logo

O‘zbek tili (ona tili) darsliklarida sifat so‘z turkumini o‘rgatish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

548 KB
“O‘zbek tili (ona tili) darsliklarida sifat so‘z turkumini o‘rgatish”  mavzusida
yozilgan MUNDARIJA
Kirish………………………………..……………………………………………...3
        I BOB.  S ifat so‘z turkumining o‘rganilishi , mavjud tadqiqotlar tahlili.............6
          1.1.O‘zbek tilshunosligida   sifat so‘z turkumining o‘rganilishi …………………....6
1.2.Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda  umumta’lim maktablari  darsliklarida  sifat  
so‘z turkumining  berilishi…………………………………………………….…...14
II BOB.  Hozirgi davr “Ona tili” va “O‘zbek tili”      darsliklarida sifat so‘z 
turkumi  talqini …………………………………………………………………..20
2.1.   Umumta lim maktablari “Ona tili” o‘quv dasturida sifat so‘z turkumi bo yicha ʼ ʻ
dastlabki bilimlarning berilishi va ularning ahamiyati ………………..……....…20
2.2. Mavjud darsliklarning    s ifat so‘z turkum ini  o‘rganish bosqichlari va izchilligi  
bo‘yicha tahlili…………………………………………………………………….24
2.2.1.N.Mahmudov,A.Nurmonov,A.Sobirov,D.Nabiyevalar muallifligida nashr 
etilgan 6-sinf “Ona tili” darsligi tahlili……………………..……………………..24
2.2.2.A.Rafiyev,G.Muxamedjanova,N.Alovuddinovalar muallifligidagi 5-sinf 
“O‘zbek tili” darsligi tahlili……………………………………………………… 44
2.2.3.X.S.Muxitdinova,Ya.I.Avlakulov,D.A.Nuriddinovalar muallifligidagi 7-sinf 
“O‘zbek tili” darsligi tahlili………………………...……………………………..48
2.2.4.  M.Mirzahidova, H.Abulqosimova, M.Xalmuratovalar muallifligidagi 
Qirg‘iziston Respublikasidagi o‘zbek maktablari 6-sinf o‘quvchilari uchun 
“O‘zbek tili” darsligi tahlili……………………………………………...………..50
I II BOB. Tajriba-sinov ishlari natijalari ……………………………………....52
3.1.   Zamonaviy ta’lim talablari bo‘yicha  “O‘zbek tili”(“Ona tili”) darsliklarining 
mazmuni bo`yicha tavsiyalar ……………………………...……………………...52
3 .2.   “O‘zbek tili” (“Ona tili”) darslarida sifat mavzusini o‘rganishda TPR metodini
qo‘llashning ahamiyati……………………………………………………..……..58
 3.3. Butunlay jismoniy reaksiya metodini sifat ta’limida qo‘llash bo‘yicha tajriba-
sinov ishlari natijalari……………………………………………………………..67
Xulosalar … ……………………………………...……………………………….70
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati … ………………………………………….73
2 KIRISH 
Mavzuning   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi.   Shiddat   bilan   o‘zgarib
borayotgan   bugungi   bir   davrda   t a’lim   sohasi ning   ahamiyati   ham   soniyalar   sari
oshib   bormoqda .   Shu   bois   ham   y urtimizda   yoshlarni   ma’naviy   barkamol   qilib
tarbiyalash, Vatan oldida yuksak fuqarolik mas’uliyatini his qilish,jamiyat hayotini
yurg‘izuvchi   kuch   sifatida   yashashga   muntazam   da’vat   etish   ta’limda   ustuvorlik
kasb   qilmoqda .   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev
ta’kidlanganidek,   “Mamlakatimizning   taqdiri   va   kelajagi   uchun   mas’uliyatni   o‘z
zimmasiga   olishga,   bu   yo‘lda   bor   bilim   va   salohiyatini   safarbar   etishga   qodir
bo‘lgan,   azm-u   shijoatli   yoshlarni   tarbiyalab   voyaga   yetkazish   –   biz     uchun   eng
muhim   masaladir” 1
,   –   deya   alohida   e’tibor   qaratdilar.   Shu   asosda     ta’lim   sohasi
yurtimizning   hech   bir   fuqarosining   e’tiboridan   chetda   qolmasligi,   maktabgacha
ta’limdan   to   oliy   ta’limgacha   bo‘lgan   jarayon   jamiyatimiz   nazoratida   bo‘lishi
lozim.   O‘z   navbatida   o‘qituvchi,murabbiylardan   o‘z   kasbiga   sadoqat,innovatorlik
hamda zamonga mos faollik darajasi talab qilinadi.
Yosh   avlodni   tarbiyalash,   unga   ta’lim   berish   tizimida   millatimiz   faxri
bo‘lgan o‘zbek tilini o‘rganish va o‘rgatishning o‘rni alohidadir. Zeroki, o‘z tilini
tushunmagan,   uning   boy   imkoniyatlaridan   foydalana   olmaydigan   farzand   hech
qachon   yetuk   kadr   bo‘lib   yetisha   olmaydi.   Shu   nuqtayi   nazardan   tadqiqot   ostiga
olgan   mavzumiz   sifat   so‘z   turkumi   ona   tilimiz   leksemalari   orasida   ko‘lami
jihatidan   yirik   bir   qatlamni   tashkil   qilar   ekan,   bu   borada   bilimlarga   ega   bo‘lish
maktab o‘quvchilaridan tortib to oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun muhimdir.
Sifat so‘z turkumi o‘zining ifodali xususiyatlari bilan boshqa so‘z turkumlari
orasida   ajralib   turadi.   Inson   nutqi   bu   turkumdagi   so‘zlar   bilan   yanada   go‘zal,
ta’sirchan   hamda   qimmatli   bo‘ladi.   Chunki   birgina   ot   so‘z   turkumi   shaxs   va
narsaning   nomini   bildirsa,   sifat   uning   borliqda   ma’lum   barcha   belgilarini   bildirib
keladi.   Ana   shu   ahamiyatli   so‘z   turkumini   o‘rganish   borasida   “O‘zbek   tili”   va
“Ona   tili”   darsliklarinig   tahlilini   ko‘rib   chiqish   borasida   tadqiqotlarning
1
  Mirziyoyev Sh.M.   O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 
yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi//president.uz sayti.
3 kamyobligi,   bu   yo‘nalishning   ahamiyati   kattaligi   mavzumizning   dolzarbligini
ifodalaydi.
Tadqiqotning   obyekti   va   predmeti.   Tadqiqotning   obyekti   bu   sifat   so‘z
turkumi   tahlil   qilingan   mavjud   tadqiqot   ishlari;   “Ona   tili”   hamda   “O‘zbek   tili”
darsliklari, o‘quv dasturlari, uslubiy qo‘llanmalar.
Tadqiqotning   predmeti   o‘zbek   tilidagi   umumta’lim   maktablari   uchun   yaratilgan
darsliklarda sifat so‘z turkumining berilishini metodologik tadqiqi hisoblanadi.
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifalari.   Tadqiqotning   maqsadi   o‘zbek   tili
umumta’lim   maktablari   uchun   yaratilgan   darsliklarda   sifat   so‘z   turkumining
berilishini   metodologik   jihatdan   tadqiq   etishdan   iborat.   Dissertatsiya   ishida
qo‘yilgan   maqsaddan   kelib   chiqib   quyidagi   ishlarni   amalga   oshirish   ko‘zda
tutilgan:
-   tilshunoslikda   o‘zbek   tili   grammatikasi,   so‘z   turkumlarining   o‘ziga   xos
xususiyatlarini     o‘rganishga   bag‘ishlangan   tadqiqotlarda   sifat   turkumiga   oid
so‘zlarning   grammatik   belgilari,   uslubiy   vazifasi   to‘g‘risida   ham   yo‘l-yo‘lakay
fikrlar   bayon   qilingan.   Dissertatsiyada   sifat   so‘z   turkumining   o‘zbek
tilshunosligida o‘rganilishi, umumta’lim maktablari darsliklarida yoritib berilishini
aniqlashga ahamiyat beriladi.
-   sifat s o ‘z turkumining  o ‘zbek tilshunosligida  o ‘rganilishi, umumta’lim maktablari
darsliklarida   berilishi   darsliklardan   olingan   faktik   materillar   misolida   tasnif
qilinadi va shu asosda t o ‘plangan materiallar bir tizimga keltiriladi;
- sifat so‘z turkumining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi,umumta’lim maktablari
darsliklarida   berilishida   sifat   turkumiga   oid   so‘zlarning   paydo   bo‘lishi   va
shakllanishida   boshqa   so‘z   turkumlarining   ta’siri   aniqlanadi   va   ularga   tarixiy-
etimologik jihatdan munosabat bildiriladi, o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi;
-   tahlilga   tortilgan   sifat   s o ‘zlarning     o ‘zbek   adabiy   tilida   tutgan   o ‘rni   belgilanib,
izohlanadi;
- sifat turkumiga oid so‘zlar semantik jihatdan sifatning qaysi turiga mansubligiga
qarab turlarga ajratiladi va ularning qo‘llanish darajasi aniqlanadi;
4 - ilmiy tahlil o‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda erishilgan yutuqlarga tayangan
holda semantik-stilistik izoh, statistik metodlar asosida olib boriladi.   
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   Sifat   so‘z   turkumining   umumta’lim
maktablari   darsliklarida   berilishining   qiyosiy   tahlilini   o‘tkazish   orqali   mavjud
yutuq   va   kamchiliklar   tizimini   ishlab   chiqish.   Sifat   so‘z   turkumini   o‘rgatishda
qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi metod va texnologiyalarni yaratish.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati. O‘zbek   tilida   sifat
so‘z   turkumining   o‘rganilishi   bo‘yicha   tadqiqot   ishlarining   kamligi   qatorida
bunday   so‘zlarni   o‘quvchi   yoshlarga   o‘rgatish   bo‘yicha   metodik   qo‘llanmalar,
o‘quv-uslubiy   majmualar   ham   deyarli   yaratilmagan.   Mazkur   tadqiqot   ishimizda
sifat so‘z turkumining  “O‘zbek tili” va “Ona tili” darsliklari dagi talqinini o‘rganib
chiqib, bu boradagi yutuq va kamchiliklarni belgilashga urindik.Bu borada qo‘llash
mumkin bo‘lgan metod va texnologiyalarni taklif qildik.
Ish   tuzilmasining   tavsifi.   Tadqiqot   kirish,   uch   bob,   umumiy   xulosalar   va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.  Ishning umumiy hajmi  77 sahifa.
5 I BOB.  S IFAT SO‘Z TURKUMINING O‘RGANILISHI , MAVJUD
TADQIQOTLAR TAHLILI
1.1. O‘zbek tilshunosligida   sifat so‘z turkumining o‘rganilishi
Tildagi   so‘zlarning   ot,   sifat,   son,   olmosh,   fe’l,   ravish   kabi   guruhlarga
bo‘linishi ularning so‘zlik holati, grammatik xususiyatlari (morfologik belgilari va
sintaktik vazifasi) asosida maydonga keladi, ya’ni har bir so‘zda leksik-grammatik
tomonlarning   birligi   mavjud   bo‘ladi.   Mana   shunday   muammolarni   o‘rganish
tilning   grammatik   qurilishida   yuz   bergan   o‘zgarishlarni   izchil   aniqlash   imkonini
beradi. Ma’lumki, tilshunoslikda  sifat  turkumiga oid so‘zlarning o‘rganilish tarixi
olis   davrlarga   borib   taqaladi.   Mahmud   Koshg‘ariyning   “Devonu   lugotit   turk”,
Mahmud   Zamaxshariyning   “Muqaddimat-ul   adab”,“Asos-ul   balog‘a”,Alisher
Navoiyning   “Muhokamat-ul   lug‘atayn”   kabi   asarlaridayoq   sifatlarning   belgi
ifodalash   xususiyati,   ularning   turli   xil   tashbehlar   va   badiiy   san’atlarni   yuzaga
keltirishdagi imkoniyatlari haqida muayyan fikr-mulohazalar mavjud edi. 
Turkiyshunoslikda   sifat   turkumiga   oid   so‘zlarning   o‘rganilishi   o‘ziga   xos
tarixga   ega.   N.K.Dmitriyev,   A.P.Yakubinskiy,   L.N.Xaritonov,   N.F.Katanov,
P.M.Melioranskiy,   M.A.Kazembek,   A.N.Kononov,   A.M.Shcherbak,   S.N.Ivanov,
P.I.Kuznesov,   T.I.Grunin   singari   turkiyshunos   olimlar   sifatlarning   o‘ziga   xos
grammatik   kategoriyalarga   ega   ekanligi,   yasalish   va   otlashish   xususiyati,   gap
tarkibidagi sintaktik vazifasi haqida muhim ma’lumotlarni bildirganlar. 2
 
O‘tgan   asrning   20-yillarida   o‘zbek   tili   masalalariga   bag‘ishlangan
M.M.Faxriddinovning “Turkcha qoida” (1913), Elbekning “Bitik yo‘llari” (1919),
“Yozuv   yo‘llari”   (1921),   Shorasul   Zunnunning   “O‘zbekcha   qoidalar”   (1925),
Munavvar Qori, Qayum Ramazon, Shorasul Zunnunning “O‘zbekcha til saboqligi”
(1925),   Ye.D.Polivanovning   “Kratkaya   grammatika   uzbekskogo   yazika”   (1926)
kabi   bir   qator   darslik   va   qo‘llanmalari   nashr   etilgan   bo‘lib,   ularda   boshqa   so‘z
turkumlari  qatori  sifat   turkumiga  oid so‘zlarning  grammatik  belgilari   haqida  ham
fikrlar bayon qilingan edi. 
Madaniyatimiz tarixidagi buyuk siymolardan biri Abdurauf Fitratning ilmiy
merosida tilshunoslikka oid asarlar ham salmoqli o‘rin egallaydi.   Shunisi diqqatga
2
 Фазылов Э.И., Чичулина Л.Г. Русские тюркологи и  y збекское языкознание. - Ташкент: Фан, 1979.– С. 216. 
6 sazovorki,   Fitrat   birinchilardan   bo‘lib   o‘zbek   tili   grammatikasini   yaratishga
kirishgan   olim   edi.   Uning   “Sarf”   (1925-1930)   asarida   o‘zbek   tili   morfologiyasi,
jumladan, sifat so‘z turkumi haqida bahs yuritiladi.Bu asarda sifatlar dastlab tub va
yasamalik   darajasiga   ko‘ra   ikki   guruhga   ajratiladi,   sifatlarning   yasalishi   va   bir
qancha sifat yasovchi qo‘shimchalar haqida ma’lumot beriladi. 
Fitrat, asosan, quyidagi sifat yasovchi qo‘shimchalarni ta’kidlab ko‘rsatadi: 
-li   (bilimli),   -gi   (sishgi),   -imtil   (sarg‘imtil),   -ish   (sarg‘ish),   -iy   (tarixiy),   -ma
(yozma),   -ros   (yaxshiros),   -gon   (bilag‘on),   -gin   (ozg‘in),   -(a)r   (osar   suv),   -gan,   -
kap, -san (o‘sigan yigit), -lik (o‘kurlik kitob) va shu kabilar. 
Ko‘rinadiki, Fitrat sifat yasalishi  doirasini o‘sha vaqtda juda keng ma’noda
tushungan,   ya’ni   uning   tarkibiga   bevosita   sifat   yasalishi   (-li,   -ma,   -iy   kabi)   bilan
birga, sifat darajalari, ozaytirma sifat shakllari, sifatdosh shakllarini ham kiritgan.  3
O‘zbek tilshunosligida sifat so‘z turkumiga oid ilk ilmiy tadqiqot 
40-yillarning ikkinchi yarmida vujudga kelgan edi. Z.Ma’rufov 1947-yilda Sankt-
Peterburgda   “O‘zbek   tili   sifat   darajalari”,   1950-yilga   kelib   G‘.Abdurahmonov
Samarqandda “Hozirgi o‘zbek tilida sifatlarning  substantivatsiyasi (otlashishi)”, 
1955- yilda O.Madrahimov “Hozirgi o‘zbek tilida yangi yasalgan sifatlar” 
mavzusidagi   nomzodlik   ishlari   himoya   qilingan   edi.   1957-yilda
O.Madrahimovning   “O‘zbek   tilida   sifat   va   yangi   yasalgan   sifatlar   masalasiga
doir” nomli maqolasi e’lon qilingan edi. 4
“Hozirgi zamon o‘zbek tili” (1957) nomli tadqiqotda “Sifat” mavzusi yirik 
tilshunos olim Z.Ma’rufov qalamiga mansub. Bu ishda sifatlarning ma’nolari va 
grammatik xususiyatlari tahlili asliy va nisbiy sifatlarni bir-biridan farqlashdan 
boshlanadi.Z.Ma’rufov   talqiniga   ko‘ra   “asliy   sifatlar   sezgi   a’zolari   bilan   bevosita
bilib   bo‘ladigan   predmetga   xos   belgini:   predmetning   rang-tusini,   inson   va
jonivorlarning fizik xususiyatlarini va xarakterini bildiradi”. 5
3
 Қурбонова М. Фитрат - тилшунос. - Тошкент: Университет, 1996. – Б.32.
4
Madrahimov   O .  O ‘ zbek   tilida   sifat   va   yangi   yasalgan   sifatlar   masalasiga   doir //  O ‘ zFA   Axboroti , 
ijtimoiy fanlar seriyasi, Toshkent, 1957. – B.41 – 47.
5
 Ma’rufov Z. Sifat // Hozirgi zamon o‘zbek tili ( leksikologiya, fonetika, grafika va orfografiya,
morfologiya ), Toshkent: O‘zFA nashriyoti, 1957. – B.343 – 357.
7 Nisbiy   sifatlar   esa   predmetdagi   belgini   uning   boshqa   biror   predmetga
bo‘lgan   turlicha   munosabatiga   ko‘ra   bildiradi. 6
  Ishda   sifatlarning   ma’no   turlari,
yasalish   xususiyatlari,   sintaktik   vazifasi   haqida   ham   asosli   fikr-mulohazalar
berilgan.
60-yillarga   kelib   o‘zbek   tilshunosligida   sifat   turkumiga   oid   so‘zlarni
o‘rganishga   tilshunos   olima   M.Sodiqova   katta   hissa   qo‘shdi.   Olima   1963-yilda
“O‘zbek   tilida   rang-tus   bildiruvchi   sifatlar”   mavzusida   nomzodlik   ishini   himoya
qildi.   Ikki   tomlik   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”(1966)   va   “O‘zbek   tili
grammatikasi”(1975) nomli tadqiqotlarning “Sifat” mavzularini yozdi, 1974-yilda 
olimaning “Hozirgi o‘zbek tilida sifat” nomli monografiyasi e’lon qilindi.Masalan,
M.Sodiqova   1966-yilda   e lon   qilingan   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”   asaridaʼ
sifatning ma’no jihatdan olti turini alohida-alohida ajratib ko‘rsatgan edi: 
a) rang- tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil;
b) hajm bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun;
v) shakl bildiruvchi sifatlar: dumaloq, yassi, qiyshiq;
g) maza bildiruvchi sifatlar: achchiq, chuchuk, shirin;
d)xarakter   va   xususiyat   bildiruvchi   sifatlar:   yaxshi,   yomon,   a’lo,   ablah,urishqoq,
tirishqoq;
e) holat bildiruvchi sifatlar: kasal, musofir, boy, kambag‘al, yosh, qari, kal,kar, pes
va boshqalar. 7
Olima o‘zining keyingi tadqiqotlarida sifatlarning ma’no turlarini yanada 
kengaytirib,ularning sonini 8–9 taga yetkazgan.Agar M.Sodiqovaning 1974-yilgi 
monografiyasida sifatlarning ma’no turlari to‘qqiztaga yetkazilgan bo‘lsa, “O‘zbek
tili   grammatikasi”(1tom,1975)da   bu   haqidagi   fikrlari   yanada   aniqlashtirilgan   va
kengaytirilgan.
O‘tgan asrning 70–90-yillarida o‘zbek tilshunosligida sifat turkumini talqin 
etish yanada chuqurlashdi va ilmiy tus oldi. Jumladan, keyingi o‘ttiz-o‘ttiz besh yil
davomida   o‘zbek   tilshunosligida   tilning   grammatik   qurilishini,   lug‘aviy   tarkibini
o‘rganish sohasida sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritildi.Bunday yutuqlar bevosita sifat
6
 Ko‘rsatilgan asar.– B.343 – 357.
7
 Sodiqova M. Sifat // O‘zbek tili grammatikasi, ikki tomlik, 1-tom.  –Toshkent: Fan, 1976. – B.301. 
8 so‘z   turkumini   o‘rganish   sohasiga   ham   aloqadordir.Masalan,M.Xoliyorov   “Ot
negizlaridan so‘z yasovchi affikslar haqida” nomli maqolasida -chi, -dosh, -kash, -
kor   singari   ot   yasovchi   qo‘shimchalarning   xususiyatlarini   kengroq     tahlil     etib,
quyidagi xulosani bayon etadi:
“Demak, “shaxs oti yasovchi” deb yuritiladigan affikslar yordamida 
yasalgan so‘zlar otlarga (shaxs otlariga) emas,sifatlarga xos ma’no va grammatik 
xususiyatlarga ega. Chunki bu tipdagi affikslar, asosan, otlarga (otlashgan boshqa 
so‘zlarga   ham)   qo‘shiladi   va   otdan   ot   emas,   otdan   sifat   yasaydi.   Shuning   uchun,
bizningcha,   ot   negizlariga   qo‘shilib,   yangi   ma’noli   so‘z   yasovchi   -chi,   -dosh,   -
kash, -kor tipidagi  affikslarni sifat yasovchilar, ular yordamida yasalgan so‘zlarni
esa   yasama   sifatlar   deb   atash   lozim   bo‘ladi.   Ishchi,   kolxozchi,   paxtakor     kabi
yasama   sifatlarning   kontekstdan   tashqarida   ham   ot   kabi   tushunilishini   esa
substantivatsiya hodisasi deb qarash kerak” 8
.
G.Sodiqova  achchiq,  harir,  qattiq,  silliq,  shirin  kabi  sifat  leksemalarni 
“sezgi   ifodalovchi   sifat   sememalari”   nomi   ostida   o‘rganib,   ularning   komponent
tarkibini belgilashga harakat qildi. 9
U.Tursunov, J.Muxtorovlar tomonidan yaratilgan “Hozirgi  o‘zbek  adabiy 
tili”   (birinchi   nashri,1965;ikkinchi   nashri   1975;uchinchi   nashri   1992)   asarida
sifatning   ma’nosi   va   grammatik   belgilari   talqiniga   keng   o‘rin   berilgan.Bu   ishda
uning   oldingi   nashrida   bo‘lganidek,   sifatlarning   otga   ko‘chishi   va   otlashuvi
(substantivatsiyasi) hodisalarini   bir-biridan farqlashga harakat qilinadi. “Sifatning
otga ko‘chishi va otlashuvi, boshqa-boshqa hodisalardir. Bir  turkumdagi so‘zning
boshqa   turkumga   ko‘chishi   deganda   til   taraqqiyoti   natijasida   bir   turkumdan
ikkinchi turkumga o‘tgan so‘z nazarda tutiladi.Bunda mazkur so‘zning grammatik
mohiyati,   qisman   ma’nosi   o‘zgaradi.Sifatlarning   otga   ko‘chishi   ham   shunday
hodisadir.   Masalan,   qiz,o‘g‘il,erkak,ayol,kasal,chol,kampir   kabi   so‘zlar   asli   sifat
bo‘lib,   keyinchalik   otga   aylangan.   Bunday   so‘zlarning   otga   ko‘chganini   yoki
ko‘chayotganini   ko‘rsatuvchi   belgi   ularning   sifat   bilan   ifodalangan   aniqlovchi
olishida korinadi:  Yosh yigit, qari  chol, chiroyli  ayol  kabi.Sifatning (yoki  boshqa
8
 Xoliyorov M.Ot negizlaridan so‘z yasovchi affikslar // O‘zbek tili va adabiyoti, 1973.-  № 1. - B.82. 
9
 Sodiqova G. Sezgi ifodalovchi sifat sememalari // O‘zbek tili va adabiyoti, 1977.- № 3. - B.53-55.
9 biror turkum so‘zining)otlashuvi esa uning gapda ot bajaradigan sintaktik vazifada
kelishidir…”. 10
S.Usmonovning  M.Mirzayev va I.Rasulovlar bilan hamkorlikda yozgan
“O‘zbek tili” nomli asari(1978)da ham sifatlar tahlili ancha ixcham berilgan. Lekin
bu   asarda,   bizningcha,   bir   noaniqlikka   yo‘l   qo‘yilgan,   ya’ni   rus   tili   orqali   kirgan
ba’zi sifatlar tarkibida uchrovchi -ik (pedagogik), -iv (obyektiv, progressiv ), -l,  -al
(formal,gorizontal),   -on(intonatsion   )   kabi   affikslar   sifat   yasovchi   affikslar   deb
talqin   qilinadi. 11
Bu   fikrga   O.   Madrahimov   ham   o‘zining   “O‘zbek   tilida   sifat   va
yangi yasalgan sifatlar masalasiga doir” nomli maqolasida qo‘shilib,yangi yasalgan
sifatlar   haqida   so‘z   yuritar   ekan,   rus   tili   orqali   o‘zlashgan   sifatlar   tarkibida
qo‘llanuvchi   -ik-iv-al,-l,-ion,-sion,-atsion   affikslarini   o‘zbek   tilida   mustaqil
qo‘llanuvchi,   o‘zlashgan   sifat   yasovchi   affikslar,   deb   hisoblaydi.Bu   mulohaza
dots.T.Xo‘jayevning   quyidagi   fikrlari   orqali   inkor   etiladi:“Bizningcha,   antik,
kosmik,   genetik,   simfonik,   dekorativ,   operativ,   kooperativ,   aktiv,   real,   optimal,
internatsional   sifatlari   yasaluvchi   negizlarga   va   yasovchi   affikslarga   ajralmaydi.
Demak,   ular   affiksal   formali   sifatlar   emas.   Chunki   ular   o‘zbek   tilida   yasalgan
emas, balki  o‘zbek tiligacha yasalgan.O‘zbek tilida esa  ular  bitta morfema holida
qisqartirish   bilan   hozirgi   holatida,   aniqrog‘i   affiksli   formada   emas,balki
morfemalarga   ajralmaydigan   negiz   formasida   qabul   qilingan.Demak,ular
etimologik   jihatdangina   yasama   sifatlardir.   O‘zbek   tilida   esa   ular   nisbatan   yangi
so‘zlar   bo‘lgani   holda,   morfologik   strukturasi   jihatidan   tub   sifatlardir.” 12
Ayni
fikrlarga   Zafar   Pardayev   o‘zining   “O‘zbek   tilida   sifatlarning   semantik-uslubiy
xususiyatlari”   ilmiy   monografiyasida   ham   qo‘shilajagini   bildiradi   va
T.Xo‘jayevning yuqoridagi fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bizning fikrimizcha esa,
yuqorida   tilga   olingan   o‘zlashma   qo‘shimchalar   internatsional   qo‘shimchalar
bo‘lib, bora-bora o‘zbek tiliga ham singishib, yangi o‘zbekcha so‘zlar yasalishiga
xizmat qilishi ham mumkin. Buni biz o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot evolutsiyasi
10
 Tursunov U., Muxtorov J. Sifat // Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy 
tili, qayta ishlangan, to‘ldirilgan uchinchi nashri. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. – B.280 – 287.
11
 Usmonov  S. Sifat // Mirzayev M., Usmonov S., Rasulov I.O‘zbek tili.–Toshkent:O‘qituvchi, 1978. – B.100 –109.
