logo

HOZIRGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA FOLKLOR AN’ANALARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

326 KB
HOZIRGI  O‘ ZBEK SHE’RIYATIDA FOLKLOR AN’ANALARI
MUNDARIJA:
KIRISH .......................................................................................................................................................... 1
    
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi .   Jahon adabiyotshunosligida  xalq og’zaki  ijodiga
e’tibor   kundan   kunga   kuchayib   bormoqda.   Zamonaviy   adabiyotning   tarkibiga
singdirilgan   folklorizm   namunalarining   badiiy   adabiyotdagi,   uning   poetikasidagi
o ʻ rni   muhim   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Zero,   bugungi   kunda   Lotin   amerikasi
adabiyotini     folkorizmlarsiz   tasavvur   qilib   bo ʻ lmaydi.   Dunyo
adabiyotshunosligida   folklorizmning   ko ʻ pgina   namunalari   Sharq   adabiyoti,
jumladan   hind,   fors-tojik,   arab,   turkiy   xalqlar   mifologiyasi   asosiga   qurilganligi
fikrimizni   isbotlaydi.   Shuning   uchun   ham   davr   ijodkorlari   asarlaridagi   xalq
og’zaki   ijodiga   monand   jihatlarni   o ʻ rganish   va   ularning   asarlariga   jahon
adabiyotshunosligi   nuqtai   nazaridan   baho   berish   asosiy   muammolaridan
hisoblanadi.   Bu   holat   ayniqsa,   Usmon   Azim,   Azim   Suyun,   E.Vohidov   va
boshqalar   ijodidagi   folklorizmlar   badiiyatini   har   tomonlama   chuqur   tadqiq   etish
dolzarblik kasb etadi. 
1                      O zbek adabiyotida o tmish, adabiy merosga e’tibor ayniqsa, mustaqillikʻ ʻ
yillarida   jadal   rivojlanib   bormoqda.   Shu   o rinda   alohida   ta’kidlash   zarurki,	
ʻ
adabiyotimizda   folklorga   e’tibor   yanada   ommaviy   tus   olib   bormoqda.   O zbek	
ʻ
shoirlar   zamonaviy   inson   haqidagi   qarashlarida   bu   kabi   tajribalardan   maksimal
darajada foydalanmoqdalar. Poetik obraz folklor namunalari bilan xalqonalik kasb
etib   bormoqda.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek,   “Mamlakatimizda   barcha   soha   tarmoqlari   qatori   madaniyat   va
san’at,   adabiyot,   ommaviy   axborot   vositalari   rivojiga   katta   e’tibor   berilmoqda.
Ayniqsa,   keyingi   paytda   bu   soha   ravnaqini   yangi   bosqichga   ko tarish   bo yicha	
ʻ ʻ
ulkan   ishlar   qilinmoqda” 1
.   Ana   shu   talablar   adabiy-badiiy   jabhada   ham   yangicha
badiiy   tafakkur   va   tamoyillarni   zarurligini   isbotlamoqda.   Badiiy   adabiyotda
xalqning   ijtimoiy   hayoti,   ma’naviy-ma’rifiy   turmushini   tasvirlashda,   xususan,
uning   yanada   taraqqiy   topishida,   xalqchillikning   ta’minlanishida   xalq   og'zaki
ijodining   o rni   nihoyatda   kattadir.   Shu   ma’noda   yozma   adabiyot   va   xalq   og zaki	
ʻ ʻ
ijodining   o zaro   munosabatlarini   o rganish   adabiyotshunoslik   oldidagi   muhim
ʻ ʻ
vazifalardan biri bo lib kelgan.	
ʻ
          Adabiyot hamma zamonlarda xalq ma’naviyatining bebaho xazinasi
bo lib kelgan. O zbek she’riyatining taniqli namoyandalari ijodidagi milliy, diniy	
ʻ ʻ
qadriyatlarni, shuningdek, folklorga xos obrazlarni tadqiq etish, ularning xalq
og zaki ijodidan ta’sirlanishi, erishgan yutuqlari sirlarini o rganish muhim masala
ʻ ʻ
hisoblanadi.
