logo

O‘zbek adabiyoti darsliklarida folklor namunalarining berilishi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

445 KB
  “ O‘ zbek adabiyoti darsliklarida folklor namunalari ning berilishi ” 
M U N D A R I J A
Kirish…………………………………………………………………….............3
I BOB.   Xalq og‘zaki ijodining janrlarga bo‘linishi.
1 .1. Xalq og‘zaki ijodining janrlarga bo‘linishi va diffuziyasi …………...........8
1 .2.  Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari …………………...........11
II BOB. Maktab darsliklarida epik janrdagi folklor asarlarining berilishi
2 .1. Xalq og‘zaki ijodining epik janrlar i  tasnifi ……………………….............18
2 .2.   Umumta’lim   maktablari   “ O‘qish   kitobi”   va   “Adabiyot”   darsliklarida   epik
janrdagi folklor asarlarining berilishi …………………………………............22
III BOB. Tajriba – sinov ishlari natijalari
3.1. Xalq og‘zaki ijodining lirik turiga mansub janrlar ……… ………...........37
3.2. “Adabiyot” darsliklarida lirik asarlarning berilishi ………………...........39
Xulosalar …………………………………………………………………….....60
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………......………...63 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi .   O‘zbekiston   mustaqillikka   erishgani   tufayli   milliy
qadriyatlarga   e’tibor   kuchaydi.   Zero,   milliy   qadriyatlar   mamlakatimiz
mustaqilligini mustahkamlaydigan  ma’naviy asoslardan biridir. O‘tgan yili 5-10 -
aprelda   Surxondaryo   viloyatida   o‘tkazilgan   “Xalqaro   baxshichilik   festivali”da
Prezidentimiz   Sh.   Mirziyoyevning   “Xalqimiz   sarchashmalarining   ko‘zlari
qaytadan ochilayotganligi, jahon madaniyati yutuqlariga zo‘r hissa qo‘shgan buyuk
ajdodlarimizning   madaniy   va   ma’naviy   merosi   teranligi   va   chuqurligi   anglab
olinganligi, har bir avlodning o‘z o‘tmishiga, oliyjanob milliy va diniy an’analariga
hurmat   bilan   qarash,   ularni   asrab-avaylash   ruhida   tarbiyalanayotganligi,   ayni
chog‘da   hozirgi   zamon   jahon   sivilizatsiyasi   va   ma’naviyati   qadriyatlarini
o‘zlashtirish va ularga oshno bo‘lish zarurligi  ravshan  anglab yetilganligi  – mana
shularning   hammasi   hayotbaxsh   bir   zamindirki,   bizning   yangilanish   va
xalqimizning   milliy   o‘zligini   anglashini   oshirish,   aholining   siyosiy   yetukligi   va
faolligini kuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana shu zaminga tayanadi” 1
,- degan
fikrlari ma’naviyatimizning mustahkam poydevorlaridan bo‘lmish mumtoz adabiy
merosimizni va folklorimizni chuqur tadqiq etish va ularga yangicha yondashishni
talab   etmoqda.   O‘zbek   folklor     namunalari   boy   tarixiy   ildizlarga   ega   bo‘lib,
xalqimizning   uzoq   o‘tmishi,   o‘zligi,   orzu-istaklari   o‘z   aksini   topadi.   Vatanimiz
mustaqillikka   erishgach,   uning   ko‘hna   tarixi,   buyuk   nodir   adabiy   yodgorliklarini
o‘rganish,   xolisona   ravishda   tahlil   etish   va   baho   berish   imkoniyati   yuzaga   keldi.
Millat   o‘zligini   tanishi,   anglashi   va   his   etishi   uchun   u   eng   avvalo,   tarixiy
ildizlarini,   qadriyatlarini   puxta   bilmog‘i,   shuningdek,   uni   ham   aqlan,   ham   qalban
his   qilmog‘i   lozim.   Zero,   globallashuv   davrida   yangicha   qarashlar,   ilmiy   tahlillar
paydo   bo‘la   boradiki,   bunday   jarayonlarda   folkor   asarlari   hamisha   ham
ahamiyatlidir. 
1
 Sh.Mirziyoyev. Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tantanali ochilish marosimidagi nutqi.O’zbekiston ovozi 
gazetasi sayti.// 07.04.2018
2 Ma’lumki,   o‘zlikni   anglash,   milliy   ong   va   tafakkurning   ifodasi,   avlodlar
o‘rtasidagi   ruhiy-ma’naviy   bog‘liqlik   til   orqali   namoyon   bo‘ladi.   Jamiki   ezgu
fazilatlar   inson   qalbiga ,   avvalo,   ona   allasi,   ona   tilining   betakror   jozibasi   bilan
singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. Buyuk  ma’rifatparvar bobomiz borlig‘ini
ko‘rsatadurgan   oyinayi   hayoti   til   va   adabiyotidur.  Milliy   tilni   yo‘qotmak   millatni
ruhini yo‘qotmakdur”. Adabiy til va xalq tili o‘rtasi Abdulla Avloniyning so‘zlari
bilan   aytganda,   “Har   bir   millatning   dunyoda     o‘zaro   uyg‘unligi   bilan   bir   qatorda
tafovutlari   ham   mavjud’’.   Bunday   deyishimizga   sabab   xalq   tilida   chuqur   tarixiy
ildizlarga   ega   bo‘lgan   ko‘plab   so‘zlar,   iboralar   va   naqllar   mavjud.   Ularning
ko‘pchiligi   adabiy   tilda   ifoda   etilmaydi.   Biroq   xalq   tilida   mavjud   bo‘lgan   ana
shunday   so‘zlar,   iboralar,   qochirimlar   xalq   ruhiyati,   tarixiyligi,   o‘ziga   xosligini
yaqqol   namoyon   etib   turuvchi   vositalardir.   Bunday   betakror,   jozibador   so‘z   va
qochirimlar   folklor   zamirida   mavjud.   Bu   orqali   xalqning   muayyan   davrdagi   tili,
an’anasi, ma’naviy qiyofasini anglash mumkin. Xalq og‘zaki ijodi orqali esa, kishi
ayniqsa,  yosh  avlod  o‘zining  tarixiy  ildizlari   va ajdodlari   qiyofasini  tasavvur   qila
boradi.   Millatning   o‘ziga   xosligi,   betakrorligi   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarida
yorqinroq   aks   etadi-desak   yanglishmaymiz.   Sababi   bunday   asarlar   yozma
adabiyotda   mavjud   bo‘lgani   singari   muayyan   adabiy   qonuniyatlar,   qoliplarga
solinmagan. Xalq tafakkuri va qalbida qanday mavjud bo‘lsa, tilida xuddi shunday
aks etadi. 
Biz   ajdodlardan   avlodlarga   o‘tib   kelayotgan   bebaho   boylikning   vorislari
sifatida   xalqimizning   boy   madaniy   va   ma’naviy   merosini   asrashimiz,   uni
avlodlarga   yetkazishda   vositachi   bo‘la   olishimiz   zarur.   Zero,   bugungi   kunda
globallashuv   davrida   milliy   qadriyatlarga   sadoqat   har   doimgidan-da   dolzarb
ahamiyat   kasb   etadi.   Xalq   og‘zaki   ijodi   millatimiz   ma’naviyati   va   madaniyatini
ko‘rsatadigan   nodir   yodgorliklardir.   Dostonlar,   ertak,   rivoyatlar ,   hikmatli   so‘zlar,
maqol   va   matallar   va   yana   xalq   og‘zaki   ijodining   ko‘plab   namunalari   ana   shular
jumlasidandir.   Xalqning   bu   hikmat   to‘la   boyliklarini   yosh   avlodga   singdirishga
mustaqillikka   erishganimizdan   so‘ng   katta   ahamiyat   berildi.   Darsliklarda
o‘rganilmay   qolgan   “Alpomish”,   “Go‘ro‘g‘li”,   “Kuntug‘mish”,   “Ravshan”
3 dostonlari,   ajdodlarimizning   azaliy   tajribasi   asosida   paydo   bo‘lgan   hikmatli
so‘zlar, maqollar, matallar  kiritilib o‘rganila  boshlandi. Tabiiyki, bu boshlang‘ich
sinf   darsliklarida   dastavval   o‘rin   oldi.   Boshlang‘ich   sinf   “O‘qish”   darsliklari,
shuningdek,   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   “Adabiyot”   darsliklarida   xalq
og‘zaki ijodining lirik, epik va daramtik turlari o‘rin ola boshladi. 
Xalq   og‘zaki   ijodi   –   so‘z   san’ati.   Bu   jumlani   tushunishdan   avval   san’atning
o‘zi   nimaligini   anglash   lozim.   Besh   jildlik   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da
“San’at”   –   ish,   mehnat,   mahorat,   kasb-hunar   deb   ko‘rsatilgan 2
.   Agar   izohdagi
so‘zlarga e`tibor bersak, san’at deganda mahorat bilan amalga oshirilgan mehnatni
tushunish   anglashiladi.   Har   bir   so‘z   san’ati   namunasi,   jumladan,   xalq   og‘zaki
ijodidagi qo‘shiq, ertak, doston va boshqa asarlarda fikriy yangilik bo‘lishi lozim.
Bu   yangilik   kichik   hayotiy   voqeadan   tortib   murakkab   ijtimoiy   vaziyatlarni
baholash bilan belgilanadi. Inson hayoti davomida son-sanoqsiz yangiliklarga duch
keladi.   Katta   avlod   tajribasidagi   oddiy   haqiqatlar   yoshlar   uchun   yangilik
hisoblanaveradi.   Shuning   uchun   xalq   og‘zaki   ijodi   asarlarini   eshitganimizda,
ko‘plab   yangi   fikrlarga   duch   kelamiz.   Masalan,   “Qozonga   yaqinlashsang,   qorasi
yuqar,   yomonga   yaqinlashsang   -   balosi”     maqolidagi   asosiy   fikr   yomonga
yaqinlashgan odamning taqdirida noxush voqealar ko‘payishidan ogohlantirishdir.
Lekin,   aslini   olganda,   maqolning   birinchi   qismida   ham   ehtiyotkorlik   belgisi
ko‘rinib turibdi. Ya’ni, hali yosh va turmush tajribasiga ega bo‘lmagan farzandga
qozonga   yaqinlashayotganda   qora   qurum   tegishidan   ehtiyot   bo‘lish   tavsiya
qilinmoqda. 
Qo‘shimcha  ravishda  aytish mumkinki, har bir inson muayyan vaziyatda ish
qilar   va   qarorga   kelar   ekan,   ehtiyot   choralarini   esidan   chiqarmaslik   lozimligi
uqtirilmoqda.   Bugungi   kunda   barkamol   shaxs   tarbiyasi   davlat   siyosati   darajasiga
ko‘tarilganligi sababli, har tomonlama yetuk, erkin fikrlovchi, go‘zal xulqli, barcha
axloqiy   fazilatlarga   ega   barkamol   shaxsni   kamol   toptirish,   ta’lim-tarbiya
jarayonining asosiy maqsadi etib belgilandi. Bu o‘rinda milliy qadriyatlarimizning
ajralmas   qismi   sanaladigan   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarini   o‘quvchilarga
2
  Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 3- жилд . Т.:ЎзМЭ . 2007. 452 - Б
4 tanishtirish,   ularga   boy   tariximiz,   ota-bobolarimizning   hayotiy   tajribalari,   o‘lmas
ijodiy asarlari orqali bolalar kamolotiga hissa qo‘shish dolzarb vazifalardan biriga
aylandi.   Boshlang‘ich   sinf   darsliklaridagi   maqollarni   o‘rganish   va   ularning
variantlarini   topish,     ularni   o‘quvchilarga   o‘rgatish   usullarini   tadqiq   etish   ushbu
ishning dolzarbligini belgilaydi. 
Tadqiqot   obyekti .   Tadqiqot   ishini   yoritishda   umumta’lim   maktablari
o‘quvchilari   uchun   mo‘ljallangan   “Adabiyot”   darsliklari,   xalq   og‘zaki   ijodi
namunalari, shuningdek, qiyosiy tarzda o‘rganish uchun boshlang‘ich sinflar uchun
mo‘ljallangan ,,O‘qish kitobi’’  darsliklari tadqiqot obyekti bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqot   predmeti .   O‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalari,   folklor   asarlari
bo‘yicha   qilingan   ilmiy   tadqiqotlar   va   monografiyalar,   adabiyot   va   o‘qish   kitobi
darsliklari asosiy tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qiladi. 
Tadqiqot   maqsadi .   Ushbu   tadqiqot   ishidan   ko‘zlangan   asosiy   maqsad   -
umumta’lim   maktablari   adabiyot   darsliklarida   keltirilgan   folklor   na’munalarini
o‘rganish,   ularni   qiyosiy   aspektda   tahlil   etish,   shu   asosda,   mavjud   muammo   va
kamchiliklarni   kelgusida   bajarilishi   lozim   bo‘lgan   masalalarni   bartaraf   etishga
atroflicha yondashish va kerakli metodik tavsiyalarni berishdan iborat
Tadqiqot   vazifalari.   Ish   maqsadini   amalga   oshirishda   tadqiqot   o‘z   oldiga
quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
1. Xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarining   janrlarga   bo‘linishi,   janrlar   orasidagi
diffuziya, shuningdek, xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etish.
2. Boshlang‘ich   sinf   o‘qish   darsliklaridagi   folklor   namunlarini   o‘rganish   va
adabiyot darsliklaridagi folklor namunalari bilan solishtirish.
3. Adabiyot   va   o‘qish   darsliklaridagi   epik   janrdagi   folklor   na’munalari   va
ularning o‘qitilish ahvolini tahlil etish.
4. Adabiyot   va   o‘qish   darsliklaridagi   lirik   janrdagi   folklor   na’munalari   va
ularning o‘qitilish ahvolini tahlil etish.
5. O‘quvchilarga   folklor   asarlarning   badiiy   qimmatini   va   mohiyatini
anglashga yo‘naltirish malakasini shakllantirish.
6. Xalq og‘zaki ijodi namunalarida milliy ruhning aks ettirilishini o‘rganish.
5 7. “Adabiyot”   darsliklarida   keltirilgan   liro-epik   janrdagi   asarlar,   ularning
o‘ziga   xosligi   va   ularga   umumiy   o‘quv   yuklamasida   ajratilgan   soatlar   bo‘yicha
tahlil qilish.
Tadqiqot   natijalarining   amaliy   ahamiyati .   Ushbu   tadqiqot   o‘quvchilarda
xalq og‘zaki ijodi namunlarini o‘rganish va ularni qo‘llash ko‘nikmasini o‘rgatadi.
Maktab  darslarida,  shuningdek, mustaqil  o‘qish uchun  ajratilgan soatlarda  folklor
asarlarning   epik,   lirik   va   liro-epik   janrlarini   amaliyotda   qo‘llash   ko‘nikmasini
shakllantirishga   yordam   beradi.   Shuningdek,   folklor   asarlarning   milliy   ong   va
mafkurani shakllantirishdagi roli va ahamiyatini izohlashdan iborat.
Ishning umumiy tavsifi . Ushbu tadqiqot ishi kirish, to‘rt asosiy bob, xulosa,
foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat   bo‘lib,   umumiy   65   sahifani   tashkil
etadi. 
6 I BOB. XALQ OG‘ZAKI IJODINING JANRLARGA BO‘LINISHI
1.1 Xalq og‘zaki ijodining janrlarga bo‘linishi va diffuziyasi
Butun   boshli   millatning   tarixiy   o‘tmishi,   o‘ziga   xosligini   ko‘rsatuvchi   eng
asosiy   vosita   uning   folkloridir.   Xalq   og‘zaki   ijodi,   asrlardan   asrlarga   o‘tib
kelayotgan, xalq turmush tarzi, orzu-umidlari, intilishlarini o‘zida mujassam etgan
o‘ziga   xos   badiiy   voqe’likdir.   O‘zining   dastlabki   yaratilish   davridanoq   xalq
og‘zaki  ijodi  xalqning yozilmagan tarixiga aylandi. “Og‘zaki  ijod”, “xalq og‘zaki
ijodi”,   “og‘zaki   adabiyot”   kabi   nomlar   bilan   atalgan   badiiy   adabiyotning   ilk
namunalari   xalq o‘tmishi, hayot tarzini ko‘rsatib beruvchi, qolaversa, yosh avlodni
yuksak qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qildi.
Yozuv   paydo   bo‘lgach,   o‘zida   so‘z   san’ati   asarlarini   yaratish   iqtidorini   his
qilgan,   xalq   orasidan   chiqqan   odamlar   bevosita   xalq   og‘zaki   ijodiga   suyangan
holda   individual   –   yakka   shaxs   ijodini   yaratdilar.   Badiiy   adabiyotning   bu
yo‘nalishi   shakllanib   rivojlangach,   yozma   adabiyot   tushunchasi   paydo   bo‘ldi.
Yaratilish uslubiga ko‘ra farq qiluvchi og‘zaki va yozma adabiyot bir-birini inkor
qilmaydi, aksincha, ijodiy hamkorlikni davom ettiraverdi. Ammo, shu bilan birga,
har bir adabiyot o‘ziga xos xususiyatlarini ham yo‘qotmadi. 
Xalq   og‘zaki   ijodi   o‘ziga   xos   badiiy   xususiyatlari   bilan   bir   qatorda   janriy
bo‘linishlarga   ham   ega.   Yunon   mutafakkiri   Aristotel   “Poetika”   asarida   dastavval
adabiy asarlarni uch yirik guruhga bo‘lib tasnif qiladi. Aristotel qarashlarini davom
ettirgan   adabiyotshunoslar   ham   badiiy   ijodni   uch   yirik   tur,   ya’ni   epos,   lirika   va
dramaga ajratishadi 3
. Xalq og‘zaki ijodini ham yozma adabiyotga o‘ xsha gan holda
uch asosiy turga bo‘lish mumkin. Folklor yozma adabiyotdan farq qilgani boisdan
uni   yuqoridagi   uch   tur   doirasida   chegaralash   imkonsizday   ko‘rinadi.   Zero,
yuqorida qayd etilgan uch adabiy tur o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra guruhlangan
3
 Qarang. Арасту Поетика. –  Т.: Янги аср авлоди. 2011 .  92 -  б 
  Белинский . В. Адабий орзулар . –  Т.: Ғафур Ғулом номидаги адаби ё т ва санъат нари ё ти, 1977.  92- б 
7 va   janrlar   ham   shunga   muvofiq   ravishda   turlar   tarkibiga   kiradi.   Xalq   og‘zaki
ijodida   shunday   janrlar   borki,   ularni   har   uchala   turga   ham   kiritish   imkonsiz.
Professor   Bahodir   Sarimsoqov   ana   shu   jihatlarni   inobatga   olgan   holda,   faqat
folklorga   xos   bo‘lgan   maqol,   topishmoq,   turli   xildagi   aytimlar,   olqish   va
qarg‘ishlar alohida tur sifatida ajratib ko‘rsatilmog‘i kerakligiga urg‘u beradi 4
. O‘z
mulohazalarini   asoslagan   holda   olim   folklor   asarlarni   quyidagi   tur   va   janrlarga
bo‘lishni muvofiq topadi:
1. Epos: afsona, naql rivoyat, ertak, doston, terma, qo‘shiqlar, latifa, lof.
2. Lirika: sevgi muhabbat qo‘shiqlari, marosim qo‘shiqlari, laparlar.
3. Drama: og‘zaki dramma, kulgi hikoya, qo‘g‘irchoqbozlik, askiya.
4. Maxsus   tur:   oddiy   o‘tirish   olqishlari,   qarg‘ish,   so‘kish,   maqol,   matal
topishmoq va boshqa holdagi yumuq iboralar 5
.
“ O‘zbek   folklorining   epik   janrlari ”   asarida   ham   B.   Sarimsoqov   o‘zbek
folklorining   doston   va   ertak   janrlarini   o‘rganishda   muammoli   tahlil   yo‘lidan
borgan.   Unda   ertak   va   dostonning   janr   xususiyatlari,   tasnifi,   tarixiy   taraqqiyoti,
janrlararo munosabat va diffuziyasi kabi masalalar tadqiq etilgan. Mazkur asardan
o‘rin   olgan   “Epik   janrlar   diffuziyasi”   nomli   salmoqli   maqolasida   olim   o‘zbek
folklorshunosligida   jiddiy   tadqiq   etilishi   lozim   bo‘lgan   masalalarga   e’tibor
qaratadi.   Bunda   u   mif   va   ertak,   mif   va   epos   munosabatlarini   chuqur   tadqiq   etib,
mifning   folklor   janri   emasligi,   uning   diffuziyaga   uchrashi   bevosita   ertak,   afsona,
epos kabi janrlar uchun keng imkoniyatlar yaratganini e’tirof etadi. 
Uning   fikricha,   mif   u   yoki   bu   narsa,   hodisaning   yo   ibtidosini,   yo   intihosini
izohlashga   xizmat   qiluvchi   kichik   naqllardan   iboratdir.   Olim   mifning   yuzaga
kelishini   insoniyat   taraqqiyotining   dastlabki   bosqichlari   –   ibtidoiy   jamoa   tuzumi
bilan bog‘lab, keyinchalik insoniyat  ongi, bilim doirasi, tajribasining ortishi  bilan
asta-sekin   inqirozga   yuz   tutgan,   deb   ko‘rsatadi.   Biroq,   mif   o‘z-o‘zidan   yo‘qolib
ketmagan,   balki,   u   epik   qolip   sifatida   folklorning   juda   ko‘p   janrlariga   asos
bo‘lganini ilmiy jihatdan asoslab beradi. Olim bu tadqiqotida o‘zbek folklori epik
4
 Саримсоқов Б.Ўзбек фольклорининг жанрлар состави // Ўзбек  фольклори очерклари. 3 томлик, 1-том. -
Т.: Фан, 1988, 64-85- бетлар
5
 O’sha maqola.
8 janrlarining   diffuziyasi   natijasida   yuzaga   kelgan   o‘zgarishlarning   tarixiy   asoslari
va   nazariy   qonuniyatlarini   o‘rganishni   o‘z   oldiga   maqsad   qilib   qo‘yadi.
Mifologiyadagi   makon   va   zamon   tushunchasi   bilan   ertakdagi   makon   va   zamon
o‘rtasidagi   yaqinlik,   tashqi   jihatdan   mushtaraklik,   shu   bilan   birga   tafovut   ham
diffuziya   samarasi   hisoblanadi 6
.   B.   Sarimsoqov   mif   va   xalq   eposi   diffuziyasi
masalasi   yuzasidan   bildirgan   fikrlarida,   eposdagi   mifologik   fakt   keskin   ijtimoiy
talqinga aylangan holda aks etadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, romantik hamda
kitobiy   asosdagi   xalq   dostonlarining   syujeti   genetik   jihatdan   ko‘proq   afsonaga,
rivoyat,   ertak   kabi   boshqa   epik   janrlarga   borib   taqaladi.   “Bunday   tipdagi
dostonlarda,   albatta,   epos   taraqqiyotining   turli   bosqichlari   bilan   bog‘liq   holda
mifologik asos o‘zining shakliy hamda funksional xossalarini qahramonlik eposiga
qaraganda   nisbatan   tiniq   saqlab   qoladi” 7
,-   deb   olim   mazkur   tipdagi   dostonlarda
uchraydigan   tipologik   obrazlarga   ajdar,   dev,   uchar   ot   (G‘irot),   semurg‘,   maston,
yalmog‘iz kampir kabilarni kiritadi. Shu asosida, romanik hamda kitobiy dostonlar
qahramonlik   eposiga   o‘xshab   xalqning   real   qahramonona   o‘tmishi   sifatida   emas,
balki xalq ideallari ifodasi sifatida qabul qilinishini ko‘rsatadi. 
O‘zbek   folklorining   janrlar   tizimi   o‘ziga   xos   g‘oyaviy-badiiy   tamoyillar
umumiyligiga, shuningdek, ularning tarixan taraqqiy etgan o‘zaro munosabatlariga
va   janrlar   taraqqiyotidagi   umumiylikka   bog‘liq   holda   kechadi.   Folklor   sirasiga
kiruvchi janrlar o‘z mohiyatini ifoda etuvchi xarakterli, hamda boshqalaridan farq
qiluvchi   xususiyatlari   mavjud   bo‘lishi   bilan   bir   qatorda,   ularni   umumlashtiruvchi
jihatlar ham mavjud. Bunday umumiyl ik ularni yaxlit bir sistemaga birlashishlariga
yordam beradi. Bunday mushtarakliklar sirasida quyidagilarni ko‘rish mumkin:
1. Folklor   janrlari   uchun   soddalik,   qisqalik,   ixchamlik,   qahramonlar   axloqiy
bahosining aniqligi.
