logo

ILK O‘SPIRINLIK YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

58.0712890625 KB
ILK O‘SPIRINLIK YOSHI  DAVRIDA PSIXIK  RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Ilk o’spirinlik yoshining psixologik xususiyatlari
2. Ilk o’spirinlik yoshida shaxsning kamol topishi
3. Ilk o’spirinlar aql-idrokining xususiyatlari
4. Ilk o’spirin va kasb tanlash
5. Ilk o’spirinlarning turmush  haqidagi   tasavvurlari
6. Ilk o’spirinlik davrining o’ziga xos xususiyatlari
7. Ilk o’spirinlar tafakkurining o’sishi ILK O’SPIRINLIK YOShINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ilk   o’spirinlik   yoshi   davriga   15-18   yoshlardagilar   (akademik   lisey,   kasb-hunar
kolleji   o’quvchilari)   kiradilar.   Bu   davrda   o’quvchi   jismonan   baquvvat,   o’qishni
tugatgach,   mustaqil   mehnat   qila   oladigan,   oliy   maktabda   o’zini   sinab   ko’radigan
imkoniyatga   ega   bo’ladi,   ma’naviy   jihatdan   yetuklikka   erishadi.   Ilk   o’spirin   16
yoshida   mamlakat   fuqarosi   va   18   yoshida   esa   saylash   hamda   saylanish   huquqiga
ega   bo’ladi.   Bularning   barchasi   ilk   o’spiringa   fuqaro   sifatida   ijtimoiy   jihatdan
voyaga   yetishi,   hayotda  o’z   o’rnini   topishi,   o’z   taqdirini   o’zi   hal   qilishi   va   yetuk
shaxs sifatida ma’naviy o’sishi uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi. 
Ilk   o’spirinning   shaxsi   ijtimoiy   hayotda,   akademik   lisey,   kasb-hunar   kolleji
jamoasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan mutlaqo yangicha mavqyei
ta’sirida,   o’qish   va   turmush   sharoitidagi   o’zgarishlar   ta’sirida   tarkib   topa
boshlaydi. 
Mazkur davrning yana bir xususiyati   −   mehnat bi lan ta’lim faoliyatining bir xil
ahamiyat   kasb   etishidan   iboratdir.   Mavjud   shart-sharoitlar   ta’siri   ostida   ilk
o’spirinning   aqliy   va   axloqiy   jihatdan   o’sishida   o’ziga   xos   o’zgarishlar,   yangi
xislat   va   fazilatlar   namoyon   bo’ladi.   Akademik   lisey,   kasb-hunar   kolleji
o’quvchilari   ijtimoiy   hayotdagi   dolzarb   vazifalarni   hal   qilishda   faol   ishtirok   eta
boshlaydilar. Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, ta’lim xarakterining o’zgarishi yigit
va  qizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e’tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy
his-tuyg’uning   vujudga   kelishiga,   bilimni   o’zlashtirishga   ijodiy   yondashish
kuchayishiga olib keladi, natijada mustaqil fikrlash shakllanadi. 
Hayotda   o’z   o’rnini   topishga   intilish   kasb-hunar   egallash,   ixtisoslikni     tanlash,
istiqbol   rejasini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bo’lishni keltirib chiqaradi.
Biroq   bu   davr   kuch-g’ayrat,   shijoat,   qahramonlik   ko’rsatishga   urinish,   jamoat,
jamiyat   va   tabiat   hodisalariga   romantik   munosabatda   bo’lish   bilan   boshqa   yosh
davrlaridan keskin farqlanadi.
Ayniqsa, turmush va o’qish faoliyatlarining yangicha shart-sharoitlari sinf (kurs)
jamoasidagi o’zgacha vaziyat, ilk o’spirinlarning maxsus ta’lim tizimida egallagan
yuqori mavqyei, jamoatchilik ishlarida tajriba orttirishlari ular oldiga yuksak talab hamda   mas’uliyatli   vazifalar   qo’yadi.   Bu   davrda   ilk   o’spirin   yangicha   ta’lim
muhitida   tashkilotchilik,   rahbarlik,   tarbiyachilik,   tashviqotchilik   vazifalarini   o’tay
boshlaydilar.
Ilk   o’spirinning   psixik   rivojlanishini   harakatga   keltiruvchi   kuch   jamoat
tashkilotlari,   o’quv   jamoasi,   ta’lim   jarayoni   qo’yadigan   talablar   darajasining
oshishi   bilan   u   erishgan   psixik   kamolot   o’rtasidagi   ziddiyatdan   iboratdir.   Turli
qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar ilk o’spirinning axloqiy, aqliy, nafosat jihatdan tez
o’sishi orqali bartaraf qilinadi.
Ilk o’spirinlik yoshida shaxsning kamol topishi
Ilk o’spirinlik yoshidagi o’zgarishlar maktab, oila, shaxslararo munosabatlardagi
mavqyeni   yanada   mustahkamlashning   muhim   omili   hisoblanadi.   Lekin   yetakchi
omil   yangicha   ta’lim   muassasa   o’quvchisi   faoliyatining   xususiyati,   mohiyati   va
mazmunidagi tub burilishdir.
Ilk o’spirinlarda avvalo o’zini  anglashdagi  siljish yaqqol  ko’zga tashlanadi. Bu
hol   shunchaki   o’sishni   bildirmaydi,   balki   o’z   shaxsiyatining   ma’naviy-psixologik
fazilatlarini,   faol   ijtimoiy   turmush   tarzining   maqsad   va   vazifalarini   anglashni,
oqilona   baholashni   aks   ettiradi.   Ilk   o’spirinda   o’zining   ruhiy   dunyosini,   shaxsiy
fazilatlarini,   aql-zakovatini,   qobiliyati   hamda   imkoniyatini   aniqlashga   intilish
kuchayadi.   O’z   xulq-atvorini   jilovlash,   his-tuyg’ulari   hamda   ichki   kechinmalarini
tushunish ishtiyoqi vujudga kela boshlaydi.
Ilk   o’spirindagi   o’zini   anglash   turmush,   o’qish,   mehnat   va   sport   faoliyatlari
taqozosi   bilan   namoyon   bo’ladi.   Yangicha   ta’lim   muassasidagi   odatlanilmagan
vaziyatning   shaxslararo   munosabat   va   muloqot   ko’lamining   kengayishi   o’zining
aqliy,   axloqiy,   irodaviy   his-tuyg’ularining   xususiyatlarini   oqilona   baholash,
qo’yilayotgan   talablarga   ja vob   tariqasida   yondashish   o’zini   anglashni
jadallashtiradi. 
Bunday   ta’lim   tizimidagi   o’quvchilarning   o’zini   anglashga   aloqador
xususiyatlari   mavjud.   Ular   avval,   o’zlarining   kuchli   va   zaif   jihatlarini,   yutuq   va
kamchiliklarini, munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga
ega   bo’ladilar.   Agar   o’smirda   atrofdagi   kishilarning   oqilona   baholashlari   orqali aniq baholash  yuzaga kelsa,  ilk o’spirinda bu holat  boshqacharoq  tarzda kechadi,
unda   o’z   shaxsiy   fazilatini,   xulq-atvorini,   aqliy   va   jismoniy   mehnat   faoliyatini
tahlil qilish, qiyosiy baholash mayli kuchayadi. Ilk o’spirin o’smirga qaraganda o’z
ma’naviyati   va   ruhiyatining   xususiyatlarini   to’laroq   tasavvur   eta   olsa   ham,   ularni
oqilona   baholashda   kamchiliklarga   yo’l   qo’yadi.   Natijada   u   o’z   xususiyatlariga
ortiqcha   baho   berib,   manmanlik,   takabburlik,   kibrlanish   illatiga   duchor   bo’ladi,
sinf (kurs) va pedagoglar jamoalarining a’zolariga g’ayritabiiy munosabatda bo’la
boshlaydi.   Shuningdek,   ayrim   ilk   o’spirinlar   o’z   xatti-harakatlari,   aqliy
imkoniyatlari va qiziqishlariga past baho beradilar va o’zlarini kamtarona tutishga
intiladilar.     
Akademik   lisey,   kasb-hunar   kolleji   o’quvchisining   o’smirlik   yoshi   davridagi
boladan   boshqacha   yana   bir   xususiyati   −   murakkab   shaxslararo   munosabatlarda
aks   etuvchi   burch,   vijdon   hissi,   o’z   qadr-qimmatini   e’zozlash,   sezish   va
fahmlashga   moyillikdir.   Masalan,   o’spirin   yigit   va   qiz   sezgirlik   deganda   nozik,
nafis   holatlarning   farqiga   borish,   zaruratni   tez   anglash,   xolisona   yordam
uyushtirishni, shaxsning nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni tushunadi. Ilk
o’spirin   o’zining   ezgu   niyatini   baholashga   jamoada   o’z   o’rnini   belgilash   nuqtai
nazardan yondashadi, chunonchi “O’zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?”
“Jonajon   respublikamga,   ota-onamga   munosib   farzand   bo’la   olamanmi?”
“Jamiyatning   taraqqiyotiga   o’z   ulushimni   qo’sha   olamanmi?”   degan   savollarga
javob qidiradi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’quvchida o’zining fazilati to’g’risida yaqqol
tasavvur   hosil   qilish   uchun   o’qituvchiga   unga   juda   ustalik,   bilimdonlik,   ziyraklik
bilan yordam berishi lozim. U o’zining do’stona, iliq munosabati bilan sinf jamoasi
a’zolari   e’tiborida   ishonch,   obro’   qozonishi   uchun   har   bir   mulohazasida
pedagogik-psixologik   nazokatga   rioya   qilsa   yigit   va   qizlarda   ham   o’z   kuchiga,
imkoniyatiga,   qobiliyatiga,   fahm-farosatiga   ishonch   hissini   paydo   qiladi.   Ularda
ustozga chuqur hurmat, minnatdorchilik tuyg’ulari uyg’onadi.
Ilk   o’spirin   o’quvchida   o’zini   anglash   negizida   o’zini   o’zi   tarbiyalash   istagi
tug’iladi va bu ishning vositalarini topish, ularni kundalik turmushga tatbiq qilish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin o’zlarining o’zini o’zi tarbiyalashi psixologiyasidagi
mavjud   nuqsonlarga   barham   berish,   ijobiy   xislatlarni   shakllantirish   bilan
kifoyalanib   qolmay,   ularni   kattalarga   xos   ko’p   qirrali   umumlashgan   idealga   mos
ravishda tarkib toptirishiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ilk o’spirinlik davrida o’quvchilar o’zlarida eng qimmatli fazilatlarni, o’quv va
malakalarni   ongli,   rejali,   tartibli,   izchil   va   muntazam   tarkib   toptirishga   ehtiyoj
sezadilar.   Ma’lumki,   mazkur   toifadagi   ta’lim   muassasi   o’quvchilari   ma’naviy-
psixologik   qiyofaga   ega   bo’lish   uchun   oqilona   o’lcham,   mezon,   vazifalarini
bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini qidiradilar.
Ilk   o’spirinlarda   ideallar   bir   necha   ko’rinishda   namoyon   bo’lishi   va   aks   etishi
mumkin.   Masalan,   ular   taniq li   kishilarning   qiyofalari,   badiiy   asar   qahramon
timsolida o’zlarida yuksak fazilatlarni (sifatlarni)     gavdalantirishni orzu qiladilar.
Biroq   yigitlar   bilan   qizlar   o’rtasida   ideal   obrazini   tanlashda   katta   farq   bo’ladi.
Masalan,   qizlar   ko’pincha   mehnatkash   ayolning,   jozibali,   nazokatli,   iboli,   iffatli
jamoat   arbobining,   badiiy   asar   qahramonining   xususiyatlari   mujassamlangan
qiyofalarni   ideal   darajasiga   ko’taradilar.   Ammo   ayrim   o’quvchilar   tarixiy
shaxslarning   masalan,   baquvvat   yo’lto’sar,   oq   ofiser,   quv   josus   va   boshqalarning
salbiy sifatlariga taqlid qilishga ham moyil bo’ladilar.
Ilk o’spirin o’quvchilarning o’zini o’zi tarbiyalashi o’quv yurtidagi jamoatchilik
tashkilotlarining,   pedagoglar   jamoasining   tarbiyaviy   ta’siri   doirasida   amalga
oshishi shart. Zeroki, o’zini o’zi takomillashtirish jamoada munosib o’rin egallash,
ijtimoiy burchni anglash va foydali mehnatga qiziqishga xizmat qilishi kerak. 
Kuzatishlar   va   hayot   tajribalarining   ko’rsatishi   ba’zi   hollarda   ilk   o’spirinlar
o’zlarini   qo’rqmas,   jasur   qilib   ko’rsatishga,   noo’rin   xatti-harakatlarga   moyil
bo’ladilar,   qaltis   yo’llar   bilan   o’z   irodalarini   tarbiyalashga   intiladilar,   goho
hayotlarini xavf  ostida qoldirishgacha borib yetadilar. Shuning uchun ularga sun’iy
usullar   va   vositalar   yordamida   qiyinchiliklarni   bartaraf   qilish   mumkin   emasligini
tushuntirish   kerak.   Shuningdek,   ularni   oqilona,   maqsadga   muvofiq   samarali
usullardan foydalanish yo’llari bilan tanishtirish, haqiqiy chiniqish malakalari bilan
qurollantirish yaxshi natija beradi. Akademik   lisey,   kasb-hunar   kolleji   o’quvchilari   ma’naviy   xislatlarga,   axloq
normalarining  mohiyatiga   jiddiy  munosabatda   bo’ladilar.  Ular   axloqiy  turkumlar,
birliklarning   mazmunini,   chuqur   anglay   boshlaydilar,   har   qaysi   axloqiy
tushunchaning   nozikligi   va   ko’p   ma’noligini   bilishga   harakat   qiladilar.   Masalan,
burch,   vijdon,   g’urur,   qadr-qimmat,   faxrlanish,   mas’uliyat,   or nomus   kabi
tushunchalarni  chuqur  tahlil  qila oladilar. Lekin ularning hammalarini  bu axloqiy
tushunchalarni   yaxshi   anglaydilar,   deb   bo’lmaydi.   Shunga   ko’ra,   to’g’ri   axloqiy
qarashlar,   tasavvurlar   tarkib   topishi   uchun   adolatli   turmush   tarzining   o’zi   yetarli,
deyish mumkin emas. Va pedagog xotirjamlikka yo’l qo’ymasligi, sog’lom muhit
yaratish,   barqaror   shaxsni   tarkib   toptirish   uchun   doimo   izlanishi   zarur.
Shuningdek,   maktabda,   kollejda   tarbiya   ishlari   izchil   olib   borilmasa,   yigit   va
qizlarda   chinakam,   barqaror   e’tiqodlar   shakllanmaydi.   Ilk   o’spirinlarda   axloqiy
tushunchalarni   oqilona   shakllantirish   lozim,   ularga   nojo’ya   xulq-atvor,   chet   el
filmlarining mazmuni ma’naviyatga va ruhiyatga salbiy ta’sir etishini tushuntirish
zarur.   Ijtimoiy   hayotda   uchraydigan   yaramas   yurish-turishlarga,   illatlarga   zarba
berish, ularning ta’siridan yigit  va qizlarni asrash pedagoglar jamoasining muhim
vazifasi hisoblanadi.
Ilk o’spirinlarda balog’atta yetish tuyg’usi takomillashib borib, o’zining o’rnini
belgilash va ma’naviy dunyosini ifodalash tuyg’usiga aylanadi. Bu hol uning o’zini
alohida   shaxs   ekanligini,   o’ziga   xos   xislatini   tan   olinishiga   intilishida   aks   etadi.
Bunga esa moddalarga mayl qo’yish, murakkab tasviriy san’atga, musiqaga, kasb-
hunarga, tabiatga qiziqishni namoyish qilish yaqqol dalildir.
Shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   ilk   o’spirin   yoshidagi   qizlar   katta   yoshdagi
kishilarning   ta’siriga   osonroq   beriladi.   Ilk   o’spirin   yigitlar   esa   kattalardan   ko’ra
tengdoshlari   ta’siriga   ko’proq   beriladilar.   Shuning   uchun   maxsus   o’quv   yurti
o’quvchisi shaxsining tarkib topishiga maktab muhiti xususan sinf jamoasi, rasmiy
va   norasmiy   tengqurlar   guruhi   kuchli   ta’sir   etadi.   Sinf,   kurs   jamoasi   umumiy
maqsadni belgilashga, jamoa a’zolari o’rtasidagi munosabatlar o’rnatishga, shaxsiy
va   jamoatchilik   munosabatlar       rivojlanishiga   imkoniyatlar   yaratadi.   Sinf   va
maktab   jamoalari   ta’sirida   matonatlilik,   jasurlik,   sabr-toqatlilik,   kamtarlik, intizomlik,   halollik,   hamdardlik   kabi   fazilatlar   takomillashadi   va   xudbinlik,
loqaydlik,   munofiqlik,   laganbardorlik,   dangasalik,   qo’rqoqlik,   g’ayrlik   singari
illatlarning   barham   topishi   tezlashadi.   Jamoa   a’zolari   o’rtasidagi   ahillik,   birlik,
yagona   maqsadga   intilish ,   iliq   psixologik   muhit   mavjud   salbiy   xatti-harakatlarni
yo’qotish uchun xizmat qiladi.
Kollej   o’quvchilari   shaxsining   shakllanishi   jarayonida   jamoat   tashkilotlari
alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Ularning   yuksak   talablar   qo’yishi   natijasida   ilk
o’spirinlarda   faollik,   tashabbuskorlik,   mustaqillik,   qat’iyatlilik,   mas’uliyatlilik,
tanqidiylik   singari   fazilatlar   barqarorlashadi.   Mazkur   tashkilotlap   ilk
o’spirinlardagi   g’oyaviy-siyosiy,   vatanparvarlik,   jamoachilik,   insonparvarlik,
o’zaro   yordam,   hamkorlik   tuyg’ularini   mukammal   bosqichga   ko’taradi.   Ana
shularni   kuzatib   tadqiq   etgan   psixolog   L.I.Umanskiy   tashkilot chilik   qobiliyati
o’zaro   uzviy   bog’liq   quyidagil ardan   iboratligini   ta’kidlaydi:   1)   tashkilotchilik
tuyg’usi       (psixologik   topqirlik,   kashfiyotchilik,   nazokat,   amaliy   aql-idrokda   o’z
ifodasini topadi); 2) tengdoshlariga emosional-irodaviy ta’sir ko’rsatish imkoniyati
(muammolar   yechimiga   jalb   qilish,   ularning   kuch-g’ayratini   biriktirish);   3)
tashkilotchilik   faoliyatiga   moyillik   (emosional   his-tuyg’u,   ijobiy   munosabat,
faollik   ko’rsatish,   qat’iy   qiziqish   va   hokazolar);   L.I.Umanskiyning   fikricha,   ilk
o’spirin   namunali   tashkilotchi   bo’lishi   uchun   unda   quyidagi   xislatlar   bo’lishi
kerak:   a)   axloqiy   xislatlar   −   jamoatchilik,   samimiylik,   tashabbuskorlik,   faollik,
mehnatsevarlik;     b)       irodaviy   xislatlar   −   matonat,   qat’iyat,   mustaqillik,
tashabbuskorlik,       batartiblik,   intizomlilik;   v)   emosional   xislatlar   −
xushchaqchaqlik, tetik lik, hazilkashlik va yangilikni his etish, o’z kuchiga ishonch,
optimizm va boshqalar.
