logo

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida nazorat faoliyatining ma’naviy-axloqiy asoslarini shakllanishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.1025390625 KB
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida nazorat faoliyatining ma’naviy-axloqiy
asoslarini shakllanishi
Reja
1.Ijtimoiy nazoratning muhim elementi bo‘lgan ichki nazoratni shakllanishida
ma’naviyatning o‘rni.
2.Yangi axloqiy me’yorlarni vujudga kelishida milliy g‘oyaning o‘rni.
3.Ijtimoiy   nazoratni   kuchli   qilishga   xizmat   qiladigan   ma’aviyatni
yuksaltiruvchi omillar. 1.Ijtimoiy nazoratning muhim elementi bo‘lgan ichki nazoratni shakllanishida
ma’naviyatning o‘rni.
O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida   nazorat   faoliyatining   ma’naviy-axloqiy
asoslarini   shakllantirish   ustuvor   vaziflardan   biri   bo‘lib   keldi.   Nazorat   faoliyati
tizimli   xarakterda   bo‘lib   ijtimoiy   nazorat   degan   tushuncha   bilan   ifodalanadi.
Ijtimoiy   nazorat   davlat   va   jamiyatning   birgalikdagi   nazorati   hisoblanadi.   Davlat
ko‘proq   huquqqa   rioya   qilishni   nazorat   qilsa,   jamiyat   ko‘proq   axloqqa   rioya
qilishni  nazorat  qiladi. Fuqarolik jamiyati  shakllanib  borishi  jarayonida  esa axloq
normalariga rioya qilish zaruriyati kuchayib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, axloqiy
tarbiya   negizida   ma’naviyatning   yuksalishini   taqozo   etadi.   Nazorat   shaklan
yuqoridan   va   quyidan,   mazmunan   esa   ichki   va   tashqi   nazorat   bo‘ladi.   Bunda
quyidan   amalga   oshiriladigan   nazorat   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lmoqda,   chunki
demokratiya   aynan   ana   shu   quyidan   bo‘lgan   nazoratni   talab   qiladi.   Bunday
nazoratning shakllanashi esa odamlardagi ichki nazoratning mavjudliligiga bog‘liq.
Insonda   ichki   nazorat   bo‘lsa,   u   o‘zini   o‘zi   nazorat   qila   oladi   va   to‘g‘ri   yo‘ldan
yuradi.   Insonda   ichki   nazorat   bo‘lishi   uchun   esa   u   o‘z   ustidan   hokimiyatga   ega
bo‘lishi   kerak   va   bunday   hokimiyat   ma’naviyat   orqali   shakllanadi.   Ma’naviyat
asosida   shakllanadigan   ichki   nazorat   ijtimoiy   nazoratning   muhim     elementi   va
nazorat mexanizmini harakatga keltiradigan omil hisoblanadi.
Davlat   va   jamiyatning   birgalikdagi   nazoratidan   iborat   bo‘lgan   ijtimoiy
nazorat   samaradorligi   ma’naviyatga   bog‘liq.   Davlat   nazorati   uchun   ham,   jamiyat
nazorati   uchun   ham   ma’naviyat   bir   xil   muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki   davlat
nazorat   organlari   ham,   jamiyat   nazorat   organlari   ham   o‘z   nazoratlarini   samarali
amalga oshirishlari uchun ularda ma’naviyat negizida shakllanadigan ichki nazorat
kuchli   bo‘lishi   kerak.   Davlat   organlari   o‘z   nazoratlarini   vijdonan   amalga
oshirishlari uchun ma’naviyat orqali shakllanadigan ichki nazorat kerak bo‘lsa, o‘z
nazoratlarini   to‘g‘ri   amalga   oshirishga   majbur   bo‘lishlari   uchun   esa   jamiyat
nazorati   kuchli   bo‘lishi   lozim.   Buning   uchun   esa,   ya’ni   jamiyat   nazorati   kuchli
bo‘lishi uchun esa jamiyat kuchli bo‘lishi kerak. Jamiyat kuchli bo‘lishi uchun esa
u   birlashgan   bo‘lishi   kerak   va   bunday   birlashganlik   holatini   fuqarolik   jamiyati degan   tushuncha   bilan   ifodalaymiz.   Fuqarolik   jamiyatining   asosiy   funksiyasi
davlat   organlarini   huquq   va   axloq   me’yorlariga   rioya   qilishi   ustidan   nazoratni
amalga oshirish hisoblanadi. 
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi  jarayonida ma’naviyatni yuksaltirish va
ijtimoiy   axloqni   muhofazalash   ijtimoiy   nazoratni   amalga   oshirishda   muhim
ahamiyatga   ega.   Ijtimoiy   nazoratning   elementlaridan   biri   bo‘lgan   jamiyat
nazoratining   kuchliligi   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   kuchliligiga   bog‘liq.
Fuqarolik jamiyati  institutlari kanchalik kuchli  bo‘lsa jamiyat  nazorati  shunchalik
kuchli   bo‘ladi.   Fuqarolik   jamiyati   institutlarining   kuchliligi   esa,   yuqorida
ta’kidlaganimizdek,   ma’naviyat   asosida   shakllanadigan   ichki   nazoratga   bog‘liq.
