logo

KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

44.388671875 KB
KICHIK   MAKTAB     YOSHI     DAVRIDA   PSIXIK     RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI
Reja:
Kichik maktab  yoshi  davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi. 
Kichik maktab yoshidagi  bolaning maktabga moslashishi muammosi. 
Kichik   maktab     yoshi   davrida   kognitiv   -   affektiv   sohalardagi   rivojlanish
xususiyatlari. 
    L.S.Slavina   tadqiqotiga   ko’ra,   boshlang’ich   sinflarda   bilish   faoliyati   yetarli
darajada   shakllanib   bo’lmagan,   aqliy   jihatdan   nomustaqil   o’quvchilar   mavjuddir.
Olimaning   fikricha,   o’qish   va   o’yin   faoliyatlarida   ularni   fikr   va   mulohaza
yuritishga o’rgata borish natijasida muvaqqat turg’unlikning oldini olish mumkin.
Birinchi   sinf   o’quvchisida   o’qish   faoliyatining   dastlabki   natijalari   uning   boshqa
materillarni   egallash   sari   yetaklaydi.   Uning   o’qish   faoliyatidagi   birinchi   mehnat
faoliyati  mahsuli  shodlik, quvonch va amaliy (lazzatlanish)  his-tuyg’usini  keltirib
chiqaradi.   Hatto   ayrim   o’quvchilar   u   yoki   bu   obyektni,   mavzuni   bir   necha
marotaba o’qishni ham yoqtiradilar. O’qish faoliyatiga nisbatan qiziqish, moyillik
keyinchalik   predmetning   mazmuniga   qiziqishni   vujudga   keltiradi,   balkim   bilim
olish ehtiyojini tug’diradi, qolaversa unda o’qish motivlarini tarkib toptiradi.
Ta’lim   mazmuniga,   bilimni   egallashga   qiziqish   o’quvchining   o’z   aqliy   mehnati
natijasidan   qanoatlanish   hissi   bilan   uzviy   aloqadordir.   Ushbu   his   o’qituvchining
rag’batlantirishi   orqali   namoyon   bo’ladi,   yanada   samaraliroq   ishlash   mayli,
xohishi,   istagi,   ishtiyoqi   o’quvchida   shakllanadi.   O’quvchida   paydo   bo’layotgan
faxrlanish,   o’z   kuchiga   ishonch   hislari   bilimlarni   o’zlashtirish   va   malakalarni
mustahkamlash ishiga xizmat qiladi. Shuning uchun rag’batlantirish (jazolash) o’z
me’yorida   bo’lgan   taqdirdagina   uning   tarbiyaviy   qiymati   hamda   ta’sirchanligi
ortadi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar faoliyatini baholash uning o’qishga nisbatan
ijobiy munosabatini tarkib toptiradi. Maktab amaliyotida ko’pincha bolani og’zaki
baholash   odat   tusiga   kirib   qolgan,   chunki   birinchi   sinf   o’quvchisi   ana   shu   baho
taassurotida   o’z   faoliyatini   faollashtiradi.   Ijodiy   izlanishga   harakat   qiladi.   Hatto
o’quvchi dastlabki davrda "yaxshi" yoki "yomon" bahoning farqiga ham bormaydi,
ko’proq   uni   nechta   baho   olganligi   qiziqtiradi,   xolos.   Bu   yoshda   bola   bahoning
mohiyatini tushunib yetmasa-da, lekin o’qituvchining rag’batlantirishi uning uchun
muhim rol o’ynaydi.
Yirik   pedagog   va   psixolog   olimlar   B.A.Suxomlinskiy,   Sh.A.Amo-nashvili   va
ularning   shogirdlari   kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchilarni   baholash   salbiy
oqibatlarga   olib   kelish   nuqtai   nazarini   yoqlaganlar.   Ma’lumki,   faqat   baho   uchun
o’qish   bilimning   ijtimoiy   ahamiyatini   pasaytirishga   olib   keladi.   Lekin   bilimni
tekshirishni   boshqa  usul   va vositalarini   qo’llash   (masalan:  reyting, shkala,   ballar)
hozirgi   kunning   asosiy   vazifalaridan   biridir.   Chunki   baholashning   bola   kamoloti
uchun ahamiyatini qat’iy ravishda inkor qilish ham oqilona vosita emas, modomiki
shunday   ekan,   baholashdan   maslahat,   yo’llanma,   tavsiya,   ko’rsatma   sifatida
foydalanish ijobiy omil vazifasini bajara oladi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning muhim xususiyatlaridan yana bittasi - bu
o’qituvchi   shaxsiga   nisbatan   ishonch   hissi   va   yuksak   obro’   tuyg’usining
mavjudligi. Shuning uchun o’qituvchi  bolaga tarbiyaviy, ta’limiy ta’sir  ko’rsatish imkoniyati shunday kattaki, uning siymosida aql idrokli, tiyrak, sezgir, mehribon,
hatto   donishmand   inson   gavdalanadi.   O’qituvchi   siymosida   o’quvchilar   ezgu
niyati,   orzu   istagi,   istiqboli,   ajoyib   va   g’aroyib   his-tuyg’ularini   ro’yobga
chiqaruvchi   kamolot   cho’qqisidagi   shaxsni   tasavvur   qiladilar.   O’qituvchining
obro’si   oldida   ota-onalar,   oilaning   boshqa   a’zolari,   qarindosh-urug’lari,   tanish
bilishlarining   nufuzi   keskin   pasayadi.   Go’yoki,   borliqning   absolyutligi,   haqiqat
o’lchamining   namunasi,   zakovatning   yuksak   chuqqisi,   odob   nazokatning   avval
boshi   o’qituvchida   o’z   ifodasini   topgandir.   Ana   shu   sababdan   ular   o’qituvchi
xulqini   muhokama   qilishga   yo’l   qo’ymaydilar,   uning   har   bir   so’zini   qonun
tariqasida   qabul   qiladilar   va   bu   yo’lda   o’zlarini   haq   deb   hisoblaydilar.
O’quvchining   psixik   jihatdan   taraqqiy   qilishi   oqibatida   o’qituvchining
mutlaqligiga   munosabati   biroz   o’zgaradi,   buning   asosiy   sababi   unda   ongli   xatti-
harakat   ehtiyojining   tug’ilishi   hisoblanadi.   O’quvchida   turmush   va   borliqqa
nisbatan   bir   talay   muammolar,   savollar   vujudga   keladi,   hamma   narsa   hayotda   u
o’ylaganday emasligiga ishonch hosil qiladi va undan qanoatlanadi, shubhalanish,
ikkilanish   hislari   paydo   bo’ladi.   Bu   muammolarga   o’zi   mustaqil   javob   topishga
intiladi, natijada savol bilan boshqa odamlarga murojaat qilishga qaror qiladi.
Ta’lim   jarayonida   o’qituvchi   obro’sidan   oqilona   foydalanib,   o’quvchida
uyushqoqlik,   mehnatsevarlik,   o’qishga   nisbatan   ijobiy   munosabat,   diqqatni
boshqarish,   xulqni   idora   qilish,   o’z-o’zini   qo’lga   olish,   o’z-o’ziga   tasalli   berish
fazilatlarini   shakllantirish   va   intilish,   faollik   tuyg’ularini   vujudga   keltirish   ta’lim
jarayonida   yuqori   samara   beradi.   Pedagogik   odob   (takt)   nazorat   nuqtai   nazaridan
o’qituvchi obro’sini o’quvchilar davrasida to’kish yoki shaxsiyatiga tegish, mazax
qilish mutlaqo mumkin emas.
Odatda   o’quvchilar   o’rtasida   obro’   orttirish   uchun   bir   nechta   tarkibiy   qismlarini
yaxlit bir timsol sifatida, mujassamlashtirish maqsadga muvofiqdir: a) o’qituvchida
kasbiy qobiliyatlarining mavjudligi; b) uning dilkashligi va boshqa xislatlarga ega
bo’lishligi;   v)   o’quv   predmetlarining   chuqur   egallaganligi;   g)   o’qituvchi   bilim
saviyasining   chuqurligi   va   ko’lamining   kengligi;   d)   o’qituvchining   vijdonligi,
adolatgo’ylik   fazilatlari,   uning   statusi   va   rolining   maqsadga   muvofiq   ravishda
turmush   jabhalarida   namoyon   bo’lishi,   obro’sini   yanada   yuksaltiradi.   Chunki,
soxta   obro’   orttirish   sun’iylikni   keltirib   chiqaradi.   Bunga   ta’lim   jarayonida   yo’l
qo’yish qator nuqsonlarni yuzaga keltiradi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkuri xususiyatlari
O’quvchi tevarak-atrofdagi voqyelikning belgi, alomati va xususiyatlarini, ularning
xossalarini,   qonuniyatlarini   va   o’zaro   bog’lanishlarini   bilish   faoliyatida   hamda
ta’lim   jarayonida   tushuna   boradi,   fikr   yuritish   faoliyatida   esa   ham   miqdor,   ham
sifat o’zgarishi yuzaga keladi. Kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchilar   tafakkurining   rivojlanishini   yirik   psixolog
L.S.Vigotskiy   tushunchalarning   shakllanishi   hamda   nutqning   o’sishi   bilan   uzviy
bog’liq   holda   o’rgangan.   Shuning   uchun   u   ajnabiy   psixologlarning   (birinchi
navbatda   J.Piajening   egosentrik   konsepsiyasini   qattiq   tanqid   qilib,   tafakkurni
genetik   metod   yordamida   o’rganishni   tavsiya   qiladi.   L.S.Bigotskiy   psixologiya
faniga   inson   kamolotining   "Eng   yaqin   taraqqiyot   zonasi"   va   "aktual   faoliyat
zonasi" deb nomlangan tushunchalarni olib kiradi. Uning birinchisi o’qituvchining
bevosita   rahbarligida   oshirilsa,   ikkinchisi   o’quvchining   mustaqil   faoliyatida
namoyon bo’ladi.
P.P.Blonskiy   mazkur   yoshdagi   o’quvchilar   tafakkurining   o’sishiga   xotiraning
taraqqiyotini,   tafakkurning   ta’sir   etishini   genetik   metod   yordamida   ochib   beradi.
Ayniqsa,   tafakkurning   "intizomlilik"   sifatining   namoyon   bo’lishini   inson
tomonidan   tafakkurni   boshqarish   va   nazorat   qilish   faoliyatidan   aniqlash
mumkinligini   P.P.Blonskiy   alohida   ta’kidlaydi.   N.A.Menchinskaya   tafakkur
muammosini   chuqur   o’rganib,   uning   taraqqiyot   ko’rsatgichlarini   quyidagi
jihatlarini o’rganishda ko’radi:
1) bilimlarni o’zlashtirishning tezligi,
2) fikr yuritish jarayonining epchilligi,
3) tafakkurning mavhum hamda yaqqol jihatlarining o’zaro aloqasi va nihoyat,
4) analitik-sintetik faoliyatning turli darajalari kabilar. Muallif tafakkur taraqqiyoti
belgilari   sifatida   o’quvchilarda   bilimlar   fondining   ortishi,   aqliy   faoliyat
usullarining egallanishi hamda ta’lim jarayonida ularda uquvchanlik qobiliyatining
paydo   bo’lishini   sanab   o’tadi.   Bu   narsalarning   barchasi   kichik   maktab   yoshidagi
o’zlashtirishi   past   o’quvchilarida   tajribadan   o’tkaziladi   hamda   ularning   muayyan
mezonga asoslanib guruhlarga ajratadi. 
Ukrain   psixologi   G.S.Kostyuk   tafakkurning   rivojlanishini   o’quvchilar   tomonidan
o’zlashtirib   olingan   materiallarning   mazmunidan,   sinaluvchilarning   o’quv
faoliyatini,   topshiriqlarning   bajarish   shakllari   sifat   jihatdan   o’zgarib   borishini
e’tiborga   olishda   ko’radi.   A.ALyublinskaya   boshlang’ich   sinf   o’quvchilarining
tafakkuri   to’g’risidagi   ma’lumotlarida   ularda   mazkur   jarayonning   rivoji   ko’p
jihatdan analitik-sintetik faoliyatiga bog’liq ekanligi ko’rsatib o’tiladi. Bu faoliyat
birlamchi sintez va analiz, ikkilamchi sintez hamda yaqqol harakat analiz va sintez
kabi   tarkiblardan   iborat   ekanligini   ta’kidlaydi.   Bundan   u   yosh   davrda   yaqqol-
harakat,   yaqqol   obrazli   va   so’z-mantiq   yoki   nazariy   tafakkur   bosqichlarini   bosib
o’tish to’g’risida mulohaza yuritiladi. 
Taniqli   psixolog   L.V.Zankov   kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchilar   tafakkurini
o’stirish   maqsadida   o’zining   ta’limiy   tizimini   ishlab   chiqadi.   Bu   ta’lim   tizimi
ushbu o’qitish tamoyillariga asoslanadi: 1) ta’lim jarayonini yuqori darajadagi murakkab vaziyat asosida uyushtirish,
2)   ta’lim   jarayonida   o’quvchilarga   berilishi   nazarda   tutilgan   bilimlarning   nazariy
salmog’ini maksimal darajada ko’paytirish:
3)   mustaqillik,   o’z-o’zini   nazorat   qilish   faoliyatini   rejalashtirish   singari   faoliyatni
boshqarish usullarini o’quvchilarda tarkib toptirish.
Bunday   ta’lim   tizimida   o’quvchilar   chuqur   va   mazmundor   bilim   olish   bilan
cheklanib   qolish,   balki   ularniig   aqliy   faolligi   ortib,   mavhum   (abstrakt)   tafakkuri
rivojlangan, aqlan o’sgan, o’qishga nisbatan ijobiy munosabati  vujudga kelgan va
hokazo.
O’quvchi   maktabga   kelgan   kunidan   e’tiboran   ta’lim   jarayonida   unda   ilmiy
tushunchalar   va   tasavvurlar   miqdori   soat   sayin   orta   boradi,   u   asta-sekin
o’zlashtirayotgan   tushuncha   va   tasavvurlarning   asl   ma’nosi,   mohiyatiga   tushuna
boshlaydi.   Umuman,   o’quvchida   fikr   yuritish   doirasi,   ko’lami   va   mazmuni
kengaya   boradi.   Ta’lim   jarayonida   o’quvchilar   bilimlar   tizimini,   o’quv
ko’nikmalari   va   malakalarini   egallash   orqali   o’zlarining   bilim   ko’lamini
kengaytiradilar,   shuning   bilan   birga   ilmiy   tushunchalarning   tub   ma’nosi   ular
ongiga singa boradi. Bu ishlarning hammasini  izchillik bilan, ketma-ket, bir  tekis
amalga   oshirish   uchun   o’quvchilar   ma’lum   darajada   bilimlar   va   ko’nikmalarni
egallagan,   qolaversa   tafakkur   shakllari   va   mantiqiy   fikr   yuritish   qoidalarini
o’zlashtirib   olgan   bo’lishlari   kerak.   Ammo   maktab   ostonasiga   endigina   qadam
qo’ygan   bolaning   bu   narsalardan   talabga   javob   beradigan   darajada   xabari
bo’lmaydi.   Ular   bu   narsalarning   barchasiga   o’qish   jarayonida   bevosita   o’qituvchi
rahbarligi ostida erisha boshlaydilar. Jumladan, o’qituvchi izohli o’qish darslarida
o’quvchilarga   uy   hayvonlari   yoki   yovvoyi   hayvonlar,   jonivorlar,   yirtqichlar   va
zararkunandalar,   hasharotlar,   foydali   qushlar,   yil   fasllari,   o’quv   qurollari,   uy
jihozlari,   mebellar,   sport   anjomlari   haqida   so’zlab   berar   ekan,   ularning   muhim
xususiyatlari,   alomatlari,  belgilari,  xossalari   va   o’zaro  bog’lanishlarini   tahlil   qilib
beradi.   Bundan   tashqari,   ularning   o’xshashlik,   umumiylik   belgilarini   va
tafovutlarini   o’quvchilarga   aniqlab   ko’rsatadi.   Bu   surunkali   olib   boriladigan
ta’limiy   jarayon   natijasida   tafakkur   mahsuli   sifatida   o’quvchilarda   uy  hayvonlari,
yovvoyi   hayvonlar,   o’quv   qurollari   mebel   va   boshqa   tushunchalar   tarkib
toptiriladi. Ular bulardan tashqari, yil fasllari, hasharotlar, o’simlik, bargli daraxtlar
kabi   qator   tushunchalarni   o’zlashtiradilar,   ularning   mohiyatiga   to’laroq   tushunib
yetadilar.   O’quvchilarga   borgan   sari   yangidan-yangi   masalalar,   topshiriqlar   va
vazifalar yuklatilib, ularning barchasini mantiqan hal qilish, fikr yuritish vositalari
yordamida   oqilona   yechish   talab   qilinadi.   Bolalar   ona   tili   darslarida   grammatik
kategoriyalarga amal qilib, ot so’z turkumining turlashi, ularni guruhlarga ajratishi,
klassifikasiya   qilishi   lozim.   Yuqoridagi   fikrlar   sifat,   son,   fe’l   singari   grammatik
kategoriyalarga   taalluqlidir.   O’quvchilar   matematika   darslarida   bo’linuvchi,
bo’luvchi,   bo’linma,   ko’payuvchi,   ko’paytiruvchi,   ayirma,   yig’indi,   tenglik, tenglama,   katta   va   kichiklik   belgilari   to’g’risida   tushunchalar   bilan   tanishadilar.