Ilk   o’spirinlarning   yana   bir   muhim   xislati   ularda   yuk sak   darajadagi   do’stlik,
o’rtoqlik, ulfatchilik, muhabbatning  vujudga kelishidir.  Shu his-tuyg’ular   yigit  va
qizlarning   ma’naviyati   va   psixologiyasida   qanday   tus   olishiga   qarab,   tarbiyaviy
chora   va   tadbirlarni   amalga   oshirish   yaxshi   natija   beradi.   Sinfdagi   hamkorlik
faoliyatida o’zaro yordam hamjihatlilik, intilish va manfaatlar birligiga asoslangan
o’rtoqlik   munosabatlari   yuzaga   keladi.   O’rtoqlik   munosabatlarining   yuksak cho’qqisi do’stlik hissida namoyon bo’ladi. Do’stlik hissi o’rtog’iga mehribonlikda
u   bilan   uchrashish   va   suhbatlashish,   o’z   fikr   va   hissiyotlari   bilan   o’rtoqlashishda
ko’rinadi. Haqiqiy do’stlik hissi o’zaro talabchanlik bilan bog’liq bo’lib, xatolarni
birgalikda tuzatishda ifodasini topadi.
Yigit   bilan   qiz   o’rtasida   muhabbat   tuyg’usi   vujud ga   kela   boshlaydi.
Muhabbatning   quvonchli   lahzalari,   iztirobli   kechinmalari   ikkala   yoshning
ruhiyatini   egallaydi   va   tobora   chuqurlashib   boradi,   ular   uchun   dastlabki   hayot
sinovi vazifasi bo’ladi. Mazkur his-tuyg’u o’spirinlarning o’zaro yaqinligi, hayotga
qarashlari,   qiziqishlari,   didlari   va   ezgu   niyatlarining   umumiyligi   hamda   butun
umrga ahillik, ittifoqlik umidini bag’ishlagan shodlik bilan xarakterlanadi.
Ilk   o’spirin   o’quvchilarda   tabiat,   san’at,   adabiyot,   madaniyat,   ijtimoiy   hayot
go’zalliklarini   payqash,   idrok   qilish,   sevish,   ulardan   ta’sirlanish,   ma’naviy   ozuqa
olish xislatlari paydo bo’ladi. Ularning psixologiya sida mayin sado, yoqimli nido,
qalbni   to’lqinlantiruvchi   musiqa,   nozik   his-tuyg’u,   ezgulik   hislari,   mayllari
kuchayadi. Ayniqsa, estetik hislar ularning ma’naviyatidagi qo’pol, noxush, xunuk
va yoqimsiz qiliqlarning yo’qolishiga yordam beradi. Lekin bundan ilk o’spirinlar
jo’shqin, keskin, shavq va zavqli damlardan butunlay voz kechadilar, degan ma’no
kelib   chiqmaydi.   Shunga   qaramay,   ilk   o’spirin   yigit   va   qizlar   orasida   es tetik
tuyg’usi   to’la   shakllanmagan,   noto’g’ri   tasavvurga   ega   bo’lgan   shaxslar   ham
uchraydi.   Ularda   estetik   his-tuyg’u   o’ziga   xos   qarashlar   va   nuqtai   nazarning
o’sishida ilm-fan va texnikaning rivoji, tafakkurning takomillashuvi, taqlidchanlik
muhim   rol   o’ynaydi.   Buning   uchun   muayyan   reja   asosida   turli   muzeylar
ko’rgazma   va   konsert   zallariga ,   kino,   teatr,   radio   va   telestudiyaga   sayohatlar
uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur   o’quvchilarning   o’quv   mashg’uloti   o’z   xususiyati   va   mazmuni   bilan
boshqa   yosh   davridagi   o’quvchilarning   ta’lim   jarayonidan   tubdan   farq   qiladi.
O’quv   rejasi   va   dasturining   murakkablashuvi,   yangi   fanlar   va   fakultativ
kurslarning kiritilishi o’zlashtirishni nazariy tafakkur  yordamida amalga oshirishni
taqozo etadi. Ana shu sababli ularning munosabati ham o’zgaradi, ularda fanlarga
turlicha munosabatlar shakllana boshlaydi.    O’quvchilarning   fanlarga   munosabatlari   asosan   qaysi   fanning   inson
dunyoqarashidagi roliga faoliyatidagi va ijtimoiy ahamiyatiga amaliy xususiyatiga
o’zlashtirish imkoniyatiga va uni o’qitish metodikasiga bog’liq bo’ladi. 
Ushbu   yoshda   bilishga   qiziqish   amaliy   xususiyat   kasb   eta   boshlaydi.   Masalan,
bu   qiziqish   ijtimoiy-siyosiy   masalalarga,   texnikaga,   tabiatga,   osmon   jismlariga,
jamiyatshunoslikka, huquqiy muamolarga, sport va hokazolarga yo’nalgan bo’ladi.
Ularning   to’garaklarda   faol   qatnashishi   qobiliyat   va   aqliy   imkoniyatlariga   qarab
amalga o shadi.
Ilk   o’spirinlarda   sezgirlik,   kuzatuvchanlik,   takomillashib   boradi,   mantiqiy
xotira, eslab qolishning yo’l va vositalari esa ta’lim jarayonida yetakchi rol o’ynay
boshlaydi.   Ular   topshiriqlarni   bajarishda   uning   ma’nosi   hamda   mohiyatini   to’la
anglab   ish   tutadilar,   eslab   qolish,   esda   qolish,   esga   tushirish   jarayonlarning
samarali   usullaridan   unumli   foydalanadilar.   Bu   jarayonlar   muvaffaqiyatli   amalga
oshishini  ta’minlovchi  diqqatning sifati va miqdori o’zgaradi. Diqqatni ko’chirish
va   taqsimlash   sezilarli
  rivojlanadi,   boshqalarning   nuqtai   nazariga   e’tibor   berish,
ularning nutqini tinglash, yozib olish, mulohaza yuritish mahorati oshadi va aqliy
qobiliyati takomillashadi. 
Ilk   o’spirinlarning   tafakkuri   tobora   faol,   mustaqil   va   ijodiy   xususiyatlarga   ega
bo’lib   boradi.   Lekin   ularning   fikr   yuritishida   birmuncha   obyektiv   va   subyektiv
kamchiliklar uchraydi.
Ilk o’spirinlar aql-idrokining xususiyatlari
Ilk   o’spirin   barcha   faoliyat   bosqichida   mustaqil   fikr   yurita   olmasligi   uning
psixikasidagi   jiddiy   kamchilikdir.   Ilk   o’spirinlarga   adabiy   qahramon   qiyofasini
ifodalash,  asar  mohiyati,  mazmuni  va   g’oyasi   yuzasidan   mustaqil   holda  hukm   va
xulosa   chiqarish   topshirilganda   ular,   birinchidan,   asarni   o’qishgan,   biroq   hyech
qanday   xulosa   chiqarishmagan,   ikkinchidan,   mavzuga   ijodiy   yondashmasdan
o’qituvchining har bir  so’zini  esda saqlab  olib, hyech o’zgarishsiz qaytadan aytib
berishga   harakat   qilishgan,   uchinchidan,   o’zlari   maktabdan   va   sinfdan   tashqari
faoliyatlarida   eshitganlari,   o’qiganlari   bilan   o’qituvchining   axboroti,   ma’lumoti xabarni umumlashtirib javob berishgan, to’rtinchidan, o’z fikrlarini bayon etishga
qiynalganlarida asardan ko’chirmalar keltirishgan.
O’quvchilarda   nazariy   tafakkurni   shakllantirishda   to’garak   va   fakultativ
mashg’ulotlar,   kasbiy   fanlar   muhim   ahamiyatga   ega.   Shuningdek,   ilk   o’spirin
o’quvchining mustaqil fikrlashini rivojlantirishda o’qituvchilar, sinf rahbarlarining
siymolari   muhim   rol   o’ynaydi.   O’qituvchilar   ilk   o’spirinlarda   o’rganilayotgan
narsa   va   hodisalarning   obyektivligi,   haqqoniyligi,   to’g’riligiga   ishonch   hosil
qilishlari, ulardan qanoatlantirishlari va ularni isbotlashga o’rgatib borishlari zarur.
Ikkinchidan,   fan   o’qituvchilari   ularni   narsa   va   hodisalar   to’g’risida   original   fikr
yuritishga   yo’llashlari   kerak.   Uchinchidan,   o’quvchilarning   mashg’ulotlarda
qo’llanaverib,   ma’naviy   eskirgan   bir   qolipdagi   so’zlardan,   iboralardan
foydalanishlariga   yo’l   qo’ymasliklari   kerak.   To’rtinchidan,   fan   o’qituvchilari
o’spirin   yigit   va   qizlarga   bilimlarini   amaliyotga   tatbiq   qilishni   o’rgatishlari   shart,
buning uchun ularda amaliy malakalarni shakllantirishga harakat qilishlari lozim.
Tafakkur   boshqa   psixik   jarayonlardan   ajralgan   holda   rivojlanishi   mutlaqo
mumkin emas. Shuning uchun tafakkur rivojlanishi bilan birga o’quvchining nutq
faoliyati   ham   o’sadi.   Bu   esa   o’quvchida   o’z   fikrini   to’g’ri,   aniq   ifodalash
malakasini   tarkib   toptiradi,   nutqining   tuzilishini   takomillashtiradi   va   lug’at
boyligini yanada oshiradi.
Ilk   o’spirin   adabiy   asarlarni   o’qish   va   tushunish   orqali   mustaqil   fikrlashga,
mulohaza   yuritish   va   munozaraga   o’rgana   boradi.   Unda   asta-sekin   tabiat   va
jamiyat  o’zining nuqtai   nazari, e’tiqodi, qarashi  shakllanadi.  Ma’lumki   shaxsning
ana   shu   fazilatlari   fikrlashi,   mustaqil   o’ylashi,   to’g’ri   hukm   va   xulosa   chiqarishi,
qat’iy qarorga kelishining natijasidir.
Yigit va qizlarning adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarini bildirishi,
muammoli   tomonlari   yuzasidan   bahslashuvi   va   hokazolarda   insoniy   xislatlarning
muayyan   darajada   ishtirok   etishi   aql   tanqidiyligining   aynan   o’zginasidir.
Turmushda   uchraydigan   noo’rin   tanqidiylik   esa   ilk   o’spirinning   badiiy   didi   va
hayotiy   tajribasi   zaifligidir.   O’qituvchi   ayni   shu   paytdagi   asosiy   vazifasi   −
o’quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga ko’tarishdan, ularga voqyelikka   odilona,   oqilona   tanqidiy   nuqtai   nazardan   qarashni   o’rgatishdan
iboratdir.
Mazkur   yoshdagi   o’quvchi   aqlining   tanqidiyligida   og’machilikka   moyillik
kuchli   bo’ladi.   Og’machilikning   eng   asosiy   sabablaridan   biri   −   voqyelikning
mohiyatini   ilmiy   jihatdan   to’g’ri   tushunmaslikdir.   Shuningdek,   uning   “o’z
pozisiyasi”da bo’sh kelmasligi, narsa va hodisalarning asl mohiyatini anglab turib,
jo’rttaga “o’jarlik” qilishi ham ana shu og’machilikning bir ko’rinishidir.
Ularda   moddiy   dunyo   to’g’risida   shaxsiy   fikrlar,   mulohazalar,   ilmiy
dunyoqarash   tarkib   topganidan   keyingina   tafakkurning   tanqidiylik       xususiyati
rivojlana   boshlaydi.   Aqlning   yoki   tafakkurnnng   tanqidiyligini   tarbiyalashda
o’qituvchi   o’quvchining   o’ziga   xos   tipologik   xususiyatiga,   aqliy   kamolot
darajasiga,   bilimlari   saviyasiga,   mulohaza   doirasining   kengligiga,   nutq
qobiliyatiga,   shaxsiy   nuqtai   nazariga,   o’qishga   nisbatan   munosabatiga,
qiziqishining   xususiyat   va   darajasiga,   aqliy   faoliyat   operasiyalarini   qanchalik
bilishiga, mavjud o’qish ko’nikmasi va malakalariga alohida e’tibor berishi lozim.
Aql   tanqidiyligining   rivojlanishi   yangicha   ta’lim   muassasa   o’quvchilarini
moddiy   dunyoni,   atrof   muhitni   o’rganishga,   o’quv   materiallarini   puxta
o’zlashtirishga,   ta’lim   jarayonida   tashabbuskorlikka,   faollikka   da’vat   etadi   va
bundan   tashqari,   voqyelikni   isbotlash   va   asoslash   ko’nikmalari   tarkib   topishiga
imkon   yaratadi.   O’rganilayotgan   hodisa   to’g’risida   hukm   va   xulosa   chiqarish,
tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Ilk   o’spirin   tafakkurining   sifatini   uning   mazmundorligi,   chuqurligi,   kengligi,
mustaqilligi,   samaradorligi,   tezligi   tashkil   qiladi.   Tafakkurning   mazmundorligi
deganda,   ilk   o’spirin   ongida   tevarak-atrofdagi   voqyelik   bo’yicha   mulohazalar,
muhokamalar   va   tushunchalar   qanchalik   joy   olganligi   nazarda   tutiladi.
Tafakkurning   chuqurligi   deganda,   moddiy   dunyodagi   narsa   va   hodisalarning
asosiy   qonunlari,   xossalari,   sifatlari,   o’zaro   bog’lanishi   va   munosabatlari   ilk
o’spirinning   fikrlashida   to’liq   aks   etishi   tushuniladi.   Tafakkurning   kengligi   esa
o’zining   mazmundorligi   va   chuqurligi   bilan   bog’liq   bo’ladi.   O’quvchi   narsa   va
hodisalarning   eng   muhim   alomat   va   xususiyatlarini   mujassamlantirsa,   o’tmish, hozirgi zamon va kelajak haqidagi mulohazalarini bildira olsa, buni keng tafakkur
deyiladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda,  ilk  o’spirin tashabbuskorlik bilan o’z
oldiga   yangi   vazifalar   qo’ya   bilishi   va   ularni   hyech   kimning   yordamisiz   oqilona
usullar   bilan   bajara   olishi   tushuniladi.   Aqlning   tashabbuskorligi   degan da,   ilk
o’spirinning   o’z   oldiga   yangi   g’oya,   muammo   va   vazifalar   qo’yishini,   ularni
amalga   oshirishda   samarador   vositalarni   ham   o’zi   topishga   intilishini   anglaymiz.
Aqlning pishiqligi vazifalarni bajarishda yangi usullarni tez izlab topish va qo’llay
olishda,   eskirgan   vositalardan   qutulishda   namoyon   bo’ladi.   Agar   o’quvchi
muayyan   vaqt   ichida   ma’lum   soha   uchun   qimmatli   yangi   fikrlarni   aytgan   bo’lsa,
nazariy va amaliy vazifa larni  hal  qilishda yordam  bersa, buni samarador ta fakkur
deyiladi. Tafakkurning tezligi savolga  to’liq javob olingan vaqt  bilan belgilanadi.
Ilk o’spirin ta fakkurining tezligi qator omillarga: birinchidan, fikrlash uchun zarur
materialning   xotirada   mustahkam   saqlanganligiga,   uni   tez   yodga   tushira   olishga,
muvaqqat   bog’lanishning   tezligiga,   turli   his-tuyg’ularning   mavjudligiga,
o’quvchining   diqqati   va   qiziqishiga;   ikkinchidan,   uning   bilim   saviyasiga,
qobiliyatiga, egallagan ko’nikma va malakalarga bog’liqdir.
Ilk o’spirin qobiliyati, layoqati va iste’dodi ta’lim jarayonida mehnat faoliyatida
rivojlanadi.   Uning   qanchalik   iste’dodli   ekanini   aniqlash   uchun   ziyrakligi,   jiddiy
sinovga   shayligi,   mehnatga   moyilligi,   intilish,   psixik   tayyorligi,   mantiqiy
fikrlashining tezligi, izchilligi, samaradorligiga e’tibor berish kerak. Qobiliyatning
o’sishi   bilimlar,   ko’nikmalar,   malakalarning   sifatiga   bog’liq   bo’lib,   shaxsning
kamol topish jarayoniga qo’shilib ketadi.
Ilk o’spirinlikda o’tiladigan darslar, laborato riya ishlari va amaliy mashg’ulotlar,
referat   konspekt   yozish   kabi   ta’limiy   faoliyat   turlari   yangicha   ta’lim   muassasi
o’quvchilari   o’zlashtirishi   zarur   materiallarni   mustaqil   holda   tushunishga   olib
keladi.   Bu   ishlar   kundan-kunga   ko’proq   ahamiyat   kasb   etishi   natijasida   ta fakkur
tobora   faol,   mustaqil,   ijodiy   tus   olib   boradi.   Bularning   barchasi   ilmiy-nazariy
tafakkur ning   shakllanishiga,   tevarak-atrofdagi   voqyelikning   umumiy
qonuniyatlarini   bilish   qobiliyati   o’sishiga,   aqliy   imkoniyatlar   vujudga   kelishiga, tabiat   va   jamiyat   rivojlanishining   qonunlarini   anglab   olishga   muhim   shart-
sharoitlar yaratadi.
Ilk   o’spirinlar   biror   hodisani   asoslagan,   isbotlagan   paytlarida   uning   muhim
xususiyatlariga,   birlamchi   jihatlariga   sinchkovlik   bilan   qaray   boshlaydilar.
Darsliklardan   o’qigan   va   o’qituvchilardan   eshitgan   axborotlar,   xabarlar   va
ma’lumotlarga ishonish va ulardan qanoat hosil qilish uchun faol harakat qiladilar,
biroq ularda o’smirlar singari obro’ ketidan ergashish juda kam sodir bo’ladi. Ular
har   bir   darsda   tanishilgan   materiallarning   mohiyatiga,   inson   uchun   zarurligiga
ishonch   hosil   qilishga   to’xtovsiz   intiladilar.   Ba’zan   ta’lim   jarayonida   shaxs
tomonidan   biror   narsaga   e’tiroz   bildirsa   yoki   shubhalansa,   uni   nohaq   ravishda
qoralaydi.   Tafakkurni   oqilona   yo’llar   bilan   o’stirish   uchun   favqulodda   holatlarda
o’quvchining   mazkur   xususiyatini   yomonlamay,   balki   uni   rag’batlantirish
to’g’riroq bo’ladi.
Ilk o’spirinlik yoshida kollej o’quvchilari aqliy faoliyatning omillari va usullari
bilan yetarli darajada qurollangan bo’ladilar.
Shunday   qilib,   ta’lim   jarayonida   turli   fanlarni   o’qitish   tufayli   keng   ko’lamli
bilimlar   sistemasi   o’zlashtirilishi   orqali   kollej   va   akademik   lisey   o’quvchilarida
tafakkurning   faolligi,   mustaqilligi,   mazmundorligi,   mahsuldorligi   ortadi.   Ularda
dialektik-refleksiv   nazariy   tafakkur   tarkib   topadi.   Shu   sababli   voqyelikning   ichki
bog’lanishlari, munosabatlari jamiyat rivojlanishining qonunlarini bilish va anglab
olish ko’nikmasi yuqori pog’onaga ko’tariladi.
Agar   o’smirlar   tafakkuri   yaqqol-obrazli   tafakkur ning   mavhum   tafakkurga
aylanishi bilan xarakterlansa, bu yoshdagi o’quvchilarda dialektik-kreativ tafakkur
qobiliyati rivojlana boshlaydi va bu tafakkur tabiat hamda jamiyat rivojla nishining
umumiy   qonunlari   bilan   bevosita   bog’liq   bo’ladi.   Mazkur   qonunlarning   vujudga
kelishi,   o’zgarib   borishi,   o’ziga   xos   xususiyatga   ega   bo’lishi,   shuningdek,   o’zaro
uzviy   bog’liqligiga   doir   murakkab   bilim lar   ularning   yosh   xususiyatiga   aynan
mosdir.