Qizig‘i   shundagi,   fuqarolik   jamiyatining   kuchliligi   ma’naviyatga   bog‘liq   va   ayni
bir   paytda   ma’naviyat   yuksalishining   o‘zi   ham   fuqarolik   jamiyati   institutlariga
bog‘liq.   Jamiyat   ma’naviyatini   yuksaltirishda   fuqarolik   jamiyatining   asosiy
institutlaridan   biri   bo‘lgan   o‘zini-o‘zi   boshqarish   organi   –   mahallaning   o‘rni
muhim.   Chunki   mahallada   asrlar   davomida   odamlar   o‘rtasidagi   munosabatlar
aynan   axloq,   urf-odat,   an’ana   asosida   tartibga   solinib,   nazorat   qilib   kelindi.
Shuning uchun fuqarolik jamiyatiga o‘tishda  mahallaning ta’sirining ortib borishi
va   hokimiyat   vakolatlari   bir   qismining   mahallalarga   o‘tkazilishi,   albatta,   ijtimoiy
axloq negizida ma’naviyatning kuchayishini ta’minlaydi. 
Ijtimoiy   axloqqa   rioya   qilish   qonunda   belgilangan   tartibga   ko‘ra,   jismonan
jazolash   bilan   emas,   balki   ma’nan   ta’sir   etish   yo‘li   bilan   kafolatlanadi.   Axloqqa
rioya   qilish,   ya’ni   har   bir   odam   o‘zini-o‘zi   nazorat   qilishiga   asoslangan   bo‘lib,   u
imon,   insof   degan   ichki   nazoratga   bog‘liq.   Bunday   tamoyillarga   asoslanish   esa
ko‘proq   odamlarning   tarbiyasiga   va,   ayniqsa,   diniy   tarbiyaga   bog‘liqdir.   Chunki
din shunday qudratli kuchga egaki, u odamlarning ichki hissiyotlar asosida o‘zini-
o‘zi nazorat qilishini ta’minlay oladi. Buning uchun unga tashqi ta’sir, ma’nan va
jismonan   ta’sir   qilish   zaruriyati   kuchli   bo‘lmay   qoladi.   Ijtimoiy   axloqning
shakllanishi   tarbiya   jarayoniga   va,   eng   avvalo,   diniy   tarbiyaga   asoslanadi.   Bu
xususda   I.A.Karimov   shunday   degan:   “Biz   din   bundan   buyon   ham   aholini   oliy
ruhiy,   axlokiy   va   ma’naviy   qadriyatlardan,   tarixiy   va   madaniy   merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz”. Axloq tushunchasining mohiyati va tamoyillarini
o‘rganadigan etika fani axloqiy me’yorlarning yuzaga kelishini o‘rganadi, izohlab
beradi,   inson   xulqini   axloqiy   talablar   nuqtai   nazaridan   baholash   mezonini   ishlab
chiqadi. 
Axloq   tushunchasiga   ilmiy   ta’rifni   falsafiy   ta’limot   bo‘lgan   etika   fani
quyidagicha   beradi:   axloq   odamlarning   jamiyatda   o‘zini   tutishiga,   xulqatvoriga,
xatti-harakatiga   doir   talablarning   yaxlit   yig‘indisi.   Axloq   jamiyatni   tartibga
soluvchi   sifatida   boshqa   nazoratchi   bo‘lgan   huquqdan   shunisi   bilan   farq   qiladiki,
huquqiy   me’yorlar   zarur   bo‘lganda   davlat   majburiyati   yo‘li   bilan   bajartiriladi,
axloqiy   me’yorlarga   rioya   qilish   esa   jamoatchilik   fikri,   ko‘proq   mahalla   ta’siri
bilan bajartiriladi. 
Demak,   axloqqa   rioya   qilishni   ta’minlovchi   kuch   –   bu,   avvalo,   nazorat
tizimining   muhim   elementi   bo‘lgan   jamoatchilik   fikridir.   Ammo   axloq
me’yorlariga   rioya   qilinishi   faqat   jamoatchilik   fikri   bilangina   ta’minlanmaydi.
Bunda   ma’naviyat   asosida   shakllanadigan   ichki   nazoratning   muhim   elementi
bo‘lgan burch hissi ham o‘zining munosib o‘rniga ega. Odamning tabiiy tuyg‘ulari
va tarbiya jarayonida shakllangan burch hissi muayyan axloqiy hatti-harakatga olib
keladi.   Axloqiy   me’yorlar   yoki   tamoyillar   odam   ongida   buyruq   shaklida   paydo
bo‘ladi va kishilarni ezgu ishlar qilishga undaydi, yovuzlikdan, razolatdan asraydi.
Bunday   buyruqlar   “Tuhmat   qilma”,   “Yolg‘on   so‘zlama”,   “O‘zgalar   taqdiriga
befarq   bo‘lma”,   “Boshiga   kulfat   tushgan   odamga   yordam   ber”,   “Zaif,   nochor
odamlarni   qo‘llab-quvvatla”   kabi   bo‘lishi   mumkin.   Ammo   ushbu   buyruqlar
qandaydir   tashqi   ta’sirdan   emas,   balki   insonning   e’tiqodidan,   ichki   sabablar
asosida kelib chiqishi lozim. Masalan,  “Tuhmat qilma” degan buyruqda bir odam
boshqa odamga tuhmat qilmasligiga ijtimoiy zarurat borligini anglab yetishi kerak.
