logo

Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʼiston Respublikasi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.9365234375 KB
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog iston Respublikasi.ʼ
Reja:
1. Mustaqillik   yillarida   Qoraqalpog iston   Respublikasining   iqtisodiy	
ʼ
yangilanishi. 
2. Qoraqalpog iston   Respublikasida   qishloq   xo‘jaligi   sohasidagi	
ʼ
o‘zgarishlar. 
3. Ma naviy-madaniy sohadagi o‘zgarishlar. 	
ʼ
4. Qoraqalpog iston Respublikasi oliy ta lim tizimi va undagi islohotlar. 	
ʼ ʼ
5. Mustaqillik   yillari   Qoraqalpog iston   Respublikasida   yekologik	
ʼ
ahvolni yaxshilash borasidagi davlat siyosati. 1990   yili   14   dekabrda   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Oliy   Kengashi
o‘zining   IV   sessiyasida   “O‘zbekiston   Respublikasi   tarkibida   Qoraqalpog‘iston
Respublikasi  Davlat  suvereniteti  to‘g‘risidagi”  Deklaratsiya  qabul qildi. Mazkur
Deklaratsiya   1991   31   avgustda   qabul   qilingan   “O‘zbekiston   Respublikasi   davlat
mustaqilligi   asoslari   to‘g‘risidagi”   Qonunda   o‘zining   huquqiy   asosini   topib,   1   va
17-moddalarida   Qoraqalpog‘istonning   hududiy   yaxlitligi   va   mustaqilligi   ye’tirof
yetildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar
O‘zbekiston   Respublikasining     1992     yil     8     dekabrda     qabul   qilingan
Konstitutsiyasida     (70-75   moddalar)   o‘z     aksini   topdi.Qoraqalpog‘iston
Respublikasi   Oliy   Kengashi   o‘zining   XII   sessiyasida   (1993   yil,   9   aprel)
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Konstitutsiyasini   qabul   qildi.   Qoraqalpog‘iston
milliy   davlatchiligi   o‘z   taraqqiyoti   tarixida   birinchi   marta     insonparvar,     adolatli,
demokratik     imtiyozlarga     yega     bo‘ldi.     Ayni   paytda   u   suveren   respublikaning
barcha atributlariga yega. 
Jumladan,   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   1992   yil   14
dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrogi, 1993 yil 9
aprelda   bo‘lib   o‘tgan   XII   sessiyasida   Davlat   tamgasi,   1993   yil   4   dekabrda   bo‘lib
o‘tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Parlament -Qoraqalpog‘iston
Respublikasi     Juqorg‘i     Kengesi     xisoblanadi.   86   deputatdan   iborat.   Quyidagi
davlat   arboblari   Parlament   raislari   bo‘lib   ishladi:   Dauletbay   Shamshetov   (1991-
1992), Ubbiniyaz Ashirbekov (1992-1997), Timur Kamalov (1997-2002). 2002 yili
2 may kuni bu lavozimga Musa Tajetdinovich Yerniyozov saylandi. Avvalgi Oliy
Kengashdan farki Juqorg‘i Kengashga savlov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkaziladi.
Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi,
kolxozchi   dexqonlar,   xalq   ziyolilarining   o‘rni   va   soni   oldindan   belgilab   quyilar
yedi. Buning ustiga Parlamentda vazifasi buyicha albatta deputat buluvchi o‘rinlar
xam   mavjud   yedi.   Keyingi   saylovlarda   bunday   yondoshuvdan   voz   kechildi.
Deputatlarning   o‘z   saylovchilari     bilan     kundalik     munosabati,     yaqin     muloqati
yulga  kuyildi.  Avvalgi parlamentda bu masalaga uncha ye’tibor berilmagan yedi.
Ijroiya   organi   -Ministrlar   Kengashi   xisoblanadi.     Quyidagi   davlat   arboblari Ministrlar     Kengashi     raislari     bo‘lib     ishladi:     Amin     Tojiev   (1989-1992),
Radjapboy Yuldashev (1992-1995),  Baxram Jumaniyazov (1995-1996), Saparbay
Avezmatov   (1996-1998),   Amin   Tojiev   (1998-2002),   Tursunbay   Tangirbergenov
(2002-2006). 
Bugungi   kunda   O‘zbekiston   markaziy   budjetidan   Qoraqalpog‘istonga
berilayotgan     moliyaviy   yordam   miqdori   9   milliarddan   oshiq   so‘mni,   yoki   butun
Qoraqalpog‘iston budjeti  xarajatlarining 75 foizini  tashkil  yetmoqda. O‘zbekiston
xukumatining amaliy yordami Qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi
yillarda   Qoraqalpog‘istonda   axoli   turmush   sharoitini   yaxshilash,   tub   iqtisodiy
isloxotlarni amalga oshirish  borasida  qator  ijobiy  natijalarga  yerishildi.  