Ilk o’spirin va kasb tanlash Endigina   o’sib   kelayotgan   ilk   o’spirinlik   yoshidagi   o’quvchilar   kasbga   qanday
yondashadilar?   Bu   muammo   ko’pchilikni   qiziqtiradi.   Kuzatishlardan   va   turmush
tajribasidan   ma’lumki,   odatda   ilk   o’spirinlik   yoshidagi   o’g’il-qizlar   hayotda
mustaqil   qadam   tashlash   to’g’risida   aniq,   asosli   fikr   bildirishga   qiynaladilar.   Shu
sababli   kasb   tanlash   davrida   oqilona   va   to’g’ri   yo’l   tutishni   bilmay   dovdirab
qoladilar yoki tavakkaliga ish ko’radilar. O’zlarining imkoniyatlarini hisobga olib
harakat   qilishga   ojiz   bo’ladilar.   Natijada   noxush   kechinmalar,   umidsizliklar,
ijtimoiy  sustlik  holatlari  vujudga  keladi. O’quvchilarning ba’zilari  kasb  tanlashda
yaqqol   ko’zga   tashlanib   turgan   namunalarga   taqlid   qiladilar.   Bunda   o’z
atroflaridagi   yaqin   kishilarni   nazarda   tutadilar,   ularning   yo’lidan   borishni
mo’ljallaydilar.   Kuzatishlarimizning   birida   G’.   ismli   ilk   o’spirin   (akademik   lisey
o’quvchisi)   o’z   kelajagi   haqida   quyidagi   fikrlarni   bildirdi:   “Ehtimol   qishloq
xo’jalik   texnikumiga   o’qishga   kirarman.   U   menga   tanish.   Unda   akamlar
o’qiganlar. Balki jamoa xo’jaligida qolib ishlarman. O’qituvchi bo’lish orzum ham
bor.   Chunki   pedagogika   institutida   tog’amlar   ta’lim   olmoqdalar...”   O’quvchining
bu   mulohazasini   tahlil   qilishning   hojati   yo’q,   chunki   unda   biror   maqsadga
yo’nalgan g’oya mavjud emas.
O’quvchilar kollejda fanlarning asoslaridan bilim oladilar, har qaysi ilk o’spirin
fizika yoki matema tika bilan tanishadilar. Biroq ularning hammasi kelajakda fizik
yoki   matematik  kasbini  egallashni  xohlayvermaydi.  Unda  yer   kurrasi   o’rganiladi,
barcha   planetalarning   xususiyati   bilan   tanishiladi,   uzoq   qit’alar   dunyo   xalqlari
tarixi   va   san’ati   bo’yicha   bi limlar   beriladi.   Ammo   barcha   o’quvchilar   sayyoh
bo’lishni   istamaydi.   Fan   asoslari   o’quvchilarga   keng   ko’lamda   ma’lumot   va
axborotlar berishga moslashtirilgan bo’lib, o’spirinlar olingan bilimlarning kelajak,
shaxsiy   turmush,   bilimdon   shaxs   bo’lish   uchun   amaliy   ahamiyatini   anglab   olishi
kerak.
O’quvchilarda   biror   o’quv   faniga   ishtiyoq   natijasida   ularda   har   xil   kasblarga
qiziqish vujudga keladi. Tanlangan kasbni o’zlashtirish bilan bog’liq fanga qiziqish
ham orttiradi. Natijada to’garak, mashg’ulotlariga va fakultativ kurslarga ko’chish imkoniyati   vujudga   keladi.   Bunday   imkoniyatdan   unumli   foydalanish   maqsadga
muvofiqdir.
Akademik   lisey   va   kollej   o’quvchilarini   qiziqishlari,   mayllari,   intilishlari,
qobiliyatlari, iste’dodlari asosida tanlagan kasblariga to’g’ri yo’naltirish o’spirinlar
uchun   katta   hayotiy   masaladir.   Kasb   tanlash   jarayonida   ilk   o’spirinlarga
o’qituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik, o’z kasbining ustalari, murabbiylar alohida
e’tibor   berishlari   kerak.   Ko’p   hollarda   ular   kattalarning   maslahat   va   tavsiyalarini
hisobga   olgan   holda   qat’iy   bir   qarorga   kelishlari   mumkin,   chunki   ular   o’z
xohishlarini har tomonlama asoslab bera oladi lar.
V.A.Kruteskiyning   ma’lumotlariga   qaraganda,   pedagogika   instituti
talabalarining   yarmi   o’qituvchilik   kasbini   yoqtirib   o’qishga   kirgan.   Ularning
qolgan qismi esa institutga tasodifan kirib qolgan. Biroq bu oliy o’quv yurtiga o’z
xohishi   bilan   kirgan   talabalar   orasida   ham   har   xil   mulohazalar   mavjud.   Pedagog
kas bini yoqtirib o’qishga kirgan talabalarning chorak qismi faqat olgan bilimlarini
boshqalarga   o’rgatish   maqsadini   bildirgan   bo’lsalar,   yana   shuncha   ilk   o’spirinlar
institutda   o’qitilayotgan   biror   fanni   sevganlari   uchun   o’qishga   kirganini   aytgan.
Talabalarning  beshdan  bir  qismi   bolalarni  chin  ko’ngildan  yaxshi   ko’rgani   uchun
o’qituvchilik kasbini tanlagan.
Akademik   lisey   va   kollejni   bitirgunicha   hamma   o’quvchilar   kas bini   qat’iy
tanlaydi,   deyish   mumkin   emas.   Ularning   aksariyati   o’zi   kelajakda   kim   bo’lishini
tasavvur   ham  
qila   olmaydi   va   kelajak   rejasini   ham   tuzmaydi.   Ilk   o’spirinlarning
ko’pchiligi   ta’lim   muassasini   tugatgandan   so’ng   oliy   o’quv   yurtida   ham   o’qish
to’g’risida   gapiradilar,   bu   haqda   orzu   qiladilar.   Lekin   unga   kira   olmagan,   ya’ni
o’zining asosiy maqsadiga erisha olmagan yoshlar tushkunlikka tushadilar. Butun
orzu-umidlarim   barbod   bo’ldi,   deb   o’ylaydilar,   ba’zilari   kelgusi   yilda   o’qishga
kirishga   umid   bog’laydilar.  Kasb-hunarga  har   xil   munosabatlar   hosil   bo’lishining
asosiy   sababi   maktabda   o’qish   davrida   kasb   tanlash   bo’yicha   turli   xil   niyatlar
paydo bo’lishidir.   
V.A.Kruteskiy   ilk   o’spirinlarda   uchraydigan   motivlardan   quyidagilarni   alohida
ifodalaydi: a) biror o’quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda keltirish istagi (o’ziga xos   psixologik   xususiyat   va   qobiliyatni   hisobga   olmagan   holda);   shaxsiy
qobiliyatini ro’kach qilish; g) oilaviy an’analarga rioya etish (vorislik); d) do’stlari
va   o’rtoqlariga   ergashish;   ye)   ish   joyi   yoki   o’quv   yurtining   uyiga   yaqinligi;   yo)
moddiy ta’minlanish; j)  o’quv   yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashish
osonligi.
Shuningdek,   boshqa   turdagi   motivlar,   masalan,   shaxsning   biror   kasbga,   fanga
moyilligi,   maqsadi,   unga   intilishi,   kasb   to’g’risidagi   ma’lumoti,   o’zining   sihat-
salomatligi, asab sistemasining va temperamentining xususiyati va hokazolar ham
bo’lishi mum kin.
Ilk   o’spirinlarda   kasblar   haqida   yaqqol   tasavvur   bo’lmasligi   sababli,   ular
ko’proq   xatoga   yo’l   qo’yadilar.   Tanlangan   yoki   tanlanishi   zarur   bo’lgan   kasb
qanday shaxsiy fazilatlarni talab qilishini tushunib yetmaydilar. O’z qobiliyatlarini
oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tez
va   aniq   harakat   qila   olishlarini,   bu   ishga   moslasha   olishlari   mumkinligini
bilmaydilar.   Biroq   hozir   mazkur   ko’ngilsiz   holatlarning   oldini   olish   va   bartaraf
etish   imkoniyatlari   mavjud.   Buning   uchun   quyidagi   pedagogik-psixologik
omillarga   alohida   e’tibor   berish   maqsadga   muvofiqdir:   1)   kasblarni   o’rganish
usullarini   ishlab   chiqish,   ularni   tasniflash   va   lo’nda   qilib   ifodalash;   2)
o’qituvchining   kasblar   bo’yicha   tashviqot   ishlari   olib   borishi,   o’quvchilarga
kasblar   yuzasidan   maslahatlar   berishi   ilk   o’spirin   va   uning   ota-onasi   bilan   birga
kasbga   yo’naltirish   tadbirlarini   ko’rib   chiqishi;   3)   ularni   kasbning   asosiy   turlari
bilan tanishtirish; 4) mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarni kasbga tayyorlash va
qiziqish   uyg’otish;   5)   psixodiagnostik   va   kasb   tanlash   usullarining   amaliyotga
tatbiq   qilishga   moslashtirilgan   turlarni   ishlab   chiqish;   6)   joylarda   zamon   talabiga
mos  kasb  tanlash  xonalarini  tashkil  etish;  7)  kasb  tanlash  targ’iboti   yuzasidan  ilk
o’spirinlarni   ommaviy   axborot   vositalariga   jalb   qilish   va   psixologik   jihatdan
tayyorlash.
Tadqiqotchilar   va   amaliyotchilar   tomonidan   kasbga   yo’naltirishning   usul   va
usuliyatlari   ishlab   chiqilgan.   Kasblarni   xususiyatlariga   qarab   tasniflash   va   ularni ma’lum   tartibga   solib   ifodalab   berishga   erishilgan.   Bu   borada   Ye.A.Klimovning
sxemasi alohida ahamiyatga ega. U quyidagi kasb turlarini tavsiya qiladi:
1.   Polizchi,   chorvador,   asalarichi,   zootexnik,   agro nom,   o’rmonchi   −   bionika
mutaxassisligi “inson − tabiat”.
2.   Chilangar,   tokar,   montyor,   konstruktor,   radio texnik,   muhandis   −   texnika
mutaxassisligi “inson − texnika”.
3.   Ofisiant,   sotuvchi,   hamshira,   o’qituvchi,   tarbiyachi,   tashkilotchi   −
sosionomika mutaxassisligi “in son − inson”.
4.   Bo’yoqchi,   nusxa   ko’chiruvchi,   musiqachi,   badiiy   bezovchi   yoki
pardozlovchi, bastakor, yozuvchi, rassom − artonomika mutaxassisligi − “inson −
badiiy obraz”.
Oddiyroq   ifodalansa,   kasblarni   tabiatga   xizmat   qilishga,   texnikaga   xizmat
qilishga, insonga xizmat qilishga va badiiy obrazlar ustida ishlashga doir kasblarga
ajratish   mumkin.   Lekin   mazkur   kasblar   tasnifida   ularning   ko’pchiligi
ifodalanmagan.   Ana   shu   guruhlarga   unlab   yondosh   kasb-hunarlarni   kiritish
mumkin.
Kasb tanlashga yo’llash va kasblarni targ’ib qilish usullaridan biri − ko’rsatmali
vositalar,   ya’ni   fotostendlardan,   kitoblar   ko’rgazmasidan,   yosh   rassom   va
tabiatshunoslar   ijodiy   faoliyatining   mahsulidan,   naqqoshlik   va   texnika   to’garagi
ishlaridan   foydalanishdir.   Bundan   tashqari,   muzeylarga   ekskursiya   uyushtirish
orqali ham ayrim kasblarga qiziqish uyg’otish mumkin.
Yuritilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, kasb-hunar to’g’risida axborotlar,
maslahatlar berishning o’zi ongli ravishda kasb tanlash uchun yetarli emas. Shunga
ko’ra,   ilk   o’spirin   o’quvchilarning   bilish   faoliyatini   kuchaytirish,   ularni   mustaqil
bilim   olishga   o’rgatish   ularga   o’zlarini   muayyan   faoliyatda   sinab   ko’rish
imkoniyatini   yaratadi.   Lekin   kasbga   yo’naltirishning   boshqa   yo’l   va   vositalarini
ham qidirish va qo’llash kerak.
Mehnat   psixologiyasining   mutaxassislari   kasbga   yunaltirishning   boshqacha
usullarini:   barcha   fanlarni   o’qitishning   politexnik   jihatini   chuqurlashtirishni;
tabiiy-matematik   fanlarda   atrofdagi   ishlab   chiqarishdan   obyekt   sifatida foydalanishni; ijtimoiy turkumdagi fanlarni o’qitishda o’lkashunoslik materiallarini
qo’llab o’quvchilarning kasbga qiziqishni oshirish, mehnatga ishtiyoq uyg’otishni;
darslarda   kasblar   haqida   axborotlar   berib   borishni;   mehnat   sohalari   bilan
o’quvchilarning mustaqil tanishishi uchun sharoit yaratishni tavsiya etmoqdalar.
Qishloq sharoitida kasb tanlash bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlar ham mavjud.
Chunonchi ,   yozda   o’quvchilarni   ishlab   chiqarishga   bemalol   jalb   etish   mumkin.
Bunda jismoniy mehnatga ularni qiziqtirish, mehnat nashidasidan bahramand etish,
ularda mamnuniyat hissini tarkib toptirish, ularda rejali mehnat qilish ko’nikmasini
vujudga   keltirish,   javobgarlik   va   mas’uliyat   hissini   tarkib   top tirish   lozim.   Ilk
o’spirinlarni   mehnatga   tayyorlanishga   rag’batlantirishni   malaka   darajasini   berish
bilan   yakunlash   ma’qul.   Ishlab   chiqarish   mavsumida   o’quvchi lar   brigadalarini
tuzishda ularning yosh xususiyatlari, qiziqishlari va aqliy kamolotini hisobga olish
zarur.   Brigadalarda   ishlash   mehnat   va   kasbga   psixo logik   tayyorgarlik   bosqichi
bo’ladi.   O’quvchilar   o’zining   qaysi   kasb-hunarga   yaroqliligi   yoki   yaroqsizligini
amaliy ishlarda sinab ko’radilar va o’zlariga ishonch hosil qiladilar.
Kasb   tanlashda   ilk   o’spirin   yigit-qizlarda   qator   maqsadlar   vujudga   kelishi
mumkin. Dastlabki maqsad − bosh maqsad deb ataladi va u umumxalq mehnatiga
o’z  ulushini  qo’sha  olamanmi, qanday inson  bo’lib yetishaman,  hayot  va faoliyat
ideallarim nimalar bo’lishi lozim, degan fikrlardan iborat bo’ladi. Yaqin va yaqqol
maqsad   −   dastlabki   faoliyat   sohasi,   mutaxassislikni   qanday   va   qayerda   egallash,
o’qishni   tugatgach,   dastlabki   mehnat   faoliyat   qaysi   lavozimdan   boshlanishi,
mehnat   mahoratini   oshirish   istiqbollari   haqidagi   mulohazalardan   tashkil   topadi.
Psixolo gik nuqtai nazardan maqsadga erishishning tashqi va ichki shart-sharoitlari
mavjud.   Tashqi   sharoitlarga   maqsad   yo’lidagi   har   xil   qiyinchiliklar,   qarama -
qarshiliklar,   ziddiyatlar   mazkur   muassasa   yoki   tashkilotning   imkoniyatlari,
muayyan subyektga − yosh kasb egasiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan qarshiligi va
hokazolar   kiradi.   Maqsadga   erishishning   ichki   shart-sharoitlariga   shaxsning
imkoniyatlari,   sihat-salomatligi,   aqliy   qobiliyati,   tirishqoqligi,   irodaviy   sifatlari
(chidamliligi,   sabr-toqati)   tanlagan   kasbi   bo’yicha   ishlashi   uchun   zarur   fazilatlari
va hokazolar kiradi. Psixologiya   fanida   maqsadga   erishish   faoliyati ning   qo’shimcha,   yordamchi
turlari   ham   amalda   uchrab   turadi.   Ular   asosiy   maqsad   vositalari   ish   bermay
qolganda qo’llanadi. Ilk o’spirinlar tajribasida shunday hollar ro’y beradiki, asosiy
maqsadni   amalga   oshirishda,   yengish   qiyin   to’siqlarga   duch   kelinadi,   ana
shundagina   yordamchi   vositalardan   foydalaniladi.   Bunday   holatni   tasavvur   etish
uchun   ularning   tajribasidan   quyidagi   ko’chirmani   keltiramiz:   “Tanlov   bo’yicha
yaqin   oradagi   kasb-hunar   kollejiga   kira   olmayman,   shuning   uchun   xuddi   shu
mutaxassislik bo’yicha kollejga kirish uchun harakat qilaman...” Kasb tanlovchi ilk
o’spirinning   mulohazasidan   ko’rinib   turibdiki,   u   bir   emas,   balki   bir   nechta
qo’shimcha   maqsaddan   foydalanishga   intilyapti.   Shunga   o’xshash   maqsadga
erishishning qo’shimcha, yordamchi yo’l va vositalari uchrashi mumkin. Qo’yilgan
maqsadni   ro’yobga   chiqarish   uchun   intilish   kasb   tanlash   jarayonida   ularning
shaxsiyatida jur’atlilikni vujudga keltiradi. Bu fazilat ilk o’spirin shaxsining ajoyib
yutug’idir.
Akademik   lisey   va   kasb-hunar   kolleji   o’quvchilarining   professiogramma   bilan
tanishishida   asosiy   maqsad   quyidagi   tarkibiy   qismlarni,   jihatlarni   o’z   ichiga
qamrab   oladi:   a)   asosiy   mehnat   qurollari   −   kasb   tanlovchining   diqqati,   shijoati,
fikr xayoli   −   xuddi   shu   qurollariga   qaratilgan   va   yo’naltirilgan   bo’lishi   kerak;   b)
aso siy mehnat operasiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni amalga oshirish
imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi sohalarda ishlatish mumkinligini bilish;
ishlab   chiqarish   jarayonidagi   operasiyalarning   rolini   to’g’ri   tasavvur   qila   olish;
operasiyalarning   yangi   variantlarini   qidirib   topish   uchun   harakat   qilish;   v)   asosiy
qurollar   va   vositalar;   qo’l   asboblaridan   −   chilangar,   xirurg,   g’ijjakchi,   kamon
chaluvchi   kabi   kasb   egalari   foydalanadi;   g)   meh nat   sharoitlari:   kasb   tanlovchini
qurshagan tabiiy muhit va sharoitlar, kishilar va hokazolar.
Yuqoridagi   mulohazalarga   asoslanib,   ilk   o’spirinlarni   o’z   qiziqishlari,   mayl,
ehtiyoj,   iqtidor,   qobiliyat,   ko’nikma   va   malakalarini   hisobga   olgan   holda   kasb
tanlashga yo’naltirish jamiyatning rivoji uchun puxta zamin hozirlaydi.
Ilk o’spirinlarning turmush  haqidagi   tasavvurlari Ilk o’spirinlik yoshida inson uchun eng muhim hissiyot sevgi vujudga keladi. U
o’rtoqlik,   do’stlik   tuyg’ulari   zamirida   paydo   bo’ladi.   Sevgi   mazkur   yoshdagi
o’quvchilarning   hissiy   dunyosida   mutlaqo   yangi   holat   bo’lib,   u   o’smirlarning
shunday   ichki   kechinmalaridan   tubdan   farq   qiladi.   Ma’lumki,   o’smirlarda   ham
mehr-muhabbat tuyg’usi, ishqibozlik, ko’ngil qo’yish, qumsash ko’rinishlarida aks
etadi. Lekin ilk o’spirinning sevgisi chuqur, kuchli, otashin, haqiqiy bo’ladi. Mana
shu   yoshdagi   o’g’il-qizlar   sevgisi   o’zining   sofligi,   beg’uborligi,   ma’sumligi,
iboliligi, shirin kechinmalarga boyligi bilan ajralib turadi.
Ilk o’spirinlik davrida vujudga keladigan his-tuyg’ularni to’g’ri idora etish, yigit
va   qizlarga   sevgi   munosabatlarining   naqadar   nozikligini,   bo’lajak   oilaning   baxti
haqidagi   tushunchalarni   to’g’ri   anglatish   yaxshi   natija   beradi.   Yigit   va   qizlarning
ma’naviy   olamida   uchraydigan   ayrim   ziddiyatlarni   bartaraf   etishda,   ularni
kelajakda oilaning taqdiriga yuzaki munosabatda bo’lmaslikka o’rgatishda va oila
qurishga tayyorlashda jinsiy tarbiya muhim ahamiyatga molikdir.