2. O‘zbek   folkloridagi   barcha   janrlar   g‘oyaviy   mohiyatiga   ko‘ra   o‘zaro
mushtarak   bo‘lib,   ularning   hammasi   xalq   hayoti,   ruhiyati,   orzu-umidlari,
intilishlari, shodlik va musibatlari o‘z aksini topadi.
6
 Саримсоқов Б. Ўзбек фольклорининг эпик жанрлари. — Т.: Фан, 1981. 123-бет.
7
 Саримсоқов Б. Ўзбек фольклорининг эпик жанрлари. — Т.: Фан, 1981. 144-бет.  
9 3. Bundan   tashqari   folklor   janrlari   badiiy   tasvir   vositalarining   qo‘llanilishi,
tasvir obyektiga ko‘ra ham bir-biriga yaqinlikni tashkil etadi. 
4. Folklor   asarlarda   g‘oyaviy   mushtaraklikni   ham   ko‘rish   mumkin.   Aniqroq
aytganda, voqelikni ifodalashdagi vazifasining mushtarakligi ularda mavzu, syujet
hamohangligiga olib keladi. 
Folklor   janrlari   munosabatlari   murakkab   jarayon   bo‘lib,   u   o‘zaro   ta’sir,   bir-
biriga   muvofiqlashish   va   bir-birini   boyitish   tarzida   kechadi.   Biz   yuqorida   mif   va
epos   misolida   keltirgan   folklorshunos   olim   B.   Sarimsoqov   tadqiqotlari   ham   ayni
ana   shu   murakkab   jarayonlarni   izohlashga   xizmat   qiladi.   Folklor   asarlarini
o‘rganish,   ularni   tur   va   janrlarga   ajratish   jarayonida   ular   o‘rtasida   genetik   aloqa
mavjudligini ham ko‘rish mumkin. Aniqroq aytganda, folklordagi har bir janrning
yuzaga   kelishida   ikkinchi   bir   janr   manba   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Masalan   lirik   va
epik asarlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning umumlashmasi sifatida liro-epik degan
yirik   tur   yuzaga   keladi   va   bu   turga   kiruvchi   asarlar   ham   lirik,   ham   epik
xususiyatlarni   o‘zida   mujassam   etadi.   Bundan   tashqari,   ayrim   folklor   asarlarning
yuzaga   kelishi   uchun   ikkinchi   bir   janr   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Masalan,   ayrim
dostonlar yuzaga kelishi uchun ertaklar asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. Folklor
janrlarining   yana   bir   o‘ziga   xos   munosabati   shundaki,   bunday   asarlar   tarkibida
boshqa   folklor   janrlari   ham   uchraydi.   Xususan,   ertaklar   tarkibida   topishmoqlar,
dostonlar   tarkibida   esa   maqollar   uchrashi   holatlarini   ko‘rish   mumkin.   Foklor
janrlari tarixiy taqdirida ham o‘zaro mushtaraklik mavjud. O‘zbek folklori janrlari
birdaniga va bir vaqtda vujudga kelmagan. Folklorning eng qadimiy janrlari – mif,
afsona,   rivoyat,   shuningdek,   mavsum   va   marosim   qo‘shiqlari,   ulardan   keyingi
bosqichda   esa,   ertak,   doston,   maqol   va   topishmoq,   ulardan   keyin   latifa,   lof,   xalq
dramasi, askiya kabi janrlar tizimi o‘z taraqqiyoti davomida rivojlandi. 
1.2. Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari
  Xalq og‘zaki ijodi jahon folklorshunosligi fani tan olgan beshta xususiyatga
ega.   An’anaviylik   xalq   og‘zaki   ijodining   xos   xususiyatlari   qatorida   asosiy   belgi
sifatida   ularning   har   biriga   bildirishi   mumkin   bo‘lgan   munosib   bahoni   inkor
10 etmagan   holda,   avvalgidek   jamoaviylikni   emas,   an’anaviylikni   ko‘rsatish
maqsadga   muvofiqdir.   Chunki   butun   dunyo   xalqlari   ijodida   bo‘lganidek,
o‘zbeklarda   ham   og‘zaki   ijod   asarlarining   yaratilishi   va   ijrosi   asrlar   davomida
shakllangan   va   bugungi   kungacha   davom   etib   kelayotgan   an’analarga   suyanadi.
Xalq og‘zaki ijodidagi an’anaviylikni uch yo‘nalishda tahlil qilish lozim: 
  Birinchidan ,   ming   yillardan   beri   maqol   va   topishmoqqacha,   qo‘shiqdan
dostonlargacha   bo‘lgan   asarlar   og‘zaki   an’anada   yaratilmoqda,   og‘zaki   tarzda
yashab kelmoqda;
  Ikkinchidan,   folklor   asarlarining   ijrosi,   ijro   qilinish   vaziyati   va   ijro   usuli
jihatidan an’anaga ega;
  Uchinchidan,   an’anaviylik   og‘zaki   asarlarning   matnida   namoyon   bo‘ladi.
Xalq og‘zaki ijodining ikkinchi muhim jihati uning og‘zaki yaratilishidadir. Jahon
folklorshunosligi   ilmida   oddiy   haqiqat   sifatida   takrorlanadigan   eng   muhim
fikrlardan   biri   -folklorning   og‘zaki   yaratilishi   va   og‘zaki   yashashi   hisoblanadi.
Chunki   butun   xalqlarning   og‘zaki   ijodi   shu   yo‘singa   bo‘ysunadi,   shu   qonuniyat
asosida   yaratiladi,   yashaydi.   Haqiqatdan   ham,   o‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodidagi
hamma janrlarning inson ruhiga, ongiga, tabiatiga ta`siri, ko‘pincha, uning og‘zaki
ijrosi   bilan   belgilanadi.   Xatto,   shunday   asarlar   borki,   ularning   yozma,   qolaversa,
nashr qilingan matnini o‘qish mazkur asar haqida haqiqiy tasavvur hosil qilmaydi.
Xususan, askiya, latifa, tez aytish, topishmoq kabi janrlarni ma’lum bir muhitdagi
asar   ijrosi  ta’siri, ulari  jonli  vaziyatda  eshitish,   shu  holat  ishtirokchisi  sifatida  his
etish   bilan   uning   matnini   yakka   holda   o‘qish   o‘rtasida,   yer   bilan   osmoncha   farq
bor.   Xalq og‘zaki  ijodi  asarlarini  og‘zaki  ijroda eshitish  mazkur  asarning matnini
o‘qishdan afzal hisoblanadi.  Sababi:
  B irinchidan,   og‘zaki   ijro   yozma   adabiyotda   kuzatilganidek,   jiddiy
mas ’ uliyatdan   xoli   bo‘ladi:   yozma   adabiyot   vakili   ijod   qilayotgan   asariga   to‘liq
mas ’ ul   hisoblanadi.   Og‘zaki   ijroda   esa   bunday   munosabat   aynan   og‘zaki   asar
og‘zaki   ijro   etilayotgani   uchun   nisbatan   zaiflashadi.   Xalq   latifalarida   muayyan
ijtimoiy  hayotda   ro‘y  bergan   va  berayotgan  hodisalar  keskin   satirik  tarzda   tanqid
qilinishi   mumkin.   Ammo,   yaratuvchi   shaxsining   mavhumligi   –   anonimligi   eng
11 ashaddiy   tanqidiy   latifalarda   ham   “emish”   shiori   ostida   asarning   yashashini
taminlayveradi.   Og‘zaki   ijro   ayni   paytda   asarning   ommalashuvida   ham   ijobiy
ahamiyat   kasb   etadi.   Chunki   har   bir   ertak,   doston,   maqol,   topishmoq,   latifa   ijro
etilgani zahoti tinglovchilar orasidagi ma`lum iqtidorga ega shaxs tomonidan qayta
hikoya   qilinishi   mumkin.   Qayta   hikoya   qilayotgan   ijrochi   esa   asarni   og‘zaki
eshitgani   va   og‘zaki   ijro   etayotgani   uchun   har   bir   so‘z,   jumlani   o‘zgarishsiz
takrorlash   lozimligidan   o‘zini   xoli   hisoblaydi.   Natijada ,   asarning   mazmuni,
g‘oyasi,   qahramonlari   tavsifi   asosan   saqlangani   bilan   yangi   ijrochi   o‘z   asarida
shaxsiy hayotiy kuzatishlarini, tajribalar xulosasini ifodalash imkoniga ega bo‘ladi.
Ammo,   ikkinchidan,   og‘zaki   ijro   asari   yozib   olinmagani   taqdirda   oxir   pirovard
o‘limga   mahkum   etilish   ehtimoli   bor.   Uzoq   o‘tmishda   millatimiz   baxtiga   yozib
qo‘yilgan   o‘nlab   asarlar   taqdiri   fikrimizni   tasdiqlaydi.   Oqilona   fikr   yuritib   faraz
qilaylik,   Gerodot,   Polien   kabi   mashhur   tarixchilar   To‘maris,   Shiroq   haqida
ma’lumot   bermaganlarida,   bu   rivoyat   bizgacha   yetib   kelarmidi?!   Mahmud
Koshg‘ariy   hazratlari   tomonidan   meros   qilib   qoldirilgan   “Devonu   lug‘otit-turk”
asarida 300 ga yaqin go‘zal maqollar yozib qoldirilgan. Ular orasida “Osh totug‘i
tuz”,   “Kishi   alasi   ichtin,   yilqi   alasi   tashtin”   kabi   bugungi   kunda   hali
foydalanilayotgan va “Tulki o‘z uyasiga qarab hursa, qo‘tir bo‘ladi”, “Yayov oti –
choriq,   kuchi   -   oziq” 2
  kabi   unutilgan   maqollar   ham   bor.   Devondagi   ko‘pgina
maqollarning ma’nosi saqlangan, ammo ular tarkibidagi so‘zlar o‘zgargan. Xullas,
zamonlar   o‘tishi   bilan   millat   tilida   ro‘y   bergan   o‘zgarishlar,   ijtimoiy,   maishiy
hayotdagi   yangiliklar,   ayniqsa,   og‘zaki   ijod   namunalarini   yoddan   biladigan
insonlarning   vafot   etishlari   oqibatida   ko‘p   ajoyib   asarlar   yashashdan   to‘xtashi
tabiiy bir holdir. 
Ayniqsa, XX asrimizning o‘rtalarida xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan munosabat
sovugani   oqibatida   bir   qator   ajoyib   asarlar   yo‘qolib   ketdi   va   ularni   qayta   tiklash
mumkin bo‘lmay qoldi. Albatta, og‘zakilik haqida fikr yuritganda, xalq asarlariga
jon   ato   etib   turuvchi   improvizatsiya   –   badihago‘ylikni   unutish   mumkin   emas.
Improvizatsiya hamisha ijroga shukuh, fayz bag‘ishlagan. 
                                          Jamoaviylik.
12   Jamoaviylik   deganda,   muayyan   ish   jarayonining   bir   guruh   odamlar
ishtirokida   birgalikda   bajarilishi   nazarda   tutiladi.   Xalqimizda   hashar   uyushtirish
an’anasi   bor.   Bu   an’anaga   binoan,   bir-ikki   kunda   xo‘jalik   imoratlarining   asosi
jamoa   bo‘lib   qurib   bitkazilgan.   Bugungi   kunda   yurtimiz   aholisi   turli   bayramlar
munosabati   bilan   hasharga   chiqadi   va   mahalla   jamg‘armalariga   qilingan   ish
hisobidan mablag‘ o‘tkazadilar. Xullas, jamoa bo‘lib imorat qurish, hashar o‘tkazib
joylarni   tartibga   solish,   ekin   ekish,   hosil   yig‘ish   mumkin.   Ammo   san’at   asarini
hashar yo‘li bilan yaratib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, tarixda ikki, ba’zan uch kishi uyushib
san’at   asari   yaratilgan   holatlar   kuzatilgan.   Lekin   buning   uchun   hammuallif
shaxslar   bir-birlariga   ruhan,   ma’nan,   dunyoqarash   jihatdan   o‘ta   yaqin   bo‘lishlari
shart   edi.   Xo‘sh,   u   holda   xalq   dostonlari,   ertaklari,   qo‘shiq   va   boshqa   janr
asarlarini   qanday   qilib   jamoa   ijodi   mahsuli   deyishimiz   mumkin.   Gap   shundaki,
xalq   og‘zaki   ijodi   asarlari ,   u   asar   qaysi   janrda   ekanidan   qat’i   nazar,   bitta   shaxs
tomonidan yaratiladi. U shaxs, shubhasiz, badiiy ijod qilish, so‘z san’atiga oid asar
yaratish   iqtidoriga   ega   bo‘lgan.   Ammo,   vaziyat   taqozosi   bilan   bu   odamning   asar
yaratgani   hujjatlashtirilmagan.   Yana   ham   aniqroq   aytsak,   hujjatlashtirishning
hojati ham bo‘lmagan. Asar muallifining o‘zi buni xohlamagan. Qolaversa, og‘zaki
asarni   qanday   qilib   rasmiylashtirish   masalasi   o‘ylab   ham   ko‘rilmagan.   Natijada,
doston, ertak, qo‘shiqlar yaratilavergan, bironta odam bu asarni men yaratdim, deb
da’vo qilmagan. 
Ustiga-ustak   asar   og‘zaki   bo‘lgani   uchun   tinglovchilar   orasidagi   iqtidorli
yurtdoshlar uni zudlik bilan qayta ijro etganlar. Bu ijro ikkinchi, uchinchi shaxslar
iqtidoriga   ko‘ra   qator   o‘zgarishlarga   duch   kelgan   va   badiiy   jihatdan   yo
mukammallashgan,   yo   zaiflashgan.   Ayni   paytda,   mazkur   namunaning   xalq   ijodi
qatoridan   o‘rin   olishi   uchun   xizmat   qilgan.   Birinchi   muallif   esa   o‘zi   yaratgan
namunani   yurtdoshlari   tomonidan   ijro   etilganini   bilib   faxrlangan.   Shunday   qilib,
bugungi kunda milliy qadriyatlarimizning munosib tarkibiy qismi hisoblangan xalq
og‘zaki ijodi xazinasi vujudga kelgan. 
Og‘zaki   ijod   asarining   badiiy   jihatdan   mukammallashib   borishida,   hatto
yangi-yangi   asarlarning   paydo   bo‘lishida   oddiy   tinglovchi   ommasining   bevosita
13 ishtirok etishini ham nazarda tutish kerak. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston
Milliy   universitetida   2009-   yilda   O‘zbekiston   xalq   baxshisi   Qahhor   baxshi   bilan
Jurnalistika   va   O‘zbek   filologiyasi   fakultetlari   talabalarining   uchrashuvi   o‘tdi.
Dostondan   parcha   aytayotgan   baxshi   to‘satdan   voqea   tizimiga   tinglovchilarni
qo‘shib yubordi. Muhimi, bu yangilikni hamma tabiiy hol deb qabul qildi. Aslida
tinglovchi   baxshiga   hurmatini   izhor   etishi   oqibatida   yangi-yangi   misralarning
tug‘ilishiga sabab bo‘lgan edi. 
Matn   an’anasida   doimiy   ravishda   qolip   shaklida   qo‘llanadigan   parchalar,
tasvir   vositalari   bor.   Ertakchi,   dostonchi,   qo‘shiqchi   ijro   davomida   ulardan
foydalanadi.   Yaratilgan   asar   yangi   bo‘lsa-da,   unda   ana   shu   an’anaviy   o‘rinlar
saqlanib qoladi. Natijada, o‘z-o‘zidan yangi doston to‘qigan baxshi birinchi marta
aytgan dostonini to‘liq ravishda o‘ziniki deb ayta olmaydi. Chunki u yaratgan asar
an’anaviylik   belgisi   bilan   avvalgi   namunalardan   jiddiy   ozuqlangan   bo‘ladi.
Demak, jamoaviylik xalq og‘zaki ijodining yaratilishi nuqtai nazaridan qadimiyligi
asosida   vujudga   kelgan   xususiyat   ekan.   Eng   muhimi,   jamoaviylik   deganda,
o‘tmishda   ijod   qilish   iqtidoriga   ega   yakka   shaxs   –   ajdodlarimiz   xizmatini
unutmasligimiz lozim. 
Variantlilik   va   versiyalilik.   Bir   asarning   syujet   va   kompozitsiyasida   muhim
o‘zgarishlar   bilan  bir   necha   nusxalarga   ega   bo‘lishi   varinatlilik  xususiyatini   hosil
qiladi.   Og‘zaki   ijodda   esa   variantlilik   asarni   og‘zaki   ijro   etish   usulidan   vujudga
keladi. 
Doston   va   ertakni   aytayotgan   ijrochi   ziyraklik   bilan   tinglovchilarni   kuzatib
boradi.   Yuqorida   ham   qayd   etganimizdek,   tinglovchi   auditoriyasining   asarni
eshitishga bo‘lgan munosabatiga qarab yo‘l-yo‘lakay qo‘shimchalar bilan boyitish
yoki qisqartirib yuborish mumkin. Bu o‘rinda ijrochining kayfiyati, sog‘lig‘i ham
muhim   ahamiyatga   ega.   Ayniqsa,   hayotiy   muammosi   yechilgan   baxshi   o‘z
ehtirosini   do‘mbirani   chertish,   dostonni   qayta   aytish   orqali   ifodalaydi.   Natijada,
tinglovchi   alohida   mehr   qo‘shib   ijro   etilgan   doston   bilan   tanishadi.   Qolaversa,
odatda, har bir baxshi o‘zini el orasidagi hurmatini biladi. Ijro etayotgan dostonini
boshqa   baxshilardan   farqli   qilib   aytishga   harakat   qiladi.   Iqtidori,   hayot   tajribasi,
14 baxshilik mahoratini uyg‘un qilib, imkoniyati darajasida asarni boshqacha lavhalar
bilan boyitish yo‘llarini izlaydi. Masalan, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li aytgan “Alpomish”
dostonida zakot muammosi Hakimbekning taklifidan kelib chiqadi. 
Professor  Muhammadnodir   Saidov bu  vaziyatni  dostondagi  otalar   va bolalar
tamoyili bilan bog‘lagan. Boysarining zakot to‘lashdan bosh tortib, qalmoq yurtiga
ko‘chishiga   Barchin   qarshi   chiqadi.   Muhammadnodir   Saidov   Barchinning
harakatini dostondagi yoshlar vakili sifatida Hakimbekni qo‘llash bilan bog‘laydi.
“Alpomish”ning   Xushboq   Mardonaqul   o‘g‘li   variantida   Boybo‘rining   xotini
Kuntug‘mishni   cho‘rilar   xizmatini   ko‘rish   uchun   Boysarinikiga   jo‘natadi.
Boysarining xotini cho‘rilarga ovsinini urishni buyuradi. Aka-uka o‘rtasidagi bosh
kelishmovchilik   shu   lavhadan   boshlanadi.   Saidmurod   Panoh   o‘g‘li   variantida   esa
zakotni   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   Boybo‘rining   o‘zi   o‘ylab   topadi.   Bir   qarashda   bu
farqlarning   alohida   muhim   ahamiyati   yo‘qdek   tuyiladi.   Aslini   olganda,   Fozil
Yo‘ldosh   o‘g‘li   ijrosidagi   “Alpomish”   dostonida   aks   etgan   davlatchilik   jarayoni
asosli   ravishda   o‘z   ifodasini   topgan.   Hakimbek   bo‘lg‘usi   davlatning   paydo
bo‘lishida   yetakchi   vazifani   bajardi,   Boysun-Qo‘ng‘irotda   zakotni   joriy   qildi,   bu
qarorga qarshi chiqqan Boysarini keyinchalik qalmoqdan qaytarib keldi va yurtini
birlashtirishga erishdi. Oxir oqibatda o‘zining davlat boshlig‘i sifatidagi hurmatiga
sazovor bo‘ldi. 
Fozil   shoir   “Alpomish”ni   qahramonli,   Ergash   shoir   muhabbatli   aytgan,
deyishda   ham   variant   tushunchasini   qayd   etish   mumkin.   Variantlilik   maqollarda
ham   uchrab   turadi.   “Yaqindagi   qo‘shnidan   uzoqdagi   qarindosh   yaxshi”   yoki
“Uzoqdagi   qarindoshdan   yaqindagi   qo‘shni   yaxshi”   maqoli   vaziyatga   ko‘ra
aytilaveradi. Yozma adabiyotda ham variant tushunchasi  bor. Lekin bu tushuncha
juda   tor   ma’noda   qo‘llanadi.   Chunki   biror   romanning   varianti   haqida   gap   aytish
uchun bir yozuvchining o‘zi asarni boshqa-boshqa nusxalarda yozib chiqishi kerak.
Xususan,   badiiy   adabiyotda   Said   Ahmadning   “Ufq”   romani   “Sharq   yulduzi”
jurnali   variantida   va   alohida   kitob   ko‘rinishida   nashr   ettirilgani   ma’lum.
Shuningdek,   Yoqub   Yakvalxo‘jaevning   “Qaytar   dunyo”   romanining   “Yoshlik”
jurnali va kitob varianti borligi ma`lum. 
15 Versiya ham variantlilikning bir ko‘rinishidir. Faqat variantlilik tor ma’noda,
versiyalilik   keng   ma’noda   tushuniladi.   Asar   nomi   bir   xil   bo‘lsa,   undagi   voqealar
tizimi   bir-biriga   yaqin   bo‘lsa,   qahramonlar   xatti-harakatida   muayyan   o‘xshashlik
saqlansa, variantlilik; asarning umumiy mazmunida qandaydir umumiylikka ishora
sezilsa,   versiya   vujudga   keladi.   Masalan,   “Alpomish”   dostonining   o‘zbek   xalqi
doirasida   30   ga   yaqin   varianti   bor.   Ammo   bu   dostonning   Qo‘ng‘irot,   Oltoy,
Qipchoq,   O‘g‘uz   versiyalari   mavjudki,   u   versiyalar   bilan   tanishganimizda   ayrim
lavha va voqealarda umumiylikdan boshqa o‘xshashlikka duch kelmaymiz. “Tohir
va Zuhra” dostonining qozoqlarda “Qo‘zi Ko‘rpesh va Bayan Suluv” versiyasi bor.
Xullas,   variant   deganda,   asar   syujeti   va   kompozitsiyasidagi   qisman   farqlar
borligi,   versiya   deganda,   bir   asarning   katta   o‘zgarishlar   bilan   bir   necha   xalqlar
og‘zaki ijodidagi alohida-alohida nusxalari tushuniladi. 
Anonimlik.   Anonimlik   asar   muallifi   nomining   ma’lum   emasligi   demakdir.
Xalqimiz   og‘zaki   ijodidagi   yuzlab   ertak   va   dostonlarni   birinchi   bo‘lib   aytgan
ijodkor   nomi   anonimdir.   Xalq   qo‘shiqlari,   maqollari,   topishmoqlari   ham   bizga
ma’lum   bo‘lmagan   bobo-momolarimiz   tomonidan   yaratilgan.   Ammo   ular,   biz
avval   aytganimizdek,   o‘z   ismlarining   saqlanib   qolishini   xohlamaganlar.
Keyinchalik   esa   asarni   birinchi   yaratgan   va   aytgan   shaxs   nomining   yoddan
ko‘tarilishi ham an`anaga aylangan. Ammo xalq og‘zaki ijodidagi anonimlik bilan
yozma   adabiyotdagi   asar   muallifi   nomining   ma’lum   emasligi   mutlaqo   boshqa-
boshqa   tushunchalardir.   Og‘zaki   ijodda   anonimlik   oddiy   holat   bo‘lsa,   yozma
adabiyotda   adib   nomining   yo‘qligi   tasodif   hisoblanadi.   Masalan,   “Yusuf   va
Zulayxo”,   “Gul   va   Navro‘z”   dostonlarini   yozgan   shoirlar   nomi   ma`lum
bo‘lmagan   taqdirda ham , bu asarlar og‘zaki ijod namunasi hisoblanmaydi. Chunki
ularning matni og‘zaki adabiyot an’anasiga mos kelmaydi. 
  Shunday   qilib,   og‘zaki   ijoddagi   anonimlikni   xalq   farzandlarining   o‘z
millatiga   xolis   va   beminnat   xizmat   qilishi   namunasi   sifatida   qadrlash   maqsadga
muvofiqdir. 
16 I BOB.  MAKTAB ADABIYOT DARSLIKLARIDA EPIK JANRDAGI
FOLKLOR ASARLARINING BERILISHI
                    2.1. Xalq og‘zaki ijodining epik janrlari tasnifi  
Har   bir   fan,   sohaning   muhim   nazariy   masalalari   bo‘ladi.   Badiiy   adabiyotni
o‘rganuvchi   fan   adabiyotshunoslik   deb   ataladi.   Xalq   og‘zaki   poetik   ijodini
o‘rganish   sohasini   folklorshunoslik   deymiz.   Folklorshunoslik   adabiyotshunoslik
tarkibidagi   mustaqil   fan   hisoblansada,   o‘rganish   obyekti   badiiy  adabiyot   bo‘lgani
sabab   bir   qator   umumiy   va   mushtarak   jihatlari   bor.   Xususan,   janrlar   masalasi
adabiyotshunoslik   uchun   ham,   folklorshunoslik   uchun   ham   muhim   hisoblanadi.
