MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Reja: 1. Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi. 2. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi faoliyati sifatida (o‘yin faoliyatining mohiyati, turlari, bilish jarayonlari va shaxs taraqqiyotiga ta`sir ko‘rsatish mexanizmlari, o‘yinchoqning bola psixik rivojlanishiga ta`siri muammosi). 3. Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar. J.Piaje fenomenlari haqida tushuncha. 4. Maktabgacha yosh davrida tafakkur egotsentrizmi muammosi. 5. Maktabgacha yosh davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari. Maktabgacha yosh davrida ijtimoiy emotsiyalarning shakllanishi. 6. Maktabgacha yosh davrida motivatsion sohadagi o‘zgarishlar. 7 yosh inqirozi, uning sabablari va alomatlari. Maktabga psixologik tayyorlik muammosi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o’sishining umumiy shart-sharoitlari Uch yoshli bolalarga to’g’ri tarbiya berish, ta’sir o’tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo’naltirish orqali ularda mustaqil holda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o’z o’rnini yig’ishtirish ko’nikmalarini tarkib toptirishga, ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarish malakasini shakllantirishga erishish mumkin. Mazkur yosh xususiyatlarini tadqiq qilgan N.M.Shchelovanov, D.B.Elkonin va boshqalarning fikricha, bolaning uch yoshgacha o’sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatdan ancha o’zgartirib yuboradi. Shunga qaramay, bolaning o’sishiga kattalarning ta’siri, roli yetakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o’sib borishi mustaqilroq bo’lishini ta’minlaydi. Ammo maktabgacha yoshdagi mustaqillik ko’pincha bolaning amaliy faoliyatda uncha kuchli bo’lmagan shaxsiy imkoniyati doirasida kattalar yordamisiz harakat qilishida, nisbatan oz uchrasa-da, tobelikdan qutulish tuyg’usida ro’yobga chiqadi. Bolaning mustaqilligi faqat uning jismoniy va aqliy imkoniyatida, kuchi yetadigan jarayonga nisbatan o’z munosabatini kattalarning ko’magisiz amalga oshirishida emas, balki o’zining kuch-quvvati, qurbi yetmaydigan, muayyan amaliy ko’nikmalarini egallay olmagan turmush muammolarini hal etishida ham ko’rinadi. Mazkur psixologik holatning o’ziga xos jihatlari Elza Keller, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina, E.G’oziyev va N.Sodiqxo’jayevalarning mamlakatimizda, chet ellarda mashhur ona kundaliklarida yoritilgan hamda batafsil tahlil qilingan. Maktabgacha yoshga qadar bolalarning psixologik xususiyatlari yuzasidan mulohaza yuritishda kimning ilmiy tadqiqoti va asari bo’lishidan qat’i nazar, un da
vujudga keladigan xohish, istak hamda niyatning qondirilishi individni kamol toptirishga, shakllantirishga qaror qilgan kattalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqariladi. Mana shu yosh davrida namoyon bo’ladigan tarbiya jarayonidagi ayrim qiyinchiliklarning tashqi va ichki alomatlari (belgilari) ham psixologik tadqiqotlarda va ilmiy-psixologik adabiyotdarda ko’p marta ta’kidlangan bo’lib, birinchi navbatda o’jarlik, negativizm, qaysarlik, injiqlik kattalar ning bolalar nazarida obro’sizlanishi va qadrsizlanishi kabi illatlar bilan bog’liqdir. Qator ilmiy- psixo logik manbalarda aytilishicha, shu yoshdagi bolalarning his-tuyg’ulari na irodasida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi va bularning hammasi boladagi xudbinlik, o’ziga bino qo’yish, aksil ijtimoiy mayl, urinish, qaysarlik, rashk kabi illatlarda yaqqol aks etadi. N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarning oqilona mulohazalariga qaraganda, bolalardagi injiqliklarning bosh omili atrofdagi odamlarning ular shaxsiga adolatsiz, noto’g’ri, mensimay munosabatda bo’lishidan iboratdir, bizningcha, o’zini tan oldirishga intilish ham bunga sababdir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o’rgangan A.N.Golubevaning fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish unda o’jarlikni paydo qiladi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalarning o’jarligi doimiy bo’lmaydi, masalan, o’z tengdoshlariga nisbatan o’jarlik qilish ahyon-ahyondagina ro’y beradi, ular asosan katta yoshdagi odamlarga, shunda ham muayyan tarbiyachiga yoki oila a’zolarining birortasiga o’jarlik qiladilar. A.N.Golubeva bolalardagi o’jarlik barqaror emasligi sababli uning oldini olish mumkinligini uqtiradi. A.P.Larinning tadqiqotida esa noqulay va nomaqbul tar biyaviy shart- sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch yoshda ham paydo bo’lishi ifodalangan. Dastlab o’jarlik ba’zi-ba’zida ro’y beradi, lekin u hyech qachon barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan bo’lmaydi, binobarin, uning obyekti alohida shaxs hisoblanadi. Bola xarakterining bu sifati muhitning noto’g’ri tar biyaviy ta’siri oqibatida biror darajada barqarorlashsa, keyinchalik ko’pchilikka qaratilgan, umumlashgan shaklga kira boshlaydi. O’jarlik bir guruh odamlarga yo’nalganligini ham uchratish mumkin. A.P.La rin to’plagan ma’lumotlar o’jarlikning asosiy