Yeng     avvalo,     yelda   tinchlik   va   barqarorlik   mustaxkamlandi.   Xamjixatlik
bilan   yurt   istiqboli   yo‘lida   mehnat   qilishga   sharoit   yaratildi.Respublikada
mulkchilikning  yangi  shakllari  paydo  bo‘la  boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat
soxasida   nodavlat   sektorning   xissai   oshib   bordi.   Sanoat,   qishloq   xujaligi   va
savdoda   nodavlat   sektori   xissasi   80-90   fo-izni   tashkil   yetmoqda.   Respublika
iqtisodiyotining   boshqa   yo‘nalishlarida   xam   isloxotlar   izchil   amalga   oshirila
boshlandi.   Jumladan,   bank   tizimida   xam   jiddiy   isloxotlar   amalga   oshirildi.   Bu
yerda   davlat   banklar   bilan   birga   tijorat   va   xususiy   banklari   xam   faoliyat
ko‘rsatmoqda. 
Agrosanoat   bank   va   sanoatqurilish   bank   ixtisoslashtirilgan     xissadorlik
tijorat     banklariga     aylantirildi.     “Tadbirkorbank”,   “Asakabank”,     “Alokabank”,
“Sabzavotbank”,     “Zaminbank”,     “Turonbank”,“Savdogarbank”,     “Gallabank”
Qoraqalpog‘iston     bo‘limlari     tashkil     yetildi.   Qoraqalpog‘iston   tarixida   birinchi
marta   tashqi   iqtisodiy   faoliyat   milliy   banki   tashkil   yetildi.Qoraqalpog‘istonda
ulgurji     va     birja     savdosi     bilan     shugullanuvchi   xissadorlik     uyushmalari     keng
faoliyat     ko‘rsatmoqda.     Tovar     ishlab     chiqaruvchilar,     iste’molchilar     va
ishbilarmonlarning     butun     imkoniyatlarini   ishga   solish   maqsadida   ularning
yerkinligi va teng xuquqligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
Qoraqalpog‘istonda  51  ta  mayda  ulgurji  tizim,  shu  jumladan  4-ta savdo
uyi, 35-ta mayda ulgurji savdo dukonlari va omborlar, 32-ta ko‘tara savdo   bazasi xamda   O‘zbekiston   tovar   xom   ashyo   birjasi   Qoraqalpog‘iston   bo‘limi, 19-ta
supermarket   do‘konlari   faoliyat   ko‘rsatdi.   1999   yilning   birinchi     yanvarigacha
bo‘lgan   ma’lumotlarga   qaraganda   xususiylashtirishdan tushgan   mablag‘larning
umumiy     xajmi     650     million     so‘mni     tashkil     yetdi.   Uning   20   foizi   respublika
ijtimoiy   taraqqiyotiga   ajratildi.   50   foizi   yesa   tadbirkorlarni   qullab-qo‘vvatlash
maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga  sarflandi.  
Shu     bilan     birga     Qoraqalpog‘iston     Respublikasi     davlat   mulkini
xususiylashtirish     qumitasi     xususiylashtirilgan     korxonalar     va   tadbirkorlarni
qullab-quvatlash   maqsadida   13,8   million   so‘m   kredit ajratdi. 2000 yilga kelib
2932   korxona   xususiylashtirildi.Bozor   fondining   faoliyati   sezilarli   ravishda
faollashdi.   2000   yilga   kelib   respublika   fond   birjalari     filiallarida   958   million
so‘mlik   aksiyalar   sotildi.   Respublikada   7807   kichik   va   o‘rta   ishbilarmon
korxonalari, 8977 yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olindi. 1996 yil yakuniga
ko‘ra   ishlab   chiqarilgan   maxsulot   xajmi   10   mlrd   355,7   mln   so‘mni   tashkil   yetdi.
Jami   sanoat   ishlab   chiqarish   xajmida   nodavlat   korxonalarining   ulushi   90   foizga
o‘sdi.   Respublikada   1996   yilda   amaldagi   narxlarda   10   mlrd   754,4   mln   so‘mlik
sanoat maxsuloti ishlab chiqarildi.
Paxtadan  ip  ishlab  chiqarish,  ip  gazlamalari,  tayyor  trikotaj  buyu-mlar,
iste’mol   maxsulotlaridan   un,   makaron,   mineral   suvlar   ishlab   chiqarish   ko‘paydi.
Yigma   temir-beton   konstruksiyalari   va   detallari,   toshdan   bezakli     materiallar
tayyorlash,     qandolatchilik     maxsulotlari,     o‘simlik     yog‘i,   uzum   vinosi,   salqin
ichimliklar,   aroq,   osh   tuzi   ishlab   chiqarish   o‘sdi.Sanoatda     bir     qator     ijobiy
o‘zgarishlar  yuz  berdi.  Jumladan,  1995 yilda  Xo‘jayli  shaxrida  shisha  idishlar
zavodi    qurilib   foydalanishga  topshirildi.   1996   yilda   Qungirotda   “Urga”   gaz
sanoati     korxonasida     gaz   kondensati   va   tabiiy   gaz   qazib   chiqarilishi   boshlab
yuborildi.   Aholini   gaz   bilan     ta’minlash     darajasi     83     foizga     yetdi.