12
 Xo‘jayev T., Mullajonova H. Yangi yasalgan sifatlar tahliliga tanqidiy obzor // O‘zbek   tili 
grammatik qurilishi, leksikologiyasi va dialektologiyasi masalalari, Samarqand: SamDU nashri, 1976. – B.89 – 99.   
10 orqali yaqqol isbotini ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi arab tili orqali   o‘zlashgan
-iy,   -viy   yoki   fors   tili   orqali   kirib   kelgan   -xona,   -kor,   no-,   bo-,   be-   kabi
qo‘shimchalarning, dastavval, faqat o‘zlashma so‘z yasalishidagi ishtirokiga guvoh
bo‘lgan   bo‘lsak,   keyinchalik   bu   qo‘shimchalar   o‘zbek   tili   affiksal   tarkibiga
shuqadar   singib   ketdiki,   endilikda   biz   ulardan   bemalol   sof   o‘zbekcha   so‘zlar
yasashda   ham     foydalanyapmiz.Til   taraqqiyotida   bunga   o‘xshash   misollarga
ko‘plab   duch   kelishimiz   mumkin.   Rus   tili   orqali   o‘zlashgan   ba’zi
qo‘shimchalarning taqdiri ham xuddi shu ko‘rinishda davom etsa, ajabmas. Chunki
til   hamonki,   ijtimoiy     hodisa   ekan,   unda   turfa   xil   o‘zgarishlar   va   yangilanishlar
sodir bo‘lishi juda tabiiy hol hisoblanadi.
“Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”(1-qism,1980)   nomli   darslik   o‘zbek
tilshunosligida   salmoqli   o‘rin   tutadi.Ana   shu   asardagi   “Sifat”   mavzusi   yirik
tilshunos   olim   Azim   Hojiyev   qalamiga   mansub. 13
  Bu   darslikda   sifatlarning
grammatik   xususiyatlarini   tahlil   etishda   oldingi   ishlarga   nisbatan   farqli   tomonlar
ancha   ko‘proq.   Eng   muhimi,   bu   ishda   sifatlar   asliy   va   nisbiy   deb   ikki   turga
ajratilmagan,bunday   yo‘l   tutishning   sababi   ham     ko‘rsatilmagan.   Sifatlarda   oddiy
(normal)   daraja,   orttirma   daraja   va   ozaytirma   daraja   mavjudligi   ta’kidlangan.
Orttirma   daraja   fonetik   usul   bilan   (dum-dumaloq,   ko‘m-ko‘k),   leksik   usul   bilan
(nihoyatda   baland,   behad   xursand,   juda   go‘zal),   ozaytirma   daraja   esa   leksik   usul
bilan   (sal   durust,   biroz   yaxshi,xiyol   ochiq),   morfologik   usul   bilan   (kattaroq,
kichikroq, sarg‘ishroq kabi) hosil bo‘lishi izohlab berilgan.
Tilshunos olima A.Hamitova 70–80-yillarda turkiy tillarda so‘z ma’nosining
kuchaytiruv   vositalarini   o‘rganish   sohasida   qator   ishlarni   amalga   oshirdi.
Olimaning  nomzodlik  dissertatsiyasi, bir necha ilmiy maqolalari hamda 
“Turkiy tillarda so‘z ma’nosining analitik yo‘l bilan kuchaytirilishi”  nomli 
monografiyasi(1984)   xuddi   shu   muammoni   o‘rganishga   bag‘ishlangan     edi.
Olimaning   kuzatishlaridan   shu   narsa   ma’lum   bo‘ladiki,   o‘zbek   tilida   juda,   eng,
g‘oyat, nihoyatda, bir, biram tim, naq, zap, behad, benihoya, cheksiz, beqiyos kabi
13
 Hojiyev A. Sifat // Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I.,   Doniyorov X. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili, 1- qism.  – Toshkent: O‘qituvchi, 1980. – B.251 – 258.
11 so‘zlar   sifat   darajalari   singari   belgini   kuchli,   emotsional   bo‘yoqdor   shaklda
ifodalashga xizmat qiladi. 14
Y.Tojiyev o‘zbek tilshunosligida affiksal sinonimiya muammolarini tadqiq 
etishga   salmoqli   hissa   qo‘shdi.   Jumladan,   uning   qator   ilmiy   maqolalari, 15
monografiyasi   sifat   yasovchi   affikslarning   ma’nodoshligi   masalasini   o‘rganishga
bag‘ishlangan.O‘zining   bu   sohadagi   izlanishlarini   olim   keyinchalik   doktorlik
dissertatsiyasida umumlashtirdi. Bu tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida ot
turkumiga oid so‘zlardan sifat yasab, o‘zakdan anglashilgan obyektga umuman ega
ekanlikni bildiruvchi -li// -dor, -li// -ser, -dor// -ser, - li//-ba, -li // -kor, - li//-mand, -
li//-don,  -li//-nok  -li//  -chan,  -li//-toy,  ba-//-dor,  ba-//-chan  kabi  so‘z  yasovchi
affikslar sinonimik juftliklarni hosil qiladi.Shuningdek,ot turkumiga oid so‘zlardan
sifat yasab, o‘zakdan anglashilgan obyektga ega emaslikni bildirgan -siz//be-,
-siz//no-, be-//no-,  -siz// nim- kabi so‘z yasovchi affikslar ham tilimizda sinonimik
juftliklarga ega ekanligini ta’kidlab o‘tadi.
90-yillarda  nashr  etilgan  “O‘zbek  tilining  amaliy  grammatikasi”  (1992),
“O‘zbek tili jadvallarda“(1993),“O‘zbek tili”(ixtisoslik grammatikasi, 1993) kabi 
qo‘llanma   va   darsliklarda   sifat   turkumiga   oid   so‘zlarni   tahlil   qilishda   an`anadan
chekinish   hollari   unchalik   ko‘zga   tashlanmaydi.   Masalan,“O‘zbek   tilining   amaliy
grammatikasi”(1992)   asarida   sifatlarning   qo‘llanish   xususiyatlarini   yoritishga
alohida   e’tibor   berilgan.Ozaytirma   va   kuchaytirma   sifatlar(oqish,   kattagina,juda
nafis),bosh   qismi   takrorlangan   sifatlar   (ko‘m-ko‘k,qop   -   qora,yam   -   yashil,kap   -
katta),ko‘chma   ma’noli   sifatlar(tulki   odam,   anor   yuz,tosh   yurak),asosan,turli
uslubiy maqsadlarda qo‘llanishi ta’kidlab ko‘rsatilgan. 16
.“O‘zbek tili”(1993) nomli
darslikda esa sifat haqida quyidagi ixcham ma’lumot keltiriladi:“Sifat predmetning
belgisini   bildirib,   asliy,   nisbiy,ozaytirma   va   kuchaytirma   darajalari   bilan
xarakterlanadi. Gapda esa aniqlovchi vazifasini bajaradi”. 17
14
 Hamitova A. Turkiy tillarda so‘z ma’nosining analitik yo‘l bilan kuchaytirilishi.  – Toshkent: Fan, 
1984.  – B.104.
15
 Tojiyev Y. –li,  -dor va  - ser affikslarining sinonimik munosabati haqida // O‘zbek tili stilistikasi 
masalalari, ToshDU asarlari, 427- chiqishi, Toshkent, 1972.  – B.181 – 186 .
16
 Abdurahmonov H., Rafiyev A., Shodmonqulova D. O‘zbek tilining amaliy grammatikasi.  –
Toshkent: O‘qituvchi,   1992.  – B. 142 .
17
 Nazarov K., Sayfullayeva R., Ubaydullayeva M. O‘zbek tili ( ixtisoslik grammatikasi ).  – Toshkent: 
O’qituvchi, 1993.  – B.30.
12 “O‘zbek tili jadvallarda” asari mualliflari sifatning ma’no turlarini yettiga
ajratib ko‘rsatgan: a)  xususiyat bildiruvchi sifatlar: kamtar, quvnoq; b)holat 
bildiruvchi   sifatlar   (keksa,     tinch);   v)shakl   bildiruvchi   sifatlar   (novcha,yassi,
uzunchoq);   g)   rang-tus   bildiruvchi   sifatlar(qizil,sariq);   d)maza-ta’m   bildiruvchi
sifatlar(achchiq,nordon);   e)hid   bildiruvchi   sifatlar   (xushbo‘y,qo‘lansa);   y)   narsa-
buyumning vaqtga ko‘ra belgisini bildiruvchi sifatlar (kuzgi, kechki). 18
“Hozirgi   o‘zbek   adabiy  tili”   darsligida   ham   sifatlarning  belgi-xususiyatlari,
semantik   tasnifiga   doir   qimmatli   ma’lumotlar   berilgan.Bu   darslikda   sifat
leksemalar   o‘zbek   tilining   substansial   yondashuv   nazariyasi   nuqtayi   nazaridan
o‘rganilgan   bo‘lib,ba’zi   bir   mulohazali   o‘rinlarga   ham   ega.   Darslikda   sifatning
umumiy   grammatik   ma’nosi   (UGM)   xususida   quyidagi   ma’lumotlarga   duch
kelishimiz mumkin:“Asosan predmetning,qisman harakatning belgisini bildiruvchi
darajalanuvchi so‘z sifat deyiladi:qizil qalam,oq kabutar, yaxshi gapirmoq.Boshqa
so‘z turkumi ham belgi ifodalaydi.Ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalashi
jihatidan ulardan ajralib turadi.Masalan, gul– qizil deganda  turg‘un  (statik)  belgi,
gul   qizardi   deganda   esa   o‘zgaruvchi   (dinamik)   belgi   namoyon   bo‘lgan.Sifat
anglatadigan   belgi   boshqa   turkum   anglatadigan   belgidan   xususiyati   bilan
farqlanadi.Masalan,qizg‘ish –qizil – qip –qizil.Boshqa turkum anglatuvchi  belgida
esa   bunday   xususiyat   yo‘q.Sifat   gapda   asosan   sifatlovchi   aniqlovchi,   qisman
kesim, hol vazifasida keladi.
Belgi tushunchasi o‘z ichiga rang -tus, hajm-shakl, xarakter, vazn, maza 
kabilarni   qamrab   oladi.Belgining   xususiyatiga   ko‘ra   sifat   ikkiga   bo‘linadi:   asliy
sifatlar va nisbiy sifatlar.
Asliy sifat predmetning turg‘un, nisbatlanmaydigan va  darajalanadigan
belgisini ifodalaydi: qizil, sariq, katta, ko‘p, oz. Nisbiy sifatlar belgini   qandaydir
bir   predmet,   belgi,   miqdor,   o‘rin   va   harakatga   nisbatan   ifodalaydi:     moddiy
yordam, siniq  piyola,burchakdagi  o‘tirgich. 
Nisbiy sifatda darajalanish, qiyoslanish bo‘lmaydi. Lekin u daraja belgisiga
ega   bo‘lgan   ravishdan   asosan   predmet   belgisini   bildirishi   bilan   farqlanadi.Asliy
18
 Nurmonov A., Rasulov R. O‘zbek tili  jadvallarda.  – Toshkent: O‘qituvchi, 1993.  – B.184.
13 sifatning   barchasida   daraja   shakllari,   ayrimida   ozaytirma   va   kuchaytirma   shakl
bor. 19
Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, keying yillarda yaratilayotgan  ayrim 
asarlarda   sifat   so‘z   turkumi   haqida   ba’zi   eski,   shu   so‘z   turkumi   tabiatiga   mos
kelmaydigan   xususiyatlar   haqida   ham   fikr-mulohazalar   bayon   etilmoqda.
Jumladan, nofilologik guruh talabalari uchun chiqarilgan “O‘zbek tili va adabiyoti”
darsligida   “sifatlarning   ma’no   turlari   –   asliy   va   nisbiy   sifatlardan   iborat   bo‘ladi.
Asliy   sifatlar   predmetning   asl   belgisini   bildiradi   (qizil,yashil,botir)   kabi.   Nisbiy
sifatlar yasama sifatlardir, ammo ba’zan ayrim bosh kelishik shaklidagi otlar ham
sifat turlariga kiradi: oltin soat, g‘isht ko‘prik, tulki odam kabi”, deb yozilgan.
Shunday qilib o‘tgan asrning 70-90- yillarida o‘zbek tilshunosligi sifat 
turkumiga oid so‘zlarning grammatik va semantik xususiyatlarini tadqiq etish 
sohasida qator ishlarni amalga oshirdi. 
1.2.Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda  umumta’lim maktablari  darsliklarida
sifat so‘z turkumining  berilishi
Ta’lim-tarbiya   masalalari   doimo   o‘z   dolzarbligini   yo‘qotmagan.
Istiqlolgacha   bo‘lgan   davrda,   aynan,   Chor   Rossiyasi   istilosi   davrida
mamlakatimizda   maorif   ishlari   belgilab   qo‘yilgan   dasturlar   asosida   olib   borilgan.
“Oktabr   to‘ntarishi”dan   keyingi   vaqt   oralig‘ida     maktab   hujjatlari   “Birlashgan
ishchi yoshlar maktablari dasturi”, “Davlat o‘quv-metodik kengashining kompleks
dasturi”,   “Metodlar   dasturi”asosida   yaratilgan   bo‘lib,   ma’lum   davrlarda   ularning
ta’limga sezilarli ta’siri sezilgan. 20
Ammo keyinchalik ularda o‘quvchilarning yosh
jihatlari   hisobga   olinmagani   uchun   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotgan.Shuningdek,   bu
dasturlarda alohida bir fan doirasidan kelib chiqish kuzatilmagan, aksincha ularda
umumiy metodik tavsiyalar berilgan. 
Butun   Rossiya   Kommunistik   Partiyasi   Markaziy   Qo‘mitasining   buyrug‘i
asosida   1931-yil   5-sentabrdan   1932-yil   25-sentabrgacha   qabul   qilgan   Qarorlariga
19
 Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 
Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. – B.237.     
20
 Рахимова К.Развитие речи учащихся в связи с изучением темы "Имя прилагательное" в узбекской 
школе.Ташкент,1984.-  C.15.
14 tayangan holda yangi  maktab  dasturlari  yaratililishi  lozim  deb topildi. 1933-yilda
bu   Qarorlarning   ijrosi   sifatida   Sovet   ittifoqi   Vazirlar   Mahkamasining   ilg‘or
zamonaviy   talablarga   asoslangan   til   ta’limi   bo‘yicha   1-dasturi   ishlab   chiqildi.   Bu
dastur til ta’limining asosi sifatida 1966-yilgacha xizmat qildi.
       O‘zbekiston   SSRi   Ma’naviy   ishlar   vazirligi   hamda   Qori   Niyoziy   nomidagi
O‘zbekiston   Pedagogika   fanlari   ilmiy   tadqiqot   instituti   tomonidan   1967-yilda
sakkiz   yillik   o‘zbek   maktablari   uchun   ona   tili   ta’limi   bo‘yicha   Dastur   ishlab
chiqildi.1971–1972 -yillardan boshlab bu Dastur bo‘yicha O‘zbekistondagi barcha
maktablarda ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Bu Dasturga ko‘ra:  
1. Ona tili fani bo‘yicha materiallar endilikda o‘quvchilarning yoshini hisobga
olgan holda, bosqichma-bosqich berib boriladigan bo‘ldi.
2. Ona tili  darslarida  asosiy  e’tibor  o‘quvchilarning og‘zaki  va yozma nutqini
o‘stirishga, ularda ifodali o‘qish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
3. Grammatik   qoidalarni   o‘rganish   jarayonida   ularni   amaliy   mashqlarni
bajarish   bilan   mustahkamalash   evaziga   o‘quvchilarning   bilimlarini   oshirish
nazarda tutilgan.
4. Dasturda   yana   e’tibortalab   mavzulardan   biri   sifatida   o‘quvchilarga   til
bo‘limlarini   bir-biri   bilan   uzviylikda   o‘rganish,   so‘z   turkumlari   bo‘yicha
bilimlarni egallashda ularning sintaktik vazifalarini ham o‘zlashtirish birgalikda
olib borilgan.
5. Ko‘lami   jihatidan   yirik   va   o‘zlashtirilishi   oson   bo‘lmagan   “Ot”,”Sifat”,
“Fe’l”   mavzulari   bir   sinf   bosqichida   emas,   balki   2–   3   sinf   davomida   o‘rganib
borilgan. Jumladan , ”Sifat” mavzusi 4- va 5-sinf darsliklarida berilgan bo‘lib,
bunday   taqsimlash   o‘quv   jarayonini   birmuncha   yengillashtirishga   xizmat
qilgan.
      O‘zbek   tili   bo‘yicha   4-sinf   darsligida   8   soat   davomida   sifat   so‘z
turkumining leksik ma’nolari , asosiy grammatik belgilari hamda sifat darajalari
mavzularini   o‘rganish   rejalashtirilgan.   5-sinfda   esa   “Orttirma   va   ozaytirma
darajadagi   sifatlar”,   “Sifatlarning   yasalishi”,   “Sifatlarning   otga   ko‘chishi”   kabi
mavzlarning o‘rganilishi uchun 15 soat vaqt ajratilgan.Aynan shu Dastur asosida
15 darsliklar yaratilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu ishda katta ilmiy-metodik sa’y-
harakatlar olib borilga n .
4-sinf “Ona tili” o quv dasturida sifat so z turkumining berilishiʻ ʻ
№ Mavzular nomi Ajratilgan dars soati
1. Sifat so z turkumi	
ʻ 1
2. Sifatlarning ma’no guruhlari 1
3. Rang-tus,maza-ta m bildiruvchi sifatlar	
ʼ 1
4. Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar 1
5. Hajm-o lchov bildiruvchi sifatlar	
ʻ 1
6. Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari 1
7. Sifat darajalari 1
8. O tilganlarni takrorlash	
ʻ 1
5-sinf “Ona tili” o quv dasturida sifat so z turkumining berilishi	
ʻ ʻ
№ Mavzular nomi Ajratilgan dars soati
1. Sifat so z turkumi haqida ma lumot	
ʻ ʼ 1
2. Asliy va nisbiy sifatlar 1
3. Sifat darajalari  1
4. Orttirma va ozaytirma darajadagi sifatlar 2
5. Qiyosiy darajadagi sifatlar 1
6. Sifatlarning yasalishi 1
7. Morfologik usul bilan sifat yasalishi 1
8. Sintaktik usul bilan sifat yasash.Qo shma sifatlar	
ʻ 1
9. Murakkab sifatlar 1
10. Juft sifatlar 1
11. Sifatlarning otga ko‘chishi 1
12. Sifatlarning ma no guruhlari	
ʼ 2
16 13. O tilganlarni takrorlashʻ 1
         O‘zbek tili  bo‘yicha yaratilgan dastlabki  darsliklarda , shuningdek, til
muammolari   bo‘yicha   yaratilgan   ilmiy-nazariy   manbalarda   grammatik
terminlarning     berilishida   izchillik   bo‘lmagan.   Masalan,   1920-yilda   yaratilgan
o‘zbek   tili   bo‘yicha   dastlabki   darslikda   “sifat”   termini   so‘zlashuv   uslubi
shaklida, ya’ni “sipat” ko‘rinishida berilgan. 
“O‘zbekcha   til   saboqlari”   darsligi   esa   “sifat   darajalari”   termini   o‘rniga
“sifat   sirlari”,   “oshirma(orttirma)   daraja”   o‘rniga   “chog‘ishtirma   daraja”
terminlarini taklif qilgan. 21
 
Sifat   so‘z   turkumini   o‘quvchilarga   o‘rgatishda   izchillik   1956-yilda
yaratilgan   ilmiy-nazariy   qo‘llanmalar   davriga   yetib     kelibgina   sezila   boshladi.
Tilshunos   olim   Z.   Ma’rufovning   “Hozirgi     zamon   o‘zbek   tili”     (1957)   nomli
tadqiqotida   “Sifat”   mavzusi   yirik   ko‘lamda   yoritilishi   fikrimiz   dalilidir. 22
  Bu
borada M.Sodiqovaning tadqiqotlari ham ahamiyatlidir.
Metodik   jihatdan   esa   boshlang‘ich   va   o‘rta   ta’lim   maktablarida   o‘zbek   tili
ta’limi bo‘yicha U.Kamol boshchiligida nashrga tayyorlangan qo‘llanmada sifat
so‘z   turkumining   qoidasi,   asliy   va   nisbiy   sifatlar   hamda   sifat   darajalari
to‘g‘risida   ma’lumotlar   berilgan,   xolos.   Ona   tili   darslarining   samaradorligini
oshirish   bo‘yicha   qo‘llanmada 23
  esa   sifat   mavzusi   qo‘shma   va   juft   sifatlar   ,
ularning imlosi haqidagi kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga jamlagan.
Respublika maktablari ta’lim tizimining yangi bosqichiga o‘tishi jarayonida
bir   soatlik   dars   ishlanmalarini   yaratish   ehtiyoji   tug‘ildi.Xuddi   shunday   dars
ishlanmalarini 4-sinf 24
 darsligi bo‘yicha tuzgan metodist olima professor Karima
Qosimova  sifat mavzusi bo‘yicha o‘tiladigan har bir mavzuga e’tibor qaratdi. 
21
.Ramazon Q, Qayumi X..Grammatika.O`rta maktablar uchun darslik. I qism.-Toshkent:Davlat ilmiy nashri,1937.
22
  Ma’rufov Z. Sifat // Hozirgi zamon o‘zbek tili ( leksikologiya, fonetika, grafika va orfografiya,
morfologiya ). - Toshkent: O‘zFA nashriyoti, 1957.
23
 Madaliyev B.Ona tili darslarining samaradorligini oshirish.-Toshkent,1969.
24
 Qosimova K.4-sinfda Ona tili darslari.- Toshkent: O`qituvchi, 1974.
17 5   –6-sinflarda 25
  esa   asosiy   urg‘u   orttirma   va   ozaytirma   darajadagi   sifatlar   va
ularning imlosiga qaratilgan.
Mazkur   davrda   sifat   so‘z   turkumini   o‘rgatishda   o‘quvchilarga   ko‘proq
yozma   matnlar   ustida   ishlash,   bayon   va   insholar   yozish,   “Vatan   adabiyoti”
darsligida   berilgan   parchalarda   keltirilgan   sifatlar,   epitetlarni   ajratish   vazifasi
qo‘yilgan.4 – 5-sinflarda alohida predmetlar, tabiat hodisalari, turli qahramonlar
haqida   ularning   xususiyatlarini   ifodalovchi   matnlar   tuzishga   ko‘poq   e’tibor
qaratilgan.Grammatik   topshiriqlardan   esa   sifatlarni   topib,   ularning   ma’nolarini
tushuntirish, yasama sifatlar tarkibidagi so‘z yasovchi qo‘shimchalarni aniqlash,
ular  qaysi  darajada ekanligi – oddiy yoki  orttirma kabi  savollarga javob topish
vazifalari qo‘yilgan.
Har   bir   grammatik   mavzuni   o‘rganishda   o‘quvchilar   uchun   ma’lum
tarbiyaviy, didaktik vazifalar  qo‘yiladi. Sobiq Ittifoq davrida  ona tili darslarida
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish qatorida ularni kommunistik
ruhda   tarbiyalash   yetakchilik   qilgan.   O‘tilayotgan   darslar,   xususan,   sifat
mavzusini   o‘rganishda   ham   mamlakat   rahbarlarini   ulug‘lash   bo‘yicha   so‘z
birikmalarini   tuzish,   ularning   shaxsiyatini   ochib   berishga   qaratilgan   matnlar
yaratishga   ko‘proq   ahamiyat   berilgan.   Tuzilayotgan   har   bir   gapda   yuksak
vatanparvarlik ruhi sezilib turgan:”Jahonda Sovet Ittifoqidan ko‘ra qudratli kuch
yo‘q”,   “Sovet   mamlakati   barcha   tichliksevar   mamlakatlar   bilan   hamkor   va
hamnafas”. 26
Sifat   mavzusini   o‘rganishda   qo‘yiladigan   vazifalar   esa   quyidagilardan   deb
belgilangan:
1. Sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlarning   ma’nolari   va   grammatik   belgilarini
chuqur o‘zlashtirish.
2. Sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlardan   og‘zaki   va   yozma   nutqda   qo‘llay   olish
qobiliyatini shakllantirish.
25
 Omilxonova M., Abdullayev I., Abdulahatova R., Inog`omova R., Otashniyozova A..5 – 6-sinflarda Ona tili 
darslari. -Toshkent: O`qituvchi, 1978.
26
 Рахимова К.Развитие речи учащихся в связи с изучением темы "Имя прилагательное" в узбекской 
школе.Ташкент,1984. – C .45.
18 3. Sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlarni   o‘rganishda   mamlakat     rahbarlari   hayoti
haqidagi matnlarga e’tibor berish, o‘quvchilarga vatanparvarlik, insonparvarlik,
internatsionalizm   ruhida   ta’lim   berish,   estetik   va   etik   tarbiya   elementlarini
shakllantirish .
4. Sifat so‘z turkumidagi so‘zlar bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish qatorida ularni
o‘z vaqtida mustahkamlash uchun turli yozma nazorat ishlarini o‘tkazish. 27
II BOB.  HOZIRGI DAVR “ONA TILI” VA “O‘ZBEK TILI”
DARSLIKLARIDA SIFAT SO‘Z TURKUMI  TALQINI
2.1. Umumta’lim maktablari “Ona tili” o‘quv dasturida sifat so‘z turkumi
bo yicha dastlabki bilimlarning berilishi va ularning ahamiyatiʻ
27
  Ushinskiy   K . D . Tanlangan   pedagogik   asarlar .- Toshkent : Ilmiy - pedagogik   nashr ,1954. – B .429.
19 Sifat   so‘z   turkumini   o‘rganish   tizimi   materialni   leksik   va   grammatik
tomondan   izchillik   bilan   boyitib,   murakkablashtirib   borishni   ko‘zda   tutadi.   Sifat,
uning lug‘aviy shakllari, yasalishi  6-sinfda o‘rganiladi. Ammo bu so‘z turkumiga
oid   dastlabki   ma’lumotlar   boshlang‘ich   sinflarda   berilganligini   inobatga   olib,
mazkur so‘z turkumini o‘rganish ana shu egallangan zaruriy bilimlarni o‘quvchilar
xotirasida tiklash bilan boshlanadi. 
Ma’lumki,o 'quvchilar 1-va   2-sinfda  sifatning  leksik  ma’nosini  kuzatadilar,
sifatga   qanday?,   qanaqa?   so'rog‘ini   berishga   o'rganadilar;   3-sinfda   sifat   so'z
turkumi   sifatida   o'rganiladi;   4-sinfda   ilgari   o'rganilganlar   takrorlanib,   grammatik
materialga   bog‘liq   holda   qip-qizil,   yam-yashil   kabi   orttirma   darajadagi   (atama
aytilmaydi)   sifatlarning   yozilishi   o'rgatiladi.   Ona   tili   va   o‘qish     darslarida
o‘quvchilar   nutqi   yangi-yangi   sifatlar   bilan   boyitiladi,   ularga   oldindan   ma’lum
bo'lgan  sifatlarning ma’nosiga aniqlik  kiritiladi. 28
Sifatni   o‘rganish   metodikasi   uning   lingvistik   xususiyatlariga     asoslanadi.
Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va  ko'rinishi, maza-ta’mi,  xarakter-
xususiyati,     hidi,     vazni,     o‘rin     va     paytga     munosabati)ni     bildiradi.
Sifatning   leksik   ma’nosi   uni   ot   bilan   bog‘liq holda   o‘rganishni   talab   qiladi.