Ularning   bu   tushunchalarni   bir-biridan   farq   qilishlari   esa   navbatdagi   kamolotga
daxldor vazifa hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ilmiy tushunchalarni to’g’ri tarkib toptirish
uchun   o’qituvchi   bola   tafakkurining   rivojlanishi   xususiyatlarini,   uning
qonuniyatlarini   puxta   anglab   olgan   bo’lishi   kerak.   Fikr   yuritish   operasiyalarining
psixologik   asoslari   va   mexanizmlarini   bilmasdan   turib,   u   bularni   o’quvchilar
ongiga singdira olishi mumkin emas.
Tushunchalarni   shakllantirishning   asosiy   manbalaridan   biri   ularni
umumlashtirishdir.   Umumlashtirish   operasiyasining   muhim   sharti   narsa   va
hodisalar   o’rtasidagi   umumiylik,   o’xshashlik,   o’ziga  xos   xususiyat,   bog’lanish   va
o’zaro   munosabatlarning   muhim   belgilarini   topishdir.   Borliqdagi   narsa   va
hodisalarning muhim belgilari bo’yicha umumlashtirishdan oldin, o’sha voqyelikni
ko’zga   yaqqol   tashlanib   turgan   tashqi   belgilari   bo’yicha   umumlashtirishni   bilishi
kerak.   Buni   hissiy   bilish   orqali   yaqqol   umumlashtirish   deyiladi.   Bu   davrga   kelib
narsa   va   hodisalarning   tashqi   belgisi,   asosan   umumlashtirish   o’quvchi   bilimi
qobig’iga   sig’may   qoladi.   Endigi   navbat   o’qitish   jarayonida   ularning   bilim
saviyalariga   mos   keladigan   umumlashtirishni   yuqoriroq   darajaga   ko’chirishni
taqozo etadi.
O’quvchilarning   umumlashtirish   faoliyati   o’qitishning   turli   bosqichlarida  u   sodda
bo’lib,   faqat   o’xshashlik   belgisi   asosiga   qurilgan   bo’ladi.   Keyinroq   narsa   va
hodisalarning   tashqi   sifati   hamda   xususiyatiga   taalluqli   belgilarni,   guruhlarni
ajratishga,   klassifikasiya   qilishga   suyanadi.   Boshlang’ich   maktabning   oxirida,
o’quvchilar   narsa   va   hodisalarning   xossalari,   qonuniyatlari,   ularning   ichki
murakkab   bog’lanishlari   va   munosabatlarining   muhim   belgisiga   asoslanib
umumlashtirishga ko’chadilar.
Birinchi   va   ikkinchi   sinf   o’quvchilari   buyumlarning   o’ziga   beixtiyor   tortuvchi
tashqi   belgilariga   tayanib   fikr   yuritishni   amalga   oshiradilar:   o’quvchi   quyosh,
momoqaldiroq, sigir, avtomobil, qush va  boshqa narsalar  to’g’risida  fikr  yuritishi
davomida   "quyosh   yoritadi,   isitadi...",   "momoqaldiroq   guldiraydi,   chaqmoq
chaqnaydi",   "qush   sayraydi",   deb   mulohaza   yuritadi.   Ularning   har   turli   "sigir   sut
beradi",   "avtomobil   yuk   tashiydi",   "qushlar   uchishadi"   to’g’risidagi
muhokamalarida   dastavval   buyumlarning   xilma-xil   harakatlari   va   ularga   nisbatan
berilgan harakatlar vujudga keladi.
Birinchi   va   ikkinchi   sinf   o’quvchilari   jism   va   predmetlarning   muhim   ichki
belgilarini   bevosita   aniqlash   kezida   qiyinchiliklarga   duch   keladilar.   Chunki,   ular
muhim   bo’lmagan   (nomuhim),   umumiy   xususiy,   yagona   singari   termin   xamda
tushunchalarni   anglab   yetmaydilar.   Bilish   jarayoni   ko’pincha   tashqi   belgilarga,
yaqqol   alomatlarga   qaratilgan   bo’ladi.   Ana   shuning   uchun   kichik   maktab o’quvchilari oldida murakkab vaziyat yuzaga kelib turadi. Unday holatdan chiqish
uchun ularning aqliy imkoniyatlari, turmush tajribalari yetishmaydi.
Gruzin   psixologi   R.G.Natadze   tadqiqotlarining   ko’rsatishiga   qaraganda,   kichik
maktab yoshidagi  o’quvchilar kit va delfinni  baliq deb hisoblaganlar, keyinchalik
esa   kitning   havo   bilan   nafas   olishi;   sut   emizuvchi   hayvon   ekanligi   atroflicha
tushuntirilgandan   so’ng   ham   o’z   shaxsiy   fikrini   to’la-to’kis   o’zgartirmaganlar,
ya’ni   sinaluvchilarning   ko’pchiligi   eksperimentator   fikriga   ishonqiramay
qaraganlaricha qolganlar. Bu yaqqol omil yana bir marotaba mazkur yosh davrdagi
bolalarda   umumlashtirish   jarayoni   ko’zga   yaqqol   tashlanib   turuvchi   tashqi
belgilarning   kuchli   iskanjasi   ostida   sodir   bo’lishini   tasdiqlab   turibdi.   Matematika
yuzasidan   topshiriqlarni   bajarish   kezida   ham   ularda   ana   shunday   unsurlar   yoki
noto’g’ri umumlashtirish holati uchrashini kuzatish mumkin.
Shvesariyalik   psixolog   Jan   Piajening   ko’p   yillik   tajribalarining   dalolat   berishiga
qaraganda,   ushbu   yoshdagi   o’quvchilar   narsalarning   o’zgarishsiz   qoladigan   ba’zi
belgilarining doimiyligini darrov anglab ololmaydilar. Jumladan, agar hamirdan bir
xil   ikkita   zuvala   qilinib,   so’ngra   ularning   biridan   kulcha   yasalsa,   7-8   yoshli
o’quvchilar   hamirning   miqdori   bir   xilda   bo’lmay   qoladi,   deb   hisoblaydilar,   hajm
o’zgargani   uchun   zuvalaning   og’irligi   o’zgaradi,   deb   xulosa   chiqaradilar.
J.Piajening mulohazasiga binoan, bu holat bola tafakkurining birdan-bir eng asosiy
o’ziga xos xususiyatidir.
Xuddi   shu   tadqiqotchining   boshqa   tajribalarida   ko’rsatishicha,   o’quvchilar   turli
belgilar ustida ishlaganlarida o’zgarmas (doimiy) tushunchasini bir vaqtnish o’zida
egallab   olmas   ekanlar.   Bolalar   narsalar   sonining   o’zgarmas   tushunchasini   9-10
yoshda,   hajmning   o’uzgarmasligini   esa   faqat   11-12   yoshda   tushunib   yetadilar.
Lekin   XX   asr   oxiri   XXI   asr   psixologlarining   ilmiy   tekshirishlariga   ko’ra,   J.Piaje
olgan natijalar hozirgi davr talabiga javob bera olmaydi.
O’quvchilar   uchinchi   sinfga   o’tganlaridan   keyin   o’zlarining   umumlashtirish,
klassifikasiyalash   faoliyatlarida   moddiy   dunyodagi   voqyelik   o’rtasidagi   eng
muhim munosabat, uzviy zaruriyat va bog’lanishlarini aks ettirishga qodir bo’lgan
ichki, murakkab belgilarga tayanib ish tutadilar. Jumladan, ular so’z, havo, metall
va   boshqa   jismlarning   issiqdan   kengayishi   va   sovuqdan   torayishi   xususiyatining
muhim   ahamiyatlari   va   jihatlariga   asoslanib   umumlashtira   oladilar.   Bundan
tashqari,   o’simliklarning   hayot   kechirishi,   rivojlanishi   va   ko’payishi,   shuningdek,
voyaga yetishi kabi umumiy belgilarga suyangan holda "jonli tabiat" tushunchasini
umumlashtiradilar.
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarining   fikr   yuritishlarini   qiyoslash   uchun   ularning
mulohazalaridan misollar keltiramiz: "Shaftoli daraxti issiq iqlimli joylarda o’sadi"
(1sinf   o’quvchisi),   "Paxta   dalada   o’sa di,   uni   dehqonlar,   jamoa   xo’jaligi   a’zolari
yetishtiradilar,   terib   oladilar,   so’ng   undan   kiyim-kechak   tayyorlaydilar"   (2   sinf o’quvchisi),   "Qarag’ay   igna   bargli   daraxt   hisoblanib,   o’rmonlarda   o’sadi,
qarag’aylarda   bujurlar   mavjud.   Qaragay   o’rmonlarida   olmaxonlar   yashaydilar.
Olmaxonlar   bujurlarni   chaqib   ichidagi   mevasini   yeydilar.   Qishda   ko’m-ko’k
turadi" (3 sinf o’quvchisi).
O’quvchilarning yuqoridagi mulohazalaridan ko’rinib turibdiki, jonli predmetlarga
nisbatan  bildirilgan  alomatlarda aniqlik  yetishmaydi.  Muhim  belgilar   miqdori  esa
haddan   tashqari   kam.   Ular   o’simliklarga   tavsif   berganlarida,   daraxtlarshng   qaysi
turga   oidligi,   qanday   zonalarda   o’sishi,   inson   hamda   hayvonot   olami   uchun
qanchalik   foyda   keltirishini   ta’kidlab   o’tadilar,   xolos.   Ammo   birinchi   darajali
xususiyatlar,   ichki   bog’lanishlar,   qonuniyatlar   va   xossalar   ahamiyatiga   e’tibor
berilmaydi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ta’lim jarayonida qator ilmiy tushunchalarni
o’zlashtirib   olsalar-da,   lekin   o’tgan   darslarda   o’zlashtirilgan   turli   belgilarni
qorishtirib,   chalkashtirib   yuboradilar.   Chunki,   bu   yoshdagi   o’quvchilarda
tushunchalar   tarkibiga   kiruvchi   narsa   va   hodisalar   bilan,   ularning   belgi   hamda
alomatlari   o’rtasida   uzviy   bog’lanish   tarkib   topmagan   bo’ladi.   Shuningdek,   ular
ilmiy   tushuncha   bilan   turmushda   iste’mol   qilinadigan   noilmiy   (mahalliy)
tushunchalar o’rtasidagi o’xshashlik va farqni to’la ajratib ololmaydilar.
I-IV   sinf   o’quvchilari   tushunchalarni   yuqori   darajada   o’zlashtirishga   erishishlari
uchun   birinchidan,   keng   ko’lamdagi   bilimlar   doirasiga   asoslanib,   voqyelikning
umumiy,   muhim   va   xususiy   belgilarini   ajrata   bilishlari,   ikkinchidan,   ana   shu
belgilar   o’rtasidagi   ma’lum   munosabatlarni,   bog’lanishlarni   aniqlay   olishlari,
uchinchidan, sodda tarzda bo’lsa ham hukm va xulosa chiqarishlari, to’rtinchidan,
ularning operasional hamda funksional tomonlarini ajratishlari shart.
Ko’pgina tushunchalar, jumladan, baland-past, uzoq-yaqin, kam-ko’p, katta-kichik,
yo’g’on-ingichka   va   boshqalar   dastavval   voqyelikdagi   narsa   va   hodisalar
o’rtasidagi   fazoviy   munosabatlarini   bevosita   idrok   qilish   asosida   o’zlashtiradilar.
Keyinroq   esa   umumlashtirish   jarayonida   son   tushunchasida   ifodalangan
bilimlarning miqdor munosabatlariga asoslana boshlaydi.
Biroq kichik maktab yoshidagi o’quvchilari uchun fazoviy munosabatlari haqidagi
tushunchalarni   o’zlashtirish   juda   qiyindir.   Birinchi   va   ikkinchi   sinf   o’quvchilari
uzunlik   o’lchov   birligini   o’zlashtirishda   qiynaladilar,   chunki,   ular   uzunlik
o’lchovining   asosiy   belgisi,   uning   uzunligini   ajratishni   bilmaydilar.   Bu   yoshdagi
o’quvchilar   "metr"   tushunchasini   buyum   shakli   bilan   bir   deb   hisoblaydilar.
Boshqacha   so’z   bilan   aytganda,   metr   deganda   abstrakt   (mavhum)   tushunchani
emas,   balki   uning   yaqqol   (konkret)   ko’rinishi   (yog’och   metr,   buklanadigan   metr,
materialdan   qilingan   metr   va   boshqalarni)   nazarda   tutadilar.   Tushunchalarning
kelib chiqishi ularni deyarli qiziqtirmaydi. O’quvchi   uchinchi   sinfga   o’tgandan   keyin   murakkab   fazoviy   munosabatlarni
anglay   boshlaydi.   Chunki,   ta’lim   jarayonida   ularning   fazo   to’g’risidagi
tushunchalari   kundan-kunga   reja,   masshtab,   chizma-yoyma   va   shartli   belgilar
haqidagi bilimlar bilan ko’paya boradi.
Kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchi   I-II   sinfda   "vaqt"   tushunchasi   bilan   tanishadi,
lekin   u   kundalik   turmush   tajribasi   doirasidan   tashqari   chiqmaydi.   III-IV   sinf
o’quvchilarida esa tarixiy mavzuga oid kitoblar o’qish tufayli "soat" "hafta", "oy",
"yil",   "asr",   "ming   yillar"   "uzoq   o’tmish"   kabi   tushunchalar   shakllana   boradi.
Lekin, bu o’quvchilarda ham katta vaqt o’lchovini kichik vaqt miqdoriga tushirib
qo’yish,   o’tgan   zamonni   hozirgi   zamonga   yaqinlashtirish   hollari   tez-tez   uchrab
turadi,   shuning   uchun   ikki   xil   tarixiy   voqyea   to’g’risida   fikr   yuritishsa,   sanadagi
tafovutni "sal undan keyin yoki sal ilgariroq" deya izohlaydilar, xolos. Aslida esa
o’n ming yillar oralig’i ichida ro’y bergan hodisa haqida fikr yuritiladi.
Bu   davrda   aqliy   xatti-harakatlarni   egallash   ketma-ket   bosqichlarni   bosib   o’tadi.
O’quvchilar tafakkurining taraqqiyotidagi bu bosqichlarning ketma-ketligi hamma
fikr yuritish jarayonlarida ham bir xil bo’lavermaydi. Chunki, o’quvchilar ma’lum
sharoitda   egallagan   aqliy   harakatni   boshqa-boshqa   sharoitda   bajara   olmaydi.
