O’smirlik davrining psixologik xususiyatlari
1“O’smirlik davrining psixologik xususiyatlari” mavzusidagi KURS ISHI SAMARQAND - 2022
2MUN DARIJ A 1.Kirish 2.O‘smirlik Yoshidagi o‘quvchilarning xulq-atvori xususiyatlari. 3. O‘smirlarning intellektual rivojlanishi. 4.O‘smirlik davrida shaxsning shakllanishi. 5.O‘smirlik davridagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari. 6. O‘smirlik davrida shaxslararo munosabat 7.Foydalanilgan adabiyotlar. SAMARQAND - 2022
3REJA: KIRISH I BOB : Psixologiyada o’smirlik tadqiqotlari. 1.1 .O‘smirlik Yoshidagi o‘quvchilarning xulq-atvor xususiyatlari 1.2 O‘smirlik davrida etakchi faoliyat shaxsiy -intim muloqotdir. II BOB: O’smirlik davrida umumpsixologik tavsifnoma. 2.1 O’smirlik davrida kasb to’g’ri kasb tanlay olish. 2.2O’smir yoshlaring kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti. 2.3 O‘smirlarning intellektual rivojlanishi XULOSA SAMARQAND - 2022
4KIRISH O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi natijasida jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tildi. Jamiyatning yangilanishi talim sohasida islohotlar qilinishini, o‘zgartirishlar kiritishni, yangicha talim berish usullarini, yangicha yondashuvni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan sog’lom, mustaqil fikrlovchi, yuksak ahloqli va istedodli shaxsni jahon andozalariga mos ravishda dunyoviy bilimlar bilan ham nazariy, ham amaliy qurollantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Bunga vazirlar Maxkamasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni, va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yaqqol dalil bo‘la oladi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ilgari surilayotgan istiqbol g‘oyalar, “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mohiyati oliy o‘quv yurtlarida zamon talabiga javob bera oladigan, yuksak salohiyatli xalqaro ta’lim standartlari bilan raqobatlasha oladigan mutaxasisslar tayyorlashni taqozo etadi. Bu o‘rinda shaxs va uning o‘ziga xos xususiyatlarini takomillashtirish va ijtimoiylashuvi omillarini o‘rganish dolzarb muamolardan hisoblanadi. Xo‘sh shaxs tushunchasining mohiyati nimada? Shaxs tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruxiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab utolmagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» - «aqlli zot» tushunchasini o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy SAMARQAND - 2022
5tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, ijtimoiy-sotsial omillar ta’sirida ro‘y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi. Sotsial yoki ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi anashu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini ochib berish yo‘nalishida izlanishlar olib bormoqdalar. AbuNasrFarobiy, A. Navoiy, IbnSino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo‘lgan narsa shu bo‘lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o‘rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi kerak. Shu nuqtai nazardan biz o‘z ilmiy tadqiqot ishimizni “Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi” muammolarini yoritish ga qaratdik. Psixologiya dasturida rеjalashtirilgan mavzular yoshlarni o`z imkoniyatlarini to`liq anglab еtishi va shu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun zarur ko`nikma va malakalar shakllanishining psixologik jihatlarini taxlil qiladi. Psixologik bilimlarni egallash bo`lajak kadrlarda o`z-o`zini to`g`ri baholash, o`z imkoniyatlaridan omilkorona foydalanish, o`z- o`ziga buyruq bеrish, o`z-o`zini nazorat qilish kabi muhim sifatlar shakllanishiga yordam bеradi.Mazkur uslubiy qo`llanma bakalavr ta'lim yo’nalishi talabalariga «Psixologiya» fanidan talabalar amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishda, mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda foydalanadilar. Shuningdеk, o’z bilimini tеkshirib ko’rishi uchun savollar kiritilgan bo’lib talabani o’z ustida ishlashga ko’mak bеradi. I BOB: Psixologiyada o’smirlik tadqiqotlari. SAMARQAND - 2022