Faqat   adabiyotshunoslikda   yozma   adabiyot   vakillari   qalamiga   mansub   g‘azal,
ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she’r, hikoya, roman, drama kabilar
(zamonaviy adabiyot)ning janr xususiyalari o‘rganiladi. 
Folklorshunoslikda   esa   xalq   og‘zaki   adabiyotidagi   maqol,   qo‘shiq,   ertak,
doston kabi janrlarning o‘ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda
yaratilgan   adabiyot   ekanidan   qat’i   nazar   har   bir   yo‘nalishdagi   yutuqlar   va
kashfiyotlar   adabiyotshunoslik   ilmi   taraqqiyotiga   qo‘shilgan   hissa   sifatida
baholanaveradi.   Avvalo,   badiiy   asarlar   yaratilish   jinsi   yoki   turiga   ko‘ra   uch   xil
bo‘lishini   esga   olaylik.   Jahon   adabiyotida   uchta  jinsning   mavjudligi   (epos,   lirika,
drama)   qayd   etilgan,   tan   olingan.   Janr   deganda,   ana   shu   uchta   jinsdagi   asarlar
tarkibini tashkil qiluvchi kichik turlar tushuniladi. Masalan, yozma adabiyotda epik
asarlar   turini   roman,   qissa,   hikoya   janrlari,   og‘zaki   adabiyotda   ertak,   doston,
latifalar tashkil etadi. Ya’ni  jins nomi saqlanishi, tarkibi esa asar yaratilish usuliga
ko‘ra (og‘zaki yoki yozma) boshqa-boshqa janrlardan iborat bo‘lishi mumkin. 
So‘z   san’atining   dastlabki   namunalari   insoniyat   nutqi   paydo   bo‘lishi   bilan
yuzaga   kela   boshladi.   Uning   tashkil   topishida   o‘sha   davr   shart-sharoiti,
odamlarning   mehnat   va   turmush   tajribalari,   dunyoqarash   va   tushunchalari   hal
qiluvchi   rol   o‘ynagan.   Eng   avval   og‘zaki   nasriy   turning   dastlabki   namunalari
vujudga   kelgan.   Ular   nihoyatda   sodda   bo‘lib,   turli   xildagi   undov-xitoblar   va
voqealar   bayonidan   iborat   bo‘lgan.   Mehnat   jarayoni   hamda   ongning   rivojlanishi
voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi. Sodda
17 va takroriy jumlalar badiiy til vositalari bilan boyiy boshlagan. Oddiy so‘z o‘rnini
ko‘chma   ma’noli   so‘z,   sifatlash,   mubolag‘a   va   o‘xshatishning   ilk   namunalari
egallay borgan. 
Shunday qilib, dunyoni badiiy va estetik did bilan fahmlay olish, badiiy so‘z
tajribalarining   taraqqiyoti   folklorning   dastlabki   janrlarini   yuzaga   keltirdi.   Eng
avval   kichik-kichik   naql   va   miflar,   mehnatni   yengillashtiruvchi,   ruhan   tetik
qiluvchi,   xayol   og‘ushiga   olib   kiruvchi   ertak   va   afsonalar   yaratildi,   mehnat
jarayonini   ifodalovchi   qo‘shiqlarning   namunalari   paydo   bo‘ldi.   Demak,   eng
qadimgi folklor namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha oldin paydo bo‘lgan va
yozma   adabiyotning   tashkil   topishiga   muhim   hissa   qo‘shgan.   Qadimiy   folklor
namunalari asl holida, to‘la ravishda bizgacha etib kelmagan. U og‘izdan-og‘izga,
avloddan-avlodga   o‘tib   ijodiy   ishlangan.   Har   bir   material   turli   xil   ijtimoiy
qatlamlar ta’sirida o‘zgarib, shakl va mazmunida yangi-yangi ma’lumotlar yuzaga
kelgan. 
Folklor   asarlarni   janrlar   nuqtayi   nazaridan   o‘rganishda   qadimgi   davrlar
folklor   namunalariga   ham   alohida   urg‘u   berish   lozim.   Qadimgi   davr   folkloriga
mansub   afsona,   rivoyat,   mif   kabilar   ham   og‘zaki   adabiyotda   alohida   o‘rin   tutadi.
Qadimgi   davrlar   folklor   asarlarini   janr   xususiyatlariga   ko‘ra   epik   janrlarga
yaqinlikda berish mumkin. 
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan o‘qish kitobi darsliklari
o‘quvchilarda   dastlabki   o‘qish   bilan   bog‘liq   ko‘nikmalarni   shakllantirtish,   ifodali
o‘qishga   o‘rgatishga   qaratilganligi   bilan   xarakterlanadi.   2-sinfdan   4–sinfga   qadar
bo‘lgan   o‘qish   kitoblarida   o‘quvchilarning   yosh   va   psixologik   xususiyatlarini
inobatga   olgan   holda   o‘quv   materiallari,   didaktik   ruhdagi   parchalar   keltiriladi.
Boshlang‘ich   sinflarda   o‘qish   kitobi   darsliklarini   tahlil   qilish   natijasida   ma’lum
bo‘ladiki,   asosiy   o‘rin   epik   xarakterdagi   asarlarga   beriladi.   Yuqori   sinf   adabiyot
darsliklarida   esa   liro   epik   va   lirik   janrdagi   asarlarga   duch   kelish   mumkin.   Shu
sababdan   adabiyot   darsliklarida   asosan   dostonlar,   xalq   qo‘shiqlari   o‘rin   olsa,
boshlang‘ich  sinf  o‘qish  kitobi   darsliklarida  esa  ertak,  rivoyat   va  xalq qo‘shiqlari
ko‘proq   o‘rin   egallaydi.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   5-sinfi   uchun
18 mo‘ljallangan   adabiyot   darsligida   2   bobda   xalq   og‘zaki   ijodi   na’munalari
keltiriladi.   “Hikmat   durdonalari”   deb   nomlangan   dastlabki   bobda   maqollar,
topishmoqlar o‘rin olgan bo‘lib, umumiy dasturda 2 soat vaqt ajratiladi. 
Xalq   og‘zaki   ijodining   epik   janrdagi   asarlari   sirasida   afsona,   rivoyat,   ertak,
asosiy   o‘rin   egallaydi.   Og‘zaki   nasriy   asarlar   tuzilishi   jihatidan   xalq   lirikasi   va
og‘zaki dramasi namunalaridan ajralib turadi. Bu farq, asosan, voqelikni ifodalash
yo‘liga   qarab   belgilanadi.   Chunki   xalq   nasriy   asarlarida   voqealar   aniq   va
mukammal   syujet   asosida   bayon   etiladi,   tafsiliylik   ustunlik   qiladi.   Ularda
emotsionallik,   metrik   o‘lchov   uchramaydi,   voqe’lik   epik   nutq   vositasida   bayon
etiladi.  Xalq og‘zaki nasriy asarlarida syujet muhim o‘rin tutadi. Ular hech qachon
syujetsiz   bo‘lmaydi.   Nasriy   asarlar   syujetini   kirish   (ekspozisiya),   tugun,   epik
sarguzasht   yoki   voqealar   rivoji,   kulminatsiya   (asarning   eng   avj   nuqtasi),   yechim
kabilar tashkil etadi. 
Xullas, xalq og‘zaki badiiy ijodi asosida yaratilgan nasriy asarlar xalq prozasi
nomi   bilan   yuritiladi.   Ular   g‘oyaviy   mazmuni   jihatidan   xalq   ruhi   va   orzu-
niyatlarini   aks   ettiradi.   Mif,   afsona,   rivoyat,   naql,   latifa,   ertak   kabi   janrlardagi
folklor   asarlari   xalq   og‘zaki   nasri   tarkibiga   kiritiladi.   Ular,   avvalo,   qadimiyligi
bilan  diqqatni   tortadi.   Chunki   nasr   lirikaga  nisbatan   oldinroq   paydo  bo‘lgan.  Mif
va   afsona,   rivoyat   uning   ilk   namunalari   hisoblanadi.   Shundan   so‘ng   ertak,   naql,
doston va yana keyinroq latifa janrlari shakllangan 8
. 
Epos   –   yunoncha   “epos”   –   rivoya,   hikoya,   qo‘shiq   so‘zidan   iborat   bo‘lib,
badiiy   adabiyotda   voqea,   hodisani   bayon   qilish,   hayotiy   lavhaning   tafsilotlarini
ifodalash ma ’ nosini anglatadi. Ta’rifdagi “qo‘shiq” so‘ziga ajablanish kerak emas,
chunki   qadimgi   yunonlar   nazarda   tutgan   qo‘shiqlar   so‘zning   hozirgi   paytda
tushunilishidan   farqli   ravishda   voqea-hodisani   bayon   qilish   xususiyatiga   ega   edi.
Badiiy adabiyotdagi epik jinsda biron voqea badiiy so‘z vositasida hikoya qilinadi. 
Xalq   og‘zaki   ijodida   bunday   jinsga   mansub   janrlar   afsona,   naql,   rivoyat,
ertak, doston, ayrim termalar, latifa, loflardan iboratdir. Mazkur  nazariy masalani
ilmiy   asosda   o‘rgangan   olim   Bahodir   Sarimsoqov   avval   qayd   etilgan   uch   jins
8
 Safarov O.O’zbek xalq og’zaki ijodi.T.Musiqa-2010. 173-b.
19 qatoriga to‘rtinchisini ham qo‘shgan va “maxsus tur” deb atagan. Bu tur tarkibini:
“oddiy   o‘tirish   olqishlari,   qarg‘ish,   so‘kish,   maqol,   matal,   topishmoq   va   boshqa
xildagi  yumuq  iboralar”,  -  deb belgilagan.  Haqiqatan  ham,  qayd etilgan  janrlarda
bir   tomondan   muayyan   vaziyat,   voqea-hodisa   haqida   tasavvur   hosil   qilish   uchun
aniq   ma’lumot,   axborot   mavjud   bo‘lishiga   qaramay,   aytilgan   matnning   hajm
jihatdan  o‘ta   ixchamligi  alohida   ko‘zga   tashlanadi.   Epik  janrdagi   asarlar  o‘zining
s y ujet   ko‘lami,   tasvir   ob’ekti   va   tasvirlash   usuli   jihatidan   boshqa   janrlardan   farq
qiladi.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   dasturlarida   epik   janrlarga   ham   o‘rin
berilgan.   Bu   holat   ko‘proq   boshlang‘ich   sinflarda   ko‘zga   tashlanadi.   Yuqori
sinflarda   berilgan   epik   janrlarga   ajratilgan   soatlarni   quyidagi   holatda   ko‘rib
chiqamiz:
5-sinfda:
Maqollar.   Nazariy   ma’lumot.   Xalq   og‘zaki   ijodi   tushunchasi-1(o‘quv
yuklamasida mashg‘ulot uchun ajratilgan soat)   ;
Topishmoqlar.   Nazariy   ma’lumot .   Maqol   va   topishmoq   tushunchalari-1
( o‘quv yuklamasida mashg‘ulot uchun ajratilgan soat )    
“ Uch   og‘a-ini   botirla r’’   ertagi -1 (o‘quv   yuklamasida   mashg‘ulot   uchun
ajratilgan soat ) ;
Ertak   matni   bilan   ishlash-1 ( o‘quv   yuklamasida   mashg‘ulot   uchun   ajratilgan
soat ) ;
Timsollar tahlili-1 ( o‘quv yuklamasida mashg‘ulot uchun ajratilgan soat ) ;
“ Susambil’’ ertagini o‘qish-1 ( o‘quv yuklamasida mashg‘ulot uchun ajratilgan
soat ) ;
Asar tahlili-1 ( o‘quv yuklamasida mashg‘ulot uchun ajratilgan soat ) ;
Nazariy  ma’lumot.  Ertak  haqida   tushuncha-1 (o‘quv  yuklamasida   mashg‘ulot
uchun ajratilgan soat) ;
1-nazorat   ishi.   Insho   “Mening   sevimli   ertagim” -1 (o‘quv   yuklamasida
mashg‘ulot uchun ajratilgan soat) . 
Umumiy soatlar hajmi 9 soatni tashkil etadi. Biz ushbu tahlilda maxsus turga
kiruvchi asarlarni ham sanab o‘tdik. 6-7-8-9-10-11-sinflar uchun mo‘ljallangan
20 “ Adbiyot’’ darslarida esa xalq og‘zaki  ijodining lirik va liro-epik janrlaridan
na’munalar   keltiriladi.   Ammo   epik   janrdagi   asarlar   uchramaydi.   Boshlang‘ich
sinflarda   esa   epik   janrga   kiruvchi   asarlar   salmoqli   o‘rin   tutadi.   B oshlang‘ich
sinflarda   o‘quvchilari     uchun   “O‘qish   kitobi”   darsliklari   orqali   ko‘plab   xalq
og‘zaki ijodi asarlaridan namunalar bilan tanishadilar. Bu asarlarni o‘qib-o‘rganish
uchun boshlang‘ich sinf o‘quv dasturida muayyan vaqt ajratib ko‘rsatilgan bo‘ladi.
1-sinfdan tortib 4-sinfgacha “O‘qish kitobi” darsliklarida xalq og‘zaki ijodi alohida
bo‘lim   sifatida   ko‘rsatilgan   va   ularni   o‘rganish   uchun   muayyan   bir   soatlar
belgilangan.   Xususan,   1-sinf   “O‘qish   kitobi”   darsligining   “Xalq   o‘giti   –   baxt
kaliti” bo‘limini o‘rganish uchun o‘quv dasturida 9 soat  ajratilgan. “Xalq o‘giti –
baxt   kaliti”   bo‘limiga   bolalar   qalbiga   ona   allasi   bilan   kirib   kelgan   og‘zaki   ijod
namunalari   kiritilgan   bo‘lib,   ezgulik,   to‘g‘ri   so‘zlik,   sofdillik,   nafosat,   do‘stlik,
o‘rtoqlik, ahillik haqida tasavvurini hosil qiladi. 
2.2. Umumta’lim maktablari “O‘qish kitobi” va “Adabiyot” darsliklarida
epik janrdagi folklor asarlarining berilishi
Epik   janrdagi   folklor   asarlar   namunalari   ham   quyi,   ham   yuqori   sinflarda
o‘ziga   xos   o‘rin   tutadi.   Sababi   bunday   janrdagi   asarlar   mazmun-mohiyati   va
tarbiyaviy maqsadiga ko‘ra ham maktab adabiy ta’limida alohida o‘rin tutadi. Epik
janrdagi asarlar sirasida ertak alohida ahamiyat kasb etadi. Ertak termini Mahmud
Koshg‘ariyning   XI   asrda   yozilgan   “ Devonu   lug‘otit   turk’’   asarida   etuk   shaklida
uchraydi  va  biror  voqeani  og‘zaki  tarzda  hikoya  qilish  ma’nosini   bildiradi.  Hozir
folklor   termini   sifatida   ertak   so‘zi   qabul   etilgan   bo‘lsa-da,   Surxondaryo,
Samarqand,   Farg‘ona   o‘zbeklari   orasida   matal   deb   yuritiladi.   Buxoro   atrofidagi
rayon   va   qishloqlarda,   shuningdek,   boshqa   yerlardagi   o‘zbek   va   tojik   tillarida
so‘zlashuvchi   aholi   orasida   ushuk   deb   ham   ataladi.   Xorazmda   varsaqi,   Toshkent
shahri va uning atrofida cho‘pchak termini ham ishlatiladi. O‘zbeklar orasida ertak,
matal,   cho‘pchak   terminlaridan   boshqa   yana   hikoya,   afsona,   o‘tirik,   tutal   kabi
atamalar   uchraydi.   Alisher   Navoiy   asarlarida   afsona,   ertak   va   masal   ma’nolarida
cho‘rchak   so‘zi   ishlatilganki,   u   ham   cho‘pchak   so‘ziga   to‘g‘ri   keladi.   Cho‘pchak
21 kichik hikoyalarni to‘plash, hikoya qilish, topish, izlash ma’nosida bo‘lgani uchun
ba’zan topishmoq o‘rnida ham qo‘llangan.
O‘quvchilarning   sinfda   va   mustaqil   o‘qishlari   lozim   bo‘lgan   ertaklar   quyi
sinflarda quyidagilar:
1. “Sher va sichqon” ertagi. 
2. “Maymun va duradgor” ertagi. 
3. “Rostgo‘y bola” ertagi. 
4. “Laylak keldi - yoz bo‘ldi” qo‘shig‘i. 
5. Latifalar. 
2-sinf “O‘qish kitobi” darsligidagi “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar” bo‘limini
o‘rganish  uchun 13 soat  ajratilgan. Bu bo‘lim  orqali  o‘quvchilar  ertaklar  olamiga
sayohat qilishadi. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini ertaklardagi voqea-hodisalar
orqali   uqib   oladilar.   Ertak   qahramonlarining   holatini   so‘zlab   berish,   voqealarni
rasmda  ifodalashga   alohida e’tibor   qaratiladi. O‘quvchilarning  sinfda  va mustaqil
o‘qishlari lozim bo‘lgan ertaklari: 1.Quyosh bobo nurlari. 2. Maqtanchoq ayiq. 3.
Nima   totli?   4.   Ertaklar.   5.   Mashhur   rassom.   6.   Baxtli   bo‘lish   osonmas.   7.
Ko‘ngilchan o‘tinchi. 8. Uzun terak. 9. O‘jar baliqchi. 10. Dono dehqonbobo. 11.
Quyoncha   va   ayyor   tulki.   12.   O‘tinchi   yigit   bilan   sher.   13.   Urto‘qmoq.   14.   Oltin
tuyoqli kiyik. 15. Oq ko‘ngil chol va xasis boy. 16. Ko‘p ko‘rgan ko‘p biladi. 
3-sinf   “O‘qish   kitobi”   darsligidagi   “Xalq   og‘zaki   ijodi”   bo‘limini   o‘rganish
uchun   17   soat   ajratilgan.   Bu   bo‘limda   xalq   og‘zaki   ijodiga   oid   qo‘shiq,   ertak,
masal,   maqol,   latifa,   topishmoqlar   kiritilgan.   Ular   orqali   o‘quvchilarga   xalqning
orzu-umidlari, do‘stlik, ahillik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, fazilatlari
ulug‘lanishi,   salbiy   xislatlarning   qoralanishi   uqtiriladi.   Bundan   tashqari,   “Botir
mergan   va   chaqimchi”,   “Halollik”,   “Donishmand   yigit”   kabi   o‘zbek   xalq
ertaklarini   o‘qiydilar.   Shuningdek,   “Qaysar   buzoqcha”,   “Chumoli   va   tipratikan”
masallarini   o‘rganadilar.   Maqol,   iboralar,   latifalar,   topishmoqlar,   tez   aytishlarni
ham o‘qiydilar. Bo‘limdan “Rustamxon” va “Alpomish” dostonlaridan parcha ham
o‘rin olgan. 
22 4-sinf   “O‘qish   kitobi”   darsligidagi   “Xalq   og‘zaki   ijodi”   bo‘limini   o‘rganish
uchun   esa   28   soat   ajratilgan.   Bunda   o‘quvchilar   xalqimizning   ming   yillar
mobaynida   yaratgan   sehrli-fantastik   ertaklari,   xalq   dardi,   istak-xohishi,   orzu-
umidlari   ifodalangan   qo‘shiqlar,   bolalarning   quvnoq   o‘yin-qo‘shiqlari,
hozirjavoblik, topqirlikni taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayotiy xulosasi
tarzida   yuzaga   kelgan   purhikmat   maqollar,   sehr-jozibaga   yo‘g‘rilgan   rivoyatlarni
o‘qib-o‘rganadilar.   Bo‘limning   o‘zi   5   qismdan   iborat:   1-qism   “Qo‘shiqlar
qanotida”     deb   ataladi.   Bunda     “Boychechak”,   “Oftob   chiqdi   olamga”,   “Xo‘p
hayda”   qo‘shiqlari   berilgan.   2-   qism   “Ertaklar   mamlakatida”   deb   nomlanadi.
Undan     “Davlat”,   “Ilm   afzal”,   “Ko‘zacha   bilan   tulki”,   “Ochko‘z   boy”,
“Hiylagarning   jazosi”,   “Ziyrak   uch   yigit”   ertaklari   o‘rin   olgan.   3-qism   “Adabiy
ertaklar   bo‘lib,  unda Anvar   Obidjonning “Bo‘rining tabib  bo‘lgani   haqida ertak”,
Shukur   Sa’dullaning   “Laqma   it”,   A.   Abdurazzoqning   “Baqa   bilan   taqa”   ertaklari
mavjud.   4-qism     “Topishmoqlar”.   Bunda   5   ta   topishmoq   va   G‘afur   Gulomning
“Buni   toping,   qizlarim”   she’riy   topishmog‘i   berilgan.   5-qism   “Maqollar”     bo‘lib,
bu yerda 11 ta maqol mavjud.
Boshlang‘ich   sinf   “O‘qish   kitobi”   darsligidagi   xalq   og‘zaki   ijodiga   mansub
asarlar   mundarijasi   tahlilidan   ham   ko‘rinadiki,   o‘quvchilar   maktabga   qadam
qo‘ygan   davridanoq   xalqning   o‘lmas   merosidan,   ma’naviyat   sarchashmasidan,
ya’ni  og‘zaki  ijodi  namunalaridan  bahramand  bo‘lar  ekan.   Bu  asarlarni  o‘rganish
jarayonida   ularning   tarbiyaviy   jihatlariga   diqqat   qilish,   ulardan   yosh   avlodning
insoniy fazilatlarini shakllantirishda unumli foydalanish esa har bir o‘qituvchining
eng   mas’uliyatli   vazifasi   bo‘lib   qolaveradi.   Boshlang‘ich   sinf   o‘qish   darslarining
bosh   vazifasi   o‘quvchilar   nutqini   o‘stirishdir.   Nutq   o‘stirish   ishlarini
muvaffaqiyatli   amalga   oshirishda   qalb,   hodisalarini   puxta   o‘zlashtirish,   ularning
o‘xshash   va   farqli   tomonlarini   bilishning   ahamiyati   katta.   Shu   sabadan
boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodiga ko‘proq urg‘u beriladi. 
3-sinf   “O‘qish   kitobi”   darsligidagi   “Xalq   og‘zaki   ijodi”   bo‘limini   o‘rganish
jarayonida quyidagilarni alohida e’tiborga olish lozim deb topdik:
- Xalq og‘zaki ijodi namunlarining deyarli barcha turi uchraydi;
23 - Lirik va epik turdagi asarlar ko‘proq keltiriladi;
- Maxsus   turdagi   asarlar   xalq   og‘zaki   ijodi   deb   atalgan   bo‘limdan   tashqari
o‘rinlarda aralasah holda ham keltiriladi. 
Ertaklarni  o‘qish  uchun 17 soat  ajratilgan. Bu bo‘limda xalq og‘zaki  ijodiga
oid   qo‘shiq,   ertak,   masal,   maqol,   latifa,   topishmoqlar   kiritilgan.   Ular   orqali
o‘quvchilarga   xalqning   orzu-umidlari,   do‘stlik,   ahillik,   vatanparvarlik,
mehnatsevarlik,   halollik,   fazilatlari   ulug‘lanishi,   salbiy   xislatlarning   qoralanishi
uqtiriladi.   O‘quvchilar   qo‘shiq   bilan   tanishadilar.   “Botir   mergan   va   chaqimchi”,
“Halollik”,   “Donishmand   yigit”   kabi   o‘zbek   xalq   ertaklarini   o‘qiydilar.
Shuningdek, “Qaysar buzoqcha”, “Chumoli va tipratikan” masallarini o‘rganadilar.
Maqol, iboralar, latifalar, topishmoqlar, tez aytishlarni ham o‘qiydilar. Bo‘limdan
“Rustamxon” va “Alpomish” dostonlaridan parcha ham o‘rin olgan. 
4-sinf   “O‘qish   kitobi”   darsligidagi   “Xalq   og‘zaki   ijodi”   bo‘limini   o‘rganish
uchun esa 28 soat ajratilgan. 