Mamlakatimiz   Prezidentining   2017   yil   12   yanvardagi   «Kitob   mahsulotlarini
chop   etish   va   tarqatish   tizimini   rivojlantirish,   kitob   mutolaasi   va   kitobxonlik
madaniyatini   oshirish   hamda   targ‘ibot   qilish   bo‘yicha   komissiya   tuzish
to‘g‘risida»gi   F-4789 -son Farmoyishi, 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-sonli «Oliy
o‘quv   yurtlaridan   keyingi   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   to‘g‘risida»gi
Farmoni,   2017   yil   18   apreldagi   PQ   –28-29-son   Alisher   Navoiy   nomidagi
O‘zbekiston   Milliy   bog‘i   hududida   Adiblar   xiyobonini   barpo   etish   to‘g‘risida”gi
1
    Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning
mustahkam poydevoridir. //Xalq so‘zi gazetasi. – Toshkent, 2017 yil. 4 avgust
2 q arori,   2017 yil 17 fevraldagi   PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-
tadqiqot   ishlarini   tashkil   etish,   boshqarish   va   moliyalashtirishni   yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi,   2017   yil  
13   sentyabrdagi   PQ-3271-son   «Kitob   mahsulotlarini   nashr   etish   va   tarqatish
tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda
targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qaror lar i va
mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda   belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. 
                Mavzuning   o‘ganilish   darajasi.   Folklor   va   yozma   adabiyot   munosabati
masalasi dolzarb masalalardan biri bo lib, hozirga qadar bu muammo talqiniga doirʻ
ko plab   tadqiqotlar   yaratilgan.   N.Mallayev,   M.Hakimov,   J.Qobulniyozov   kabi	
ʻ
olimlarning   Alisher   Navoiy,   Zahiriddin   Muhammad   Bobur,   Hofiz   Xorazmiy,
Lutfiy, Atoiy kabi shoirlarning folklordan foydalanish mahoratiga doir tadqiqotlari
mavjud.   Yozma   adabiyotdagi   folklorizmlarning   badiiy   xususiyatlari,   manbalari,
tasnifi,   tipologiyasiga   doir   B.Sarimsoqov,   I.Yormatov   kabi   folklorshunoslarning
qator maqolalari e’lon qilingan. XX asr o zbek adabiyoti namoyandalari asarlarida	
ʻ
folklor   elementlarining   badiiy   talqini   masalasi   G .Jalolov,   G .Mo minov,	
ʻ ʻ ʻ
A.Sabirdinov,   L.Sharipova   singari   tadqiqotchilar   tomonidan   o rganilgan.	
ʻ
Ma’lumki,   XX   asrning   birinchi   yarmida   adabiyotimizda   folklor   an’analaridan
ijodiy foydalanish jarayoni kuzatila boshlandi. 1
  
Shoir va adiblarimiz o z badiiy niyatlaridan kelib chiqib, asar personajlari va	
ʻ
voqealar   talqinining   xususiyatlarini   ta’minlash   maqsadida   xalqimizning   milliy
1
Sarimsoqov  B.Dostonlarda   psixologik   tasvirning  xarakteri   haqida   ba’zi   mulohazalar   ||   Po’lkan   shoir.O’zbek   xalq
ijodi   bo’yicha   tadqiqotlar.2-kitob.-Toshkent   :   Fan,   1976.-B.106-114;   Qosimov   Ya.O’zbek   she’riyatida   poetik
fikrning   yangilanish   jarayoni(60   yillar   shoirlar   avlodi   ijodi   misolida   ):Filol:fan.nomz…diss.-T.:1993;   Aliyev
B.Hozirgi   o’zbek   she’riyatda   psixologizm   problemasi:     Filol.fan.nom..diss.T.:   1994;   To’lakov   I.Hozirgi   o’zbek
lirikasida   davr   va   qahramon   talqini   :   Filol.fan.doktori…dis.-T.:   1994;   4.Norboyev   B.hayotni   poetik   talqin   etish
tamoyillari   va   mahorat   muammolari:   Filol.fan.doktori…diss.avtoreferati.-T.:1996;   Jumaboyeva   J.   XX   asr
she’riyatida   psixologik   tasvir   mahorati   :   Filol.fan.doktori…diss.   aftoreferati.   –   T.,1999,   Hamdamov   U.Badiiy
tafakkur   tadriji.-Toshkent   Yangi   asr   avlodi,2002-B.199;   Yo’ldoshev   Q.Ko’ngil   mavjlari   //   “O’zbekiston   ovozi”.-
2001.-10 mart; Yana o’sha insoniy tuyg’ular jilvasi//   “Yozuvchi”. -2002.-27 aprel; Yana o’sha.Samimiy tuyg’ular
tarovati//     “O’zbekiston   adabiyoti   va   san’ati”.-2002-1mart   .;Yana   o’sha   .Iztirob   suratlari//   “Hurriyat”.   -2003.-24
sentabr ; Yana o’sha Adabiyot osmoni cheksiz// “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”.2004.-8oktabr; Yo’ldosheva M.