O’zlashtirilgan   aqliy   faoliyat   usullari,   ko’nikma   va   odatlarni   yangi   sharoitga
ko’chira bilmaydilar. Buning asosiy sababi ularda mavzularga bog’langan tasavvur
obrazlarining shakllanmaganligidir.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning muhokamasi ularni egallagan bilimlari evaziga,
anglashilganlik xususiyatining mavjudligidan oddiy shakldan asta-sekin murakkab
shaklga   o’sib   o’tadi.   Ammo   ushbu   ichki   murakkab   jarayon   bir   talay
qiyinchiliklarni   yengish   tufayli   namoyon   bo’ladi.   Sistemali   bilimlarni   egallashga
o’quvchi   tomonidan   qiziqish   uyg’onishi   har   qanday   qiyinchiliklarni   yengishga
yetaklaydi.
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarining   bilim   doirasi   kengaya   borgan   sari,   ta’lim
subyektlari   fikrlashi   qat’iy   hukmlardan   taxminiy   hukmlarga   ko’cha   boshlaydilar,
chunki,   ular   narsa   va   hodisalarning,   xususiyat,   qonuniyat   va   xossalarining   turli
jihatlarga   ega   ekanligini,   voqyelik   atigi   bir   harakatdan,   bir   sababdan   kelib
chiqmasdan,   balki   ko’plab   sabablar,   ta’sirlar,   qo’zg’ovchilar   natijasida   paydo
bo’lishini anglab olish bosqichiga ko’tariladilar.
Taxminiy hukmlar ikkinchi sinfdan boshlab namoyon bo’la boshlaydi Mazkur sinf
o’quvchilari   "Nega   bugun   falonchi   darsda   ko’rinmaydi",   balki   kasal   bo’lib
qolgandir,   dars   tayyorlay   olmagani   uchun   kelmagandir,   o’qituvchining   biror
topshirig’i   bilan   ketgandir,   bog’chada   yordam   berayotgandir,   nafaqaxo’rlarga
yordam berayotgandir, deb gumonsirab, taxminiy mulohazalar yurita boshlaydilar.
Uchinchi   sinfdan   boshlab   o’quvchilar   turli   vaziyatlarni   dalillar   asosida   dalillab
berishga o’tadilar, buning sababi shuki, ularning bilimi kundan-kunga osha boradi, natijada ma’lum bilimlar tizimi hosil bo’ladi. Ular bu davrga kelib o’z hukmining
chin yoki yolg’on ekanligini anglab yetadilar. Ulardagi bevosita muhokama qilish,
dalil   keltirish   holatlari   isbotlashning   shartli   tuzilmasiga   asoslanib,   fikr   yuritishga
o’tadi.   O’quvchilar   narsa   va   hodisalarning   paydo   bo’lish   sabablarini   aniqlash
paytida   masala   va   savol   qo’yishdan   tashqari,   muammoli   vaziyatni   hal   qilishga
odatlana boshlaydilar.
O’quvchilarda   nazariy   tafakkurni   tarkib   toptirishda   matematika   masalalarini
yechish,   grammatik   kategoriyalarni   o’zlashtirish   va   murakkab   chizmalar   bilan
tanishtirish kabi hollar muhim rol o’ynaydi. Albatta, ular mana bu jaryonlarda turli
muhokama, munozara, mantiqan asoslash usullarini egallaydilar.
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarida   induktiv   va   deduktiv   xulosa   chiqarishning
rivojlanishi ta’lim jarayonida bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. Xulosa chiqarish
dastavval,   bevosita   idrok   qilinayotgan   yaqqol   predmetlar   asosida   vujudga   keladi.
Bu   o’quvchilarda   bevosita   kuzatish,   idrok   qilish   jarayonlarida   narsa   va
hodisalarning   munosabatini,   bog’lanishlarini   aks   ettirgan   xulosa   chiqarish
imkoniyati   tug’iladi.   Keyinchalik   esa   ularda   mavhum   shart-sharoitlardan   kelib
chiqqan   xulosa   chiqarish   turi   paydo   bo’ladi.   Bu   hol   ko’rsatmalilik,   sxemalar,
chizmalar,   rasmlar   va   tanish   misol   hamda   masalalar,   hodisalarga   asoslanish
paytida   o’z   ifodasini   topadi.   Biroq   mavhum   xulosa   chiqarish,   ya’ni   abstrakt
(mavhum)   tushunchalariga   asoslanib   xulosa   chiqarish   ushbu   yoshdagilarda   hali
odat tusiga kirmagan bo’ladi.
Kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchilar   uchun   sabab-oqibat   munosabat larni
ifodalovchi   narsa   va   hodisalar   to’g’risida   ta’rif   berish   hollari   juda   murakkab
hisoblanadi.   Psixolog   M.N.Shardakov   ishlarida   ko’rsatilishicha,   uchinchi   sinf
o’quvchilari   jismlarning   kengayishi   isitishga   bog’liq   ekanligini   anglab   yetganlar,
ammo   barcha   jismlarning   issiqdan   kengayishi   to’g’risida   xulosa   chiqara
olmaganlar.   Ular   alohida   olingan   jismlarning   issiqdan   kengayishi   hodisalarini
tushuntirib berganlar, lekin ulardagi umumiylikni, o’xshashlikni topa bilganlar.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar deduktiv xulosa chiqarish usulini o’zlashtira
borib,   yangi   dalillar,   ichki   bog’lanishlar   va   munosabatlarni   tushuntirishda
o’zlarining   oldin   egallagan   bilimlarini,   umumiy   qonun   va   qoidalarni   to’g’ri
qo’llash   malakalarini   rivojlantira   boradilar.   O’quvchilarning   ta’lim   jarayonida
bilimlar   tizimini   barpo   qilish   jarayonida   tafakkurning   analitik-sintetik   faoliyati
muhim   rol   o’ynaydi.   Agar   tahlil   qilish   analiz   va   sintez   bo’lmasa,   hatto   psixik
faoliyatning oddiy shakllari sezgi va idroklarning bo’lishi ham mumkii emas. Ana
shu analiz va sintez birgalikda kelgandagina voqyelik to’g’risida mukammal va har
tomonlama haqiqiy bilib olish mumkin. O’quvchi analiz jarayonida yaxlit narsani
bo’laklarga   ajratib   ularning   munosabatlarini   aniqlaydi,   sintezda   esa   uning   aksini
ifodalaydi,   ya’ni   shu   bo’laklarning   yaxlit   buyumga   nisbatan   aloqasini   belgilaydi. So’zlarning   gaplar,   gaplardan   esa   yirik   axborotlar   va   nihoyat   asarlar   vujudga
keladi: g’ishtdan imorat, tomchilardan ko’l barpo bo’ladi.
Birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari ko’rsatmalilik va harakatga asoslangan analiz
operasiyasi bilan yaqindan tanish bo’ladilar . Bu yoshdagi o’quvchilar fikrlashning
bevosita   idrokka   va   yaqqol   materiallarga   asoslangan   analitik-sintetik   bosqichida
bo’ladilar.   Birinchi   sinf   o’quvchilari   qirqilgan   harflardan   foydalangan   paytlarida
so’zidan harf, gapdan so’zlarni bemalol ajrata oladilar. Ko’rsatmali harakat analizi
ayniqsa,   matematika   darslarida   yorqin   namoyon   bo’ladi.   Masalan,   birinchi   sinf
o’quvchisi barmoq tayoqchalar, doira va har xil geometrik shakllarga, ko’rsatmali
qurollarga   asoslanmasdan   turib,   matematik   amallarni   yoki   misol   va   masalalarni
yecha olmaydi.
O’quvchilarning harflar belgisini o’zlashtirish vaqtidagi analizi ko’rish ifodasidan
eshitish va fikr yuritish ifodasiga o’tishi bilan chambarchas bog’liqdir. Odatda so’z
ovoz chiqarib o’qilmaguncha, uning tarkiblariga kiruvchi analiz qiyinlashadi. Ba’zi
zamonaviy   psixologlarning   aniqlashicha,   "o’z   ichida"   pichirlab   o’qish   xatolar
miqdorini   ko’paytirib   yuborar   emish.   Shuning   uchun   ham   ana   shu   olimlarning
ta’biri   bilan   aytganda,   pichirlab   o’qish   o’quvchilarning   analitik-sintetik   aqliy
faoliyatini   bo’sh,   kuchsiz   qilib   shakllantiradi,   degan   asosli   fikrlar   mavjuddir.
Ikkinchi   bir   tomondan,   bunday   mulohazalarga   nisbatan   e’tiroz   bildiruvchi
psixologlar ham uchraydi.
Birinchi   sinf   o’quvchilaridan   politexnik   ta’limga   oid   konstruk tiv   topshiriqlarni
bajarishni   talab   qilsa,   u   holda   hyech   bir   analiz   qilmasdan,   hatto   xomaki
rejalashtirmasdan   turib   amaliy   ishga   kirishishning   guvohi   bo’lamiz.   Shu   tufayli
faoliyatni amalga oshirishda berilgan har qanday savol ularni anglashmovchilikka
olib   keladi.   Chunki,   ular   o’z   tashabbuslari   bilan   qanday   analiz   qilish   kerakligini
hali anglab yetmagan bo’ladilar.
O’quvchilar   ikkinchi   sinfga   o’tganlaridan   keyin   narsa   va   hodisalarni   mexanik
harakatlarsiz, nutq orqali analiz qilishga o’rganadilar. Bunday darajada bo’lish bola
nutqining rivojlanishi hamda bilim asosining ortishini ta’minlaydi.
O’quvchilarda uchinchi sinfdan boshlab amaliy analiz qilish o’rnini nazariy analiz
egallay   boshlaydi   va   asta-sekin   tizim   tusiga   kirib   boradi.   Dastavval   aqliy   analiz
unsurlari   amaliy   analiz   bilan   aralashgan   holda   uchraydi.   Masalan,   o’quvchilar
tashqi ko’rinishi bir-biriga o’xshash turli bilim va hodisalarni analiz qilish paytida
bevosita   idrokka   bog’lanib   qolmasdan,   balki   ular   to’g’risida   yig’ilgan   bilimlarni
ham ishga soladilar.
Hozirgi   kundagi   murakkab   o’quv   dasturi   analiz   jarayonida   ixtiyoriy   esda   olib
qolish   zarur   bo’lgan   masala   va   misolni   anglash   uchun   muhim   hisoblangan
unsurlarni bo’laklarga ajratishni taqozo etadi. Demak, analiz narsalar to’g’risidagi
tasavvurlar   bilan   uzviy   aloqada   bo’lish   zarur.   Lekin   analitik-sintetik   faoliyatning bu   turi   1-2−sinf   o’quvchilari   uchun   o’qituvchining   rahbarligisiz   amalga   oshishi
hali   mashaqqatli   hisoblanadi.   Chunki,   1-2   sinf   o’quvchilariga   tasavvur   bo’yicha
analiz   qilish   topshirilsa,   u   holda   ular   albatta   narsa   va   hodisalar   haqida   mayda
hikoya   qilib   berish   bilan   cheklanib,   anglash   jarayoni   esa   qolib   ketadi.   Shu
sababdan   o’qituvchi   masalani   hal   qilishda   nimasini   ajratish   kerakligi   to’g’risida
ularga   ko’rsatma   berib   borishi   shart.   Ba’zan   3-sinf   o’quvchilarida   abstrakt
(mavhum) aqliy analiz kurtaklari hosil bo’la boshlaydi. Bu sinfda o’quvchilarning
tushunchalarni   asta-sekin   voqyelikning   ichki   bog’lanishlari   va   asosiy
xususiyatlarini   umumlashtirish   asosida   shakllanadi.   O’quvchilarning   fikr
yuritishlarida   aqliy   analiz   va   sintez   jarayonlarini   umumlashtirish   darajasiga
ko’tarilishi   faqat   o’qituvchi   rahbarligida   amalga   oshiriladi.   Ammo   kichik   maktab
yoshidagi   o’quvchilar   jamiyat   va   tabiat   qonunlarini   aks   ettiruvchi   murakkab
tushunchalarni egallashdan ancha yiroq bo’ladi.
Sinfdan-sinfga   o’tish   bilan   predmetlar   miqdorining   ortishi   natijasida
abstraksiyalash   faoliyati   o’quvchilarda   yanada   jadal   sur’atlar   bilan   rivojlanadi.
Chunki,   o’qitilayotgan   har   bir   fanda   mavhumiylik   albatta   uchraydi   va   u
o’quvchilar ongiga singdirib boriladi.
O’quvchilar   analiz   va   sintez   qilish   hamda   taqqoslashni   mashq   qilish   natijasida
narsa   va   hodisalarning   muhim   belgilarini   tasodifiy   belgilardan   ajratishni
o’rganadilar   va   shu   tariqa   o’zlarining   abstraksiyalash   faoliyatini   rivojlantiradilar.
Konkretlikdan abstrakt holatga o’tish va abstrakt holatdan konkretlikka ko’chishni
takomillashtirish zamirida mazkur fikriy operasiyalar shakllanib boradilar.
O’quv   materiallarini   puxta   o’zlashtirib   olishda   va   tug’ri   xulosa   chiqarishda
umumlashtirishning   roli   benihoyat   kattadir.   O’qishning   dastlabki   bosqichlarida
o’quvchilar   narsa   va   hodisalarni   faqat   tashqi   belgisiga,   yaqqol   ko’zga
tashlanadigan   belgisiga   qarab   umumlashtiradilar.   Lekin,   umumlashtirishning   bu
oddiy   shakli   so’nggi   ta’lim   bosqichlarida   uncha   yaroqli   bo’lmay   qoladi.   Chunki,
o’quv materialining eng muhim belgisi asosida ichki bog’lanish va munosabatlarni
aniqlashga   to’g’ri  keladi,  ammo  bu  ishlarni  boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   darrov
uddalay   olmaydilar.   Buning   uchun   ularda   umumlashtirish   faoliyatini   yanada
taraqqiy   ettirishi  kerak.  Buning   uchun  o’quvchilar  bilan  uzluksiz   mashg’ulot   olib
borish   juda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Shundagina   ular   uchun   bilimlar   tizimini
o’zlashtirish   birmuncha   yengil   kechadi.   Ma’lumki,   ta’lim   jarayonida
tushunchalarni va qonuniyatlarni nomuhim belgisiga binoan egallash hollari tez-tez
uchrab   turadi.   Bu   hol   esa   o’quv   materiallarni   o’zlashtirishni   qiyinlashtiradi,
shuning uchun o’qish faoliyatida ularda qiynalishlik hissi paydo bo’ladi. Biroq bu
qiyinchilikdan   qutulish   imkoniyati   mavjud.   Buning   uchun   o’quvchilar
tushunchalarni   to’g’ri   va   oqilona   yo’l   bilan   umumlashtirish   faoliyatini   taraqqiy
ettirish lozim. Ukrain   psixologi   A.V.Skripchenko   1-2   sinf   o’quvchilarida   umumlashtirish
faoliyatini   o’rganishga   oid   qator   tajribalar   o’tkazgan.   Muallif   kichik   maktab
yoshidagi   o’quvchilarning   umumlashtirish   faoliyati   takomillashuvi   4   ta  darajadan
yoki   4   ta   usuldan   tashkil   topgan,   degan   g’oyani   ilgari   suradi,   ya’ni   bosqichma-
bosqich   o’sishni   o’rganadi.   Olingan   natijalarning   ko’rsatishiga   qaraganda,
o’qishning   dastlabki   kunlarida   o’quvchilarga   mavjud   bo’lgan   ko’rsatmali-amaliy
umumlashti rish   usuli,   shu   o’quv   yili   oxiriga   kelib   ko’rsatmali-so’zli   usulga   o’sib
o’tadi.   Turli   predmetlar   bilan   turli   ko’rsatmali   qurollarni   ko’rish,   ekskursiyalarda
o’z ko’zi bilan idrok qilish tufayli obrazli-so’zli umumlashtirish usulga o’sib o’tadi
va   o’quv   yilining   oxiriga   kelib   tushunchali-so’zli   umumlashtirish   usuli   paydo
bo’ladi. Bu usulda mavhumlashning muhim unsurlari o’z aksini topgan bo’ladi.