Erkak va ayollarning teng huquqliligi bir-biriga sodiqligi   va hokazolarni yoshlar
ongiga   singdirish   zarur.   Buning   uchun   o’qituvchi   o’zbek   milliy   turmush   tarzidan
aniq   misollar   keltirishi   lozim.   Chunonchi,   xotin-qizlarga   past   nazar   bilan   qarash
huquqdagi  
notenglik  hollarini  yoshlarning  ko’z  oldiga  keltirish,   ularni  o’ziga  o’zi
o’t   qo’ygan,   sirka   ichgan,   o’zini   osgan   ayollarning   ayanchli   ahvolidan   xabardor
qilish kerak.
Ilk   o’spirin   yigit   va   qizlar   erkak   va   ayolning   munosabatlarini   yotig’i       bilan
tushuntirish   ota-ona,   shifokor,   sinf   rahbari   va   o’qituvchilarning   muhim
vazifalaridir.
Ta’lim   tizimida   ilk   o’spirinlarga   o’zlaridagi   jismoniy,   fiziologik   va   psixik
o’zgarishlar;   yigit   va   qizlarning   o’zaro   munosabatlari   shakllanishi;   sevgi,   oilaviy
turmush,   uning   maqsadi   va   ijtimoiy,   gigiyenik,   masalalari   to’g’risida   maxsus
bilimlar   berish   lozim.   Tarbiyaviy   soatlar,   shifokor   bilan   suhbat,   oila   a’zolarining
maslahatlari kabi tadbirlarga jiddiy e’tibor berish kerak.
Ota-onalar   va   o’qituvchilar   ilk   o’spirin   yigit   va   qizlarga   sevgining   ikki   turi   −
shahvoniy tuyg’u zaminida vujudga keladigan beqaror sevgi va chinakam do’stlik, insoniy   munosabatlar   asosida   paydo   bo’ladigan   haqiqiy   sevgi   borligini
tushuntirishlari   lozim.   Qizlarda   haqiqiy   sevgi   kurtaklari   o’g’il   bolalarga   nisbatan
erta   uyg’onadi,   ular   bir   umr   o’zlariga   yo’ldosh   va   doimo   g’amxo’rlik   qiladigan
kishining   muhabbatiga   sazovor   bo’lishni   orzulaydilar.   Ba’zan   qizlar da   ham
beqaror hislar yuzaga kelishi mumkin.
Ota-onaning   o’zaro   yaxshi   munosabati,   mehribonligi,   g’amxo’rligi   oiladagi
farzandlarning munosabatlarini to’g’ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida
muloyimlik,   shirinsuxanlik,   qizlarga   xos   oriyat,   uyatchanlik,   ibo,   iffat   kabi
fazilatlarni   tarbiyalash   bilan   birga,   unga   uy-ro’zg’or   yumushlarini   o’rgatishi   ham
lozim.   Aks   holda   nimalar   bo’lishini   ma’naviy   qashshoq,   yengil-yelpi   hayotga
ko’nikib, tubanlik botqog’iga botib qolgan ayrim ayollarning ayanchli  qismatidan
misol keltirish orqali tushuntirishi zarur.
Ilk   o’spirinlarni   turmush   qurishga   tayyorlashda   maktab   bilan   oilaning
hamkorligi  muvaffaqiyat  garovi  hisoblanadi.  Ro’y berishi  mumkin bo’lgan ruhiy,
jismoniy iztiroblarning oldini olish juda murakkab ish. O’qituvchilar  jamoasining
o’zi   bu   ishni   bajara   olmaydi.   Shuning   uchun   uni   ota-onalar   va   jamoatchilikka
tayanib amalga oshirish zarur.
Ilk   o’spirin   yigit-qizlarning   hayotiy   rejalari   bilan   tanishishda   ularning   mayli,
qiziqishi   va   nafis   tuyg’ulariga,   ezgu   maqsad   sari   intilishlariga   alohida   ahamiyat
berish lozim. Yigit yoki qizning ruhiyati va ma’naviyatiga to’g’ri yo’l topish orqali
uning fe’l-atvorida o’zgarishlar hosil qilish mumkin.
Oiladagi   sog’lom   muhit,   odamiylik,   insonparvarlik   munosabatlari   farzandning
ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Oiladagi   tarbiyaviy   ishlar   ta’lim   tizimida   mustahkamlanishi   va   rivojlantirilishi,
ilk   o’spirinlarni   turmush   masalasiga   ilmiy   nuqtai   nazardan   qarashga   o’rgatish
lozim.   Yigit   va   qiz   o’rtasidagi   munosabatlar   ancha   murakkab   bo’lib,   ular   asta-
sekin shakllanadi, bu munosabatlarning rivojlanishi ko’p jihatdan sinf rahbarining
faoliyatiga bog’liqdir. U o’z ishini yigit va qiz o’zaro do’stlik munosabatlarini a’lo
o’qish,   namunali   xulq,   jamoat   ishlarida   faol   qatnashish   bilan   amalga   oshiradigan
yo’sinda   tashkil   etishi   kerak.   Shuningdek ,   ta’lim   tizimida   ilk   o’spirin   yigitlar qizlarga   yordam   beradigan,   qizlar   esa   bu   yordamni   qadrlab   ularga   mehribonlik
tuyg’usini namoyon qiladigan vaziyatlarni yaratish kerak.
Akademik lisey va kollejda o’qish davrida har ikkala jinsdagi o’quvchilar o’zaro
do’stona   munosabatda   bo’lishlari,   bir-biriga   yordam   berishlari,   o’zaro   hurmatda
bo’lishlari   shart.   Lekin   ular   o’rtasida   muqaddas,   hyech   buzilmaydigan   parda,
chegara   bo’lishi   ma’qul.   Yigitning   burchi   qizni   avaylash,   uning   sharm-hayosini
paymol   qilmaslik,   taqdirga   yuzaki   qaramaslik;   qiz   esa   o’z   navbatida   uyatchan,
sharm-hayoli, andishali, kamtar, qizlarga xos g’ururli, nazokatli bo’lishlari darkor.
Qizlik   or-nomusini   paymol   qiladigan   xatti-harakat   va   hirsga   berilmaslik
kelajakdagi baxtiyorlik uchun zarurligini har bir qiz bilib qo’ygani yaxshi.
Ilk   o’spirinlarga   oila   qurish   haqida   tushuncha   berishda   baxtli,   tinch-totuv
yashash, bir-biriga ishonch, sadoqat bo’lishi kerakligini uqtirish bilan birga, ularni
oilaviy turmushda yuz berishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklardan ham ogohlantirish
kerak,   albatta.   Ularga   oilada   bo’lib   turadigan   janjallarda   oxirini   o’ylab   ish   tutish
zarurligini uqtirish lozim.
Nikohga   tayyorgarlikning   muhim   jihatlaridan   biri   kuyov-qayliqning   o’zaro
qaynota,   qaynona,   qarindosh-urug’lar,   xonadonning   yaqin   kishilari   oldidagi
burchlarini   anglab   olishdir.   Mustahkam   va   barqaror   oila   qurishning   asosiy
shartlaridan  biri   −   kelinning   boshqa   sharoitga   ko’nikishi,   begona   turmush   tarziga
moslashuvidir.   Uning   sinalmagan   oilaga,   undagi   iqtisodiy-moliyaviy   tartibga,
notanish   qadriyatlarga,   an’analarga,   marosimlar,   rasm-rusmlarga   o’rganishi   ham
oson   emas.   Bularning   xammasi   yosh   kelinning   jismoniy,   axloqiy,   ma’naviy   va
ruhiy jihatdan tayyorgarligini talab qiladi.
O’qituvchilar akademik lisey va kasb-hunar kolleji o’quvchilarining ota-onalari
bilan olib boriladigan ishlarda asosiy e’tiborni bolalar ruhiy dunyosining murakkab
tomonlarini yoritishga qaratishlari kerak. Ularda tanqid va o’zini o’zi tanqid, o’zini
tuta bilish, o’z xatti-harakatini nazorat qilish va to’g’ri baholash, o’zini idora qilish
kabi xususiyatlarni rivojlantirish zarur.
Tarbiyaning muhim quroli nutq hisoblanadi. Shu ning uchun ota-ona o’z nutqida
yoqimsiz   iboralarni   ishlatmasligi,   mantiqsiz,   yoqimsiz   ohang   bilan   bolalarni ranjitmasligi,   ularda   ishonch   hissini   vujudga   keltirmaydigan,   nosamimiy   fikrlarni
aytishdan   saqlanishlari   kerak.   Hayotda   muloyimlikka,   shirinsuxanlikka,
samimiylikka,   sof   vijdonli   bo’lishga   nima   yetsin!   Mazax   qilish,   ba’zan   noo’rin
hazillashish orqali ham farzandlarning murg’ak qalbini cho’ktirish mumkin.
Ilk o’spirinlik davrining o’ziga xos xususiyatlari
O’smirlik yosh davrida inson psixikasiga oid materiallardan shu narsa ma’lumki,
ushbu taraqqiyot  bosqichida  fiziologik jihatdan rivojlanish  odatda notekis  amalga
oshadi.   Biroq   hozirgi   davrda   (XXI   asrda)   biz   ilk   o’spirinlarning   rivojlanishi
to’g’risida   mulohazalar   yuritar   ekanmiz,   shuni   alohida   ta’kidlash   joizki,   ularda
fiziologik   o’zgarishlar,   funksional   holatlar   bu   davrga   kelib   osoyishta   kechish
pallasiga   kiradi.   Bu   voqyelikning   ko’plab   omillari,   mexanizmlari,   harakatga
keltiruvchi   kuchlari   mavjud   bo’lib,   muayyan   vaziyatga   bog’langan   holda
kechuvchi ta’sirlar orqali ro’yobga chiqadi. 
Ilk   o’spirinlik   davriga   kelib,   rivojlanish   subyektlarida   jinsiy   o’sish   (kamolot)
biologik nuqtai nazaridan o’zini tugallanish yoki yakunlanish pallasiga ko’tariladi,
buning   natijasida   ushbu   ontogenez   davrida   organizmning   barcha   tarkiblari,
bo’linmalari har tomonlama mustahkamlanishi yoxud takomillashuvi sodir bo’ladi.
Ularda   bo’yning   o’sishi   o’smirnikiga   nisbatan   biroz   sekinlashadi.   Shunga
qaramasdan,   ba’zi   bir   o’g’il   ilk   o’spirinlarda   bu   jarayon   uzoqroq   davom   etishi
kuzatiladi.   Bo’yning   o’sishi   qariyb   to’xtash   arafasidagi   ilk   o’spirinlarda   vazn
ortadi,   kattalashadi,   natijada   o’ziga   xoslik   vujudga   keladi.   Og’irlik   bo’yning
o’sishiga   nisbatan   bir   necha   barobar   ustun   turishi   ham   mumkin.   Yuqoridagi
mulohazalarga   qaramasdan,   ularning   xatti−harakatidagi   qo’pollik,   keskinlik
illatlari   asta−sekin   yo’qola   boradi.   Ma’lumotlar   tahliliga   qaraganda,   og’irlik
ortishining   asosiy   sabablaridan   biri   −   −u   ilk   o’spirinlik   davriga   kelib   ularning
muskullari rivojlanishidagi jadallashuv ekanligi. Fiziolog va psixofiziolog olimlar
tomonidan   muskullar   o’sishining   o’rganilishi   quyidagi   dalillarni   keltirib   chiqardi,
chunonchi: 
Yosh davri:
8 yosh 10 yosh
17 yosh
Muskullarning tana og’irligiga nisbati:
27
32
44
Odatda   biologik,   jismoniy   rivojlanish   barcha   ilk   o’spirinlarda   bioquvvatning
oshib   borishidan   dalolat   beradi.   Ularda   mehnat   faoliyatining   murakkablashuvi,
yangi mehnat  ko’nikmalari va malakalarining vujudga kelishiga olib keladi, lekin
bunday rivojlanish ilk o’spirinlarning psixikasiga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi,
albatta.   Mazkur   yoshdagi   qizlarda   esa   o’zlarining   tashqi   ko’rinishlariga,
qiyofalariga   nisbatan   shaxsiy   munosabatlari,   e’tiborlari,   qiziqishlari,   mayllari
tobora kuchayib  boradi. Ularda, aksariyat  hollarda o’zlarining tashqi  ko’rinishlari
yoki   qiyofalarini   anglagan   yoki   unchalik   anglamagan   holda   o’zlarini   yuqori
baholashga   intiladilar.   Ilk   o’spirinlik   davrida   o’g’il−qizlardagi   o’zini   o’zi   yuqori
baholash, noadekvatlik keyinchalik (ontogenezning keyingi bosqichida)  hayoti  va
faoliyati   davomida   saqlanib   qolishi,   dinamik   stereotip   tus   olish   ehtimoli   mavjud
bo’ladi.   Mazkur   tendensiyani   saqlanib   qolish   xususiyatini   fransuz   olimlari
eksperimental   tarzda   o’rganish   orqali   ularda   o’zini   o’zi   baholash   darajasini
aniqlaganlar.   Tadqiqotchilar   oradan   30   yil   o’tgach,   xuddi   shu   sinaluvchilarni
yig’ib,   ular   bilan   o’zini   o’zi   baholash   yuzasidan   tajriba   ishlarini   o’tkazganlar.
Olingan   natijalarni   psixologik   tahlil   qilgan   olimlarning   fikrlaricha,   ilk   o’spirinlik
davrida   dominantlik   xususiyati   yaqqol   ko’zga   tashlanmagan   sinaluvchilarda
oradan 30 yil o’tgandan keyin ham mazkur stereotip tubdan yo’qolmagan.
Psixologik   ma’lumotlarning   tahliliga   qaraganda,   kuchsiz,   zaif,   past   bo’yli   yoki
ko’rimsiz,   notekislik   fenomeni   mavjud   ilk   o’spirinlar   o’smirlardan   farqli   o’laroq
injiqlik,   qaysarlik   qilmaydilar,   tevarak−atrofdagi   odamlar   bilan   shaxslararo
munosabatlarda   faqat   nizoli   holatlarga   kirmaydilar.   Vaholanki,   bunday   toifadagi
ilk   o’spirinlar   o’zlarining   asosiy   diqqatlarini   o’z−o’zini   tarbiyalashga,   kamol
toptirishga,   zaruriy   shaxs   xususiyatlarini   shakllantirishga   qaratadilar.   Bu   mayl ta’sirida jismoniy jihatdan kuchsiz, zaif his etgan ilk o’spirinlar fizkultura va sport
bilan jiddiy, maqsadga muvofiq tarzda, maxsus shug’ullana boshlaydilar, qolaversa
o’zlarining   aqliy   rivojlanishlariga,   mustaqil   fikr   yuritishlariga   alohida   e’tibor
beradilar.   Bunday   voqyelik   yuzaga   kelganligi   munosabati   bilan   ushbu   davrda
kuchli   va   kuchsiz,   bo’ydor   va   pakana   tuzilishga   ega   bo’lgan   o’quvchilarni
(akademik lisey, kasb−hunar kollejlari subyektlarini) toifalarga ajratish ancha qiyin
kechadi,   chunki   ularning   orasidagi   farqlar   keskin   kamayadi.   Favquloddagi
vaziyatga   esa   akselerantlarga   tez   rivojlanuvchi   reterdontlar   o’sishdan   orqada
qoluvchilarga   yetib   oladilar.   Buning   natijasida   ularning   o’zaro
qarama−qarshiliklari keskin kamaya boradi. 
Ilk   o’spirinlarda   fiziologik   rivojlanish   o’smirlik   davriga   nisbatan   ancha   tinch
o’tishligi   bilan   tafovutlanadi,   xuddi   shu   boisdan   o’sish   va   o’zgarishlarning
yakunlovchi   bosqichi   deb   atash   mumkin.   Biroq   shu   narsani   alohida   ta’kidlash
joizki,   biologik,   fiziologik   jihatdan   ilk   o’spirinlarning   to’la   voyaga   yetmaganligi
ularning   shaxs   sifatida   to’kis   shakllanganligini   anglatmaydi.   Ilk   o’spirinlik
davrining   o’ziga   xosligi   shundan   iboratki,   u   biologik   balog’atga   yetishdan   shaxs
kamolotiga,   ijtimoiyloshuvning   navbatdagi   bosqichiga   o’tishni   aks   ettiradi.
Mazkur   davrda   ham   asosiy   faoliyat   o’qish,   kasb-hunar   tanlash   bo’lib   qolaveradi,
lekin   ularga   nisbatan   qiziqish   biroz   pasayadi,   tanlab   munosabatga   kirishish
kuchayadi,   ya’ni   differensiasiya   dominantalik   xususiyat   kasb   etadi.   Bu   ijtimoiy,
ijtimoiy-psixologik   voqyelikning   ham   o’ziga   xos   muayyan   omillari,   sabablari
mavjud.   Agarda   o’smirlikda   asosiy   faoliyat   muomala,   shaxslararo   munosabat
bo’lib   hisoblansa,   ilk   o’spirinlik   davriga   kelib,   undan   oldingi   ontogenetik
bosqichdan   farqli   o’laroq   o’qishga   nisbatan   qiziqish   jonlana   boradi,   chunki   bu
davrda   ta’lim   subyektlari   oldida   akademik   lisey   hamda   kasb-hunar   kollejlarini
bitirishdek   mas’uliyat   yotganligi   harakatlantiruvchi   kuch   funksiyasini   bajaradi.
Bilish   va   kognitiv   jarayonlarning   barqarorligi   o’sganligi,   takomillashganligi,
kasbiy   malakalar   shakllanganligi   o’quv   jarayonining   sifat   va   miqdor   jihatdan
o’zgarganligidan dalolat beradi. O’zgarishlarning miqdoriy jihatdan ko’rinishlariga
quyidagilarni kiritish mumkin:  1. Yaqqol (konkret) va mavhum (abstrakt) ilmiy tushunchalar o’rtasidagi
munosabatlar.
2. Kognitiv   faoliyatning   jarayonlari,   operasiyalari   rivojlanganligi:
taqqoslash, qiyoslash, umumlashtirish, tasniflash va hokazo. 
3. Esda   olib   qolishning   rasional   usullarining   mavjudligi   (so’z-mantiq
xotirasiga asoslangan holda).
4. Muammoli vaziyatlar va ularning yechimini topish imkoniyatlari.
5. Ijodiylik (kreasiya) usullari vujudga kelayotganligi.
6. O’zini o’zi baholash va nazorat qilish uquvi shakllanayotganligi.
Odatda   sifat   o’zgarishlarining   tarkibiga   o’quv   faoliyatining   motivasion   va
mohiyat jihatidan o’zgarishning variantlari kiradi. Motivasion o’zgarish to’g’risida
shuni   ta’kidlash   joizki,   o’quv   faoliyati   ilk   o’spirin   uchun   shaxslararo
munosabatlarda   o’z o’rnini topish, jamoa (sinf, kurs) ichida o’zini tasdiqlash, tan
oldirish,   mustaqil   turmushga,   hayotga   kirishga   tayyorgarlik   ko’rishning   motivlari
alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Ushbu   motivlarning   barchasi   ilk   o’spirin   uchun
shaxsiy   ma’no   kasb   etadi.   Shaxsning   motivasiya   tuzilishida   yuksak   ijtimoiy
motivlardan jamiyatning to’laqonli, tenghuquqli a’zosi bo’lish, xalqqa va Vatanga
xizmat   qilish,   foyda   yoki   naf   keltirish   katta   o’rin   egallaydi.   Bilishda,   kognitiv
faoliyatda   o’quv   jarayoniga   va   bevosita   unda   berilayotgan   materiallarning
(aksariyat   fan   asoslari)   mohiyatiga   nisbatan   qiziqish   ilk   o’spirinlarda     o’ziga   xos
xususiyatga   ega   (rasmiy   yoki   norasmiy   nuqtai   nazaridan   yondashish).   Yuqorida
fikr, mulohaza va mushohadalardan kelib chiqqan holda shuni  ta’kidlash lozimki,
bu davrga kelib o’quv faoliyatining barcha motivlari (hatto ijtimoiy ahamiyat kasb
etuvchilari   ham)   jipslashib,   barqaror   tus   egallaydi.   Ushbu   motivlarning   eng
ahamiyatli,   o’ziga   xos   tomonlari   –   bu   ularning   ixtiyoriyligidir.   Boshqacha   so’z
bilan   aytganda,   ilk   o’spirin   (akademik   lisey   va   kasb-hunar   kolleji   subyektlari)
butun faoliyatini o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga erishishga qaratishidir.