Hozirgi   o’zbek   modrn   she’riyatining   asosiy   xususiyatlari:   Filol.fan.nom…   diss.   aftoreferati.   –T.:2004;   Hayitov
A.90-yillar   o’zbek   lirikasida   an’ana   va   shakliy   izlanishlar:   Filol.fan.nom…   diss.   aftoreferati.   –T.:2004;   Rajabov
A.Usmon Nosir (hayoti va ijodi): Filol.fan.nom… diss. aftoreferati. –T.: 1967.  272 b.; G’afurov I. Lirikaning yuragi.
– Toshkent: 1982-222 b.
3 qadriyatlariga,   xususan,   folklor   asarlaridagi   badiiyat   durdonalariga   murojaat   qila
boshladilar.   Bu   ijodiy   jarayon   hozirgi   asrimizda   ham   yaqqol   ko zga   tashlanadi.ʻ
Shu bois folklor va yozma adabiyot munosabati masalasini tadqiq etishda bugungi
adabiy   jarayonning   badiiy-estetik   mezonlaridan   kelib   chiqib   ish   ko rish,	
ʻ
shoirlarning   uslubi   va   ijodiy   o ziga   xosligini   ularning   folklorga   munosabatisiz	
ʻ
tasavvur qilish mumkin bo lmay qoldi. Shu jihatdan qaraganda zamonaviy o zbek	
ʻ ʻ
shoirlarning   folklor   namunalaridan   foydalanish   mahoratini   o rganish   masalasi	
ʻ
dolzarb adabiyotshunoslik oldidagi masalalardan biri hisoblanadi
                  Tadqiqotning   maqsadi.   O zbek   she’riyatida   folklor   motivlarining	
ʻ
qo’llanilishini,   folklorizmlardan   foydalanish   mahoratini   o rganish,   ushbu   davr	
ʻ
she’riyati   namunalarida   folklorizmlarning   o ziga   xos   jihatlarini   yoritish   hamda	
ʻ
adabiyot va folklor  munosabatidagi dinamikani ko rsatish tadqiqotimizning asosiy	
ʻ
maqsadini belgilab beradi.
Tadqiqotning vazifalari:
Mazkur ish quyidagi vazifalarni hal qilishni ko zda tutgan:	
ʻ
            –   Elbek   o zbek   adabiyotshunosligida   folklor   an’analaridan   foydalanish	
ʻ
borasida   ilk   ijodiy   namunalari   bilan   folklorizmlarni   boshlab   bergan   ijodkorligi
bilan novator shoir ekanligini o rganish;	
ʻ
          –   Abdulla   Oripov   she’riyatida   folklorga   xos   obrazlar   tizimini   va   ularning
individual xususiyatlarini talqin etish;
              –   Afsona   va   rivoyatlarning   Erkin   Vohidov,   A.Oripov,   T.Sulaymon
she’riyatida tutgan o rnini tahlil etish;	
ʻ
               – Usmon Azim ijodida folklor motivlari hamda bir qator janrlar, jumladan,
maqol va matallarning qo llanilishini tadqiq etish; 	
ʻ
       – Folklor  namunalarining milliy ruhiyatga ta’sirini o’rganish.