Agar   odamlar   o‘rtasida   tuhmat,   yolg‘on   gapirish   ko‘paya   borsa,   bunday   jamiyat
boshqarib   bo‘lmaydigan   son-sanoqsiz   ziddiyatlardan,   urushlardan   iborat   bo‘lib
qoladi va muqarrar halok bo‘ladi. Shu o‘rinda Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning
quyidagi   hadislarini   eslash   lozim:   “Shariatga   qarshi   borish,   ota-onaga   itoat
qilmaslik   va   yolg‘on   gapirish,   tuhmat   qilish   gunohi   azimdir”   .   Yolg‘on   gapirish, tuhmat   qilish   gunohi   azim   ekanligini   anglab   olgan   odamning   bunday   illatdan
asraydigan ichki nazorati kuchli bo‘ladi.
Demak, axloqiy tamoyillar kishi ongida buyruq shaklida paydo bo‘lib, o‘sha
buyruqni   bajarish   uchun   ijtimoiy   zarurat   borligini   anglatadi.   Ammo   biz   bu
zaruratni burch sifatida idrok etib, shu ishdan ko‘zlangan maqsadni qabul qilamiz
va   ma’qullaymiz,   unga   yetish   uchun   harakat   kilishga   tayyorligimizni   bildiramiz.
Shunday qilib, axloqiy me’yorlar odamning xatti-harakatini faqat ob’ektiv qoidalar
bilangina emas, balki burch, vijdon talablari bilan ham tartibga solib turadi. 
2.Yangi axloqiy me’yorlarni vujudga kelishida milliy g‘oyaning o‘rni.
Yana   ta’kidlash   joizki,   axloqiy   xatti-harakat   insoniy   jamiyat   taraqqiy   etib
borishi   bilan   boyib   boradi   va   shuning   uchun   axloq   har   doim   ham   rasm   bo‘lgan
qoidalarga bo‘ysunavermaydi. Burch tuyg‘usidan kelib chiquvchi tashabbuskorlik,
yangilikka   intilishlik   yoki   qahramonona   xatti-harakat   yangi   fikrni,   ya’ni   axloqiy
mezonni   vujudga   keltirishi   mumkin.   Masalan,   milliy   istiqlol   g‘oyasining   inson
qalbiga   singdirilishi   unda   yurt   tinchligi,   Vatan   ravnaqi   va   xalq   farovonligi
maqsadida   xizmat   qiladigan   mas’uliyatni   shakllantirishi   mumkin.   Bu   mas’uliyat
fuqarolarda,   ayniqsa,   yoshlarda   o‘tmish   ajdodlari   va   kelajak   avlod   oldida
javobgarlikni,   burchni   his   qilish   tuyg‘usini   hosil   qiladi.   Bunday   burch   esa
odamlarni   jamiyat   manfaati   yo‘lida   fidokorona   xatti-harakatlarga   undaydigan
ma’lum bir axloqiy me’yorlarni yuzaga keltiradi. 
Har   bir   davrning   xususiyatiga   mos   o‘z   ijtimoiy   axloq   tamoyillari   bo‘ladi.
Chunki   insonning   ma’naviy   mohiyati   turlicha   talqin   qilinadi   va   shunga   muvofiq
keladigan   axloqiy   tamoyillar   ilgari   suriladi.   Masalan,   G‘arb   mamlakatlari
axloqining   asosiy   tamoyillari   egoizm   (xudbinlik)   va   individualizm   (yakkalik)dir,
chunki   ular   inson   o‘zining   tabiiy   mohiyatiga   ko‘ra   egoist-xudbin,   faqat   shaxsan
manfaatdor   bo‘lganligi   uchungina   jamiyatga   yaxshilik   qilishga   qodir   degan
qoidaga asoslanadi. Sharq mamlakatlarida esa ijtimoiy axloq boshqa tamoyillarga,
ya’ni   altruizm   va   jamoaviylik   tamoyillariga   asoslangandir.   Biz   hozir   G‘arb   va
Sharq   axloqiy   tamoyillari   xususiyati   to‘g‘risida   munozaraga   kirishmasdan, ko‘pchilik   davlatlar   tomonidan   tan   olingan   tamoyillarning   mavjudligini
ta’kidlaymiz.   Ular   quyidagilar:   har   bir   insonning   millati,   dini,   irqidan   qat’i   nazar
uni   unikal   deb   hisoblash;   inson   qadr   qimmatining   ustuvorligini   tan   olish;   shaxs
bilan   jamiyat   manfaatlarini   uyg‘unlashtirish;   kishining   to‘la   ozodligini   amalga
oshirish;   inson   hayotini   farovon   qilishga   intilish;   o‘zgalar   taqdiriga   befarq
bo‘lmaslik va boshqalar. Ushbu tamoyillarga rioya qilish umumiy maqsad bo‘lgan
farovon   jamiyatning   va   har   bir   kishining   baxt   saodatga   erishishini   ta’minlaydi.
Ijtimoiy   axloqning   o‘ziga   xos   xususiyati   jamiyat   a’zolarini   yagona   maqsadga   –
farovon jamiyat qurishga tayyorlashdan iboratdir. 