Sifatni     tushunish     uchun     1-sinfdanoq   o‘quvchilar     e’tibori     sifatning     otga
bog‘lanishini  aniqlashga  qaratiladi. O‘quvchilar predmetning  belgisini  aytadilar,
ularda   so‘roq   yordamida gapda   so‘zlarning   bog‘lanishini   aniqlash   ko‘nikmasi
o‘stiriladi,   ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan   so‘z birikmasini   ajratadilar
(atama aytilmaydi).  Keyingi  sinflarda  bu  bog‘liqlik  aniqlashtiriladi.  Shunday 
qilib,   sifatning semantik-grammatik xususiyatlari    sifat ustida ishlashni  leksik va
grammatik (morfologik va sintaktik) yo‘nalishda olib borishni talab  etadi.
             Boshlang‘ich   sinflarda   sifat   mavzusi  quyidagi   izchillikda o‘rganiladi:   I)
sifat   bilan   dastlabki   tanishtirish   (1-,   2-sinf);   2)   sifat   haqida tushuncha berish
(3-sinf);     3)   shu   grammatik   mavzu   bilan   bog‘liq   holda   ayrim   sifatlarning
yozilishini  o‘zlashtirish  (4-sinf).
28
 Qosimova K.,Matchonov S., G'ulomova X.,Yo'ldosheva Sh.,Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –Toshkent: 
Noshir,  2009. –B.258.
20             Sifat   bilan     (atamasiz)     dastlabki   tanishtirish     (birinchi   bosqich)     sifatning
leksik     ma’nosi     va   so‘roqlari     ustida     kuzatish     o‘tkazishdan     boshlanadi.
Predmetning belgilari xilma-xil bo‘lib, uni  rangi,  mazasi, shakli, xil-xususiyatlari
tomonidan   tavsiflaydi.   Shunday   ekan,   sifat   tushunchasini   shakllantirish   uchun
uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi.
O‘qituvchi   predmetni   yoki   uning   rasmini   ko‘rsatadi,   o‘quvchilar   uning
belgilarini   aytadilar   va   yozadilar.Masalan,(qanday?)olma   —   qizil,shirin,yumaloq
olma;(qanday?) ip — uzun, ko‘k ip. Albatta, suhbat asosida   o‘quvchilar olma, ip
so‘zlari   nima?   so‘rog‘iga   javob   bo‘lib,   predmet   nomini   bildirishi,   qizil,   shirin,
yumaloq kabi so‘zlar qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning belgisi (rangi,
mazasi,   shakli)   ni   bildirishini   aniqlaydilar.   O‘qituvchi   atrofimizni   o‘rab   olgan
predmetlarning   o‘z   belgilari   borligini,   ular   bir-biridan   shu   belgilar   bilan
farqlanishini   yana   bir-ikki   misol   bilan   tushuntiradi   (Qanday?Daraxt   —   katta,
chiroyli, sershox, kо‘m-ko‘k daraxt.Qanaqa? shkaf — oynali,baland shkaf). Xulosa
chiqariladi:     qanday?,   qanaqa?   so‘roqlariga   javob   bo‘lgan   so‘zlar   predmet
belgisini bildiradi.
O‘quvchilar   belgi   bildirgan   bunday   so‘zlaming   nutqimizdagi   ahamiyatini
anglashlari   uchun   sifat   ko‘p   uchraydigan   matn   tanlanib,   avval   sifatlarini   tushirib
qoldirib,so‘ngra   sifatlari   bilan   o‘qib   beriladi   va     mazmuni   taqqoslab   ko‘rsatiladi.
Predmetni   aniq   tasvirlash   uchun   uning   belgisini   bildiradigan   so‘zlardan
foydalanilgani   tushuntiriladi.Bu   darslarda   ko‘rgazma   vositalar   (predmetlar,
predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan  keng  foydalaniladi.
O‘quvchilar qanday?,qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan  (predmet belgisini
bildirgan)     so‘zlarni   o‘zlashtirishlari   uchun   mashqning   quyidagi   turlari   samarali
hisoblanadi:     1)     so‘roq   yordamida   predmetning   belgisini   bildirgan   so‘zlarni
tanlash;   2)   aralash   berilgan   so‘zlardan   gap   tuzish;   3)   matndan   kim?   yoki   nima?
so‘rog‘iga   javob   bo‘lgan   so‘zni   va   unga     bog‘langan     qanday?   va   qanaqa?
so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni tanlab (so‘z  birikmasini  topib) aytish  va  yozish;
4)  tayanch so‘zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
21 Ikkinchi   bosqichda   asosan     ikki   vazifa:“Sifat”   tushunchasini   shakllantirish
hamda o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash
uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish
hal qilinadi.
“Sifat”   tushunchasini   shakllantirish   o‘quvchilaming   “predmet   belgisi”
degan   umumlashtirilgan   kategoriyani   o‘zlashtirish   darajasiga   bevosita   bog‘liq.
Shu   maqsadda   rang,   maza,   shakl,   hajm,   xil-xususiyat   bildiradigan     so‘zlar
guruhlanadi   va   shu   so‘zlaming   xususiyatlari   umumlashtiriladi.   Sifatning   leksik
ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik   xususiyatlari   ham   qayd   etiladi.
Sifatlarning   xususiyatlarini   umumlashtirish   asosida   o‘quvchilar   uning     so‘z
turkumi  sifatidagi o‘ziga  xos  ko‘rsatkichlarini  ajratadilar:  
a)predmet  belgisini  bildiradi,
b)qanday? yoki  qanaqa? so‘rog‘iga  javob  bo‘ladi,  
d)gapda     otga   bog‘lanib,     shu     ot     bilan     so‘z     birikmasi     hosil     qiladi,     ikkinchi
darajali bo‘lak vazifasida keladi.
Bu   sinfda   og‘zaki   va   yozma   ijodiy   ishlar   (maktab   bog‘i   yoki   istirohat
bog‘iga ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt,qushlar, hayvonlarni  tasvirlab kichik
hikoya tuzish  kabilar)ga  katta o‘rin beriladi.
O‘quvchilaming   sifatning   leksik   ma’nosi   haqidagi   tushunchalarini
chuqurlashtirish   va   predmetni   har   tomonlama   tasvirlash   malakasini   o‘stirish
uchun:  
1)berilgan   predmetlarning   rangi,mazasi,shakli,xususiyatini   ifodalaydigan   sifatlar
tanlash va yozish:  
Qanday? Shaftoli — shirin, suvli, tuksiz  shaftoli.  
Qanday? Kitob – qalin ,  qiziqarli  kitob ;
2)  berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash:  
Tikanli,kichkina, foydali (tipratikan).  
Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi (tulki);
3)predmetlarning   belgisiga   qarab   topishmoqlarning   javobini   aytish   kabi
mashqlardan foydalanish  mumkin.
22         Sifatning   nutqimizdagi,   fikrni   aniq   va   tushunarli   ifodalashdagi   o‘rnini   puxta
o‘zlashtirishga   erishish   uchun   ma’nodosh   va   zid   ma’noli   sifatlar   ustida   ishlash,
o‘qish   darslarida   sifatning   o‘z   va   ko‘chma   ma’noda   ishlatilishini   kuzatish
maqsadga   muvofiq.   Sifatni   o‘rganish   jarayonida   so‘z   yasashga   oid   mashqlarni
muntazam   o‘tkazib   borish   o‘quvchilarda   u   yoki   bu   so‘z   turkumini   yasash   uchun
so‘z   yasovchi   qo‘shimchalardan   ongli   foydalanish   malakasini     shakllantiradi.
Uchinchi   bosqichda   sifat   haqidagi   bilimlarni   takomillashtirish,   og‘zaki   va   yozma
nutqda   sifatlardan   aniq,   o‘rinli   foydalanish   ko‘nikmasini   o‘stirish   bilan   bog‘liq
holda   -roq qo‘shimchasi  bilan   qo‘llangan sifatlarni   va   ko‘m-ko‘k,   yam-yashil
kabi sifatlarni to‘g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni
bajarishga qarab belgilanadi va o‘quvchilar nutqini o‘stirishga qaratiladi.
Nazariy   ma’lumotlarga   asoslanib:matnda   berilgan   otlaming   belgilarini
ifodalaydigan   sifatlarni   tanlab   qo‘yish,   gapda   sifat   bog‘langan   otni   (so‘z
birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan
sifatlar   yoki   so‘z   birikmasi   bilan   gap   tuzish   kabi   mashqlardan   foydalaniladi.
Mashq materialini tanlashda -roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan yaxshiroq,aqlliroq
kabi,   shuningdek,   tip-tiniq,   sap-sariq   kabi   sifatlar   ko‘proq   bo‘lishiga   e’tibor
beriladi.O‘quvchilaming   mustaqilligi   osha   borgan   sayin   mashq   topshiriqlari   ham
asta-sekin murakkablashtira boriladi. 
Shunday   qilib,   sifatni   o‘zlashtirishda   uni   ot   bilan   o‘zaro   bog‘liq   holda
o‘rganishga   asoslaniladi.Sifat   haqidagi   bilimlarni   takomillashtirish   og‘zaki   va
yozma   nutqda   undan   o‘rinli   foydalanish   ko‘nikmasinni   o‘stiradi,orfografik
malakani   mustahkamlaydi,   o‘quvchilarni   nutq   madaniyatini   egallashlarida
ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qiladi. 29
2.2.Mavjud darsliklarning  sifat so‘z turkumini o‘rganish bosqichlari va
izchilligi bo‘yicha tahlili
 N.Mahmudov, A.Nurmonov,A.Sobirov, D.Nabiyevalar muallifligida nashr
etilgan 6-sinf “Ona tili” darsligi tahlili
29
 Ernazarov G`.Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi.O`quv qo`llanma. Toshkent. Ilm- ziyo, 2013.- 
B.126.
23 O‘quvchilarga   har   tomonlama   puxta   bilim   berishda   darsliklarning   ahamiyati
kattadir.   Jumladan   hozirgi   davr   o‘quv   qo‘llanmalaridagi   sifat   so‘z   turkumining
o‘rganish   jarayoni   to‘g‘ri   rejalashtirilsa,   samaradorlik   ko‘rsatkichi   ham   oshib
boraveradi.
Shu   nuqtayi   nazardan   amalda   qo‘llanilib   kelayotgan   2017-yilda   Nizomiddin
Mahmudov va boshqa mualliflar tomonidan yaratilgan 6-sinf “Ona tili“ darsligida
sifat so‘z turkumi bo‘yicha quyidagi mavzular berilgan: 30
№ Mavzularning nomlari Ajratilgan dars
soati
1. Sifat  1
2. Sifatlarning yasalishi  1
3. Sifat yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi 2
4. Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda sifat. 1
5. Qo‘shma sifat  1
6. Juft sifatlar va ularning imlosi  1
7. Takroriy sifatlar va ularning imlosi  1
8. Asliy va nisbiy sifatlar 1
9. Sifat darajalari  1
10. Sifatlarning oddiy daraja shakli 1
11. Sifatlarning orttirma daraja shakli  1
12. Sifatlarning qiyosiy daraja shakli  1
13. Sifatlarning ozaytirma shakli  1
14. Sifatlarning ma’no guruhlari  1
15. Xususiyat, hajm-o‘lchov, makon-zamon sifatlari  1
16. Rang-tus, maza-ta’m va hid sifatlari  1
17. Sifatlarning otlashuvi 1
18. Mustahkamlash  1
30
  Mahmudov N.va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.- Toshkent,2017. -
B.133-158.
24     Demak,   yuqori   sinflarda   sifat   mavzusini   o‘rganish,   bu   so‘z   turkumga   oid
bilimlarni   boyitish   aynan   shu   mavzular   doirasida   o‘rganilar   ekan,   o‘quvchilar
uchun, avvalo , quyidagi qoida o‘ziga xos misollar orqali o‘rgatiladi: 
Otga   bog‘lanib,   uning   belgisini   bildiradigan   va   «qanday?»,   «qanaqa?»
so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarga sifat deyiladi. 31
Bu borada o‘quvchilar sifat gaplar tarkibidagi   so‘z turkumiga oid so‘zlarni
ajrata   olish   ko‘nikmasini   hosil   qilishlari   kerak.Jumladan,   bu   vazifani   bajarish
uchun quyidagi mashq berilgan:
  Baqqol   amaki   o‘zi   pakana-yu,   lekin   yuzi   katta,   peshonasi   keng,   yakkam-
dukkam   soqolli,   burni   puchuq,   iyagi   kalta   odam.   Qorni   ham   haddan   tashqari
katta   bo‘lganligi   uchun   o‘tirganda   xuddi   bir   qop   go‘shtdek   bo‘lib   qoladi.
O‘ziyam   juda   g‘alati   odam,   sergapmi,   kamgapmi,   bilib   bo‘lmaydi.   Bir
qarasangiz,qiziq-qiziq gaplarni aytib, odamlarni kuldirib o‘tiradi; bir qarasangiz,
gung bo‘lib boshini egib oladi. (X.To‘xtaboyev)
Darslikda   berilgan   navbatdagi   mashq   ham   xuddi   oldingisidek
o‘quvchilardan   sifat   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlarni   topishni   va   ularni   qanday
so‘roqlarga   javob   berishini   aytishni   so‘raydi.   Qo‘shimcha   tariqasida   mavzuni
yaxshi   o‘zlashtirish   va  belgiga   xos   so‘zlarni   yodda   saqlash   uchun  quyidagi   savol
va   topshiriqlarga   javob   berish   bilan   ushbu   mavzuga   oid   dastlabki   bilimlarini
mustahkamlashni taklif qilamiz:
1. Sifat deb nimaga aytiladi?
2. Sifatlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
3. Rang-tusni bildiruvchi sifatlarga misollar keltiring.
4. Maza-ta’mni bildiruvchi sifatlar ishtirokida gaplar tuzing.
5. Belgi-xususiyat bildiruvchi sifatlar qaysilar?
Navbatdagi   o‘zlashtirilishi   biroz   murakkab   bo‘lgan   mavzulardan   birini
“Sifatlarning yasalishi”ni o‘rgatishda o‘qituvchidan mahorat talab qilinadi.
31
  Mahmudov N.va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.- Toshkent,2017. -
B.133
25 Darslikda berilgan dastlabki topshiriqqa ko‘ra o‘quvchilar berilgan sifatlarni
tahlil  qilishlari, ularning qaysi  tub, qaysi  yasama  so‘zlar  ekanligini  shu kungacha
olgan bilimlariga tayangan holda o‘zlashtirishlari lozim:
Shirin, oq, katta, shirali,mazmundor, serunum, kamhosil , ko‘ylakbop, xushfe’l
Sifatlar   tarkibiga   ko‘ra   tub   va   yasama   sifatlarga   bo‘linadi.   Tarkibida   so‘z
yasovchi   qo‘shimchalar   bo‘lmagan   sifatlar   tub   sifatlar,   asos   va   so‘z   yasovchi
qismdan iborat bo‘lgan sifatlar yasama sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga
qo‘shimchalar qo‘shish yoki so‘z qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Qoidani mustahkamlash uchun quyidagi mashqni bajaramiz:
Oybekning   «Bolalik»   asaridan   olingan   gaplarni   o‘qing.Qavs   ichidagi   sifat
yasovchi qo‘shimchalardan mosini nuqtalar o‘rniga qo‘yib, ko‘chiring.
1. Otinbibi   qari,  jiddiy,  (bo-,  ser-,  no-)...  savlat   xotin. 2.  O‘yma...  (-gar, -li, -kor)
gullari  bilinmaydigan darajada o‘chgan, qo‘sh tabaqa... (-siz, -li, -dor) eski eshikka
kiramiz.3.   Pochcham   ellikdan   oshgan,   novcha,   kasal...   (-chan,   -kash,-mand),
rangpar kishi. 4. Cho‘ponlar sez... (-qur, -gir, -kir),itlar ham ziyrak, bo‘ridan ayyor.
5. Do‘mbirachi qadim... (-iy,-gi, -dor) qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda.
Sifat haqidagi o‘rganilgan ma’lumot ya’ni bilimlarga tayangan holda ularni
mustahkamlash   uchun   “So‘z   ustida   so‘z”   usulini   o‘tkazish   tartibidan
foydalanishimiz   mumkin.Ushbu   usul   o‘quvchilarning   bilimlarini   qay   darajada
o‘zlashtirganligini   aniqlash   imkonini   beradi.   O‘quvchilarning   analitik   (amaliy)
tafakkurini   (aniqlash   imkoniyatini)   umumiy   xulosa   qabul   qilish   salohiyatini
o‘stiradi. 
Sharoitga   qarab   to‘rtta   kichik   guruh   hosil   qilinadi.   Ular   maslahatlashib   har
bir guruh a’zolari o‘zlariga yuklangan topshiriqni bajarishadi. 
Birinchi guruh:  Zukkolarga: 
Tub sifatlar deb nimaga aytiladi?
Ikkinchi guruh : A’lochilar a’zolariga:
Yasama sifatlar qanday qismlarga ajraladi?
Uchinchi  guruh :  Ilg‘orlar  a’zolariga :
 -li,  -siz,  -chan  qo‘shimchalari yordamida sifatlar hosil qiling.
26 To‘rtinchi  guruh:   Topqirlar  a’zolariga :
 Ba-,  -be,  -ser  qo‘shimchalari yordamida sifatlar hosil qiling.
Guruhlar  topshiriqni tez bajarishi, tartib  saqlashi, to‘g‘ri bajarishi, bir  guruh 
bajargan topshiriqni 2-guruh tekshirib, aytib o‘tilmagan ma’lumotlar to‘ldiriladi. 
To‘g‘ri bajargan guruh taqdirlanadi.
Javoblar:
1.  Zukkolar guruhi: Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalari bo‘lmagan sifatlar tub
sifatlar deyiladi.
2.   A’lochilar   guruhi:   Yasama   sifatlar   asosga   qo‘shimcha   qo‘shish   orqali   hosil
qilinadi.
3.  Ilg‘orlar guruhi: gulli, suvsiz, mehnatchan.  
Topqirlar   guruhi   o‘z   vazifalarini   to‘liq   bajarish   bilan   birga   yuqoridagi
ikkinchi va uchinchi guruhlar yo‘l qo‘ygan xatolarni ham tuzatishlari mumkin:
Yasama sifatlar so‘z qo‘shish yo‘li bilan ham hosil qilinadi.
Xatosi: mehnatchan emas mehnatkash.
“Sifat yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi” mavzusi bayoniga o‘tishda
muammoli   vaziyat   paydo   qilish   mumkin.   O‘quvchila r ning   qo‘llariga   yelimli
yopishqoq   qog‘ozga   so‘z   yasovchi   qo‘shimchalar   yozilgan   holda   tarqatiladi   va
doskaga o‘tilgan mavzulari: 
OT - FE’L yoziladi.  
O‘quvchilarning qo‘lidagi  so‘z yasovchi  qo‘shimchalar  qaysi  so‘z turkumiga
oid bo‘lsa, o `sha   so‘z   turkumining   tagiga   qog‘ozda   yozilgan   so‘z   yasovchi
qo‘shimchalar yopishtiriladi. Har ikkalasiga ham mansub bo‘lmagan qo‘shimchlar
doska chetiga yopishtiriladi. Taxminan, doskada shunday ko‘rinish hosil bo‘ladi: 
OT                          FE’L
-don                        -la                        -li 
-dosh                      -lan                      -dor
-chi                         -lash                     no-
-bon                        -ira                       -choq
-boz                        -sira                      -iq
27                                                             -chil   
Chetga   yopishtirilgan   qo‘shimchalar   qaysi   so‘z   turkumiga   oid   ekanligi   dars
so‘ngida   yechiladi.Shundan   so‘ng   xatolar   bo‘lsa,   tuzatilib,   darslikdagi
topshiriqlarga e’tibor qaratiladi.
“Sifat   yasovchi   qo‘shimchalar   va   ularning   imlosi”   mavzusini   o‘rganishda
o‘quvchilarga   izchil   ma’lumotlar   berish,   darslikda   berilgan   har   bir   qo‘shimcha
ustida alohida to‘xtalish zarurdir.  Bu borada o‘quvchilarga darslikda keltirilmagan
quyidagi   ma’lumotlar   ilova   qilinsa,   ularning   bu   mavzuni   o‘zlashtirishlari   ancha
osonlashadi:
-li   qo‘shimchasi   sifat   yasovchilar   ichida   eng   sermahsuli   bo‘lib,   asosan,   ot
turkumidagi   so‘zlardan   sifat   yasaydi:   sevimli,   maslahatli,   bilimli,   suvli   kabi.   Bu
qo‘shimcha  turli  so‘zlarga  qo‘shilib  shu   o‘zakdan   anglashgan   predmetga   egalikni
yoki   predmetning   biror   ish   uchun   yaroqli   ekanligini   bildiradi:   aqlli,   uyli,   mazali,
minishli, yeyishli.
-dor.   Bu   qo‘shimcha   ma'no   va   vazifasi   jihatidan   -li   qo‘shimchasiga   yaqin
turadi: jozibador, aybdor, aloqador, vafodor. 
ser-   qo‘shimchasi   -li   va   -dor   qo‘shimchalari   bilan   yasalgan   sifatlarga
sinonim bo‘la oladi: sershox, sersoqol, serunum, sergo‘sht, sersuv.
ba-   qo‘shimchasi   arabcha   va   tojikcha   o‘zlashgan   so‘zlarga   qo‘shilib   sifat
yasaydi: baquvvat, basavlat.
-mand   qo‘shimchasi   asosdan   anglashilgan   predmetga   egalik   ma'nosini
ifodalaydi: davlatmand, kasalmand.
-kor   shakli   asosdan   anglashilgan   belgiga   egalikni   bildiradi:   zulmkor,
ehtiyotkor, isyonkor.
-siz, be-, no-  qo‘shimchalari asosdan anglashilgan narsa holatga ega emaslik
belgisini ifodalovchi sifatlar yasaydi: kuchsiz, pulsiz, beor, bexosiyat, noo‘rin.
-chan   shakli   moyillik   ma'nosidagi   sifatlar   yasaydi:   uyatchan,   xayolchan,
talabchan.
-choq,   -chiq,   -chak   qo‘shimchalari   asosdan   anglashilgan   predmetga
moyillikning   kuchsizligini   ifodalaydi:   urinchoq,   tortinchoq,   sirg‘anchiq,
28 kuyunchak, erinchak.
-qoq  qo‘shimchasi: tirishqoq, urishqoq.
-gir   (-kir,   -g‘ir)   qo‘shimchalari   belgi   xususiyat   anglatadi   sezgir,   keskir,
o‘tkir, topqir, olg‘ir.
-ag‘on, -mon:  bilag‘on, topag‘on, bilarmon.
-ki, -qi:  jizzaki, shartaki, vaysaqi.
-k (-k, -g‘):  chirik, o‘lik, yaltiroq, yorug‘.
-kin, -kun, -gin, -g‘in:  tushkun, jo‘shqin, ozg‘in,
-ma:  ag‘darma (etik), qovurma (sho‘rva).
-mas:  bo‘linmas, yengilmas.
-ildoq:  qaqildoq, chiyildoq.
-ch:  tinch, jirkanch.
-gi, -ki, -qi:  oxirgi, bahorgi, tushki, tashqi.
-i:  qishloqi.
-cha:  o‘zbekcha, erkakcha.
-namo, -simon:  majnunnamo, maymunsimon.
-parvar:  insonparvar, vatanparvar.
-aki:  zo‘raki, qalbaki, yuzaki.
bad-:  badaxloq, badbashara, badqovoq.
-chil, -don, -bop, xush-, -kash   kabi qator sifat yasovchilar borki, ular turli
ma'nodagi sifatlar yasay oladi.
Darslikdagi quyidagi mashq yordamida  sifat yasovchi qo‘shimchalarni
aniqlaymiz, imlosini tushuntiramiz.
1. Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq
quyosh nuridan marvariddek tovlanadi.(O‘.Umarbekov) 2. Uning chaqnoq ko‘zlari,
siyrak qoshi, o‘ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi.
(Yo‘ldosh   Sulaymon)   3.   G‘iyos   aka   yumshoq   ajriq   ustiga   yonboshladi.   (N.
Fozilov)   4.   Mehmon   degan   unaqa   sergap   bo‘lmaydi,—dedi   u   ayyorlarcha   kulib.
(Said   Ahmad)   5.   Bo‘m-bo‘sh   otxonaning   eshigi   lang   ochiq   turar   edi.   (O‘.
Hoshimov) 6. Avaz dahlizdan rangdor vassali, sertokcha uyga kirdi. (P. Qodirov)
29         Shu   o‘rinda   shakldosh,   ma’nodosh,   zid   ma’noli   qo‘shimchalar   haqida   ham
ma’lumot berib o‘tiladi.
.
30     Navbatdagi mavzumiz “Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda sifat” bo‘lib,
o‘quvchilarning   bu   boradagi   bilimlarini   aniqlash   uchun   topshiriqni   bajarish   bilan
ish boshlanadi.Quyidagi so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turini aytamiz.
Qizil                           och pushti               egri-bugri               qip-qizil
tinchliksevar              to‘q qizil                 qing‘ir-qiyshiq
erkparvar 
   Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari : 
Sifatlar tuzilishiga ko‘ra 4 ga bo‘linadi:
1.Sodda sifatlar : qizil, chiroyli, shirin, tarqoq
2.Qo‘shma sifatlar : jigarrang, hayotbaxsh, shirinso‘z
3.Juft sifatlar : katta-kichik, turli-tuman, egri-bugri
4.Takroriy sifatlar : uzun-uzun, elas-elas
Navbatdagi   mashqimizda   gaplarni   ko‘chiramiz,   ajratib   ko‘rsatilgan
sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlaymiz.
1.   Barcha   ezguliklar   zamirida   xosiyatli   orzular   yotadi.(A.   Ibrohimov)   2.   Tuproq
qatlami   qalin ,   sersuv   yerlarda   o‘sgan   archalar   yo‘g‘on   va   bo‘ydor   bo‘ladi.   (Y.
Qarshiboyev) 3. Atrofdagi hovlilardan ko‘tarilgan tutunlar  ko‘kimtir ,  mayin  mavj
bilan  tiniq, sovuq  havoda suzadi. (Oybek) 4. Qo‘limda bitta sigir bor. Jonivor juda
sersut , qaymog‘i suzsangiz  bir enlik keladi.(O‘. Umarbekov) 5. Bu bog‘lar ichida
oq   qizg‘ish,   nafis   havorang   marmardan   qurilgan   ko‘rkam   binolar,   ko‘shklar,
kichik- kichik  saroylar ko‘zga tashlanadi. (Mirkarim Osim)
Yangi mavzuni  “ FSMU ”  metodi orqali mustahkamlashni maqsadga muvofiq
deb bilamiz.Bunda biz o‘quvchilarni faollikka chorlaymiz.
Bunda har bir o‘quvchiga   “ FSMU ” metodi aks etgan jadval tarqatiladi.
O‘quvchilar   bu   metod   orqali   mavzu   bo‘yicha   olgan   bilimlarini
mustahkamlashadi.Jadvalda ko‘rsatilgan guruh nomi o‘quvchining ismi-sharifi esa
o‘qituvchiga   yangi   mavzuni   qaysi   o‘quvchi   qay   darajada   o‘zlashtirganini
aniqlashda qulaylik yaratadi.
31 Bugungi   mavzu   bo‘yicha   fikringizni
bayon eting
F
S
M
U Tub sifatlar
Fikringizni   bayoniga   sabab
ko‘rsating Keng,   mayin   so‘zlari   sifatlar
sanaladi.   Chunki   ular     faqat   bir
asosdan tashkil topgan 
Sababga misol keltiring Keng-asos   ,   mayin   -   asos   bularga
hech   qanday   sifat   yasovchi
qo‘shimcha qo‘shilmagan
Fikringizni   o‘ziningiz   bayon   qilgan
sabab   va   misollardan   kelib   chiqqan
holda umumlashtiring Demak,   faqat   asosdan   iborat   bo‘lib
qanday   qanaqa   so‘roqlariga   javob
bo‘lgan so‘zlar tub sifatlar deyiladi.