O’zbek   psixologi   N.N.Ne’matov   1   va   2-   sinf   o’quvchilarida   umumlashtirish
faoliyatini rivojlantirish maqsadida ilmiy tadqiqot ishini olib borgan. Muallif ta’lim
jarayonini   maxsus   faollashtiruvchi   usullarni   qo’llaydi.   Tadqiqotchi   o’z
kuzatishlarida o’quvchilarga savollar berib, kitob o’qitish paytida, suhbat mahalida
suratlarni   idrok   qilishga,   tevarak-atrofdagi   vaziyatni   kuzatish   davomida
uchraydigan   narsalarni   umumlashtirishga   yordam   beradigan   maxsus   usullarni
tatbiq   etadi.   O’tkazilgan   tajribalarga   asoslanib,   o’quv   yilining   oxiriga   borib,
eksperiment   sinfi   o’quvchilarining   umumlashtirish   faoliyati   darajasi   nazorot
sinflardagi   o’quvchilarning   umumlashtirish   faoliyati   bilan       taqqoslanilsa,
eksprement   sinfi   o’quvchilarining   umumlashtirish   faoliyati   ancha   yuqori   ekanligi
ko’rsatib   o’tilgan.   Muallifning   fikriga   ko’ra,   o’quvchilar   fikr   yuritish   faoliyatini
faollashtirish   maqsadida   tatbiq   etilgan.   Uslubiy   usullar   ekspriment   sinfi
o’quvchilarining   ona   tilidan   ulgurish   darajasini   oshirishga   olib   kelgan.   2-sinf
o’quvchilari   bilan   mana   shu   yo’sinda   olib   borilgan   tajribalar   o’xshash   natijalarni
bergan.   O’quvchilarda   mahalliy   tushunchalar,   terminlar   miqdori   keskin
kamayganligi tajriba natijasida aniqlangan.
Bizni   olib   borgan   ishlarning   yakuniga   ko’ra,   ta’lim   jarayonida   umumlashtirish
usullarining   boshqa   turlari   ham   qo’llanildi.   Jumladan,   fikrning   umumiydan
yakkaga, xususiydan umumiyga, umumiydan xususiyga yo’nalgan usullari mavjud.
Bizning tekshirishlarimizga ko’ra, maktab o’qituvchilari o’quvchilarga yangi bilim
berayotganlarida   ko’pincha   umumlashtirishning   birgina   usulidan   unumli
foydalangan   holda   faoliyat   ko’rsatadilar.   Lekin   hyech   vaqt   ular   buning
umumlashtirish   usuli   ekanligini   mutlaqo   xayoliga   keltirmaydilar.   Ayniqsa,
o’qituvchilar   bilan   qilingan   suhbat   paytida   dars   deduktiv   (yoki   induktiv)   metod
yordamida   olib   borildi,   degan   mulohazalarni   eshitish   mumkin.   Ammo   ular
yuqorida   qayd   qilib   o’tilgan   ikkita   metod   xulosa   chiqarishning   ikki   yo’li
ekanliginni,   ya’ni   tafakkur   shakli   ekanligini   psixologik   nuqtai   nazardan   anglab
yetmaydilar.   Shuning   uchun   biz   ularga   umumlashtirish   jarayoni   tafakkur   shakli
emas,   balki   uning   operasiyasi   bo’lishini   aytib   o’tishni   lozim   topib,   bunday
chalkashlikka barham berishga intildik. Rossiya   psixologiyasida   D.B.El’konin,   V.V.Davidov   va   ularning   shogirdlari   bir
tomondan,   N.A.Menchinskaya,   Ye.N.Kabanova-Myuller   va   ularning   izdoshlari,
ikkinchi   tomondan,   ta’lim   jarayonida   qo’llaniladigan   umumlashtirishning   amaliy
va   nazariy   turlari   ustunlik   qilishi   yuzasidan   uzoq   yillar   ilmiy   bahs   ketdi.
Bizningcha,   o’quv   materiallarining   o’ziga   xos   xususiyatlarga   qarab,   har   qaysi
umumlashtirish usuli yuqori samara berishi turgan gap, lekin u yoki bu yo’l mutlaq
ekanligini tan olish ham metodologik, ham amaliy-uslubiy xato bo’lgan bo’lar edi.
Birinchi sinf o’quvchilarining tafakkuri
Birinchi   sinf   o’quvchilarining   tafakkuri   quyidagicha   rivojlantirilsa,   so’zsiz
samarali natijalar berishi mumkin.
O’quvchining "Bu nima?", "Nega bunday?" degan savollariga o’zi javob berishiga
o’rgatish   kerak.   Bu   o’rinda   asosiy   vazifa   unga   to’g’ri   ko’rsatma   berish,   uni
mantiqiy   xatolardan   qutqarish,   to’g’ri   mulohaza   yuritishga   ko’maklashishdan
iboratdir.   Masalan:   "5"   raqami   qanday   bo’laklardan   tuzilgan?   Bir   juft   so’zdan
tuzish mumkinmi? 3 va 2 sonini yaxlitlab ko’rchi? To’rt tayoqchadan to’rtburchak
yasachi?   Meva   xususiyatini   so’zlab   berchi?   Yirtqich   hayvonlar   qanaqa   bo’ladi?
Eshitgan cho’pchagingdagi qahramonlarni sanab berchi?
Taqqoslash   yordami   bilan   narsalaridagi   o’xshash   va   farqli   tomonlar   aniqlanadi.
Taqqoslash   kishi   bilish   faoliyatining   dastlabki   bosqichi   hisoblanadi.   Bu   jarayon
orqali   beshning   uchdan   kattaligi,   sopolning   chinnidan   mo’rtligi   fikran
solishtiriladi.   Natijada   o’quvchiga   o’xshash   va   tafovutli   belgilar   anglashib   boradi
va   ular   yuzasidan   ma’lum   xulosaga   keladi,   unga   nimani   nima   bilan   taqqoslash
kerakligini   o’rgatish   lozim,   xolos.   Aks   xolda,   u   qanday   yo’l   tutishni   bilmasdan
dovdirab qolishi mumkin.
Mavhumlashtirish   yaqqol   narsalardan   muhim   tomonini   fikran   ajratib   olish
demakdir.   Jumladan,   o’quvchi   oq   ko’ylak   to’g’risida   so’z   yuritgan   bo’lsa,
taklifimizga   binoan,   u   qor,   oq   ro’mol,   ohak,   oqlangan   imorat   haqida   mulohaza
yuritadi.   Keyinchalik   esa,   butunlay   "oq"   degan   tushunchani   o’ylashi   mumkin.
Avval   o’qish   kitobi,   matematika,   mehnat,   o’zbek   tili,   tabiatshunoslik
tushunchalarini   talaffuz   qilib   o’rgangan   bo’lsa,   asta-sekin   ularni   bir   tushuncha
bilan "kitob" deb mavhumlashtiradi.
Dunyodagi   narsa   va   hodisalarni,   jism   va   predmetlarni   konkretlashtirish,
yaqqollashtirish   jarayoni   mavhumlashtirish   bilan   mustahkam   aloqada   bo’ladi.
Yaqqol narsalar o’quvchi uchun juda yengil fikr yuritishda ustun turadi. O’quvchi
hamma vaqt yaqqol narsa bilan mashg’ul bo’lishni yaxshi ko’radi. Masalan, katta,
uchburchak,   hajm,   go’zal,   harakat,   elektr,   parallel   (yondosh)   kabi   mavhum
tushunchalarni   ular   darrov   tushunib   ololmaydilar.   Ularni   yaqqollashtirgan
taqdirdagina   anglay   boradilar.   Katta   ko’cha,   uchburchak   taxtacha,   besh   litr   sut,
go’zal   o’yinchoq,   parallel   temir   yo’l   izlari   va   hokazolar   to’g’risida   ma’lumot berilgandan keyingina o’quvchilar yuqoridagi tushunchalar haqida taassurotga ega
bo’ladilar.   Ammo   har   qanday   narsalarni   ham   yaqqollashtirish   mumkin   emas,
chunki   bu   narsa   odat   tusiga   kirib   borishi,   ularda   mavhum   tushunchalar
shakllanishiga   salbiy   ta’sir   etadi.   Ta’lim   jarayonida   bunday   noxush   odatdan   iloji
boricha saqlanish shart.
Umumlashtirish   usuli   o’quvchi   fikr   yuritishining   shunday   jarayonidirki,   uning
yordamida   narsalar   ma’lum   aniq   alomat   asosida   fikran   birlashtiriladi.   "Meva"
"orqali olma, shaftoli olcha kabilar to’g’risida fikr yuritsa, koshiq, cho’mich, tovoq
so’zlarini   jamlab   "idish-tovoq"   deb   nomlanadi.   Narsa   va   hodisalarni   noto’g’ri
umumlashtirish   ham   mumkin.   Jumladan,   so’z   "uy   hayvonlari"   to’g’risida   gap
ketsa,   birinchi   sinf   o’quvchilari   qo’y,   echki,   sigir   kabilar   qatoriga   sichqon,
kalamush, mushuklarni ham qo’shib aytadilar. Shunday paytlarda o’quvchiga aniq
va   to’la   tushuncha   berib   o’tmoq   maqsadga   molik.   Deylik,   stol   ustida   traktor,
raketa,   samolyot   o’yinchoqlari   turibdi.   U   bu   o’yinchoqlarni   taqqoslash   orqali
yakka narsalarni umumlashtirib, "o’yinchoqlar" deyilishini anglaydi.
Kitob,   daftar,   qalam   -   o’quv   qurollari;   qo’g’irchoq,   avtomobil,   belkurakcha   -
o’yinchoqlar; shkaf, javon; stol, stul - uy jihozlari; uchburchak, to’rtburchak aylana
-   geometrik   shakllar;   ayiq,   bo’ri,   tulki,   yo’lbars,   arslon   -   yovvoyi   hayvonlar;
qarg’a, chumchuq, musicha - qushlar; buvi, opa, oyi, uka, aka, singil - oila a’zolari
kabi   so’zlar,   tushunchalar   orqali   guruhlarga   ajratishda,   bola   aqliy   faoliyatini
rivojlantirishda   salmoqli   turtki   bo’ladi   oladi.   Shuning   uchun   ularni
klassifikasiyalashga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich   sinf   ta’limi   jarayonida   ayrim   paytlarda   hissiy-yaqqol   yoki   amaliy
umumlashtirish   usulini   qo’llash   hollari   uchrab   turadi.   Bu   hol,   albatta,   topshiriq
talabiga binoan amalga oshiriladi. Narsa va hodisalarni klassifikasiya qilish lozim
bo’lib  qolsa,   ko’pincha   shu  usuldan   foydalanish   tavsiya   qilinadi.  Chunki,   bunday
chog’larda chuqur tahlil qilish, ulardan muhim belgilarni (alomatlarni) ajratish kabi
murakkab   jarayonlar   talab   qilinmaydi.   Politexnik   ta’lim   darslarida   mana   shu
xildagi qator vazifalarni berish mumkin. Jumladan,  turli hajmda yasalgan va turli
rangda   bo’yalgan   jismlardan   bayram   bezaklarini   tayyorlash   yoki   boshqa
narsalardan   yashil   o’simliklar,   yumshoq   metallar,   bezakli-akvarium   baliqlar,
odamsimon   maymunlar,   qushlar,   "yig’loqi"   bolalar   va   hokazolarni   tayyorlash
mumkin.
Misollardan   ko’rinib   turibdiki,   o’quvchilar   predmet   va   tushuncha larni   muhim
bo’lmagan   belgisiga   asoslangan   holda   umumlashtirishni   nazarda   tutadilar.   Ular
hissiy-yaqqol   umumlashtirish   usuli   yordamida   vazifani   bajarishga   muvaffaq
bo’lganlar.   Bolalar   ularni   "qizil"   "yaltiroq"   "yumshoq","bezakli","odamsimon"
kabi belgilarga ajratib klassifikasiya qiladilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tushunchalarning tarkib topishi Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni har tomonlama yetuk, go’zal axloqli, xush
odobli   inson   qilib   kamol   toptirish   hozirgi   kunning   muhim   vazifalaridan   biridir.
Chunki,  bu narsa  milliy qadriyat  va  ruhiyatni  tiklash  jarayonida ta’lim  va  tarbiya
samaradorligini   oshirish   masalasidan   kelib   chiqadi.   Mazkur   muammoni
o’rganishda   psixologlar   oldida   turgan   vazifani   muvaffaqiyatli   amalga   oshirishda
boshlang’ich   ta’limni   ilmiy   asosda   to’g’ri   yo’lga   qo’yish   uchun   o’quvchilarning
individual xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Ma’lumki,   o’quvchi   shaxsini   shakllantirish   faoliyatini   namunali   yo’lga   qo’yish
uchun   dastavval   ularning   xarakter   xislatlarini   va   shaxs   fazilatlarini   maqsadga
muvofiq tarkib topganligi  darajasini  aniqlash  ayni  muddaodir. Har  bir  o’quvchini
axloqiy   jihatdan   aniqlagandan   keyin   alohida   olingan   subyekt   bilan   induvidual
munosabatda bo’lishi imkoni vujudga keladi.
8-10   yoshli   boshlang’ich   sinf   o’quvchilarining   shaxsiy   fazilatlari   beqaror,
dunyoqarashi   sodda,   tashqi   taassurotlarga   tez   beriluvchilardir,   Buyuk
allomalarning   ta’kidlaganlaridek,   kishining   xarakteri   hammadan   ko’ra   ko’prok
uning   hayotining   dastlabki   bilimlarida   tashkil   topadi   va   mazkur   xislatlarida
namoyon bo’lgan  sifat  juda  mustahkam   o’rnashadi  va  bolaning ikkinchi   tabiatiga
aylanadi.
Bolaning   ikkinchi   tabiatida   ijobiy   his-tuygularni,   shaxs   fazilatlarini   tarkib
toptirishda,   yuksak   axloqiy   sifatlarni   ularda   shakllantirishda   barcha   mas’uliyat
boshlang’ich   sinf   o’qituvchining   zimmasiga   tushadi.   O’quvchining   ushbu   yosh
davrida   o’qituvchining  har   bir  aytgan   so’zi,  har  bir   xatti-harakati,  ta’sir  o’tkazish
uslubi   uning   uchun   haqiqat   mezoni   rolini   o’tadi.   Chunki,   o’quvchilar   o’z
o’qituvchisiga   juda   qattiq   ishonadilar,   uning   fikr   va   mulohazalariga   quloq
soladilar,  pedagogik   nazokatdan   (taktdan)   o’ta  ta’sirlanadilar,  qo’ygan   talablariga
hamisha   amal   qiladilar.   Ana   shu   boisdan   pedagog   tomonidan   berilgan   barcha
vazifalar, yaratilgan muammoli vazifalarni bajarishga intiladilar, ularni o’z vaqtida
ado   etishga   harakat   qiladilar.   O’qituvchiga   yuksak   ishonch,   unga   bevosita   taqlid
insonni inson tomonidan idrok qilishni identifikasiya bosqichiga o’xshab ketadi.
Ayni shu davrdan boshlab: 1) o’qituvchining psixikasiga tashqi ta’sir ko’rsatish, 2)
atrof-mikromuhitidagi   kishilarga   yordam   berishga   undash,   3)   nima   bilan
shug’ullanish zarruriyati to’g’risida ko’rsatma va yo’llanma berish, 4) unga oddiy
individual yoki ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan burch hissini tushuntirish, 5) uni
to’g’ri   mulohaza   yuritishga   o’rgatish,   6)   ijobiy   his-tuyg’ulari   va   ezgu   niyatlarini
quvvatlash, 7) o’qilgan kitobni, tomosha qilingan kinofilmni, sinfda sodir bo’lgan
voqyeani,   sayohat   taassurotlarini   birgalashib   muhokama   qilish,   8)   o’quvchilarni
noma’qul so’z va iboralardan tiyish, ixtilofning oldini olish, 9) tabiat manzaralarini
quvvatlash   va   musiqa   tinglash   ko’nikmasini   vujudga   keltirish   imkoniyati   paydo
bo’ladi.   Bu   omillarning   barchasi   o’qituvchining   shaxs   sifatida   shakllanishiga
muhim rol o’ynaydi. Yuqorida aytib o’tilgan vazifalarning to’g’ri bajarilishi, o’qituvchining o’quvchilar
bilan   mazmunli   suhbat   uyushtirishi,   muloqot   o’rnatishi   ularda   chuqur   taassurot
qoldiradi   va   faollik   ko’rsatish   sari   undaydi.   Kichik   maktab   yoshidagi
o’quvchilarning   axloqiy   sifatlarini   rivojlantirish   jarayonida   yuksak   samaraga
erishish   uchun   ularning   yosh   individual   psixologik   xususiyatlarini   hisobga   olish
taqozo qilinadi.