“Qoraqalpoqqurilish”     aksionerlik   jamiyatida     Italiya   firmalarining   yuqori   sifatli
jixozlarii   bilan   jixozlangan,   yiliga   60   ming     kv.m.   marmar   bloklari   va   plitalari
ishlab   chiqaradigan   yangi   mramor   sexi   ochildi.   “Nukusun”   zavodida   yesa   spirt
ishlab chiqaradigan yangi sex qo‘rildi. Yengil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993 yili Nukusda
“Kateks”     to‘qimachilik     majmuasi,     1995     yili     Yellikqal’a     tumanida   “Elteks”
to‘qimachilik   majmuasi   foydalanishga   topshirildi.   Nukus     va     Qo‘ngirot     un
kombinatlari,     To‘rtko‘lda     3     mln     shartli   banka   konserva   maxsulotlari   ishlab
chiqaradigan   zavod,   Yellikqal’a   tumanida   yesa   shunday   quvvatga   yega   konserva
sexi   foydalanishga   topshirildi.1995   yilda   Qo‘ng‘irot   tumanida   Markaziy   Osiyoda
yagona xisoblangan yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod
qurilishi boshlandi.  
Zavod     tarkibida     kimyoviy     yo‘l     bilan     yekologik     toza     va     yenergiya
sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish xam ko‘zda tutilgan. Bu zavod 600
mln dollarga qurildi. Qo‘ng‘irot-Beynov   avtomobil   trassasi,   Navoiy-Uchquduq-
Nukus     temir   yo‘li   qo‘rildi.   Mulkni       davlat       tasarrufidan       chiqarish       va
xususiylashtirish   natijasida   144-ta   sanoat   korxonasidan   113-tasi   mulkchilikning
turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi. 
Lekin   ko‘p   sanoat   korxonalarining   asosiy   ishlab   chiqarish   fondlari
(dastgoxlar, mexanizmlar) ma’naviy va jismoniy jixatdan yeskirgani sezilib koldi.
Ularning   yeskirish   darajasi   35   foizdan   yoqori   yedi.   Yeng   avvalo   yigiruv-tikuv
fabrikalari,   go‘sht-sut   va   oziq-ovqat   sanoati   korxonalari   (konserva   zavodi,   vino
zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab yetildi.
Qoraqalpog‘istonda  mehnatga  layoqatli  aholining  asosiy  qismi qishloqda
istiqomat qiladi. Agrar sektorda xam iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga
o‘tish   ruy   berdi.1997   yil   1   yanvar   xolatiga   respublikada   263   qishloq   xo‘jalik
korxo-nasi   faoliyat   ko‘rsatdi.   Nodavlat   sektorning   jami   ishlab   chiqarilgan
maxsulotdagi  ulushi  98,3  foizni  tashkil  yetdi.  
Paxta     yetishtirishda     nodavlat   korxonalarning   xissasi   97,8   foizni,
donchilikda   98,1   foizni,   kartoshkachilikda   99,7   foizni,   sabzavotchilikda   98,8
foizni,   polizchilikda   95,1   foizni,   bogdorchilikda   98,5   foizni,   pillachilikda   100
foizni, gusht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 foizni,
qorako‘l   teri   va   jun   yetishtirishda   100   foizni   tashkil   yetdi.Dexqonchilikda   yekin
maydonlarining   tarkibi   o‘zgardi.   Galla   maydonlari   yekin   maydonlarining   35,8 foizini tashkil yetdi. Bo‘gdoy va kartoshka yetishtirish   3 marta, uzum yetishtirish
4 martaga  ko‘paydi.  Qoraqalpog‘istonda  dehqon  fermer   xo‘jaliklari  tashkil  yetish
buyicha   yetarli   tajriba   to‘plandi.   1998   yilga   kelib   1686   fermer   shirkatlar
uyushmalari  tashkil  yetildi.  Yellikqal’a  tumanida  mavjud 14-ta jamoa  xo‘jaliklari
dehqon-fermer   xo‘jaliklari   uyushmasiga   aylantirildi.   Dehqonlarga   meros   qilib
qoldirish xuquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. 
Lekin Qoraqalpog‘istonda  ana  shu  tajribani  ommalashtirishga  mutlaqo  ye’tibor
berilmadi.1992   yili   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   tashqi   iqtisodiy   aloqalar
vazirligi   tashkil   yetildi.   1992-2000   yillarda   Jaxon   banki,   Yevropa   rivojlanish
banki   va   boshqa   firmalar   bilan   100   ortiq   shartnomalar   tuzildi. Respublikada
303   ortiq   qo‘shma   korxonalar   faoliyat   ko‘rsatmoqda.Qoraqalpog‘iston
Respublikasining   tashqi   savdodagi   asosiy   sheriklari   Rossiya,   AQS’H,   Janubiy
Koreya, Shveysariya, Niderlandiya xisoblanadi. 
Asosan   paxta   tolasi,   toladan   olinga   maxsulotlar,   qayta   ishlangan   neft
maxsulotlari, buyan tomirlari sotiladi. Yeksport qilingan tovarlar xajmi 1996 yilda
122,9 mln dollarga teng bo‘ldi. Garb mamlakatlariga yeksport qilingan xom ashyo
113,6   mln   dollarni   tashkil   yetdi.   Paxta   tolasi   jami   yeksport   maxsulotlarining   95
foizini   tashkil   yetdi.  Tashqi   savdo   oborotida   importning   salmogi   1996  yilda   46,2
foizni   tashkil   qildi.   Import   maxsulotlari   tarkibiga   asosan   xalq   iste’mol   mollari,
qora va rangli metallar, oziq-ovqat maxsulotlari kiradi. 
Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug‘doy, mashina va jixozlar,
agregatlar   va   ularning   yextiyot   qismlari,   quvurlar,   avtomashinalar,   ishlab
chiqarishni   komplektlovchi   materiallar   keltirildi.   Lekin   respublikaning
imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmayapti. Masalan, 1999 yili respublika xududida
70-ga   yaqin   foydali   qazilma   konlari   aniqlandi.Mustaqillik   yillarida   respublikada
ijtimoiy soxalar rivojlanishiga ye’tibor kuchaydi.  
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Maxkamasi   1992   yili   2   sentabrda
“Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   xududidagi   tabiiy   ofatlar   oqibatlarini   bartaraf
yetish,     ijtimoiy     va     yekologik     muammolarni   yechishni   jadallashtirish   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida”   405-sonli   qaror   qabul   qildi.   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi aholi punktlarini yelektrlashtirish to‘la xal qilindi. Aholini toza ichimlik suvi bilan
ta’minlash darajasi 59,5 foizga yetdi.
1992-1996 yillarda Tuyamuyin suv omboridan respublika aholi punktlariga
2   ming   885   km   vodoprovod   tarmogi   olib   kelindi.   4057,5   km   gaz   tarmoklari
yetkizildi   va   tabiiy   gaz   bilan   ta’minlash   85,4   foizni,   shu   jumladan   shaxarda   99,4
foizni,   qishloqda   72,4   foizni     tashkil   yetdi.   Ko‘plab   sog‘liqni   saqlash   ob’ektlari,
kasalxonalar,   poliklinikalar,   tug‘ruqxonalar   va   turar-joy   binolari   qurildi.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   xalqi   birinchi   Prezident   I.Karimovning   BMT
minbaridan  turib  dunyo  mamlakatlarini  Orol  dengizini  saqlab  qolishga qarata
chaqirig‘ini katta qiziqish bilan ko‘tib oldi. Uning tashabbusi  bilan 1994   yili   14
yanvarda     Nukusda     Markaziy     Osiyoning     beshta     davlat     Prezidentlari   xamda
Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Orolga va
Orolbuyi    aholisiga   amaliy  yordam   berish   masalasi  muxokama  yetildi.  1995    yili
xalqaro   konferensiyada   Nukus   Deklaratsiyasi   qabul   qilinib, unda butun dunyo
jamoatchiligi ye’tibori Orol muammosiga qaratildi. Deklaratsiyada ovul va o‘rmon
xo‘jaliklarini ilmiy tizimga   o‘tkarish, suv resurslarini    foydalanishning   iqtisodiy
usullari     va     texnologiyasini     ishlab   chiqish,   xududning   tabiiy   resurslarin
boshqarish   tartibini   takomillashtirish,   ushbu   xududda   yashovchi   odamlarning
turmush   darajasini   yaxshilash   masalalari   kun   tartibiga   qo‘yildi.1995   yili   24
oktabrda BMTning 50 yilligina bag‘ishlangan Bosh Assambleya majlisida birinchi
Prezident   I.A.Karimov   “bugungi   kuni   xalqaro   finans   tizimlari     bilan     rivojlangan
davlatlar   qullab-quvatlashisiz,    BMTning tashkiliy rolisiz  bu muammoni yechish
mumkin   yemas”   deb   aytdilar.Markaziy   Osiyo   davlatlari   uz   kuchlari   va   chet   yel
donorlari yerdami bilan 2 mlrd 686 mln dollar investitsiya tupladi. Shundan 856,25
ming   dollar   1997   yili   yuqoridagi   ishlarga   berildi.   Orolni   qutqarish   fondi   Nukus
filiali tashkil yetildi.  Bu xarajatlar kupincha grantlarga berilmoqda.
Ma’naviy   qadriyatlarni   qayta   tiklashda   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi
bayramlarini   tashkil   yetish   muhim   rol   uynadi:   21-mart   Navro‘z,   1   yanvar   -Yangi
yil,   8-mart   -Xotin-qizlar   kuni,   9-aprel   -Qoraqalpog‘iston   Respublikasi
Konstitutsiyasi   kuni,   9-may   -Xotira   kuni,   1-sentabr   -Mustaqillik   kuni,   1-oktabr   - Ustozlar   kuni,   8-dekabr   -O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   kuni,   Ro‘za
xayiti,   Qo‘rbon   xayiti.   Mustaqillik   yillarida   Nukus   shaxrining   60   va   70   yilligi,
To‘rtko‘l   shaxrining   120   yilligi,   Ajiniyoz   Qasiboy   o‘gli   va   Berdaq   Qarg‘aboy
o‘glining   170   yilligi,   Nukus   pedagogik   institutining   60   va   70   yilligi,   Qoraqalpoq
universitetining   25   yilligi,     Allayor   Dustnazarovning   100   yilligi,   Yernazar
Alakozning   200   yilligi,   I.Yusupov   va   T.Qaipbergenovlarning   70   yilligi   keng
nishonlandi.   Nukus   pedagogik   institutiga   Ajiniyoz   shoir   nomi,   Qoraqalpoq
universitetiga   Berdaq   nomi   berildi.   Berdaq   va   Ajiniyoz,   Ulug‘bek   xaykallari
o‘rnatildi, Berdaq muzeyi, Amet va Aimxon Shomuratovlar muzeyi tashkil yetildi.