Guruhingiz, ismi-sharifingiz 1 guruh Rahmatullayeva Sabrina
“Qo‘shma   sifat”   mavzusini   o‘tishda   darslikda   berilgan   topshiriqni   bajarib   ,
qoidani tushuntiramiz:
Ikki   va   undan   ortiq   asosdan   tarkib   topgan   sifatlar   qo‘shma   sifatlar
hisoblanadi. Qo‘shma sifatlar, asosan, qo‘shib yoziladi.
Navbatdagi   mashqqa   ko‘ra   gaplarni   ko‘chiramiz,   qo‘shma   sifatlarni
aniqlab,ularning qanday so‘z turkumlaridan yasalganini izohlaymiz.
1. Hulkarning   och jigarrang   yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. (P. Qodirov) 2.
Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor
kurashdi. (B. Ahmedov) 3. Milliy mafkuramizda milliylik  umumbashariy  g‘oyalar
bilan   uyg‘unlashib   ketgan.   (S.   Olimov)   4.   Orzu   millatga   hayotbaxsh   ruh
bag‘ishlaydi.   (Rahmon   Qo‘chqor)   5.   Ona   yerning   xushbo‘y   tafti   mast   qiladi
kishini.   (E.   Oxunova)   6.   U   otasi   Muzaffar   Farmonovning   batamom   aksi:   dadasi
yum-yumaloq,baqaloq bo‘lsa, bu  xushqad, xushsurat . (O. Yoqubov)
Bunda   o‘quvchilarga   qo‘shma   hamda   sodda   yasama   sifatlarning   farqini
to‘g‘ri   tushuntirishimiz   kerak.   Sifat   yasovchi   qo‘shimchalar   vositasida   turli   so‘z
turkumlaridan   yasalgan   sifat     sodda   yasama   deyiladi.   Masalan:   bilimli,   suvsiz,
kechki,ishchan,oilaviy,tirishqoq,ag‘darma. .
32     Qo‘shma   sifat   birdan   ortiq   o‘zak-negizning   o‘zaro   qo‘shilib,   bitta   belgi
tushunchasini   anglatadigan   yasama   sifatlardir.   Qo‘shma   sifatlar   qismlarining
morfologik   tarkibiga   ko‘ra   quyidagi   guruhlarni   tashkil   etadi:  
  1) ot+ot:   shira   kayf,   sher   yurak,   bezbet,   bedana   qadam,   yer   osti;  
2)  ot+sifat:   mushtumzo‘r, mirzaquruq, nonko‘r;
3)  sifat+ot:   uzun quloq, qiziqqon, sovuqqon, shum qadam, sofdil, ochko‘z;
4)  sifat+sifat:   olachipor, qora to‘riq, qora qizil ;
5)  ravish+ot:   kamgap, hozirjavob, kamquvvat;
6)   ot   +   -ar,   -mas   va   -mon   qo‘shimchali   sifatdosh:   mehnatsevar,   jonkuyar,
lattachaynar, nonemas, ishyoqmas,   usta buzarmon , ish bilarmon;
7)  ravish+sifatdosh:   tezpishar, eapishar, tez oqar, cho‘rtkesar;
8)  olmosh+sifat yoki ravish:  o‘zbilarmon, o‘zboshimcha;
9)  son+ yasama sifat:   bir xonali, besh qavatli, bir so‘zli.
Mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi topshiriqni qo‘llaymiz:
Berilgan   so‘zlarni   tarkibiy   qismlarga   ajrating.   Sifatlarning   qanday   yasalishini
ayting: s hirin,  oq,  katta,  shirali,  mazmundor,  serunum,  kamhosil,  ko‘ylakbop, 
xushfe’l. 
Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib olamiz.
Birinchi guruh:  Binafsha.
Ikkinchi guruh:  Lola.
     Binafsha   guruhining   a’zolariga   tub   sifatlarni,   ikkinchi   Lola   guruhiga   esa
yasama   sifatlarni   topishini   buyuramiz.   O‘quvchilarga   sinf   doskasini   ikkita   teng
bo‘lakka bo‘lib   beriladi.   O‘quvchilar   tortib   saqlab,   orfografik   xatolarga   yo‘l
qo‘ymasligi   hamda       galma-galdan     doskaga     va     o‘z     daftarlariga,     chiroyli
yozishi,   tez bajarishi e’tiborga olinadi. Birinchi bajargan guruh a’zolari a’lo baho
va qizil yulduzchalar bilan taqdirlanadi. 
  Birinchi navbatda belgilangan topshiriqni bajargan guruh: 
Binafsha: shirin, oq, katta.
Lola guruhi:  shirali,  mazmundor, serunum, kamhosil, ko‘ylakbop, xushfe’l. 
G‘olib guruh aniqlanadi, taqdirlanadi.
33 Yuqoridagi     topshiriqni     bajarish     jarayonida     o‘quvchilar     sifatlarning
yasalishi tub   va   yasama   ekanligini   anglab   yetdilar.   O‘quvchilar   bu   haqidagi
umumiy   bilimlariga     qoniqish     hosil     qilgach,     darslikda     berilgan     nazariy
ma’lumotlarni tushuntiramiz.
                 Juft   va takroriy sifatlar  haqida  ma’lumot  berish  uchun o‘quvchilarga turli
mevalarga ta’rif berishni so‘rashdan foydalanib , ularni faollikka chorlash mumkin.
Masalan, olma – ship-shirin, qip-qizil, dum-dumaloq; 
nok – sap-sariq, katta-kichik,xushbo‘y kabi.
         O‘zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat
juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi.
          Juft sifat qismlari -u, -yu vositasida bog‘lansa, ular ajratib yoziladi: yakka-yu
yagona.
           Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo‘lgan sifat takroriy sifat sanaladi.
Takroriy   sifatlar   belgini   ta’kidlab,   kuchaytirib   ifodalaydi.   Takroriy   sifat   qismlari
chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
     Quyidagi mashqni bajarishda juft sifatlarni hosil qilamiz:
          1.   Shoshilish,   yengil-...   ishlarga   havas,   jahldorlik   —   nodonlar   ishi.   2.   Goho-
goho   keladigan   uzuq-...   xabarlardan   boshqa   aloqa   yo‘q.   (O.   Yoqubov)   3.   Sehrli
qalpoq   axtarib   eski-...   kiyim-boshlar   tashlanadigan   burchak-surchaklarni   tintuv
qilib   yurgan   edim.(X.   To‘xtaboyev)   4.   Mayda-...   narsalar   tugilgan   ro‘molni
ko‘tarib   qorovulxonaga   kirdi.   (N.   Yoqubov)   5.   Mahallaning   qora-...   bolalari
shoxdan shoxga tirmashadi. (O‘. Hoshimov)
So‘zlar: chuyda, yuluq, yelpi, tuski, qura.
          Mavzuni   mustahkamlash   uchun   o‘quvchilarga   “Aqliy   hujum”   metodini
qo‘llagan holda turli savollar bilan murojaaat qilamiz:
1. Juft sifatlar deb nimaga aytiladi?
2. Juft sifatlar qanday yoziladi?
3.   Juft   sifatlar   o‘rtasida   -u,   -yu   vositalari   ishlatilganda,ularning   imlosida   qanday
o‘zgarish sodir bo‘ladi?
4. Takroriy sifatlar deb nimaga aytiladi?
34 5. Oppoq, ko‘m-ko‘k, dum-dumaloq kabi sifatlarning hosil bo‘lishi haqida so‘zlab
bering.
6. Takroriy sifatlar qanday yoziladi?
7.Ma’nodosh bO‘lgan juft sifatlarga misollar ayting.
8. Ma’nosi qarama-qarshi sO‘zlardan tashkil topgan sO‘zlarga misol ayting? kabi.
          Navbatdagi     mavzuyimiz   “ Asliy   va   nisbiy   sifatlar”   bo‘lib,   bu   mavzuni
tushuntirishda 1-topshiriqda berilgan so‘zlarga -roq qo‘shimchasini qo‘shib ko‘rish
orqali ularni bu qo‘shimchani qabul qila oladigan va olmaydigan guruhga ajratish
lozim: mazali, go‘zal, chiroyli, ro‘molli, sermeva, erksevar, taxtali, tonggi, so‘nggi,
kuzgi, chillaki, yuzaki.
 2-topshiriqda esa berilgan so‘zlarni  eng, juda, sal  so‘zlari bilan birika oladigan va
birika   olmaydigan   guruhlarga   ajratish   lozim:     qora,   qizil,   qishki,   soyaki,
xushbichim, do‘ppili, beor,serg‘alva, devsifat, devoriy.
          Ko‘rinib  turibdiki,  yuqoridagi   sifatlarning  barchasi   ham   -roq  qo‘shimchasini,
sal,juda, eng so‘zlarini qabul qila olmasligi ma’lum. Shundan kelib chiqib quyidagi
qoidani o‘quvchilarga tushuntirish mumkin:
            Belgini   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   ifodalaydigan   va   uni   darajalab   ko‘rsatish
imkoniyatiga   ega   bo‘lgan   sifatlar   asliy   sifatlar   deyiladi:   go‘zal,   chiroyli,   shirin,
oq,aqlli,   yuzaki.   Bunday   sifatlar   –roq   qo‘shimchasini   qabulqiladi.   Belgini
to‘g‘ridan   to‘g‘ri   emas,   balki   boshqa   bir   tushunchaga   nisbatlagan   holda
ifodalaydigan   va   daraja   ko‘rsatish   imkoniyatiga   ega   bo‘lmagan   sifatlar   nisbiy
sifatlar   deyiladi:   qishki,   ko‘chma,   derazali,   devoriy.   Bunday   sifatlar   –roq
qo‘shimchasini qabul qilmaydi.
            Keyingi   mashqlarda   sifatlarni   o‘zi   bog‘langan   so‘zlar   bilan   birgalikda
ko‘chirib, ularni asliy va nisbiy sifatlarga ajratiladi.
Sifatning   quyidagi   to‘rt   xil   darajasi   mavjud:   1)   oddiy   daraja;   2)   qiyosiy
daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja.
Navbatdagi   vazifamizga   ko`ra   sifatlarni   topamiz,   ularni   asliy   va   nisbiy
sifatlarga ajratamiz, darajalarini ajratamiz:
35 1.Xalqimiz qadimdan shu zaminga kuchli mehr, yuksakmadaniyat ila munosabatda
bo‘lganlar.   (M.   Badalov)   2.   Kampirning   bu   so‘zlarida   cheksiz   mehr,   allaqanday
nozik   ichki   bir   dard   bor   edi.   (O.   Yoqubov)   3.   Elchi   o‘rnidan   turib,   yuzlari
cho‘zinchoq,   ko‘zlari   katta,   novchadan   kelgan   Siparganizga   ta’zim   qildi.
(Mirkarim   Osim)   4.   Kelinga   ko‘zimiz   tushadi:   yumaloq   qip-qizil   loladay   yuzli,
ko‘zlari uchqunli, yaxshigina, go‘zalgina qiz. (Oybek) 5. Sadafbibi qoramag‘izdan
kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko‘zlari qop-qora. (O. Yoqubov)
“Sifat   darajalari”   mavzusini   tushuntirishda   o‘quvchilarga   quyidagi
tushunchalar beriladi:
Predmetlardagi   bir   xil   belgining   ortiq   kamligi   jihatidan   farqlanishi   sifat
darajasi   deyiladi.   Sifatning   quyidagi   darajalari   bor:   oddiy   daraja,   orttirma
daraja, qiyosiy daraja, ozaytirma daraja.
1.Oddiy   darajadagi   sifatlarda   belgi   boshqa   predmetdagi   xuddi   shunday   belgiga
qiyoslanmaydi.   Bu   daraja   belgining   me’yoridagicha   ekanligini   ko‘rsatadi   va
maxsus   ko‘rsatkichga   (qo‘shimchaga)   ega   emas:   keng   ko‘cha,   yashil   yaproq,
yaxshi odam.
2.Orttirma   daraja   predmetdagi   bir   belgining   boshqa   predmetdagi   xuddi   shunday
belgiga   nisbatan   eng   ko‘p   ekanligini   ifodalaydi.   Orttirma   daraja   quyidagi   usullar
yordamida hosil qilinadi: 
     1) morfologik usul: 
a)so‘zning   birinchi   bo‘g‘ini   ajratilib,   unga   keyingi   bo‘g‘indagi   birinchi   undosh
qo‘shiladi-da,   yopiq   bo‘g‘in   hosil   qilinadi   va   undan   keyin   to‘liq   shakli
takrorlanadi:  dum — dumaloq, pak — pakana;
b)so‘zning oldingi ikki tovushi ajratilib, unga p, m, tovushlaridan biri qo‘shiladi va
undan keyin so‘zning o‘zi takrorlanadi:  yap — yangi, ko‘m — ko‘k;
c)so‘zning birinchi bo‘g‘inidan keyingi -ppa shakli qo‘shiladi:  soppa-sog‘, to‘ppa-
to‘g‘ri.
        2) Leksik usul:
a)Maxsus   kuchaytiruvchi   so‘zlar   orqali   ifodalanadi: eng   kichik,   hammadan
chiroyli, zap g‘alati, beqiyos chiroyli, naqadar ulug‘vor, xo‘p bemaza;
36 b)so‘zlarni   takrorlash   vositasida:   zo‘r-zo‘r(polvonlar),uzundan   -uzun(kechalar),
ne-ne(olimlar);
c)Turli   so‘z   birikmalari,   iboralar   yordamida:   haddan   ziyod   chiroyli,   misli
ko‘rilmagan (qahramonlik), qo‘ling o‘rgilsin (jonon); 
3)   Leksik-semantik   usul.   Bunda   belgi   so‘zlar   bilan   qo‘llanadi:   zahar   (garmdori),
olov (bola);
4) Fonetik usul: 
a)Unlilar cho‘zib aytiladi:  tooza, chuquur;
b)Undoshlar ikkilanadi:  tekkis, yummshoq.
       3.Qiyosiy daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday
belgidan   ortiq   ekanligini   ifodalaydi.   Qiyosiy   daraja   oddiy   darajadagi   sifatga   -roq
qo‘shimchasini   qo‘shish   yoki   sifatdan   oldin   bir-biridan,   undan   ham,   yanada
so‘zlarini   keltirish   bilan   yasaladi:   Olma   daraxti   shaftoli   daraxtidan   balandroq.
Bir -biridan go‘zal, bundan ham battar, yanada kuchli.
            4.Ozaytirma   daraja   belgi   darajasining   normal   darajaga   yetmaganligi,
normaldan pastligi ifodalanadi.
1)   Qo‘shimchalar   yordamida:   oqish,   qizg‘ish,   qoramtir.   -roq   qo‘shimchasi
ham ozaytirma darajani  ifodalashda qatnashadi  (bunda bir narsadagi  belgi boshqa
narsadagi shunday belgiga qiyoslanmaydi): eskiroq (kiyim); 
        2)   Sifatdan   oldin   yarim,   nim,   och,   xiyol,   chizi,   sal,   aytarli,   uncha,   u   qadar
so‘zlarini keltirish bilan:  yarim ochiq (eshik), uncha katta emas.
    Ozaytirma   sifatlar   o‘zakdan   anglashilgan   rangning,   belgining   ozligini,
kamligini bildiradi va quyidagicha yasaladi:
1 .-ish,-imtir (-mtir).  Bulardan -ish,-imtir undosh tovush bilan bitgan oq,ko‘k kabi
so‘zlarga,-mtir esa faqat qora sifatiga qo‘shiladi:oqish,ko‘kish qoramtir. 
2.Rangni   bildiruvchi   sifatdan   oldin   och,   nim   so‘zlarini   keltirish   bilan.Nim   bilan
hosil qilingan sifatlar qo‘shib yoziladi: och sariq,nimpushti.
3 .-kina   (-gina,-qina).   Bu   qo‘shimchalar   o‘zakdan   anglashilgan   belgining
kuchsizligini, ozligini bildiradi. k,g bilan tugagan so‘zlarga -kina, q,f bilan tugagan
37 so‘zlarga   -qina   ,boshqa   hollarda   -gina   qo‘shimchasi   qo‘shiladi:   kichkinagina,
yumshoqqina,tuzukkina.
“Sifatlarning   ma’no   guruhlari”   mavzusini   tushuntirishda   quyidagi   topshiriq
bajariladi:
Berilgan sifatlarni ma’nolariga ko‘ra quyidagi jadval bo‘yicha guruhlang.
Shirin, qizil, katta, odobli, xushfe’l, behisob, tonggi,kuzgi, xushbo‘ y, muattar.
Xususiyat
bildiruvchi
sifatlar   Rang-tus
bildiruvchi
sifatlar   Maza-ta’m
bildiruvchi
sifatlar   Hajm-
o‘lchov
bildiruvchi
sifatlar   Hid
bildiruvchi
sifatlar   Makon-
zamon
bildiruvchi
sifatlar 
Narsalarning   turli   xususiyat-holatlarini   bildirgan   sifatlar     xususiyat   sifatlari
deyiladi.
Mashq .Xususiyat bildiruvchi  sifatlarni  topib, izohlang.
1.  Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi: hamma ulardan 
baho oladi.
2.  Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. 
3.  Mehnatsevar,  zahmatkash  insonlar  odamlarning  ko‘rki,  ishyoqmaslar  esa 
ularning og‘riq joyidir.
4.  Toshbag‘ir odamdan yaxshilik kutma.
5.  Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir.
6.  Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi.
Uyga berilgan topshiriqni bajarish davomida xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar
o‘quvchilar topishi bilan birga ular izohiga ham to‘xtaladi. 
Rang-tus bildiruvchi sifatlar.   Predmetning belgi xususiyatlaridan biri rang-tusdir.
Bir  turkum  sifatlar  predmetning  ana shu belgisini  ifodalash  uchun qo‘llanadi:  oq,
qizil, qora, ko‘k, yashil, malla  va b.
Ma‘lumki,   tabiat   rang   va   bo‘yoqlarga   nihoyatda   boy,   rang   turlarining
hisobiga   yetib   bo‘lmaydi.   Lekin   lug‘at   boyligidagi   rang   atamalari,   ya‘ni   rang
ifodalovchi   maxsus   so‘zlar   rang-tuslarning   hammasini   atash   uchun   yetarli   emas.
38 Buning   uchun   tilda   ko‘pincha   predmet   nomlari   yoki   ot   orqali   yasalgan   yasama,
qo‘shma,   birikmali   rang   bildiruvchi   sifatlardan   unumli   foydalaniladi:   barikaram
(bargi karam), gulsafsar,   mosh rang, tillarang gunafsha rang, shaftoli guli, qovoq
rang, firuza rang va b.
Ot   tuslarini   ifodalash   uchun   tilda   maxsus   so‘zlar   qo‘llanadi:   saman,   to‘riq,
chovkar, jiyron, bo‘zto‘riq kabi.
O‘quvchilarga   nazariy   ma‘lumot   tushuntirilgach   sinov   tariqasida   bir   necha
savol   beriladi.   Qoniqarli   javob   olingach,   ularning   buni   qay   darajada
o‘zlashtirganligini     aniqlash     hamda     uni     mustahkamlash     maqsadida     mashq
bajartiramiz: 
Ushbu     mashqni   bajarishda   6   x   6   x   6   metodidan   foydalanish   mumkin..   Bu
guruhning har bir a‘zosini faollik, o‘z fikrini ifoda etish, guruhdoshlarining fikrini
tinglash   va   tanlay   olish,   o‘rtaga   tashlangan   bir   necha   fikrni   umumlashtira   olish,
shuningdek,   o‘z   fikrini   himoya   qilishga   o‘rgatadi.   Ushbu   metodda   5,6,7,8   nafar
o‘quvchidan iborat bo‘lishi mumkin. 6 tadan qo‘yilgan stulga o‘quvchilar joylashib
olib,   bo‘linadi.   Mashqdagi   gap   o‘qiladi.   Shakl-ko‘rinish   sifatlarni   topib,   ular
izohlanadi guruh a‘zolari maslahatlashib javoblarini guruh sardori yozib, javobini
eshittiradi.Birinchi   va   to‘g‘ri,   chiroyli   yozib   bo‘lgan   guruh   har   bir   a‘zosi
rag‘batlantirilib, baholanadi.
1.  Kasbning  katta-kichigi  bo‘lmaydi.  (M.Oripova).  Katta-kichik  zid  ma’noli, 
ma’no umumlashgan.
2.  Shu  payt  toshdan  tushib  kelayotgan  sarg‘ish-qo‘ng‘ir  ayiqning  bahaybat 
gavdasi ko‘rinib qoldi. (P.Qodirov). Sarg‘ish-qo‘ng‘ir o‘zaro yaqin ma’noli, ikki 
asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat.
3.    G‘ir-g‘ir  shaboda  turli-tuman  giyohlarning  hidlarini   olib keldi.  (Oybek).  Turli
tuman o‘zaro yaqin,ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat.
4.  Baland-past devorlar orasidagi  mevalarning oq, pushti, qizil guliga tabassum 
bilan qaraysan. (O‘.Umarbekov). Baland-past o‘zaro zid ma’noli ikki asosning juft 
kelishidan hosil bo‘lgan.
39     Yuqoridagi     mashqda     shakl-ko‘rinish     sifat     topib     izohlash     bilimlari
tekshirilib   ko‘rilsa   quyidagi   mashqda   esa   nuqtalar   o‘rniga   berilgan   so‘zlarning
mosini   qo‘yib   juft   sifat   yasash   bilimi   tekshiriladi.   Dastlab   orqa   partada   o‘tirgan
o‘quvchilar bitta bitta gaplarni ifodali o‘qib berishadi. Mashqni yana guruh bo‘lib
bajariladi. Uchta qatorda   joylashgan   partalarga   qarab   o‘quvchilarni   3-guruhga
bo‘lib     olamiz.   Hamma   bir   kishi   uchun,   bir   kishi   hamma   uchun   tamoyiliga   amal
qilib,   qaysi   qator   to‘lib     mashq     topshiriq     asosida     jamoada     hamjihatlik
o‘quvchilarda   inoqlik   bilganlarini   tortinmasdan   aytish   ko‘nikmasi   shakllana
boradi.Bexato va to‘g‘ri, tez bajargan guruh a‘zosi taqdirlanadi.
1.  Shoshilish, yengil -yelpi ishlarga havas, jahldorlik-nodonlar ishi.
2.  Goho-goho keladigan uzuq -yuluq xabardan boshqa aloqa yo‘q. 
3.     Sehrli   qalpoq   axtarib   eski-tuski   kiyim-boshlar   tashlanadigan   burchak-
surchaklarni tintuv qilib yurgan edim. 
4.  Mayda-chuyda narsalar tugilgan ro‘molni ko‘tarib qorovulxonaga kirdi. 
5.  Mahallaning qora-qura bolalari shoxdan-shoxga tirmashadi. 
Navbatdagi   vazifamizda   gaplarni   o‘qiymiz.   Ajratib   ko‘rsatilgan   so‘zlarga
izoh   beramiz.     Ular     ishtirokida   gaplar   tuzamiz.   Namuna:   Esli-hushli   yoshlar
yurtimiz ravnaqiga hissasi beqiyosdir.
2. G‘adir-budir past-balandliklar tekislanib ulkan binolar qad ko‘tarmoqda.
3. Arzon-garov o‘yinchoqlar o‘zimizda ishlab chiqiladi. 
4. Bu yilgi yog‘ingarchilik o‘ydim-chuqur yo‘llarni ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
5. Alg‘ov-dalg‘ov ishlar chek-chegarasi yo‘q edi.
6. Kech kirib, yakkam-dukkam quyoshning nuri qolgan edi.
    Uyga   berilgan   topshiriqni   bajarish   jarayonida   o‘quvchilarning   juft   sifatlar
haqida   bilimi   boyishi   bilan   birga   ularning   ham   og‘zaki   ham   yozma   nutqning
rivojiga katta hissasini qo‘shiladi.
Hajm-o‘lchov   bildiruvchi     sifatlar.     Bunday   sifatlar   predmetninghajmi,   o‘lchovi,
miqdori   kabi  belgilarini  ifoda etadi:   keng,  tor,  uzun, chuqur,  chog‘,  yirik  kabilar.
Bu   sifatlar   ayrim   tomonlari   bilan   shakl   va   holat   bildiruvchi   sifatlarga   o‘xshab
ketadi:   Keng   dala,   hamma   yoq   lolalardan   libos   kiygan   (Sh.Rashidov)   Ummatali
40 yukni   orqalab,   katta   ko‘cha   tomonga   yurdi   (Shuhrat).   Katakday   kichik,   yer
bag‘irlagan   qing‘ir-qiyshiq,xarob   uylarda   rus   ishchilari   yashaydi   (Oybek).   Biz
olis, begona, notanish sohillar sari yo‘l oldik.
O‘quvchilarni  uch guruhga bo‘lib olamiz.  Og‘zaki  ravishda  ushbu mashqni
bajartiramiz.Har   bir   guruh   darslikda   berilgan   mashqni   o‘z   a‘zolari   bilan
maslahatlashib birinchi to‘g‘ri bajargan guruh g‘olib sanaladi hamda taqdirlanadi.
Uch   guruh   ham   belgilangan   mashqni   bajargandan   so‘ng   guruh   sardorlari
javoblarini   uch   bo‘lakka   bo‘lingan   doskaga   yozishadi.   Javoblar   jamoa   bo‘lib
tekshiriladi. Xatolikka yo‘l qo‘ymagan guruh taqdirlanadi.
1.   O‘z   onamni   elas-elas   xotirlayman.   Ko‘zlari   qop-qora   chiroyli.   Uzun-uzun
kipriklari   qilt   etmaydi.   (O‘.Hoshimov).   Elas-elas,   takroriy   so‘z     ma’no
ta’kidlanayaptiuzun-uzun bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo‘lgan ma’no
kuchaytiryapti. 
2. Qishloq obod bo‘lsa katta-katta ko‘chalar tushsa, kim qarshilik qiladi. 
(O‘.Umarbekov). Katta-katta bir asosning aynan takroridan hosil bo‘lgan takroriy 
sifat. Takroriy sifat belgini kuchaytirishga xizmat qilyapti. 
3. Kimdir yelpib-yelpib, barra-barra go‘shtlardan kabob pishiryapti. Yelpib-yelpib,
barra-barra bir asosning aynan takroridan hosil bo‘lgan sifat. Takroriy sifat belgini
kuchaytirishga xizmat qilyapti.
4. Yangi-yangi ariqlar kavlab, ariqlar ochamiz. (A.Muxtor). Yangi-yangi bir 
asosning aynan takroridan hosil bo‘lgan sifat. Takroriy sifat belgini ta’kidlaydi. 
Mashqni bajarish davomida o‘quvchilar nafaqat jamoa bo‘lib balki yakka 
mustaqil   tanqidiy   fikrlashga,   mavjud   bilimidan   foydalanib,   jamoaga   o‘z   fikrini
bildirishga, ta‘sir etishga hamda fikrini qisqa va lo‘nda ifodalashga o‘rgatadi.
Maza-ta’m   bildiruvchi   sifatlar, Bu   tur   sifatlar   predmetga     xos
xususiyatlardan   biri   bo‘lgan   maza-ta‘mni   ifodalashga   xizmat   etadi:   U   xuddi
nordon   olma     yegandek     yuzlarini     burishtirdi     (Sh.     Rashidov).   Sho‘r   ko‘lmak
ichaverib Tursunboy choy ta’mini unutayozgan edi (Said A h m a d).