Ma’lumki,   o’qituvchi   turlicha   psixologik   xususiyatga   ega   bo’lgan   yaqqol   shaxs
bilan   shug’ullanadi.   Shuning   uchun   biror   bir   o’quvchiga   nisbatan   muvaffaqiyatli
qo’llangan   interfaol   ta’sir   boshqa   biriga   kutilgan   samara   bermasligi   mumkin.
Binobarin,   o’zgalarga   ta’sir   o’tkazish   tadbirlari   o’quvchi   shaxsiga   individual
yondashish orqali amalga oshirilsa, yuqoriroq ko’rsatkichga erishiladi.
Ushbu vazifani amalga oshirishda o’qituvchi o’quvchilarning individual-tipologik
xususiyatlarini   qanchalik   chuqur   o’rgangan   bo’lsa,   ularga   shunchalik   ta’sir
o’tkazish   kuchi   sezilarli   va   samarali   bo’ladi.   Ta’lim   jarayonida   har   bir
o’quvchining ruhiy dunyosiga oqilona yo’l topa olish barcha muvaffaqiyatlarning
garovidir.
Kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchilarda   mujassamlashgan   axloqiy
tushunchalarning   qay   darajada   ekanligini   aniqlash   maqsadida   boshlang’ich   sinf
subyektlariga   o’quv   yilining   boshida   (sentyabr   oyining   3-haftasida)   alohida
savollar bilan murojaat qilindi.
O’quvchilar   bilan   o’tkaziladigan   aniqlovchi   tajriba   uchun   "yaxshi"   va   "yomon"
tushunchalari   tanlab   olindi.   Ularning   kundalik   turmush   sharoitida   keng   ko’lamda
qo’llaniladigan tushunchalar bo’lganligi tufayli o’rganish rejalashtirildi. Axloqning
alifbosi   xuddi   shu   so’zlardan   boshlanadi,   chunki   mazkur   tushunchalar   zamirida
insonning   murakkab   axloqiy   qiyofasi,   yuksak   xislati,   barqaror   maslagi,   negizi
yotadi.   Tajribalarda   o’quvchilarning   hukmiga   havola   qilingan   savollar   ularning
yosh xususiyatlari va hayot tajribalarini hisobga olgan holda tuzildi.
Birinchi   sinf   o’quvchilarida,   yuqorida   sanab   o’tilgan,   axloqiy   tushunchalar
darajasini aniqlash muddaosi bilan ularga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi:
1) Nima yaxshi-yu, nima yomon? 2) O’zidan kattalarga salom beradigan, ularning
aytganlarini bajaradigan bolalar, qanday bolalar? 2) "Xo’p" degani yaxshimi  yoki
"Yo’q" degani yaxshimi? va hokazo.
Birinchi   savolga   1-sinfning   aksariyat   o’quvchilari   "Quyon   yaxshi   bo’ri   yomon
"Echki   yaxshi,   bo’ri   yomon"   kabi   javoblar   beradilar.   Ammo   javoblar   ichida
o’quvchi   Yu.M.ning   javobi   tengdoshlarinikidan   mutlaqo   tafovutlanib,   mantiqiy
izchillik   asosida   o’z   fikrini   dalillab   berish   tashlanadi:   "Echki   yaxshi   -   sut   beradi.
Tulki yomon. U bizni aldaydi". Demak, u “yaxshi” tushunchasi uchun muhim belgi
sifatida   insonga   foyda   keltirish   xislati   ajratilgan   bo’lsa,   "yomon"   tushunchasi
zamirida esa "aldash"lik alomati yotadi, ya’ni aldash salbiy illat ekanligini anglab yetadi. Uning yomon illatini  o’z vaqtida payqay  olgan va hayvonlarga, qolaversa
odamlarga   ziyon   keltirishini   asoslashga   uringan.   O’quvchining   mulohazasidan
ko’rinib   turibdiki,   birinchi   savolga   javob   berishning   o’ziyoq,   tajribada   ishtirok
qilgan o’quvchilar ichida individual farqlar mavjuddir.
Ikkinchi   savolga   o’quvchilar   "yaxshi   bolalar"   degan   umumiy   javobni   berganlar.
Mazkur savolga deyarli hamma bolalar javob bera olgan bo’lsa-da, lekin mulohaza
yuritish   ko’lamining   kengligi,   javobning   dalillarga   boyligi   bo’yicha   individual
tafovut yuzaga keldi. Bunday bolalar savolga quyidagicha javob berishgan: "Yo’q"
degani   -   yomon,   u   aldaydi,   topshiriqni   bajarmaydi".   "Xo’p"   degani-   yaxshi,   u
yordamlashadi".   O’quvchilarning   ko’pchiligi   mazkur   savol   munozarasida   faol
qatnashdilar,   fikrlarining   ravonligi,   ma’lum   darajada   kengligi   bilan   boshqa
tengdoshlaridan   ajralib   turadilar.   Ayniqsa,   M.ning   mulohaza   yuritishi   o’z
sinfdoshlaridan   har   tomonlama,   har   jihatdan   ustunlikka   ega.   Ba’zi   aniqlangan
dalillarga ko’ra qizchaning oilasida farzandlarga nisbatan e’tibor va nazorat kuchli
ekanligi,   muloqot   va   shaxslararo   fikr   almashinish   yaxshi   yo’lga   qo’yilganligi
aniqlandi.   Ularning   mulohazasiga   ko’ra,   birinchi   sinf   o’quvchilarida   axloqiy
tushunchalar bo’yicha ayrim tafovut mavjudligi namoyon bo’ldi.
Ikkinchi   sinf   o’quvchilarida   yuqorida   qayd   qilib   o’tilgan   axloqiy   tushunchalar
darajasini   aniqlash   uchun   quyidagi   savollar   berildi:   "Nima   yaxshi-yu,nima
yomon?", Odobli bola deganda qanday bolalarni tushunasiz? "Odob haqida qanday
she’rlarni bilasiz?".
Birinchi   savolga   aksariyat   o’quvchilar   "Kattalarga   quloq   solish,   onasiga
yordamlashish,   darsni   tayyorlash   yaxshi".   "Yolg’on   gapirish,   kattalarni   aldash,
dars   tayyorlamaslik   yomon".   "Chumchuqni   otmaydigan,   yolg’on   gapirmaydigan,
kitoblarni   yirtish   yomon"   kabi   javob   berdilar.   Olingan   javoblarga   ko’ra,   2-sinf
bolalarining   1-sinf   o’quvchilariga   nisbatan   mantiq   va   mazmun   jihatdan   fikrlarni
bayon   qilish   bo’yicha   ustunligi   sezilib   turadi.   Ular   javoblarida   "yaxshi"
tushunchasining   mohiyatini   ochish   kengayib   borganligini   ko’rish   mumkin:   quloq
solish,   yordamlashish,   dars   tayyorlash   yoki   chumchuqlarni   otmaydigan,   yolg’on
gapirmaydiganlar yaxshi. O’quvchilar "yomon" tushunchasiga qiyos berganlarida,
quyidagi   holatga   e’tibor   qiladilar:   yolg’on   gapirish,   aldash,   dars   tayyorlamaslik;
kitoblarni   yirtish   va   boshqalar.   Ularning   mulohazalarining   ko’rsatishicha,
bildirilgan fikrlar aynan bir-birlarini takrorlashdan iborat emasligi ma’lum bo’ladi.
Tushunchalarni   to’g’ri   anglashlariga   qaramasdan,   ularning   mohiyatini   ochishda
o’quvchilar o’rtasida muayyan darajada farqlar mavjudligi ko’zga tashlandi.
Ikkinchi   savolga   2-sinfning   o’quvchisi   Umida   ushbu   tarzda   javob   berdi:
"Ukasining sochidan tortmaydi. Toza polni iflos qilmaydi".M.ning fikricha, odobli
bola ko’chaga ruhsatsiz chiqmaydi, o’z ishlarini qiladi, uy ishlariga yordamlashadi,
ozoda   yuradi.   Buning   bilan   u   odobli   bola   qiyofasiga   xos   xislatlar   ko’lamini
birmuncha   kengaytiradi.   Birinchi   sinaluvchining   javobida   biz   cheklanganlik holatini   ko’ramiz:   sochdan   tortmaydi   va   polni   iflos   qilmaydi.   Keltirilgan   ikkita
namuna   bir-biridan   ma’lum   darajada   farqqa   ega.   Mazkur   tafovut   odob   sohasida
she’rlardan misollar keltirilganda yanada orta bordi. Bunday omillarning tajribada
ko’pincha qayd qilinganligi yuqoridagi fikrimizni to’la tasdiqlaydi.
Tajribalarda uchinchi sinf o’quvchilariga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi:
"Nima   yaxshi-yu,   nima   yomon?",   "Eng   go’zal   narsa   nima?"   "Eng   xunuk   narsa-
chi?", "Odob nima?'.
Ko’pchilik   o’quvchilar   birinchi   savolga   ushbu   mazmunda   javob   qaytardilar:
"Odobli  bola  yaxshi,  yomon bola  yomon'"  ,"Odobli  bola  kattalarga  salom   beradi.
Ularni   hurmat   qiladi".   "Yomon   bola   gap   qaytaradi.   Keksalar   yomon   bolalarni
yoqtirmaydilar", "Non olib kelish yaxshi, aytganlarni qilish yaxshi. Pol artmaslik,
uy supurmaslik - bu juda yomon".
Mazkur   o’quvchilar   "yaxshi"   va   "yomon"   tushunchalarini   murakkablashgan
(odobli bola yaxshi yoki yomon bola yomon) shaklida qo’llashga harakat qiladilar.
Chunonchi,   odobli   bolaning   xarakter   xislati   yana   boyitiladi:   unday   bola   salom
beradi   va   hurmat   qiladi.   "Yomon"   tushunchasining   mohiyati   kengayadi:   u   gap
qaytarmaydi, uni keksalar yoqtiradi. Yuritilgan mulohazalar yakuni bo’yicha aniq
xulosa   chiqarishga   intilsak,   u   holda   o’quvchilarning   ayrimlarigina   2   va   3
savollarga   javob   berishga   muvaffaq   bo’ldilar:   "Bog’da   har   xil   gullarning   ochilib
turishi chiroyli, go’zal. O’sha gullarni so’ramasdan uzish, ularni sindirish xunuk",
"Mevali   daraxtlarning   bahorda   gullashi   juda   chiroyli,   lekin   ularni   yulish   va   uzib
o’ynash   xunuk",   Tandirda   yopilgan   nonlar   chiroyli.   Shu   nonlarni   sindirib   yerga
tashlash xunuk" va boshqalar.
Yuqoridagi savollar psixologik asosga ega bo’lib, shaxsning axloq tushunchalarini
aniklashga qaratilganligi sababli atrof-muhit, ijtimoiy hayot to’g’risida, shaxslararo
munosabat   yuzasidan   bilim   va   tasavvurga   ega   bo’lishini   taqozo   etadi.   Bu   yerda
"yaxshi   va   "yomon"   tushunchalari   "go’zal"   va   "xunuk"   singari   axloqiy
tushunchalar   bilan   uyg’unlashib   ketganligining   shohidi   bo’lamiz.   Jumladan,
sinaluvchilar   gullarning   ochilishi,   daraxtlarning   gullashi,   issiq   nonlar   -   chiroyli,
gullarni   sindirish,   shoxlarini   uzib   tashlash,   nonlarni   isrof   qilish   -   xunuk,   degan
xulosaga keladilar.
Bildirilgan   mulohazalardan   ko’rinib   turibdiki,   ular   tushunchalar   mohiyatini
ochishda   ham   o’zaro   tafovut   qiladilar.   Bizningcha,   qayd   qilingan   tushunchalar
yuzasidan o’quvchilar fikri mazmundor bo’lishining asosiy sabablari - bu ularning
tabiatshunoslik   faniga   qiziqishi   va   anglashilgan   hissiy   motivlari,   aqliy
harakatlarida faolligi mavjudligidir.
3-sinf   o’quvchilarining   odob   to’g’risidagi   fikr   va   mulohazalari   1-2   sinf
sinaluvchilariga   qaraganda,   mazmun,   shakl,   tuzilish   jihatdan   katta   tafovutga   ega
bo’lib,   bu   narsa   bolaning   turmush   tajribasi   ko’lami,   yosh   xususiyati   va   aqliy kamoloti   darajasi   bilan   o’lchanadi.   Yosh   davr   xususiyati   bilan   izohlanuvchi   farq
bilan bir qatorda narsaga turlicha qarash, har xil yondashish, muammo mohiyatini
ochib berish uslubi individual tafovut borligini ko’rsatadi.
I-III   sinf   o’quvchilari   bilan   olib   borilgan   tajribalar   shuni   ko’rsatdiki,   axloqiy
tushunchalarni   tarkib   toptirish   uchun   ularni   har   bir   tushunchaning   muhim
alomatlari   (belgilari)ni   ajratishga,   umumlashtirishga   o’rgatish,   ularda   ikkinchi
darajali belgilarni ta’kidlash uquvini vujudga keltirish zarur. Shuningdek, mustaqil
fikr   yuritish   ko’nikmasini   takomillashtirish,   mantiqiy   xulosa   chiqarish   usullari
bilan boshlang’ich sinf o’quvchilarini qurollantirish maqsadga muvofiq.
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar tafakkuri
Psixologiya   fanida   o’quvchi   tafakkurining   faollashuvi   bilan   bog’liq   bo’lgan
"uquvchanlik"   darajasi   hamma   o’quvchilarda   bir   xilda   rivojlanmagan   bo’lishligi
ko’rsatilgan.   Uquvchanlik   kishining   intellektual   xususiyatlari   yig’indisidan   iborat
bo’lib, unga barcha teng sharoitlarda materialning muvaffaqiyatli o’zlashtirilishida
muayyan rol o’ynaydigan fikrlash faoliyati xususiyatlarining faollashuvi demakdir.
Mana shunga binoan uquvchanlik darajasi yuqori hisoblangan o’quvchilar zaruriy
bilimlarni   mustaqil   ravishda   tez   va   chuqur   egallab   olish   imkoniyatiga   egadirlar.
Albatta, bunday o’quvchilarning o’qishga  munosabatlari  har  xil  bo’lishi  mumkin.
Agar o’qishga ijobiy munosabatda bo’lsalar, bu holat  ularning diqqatida, qiziqish
xususiyatlarida,   his-tuyg’usida   va   o’zlashtirish   jarayondagi   irodaviy   zo’r
berishlarida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Uquvchanlik   darajasi   past   bo’lgan   o’quvchilar   yaxshi   o’zlashtirishga   xohishlari
kuchli,   o’qishga   munosabatlari   esa   aksariyat   hollarda   samarali   uslublarini
egallamaganliklaridandir.   Ular   ko’p   jihatdan   hali   xotira   shakldagi   o’quv   faoliyati
usullari yordamida bilimlarni egallashga intiladilar. Mustaqil fikrlashlarga nisbatan
qo’yiladigan talablarning tobora ortib borishiga qaramasdan, ular ta’lim jarayonida
juda   sust   bo’ladilar.   Ular,   o’qituvchi   hamisha   o’quv   materialini   to’la   tushuntirib
beradi, degan qabilida faoliyatda hotirjam qatnashadilar. Uquvchanlik darajasi past
bo’lgan o’quvchilar o’zlarining asosiy vazifalari o’quv qo’llanmalarida berilgan va
o’qituvchi   tomonidan   tushuntiriladigan   axborotlar   yoki   ma’lumotlarni   esda   olib
qolish,   o’tilgan   mavzular   bo’yicha   mashqlanish,   takrorlashdan   iborat   deb
tushunadilar.   Lekin,   ba’zi   o’quvchilarga   xos   bo’lgan   bunday   xususiyatlar   ular
uchun   doimiy   o’zgarmas   sifat   emas,   balki   u   ta’lim   jarayonida   tegishli   mashqlar
bilan   shug’ullanish   yordamida   o’zgaradi.   Uquvchanlik   darajasi   yuqori,   yuksak
bo’lgan   o’quvchilar   o’quv   materiallarini   to’g’ri   umumlashtirish,   tahlil   qilish   va
yaxlitlash  (sintez)  faoliyatini   tez  va  to’g’ri   bajarilishi   bilan   boshqa  toifaga  kirgan
tengdoshlaridan farq qiladilar.