1994   yili   Qoraqalpog‘istonda   Ma’naviy   madaniyat   va   ma’rifat   markazi   tashkil
yetildi.   Shuningdek     “Oltin     meros”,     “Amir     Temur”,     “Nuroniy”,     “Navro‘z”
fondlari tashkil yetildi.
Qoraqalpog‘iston     Respublikasining     fidoyi     farzandlari     Allaniyoz
Otaniyozov, Agitoy Odilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Qaipbergenov, Ibroxim
Yusupovlar   “O‘zbekiston   Qaxramoni”   unvonini   oldilar.   1993   yili   respublika
Ministrlar   Kengashi     Qoraqalpoq   tilida   yangi   lotin   yozuviga   o‘tish   xaqida   qaror
qabul   qildi.   Bilim   nashriyotidan   1996-1997   yillarning     darsliklar   lotin   yozuvi
asosida   chop   yetildi.   1993   yili   Nukusda   turk-Qoraqalpoq   litseyi   tashkil   yetildi.
1996   yili   respublikada   743   ta   umumta’lim   maktabi   faoliyat   ko‘rsatdi.
Respublikadagi     22     o‘rta     maxsus   uquv   yurtlarining   kunduzgi   bulimlarida   11,8
ming ukuvchi ta’lim olmoqda.1990 yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakulteti va
ikkita bulimi asosida Nukus davlat pedagogik instituti qayta tashkil yetildi. 
1991   yili   universitetning   tibbiyot   fakulteti   asosida   Toshkent   pediatriya
tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil yetildi. Unda talabalar soni 2001-yili 1000 ga
yetdi.   1995   yili   yanadauniversitetning   qishloq   xujaligi   va   iqtisodiyot   fakultetlari
asosida   Toshkent   agrar   universiteti   Nukus   filiali,   Toshkent   arxitektura-kurilish
instituti   Nukus   filiallari   tashkil   yetildi.   2005   yili   Toshkent   informatsion
texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil yetildi. Beshta oliy o‘quv yurtlarida
9 ming nafar talaba o‘qimoqda. 1991   yili   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   Akademiyasi   Qoraqalpog‘iston
filiali   bulim   statusiga   yega   bo‘ldi.   Bulim   tarkibida   Tariyx,   arxeologiya     va
yetnografiya   instituti,   Bioekologiya,   Orol   buyi   ijtimoiy-iqtisodiy   muammolar
instituti     tashkil     yetilib,     mustaqillikdan     avvalo   uchta   institut   bulsa,   yendi   6   ta
institut   tashkil   yetildi.   Bulimni   akademik   S.Kamalovdan     keyin     akademiklar
Ch.Abdirov,     T.Eshanovlar     boshkardilar.   Hozirgi   vaktda   bulim   raisi   bo‘lib
professor   Nagmet   Aimbetov     ishlaydi.Shuningdek,   O‘zbekiston   qishloq   xujaligi
ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston bulimi tashkil yetilib, tarkibiga Shamurat Musaev
nomidagi   Chim-boy   dehqonchilik   instituti,   “Sholi”   uyushmasi,   Oltinko‘l
stansiyasi,   bog‘dorchilik,   uzumchilik   muassalari   kirdi.   Qishloq   xo‘jaligi   va
iqtisodiyot   soxalari   bo‘yicha   J.Mambetullaev   va   B.Mambetnazarov   kabi
akademiklarimiz   mavjud.   Bugungi   kuni   Qoraqalpog‘istonda   65   fan   doktori,   600
dan ortiq fan nomzodi faoliyat  ko‘rsatmoqda, shu jumladan 60 foiz fan doktori va
40   foiz   fan   nomzodlari   mustaqillik   davrida   ilmiy   unvonga   yega   bo‘ldi.   Ilgari
O‘zbekiston     Fanlar     akademiyasi     xaqiqiy     a’zoligiga     saylangan     S.Kamalov
(1979),     Ch.Abdirovlar     (1989)     katoriga     1994-2000     yillari     J.Bazarbaev,
A.Baxiev,  T.Eshanov,  A.Dauletov,  X.Xamidov  xam  qabul qilindilar.  1997 yili
yesa  ikki  nafar  rassom  J.Izentaev  va  J.Kuttimuratov  O‘zbekiston Respublikasi
Badiiy   akademiyasining   akademikligiga   saylandi.Tilshunos       olimlar
M.Kalenderov,       R.Esemuratova,       A.Turabaev,   K.Dauletbaevlar,   faylasuf     Polat
Seitov   O‘zbekiston   Respublikasi   Beruniy   nomidagi   davlat   mukofatini   oldilar.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Berdaq     nomidagi     davlat     mukofotini     A.Baxiev,
R.Reimov,     L.Konstantinova,   J.Bazarbaev,       K.Dauletova,       M.Ametov,
J.Saparniyazov,       T.Eshanov,   M.Ajibekov,     S.Kamalov,     K.Allambergenovlar
oldilar.    