O’quv   faoliyatining   bu   motivasiya   sohasida   differensial   (individual)   o’zini   o’zi
baholash   hamda   nazorat   qilish   alohida   o’rin   tutadi.   O’zini   o’zi   bunday   yo’sinda
baholash   (orttirib,   pasaytirib,   xolisona,   haqqoniy)   ilk   o’spirinning   qaysi   soha kuchli   va  qaysida   kuchsiz  ekanligini  to’g’ri  (adekvat)   baholashga   yordam  beradi,
bu   esa   o’z   navbatida   o’zini   o’zi   rivojlantirish,   ichki   imkoniyatlarini   ro’yobga
chiqarish,   o’zini   o’zi   namoyon   etish,   o’ziga   o’zi   buyruq   berish   kabilarni
takomillashtiradi.   Buning   natijasida   “Men”ligini   egallashga   intilish   tuyg’usi
shakllani boshlaydi.
Akademik   lisey   yoki   kasb-hunar   kolleji   o’quv   faoliyati   mohiyatining   ikkinchi
tomonini   uning   mazmunidagi   o’zgarishlar   tashkil   etadi.   agarda   o’smirlar   ma’lum
voqyea   va   hodisaning   shunchaki   mazmunigagina   qiziqsalar   (ehtiyoj   sezsalar),   ilk
o’spirinlar   esa   mazkur   hodisa   yoki   voqyelikka   nisbatan   turlicha   munosabatlarni
izchil   o’rganib,   tahlil   qilib,   shaxsiy   nuqtai   nazarini   bildirishni,   talqin   etishni
(interpretasiyani)   xohlaydilar.   Chunki   ilk   o’spirinlarni   bor   haqiqat   qiziqtiradi,
qolaversa bu davrda ishonch-e’tiqod, dunyoqarash jadal sur’atlar bilan shakllanadi.
Ular   har   bir   hodisani   ko’pyoqlama,   atroflicha,   butun   yaxlitligi   va   chuqurligi,
mohiyati   bilan   bilishni   istaydilar.   Lekin   shunday   omil   yoki   sabab   mavjudkim,
buning   ta’sirida   ular   uchun   qiziqarli   bo’lmagan   masalalarga   diqqatini   jalb
qilolmaydi,   natijada   o’spirinlar   faoliyati   susayadi.   Ko’pincha   ilk   o’spirinlarni
bevosita   ana   shu   jarayonning   kechishi,   uning   isbotlari,   keltirilgan   ham   nazariy,
ham   empirik   barcha   dalillar   qiziqtiradi,   ularni   bilish   faoliyatining   predmetiga
joylashtirishni   istaydi.   Ular   juda   tez   munozaraga   kirishib   ketadilar,   chin   haqiqat
yechimini   topishga   intiladilar,   bu   esa   mustaqil   fikr   yuritishga,   ta’lim
samaradorligidan   foydalanishga   harakat   qiladilar.   Binobarin,   baholash   va
baholanish   istagi,   bahs-munozaraga   intilish   mazkur   yosh   davrining   eng   asosiy
xususiyatidir.   Ular   fikrlashining   faolligi   va   tafakkurining   mahsuldorligi   bilan
boshqa yosh davrlaridan keskin ajralib turadi. Bu narsa (voqyelik)larning barchasi
turmushda   fantastikada   o’z   aksini   topadi.   O’smirlardan   farqli   o’laroq   ular   o’z
faoliyatini   boshqara   boradilar,   hatto   nazorat   qila   biladilar.   Ushbu   davrga   kelib
tafakkurning   ijodiyligi   jadallashadi.   Shuni   uqtirib   o’tish   lozimki,   ilk   o’spirinlarni
faqat   ilmiy   emas,   hatto   ularni   etik   (axloqiy)   muammolar   ham   qiziqtiradi.   Ularda
axloqiy   masalalar   yuzasidan   kuchli   baholash   tizimi   vujudga   kela   boshlaydi.   Bu
jarayonda   tushunarsiz   hisoblangan,   tasavvur   qilingan   dalil   va   isbotlar   ular tomonidan qabul qilinmaydi. Ilk o’spirinlar o’z faoliyatlarida hissiyot va irodaning
kuchli   xatti-harakatlari   hamda   tafakkurning   faolligi   bilangina   tavsiflanib
qolmasdan,   balki   mustaqillikka   (shaxs   sifati   tariqasida)   intiladilar.   Ular   uchun
munozarali,   bahsli   kechalar,   eksperimental   laboratoriya   mashg’ulotlari,   erkin
seminar mavzulari katta qiziqish, motiv, moyillik uyg’otuvchi stimul hisoblanadi.
Bularning   barchasidan   unumli   foydalanish   orqaligina   har   bir   o’qituvchi   o’z
o’quvchilaridan   (kasb-hunar   kolleji,   akademik   lisey   subyektlaridan)   mustaqil
ravishda   o’z   ma’lumotini   uzluksiz   oshirib   borish   qobiliyatini   yanada
takomillashtirish mumkin.
Yuqoridagi   fikr   va   mulohazalarni   umumlashtirib   shuni   aytish   mumkinki,   ilk
o’spirinlik davriga kelib o’quvchilarning bilish (kreativ-ijodiy) faoliyatidagi ijobiy
o’zgarishlar,   kasb-hunar   motivlari,   intilish,   moyillik,   tabiat   va   jamiyatga   nisbatan
ijtimoiy   va   ijtimoiy-psixologik   munosabat   ular   shaxsining   tarkib   topishida
(ijtimoiylashuvida) muhim rol o’ynaydi. 
Odatda har  bir  yosh  davrining psixologik  xususiyatlari  tadqiq etilganda  undagi
alohida (individual) shaxsning o’z tengdoshlari davrasidagi (mikromuhitdagi) o’rni
va   ular   bilan   o’zaro   hamda   shaxslararo   munosabatlari   alohida   izlanish   predmeti
sifatida   ko’rib   chiqiladi.   Xuddi   shu   bois,   ilk   o’spirinlik   davrining   asosiy
xususiyatlaridan   yana   biri   sifatida   shuni   ta’kidlash   joizki,   bu   davrga   kelib   ularda
shaxslararo   munosabatlarda   ota-ona,   o’qituvchi,   tengdoshlari,   norasmiy   guruh
a’zolariga  nisbatan  qayta  oriyentasiya   (reoriyentasiya)   qilish  jarayoni   tugallanadi.
Ma’lumki,   o’z   tengdoshlari   bilan   muomalaga   (muloqotga)   kirishish   ehtiyoji
insonda   4-5   yoshidayoq   vujudga   kelsa-da,   ushbu   ehtiyoj   borgan   sari   kuchayadi,
jadallashadi,   ko’lami   ortadi,   buning   natijasida   reoriyentasiya   jarayoni   namoyon
bo’ladi, tobora barqarorlashib boradi.
Materiallarning   psixologik   tahliliga   qaraganda,   ilk   o’spirinlik   davrida
tengdoshlar   o’rtasidagi   muomala,   muloqot   uch   xil   ko’rinishdagi   funksiyani
bajaradi:
1. Axborot (informasiya) kanali.
2. Shaxslararo munosabatlarni shakllanish jarayoni. 3. Emosional-hissiy aloqa (kontakt) o’rnatish vositasi (o’zaro ta’sir
yoki interaksiya).
1. Axborot   (informasiya)   kanali   yuzasidan   shuni   aytib   o’tish
lozimki, ilk o’spirinlar  o’z tengdoshlaridan  muayyan darajada tabiat, jamiyat, fan
va texnika to’g’risidagi ma’lumot (xabar)larni oladilar. Jinslar (genderlik)haqidagi
ma’lumotlarning deyarli aksariyati tengdoshlar bilan bo’lgan muloqotda, muomala
jarayonida   o’zlashtiriladi,   qolaversa   ularga   nisbatan   shaxsiy   munosabati
shakllanadi. Shuning uchun tengdoshlari bilan munosabatga kirishmaslikning o’zi
ijtimoiy-psixologik   voqyelikka   daxldor   salbiy   oqibatlarga   olib   kelishi   mumkin,
buning   natijasida   ularning   psixikasida   rivojlanishdan   orqada   qolish   hodisasi
vujudga keladi. Axborot taqchilligi shaxsni  sust harakat qilishga, loqaydlikka olib
boruvchi illatni namoyon etadi. 
2. Shaxslararo munosabatni shakllanish jarayoni – ilk o’spirinning
o’z   tengdoshlari   orasida   axloqiy   va   nafosatga   oid   bilim,   ko’nikma,   madaniyatni
egallaydilar.   Jamoada,   guruhda,   jamoatchilik   o’rtasida   o’zini   tuta   bilishlik,   o’zini
o’zi   ham   jismonan,   ham   aqlan   idora   qilishlik   bolalik   davridayoq   tengdoshlar
davrasida   shakllana   boradi.   Mazkur   davrda   munosabatlarning   me’yori,   mezoni,
paralingvistik,   ekstralingvistik,   prosemik,   operativ-kinestetik   fenomenlari   bilan
qurollanish vaziyati yuzaga keladi.
3. Emosional-hissiy aloqa (kontakt) o’rnatish vositasi  (interaksiya
funksiyasi)   –   guruhning   tenghuquqli   a’zosi   (ishtirokchisi,   hamkorlik   faoliyati
subyekti)   ekanligini   anglash   (tushunish,   o’zini   o’zi   tan   oldirish,   o’z   “Men”ligini
tasdiqlash),   undagi   o’rtoqlarcha,   do’stona   (xolisona)   o’zaro   yordam   ilk
o’spirinning   mustaqil   shaxs   sifatida   shakllanishida   ko’mak   beribgina   qolmasdan,
balki unga emosional-hissiy kechinmalar, tuyg’ular, yuksak hislar (aqliy, axloqiy,
lazzatlanish,   ehtiros,   eyforiya,   kayfiyat,   affekt,   stress,   depressiya   kabilar)
to’g’risida   ma’lumotlar   hamda   ulardan   ijtimoiy   turmushda   foydalanish   yo’l-
yo’riqlari   bilan   tanishtiriladi.   Bularning   barchasi   mazkur   yoshdagi   o’g’il-qizlarni
barkamol   shaxs   sifatida   shakllanishga   puxta,   barqaror,   mustahkam   psixologik
negiz yaratadi.  Ilk   o’spirinlarning   tengdoshlari   haqida   mulohaza   yuritar   ekanmiz,   ular   ishtirok
etgan jamoasi (guruhi) tushunchasini  ijtimoiy-psixologik nuqtai nazaridan izohlab
berishga,   tavsiflashga   harakat   qilamiz.   Bizningcha   (E.G’.),   bu   tushuncha   ikki   xil
ma’no,   mohiyat   kasb   etishi,   shuning   uchun   ikki   toifaga   mansub   sifatida   talqin
qilinishi mumkin. 
1. Tor   ma’nodagi,   ya’ni   ko’lami   ixcham   bo’lgan   ijtimoiy-
psixologik   xususiyatli   guruh   birlashmasi   (rasmiy   yoki   norasmiy   bo’lishidan   qat’i
nazar) ko’rinishi, shakli sifatida.
2. Keng   ma’nodagi,   ya’ni   ko’lami   keng,   umuman   olganda
keng   miqyosdagi   tanish   va   notanish   tengdoshlarni   birlashtirish   tariqasida.   Lekin
ta’bir   joiz   bo’lganligi   tufayli   shuni   aytish   kerakki,   tor   ma’nodagi   ijtimoiy-
psixologik   guruhlar   sifatidagi   tengdoshlar   jamoasi   bir   tomondan   turli   yoshdagi,
kasbdagi   yoshlarni,   masalan,   sport   komandasi   a’zolarini   o’z   ichiga  qamrab   olishi
nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, ular ijtimoiy kelib chiqisha jihatdan turli kasb-
hunar   egalaridan   tashkil   topgan   bo’lishi   mumkin,   chunonchi,   kasb-hunar   kolleji,
akademik   lisey   o’quvchilari,   xizmatchilar,   ishchilar,   qishloq   xo’jaligi   bilan
shug’ullanuvchilar va boshqalar.  
Ilk o’spirinlar psixikasi tadqiqot  qilinar ekan, ular ko’pincha referent guruhlarga
taalluqli ekanligi uqtirib o’tiladi, ya’ni ularga o’z ta’sirini o’tkaza oladigan hamda
alohida o’g’il   yoki  qiz  uchun  muayyan qiymatga  ega  bo’lgan  guruh gavdalanadi.
Psixologiya fanida ilk o’spirinlik davri ikki xil guruhga ajratiladi:
1) rasmiy   guruhlar,   ya’ni   muayyan   muhitga   daxldorligi,
yaqqol vaqt hamda fazoda hamkorlik tizimiga aloqadorligi;
2) ixtiyorsiz,   g’ayritabiiy,   spontan   tarzda   vujudga   keluvchi
guruhlar.
Odatda   rasmiy   guruhlar   katta   yoshdagi   insonlar   tomonidan   tashkil   toptirilgan,
shakllantirilgan,   ham   ijtimoiy,   ham   psixologik   mexanizm   bilan   boshqariladigan
hamda   jamiyat   tashkilotlari   tomonidan   nazorat   qilib   turiladigan   odamlar
jamlanmasi   (birlashmasi)dir.   Ijtimoiy-psixologik   nuqtai   nazaridan   ular   ham   o’z
navbatida ikkitaga bo’linadi: a) o’rta maktab, akademik lisey va kasb-hunar kolleji o’quvchilari,   “Kamolot”   tashkilotlari;   b)   sport   komandalari   va   seksiyalari,
madaniyat uyi va o’quvchilar saroyidagi turli to’garak a’zolari.
Ilk   o’spirinlarning   ixtiyorsiz,   g’ayritabiiy,   spontan   guruhlari   esa   mazkur   yosh
davridagi   o’g’il-qizlarning   o’zlari   tomonidan   o’rtoqchilik,   do’stlik,   tengdoshlik
asosida   tashkil   topadi.   Psixologik   ma’lumotlar   qiyosiy   tahlilining   ko’rsatishicha,
g’ayritabiiy   guruhlar   ham   o’z   navbatida   uch   xil   xususiyatga,   ko’rinishga,
morfologik tuzilishga ega bo’lishi mumkin:
1) prososial guruhlar – rasmiy jihatdan hyech qaysi jamoaga, guruhga
qarashli   bo’lmasalar-da,   biroq   ijtimoiy   foydali   mehnat   bilan   shug’ullanuvchi,
faoliyat mahsuliga ega bo’lgan, jamoa yoki kengroq ma’noda jamiyat a’zolari bilan
bir   tekis   qadam   tashlovchi,   ruhan   sog’lom,   zamon   nafasiga   hamohang   hissiyotni
gavdalantiruvchi ilk o’spirinlardan tashkil topgandir;
2) asosial guruhlar – ularni muayyan muhitga ijtimoiy foydali mehnat
birlashtirmaydi.   Bu   guruhlar   deyarli   biror   narsa   bilan   umumiy   tarzda
qiziqmaydilar,   boshqacha   so’z   bilan   aytganda,   ularda   ijtimoiy   motivasiya   qariyb
latent   holatida,   biroq   ularning   a’zolari   bo’sh   vaqtini   birga   o’tkazish   uchun
uchrashadilar,   xolos.   Ilk   o’spirinlarning   bunday   guruhlari   jamiyatda,   uning
infratuzilmalarida   uchrab   turadi.   Aksariyat   hollarda   ular   xarakteridagi   beqarorlik
mavjud   bo’lganligi   sababli   antisosial   (aksilijtimoiy)   guruhlarga   aylanib   qolish
xavfi   bor.   Ma’lumki,   bir   stakan   maydan   mayxo’rlikka,   qoidabuzarlikdan
jinoyatchilikka o’sib o’tish o’rtasida masofa unchali katta emas.
3) antisosial   (aksilijtimoiy)   guruhlar   –   bu   ilk   o’spirinlar   jamiyatning
axloqiy   normalariga   (me’yorlariga),   milliy   qadriyatlarga,   ma’naviy   mezonlarga,
belgilangan qonunlarga qarshi, zid mashg’ulotlar bilan anglagan, goho anglamagan
holda shug’ullanadilar. O’z sinfida, kursida yoki  tengdoshlari, o’rtoqlari  o’rtasida
o’z   o’rnini   topa   olmagan   ilk   o’spirinlar   bunday   guruhni   tashkil   qiladi.   Aksariyat
hollarda   bunday   guruhlarning   liderlari   jinoyatchilar,   resedivistlar   hisoblanadilar,
ularning xatti-harakatlarini ashaddiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda boshqaradilar.
Bunday   guruhlarning   a’zolari   oddiy   bezorilikdan   tortib,   to   murakkab
jinoyatchilikka   qadar   sa’y-harakatlarini   amalga   oshiradilar.   Bunday   guruhlarga daxldor ilk o’spirinlar vujudga kelishini oldini olish uchun oila, mahalla, maktab,
kollejlar,   akademik   liseylar,   “Kamolot”   ijtimoiy   harakati   hamkorlikda   ular
ruhiyatidagi   og’ishni   bartaraf   etish   uchun   chora-tadbirlarni   ishlab   chiqish   va
amaliyotga  tatbiq  etish  zarur.  Bu  yo’nalishda   olib  borilgan  psixologik  tadqiqotlar
natijasining   ko’rsatishicha,   o’qituvchilar   tomonidan   aql-idroki,   qobiliyati,
ma’naviy   olami,   qiziqish   motivasiyasi   oqilona   baholanmagan,   tengdoshlari
davrasida   hurmat,   e’tibor   qozona   olmagan,   oilada   shaxslararo   munosabatlarda
muayyan   maromga   erisha   bilmagan   ilk   o’spirin   yoshidagi   o’g’il-qizlar
qonunbuzarchilik yo’lini tanlaydilar. Ular uchun jinoyat, jinoyatchilik tengdoshlar,
voyaga   yetganlar   davrasida   o’zini   ko’rsatish   va   tan   oldirish,   o’zgalar   diqqat-
e’tiborini o’ziga jalb etish vositasi sifatida xizmat qiladi. Bunday toifaga aloqador
ilk   o’spirinlar   o’zlari   amalga   oshirayotgan   jinoyatlaridan   asosiy   maqsad   nima
ekanligini   anglab   yetmaydilar.   Ular   bilan   psixologik   mashg’ulotlar   o’tkazish,
psixotreninglar   tashkil   etish,   psixoterapiya   vositalaridan   foydalanish,   proyektiv
metodlarni   tatbiq   qilish   orqali   psixologik   og’ishni   kamaytirish   mumkin.   Ilk
o’spirinlarni   o’zini   o’zi   baholashga,   nazorat   qilishga   o’rgatish,   irodasini
takomillashtirish   mashg’ulotlarini   o’tkazish   ijobiy   natijalarni   keltiradi.   Eng
samarali   vositalardan   biri   –   bu   ularda   qiziqish   ko’lamini   kengaytirish,   motivlarni
motivasiyaga   o’sib   o’tkazish,   ichki   imkoniyatlarini   ro’yobga   chiqarishga
yo’naltirish. 