sabablari − bolaning mustaqilligini cheklab qo’yish, erkinlik tuyg’usi va tashabbusini so’ndirish va uning ong xususiyatini (anglash sur’atini) kamsitishdan iboratligini ko’rsatadi. Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va uning psixik o’sishi davomida muayyan darajada o’zgarib boradi. Ularning o’zgarishi kattalarning bolaga u erishgan kamolot bosqichini hisobga olib, oqilona munosabatda bo’lishiga bog’liq. Agar maktabgacha davrda bolaga tegishlicha munosabatda bo’linmasa, unda o’jarlik vujudga kelishi mumkin. Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo’lgan o’jarlik va nojo’ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o’zgarish ro’y berganini, endi unga uning hozirgi o’sish darajasini hisobga olib, munosabatni amalga oshirish zarurligini bildiradi. Bo laning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari: 1) kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini; 2) xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga intilishini; 3) ayrim ko’zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishini; 4) o’z holicha ish tutishni cheklashlaridir. Kattalar bolaning ra’yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o’z-o’zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi. Oila va bog’chada shaxslararo munosabatlar ilmiy asosga qurilib, oqilona qoidaga suyanilsa va pedagogik odob (nazokat) doirasidan chetga chiqilmasa, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas. O’jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi − bolaning kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish va kichik maktabgacha yosh davridan maktabgacha davrga o’tishning tashqi ifodasidir. Mustaqillikka intilish mazkur yosh davridagi o’zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy xatti-harakatni va “men o’zim”ni anglashning mahsuli tariqasida ro’yobga chiqish kutiladi. D. B. Elkoninning fikricha, bolaning xohishi bilan bu xohishning harakatda ifodalanishi o’zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so’zsiz itoatkorlik uning istagini umumlashtirishga olib keladi, voyaga yetganlar talabiga mos emasligi
sababli shunchaki xohish, qat’iy shaxsiy xohish darajasiga o’sib o’tadi. Odatda “Men xohlayman”, “O’zim bajaraman” kabi mustaqillikka intilish harakatlari xohishning kuchayishida o’z ifodasini topadi. Ana shu tariqa bola psixikasida xohishlarning o’zaro uzviy bog’lanishi, motivlar va ularning kurashi yuzaga kela boshlaydi. K.M.Gurevich 3−4 yoshli bolalarda motivlarning birlamchi tobeligi va dastlabki irodaviy harakatning paydo bo’lishini tadqiq qilgan. Tadqiqotchi bo laning oldiga jimjimador o’yinchoqni olish uchun avval o’zi yoqtirmagan harakatni bajarish topshirig’ini qo’ygan. Buning uchun to’rt qismli tajriba ishi amalga oshirilgan. Olingan ma’lumotlardan ko’rinadiki: a) maktabgacha yosh davrida ezgu orzular asosida harakat qilish imkoniyati tug’iladi; b) mazkur orzularning sabablari o’zaro tobeligi (bog’liqligi) bevosita sabablarga qaraganda ertaroq paydo bo’ladi; 3) bevosita idrok qilinadigan narsalarga aloqador xohishni bajarishga qaraganda, narsaning o’ziga aloqador xohishni bajarishni muayyan muddatga kechiktirish osonroqdir. Shunday qilib, xohish-istakka tobe bo’lmaslik holatidan unga nisbatan dastlabki intilish, xayrixohlik tuyg’usining vujudga kelishi aynan maktabgacha yoshga to’g’ri keladi. Buning zamirida bolaning mayli, niyati, orzusi, istagi, tilagi va xohishining mazmuni hamda xususiyatidagi keskin o’zgarishlar yotadi. D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, mazkur o’zgarishlar bevosita idrok qilinadigan buyumlarga qaratilgan xohishning mantiqan mavhumroq buyumlarga yo’naltirilgan xohishga aylanishidir. Buning asosiy sabablari, bir tomondan, bolada oddiy umumlashtirish uquvining paydo bo’lishi hisoblansa, ikkinchidan, unda nutq faoliyatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishidir. Shundan so’ng uning faoliyati jozibador, maftunkor, jimjimador, yaltiroq narsalarning tashqi alomatlariga va ularni bevosita egallashga aloqador bo’lmay, balki mazkur narsalarning timsoli, tasavvur obrazlari, kelgusida shularning hammasini o’zlashtirish istagi asosiga quriladi. Bolaning orzu-istagi doirasidagi hali foydalanilmagan yangi, yashirin, ammo ro’yobga chiqadigan imkoniyatlar uning kattalar bilan munosabatida, muomalasida, muloqotida, o’zining shaxsiy faoliyatida, his-tuyg’usining mazmuni