Tadqiqot   ob’yekti.   Magistrlik   dissertatsiyamizda   zamonaviy   she’riyat
vakillari,   Erkin   Vohidov   “O zbegim”,   (1999)   Usmon   Azim   “Saylanma”   1-2   jild	
ʻ
(2018), To ra  Sulaymon “Saylanma” (2005),  M.Yusuf “Saylanma” (2005) she’riy	
ʻ
to plamlari asosiy manba qilib olindi. 	
ʻ
4 Tadqiqotning predmeti ni boy va serqirra qadriyatlarimiz aks etgan folklore
motivlarining   milliy   ruhiyat   va   milliy   xarakter   talqinini   yaratishdagi   mahorati
ilmiy metodlar asosida tahlil va tadqiq etish tashkil etadi.
Dissertatsiyaning   ilmiy   yangiligi.   Zamonaviy   shoirlar   she’riyatida   folklor
an`analari zaminida shakllangan badiiy timsollar tizimini tahlil etilish; 
                hozirgi   davr   she`riyatida   maqol-matal,   ibora   va   hikmatli   so zlarning,ʻ
E.Vohidov, A.Oripov, T.Sulaymon she’rlaridagi o’rnini ochib berish;
                afsona   va   rivoyatlarning   she’riy   asarlar   kompozitsiyasida   bajargan   badiiy
vazifasini tadqiq etish;
                zamonaviy   she’riyatda   folklorizmlardan   foydalanib,   poetik   mahoratlarini
namoyon etgan, etayotgan shoirlar o’ziga xosliklarini aniqlash;
Dissertatsiyaining   ilmiy-tadqiqot   ishlari   rejalari   bilan   bog’liqligi.
Samarqand   davlat   universiteti   Istiqlol   davri   adabiyoti   va   adabiyot   nazariyasi
kafedrasining “Adabiy tur va janrlar poetikasi” mavzusi doirasida bajarildi.
Tadqiqotning   metodologik   asosi ni   E.Meletenskiy,   Yu.Borev,   V.Baxten,
V.Jirmunskiy   kabi   mutafakkir   va   olimlarning   asarlaridagi   ilmiy-nazariy   qarashlar
belgiladi.   Bundan   tashqari   folklorga   oid   tadqiqotlar   qayd   etgan   bir   qator   o ‘ zbek
olimlari:   T.Mirzayev,   B.Sarimsoqov,   D.Quronov,   D.O ‘ rayeva   singari
tadqiqotlariga  tayaniladi. 
Tadqiqot   metodi.   Ushbu   magistrlik   dissertatsiya   ishida   qiyosiy-tarixiy   va
qiyosiy-tipologik   metodlar   qo‘llaniladi.   Shuningdek,   qiyosiy-tipologik   va   qiyosiy
tarixiy metodga murojaat etiladi.
Dissertatsiyaning   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Xalqimizning   boy
madaniy   tarixini   aks   ettirgan   folklor   an’analarinining   poetik   ko’lamini   oshirishga
imkoniyatlar   eshigini   ochish.   Ya’ni   xalqimizning   qadimiy   urf-odatlari,   kuy   va
qo ‘ shiqlari,  afsona  va  rivoyatlari,  shuningdek  maqol  va  matallari   o ‘ quvchilarning
ma’naviy-ruhiy   dunyoqarashiga   yaqindan   xizmat   qilishini   ta’minlash.   Xalq
donishmandligining   tarbiyaviy   ahamiyatga   ega   ekanligi.   Folklor   namunalarini
darsliklarda hajmini kengaytirish va tahlil qilishga ko ‘ mak berishdan iborat .
5 Tadqiqotning   nazariy   ahamiyati,   avvalo,   dissertatsiya   xulosalari   va
tavsiyalaridan   XXI   asr   zamonaviy   adabiyot   muammolari,   “Hozirgi   adabiy
jarayon”,   “Yangi   o‘zbek   adabiyoti”   fanlaridan   innovatsion   darslik   va   o‘quv
qo‘llanmalarini   yaratish,   ma’ruza   va   seminar   mashg‘ulotlari   mazmunini
takomillashtirish, fakultativ darslar va maxsus kurslar ishlab chiqishda foydalanish,
magistrlik   dissertatsiya   ishining   materiali   oliy   o‘quv   yurtlari   umumta’lim
maktablari, kollej va akademik litseylar uchun mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti,
she’riyat bo‘yicha beriladigan kurs ishlari, mustaqil ta’lim topshiriqlarini yozishda
yaxshi samara berishi mumkinligi bilan asoslanadi.
