ham ularni boshqarish qobiliyatiga
bog‘liq bo‘ladi;
Uchunchi  guruh   - maxsus  qurollar  (miltiq, kamon va boshqalar)  dan qat’iy
cheklangan shart bilan nishonga tekkizuvchi sport turlari;
To‘rtinchi   guruh   -   model   -   konstruktorlik   faoliyatini   o‘zaro   taqqoslash
turlari (aviamodel, avtomodel va shu kabilardagi faoliyatlar);
Beshinchi guruh   - sportning abstrakt - mantiqiy yo‘l bilan g‘alaba qozonish
turi (shaxmat, damka);
YOzgi   va   qishki   olimpiya   o‘yinlari   dasturiga   kiritilgan   sport   turlari   boshqa
hislatlarga ko‘ra guruhlarga birlashtiriladi.
1-guruh   -   davriy   xarakterdagi   harakat   faoliyati   bilan   bog‘-liq   sport   turlari
suzish, eshkak eshish, engil atletika, velosport va boshqalar;
2-guruh   -   asosan   tezkorlik   -   kuch   sifatlarini   namoyon   etishni   talab   etuvchi
sport turlari sakrash, uloqtirish, og‘ir atletika;
3-guruh   -   asosan   harakatlarni   muvofiqlashtirish   bilan   bog‘liq   sport   turlari   -
sport   va   badiiy   gimnastika,   akrobatika,   suvga   sakrash,   batut,   figurali   uchish   va
boshqalar; 4-guruh   -   yakkakurash   boks,   kurash   (barcha   turlari),   qilichbozlik   va
boshqalar;
5-guruh   -   sport   o‘yinlari   futbol,   xokkey,   basketbol,   voleybol,   suv   polasi   va
boshqalar.
6-guruh   -   ko‘pkurash   chang‘i   ikki   kurashi,   engil   atletika   ko‘pkurashi,
zamonaviy beshkurash va boshqalar.
Olimpiya sport turlari tasnifi
Sport   o‘yinlari   (musobaqa   mashqlari)   boshqacha   qilib   aytganda
o‘ynalayotgan   medallar   miqdoriga   (oltin,   kumush,   bronza)   qarab   tasniflanadigan
sport turlari ham mavjud.
Engil   atletika,   suzish,   sport   gimnastikasi,   akademik   eshkak   eshish,   boks   va
boshqalar medallar miqdori ko‘p bo‘lgan sport turlariga kiradi. Lekin shu paytning
o‘zida   Olimpiya   bellashuvlarida   futbolchilar   bitta   oltin,   bitta   kumush   va   bitta
bronza medali uchun kurash olib boradilar.
Sport   turlarini   musobaqa   natijalarini   belgilash   usuli   bo‘yicha   ham   tasniflash
mumkin. 1 1-guruh   -   metr   o‘lchov   natijalariga   ko‘ra   sport   turlari:   engil-atletika,   og‘ir
atletika, velosport, tog‘ chang‘isi, chang‘i, ot sportlari va boshqalar.
2-guruh  - o‘zining aniqligi, go‘zalligi, mazmundorligi, harakat amplitudasiga
ko‘ra natijasi  ball bilan baholangan sport turlari  - gimnastika, akrobatika, figurali
uchish va boshqalar.
3-guruh   -   yakkakurash   va   sport   o‘yinlari   turlari.   Sport   turlariga   ko‘ra   va
guruh o‘z navbatida guruhlarga bo‘linadi:
- musobaqa faoliyati vaqti cheklangan turlari (futbol, xokkey, basketbol, qo‘l
to‘pi va boshqalar);
-   pirovard   natija   cheklangan   turlar   (voleybol,   tennis,   stol   tennisi   va
boshqalar);
- cheklangan vaqt tugaguncha g‘alabaga erishish mumkin bo‘lgan turlar (boks
- nokaut, kurash - sof g‘alaba).
4-guruh   -   ko‘p   qirrali   xarakterdagi   sport   turlari   (engil   atletika   ko‘pkurashi,
zamonaviy beshkurash, biatlon, chang‘i, ikki kurash va boshqalar).