1-sinf   o‘quvchilari   uchun   mo‘ljallangan   “O‘qish   kitobi”da   5ta   ertak   va   3ta
rivoyat   keltiriladi.   Rivoyatlar   asosan,   bolalarda   muayyan   ma’naviy   sifatlarni
tarbiyalashga   qaratiladi.   Kichik   hajmli   epik   nasr   namunasi   bo‘lgan   rivoyatlarda
voqelikni   bayon   qilish   usuli   retrospektivlikka   asoslanadi.   Retrospektivlik   rivoyat
janrining   yetakchi   xossalaridan   biridir.   Chunki   rivoyatlarda   tasvirlanayotgan
voqelikning   zamonaviy   yo‘nalishi   o‘tmishga   qaratiladi.   Shu   sababli   rivoyatlar
syujetida   ko‘pincha   voqelikning   o‘tgan   zamonda   bo‘lib   o‘tganligiga   ishora
qiluvchi   “ Qachonlardir ” ,   “ Qadim   zamonda ” ,   “ rivoyat   qilishlaricha ” ,
“ bobolarimizning   aytishichav ” ,   “ qadimgi   rivoyatlarga   ko‘ra ”   kabi   an’anaviy
formulalar   uchraydi.   Folklorshunos   K.   Imomov   bu   haqda   «Rivoyatlarda   vaqt
nisbatan   konkretdir ”   deb   yozsa,   M   .   Jo‘rayev   “ Rivoyat   janri   syujetining   vaqt
belgisi   tarixiy-etnografik   aniq   muddat   ko‘rsatkichi   bilan   ifodalanadi ” ,   deya   qayd
etadi.   Xullas,   rivoyatlarda   tasvirlangan   voqealar   tarixan   aniq   vaqt   doirasida
kechadi. 
Rivoyat   syujeti   tinglovchilar   tomonidan   chindan   bo‘lib   o‘tgan   voqeaning
talqini   deb   qaraladi.   Rivoyatlar   keng   xalq   ommasi   tomonidan   ijro   etiladi.
24 Professional   aytuvchiga   ega   bo‘lmaslik   rivoyat   janrining   o‘ziga   xos
xususiyatlaridan   biridir.   Chunki   rivoyatning   asosiy   vazifasi   axborot   berishdan
iborat   bo‘lgani   bois,   rivoyat   aytuvchidan   muayyan   epik   bilim,   tajriba,   ijrochilik
mahorati   talab   etmaydi.   Rivoyatlarning   syujeti   sodda,   qurilishi   oddiydir.   Ular
ko‘pincha   bir   necha   motiv   yoki   dialog   asosiga   qurilgan   bo‘ladi.   Ularda   badiiy
tasvir   vositalari   juda   kam   uchraydi.   Rivoyatlarda   tasvirlangan   personajlar
hayotiyligi   bilan   xalq   nasrining   boshqa   janrlaridagi   obrazlar   tizimidan   ajralib
turadi. Ularda g‘ayrioddiy xususiyatlarga ega mifologik obrazlar uchramaydi. 
Rivoyatlarda   voqelik   talqini   tashqi   epik   pozitsiyadan   turib   bayon   qilinadi.
Chunki   uni   aytuvchi   rivoyatda   bayon   qilinayotgan   voqelikning   bevosita
ishtirokchisi,   guvohi   yoki   kuzatuvchisi   emasdir.   Rivoyatlar   badiiy   shakli   hamda
vazifasiga ko‘ra afsonalarga juda yaqin turadi. Lekin ularning har biri folkloming
ikki mustaqil janri sifatida bir-biridan jiddiy farq qiladi. Jumladan, ular voqe’likni
bayon   etish   shakliga   ko‘ra   bir-biridan   farqlanadi.   Afsonada   voqelik   xayoliy
uydurma,   fantastika,   mifologik   talqin   asosida   bayon   etilsa,   rivoyatda   hayotiy
uydirma, tarixiy etnografik aniqlik, reallik asosida hikoya qilinadi  9
.  Umumiy o‘rta
ta’lim   maktablarining   5-sinflari   uchun   mo‘ljallangan   “Adabiyot”   darsligining
oldingi   nashrlarida   “Shiroq”   va   “To‘maris”   afsonalari   keltirilgan   edi.   Keyingi
nashrdan esa epik turning faqat ertak janri uchraydi. 
“ Shiroq’’ Polienning  “ Harbiy hiylalar’’ asari orqali bizgacha yetib kelgan. Bu
rivoyatda shak qabilasining cho‘poni, oddiy otboqar va dostonchi chol Shiroqning
o‘z   qabilasi   osoyishtaligini   o‘ylab   o‘limga   tik   borishi,   el-yurti   uchun   fidoyiligi
haqida   hikoya   qilingan.   Shiroq   o‘z   quloq-burnini   kesib,   go‘yo   qabiladoshlaridan
norozi     bo‘lgan   qiyofada   dushman   lashkarboshisi   oldiga   boradi.   Uning   ayanchli
ko‘rinishi   esa   dushman   lashkarboshisida   ishonch   uyg‘otadi.   Shiroq   dushman
lashkarini   ergashtirib   chor-atrofi   suvsiz   dasht-biyobonga   olib   boradi   va   ularni
aldab, yolg‘iz bir o‘zi butun boshli dushman qo‘shinini yengganligini e’lon qiladi.
G‘azablangan   lashkarboshi   Ranosbat   uni   chopib,   qiymalab   tashlaydi.   Shunday
qilib,   Shiroqning   donishmandlarcha   o‘ylab   topgan   tadbiri,   hiylasi   tufayli   uning
9
 Safarov O.O’zbek xalq og’zaki ijodi.T.:Musiqa-2010. 183-b
25 qabiladoshlari   dushman   hujumidan   omon   qoladilar.   Ushbu   asar   darslikda   afsona
sifatida   beriladi.   Qizig‘i,   Poliyenning   “Harbiy   hiylalar”   asarida   keltirilganligiga
ko‘ra, tarixiy fakt. Bu esa alohida tadqiq etish lozim bo‘lgan masala. 
Epik   janrga   kiruvchi   asarlar   sirasida   naql   ham   mavjud   bo‘lib,   ular   xalq
donishmandligi   mahsuli   sifatida   diqqatga   molik.   Naql   atamasi   yaqin   va   O‘rta
Sharq xalqlari orasida “Zarbulmasal’’ deb yuritilgan. K. Imomov esa uni matal deb
ataydi.   “Naql’’   asli   arabcha   so‘z   bo‘lib,   joydan   joyga   eltmoq,   biror   ertak,   voqea,
maqol,   xabarlarni   so‘zlab   bermoq,   naql   qilmoq   ma’nolarini   anglatadi.   O‘tmishda
qadimgi   turkiy   yodnomalar,   xalq   kitoblari,   qo‘lyozmalardagi   mif,   ertak,   afsona,
rivoyat, doston, maqol, matal, topishmoqlar ham naql deb yuritilgan. Lekin hozir u
folklorning mustaqil bir janriga nisbatan qo‘llanadi. 
Turmushdagi turli narsa va hodisalarni izohlashga qaratilgan axloqiy-didaktik
mazmundagi,   ramz   va   majozga   asoslanuvchi   kichik   og‘zaki   hikoyalar   naql   deb
yuritiladi.   Naql-   xalq   donoligining   o‘ziga   xos   ifodasi   bo‘lib,   asosan,   axloq
normalari   haqida   bahs   yuritadi.   Shuning   uchun   uning   asosida   har   doim   o‘git-
nasihatomuz   fikrlar   yotadi.   Kishilar   o‘rtasida   axloq   tamoyillari,   dunyoviy
tushunchalar   haqida   fikrlash   ehtiyoji   naqllarning   paydo   bo‘lishiga   sabab   bo‘lgan.
Naqllarning tuzilishi   juda sodda,   hajmi   ixcham   bo‘ladi.  Unda bayon  qilinayotgan
fikr   etimologik   xarakteri,   didaktik   mazmuni,   informativ-estetik   vazifasi   bilan
diqqatni   tortadi.   Naqllar   badiiy   tasvir   vositalariga   u   qadar   boy   bo‘lmaydi,
mubolag‘asiz yaratiladi. 
Naqllar   ma’lum   bir   hayotiy   ehtiyoj   munosabati   bilan   aytiladi.   Besabab
aytilmaydi:   ko‘pincha   muhokamaga   sabab   bo‘lgan   voqeani   tasdiqlash   yoki   axloq
qoidalarini   buzib   ish   yuritayotgan   biror-bir   shaxsni   ogohlantirish   yoxud   noto‘g‘ri
tushunchani tartibga solish maqsadida aytiladi. Shu bois naqlning majoziy ma’nosi
va   ta’limiy-tarbiyaviy   vazifasi   uning   asosiy   belgisi   hisoblanadi.   Naqllarning
yuzaga kelishi va shakllanishida quyidagilar bosh omil bo‘lgan: 
1. Xalqning hayotiy tajribasi va dono falsafasi. 2. Mashhur Hind xalq kitobi
2. “Panchatantra’’va   uning   tarjimalari,   “Kalila   va   Dimna’’,   shuningdek.
arablaming   mashhur   “Ming   bir   kecha’’   ertaklari.   3.   O‘zbek   xalq   ertak   va
26 maqollari.   Maishiy   hayotdagi   o‘rnak   bo‘larli   voqea-hodisalar,   ibratli   axloqiy
tushunchalar naqllar uchun mavzu qilib belgilangan. Naqllarda voqelik hayotiy va
xayoliy   uydirma   vositasida   tasvirlanadi.   Ulardagi   obrazlar   umumlashma   xarakter
kasb etadi va yaxshilik hamda yomonlik timsoli sifatida o‘zaro zidlikda keltiriladi.
Shuning uchun naqllarda ramz va zid qo‘yish san’ati yetakchi rol o‘ynaydi 10
.
Xalq   og‘zaki   ijodida   ertak   janrining   bolalar   tomonidan   yaxshi   qabul   qilinib,
qiziqib   o‘qilishining   sabablaridan   biri   ertak   tilining   tasirchanligi ,   o‘tkirligi,
ma’nodorligi   va   xalq   tiliga   yaqinligidir.   Ertaklarning   ko‘pchiligida   real   hayot
tasviri sarguzasht element bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning o‘tkir, maroqli syujeti,
voqea rivojidagi  favqulodda ajoyib vaziyat   bolalarni maftun qiladi , undagi   mard,
kuchli,   topqir,   dovyurak,   chaqqon   qahramonlar,   ertakning   g‘oyaviy   yo‘nalishi,
unda   ezgulik   kuchining   yaxshilikning   doimo   g‘alaba   qilishi   bolalarni   o‘ziga
tortadi.   Ertakda   qabul   qilingan   hikoya   qilish   shakli   bir   xil   so‘z   va   iboralarning
qayta-qayta   takrorlanib   turishi,   ohangdorligi,   tilining   tasirchanligi,   ifoda
vositalarining   jonliligi,   bolalar   uchun   juda   qiziqarligidir.   Ertakda   qatnashuvchilar
ko‘pincha   rahmdil,   saxiy,   adolatli   hamda   ularning   aksi   bo‘lgan   yovuz,   baxil,
ochko‘z kishilar timsoli bo‘ladi. 
Ertakning   pedagogik   qiymati   shundaki,   o‘quvchilar   unda   to‘g‘rilik ,   halollik
g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, yani yaxshilik,
ezgulik   ro‘yobga   chiqqanidan   va   yomonlik,   yovuzlik   mahkumlikka   uchraganidan
quvonadilar.   Ular   hayotda   ham   doimo   shunday   bo‘lishini   istaydilar.   Masalan,
“Halollik”   ertagida   (4-sinf)   asosiy   fikr   kambag‘allarga   yordam   ko‘rsatish ,   o‘z
mehnati   bilan   hayot   kechirish   bo‘lib,   bu   hatto   butun   xalq   istagi   ekanligi   g‘oyasi
ilgari   surilgan   bo‘lsa,   “Hiylagarning   jazosi”   ertagida   esa   (4-sinf)   soddadilning
to‘g‘riligi   hiylagarning   makri   ustidan   g‘olib   kelishi,   xiyonat   jazosiz   qolmasligi
g‘oyasi   ilgari   surilgan.   Har   ikki   ertak   ham   to‘g‘ri   so‘zlilikning   g‘alabasi   bilan
yakunlanadi.   Bunday   g‘alaba   maishiy   ertaklardan   tashqari,   sehrli   ertaklarda   ham
ifodalangan. Boshlang‘ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qitiladi.
“Ko‘zacha   bilan   tulki”   (4-sinf)   kabi   ertaklar   aniq   hayotiy   hikoyalar   tarzida
10
 Safarov O.O’zbek xalq og’zaki ijodi.T. Musiqa-2010. 188-b
27 o‘qitiladi   va   tahlil   qilinadi.   Ertak   matni   ustida   ishlashda   tanlab   o‘qish,   savollarga
javob   berish ,   o‘quvchilarning   o‘zlari   ertak   mazmuniga   oid   savollar   tuzib,   javob
berishlari,   reja   tuzish,   qayta   hikoyalash,   ijodiy   davom   ettirish ,   ertak   aytish,
qahramonlarni   grafik   tasvirlash   kabi   ish   turlaridan   foydalaniladi.   Bunday
ertaklarda   hayvonlarning  odatlari   tahlil   qilinadi,   ammo   ularni   kishilar   xarakteriga
taqqoslash tavsiya qilinmaydi. 
Maktab   tajribasidan   ma'lumki,   kichik   yoshdagi   o‘quvchilar   ertakdagi
hayvonlar   gapirmasligini,   tulki   va   turna   bir-birinikiga   mehmonga   bormasligini
yaxshi   biladilar ,   ammo   ertaklar   dunyosini   hayotiy   hikoya   kabi   qabul   qiladilar.
Ertakni   o‘qib   tahlil   qilganda,   barcha   ishlar   matnning   mazmunini   yaxshi   idrok
etishga,   syujet   rivojini,   qatnashuvchi   personajlarning   xatti-harakati,   o‘zaro
munosabatlarini   to‘g‘ri   tasavvur   etishga   yo‘naltiriladi.   Bunda   tanlab   o‘qish   va
qayta hikoyalashning ahamiyati katta.  Masalan , yozma adabiyot namunasi bo‘lgan
“Odobli bo‘lish osonmi” (A. Obidjon) (4-sinf) ertagining mazmunini o‘zlashtirish
uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin: 
1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o‘qing. Sichqonchaning odobli
bo‘lish   uchun   nimalar   qilish   kerak   degan   savoliga   onasi   qanday   javob
qaytarganligini so‘zlab bering. 
  2.   Sichqonchaning   mushuk   bilan   uchrashgan   holati   aks   ettirilgan   o‘rinni
topib o‘qing. Nima uchun Shum Baroq ko‘zidagi yovuzlik birdaniga so‘nadi?
  3.   Echki   nima   uchun   Sichqonchani   “Kam   bo‘lma”   deb   duo   qiladi?   Shu
o‘rinni   topib   o‘qing.   Ertakni   tahlil   qilishning   oxirgi   bosqichida,   “Ertakning   sizga
juda yoqqan joyini topib o‘qing”, “Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting”,
“Hayotingizda   ertakdagi   voqealarga   o‘xshash   voqealar   bo‘lganmi”   kabi   savol-
topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi. 
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   hayvonlar   haqidagi   ertaklardan   tashqari,
„Davlat”,   “Ilm   afzal”,   “Hiylagarning   jazosi,   “Hunarl i   kishi   xor   bo‘lmas”   kabi
maishiy   ertaklarni   ham   o‘qiydilar.   Bunday   ertaklarda   xalq   o‘z   hayotini   hikoya
qiladi,   shu   sababli   o‘quvchilar   ertakni   o‘qigach,   o‘tmishdagi   xalq   hayotini ,   o‘y-
28 fikrlari   va   orzu-istaklarini   bilib   oladilar.   Bunday   ertaklarni   tahlil   qilish   badiiy
hikoya   tarzida   uyushtiriladi.   Bolalar   o‘qituvchi   rahbarligida   ertakda
qatnashuvchilarning   xulq-atvori,   ayrim   hatti-harakatlarini   baholaydilar,   ularning
bir-birlariga   bo‘lgan   munosabatlarini   aytadilar   va   shular   asosida   ayrim   obrazlar
haqida   xulosalar   chiqaradilar,   ertak   rejasini   tuzadilar,   ertakni   rollarga   bo‘lib
o‘qiydilar. 
“Davlat”   ertagi   oddiy   turmushga   tegishli   hodisalarni   tasvirlovchi   ertakdir.
Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz   atrofimizdagi tabiatni , borliqni
qanday   tasavvur   etishlari   haqida   suhbat   o‘tkaziladi.   Bunday   suhbat   ertakdagi
badiiy   obrazlarni,   ularning   o‘zaro   munosabatlarini,   xulq-atvorlari,   xarakterlarini
to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. “Davlat” ertagi matni ustida ishlash jarayonida
o‘quvchilar   ong ida   tahliliy   jarayon   kechadi .     O‘quvch ilarda   turli   savollar   paydo
bo‘ladi.    Dehqonning   xonadoni qanday hayot kechirar ekan? Nima uchun Davlat
dehqonning xonadonidan ketishni  istamaydi?” kabi  savollarga javob topish orqali
ertak   qahramonlarini   baholaydilar,   ahil   va   inoq   bo‘lib ,   halol   mehnat   qilish   lozim
degan xulosaga keladilar. 
Ertak   ustida   ishlashda   bolalarni   ertakni   o‘qishgagina   emas,   balki   uni   aytib
berishga   o‘rgatish   ham   muhimdir.   Ertak   aytish   o‘g‘zaki   nutqni   o‘stiradi,   bolalar
nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi. O‘quvchilarni 1-sinfda, ertak tilidan
erkin   foydalanishga   o‘rgatish   uchun   ertak   bilan   birinchi   tanishtirishda   uni
o‘qituvchi aytib berishi mumkin. O‘quvchi ertak mazmunini o‘zlashtirib olgandan
so‘ng,   uning   tili   ustida   ishlashga   alohida   ahamiyat   qaratilishi   zarur.   Ertak
mazmunini   qayta   hikoyalashda,   qahramonlarga   tavsif   berishda   o‘quvchilarning
o‘z   nutqida   til   vositalaridan   o‘rinli   foydalanish   talab   qilinadi.   Til   vositalaridan
foydalanish   uchun talab va vaziyat , ehtiyoj yaratish zarur. Ertak tilida shunday so‘z
va iboralar  borki, ular  bolaga  o‘zgacha  tasir  ko‘rsatadi.  Masalan,  “Yolbars,  Tulki
va   Bo‘ri”   ertagida   “Tog‘   echkisi   siz   ulug‘imizniki   bo‘lsin”,   “Quyon   siz
podshohimizning   ertalabki   nonushtangiz   bo‘lsin”,   “Kiyik   kechqurungi   taomingiz,
qo‘y   kunduzgi   xo‘ragingiz   bo‘lsin”   kabi   gaplar   tarkibidagi   ajratib   ko‘rsatilgan
so‘zlarga o‘quvchilar diqqati qaratilib, ertakni so‘zlab berayotganda ulardan nutqda
29 foydalanishlariga   erishish   zarur.   Ertaklarda   keltirilgan   maqollar   ustida   ishlash ,
ularda   ilgari   surilayotgan   g‘oyalarni   bolalar   ongiga   yetkazish,   yod   oldirish   yo‘li
bilan   bog‘lanishli   nutqni   o‘stirish,   nutqning   tasirchanligini   oshirish   lozim.
Masalan,   “Rostgo‘y   bola”   ertagida   bola   o‘z   rostgoyligi   bilan   podshoga   maqul
bolganligi hikoya qilingan. 
Quyi sinflarda epik janrlarga mansub asarlarda o‘zbek xalq ertaklarining turli
na’munalari   keltiriladi.   Ularda   o‘quvchilarning   yosh   va   psixologik   xususiyatlari
inobatga   olingan   deyish   mumkin.   Soatlar   taqsimotidan   ham   ko‘rish   mumkinki,
quyi   sinf   o‘quvchilariga   mo‘ljallangan   darsliklarda   asosan   o‘quvchining   og‘zaki
nutq   malakalarini   shakllantirishga   alohida   ahamiyat   beriladi.   O‘quvchi
boshlang‘ich   ta’limni   olish   jarayonida   xalq   og‘zaki   ijodining   rang-barang
janrlaridan boxabar bo‘lib boradi. Uyga vazifa sifatida berilgan topshiriqlarda ham
xalq   qo‘shiqlarini   yod   olish,   ertakni   o‘qish   va   mazmunini   so‘zlab   berish,
topishmoqlarning   javobini   topish,   maqollardan   yod   olish   kabilar   o‘rin   oladi.
Bunday   topshiriqlar   ham   o‘quvchi   zehnini   kuchaytirish,   so‘z   boyligini   oshirish,
nutqini   o‘stirish,   hozir   javobligiga   erishishni   maqsad   qilib   qo‘yadi.
Bobokalonlarimiz   bolani   har   tomonlama   uyg‘un   rivojlantirishga   katta   e’tibor
qaratishgan.   Shu   bois   respublikasmizda   sog‘lom   avlodni   tarbiyalash   maqsadida
bola   tarbiyasini   davlat   siyosati   darajasiga   ko‘tarish   va   unga   vatanparvar,   mehr-
muhabbatl i   qilib   tarbiyalashni   maktab   yoshidayoq   boshlash   va   uni   to‘xtovsiz
davom   ettirish   maktab,   oila,   mahalla   jamoat   tashkilotlari   e’tiboridan   chetga
qolmasligi ta’kidlanmoqda. 
Shunday   ekan,   ta’lim   muassasalarida   bolalarni   ilk   yoshidanoq   bobolar
merosiga   tayangan   holda,   milliy   merosimiz   xalq   og‘zaki   ijodining   turli   janrlari
yordamida har tomonlama rivojlantirishni asosiy vazifalardan deb hisoblaymiz. 
Ertaklar - axloqiy tarbiyaning mazmuni: yaxlit odobli shaxsni shakllantirishga
qaratilgan. Axloqiy tarbiyalangan shaxsda barqaror ma’naviy motivlar shakllangan
bo‘ladi.   Axloqiy   tushunchalarni   turli   yosh   guruhlarida   shakllantirish   darajasi
turlichadir.   Bolalar   o‘zlashtiryotgan   axloqiy   his-tuyg‘ular,   kechinmalar   ma’naviy
e’tiqodni   shakllantirishning   muhim   sharoitlaridan   biridir.   Axloqiy   his-tuyg‘u
30 insonning   jamiyatga,   odamlarga,   o‘ziga   nisbatan   emotsional   munosabatini
bildiradi.   Bu   odamlar   o‘rtasidagi   muomala   jarayonida   vujidga   keladi   va
rivojlanadi.   His-tuyg‘ular   axloqiy   bilimlar   va   e’tiqodlari   bilan   chambarchas
bog‘lanib ketadi. Axloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash alohida ajralib qolgan jamiyat
emas,   bu   tushunchalar   inson   ehtiyojlari   un i ng   bilim   va   kechinmalari   sezgisi
asosida vujudga keladi va rivojlanadi. 
Bola shaxsini tarbiyalashda pedogogik ta’sir ko‘rsatish usul, uslublarning turli
yo‘llarini   ishlab   chiqish   zarurdir.   Pedagog   axloqiy   his-tuyg‘ularni   tarbiyalashda
ertaklar   va   ulardagi   turli   tuman   obrazlar   orqali   bolaga   ta’sir   ko‘rsatishga   katta
e’tibor   qartishlari   zarur,   chunki   yaxshi   his-tuyg‘ularning   ildizi   bolalikdan
boshlanishi   tabiiy.   Odamiylik,   mehribonlik,   hamkorlik,   ittifoq,   hayrixohlik,
mehnatda,   tashvishlarda,   atrofdagi   dunyo   go‘zalligi   haqida   g‘amxo‘rlik   qilish,
hayajonlanish   jarayonida   bolada   hosil   bo‘ladigan   tushunchalarni   sintez   qilish
eshitgan ertaklaridan chiqargan xulosalar asosida vujudga keladi. 
Boshlang‘ich   sinf   “O‘qish   kitobi”   darsliklarida   ertakning   o‘zigina
keltirilmasdan,  balki  unga mos rivoyat  va maqollar  ham  beriladi. Masalan,  4-sinf
“O‘qish kitobi” dagi “Chaqimchiga mukofot”  ertagini olaylik. O‘quvchi bu asarni
to‘la   o‘qib   chiqqandan   so‘ng   chaqimchilik   yomon   illat   ekanini,   u   odamlar
munosabatini   buzishini,  hikoyadagi  hokimga  bevafolik qilganini  va  ohir  oqibatda
jazosini   olganini   ya’ni   dorga   ostirilganini   biladi.   Shu   ertak   orqali   o‘quvchi
“Va’daga   vafo – mardning ishi “, “Chaqimchi tuxum po‘choq uning joyi tandir –
o‘choq” kabi maqollarning ma’nosini osongina tushunib oladilar. 