Ilk   o’spirinlik   davrida   biror   ijtimoiy   guruhda   o’z   o’rnini   topish   uning   uchun
qanchalik   muhim   ahamiyat   kasb   etmasin,   shunga   qaramasdan   bu   ontogenez
bosqichida   eng   rivojlangan   his   bu   do’stlik   bo’lib   hisoblanadi.   Ilk   o’spirinlar
o’zlarini   qanchalik   ko’rsatishga   (namoyon   etishga,   ro’yobga   chiqarishga)
intilmasinlar,   ko’pincha   o’zlarini   tushuna   va   anglay   oladiganlarni   juda
qadrlaydilar.   Ular   o’z   do’stlarining   oldiga   o’smirga   o’xshab   umuman   bajarib
bo’lmaydigan, noreal talablarni qo’ymaydilar, bunday do’stlik nafaqat mustahkam,
barqaror   bo’libgina   qolmay,   balki   u   chuqur   negizga   ega   bo’la   boradi.   Ilmiy
tadqiqotlar   natijalarining   tahlili   shuni   ko’rsatdiki,   barcha   ilk   o’spirinlarda
do’stlikning   mustahkamligi   bir   xil   emas   ekan,   chunki   bu   turli   ko’rinish   ijtimoiy- madaniy,   aqliy-ijodiy   shart-sharoitlar   bilan   uzviy   bog’liqdir.   Qizlar   bilan   yigitlar
o’rtasidagi do’stlik tuyg’usiga nisbatan munosabat ham turlicha ma’no-mohiyatga
ega   ekan.   Masalan,   shaharda   yashaydigan   yigit   va   qizlarda   bu   do’stlikning
mustahkamligiga   ishonch   kuchliroqdir.   Shunga   qaramasdan,   yigitlarga   nisbatan
bokira   qizlarda   bu   munosabat   jiddiyroqdir.   Ilk   o’spirinlik   davrida   bu   tuyg’u   juda
katta   ahamiyat   kasb   etadi,   hatto   ijtimoiylashuvning   muhim   fenomeni   sifatida
gavdalanadi.   Bir   tomondan   u   ilk   o’spirin   uchun   uning   ichki   dunyosini   ochishga
xizmat   qilsa,   o’zini   o’zi   anglashga   yordam   bersa,   ikkinchi   tomondan   bu   yuksak
tuyg’u do’stlik o’zgalarni tushunishga harakat qilishning ijtimoiy turmush maktabi
vazifasini   bajaradi.   Shuning   uchun   shaxsning   ilk   o’spirinlik   davridagi   do’stlikka
(ilk   muhabbatga   aylanish   ehtimoli   mavjudligi   tufayli)   o’qituvchilar   jiddiy
munosabatda   bo’lishlari   ayni   muddaodir.   Unga   o’tkinchi   mayl   sifatida   to’sqinlik
qilmay,   balki   uni   yigit-qizlarga   avaylashga,   qadrlashga,   ulug’lashga   o’rgatish
kerak,   toki   u   ilk   o’spirinlar   emosional-hissiy   kechinmalarining   regulyatoriga
aylansin.   Ilk   o’spirinlarni   do’stlashish   vaqtida   shaxsning   yoshiga   ham   e’tibor
berish   ijtimoiy   turmushda   foydadan   holi   emas,   chunki   u   kishining   ruhiy   holatiga
kuchli   ta’sir   etadi,   hatto   larzaga   keltiradi   (shirin   tuyg’u,   murakkab   kechinma,
eyforiya, ruhiy madad, stress, depressiya va boshqalar).
Jahon   psixologlarining   tadqiqot   natijalari   quyidagi   ma’lumotlarni   tavsifga
imkon beradi. Ularni umumlashtirish: ilk o’spirini yigitlar do’stlashishida: 75-85%
tengdoshini,   15-18%   katta   yoshdagilarni,   1-7%   kichik   yoshda   bo’lishini   ma’qul
ko’radilar.   Ilk   o’spirin   yoshidagi   qizlarda   esa   olingan   ma’lumotlar   o’zgacha
xususiyatga ega. Ular: 50-60% tengdoshlari bilan, 40-50% katta yoshdagilar bilan,
kichik   yoshdagilar   bilan   do’stlashmaslikni   afzal   ko’radilar.   Psixologlarning
talqiniga   qaraganda,   buning   barchasi   ulardagi   ideal   do’stlik   haqidagi
tushunchalarning   turli-tumanligi   bilan   bog’liq   ekanligi   ta’kidlanadi.   Biroq   ilk
o’spirinlik davridagi  do’stlikning  eng muhim  xususiyatlaridan biri  shuki, ular  o’z
do’stining   ijtimoiy   o’rniga,   psixologik   xususiyatlariga,   hayotiy   ustanovkalariga
asoslangan holda tanlab olmaydilar.    Fransuz   psixologi   Zazzo   ilk   o’spirinlardagi,   shu   jumladan,   o’smirlikda
kechadigan do’stlikka ta’rif berar ekan: “Bu davr eng sidqidil va olijanob davrdir”
degan   edi.   Keltirilgan   olim   fikrining   asl   ma’nosi   shuki,   ilk   o’spirinlar   eng   pok
do’stlikka,   ya’ni   sevgiga   ega   bo’lib,   goho   undan   norozi   bo’ladilar,   iztirob
chekadilar,   chunki   bu   do’stlik   juda   ko’p   ziddiyatlar   makonidir.   Ilk   o’spirinlar
do’stlikka   intilmasinlar,   bunga   bo’lgan   ehtiyoj   prinsipial   jihatdan   qondirilmay
qolaverishi   ham   mumkin.   Ilk   o’spirinlarning   do’stligi   to’g’risida   beto’xtov,
uzluksiz   mulohaza   yuritish   mumkin,   shuning   uchun   bu   ma’ruzada   yoritilmasdan
qolib ketgan masalalar yuzasidan materiallarni mustaqil ta’lim soatlarida o’rganib,
o’zlashtirib olasizlar, deb ularga ishonch bildirish maqsadga muvofiq.
Ilk   o’spirinlarda   dunyoqarash   muammosining   tahlili   shaxs   shakllanishining
muhim   bo’g’imi   bo’lib   hisoblanadi.   Dunyoqarash   –   jamiki   olamga   (o’n   sakkiz
ming   va   undan   ortiq)   nisbatan   shaxsning   munosabati   borliqning     asosi   va
prinsiplari   haqidagi   tasavvurlar   tizimi,   odamning   turmush   falsafasi,   uning   barcha
bilimlarining   yig’indisi   va   natijasi.   Dunyoqarash   bilimlar   tizimidan   tashqari
e’tiqodlar,   qadriyatlar,   ma’naviyat   tizimini   ham   o’z   ichiga   qamrab   oladi.   Ular
dunyoqarashiga   xos   bo’lgan   izlanishlardan   biri   o’z   hayotining   (turmushining)
ma’nosini  qidirishdir. Ilk o’spirin yigit va qiz hayotining shunday bir  formulasini
topishni   istaydiki,   bu   formula   turmushning   barcha   qonunlari,   qoidalari,
mexanizmlari,   prinsiplari,   holatlari,   xususiyatlari,   hodisalari   va   jarayonlarini   o’z
ichiga qamrab olishdan iboratdir. 
Dunyoqarash ikkiyoqlama tavsifdan tashkil topadi va o’ziga xosligini namoyon
etadi.   Kognitiv   –   kognitiv   nuqtai   nazardan   dunyoqarash   obyektiv   borliqni
qanchalik   to’g’ri   aks   ettirish   bilan   tavsiflanadi.   Akseologik   –   akseologik   nuqtai
nazardan   esa   –dunyoqarash   shaxs   faoliyatini   qanday   boshqarilishi   bilan
tavsiflanadi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, dunyoqarash inson faoliyatini boshqarar
ekan, u progressiv yoki reaksion optimistik yoki neosimistik faol ijodiy yoki sust-
kuzatuvchan bo’lishi mumkin. Biz yuqorida ilk o’spirinlarning rivojlanishidagi eng
asosiy xususiyatlarini ko’rib chiqdik, xolos.       
Ilk o’spirinlar tafakkurining o’sishi Ilk o’spirinlik yosh davri ma’ruza tipidagi darslar, la boratoriya ishlari va amaliy
mashg’ulotlar,   referat,   tuzish,   konspekt   yozish   kabi   o’quv   faoliyati   turlari
akademik   lisey   va   kasb-hunar   kolleji   o’quvchilari   o’zlashtirishi   zarur   bo’lgan
materiallarni   mustaqil   tushunishga   olib   keladi.         Mazkur   faoliyat   tiplarining
kundan-kunga   ko’proq   ahamiyat   kasb   etishi   natijasida   tafakkur   borgan   sari   faol,
mustaqil,   ijodiy   xislatlar   bilan   boyib   boradi.   O’quvchilarning   aqliy   faoliyati
o’zining umumlashtirish va abstraksiyalash jarayonining yanada yuqoriroq darajasi
hamda  narsa va hodisalarning  kelib chiqish sababini tushuntirish an’anasining ortib
borishi   ajralib   turadi.   Bu   ba’zi     holatlarning   chin   yoki   chin   emasligini   ko’rsatish
bilan, chuqur xulosa chiqarish bilan, o’rganilayotgan narsani tizimga kiritish bilan
tavsiflanadi   va   tafakkurning   tanqidiyligi   bilan   boshqa   yosh   davrdagi
o’quvchilardan   ham   sifat,   ham   miqdor   jihatidan   tafovutlanib   turadi.   Bulariing
barchasi   ilmiy-nazariy   tafakkurning   shakllanishiga   va   tevarak-atrofdagi   voqyelik
haqidagi   umumiy  qonuniyatlarni  bilish   qobiliyatiniig  o’sishiga   intellektual-ijodiy,
zaxira   va   imkoniyatining   ochilishiga,   tabiat   va   jamiyat   taraqqiyoti   qonunlarini
anglab   olishga   muhim   shart-sharoitlar   yaratib   beradi.   Ilk   o’spirinlar   u   yoki   bu
holatni   asoslangan,   isbotlagan   davrda   ularning   asosiy   tomoniga,   muhim
xususiyatlariga,   birlamchi   jihatlariga   sinchkovlik   bilan   qaray   boshlaydilar.
Darsliklardan   o’qigan   va   o’qituvchi   tomonidan   bayon   qilingan   axborot   va
ma’lumotlarga   ishonch   va   qanoat   hosil   qilish   uchun   faol   harakat   qiladilar,   biroq
o’smirlar   singari   obro’   ketidan   ko’r-ko’rona   ergashish   holati   ularda   juda   kam
ko’zga   tashlanadi.   Ular   har   bir   darsda   tanishishga   to’g’ri   kelgan   materiallarning
chin   mohiyatiga,   inson   uchun   zaruriyatligiga,   haqiqat   ekanligiga   ishonch   hosil
qilish uchun to’xtovsiz intiladilar. Ba’zan ta’lim jarayonida ilk o’spirin tomonidan
u   yoki   bu   narsaga   nisbatan   e’tiroz   yoki   shubha   tug’ilsa,   o’qituvchi   uni   nohaq
ravishda   qoralaydi   va   «ishonmovchi»   deb   ayblaydi.   Tafakkurni   oqilona   yo’llari
bilan   o’stirish   uchun   favqulodda   holatlarda   o’quvchining   mazkur   xususiyatini
qoralamasdan,   balki   uni   rag’batlantirish   to’g’riroq   bo’ladi.   Chunki   bu   xislat
rivojlanishi natijasida narsa va hodisalarni asoslash, dalillash, isbotlash, ishontirish kabi   aqliy   kamolotga   yordam   beruvchi,   bilimlarni   puxta   o’zlashtirishga   eltuvchi
aqliy faoliyat komponentlari takomillashadi.
Bu yosh davriga kelib, akademik lisey va kasb -hunar  kolleji   o’quvchilari aqliy
faoliyat   texnikasi   va   metodikasi   bilan   yetarli   darajada   qurollangan   bo’ladilar.
Ammo   mazkur   yuksalishga   qaramasdan,   ularda   bu   sohada   ma’lum   darajada
kamchiliklar uchrab turadi. Bir tomondan, narsa va hodisalarning to’la isbotlanmay
qolishi   hodisasi   ko’zga   tashlansa,   ikkinchi   tomondan   esa,   tafakkurni
faollashtiruvchi   turli   xususiyatli,   maxsus   o’ziga   xoslikka   ega   bo’lgan   o’quv
faoliyati   usullariga   yetarli   darajada   ega   bo’lmasligidir.   Ma’lumki,   fikr   yuritish
operasiyalarini   faollashtiruvchi   aqliy   usullardan   oqilona   foydalanish   ko’zlagan
maqsadga yetishda asosiy rol o’ynaydi.
Fikrlash   faoliyatida   mustaqillikning   yo’qligi   yoki   kamligi   akademik   lisey   va
kasb -hunar   kolleji   o’quvchilarining   muhim   kamchiliklaridan   biri   hisoblanadi.
Ularga   badiiy   adabiyot   obzorini   tavsiflab   berib,   mazkur   asar   yuzasidan   mustaqil
hukm   chiqarish   topshirilgan   taqdirda   qanday   xatti-harakatni   amalga   oshirish
mumkin?   Birinchidan,   asarni   bir   necha   bor   o’qishi,   ammo   hyech   qanday   xulosa
chiqarmasligi mumkin. Ikkinchidan, o’qituvchi so’zlarining har birini eslab qolib,
ularni   mexanik   ravish da   so’zlab   berishga   harakat   qilishi   mumkin.   Uchinchidan,
o’zi   shaxsan   boshqalardan   eshitganlari   bilan   o’qituvchi   axborotini   o’zaro
aralashtirib,   sintez   qilib   javob   berishga   intiladi.   To’rtinchidan,   o’z   shaxsiy   fikrini
bayon etishga qiyinchilik tug’ilsa, u holda asardan parchalar keltirishga urinadi va
hokazo.
Ilk o’spirin o’quvchilar fikr yuritishdan erinib, materiallarni   hyech o’zgarishsiz
«tayyor   holda»   egallab   olishga   intilib,   hatto   darsliklarda   va   boshqa   manbalarda
kam   uchraydigan,   javobini   topish   mumkin   bo’lmagan   taqdirda   ham   ijodiy
izlanishlarga   harakat   qilmaydilar.   Lekin   ta’lim   mazmuni   va   o’quv   faoliyatining
xususiyati   bu   yoshdagi   o’quvchilarning   fikr   yuritish   operasiyasiga   ulkan   talab
qo’yishini   ular   xayollariga   ham   keltirmaydilar.   Bu   yoshga   kelib,   ular   o’quv
materiallarini   mustaqil   ravishda   abstraksiyalash   va   umumlashtirishga   qodir bo’ladilar.   Mana   shunday   fikr   yuritish   zaminida   nazariy   tafakkur   vujudga   keladi.
O’qishga qiziqish esa asta-sekin aniq fanlarga qiziqishga aylana boradi.
Agar o’smir tafakkuri yaqqol-obrazli tafakkurdan abstrakt  (mavhum) tafakkurga
o’sib   o’tish   bilan   tavsiflangan   bo’lsa,   katta   maktab   yoshidagi   o’quvchilarda
dialektik-nazariy  tafakkur   qilish  qobiliyati   rivojlana  boshlaydi.  Bu  tafakkur   tabiat
va   jamiyatning   umumiy   taraqqiyot   qonunlari   bilan   bevosita   aloqadordir.   Mazkur
qonuniyatlarning   vujudga   kelishi,   o’zgarib   borishi,   o’ziga   xos   xususiyatga   ega
bo’lishi,   shuningdek,   ularning   o’zaro   uzviy   bog’liqligi   singari   murakkab   bilimlar
ilk o’spirinlar yosh xususiyatiga mutlaqo mos keladi.
Akademik   lisey   va   kasb -hunar   kolleji   o’quvchilarida   nazariy   tafakkurning
shakllanishida   darsdan   va   sinfdan   tashqari   ishlar   muhim   ahamiyatga   ega,
jumladan, turli to’garaklar o’quvchi bilimini chuqurlashtirib, uning bilim doirasini
kengaytiradi.   Ayniqsa,   bu   borada   mustaqil   bilim   olish   faoliyati   muhim   rol
o’ynaydi. Agar to’garaklar shaxsiy tashabbuskorlikka asoslanmay tashkil etilsa va
ijodiy xususiyatga  ega bo’lmasa,  u holda ko’zlagan natijasini  bermasligi  mumkin
(mustaqil ishlar, testlar, kompyuter, internet).
Fizika o’quv predmeti sifatida o’quvchilarda abst rakt  tafakkurni rivojlantiruvchi
asosiy   manbadan   biri   bo’lib   xizmat   qiladi.   Ayniqsa,   fizika   fani   bo’yicha
o’tkaziladigan   olimpiadalar,   qiziqarli   ijodiy   bahslar,   qo’shimcha   manbalardan
topilgan   dalillar,   kashfiyotlar,   koinot   sirlaridan   ma’lumotlar,   jahon   energetikasi
masalalari,   laboratoriya   metodi   orqali   fizik   qonuniyatlar   bilan   yaqindan   tanishish
imkoniyatlari ilk o’spirinda fikr yuritish faoliyatida siljishni vujudga keltiradi. Bu
narsalarning barchasi o’quvchilarda bilishga qiziqishni taraqqiy ettiradi.
Masalan, kimyo fani bo’yicha tashkil etilgan to’garakda ishtirok etish natijasida
o’spirinlarda   moddalarning   kimyoviy   xususiyatlari   va   xossalari   hamda   ularning
tuzilishi   haqida   qo’shimcha   bilim   oladilar.   Kimyoning   sanoat   va   qishloq
xo’jaligidagi   ahamiyati   to’g’risida   ko’pgina   qo’shimcha   ma’lumotlar   bilan
tanishishga   muvaffaq   bo’ladilar.   Matematika   asosan   o’quvchilarning   abstrakt
tafakkurini   o’stirishga   qaratilgan   fan   bo’lib,   algebraik,   geometrik,   trigonometrik
shakllar   va   ularning   turli   variantlari   bilan   chuqur   va   har   tomonlama   tanishish muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Adabiyot   ilk   o’spirinlarda   mantiqiy   va   ijodiy
tafakkur ni   o’stirishda   asosiy   rol   o’ynaydigan   fan   hisoblanadi.   To’garaklar   ta’siri
ostida   mustaqil   fikr   yuritish,   aqlning   tanqidiyligi,   nutq   madaniyati   tez   sur’atlar
bilan   taraqqiy   eta   boshlaydi   Bundan   tashqari,   ilk   o’spirinning   badiiy   san’atga
bo’lgan   qobiliyati   o’sadi,   badiiy   didi,   ijodiy   qobiliyati,   ijodiy   fikri   va   xayoli
kamolot sari ko’tarila boradi.
Ilk o’spirin o’quvchilar tafakkurining mustaqillik darajasini vujudga keltirishda
o’qituvchining   o’zi   ulkan   rol   o’ynaydi.   Birinchidan,   u   o’quvchilarni
o’rganilayotgan qonuniyat va xossalarning to’g’riligi haqida ishonch hosil qilishga,
mavzular yuzasidan qanoatlanishga, isbotlash va dalillashga o’rgatib borishi kerak.
Bundan tashqari, sanab o’tilgan jarayonlarni amalga oshirish uchun eng qulay usul
va metodlardan foydalanish kerakligi to’g’risida to’la ma’lumot berilishi maqsadga
muvofiqdir.   Ikkinchidan,   o’qituvchi   o’quvchilarni   narsa   va   hodisalar   haqida
original   yoki   nostandart   fikr   yuritishga,   ijodiy   yondashishga   o’rgatishi   lozim.
Buning   uchun   ularni   man tiliy   fikr   yuritish   usullari   bilan   tanishtirish   darkor.