Insoniy   jamiyatning   turli   davrlarida   zamon   mohiyatidan   kelib   chiqib,
axloqiy   tamoyillar   ham   o‘sha   davrga   mos   bo‘lgan.   Biroq   shunday   bo‘lsa   ham,
barcha   zamonlar,   millatlar,   irqlar   va   barcha   tuzumlarga   mos   keladigan   axloqiy
tamoyil  bo‘lishi  mumkin. Masalan,  “mening yaqinlarim  manfaati  mening shaxsiy
manfaatimdan   muhimroqdir”   degan   axloqiy   tamoyil   turli   davrlardagi   barcha
jamiyatlarga   taalluqli.   Chunki   bu   axloqiy     tamoyil   hayot   mazmuniga   asoslangan.
Hayot   mazmuni   esa,   barcha   zamonlarda   bir   xil   bo‘lgan,   ya’ni   hayotning
davomiyligini   ta’minlashdan   iborat   bo‘lgan.   Hayotning   davomiyligini   ta’minlash
esa   o‘zgalarning,   yaqinlarning   manfaati   muhimligini   tan   olishni   taqozo   etadi.
Bundan   tashqari,   o‘zingiz   o‘ylab   ko‘ring,   biz   har   birimiz   xudbin   –   bu   yomon,
yovuz   odam,   yaxshi   odam   esa   avval   boshqalar   to‘g‘risida,   so‘ngra   o‘zini
o‘ylaydigan odam deb hisoblaymiz.  Biologik jihatdan qaraganda “men” bu alohida
zot,   “yaqinlar”   esa   barchani,   ya’ni   turni   bildiradi.   Biologik   nuqtai   nazardan   esa
turni   saqlab   qolish   hayot   mazmunini   anglatadi.   Boshqa   tomondan   yakka   shaxs
faqat   jamiyatning,   umumiylikning   qismi   sifatidagina   mavjud   bo‘ladi.   Bunda
umumiylik individsiz mavjud bo‘lishi  mumkin, u esa  umumiyliksiz mavjud bo‘la
olmaydi.
Darvoqe, qadim zamonlardan mavjud “Nima uchun taqvodor odam baxtsizu,
razil   odam   baxtli?”   degan   savolning   javobi   ham   aynan   shunda   yotibdi.   Alohida
odamning   baxti   muhim   emas,   balki   “mening   yaqinlarim”   deb   atalgan   odamlar
jamoasining   baxti   muhim   ahamiyatga   ega   va,   aytish   kerakki,   o‘sha   kam   sonli taqvodorlarsiz   odamlar   jamoasi   ham   halok   bo‘lishi   mumkin.   Insoniylik   jamiyati,
tabiatan shunday yaratilganki, faqat ayrim odamlar taqvodor bo‘ladilar, aks holda
insoniyat   o‘zini-o‘zi   qirishi   mumkin.   Insonni   taqvodor   qiladigan   tug‘ma   kuch   bu
vijdon   va   imondir.   Insoniyat   jamiyati   mavjud   bo‘lishi   uchun   faqatgina   ayrim
odamlar  taqvodor  bo‘lishlari  yetarlidir.  Shuning uchun  “yaqinlarimning  manfaati,
mening   manfaatimdan   muhimroqdir”   degan   axloqiy   tamoyil   barcha   davrlarda
barcha  xalqlarga  taalluqli   bo‘ladi.  Aynan   ana  shu  axloqiy  tamoyil  boshqalarining
asosini tashkil qilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
Insoniyat jamiyati o‘zining keyingi davri hayotini ta’minlash uchun ma’lum
bir   axloqiy   me’yorlarga   asoslanishi   lozim.   Inson   o‘zining   faoliyatida   ma’lum   bir
me’yorlarga   va   chegaralarga   rioya   qilishi   zarur.   Ana   shu   chegaralarni   buzmaslik
axloqiy qoidalar   orqali   ta’minlanadi.  Ayniqsa,  fuqarolik  jamiyati  shakllanayotgan
sharoitda odamlar o‘rtasidagi munosabat o‘zaro ishonchga, imonga asoslangan bir
paytda axloqiy me’yorlarga rioya qilish muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Shu
o‘rinda   payg‘ambar   Nuh   va   payg‘ambar   Lut   davrlarida   insoniyatning   qirilishiga
aholining axloqsizligi sabab bo‘lganligini yana bir bor eslab, ta’kidlash lozim. 
Donishmandlarning aytishicha, insonning xarakatlari ostida o‘zini-o‘zi qirish
xavfi yashirinib yotar va u o‘zi anglamagan holda o‘ziga qarshi harakat qilar ekan.
Bunday   xavfni   kamaytirish   axloqiy   tarbiya   jarayonida   shakllanadigan
ma’naviyatga   bog‘liq.   Chunki   tarbiya   insonning   o‘zini-o‘zi   nazorat   qilishi   uchun
kerak   bo‘lgan   ijtimoiy   axloqni   va   ma’naviyatni   shakllantiradi.   Ana   shu   axloq
insonning   o‘z   xatti-harakatlarida   me’yordan,   chegaradan   chetga   chiqmasligini
ta’minlaydi.   Har   qanday   harakatning,   ehtiyojning   o‘z   chegarasi,   me’yori   bo‘lishi
kerak. Chegaraning buzilishi axloqsizlik va ma’naviy buzuqlikni keltirib chiqaradi.
Bu  esa  har  qanday  jamiyat   uchun halokatlidir. Buning  oldini  olish  uchun  nafaqat
davlat, balki butun jamiyat va har bir fuqaro me’yor, chegara buzilishiga nisbatan
befarq bo‘lmasdan, daxldorlik hissi bilan yashashi lozim. 