“Tuz haqi” ertagida ham shunday. Asar o‘qib bo‘lingach, savol va topshiriqlar
bilan   ishlanadi.   3-savolda   bunday   deyilgan:   “Tuzning   tabarrukligi   to‘g‘risida
qanday   maqollarni   bilasiz?”   “Bir   kun   tuz   totgan   joyinga   qirq   kun   salom   ber”,
“Tuzini   yeb   tuzlig‘iga   tupirma”   va   boshqalar.   3-sinf   “O‘qish   kitobida”da   Farhod
Musajonovning   “Yaxshilik”,   hikoyasi   berilgan.   Bola   uni   o‘qib,   “Yaxshilik   yerda
qolmas”, “Yaxshi niyat –yarim davlat”, “Yaxshidan bog‘ qoladi-yomondan dog‘”,
“Yaxshiga   yondoshsang,   yetarsan   murodga,   yomonga   yondoshsang   qolarsan
uyatga”,  “Yaxshi  oshini   yer, yomon  boshini”,  Yaxshi   suydirar   yomon so‘ndirar”,
31 “Yaxshi   sharofatli,   yomon   kasofatli”,   “Yaxshidan   gina   bo‘lmas,   yomondan   gina
ketmas”,   “Yomon   bola   ko‘zidan,   bilinadi   so‘zidan”,   “Yaxshi   bo‘lsa   bola,   yomon
bo‘lsa balo”, “Yaxshi  bilan yursang omon bo‘lasan, yomon bilan yursang yomon
bo‘lasan”.   “Yahshilik   qil   daryoga   ot,   baliq   biladi,   baliq   bilmasa   Xoliq   biladi”.
(Xoliq   -   Olloh   ismlaridan   biri)   kabi   maqollar   b ilan   tanishadilar   va   ma’nosini
tushinib yetadilar. 
Maqollar  xalq donoligidir. Unda  kishilarning hayotini obdon kuzatib, tajriba
to‘plab   aytgan   hikmatli   so‘zlari   o‘z   ifodasini   topgan.   Ixcham,   ko‘pincha   she’riy
tarzda   izhor   etilgan   maqollarning   mavzusi   rang-barangdir.   U   rad   qilinmas   pishiq
darajadagi nasihatdan iborat bo‘ladi. Masalan: Bog‘li el - yog‘li el; Bilim kuchda –
kuch bilimda s ingari maqollar didaktik jihatdan yuqori ahamiyat kasb etadi.  
I   bobdan   shu   xulosaga   kelish   mumkinki,   yuqoridagi   aytib   o‘tilgan   ertaklar
hamda   ularning   badiiy,   epik   xususiyatlari   hamda   o‘quvchi   ongiga   qay   darajada
ta’sir qilganligini o‘rganib, quyidagicha xulosaga kelindi:
  Ertaklarning   qaysi   turi   bo‘lmasin   ularda   mavjud   ikki   tabaqa,   ikki   sinf
o‘rtasidagi   ziddiyatlar   va   oxir   oqibatda   baribir   ezgulikning   yovuzlik   ustidan
g‘alaba   qilishi   aks   ettirilgan   bo‘ladi.   Kichik   yoshli   bolalar   tabiatan   taqlidchan
bo‘ladi. Shunday ekan ularga ko‘proq yaxshilik, mehnatsevarlik, do‘stga sadoqat,
ilm   olish,   ota-onaga   mehr-muhabbat   mavzusidagi   ertaklarni   o‘rganish,   o‘qitish
tavsiya etiladi. 
Bolaning   qanday   ertak   o‘qishiga   qarab   uning   psixologiyasi   ochib   beriladi.
Masalan:   ko‘proq  fantastik   ertaklarni   o‘qishni   xush   ko‘radigan   bolalar   o‘z   xayoli
bilan   yuruvchi,   doim   kashfiyot,   yangilik   qilishga   urinuvchi   bolalar   bo‘ladi.   Ertak
janr   va   badiiy   kompozitsiyasi   jihatdan   boshqa   xalq   og‘zaki   ijodi   janrlaridan   tez
qabul   qilinishi   va   hamma   tomondan   bemalol   ijro   etilishi   bilan   farq   qiladi.   Uni
istalgan joyda, xohlagan kishi aytishi mumkin, maxsus ijrochi talab qilmaydi. 
O‘zbek   xalqida   ko‘pincha   buvijonlar   ertakchilig i   ma’lum.   Buni   Hamid
Olimjonning   “Oygul   bilan   Baxtiyor”   ertagi   boshlanmasidagi   “Buvimning   har   bir
q issasi ,   Har   bir   q ilgan   h issasi ,   F ikrimni   tortar   edi,   havas im   ortar   edi”   misralari
bilan izohlash mumkin. Zero, 4-sinf o‘quvchisi hayotga teran ko‘z bilan qarovchi
32 ilk qarashlariga ega bo‘lgan shaxs, o‘qish kitobi esa o‘z badiiyligi bilan o‘quvchiga
estetik   zavq   bera   olishi   kerak.   Bu   borada   o‘zbek   xalq   ertaklarining   o‘rni   juda
muhimdir
Biz   yuqorida   boshlang‘ich   sinflar   uchun   mo‘ljallangan   “O‘qish   kitobi”
darsliklaridagi   xalq   og‘zaki   ijodi   na’munalari   va   ularning   soatlar   bo‘yicha
taqsimotiga   diqqat   qaratdik.   Yuqori   sinflarda   esa   soatlar   hajmi,   folklor
na’munlarining berilishida ancha tafovutlar mavjud. E’tiborli jihati shundaki, quyi
sinflarda   xalq   og‘zaki   ijodining   deyarli   barcha   janrlariga   oid   asarlar   uchraydi.
Yuqori   sinflarda   esa   liro-epik   janrdagi   asarlarga   kengroq   o‘rin   beriladi.   Aksar
hollarda   ertaklar   kichik   yoshdagi   o‘quvchilarga   mo‘ljallangan   degan   tasavvur
mavjud. Darsliklarni tahlil qilib o‘rganish asnosida rivoyat, naql va ertaklarga quyi
sinflarda   ko‘p   soatlar   ajratilganligining   guvohi   bo‘ldik.   Biroq   xalq   og‘zaki   ijodi
ota-bobolardan   meros   qolgan   buyuk   tarbiya   va   ibrat   maktabi   bo‘lib,   ular   aynan
maktab   ta’limi   davomida   olinishi   lozim   bo‘lgan   o‘quvchiga   zarur   cheksiz
ma’naviy   xazina   manbayidir.   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   va   uning   negizida
qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun hujjatlarida  har qanday mamlakatning
kuchi   fuqarolarining   ma’naviy   yetukligi,   intellektual   salohiyatga   egaligi   bilan
belgilanishi   aytiladi.   Fuqarolarning   ma’naviy   yetukligi,   intellektual   salohiyati   esa
ta  ’lim  tizimining  mazmuni,  shaxsning  har   tomonlama  shakllanishi   uchun  xizmat
qiluvchi   moddiy   va   ma’naviy   shart-sharoitlarning   mavjudligi,   jamiyatda   qaror
topgan   ijtimoiy   sog‘lom   muhit   darajasi,   ijtimoiy   munosabatlar   mazmuni,
shuningdek,   aholining   etnopsixologik   xususiyatlari,   axloqiy   qarashlari   va   hayotiy
e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. 
“Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”   ning   yaratilishida   mazkur   jihatlar   to‘la
o‘rganildi. Milliy dastur asosini O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan,
uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa qo‘shuvchi dadil,
mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega
bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh
qilish, uni  o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish,
33 rivojlangan   demokratik   davlatlar   darajasida,   sof   yuksak   ma’naviy   va   axloqiy
talablarga   javob   beruvchi   yuqori   malakali   kadrlar   tayyorlash   Milliy   tizimini
yaratishdan   iboratdir 11
.   Bu   jarayonda   esa   o‘zligini   anglagan,   tarixiy   ildizlarini
chuqur bilgan, kadrgina ana shu maqsadlarning amalga oshishida o‘zini mas’ul his
qiladi. 
O‘tgan   davrda   adabiyot   darsliklari   g‘oyaviy   prinsipga   asoslangan   bo‘lib,
ularda   xalq,   millat   tushunchalarini   teran   his   qilishga   yordam   beruvchi   folklorga
o‘rin   ajratilmagan   edi.   Bugungi   kunda   esa   mana   shu   xatoni   takrorlamaslikka
harakat   qilib   o‘quvchilarni   xalq   og‘zaki   ijodining   beqiyos   ma’naviy   xazinadan
ozuqa olgan holda ulg‘aysa, avlodlarning ma’naviyati yuksak bo‘ladi. Shu boisdan
maktab   darsliklarida   adabiy   parchalarni   keltirishda,   shuningdek,   dars   jarayonini
loyihalashda   xalq   og‘aki   ijodi   namunalariga   alohida   o‘rin   berish,   o‘qitishda
zamonaviy   ilg‘or   pedagogik   texnologiyalardan   foydalanish   maqsadga   muvofiq
bo‘ladi. 
Yuqori   sinflarda   epik   asarlar   deyarli   keltirilmaydi.   Umumiy   o‘rta   ta’lim
maktablarining   5-sinfi   uchun   mo‘ljallangan   “Adabiyot”   darsligida   “Uch   og‘a-ini
botirlar”,   “Susambil”   ertaklari   keltiriladi.   Aksar   hollarda   ertaklar   yosh   bolalar
uchun   didaktik   material   sifatida   qaraladi.   Shuni   unutmaslik   lozimki,   ertaklar   o‘z
saviyasiga   ko‘ra   barcha   yosh   toifasidagi   kishilar   uchun   birday   ahamiyat   kasb
etadigan ma’naviy ozuqa manbayi sanaladi. 5-sinf darsligida ertaklarning  g‘oyaviy
mazmuni, badiiy xasusiyatlari, syujet sxemasi, kompozitsion qurilishi va uslubiga
ko‘ra   to‘rt   asosiy   guruhga   bo‘linadi.   1.   Hayvonlar   haqidagi   ertaklar.   2.   Sehrli-
fantastik ertaklar. 3. Hayotiy ertaklar. 4. Satirik ertaklar.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   yuqori   sinflari   uchun   mo‘ljallangan
“Adabiyot” darsliklarida xalq og‘zaki ijodi namunalariga ko‘p o‘rin berilmaydi. 5-
sinflar uchun mo‘ljallangan “Adabiyot” darsligida “Hikmatlar xazinasi”, “Ertaklar
olamida” deb nomlangan ikki bob keltirilgan bo‘lib, ulardan o‘rin olgan ertaklarda
ahillik, o‘zaro ittifoq, do‘stlik kabilar ulug‘lanadi. Xususan, “Uch og‘a ini botirlar”
ertagida   og‘a-inilarning   tarbiyasi,   sinovli   damlardan   muvaffaqiyatli   o‘tishlari,
11
  Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   //Oliy   ta’lim:   m   e’yoriy   hujjatlar   to'plami.   —   Toshkent:   Sharq   nashriyot-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. 2001.  20-bet.
34 masalalarga mohirlik bilan yechim topishlari tasvirlanadi. O‘quvchi ertakni o‘qish
orqal i   hayotdagi   murakkabliklar   oldida   ojiz   qolmaslik   kerakligini,   totuvlikda   har
qanday mushkulotga yechim topish mumkinligini anglashadi. Keyingi “Susambil”
ertagi   esa   xalqning   uzoq   yillik   farovon   turmush   haqidagi   orzulari   ifodasi   bo‘lib,
ezgulikning   yovuzlik   ustidan   g‘alaba   qozonishi   mohirlik   bilan   tasvirlanadi.
Ertaklarga bag‘ishlangan qismda, etaklarning turli hududlarda nomlanishi, qadimgi
shakllariga ham izoh beriladi. 
. 
35                     III BOB. TAJRIBA – SINOV ISHLARI NATIJALARI
            3.1. Xalq og‘zaki ijodining lirik turiga mansub janrlar
Lirika – lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa asbobining nomidan olingan
bo‘lib,   badiiy   adabiyotda   inson   his-tuyg‘usini,   ichki   kechinmalarini   ifodalovchi
asarlar nazarda tutiladi. Ma’lumki, hayotda turli voqea-hodisalar ro‘y beradi. Lirik
asarlarda   ana   shu   turmush   lahzalari   ta’sirida   shaxs   qalbida   paydo   bo‘lgan
kechinmalar   ifodalanadi.   Ana   shu   xususiyati   bilan   lirika   eposdan   farqlanadi.
Chunki  bunday asarlarda bosh maqsad sodir bo‘lgan hayotiy voqeani  emas, balki
ana   shu   voqeaga   nisbatan   ichki   munosabat   tarzida   ifodalanuvchi   ruhiy
taassurotlarning   namoyon   bo‘lishini   izohlaydi.   Shuning   uchun   lirik   asarlarda   aks
etgan voqea bayonini aynan emas, nisbiy tushunish lozim. 
Qo‘shiq kishining ongi  va hissiyotlariga ta’sir  etish qudratiga ega. Aksariyat
qo‘shiqlarda   xalqning   urf-odati,   milliy   an’analari,   axloq   normalari   o‘z   aksini
topgan. Shu vazifasiga binoan ular etnopedagogik qimmat kasb etadi 12
.
Qo‘shiq   istilohi   ikki   ma’noda   qo‘llaniladi,   u  keng   ma’noda   xalq   poeziyasini
anglatsa,   tor   ma’noda   xalq   lirikasini   anglatadi.   Tojikcha   “surud”,   qoraqolpoqcha
“qo‘siq”,   ozarbayjoncha   “qo‘shma”   shaklida   bo‘lgan   qo‘shiq   istilohi   o‘ziga   xos
janr   xususiyatlariga   ega.   Mahmud   Qoshg‘ariyning   “Devoni   lug‘otit   turk”   asarida
xalq qo‘shiqlariga ham alohida to‘xtalib o‘tiladi. Xususan, asarda shunday to‘rtlik
mavjud:
Turkman qatun qutyog‘a,
Tergur mendan qohyog‘. 
Ajg‘al sizni tabug‘chi
Otnar jaqi tabug‘ 13
Ushbu to‘rtlik tabdilida qo‘shiq “maqtov”, “alqov” tarzida keltiriladi. Sababi
dastavval   qo‘shiq   ayni   shu   ma’nolarda   qo‘llanilgan.   Xalq   qo‘shiqlarida   xalq
hayoti,   ahloqiy   tamoyillari,   insonning   ichki   kechinmalari,   o‘ziga   xos   san’atkorlik
bilan   sodda,   lo‘nda,   ayni   paytda   yuksak   badiiylik   bilan   ifodalanganligini   ko‘rish
12
  Sаfаrоv О., O`rаеvа D. O`zbеk хаlq qo`shiqlаridа еtnоpеdаgоgik qаrаshlаrning ifоdаlаnishi. – Buхоrо dаvlаt
univеrsitеti ilmiy ахbоrоtlаri, 2003, 1-sоn, 14-21 –b.
13
 Mahmud Koshg ‘ ariy, Devoni lug ‘ otit turk. I tom.T.:Fan, 1960..357-B
36 mumkin. Xalq qo‘shiqlari  haqida hazrat Zahiriddin Muhammad Bobur aruz vazni
qonuniyatlariga   bag‘ishlangan   “Muxtasar”   nomli   asarida   quyidagi   fikrlarini
keltiradi: “Atrok arosida bir surud borkim, “o‘lang” derlar, aksar to‘ylarda aytilur,
bu vazn anga mavsumdur. Avval surudg‘a taqsim qilurda har misradan so‘ng “yor-
yor”   lafzini   keltirurlar” 14
  .   Alisher   Navoiy   ham   “Mezon   ul   –   avzon”   asarida
“Qo‘shiq” istilohini  “poeziya”  ma’nosida qo‘llab, yana uning ayolg‘u, lahn, turki
deb   yuritilishini,   ayni   chog‘da   bular   xalq   poeziyasining   ichki   shakllari   sifatida
uchrashini   ta’kidlaydi.   Alisher   Navoiy   “Qo‘shiq”ning   tor   ma’noda   janr
tushunchasiga egaligiga alohida diqqat qilib yozadi :
Vahki ul oy hasrati dardi dog‘i firqati,
Ham erur jonimga o‘t  ham hayotim ofati. 
Navoiy   bunda   kuy   bastalangan,   vale   aruzda   bitilgan   xalq   qo‘shig‘ini   ko‘zda
tutadiki,   hozir   bunday   hodisa   “ashula”   nomi   ostida   qo‘shiqdan   farq   qiladi   va
qo‘shiqning ichki bir xili sifatida tushuniladi 15
.
Xalq   og‘zaki   ijodining   lirik   turiga   mansub   asarlar   sirasida   alla,   xalq
qo‘shiqlari:   mavsum-marosim   qo‘shiqlarini   sanab   o‘tish   mumkin.   O‘zbek   xalq
qo‘shiqlari   to‘rtliklarda   rivojlangan.   Bu   qo‘shiqlar   iboraning   o‘tkirligi,   tilning
soddaligi,   mazmunning   teranligi   bilan   ajralib   turadi.   Qo‘shiqda   qandaydir   istak,
yaxshiroq   hikmatga   intilish,   qandaydir   yurak   parvozi   eshitiladi.   Qo‘shiqlarda
tasvirlangan odamlar, obrazlar  bizga  har  tomonlama fe’l  –atvorlari, his-tuyg‘ulari
bilan juda yaqindir 16
. O. Safarov “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi ”  asarida qo‘shiqlarni 2
katta   guruhga bo‘lib tasniflaydi:
1. Lirik qo‘shiqlar . 
2. Tarixiy qo‘shiqlar. 
K.   Imomov,   T.   Mirzayev,   B   .   Sarimsoqov,   O.   Safarovlar   hammuallifligida
nashrga tayyorlangan “O‘zbek xalq og‘zaki  poetik ijodi” kitobida ham  xuddi  shu
tasnifga   duch   kelamiz.   Ammo   O   .   Madayevning   “O‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodi”
kitobida  ushbu   tasnifning   boshqacharoq     ko‘rinishiga   duch   kelamiz   .  Ya’ni,   olim
14
 Заќириддин Мухаммад Бобур. Мухтасар, Т.  “ Фан ” , 1971, 172-бет.
15
  Алишер Навоий, Мезон ул-авзон, Асарлар, XIV том.   Т.: Ғ.Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти,
1967 . 180-бет.
16
 Алавия Музайяна ,  Халқ қўшиқлари . T .,1959.32 -б.
37 xalq   qo‘shiqlarini   quyidagi   turlarga   bo‘lib   tasnif   qilishni   maqsadga   muvofiq   deb
hisoblaydi. 
1 . Mehnat qo‘shiqlari .
2 . Mavsum – marosim qo‘shiqlari .
3 . Lirik ( ishqiy ) qo‘shiqlar .
4 . Tarixiy qo‘shiqlar. 
Maktab   darsliklrida   keltirilgan   lirik   asarlarni   ham   ayni   shu   janriy
bo‘linihlarga ko‘ra guruhlash maqsadga muvofiq. Ayni shunday bo‘linish maktab
adabiy   ta’limida   o‘quvchilarning   yosh   xususiyatlarini   hisobga   olish   imkoniyatini
vujudga keltiradi.
3 .2.  “ Adabiyot ”  dars lik larida lirik asarlarning berilishi
Maktab   darsliklarida  keltirilgan  xalq   qo‘shiqlari   asosan   mehnat   va  mavsum-
marosim qo‘shiqlaridan iborat. Biz boshlang‘ich sinfdan, to yuqori sinflarga qadar
bo‘lgan   “ O‘qish   kitobi”   va   “Adabiyot’’   darsliklarini   sinchiklab   tahlil   qilish
jarayonida   lirik   va   tarixiy   qo‘shiqlarga   urg‘u   berilmaganligiga   guvoh   bo‘ldik.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   6-sinflari   uchun   mo‘ljallangan   adabiyot
dasrligida   xalq   qo‘shiqlariga   umumiy   o‘quv   dasturidan   1   soat   ajratiladi.   Ushbu
qismda   ham   mavsum-marosim   qo‘shiqlari   keltiriladi.   Xalq   qo‘shiqlariga
bag‘ishlangan   nazariy   ma’lumotlar   qismida   esa   quyidagilarga   guvoh   bo‘lish
mumkin:  
Qo‘shiq-qadimiy   lirik   janr   hisoblanib,   kuyga   solib   aytishga   mo‘ljallab
yoziladi.   Qo‘shiq,   odatda,   ikki   xil   bo‘ladi:   xalq   qo‘shiqlari   va   yozma   adabiyot
namunasi   bo‘lgan   qo‘shiqlar.   Xalq   qo‘shiqlari   juda   qadimiy   tarixga   ega.   Ular
dastlab mehnat jarayonida   paydo bo‘lgan. Qo‘shiqlarda xalqning orzu-umidlari,
zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan 17
.
Ko‘rinadiki, nazariy ma’lumotlarda ham  xalq qo‘shiqlarining turi  va nazariy
asoslariga   emas,   balki   darslikda   keltirilgan   qo‘shiqlar   tahliliga   ko‘proq   o‘rin
beriladi. Shuningdek, qo‘shiqlar xalq qo‘shiqlari va kitobiy qo‘shiqlar deya 2 turga
17
  Ahmedov   S . ,   Qo’chqorov   R . ,   Rizayev   Sh.   Adabiyot.   Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablarining   6-sinfi   uchun
darslik.T. “Ma’naviyat”, 2017.
38 ajratilgan.   Ammo   ikkala   qo‘shiq   turining   bir-biridan   farqlanishi,   qaysi   jihatlari
bilan   o‘xshashligi   masalariga   qisqacha   bo‘lsa-da   to‘xtalib   o‘tilmagan.   Vaholanki,
xalq og‘zaki ijodi muayyan millatning eng qadimgi davrlardan buyon shakllangan,
uning   asliyatini,   milliy   mentalitetini,   milliy   ruhini   ko‘rsatuvchi   asosiy   ko‘zgudir.
O‘quvchi  bu ko‘zgu orqali ajdodlari, o‘tmishi  haqida tasavvurga ega bo‘lishi, uni
dilida   his   qilishi   lozim.   Masalaning   ana   shu   jihatlariga   urg‘u   bergan   holda
aytadigan bo‘lsak, xalq og‘zaki ijodi materiallari va ular haqida keltirilgan nazariy
ma’lumotlar   birmuncha   isloh   qilinsa   yanada   maqsadga   muvofiq   bo‘lar   edi.
Muzayyana Alaviyaning “Xalq qo‘shiqlari” deb nomlangan to‘plamida qo‘shiqlar
quyidagicha guruhlanganini ko‘rish mumkin:
1. Terma qo‘shiqlar. 
2. Xorazm qo‘shiqlari. 
3. Laparlar. 
4. Yor-yor
5. O‘lan
6. Bayt-g‘azal
7. Mehnat qo‘shiqlari
8. Alla
9. Yig‘i-yig‘loqlar
10. Baxshi sozlari. 
Yuqori sinflarda ham xalq qo‘shiqlarining ushbu guruhlariga izoh berilmaydi.
O‘quvchida   laparlar,   o‘lanlar,   yig‘i-yig‘loqlar   va   ularning   o‘ziga   xosliklari-yu
tafovutlari   haqida   tushuncha   bo‘lishi   lozim.   Boshlang‘ich   sinflar   uchun
mo‘ljallangan   o‘qish   darsliklarida   esa   bolalar   folklori   namunalari,   shuningdek,
maxsus   turga   kiruvchi   janrlarga   keng   o‘rin   beriladi.   Maktab   darsliklarida
keltirilgan xalq qo‘shiqlarini mavzu ko‘lamiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
1. Qushlar obrazi bilan bog‘liq qo‘shiqlar:
Chug‘ur-chug‘ur qaldirg‘och,
Eshigingni tezroq och. 
39 Mana mashoq, mana don,
Manziling shu xonadon. ( Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-
sinfi uchun O‘qish darsligi )
yoki
Laylak keldi ilon qoch,
Bola chaqang olib qoch. 
Eski to‘ning tashlab qoch,
Yangi to‘ning olib qoch   (Boshlang‘ich sinflarning  4-sinfi  uchun
O‘qish darsligidan )
2. Tabiat   hodisalarini   o‘zida   aks   ettiruvchi   qo‘shiqlar   darsliklarda   hajman
k o‘ p. 
Hilolajon, Hilola,
Tog‘ boshi to‘la lola. 
Qani chiqib bir dona
Terib oling-chi, bola. 
3. O‘simliklarni tasvirlovchi qo‘shiqlar ham salmoqli o‘rin egallaydi:
Boychechagim boylandi,
Qozon to‘la ayrondi. 
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovog‘ing vayrondi. 
Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yugurib chiqqan boychechak. 