Dissertatsiyaning   tuzilishi:   Dissertatsiya   kirish,   uch   bob,   xulosa   va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat .  ______  sahifani tashkil qiladi.     
6              I  BOB . F OLKLOR VA YOZMA ADABIYOT MUNOSABATI
                  1.1. Folklorning she’r badiiyatida tutgan o‘rni.
                    Ma’naviy   hayotimizdagi   katta   o‘zgarishlar   va   yangilanishlar   milliy
merosimizni   keng   o‘rganish,   tadqiq   qilishda     ham   e’tiborli   yutuqlarni   qo‘lga
kiritishga   yo‘l   ochdi.   Shu   jumladan   zamonaviy   she’riyat   manbalari,   ildizlarini
ilmiy asosda tahlil va talqin qilish ham kun tartibidagi masalaga aylanib borayotir.
O‘zbek   adabiyotining   rivojida   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarining   tutgan   o‘rni   va
ahamiyati   mislsizdir.   Chunki   folklor   har   bir   xalq   madaniyatining   tarkibiy   qismi
hisoblanadi.   Xalqlar   dunyoqarashida   har   doim   g‘oyaviy-badiiy   funksiya   bajarib
keladi.   Mazkur   holatlar   bugungi   globallashuv   davrida   ham   xalq   ma’naviyatidagi
m uhim   rolini   yo‘qotgan   emas.   Buning   asosiy   sabablaridan   biri,   folklor   voqelikni
xalqchil   shaklda   mukammal   aks   ettirish   xususiyati   bilan   haqiqiy   ijodkorga   keng
imkoniyatlar yaratib bera oladi. Haqiqatan ham, yozma adabiyot paydo bo‘libdiki,
u folklordan ta’sirlanmagan bo‘lsin. Yusuf xos Xojibdan boshlab bugungi yoshlar
she’riyatigacha bo‘lgan katta davr she’riyatini folklorsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
                  Adabiyotshunoslikda   folklor   va   folklorizm   atamalari   yaqin-yaqingacha
tadqiqotchilar tomonidan noaniq talqin qilishlarga, har xil qarashlarga sabab bo‘lib
kelayotgan edi. Bu muammoni birinchilardan bo‘lib zabardast  folklorshunos olim
Bahodir   Sarimsoqov   ilmiy   asoslab   ber di .   Ishonch   bilan   aytish   mumkinki,   olim
uning   ilmiy   yechimini   topa   olgan.   Adabiyotshunosning   fikricha:   “Biror   ijodkor
asariga   biror   maqsad   bilan   kiritilgan   folklorga   xos   barcha   materialni   folklor   deb
emas,   balki   folklorizm   atamasi   bilan   yuritish   lozim,   chunki   unga   ijodkor
tomonidan muayyan bir ishlov berilgan bo‘ladi. 