Ginekolog     Orol   Ataniyazova   xalqaro   “Goldman”   nomidagi   yekologik
mukofat   yegasi   bo‘ldi.Qoraqalpoq   davlat   universiteti   yenida   Qoraqalpoq   tili   va
adabiyoti   buyicha   doktorlik   va   nomzodlik,  Uz   FA  Qoraqalpog‘iston   bulimi   tarix,
arxeologiya   va   yenografiya   instituti   yo‘nida   tarix   bo‘yicha   nomzodlik
dissertasiyalarni   himoya   qiluvchi   ixtisoslashgan   kengashlar   tashkil   yetilib   fan doktorlari   va   nomzodlari   o‘zimizda   ximoya   qiladigan   bo‘ldi.   Tarix   fanidan
xozirgacha   51   fan   nomzodi   ximoya   qildilar.   Respublika   olimlari   mustaqillik
yillarida chet yel mutaxassislari bilan xamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Bioekologiya instituti  olimlari  Germaniya  olimlari  bilan  birgalikda  1993
yildan     beri   Orolbuyi     yekologiyasi     muammolari     bo‘yicha     tadqiqotlar     olib
borishmoqda.   1995   yili   Muynoqda   Germaniya   yordamida   bioekologiya
institutining     xalqaro   yekologiya   stansiyasi   ochildi.   Tarix,   arxeologiya   va
yetnografiya   instituti   olimlari   Avstraliyaning   Sidney   universiteti   olimlari   va
fransuz arxeologlari bilan birgalikda yekspeditsiyalar tashkil yetmoqda. 
Tarixchilarimiz   Qoraqalpog‘iston   xududida   turizmni   targ‘ibot   qilish
maqsadida   “Oltin   marshrut”ni     ishlab     chiqib,     unga     Mizdaxkon,     Yellikqal’a
yodgorliklarini kirgizdilar.   1997   yili   sentabrda   Nukusda   “Qirqqiz”   dostoni va
turkiy folklorni  tadqiq yetish muammolariga bagishlangan  xalqaro ilmiy anjuman
bo‘lib   o‘tdi.   Mustaqil   O‘zbekiston   va   Qoraqalpog‘iston   dolzarb   masalalari
respublika   shoir   va   yozuvchilari   ijodida   katta   o‘rin   yegallaydi.   O‘zbekiston
qaxramonlari,   O‘zbekiston   va   Qoraqalpog‘iston   xalq   shoiri   Ibroxim   Yusupov,
O‘zbekiston   va   Qoraqalpog‘iston   xalq   yozuvchisi   Tulepbergan   Qaipbergenovlar
qatoriga Tolibay Qabulov, Xalmurat Saparov, Gulaysha Yesemuratova, Kengesbay
Raxmonov,  Uzakbay  Abduraxmanov,  Murotbay  Nizonov,  Kengesbay Reimov,
Saginbay   Ibroximov,   Kengesbay   Karimov,   Xalila   Dauletnazarov,   Jiyanbay
Izbaskanov, Baktiyar Genjemuratov, Sharapatdin Ayapov, Gulistan Matyakupova,
Nabiyra   Toreshova,   Munayxan   Jumanazarova,   Gulnara   Nurlepesova,   Abdimurat
Atajanov,   Xurliman   Utemuratova,   Sharigul   Payzullaeva,   Saylaubay   Jumagulov,
Bazarbay Kazakbaev va boshqalar kelib qo‘shildi.
1993yili     yanvarda     Toshkentda     Qoraqalpog‘iston     madaniyati     kunlari,
noyabrda   yesa   Qoraqalpog‘istonda   Toshkent   madaniyati   kunlari        o‘tkazildi.
1993   yili   Toshkent   konservatoriyasida   milliy   “Ajiniyoz”   operasi   ijro yetildi.
1996  yili Qoraqalpoq  xoreografiyasi  tarixida  birinchi  marta “Oyjamol”    nomli
balet    saxnalashtirildi.    Kompozitorlardan N.Muxammaddinov,    K.Zaretdinov,
G.Amaniyazov,         Sh.Paxratdinov,   T.Esirkepov   va   boshkalar   mustaqillik   yillari yaxshi   faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Muyassar     Razzakova,     Kegesbay     Serjanov,
Mirzagul     Sapaeva,     Gulxatiysha   Aimbetova,   Roza   Kutekeeva,   Makset
Xujaniyozov, Makset Utemuratov, Gulna-44ra Utepova, Yeleonora Kutlipulatova,
Anifa   Artikova,   Gulnara   Allamber-genova   va   boshka   kushikchilarimiz   butun
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga ta-nikli bo‘ldi. Jumabay jirov Bazarov, Baxtiyar
jirovEsemuratov,   bakshilar   Turganbay   Kurbanov,   Ziyada   Sharipova,   Zulfiya
Arzimbetova,     Jarilkagan   Yeshanov,     Tenel     Kalliev     va     boshkalar     Germaniya,
Fransiya     va     boshka   davlatlarda   Qoraqalpoq   dastanlari   va   she’rlarini   ijro   yetib,
butun dunyoga belgili bo‘ldi. 