Uquvchanlik   darajasi   va   ko’rsatgichi   past   bo’lgan   o’quvchilarda   umumlashtirish,
analiz   va   sintez   faoliyati   juda   zaif   rivojlangan   bo’ladi.   Bu   toifaga   mansub o’quvchilar   asosan   bo’sh   o’zlashtiruvchilar   hisoblanadilar.   Ular   bilan   individual
ishlashni   tashkil   qilishda   murakkab   ilmiy   va   mavhum   (abstrakt)   tushunchalarni
keng   miqyosda   ko’rsatmalilik   yoki   tasviriylik   asosida   tushuntirib   borish,   majbur
qilmasdan   (ta’sir   o’tkazmasdan,   tazyiqsiz),   qiziqarli   mashqlar   uyushtirish,   bilish
motivi   va   ehtiyojlarini   muayyan   darajada   qondirish   uchun   intilish   tuyg’usini
vujudga   keltirish   maqsadga   muvofiqdir.   Xullas,   bo’sh   o’zlashtiruvchi
o’quvchilarga   ko’rsatiladigan   yordamlar   darajasini   tobora   kamaytirib   borish
keyinroq, o’quv materiallarini sekin-asta oshira borish rejalashtirgan bo’lishi shart.
N.A.Menchinskaya,  Yu.K.Babanskiy   va  shunga  o’xshash   olimlar   ilmiy tekshirish
ishlarining   ko’rsatishicha,   o’zlashtirmovchi   o’quvchilarni   keltirib   chiqaruvchi
sabablar quyidagilardan iboratdir.
1.   Pedagogik   kamchiliklar:   o’quv   faoliyatining   past   darajada   olib   borilishi,   o’z
faoliyatidagi   mahsuldorlikning   yo’qligi,   darslarning   ko’p   qoldirilganligi   -
davomatning pastligi;  ta’limda individual   munosabatning   joriy  etilmaganligi,  ota-
onalar va oila a’zolari tomonidan o’quvchilarni nazoratdan chetda qoldirilganlik va
g’amxo’rlik qilishning zaifligi kabilar.
2.   Psixologik   kamchiliklar:   o’quv   faoliyati   motivlarining   tarkib   topmaganligi   va
xulq   beqarorligi,   intizomning   yo’qligi,   ta’limda   emosional   va   irodaviy   zo’r
berishlikning   rivojlanmaganligi,   o’quvchining   bilim   tizimida   ko’plab
uzilishlarining   mavjudligi,   bilim   olish   uchun   zarur   o’quv   ko’nikmalari   va
malakalarining shakllanmaganligi; o’quvchining bilish qobiliyati, aqliy imkoniyati
darajasining pastligi va boshqalar.
3.   Neyrofiziologik   kamchiliklar:   o’quvchi   organizmida   umumiy   susayishning
kuchayganligi, ko’rish, eshitish, artikulyasiya, nutq apparatining buzilganligi, bosh
miya   yarim   sharlari   pustlog’ining   biron   qismida   yuz   beradigan   barqaror   yoki
muvaqqat tormozlanish hodisasining yuzaga kelganligi va hokazo.
Taniqli   psixolog   N.A.Menchinskaya   bo’sh   o’zlashtiruvchi   va   barqaror
o’zlashtirmovchi  o’quvchilar toifasi  (tipi) to’g’risida fikr yuritadi. Uning fikricha,
bo’sh   o’zlashtiruvchi   o’quvchilar   tipining   vujudga   kelishi   ularning   bo’sh
o’zlashtirishlarida   ustunlik   rolini   bajaradi   hamda   kompleks   shaxs   xususiyatlariga
bog’liq   bo’lishi   mumkin.   O’quv   faoliyati   motivlari,   intellektual   qobiliyatlarining
rivojlanmaganligi,   o’quv   faoliyati   uchun   zarur   hisoblangan   ko’nikma   va
malakalarining yetarli  darajada  hosil   bo’lmaganligi   shunday  xususiyatlar  qatoriga
kiradi. Bular bir-birlari bilan yaqindan aloqada bo’lishiga qaramasdan, haqiqatdan
ham bularning biri bo’sh o’zlashtirishning sababchisi rolini o’ynashi mumkin.
Psixolog   N.I.Murachkovskiyning   aniqlashicha,   shaxsning   ikki   xil   toifali
xususiyatlari   o’zlashtirmovchilikning   kelib   chiqishiga   ta’sir   etadi:   birinchidan,
o’quvchining fikr yuritish faoliyati xususiyatlari, ikkinchidan, o’quvchi shaxsining
yo’nalishida   namoyon   bo’ladigan   o’qishga   munosabatlar   "o’quvchining   ichki mavqyei"   hisoblanadi.   O’quvchi   shaxsining   bu   ikki   tomonini   ko’rsatuvchi
xususiyatlar   bilan   bog’liq   ravishda   bo’sh   o’zlashtiradigan   bolalarning   muayyan
tiplari paydo bo’ladi, hozircha ularning quyidagi tiplari mavjud: birinchi o’qishga
munosabatlari ijobiy, lekin uquvchanligi past bo’lgan o’quvchilar; ikkinchi toifa -
o’qishga   munosabatlari   salbiy,   ammo   uquvchanlik   imkoniyatlari   yuqori   bo’lgan
o’quvchilar;   uchinchi   toifa   -   o’qishga   munosabatlari   salbiy   hamda   uquvchanlik
imkoniyatlari past bo’lgan kontingentlar.
Har uchala toifaga aloqador bo’lgan bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlash
ancha   qiyinchiliklarni   yuzaga   keltiradi.   Tabiiyki,   agar   bo’sh   o’zlashtiruvchi
o’quvchi   shaxsi   faqat   bir   tomonlama   (uquvchanlik   yoki   o’qishga   ijobiy
munosabat) ijobiy ko’rinishida bo’lganida edi, unda bo’sh o’zlashtirishning oldini
olish nisbatan oson bo’lar edi. Bordi-yu, uquvchanlik imkoniyati past, lekin o’quv
motivlari ijobiy bo’lgan o’quvchilar bilan ishlashga to’g’ri kelganda, asosiy diqqat-
e’tibor ularning aqliy faoliyatini mashqlantirishga qaratish maqsadga muvofiq.
O’zlashtirishlari past bo’lgan ikkinchi toifadagi o’quvchilarga nisbatan boshqacha
yondashish   talab   etiladi.   Eng   muhimi   ularga   interfaol   ta’sir   ko’rsatish,   o’quv
faoliyati   motivlarini   o’zgartirish   ijobiy   natijalar   beradi.   Bu   toifadagi
o’quvchilarning   maktabdan   tashqari   amaliy   va   mustaqil   faoliyatlaridan,   ayniqsa,
ijodiy   ishlarga   bo’lgan   qiziqishlaridan   (rasm   solish,   musiqa   asboblarini   chalish,
modellashtirish)   va   shaxsning   boshqa   ijobiy   sifatlariga   asoslangan   o’qituvchilik
faoliyati   vazifalaridan   foydalangan   holda   ish   yuritish   odatda   ijobiy   natija   berishi
kuzatiladi.
Uchinchi   toifadagi   o’quvchilarga   nisbatan   qo’llaniladigan   tadbirlar   juda   sekin   va
qiyinchiliklar   bilan   ta’sir   etadi.   Bu   o’quvchilar   uquvchanlik   imkoniyatlarining
pasayib   ketishi   ularga  salbiy   munosabatda   bo’lishlari,   pedagogik  ta’sirdan   chetda
qolganlikari sababli kelib chiqadi.
Uzoq   vaqt   asosiy   fanlardan   bo’sh   o’zlashtirib   kelgan   va   aqliy   faoliyatdan   bosh
tortishga   harakat   qilishgan   o’quvchilarda   aqliy   rivojlanishning   mo’tadil   borishi
buzilgan,   shu   sababli   ularda   salbiy   axloqiy   sifatlar   yoki   illatlar   yuzaga   kela
boshlagani ayon bo’ladi.
Shunga   qaramasdan,   bu   toifaga   aloqador   o’quvchilarning   har   birida   ma’lum
darajada   ijobiy   sifatlar   uchraydi.   O’qituvchi   ana   shu   yashirin   ijobiy   sifatlarga
tayanib, shu asosda ish ko’rganidagina ijobiy natijalarga erisha oladi.
Psixolog   L.S.Slavinaning   ko’rsatishicha,   boshlang’ich   sinflarda   o’z   tengkurlariga
nisbatan   bilish   faolligi   yetarli   darajada   bo’lgan,   intellektual   jihatdan   normal
rivojlanmagan bolalar mavjuddir.  Lekin ular hali fikr qilishga, mulohaza yuritishga
odatlanmagan   bo’ladilar.   Faol   fikr   yuritish   faoliyatidan   qochishga   intiladilar.
O’qituvchi   bundan   o’quvchilarga   alohida   diqqat   bilan   qarashi,   ularni   fikrlashga
odatlantirishi  o’quv faoliyatida erishilgan yutuqlarini har tomonlama ma’qullashi, o’quv totshiriqlarini bajarishni, o’yin va amaliy faoliyat bilan bog’lab olib borishga
harakat qilishi kerak.
Xullas,   bo’sh   o’zlashtirish   yoki   barqaror   o’zlashtirmaslikni   kelib  chiqishga   sabab
xususiyatlarning   bo’lishi   mumkin.   Odatda,   maktabga   endigina   qadam   qo’ygan
bolalar orasida aqliy jihatdan o’z imkoniyatlariga nisbatan past rivojlangan, borliq
to’g’risida   tasavvurlari   cheklangan,   nutq   faoliyati   kam   rivojlangan,   hatto   sodda
bo’lsa ham, o’quv malakalari shakllanib ulgurmagan bolalar uchrab turadi. Bunday
holat   ota-onalar   umumiy   pedagogik   hamda   psixologik   madaniyati   darajasining
pastligi,   bolani   kattalar   bilan   muomala   qilish   ehtiyojlarining   o’z   vaqtida
qondirilmaganligi bilan tavsiflanadi.
Bo’sh   o’zlashtirishning   ikkinchi   davri   boshqacha   tavsiflanadi.   Chunonchi,
ko’pgina   bolalar   o’qishga   nisbatan   qiziqishi   o’zgarganligini   o’zlari   sezmaydilar,
murakkab   aqliy   faoliyat   ularni   toliqtiradi,   natijada   o’qishga,   predmetlarga
munosabati o’zgaradi, undan mutlaqo ko’ngli soviydi.
Maktabda   o’quvchilardan   zo’r   uyushqoqlik,   intizomlilik   va   irodaviylik   talab
etiladi.   Mana   shu   talablarga   javob   bera   olmagan   ayrim   o’quvchilar   bo’sh
o’zlashtiradigan   bo’lib   qoladilar.   Shunday   qilib,   yuqorida   aytib   o’tilganidek,
yuqori   darajada   uquvchanlik   muvaffaqiyatli   o’qitishning   zaruriy   shartlaridan
hisoblansa   ham,   bola   shaxsi   xususiyatlarining   boshqa   tomonlari,   avvalo
javobgarlik   va   burch   hislarining   shakllanmaganliklarida,   mehnatga   muhabbat   va
mehnat   qilishga   odatlanishi   rivojlanmay   qolishi   muvaffaqiyatli   o’qishni   to’la
ta’minlay olmaydi.
Bo’sh  o’zlashtiruvchi  o’quvchilar   tafakkuridagi   ayrim   zaif  jihatlar  rivojlantirishni
taqozo   qiladi,   unga   qaratilgan   tadbirlardan   biri   -ta’limga   nisbatan   differensial
yondashishni amalga oshirishdan iboratdir.
Yu.K.Babanskiyning   ko’rsatishicha,   ayrim   o’qituvchilar   bo’shroq   o’zlashtiruvchi
o’quvchilarga nisbatan o’quv topshiriqlarining hajminigina differensiallashtiradilar
(bo’sh   o’zlashtiruvchi   o’quvchi   kuchli   o’quvchiga   nisbatan   kamroq   miqdorda
topshiriq   oladi),   yana   boshqa   o’quvchi   esa   murakkab   topshiriqlarni   bajarishga
to’g’ri   kelganda   ularni   differensiyalashtiradi,   (bo’sh   o’zlashtiruvchi   o’quvchi
ancha   sodda   topshiriq   oladi)   yana   boshqa   bir   o’qituvchi   topshiriqlarni   bajarishda
yordam   berish   xususiyati   va   darajasiga   binoan   differensiyalashtiradi   (bunday
holatda   kuchli   o’zlashtiruvchi   o’quvchilar   topshiriqlarni   mustaqil   bajaradilar)   va
nihoyat  yana bir  toifadagi  o’qituvchilar  turli  qulayliklardagi  topshiriqlar  variantni
bajarishda differensial yondashishni amalga oshiradilar.
Yu.K.Babanskiy  bo’sh  o’zlashtiruvchi  o’quvchilarga   nisbatan  bunday  differensial
yondashish   turlarini   ko’rib   chiqib   shunday   xulosaga   keladi:   bularning   har   biri
o’quvchining   imkoniyatlarini   optimal   ravishda,   ayni   vaqtda   va   kelgusi   taraqqiyot
uchun   qo’llaniladigan   bo’lsa,   to’g’ri   bo’lishi   mumkin.   O’quv   topshiriqlarini shunday   usullar   yordamida   rejalashtirib   borish   mutlaqo   to’g’ridir.   Faqat
psixologlarning natijalariga asoslanib ish ko’rishga harakat qilishi kerak.
Psixologik tekshirishlarda bo’sh o’zlashtiruvchilarga nisbatan o’quv topshiriqlarni
kamaytirib borish faqat  ularning aqliy jihatdan charchaganliklarini aniqlaganlikda
to’g’ri   bo’ladi,   lekin   tabiiy   ravishda   buni   doimiy   qoidalar   tarkibiga   kiritib
bo’lmaydi.   Bo’sh   o’zlashtiruvchi   o’quvchilar   o’quv   topshiriqlarini   mustaqil   va
muvaffaqiyatli   bajara   olishlariga   ishonch   hosil   qilganlaridagina   ularga   shunday
topshiriqlarni berish maqsadga muvofiqdir.
O’quv topshiriqlarini differensiyalashgan bo’lishi ularning mazmunida emas, balki
metodik   jihatdan   to’g’ri   bajara   olishni   ko’rsatishda   namoyon   bo’ladi.   Masalan,
bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchiga ham barcha o’quvchilarga (matematika yoki ona
tilidan)   beriladigan   topshiriqlar,   lekin   bo’sh   o’zlashtiruvchilarga   berilgan
topshiriqlar   izohi,   sxemali   yoki   o’xshash   savollarning   bo’lishi   bilan   tavsiflanadi.
Bunday   munosabat   natijasida   o’quvchilar   topshiriqlarni   mustaqil   bajara   olish
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ayniqsa, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarga muttasil
yordam   berilayotganda   ularning   mustaqil   fikr   yuritishiga   harakat   qilishlarini
rag’batlantirib borish lozim.