            Folklorizm atamasi professional san’atkor tomonidan zamonaviy san’at va
adabiyotga olib kirilgan folklor materialining tabiatini juda aniq ifodalaydi. Chunki
yozma adabiyot yoki boshqa san’at turlari tarkibidagi folklorga oid barcha material
endi   o‘zining   tabiiy   ravishdagi   yaratilishi   jonli   yashashi   va   funksiya   bajarishidan
iborat   bo‘lmay,   balki   o‘sha   materialning   professional   ijodkor   tomonidan   birinchi
7 navbatda, davr talabi, qolaversa uning ijod manerasi va uslubi kabilar bilan bog‘liq
holda   ijodiy   maqsadi   asosida   izchil   yo‘naltirilgan,   ikkinchi   marta   jonlantirilgan
shaklidan   iborat.   Ikkinchi   jonlanish   boshqacha   aytganda,   qayta   jonlanish   va
funksiya   bajarish   esa   doimo   folklorizmning   birinchi   tabiiy   yaratilishi   hamda
funksiya   bajarishdan   ma’lum   darajada   farqlanib   turadi.   Shu   jihatdan   qaralsa,
yozma   adabiyot   tarkibida   folklor   yo‘q,   balki   folklorizmlar   mavjud   deb   xulosa
chiqarish mumkin”. 2
 Mazkur qarashlar tadqiqotchi Laylo Sharipovaning “She’riyat
va folklor” monografiyasida shu asosda qabul qilinadi. Unga ayrim qo‘shimchalar
va   kamchiliklari   borasida   hech   qanday   munosabat   bildirilmaydi.   Demak,   xulosa
qilish   mumkinki,   biz   tadqiqotga   tortayotgan   folklor   namunalarini   badiiy
asarlardagi   ko‘rinishini   folklorizmlar   atamasi   bilan   atash   o‘z   ilmiy   asosiga   ega.
She’riyatda   keltirilgan   folklorizmlar   mazmuni,   mohiyati   kitobxonlarni   ajdodlari
merosi, qolaversa ruhiyati bilan tanishtirish bilan birga, ularni xalqchil, tushunarli
badiiy namunalar bilan tanishtirish hamdir. 
                 Ma’lumki, yozma adabiyot bilan folklor o‘rtasidagi   ijodiy aloqalar o‘ziga
xos   badiiy   an’ana   bo‘lib,   muayyan   estetik   qonuniyatlar   doirasida   kechayotgan
jarayondir.   Bu   ijodiy   aloqalar   natijasida   badiiy   ijodda   yuzaga   kelgan   ko‘plab
syujet,   motiv,   obrazlar,   mavzu   va   badiiy   detallar   yozma   adabiyotga   ko‘chib,
ijodkor   badiiy   niyati   va   poetik   iqtidoriga   bog‘liq   holda,   o‘ziga   xos   tarzda   talqin
qilina boshladi. Binobarin, folklorning yozma adabiyotga  ko‘rsatgan  ijodiy ta’siri
hamda   shoirlarning   xalq   og‘zaki   ijodidan   foydalanishdagi   badiiy   mahoratining
o‘ziga   xos   qirralarini   yoritib   berish   adabiyotimiz   taraqqiyoti   bilan   bog‘liq   ijodiy
jarayonlarga   daxldor   g‘oyat   muhim   nazariy   masalalarni   keng   qo‘llashda   asos
bo‘ladi. 
        Folklor an’analari yozma adabiyotning yuzaga kelishi uchun zamin bo‘libgina
qolmasdan   uning   badiiy   jihatdan   kamolga   yetishishida   ham   katta   ahamiyat   kasb
etgan.Shu  bois   har   bir   davr   adabiyotining  folklordan   ijodiy  oziqlanish   mezonlari,
ijodning   folklor   sujetlari   va   mavzularini   badiiy   qayta   ishlashdagi   o‘ziga   xos
mahorati, folklorning yozma adabiyot taraqqiyotidagi tutgan o‘rni kabi masalalarni
2
  Ўзбек фольклоршунослиги. Антология.. Саримсоқов Б..Фольклоризмлар типологияси ва масаласига доир. 
T. O‘zME.2017. 348-б. 
8 XX asr ijodkorlari ijodi misolida o‘rganishni maqsad qildik. 
                  O‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodidagi   maqol,   matal   va   hikmatli   so‘zlarning
qadimiyligini   va   uni   yaratgan   mehnatkash   omma   hayoti   bilan   tarixiy   aloqada
bo‘lib kelganini o‘rganishda yozma adabiyotning mo‘‘tabar yodgorliklari juda boy
va ishonchli materiallar beradi. Agar biz turkiy filologiya fanining asosini  qurgan
Mahmud   Koshg‘ariyning   “Devon-u   lug‘atit   turk”   asariga   kirgan   parchalardan
boshlab,   XX   asrning   birinchi   choraklarida   yozilgan   Hamzaning   she’rlarigacha
bo‘lgan o‘zbek she’riyatiga nazar tashlar ekanmiz uning sahifalarida xalq kurashi,
istiqlol   haqidagi   orzu-istaklari   va   davrning   aks-sadosi   baralla   eshitilib   turgan
yuzlab maqol, matal va hikmatli so‘zlarni uchratamiz.
