Mustaqillik yillarida muzeylar istiqbolining shart- sharoitlari
Mustaqillik yillarida muzeylar istiqbolining shart- sharoitlari Reja: 1. Muzeylarda zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi. 2.Muzey marketingi va menejmenti.
1.Muzeylarda zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi. Hozirgi zamon muzeylari madaniy-tarixiy va tabiiy ilmiy qadriyatlarni mushohada qilishga mo‘ljallangan ijtimoiy axborot institutini o‘zida namoyon etadi. Ular muzey ashyolarini axborot vositasida muhofaza qilish, to‘plash va tarqatish, jamiyatning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladigan, ixtisoslashtirilgan madaniy-ma’rifiy muassasalar hisoblanadi. Muzeylar nafaqat tabiat hamda jamiyatning noyob va xilma-xil ashyolari xazinasi, balki muhim ilmiy, ma’rifiy- tarbiyaviy markazlari hamdir. Mustaqillik yillari respublikada tarixiy ixtisoslikdagi qator muzeylar ochildi. O‘zbekiston o‘z fuqarolari, xususan yoshlarning o‘tmish tarixining ijobiy voqealari bo‘yicha bilimlarini ko‘paytirish, ularda vatanparvarlik, Ona Vatanga mehr- muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirishga katta ahamiyat bermoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, bu tabarruk tuyg‘u yo‘lchi yulduz, ishonchli kompas bo‘lib xizmat qiladi. Tarixni bilish odamni ma’nan boy, kuchli va insonparvar qiladi. «Ma’naviylik, – deb haqli ravishda ta’kidlaydi davlat rahbari, – o‘z xalqi tarixi, uning madaniyati va maqsadlarini chuqur tushunishi va bilishiga tayanganida qudratli kuchga aylanadi» 1 . Ma’lumki, so‘nggi yillarda respublika poytaxti, viloyat va tuman markazlarida tarixiy yo‘nalishdagi qator yangi muzeylar tashkil etildi, eskilari ta’mirlandi, ekspozitsiyalari tubdan yangilanib, boyitildi. Zamonaviy muzeylar mazmuni, asrlar davomida ijtimoiy axborotni to‘plash va muhofaza qilish, muzey ashyolari vositasida bilim, an’ana, tasavvur va hissiyotlarni o‘zlashtirish va yangi avlodga uzatish muammolari e’tiborni o‘ziga jalb etmoqda. Ilmiy-nazariy jihatdan hozirgi vaqtda muzeyshunoslikning o‘zi, bu noyob moddiy va ma’naviy manbalarni yaratish vazifalarini aniq tasavvur etish uchun uni baholay olish va tushunish, muzey ishi muammolarining ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Fanshunoslikka oid nazariy masala, atama, tushuncha va tamoyillar 1 Жабборов И.М. Раҳимова Д. Замонавий музейшуносликнинг долзарб муаммолари // Мозийдан садо. – Тошкент, 2003. - №1. – Б. 2.
yechimsiz qolaveradi. Ularning yaratilishi esa keng qamrovli va chuqur ilmiy tadqiqotlarga, rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasiga asoslanmog‘i lozim. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilinsa, respublikada muzeyshunoslik fanining zamonaviy holatini talab darajasida deb bo‘lmaydi. Muzeyshunoslikning muzey ashyolarini to‘plash, ularni tizimlashtirish, jamg‘armalarni boyitish, ashyo- buyumlarni ta’mirlash, konservatsiya uslublarini yaratish masalalaridan tortib, muzey ekspozitsiyalari eksponatlari, ularni bezash va namoyish etish usullari sifatidagi tarixiy ashyolarni o‘rganishgacha bo‘lgan muammolar kompleksini tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi predmetning o‘zini uslubiy va nazariy jihatdan ishlab chiqish, ayniqsa oqsamoqda. Jamiyat rivojining zamonaviy bosqichdagi ma’naviy ehtiyojlaridan kelib chiqib, muammoning gnesologik jihatlari va amaliy vazifa hamda maqsadlarini asoslash, tabiiyki, birinchi darajada qonuniyatlarini aniqlash, estetik did mezonlarini hisobga olib ekspozitsiyalarni yaratish va namoyish etish chog‘ida tarixiy ashyo, hujjatlarning muayyan guruhlarini tanlashda yaqqol tasavvur etilishi lozim 2 . Shuni ta’kidlash lozimki, muzey ashyosi asliyat, ya’ni jamiyat yoki inson faoliyatining muzey mohiyatiga javob beruvchi bevosita natijasi, yakuni deb qaralishi shart. Bu ko‘proq muhim ahamiyatga molik hujjat yoki ashyolar namoyish etiladigan tarixiy muzeylarga taalluqlidir. Xususan, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi eksponatlarida ibtidoiy jamoa davridan tortib, hozirgi kungacha bo‘lgan noyob hujjatli ashyolar asliyatda, juda bo‘lmaganda ularning nusxalari qo‘yilgan. 1876 yil bunyod etilgan Toshkent xalq muzeyi negizida yaratilgan ushbu muzeyning ulkan jamg‘armasi mavjud bo‘lib, unda keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Muzeylardagi ilmiy tadqiqotlar natijalari kolleksiya, ekspozitsiyalarni konservatsiyalash, ta’mirlash, saqlash, muhofaza qilish, tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, muzey faoliyatining boshqa turlari darajasini aniqlaydi. Respublika tarixiy muzeylarida saqlanayotgan eng boy jamg‘arma to‘plamlari: arxeologiya, etnografiya, numizmatika, moddiy va ma’naviy 2 Жабборов И.М. Раҳимова Д. Замонавий музейшуносликнинг долзарб муаммолари // Мозийдан садо. – Тошкент, 2003. – №1. – Б. 2.