Uquvchanlik   darajasi   quyi   bo’lgan   o’quvchilarga   nisbatan   qo’yiladigan   talablar
ularning   bilimini   o’zlashtirish   imkoniyatlariga   mos   tushmog’i   kerak.   Aks   holda,
ularda   o’quv   faoliyatining   murakkabligidan   cho’chish,   hadiksirash,   mustaqil
o’zlashtira   olishga   ishonmaslik   tuyg’usi   singari   salbiy   illatlar   yuzaga   kela
boshlaydi.
Bo’sh   o’zlashtiruvchi   o’quvchilarning   fikr   yuritishlarini   rivojlantirishda   ularga
individual yondashish katta rol o’ynaydi.
Shubhasizki,   o’quvchi   jiddiyroq   shug’ullanishga   kirishsa,   o’z   kelajagini   oldindan
ko’ra olishga intilsa, o’qituvchi ularni sinchkovlik bilan o’rganishga intilishi lozim.
O’qituvchida:   "Agar   o’quvchilarda   yomon   xulq-atvor,   sustlik,   loqaydlik   singari
yomon   jihatlari   uchragan   bo’lsa,   albatta   ertaga   xislatlarning   yaxshi   tomonlari
yuzaga   chiqadi",   degan   umid,   ishonch,   istiqbol   tuyg’ulari   mavjud   bo’lgandagina
o’qitishda   takomillashish   jarayoni   yuzaga   keladi.   O’quvchining   kuchiga
ishonganda zaifgina bo’lsa-da, yaxshi xislat borligini bilish asosida uning shaxsini
shakllantira borish individual munosabatning eng muhim tomonidir.
O’qituvchi   bo’sh   o’zlashtiruvchi   boshlang’ich   sinf   o’quvchilariga   nisbatan
individual yondashganda quyidagi talablarga amal qilishi shart:
1)   bo’sh   o’zlashtiruvchi   o’quvchilarning   o’ziga   xos   psixologik   xususiyatlari   va
aqliy imkoniyat darajasini bilish;
2) ularga interfaol ta’sir ko’rsatish usullari va metodlarini to’g’ri tanlash va ularni
tatbiq etishda individual xususiyatlarini hisobga olish; 3) o’quvchi bilan o’qituvchi muomalasi oqibatini oldindan sezish.
Olti yoshlilarning psixologik xususiyatlari
Bola olti yoshga to’lganda jismoniy rivojlanishi yanada tezlashadi. Mazkur yoshda
bola   ko’proq   bo’yiga   o’sadi,   natijada   bo’y   bilan   tana   o’rtasida   mutanosiblik
buziladi.   Bola   g’ayratli,   serharakat   bo’la   boshlaydi.   Uning   muomolasi,   xatti-
harakatlari tobora murakkablashib boradi. Samokat, velosiped uchishga juda mohir
bo’ladi.   Har   narsaga   qiziqish   doirasi   kengayadi   olam   va   odam   haqida   kishini
ba’zan   hayratga   soladigan   murakkab   savollarni   ko’plab   beradigan   bo’ladi.
Mustaqil   harakat   qilish   istagi   ko’payadi.   Olti   yoshli   bolalar   bolg’a,   kurakcha,
qaychi,   pichoq   singari   mehnat   qurollaridan   bemalol   foydalana   oladilar.
Shuningdek,   ular   rasm   solishda   oddiy   qalam   va   mo’yqalamdan,   bo’yoqlardan
foydalanish   uquviga   ega   bo’ladilar.   Kattalar   ishonchini   qozonishga   harakat
qiladilar,   ularning   oldida   javobgarlik   hissini   sezadilar.   Ana   shular   evaziga
topshiriqni o’z vaqtida va ko’ngildagidek bajarishga ishtiyoqli bo’ladilar.
Olti   yoshli   bolalarda   nutq   ham   juda   tez   rivojlanadi.   Ularning   nutq   boyligi   2500
taga yaqin so’zdan  iborat  bo’ladi. Shu sababdan  ular  gap tuzish,  suhbat  ko’rishni
uddasidan   chiqadilar.   Til   qoidalarini   bilmasalarda,   amalda   ularni   to’g’ri
qo’llaydilar.   Kattalarning   gaplariga,   suhbatlariga   quloq   soladilar.   Kattalar   bilan
muloqotga kirishlari orqali ulardan nutqni o’qib olish qobiliyati tug’iladi. Kattalar
nutqni o’qib olish ularda so’z boyligining ortib borishida muhim ahamiyatga ega.
Olti   yoshlilarning   ruhiy   dunyosi   o’sib   borishda,   takomillashuvida   turli   xildagi
o’yinlar   alohida   rol   o’ynaydi.   Bolalarning   yoshi   ulg’aygan   sari   ular   o’yinining
mazmuni murakkablashib, turlari ham ortib boradi, o’ynash vaqti ham cho’ziladi.
Ular   o’zlarining   syujetli   o’yinlarida   turmushdagi   voqyealarni   namoyish   qilishga
urinadilar.   Guruh   bo’lib   o’ynashda   o’zaro   bir-birlarini   tushuna   oladilar,   o’yin
shartiga tez moslashadilar.
Mazkur   yoshdagi   bolalarda   atrofdagi   narsa   va   hodisalarga   qiziquvchanlik   bilan
idrok   qilishi   ortib,   tabiat   va   turmush   voqyealarini   kuzatishi   rivojlanadi.   Bu
yoshdagi   bolalar   mayda-chuyda   narsalargacha   sinchkovlik   bilan   kuzatadilar.
Kuzatuvchanlik qobiliyatining o’sib borishi bolalarda narsa va hodisalarni ixtiyoriy
esda olib qolish faoliyatini  takomillashtiradi. Shuning uchun ham  bu yoshda bola
o’rgangan   hikoya,   yodlagan   she’rlarini   butun   vujudi   bilan   aytib   berishga   intiladi.
Hap   bir   narsaning   mantiqiy   tomonini   anglab   olishga   harakat   qiladi.   Katta
yoshdagilarga   qaraganda   olti   yoshli   bolada   u   yoki   bu   narsani   eslab   qolish,   esga
tushirish, tanish xislati yuqori bo’ladi.
Olti   yoshlilarda   tasavvur   doirasining   kengayishi   xayolning   o’sishiga   olib   keladi.
Xayol   tasavvurlarining   o’sganligi   bolalarning   rasm   solishida,   plastilin   va   loydan
o’yinchoqlar yasashlarida, harakatli na syujetli o’yinlarida ko’zga tashlanadi. Bola
xayolan   turli   qiyofaga   kirishi   mumkin.   Shuningdek,   bu   yoshdagi   bolalarda kattalarning   xatti-harakatlariga   aynan   taqlid   qilishga   urinish   kuchli   bo’ladi.   Ular
o’yinlar orqali turli kasb egalarining xususiyatlarini o’zlarida mujassamlashtirishga
harakat   qiladilar.   O’z   xayollarida   vrach   bo’lib,   bemorlar   dardini   davolash,
o’qituvchi   sifatida   insonga   bilim   berish,   ziyo   tarqatish,   kosmonavt   bo’lib   fazoga
parvoz qilib, koinot sirlarini ochish, shofyor bo’lib kishilar manzilini yaqin qilish,
o’quvchi   bo’lib,   ko’k   yuzini   quchish   istaklarining   tug’yon   urishi   bunga   yaqqol
misol bo’la oladi.
Shuni   aytish   kerakki,   bolalarning   turli   o’yinlarida   yoki   chizgan   rasmlarida   biror
elementning   yoki   chiziqning   xayoliy   obrazlari   kengayib   boradi,   ayrim   alomatlar
fantaziya   tariqasida   ma’lum   syujetni   keltirib   chiqaradi.   Shuning   uchun   kattalar
bolalarga "quyonning rasmini chiz", "kubiklardan uy yasa", "cho’plardan shakllar
bunyod qil","ertaklar asosida rasmlar chizgin" deb ularni turli mashg’ulotlarga jalb
qilishlari lozim. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, bolalar chizgan rasmlari yoki
yasagan   o’yinchoqlarini   ko’pincha   mavhum   allaqanday   jonivorlarga   yoki
predmetlarga qiyoslaydilar. Ko’pincha ular chizgan narsa o’zlari qiyoslangan yoki
"men   falon   narsani   chizdim"   deb   isbotlashga   harakat   qilayotgan   narsadan   ancha
yiroq bo’lishi  mumkin. Lekin bola o’z so’zida turib oladi. Shu daqiqalarda uning
tajribasizligini   nazarga   olish   bilan   birga   bolada   fantaziya   ham   ishlayotganini
unutmaslik   kerak.   Bunday   hollarda   kattalar   kichkintoylarga   e’tiborliroq
bo’lganlari,   yordam   berganlari,   tushuntirishlari,   lozim   bo’lsa   ko’nglini
ko’targanlari   ma’qul.   By   bolaning   mushohada   etish,   odam   va   atrof-muhitni   o’z
qalb   ko’zi   bilan   ko’rishida   zada   qilib   qo’ymaydi,   aksincha   ilhomlantiradi.
Shuningdek,   bu   yoshda   bolalar   uzoq   ellar   to’g’risida,   moviy   dengiz,   poyonsiz
o’rmonlar   haqida,   u   yerdagi   ajoyibotlar   to’g’risida   ertaklar,   yodgorliklar,   urush
qahramonlari,   qahramon   dengizchilar,   qutb   tadqiqodchilari,   tabiatni   o’zlashtirish
yuzasidan   hikoyalar   eshitishni   yaxshi   ko’radilar.   Ertak   va   hikoyalar   eshitish
jarayonida   bolalar   shirin   xayol   og’ushiga   toladilar,   orzular   quchog’iga
cho’madilar,   o’sha   qahramonlar   o’rnida   o’zlarini   qo’yib   ko’radilar.   Goh   sexrgar
chol Ibn Xattob, goh Gulliver bo’lgilari keladi, "uchar gilamlar"da sayohat qilishni
xayol   qiladilar.   Bolalarga   ertak   aytayotganda   eng   muhimi,   kerakli   o’rinlarda:
"Mana,   buni   qara",   "Falon   narsaga   qulok   sol",   "Bu   joyni   ko’zdan   kechir",   "Endi
sen   javob   ber"   deb   ularni   mustaqil   fikr   yuritishga   o’rgatib   borish   zarur.   Bolalar
amalga oshirishi lozim bo’lgan kelajak ishlari, rejalari to’g’risida ham ijodiy xayol
suradilar.   Osmonga   uzoq   sayyoralarga   xayolan   parvoz   qiladilar   "bir   zumda"   har
qanday   manzilga   olib   boradigan   texnika   haqida   o’ylaydilar.   Bularning   barchasi
bolalarning   bilim   doirasini   kengaytiradi,   texnik   qobiliyatini   o’stiradi,   uning
mantiqiy fikr yuritingini mustahkamlaydi, aqlni peshlash mashqlari rolini bajaradi.
Shuning   uchun   ota-onalar,   o’qituvchilar   bolalarning   xayoliy   parvozlariga   alohida
e’tibor   berishlari   lozim.   Eng   muhimi,   har   bir   o’qituvchi,   ota-ona   bolaning
qobiliyatini nimalarga qiziqishini, fikrlashini yaxshi bilib olishlari zarur. Bolaning
har bir narsa va hodisaga qiziquvchanlik bilan qarashi, uning mulohaza yuritishini, ya’ni   tafakkurini   rivojlantiradi.   Zero,   olamdagi   narsa   va   hodisalar   to’g’risida   fikr
yuritish   ruhiy   dunyomizning   murakkab   jarayonlaridan   biri   hisoblanadi.   Tafakkur
orqali   bola   tevarak-atrofdagi   borliq   o’rtasida   mavjud   muhim   bog’lanishlar   ichki
qonuniyatlar va munosabatlarni ongida aks ettiradi. Fikr yuritish faqat so’z vositasi
bilan   vujudga   keladi.   Bola   narsalarning   tashqi   ko’rinishi   bilan   qiziqibgina
qolmasdan,   balki   ularning   ichki   xossa   va   xususiyatlari   bilan   tanishishga   ham
oshiqadi,   hamma   narsani   bilishga   qiziqadi.   Shu   sababdan   ularda   "Bu   nima?",
"Nega   bunaqa?",   "Qayerdan   kelgan?",   "Nega   kerak?",   "Kim   yasagan?",   "Nima
uchun   yuradi?",   "Qanday   qilib   uchadi?","Nega   biz   uchmaymiz?",   "Odam   nima
uchun   kuladi?"   kabi   savollar   tug’iladi.   Bunday   savollarning   vujudga   kelishi
bolaning   olam   va   odam   haqida   fikr   yuritish   jarayonining   tobora   rivojlanib
borayotganligidan dalolat beradi. Shu narsani unutmaslik kerakki, bolaning bergan
savollariga o’qituvchilar ota-onalar va tarbiyachilar e’tiborsiz bo’lmay, o’z vaqtida
va   imkon   qadar   to’liq   hamda   asosli   javob   berishlari   zarur.   Beparvolik   hamisha
bolaga   salbiy   ta’sir   qiladi.   Agar   bola   mazkur   savollarga   o’rinli   javob   olmasa,
kattalar   ularga   yetarli   ahamiyat   bermasalar,   u   holda   bolaning   qiziquvchanligi,
intiluvchanligi,   faolligi   asta-sekin   so’na   boradi.   Shuning   uchun   kattalar   iloji
boricha, uning talab va ehtiyojini qondirishi maqsadga muvofiqdir.
"Qanday   paytda   bolalar   fikr   yuritadilar?"   degan   savol   tug’ilishi   tabiiy.   Biron-bir
narsaga tushuna olmagan taqdirda yoki narsa va hodisalar taajjublantirsa, hayratga
solsa,   u   holda   bolalar   fikr   yurita   boshlaydilar.   Ko’pincha   o’qituvchilar,
tarbiyachilar, ota-onalar bola me’yoridan ortiqroq savol bersa, dunyo ajoyibotlarini
bilishga   qiziqsa:   "Ko’p   mahmadonalik   qilma",   "Ko’p   qaqajon   bo’lma",   "Bunday
gaplarni   senga   kim   o’rgatdi?",   "Nega   kerak   bo’lib   qoldi?",   deya   urishib,   tanbeh
beradilar. Bu uning ruhiy dunyosiga ta’sir qilmay qolmaydi, albatta.
Shuningdek, olti yoshli bolada ixtiyoriy diqqat o’sib boradi. Shuning uchun o’ziga
yangi,   notanish   bo’lgan   bilimlar   axborotlardan   iborat   bo’lgan   mashg’ulotlarga
diqqat-e’tibor qilib o’tiradi. Kattalarning xatti-harakatlarini, ular bajarayotgan ishni
boshqarish imkoniyatiga ega bo’ladi. Uning o’z maqsadi sari intilishi, mustaqilligi,
jasoratliligi bolaning iroda kuchidan kechinmalar rivojlangan bo’ladi. Ayni paytda
bolaning   yaxshi   yoki   yomon   xatti-harakatlarning   sezishi,   go’zallikning   idrok
qilishi   katta   odamlarnikidan   sifat   va   maqsad   jihatdan   farq   qiladi.   Ayniqsa,   uning
aqliy hislari mazmunan sayoz, davomiylik jihatdan beqarordir.
Olti yoshlilarda irodaviy xislatlarning o’sib borishi bola shaxsi shakllanishi, tarkib
topishi   jarayonida   unda   ijtimoiy-axloqiy   qoidalari   o’zlashtirib   boriladi.   Axloq
qoidalari   va   maqomlarining   bola   tomonidan   o’zlashtirib   borilishi   natijasida   unda
xarakter xislatlari shakllana boshlaydi.
Olti   yoshlilarning   tarbiyasi   oddiy   o’quv   va   mehnat   ko’nikmalari,   malakalari,
ixtiyoriy   diqqat   idrok   va   tajriba,   mantiqiy   esda   qolish   fikr   yuritish,   so’z   boyligi,
iroda   sifatlari,   yuksak   insoniy   xislatlar   qamrab   oladi.   Boladagi   mazkur   ruhiy jarayonlar, shaxs sifatlari, maxsus tashkil qilingan o’yinlar, ta’limiy mashg’ulotlar
asosidagina bir tekis rivojlanishi mumkin. Bu narsa o’qituvchilar, tarbiyachilar va
ota-onalar   olti   yoshli   bola   ustidan   qat’iy   nazorat   qilishni   va   o’z   vaqtida   unga
yordam   berib   turishni   taqozo   etadi.   Buning   uchun   barcha   olti   yoshlilarning
psixologik xususiyatlarini to’la o’rganishlari zarur.