3.Ijtimoiy   nazoratni   kuchli   qilishga   xizmat   qiladigan   ma’aviyatni
yuksaltiruvchi omillar. Inson   jamiyatdagi   voqealarga   nisbatan   befarq   bo‘lmasdan   daxldorlik   hissi
bilan yashashi uchun unda ichki nazorat kuchli bo‘lishi lozim. Ichki nazorat adolat
va   razolat   o‘rtasidagi   kurashda   befarq   bo‘lmasdan   adolat   tarafida   bo‘lishni
ta’minlaydi.   Buning   uchun  inson   o‘zini   o‘zi   anglab,   kimning  izmida   yurganligini
bilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi  Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak
ma’naviyat   –   yengilmas   kuch”   asarida   odamlarni   dunyoqarashiga   qarab   ikki
guruhga   bo‘linishini   ta’kidlab,   kimdir   Raxmon   izmida   yursa,   kimdir   Shayton
izmida   yuradi   deb   yozgan.   Har   bir   inson   o‘ziga   men   kimning   izmida   yuribman
degan   savolni   berishi   va   unga   javob   berishda   o‘ziga   yolg‘on   gapirmasligi   lozim.
Gap   shundaki,   ayrim   odamlar   Shayton   izmida   bo‘la   turib   o‘zini   Rahmon   izmida
deb   hisoblaydi   yoki   razolat   tarafida   bo‘la   turib,   o‘zini   adolatli   deb   hisoblaydi.
Ularga   nisbatan   Birinchi   Prezidentimizning   iboralari   bilan   aytganda,   ayrim
odamlar   zamon   qonunlari   beradigan   jazolardan   qochib   qutulishi   mumkin,   lekin
oxirat jazosidan qaerga va qanday qochasan deb aytish mumkin. 
Demak,  adolatga  nisbatan  befarq  bo‘lib,  razolat   tarafiga  o‘tib  qolgan  odam
ertami-kechmi   muqarrar   ravishda   jazosini   olar   ekan.   Buni   anglab   olish
demokratiyani   takomillashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirishda   muhim
ahamiyatga   ega.   Fuqarolik   jamiyati   shakllanishining   muhim   sharti   –   bu   befarqlik
kayfiyatidan   xalos   bo‘lib,   daxldorlik   hissi   bilan   yashashdir.   Befarqlikni   bartaraf
qiladigan   va   daxldorlik   hissini   shakllantiradigan   omillardan   biri   milliy   g‘oyadir.
O‘zbekiston   fuqarolari   dini,   irqi,   millatidan   qat’i   nazar   bir-biriga   nisbatan   befarq
bo‘lmasligi   kerak.   Bir   fuqaroning   boshqa   fuqaroga   befarq   bo‘lishi   millatga
nisbatan befarqlikni anglatishi mumkin. Millatga nisbatan befarqlik esa millatning
yo‘q bo‘lib ketish ehtimolini keltirib chiqaradi. Chunki inson nimaga befarq bo‘lsa,
o‘shandan   mahrum   bo‘lishi   oddiy   haqiqat.   Millatga   nisbatan   befarq   bo‘lmaslik
uchun   milliy   g‘oya   odamlar   qalbidan   joy   olgan   bo‘lishi   kerak.   Ana   shunda
fuqarolik   jamiyatining   shakllanishiga   xizmat   qiladigan   eng   muhim   omil,   ya’ni
fuqarolik   munosabati   shakllanadi.   Milliy   g‘oyaning   odamlar   qalbiga   singdirilishi
odamlardagi  befarqlik  kayfiyatiga barham   berib,   daxldorlik hissini   shakllantiradi va  kuchaytiradi.   Bu   esa   fuqarolik   jamiyatining  shakllanishida   muhim   ahamiyatga
egadir. 
Demokratik   davlatdan   fuqarolik   jamiyatiga   o‘tish   jarayonida   tarbiya
jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Chunki jamiyatni tartibga soluvchi bo‘lgan
axloq o‘z o‘zidan shakllanmaydi. Biz doimo boy ma’naviy merosimizni, urf-odat,
an’analarimizni   zamon   talablaridan   kelib   chiqib   boyitib   borishimiz   lozim.   Ana
shunda   biz   fuqarolik   jamiyati   sharoitida   yashay   oladigan   yetuk   fuqarolik
munosabati   shakllangan   va   yuksak   ma’naviyatli   kishilarga   ega   bo‘lamiz.   Bu   esa
ozod, obod, farovon jamiyat qurishning muhim omilidir.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishida va xalqimiz hayotini farovon qilishda
yuksak   ma’naviyat   asosiy   mezon   hisoblanadi.   Yuksak   ma’naviyatning
shakllanishida   esa   axloqiy   tarbiya   asosiy   omildir.   Birinchi   Prezidentimiz
I.A.Karimovning   “Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch”   asaridagi   g‘oyalarning
mazmun-mohiyatini   odamlar   ongiga   va   qalbiga   singdirish   bosh   maqsadimiz
bo‘lgan   farovon   jamiyatni   qurishga   xizmat   qiladigan   yuksak   ma’naviyatni
shakllantiruvchi   manba   bo‘lib   xizmat   qilishiga   ishonamiz.   Chunki   asarda
ma’naviyatning   ma’no-mazmuni,   hayotimizdagi   o‘rni   va   ahamiyati   to‘liq   yoritib
berilgan.   Buni   ma’naviyatga   berilgan   tugal   ta’rifdan   ham   ko‘rsak   bo‘ladi:
“Ma’naviyat   –   insonni   ruhan   poklanish,   qalban   ulg‘ayishga   chorlaydigan,
odamning   ichki   dunyosi,   irodasini   baquvvat,   iymon   e’tiqodini   butun   qiladigan,
vijdonini   uyg‘otadigan   beqiyos   kuch,   uning   barcha   qarashlarining   mezonidir”.