Qoraqalpoq     universiteti     “Xurliman”   ansambli   2000   yili     Toshkentda
“O‘zbekiston   -Vatanim   manim”   konkursida   1-o‘rinni   yegalladi.Mustaqillik   yillari
Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq milliy san’at muzeyi va Qoraqalpoq ulkashunoslik
muzeyi,   Berdaq   muzeyi   milliy   o‘zligimizni   targibot   qilishda   katta   faoliyat
ko‘rsatmoqda.2002   yili   may   oyidan   boshlab   milliy   televidenieda   “Assalam
Qoraqalpog‘iston”   tongi   ko‘rsatuvi   tashkil   yetildi.   Shuningdek,   “Maurit”,   “Tarix
va   taqdir”,   “Bayterek”,   “Shanarak”,   Yoshlar   kanali”   ko‘rsatuvlari   tashkil   yetildi.
Birinchi   Prezidentimiz   Yerkin   Kutibaev,   Alisher   Auezbaev,   Baxtiyar   Nurullaev,
Muratbay   Baltaniyazov,   F.Orazimbetov   va   boshkalarning   sport   soxasidagi
mardliklarini tan oldi.Mustaqillikning o‘tgan davri -tarix uchun bir lavzadir. Lekin
shu   muddatda   Qoraqalpog‘istonda   amalga   oshirilgan   ishlar   salmogi   va   ko‘lami
bilan   bir   necha   un   yilliklarga   teng   keladi.   Tarixan   kiska   davrda   mamlakatimiz
xayotida   xam,   odamlar   turmushida   xam   keskin   burilish   yasaldi.   Tafakkurimiz
tobora kengaydi. O‘zligimizni anglay boshladik. Adabiyotlar  ro’yxati :
1.   Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent: O‘zbekiston,
2017.
2.  Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga 
quramiz. Toshkent.: O’zbekiston. 2017.
3. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka yerishish ostonasida.  –T.: O‘zbekiston,
2011.
2 . Bobobekov H.   Farg‘ona fojialari kundaligi // «Fan va turmush».1990, № 4-5.     
3 .Mustaqillik:   Izohli   ilmiy   –   ommabop   lug‘at   //   R.   Ro’ziev   va   Q.   Xonazarov
umumiy tahririda. To’ldirilgan uchinchi nashri.  –T.: Sharq, 1996.   
4 . Salimov O., Usmonov Q., G‘aniev D. Yangi O’zbekistonning 7 zafarli yili. –T.:
Sharq, 1999. –B. 9-20, 40-46.
5 .O’zbekiston milliy yensiklopediyasi. 1, 2, 3 …12 jildlar.  
6 .   O’zbekistonning   yangi   tarixi.   Ikkinchi   kitob.   O’zbekiston   sovet
mustamlakachiligi davrida. – T.: Sharq, 2000. –B. 624-676.
7 . O’zbekiston tarixi / R. Murtazaeva umumiy tahriri ostida. –T.: Yangi asr avlodi,
2003. –B. 529-554.
8 . Jo‘raev N. O‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil  O‘zbekiston
tarixi. – To‘ldirilgan, qayta nashr. –T.: G‘afur G‘ulom, 20 13 . –B. 8-87. 
9 . Usmonov Q. O‘zbekiston tarixi. –T.: I qtisod  –  moliya , 2006. –B. 374-400.
10. Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob);   R. Shamsutdinov,
Sh. Karimov  – T.: Sharq, 2010. –B.  440-472.

Mustaqillik yillarida Qoraqalpog iston Respublikasi.ʼ Reja: 1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog iston Respublikasining iqtisodiy ʼ yangilanishi. 2. Qoraqalpog iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ʼ o‘zgarishlar. 3. Ma naviy-madaniy sohadagi o‘zgarishlar. ʼ 4. Qoraqalpog iston Respublikasi oliy ta lim tizimi va undagi islohotlar. ʼ ʼ 5. Mustaqillik yillari Qoraqalpog iston Respublikasida yekologik ʼ ahvolni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.