  Maza-ta‘mni ifodalash  uchun ot turkumidagi so‘zlardan ham  foydalaniladi:
shakar, novvot, nomakob, suv, zahar kabi.
41 O‘quvchilarning maza-ta’m bildiruvchi sifatlar bilan so‘z birikmalari tuzish
malakasi   shakllangach,   takroriy   sifatlarning   anglatgan     ma‘nolarini   izohlash
ko‘nikmasini hosil qilish uchun mashq bajartiriladi.Mashqni bajarishda musobaqa
tarzda   o‘tkazamiz.   Hamma   avval   o‘z   daftariga   so‘ngra   esa   doskaga   mashq
yoziladi. Birinchi, to‘g‘ri, chiroyli yozib faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. 
1.  Yirik-yirik tomchilar yer-u ko‘kni savalay ketdi.
2.  To‘p-to‘p daraxtlar tag‘in lipillab orqada qolib ketdi. Yirik -yirik, to‘p-to‘p 
aynan  bir   asosning   takroridan    hosil    bo‘lgan  sifat,  belgini  kuchaytirishga  xizmat
qilyapti.
3.Ko‘chani     sho‘x-sho‘x   bolalar   to‘ldirib   o‘tirishibdi.   Sho‘x-sho‘x   bir   asosning
aynan  takroridan hosil bo‘lgan. Takroriy sifat belgini takidlayapti. 
4. Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlari bilan qirga ko‘tarila boshladi. 
Chaqqon-chaqqon   bir   asosning   aynan   takroridan   hosil   bo‘lgan   sifat   takroriy   sifat
belgisini kuchaytiryapti.
Mashqni   bajarishda   o‘quvchilar   individual   faoliyat   olib   borib,   yangi
mavzuni   o‘zlashtirishga   ongli     ravishda   yondashish   mavzuni   xotirada   uzoq   vaqt
saqlab qolish maqsadida qo‘llandi.
Hid bildiruvchi sifatlar.   Bu tur sifatlar predmetning hidini ifodalash   uchun
xizmat qiladi: xushbo‘y, qo‘lansa, sassiq, ifor, muattar va b. Bunday sifatlar tilning
lug‘at   boyligida   juda   kam   sonni   tashkil   etadi.   Shu     tufayli   bunday   belgi   uchun
predmet   nomlaridan   foydalaniladi,   ya‘ni   hidni   ifodalash   uchun   predmet   nomiga
“hid” so‘zini qo‘shib aytish orqali qo‘shma sifatlar hosil qilinadi: atir hidi, rayhon
hidi,yog‘   hidi,   kerosin   hidi,   baliq   hidi   kabilar:   Uyg‘ongan   el   jizg‘inak,   qo‘lansa,
hidni dimoqqa zo‘rlab uradi (Sh u h r a t).
Hid  bildiruvchi  sifatlarni  yanada  mukammal  o‘zlashtirish  uchun  uyga 
vazifa beriladi. Sifatlarni topamiz va ular ishtirokida gaplar tuzamiz.
Go‘zal-go‘zal bog‘-u rog‘lar yurtimiz jamolidir. Qalin-qalin yog‘ayotgan qor
inson ko‘ngil xotiralari sari yetaklaydi. Dag‘al-dag‘al bo‘lib ketgan qo‘llari uning
mehnatsevarligidan   nishona.   Uzun-uzun   o‘lchamdagi   atlas,   adras   liboslar   o‘zbek
xotin-qizlari husniga husn qo‘shadi. Yam-yashil bo‘lib yotgan ona tabiat bahorning
42 kirib   kelayotganligidan   darak   beradi.Dono-dono   ota-bobolarimiz   bizni   doim
ezgulikka   undaydi. Siyrak-siyrak sochlari uning kasalligi jiddiy bo‘lib o‘tganidan
darak.  G‘amgin-g‘amgin  ma’sum  so‘zlar  ona  ahvoliga  jiddiy  ta’sir etdi.
Makon   va   zamon   bildiruvchi     sifatlar.   Bir   qator   sifatlar   o‘rin   va   paytga
munosabat   bildirib   keladi:   tonggi,   kuzgi,   kechki,   keyingi,   avvalgi,   qishki,   yozgi,
ertangi, uydagi kabi.Bu sifat turkumiga taalluqli so‘zlar ko‘pincha otlarga  -gi,  -ki,
-dagi  qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi.
“Sifatlarning   otlashuvi”   mavzusiga   e’tibor   qaratadigan   bo‘lsak,sifat
bog‘lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma’nosi ham
sifatga   yuklanadi.   Natijada   sifat   otlashib,   egalik,   kelishik,ko‘plik   qo‘shimchalari
bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘ladi va ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi.
Quyidagi   mashqda   otlashgan   sifatlarni   aniqlaymiz.   Ularning   gapdagi
vazifalarini belgilaymiz.
1.   Yoshroqlari   olovga   yaqinroq,   keksalari   bo‘lsa,   olovdan   uzoqroq   o‘tirishar   edi.
(Ertakdan)   2.   Dono,   aqllilar   hech   qachon   yo‘ldan   adashmaydi.   (“Odobnoma”)   3.
Endi   senlar   o‘qib,   oq-qorani   taninglar,   —   deydi   Xoliyor   amaki.   —   Hozir   dunyo
ilmli odamlarniki. (N. Tilabov) 4. Bilimli biladi bilim hurmatin, Bilimsiz ne bilgay
bilim   qiymatin.   (Yusuf   Xos   Hojib)   5.Yomon-u   yaxshini   xulqidin   anglag‘il,
Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil.(Navoiy)
Shunday   qilib,   “Sifat”   so‘z   turkumini   o‘rganishda   2017-yilda   Nizomiddin
Mahmudov va boshqa mualliflar tomonidan yaratilgan 6-sinf  “Ona tili “ darsligini
tahlil   qilar   ekanmiz,   bu   so‘z   turkumi ning   ichki   ma’no   guruhlari   ustida   ishlash,
sifatlar   ishtirok   etgan   so‘z   birikmalari ni   hosil   qilish,   bu   so‘z   turkumiga   oid
materiallarni   semantika   va   stilistika   bilan   uzviy   aloqadorlikda   o‘rganish,   sifat
sinonimlari   va   sifat   antonimlari   ustida   maxsus   ish   olib   borish,   har   xil   o‘yin,
topshiriqlardan   foydalanish ni   tashkillashtirish   darslarning   samaradorligini
oshirishda yordam berishini ta’kidlab o‘tamiz .
   2.2.2. A.Rafiyev,G.Muxamedjanova,N.Alovuddinovalar muallifligidagi 5-sinf
“O‘zbek tili” darsligi tahlili
43 Ta’lim   rus   va   qardosh   tillarda   olib   boriladigan   umumiy   o‘rta   ta’lim
maktablari   uchun   yaratilgan   “O‘zbek   tili”   darslarida   ham   o‘ziga   xos   maqsadlar
bo‘lib ular quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- o‘quvchilarni erkin fikrlashga o‘rgatish
- o‘z   fikrini   og‘zaki   va   yozma   tarzda   o‘zbek   tilining   qonun-qoidalariga
muvofiq ravishda to‘g‘ri ifodalash
- bir   ma'noni   turli   shakllarda   bera   olish   ko‘nikmalarini   shakllantirish,
so‘zlardan o‘rinli foydalanish;
- dunyoni bilishda o‘zbek tilining ahamiyatini singdirish kabi vazifalar shular
jumlasidandir.
“Sifat”   so‘z   turkumini   o‘tishda   o‘quvchilarning   so‘z   boyligini   oshirish
imkoniyatlari asosan quyidagi mavzularga orqali yuzaga chiqadi:
- tub va yasama sifatlar;
- qo‘shma va juft sifatlar va ularning imlosi;
- asliy va nisbiy sifatlar;
- sifat birikmalari;
- sifatning ichki ma’no guruhlari  
    Shu   nuqtayi   nazardan   ta’lim   rus   va   qardosh   tillarda   olib   boriladigan
umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun A.Rafiyev, G.Muxamedjanova,
N.Alovuddinovalar   tomonidan   2020-yilda   yaratilgan   5-sinf   “O‘zbek   tili” 32
darsligida sifat so‘z turkumi bo‘yicha quyidagi mavzular berilgan:
1.   Sifat so‘z turkumi. Rang-tus bildiruvchi sifatlarning qo‘llanishi.
2.   Maza-ta’m bildiruvchi sifatlarning qo‘llanishi.
3.   Hajm-o‘lchovni bildiruvchi sifatlarning qo‘llanishi.
4.   Xarakter-xususiyatni bildiruvchi sifatlarning  qo‘llanishi.
5.   Shakl-ko‘rinishni bildiruvchi  sifatlarning  qo‘llanishi.
     Har   bir   mavzu   o‘ziga   xos   didaktik   yo‘nalishdagi   5   ta   dars   soatlari   bilan
boyitilgan.   Masalan,   dastlabki   dars   “Onajonlar   bayrami”ga   bag‘ishlangan   bo‘lib,
32
  Rafiyev A.,    Muxamedjanova G.,  Alovuddinova N.O`zbek tili. Ta’lim  rus  va  qardosh  tillarda  olib  
boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari 5-sinf o`quvchilari uchun darslik.Toshkent: O`qituvchi,2020.
44 o‘quvchilar   sifat   so‘z   turkumi   bilan   tanishish   jarayonida   bahor   fasli,   undagi
bayramlar olamiga sayohat qilishadi.
     Darslikda quyidagi qoidalarning berilishi qatorida sifatlarning ma’no turlari
blan tanishtirish boshlanadi:
      “Predmetning     belgisini     bildirib,     qanday?     qanaqa?   qaysi?     so‘roqlaridan
biriga  javob  bo‘lgan  so‘zlar  sifat deyiladi.  Masalan:  kichkina,  yashil,  yozgi.”
       “Shaxs   yoki   narsalarning   rang-tusini   ifodalashda   oq, qora ,   yashil,   ko‘k,
sariq,   qizil,   jigarrang , kulrang   kabi so‘zlar   faol   qo‘llanadi.   Bunday   so‘zlar
qanday ?   so‘rog‘iga javob   bo‘ladi.   Masalan:   yashil   ( q a n d a y ? )   yaylov.
Qizil ( q a n d a y ? )  lolalar  ochildi.  Kitobni  jigarrang  javonga  qo‘ydim”.
    A mmo   o‘quvchilar   uchun   rang-tus,maza-ta’m,   hajm-o‘lchov,   xarakter-
xususiyat,   shakl-ko‘rinish   belgilari   –   bu   sifatlarning   ma’no   guruhlari   ekanligi
haqida   yozilgan   qoida   darslikda   keltirilmagan.   Hid   bildiruvchi   hamda   makon-
zamon  ma’nolarini  ifodalovchi  sifatlar   to‘g‘risida  esa   mavzu va  qaydlar  umuman
uchramaydi.Quyidagi   rang-tus   bildiruvchi   sifatlarning   aytilishi   va   yozilishi   bir-
biriga   mos   kelishidagi   farqlar   bois   ularning   talaffuzi   bo‘yicha   fonetik   mashq
o‘tkazish taklif qilingan:
-qizil   -qip-qizil      -qirmizi        -jigarrang
-oq      -oppoq          -yashil         -kulrang
-sariq   -sap-sariq     -havorang     -safsarrang, kabi.
   Rang-tus bildiruvchi  sifatlani  o‘rganish  jarayonida  o‘quvchilarga ozaytirma
daraja haqida ma’lumot ham berib o‘tilgan: 
      -   mtir   (   -imtir   )     qo‘shimchasi     rang     belgisining     me’yoridanozligini,     rang
darajasining     pastligini     ifodalaydi:     oqimtir,qoramtir   kabi.   -ish     qo‘shimchasi
ham     rangni     ozaytirib   ko‘rsatadi     va     rangni     ifodalovchi     so‘zlargagina
qo‘shiladi: ko‘kish,  sarg‘ish,  qizg‘ish  kabi.
      Berilgan   ta’rifda   belgining   kamligini   ifodalovchi   so‘zlar   haqida   fikr
bildirilgan, biroq bunday so‘zlar sifatlarning ozaytirma darajada kelishi, umuman,
sifat darajalari haqida ma’lumot berish grammatik mavzuning qiyinlashib ketishiga
sabab   bo‘lishi   mumkinligidanmi   e’tiborga   olinmagan.   Mazkur   qoidani
45 mustahkamlash   uchun   zarur   mashqlar   qatoriga   faqat   quyidagilarni   kiritishimiz
mumkin:
Qavs     ichidagi     so‘zlardan     mosini     qo‘yib,     gaplarni   to‘ldiring     va     ular
asosida  „Bahor  manzaralari”  nomli  matn  tuzing.
1.   Bahor keldi    va bog‘lar (ko‘k,   yashil)  rangga   kirdi.2 . Qirlarda   (oq,   qizil)
lola qizg‘aldoqlar  ochildi.3.O‘rik shoxlari (oq, pushti)  rangli  gullarga  burkandi.
4.     Gilos   daraxti   (sariq,   oppoq)   guldastaga     aylandi.     5.     Olma     shoxlarida
(qoramtir,  och  qizil) gullar  paydo  bo‘ldi.
     Berilgan  so‘zlardan  foydalanib,  rasmga  o‘zingiz rang  bering.
Qop-qora,  qizil,  yashil,  ko‘m-ko‘k,  pushti,  qizg‘ish.
Namuna:  Qizchaning  uzun  sochlari  qop-qora.
      Maza-ta’m   bildiruvchi   sifatlar   mavzusiga   oid   darslar   yuzasidan   darslikda
quyidagi ikki ta’rif keltirilgan:
Shirin,   mazali,   totli,   chuchuk,   achchiq,   nordon,   sho‘r,bemaza   kabi   so‘zlar
narsalarning   maza-ta’mini   ifodalaydi.Masalan:   Buvim   nordon   olmani   yaxshi
ko‘radilar. Bozordan  shirin  anor  oldik.
Maza-ta’m   bildiruvchi     so‘zlar     -li,     -siz     qo‘shimchalari   bilan     ham     hosil
bo‘ladi.  Masalan:  mazali- mazasiz,tuzli - tuzsiz  kabi.
    Shu o‘rinda  -li,-siz qo `shimchalarining   antonim,   ya’ni   zid   ma’noli
qo‘shimchalar   ekanligi,   ularning   vazifasini   be-   va   ba-   (bemaza   –   bamaza)old
qo‘shimchalari   ham   bajarishini   ta’kidlab   o‘tish   o‘quvchilarda   zaruriy
ko‘nikmalarni shakllanishida asqotadi.
Predmet   maza-ta’mining   qanday   darajadaligini   ifodalashda   sifatlar   oldiga
juda,   g‘oyat,   sal,   picha,   biroz   kabi   so‘zlar   qo‘yiladi.   So‘zlar   tarkibidagi   unli
tovushni cho‘zib   yoki   urg‘u   bilan   talaffuz   qilganda   ham   maza-ta’m   ma’nosi
kuchayadi.Qiyoslang:
Mazali  taom  -  juda  mazali  taom
Nordon  uzum  -  sal  nordon  uzum
Shirin  olma  -  biroz  shirin  olma
46       Maza-ta’m   bildiruvchi   sifatlarning   darajasini   aniqlash   uchun   maxsus
“indekator”larning keltirilishi o‘quvchilarni ozaytirma va orttirma daraja haqidagi
fikrlarini yuzaga keltiradi.
    Shaxs   va   narsa-hodisalarning   turli   belgi-xususiyatlarini   bildiruvchi   barcha
sifatga   oid   so‘zlar   kabi   hajm-o‘lchovni   ifodalovchi   so‘zlardan   oldin   belgining
darajasini   ko‘rsatuvchi eng, juda , nihoyatda kabi so‘zlar, -roq, -gina(-kina, qina)
qo‘shimchalari qo‘shilib keladi. Qiyoslang uzun - juda uzun, uzunroq, kattagina.
     Demak,darslik   doirasida   sifatlarning   orttirma,   ozaytirma   va   qiyosiy
darajalari   haqida   ma’lumotlar   aynan   ularni   hosil   qiluvchi   grammatik   belgilarning
qo‘shilishi orqali keltirilgan. Shuningdek, sifatlarning ma’no guruhlarini turli rang-
barang   rasmlar,   matn   va   dialoglar,   mashq   va   topshiriqlarning   berilishi   orqali
o‘quvchilarga   o‘rgatish   ularning   bilim,ko‘nikma   va   malakalarini   oshirishi
shubhasizdir.
2.2.3.X.S.Muxitdinova,Ya.I.Avlakulov,D.A. Nuriddinova lar muallifligidagi 7-
sinf “O‘zbek tili” darsligi tahlili
  X.S.Muxitdinova,Ya.I.Avlakulov,D.A.Nuriddinovalar   tomonidan   2017-
yilda   yaratilgan   “O‘zbek   tili” 33
  darsligida   ham   sifat   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlarni
o‘rganish bo‘yicha bir nechta mavzular berilgan. Ular quyidagilardir:
1.   Sifatlarning yasalishi. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi va imlosi.
2.   O‘rin va payt ma’nosini bildiruvchi sifatlar, ularning yasalishi.
3.   Qo‘shma, juft va takroriy sifatlarning yasalishi va imlosi.
    Har   bir   mavzu   o‘ziga   xos   didaktik   yo‘nalishdagi   3   ta   dars   soatlari   bilan
boyitilgan. O‘quvchilar o‘zbek tiliga oid grammatik ta’riflarni o‘rganish jarayonida
ularni turli hayotiy lavhalar, she’r va adabiy parchalarni o‘qib , fikr-mulohazalarga
33
    Muxitdinova X. S.,. Avlakulov Ya. I, Nuriddinova D. A. O`zbek tili. Ta’lim  rus  va  qardosh  tillarda  olib  
boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari 7-sinf o`quvchilari uchun darslik.Toshkent, O`qituvchi,2017.
47 ega   bo‘lib   borishadi.   Ana   shunday   grammatik   ta’riflardan   dastlabkisi   sifatlarning
yasalishi haqida berilgan:
Sifatlar   tub   va   yasama   bo‘ladi.   Yasama   sifatlar   ot   va   fe’l   asoslariga   so‘z
yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasaladi.
Tub sifatlar           Yasama sifatlar
katta                      aqlli
yashil                   chiroyli
shirin                   serhosil
toza                      baquvvat
Otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar
-li         -siz       -chan       -choq           -qoq            -dor
odobli   tuzsiz    ishchan    tortinchoq    urishqoq      hosildor
          Yuqoridagi   qoidada   -choq   va   -qoq   qo‘shimchalarining   fe’ldan   sifat   yasovchi
qo‘shimchalar   tarzida   emas,   balki   otdan   sifat   yasovchi   qo‘shimchalar   tarzida
keltirilishi   mualliflarning   xatosi   ekanligi   tabiiy.   Zeroki,   darslikning   keyingi
sahifalarida   xuddi   shu   qo‘shimchalar   endilikda   fe’ldan   sifat   yasovchi
qo‘shimchalar tarzida keltirilgan:
-ma, -choq ,-q,-iq ,-    qoq    ,-gir,   -kir   qo‘shimchalari   fe’ldan   sifat   yasaydi.Masalan:
qaynatma, tortinchoq, qaynoq, siniq, urishqoq, sezgir, o‘tkir.
      Kitobda berilgan mazkur mashq ham e’tiborimizni tortmay qolmadi:
Berilgan   so‘zlarga   darajalarni   bildiruvchi   so‘zlarni   qo‘shib,   namunadagidek
darajalab yozing.
N a m u n a: Qurilishlar — ulkan qurilishlar, g‘oyat ulkan qurilishlar.
Bayram,   taassurotlar,   ko‘prik,   liboslar,   shahar,   mahalla,inson,   bola,   ustoz,
o‘quvchi, maslahat, daraxt.
      Berilgan   so‘zlar   –   otlarni   “ulkan”,   “g‘oyat”   so‘zlari   bilan   qaysi   darajaga
“qo‘yish”  mumkin? Yoki  “g‘oyat ulkan shahar” birikmasi  qaysi  darajada turibdi?
Albatta,   bunday   noaniq   mashqning   berilishi   hali   sifat   darajalari   haqida   to‘liq
ma’lumot   olib   ulgurmagan   o‘quvchilarda   xato   fikrlar,   ikkilanishlar   tug‘dirishi
tabiiy.
48       Keltirilgan   juz`iy   kamchiliklarga   qaramasdan,   darslikdan   sifat   yasovchi
qo‘shimchalar   va   ularning   imlosi   xususida   atroflicha   ma’lumot   berilgan.
Shuningdek,   ma’nodosh   va   zid   ma’noli   sifat   yasovchi   qo‘shimchalar   haqida   ham
aytib o‘tilgan:
    Ser-, no-, be-, ba-qo‘shimchalari asosdan oldin qo‘shilib keladi. Ular ko‘pincha
-li, -siz, -dor qo‘-shimchalariga ma’nodosh va zid ma’nolarni ifodalab keladi.
     Umuman   olganda   sifat   so‘z   turkumi   bo‘yicha   ta’lim     rus     va     qardosh
tillarda   olib   boriladigan   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   uchun   yaratilgan
yuqoridagi   ikki   sinfda   ma’lumotlar   berilgan.   Ko‘rib   chiqqanimizdek,   grammatik
materiallar   haminqadar   darajada   keltirilgan.   Ana   shu   darsliklarda   o‘rganilishi
jihatidan   muhim   bo‘lgan   sifat   mavzusini   yanada   kengroq   yoritish   vazifa   qilib
olinsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
    
2.2.4.M.Mirzahidova,   H.Abulqosimova,   M.Xalmuratovalar   muallifligidagi
Qirg‘iziston   Respublikasidagi   o‘zbek   maktablari   6-sinf   o‘quvchilari   uchun
“O‘zbek tili” darsligi tahlili
      Ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan 3-darsligimiz M.Mirzahidova, H.Abulqosimova,
M.Xalmuratovalar tahriri asosida Qirg‘iziston Respublikasidagi o‘zbek maktablari
6-sinf o‘quvchilari uchun  nashr etilgan  “O‘zbek tili”  34
darsligidir.
    Mazkur darslikda sifat so‘z turkumi quyidagi mavzular orqali yoritib berilgan:
1. Sifat.
2. Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar.
3. Ozaytirma sifatlar va ularning yozilishi.
4. Kuchaytirma sifatlar va ularning yozilishi.
5. Otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi.
6. Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi.
34
Mirzahidova M., Abulqosimova H., Xalmuratova M.. “O`zbek tili”. Qirg`iziston Respublikasidagi o`zbek 
maktablari 6-sinf o`quvchilari uchun darslik. Bishkek: Arkus,2018.
49 Darslikda sifat darajalari bo‘yicha quyidagi ta’rif keltirilgan:
          Sifat,   odatda,   belgining   darajasini   ko‘rsatadi.   Sifatlarda   quyidagi   darajalar
mavjud:
1. Oddiy daraja: baland bino, chiroyli qiz.
2. Qiyosiy daraja: balandroq bino, chiroyliroq qiz.
3. Orttirma daraja:eng   baland bino, eng chiroyli qiz.
Demak, sifatlarning 3 darajasi borligi qayd qilinar ekan, ozaytirma daraja 
   haqida esa quyidagicha fikr bildiriladi:
        Sifatlarda   darajalardan   tashqari   belgining   (rangning)   ortiq-   kamligini
ifodalovchi shakllar ham bor.
          Belgining   me’yordan   kam   ekanligini   bildirgan   sifatlar   ozaytirma   sifatlar
deyiladi. Ozaytirma sifatlar quyidagicha yasaladi va yoziladi:
1. Rang   bildiruvchi   sifatlar   oldidan   och,   nim   so‘zlarini   keltirish   bilan
yasaladi:och sariq lenta, nimpushti ro‘mol.
2. -gina(-qina,-kina) qo‘shimchalari orqali:kichkinagina hovli
3. Sifat   oldidan   sal,   biroz   kabi   so‘zlarni   qo‘shish   orqali   :sal   shirin,   biroz
beg‘am.
    Sifat   darajalari   mavzusi   doirasida   bahs-munozaralar   bugungi   kunda   ham
uchrab   turishidan   kelib   chiqqan   holda,   mualliflarning   bu   boradagi
yondashuvlarini   to‘g‘ri   qabul   qilish   mumkin.   Biroq,   darslikda   sifatlarning
ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga – asliy va nisbiy sifatlarga bo‘linadi, degan fikrni
xato   deyishimiz   mumkin.   Ma’lumki,   belgini   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   ifodalashiga   va
uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishiga ko‘ra sifatlar asliy va nisbiy
sifatlarga   ajaratiladi.   Ma’nosiga   ko‘ra   tasnif   qilinishi   esa   uning   ma’no
guruhlariga,   ya’ni   rang-tus,   maza-ta’m,   xususiyat   bildiruvchi   sifatlar   kabilarga
bo‘linishini nazarda tutadi.
                                           
50 III BOB. TAJRIBA – SINOV ISHLARI NATIJALARI
3.1. Zamonaviy ta’lim talablari bo‘yicha  “O‘zbek tili”(“Ona tili”)
darsliklarining mazmuni bo`yicha tavsiyalar
       Millatimiz   ruhi   hisoblangan   ona   tilimiz   –   o‘zbek   tili   mana   necha   asrlarki
dunyo   tillari   orasida   o‘zining   so‘z   boyligi,   ma’nolar   xazinasi,   ifoda
imkoniyatlarining   kengligi   bilan   ajralib   kelmoqda.   Shu   bois   ham   ana   shu   qadrli
tilimiz   bilan   yosh   avlodni   tanishtirish,   uning   boy   imkoniyatlaridan   foydalanishni
o‘rgatish o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan har bir o‘zbek tili fan o‘qituvchilarining
bugungi   vazifalari   nihoyatda   ahamiyatlidir.   Zero,   davlat   tilini   o‘rganish,   unda
bemalol   suhbatlashish,   ijod   qilish,   fikrlarini   bemalol   ifodalay   olish   yurtimizning
har   bir   farzandiga   xos   bo‘lsagina,   o‘zbek   tili   kundan   kunga   boyib   ,   sayqallanib
boradi.
       O‘zbek tilini bugungi kun DTS talablariga mos holda o‘qitish, o‘quvchilarda
shu   fanga   xos   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   shakllantirishda   darslar   davomida
51 o‘qituvchidan   yuksak   pedagogik   mahorat,   axborot   kommunikatsiya
texnologiyalaridan   o‘z   o‘rnida   foydalanish,   zamon   talablariga   mos   holda   ta’lim
tizimini yuzaga keltirish kabi fazilatlar talab qilinadi. 
       Ta’lim   muassasalarining   o‘quv   tarbiyaviy   jarayonida   zamonaviy   o‘qitish
uslublari,   interfaol   uslublar,   innovatsion   texnologiyalarning   o‘rni   va   ahamiyati
beqiyosdir.   Pedagogik   texnologiyalar   va   ularning   ta’limda   qo‘llanilishiga   oid
bilim, tajriba o‘quvchilarning bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Shu  fikrlardan   kelib  chiqqan  holda  hozirgi  davr  darsliklarida  sifat  so‘z  turkumini
o‘rganish   bo‘yicha   bugungi   ta’lim   yo‘nalishlarining   qanday   belgilari   ustuvorlik
qilmoqda? Bu belgilarni quyida tahlil qilamiz:
1.Sifat so‘z turkumini o‘rganishda   o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqiy
faoliyatlarini o‘stirishga ko‘maklashuvchi mashqlardan foydalanish.