Ushbu ta’rifdagi ruhan poklanish va qalban ulg‘ayish g‘oyalari buyuk Ibn Sinoning
ulug‘   Tangri   inson   yuragida   ikkita   bo‘shliq   yaratdi,   shundan   chap   bo‘shlig‘ini
ruhga   o‘rin   qilib   yaratdi,   degan   so‘zlari   bilan   uyg‘unlashib   ketganligi   uning
naqadar tugal va mukammalligini ko‘rsatib turibdi. 
Ijtimoiy  nazoratni   samarali  qilishga   xizmat   qiladigan  ma’naviyatning   rolini
yanada oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: 
-   jamiyatni   bilim   va   ma’naviyat   boshqargandagina   tartib,   taraqqiyot   va
farovonlikni   ta’minlash   mumkin.   Ma’naviyat   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   va
jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega;  -   jamiyatda   ma’naviyatning   qadr   topishi   hokimiyat   tizimida   ma’naviyatning
yuksalishiga   bog‘liq.   Hokimiyatning   ma’naviy   yuksalishi   esa   saylov   jarayonida
ma’naviy   salohiyat   asosiy   mezonlardan   biri   bo‘lishiga   bog‘liq.   Chunki
ma’naviyatni   qadrlash   uchun   o‘sha   odamning   o‘zida   ma’naviyat   yuksak   bo‘lishi
lozim; 
-   jamiyatda   ma’naviy   yuksalish   O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti
I.A.Karimovning   “Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch”   asaridagi   g‘oyalarning
odamlar   ongi   va   qalbiga   nechog‘lik   singdirilishiga   bog‘liq.   Bu   borada   davlat   va
fuqarolik   jamiyati   o‘rtasida   ijtimoiy   hamkorlik   va   sheriklik   alohida   ahamiyatga
ega;
  -   ma’naviyatning   yuksalishi   uchun   ma’naviyat   qadrlanishi   lozim,   chunki   inson
shunday   mavjudotki,   u   nima   qadrlansa,   shunga   intilib   yashaydi.   Ma’naviyatni
qadrlash   deganda   ma’naviyatni   targ‘ib   qiladigan   odamlarning   mehnatini   qadrlash
ham   tushuniladi.   Agar   targ‘ibot   faqat   fidoyilikka   asoslansa,   ma’naviyat
qadrsizlanadi va natijada odamlar unga intilmay qo‘yadilar. 
Xulosa   qilib   shuni   aytish   kerakkki,   ijtimoiy   nazoratni   kuchli   qilishda
ma’naviyat   asosida   shakllanadigan   ichki   nazorat   muhim   rol   o‘ynaydi.   Nazorat
faoliyatini   samarali   qilishga   xizmat   qiladigan   axloqiy   ma’naviy   asoslarni
shakllantirish   bugungi   kunning   eng     dolzarb   vazifalaridan   biri   hisoblanadi.
Shuning   uchun   jamiyat   ma’naviyatini   yuksaltirish   borasida   kompleks   chora-
tadbirlarni   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish   zamon   talabi   hisoblanadi.
Ma’naviyatni   yuksaltirishda   faqat   uning   mohiyatini   va   ahamiyatini   bilishning
o‘zigina   yetarli   emas,   buning   uchun   ma’naviyatga   bo‘lgan   ehtiyojni   ham
shakllantirish kerak bo‘ladi. Bunday ehtiyojni shakllantirish o‘ta murakkab vazifa
bo‘lib,   uni   amalga   oshirishda   jamiyatshunos   olimlarning   kompleks   yondashuvi
talab qilinadi.  Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida nazorat faoliyatining ma’naviy-axloqiy asoslarini shakllanishi Reja 1.Ijtimoiy nazoratning muhim elementi bo‘lgan ichki nazoratni shakllanishida ma’naviyatning o‘rni. 2.Yangi axloqiy me’yorlarni vujudga kelishida milliy g‘oyaning o‘rni. 3.Ijtimoiy nazoratni kuchli qilishga xizmat qiladigan ma’aviyatni yuksaltiruvchi omillar.