Faol,   muloqotga   tez   kirishuvchi,   har   narsani   bilishga   qiziquvchi   bola   maktab
ta’limiga   mustahkam   poydevor   bilan   kirib   boradi.   Tajribalardan   shu   narsa
ma’lumki,   ko’pincha   tortinchoq   tabiatli   bola   savol   berishdan   o’zini   olib   qochadi.
Shuning uchun bunday xarakterli bolani o’qituvchi, tarbiyachi, ota-onalar ko’proq
har xil sohaga taalluqli mashg’ulotlarga tortishlari, turli joylarga sayohatlarga olib
chiqishi   bola   faolligini   oshiradi.   Natijada   bunday   toifadagi   bola   mustaqil   savol
berish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bolalarning turmush tajribalari kengayishi ma’qul qolipdagi narsa va hodisalarning
ichki  bog’lanishlari, goho taraqqiyot  sabablarini  tushunishga  olib keladi, ularning
fikr yuritish doirasi o’sadi, tartibli bilim olishga to’g’ri tayyorlanadi.                 Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy
qadriyatlar tarbiya manbai.  Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar   uchun   psixologiyasidan   topshiriqlar.     L.P.Xoxlova.   -T.,   O’qit.   -
1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Reja: Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi. Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi. Kichik maktab yoshi davrida kognitiv - affektiv sohalardagi rivojlanish xususiyatlari.

L.S.Slavina tadqiqotiga ko’ra, boshlang’ich sinflarda bilish faoliyati yetarli darajada shakllanib bo’lmagan, aqliy jihatdan nomustaqil o’quvchilar mavjuddir. Olimaning fikricha, o’qish va o’yin faoliyatlarida ularni fikr va mulohaza yuritishga o’rgata borish natijasida muvaqqat turg’unlikning oldini olish mumkin. Birinchi sinf o’quvchisida o’qish faoliyatining dastlabki natijalari uning boshqa materillarni egallash sari yetaklaydi. Uning o’qish faoliyatidagi birinchi mehnat faoliyati mahsuli shodlik, quvonch va amaliy (lazzatlanish) his-tuyg’usini keltirib chiqaradi. Hatto ayrim o’quvchilar u yoki bu obyektni, mavzuni bir necha marotaba o’qishni ham yoqtiradilar. O’qish faoliyatiga nisbatan qiziqish, moyillik keyinchalik predmetning mazmuniga qiziqishni vujudga keltiradi, balkim bilim olish ehtiyojini tug’diradi, qolaversa unda o’qish motivlarini tarkib toptiradi. Ta’lim mazmuniga, bilimni egallashga qiziqish o’quvchining o’z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy aloqadordir. Ushbu his o’qituvchining rag’batlantirishi orqali namoyon bo’ladi, yanada samaraliroq ishlash mayli, xohishi, istagi, ishtiyoqi o’quvchida shakllanadi. O’quvchida paydo bo’layotgan faxrlanish, o’z kuchiga ishonch hislari bilimlarni o’zlashtirish va malakalarni mustahkamlash ishiga xizmat qiladi. Shuning uchun rag’batlantirish (jazolash) o’z me’yorida bo’lgan taqdirdagina uning tarbiyaviy qiymati hamda ta’sirchanligi ortadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar faoliyatini baholash uning o’qishga nisbatan ijobiy munosabatini tarkib toptiradi. Maktab amaliyotida ko’pincha bolani og’zaki baholash odat tusiga kirib qolgan, chunki birinchi sinf o’quvchisi ana shu baho taassurotida o’z faoliyatini faollashtiradi. Ijodiy izlanishga harakat qiladi. Hatto o’quvchi dastlabki davrda "yaxshi" yoki "yomon" bahoning farqiga ham bormaydi, ko’proq uni nechta baho olganligi qiziqtiradi, xolos. Bu yoshda bola bahoning mohiyatini tushunib yetmasa-da, lekin o’qituvchining rag’batlantirishi uning uchun muhim rol o’ynaydi. Yirik pedagog va psixolog olimlar B.A.Suxomlinskiy, Sh.A.Amo-nashvili va ularning shogirdlari kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni baholash salbiy oqibatlarga olib kelish nuqtai nazarini yoqlaganlar. Ma’lumki, faqat baho uchun o’qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirishga olib keladi. Lekin bilimni tekshirishni boshqa usul va vositalarini qo’llash (masalan: reyting, shkala, ballar) hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki baholashning bola kamoloti uchun ahamiyatini qat’iy ravishda inkor qilish ham oqilona vosita emas, modomiki shunday ekan, baholashdan maslahat, yo’llanma, tavsiya, ko’rsatma sifatida foydalanish ijobiy omil vazifasini bajara oladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning muhim xususiyatlaridan yana bittasi - bu o’qituvchi shaxsiga nisbatan ishonch hissi va yuksak obro’ tuyg’usining mavjudligi. Shuning uchun o’qituvchi bolaga tarbiyaviy, ta’limiy ta’sir ko’rsatish

imkoniyati shunday kattaki, uning siymosida aql idrokli, tiyrak, sezgir, mehribon, hatto donishmand inson gavdalanadi. O’qituvchi siymosida o’quvchilar ezgu niyati, orzu istagi, istiqboli, ajoyib va g’aroyib his-tuyg’ularini ro’yobga chiqaruvchi kamolot cho’qqisidagi shaxsni tasavvur qiladilar. O’qituvchining obro’si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh-urug’lari, tanish bilishlarining nufuzi keskin pasayadi. Go’yoki, borliqning absolyutligi, haqiqat o’lchamining namunasi, zakovatning yuksak chuqqisi, odob nazokatning avval boshi o’qituvchida o’z ifodasini topgandir. Ana shu sababdan ular o’qituvchi xulqini muhokama qilishga yo’l qo’ymaydilar, uning har bir so’zini qonun tariqasida qabul qiladilar va bu yo’lda o’zlarini haq deb hisoblaydilar. O’quvchining psixik jihatdan taraqqiy qilishi oqibatida o’qituvchining mutlaqligiga munosabati biroz o’zgaradi, buning asosiy sababi unda ongli xatti- harakat ehtiyojining tug’ilishi hisoblanadi. O’quvchida turmush va borliqqa nisbatan bir talay muammolar, savollar vujudga keladi, hamma narsa hayotda u o’ylaganday emasligiga ishonch hosil qiladi va undan qanoatlanadi, shubhalanish, ikkilanish hislari paydo bo’ladi. Bu muammolarga o’zi mustaqil javob topishga intiladi, natijada savol bilan boshqa odamlarga murojaat qilishga qaror qiladi. Ta’lim jarayonida o’qituvchi obro’sidan oqilona foydalanib, o’quvchida uyushqoqlik, mehnatsevarlik, o’qishga nisbatan ijobiy munosabat, diqqatni boshqarish, xulqni idora qilish, o’z-o’zini qo’lga olish, o’z-o’ziga tasalli berish fazilatlarini shakllantirish va intilish, faollik tuyg’ularini vujudga keltirish ta’lim jarayonida yuqori samara beradi. Pedagogik odob (takt) nazorat nuqtai nazaridan o’qituvchi obro’sini o’quvchilar davrasida to’kish yoki shaxsiyatiga tegish, mazax qilish mutlaqo mumkin emas. Odatda o’quvchilar o’rtasida obro’ orttirish uchun bir nechta tarkibiy qismlarini yaxlit bir timsol sifatida, mujassamlashtirish maqsadga muvofiqdir: a) o’qituvchida kasbiy qobiliyatlarining mavjudligi; b) uning dilkashligi va boshqa xislatlarga ega bo’lishligi; v) o’quv predmetlarining chuqur egallaganligi; g) o’qituvchi bilim saviyasining chuqurligi va ko’lamining kengligi; d) o’qituvchining vijdonligi, adolatgo’ylik fazilatlari, uning statusi va rolining maqsadga muvofiq ravishda turmush jabhalarida namoyon bo’lishi, obro’sini yanada yuksaltiradi. Chunki, soxta obro’ orttirish sun’iylikni keltirib chiqaradi. Bunga ta’lim jarayonida yo’l qo’yish qator nuqsonlarni yuzaga keltiradi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkuri xususiyatlari O’quvchi tevarak-atrofdagi voqyelikning belgi, alomati va xususiyatlarini, ularning xossalarini, qonuniyatlarini va o’zaro bog’lanishlarini bilish faoliyatida hamda ta’lim jarayonida tushuna boradi, fikr yuritish faoliyatida esa ham miqdor, ham sifat o’zgarishi yuzaga keladi.

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurining rivojlanishini yirik psixolog L.S.Vigotskiy tushunchalarning shakllanishi hamda nutqning o’sishi bilan uzviy bog’liq holda o’rgangan. Shuning uchun u ajnabiy psixologlarning (birinchi navbatda J.Piajening egosentrik konsepsiyasini qattiq tanqid qilib, tafakkurni genetik metod yordamida o’rganishni tavsiya qiladi. L.S.Bigotskiy psixologiya faniga inson kamolotining "Eng yaqin taraqqiyot zonasi" va "aktual faoliyat zonasi" deb nomlangan tushunchalarni olib kiradi. Uning birinchisi o’qituvchining bevosita rahbarligida oshirilsa, ikkinchisi o’quvchining mustaqil faoliyatida namoyon bo’ladi. P.P.Blonskiy mazkur yoshdagi o’quvchilar tafakkurining o’sishiga xotiraning taraqqiyotini, tafakkurning ta’sir etishini genetik metod yordamida ochib beradi. Ayniqsa, tafakkurning "intizomlilik" sifatining namoyon bo’lishini inson tomonidan tafakkurni boshqarish va nazorat qilish faoliyatidan aniqlash mumkinligini P.P.Blonskiy alohida ta’kidlaydi. N.A.Menchinskaya tafakkur muammosini chuqur o’rganib, uning taraqqiyot ko’rsatgichlarini quyidagi jihatlarini o’rganishda ko’radi: 1) bilimlarni o’zlashtirishning tezligi, 2) fikr yuritish jarayonining epchilligi, 3) tafakkurning mavhum hamda yaqqol jihatlarining o’zaro aloqasi va nihoyat, 4) analitik-sintetik faoliyatning turli darajalari kabilar. Muallif tafakkur taraqqiyoti belgilari sifatida o’quvchilarda bilimlar fondining ortishi, aqliy faoliyat usullarining egallanishi hamda ta’lim jarayonida ularda uquvchanlik qobiliyatining paydo bo’lishini sanab o’tadi. Bu narsalarning barchasi kichik maktab yoshidagi o’zlashtirishi past o’quvchilarida tajribadan o’tkaziladi hamda ularning muayyan mezonga asoslanib guruhlarga ajratadi. Ukrain psixologi G.S.Kostyuk tafakkurning rivojlanishini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirib olingan materiallarning mazmunidan, sinaluvchilarning o’quv faoliyatini, topshiriqlarning bajarish shakllari sifat jihatdan o’zgarib borishini e’tiborga olishda ko’radi. A.ALyublinskaya boshlang’ich sinf o’quvchilarining tafakkuri to’g’risidagi ma’lumotlarida ularda mazkur jarayonning rivoji ko’p jihatdan analitik-sintetik faoliyatiga bog’liq ekanligi ko’rsatib o’tiladi. Bu faoliyat birlamchi sintez va analiz, ikkilamchi sintez hamda yaqqol harakat analiz va sintez kabi tarkiblardan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Bundan u yosh davrda yaqqol- harakat, yaqqol obrazli va so’z-mantiq yoki nazariy tafakkur bosqichlarini bosib o’tish to’g’risida mulohaza yuritiladi. Taniqli psixolog L.V.Zankov kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini o’stirish maqsadida o’zining ta’limiy tizimini ishlab chiqadi. Bu ta’lim tizimi ushbu o’qitish tamoyillariga asoslanadi:

1) ta’lim jarayonini yuqori darajadagi murakkab vaziyat asosida uyushtirish, 2) ta’lim jarayonida o’quvchilarga berilishi nazarda tutilgan bilimlarning nazariy salmog’ini maksimal darajada ko’paytirish: 3) mustaqillik, o’z-o’zini nazorat qilish faoliyatini rejalashtirish singari faoliyatni boshqarish usullarini o’quvchilarda tarkib toptirish. Bunday ta’lim tizimida o’quvchilar chuqur va mazmundor bilim olish bilan cheklanib qolish, balki ularniig aqliy faolligi ortib, mavhum (abstrakt) tafakkuri rivojlangan, aqlan o’sgan, o’qishga nisbatan ijobiy munosabati vujudga kelgan va hokazo. O’quvchi maktabga kelgan kunidan e’tiboran ta’lim jarayonida unda ilmiy tushunchalar va tasavvurlar miqdori soat sayin orta boradi, u asta-sekin o’zlashtirayotgan tushuncha va tasavvurlarning asl ma’nosi, mohiyatiga tushuna boshlaydi. Umuman, o’quvchida fikr yuritish doirasi, ko’lami va mazmuni kengaya boradi. Ta’lim jarayonida o’quvchilar bilimlar tizimini, o’quv ko’nikmalari va malakalarini egallash orqali o’zlarining bilim ko’lamini kengaytiradilar, shuning bilan birga ilmiy tushunchalarning tub ma’nosi ular ongiga singa boradi. Bu ishlarning hammasini izchillik bilan, ketma-ket, bir tekis amalga oshirish uchun o’quvchilar ma’lum darajada bilimlar va ko’nikmalarni egallagan, qolaversa tafakkur shakllari va mantiqiy fikr yuritish qoidalarini o’zlashtirib olgan bo’lishlari kerak. Ammo maktab ostonasiga endigina qadam qo’ygan bolaning bu narsalardan talabga javob beradigan darajada xabari bo’lmaydi. Ular bu narsalarning barchasiga o’qish jarayonida bevosita o’qituvchi rahbarligi ostida erisha boshlaydilar. Jumladan, o’qituvchi izohli o’qish darslarida o’quvchilarga uy hayvonlari yoki yovvoyi hayvonlar, jonivorlar, yirtqichlar va zararkunandalar, hasharotlar, foydali qushlar, yil fasllari, o’quv qurollari, uy jihozlari, mebellar, sport anjomlari haqida so’zlab berar ekan, ularning muhim xususiyatlari, alomatlari, belgilari, xossalari va o’zaro bog’lanishlarini tahlil qilib beradi. Bundan tashqari, ularning o’xshashlik, umumiylik belgilarini va tafovutlarini o’quvchilarga aniqlab ko’rsatadi. Bu surunkali olib boriladigan ta’limiy jarayon natijasida tafakkur mahsuli sifatida o’quvchilarda uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar, o’quv qurollari mebel va boshqa tushunchalar tarkib toptiriladi. Ular bulardan tashqari, yil fasllari, hasharotlar, o’simlik, bargli daraxtlar kabi qator tushunchalarni o’zlashtiradilar, ularning mohiyatiga to’laroq tushunib yetadilar. O’quvchilarga borgan sari yangidan-yangi masalalar, topshiriqlar va vazifalar yuklatilib, ularning barchasini mantiqan hal qilish, fikr yuritish vositalari yordamida oqilona yechish talab qilinadi. Bolalar ona tili darslarida grammatik kategoriyalarga amal qilib, ot so’z turkumining turlashi, ularni guruhlarga ajratishi, klassifikasiya qilishi lozim. Yuqoridagi fikrlar sifat, son, fe’l singari grammatik kategoriyalarga taalluqlidir. O’quvchilar matematika darslarida bo’linuvchi, bo’luvchi, bo’linma, ko’payuvchi, ko’paytiruvchi, ayirma, yig’indi, tenglik,