Uchinchidan, qo’llanaverib eskirib tarixiylikka aylangan so’zlardan, terminlardan,
iboralardan   foydalanishga,   umuman,   shablonizmga   yo’l   qo’ymaslik,   ilk
o’spirinlarni   ijodiy   izlanishga   yetaklashni   hyech   vaqt   diqqat-e’tibordan   chetga
chiqarmaslik zarur. To’rtinchidan, o’qituvchi ilk   o’spirinlarning oldiga bilimlarni
amalda   tatbiq   qilish   vazifasini   qo’yishi   shart.   Beshinchidan,   o’qituvchi   ilk
o’spirinlarning   individual   xususiyatlarini   hisobga   olib,   zaxiradagi   aqliy
imkoniyatlarning   ishga   solishi   maqsadga   molik.   Oltinchidan,   o’qituvchi   ilk
o’spirinlar   oldida   muammoli   vaziyatni   vujudga   keltirishi   va   ularni   hal   qilish
bosqichlari bilan tanishtirib, yechishga da’vat etishi ayni muddao. Yettinchidan, ilk
o’spirinlarning   emosional-irodaviy   xususiyatlarini,   mustahkamlashda   yo’l-yo’riq
ko’rsatishi,   ustanovka   berishi,   ularni   qiyinchiliklarni   yengish   va   oldini   olishga
o’rgatish o’qituvchining kasbiy burchidir.
O’qituvchi   zimmasiga   qo’yilgan   vazifalar   va   shartlarning   barchasi   pedagogik
faoliyatga   tatbiq   qilishga   muyassar   bo’linsa,   hamisha   ularga   rioya   qilinsa,   u
taqdirda   akademik   lisey   va   kasb -hunar   kolleji   o’quvchilari   tafakkurining mustaqilligini shakllantirish bosqichida yuksak amaliy vazifa lar ro’yobga chiqqan
bo’ladi. Bunday ulkan talab va vazifalarni pedagog sharaf bilan bajarish uchun o’z
fanini   mukammal   egallash   yo’lida   ko’p   mehnat   qilish,   siyosiy   savodxon   bo’lishi,
psixologik   bilimlarni   puxta   egallashi,   o’quvchilarning   psixologik   xususiyatlarini
to’la   o’zlashtirishi,   psixologik   ta’lim   va   tarbiya   qonuniyatlari   bilan   qurollanishi
maqsadga muvofiqdir.
Tafakkur   boshqa   psixik   jarayonlardan   ajralgan   holda   taraqqiy   etishi   mumkin
emas.   Shu   sababdan   tafak kur   rivojlanishi   bilan   birgalikda   ilk   o’spirinlarning
axloqiy-ma’naviy   sifatlarida   ham   muhim   o’zgarishlar   vujudga   keladi,   uning   nutq
madaniyati   o’sadi.   Bu   esa   o’quvchining   o’z   fikrini   to’g’ri   ifodalash   malakasini
tarkib   toptirib,   nutq   tuzilishini   mustahkamlaydi,   uni   murakkablashtiradi   va   lug’at
tarkibini yanada boyitadi.
Akademik   lisey   va   kasb -hunar   kolleji   ta’limi   oxiriga   kelib,   o’quvchi   mustaqil
fikrlash   malakasini   egallab,   mustaqil   aqliy   mehnat   texnikasini,   uning   metodlarini
o’zlashtirgan holda mustaqil bilim olish ko’nikmasini  shakllantirishi lozim. Biroq
fikr yuritish faoliyati mustaqilligining rivojlanmaganligi ularning o’quv faoliyatida
katta   kamchilik   hisoblanadi.   Bu   kamchilikning   asosiy   sababi   o’quv
topshiriqlarining noto’g’ri qo’yilishi, o’quvchilardan mulohaza yuritishni uzluksiz
talab   etmaslik   va   mustaqil   fikrlash   qobiliyatiga   e’tibor   bermaslikdir.   O’quv
topshiriqlarining   noto’g’ri   qo’yilishi   natijasida   o’spirinlar   «tayyor   mulohazalar
quli»   bo’lib   qolaveradilar.   Shu   sababli   o’qituvchi   yuqoridagi   fikrlarni   e’tiborga
olishi   mutlaqo   shart.   Akademik   lisey   o’quvchilarida   va   kasb -hunar   kolleji
subyektlarida   u   yoki   bu   xildagi   vaziyatni   to’g’ri   aniqlashga,   asoslashga   va
isbotlashga,   butun   diqqatini   qaratishga   moyillik   kuchli   bo’ladi.   Dars   jarayonida
duch   kelinadigan   narsa   va   hodisalarning   chin   ekanligiga   ishonch   hosil   qilishga
intilish   bu   yoshdagi   yigit qizlarda   o’ta   kuchlidir.   Lekin,   ba’zi   hollarda
o’qituvchilarimiz o’quvchilarning ana shu intilishiga noto’g’ri munosabatda bo’lib,
ularni   o’rinsiz   tanqidchilikda   qoralaydilar,   ulardagi   bun day   intilishning   yosh
xususiyatidan   kelib   chiqishini   nazarga   olmaydilar.   Shu   sababli   o’quvchilardagi
tanqidiylikni   faqat   qoniqtiribgina   qolmasdan,   balki   uni   rag’batlantirish   kerak, chunki bu yoshdagi kontingentlarga xos xususiyatdir. Bu xususiyat  ularning aqliy
faoliyati   taraqqiyoti   uchun   foydalidir.   Ishonch,   dalillashga   talabchanlik,   asoslash
va isbotlash, o’zlashtirilgan bilimlarni anglash, shaxsiy nuqtai nazarga ega bo’lish
kabi   xislatlarni   e’tibordan   chiqarmaslik   zarur.   O’qituvchi   fikrlash,   analiz   qilish
yo’lini  shunday tushuntirishi kerakki, o’quvchi  mustaqil  va to’g’ri xulosa  chiqara
olsin. Buning uchun o’qituvchida didaktik qobiliyat mavjud bo’lishi shart.
Ilk   o’spirinlar   o’zlariga   xos   bo’lgan   tanqidiylikni,   o’zlarining   aniq   nuqtai
nazarini  adabiyot, tarix, jamiyatshunoslik  fanlaridan ko’ra aniq fanlarni  o’rganish
paytida namoyish qilishlari qiyinroq bo’ladi. Ulardagi tanqidiy tafakkurning, qat’iy
mulohaza   qilishning   yetarli   darajada   taraqqiy   etmaganligi,   badiiy   did   va
umummadaniyat   hissining   kamligi   badiiy   asar   qiymatini   yuzaki   baholashga   olib
keladi.  Asar  to’g’risida  chuqur  fikr  yuritmasdan  turib  uning  qiymatini   aniqlashga
shoshish   mazkur   yoshdagi   o’quvchilarning   real   turmush   bilan   badiiy   asar
o’rtasidagi farqni anglay olmasligidan kelib chiqadi.
Ilk   o’spirin   o’quvchi   adabiyot   faniga   o’smirga   qaraganda   boshqacharoq
yondashadi.   Bu   ko’p   tarmoqli   bo’lib,   turli   xususiyatli   masalalarni   hal   etishni
nazarda   tutadi.   Jumladan,   ilk   o’spirinni   hayajonga   solgan   savollarga   kitobdan
javob   topish,   shaxsiy   dunyoqarash   pozisiyasi   bilan   o’zini   qoniqtirish,   personaj
idealini yaratish kabilar. Berilgan bu tavsifnoma ilk o’spirin ruhiy olamining to’la
shakllangan holda turmushga kirib kelishidir. Bayon etilganlarga ko’ra, o’quvchiga
o’qituvchining «tayyor» bilim berishi, ularni zerikarli holatga tushirib qo’yadi. Shu
sababdan,   bunday   ko’ngilsiz   holni   vujudga   keltirmaslik   maqsadida   mustaqil   fikr
yuritishga undovchi yo’lni topish juda zarur.
O’quvchilarga   ma’naviy   ozuqa   bera   olmaydigan   darslar   fanga   nisbatan
qiziqishini   susaytiradi.   O’quvchi,   ma’naviy   boylik   orttirish   yo’llarini   izlaydi.
Vujud ga   kelgan   ma’naviy   talabini   qondirishni   istaydi.   Ko’pincha   ular   bunday
ehtiyojini qondirish uchun mustaqil bilim olish yo’l  va usullarini qidiradi. Oqibat
natijada ijodiy izlanish va evristik uslublarni  intuisiyadan  ustun ekanligini  anglab
yetadilar. Odatda   ta’lim   jarayonida   an’ana   tusiga   kirib   qolgan   bir   qolipdagi,   monoton
darslardan   qochish   za rur.   Iloji   boricha   o’ng’aysiz   holatni   yuzaga   keltirmas lik
maqsadida   pedagog   butun   kuch,   va   irodasini,   mahoratini   ishga   solishi   maqsadga
muvofiqdir.   Darsning   jonli   va   qiziqarli   o’tishi   uchun   ilk   o’spirinlarni   doimiy
faollashtirib borish yaxshi natija beradi.
Ushbu   yoshdagi   o’quvchilar   xususiyatlaridan   yana   biri   –   darslikda   bayon
qilingan fikr va qarashlardan   foydalanmay turib, adabiy asarni mustaqil tushunish
sa ri intilishdan iboratdir. Ammo bunday intilish, izlanish hamma vaqt ham badiiy
did   malakasi       bilan   mustahkam   aloqada   bo’lavermaydi.   Buning   asosiy   sababi,
ularda estetik did saviyasining yetarli rivojlanmaganligidir.
Adabiyot   fani   mehnatning  yangilik   yaratuvchi,   o’zgartuvchi   faoliyat   ekanligini
ilk   o’spiringa   tushuntirsa,   shaxsiy   hayot   va   turmush   sharoitini   tanishtirsa,   nozik
ezgu-tilak   yoki   his-tuyg’uga   ma’lum   yo’l   bilan   yetishga   ko’mak   bersa,   u   holda
o’quvchining bu fanga nisbatan munosabati ijobiy tomonga o’zgarishi mumkin.
Ilk o’spirin u yoki bu xildagi adabiy asarni  o’qish, tu shunish orqali mustaqil fikr
yuritish,   mulohaza   qilishga   kundan   kun   o’rganib   boradi.   Uning   mustaqil   nuqtai
nazari,   qarashi,   shaxsiy   pozisiyasi   shakllanadi.   O’z-o’zidan   ma’lumki,   bu   fazilat
ilk   o’spirinning   shaxsiy   fikri,   mustaqil   o’ylashi   va   qarorga   kelishining   natijasi
bo’lib, o’zgalarning tashqaridan bergan maslahati mahsuli emasdir. Balki bu narsa
fikr yuritish faoliyatining rivojlanib  borishidan dalolatdir.
Adabiy   asarni   baholash,   unga   nisbatan   shaxsiy   fikrini   bildirish,   munozaraga
kirishish   kabi   xislatlarning   mavjudligi   tafakkur   tanqidiyligining   o’zginasidir.
Noo’rin tanqidiylik esa uning badiiy didi,  nutq madaniyati va turmush tajribasining
kamchiligidir.
Psixolog   V.A.Kruteskiy   mazkur   yoshdagi   o’quvchi   aqlining   (tafakkurining)
tanqidiyligini   ko’rsatish   maqsadida,   L.A.Shumeyeva   ma’lumotidan   foydalanib,
quyidagi dalillarni keltiradi.
"Men   hyech   vaqt   hayajonlanmayman ,   ammo   siz   chuqur   hayajonlanib,
to’lqinlanib turibsiz. O’ylaymanki, bun day holatni vujudga keltirishingiz pedagog
burchingizni   ado  etishlik bo’lsa  kerak.  Mana  siz  M.  Gorkiy asarining  tilidan  o’ta hayajondasiz   —   menga   esa   uning   tili   mutlaqo   yoqmaydi.   M.   Gorkiy   asarini
o’qiganman.   Birinchi   satrda   shunday   iboralarni   ishlatadi:   “Dengiz   qah-qaha
uradi?”   Bu   jumla   mening   qalbimni   hyech   qachon   larzaga   keltirmaydi,   aksincha,
kulgimni qistatadi. Men bu kulayotgan dengizni tasavvur qilishga harakat qilaman,
ancha zo’rma-zo’rakilikdan keyin, baqaloq, puchuq, yuzlari qip-qizil, kichkinagina
pirpiroq   ko’zli   allaqanday   bir   ayolni   xayolimga   keltiraman.   Uning   yuzlari
shamoldan   qimirlaganday   bo’lib   turadi.   Keyinroq   bo’lsa,   Quyosh   nur   sochishi
bilan   o’zini   behad   baxtiyor   hisoblaydi   Dengiz   esa,   quyoshning   erkalovchi   purini
aks ettirish bilan ovora. Bu nima degani?! Buni qanday tushunmoq kerak? Qanday
tasavvur   qilish   mumkin?!   Men   faraz   qilayapman,   sap sariq   odam   har   ku ni   ertalab
baxtiyorona   ko’zguga   tikiladi,   ko’zgu   ham   o’zicha   go’yo   baxtiyor,   chunki   u   bu
baxtiyor   chehrani   o’zida   aks   ettirgani   uchun   behad   baxtiyor.   Bu   narsa   hyech
qachon   mening   kulgimni   qistatmaydi.   Qani,   bunda   kulish   uchun   yumoristik
iboralar?! Nega bunday yozishadi?! Bu nima degan gap, axir?! Nahotki, oddiyroq
yozishning iloji bo’lmasa, ha?!”
V.A.Kruteskiy   tavsiyasiga   ko’ra,   yuqorida   suhbat   qatnashchisi   hisoblangan
o’qituvchi,   bu   o’rinda   epitet   va   metaforalarni   o’quvchiga   tushuntirib,   unda
adabiyotga   nisbatan   nozik   didni   paydo   qilishga   va   uni   o’stirishga   harakat   qilishi
kerak edi. Ammo pedagog bilan o’quvchi o’rtasida bunday samimiy suhbat bo’lib
o’tmagan.   Shunisi,   achinarliki,   o’quvchining   shu   mazkur   asarga   nisbatan   o’z
fikrini   ozmi,   ko’pmi   o’zgartirganligi   diqqat   markazidan   chetlashgan.   Natijada
asarning   mohiyatini   o’quvchi   tushunib   yetdimi   yoki   tushuna   odmadimi   —   bu
haqda o’qituvchi hyech qanday ma’lumot olishga muyassar bo’lmagan. Bu o’rinda
tarbiyachi   pedagogik   odobga   rioya   qilmaganligi   tufayli   qo’pol   xatoga   yo’l
qo’ygan.   Bizningcha,   u   individual   suhbat   uyushtirish   natijasida   ilk   o’spiringa
adabiy   janrlar   to’g’risida,   epitet   va   metaforalar   haqida   chuqur   va   har   tomonlama
ma’lumot berib o’tganda ish qilingan bo’lar edi.
Pedagog   o’quvchining   aytgan   so’zlari   va   fikrlarini   dalillar   asosida   asta-sekin
inkor   darajasiga   olib   borib   (ammo   qat’iy   rad   qilishdan   saqlanish   kerak),   asariing
asl   mazmunini     tushuntirishi   va   hayotda   uning   qanday   ahamiyat   kasb   etishini yoritishga   harakat   qilmog’i   zarur.   O’qituvchi   unga   shunday   ta’sir   etishi   kerakki,
uning   bu   asar   to’g’risidagi   fikri   o’zgarishiga   olib   kelsin.   Biroq,   o’qituvchi
o’quvchining   asar   muallifiga   va   uning   asariga   munosabati   o’zgargan   yoki
o’zgarmaganligini   aniqlashni   mutlaqo   yodidan       chiqarmasligi   shart.   Mazkur
jarayon   bir-ikki   suhbat   yoki   bahs   natijasida   amalga   oshadigan   faoliyat   emas.
Chunki   ilk   o’spirinning   o’zi   mustaqil   ravishda   asarni   tushunib   yetishi   unga
nisbatan   o’zining   munosabatini   o’zgartirish   qiyin.   Bu   ko’pgina   omillarga   bog’liq
murakkab   hol   bo’lib,   shaxs   shakllanishiga   ko’pyoqlama   yondashishni   taqozo
etadilar.
Ayrim   o’quvchilarda   asardagi   allegoriyalarni,   epitet   va   metaforalarni   noto’g’ri
tasavvur   etish   hollari   uchraydi.   Ular   shoir   va   yozuvchilarni   hayotda   aslo   bunday
voqyelikning sodir bo’lmasligida ayblab, bu narsa to’qima deb da’vo qilib, qattiq
“koyishgacha”   borib   yetadilar.   Lekin   bu       badiiy       asar   tarkibiy   qismlari
qahramonlarning ichki dunyosini  bo’rttirib ko’rsatish vositasi  ekanligini hali to’la
anglab   yetmaydilar.   Shu   sababdan   “falon   narsa   bunday   bo’lmaydi,   aql   bovar
qilmaydi” deya ishonchsizlik kayfiyatini izhor etadilar.
Ilk o’spirinlar  badiiy peyzaj  to’g’risida  ham  shoir  va adiblar  bilan munozaraga
kirishadilar. Chunki o’xshatish va taqqoslash kabi badiiy bo’yoqlar negadir ularga
yoqmas   emish.   Asardagi   juda   nafis   did,   kuchli   hissiyot   bilan   berilgan   voqyelikni
idrok qilish,  tasavvur  etish, xayolga  keltirish,  fikran mulohaza yuritish  holatlarini
ularda   taajjub   hislarini   vujudga   keltiradi.   Shuning   uchun   ushbu   yoshdagi
o’quvchilarda   adib   bilan   “kelishmovchilik”   namoyon   bo’ladi.   Aks   ettirilgan
voqyealar   juda   rangsiz   yoritilganday   tuyuladi.   Ular   “o’z   pozisiyasi”ning   barbod
bo’lishiga   anchagacha   qarshilik   ko’rsatishadi.   Shuning   uchun   o’qituvchining
asosiy   vazifasi   o’quvchilarning   tafakkurini   tanqidiy   sifat   jihatdan   almashtirib,
ularni voqyelikka odilona tanqidiy nuqtai nazardan qarashga o’rgatishdan iboratdir.
Ilk   o’spirin   yoshidagi   o’quvchilar   asar   qahramonlariga   ham   turlicha   baho
beradilar.   Bu   narsa   ularning   individual   xususiyatlaridan,   shaxsiy   qarashlaridan
kelib   chiqadi.   Shu   sababli   qaysidir   obraz   o’spiringa   butunlay   yoqmaydi,   uning
ba’zi bir xususiyatlarinigina qo’llab-quvvatlaydi, xolos. Bu xususiy holni dalillash maqsadida   misolga   murojaat   qilamiz.   “Gulnorning   insoniy   xislatlarining
hammasini   juda   yoqtiraman,   ammo   irodasizlik   qilib   Mirzakarimboyga   turmushga
chiqishini esa sira kechira olmayman. Agar chindam Yo’lchini sevganida edi, u bu
ishni   qilmagan   bo’lardi.   Ota-onaga   hurmat   va   muhabbat,   albatta,   bo’lishi   kerak,
lekin sof sevgi hamma narsadan ulug’ va mo’tabar bo’lishi lozim. Muhabbat katta
«M»   harfi   bilan   yozilmog’i   shart.   Unga   hyech   kimning,   hatto   malikaning   ham
bevafolik   qilishga   haqqi   yo’q,   chunki   u   olamda   muqaddasdir...   Shu   maqaddas
tuyg’uni  oyoq  osti   qilish   —  Gulnorda   uchraydi...”,   —  deydi   o’spirin  qiz  Robiya.
Bunga o’xshash misollarni yuqori sinf o’quvchilari bilan olib borgan tajribalardan
ko’plab keltirish mumkin.