Til   ta’limiga   oid   darslarning   asosiy   maqsadi   o‘quvchilarning   og‘zaki   va
yozma   nutqini   o‘stirishdir.   Bu   borada   bajaraladigan   mashqlarning   ahamiyatini
hisobga   olgan   holda,   sifat   so‘z   turkumini   o‘rganishda   nutqiy   faoliyatni
rivojlantiruvchi   vazifa   va   topshiriqlarning   sonini   ko‘paytirish   lozimdir.   Quyidagi
mashqni misol qilib olishimiz mumkin:
      Egri,  to‘g‘ri, katta, kichik, oq, qora, dono, nodon so‘zlari  ishtirokida gap
tuzish bo‘yicha musobaqa o‘tkazing. Sifatlar gapda otlashib kelsin.
Namuna: 1-guruh:To‘g‘ri o‘zadi, egri to‘zadi. 
2-guruh:To‘g‘rining gapi sariyog‘, egrining gapi to‘mtoq. 35
    Afsuski, tahlil ostiga olingan mavzumiz doirasida bunday mashqlarning soni
kam. Aksariyat mashqlar matnni ko‘chirib yozish, nuqtalar o‘rniga zarur sifatlarni
qo‘yish kabi vazifalar bilan berilgan. Matn tuzish , uni so‘zlab berishga asoslangan
topshiriqlar esa sanoqli. 
2. Misollardan  xulosalar  chiqarish  va  uni   darslikdagi  qoidalarga taqqoslash   .
O‘quvchilar   avval   misollarni   kuzatadilar,tahlil   qiladilar,   so‘ngra   xulosa
chiqaradilar.   O‘zlari   chiqargan   qoidani   darslikdagi   qoidaga   taqqoslaydi.   Bolalar
35
 Mahmudov N.va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.- Toshkent,2017.-
B.158.
52 induktiv   yo‘l   bilan   qoidani   o‘rganadi,   mustahkamlaydi.Bu   jihatdan   “Ona   tili   “
darsliklarida berilgan topshiriqlarning ahamiyati kattadir:
Masalan: 
  Topshiriq. Berilgan so‘zlarning tarkibini aniqlang. Imlosiga e’tibor bering.
Erksevar, ochko‘z, kulrang, mehmondo‘st, devqomat, sheryurak. 36
  Yuqoridagi   topshiriq   bajarilgandan   keyingina,   qo‘shma   sifatlar   qoidasi
o‘quvchilarga tushuntirilishi dars samaradorligini oshiradi.
     Bu   borada   tahlil   ostiga   olingan   “O‘zbek   tili”   darsliklarida   ham   xuddi
shunday induktiv yo‘l bilan mavzu tushuntirish tizimidan foydalanilgan.Darslikda
sifat so‘z turkumiga bag‘ishlangan dars mashg‘ulotining dastlabki vazifasi sifatida
quyidagi topshiriq berilgan:
Rasm   asosida   suhbatni   davom   ettiring.   Tuzgan   gaplaringizda   oq,   pushti,
sariq rang-tus bildiruvchi sifatlar ishtirok etsin. 37
  
Grammatik mavzuning bayoni esa topshiriqdan keyin berilgan.
3. O‘quvchilar oldiga muammoli savol va topshiriqlar qo‘yish. Bunda , masalan,
quyidagi topshiriqlarni bajarish orqali ish boshlanadi:
1-topshiriq.   Berilgan   so‘zlarni   tarkibiy   qismlarga   ajrating.Sifat   yasovchi
qo‘shimchalarni aniqlang.
Foydali,   serharakat,   go‘shtdor,   tartibsiz,   yasama,   devoriy,   noaniq,   talabchan,
odamsimon, bebaxt, yengilmas,basavlat.
2-topshiriq. Berilgan   so‘zlarga   -li,   ser-,   -mand,   -dor,   bo-,-siz   qo‘shimchalarini
qo‘shing. Ularning qanday ma’no ifodalashini ayting.
Shira, go‘sht, savlat, davlat.
Yangi  mavzuni  tushuntirish  shu  savollarga javob izlashdan  boshlanadi.    
4.  Sifatlarning ma’no guruhlarini o‘rganish tizimini tashkillashtirish.
Sifat   so‘z   turkumini   o‘rganishda   uning   ma’noviy   guruhlari   yuzasidan
o‘quvchilarga   to‘g‘ri   ta’lim   berish   tizimini   tashkillashtirish   lozim.   Tadqiqotimiz
ostida ko‘rib chiqilayotgan darsliklarda ham bu borada mantiqiy izchillik,  yagona
36
  Mahmudov N.va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.- Toshkent,2017. 
-B.140.
37
  Rafiyev A.,    Muxamedjanova G.,  Alovuddinova N.O`zbek tili. Ta’lim  rus  va  qardosh  tillarda  olib  
boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari 5-sinf o`quvchilari uchun darslik.- Toshkent : O`qituvchi2020.
53 grammatik   qoidaga   mansublik   yetishmaydi.   Ilmiy   manbalarga   murojaat
qilganimizda   sifat   so‘z   turkuminung   9   ta   ma’no   guruhi   qayd   qilinganini
ko‘rishimiz mumkin.Ular quyidagilar:
1.Xarakter-xususiyat,xossa va qiymat bildiruvchi sifatlar.
2.Holat bildiruvchi sifatlar.
3.Rang-tus   bildiruvchi sifatlar.
4.Shakl-ko‘rinish   bildiruvchi sifatlar.
5.Hajm-o‘lchov-masofa   bildiruvchi sifatlar.
6.Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar.
7.Hid bildiruvchi sifatlar.
8.Vazn-og‘irlik   bildiruvchi sifatlar.
9.O‘rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar. 38
    Albatta,   bu   tasnif   muallifning   o‘ziga   xos   ilmiy   va   nazariy   bilimlari   asosida
shakllantirilganligi   bois   sifat   so‘z   turkumining   ma’no   guruhlarini   ajratish
borasidagi munozarali masalalar qatorida sanaladi. Ammo tahlil ostiga olingan
darsliklarimizda ushbu ma’noviy guruhlar 6-sinf “Ona tili” darsligida 6 ta,5-sinf
“O‘zbek tili “ darsligida 5 ta turda ko‘ rsatilgan, xolos.
№6-sinf “O
na tili” darsligida Sifatlarning ma’no guruhlari	
5-sinf “O
‘zbek tili” darsligida Sifatlarning ma’no guruhlari
1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar Xarakter-ususiyat   bildiruvchi
sifatlar
2. Maza-ta’m   bildiruvchi
sifatlar Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar
3. Rang-tus bildiruvchi sifatlar Rang-tus bildiruvchi sifatlar
4. Hid bildiruvchi sifatlar Hid bildiruvchi sifatlar
5. Hajm-o‘lchov   bildiruvchi
sifatlar Hajm-o‘lchov bildiruvchi sifatlar
6. Makon-zamon   bildiruvchi
sifatlar.
 
38
 Sodiqova M. Hozirgi o`zbek tilida sifat.  –Toshkent: Fan, 1974. – B. 49.
54 Agar 6-sinf “Ona tili” darsligidagi tasnifga e’tibor qaratadigan  bo‘lsak, unga
hech bo‘lmaganda shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifat guruhining kiritilishi joizdir.
Negaki,   o‘quvchilar   qiyshiq,   tor,   kalta   kabi   so‘zlarni   sifatning   qaysi   guruhiga
mansubligini aniqlashda doimo ikkilanishlari tabiiy.
5. Iqtidorli   o‘quvchilar   uchun   kiritilgan   mashqlar   ko‘lamini   cheklab
qo‘ymasdan, ularni butun sinf bilan birgalikda bajarish.
Quyidagi   mashq   maxsus   belgi   orqali   ajratilgan   mashqlar   sirasiga   kiradi.
Bunday mashqlarni nafaqat iqtidorli o‘quvchilar, balki sifdagi barcha bolalarni
faollikka chorlash orqali bajarish muhimdir.
369-mashq.   Sifatlarni   aniqlab,   ularga   -roq   qo‘shimchasini,   juda,eng,   g‘oyatda
so‘zlarini qo‘shing, ularning gap ma’nosiga qanday ta’sir etayotganini aniqlang.
      Bobur   temuriylar   sulolasining   so‘nggi   yirik   vakili   edi.   U   tadbirkor   va   jasur
lashkarboshi,   dono   va   adolatli   hokim,   fozil   va   o‘qimishli   inson,   ajoyib   lirik
shoir,   ilmning   turli   sohalaridan   yaxshigina   xabardor   bo‘lgan   yetuk   olim   edi.
Uning   «Boburnoma»   asari   haligacha   Sharqdagi   voqeot   janrining   beqiyos
namunasibo‘lib kelmoqda. (F. Sulaymonova) 39
6.Sifat   mavzusiga   oid   nazariy-grammatik   ma’lumotlar   rangli   jadvallar,
blok-sxemalar asosida berilishi.
  O‘rganilayotgan   har   bir   mavzu   yuzasidan   darslikda   zarur   grammatik
ma’lumotlar   qoidalar   ko‘rinishida   beriladi.   Shunday   ma’lumotlarni   o‘quvchiga
yetkazish   uchun   o‘qituvchilar   o‘tilayotgan   dars   oldidan   turli   xil   ko‘rgazmali
qurollar,   rangli   jadvallar,   sxemalardan   foydalanishadi.Ammo   o‘quv
qo‘llanmalarda   bu   kabi   vositlarga   urg‘u   berilmaydi.   Vaholangki,   bugungi   kun
yoshlarini dars jarayoniga qiziqtirishda bunday usullarning foydasi kattadir.
     Sifat   so‘z  turkumi   nuqtayi   nazaridan  ishimizning   oldingi   fasllarida   turli   xil
jadvallar   va   blok-sxemalar   namunalarini   keltirdik.   Xuddi   shu   kabi   vositalarning
darsliklarda   berilishi   ta’lim   oluvchilarning   xotirasida   ma’lumotlarning   qolishida
samarali xizmat qiladi.
39
 Mahmudov N.va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.- Toshkent,2017.-
B.150.
55 7.Darslikda   illyustratsiyalar   sonini   oshirish   orqali   o‘quvchining   ijodiy
qobiliyatini rivojlantirish.
Sifat   mavzusini   o‘rganish   jarayonida   6-sinf   “Ona   tili”   darsligida   quyidagi
mashqdan boshqa hech qaysi o‘rinda rangli tasvir vositalari keltirilmagan.
Ertalab barvaqt turing. Tong tasvirini daftaringizga tushiring. Unda sifatlardan
foydalaning.
   Vaholangki, yangi davr darsliklari turli xil rasmlar, o‘ziga xos tasvirlar bilan
boyitilsa,  o‘quvchilarda   katta  qiziqish  uyg‘otadi.   Shunday   ma lumotlarni   darslikʼ
mualliflari inobatga olib, mamlakatimizda chop etilayotgan darsliklar va metodik
qo‘llanmalarni   mazmunan   boyitishda,   mavzuga   mos   illyustratsiyalarni   maqsadli
tanlashsa,   ya ni   har   bir   tanlangan   illyustratsiya   informatsion   xarakterga   ega	
ʼ
bo‘lishini ta minlashsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
ʼ
    Bu   jihatdan   “O‘zbek   tili“   darsliklarida   sifat   so‘z   turkumini   o‘rganish
bo‘yicha   berilgan   mashqlar   turli   rasmlar,   rangli   tasvirlar   bilan   boyitilgan.
O‘quvchilarni   ijodiy   fikrlash   qobiliyatini   oshirish,   ularda   ko‘rish   orqali   yodda
saqlash   faoliyatini   shakllantirish   uchun   ham   rasmlarga   qarab   matnlar   tuzish
ahamiyatlidir.Jumladan,quyidagi topshiriqni ko‘rib chiqamiz:
   Berilgan rasm va savollar asosida O‘zbekiston tabiati haqida suhbatlashing.
—   O‘zbekistonda qanday tog‘lar bor?
—   Tog‘larda qanday o‘simliklar o‘sadi?
—   Tog‘oldi mintaqalarida qanday o‘simliklar o‘sadi?
—   O‘simliklardan qanday maqsadlarda foydalaniladi? 40
   Demak, o‘quvchilar yuqorida keltirilgan so‘lim tabiat manzarasini baholash
qatorida   turli   savollarga   sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlardan   foydalangan   holda
javob berishadi.
8.O‘quvchilarni odob-axloq qoidalariga o‘rgatuvchi tarbiyaviy ahamiyatga
ega  mashqlarning berilishi.
      “So‘z   ko‘rki   —   maqol”   mavzusida   bog‘lanishli   matn   tuzing.   Unda
ishlatilgan sifatlarni tahlil qiling.
40
 Muxitdinova X. S., Avlakulov Ya. I., Nuriddinova D. A. O`zbek tili. Ta’lim  rus  va  qardosh  tillarda  olib  
boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari 7-sinf o`quvchilari uchun darslik.- Toshkent: O`qituvchi,2017.
56   “Sizni   ulug‘laymiz,   bobodehqon!”   mavzusida   matn   tuzing.   Unda   sodda
sifatlardan foydalaning.
9. Sifat mavzusini o‘rganishda fanlararo integratsiya usulidan foydalanish.
Ta’limda fanlararo integratsiya jihatini ta’minlash bugungi kunda ustuvorlik
kasb   qilmoqda.   Ona   tili   darslarida   boshqa   fanlarga   oid   bilimlarni
mustahkamlashga   asoslangan   mashqlardan   foydalanish   o‘quvchilarning   ilm
olishga   bo‘lgan   ehtiyojini   yanada   oshiradi.Masalan,   quyida   berilgan   mashqda
o‘quvchilarning sifat so‘z turkumi bo‘yicha olgan bilimlari botanika fani bilan
uzviylikda yuzaga chiqariladi:
“Biz   tabiat   farzandlarimiz”   o‘yinini   uyushtiring.   Buning   uchun   ikki
guruhga   bo‘lining.   Boychechak,   chuchmoma,   devpechak,chumchuqko‘z,
otquloq   kabi   o‘simliklarga   xos   bo‘lgan   belgilarni   topish   bo‘yicha  musobaqa
o‘tkazing. 41
10.Sifat   so‘z   turkumi   borasidagi   bilimlarni   turli   lug‘atlar   bilan   ishlash
bo‘yicha mashqlar yordamida boyitish.
Ona   tili   va   o‘zbek   tili   darslarida   turli   qomusiy   lug‘atlar,   izohli   va   imlo
lug‘atlari, sinonimlar  va antonimlar  lug‘atlari  bilan ishlash  asosidagi  mashqlar
o‘quvchilarning   so‘z   boyligini   oshiradi,   ularni   bexato   yozishga   o‘rgatadi.
Ammo   lug‘atlarga   murojaat   qiluvchi   mashqlarning   soni   tahlil   ostiga   olingan
darsliklarimizda   sanoqli.   Sifat   so‘z   turkumi   bo‘yicha   esa   bu   ko‘rinishdagi
mashqlar deyarli uchramaydi.
3.2. “O zbek tili” (“Ona tili”) darslarida sifat mavzusini o‘rganishdaʻ
TPR metodini qo‘llashning ahamiyati
      Davrimiz   soniyalar   shiddati   bila   o zgarib   borayotgan   bir   vaqtda	
ʻ
o quvchilarga o zbek tili saboqlarini berar ekanmiz, ularga an’anaviy darsliklar	
ʻ ʻ
yordamida   odatiy   darslar   o‘tish   davomida   oldimizga   qo‘yilgan   vazifalarni
bajara   olmay   qolishimiz   mumkin.   Negaki,   dars   jarayonida   o‘quvchilarni
qiziqtirish   uchun   turli   yangi   usulllardan   foydalanish,   ularni   yanada   faollikka
chorlaydi. Rang-barang slaydlar namoyishi, elektron darsliklar bilan ishlash esa
41
 Mahmudov N.va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.- Toshkent,2017.-
B.139.
57 har qanday passiv o‘quvchini jonlantirishi, uni ham dars jarayoniga jalb qilishi
mumkin.Bu   o‘rinda   biz   dunyoda   chet   tillarni   o‘qitish   ta’lim   texnlogiyalari
orasida   XX   asrning   70-yillaridan   beri   ma’lum   bo‘lib   kelayotgan   TPR–   Total
Physical   Response,   ya’ni   butunlay   jismoniy   reaksiya   metodini   qo‘llash
borasida fikr bildirmoqchimiz. 
An`anaviy dars o‘qitish   tizimlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak , asosiy
materiallar darsliklarda matn  yoxud mashq va topshiriqlarni bajarish asosida ,
ba’zi   o‘rinlarda rasmli vazifalar orqali berilishini kuzatishimiz mumkin. Biror
bir yangi mavzuni o‘zlashtirishda o‘quvchilarga shularni o‘zi yetarlimikan? Bu
borada   biz   qo‘llamoqchi   bo‘lgan   TPR   metodining   ahamiyati   shundaki,   u
ma’lumotni   anglashda   ko‘rish,   eshitish   hamda   kinestetik   ta’sir   yo‘llaridan
foydalanish yo‘llarini afzal tutadi. 
      TPR – Total Physical Response , ya’ni yangi tillarni o‘rganishda butunlay
jismoniy   reaksiya   metodi   amerikalik   psixolog,   Kaliforniyaning   San   Xose
Universiteti o‘qituvchisi,   doktor Djeyms Asher tomonidan o‘tgan asrning 70-
yillarida   e’lon   qilingan   bo‘lib,   uning   asosida   inson   miyasi   o‘ng   va   chap
yarimsharlarining faoliyati haqidagi teoriya yotadi.   Unga ko‘ra miyaning chap
yarimshari   mavhum,   mantiqiy   fikrlash   hamda   til   imkoniyatlaridan
foydalanishni   bajarsa,   o‘ng   yarimshar   esa   ijodiy   fikrlash,   intuituv
yondashuvlarni   bajaradi.   Olim   tillarni   tushunishda   faqatgina   chap   yarimshar
faoliyatidangina   emas,   balki   o‘ng   yarimsharlarni   ham   ishlatish   lozimligini
aytadi.   Ushbu   metod   o‘quvchilarni   faollikka     chorlab,   o‘qituvchi   tomonidan
dars   jarayonida   berilgan   buyruq   va   iltimoslarga   verbal(imo-shoralar   orqali)
hamda   jismoniy   xatti-harakatlar   orqali   javob   qaytarishni   talab   qiladi.   Boshqa
so‘z bilan aytganda , TPR – bu til ta’limida nutq va harakatlar tizimiga e’tibor
qaratgan holda jismoniy faollikni oshirishga asoslangan metod hisoblanadi. 42
      Arnold   Muhrenning   fikriga   qaraganda   TPR   metodi   asosiy
texnologiyasi   oddiy.   Bunda   dars   jarayonida     o‘quvchilar   o‘qituvchi   yoki   o‘z
sinfdoshlari   tomonidan   berilgan   komanda   –   buyruqlarni   bajarishadi   va   bu
42
 Asher J.Language by command.The total Physical Response approach to learning language//The way of learning –
1984 – P.35.
58 buyruqlarning   qiyinlik   darajasi   ortib   boraveradi.   Masalan,   oddiy   buyruqlar
(“Turing,   o‘tiring”)   vaqt   o‘tgan   sayin   qiyinlashib   boraveradi(masalan,   “Men
xohlaymanki,   o‘g‘il   bolalar   aylana   shaklida   turib   olishsin,   iltimos”).   TPR   o‘z
navbatida   bir   murakkab   topshiriqqa   kiruvchi   harakatlar   zanjirida   (masalan,
“O‘tiring,   qog‘oz   va   qalam   oling,   uning   tepasiga   o‘z   ismingizni   yozing…”)
yoki   bir   syujet   chizig‘i   asosida   murakkablashib   borishi   mumkin. 43
  Bu
buyruqlar asosini ishtirokchilarni faollikka chorlash, tildagi yangi so‘z va so‘z
birikmalarini o‘rganishda, yangi ko‘nikmalar hosil qilishda turli ovozlar, xatti-
harakatlar   ,   imo-ishoralar   yordamida   tashkillashtirilgan   o‘yinlar   tizimi   tashkil
qiladi.   Zeroki,   o‘quvchilar   uchun   quvnoq,   qiziqarli   o‘yinlar   orqali
tashkillashtirilgan   dars   an’anaviy   o‘qitish   tizimidan   ko‘ra   ancha   maroqli
hisoblanadi. 
            Aytish joizki, TPR metodini til ta’limida qo‘llash mumkin oddiy o‘yinlar
tizimidan   farqlash   lozim.       Butunlay   jismoniy   reaksiya   (TPR)   bu   avvalo
comprehension   approach,   ya’ni   tushunish,   anglash   va   his   etishga
asoslangan bo‘lib, bu o‘z navbatida lingvist olim Stiv Krashen tomonidan qayd
etilgan. 44
  Ya’ni   olim   tilni   o‘rganishda   avvalo   uni   eshitish   va   his   etish
kerakligini ta’kidlaydi, Ammo biz bu teoriyani o‘z ona tilimiz ta’limida emas,
faqatgina   chet   tilini   o‘rganishda   qo‘llaymiz.   Balki   shu   usulni   ona   tilimizni
o‘rgatishda duch keladigan mavzular doirasida berilgan yangi qoidalar ; yangi
so‘z   birikmalari   va   ular   asosida   matnlar   hosil   qilishda   qo‘llashni   yo‘lga
qo‘ysak,   o‘quvchilarning     o‘z   tilida   sof   va   ravon   gapira   olish   koeffitsentini
oshirgan   bo‘lardik.   Chunki   bu   metodning   asosini   qo‘yishda   teoriyachi   olim
inson psixologiyasi va pedagogika qonuniyatlariga tayanadi.Shuningdek Asher
Garold   va     Doroti   Palmerlarning   1925-yilda   e’lon   qilingan   tilni   o‘rganish
metodlaridan   foydalanadi.U   tillarni   o‘rganishda   inson   miyasida   shakllanuvchi
43
 Muhren A.Total Physical Response (TPR):An EffectiveLanguage Learning Method at Beginner /Intermediate 
Levels {Online}.2003. – URL :http://sastra.um.ac.id/wp-content/uploads/2009/10/Teaching -Children-Using-a-
Total- Physical-Response-TPR-Method-Rethinking-Handoyo-Puji-Widodo.pdf.:(murojaat sanasi 15.09.2018)      
44
 Krashen S.D.Explorations in Language Acquisition and Use//The Taipei Lectures – Heinemann,2003. -  P.19. 
59 ma’lum “bio-programma” dan foydalanish kerakligini ilgari suradi. Unga ko‘ra
ushbu tizim uch bosqichda shakllanadi:
1. Insonlarda   bolalikda   eshitish   qobiliyati   gapirish   qobiliyatidan   oldin
shakllanadi.Tillarni   o‘rganish   jarayonida   ular   ko‘p   so‘zlarni   eshitish   orqali
idrok   qilishlari   mumkin,   ammo   mustaqil   ravishda   hali   ularni   amalda   qo‘llay
olishmaydi.
2. Bolalarning   eshitilgan   so‘zlarni   idrok   qilish   xususiyati   ota-onalarining
buyruqlariga javob berish orqali yuzaga keladi.
3. Ana shu buyruqlarga javob berish orqali bolalar nutqi shakllanib boradi.
Xo‘sh, ko‘rib turganimizdek, bolalarda ona tilini o‘rganish tizimi maxsus“bio-
programma”     orqali   rivojlanib   borar   ekan.   shu   tizimni   til   ta’limi   darslarda
qo‘llashning     samarasi   nechog‘lik   baland   bo‘ladi?   Asher   tayangan   teoriyani
o‘zbek   tilini   o‘qitishda   targ‘ib   qilish   uchun   zarur   muhitni   tashkillashtirish,
o‘quvchilarni   faol   dars   jarayoniga   qiziqtirish,   ularning   ijodkorligiga   urg‘u
berishning  ahamiyatini tushunish kerak. TPR metodi qo‘llaniladigan darslarda
o‘quvchilarning   o‘qituvchining   nutqini   eshitish   bilan   bir   qatorda   ular   uning
aytganlarini   turli   emotsional   bo‘yoqlar   orqali   qaytarishadi,   harakatlanishadi,
qo‘llariga   predmetlarni   olib   foydalanishadi.   Bunda   yangi   ma’lumot   nutqni
o‘zlashtirish orqali miyaning chap yarimshariga tushibgina qolmay, balki o‘ng
yarimsharga ijobiy emotsiyalar orqali muhrlanadi.
Tadqiqot   ostiga   olingan     mavzumiz   sifat   so‘z   turkumi   ekan,   asosan
predmetning,   qisman   harakatning   belgisini   bildiruvchi   darajalanuvchi
so‘zlarni 45
  o‘quvchilarga   o‘rgatishimizda   yangi   pedtexnologiyalar,   jumladan,
TPR   ning   samarasini   tekshirib   ko‘rish   uchun   bir   necha   o‘yinlarni   taklif
qilamiz. Umumta’lim maktablari ta’limi jarayonida bu so‘z turkumi 5 – 7 - sinf
darsliklarida berilgan. O‘rtacha 12 – 13 yoshdagi  o‘smir bolalar psixologiyasi
hamda   ma’lumotlarni   qabul   qilish   darjasi   nuqtayi   nazaridan   faol   va   qiziqarli,
butunlay   jismoniy   reaksiyani   talab   qiladigan   mashqlar   ularni   befarq
qoldirmaydi.
45
 Sayfullayeva R.R. va boshqalar. Hozirgi o`zbek adabiy tili.-Toshkent,2010. –B .339.
60           1.   “Ertak   vaqti”   Ertak   eshitishni   yoqtirmaydigan   bola   bo‘lmasa   kerak.
Ushbu   usulda   ham   o‘qituvchi   tomonidan   tinglovchilar   uchun   sevimli   bo‘lgan
biror bir ertakdan parcha o‘qib beriladi yoki mashhur ertakchi suxandonlardan
yozib   olingan   audio   ovozlardan   foydalangan   holda   hikoya   qilib   beriladi.
O‘quvchilar   esa   parchada   ishlatilgan   sifat   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlarni   o‘z
daftarlariga qayd qilib borishadi. Bunda o‘quvchilarning tinglash qobiliyati va
diqqatni bir joyga yig‘ishlari katta ahamiyat kasb etadi.
2. “Musiqali kartochkalar”   Bu o‘yinni asosan mustahkamlash darslarida
shakllantirish yordamida o‘quvchilarni   tezkorlik va topag‘onlikka o‘rgatamiz.
Bizga biror quvnoq musiqa hamda mavzuga oid savollar yozilgan kartochkalar
kerak bo‘ladi.
Savollar:
a) Sifat deb nimaga aytiladi?
b) Sifat so‘z turkumining qanday xuxusiyatlari bor?
c) Sifat darajalarini sanab bering va shu kabilar.
          Bunda 5 – 7 o‘quvchilar aylana shaklida o‘tirib olishadi. O‘qituvchi ularning
har   biriga   savolli   kartochkalar   tarqatib,   musiqani   qo‘yish   davomida   bolalar   o‘z
kartochkalarini   almashib   bir-birlariga   uzatishadi.Musiqa   to‘xtagach,   qaysi   savol
to‘g‘ri   kelib   qolgan   bo‘lsa,   shunga   javob   berish   talab   qilinadi.   Ijobiy
baholanmagan o‘quvchi o‘yindan chiqib ketadi.
3.“Keling   shovqin   solamiz”   Ushbu   o‘yinimizda   ,   avvalo,   o‘quvchilardan   o‘z
o‘rinlaridan   turib  olish   talab   qilinadi.   So‘ng     o‘qituvchi   tomonidan   mavzuga   doir
turli qoidalar, misollar navbat bilan o‘qib eshittiriladi. Bolalar to‘g‘ri jumlalar yoki
qoidalarni   eshitganlarida   qarsak   chalishadi,   noto‘g‘rilarini   eshitganlarida   esa
oyoqlarini   yerga   urishadi.   Bunda   darsga   tayyor   bo‘lmaganlarni   ajratib   olish   ham
oson bo‘ladi, albatta.