1990 yili 14 dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining IV sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi” Deklaratsiya qabul qildi. Mazkur Deklaratsiya 1991 31 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi” Qonunda o‘zining huquqiy asosini topib, 1 va 17-moddalarida Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi ye’tirof yetildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) o‘z aksini topdi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida (1993 yil, 9 aprel) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog‘iston milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga yega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlariga yega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992 yil 14 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrogi, 1993 yil 9 aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida Davlat tamgasi, 1993 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Parlament -Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi xisoblanadi. 86 deputatdan iborat. Quyidagi davlat arboblari Parlament raislari bo‘lib ishladi: Dauletbay Shamshetov (1991- 1992), Ubbiniyaz Ashirbekov (1992-1997), Timur Kamalov (1997-2002). 2002 yili 2 may kuni bu lavozimga Musa Tajetdinovich Yerniyozov saylandi. Avvalgi Oliy Kengashdan farki Juqorg‘i Kengashga savlov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkaziladi. Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, kolxozchi dexqonlar, xalq ziyolilarining o‘rni va soni oldindan belgilab quyilar yedi. Buning ustiga Parlamentda vazifasi buyicha albatta deputat buluvchi o‘rinlar xam mavjud yedi. Keyingi saylovlarda bunday yondoshuvdan voz kechildi. Deputatlarning o‘z saylovchilari bilan kundalik munosabati, yaqin muloqati yulga kuyildi. Avvalgi parlamentda bu masalaga uncha ye’tibor berilmagan yedi. Ijroiya organi -Ministrlar Kengashi xisoblanadi. Quyidagi davlat arboblari

Ministrlar Kengashi raislari bo‘lib ishladi: Amin Tojiev (1989-1992), Radjapboy Yuldashev (1992-1995), Baxram Jumaniyazov (1995-1996), Saparbay Avezmatov (1996-1998), Amin Tojiev (1998-2002), Tursunbay Tangirbergenov (2002-2006). Bugungi kunda O‘zbekiston markaziy budjetidan Qoraqalpog‘istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so‘mni, yoki butun Qoraqalpog‘iston budjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil yetmoqda. O‘zbekiston xukumatining amaliy yordami Qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda axoli turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga yerishildi. Yeng avvalo, yelda tinchlik va barqarorlik mustaxkamlandi. Xamjixatlik bilan yurt istiqboli yo‘lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat soxasida nodavlat sektorning xissai oshib bordi. Sanoat, qishloq xujaligi va savdoda nodavlat sektori xissasi 80-90 fo-izni tashkil yetmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo‘nalishlarida xam isloxotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida xam jiddiy isloxotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari xam faoliyat ko‘rsatmoqda. Agrosanoat bank va sanoatqurilish bank ixtisoslashtirilgan xissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. “Tadbirkorbank”, “Asakabank”, “Alokabank”, “Sabzavotbank”, “Zaminbank”, “Turonbank”,“Savdogarbank”, “Gallabank” Qoraqalpog‘iston bo‘limlari tashkil yetildi. Qoraqalpog‘iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil yetildi.Qoraqalpog‘istonda ulgurji va birja savdosi bilan shugullanuvchi xissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning yerkinligi va teng xuquqligini ta’minlash choralari ko‘rildi. Qoraqalpog‘istonda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 4-ta savdo uyi, 35-ta mayda ulgurji savdo dukonlari va omborlar, 32-ta ko‘tara savdo bazasi

xamda O‘zbekiston tovar xom ashyo birjasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, 19-ta supermarket do‘konlari faoliyat ko‘rsatdi. 1999 yilning birinchi yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy xajmi 650 million so‘mni tashkil yetdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi yesa tadbirkorlarni qullab-qo‘vvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qumitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qullab-quvatlash maqsadida 13,8 million so‘m kredit ajratdi. 2000 yilga kelib 2932 korxona xususiylashtirildi.Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 2000 yilga kelib respublika fond birjalari filiallarida 958 million so‘mlik aksiyalar sotildi. Respublikada 7807 kichik va o‘rta ishbilarmon korxonalari, 8977 yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olindi. 1996 yil yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan maxsulot xajmi 10 mlrd 355,7 mln so‘mni tashkil yetdi. Jami sanoat ishlab chiqarish xajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o‘sdi. Respublikada 1996 yilda amaldagi narxlarda 10 mlrd 754,4 mln so‘mlik sanoat maxsuloti ishlab chiqarildi. Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyu-mlar, iste’mol maxsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko‘paydi. Yigma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik maxsulotlari, o‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin ichimliklar, aroq, osh tuzi ishlab chiqarish o‘sdi.Sanoatda bir qator ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xo‘jayli shaxrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. 1996 yilda Qungirotda “Urga” gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini gaz bilan ta’minlash darajasi 83 foizga yetdi. “Qoraqalpoqqurilish” aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jixozlarii bilan jixozlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi mramor sexi ochildi. “Nukusun” zavodida yesa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qo‘rildi.

Yengil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993 yili Nukusda “Kateks” to‘qimachilik majmuasi, 1995 yili Yellikqal’a tumanida “Elteks” to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. Nukus va Qo‘ngirot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 mln shartli banka konserva maxsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Yellikqal’a tumanida yesa shunday quvvatga yega konserva sexi foydalanishga topshirildi.1995 yilda Qo‘ng‘irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona xisoblangan yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yo‘l bilan yekologik toza va yenergiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish xam ko‘zda tutilgan. Bu zavod 600 mln dollarga qurildi. Qo‘ng‘irot-Beynov avtomobil trassasi, Navoiy-Uchquduq- Nukus temir yo‘li qo‘rildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144-ta sanoat korxonasidan 113-tasi mulkchilikning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi. Lekin ko‘p sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgoxlar, mexanizmlar) ma’naviy va jismoniy jixatdan yeskirgani sezilib koldi. Ularning yeskirish darajasi 35 foizdan yoqori yedi. Yeng avvalo yigiruv-tikuv fabrikalari, go‘sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab yetildi. Qoraqalpog‘istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Agrar sektorda xam iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o‘tish ruy berdi.1997 yil 1 yanvar xolatiga respublikada 263 qishloq xo‘jalik korxo-nasi faoliyat ko‘rsatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan maxsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil yetdi. Paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarning xissasi 97,8 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bogdorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, gusht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorako‘l teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil yetdi.Dexqonchilikda yekin maydonlarining tarkibi o‘zgardi. Galla maydonlari yekin maydonlarining 35,8