madaniyat tarixi, harbiy tarix, geraldika, epigrafika kabi fanlardagi tadqiqotlar uchun ulkan baza hisoblanadi. Zero, tarixiy muzeylardagi ilmiy tadqiqot faoliyati badiiy va axloqiy qiymatga ega yangi tarixiy ma’lumotlar olish manbai sifatida muzey ashyolarini o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Muzeylarning yana bir muhim jihati, ularning yirik tarixiy shaxslar yoki voqea-hodisalarni o‘rganish uchun barcha ma’lumotlar mavjud bo‘lgan yagona yoki asosiy markaz ekanligidir. Ularni o‘rganish ulkan ilmiy va g‘oyaviy- tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Muzey materiallarini monografiya, ilmiy asarlar tarzida va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etish xalqimizning tarixiy ongini boyitishga, ularda faxr va vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalashda yordam beradi. Afsuski, bugungi kunda bu sohadagi ishlarni talab darajasida deb bo‘lmaydi. Fan va texnika taraqqiyoti ilg‘or yutuqlarining boshqa sohalar qatori muzey ishiga ham kirib kelishi tabiiy hol bo‘libgina qolmasdan, hayotiy zaruriyat hamdir. Xususan, 1990 yillarda kompyuterlardan muzeyshunoslikda foydalanish, soha ma’lumot tizimini shakllantirish axborotni to‘laqonli yetkazish imkoniyatlarini kengaytirdi. Muzey muassasalari yagona tarmog‘ining yaratilishi muzey fondlarini hujjatlashtirishda ko‘pgina qulayliklarni tug‘dirdi. Jumladan, eksponatlarning tasviri raqamli fotokamera orqali bevosita kompyuterga kiritilmoqda. Ularning tahlili va boshqa ma’lumotlar ilova qilinib, ehtiyoj tug‘ilganida mutaxassislar tomonidan qo‘shimcha va tuzatishlar kiritiladi. Bu tadbir muzey ishida doimiy harakatda bo‘lgan katalog va kartotekaning sifatini keskin yaxshilashni ta’minlaydi 3 . Internet tarmog‘ining joriy tizimi esa mazkur jarayonni xalqaro miqyosda faollashtirib yubordi. Endilikda undagi «Muzeylar», «Madaniyat» bo‘limlariga kirib, dunyoning xohlagan muzeyini «tomosha» qilish, muzeylar haqida umumiy ma’lumotlardan tashqari fond eksponati, yangilik, maxsus tadbir va ilmiy anjumanlar haqida, sohaning mutaxassis xodimlari manzili, ularning elektron pochtalari va boshqa umumiy ma’lumotlarni olish mumkin. Internet tarmog‘ida 3 Фатхуллаев Р. Музей ишида замонавий ахборот технологияси // Мозийдан садо. – Тошкент, 2002. - № 2. – Б. 8-9.
ikki yarim milliondan ortiq muzey eksponatining suratlari aks ettirilgan kartoteka tizimi mavjud. O‘zbekiston muzeylari ham Internetda o‘zlarining saytlarini yaratmoqda. Jumladan, Buxoro davlat me’moriy-badiiy muzey qo‘riqxonasida muzey xodimlarini shaxsiy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash masalasi hal etilmoqda. Muzeylar Internet tarmog‘iga ulanish, sayt yaratish va ma’lumotlar bazasini barpo etish ustida ma’lum ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ilk qadam sifatida muzey fondidagi qo‘lyozmalar to‘plamini elektron lazer diskiga ko‘chirish ishlari boshlab yuborildi. Lekin amalda respublika muzeylarida bu ishlar ancha sust bormoqda. Ma’lumki, muzeylarning asosiy vazifasi ashyolarni to‘plash, saqlash va namoyish etishdan iborat. Bugungi kunda muzeylar zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘z eksponatlarining saqlanishini ta’minlashlari mumkin. Zero, aniq hisobga olish muzey boyliklarini ishonchli saqlash va ularga egalik qilish huquqini kafolatlaydi. Bugungi kunda tarixchi, san’atshunos, muzeyshunos, tadqiqotchilar muzey boyliklarini keng qamrovli ilmiy tadqiq etishda ayrim muammolarga duch kelmoqdalar. Avvalo yirik muzeylarda joriy etilgan tartib-qoidalar chetdan kelgan mutaxassislar va muzey ma’muriyati orasida kelishmovchiliklarga olib kelmoqda. Muammoning negizi pullik xizmat turini taklif etishdan iborat bo‘lmoqda. Fikrimizcha, respublikaning ilmiy muassasalari xodimlariga madaniy boyliklarni o‘rganishlari uchun sharoit yaratilishi lozim. Sababi, ularga bu xildagi tadqiqotlari uchun davlat byudjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratilmaydi. Qolaversa, bunday tadqiqotlar O‘zbekistonning ilmiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotini, muzeylar manfaatini ko‘zlab amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, O‘zbekistondagi muzeylar fondining 70 foizi o‘zining fundamental tadqiqotini kutib yotibdi. Kutubxonalarda mavjud nashr etilgan asarlar esa ularning 10 foizini yoritadi, xolos. Bugungi kunda dunyodagi deyarli barcha nufuzli muzeylar Internet tarmog‘i orqali uzluksiz chiqishlar qilib, o‘z saytlarini muntazam yangi axborotlar bilan to‘ldirib bormoqda. Faqat Rossiya amaliyotini kuzatadigan bo‘lsak, u yerda