1.Ijtimoiy nazoratning muhim elementi bo‘lgan ichki nazoratni shakllanishida ma’naviyatning o‘rni. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida nazorat faoliyatining ma’naviy-axloqiy asoslarini shakllantirish ustuvor vaziflardan biri bo‘lib keldi. Nazorat faoliyati tizimli xarakterda bo‘lib ijtimoiy nazorat degan tushuncha bilan ifodalanadi. Ijtimoiy nazorat davlat va jamiyatning birgalikdagi nazorati hisoblanadi. Davlat ko‘proq huquqqa rioya qilishni nazorat qilsa, jamiyat ko‘proq axloqqa rioya qilishni nazorat qiladi. Fuqarolik jamiyati shakllanib borishi jarayonida esa axloq normalariga rioya qilish zaruriyati kuchayib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, axloqiy tarbiya negizida ma’naviyatning yuksalishini taqozo etadi. Nazorat shaklan yuqoridan va quyidan, mazmunan esa ichki va tashqi nazorat bo‘ladi. Bunda quyidan amalga oshiriladigan nazorat muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda, chunki demokratiya aynan ana shu quyidan bo‘lgan nazoratni talab qiladi. Bunday nazoratning shakllanashi esa odamlardagi ichki nazoratning mavjudliligiga bog‘liq. Insonda ichki nazorat bo‘lsa, u o‘zini o‘zi nazorat qila oladi va to‘g‘ri yo‘ldan yuradi. Insonda ichki nazorat bo‘lishi uchun esa u o‘z ustidan hokimiyatga ega bo‘lishi kerak va bunday hokimiyat ma’naviyat orqali shakllanadi. Ma’naviyat asosida shakllanadigan ichki nazorat ijtimoiy nazoratning muhim elementi va nazorat mexanizmini harakatga keltiradigan omil hisoblanadi. Davlat va jamiyatning birgalikdagi nazoratidan iborat bo‘lgan ijtimoiy nazorat samaradorligi ma’naviyatga bog‘liq. Davlat nazorati uchun ham, jamiyat nazorati uchun ham ma’naviyat bir xil muhim ahamiyatga ega. Chunki davlat nazorat organlari ham, jamiyat nazorat organlari ham o‘z nazoratlarini samarali amalga oshirishlari uchun ularda ma’naviyat negizida shakllanadigan ichki nazorat kuchli bo‘lishi kerak. Davlat organlari o‘z nazoratlarini vijdonan amalga oshirishlari uchun ma’naviyat orqali shakllanadigan ichki nazorat kerak bo‘lsa, o‘z nazoratlarini to‘g‘ri amalga oshirishga majbur bo‘lishlari uchun esa jamiyat nazorati kuchli bo‘lishi lozim. Buning uchun esa, ya’ni jamiyat nazorati kuchli bo‘lishi uchun esa jamiyat kuchli bo‘lishi kerak. Jamiyat kuchli bo‘lishi uchun esa u birlashgan bo‘lishi kerak va bunday birlashganlik holatini fuqarolik jamiyati

degan tushuncha bilan ifodalaymiz. Fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasi davlat organlarini huquq va axloq me’yorlariga rioya qilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi jarayonida ma’naviyatni yuksaltirish va ijtimoiy axloqni muhofazalash ijtimoiy nazoratni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy nazoratning elementlaridan biri bo‘lgan jamiyat nazoratining kuchliligi fuqarolik jamiyati institutlarining kuchliligiga bog‘liq. Fuqarolik jamiyati institutlari kanchalik kuchli bo‘lsa jamiyat nazorati shunchalik kuchli bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati institutlarining kuchliligi esa, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ma’naviyat asosida shakllanadigan ichki nazoratga bog‘liq. Qizig‘i shundagi, fuqarolik jamiyatining kuchliligi ma’naviyatga bog‘liq va ayni bir paytda ma’naviyat yuksalishining o‘zi ham fuqarolik jamiyati institutlariga bog‘liq. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri bo‘lgan o‘zini-o‘zi boshqarish organi – mahallaning o‘rni muhim. Chunki mahallada asrlar davomida odamlar o‘rtasidagi munosabatlar aynan axloq, urf-odat, an’ana asosida tartibga solinib, nazorat qilib kelindi. Shuning uchun fuqarolik jamiyatiga o‘tishda mahallaning ta’sirining ortib borishi va hokimiyat vakolatlari bir qismining mahallalarga o‘tkazilishi, albatta, ijtimoiy axloq negizida ma’naviyatning kuchayishini ta’minlaydi. Ijtimoiy axloqqa rioya qilish qonunda belgilangan tartibga ko‘ra, jismonan jazolash bilan emas, balki ma’nan ta’sir etish yo‘li bilan kafolatlanadi. Axloqqa rioya qilish, ya’ni har bir odam o‘zini-o‘zi nazorat qilishiga asoslangan bo‘lib, u imon, insof degan ichki nazoratga bog‘liq. Bunday tamoyillarga asoslanish esa ko‘proq odamlarning tarbiyasiga va, ayniqsa, diniy tarbiyaga bog‘liqdir. Chunki din shunday qudratli kuchga egaki, u odamlarning ichki hissiyotlar asosida o‘zini- o‘zi nazorat qilishini ta’minlay oladi. Buning uchun unga tashqi ta’sir, ma’nan va jismonan ta’sir qilish zaruriyati kuchli bo‘lmay qoladi. Ijtimoiy axloqning shakllanishi tarbiya jarayoniga va, eng avvalo, diniy tarbiyaga asoslanadi. Bu xususda I.A.Karimov shunday degan: “Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axlokiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan

bahramand qilishi tarafdorimiz”. Axloq tushunchasining mohiyati va tamoyillarini o‘rganadigan etika fani axloqiy me’yorlarning yuzaga kelishini o‘rganadi, izohlab beradi, inson xulqini axloqiy talablar nuqtai nazaridan baholash mezonini ishlab chiqadi. Axloq tushunchasiga ilmiy ta’rifni falsafiy ta’limot bo‘lgan etika fani quyidagicha beradi: axloq odamlarning jamiyatda o‘zini tutishiga, xulqatvoriga, xatti-harakatiga doir talablarning yaxlit yig‘indisi. Axloq jamiyatni tartibga soluvchi sifatida boshqa nazoratchi bo‘lgan huquqdan shunisi bilan farq qiladiki, huquqiy me’yorlar zarur bo‘lganda davlat majburiyati yo‘li bilan bajartiriladi, axloqiy me’yorlarga rioya qilish esa jamoatchilik fikri, ko‘proq mahalla ta’siri bilan bajartiriladi. Demak, axloqqa rioya qilishni ta’minlovchi kuch – bu, avvalo, nazorat tizimining muhim elementi bo‘lgan jamoatchilik fikridir. Ammo axloq me’yorlariga rioya qilinishi faqat jamoatchilik fikri bilangina ta’minlanmaydi. Bunda ma’naviyat asosida shakllanadigan ichki nazoratning muhim elementi bo‘lgan burch hissi ham o‘zining munosib o‘rniga ega. Odamning tabiiy tuyg‘ulari va tarbiya jarayonida shakllangan burch hissi muayyan axloqiy hatti-harakatga olib keladi. Axloqiy me’yorlar yoki tamoyillar odam ongida buyruq shaklida paydo bo‘ladi va kishilarni ezgu ishlar qilishga undaydi, yovuzlikdan, razolatdan asraydi. Bunday buyruqlar “Tuhmat qilma”, “Yolg‘on so‘zlama”, “O‘zgalar taqdiriga befarq bo‘lma”, “Boshiga kulfat tushgan odamga yordam ber”, “Zaif, nochor odamlarni qo‘llab-quvvatla” kabi bo‘lishi mumkin. Ammo ushbu buyruqlar qandaydir tashqi ta’sirdan emas, balki insonning e’tiqodidan, ichki sabablar asosida kelib chiqishi lozim. Masalan, “Tuhmat qilma” degan buyruqda bir odam boshqa odamga tuhmat qilmasligiga ijtimoiy zarurat borligini anglab yetishi kerak. Agar odamlar o‘rtasida tuhmat, yolg‘on gapirish ko‘paya borsa, bunday jamiyat boshqarib bo‘lmaydigan son-sanoqsiz ziddiyatlardan, urushlardan iborat bo‘lib qoladi va muqarrar halok bo‘ladi. Shu o‘rinda Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning quyidagi hadislarini eslash lozim: “Shariatga qarshi borish, ota-onaga itoat qilmaslik va yolg‘on gapirish, tuhmat qilish gunohi azimdir” . Yolg‘on gapirish,

tuhmat qilish gunohi azim ekanligini anglab olgan odamning bunday illatdan asraydigan ichki nazorati kuchli bo‘ladi. Demak, axloqiy tamoyillar kishi ongida buyruq shaklida paydo bo‘lib, o‘sha buyruqni bajarish uchun ijtimoiy zarurat borligini anglatadi. Ammo biz bu zaruratni burch sifatida idrok etib, shu ishdan ko‘zlangan maqsadni qabul qilamiz va ma’qullaymiz, unga yetish uchun harakat kilishga tayyorligimizni bildiramiz. Shunday qilib, axloqiy me’yorlar odamning xatti-harakatini faqat ob’ektiv qoidalar bilangina emas, balki burch, vijdon talablari bilan ham tartibga solib turadi. 2.Yangi axloqiy me’yorlarni vujudga kelishida milliy g‘oyaning o‘rni. Yana ta’kidlash joizki, axloqiy xatti-harakat insoniy jamiyat taraqqiy etib borishi bilan boyib boradi va shuning uchun axloq har doim ham rasm bo‘lgan qoidalarga bo‘ysunavermaydi. Burch tuyg‘usidan kelib chiquvchi tashabbuskorlik, yangilikka intilishlik yoki qahramonona xatti-harakat yangi fikrni, ya’ni axloqiy mezonni vujudga keltirishi mumkin. Masalan, milliy istiqlol g‘oyasining inson qalbiga singdirilishi unda yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi maqsadida xizmat qiladigan mas’uliyatni shakllantirishi mumkin. Bu mas’uliyat fuqarolarda, ayniqsa, yoshlarda o‘tmish ajdodlari va kelajak avlod oldida javobgarlikni, burchni his qilish tuyg‘usini hosil qiladi. Bunday burch esa odamlarni jamiyat manfaati yo‘lida fidokorona xatti-harakatlarga undaydigan ma’lum bir axloqiy me’yorlarni yuzaga keltiradi. Har bir davrning xususiyatiga mos o‘z ijtimoiy axloq tamoyillari bo‘ladi. Chunki insonning ma’naviy mohiyati turlicha talqin qilinadi va shunga muvofiq keladigan axloqiy tamoyillar ilgari suriladi. Masalan, G‘arb mamlakatlari axloqining asosiy tamoyillari egoizm (xudbinlik) va individualizm (yakkalik)dir, chunki ular inson o‘zining tabiiy mohiyatiga ko‘ra egoist-xudbin, faqat shaxsan manfaatdor bo‘lganligi uchungina jamiyatga yaxshilik qilishga qodir degan qoidaga asoslanadi. Sharq mamlakatlarida esa ijtimoiy axloq boshqa tamoyillarga, ya’ni altruizm va jamoaviylik tamoyillariga asoslangandir. Biz hozir G‘arb va Sharq axloqiy tamoyillari xususiyati to‘g‘risida munozaraga kirishmasdan,