Sport   mashqlarini   guruhlash   tarzining   ko‘p   qirraliligi   hal   etilayotgan
masalalar xarakteriga ko‘ra u yoki bu tafsilot turidan foydalanish imkonini beradi.
Sportning vazifalari
Sportda   dam   olishni   tashkil   qilish   sohasida   yoki   organizmni   maxsus   qayta
tiklash   tizimida,   charchashga   qarshi   kurash   omili   sifatida,   emotsional   talablarni
qondirishda   va   organizmni   vaqtincha   yo‘qotgan   funksional   imkoniyatlarini   qayta
tiklashda ko‘proq ishlatiladi.
 
Sportning funksiyalari
1.3.Sportning   musobaqa
funksiyasi 1.3.Sog‘lomlashtirish rekreativ 
funksiyasi -Normativ funksiyasi -Sog‘lomlashtirish funksiyasi
-Gedonistik   (axloqiy
ta’limot) -Tayyorgarlik funksiyasi
-Tomosha ko‘rsatish
1.5.Informatsiya - bashorat qilish funksiyasi
-Informatsiya funksiyasi
-Bilish funksiyasi
-Ma’rifat funksiyasi
-Bashorat qilish evrestik funksiyasi
-Aql – idrok, zakovat funksiyasi.
1.6.G‘oyaviy funksiya 1.7.Sport   dasturi   -   me’yoriy   va
tashkiliy asoslari
-G‘oyaviy funksiyasi
-Siyosiy funksiyasi
-Umumlashtirish funksiyasi
-Axloqiy tarbiyaviy funksiyasi
-Baynalminal-integrativ funksiyasi -Ommaviy sport funksiyasi
-Zaxiradagi sportning funksiyasi
-Sport yuqori ko‘rsatkichlar
-E’tibor, obro‘, nufuzli funksiyasi Asosiy adabiyotlar.
1. A.Abdullayev. Sh.Xonkeldiyev. Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
metodikasi. Toshkent. 2005 u
2.
R.S.Salomov. Sport mashg'ulotlarining nazariy asoslari. T. 2005 yil
3. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. T. 
2008.
4.
R.S.Salomov.  Jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati. T. 2014 y.
5. R.S.Salomov. Jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati. (II-jild) T. 
2015 y.
6. R.S.Salomov, Y.Y.Aripov. Maktab yoshidagi bolalar jismoniy  tarbiyasi 
uslubiyati asoslari. T. “Molya” 2011 y.
7. U.S.Do’sanov.   Jismoniy   madaniyat   nazariyasi   va   metodikasi .   O’quv
qo’llanma  Tashkent 20 19  y

Sportning nazariy asoslari. Reja: 1. Sport nazariyasi predmetining xususiyatlari maxsus atamalari 2. Sportning nazariy asoslari. 3. Sport turlarining tasnifi 4. Sportning vazifalari

Sport nazariyasi predmeti, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining bir qismi bo‘lib, yangidan ajralib chiqqan fandir. Sport nazariyasi fani sport mashg‘ulotlari bilan maxsus tashkil qilingan jarayonda sportchining tayyorgarlik mazmuni va uslubiyati hamda unga ta’sir qiladigan umumiy qonuniyatlarni o‘rganadi. Sport nazariyasining asosiy atamalariga quyidagilar kiradi: sport musobaqalari, sport harakati, sport faoliyati, sport tayyorgarligi, sport tayyorgarligi tizimi, sport maktabi, sport mashg‘ulotlari tizimi, sport ko‘rsatkichlari, sport natijalari. Shu atamalar mazmuni va xajmini aniqlab olmasdan turib, sport nazariyasi o‘rgana-digan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab bo‘lmaydi. Sport - qisqa ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi. Sport musobaqalari - ko‘rsatish uslubi, sport yutuqlarini baxolash va taqqoslash, sport soxasidagi konkurensiyalarni o‘ziga nisbatan boshqarishdir. Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo‘lishni kerakli omili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imkoniyatlarini anglab etish, etalon ko‘rsatkichlarini tuzishga qaratilgan. Sport musobaqalarini maqsadi - kuchli sportchilar va komandalarni aniqlash, sport maxoratini takomillashtirish, jismoniy madaniyat va sportni targ‘ibot qilish, sport tashkilotlari, murabbiylar, sportchilar, hakamlar faoliyatiga ob’ektiv baxo berishdir. Sport harakati - ijtimoiy harakatning maxsus shakli bo‘lib, tuzish, rivojlanish, saqlash, sport boyliklarini qabul qilish va almashish, shaxsni tashkil topishi uslubi, jamiyatga ishchi kuchi xamda, Vatanni faol himoyachilarini tayyorlaydi. O‘zbekistonda sport harakati - g‘oyaviy kurashning kerakli sohasi bo‘lib, ommaga ta’sir ko‘rsatuvchi, insonda milliy ongni tarbiyalovchi tomonla- ridan biridir. Sport harakati tarixan quyidagi shakllarni: ommaviy, havaskorlik sportini yaratgan. Bundan tashqari biznes shaklidagi - professional sportni yuzaga chiqaradi.