             Klassik adabiyotimizning cho‘qqisi – Alisher Navoiy asarlaridagi maqol va
hikmatlar   bir   tomondan,   xalqning   o‘sha   zamondagi   turmushi   ruhoniyatini
o‘rganishga   yordam   bersa,   ikkinchidan,   shoirning   xalq   ijodidan   bahramand
bo‘lishdagi badiiy mahoratini, bu sohada ham ustoz san’atkor ekanligini namoyish
qiladi.   Alisher   Navoiy   nafaqat   o‘z   asarlarida   folklor   namunalarini   keltirib
boshqalarga   namuna   bo‘larli   asarlar   yaratgan,   balki   o‘z   ijodida   maqol,   matal,
hikmatli   so‘zlarni   munosib   ishlatib   badiiy   obidalar   yaratganlarni   yutuqlari   bilan
sharaflaydi.
                Badiiy-tasviriy   vositalar   haqidagi   Navoiyning   adabiy-tanqidiy   fikrlari
“Majolis un-nafois” tazkirasida keng o‘rin olgan. Shoir badiiy vositalar ta’sirli va
yorqin   bo‘lishligini,   ma’lum   maqsadlarni   ifodalashga   xizmat   qilishi   kerakligini
alohida ta’kidlaydi. Navoiy turli shoirlarning ijodlarini baholar ekan, maqol, masal,
hikmatli   so‘zlarni   qo‘llagan   san’atkorlarga   ham   alohida   rag‘bat   ko‘rsatadi.   U
“Majolis un nafois”da shoir Sayfiy haqida “masal tariqin bag‘oyat yaxshi aytdi”,-
deb,   Shukriy   haqida   “masalamez   ayturda   mavlona   Sayfiyga   tatabbu’   qilur”,   -deb
yozadi.   Samarqandlik   shoir   Mirzo   Hoji   Sug‘diy   haqida   fikr   yuritarkan,   bu   shoir
garchi iste’dodli bo‘lmasa-da, bir masalni juda o‘rinli qo‘llagani uchun maqtaydi. 
           “...Agarchi ba’zi mahalda g‘arib nomalar  ta’bidin bosh urar  erdi. Ammo ,   bu
baytda xili so‘z rangli va choshnisi borkim: 
9      O‘xshashi qomating‘g‘a sanovbarni bog‘bon,
     Bechora bilmas ermish alifdan tayog‘in.
Bugina masalni yaxshigina bog‘log‘oni uchun, umid ulkim, tengri taolog‘a rahmat
qilmish bo‘lg‘ay”. 3
 
          Adabiyotshunos Muhammadjon Hakimov Alisher Navoiy asarlarida maqol,
matal,   hikmatli   so‘zlar   shu   darajada   ko‘pki,   ularni   o‘qib   og‘zaki   badiiy   ijodning
yashirinib   yotgan   bir   qismi   shoirning   badiiy   merosini   o‘zlashtirish   jarayonida
yaqqol ko‘rinadi, desak bo‘ladi. Navoiyning “Xazoyin ul maoniy”dagi g‘azallarida
qo‘llangan maqollar aslida tarqoq holdagi injuni eslatishini yozadi. Quyida Navoiy
g‘azallarida   uchraydigan   folklor   namunalaridan   ayrimlarin   keltirib   o‘tamiz.   Zero,
adabiyot va adabiyotshunoslik tarixi Navoiydan boshlanadi. Navoiysiz adabiyotga
kirish, tadqiq qilish aslo mumkin emas. Biz shunday yo‘ldan bormoqchimiz.
Ey Navoiy, xasta ko‘nglimga madaddir novaki,
Rost andog‘kim,  zaif elg‘a berur quvvat aso . 4
Jismimdan oqib qoni, paykoni ayon bo‘ldi,
Shox uzra bo‘lur doim  gul ketsa samar paydo .
Jism uyidin ko‘ngil tilar ul ko‘yni vale
G‘urbat suubatin kishi bilmas vatan aro.