Shaxsiy   tajribalarimiz   va   o’rta   maxsus   ta’lim   tajribasidan   shu   narsalar   ma’lum
bo’ldiki, o’quvchilar muayyan obrazni, yaxlit asarni yoki avtor faoliyatini baholash
jarayonida hamma vaqt ham o’z shaxsiy fikrini, qarashini va shaxsiy munosabatini
xuddi shundayligicha qo’llay bermas ekanlar. Biz bunday omillarga ularning insho
va   bayonlarini   tekshirayotgan   mahalda   duch   keldik.   Yozma   ishlar   va   jonli
mushohadani   taqqoslagan   paytimizda,   yozma   ifoda   bilan   shaxsiy   mulohazalar
o’rtasida   katta   tafovut   bo’lganligining   guvohi   bo’ldik.   O’ylaymizki,   o’qituvchilar
ham   kundalik   amaliy   faoliyatida   bunga   o’xshash   hodisalarni   uchratgan   bo’lsalar
ajab emas. Eksperimentimizda ishtirok etgan ilk o’spirin o’quvchilar  bilan “Nega
o’z shaxsiy fikringizni inshoda ifoda etmadingiz?”, “Muallif  yoki asarga nisbatan
asli   munosabatingiz   shunday   edimi?”,   “Erkin   mavzuda   yozilgan   ishda   nega   o’z
mulohazangizni   to’liq   ifodalamadingiz?”,   “Agar   siz   asar   qahramoni   o’rnida
bo’lganingizda nima qilar edingiz?”, “Mushkul vaziyatni qanday hal etish kerak?”,
“Mutlaq   haqiqatni   bilishga   qanday   intilasiz,   ular   nega   sizni   tinchlantirmay di?”,
“Nima uchun siz har bir narsani  (voqyelik yoki qonuniyatni) o’z aqlingiz tarozisi
bilan   yana   bir   marta   tortgingiz   keladi?”   kabi   savol-javob   viktorinasini   o’tkazdik.
Bundan   tashqari,   o’quvchilarning   yozma   ishlari   bilan   yaqindan   tanishib   chiqdik.
Biz uchun eng zarur bo’lgan savolga ko’pgina ilk o’spirinlar bir-biriga juda yaqin,
analogik javoblar  berdilar. Jumladan,  o’z shaxsiy  fikrlarini  ifoda etmaganliklarini
ular   quyidagicha   isbotlaydilar:   “...   agar   men   o’z   fikrim   va   munosabatimni   o’z bilganimcha   yozganimda   edi,   u   holda   sizning   qo’ymoqchi   bo’lgan   bahoyingiz,
hozirgi   qo’yilgan   bahodan   bir-ikki   ball   past   bo’lar   edi,   men   shunday   bo’lishidan
qo’rqdim. Chunki mening shaxsiy fikrimga qarshi ekanligingizni bilaman-ku!” deb
javob qaytardilar.
Keltirgan misoldan shu narsa ma’lum  bo’ldiki, mazkur mulohazalar  mualliflari
bo’lmish   ba’zi   o’quvchilarda   tafakkurning   tanqidiyligi   yetarli   darajada   taraqqiy
etmaganligidan   dalolat   berib   turibdi.   Yuqoridagi   parchadan   shunday   xulosaga
kelish   mumkinki,   bu   yoshdagi   o’spirinlarda   o’z   fikrida   qat’iy   turishning   irodaviy
sifati,   shakllanib   bo’lgan   mustahkam   “pozisiya”si   hanuzgacha   mavjud   emasdir.
Bundan shu narsa ochiq-oydin ko’rinib turibdiki, katta yoshdagi o’quvchi aqlining
tanqidiyligida   liberalchilikka   yo’l   qo’yish   kuchlidir.   O’quvchilardagi   ikkilanish
holatlari, bizningcha, ikki xil sabab bilan izohlanishi mumkin: bu sabablardan biri
voqyelik   mohiyatini   to’g’ri   tushunib   yetmaslik   bo’lsa,   ikkinchisi   “o’z
pozisiyasida”   bo’sh   kelmaslik   yoki   narsa   va   hodisalarni   anglab   turib   “o’jarlik”
qilishdan iboratdir.
Demak,   adabiyot   darsligi   va   uning   majmuasini   o’qitish,   qo’shimcha   badiiy
manbalardan   unumli   foydalanish   o’quvchilarda   aqlning   tanqidiyligini   kamol
toptirishda juda muhim rol o’ynar ekan. Adabiyotning turmush qonuniyatini, hayot
mazmunini,   kishilar   o’rtasidagi   munosabatlarni   tushuntirishdan   tashqari,   ilk
o’spirinlarda estetik tuyg’uni vujudga keltirishda ham ahamiyati kattadir.
Hozirgi   kunning   eng   dolzarb   muammolaridan   biri   o’quvchilarda   tafakkurning
tanqidiyligini   dars   jarayonida   va   darsdan   tashqari   vaqtlarda   keng   jamoatchilikka
suyangan   holda   o’stirishdan   iboratdir.   O’qituvchi   butun   diqqat-e’tiborini
o’quvchilarning   narsa   va   hodisalar   to’g’risidagi   o’z   fikrini   o’zgartirgan   yoki
o’zgartirmaganligi   biror   narsani   tushunib   olishga   muyassar   bo’lgan   yoki
bo’lmaganligi, agar  tushunib  olgan  bo’l-sa, faqat  darslikka asoslanibgina  berishni
anglaganligi,   o’z   fikrini   faqat   “o’zida”   (“dilda”)   qoldirish   shart   ekanligini   his
etganligi   yoki   his   etmaganligi   kabi   holatlarga   qaratishi   lozim.   U   o’quvchilarda
ikkiyuzlamachilikning   shakllanishiga   yo’l   qo’ymasligi   kerak.   Chunki   o’quvchilar
ko’pincha   voqyelik   haqida   bir   narsani   gapirib,   haqiqatda   esa   ikkinchi   bir   narsa to’g’risida   fikr   yuritadilar.   Bunda   ularning   yuqoridagi   insho   to’g’risidagi
mulohazalarini eslatib o’tishning o’zi kifoya qiladi. Agar o’qituvchi shu narsalarga
beparvo   qarasa,   u   holda   uning   tutgan   yo’li   mutlaqo   to’g’ri   bo’lib   chiqmaydi.
Pedagog o’quvchilarda shaxsiy fikr va mustaqil qarashning vujudga kelishidan sira
xavotirga kelmasligi, qo’rqmasligi shart. U o’quvchilarda shaxsiy fikrning mutlaqo
bo’lmasligidan, mustaqil mulohazalardan uzoqligidan, tayyor jumlalarni to’tiqush-
day takrorlab, yod qilib yurishidan cho’chisin.
Aqlning   tanqidiyligini   shakllantirishda   pedagog   o’quvchilarning   yosh   va
individual   xususiyatlariga,   aqliy   taraqqiyotiga,   mavjud   bilim   fondiga,   mulohaza
yuritish   doirasining   kengligiga,   mazmundorligiga,   chuqurligiga,
tashabbuskorligiga,   adabiyot   va   boshqa   fanlarga   qiziqishiga,   nutq   madaniyatiga,
so’z   boyligiga,   shaxsiy   nuqtai   nazariga,   bilishga   qiziqishiga,   o’quv   faoliyati
usullarini   qanchalik   egallaganlik   darajasiga,   bilimlarni   o’zlashtirib   olishga
ko’maklashuvchi ko’nikma va malakalarning mavjudligiga hamda ularni asoslash,
isbotlash, ishonch hosil qilish kabi ijodiy tafakkur sifatlariga diqqat-e’tibor qilishi
lozim.
Tafakkur tanqidiyligining rivojlanishi ilk o’spirin o’quvchilarni moddiy dunyoni
mustaqil   o’rganish ga,   barcha   o’quv   materiallarini   puxta   o’zlashtirishga,   dars
jarayonida   tashabbuskorlik   va   faollikni   oshirishga   yetaklaydi.   Bundan   tashqari,
voqyelikni   isbot lash,   asoslash   ko’nikmalarining   paydo   bo’lishiga   imkon   yaratadi,
obyekt   to’g’risida   hukm   va   xulosani   tasdiqlash   yoki   inkor   qilish   qobiliyatini
taraqqiy ettiradi.
Shunday   qilib,   ta’lim   jarayonida   turli   fanlar ning   o’qitilishi   tufayli,   keng
ko’lamdagi   bilim   sis temasining   o’zlashtirilishi   orqali   o’quvchilarda   tafakkur
jarayonining   aktivligi,   mustaqilligi,   mazmundorligi,   mahsuldorligi   kabi   sifatlari
rivojlanadi   va   uning   ijodiy,   nazariy   shakllari   yanada   o’sadi.   Bu   yoshdagi
o’quvchilarda   narsa   va   hodisalarni   abstraksiyalash   va   umumlashtirish   yuqori
bosqichga ko’tariladi. Ular tevarak-atrofdagi voqyelik to’g’risida haqiqiy hukmlar,
omillarga   asoslangan   xulosalar   chiqarish   bilan   boshqa   yoshdagi   o’quvchilardan
keskin   farq   qiladi.   O’qitish   jarayonida   ularda   nazariy,   ijodiy,   mahsuldor,   vizual, so’z-mantiq tafakkur tarkib topadi  Shu sababli,  voqyelikning ichki bog’lanishlari,
munosabatlari, jamiyat  taraqqiyot  qonunlarini  bilish va  anglab olish uquvi  yuqori
taraqqiyot   pog’onasiga   ko’tariladi.   Mustaqil   fikr   yuritish   metodikasi   va   texnikasi
vujudga   keladi,   bilim   olish   ko’nikmasi   paydo   bo’ladi.   Bularning   barchasi   ilk
o’spirinlarda   tafakkurning   o’sishi   uchun   ham   obyektiv,   ham   subyektiv   shart-
sharoitlar yaratadi.                 Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy
qadriyatlar tarbiya manbai.  Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar   uchun   psixologiyasidan   topshiriqlar.     L.P.Xoxlova.   -T.,   O’qit.   -
1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

ILK O‘SPIRINLIK YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Reja: 1. Ilk o’spirinlik yoshining psixologik xususiyatlari 2. Ilk o’spirinlik yoshida shaxsning kamol topishi 3. Ilk o’spirinlar aql-idrokining xususiyatlari 4. Ilk o’spirin va kasb tanlash 5. Ilk o’spirinlarning turmush haqidagi tasavvurlari 6. Ilk o’spirinlik davrining o’ziga xos xususiyatlari 7. Ilk o’spirinlar tafakkurining o’sishi

ILK O’SPIRINLIK YOShINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Ilk o’spirinlik yoshi davriga 15-18 yoshlardagilar (akademik lisey, kasb-hunar kolleji o’quvchilari) kiradilar. Bu davrda o’quvchi jismonan baquvvat, o’qishni tugatgach, mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda o’zini sinab ko’radigan imkoniyatga ega bo’ladi, ma’naviy jihatdan yetuklikka erishadi. Ilk o’spirin 16 yoshida mamlakat fuqarosi va 18 yoshida esa saylash hamda saylanish huquqiga ega bo’ladi. Bularning barchasi ilk o’spiringa fuqaro sifatida ijtimoiy jihatdan voyaga yetishi, hayotda o’z o’rnini topishi, o’z taqdirini o’zi hal qilishi va yetuk shaxs sifatida ma’naviy o’sishi uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi. Ilk o’spirinning shaxsi ijtimoiy hayotda, akademik lisey, kasb-hunar kolleji jamoasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan mutlaqo yangicha mavqyei ta’sirida, o’qish va turmush sharoitidagi o’zgarishlar ta’sirida tarkib topa boshlaydi. Mazkur davrning yana bir xususiyati − mehnat bi lan ta’lim faoliyatining bir xil ahamiyat kasb etishidan iboratdir. Mavjud shart-sharoitlar ta’siri ostida ilk o’spirinning aqliy va axloqiy jihatdan o’sishida o’ziga xos o’zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoyon bo’ladi. Akademik lisey, kasb-hunar kolleji o’quvchilari ijtimoiy hayotdagi dolzarb vazifalarni hal qilishda faol ishtirok eta boshlaydilar. Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, ta’lim xarakterining o’zgarishi yigit va qizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e’tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy his-tuyg’uning vujudga kelishiga, bilimni o’zlashtirishga ijodiy yondashish kuchayishiga olib keladi, natijada mustaqil fikrlash shakllanadi. Hayotda o’z o’rnini topishga intilish kasb-hunar egallash, ixtisoslikni tanlash, istiqbol rejasini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bo’lishni keltirib chiqaradi. Biroq bu davr kuch-g’ayrat, shijoat, qahramonlik ko’rsatishga urinish, jamoat, jamiyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda bo’lish bilan boshqa yosh davrlaridan keskin farqlanadi. Ayniqsa, turmush va o’qish faoliyatlarining yangicha shart-sharoitlari sinf (kurs) jamoasidagi o’zgacha vaziyat, ilk o’spirinlarning maxsus ta’lim tizimida egallagan yuqori mavqyei, jamoatchilik ishlarida tajriba orttirishlari ular oldiga yuksak talab

hamda mas’uliyatli vazifalar qo’yadi. Bu davrda ilk o’spirin yangicha ta’lim muhitida tashkilotchilik, rahbarlik, tarbiyachilik, tashviqotchilik vazifalarini o’tay boshlaydilar. Ilk o’spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, o’quv jamoasi, ta’lim jarayoni qo’yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o’rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar ilk o’spirinning axloqiy, aqliy, nafosat jihatdan tez o’sishi orqali bartaraf qilinadi. Ilk o’spirinlik yoshida shaxsning kamol topishi Ilk o’spirinlik yoshidagi o’zgarishlar maktab, oila, shaxslararo munosabatlardagi mavqyeni yanada mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi. Lekin yetakchi omil yangicha ta’lim muassasa o’quvchisi faoliyatining xususiyati, mohiyati va mazmunidagi tub burilishdir. Ilk o’spirinlarda avvalo o’zini anglashdagi siljish yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu hol shunchaki o’sishni bildirmaydi, balki o’z shaxsiyatining ma’naviy-psixologik fazilatlarini, faol ijtimoiy turmush tarzining maqsad va vazifalarini anglashni, oqilona baholashni aks ettiradi. Ilk o’spirinda o’zining ruhiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati hamda imkoniyatini aniqlashga intilish kuchayadi. O’z xulq-atvorini jilovlash, his-tuyg’ulari hamda ichki kechinmalarini tushunish ishtiyoqi vujudga kela boshlaydi. Ilk o’spirindagi o’zini anglash turmush, o’qish, mehnat va sport faoliyatlari taqozosi bilan namoyon bo’ladi. Yangicha ta’lim muassasidagi odatlanilmagan vaziyatning shaxslararo munosabat va muloqot ko’lamining kengayishi o’zining aqliy, axloqiy, irodaviy his-tuyg’ularining xususiyatlarini oqilona baholash, qo’yilayotgan talablarga ja vob tariqasida yondashish o’zini anglashni jadallashtiradi. Bunday ta’lim tizimidagi o’quvchilarning o’zini anglashga aloqador xususiyatlari mavjud. Ular avval, o’zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va kamchiliklarini, munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Agar o’smirda atrofdagi kishilarning oqilona baholashlari orqali

aniq baholash yuzaga kelsa, ilk o’spirinda bu holat boshqacharoq tarzda kechadi, unda o’z shaxsiy fazilatini, xulq-atvorini, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatini tahlil qilish, qiyosiy baholash mayli kuchayadi. Ilk o’spirin o’smirga qaraganda o’z ma’naviyati va ruhiyatining xususiyatlarini to’laroq tasavvur eta olsa ham, ularni oqilona baholashda kamchiliklarga yo’l qo’yadi. Natijada u o’z xususiyatlariga ortiqcha baho berib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga duchor bo’ladi, sinf (kurs) va pedagoglar jamoalarining a’zolariga g’ayritabiiy munosabatda bo’la boshlaydi. Shuningdek, ayrim ilk o’spirinlar o’z xatti-harakatlari, aqliy imkoniyatlari va qiziqishlariga past baho beradilar va o’zlarini kamtarona tutishga intiladilar. Akademik lisey, kasb-hunar kolleji o’quvchisining o’smirlik yoshi davridagi boladan boshqacha yana bir xususiyati − murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissi, o’z qadr-qimmatini e’zozlash, sezish va fahmlashga moyillikdir. Masalan, o’spirin yigit va qiz sezgirlik deganda nozik, nafis holatlarning farqiga borish, zaruratni tez anglash, xolisona yordam uyushtirishni, shaxsning nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni tushunadi. Ilk o’spirin o’zining ezgu niyatini baholashga jamoada o’z o’rnini belgilash nuqtai nazardan yondashadi, chunonchi “O’zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?” “Jonajon respublikamga, ota-onamga munosib farzand bo’la olamanmi?” “Jamiyatning taraqqiyotiga o’z ulushimni qo’sha olamanmi?” degan savollarga javob qidiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’quvchida o’zining fazilati to’g’risida yaqqol tasavvur hosil qilish uchun o’qituvchiga unga juda ustalik, bilimdonlik, ziyraklik bilan yordam berishi lozim. U o’zining do’stona, iliq munosabati bilan sinf jamoasi a’zolari e’tiborida ishonch, obro’ qozonishi uchun har bir mulohazasida pedagogik-psixologik nazokatga rioya qilsa yigit va qizlarda ham o’z kuchiga, imkoniyatiga, qobiliyatiga, fahm-farosatiga ishonch hissini paydo qiladi. Ularda ustozga chuqur hurmat, minnatdorchilik tuyg’ulari uyg’onadi. Ilk o’spirin o’quvchida o’zini anglash negizida o’zini o’zi tarbiyalash istagi tug’iladi va bu ishning vositalarini topish, ularni kundalik turmushga tatbiq qilish

ehtiyoji vujudga keladi. Lekin o’zlarining o’zini o’zi tarbiyalashi psixologiyasidagi mavjud nuqsonlarga barham berish, ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmay, ularni kattalarga xos ko’p qirrali umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishiga yo’naltirilgan bo’ladi. Ilk o’spirinlik davrida o’quvchilar o’zlarida eng qimmatli fazilatlarni, o’quv va malakalarni ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam tarkib toptirishga ehtiyoj sezadilar. Ma’lumki, mazkur toifadagi ta’lim muassasi o’quvchilari ma’naviy- psixologik qiyofaga ega bo’lish uchun oqilona o’lcham, mezon, vazifalarini bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini qidiradilar. Ilk o’spirinlarda ideallar bir necha ko’rinishda namoyon bo’lishi va aks etishi mumkin. Masalan, ular taniq li kishilarning qiyofalari, badiiy asar qahramon timsolida o’zlarida yuksak fazilatlarni (sifatlarni) gavdalantirishni orzu qiladilar. Biroq yigitlar bilan qizlar o’rtasida ideal obrazini tanlashda katta farq bo’ladi. Masalan, qizlar ko’pincha mehnatkash ayolning, jozibali, nazokatli, iboli, iffatli jamoat arbobining, badiiy asar qahramonining xususiyatlari mujassamlangan qiyofalarni ideal darajasiga ko’taradilar. Ammo ayrim o’quvchilar tarixiy shaxslarning masalan, baquvvat yo’lto’sar, oq ofiser, quv josus va boshqalarning salbiy sifatlariga taqlid qilishga ham moyil bo’ladilar. Ilk o’spirin o’quvchilarning o’zini o’zi tarbiyalashi o’quv yurtidagi jamoatchilik tashkilotlarining, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy ta’siri doirasida amalga oshishi shart. Zeroki, o’zini o’zi takomillashtirish jamoada munosib o’rin egallash, ijtimoiy burchni anglash va foydali mehnatga qiziqishga xizmat qilishi kerak. Kuzatishlar va hayot tajribalarining ko’rsatishi ba’zi hollarda ilk o’spirinlar o’zlarini qo’rqmas, jasur qilib ko’rsatishga, noo’rin xatti-harakatlarga moyil bo’ladilar, qaltis yo’llar bilan o’z irodalarini tarbiyalashga intiladilar, goho hayotlarini xavf ostida qoldirishgacha borib yetadilar. Shuning uchun ularga sun’iy usullar va vositalar yordamida qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin emasligini tushuntirish kerak. Shuningdek, ularni oqilona, maqsadga muvofiq samarali usullardan foydalanish yo’llari bilan tanishtirish, haqiqiy chiniqish malakalari bilan qurollantirish yaxshi natija beradi.