Boychechakni tutdilar,
Tut yog‘ochga osdilar. 
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar. 
Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yugurib chiqqan boychechak. 
4. Ovutish-erkalash mazmunidagi qo‘shiqlar:
Alla, bolam, alla-yo,
40 Tog‘ yuraklim, alla-yo,
Õolis tilaklim, alla-yo. 
Alla, bolam, alla-yo,
Qo‘riqlovchi onang bor,
Allalovchi momong bor,
Shukur qilgin, bobong bor,
Alla, bolam, alla-yo,
Sharofatli zamonda
Iqboling kulsin, alla-yo (3-sinf O‘qish kitobi)
yoki
– Onajon, onajon!
Boshginam og‘riydi-ya. 
– Boshginangdan onang aylansin,
Nimalarga og‘riydi-ya?
– Bozorlarda bo‘lar ekan,
Zargarlarda turar ekan,
Uning oti tillaqosh,
O‘shanga og‘riydi-ya!
– Onajon, onajon!
Bo‘yniginam og‘riydi-ya. 
– Bo‘yniginangdan onang aylansin,
Nimalarga og‘riydi-ya? (6-sinf “Adabiyot” darsligi)
Lirik   janrdagi   asarlarni   mehnat   va   marosim   qo‘shiqlari   deb   ajratib,   ularga
chuqurroq izoh berishga  harakat  qilish  lozim. Bunda pedagogdan  kasbiy mahorat
talab   etiladi.   Sababi   mehnat   qo‘shiqlari   ham   qo‘shchi   qo‘shiqlari,   o‘rim
qo‘shiqlari, xirmon yanchish qo‘shiqlari, yorg‘ichoq qo‘shiqlari, chorvachilik bilan
bog‘liq   xo‘sh-xo‘sh,   turey-turey,   churey-churey   qo‘shiqlari,   kasb-hunar   bilan
bog‘liq urchuq, charx, bo‘zchi, kashta qo‘shiqlari singari ichki bo‘linishlarga ega.
Darsliklarda   mehnat   qo‘shiqlaridan   xirmon   yanchish   qo‘shiqlari   keltiriladi.
Aksariyat o‘rinlarda esa marosim qo‘shiqlariga urg‘u beriladi. 
41 Lirik   qo‘shiqlar   bir   kishi   yoki   bir   necha   kishi   tomonidan   ijro   etiladi.
Ko‘pincha bunday qo‘shiqlar  mustaqil to‘rtliklar tarzida uchraydi. Asosan bolalar
folkloriga   mansub   lirik   qo‘shiqlar   juft-juft   bo‘lib   aytishga   moslashgan.   Bolalar
folklori   xal q   og‘zaki   ijodining   ajralmas   turi   hisoblanib,   rang-barang   janrlardan
tarkib   topgan.   Bolalar   folklori   ifoda   xususiyati,   so‘zlarning   go‘zal,   sodda
tanlanishiga   ko‘ra   katta   yoshlilar   folkloridan   farq   qiladi.   Unda   bolalarning   ruhiy-
psixologiyasini   o‘zida   mujassam   etgan   turli   g‘oyalar   o‘z   aksini   topadi.   Bolalar
folklorini mazmuniga ko‘ra uch yirik guruhga ajratish mumkin:
1)   Chaqaloqlarni   tinchlantirish,   ovutish   va   erkalash   maqsadida   kattalar
tomonidan ijod qilingan onalarning erkalovchi qo‘shiqlaridir. 
2)   Dastlab kattalar og‘zaki ijodida mavjud bo‘lgan, so‘ngra bolalar tomonidan
o‘zlashtirilgan mavsum-marosim qo‘shiqlari;
3)   Bolalarning   o‘yin   jarayonida   va   o‘yindan   tashqari   vaqtda   aytiladigan
bolalar qo‘shiqlari 18
.
Xalq   qo‘shiqlarida   asosiy   maqsad   oxirgi   misrada,   ba ’ zan   3-4-misralarda
ifodalanadi.   Inson   qaysi   vosita   bilan   bo‘lmasin,   o‘zining   his-tuyg‘usini,   ichki
kechinmalarini, ruhiy holatini izhor qilar ekan, lirik asar namunasi vujudga keladi.
Shuning uchun ham ayrim iqtidorsiz shaxslarning ma’nosiz qofiyalar yig‘indisidan
iborat   she’riy   asarlarini   lirika   namunasi   deb   bo‘lmaydi.   Haqiqiy   ma’nodagi   lirik
asar  insonni  loqayd qoldirmaydi, unga ma’naviy huzur bag‘ishlaydi, estetik rohat
beradi. Xalq og‘zaki ijodidagi har bir lirik qo‘shiq qachonlardir dil so‘zlarini aytish
bilan   ruhiy   olamidagi   o‘zgarishlarni   bildirmoqchi   bo‘lgan   yigit-qizlarning   qalb
daftaridagi   muhrlangan   misralardan   iborat.   Hatto   bolalar   folkloriga   mansub
allalarni   olasizmi,   “Boychechak”,   “Oftob   chiqdi   olamga”   qo‘shiqlarini   olasizmi,
lirik asarlar talabiga javob berishi shart deb hisoblash kerak. 
Maktab darsliklarida keltirilgan xalq og‘zaki ijodi na’munlari  ham xuddi ana
shunday   mavzu   yo‘nalishlarida   keltiriladi.   Boshlang‘ich   sinflarda  asosan,   maxsus
turga   kiruvchi   maqol,   topishmoqlar   bilan   bir   qatorda,   ko‘proq   mavsum
qo‘shiqlariga   urg‘u   beriladi.   Bolalar   og‘zaki   ijodi   o‘ziga   xos   yo‘nalish   bo‘lib,
18
 Musurmonov E. O’zbek folklori. Samarqand. 2017. 31-bet
42 uning   o‘ziga   xos   tarixiy   ildizlari,   ilmiy   asoslari   haqidagi   dastlabki   ma’lumotlar
Mahmud   Qoshg‘ariyning   “Devoni   lug‘otit   turk”   asarida   uchraydi.   Asarda
“Kuchirma   o‘yin”,   “O‘t   bandal”,   “O‘n   to‘rt”   kabi   o‘yinlar   haqida   ma’lumotlar
keltririlib ularda aytiladigan qo‘shiqlar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi 19
.
Darsliklarda x alq qo‘shiqlarida n  quyidagi qo‘shiq o‘rin oladi:
Qo‘shiqlar
Mustaqil, hur Vatanda
O‘ynab kulaman, deyman. 
Vatanimni yashnatib,
Doston qilaman, deyman. 
Mehnat qilib yurtimda,
Bog‘-u bo‘ston yaratib,
Bulbullarni sayratib,
Gulzor qilaman, deyman. 
Mustaqil, hur Vatanda
Keling, do‘stlar, o‘ynaylik. 
Ozod diyor yallasin
Birgalikda kuylaylik. 
Darslikning   avvalgi   nashrida   ushbu   qo‘shiq   o‘rnida   “Hey   lola”   xalq
qo‘shig‘i keltirilgan edi:
Tom boshida nelar bor, hey lola,
O‘rdak bilan g‘ozlar bor hey lola
O‘rdak ketib g‘oz qolsin, hey lola,
Dushman ketib do‘st qolsin, hey lola. 
Hilolajon, Hilola,
Tog‘ boshi to‘la lola,
Qani chuqib bir dona
Terib kelginchi, bola 20
.
19
 Маҳмуд Кошғарий.Девону луғотит турк.1-жилд.-Тошкент 1960. 445-452 -Б
20
  M.   Umarva,   X.   Hamroqulva,R.   Tojiboyeva.   O’qish   ki tobi.   Umumiy   o’rta   ta’lim   maktabnlarinining   3-   sinfi
uchun darslik. Toshkent-O’qituvchiNMIU,2008.
43 Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   4-sinflari   uchun   mo‘ljallangan   o‘qish
kitobi   darsligida   “Xalq   og‘zaki   ijodi”   deb   nomlangan   alohida   bo‘lim ,   xalq
qo‘shiqlariga bag‘ishlanadi. Bo‘limning o‘zi 5 qismdan iborat: 1- qism “Qo‘shiqlar
qanotida” deb ataladi. Bunda “Boychechak”,“Oftob chiqdi olamga”, “Xo‘p hayda”
qo‘shiqlari   berilgan   Bu   bobda   “Boychechak”,   “Oftob   chiqdi   olamga”,   “Xo‘p
hayda”   singari   mavsum-marosim   qo‘shiqlari   keltiriladi.   Ushbu   qo‘shiqlar
dastavval kattalar tomonidan yaratilgan va aytilgan. Keyinchalik esa muayyan bir
mavsumda   bolalar   tomonidan   aytiladigan   qo‘shiqlarga   aylanadi.   Ushbu   lirik
qo‘shiqlarda   qadim   xalqning   ezgulikka,   mo‘jizalarga   ishonishi,   mehr-shafqat,
mehnatkashlik singari ezgu g‘oyalar mujassamlashadi. Ushbu qo‘shiqlarda bolalar
ruhiyatiga   xos   bo‘lgan   ohangdorlik   yetakchilik   qiladi.   Bolalar   mavsum-marosim
folklori kattalarnikidan farq qiladi. 
Yuqori   sinflarda   faqat   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   6-sinflari   uchun
mo‘ljallangan     “Adabiyot”   darsligida   1   soat   ajratilgan.   Darslikda   “Boychechak”,
“Chittigul”,   “Boshginam   og‘riydi”   qo‘shiqlari   keltirilgan.   Savol-javob   yoki
muloqot   negizida   qurilgan   xalq   qo‘shiqlari   ham   mavjud   bo‘lib,   bunga   “Yor,
nimalar   devdim   sizga?”,   “Boshginam   og‘riydi”   ,   “Qoshingni   qaro   deydilar”   kabi
aytishuv xarakteridagi laparlar yorqin misol bo‘la oladi. Chunonchi, umumiy o‘rta
ta’lim   maktbalarining   6-sinflari   uchun   mo‘ljallangan   adabiyot   darsligida   berilgan
quyidagi qo‘shiq ayni shu shaklda qurilgan
  “ Boshginam   og‘riydi ”   qo‘shig‘i   ona   va   qizning  savol   va   javoblari   zamirida
qurilgan:
  —   Onajon, ona!  Boshginam og‘riydi. 
  —   Boshginangdan onang aylansin, 
Nimalarga og‘riydi? 
—   Bozorlarda bo‘lar ekan, 
Zargarlarda turar ekan. 
Uni (ng) oti tillaqosh, o‘shanga og‘riydi.
Xullas,   lirik   janrga   asrlar   davomida   xalq   og‘zaki   ijodidagi   qalb   izhorini
ifodalovchi   asosiy   janr   sifatida   yashab   kelgan   so‘z   durdonalaridir.   Ular   mavzu
44 yo‘nalishiga   ko‘ra   ham   xalqning   nolalari,   istaklarini   o‘zida   mujassam   etadi.
Qo‘shiq   qaysi   tarixiy   sharoitda,   qanaqa   munosabat   bilan   yaratilgani   —   uning
ruhiyatidan bilinib turadi. Shoirlar xalq qo‘shiqlaridan ijodiy ta’sirlanib, ular shakli
va   ohangini   stilizatsiya   qilgan   holda   she’rlar   yozishmoqda.   Buning   natijasida
o‘zbek   she'riyatida   she'riy   topishmoq,   baxshiyona   singari   badiiy-kompozitsion
folklorizmlar,  xalq  qo‘shiqlari   vazni, motivi   va ohangida  bitilgan hamda  ulardagi
poetik   obrazlardan   ijodiy   foydalanib   yaratilgan   badiiy     ma’naviy   folklorizmlar
tobora chuqurlashib, sayqallanib bormoqda. Ayni chog‘da bunday xalqona ruhdagi
qo‘shiqlar tez ommalashib ketishi shubhasiz. 
Liro-epik   janrdagi   asarlar   o‘zida   ham   lirik,   ham   epik   xarakterni
birlashtiruvchi   asarlardir.   Bunday   janrdagi   asarlarga   qasida,   masal,   doston   kabi
asarlar   kiradi.   Maktab   darsliklarida   asosan   doston   va   masallarga   o‘rin   beriladi.
Liro-epik   janrdagi   asarlardan   asosan   dostonlar   keltiriladi.   7-sinf   “Adabiyot”
darsligida   “Ravshan”   dostoni,   8-sinf   adabiyot   darsligida   “Kuntug‘mish”,   9-sinf
“Adabiyot”   darsligida   “Alpomish”   dostoni   11-sinf   “Adabiyot”   darsligida   esa
“Go‘ro‘g‘li”   dostoni   keltiriladi.   “ Doston”   so‘zi   “Qissa ” ,   “ Hikoya”,   “ Ta’rif”,
“ Maqtov”,   “ Shon - shuhrat”,   “ Sarguzasht”   ma’nolarida   ishlatiladi.   U   adabiy   atama
sifatida   yirik   hajmli,   liro-epik   asarlarni   anglatadi.   Dastlab   xalq   og‘zaki   ijodida
shakllangan   bu   janr   kiyinchalik   yozma   adabiyotda   ham   salmoqli   o‘rin   tutgan.
Biroq   yozma   va   og‘zaki   adabiyotdagi   dostonlar   hayotni   tasvirlash   vositalari   va
usullari   jihatidan   bir-birlaridan   jiddiy   farq   qildi.   Xalq   og‘zaki   ijodida   doston
o‘tmish   zamonlar   to‘g‘risida   qahramonlik   idealiziatsiyasi   ko‘lamidagi   hikoyalar
rivoyatlardir.   V.   M.   Jirmunskiyning   yanada   aniqroq   ifodasiga   ko‘ra   “Epos   –bu
xalqning qahramonlik idealizatsiyasi ko‘lamidagi jonli o‘tmishdir”. Uning ilmiy –
tarixiy   qimmati,   ayni   paytda   juda   katta   ijtimoiy,   ma’daniy   tarbiyaviy   ahamiyati
ham shundadir”. 
M.   Saidovning   takidlashicha,   doston   murakkab   san’at   asari   bo‘lib,   uning
doston   bo‘lishi   uchun   adabiy   matn,   musiqa   bo‘lishi,   kuylovchi   hofizlik   san’atini
puxta egallagan  va  soz  cherta  bilishi  zarur. Bu  ta’riflarda qarama  –qarshilik yo‘q
va biri ikkinchisini to‘ldiradi. Birida dostonnig epik voqelikka munosabati nazarda
45 tutilsa   ikkinchisida   folklorning   spesifikasi,   dostonlarning   sinkretik   xarakteriga
e’tibor beriladi. V. M. Jirmunskiy va H. T. Zarif ta’rifida xalq dostonlarining bosh
xususiyatlari,   M.   Saidov   nazarda   tutgan   adabiy   matnning   asosiy   belgisi,   ya’ni
dostonlarning   mazmunan   qahramonlik   xarakterga   ega   bo‘lishi   va   ular   afsonaviy
bahodirlar,   ulug‘   shaxslar   haqida   epik   idealizatsiya   doirasida   to‘qilgan   rivoiy
asarlar   ekanligi   birinchi   o‘ringa   qo‘yilgan.   Bu   tarifda   dostonning   o‘tmish   bilan
xalq   tarixi   bilan   mahkam   bog‘liqligi   ham   o‘ziga   xos   ravishda   hisobga   olingan.
Chindan   ham   dostonlarda   tarixni   xalqona   tushunish,   uni   jonlantirish   mavjud.
Ularda xalqimiz boshidan kechirgan ijtimoiy–siyosiy voqealarning   etnik birlik va
mustaqillik   uchun   olib   borilgan   kurashlarning   tarixiy   mohiyati   badiiy   bayon
etilgan.   Liro–epik   janrdagi   asarlarning   berilishi   7-sinfdan   boshlanadi.   Soatlar
taqsimotiga qaraydigan bo‘lsak quyidagi holatni ko‘rish mumkin:
7-sinfda Xalq og‘zaki ijodiga ajratilgan soatlar:
- “Ravshan” dostoni-1 (soat);
- Doston matni ustida ishlash -1 (soat);
- Timsollar tahlili-1 (soat) ;
- Nazariy ma’lumot: Badiiy obraz va mubolag‘ali tasvir  -1 (soat) ;
- 3-nazorat ishi. Insho va tahlil:  “ Ravshan timsoliga tavsif ” -1 (soat) ;
- Insho tahlili-1 (soat);
- Sinfdan tashqari o‘qigan asarlar yuzasidan suhbat-1 (soat).  
Umumiy-7 soat. 
8-sinfda liro-epik janrdagi xalq og‘zaki ijodi namanalariga ajratilgan soatlar:
- “Kuntug‘mish” dostoni-1 (soat);
- Doston matni ustida ishlash-1 (soat);
- Nazariy ma’lumot-1 (soat);
- 1-nazorat ishi .  Insho. “Kuntug‘mish va Xolbeka timsollariga tavsif”;
- Insho yozish-1 (soat);
- Insho yozish-1 (soat).  
Umumiy - 6 soat. 
9-sinfda liro-epik janrdagi xalq og‘zaki ijodi namunalariga ajratilgan soatlar:
46 - “Alpomish” dostoni-1 (soat) ;
- Dostondagi timsollar tahlili-1 (soat) ;
- Matn bilan ishlash-1 (soat) ;
- Dostonda o‘zbek milliy ruhiyati va urf-odatlari tasviri-1 (soat ;
- Nazariy ma’lumot. Xalq dostonlari va ularning turlari-1 (soat ;
- 1- nazorat ishi. Ijodiy ish. Dostondan olgan taassurotim-1 (soat
- Nazorat ishi tahlili-1 (soat) .
Umumiy-7soat. 
10-sinfda   liro-epik   janrdagi   xalq   og‘zaki   ijodi   namanunalariga   ajratilgan
soatlar:
- “Ravshan” dostoni-1 (soat) ;
- Doston matni bilan ishlash-1 (soat) ;
- Savol-topshiriqlar bilan ishlash. Nazariy ma`lumot-1 (soat) ;
Umumiy -3 soat
11-sinfda   liro-epik   janrdagi   xalq   og‘zaki   ijodi   namanunalariga   ajratilgan
soatlar:
- “Go‘rog‘lining tug‘ilishi” dostoni-1 (soat) ;
- Doston syujetining o‘ziga xosligi-1 (soat);
- “Go‘rog‘lining tug‘ilishi”  dostoni haqida ma’lumot-1 (soat) ;
- Dostonning   badiiy   xususiyatlari.   Dostonning   badiiy-estetik   hamda
tarbiyaviy ahamiyati-1 (soat) .  
Umumiy -4 soat. 
Ushbu   ma’lumotlarga   diqqat   qiladigan   bo‘lsak,   har   bir   dostondan   so‘ng
matn   bilan   ishlash   uchun   alohida   soat   ajratiladi.   Bunda   nafaqat   dostonning
mazmunini bayon etish, balki uni tahlil qilish ham talab etiladi. 
O‘zbek xalq dostonlari repertuariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Go‘ro‘g‘li
turkumiga   kiruvchi   qator   dostonlar   mavjud.   Ularning   har   birida   xalqimizning
o‘ziga   xos   milliy   qadriyatlari   aks   etadi .   O‘zbek   xalqi   og‘zaki   ijodi   juda   uzoq
tarixga   ega.   Og‘zaki   ijodning   qadimdan   shakllangan   janri   dostondir.   U   eng
47 murrakkab,   yirik   va   keng   tarqalgan   shakllardan   hisoblanadi.   Xalq   dostonlari
qahramonlari   muayyan   ma’noda   o‘sha   xalqning   umumlashma   obrazi   bo‘lib,
ular timsolida xalq o‘zining ertangi kunini ko‘radi. E’tibor qaratadigan bo‘lsak,
xalq dostonlarida qahramonlarning ot bilan bog‘liq tasvirlari ko‘plab uchraydi.
Ular safar  oldidan ot egarlash, ota-onadan oq fotiha olish qahramon va otning
uzoq   safar   davomidagi   holati,   poygada   qatnashishi,   dushman   bilan   jang   olib
borishi   kabi   lavhalar   ko‘chib   yuruvchi   barqaror   an’anviy   shakllar   hisoblanib,
ular   har   bir   dostonda   o‘ziga   xos   tarzda   talqin   etiladi.   Bu   tasvirni   maktab
darsiklarida   kelirilgan   “Kuntug‘mish”   (Zangar   yurtiga   ketishi);   “Ravshan”
(Zulxumorni   izlab   yo‘lga   chiqishi);   “Alpomish”   (Barchinoyni   talashdan
qutqarish   uchun   Qultoydan   ot   olishi,   yoki   Boychibor   bilan   poygada   ishtirok
etishi)   kabi   holatlarda   ko‘rish   mumin.   Vaholanki,   qahramon   va   otning   birga
tasvirlanishi   va   bu   dost o nlarda   ko‘p   uchrashi   be’jiz   emas.   Adabiyot
o‘qituvchisidan   har   bir   dostonga   ajratilgan   soatlarda   ushbu   tasvirning
mohiyatini o‘quvchilarning mustaqil fikrlarini so‘ragan holda tushuntirishi, izoh
berishi talab etiladi. Aynan ana shunday tasvirlarga bag‘ishlangan T. Mirzayev,
S.   Mirzayeva   kabi   folklorshunoslar   tomonidan   tadqiqotlar   ham   yaratilgan 21
.
Ushbu tasvirlarning maktab darsliklarida keltirilgan qismiga diqqat qilamiz:
…Bekning oti po‘lat suvluq chaynadi,
Qizil kiyib, gulday bo‘lib jaynadi. 
. . Tomosha qing Chambilning shunqorini,
Mindi yigit Jiyronqushday otini 22
.
              Ushbu parchada Ravshannning Zulxumorni izlab safarga chiqish sahnasi
ifodalandi.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   9-sinfi   uchun   mo‘ljallangan
“Adabiyot”   darsligida   keltirilgan   “Alpomish”   dostonida   esa   quyidagi   tasvirga
duch   kelamiz:   “...Otning   tizginini   akasining   qo‘lidan   olib,   sag‘risini   silab,
uyoq-buyog‘iga     qarab:   “Xafa   bo‘lma,   bu   oting,   balki   tulpor   chiqar,   yomon
21
  Қаранг :  Мирзаев Т .  “ Алпомиш”д o стонининг ўзбек вариантлари. Т .:  “   Фан” 1968
Мирзаева С. Ўзбек халқ романик достонлари поэтикаси .  Т.  “  Фан” 2004
22
  Yo’ldoshev Q., Qosimov B, Qodirov B.,Yo’ldoshbekov J. Adabiyot. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-
sinfi uchun darslik majmua.T. “SHARQ”-2017 
48 dema.   Bul   oting   nazarkardadir.   Buni   mingan   odam   ko‘p   yerlarni   ko‘radi,
maqsadini haqdan topib oladi ” 23
. 
Bundan   tashqari,   “Dalli”,   “Malika   ayyor”,   “Go‘rog‘lining   tug‘ilishi”   kabi
dostonlarda ham ana shunday tasvirlar uchraydi. Xususan:
Jonim G‘irot, molim g‘irot,
Yeming kishmish, to‘rvang banot,
Seni mingan topar murod,
Dam-badam yetkiz Chambilga. 
Dostonlarda ot va qahramon obrazlari yonma-yon kelishi be’jiz emas. Turkiy
xalqlarda   ot   yigit   kishining   asosiy   hamrohi,   sodiq   do‘sti,   mardligi   va   tantiligi
timsoli bo‘lib keladi. Dars jarayonida masalaning ana shu jihatlariga ham alohida
diqqat qaratish lozim. Bu xalqning o‘ziga qiyofasi o‘quvchi ongida gavdalanishi va
tasavvur hosil qilishiga yordam beradi. 
Shunday qilib, dostonlar haqiqiy va ideal tarix ni   birlashtirib chatishib ketgan
olamshumul   voqealarni   tasvirlagan,   xalqimizning   axloqiy,   falsafiy,   diniy
qarashlarni,   hayoti,   urf - odatlari n i   qomusiy   bir   tarzda   ifodalagan   o‘tmish
yodnomalaridir. Dostonlarda tarixiy voqelik xalq fantaziyasi asosida umumlashgan
obrazlarda   o‘z   ifodasini   topadi.   Binobarin,   ularda   epik   umumlashtirish   xalqning
ijtimoiy   adolat   haqidagi   ideallari   va   orzu   umidlari   bilan   yo‘g‘rilgan.   Demak,
dostonga   epiklik   monumentallik   xos   bo‘lib,   kompozitsion   va   syujet   qurilishi
jihatidan   murakkab   voqea-hodisalarni   qamrab   oladi.   Bunday   voqea   va   hodisalar
mazmunan   qahramonlik   xarakteriga   ega   bo‘lib   ular   xalq   ideali   atrofiga
birlashtiriladi. 