Masalan:
a) Sifat so‘z turkumi otlashish xuxusiyatiga ega. (to‘g‘ri)
b) Sershovqin so‘zi sifatning orttirma darajasida turibdi. (noto‘g‘ri)
61 c) -gi(-ki,   -qi)   qo‘shimchalari   payt   va   o‘rin   otlariga   qo‘shilib   sifatlar   yasaydi.
(to‘g‘ri) kabilar.
  4.   “Qaysi   yo‘qoldi?”   Bu   o‘yinimizda   sinf   doskasiga   turli   sifatlar   yozilgan
kartochkalar   joylashtiriladi   (keng,   xushbo‘y,   ko‘rkam,   beminnat,   boy,   kamtarin,
kata,   ulkan,   diyonatli,   kichkina   kabi).   O‘quvchilardan   diqqatni   jamlab,
kartochkalarning   joylashish   o‘rnini   va   berilgan   so‘zlarni   yodda   tutish   talab
qilinadi.   Shu   o‘rinda   ”Ko‘zlaringiz   yordamida   rasmga   oling”     iborasini   qo‘llash
mumkin. So‘ng bolalar ko‘zlarini yumib turishadi, o‘qituvchi esa kartochkalardan
birini  olib qo‘yadi . “Ko‘zlaringizni  oching va qaysi  kartochka yo‘qligini  toping”
buyrug‘i beriladi. O‘yin shu usulda davom etadi.
5.“Timsoh”   Mashhur   pantonimik   o‘yinning   sifat   mavzusi   bo‘yicha
interpritatsiyasi   hisoblangan   ushbu   usulda   mazkur   so‘z   turkumining   ma’noviy
turlarini   esda   saqlashda   qo‘llash     mumkin.   Bnnda   o‘quvchilar   avvalo   guruhlarga
bo‘linishadi. Guruh sardorlari tomonidan sifatlarning ma’noviy guruhlari yozilgan
kartochkalar to‘plamidan birini tanlab olishadi(xususiyat bildiruvchi sifatlar, hajm-
o‘lchov   bildiruvchi   sifatlar,   ta’m   va   hid   bildiruvchi   sifatlar   kabi).   Endi   har   bir
guruh a’zosidan    o‘z  kartochkalarida yozilgan  sifatlarni  pantonimik imo-ishoralar
orqali   ifodalashlari   kerak   bo‘ladi.   O‘z   navbatida   qolgan   guruhdagilar   u   qanday
sifatni ko‘rsatayotganligini topishlari zarur.
Masalan:
a) Semiz – qo‘llar bilan mesh qorinni ko‘rsatish.
b) Katta – qo‘llarni keng yoyish yordamida cheksizlik, ulkanlikni ko‘rsatish.
c) Badbo‘y – qo‘llarni burun oldida silkitib, noxush hidlarni ifodalash kabi.
6.   “Lablardan   o‘qib   olamiz”   Bunda   o‘qituvchi   tomonidan   turli   xil   sifatlar
yozilgan   kartochkalar   o‘quvchilarga   ko‘rinmaydigan   holatda   ushlab   olinadi.
Kartochkalarda   berilgan   sifatlar   tovush   chiqarmay,   lablarni   intensiv
harakatlantirish   orqali   talaffuz   qilinadi.   Bolalardan   o‘z   navbatida   qaysi   sifat
ekanligini   topish   va   uning   ma’no   turi   ,   darajasi   haqida   ma’lumot   berish   talab
qilinadi. Masalan,  go‘zal  –  xarakter-xususiyat bildiruvchi sifat, oddiy darajada,  eng
katta  – hajm-o‘lchov bildiruvchi sifat, orttirma darajada.
62 7.   “U   nimani   chizyapti?”   O‘qituvchi   doska   qarshisiga   bir   o‘quvchini   chaqirib,
unga   kartochkada   tasviri   bilan   keltirilgan   sifatni   ko‘rsatadi   .   U   esa   o‘z   navbatida
kartochkadagi   so‘zni   doskada   rasmini   chizishi   kerak.   Qolgan   o‘quvchilardan
qanday   sifat   ifodalanayotganini,   uning   ma’no   turini   birinchi   bo‘lib   topish   talab
qilinadi.
8. ”Zarur kartochkani top”  Bunda o‘qituvchi tomonidan sifat so‘z turkumiga doir
biror   mavzu   tanlanib,   unga   doir   atamalar   qayd   qilingan   kartochkalar   sinfning
o‘quvchilar harakatlanib olsa bo‘ladigan joylariga yopishtiriladi. O‘yin uchun biror
bir   o‘quvchiga   savol   bilan   murojaat   qilinadi.   O‘z   navbatida   bola   sinf     bo‘ylab
joylashtirilgan   kartochkalar   orasidan   o‘z   savoliga   javob   yozilganini   topib,   uni
ustoziga   olib   kelib   berishi   talab   qilinadi.   Masalan,   belgini   to‘g‘ridan   to‘g‘ri
ifodalaydigan   va   uni   darajalab   ko‘rsatish   imkoniyatiga   ega   bo‘lgan   sifatlar
qaysilar? { asliy sifatlar }.
9 .”Quvnoq   hisob”   Yuqoridagi   o‘yinning   mantiqiy   davomi   sifatida
tashkillashtirilishi   mumkin.   Endilikda   savolga   javob   bo‘luvchi   kartochkani
topishda   ketayotgan   vaqt   qolgan   o‘quvchilar   tomonidan   hisoblanadi.   Masalan,
belgining   ortiq   yoki   kamlik   jihatidan   farqlanishi     nima   deyiladi?   kabi   savolga
javob yozilgan kartochkani sinf bo‘ylab qidirilganda “Bir, ikki,uch…” deya bolalar
sanab   turishadi.   Bu   esa   javob   qidirayotgan   o‘quvchini   tezkorlikka,   topqirlikka
chorlaydi.
10.”Stop!”   Mazkur   o‘yin   video   slayd   yordamida   o‘tkazilsa,   yanada   qiziqarliroq
bo‘ladi.   Bunda   ma’lum   bir   turga   mansub   sifatlar   ekranda   tezlik   bilan   ketma-
ketlikda   namoyish   qilinadi.   O‘quvchilar   mazkur   sifatlar   orasidan   boshqa   turga
mansub sifat ko‘rsatilganda ”Stop!” komandasini ishlatishlari zarur. Masalan,
Hajm-o‘lchov bildiruvchi sifatlar:
-katta
-keng
-tor
-qiyshiq
-qizil {”Stop!” }
63 11.   “Baliq   ovi”   Bu   o‘yinda   akvarium   yoki   biror   suv   havzasining   tasviri   hamda
unda joylashtirilgan baliqchalar ( sifat mavzusi bo‘yicha savollar yozilgan bo‘lishi
kerak) kerak bo‘ladi. Bu narsa quticha ko‘rinishida bo‘lsa va undan o‘quvchilar o‘z
qo‘llari   yordamida   baliqchalar   “tutib   olishsa”,   o‘yin   yanada   qiziqarliroq   o‘tadi.
Baliqchalarda   berilgan   har   bir   savolga   to‘g‘ri   javob   berish   orqali   o‘quvchilar
qo‘shimcha   ballarga   ega   bo‘lishlari   mumkin.   Har   bir   noto‘g‘ri   javob   uchun   esa
turli   jismoniy   mashqlar   bilan   “jazolanishlari”   mumkin.   Masalan,   5   marta   o‘tirib
turish kabi.
11 .”Natijani   hisobla”   Sifat   mavzusini   o‘rganishda   matematik   amallarnig
ishlatilishiga   nima   deysiz?   Bunda   sinf   doskasiga   ma’lum   atamalar   –   javoblar
yozilgan kartochkalar joylashtiriladi. Har bir kartochkaga javob bilan birgalikda bir
raqam ham qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan savollar o‘qib eshittirilganda, bolalar
doskadan tog‘ri javob yozilgan kartochkani topishlari va unda berilgan raqamlarni
daftarlariga   qayd   qilib,   qo‘shib   borishlari   kerak.   Birinchi   bo‘lib   to‘g‘ri   qiymatni
hisoblab aytgan o‘quvchi o‘yinning g‘olibi sifatida ko‘rsatiladi. 
12 .”Shivirlab   ayt”   Bu   o‘yin   yangi   mavzuni   tushuntirish   jarayonida   qo‘llanilishi
mumkin.   Sinf   markaziga   5   -   6   ta   o‘quvchi   taklif   qilinadi.   O‘qituvchi   ularning
birinchisiga   maxsus   kartochkada   yozilgan   qoidani   ko‘rsatadi.   Masalan,   belgini
to‘g‘ridan   to‘g‘ri   emas,   balki   boshqa   bir   tushunchaga   nisbatlagan   holda
ifodalaydigan   va   daraja   ko‘rsatish   imkoniyatiga   ega   bo‘lmagan   sifatlar   nisbiy
sifatlardir,     deb   yozilgan   kartochka   dastlabki   qatnashuvchi   tomonidan   ovoz
chiqarilmay   o‘qiladi   va   navbatdagi   o‘quvchining   qulog‘iga   shivirlab   aytiladi.
Qoida   mazkur   ko‘rinishda   so‘nggi   qatnashuvchigacha   yetkaziladi.   Oxirgi   bola
qoidani   to‘liq   ravishda   aytishga   urinishi   va   qolgan   o‘quvchilar   uni   asli   bilan
solishtirishlari kerak.
13.   “Antonimlar”   Bunda   o‘yin   ikki   kishilik   guruhlarda   o‘tkaziladi.   Har   bir
juftlikka   murojaat   qilinganda,   ularning   birinchisi   bir   sifatni   aytishsa,   ikkinchisi
uning   antonimini   aytib   borishi   kerak.   Masalan,   qattiq-yumshoq,   keng-tor   kabi.
To‘xtab qolgan juftlik o‘yindan chiqib ketadi.
64 14 .   “Rost   yoki   yolg‘on?”   Bunda   bizga   koptok   kerak   bo‘ladi.   O‘qituvchi   yoki
mavzuni   yaxshi   o‘zlashtirgan   o‘quvchi   biror   bir   qoidani   aytgan   holda   koptokni
boshqa   birorta   o‘quvchiga   uloqtiradi.   Agar   qoida   to‘g‘ri   aytilgan   bo‘lsa,   koptok
ilib   olinib   savol   egasiga   “rost”   so‘zi   bilan   qayta   uzatilishi   kerak.   Aksincha,
noto‘g‘ri   aytilgan   bo‘lsa,   qo‘lga   kiritilgach   “yolg‘on”   deya   to‘xtalishi   kerak.
Masalan,   sifatlar   otlashish   xususiyatiga   ega   –   rost,   sifatlar   yasalish   xuxusiyatiga
ega emas – yolg‘on.
15 .”Kim   epchil?”   Ushbu   o‘yinda   o‘quvchilar   uch   guruhga   bo‘linishadi.   Sinf
doskasiga   turli   xildagi   sifatlar   yozilgan   kartochkalar   (masalan,asliy   sifatlar,
xarakter-xususiyat   sifatlari)   joylashtiriladi.     O‘qituvchi   tomonidan   misol   uchun,
“Xarakter- xuxusiyat sifatlarini topamiz” buyrug‘i berilgach, har bir guruh a’zolari
navbat   bilan   chiqib   aralash   holatdagi   sifatlardan   o‘zlariga   zarur   xususiyat   sifatini
topib   guruhga   olib   kelishlari   kerak.   Belgilangan   vaqt   yakunlanganida   kim   ko‘p
sifat topgan bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.
              Ona tili darslarida yozma nutqni o‘stirishga urg‘u bermasdan bo‘lmaydi. Bu
holatda biz TPR metodining ijodiy fikrlashni  shakllantirish tarafidan foydalangan
holda o‘yinlarimizni davom ettiramiz:
16 .   “Agar   men   bog‘bon   bo‘lsam…”.   Ushbu   o‘yinimiz   shartiga   ko‘ra
o‘quvchilardan   o‘zlarini   yangi   meva   navini   yaratishga   bel   bog‘lagan   bo‘gbon
sifatida tasavvur qilishlari so‘raladi. Ular hali yer yuzida mavjud bo‘lmagan yangi
meva   turini   ixtiro   qilishlari,   unga   o‘zlari   nom   berishlari,   uning   ta’mi,   ko‘rinishi
haiqda aytishlari va hatto uning rasmini ham chizishlari kerak. Bunda tuzilayotgan
matnimizning   ijodiy   mazmuniga   ,   unda   ishlatilayotgan   sifatlarning   miqdoriga   va
ularning turini ajrata olish talablariga javob berish kerak bo‘ladi.
17.   “Sayohatchi   bo‘lib   qolsam…”   Endi   o‘quvchilardan   yer   yuzidagi   istalgan
joyga   borib   qolish   imkoniyati   tug‘ilganda,   qaysi   shaharga   yoki   qadamjoga
borishini tasvirlash so‘raladi. Bunda sayohat uchun tanlangan joyga mos sifatlarni
to‘g‘ri tanlash va shu matnni o‘qigan insonda qiziqtirish uyg‘ota olish vazifa qilib
topshiriladi.
65 18 .   “Yulduz   bilan   uchrashuv”   O‘quvchilardan   o‘zlari   istagan   mashhur   shaxs
bilan   uchrashish   imkoniyati   tug‘ilganda,   u   kim   bo‘lishini   xohlardingiz,   degan
savolga javob yozish talab qilinadi. Nima uchun aynan shu inson? Uning qanday
xususiyatlari   borki,  siz  unga  havas  qilasiz?  kabi   savollarga  fikr  bildirish  borasida
o‘quvchilar   xarakter-xususiyat   bildiruvchi   sifatlarga   doir   misolar   topishadi.
19 . “Agar men oshpaz bo‘lsam…” O‘quvchilar o‘zlarini oshpaz sifatida tasavvur
qilishlari uchun ular  tomonidan yangicha taom  ixtiro qilinishi  haqida matn tuzish
talab qilinadi. Ushbu taom qanday nomlanishi, unga qanday masalliqlar ishlatilishi,
uning   ko‘rinishi,   ta’mi   qanday   bo‘lishi   haqida   fikr   bildiriladi.   Rang-tus,   ma’za
ta’m bildiruvchi sifatlar bunda o‘quvchilarga qo‘l keladi.
20 .”Kelajakka maktub”   O‘quvchilardan shunday  bir  xat  yozish talab qilinadiki,
uni   20   yil   keyin   olishlarini   tasavvur   qilishsin.   Ular   o‘zlariga   qanday   murojaat
qilgan bo‘lardilar? Keyingi hayotlarini qanday o‘ylashlarini asliy va nisbiy sifatlar
orqali ifodalashlari so‘raladi.
3.3. Butunlay jismoniy reaksiya metodini sifat ta’limida qo‘llash bo‘yicha
tajriba-sinov ishlari natijalari
          TPR   metodining   samaradorligini   hamda   o‘quvchilar   tomonidan
o‘zlashtirilish   koeffitsentini   o‘rganib   chiqish   uchun   tajriba-sinov   ishlarini   olib
bordik . Buning uchun biz Samarqand shahar XTB ga qarashli 1-umumiy o‘rta
ta’lim   maktabi   6-sinf   o‘quvchilarini   tanladik.   Bu   borada   biz   6-“A”   va   6-“B”
sinflarining   birida   darslikdagi   “Sifat   so‘z   turkumi”   nomli   bo‘lim   mavzularini
an’anaviy   dars   tizimi   ko‘rinishida   o‘rgatgan   bo‘lsak,   ikkinchi   sinfda   ushbu
mavzularni  o‘zlashtirishda TPR texnologiyasini qo‘lladik.
         Tajriba uchun tanlagan sinfimizda ham avvalambor, sifat mavzusi bo‘yicha
nazariy ma’lumotlarni  berib borish bilan birgalikda butunlay jismoniy reaksiya
metodiga   asoslangan   turli   faol   o‘yinlarning   tashkil   qilinishini   yo‘lga   qo‘ydik.
Ishimizni shu jihatdan quyidagi bosqichlarga bo‘ldik:
1. TEORITIK   bosqich.   Bu   bosqichda   biz   TPR   metodining   kelib   chiqishi   ,
uning konsepsiyalari , tamoyillarini tushungan holda mavjud kamchiliklarini
ham o‘rganib chiqdik.
66 2. METODIK   bosqich.   Bu   bosqichda   biz   aynan   6-sinf   darsligi   nuqtayi
nazaridan “Sifat so‘z turkumi” mavzusini o‘qitishda TPR ga asoslangan faol
mashqlarning qaysi birlarini tanlash nuqtayi nazaridan 15 ta og‘zaki hamda
5   ta   yozma   nutq   orqali   amalga   oshiriladigan   kompleks   mashqlar   tizimini
ishlab   chiqdik.   Bu   borada   tarqatma   materiallarning   mavjud   emasligi
jihatidan maxsus kartochkalarni shakllantirib, zaruriy materiallarni to‘pladik.
3. TAJRIBA   bosqichi.   Biz   tanlagan   ikki   sinfda   dastlab   mavzular   bo‘yicha
shakllantiruvchi   darslar,   keyin   esa   nazorat   darslarini   o‘tkazdik.   Ikki   xil
ta’lim   yo‘nalishi   tanlangan   6-“A”   va   6-“B”   sinflarida   tashkillashtirilgan
darslarning samaradorligini hisoblash uchun nazorat testlari olib borildi.
4. ANALITIK bosqich. Bu bosqichda biz natijalarni hisoblab chiqdik. Mavjud
kamchiliklar va yutuqlarni o‘zimiz uchun qayd qildik.
O‘quvchining
familiyasi O‘quvchining
ismi Sifat   mavzusini
o‘zlashtirish
darajasi TPR   metodi
yordamida   sifat
mavzusini
o‘zlashtirish
darajasi
Akramov  Begzod  14 23
Azimov  Nodirbek 17 26
Axmatov Ardasher 13 20
Achilov  Umed  18 27
Baxriddinov Hasan 19 26
Baxriddinov Husan 15 24
Baxtiyorova  Sevinch 12 21
Bekmirzayev  Dilshod 19 28
Islomova  Shahnoza 15 26
Juraqulov Murod  12 20
Mamarajabova  Munisa 21 30
Maxmasaidova  Mohiro‘y 19 28
67 Maxmudov  Asadbek  19 26
Ochilova  Farzona  15 24
Qalandarova  Sevinch  12 21
Raxmatov  Shaxzod  19 28
Samatova  Fariza  15 26
Samiyev  Abdurashid  12 20
Sodiqjonova  Madina 21 30
Ulasheva Madina  19 28
Ulmasov  Damir 19 26
Xamroqulov  Og‘abek 15 24
Xusanov  Bekzod  12 21
Yusupova  Dilshoda  19 28
Ziyayev  Shahriyor  15 26
Chuliyeva  Sevinch  12 20
Ko ‘ rib   turganingizdek   ,   yuqorida   keltirilgan   o ‘ yinlar   juda   ham   qiziqarli
bo ‘ lib ,   butunlay   jismoniy   reaksiya   ( TPR )   metodida   qo ‘ llanadigan   va   samarasi
ancha   sezilarli   bo ‘ lgan   mashqlardir .   Har   bir   metodologik   usulda   bo‘lgani   kabi
uning   ham   bir   qator   ustunliklari   va   kamchiliklari   mavjuddir.Metodning   ijobiy
tomonlari:
1) U darsda pozitiv atmosferani shakllantiradi.  O‘quvchilar quvnoq kayfiyatda
bo‘lib, bu o‘yinlarni yaxshi qarshi olishadi.
2) U materialni yodda yaxshi saqlanishini  ta’mminlaydi. Boisi o‘quvchilar o‘z
nutqlarini   ifodalashda   turli   imo-ishoralar,   ovozlar   va   harakatlardan
foydalanishadi.   Bunda   ko‘rish   xotirasi   qatorida   kinestetik   xotira   ham   kuchga
kiradi.
3) O‘quvchilar   aktivligini   ta’minlovchi   ushbu   metod   miya   faoliyatini
yaxshilash asosida ta’lim  yo‘nalishini olib boradi.
   Jumladan , TPR  ning  kamchiliklari ham borki, ular quyidagilardir:
68 1)Avvalo,  ushbu   metod tabiatan uyatchan  , passivroq o‘quvchilar  uchun biroz
qiyinchiliklar   tug‘diradi.   Ular   tengdoshlari   oldida   uyalib   qolishdan   qo‘rqib,
faollikni   pasaytirishlari   mumkin.   Ammo   bu   hol   vaqtinchalik   bo‘lib,   mahoratli
pedagog ana shunday bolalarni ham jarayonga asta-sekinlik bilan  jalb qila oladi.
2)     Agar   dars   jarayoni   faqat   o‘yinlardan   iborat   holda   olib   borilsa,   ya’ni
grammatik   qoidalar   tizimi   o‘quvchilarga   yaxshi   o‘rgatilmasa,   TPR   ning
ahamiyati va qiziqarliligi kamayishi  mumkin. Chunki qatnashuvchilarda darsga
oid teoritik bilimlar jamlangandagina ular o‘z kuchlarini turli faol mashqalarda
sinab ko‘rishlari mumkin.
  XULOSALAR
O‘zbek     tilshunosligida     sifat   so z   turkumi     bo‘yicha     salmoqli     ilmiyʻ
tadqiqotlar qilingan,  shunga  ko‘ra  bu  mavzuni  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktabida
ilmiy   asoslangan     bilimlarga     tayangan     holda     o‘rgatishni     rivojlantirish
maqsadida     qilingan   ilmiy     nazariy     talqinlar     mazkur   ishimizning     ilmiy-amaliy
asosini  tashkil  qiladi. Shu jihatdan biz quyidagi xulosalarga keldik:
   1.Tilshunosligimiz tarixida sifat so‘z turkumi haqidagi ilk tadqiqotlar juda 
qadim   davrlarga   borib   taqaladi.   Chunonchi,   Koshg‘ariydan   boshlanib Navoiy
davri   va   undan   keyin   XX   asrning   birinchi   choragiga     kelib,     o‘z   takomilining
yuqori   cho‘qqisiga   ko‘tarildi.   Bunda   Abdurauf   Fitratning,   keyinchalik   rus
sharqshunos olimlarining xizmatlari katta bo‘ldi. 
2.   O‘zbek   tilshunosligida   sifat   so‘z   turkumiga   oid     ilk   ilmiy   tadqiqot     40-
yillarning   ikkinchi   yarmida  vujudga   kelgan   edi.  Z.    Ma rufov   1947-yilda   Sankt   -	
ʼ
Peterburgda “O‘zbek tilida sifat darajalari”, 1950-yilga kelib G‘.Abdurahmonov 
Samarqandda     “Hozirgi     o‘zbek     tilida     sifatlarning     substantivatsiyasi
(otlashishi)”, 1955-yilda  O. Madrahimov  “Hozirgi  o‘zbek  tilida  yangi  yasalgan
69 sifatlar”   mavzusidagi   nomzodlik   ishlarini   himoya   qilgan   edi.   1957-yilda
O.Madrahimovning “O‘zbek  tilida  sifat  va  yangi  yasalgan  sifatlar  masalasiga
doir”     nomli     maqolasi   e’lon   qilingan   edi.   Keyinchalik   bu   tadqiqotlar   ham   sifat,
ham   son   nuqtayi   nazaridan   yaxshilanib,   hozirgi   o zbek   adabiy   tilida   ushbu   so zʻ ʻ
turkumini ahamiyatini ochib berishga xizmat qildi.
3.Mustaqillik   yillarida   sifat   so z   turkumini   sistem   tilshunoslik   asoslari	
ʻ
bo yicha   o rganilishi   ahamiyatga   molik   ishlar   qatoriga   kirdi.   R.Sayfullayeva,	
ʻ ʻ
B.Mengliyevlar   muallifligidagi   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”   darsligida   ham
sifatlarning   belgi-xususiyatlari,   semantik   tasnifiga   doir   qimmatli   ma’lumotlar
berilgan.Bu   darslikda   sifat     leksemalar   o‘zbek   tilining   substansial   yondashuv
nazariyasi   nuqtayi   nazaridan     o‘rganilgan   bo‘lib,ba’zi   bir   mulohazali   o‘rinlarga
ham egaligi bilan ajralib turadi.
4.Mustaqillikkacha   bo‘lgan   davrda   umumta’lim   maktablari   darsliklarida
sifat so‘z turkumining berilishi, xususan, Sobiq Sovet Ittifoqi davrida avvaliga bir
yoqlama munosabat bilan berilgan. Bu so‘z turkumi bo‘yicha o‘quvchilarga bilim
berish nuqtayi nazaridan ona tili fani bo‘yicha 1933-yilda hamda 1937-yilda qabul
qilingan Dasturlar asosida olib borildi.
   Sifat   so‘z   turkumiga   oid   asosiy   mavzular:   ularning   grammatik   belgilari,
ma’noviy   guruhlari,   asliy   va   nisbiy   sifatlar,   sifat   dajalari,   sifatlarning   yasalishi
hamda   substansivatsiya(sifatlarning   otga   ko‘chishi   )   masalalarini   o‘rganishda
o‘quvchilarga asosan 4 – 5-sinflar doirasida bilim berish belgilab qo‘yildi.
Sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlarni   o‘rganishda   mamlakat     rahbarlari   hayoti
haiqdagi   matnlarga   e’tibor   berish,   o‘quvchilarga   vatanparvarlik,   insonparvarlik,
internatsionalizm   ruhida   ta’lim   berish,   estetik   va   etik   tarbiya   elementlarini
shakllantirishdan ta’lim oldiga qo‘ygan asosiy vazifalardan biri deb belgilangan.
5.   Bugungi   kunda   ona   tili   darslarida   ,,sifat“   tushunchasini   shakllantirish
o‘quvchilaming     “predmet”   belgisi   degan   umumlashtirilgan   kategoriyani
o‘zlashtirish   darajasiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda rang, maza, shakl, hajm,
xil-xususiyat   bildiradigan   so‘zlar   guruhlanadi   va   shu   so‘zlaming   xususiyatlari
umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik
70 xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida
o‘quvchilar   uning so‘z  turkumi   sifatidagi  o‘ziga  xos   ko‘rsatkichlarini   ajratishlari
uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantirilishi kerak.  
  6.Ta lim   rus   va   qardosh   tillarda   olib   boriladigan   sinflardagi   o zbek   tiliʼ ʻ
darslarida esa sifat so z turkumini o rganish bo yicha berilgan bilim, ko nikma va	
ʻ ʻ ʻ ʻ
malakalar soni kamroq qilib belgilangan. Bunda o‘quvchilarning og zaki nutqidagi	
ʻ
kamchiliklar,   yozma   ishlarida   uchraydigan   imloviy   nuqsonlar   izchil   bartaraf
etilgani holda gap qurilishidagi g‘alizliklar, mazmuniy, mantiqiy-uslubiy nuqsonlar
ustida  ishlash o‘qituvchilarning e’tiboridan chetda qolmasligi kerak.
      7. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 6-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan “Ona
tili”darsligida   sifat   so z   turkumi   yuzasidan   atroflicha   ma lumot   berilgan.   Zaruriy	
ʻ ʼ
mashq   va   topshiriqlar   DTS   talablariga   mos   holda   keltirilgan.Qo llanmada	
ʻ
o rganilayotgan   mavzumiz   bo yicha   o quvchilarni   qiziqtiruvchi   metodik	
ʻ ʻ ʻ
elementlarning   kamligi   bois,   bu   borada   har   bir   mavzu   yuzasidan   o z   tavsiya   va	
ʻ
usullarimizni sanab o tdik.	