Sport faoliyati - harakat faoliyati rivojlanishini oliy shakli bo‘lib, inson faoliyati jarayonining ko‘p qirraliligi insonni jismoniy va psixologik rivoj-lanishi hamda takomillashuvini jamiyatning talabiga nisbatan tashkil qilishdir. Sport faoliyati: shaxsiy sport faoliyati va tashkiliy - pedagogik faoliyatlarga bo‘linadi. Insonning sport faoliyati ikki bir-biriga bog‘liq: qayta tashkil topish va tushunib etish (sportchini bilishi, ko‘nikma, malakalarni yuqori sport ko‘rsatkichlari) tomoni mavjud. Funksional atamalar guruhiga tayanch bo‘lib, sport tayyorgarligi va sport mashg‘ulotlari atamalari kiradi. Sport tayyorgarligi – sportchilar mashg‘ulotini qamrab oluvchi, ko‘p omilli jarayon bo‘lib, musobaqalarga tayyorlanish va qatnashish, mashg‘ulot jarayonini va musoba-qani tashkil qilish, mashg‘ulot va musobaqani ilmiy - metodik va material - texnik tomonidan tayyorlash; kerakli shart-sharoitni, sport ishlari mashg‘uloti o‘qish va dam olish bilan qo‘shib olib borishini hisobga oladi. Ushbu atamalarni ishlab chiqarishda sport tayyor - garligi tizimi va sport maktabi deb yuritiladi. Sport tayyorgarligi tizimi - bilim, vositalar, uslublar, shakllar va shu muxitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada tayyorlashni ta’minlash, shuningdek sportchini tayyor-lashni amaliy faoliyatidir. Sport maktabi - sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi bo‘lib, bir guruh mutaxassislarni ijobiy izla-nishga asoslanadi. Sport mashg‘ulotlari – bu sport tayyorgarligini bir qismidir. Sport mashg‘ulotlari maxsus jarayonni o‘z ichiga olib, aniq tanlangan sport turi bo‘yicha, sportchini yuqori ko‘rsatkichlarga erishishida, jismoniy mashqlar orqali organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni takomillashtirish uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir. – sport mashg‘ulotlari pedagogik xodisa bo‘lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yo‘nalti-rilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir. “ Sport mashg‘ulotlari ” atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi ham qo‘llaniladi.