Favqulodda kuch–qudratga bunday yakka shaxslarda butun bir xalqning orzu-
umidlari   imkoniyat   va   intilishlari   mujassamlashgan.   Xalq   dostonlarining   janr
xususiyatlari   uning   o‘ziga   xos   uslubi   va   badiiy   shaklini   belgilaydi,   ya’ni   kuy   va
ijro   bilan   mahkam   bog‘liq   bo‘lgan   yirik   hajmli   va   keng   ko‘lamli   dostonlarning
poetik   bayoniga   ko‘tarinkilik,   tantanavorlik,   an’anaviylik   she’riy   va   prozaik
23
  Yo’ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov B.,Yo’ldoshbekov J. Adabiyot. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-
sinfi uchun darslik majmua.   T. “Yangiyo’l poligraf servis”-2017 
49 qismlarning   davomiy   almashinib   kelishi   xosdir.   O‘zbek   xalq   dostonlarida   juda
uzoq   tarixiy   taraqqiyot   bosqichlarini   bosib   o‘tdi.   Uning   eng   qadimgi   namunalari
saqlanib   qolmagan.   O‘tgan   davrda   yozib   olingan   dostonlargina   bu   janrning   ko‘p
davrlar   osha   xalq   baxshilari   hofuzlar,   tamonidan   og‘zaki   ravishda   muayyan
o‘zgarishlar bilan bizgacha yetib kelganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham
ularni baxshilar faoliyatidan ajratib o‘rganish mumkin emas. 
O‘zbek   xalq   dostonlari   nihoyatda   ko‘p   tarkibli   bo‘lib,   uzoq   asrlar   davomida
yaratildi   va   turli   ijtimoiy–iqtisodiy   sharoitlarda   kuylanib   keldi.   Bu   hol   ularni
muayyan   turlarga   bo‘lib   o‘rganishni   taqozo   etadi.   Dostonlar   dastlab   V.   M.
Jirmuniskiy   va   H.   T.   Zarifov,   k e yinroq   M.   S.   Saidov,   B.   I.   Sarimsoqovlar
tomonidan   tasnif   qilindi.   Jumladan,   V.   M   Jirmunskiy   va   H.   T.   Zarif   o‘zbek   xalq
dostonlarini qahramonlik, jangnoma, tarixiy, romantik hamda kitobiy kabi turlarga
ajratadilar.   M.   S.   Saidov   esa   o‘zbek   og‘zaki   an’anaviy   dostonlarini   qahramonlik,
sof muhabbatni kuylovchi romantik jangnoma va tarixiy kabi turlarga ajraladi. B. I.
Sarimsoqov   esa   xalq   dostonlarining   tarixiylik   tamoyillariga   asoslanib,   ularni
qahramonlik   romantik   va   tarixiy   kabi   uch   turga   bo‘ladi.   Uning   tasnifiga   ko‘ra,
jangnoma va kitobiy dostonlar romantik dostonlarning bir ko‘rinishi  hisoblanadi . 
Darhaqiqat,   eposning   tarixiylik   tamoyillari   voqelikni   aks   ettirish   tarzi   xalq
dostonlarini qahramonlik, romantik va tarixiy dostonlar kabi uch yirik turga bo‘lib
o‘rganish zarurligini taqozo etmoqda. Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tomonidan
kuylangan.   Ular   hozir   ham   baxshi,   oqim,   shoir   nomlari   bilan   ataladi.   Xalq
dostonlarining matni nazmiy va nasriy parchalardan iborat bo‘lib, mavzusiga ko‘ra
xilma xildir. Boshlang‘ich   sinflarda asosan:
1. Qahramonlik dostonlari .
2. Jangnoma dostonlar o‘rganiladi. 
Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   9-sinflari   uchun   mo‘ljallangan
“Adabiyot’’   darsligida   esa   dostonlar   mavzusiga   ko‘ra   Qahramonlik,   jangnoma,
ishqiy-sarguzasht   singari   turlarga   ajratiladi.   Yana   shuni   ham   alohida   ta’kidlab
o‘tish   kerakki,   kitobiy   dostonlar   va   xalq   og‘zaki   ijodiga   kiruvchi   dostonlarni
o‘zaro farqlash kerak. 
50 Xalqning qahramona kurashlari ,  qahramonlik dostonlarining paydo bo‘lishiga
sabab   bo‘lgan.   “ Alpomish ”,   “ Yodgor ”   kabi   xalq   qahramonlik   dostonlaridan
fantaziya  va romantik tasvirning kuchli  bo‘lishiga  qaramay,  ularning asosini  xalq
hayoti va kurashi, uning orzu armonlari tashkil etadi. Xalqqa   xos insonparvarlik,
qahramonlik     vatanparvarlik,   mardlik,   mehnatsevarlik,   do‘stlik   va   sadoqat   kabi
oliyjanob fazilatlar xalq dostonlaridagi qahramonlar obrazida mujassamlashgan. 
Qahramonlik   dostonlari.   O‘zbek   xalq   dostonchiligi   taraqqiyotida   ko‘pgina
qatlamlar   bo‘lsa-da,   ayniqsa,   ikki   qatlam   davomiy   ikki   bosqich   qahramonlik   va
ramontik   dostonlar   bosqichi   alohida   ajralib   turadi.   O‘zlarining   yaratilishi   davri,
mundarijasi, g‘oyaviy mazmuni ijtimoiy voqelikni tasvirlash tamoyillari bilan ham,
bu dostonlar bir –birlaridan jiddiy farq qiladi. Biroq ular bir necha asrlar davomida
baxshilar tomonidan baravar kuylab kelingan, shuning uchun ham bu xil dostonlar
orasida   muayyan   yaqinliklar   mavjud.   Demak,   biriga   xos   xususiyatning
ikkinchisida zohir bo‘lishi, sof qahramonlik dostonlariga xos belgilarning keyingi
o‘rinda   surila   borishi,   qahramonlik   dostonlaridan   romantik   motivlar   va
epizodlarning   o‘rin   olishi   tabiiy   edi.   Qahramonlik   dostonlari   bizgacha   sof   holida
“Alpomish”   misolida yetib kelgan. 
Romantik dostonlar. O‘zbek xalq baxshilari repertuaridagi dostonlarning eng
katta   qismi   romantik   dostonlardir.   “Xalq   romani”,   “Romantik”   terminlar
turkologiyada shartli ravishda qabul qilingan bo‘lib, ular og‘zaki yaratilgan, ba’zan
kelib   chiqishi   jihatidan   kitobiy   manbaga   ega   bo‘lgan   va   og‘zaki   ijro   etilgan
muayyan dostonlar guruhini bildiradi. O‘zbek baxshilari repertuarida jangnomalar
nihoyatda  ozchilikni   tashkil   etadi.   Urug‘   qabila   yoki   xalqning   mustaqilligi   uchun
olib   borilgan   janglarni   tasvirlovchi   jangnomalar.   Romantik   dostonlarning
qahramonlik–romantik turiga mansub asarlarda qahramonlik yo‘nalishi yetakchilik
qiladi, ya’ni ularda sevgi mojorolariga nisbatan qahramonlik yo‘nalishi yetakchilik
qiladi.   “Go‘ro‘g‘li”   turkumi   dostonlarining   ko‘pchiligi   bunga   yorqin   misoldir.
Boshlang‘ich   sinf o‘qish darsliklarida doston janriga ham o‘rin berilgan. 
3-sinf     “O‘qish kitobi”da     “Alpomish ” ,   “ Rustamxon ”   dostonlaridan parchalar
berilgan   bo‘lsa,   o‘quvchilarga   doston   haqida   beriladigan   ma’lumot   “Rustamxon”
51 dostoniga   bog‘liq   holda   bayon   etiladi.   Darsda   o‘qituvchi   doston   haqida   quyidagi
ma’lumotlarni   beradi:   Boshlang‘ich   sinflarda   dostonlardan   berilgan   parchalarda,
asosan,   qahramonlarning   bolalik   davri   aks   etgan   epizodlar   keltiriladi.   Bunda
bolalarni   qahramonlikka,   vatanga   sadoqatli   bo‘lishga   chorlovchi   voqealar
tasvirlanadi.   3-sinf   darsligidan   o‘rin   olgan   “Rustamxon”,   “Alpomish”   dostonlari
xalq og‘zaki ijodi mahsuli bo‘lganligi uchun muallif haqida ma’lumot berilmaydi.
Faqat   bu   dostonlar   o‘rganiladigan   darslarda   dostonni   qo‘shiq   qilib   aytadigan
baxshilar   haqida   ma’lumot   berish   mumkin.   Qahramonlik   dostonlari   tahlilida
voqealar   rivojiga   qahramonlar   hayotiga   alohida   e’tibor   qaratiladi.   Dostondagi
mubolag‘a favqulotda yuz beradigan vaziyatlar aniqlanadi, doston qahramonlariga
tavsif  berish va tarbiyaviy xulosa chiqarishda  o‘quvchilarning mustaqil  mulohaza
yuritishlari   uchun   sharoit   yaratiladi.   Bu   dostonni   quyidagi   tartibda   o‘rganish
mumkin . 
1. 3-sinfda doston haqida olingan bilimlar esga olinadi va to‘ldiriladi .
2.   “ Alpomish”   dostoni   xalq   og‘zaki   ijodi   mahsuli   bo‘lganligi   uchun   muallif
haqida ma’lumot berilmaydi .
3. O‘qituvchi dostonni ifodali o‘qib beradi .
4.  D oston yuzasidan dastlabki suhbat o‘tkaziladi,   suhbatda o‘quvchilarga
q uyidagi   savollar   bilan   murojaat   qilinadi:   doston   haqida   yana   nimalarni   bilib
oldingiz va hok a zo ;
5. Doston qismlarga bo‘linib,   o‘quvchilarga o‘qitiladi .
6. Doston mazmuni to‘liq qayta hikoya qildiriladi. 
Bunda bir o‘quvchi mazmunini gapirib berish yoki bir necha o‘quvchi ketma–
ket davom ettirishi mumkin. 
7.   Doston   matni   ustida   ishlashda   dostondagi   badiiy   vositalarga   e’tibor
qaratiladi,   asar   mazmuni   yuzasidan   savol   topshiriqlar   tuzish   dostonning   ba’zi
epizodlariga   rasmlar   chizdirish,   dostonga   reja   tuzish   kabi   ish   turlarida
foydalaniladi. Yuqoridagilarni  hisobga olib dostonni o‘rganish, darsining qurulishi
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
52 1.   Tayyorgarlik   ishlari   (bunda   doston   xususiyatlari   va   qaysi   sinfda
o‘qitilishiga mos ravishda ish turlari tanlanadi).
2. Dostonni o‘qituvchi ifodali o‘qishi yoki baxshi aytganini eshittirish.
3. Dostonni qismlarga bo‘lib o‘qish .
4. Dostonni mazmunini tahlil qilish .
5 .  Dostonda o‘quvchilar tushunishi qiyin bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalarning
ma’nosi ustida ishlash .
6 .  Dostondagi badiiy san ’ atlar ustida ishlash .
7 .  Dostonni qismlarga bo‘lish va reja tuzish .
8 .  Dostonni to‘liq va qayta hikoyalash .
Yuqori   sinflarda   berilgan   dostonlarni   o‘qitishda   kengroq   yondashish   talab
etiladi.   Umumiy   soatlarda   ajratilgan   mavzularga   qaraydigan   bo‘lsak,   doston
mavzusidan   so‘ng,   doston   matni   ustida   ishlash   uchun   alohida   soat   ajratiladi.
Doston  matni  bilan  ishlash  jarayoinida  uni   qayta  bayon etish,  mazmunini   so‘zlab
berishgina   emas,   balki   uning   mohiyatini   tushunish,   ham   leksik-semantik,
morfologik   jihatdan   o‘ziga   xosliklarini   tahlil   etishga   e’tibor   qaratiladi.   Tilshunos
olim   I.   K.   Mirzayev   ta’lim   tizimga   joriy   etishni   maqsad   qilgan   va   uning   nazariy
asoslarini   ishlab   chiqqan   “Tahliliy   o‘qish”   metodi   aynan   dostonlarni   o‘rganishda
qo‘l   keladi.   Yuqori   siunflarda   dostonlarni   o‘qitish   bosqichlarini   quyidagicha
qismlarga bo‘lish mumkin:
1. Dostonni qismlarga bo‘lib o‘qib chiqish .
2. Dostonning o‘ziga xos leksik xususiyatlarini o‘rganish.
3. Dostonning sintaktik xususiyatlarini o‘rganish.
4. Obrazlar tizimiga alohida to‘xtalib o‘tish.
Umumiy  o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun mo‘ljallangan “Adabiyot”
darsligida   keltirilgan   “Ravshan”   dostonidan   olingan   ushbu   parchaga   diqqat
qilamiz:   “ Burungi   o‘tgan   zamonda,   eli   yurti   tomonda.   Buxoro   tumanda,   Taka-
Yovmit   deganda,   Yovmit   elida   Chambilning   belida   Go‘ro‘g‘libek   davini   surib,
dushmanning  dodini  berib   o‘tdi”.   Ushbu  matndan   izoh  talab  etiladigan  qismlarni
olamiz
53 a) Burungi (qo‘llanish doirasi chegaralangan so‘z)  -avval, oldin ma’nolarida;
b) Tumanda (Omonimlik xarakteriga bo‘lib, tuman 3ta ma’noda qo‘llaniladi)
c) Chambilning belida (chambilbel tarzida qo‘llaniladi)
d) Yovmit   eli.   Yovmit   eli   aynan   qaysi   hududlarga   to‘g‘ri   kelishi   haqida
ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim. 
Ma’lumki, xalq dostonlarida sa’j usuli keng qo‘llaniladi. Bu usul dostonlarda
soddalik va ravonlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu usul haqida umumta’lim
maktablarining 7-sinflari uchun mo‘ljallangan adabiyot darsligida qisqacha nazariy
ma’lumot   keltiriladi.   “Ravshan”   dostoni   qofiyali   nasr   (saj)ning   go‘zal
namunasidir.   Deyarli   har   bir   nasriy   parcha   –   qofiyali.   Dostonning   vazni   ham
o‘ziga xos. She’riy qismi asosan yetti, sakkiz va o‘n bir bo‘g‘inli barmoq vaznida.
Baxshi   qahramonning   ruhiy   holati,   his-hayajoni,   voqea   rivojining   sur’atiga   mos
tasvir   yo‘sinini   topadi.   Sakkiz   bo‘g‘inli   vazn   urush   va   jangovarlik   holatiga   juda
mos keladi: 
Keling, kallar, keching jondan, 
Umiding bo‘lsa maydondan. 
Siz bir yondan, men bir yondan,
  Ot qo‘y g‘animning ustiga. 
Asarda tasvir etilayotgan voqea yo harakat sur’ati tezlashgan holatlarda esa
yetti bo‘g‘inli she’rlardan foydalaniladi: 
Qush uchmagan cho‘llardan,
  So‘na yuzgan ko‘llardan, 
Odami yo‘q yo‘llardan, 
  Dim uchi yo‘q cho‘llardan, 
Tomosha qing, mard Hasan 
Qistab o‘tib boradi. 
            Bunday o‘rinlarda tinglovchi o‘zini go‘yo asar qahramoni bilan yonma-yon
ot   qo‘yib   borayotganday   his   etadi.   Shoir   qahramonlar   ruhiy   holatini   chuqur   his
etadi   va  uni   doston  tinglovchilariga   ham  yuqtira  biladi.  Dostonning  tili  –  sodda,
54 rang-barang. Unda adabiy tilimizni boyitishga xizmat qiladigan so‘z va atamalar
juda ko‘p”   24
.  
Sa’j   san’atining   qo‘llanilish   shakli,   uning   o‘ziga   xos   jihatlari   haqida
o‘quvchiga   ko‘proq   ma’lumot   berish   kerak.   Sa’jning   ertaklarda   uchrash   shakli
haqida   professor   B.   Sarimsoqov   qimmatli   ma’lumotlarni   keltirib   o‘tadi.   B.
Sarimsoqov   o‘zbek   xalq   ertaklarida   saj’   qo‘llangan   quyidagi   tipik   o‘rinlarni
aniqlaydi:
a) ertaklar  boshlamasdan:  “Bor  ekanu yo‘q ekan, och ekanu to‘q ekan, bo‘ri
bakovul   ekan,   tulki   yasovul   ekan,   qarg‘a   qaqimchi   ekan,   chumchuq   chaqimchi
ekan” (“Susambil”);
b) bog‘ tasvirida: “Bu bog‘ juda obod va kishining bahr dilini ochadigan joy
ekan. Unda rang -b arang gullar ochilgan, hidlari hamma yoqqa sochilgan, gul isida
bulbullar sayragan”   (“Mohistara”);
v)   qahramonlar   holatini   tasvirlashda:   “Podshoh   va   sheriklari   bularning
ahvolini   ko‘rib,   rangi   o‘chib,   qoni   qochib,   sheriklari   qaltirab,   ko‘zlari   yaltirab
qolibdi” (“Susambil”);
g) qahramonlar xatti-harakatlari tasvirida: “Bir necha oy yo‘l yurib, yo‘l yursa
ham   mo‘l   yurib,   suvsiz   sahro-cho‘l   yurib,   qizlar   yashagan   mamlakatga   etib
borishibdi”  (“Qirq kuyov”);
  d) pari qizlar obrazi tasvirida: “O‘zi behad chiroyli ekan: oy desa og‘zi bor,
kun desa ko‘zi bor, qizil gulning novdasidek bo‘yi bor” (“Ozoda chehra”). 
e) yigitlar obrazi tasvirida: “Oqbilak oyim shunday qarasa, attor qaddi-qomati
kelishgan, ko‘zlari, so‘zlari o‘ynoqi, istarasi issiq, jonon bir yigit ekan” (Bektemir
botir). 
Shuningdek,   maston   kampir,   o‘g‘ri   va   devlar   tasvirida   ham   saj’ning
qo‘llanishi ertaklar uchun tipologik hodisa ekanligini misollar asosida ko‘rsatadi. 
24
 Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V.,Yo‘ldoshbekov J. . Adabiyot.   Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining  7 -
sinfi uchun darslik.   – T.  “Sharq ” .  2017 .
55 B. Sarimsoqov izlanishlaridan, ertaklarda saj’ san’ati muhim g‘oyaviy estetik
qimmatga ega ekanligi, u o‘rniga qarab ritmik, evfonik va komik holatlar yaratish
funksiyalarini bajarishi ma’lum bo‘ladi. 
Dostonlar   boshlanmasi   va   tugallanmasi,   bog‘,   qahramon   qiz,   kaniz   (Oqqiz),
ko‘rsa, maston kampir hamda qahramonga qarshi chiquvchi boshqa salbiy kuchlar
tasviri   —   saj’   qo‘llanuvchi   tipik   o‘rinlar,   deb   ko‘rsatgan   olim   uning   ertakdagi
saj’dan   farqli   tomonlariga   ham   diqqat   qaratadi.   Olim   ertaklardagi   saj’   hajmi   va
qo‘llanishdagi sodda xarakteri bilan dostonlardagi saj’dan farqlanadi, deb yozadi. 
“Dostonlar  prozasidagi  saj’’  ikki  xil bo‘lib, bir turi  yozma adabiyotdagidek
mukammal   bo‘lsa,   bir   turi   kurtak   holatda   uchraydi.   Bunday   saj’   yozma   adabiyot
nuqtai   nazaridan   saj’   san’atining   talablariga   to‘liq   javob   bera   olmasa   ham,   biroq
og‘zaki   ijodda   muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki   dostonda   uzundan-uzoq   parchalar
xuddi   shunday   xarakterda   saj’langan   bo‘lib,   ular   bayonda   ravonlik,   ohangdorlik,
ma’lum darajada ritmiklikni yuzaga keltiradi 25
.
Xalq   dostonlari   qadiriyatning   buyuk   bir   ehsoni,   o‘zlari   yaratilgan   davrning
umumiy   dunyoqarashi,   ayni   paytda   jonli   an'anaviy   ijod   va   ijro   sharoitlarida   xalq
ruhining   obyektiv   holatini   davrlararo   ifodalab,   mazmun   va   shakl   jihatidan   goh
kengayib, goh torayib, ajdodlardan avlodlarga og‘zaki ravishda yetib kelgan adabiy
yodgorliklar   hisoblanadi.   Zero,   ular   xalq   milliy   tarixining   afsonalar   qobig‘iga
o‘ralgan   qahramonlik   voqealarining   o‘ziga   xos   badiiy   ifodasidir.   O‘zbek   xalq
qahramonlik   dostonlari   ham   asrlar   davomida   yaratildi   va   ularning   eng   yaxshi
namunalari xalq san'atkorlari — baxshilar tomonidan jonli epik an'analarda og‘zaki
ravishda   bizgacha   yet ib   keldi .   Bunday   dostonlarning   qadimiy   ildizlari   saklar,
massagetlar,   sug‘diylar,   xorazmiylarga   mansub   urug‘   va   qabilalarning   afsona   va
rivoyatlariga borib taqalsa-da, ularning kattagina qismi o‘zbeklarning yagona xalq
sifatida   shakllanishida   asos   bo‘lgan   urug‘   va   qabilalarda   patriarxal   urug‘chilik
munosabatlarining   yemirilishi   va   ilk   feodal   tuzumning   yuzaga   kela   boshlashi
davrlarida   yaratilgan.   Chunki   ular   xalqimizning   o‘zligini   anglashining   buyuk
25
  Саримсоқов Б. Ўзбек фольклорининг эпик жанрлари. Т. Фан, 1981.  11- б
56 obidalari, uning yagona xalq sifatida shakllanish va birlashish sari tashlagan ulkan
qadamining she'riyat sohasidagi tengsiz namunalari sifatida yuzaga keldi. 
Dostonlar   gultoji   “Alpomish”   xalqimiz   yaratgan   ana   shunday   epik   she'riyat
namunalaridan   biri,   balki   birinchisidir.   “Alpomish”   dostonida   bir   oila   taqdiri
tasviri   misolida,   taqdir   taqozosi   bilan   bo‘linib   ketgan   qadimiy   bir   o‘zbek
urug‘ining   qayta   birlashishini   badiiy   aks   ettirish   orqali   millat   birligi   g‘oyalari,
uning qahramonona shon-shuhrati, el-yurt farovonligi va oila baxti, vatan ravnaqi
uchun kurash baralla kuylangan. Shu ma'noda ushbu doston xalqimizning uyg‘oq
xotirasidir.   Shuning uchun ham bugun biz uni mustaqil rivojlanish davrida millat
birligi   va   ma'naviy   uyg‘onishi,   milliy   g‘urur   va   o‘z-o‘zini   anglash   ramziga
aylangan doston sifatida baholamoqdamiz. 
Xalqimizning   qadimiy   va   shonli   tarixi   tuganmas   bir   doston   bo‘lsa,
“Alpomish”   ana   shu   dostonning   shohbaytidir.   Bu   mumtoz   asarda   tarix
to‘fonlaridan,   hayot-mamot   sinovlaridan   omon   chiqib,   o‘zligini   yo‘qotmagan
xalqimizning bag‘rikenglik, matonat, olijanoblik kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini
topgan. “Alpomish”  dostoni  ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning yorqin
namunasi bo‘lib tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur ekani, xalqimiz qanday
tabiiy-ijtimoiy   muhitda   shakllanib   rivojlanganini,   ajdodlarimizning   olis   davrlarda
ham jamoa bo‘lib, bir-biriga yelkadosh bo‘lib, o‘z boshiga tushgan qiyinchiliklarni
yengib yashaganini yorqin bo‘yoqlarda tasv i rlab beradi. 
Shu   o‘rinda   asardagi   kichik   bir   misolga   murojaat   qilaylik.   Ota-bobolarimiz
qadimiy tasavvuriga ko‘ra o‘q-yoy hokimyat  nishoni hisoblangan. Alpomish yetti
yoshida o‘n to‘rt botmon birichdan-bronzadan yasalgan yoydan o‘q otib, alp degan
unvonga   ega   bo‘ladi.   Alp   degani   -hokimiyat   egasi   ekanini   inobatga   olsak,   bu
doston   ko‘p   asrlik   milliy   davlatchiligimizning   badiiy   ifodasi   ekanligiga   ham
ishonch   hosil   qilamiz.  Bir   so‘z  bilan   aytganda,   xalqimizning  yengilmas   bahodiri-
Alpomish   timsolida   biz   vatanimizni   yomon   ko‘zlardan,   balo-qazolardan   asrashga
qodir,   kerak   bo‘lsa,   bu   yo‘lda   jonini   ham   fido   qilishga   tayyor   bo‘lgan   azamat
o‘g‘lonlarimiz   -   bugungi   alpomishlarning   ma’naviy   qiyofasini   ko‘ramiz.