ʻ
    8.Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   “O zbek   tili”   darsliklarida   esa   sifatning	
ʻ
ma’noviy guruhiga oid so‘zlarni  to‘liq o‘rganish  uchun ajratilgan dars soatlari  va
berilgan   ma’lumotlar   yetarli   emasligi   ko zga   tashlanadi.   Shu   nuqtayi   nazardan	
ʻ
ko rib   chiqilgan   darsliklarimizga   qo shimchalar   kiritilishi,   o quvchilar   uchun	
ʻ ʻ ʻ
berilgan vazifa va topshiriqlar tizimi qayta ko rib chiqilishi kerak.	
ʻ
  9.Tadqiqot   ostiga   olingan     mavzumiz   sifat   so‘z   turkumi   ekan,   asosan
predmetning,   qisman   harakatning   belgisini   bildiruvchi   darajalanuvchi   so‘zlarni
o‘quvchilarga   o‘rgatishimizda   yangi   pedtexnologiyalar,   jumladan,   TPR   ning
samarasini   tekshirib   ko‘rish   uchun   bir   necha   o‘yinlarni   taklif   qildik.
Umumta’lim maktablari ta’limi jarayonida bu so‘z turkumi 5 –7 - sinf darsliklarida
berilgan.   O‘rtacha   12   –   13   yoshdagi   o‘smir   bolalar   psixologiyasi   hamda
ma’lumotlarni   qabul   qilish   darajasi   nuqtayi   nazaridan   faol   va   qiziqarli,   butunlay
jismoniy reaksiyani talab qiladigan mashqlar sifat so z turkumi ta limida ahamiyat	
ʻ ʼ
topishi lozim.
71                   Umuman   olganda,   “O zbek   tili”   va   “Ona   tili”   darsliklarini   sifat   so zʻ ʻ
turkumining berilishi yuzasidan tahlil qilar ekanmiz, bunda ajratilgan dars soatlari
hamda     mazmunning   yetarli   emasligini   kuzatdik.   Mustaqillikkacha   bo lgan	
ʻ
davrdagi   darsliklar   bilan   solishtirilganda   esa   o sha   davrga   xos   bo lgan   ortiqcha	
ʻ ʻ
nazariy   ma lumotlarning   qisqartirilishi,   yozma   matnlardagi   biryoqlamalik	
ʼ
holatlarining   bartaraf   etilganligini   fanimizning   yutug i   deb   bilamiz.Ammo	
ʻ
yutuqlarimiz qatori darsliklarimizda mazkur so z turkumining o rgatilishi bo yicha	
ʻ ʻ ʻ
rangli tasvir vositalari, ilyustratsiyalarning kamligi, mashqlar tizimidagi bir xillik,
fanlararo   integratsiya   elementlariga   murojaat   qilmaslik,   lug atlar   bilan   ishlash	
ʻ
borasidagi vazifalarning kamligi ham bilinadi. 
         Sifat so z turkumi bo yicha TPR (butunlay jismoniy reaksiya)metofini tavsiya	
ʻ ʻ
qilishimizdan   maqsad   esa   bu   jarayonni   o quvchilar   uchun   qiziqarli,   faol   tarzda	
ʻ
tashkil qilishdan iborat edi. O ylaymizki, bu boradagi fikrlarimiz fanimiz rivojiga	
ʻ
hissa qo shadi.	
ʻ
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
I. Normativ- huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik
nashrlar
1.   Mirziyoyev   Sh.M.   “ O zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo yicha	
ʻ ʻ
harakatlar strategiyasi to g risida
ʻ ʻ ”  gi Farmoni. / Xalq so zi, 2017 yil, 8 fevral. - №	ʻ
28 (6722). https://lex.uz/ru/
2.   Karimov   I.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –   Toshkent:   Ma’naviyat,
2008. – B.176.
3.  Uzviylashtirilgan Davlat ta'lim standarti.  – T.:2010.   – B.10.
4.Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2019   йил   21   октябрдаги
“Mамлакатимизда   ўзбек   тилини   янада   ривожлантириш   ва   тил   сиёсатини
такомиллаштириш   чора-тадбирлари   тўғрисида ”   ги   ПФ-5850-сон   Фармони.
https://lex.uz/ru/
5. Мирзиёев   Ш . М .   Миллий   тараққиёт   йўлимизни   қатъият   билан   давом
эттириб ,  янги   босқичга   кўтарамиз . 1- жилд . –  Тошкент :  Ўзбекистон , 2017. –  Б
132.
72 II. Monografiya, ilmiy maqola, ilmiy adabiyotlar
1. Abdurahmonov H., Rafiyev A., Shodmonqulova D. O‘zbek tilining amaliy
grammatikasi.  –Toshkent: O‘qituvchi,   1992. –B.14
2. Abdurahmonov   G‘.,   Mamajonov   S.   O‘zbek   tili   va   adabiyoti.   –   Toshkent:
O‘zbekiston, 2002.
3. Almamatov   T.   Yadgorov   Q,   Pochchayeva   G.   O‘zbek   tili   o‘qitish
metodikasi. – Jizzax,2006 .
4. Asqarova   M.,   Abdurahmonov   X.   O‘zbek   tili   grammatikasining
praktikumi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1981.
5. Asher   J.Language   by   command.The   total   Physical   Response   approach   to
learning language//The way of learning,1984 .– P.35.
6. Begmatov   E.   Hozirgi   o„zbek   adabiy   tilining   leksik   qatlamlari.   –
Toshkent: Fan, 1985.
7. Ergasheva  G.  Ona  tili  darslarida  o‘quvchilar  og‘zaki  va  yozma  nutqini
o‘stirish.     Ta’lim     jarayonida     so‘z     boyligini     oshirishning     asosiy     omillari.   –
Toshkent :O‘qituvchi,2001. – B.108-109. 
8. Ernazarov   G‘.Boshlang‘ich   sinflarda   ona   tili   o‘qitish   metodikasi.O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent :Ilm- ziyo, 2013. – B .126.
9. Hojiyev   A.   Sifat   //   Shoabdurahmonov   Sh.,   Asqarova   M.,   Hojiyev   A.,
Rasulov I.,   Doniyorov X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, 1- qism.  – Toshkent:
O‘qituvchi, 1980, –  B.251 – 258.
10. Hamitova   A.Turkiy   tillarda   so‘z   ma’nosining   analitik   yo‘l   bilan
kuchaytirilishi.– Toshkent: Fan, 1984.  – B.104.
11. Iskandarova   Sh.   Sifat   //   Nurmonov   A.,   Shahobiddinova   Sh.,   Iskandarova
Sh.,   Nabiyeva   D.   O‘zbek   tilining   nazariy   grammatikasi   (   morfologiya   ).   –
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001.
12. Krashen   S.D.Explorations   in   Language   Acquisition   and   Use//The   Taipei
Lectures – Heinemann.2003. - P.19.
13. Madaliyev   B.   Ona   tili   darslarining   samaradorligini   oshirish.–
Toshkent,1969.
14. Madrahimov   O.O‘zbek   tilida   sifat   va   yangi   yasalgan   sifatlar   masalasiga
doir// O‘zFA Axboroti, ijtimoiy fanlar seriyasi, – Toshkent, 1957. –  B.41 –
47. 
15. Mahmudov N. va boshqalar. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
6-sinfi uchun darslik.  –  Toshkent.2017.B.133-158.
16. Mamatov   M.Sh.Sifat   va   otlarning   ayrim   stilistik   xususiyatlari   haqida   //
O‘zbek   tili   stilistikasidan   kuzatishlar   (   ilmiy   maqolalar   to‘plami),   –
Samarqand,1983.
73 17. Ma’rufov   Z.   Sifat   //   Hozirgi   zamon   o‘zbek   tili   (   leksikologiya,   fonetika,
grafika va orfografiya, morfologiya ), – Toshkent: O‘zFA nashriyoti, 1957.
– B.343 – 357.
18. Ma’rufov   Z.   Sifat   //   Hozirgi   zamon   o‘zbek   tili   (   leksikologiya,   fonetika,
grafika va orfografiya,morfologiya ), – Toshkent: O‘zFA nashriyoti, 1957.
19. Mirzahidova   M.,   H.Abulqosimova,   M.Xalmuratova.   “O‘zbek   tili”.
Qirg‘iziston   Respublikasidagi   o‘zbek   maktablari   6-sinf   o‘quvchilari   uchun
darslik.  –  Bishkek:Arkus,2018.
20. Mirzayeva S.“O‘zbek  tili o‘qitish  metodikasi.– Toshkent:O‘qituvchi,1992.
21.     Muhren   A.Total   Physical   Response   (TPR):An   EffectiveLanguage
Learning   Method   at   Beginner   /Intermediate   Levels   {Online}.2003.   –
URL   :http://sastra.um.ac.id/wp-content/uploads/2009/10/Teaching   -
Children-Using-a–   Total-   Physical-Response–   TPR-Method-Rethinking-
Handoyo-Puji-Widodo.pdf.:(murojaat sanasi 15.09.2018)     
22. Muxitdinova X. S., Ya. I. Avlakulov,D. A. Nuriddinova. O‘zbek tili. Ta’lim
rus  va  qardosh  tillarda  olib  boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari
7-sinf o‘quvchilari uchun darslik.– Toshkent:”O‘qituvchi”,2017.
23. Nazarov   K.,   Sayfullayeva   R.,   Ubaydullayeva   M.   O‘zbek   tili   (   ixtisoslik
grammatikasi ).  – Toshkent: O‘qituvchi, 1993.  – B.30.
24.     Nurmonov   A.,   Rasulov   R.   O‘zbek   tili     jadvallarda.     –   Toshkent:
O‘qituvchi, 1993.  – B.184.
25.   Nurmanov A., Ikromov I., Boynazarov F.  Yangi  pedagogik  tehnologiya 
asoslari. –Toshkent,2007 .
26. Omilxonova   M.,   Abdullayev   I.,   Abdulahatova   R.,   Inog‘omova   R.,
Otashniyozova A..5 – 6-sinflarda Ona tili darslari. – Toshkent: O‘qituvchi,
1978.
27. Qobilova  B.  O‘quvchilarni  insho  yozishga  o‘rgatish.  Ta’lim  jarayonida
matn  ustida ishlashning asosiy omilari. – Toshkent ,1997.-B. 105-106.
28.    Qosimova  N.  Matn  ustida  ishlash  jarayonida  o‘quvchilar  nutqini
sinonim     so‘zlar     bilan     boyitish.     Ta’lim     jarayonida     matn     ustida
ishlashning  asosiy omillari. – Toshkent ,1997. –B.107.
29. Qosimova   K.,Matchonov   S.,   G‘ulomova   X.,Yo‘ldosheva   Sh.,Sariyev   Sh.
Ona tili o‘qitish metodikasi. –Toshkent: Noshir,  2009. – B.15.
30. Qosimova K.4-sinfda Ona tili darslari.  –  Toshkent: O‘qituvchi, 1974.
31. Qo‘ng‘urov   R.   Sifat   stilistikasi   //   Shomaqsudov   A.,   Rasulov   I.,
Qo‘ng‘urov   R.,   Rustamov   H.   O‘zbek   tili   stilistikasi.   –   Toshkent:
O‘qituvchi,1983.
32. Qo‘chqortoyev   I.   So‘z   ma’nosi   va   uning   valentligi   (   o‘zbek   tilidagi   nutq
fe’llari materiali asosida ). – Toshkent: Fan, 1977.  –B. 168 .
74 33. Ramazon   Q.,X.Qayumi.Grammatika.O‘rta   maktablar   uchun   darslik.   I
qism.– Toshkent:Davlat ilmiy nashri.1937.
34. Rafiyev A.,  G.  Muxamedjanova,N.  Alovuddinova.O‘zbek tili. Ta’lim  rus
va  qardosh  tillarda  olib  boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari 5-
sinf o‘quvchilari uchun darslik.– Toshkent: O‘qituvchi,2020.
35. Sayfullayev A.  Ona  tili  darslarida   nutq  o‘stirish  /  5-sinf  materiali 
asosida/ metodik qo‘llanma, Toshkent, 1998.
36.   Sayfullayev A.  Ona  tili  darslarida   nutq  o‘stirish  /  6 -sinf  materiali 
asosida/ metodik qo‘llanma, Toshkent, 1998.
37. Sodiqova G. Sezgi ifodalovchi sifat sememalari // O‘zbek tili va adabiyoti,
1977, 3 –son,  - B.53-55.
38. Ta’lim  bo‘g‘inlarida  ona  tili  o‘qitish  mazmunini  yangilash  asoslari. 
O‘zbek tili doimiy anjumani ikkinchi yig‘inining tezislari.  –  Qarshi, 1993. 
39. Ta’lim jarayonida so‘z boyligini  oshirishning asosiy omillari. O‘zbek 
tili doimiy anjumani  uchinchi  yig‘inining tezislari.  –  Jizzax ,1995. 
40.    Ta’lim  jarayonida  matn  ustida  ishlashning  asosiy  omillari.  O‘zbek  tili
doimiy anjumani to‘rtinchi yig‘inining tezislari. –Toshkent, 1997
41. Tilalova G. Ona tili  mashg‘ulotlarida  modal so‘zlar  ustida  ishlash. Ta’lim
jarayonida     so‘z     boyligini     oshirishning     asosiy     omillari.   –   Toshkent:
O‘qituvchi, 1995, -B.86-87. 
42. Tursunov   U.,   Muxtorov   J.   Sifat   //   Tursunov   U.,   Muxtorov   J.,
Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, qayta ishlangan, to‘ldirilgan
uchinchi nashri. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. 280 – 287 –bet.
43. Umarxo jayev M. Qiyosiy tipologiya masalalari. – Samarqand:ʻ   SamDCh T I,
2006.
44. Usmonov   S. Sifat // Mirzayev M., Usmonov S., Rasulov I. O‘zbek tili.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 1978, 100 – 109 – betlar.
45. Ushinskiy   K.D.Tanlangan   pedagogik   asarlar.–   Toshkent:Ilmiy-pedagogik
nashr,1954. 429-bet.
46. Xoliyorov   M.         Ot   negizlaridan   so‘z   yasovchi   affikslar   //   O‘zbek   tili   va
adabiyoti, 1973, 1-son,  –  B.82.
47. Xo‘jayev   T.,   Mullajonova   H.   Yangi   yasalgan   sifatlar   tahliliga   tanqidiy
obzor   //   O‘zbek       tili   grammatik   qurilishi,   leksikologiyasi   va
dialektologiyasi masalalari.   –   Samarqand:   SamDU nashri, 1976, 89 – 99 –
betlar.   
48. O‘zbek     tilini     o‘rganish     va     o‘qitishni     qayta     qurish     hamda
takomillashtirish     dolzarb     masalalari     o‘zbek     tili     doimiy     anjumani
birinchiyig‘ining  tezislari.  – Samarqand,1991. 
75 49. O‘zbek  tili  nutq  madaniyatiga  oid  masalalar.  O‘zbek  tili  nutq
madaniyatiga     bag‘ishlangan     1-   Respublika     tilshunoslik     konfrensiyasi
materiali.  – Toshkent:Fan ,1973.
50. G‘iyosov   S.   O‘zbek   tilida   asliy   sifatlarning   ko‘chma   baholash   ma’nosi
haqida // O‘zbek tili  va adabiyoti, 1982, 4 – son, 51 – 54 – betlar.
51. G‘iyosov S. Asliy sifatlarning ikki semantik gruppasi  haqida //  O‘zbek tili
va adabiyoti, 1984, 1 -son, 58 – 60 – betlar.
52. G‘iyosov   S.   O‘zbek   tilida   subyektiv   baho   sifatlarining   semik   tahlili   //
O‘zbek tili va adabiyoti, 1986,   2 –son, 28 – 32 – betlar.
53. G‘ulomov  Y.  Rasulov  I.  Rustamov  H.  Mirzahmedov  B.  O‘zbek  tili
o‘qitish  metodikasi. – Toshkent,1975. 
54.   G‘ulomov  A.  Qobilova  B.  Nutq  o‘stirish  mashg‘ulotlari.  Metodik
qo‘llanma.  – Toshkent,1995.  
55.   Ишмухамедов   Р.Ж.,   Юлдашев   М.   Таълим   ва   тарбияда   инновацион
педагогик технологиялар.– Т.: Ниҳол, 2013.
56. Иноятов   У.И.,   Муслимов   Н.А.,   ва   бошқ.   Педагогика:   1000   та   саволга
1000 та жавоб. ―Тошкент:Илм-Зиё, 2012.
57. Кулагина И.Ю. Возрастная психология: развитие ребенка от рождения
до 17 лет – М.: УРАО, 1999. – 175с.
58. Леонтьев   А.   Н.   Психологические   основы   дошкольной   игры
//Психологическая наука и образование. – 1996. – №8 – 9. – С.23.
59. Махмудов   Н . ,   Нурманов   А.   Ўзбек   тилининг   назарий   грамматикаси.   –
Тошкент: Ўқитувчи, 1995. 
60. Маҳмудов   Н.   Тилнинг   мукаммал   тадқиқи   йўлларини   излаб...//   Ўзбек
тили ва адабие?ти, 2012. – 5-сон, 3-16-бетлар.
61. Маъруфов З. М. Узбек тилида сифатларнинг киёсий даражалари. // А.
С.   Пушкин   номидаги   тил   ва   адаби	
е?т   институт   асарлари,   биринчи
китоб. –Т., 1949. 
62.  Маъруфов З. М. Суз состави. От ва сифат. –Т o шкент , 1956.
63. Миртожиева М. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. 
64. Рахимова   К.Развитие   речи   учащихся   в   связи   с   изучением   темы   "Имя
прилагательное" в узбекской школе.  – Ташкент,1984.
65. Супиева   Б.А.   Тил   таълимида   замонавий   педагогик
технологияларидан фойдаланиш йўл-йўриқлари. – Тошкент,2006.
66. Текучаев   А.В   Методика   русского   языка   средний   школе.   3-издание.   –
Москва : Просвицение ,  1980.
67. Уразова   М.Б.,   Эшпулатов   Ш.Н.   Бўлажак   ўқитувчининг   лойиҳалаш
фаолияти. // Методик қўлланма. – Т.: ТДПУ Ризографи, 2014.
76 68. Фазылов   Э.И.,   Чичулина   Л.Г.   Русские   тюркологи   и   y збекское
языкознание.  –  Ташкент: Фан, 1979. - 216 с.
69. Қурбонова М. Фитрат - тилшунос.   –  Тошкент: Университет, 1996. - 32
б.
70. Ҳожиев А. Ўзбек тилида қўшма, жуфт ва такрорий сўзлар. – Тошкент:
Фанлар Академияси, 1963.
III.Lug‘atlar:
1.Hojiyev   A.   Tilshunoslik   terminlarining   izohli   lug‘ati.   –   Toshkent:
O‘zbekiston   milliy   ensiklopediyasi   nashriyoti,   2002.
2.   Hojiyev   A.   O‘zbek   tili   sinonimlarining   izohli   lug‘ati.   –   Toshkent:
O‘qituvchi, 1974.
  3.   O‘zbek   tilining   imlo   lug‘ati.   /Tuzuvchilar   E.Begmatov   va   boshqalar.   –
Toshkent:  Akademnashr, 2014. 
Internet materiallari:
1.http://www.ziyonet.uz/
2.http://www.ziyouz.uz/
3.http://superlinguist.ru
4.http://www.krugosvet.ru. 
5. http://www.twirpx.com/files/languages/linguistics/
6. https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/download/3130/2145
7. https://www.researchgate.net› publication› 337592182
8. https://science.i-edu.uz› article›   download
9.  http://library.navoiy-uni.uz        › files   
77

“O‘zbek tili (ona tili) darsliklarida sifat so‘z turkumini o‘rgatish” mavzusida yozilgan

MUNDARIJA Kirish………………………………..……………………………………………...3 I BOB. S ifat so‘z turkumining o‘rganilishi , mavjud tadqiqotlar tahlili.............6 1.1.O‘zbek tilshunosligida sifat so‘z turkumining o‘rganilishi …………………....6 1.2.Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda umumta’lim maktablari darsliklarida sifat so‘z turkumining berilishi…………………………………………………….…...14 II BOB. Hozirgi davr “Ona tili” va “O‘zbek tili” darsliklarida sifat so‘z turkumi talqini …………………………………………………………………..20 2.1. Umumta lim maktablari “Ona tili” o‘quv dasturida sifat so‘z turkumi bo yicha ʼ ʻ dastlabki bilimlarning berilishi va ularning ahamiyati ………………..……....…20 2.2. Mavjud darsliklarning s ifat so‘z turkum ini o‘rganish bosqichlari va izchilligi bo‘yicha tahlili…………………………………………………………………….24 2.2.1.N.Mahmudov,A.Nurmonov,A.Sobirov,D.Nabiyevalar muallifligida nashr etilgan 6-sinf “Ona tili” darsligi tahlili……………………..……………………..24 2.2.2.A.Rafiyev,G.Muxamedjanova,N.Alovuddinovalar muallifligidagi 5-sinf “O‘zbek tili” darsligi tahlili……………………………………………………… 44 2.2.3.X.S.Muxitdinova,Ya.I.Avlakulov,D.A.Nuriddinovalar muallifligidagi 7-sinf “O‘zbek tili” darsligi tahlili………………………...……………………………..48 2.2.4. M.Mirzahidova, H.Abulqosimova, M.Xalmuratovalar muallifligidagi Qirg‘iziston Respublikasidagi o‘zbek maktablari 6-sinf o‘quvchilari uchun “O‘zbek tili” darsligi tahlili……………………………………………...………..50 I II BOB. Tajriba-sinov ishlari natijalari ……………………………………....52 3.1. Zamonaviy ta’lim talablari bo‘yicha “O‘zbek tili”(“Ona tili”) darsliklarining mazmuni bo`yicha tavsiyalar ……………………………...……………………...52 3 .2. “O‘zbek tili” (“Ona tili”) darslarida sifat mavzusini o‘rganishda TPR metodini qo‘llashning ahamiyati……………………………………………………..……..58 3.3. Butunlay jismoniy reaksiya metodini sifat ta’limida qo‘llash bo‘yicha tajriba- sinov ishlari natijalari……………………………………………………………..67 Xulosalar … ……………………………………...……………………………….70 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati … ………………………………………….73 2

KIRISH Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi bir davrda t a’lim sohasi ning ahamiyati ham soniyalar sari oshib bormoqda . Shu bois ham y urtimizda yoshlarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, Vatan oldida yuksak fuqarolik mas’uliyatini his qilish,jamiyat hayotini yurg‘izuvchi kuch sifatida yashashga muntazam da’vat etish ta’limda ustuvorlik kasb qilmoqda . O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlanganidek, “Mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga, bu yo‘lda bor bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘lgan, azm-u shijoatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish – biz uchun eng muhim masaladir” 1 , – deya alohida e’tibor qaratdilar. Shu asosda ta’lim sohasi yurtimizning hech bir fuqarosining e’tiboridan chetda qolmasligi, maktabgacha ta’limdan to oliy ta’limgacha bo‘lgan jarayon jamiyatimiz nazoratida bo‘lishi lozim. O‘z navbatida o‘qituvchi,murabbiylardan o‘z kasbiga sadoqat,innovatorlik hamda zamonga mos faollik darajasi talab qilinadi. Yosh avlodni tarbiyalash, unga ta’lim berish tizimida millatimiz faxri bo‘lgan o‘zbek tilini o‘rganish va o‘rgatishning o‘rni alohidadir. Zeroki, o‘z tilini tushunmagan, uning boy imkoniyatlaridan foydalana olmaydigan farzand hech qachon yetuk kadr bo‘lib yetisha olmaydi. Shu nuqtayi nazardan tadqiqot ostiga olgan mavzumiz sifat so‘z turkumi ona tilimiz leksemalari orasida ko‘lami jihatidan yirik bir qatlamni tashkil qilar ekan, bu borada bilimlarga ega bo‘lish maktab o‘quvchilaridan tortib to oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun muhimdir. Sifat so‘z turkumi o‘zining ifodali xususiyatlari bilan boshqa so‘z turkumlari orasida ajralib turadi. Inson nutqi bu turkumdagi so‘zlar bilan yanada go‘zal, ta’sirchan hamda qimmatli bo‘ladi. Chunki birgina ot so‘z turkumi shaxs va narsaning nomini bildirsa, sifat uning borliqda ma’lum barcha belgilarini bildirib keladi. Ana shu ahamiyatli so‘z turkumini o‘rganish borasida “O‘zbek tili” va “Ona tili” darsliklarinig tahlilini ko‘rib chiqish borasida tadqiqotlarning 1 Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi//president.uz sayti. 3

kamyobligi, bu yo‘nalishning ahamiyati kattaligi mavzumizning dolzarbligini ifodalaydi. Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyekti bu sifat so‘z turkumi tahlil qilingan mavjud tadqiqot ishlari; “Ona tili” hamda “O‘zbek tili” darsliklari, o‘quv dasturlari, uslubiy qo‘llanmalar. Tadqiqotning predmeti o‘zbek tilidagi umumta’lim maktablari uchun yaratilgan darsliklarda sifat so‘z turkumining berilishini metodologik tadqiqi hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili umumta’lim maktablari uchun yaratilgan darsliklarda sifat so‘z turkumining berilishini metodologik jihatdan tadqiq etishdan iborat. Dissertatsiya ishida qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: - tilshunoslikda o‘zbek tili grammatikasi, so‘z turkumlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda sifat turkumiga oid so‘zlarning grammatik belgilari, uslubiy vazifasi to‘g‘risida ham yo‘l-yo‘lakay fikrlar bayon qilingan. Dissertatsiyada sifat so‘z turkumining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi, umumta’lim maktablari darsliklarida yoritib berilishini aniqlashga ahamiyat beriladi. - sifat s o ‘z turkumining o ‘zbek tilshunosligida o ‘rganilishi, umumta’lim maktablari darsliklarida berilishi darsliklardan olingan faktik materillar misolida tasnif qilinadi va shu asosda t o ‘plangan materiallar bir tizimga keltiriladi; - sifat so‘z turkumining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi,umumta’lim maktablari darsliklarida berilishida sifat turkumiga oid so‘zlarning paydo bo‘lishi va shakllanishida boshqa so‘z turkumlarining ta’siri aniqlanadi va ularga tarixiy- etimologik jihatdan munosabat bildiriladi, o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi; - tahlilga tortilgan sifat s o ‘zlarning o ‘zbek adabiy tilida tutgan o ‘rni belgilanib, izohlanadi; - sifat turkumiga oid so‘zlar semantik jihatdan sifatning qaysi turiga mansubligiga qarab turlarga ajratiladi va ularning qo‘llanish darajasi aniqlanadi; 4

- ilmiy tahlil o‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda erishilgan yutuqlarga tayangan holda semantik-stilistik izoh, statistik metodlar asosida olib boriladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Sifat so‘z turkumining umumta’lim maktablari darsliklarida berilishining qiyosiy tahlilini o‘tkazish orqali mavjud yutuq va kamchiliklar tizimini ishlab chiqish. Sifat so‘z turkumini o‘rgatishda qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi metod va texnologiyalarni yaratish. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. O‘zbek tilida sifat so‘z turkumining o‘rganilishi bo‘yicha tadqiqot ishlarining kamligi qatorida bunday so‘zlarni o‘quvchi yoshlarga o‘rgatish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar ham deyarli yaratilmagan. Mazkur tadqiqot ishimizda sifat so‘z turkumining “O‘zbek tili” va “Ona tili” darsliklari dagi talqinini o‘rganib chiqib, bu boradagi yutuq va kamchiliklarni belgilashga urindik.Bu borada qo‘llash mumkin bo‘lgan metod va texnologiyalarni taklif qildik. Ish tuzilmasining tavsifi. Tadqiqot kirish, uch bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 77 sahifa. 5