“Sportchini tayyorlash ” – kengroq tushuncha bo‘lib, u sportda yuksak ko‘rsatkichlarga erishishga tayyor bo‘lishi va uni amalga oshira borishni ta’minlovchi barcha vosita-lardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Umuman sport mashg‘uloti sportchini tayyorlashda biologik va psixologik o‘zgarishlarining murakkab majmua-sini yuzaga keltirib, natijada “ mashq bilan chiniqqanlik ”, “ tayyorgarlik ”, “ sport formasida bo‘lishlik ” darajasini yaxshilanishiga olib keladi. “ Mashq bilan chiniqqanlik ” tushunchasi odatda mashg‘ulot ta’siri ostida sportchi organizmida sodir bo‘ladigan hamda uning ish qobiliyatini ortishida o‘z ifodasini topadigan biologik (funksional va morfologik) moslashuv o‘zgarishlari ma’nosida anglanadi. Bular: umumiy va maxsus turga bo‘linadi. “Mashq bilan chiniqqanlik ” – mashg‘ulot vositasida organizmning muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir. “ Tayyorgarlik darajasi ” – atamasi, “mashq bilan chiniq-qanlik” atamasidan kengroq bo‘lib, tayyorgarlikni qaysi darajada, ekanligini ko‘rsatadi. “Sport mashg‘ulotlari tizimi ” – bu sportchilar tayyorlashda beriladigan bilimlarni, tamoyillarni, uslub-lari va sport ko‘rsatkichini, shuningdek mashg‘ulot jarayonini boshqarish va tashkil qilishda amaliy faoliya-tini bir butunligidir. “Sport ko‘rsatkichlari ” - bu sport mahorati va sportchi qobiliyatini qaysi darajada ekanligini ko‘rsatib, aniq natijalarda beriladi. Aniq holda, tayyorlash tizimini samarali amalga oshirishi mobaynida sport ko‘rsatkichlari, sportchini iqtidorligini aniqlaydi. YUqori sport ko‘rsatkichi bo‘lib, shu sport turida, maksimal imkoniyatlardan foydalanilganini ko‘rsatadi. “Sport natijalari ” - sportdagi son va sifat darajasini ko‘rsatkichidir. “ Sportchining tasnifi ” - sportchini barqaror tas-nifi bo‘lib, ma’lum vaqt ichida yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir. O‘zbekiston Respublikasida “ yagona sport tasnifi ” mavjud bo‘lib har to‘rt yilda o‘zgarib turadi. Sportni ijtimoiy xodisa sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u asosan jamiyatga insonning jismoniy sifat-larini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi, shu bilan birga, uning ma’naviy kamolatiga ham kuchli

ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur xususiyati jismoniy tarbiyaning mushtarak belgisidir. Insonning ijtimoiy ongini rivoj topganligi jismoniy madaniyatni vujudga kelishidagi sub’ektiv omili deb hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi, fan sifatida, insonning jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha jamiyatda ko‘rsatgan faoliyatini, yangi shaxsning mazkur faoliyat davomida, qonuniy tarzda shakllanishi va jismonan komil inson bo‘lib etishishini o‘rganadi va tadbiq qiladi. Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiyligi uning oqibatlaridan samarali ravishda manfaatdordir deb hisoblaydi (O.A.Milshteyn ). Bu oqibatlar majmui, sport bilan shug‘ullangan har bir jamoa a’zosi, har bir ijtimoiy gurux uchun qanchalik foyda yoki ziyon keltirishini aniqlab beradi. Bularga quyidagilar kiradi: - aholini barcha ijtimoiy guruh va tabaqalariga jismoniy tarbiya tizimining ijtimoiy ta’siri; - jismoniy tarbiya boshqaruvini tashkil qilish va uning faoliyat samaradorligi; - har bir jamiyat a’zosining ruhan va jismonan sog‘lom bo‘lishiga, uning ijodkor shaxs sifatida har tomonlama kamol topishiga, uning mehnat faoliyati, ijtimoiy siyosiy harakati, umuman, ijtimoiy qiyofasi va faoliyatiga, hayotda tutgan o‘rniga sportning tarbiya, ta’lim va sog‘lomlash-tirishga qaratilgan ta’sirining amaliy natijasi; - mashg‘ulotdan bo‘sh vaqtlarda samarali dam olish usullari va bunday dam olishning ommaviyligi; - ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilishning samaradorligi; -xalqaro sport harakatlari va olimpiya o‘yinlarining rivojlanishiga, turli mamlakat xalqlari o‘rtasida tinchlik – totuvlik va hamkorlikning rivojlanishiga, keskinlikni yumshatishga qo‘shgan hissasining samaradorligiga bog‘liq-dir. Sport hamisha jamiyat oldida, bir qator muhim vazifalarni bajarib kelgan hozirgi kunda vazifalar bundan ham ko‘paya boradi.