“Alpomish”   dostoni   xalqimiz   orasida   juda   keng   tarqalgan   va   asrlar   davomida
57 baxshilar   tomonidan   kuylab   kelingan.   Shu   bilan   birga   u   turkiy   xalqlarning
mushtarak dostoni hamdir. 
58 XULOSALAR
Xulosa   qilib   aytish   mumkinki,   xalq   og‘zaki   ijodi   millatning   o‘ziga   xos
ma’naviy qiyofasini, milliy o‘zligini ko‘rsatuvchi beqiyos nodir yodgorlikdir. Xalq
og‘zaki ijodida xalqning asrlardan, asrlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlari o‘z
aksini   topadi.   Yosh   avlodni   ajdodlar   merosiga   hurmat,   ularga   munosib   avlod
bo‘lish   ruhida   tarbiyalash,   milliy   g‘oya   va   dunyoqarashini   o‘stirishda   folklor
asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Umumta’lim maktablarida folklor namunalarining
o‘qitilish i   masalasi   esa   barcha   davrlarda   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotmaydigan,   balki
dolzarb   masala   sifatida   kun   tartibidan   o‘rin   egallaydi.   Ushbu   tadqiqot   ishida   biz
umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “O‘qish” va “Adabiyot”
darsliklarida   keltirilgan   folklor   namunalari   va   ularning   o‘qitilish   ahvoliga
e’tiborimizni qaratdik. 
Xulosalarimizga   ko‘ra,   folklor   namunalarining   janrlar   nuqtayi   nazaridan
berilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “O‘qish” darsliklarida
ko‘proq   uchraydi.   Xususan,   xalq   og‘zaki   ijodining   lirik,   epik   va   maxsus   turiga
kiruvchi   janrlar   keng   uchraydi.   Yuqori   sinflarda   esa   xalq   og‘zaki   ijodiga
ajaratilgan soatlar muayyan asar va uning ustida ishlashga bag‘ishlanadi.   Umumiy
o‘rta   ta’lim   maktablarining   5-sinflari   uchun   mo‘ljallangan   “Adabiyot”   darsligida
topishmoq   va   maqollardan   namunalar   keltiriladi.   6-sinflar   uchun   mo‘ljallangan
“Adabiyot” darsligida esa xalq qo‘shiqlaridan namunalar keltirilganligining guvohi
bo‘ldik. 
7-sinfdan   boshlab   11-sinflargacha   alohida   dostonlar   keltirilib,   doston   matni
ustida ishlash va ijodiy insho yozish uchun qo‘shimcha soatlar ajratilgan. Mustaqil
o‘qish   uchun   mo‘ljallangan   soatlarda   dostonning   to‘liq   matnini   o‘qish,   uni   tahlil
qilish,   o‘quvchilar   o‘rtasida   olingan   ma’lumotlar   asosida   fikr   almashishlar,
munozaralar   olib   borilsa,   darsda   ko‘zlangan   maqsadga   erishishish   osonlashadi.
Buning   uchun   esa   pedagogdan   dars   jarayonini   mohirlik   bilan   loyihalashtirish,
o‘quvchilarning mustaqil  izlanishlari  va xulosa chiqarishlariga imkoniyat  yaratish
talab etiladi. 
59 Bir   asarni   bir   dars   davomida   to‘liq   o‘zlashtirishga   erishish   imkonsiz.   Biroq
ajratilgan soatlarni mohirona taqsimlash va loyihalashtirish orqali asar  mohiyatini
his qilish, mulohaza yuritish imkoni vujudga keladi. Shu sababdan, dars jarayonini
o‘quvchining mustaqil  o‘rganuvchi  va izlanuvchi  sifatida tashkil  etilishi, ayniqsa,
epik   va   liro-epik   ko‘lamdagi   folklor   na’munlarini   o‘qitishda   beqiyos   ahamiyat
kasb etadi. 
Bugungi   avlod   dostonlarning   chuqur   mohiyatga   ega   bo‘lgan   aytimlarini
eshitmay ulg‘aymoqda. O‘tgan asrda ham  xalq dostonlariga nisbatan bir yoqlama
munosabat   bildirilib,   darsliklardan   chiqarib   yuborlgan   edi.   Bu   esa   o‘z   navbatida
o‘rtada katta uzilish yuzaga kelishiga olib keldi. 
Bugun baxshilar, ularning ijro mahoratini namoyon etishlariga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bunga biz yuqorida ta’kidlagan “Xalqaro baxshichilik festivali”ning
o‘tkazilishi ham yaqqol misol bo‘la oladi. Mohir baxshilar tomonidan aytilgan xalq
dostonlari   ijrosi   audio   formatda   har   bir   maktab   fondida   bo‘lishi,   dars   davomida
o‘quvchilar   uni   tinglab   borishi   zarur   va   ahamiyatli   deb   hisoblaymiz.   Sababi
dostonlarning o‘ziga xos ijro tempi mavjud bo‘lib, faqat doston matni bilan ishlash
orqali asarning chuqur falsafiy mazmun-mohiyatiga yetish biroz mushkul. 
Nafaqat   xalq   dostonlari,   balki   lirik   turga   mansub   asarlarni   ham   tinglash,
aytilish usulini o‘rganish, qo‘shiq matnini quruq yodlashdan ko‘ra ko‘proq samara
beradi.   Darsliklarni   kuzatish   davomida,   lirik,   epik,   dramatik   va   sh a rtli   ravishda
kiritilgan   maxsus   turga   kiruvchi   asarlarga   duch   keldik.   Xalq   og‘zaki   ijodida
dramatik tur ham mavjud bo‘lib, ularda askiya, qo‘g‘irchoq teatri kabi janrlar o‘rin
oladi.   Biz   tahlilga   tortishga   harakat   qilgan   o‘quv   dasrliklarida   esa   ushbu   tur   va
unga   kiruvchi   asarlarga   to‘xtalib   o‘tilmagan.   Nazariy   ma’lumotlar   ham
keltirilmaydi.   Xalq   og‘zaki   ijodi   uchun   ajratilgan   nazariy   ma’lumotlarga
mo‘ljallangan   soatlarda   ushbu   tur   va   unga   kiruvchi   janrlarning   ayrimlaridan
namunalar keltirilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
Xalq   og‘zaki   ijodi   qanaqa   turga   mansubligidan   qat’iy   nazar   bu   ular
mazmunida   yaxshilik,   ezgulik,   do‘stlik,   o‘rtoqlik,   vatanparvarlik,   xalqparvarlik
kabi   go‘zal   fazilartlar   ulug‘lanadi   hamda   ushbu   fazilatlar   o‘ziga   qarama-qarshi
60 bo‘lgan   fazilatlar   ustidan   tantanali   ravishda   g‘alaba   qiladi.   Xalq   og‘zaki   ijodi
bolaning ongiga  tez  ta’sir   qilishiga  sabab,  ularning tili  sodda,  qiziqarli, aql  bovar
qilmaydigan   voqeyalar   hamda   sevimli   qahramonlarning   mavjudligidir.   Agar
e’tibor   berib   qaralsa,   bolalarga   she’r,   hikoya,   topishmoq   yoki   maqollarni   aytib
bersangiz   unchalik   qiziqmaydilar   va   diqqat   bilan   tinglamaydilar   ammo   xalq
og‘zaki   ijodidan   namunalar   aytib   yoki   o‘qib   bersangiz,   ularning   butun   vujudi
quloq bo‘lib sizni tinglaydi. 
Xususan,  Ertaklardagi  qahramonlarning hatti-harakatlari ularni  zavqlantiradi,
o‘quvchilar   hayotda   o‘sha   qahramonlar   bilan   birga   yashaydilar   va   ulardagi
o‘zlariga   kerakli   bo‘lgan   qobiliyatlarni,   harakatlarni   o‘rganishga   ishtiyoq   bilan
kirishadilar.   Agar   e’tibor   qilgan   bo‘lsak,   xalq   og‘zaki   ijodining   aksariyatida,
mehribonlik,   mehnatsevarlik,   do‘stlik   kabi   g‘oyalarni   tarannum   etadi.   Ertaklarni
aytuvchi   shaxslar   o‘z   mahoratlarini   ishga   solib   kitobxonni   o‘ziga   jalb   etishning
vositasi, bu so‘zlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llay olish, voqeylikni anglatishni, ya’ni
ertakdagi qahramonlar obrazini to‘g‘ri aks ettirishdan iborat. 
Maktab   o‘quvchilari   uchun   mo‘ljallangan   “Adabiyot”   darslarida   keltirilgan
xalq og‘zaki ijodi namunalari ham qadim davrlardan to bugungi kunga qadar yetib
kelgan,   boy-ma’naviy  meros   sifatida   yosh   avlod  qalbida   vatanga   muhabbat,   ezgu
tuyg‘ularga   sadoqat,   ta’bir   joiz   bo‘lsa   xuddi   Alpomish   singari   mard,   jasur,
qahramon bo‘lib voyaga yetishlarida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. 
61 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
Siyosiy adabiyotlar:
1. Karimov. I. A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq kelajagi va buyuk kelajakka
ishonchdir. -T., 2000. 23-bet. 
2. Мирзиёев   Ш.   Эркин   ва   фаровон,   демократик   Ўзбекистон   давлатини
биргаликда барпо этамиз. Т. Ўзбекистон, 2016. 
3. Mirziyoyev Sh. Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tantanali ochilish
marosimidagi nutqi.  O‘zbekiston ovozi gazetasi sayti. // 07. 04. 201 9
4. Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Шавкат   Мирзиёевнинг   Олий
Мажлисга Мурожаатномаси. Т. Ўзбекистон, 2018. 
Ilmiy   adabiyotlar
5. Ahmedov  S,  Qo‘chqorov.  R,   Rizayev  Sh.  Adabiyot.  Umumiy  o‘rta  ta’lim
maktablarining 6-sinfi uchun darslik. –T. “Ma’naviyat”, 2017. 160 - б .
6. Abdullayev   Q.,   Yusupov   M.,   Rahmonbekova   S.   2-sinf   “O‘qish   kitobi”.
Toshkent 2010. 3-bet
7. Arastu. Poetika. Axloqi kabir. – T. Yangi asr avlodi, 2004. 195 -B.
8. Jahongirov F. O‘zbek bolalar folklori,  – T. O‘zbekiston, 1975. 87-B.
9. Matchonov   S.,   Shojalilov   A.,   G‘ulomova   X.,   Sariyev   Sh.,   4-sinf   O‘qish
kitobi.  – T., 2013 .  240-bet. 
10. M.   Koshg‘ariy   “Devonu   lug‘otit-turk”.   Indeks-lug‘at.
Toshkent.1967.536-B.
11. Mirzayev T., Safarov O., O‘rayev D. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi 
xrestomatiyasi. O‘quv qo‘llanma.  – T. “Aloqachi”, 2008 – y. 
12. Мирзаев   Т .   “ Алпомиш ”   достонининг   ўзбек   вариантлари.   –Т .   “ Фан ”
1968. 232 - Б .
13. Мирзаева   С.   Ўзбек   халқ   романик   достонлари   поэтикаси.   –Т.   “ Фан ”
2004. 123 - Б .
14. Musurmonov E. O‘zbek folklori. –Samarqand 2017. 31-B .
15.  Razzoqov H., Mirzayev T., Sobirov O., Imomov K. O‘zbek xalq og‘zaki
poetik ijodi.  – T. O‘qituvchi,   1980. 142–B.
62 16. Ro‘ziboeva   O‘.   va   boshq.   Kichik   yoshdagi   bolalar   nutqini   o‘stirish.   –T.
“ O‘zbekiston ” , 2001.  212 – b.
17. Саримсоқов   Б.   Ўзбек   фольклорининг   эпик   жанрлари.   –   Т.   “Фан”,
1981. 123-бет. 
18. Sarimsoqov B. O‘zbek marosim folklori. – T.  “ Fan ” , 1986. 216–b. 
19. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T. Musiqa. 2010. 368–b.
20. To‘xliyev   B,   Karimov   B,   Usmonova   K.   Adabiyot.   Umumiy   o‘rta   ta’lim
maktablarining   10-sinfi   uchun   darslik.   –T.   “Ozbekiston   milliy   ensiklopediyasi”,
2017. 365-bet .
21. Umarova M, Hamroqulova X,Tojiboyeva  R 3-sinf  “O‘qish kitobi” . –T.,
2012. 216–b. 
22. Yo‘ldoshev   Q,   Qosimov   B,   Qodirov   V,Yo‘ldoshbekov   J.   Adabiyot.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. –T. “Sharq”, 2017.   365-
bet .
23. Yo‘ldoshev   Q.,   Qosimov   B.,   Qodirov   B.,   Yo‘ldoshbekov   J.   Adabiyot.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik majmua. –T. “Yangiyo‘l
poligraf servis”. 2017. 200–  b.
24.   Shomaqsudov   Sh.,   Shorahmedov   Sh.,   “Ma`nolar   mahzani”.   –T.
“O‘zbekiston” 2001. 189 – b .
25. G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. 1-sinf “O‘qish kitobi”.   –
T. 2011. 86 – b .
Ilmiy maqolalar
26.   Sаfаrоv   О.,   O`rаеvа   D.   O`zbеk   хаlq   qo`shiqlаridа   еtnоpеdаgоgik
qаrаshlаrning ifоdаlаnishi. – Buхоrо dаvlаt univеrsitеti ilmiy ахbоrоtlаri, 2003, 1-
sоn, 14-21–b. 
27. Sarimsoqov   B.   Adabiy   turlar   haqida   mulohazalar   //   O‘zbek   tili   va
adabiyoti. 1993 - yil 5-son, 3-13-betlar. 
28. Sarimsoqov B. To‘rtinchi adabiy tur // O‘zAS, 2002 - yil 7 - iyun. 
29. Sarimsoqov   B.   O‘zbek   folklorshunosligi   masalalari.   Ilmiy   maqolalar
to‘plami. –T. Fan, 2006. 26-30 - betlar
63 Badiiy adabiyotlar
30.   Алишер   Навоий,   Мезон   ул-авзон,   Асарлар,   XIV   том.   – Т.   Ғ.   Ғулом
номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1967 . 180-бет. 
31. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Мухтасар, –Т. “Фан”, 1971. 172 - б. 
Internet saytlari:
32. www. literatura. uz   
33. www. ref. uz   
34. www. gduportal. uz   
35. www. ziyonet. uz   
36. www. google. uz   
37. www. uz   
38. www. guldu. zn. uz     
64

“ O‘ zbek adabiyoti darsliklarida folklor namunalari ning berilishi ” M U N D A R I J A Kirish…………………………………………………………………….............3 I BOB. Xalq og‘zaki ijodining janrlarga bo‘linishi. 1 .1. Xalq og‘zaki ijodining janrlarga bo‘linishi va diffuziyasi …………...........8 1 .2. Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari …………………...........11 II BOB. Maktab darsliklarida epik janrdagi folklor asarlarining berilishi 2 .1. Xalq og‘zaki ijodining epik janrlar i tasnifi ……………………….............18 2 .2. Umumta’lim maktablari “ O‘qish kitobi” va “Adabiyot” darsliklarida epik janrdagi folklor asarlarining berilishi …………………………………............22 III BOB. Tajriba – sinov ishlari natijalari 3.1. Xalq og‘zaki ijodining lirik turiga mansub janrlar ……… ………...........37 3.2. “Adabiyot” darsliklarida lirik asarlarning berilishi ………………...........39 Xulosalar …………………………………………………………………….....60 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………......………...63

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . O‘zbekiston mustaqillikka erishgani tufayli milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi. Zero, milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biridir. O‘tgan yili 5-10 - aprelda Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Xalqaro baxshichilik festivali”da Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning “Xalqimiz sarchashmalarining ko‘zlari qaytadan ochilayotganligi, jahon madaniyati yutuqlariga zo‘r hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi teranligi va chuqurligi anglab olinganligi, har bir avlodning o‘z o‘tmishiga, oliyjanob milliy va diniy an’analariga hurmat bilan qarash, ularni asrab-avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi, ayni chog‘da hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi va ma’naviyati qadriyatlarini o‘zlashtirish va ularga oshno bo‘lish zarurligi ravshan anglab yetilganligi – mana shularning hammasi hayotbaxsh bir zamindirki, bizning yangilanish va xalqimizning milliy o‘zligini anglashini oshirish, aholining siyosiy yetukligi va faolligini kuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana shu zaminga tayanadi” 1 ,- degan fikrlari ma’naviyatimizning mustahkam poydevorlaridan bo‘lmish mumtoz adabiy merosimizni va folklorimizni chuqur tadqiq etish va ularga yangicha yondashishni talab etmoqda. O‘zbek folklor namunalari boy tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, xalqimizning uzoq o‘tmishi, o‘zligi, orzu-istaklari o‘z aksini topadi. Vatanimiz mustaqillikka erishgach, uning ko‘hna tarixi, buyuk nodir adabiy yodgorliklarini o‘rganish, xolisona ravishda tahlil etish va baho berish imkoniyati yuzaga keldi. Millat o‘zligini tanishi, anglashi va his etishi uchun u eng avvalo, tarixiy ildizlarini, qadriyatlarini puxta bilmog‘i, shuningdek, uni ham aqlan, ham qalban his qilmog‘i lozim. Zero, globallashuv davrida yangicha qarashlar, ilmiy tahlillar paydo bo‘la boradiki, bunday jarayonlarda folkor asarlari hamisha ham ahamiyatlidir. 1 Sh.Mirziyoyev. Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tantanali ochilish marosimidagi nutqi.O’zbekiston ovozi gazetasi sayti.// 07.04.2018 2

Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga , avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatni ruhini yo‘qotmakdur”. Adabiy til va xalq tili o‘rtasi Abdulla Avloniyning so‘zlari bilan aytganda, “Har bir millatning dunyoda o‘zaro uyg‘unligi bilan bir qatorda tafovutlari ham mavjud’’. Bunday deyishimizga sabab xalq tilida chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan ko‘plab so‘zlar, iboralar va naqllar mavjud. Ularning ko‘pchiligi adabiy tilda ifoda etilmaydi. Biroq xalq tilida mavjud bo‘lgan ana shunday so‘zlar, iboralar, qochirimlar xalq ruhiyati, tarixiyligi, o‘ziga xosligini yaqqol namoyon etib turuvchi vositalardir. Bunday betakror, jozibador so‘z va qochirimlar folklor zamirida mavjud. Bu orqali xalqning muayyan davrdagi tili, an’anasi, ma’naviy qiyofasini anglash mumkin. Xalq og‘zaki ijodi orqali esa, kishi ayniqsa, yosh avlod o‘zining tarixiy ildizlari va ajdodlari qiyofasini tasavvur qila boradi. Millatning o‘ziga xosligi, betakrorligi xalq og‘zaki ijodi namunalarida yorqinroq aks etadi-desak yanglishmaymiz. Sababi bunday asarlar yozma adabiyotda mavjud bo‘lgani singari muayyan adabiy qonuniyatlar, qoliplarga solinmagan. Xalq tafakkuri va qalbida qanday mavjud bo‘lsa, tilida xuddi shunday aks etadi. Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida xalqimizning boy madaniy va ma’naviy merosini asrashimiz, uni avlodlarga yetkazishda vositachi bo‘la olishimiz zarur. Zero, bugungi kunda globallashuv davrida milliy qadriyatlarga sadoqat har doimgidan-da dolzarb ahamiyat kasb etadi. Xalq og‘zaki ijodi millatimiz ma’naviyati va madaniyatini ko‘rsatadigan nodir yodgorliklardir. Dostonlar, ertak, rivoyatlar , hikmatli so‘zlar, maqol va matallar va yana xalq og‘zaki ijodining ko‘plab namunalari ana shular jumlasidandir. Xalqning bu hikmat to‘la boyliklarini yosh avlodga singdirishga mustaqillikka erishganimizdan so‘ng katta ahamiyat berildi. Darsliklarda o‘rganilmay qolgan “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘mish”, “Ravshan” 3

dostonlari, ajdodlarimizning azaliy tajribasi asosida paydo bo‘lgan hikmatli so‘zlar, maqollar, matallar kiritilib o‘rganila boshlandi. Tabiiyki, bu boshlang‘ich sinf darsliklarida dastavval o‘rin oldi. Boshlang‘ich sinf “O‘qish” darsliklari, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Adabiyot” darsliklarida xalq og‘zaki ijodining lirik, epik va daramtik turlari o‘rin ola boshladi. Xalq og‘zaki ijodi – so‘z san’ati. Bu jumlani tushunishdan avval san’atning o‘zi nimaligini anglash lozim. Besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “San’at” – ish, mehnat, mahorat, kasb-hunar deb ko‘rsatilgan 2 . Agar izohdagi so‘zlarga e`tibor bersak, san’at deganda mahorat bilan amalga oshirilgan mehnatni tushunish anglashiladi. Har bir so‘z san’ati namunasi, jumladan, xalq og‘zaki ijodidagi qo‘shiq, ertak, doston va boshqa asarlarda fikriy yangilik bo‘lishi lozim. Bu yangilik kichik hayotiy voqeadan tortib murakkab ijtimoiy vaziyatlarni baholash bilan belgilanadi. Inson hayoti davomida son-sanoqsiz yangiliklarga duch keladi. Katta avlod tajribasidagi oddiy haqiqatlar yoshlar uchun yangilik hisoblanaveradi. Shuning uchun xalq og‘zaki ijodi asarlarini eshitganimizda, ko‘plab yangi fikrlarga duch kelamiz. Masalan, “Qozonga yaqinlashsang, qorasi yuqar, yomonga yaqinlashsang - balosi” maqolidagi asosiy fikr yomonga yaqinlashgan odamning taqdirida noxush voqealar ko‘payishidan ogohlantirishdir. Lekin, aslini olganda, maqolning birinchi qismida ham ehtiyotkorlik belgisi ko‘rinib turibdi. Ya’ni, hali yosh va turmush tajribasiga ega bo‘lmagan farzandga qozonga yaqinlashayotganda qora qurum tegishidan ehtiyot bo‘lish tavsiya qilinmoqda. Qo‘shimcha ravishda aytish mumkinki, har bir inson muayyan vaziyatda ish qilar va qarorga kelar ekan, ehtiyot choralarini esidan chiqarmaslik lozimligi uqtirilmoqda. Bugungi kunda barkamol shaxs tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi sababli, har tomonlama yetuk, erkin fikrlovchi, go‘zal xulqli, barcha axloqiy fazilatlarga ega barkamol shaxsni kamol toptirish, ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi etib belgilandi. Bu o‘rinda milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi sanaladigan xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘quvchilarga 2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 3- жилд . Т.:ЎзМЭ . 2007. 452 - Б 4

tanishtirish, ularga boy tariximiz, ota-bobolarimizning hayotiy tajribalari, o‘lmas ijodiy asarlari orqali bolalar kamolotiga hissa qo‘shish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Boshlang‘ich sinf darsliklaridagi maqollarni o‘rganish va ularning variantlarini topish, ularni o‘quvchilarga o‘rgatish usullarini tadqiq etish ushbu ishning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot obyekti . Tadqiqot ishini yoritishda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Adabiyot” darsliklari, xalq og‘zaki ijodi namunalari, shuningdek, qiyosiy tarzda o‘rganish uchun boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan ,,O‘qish kitobi’’ darsliklari tadqiqot obyekti bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot predmeti . O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari, folklor asarlari bo‘yicha qilingan ilmiy tadqiqotlar va monografiyalar, adabiyot va o‘qish kitobi darsliklari asosiy tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadi . Ushbu tadqiqot ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad - umumta’lim maktablari adabiyot darsliklarida keltirilgan folklor na’munalarini o‘rganish, ularni qiyosiy aspektda tahlil etish, shu asosda, mavjud muammo va kamchiliklarni kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan masalalarni bartaraf etishga atroflicha yondashish va kerakli metodik tavsiyalarni berishdan iborat Tadqiqot vazifalari. Ish maqsadini amalga oshirishda tadqiqot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: 1. Xalq og‘zaki ijodi namunalarining janrlarga bo‘linishi, janrlar orasidagi diffuziya, shuningdek, xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etish. 2. Boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklaridagi folklor namunlarini o‘rganish va adabiyot darsliklaridagi folklor namunalari bilan solishtirish. 3. Adabiyot va o‘qish darsliklaridagi epik janrdagi folklor na’munalari va ularning o‘qitilish ahvolini tahlil etish. 4. Adabiyot va o‘qish darsliklaridagi lirik janrdagi folklor na’munalari va ularning o‘qitilish ahvolini tahlil etish. 5. O‘quvchilarga folklor asarlarning badiiy qimmatini va mohiyatini anglashga yo‘naltirish malakasini shakllantirish. 6. Xalq og‘zaki ijodi namunalarida milliy ruhning aks ettirilishini o‘rganish. 5