May batining ko‘r nishotafoziligin huzn ahliga
Kim, kuyar o‘lu quruq chun naystonga tushdi o‘t.
Ey ko‘ngil ishq ichra yo‘q shoh-u gadoga imtiyoz:
O‘t aro tengdir quruq yol ul yog‘ochning xirqati .
Sen o‘z xulqingni tuzgil, bo‘lma el axloqidin xursand,
Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo‘lmadi farzand .
3
 Ҳакимов М.Навоий лирикасида халқ  мақоллари. Ўзбек мумтоз адабиёти. Антология. T. O‘zME. 2016. 248-
б.
4
 Навоий  A.Топмадим. Ғазаллар. T. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1988. 12-b. (Ғазаллар 
шу китобдан олинди).
10 Atoyining “Ul sanamkim...” deb boshlanuvchi g‘azalida ham xalq iboralari g‘oyat
ta’sirchan   tarzda   ifodalangan.   G‘azalning   matlaasida   xalq   og‘zaki   ijodida   tez-tez
uchrab   turadigan,   go‘zallikka   nisbatan   “bir   qoshiq   suv   bilan   yutib   yuborgudek”
iborasi qo‘llangan.
Ul sanamkim, suv yoqosinda paritek o‘lturur,
G‘oyati nozikligidin suv bila yutsa bo‘lur. 5
Ma’shuqaning   go‘zalligi,   tiniqligi,   pokizaligi   shunchalikki,   u   qo‘lini   suvda   yuvib
tozalamaydi,   balki   qo‘lni   yuvib   suvni   poklaydi.   Tadqiqotchi   Laylo   Sharipova
mubolag‘a san’ati ham yozma adabiyotga folklordan o‘tganligini e’tirof etadi. 
U ilikkim suvdan oriqdir, yumas oni suvda,
Balki suvni pok bo‘lsin deb iligi birla yur.
Oshiq   suv   yoqosida   paritek   o‘tirgan   tengsiz   go‘zallikka   qarab   hayrat   bilan   “suv
qizi”, ya’ni suv parisining “goh-goh ko‘zga ko‘rinishi”ga imon keltiradi. Suv parisi
haqidagi mifologiya ham o‘zbek folklorida uchraydi.
Endi bildim rost ermish, balki ko‘rdim ko‘z bila,
Ulki derlar suv qizi goh-goh ko‘zga ko‘rinur.
Lutfiyning har bir bayti to‘liq maqollar bilan bezantirilgan g‘azali  folklorizmning
yagona, mukammal namunasi bo‘lganligi uchun mazkur g‘azalni to‘liq keltirishni
ma’qul topdik.
Ayoqingga tushar har lahza gesu,
Masaldurkim: “Charog‘ tubi qarong‘u”.
Tutarman ko‘zim ko‘rsam orazingni
5
 Ҳаёт васфи. Тўплам. T. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1988. 352-б.
11 Ki derlar: “Oqqan ariqqa oqar suv”.
Yuzungni tuttim ortuq oy - u kunduz,
“Kishining ko‘zidir, ore, tarozu”.
Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur,
Ki “Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa Hindu”.
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat,
Ki ayturlar: “Tilaganni - tilagu”. 6
Har   bir   baytda   uchragan   maqollarni   alohida   sharhlab   o‘tirmaymiz.   Bu   haqida
darsliklarda   alohida   tahlillar   qilingan.   Biroq   shuni   alohida   qayd   etib   o‘tishni
istardikki,   mazkur   maqollarning   barchasi   bugungi   kunda   ham   tilimizda   ba’zan
o‘zgarmasdan, ba’zan sal o‘zgargan holda ishlatiladi.
        1. Oddiy folklorizmlar. Bular biror bir yozuvchi yoki shoir ijodida xalq maqol
va   matallari,   yumuq   iboralari   og‘zaki   nutq   uchun   xos   ifoda   hamda   oborotlarning
qo‘llanishidan   tashkil   topadi.   Oddiy   folklorizmlar   yozuvchi   va   shoirning   xalq
ijodiga   bo‘lgan   munosabatini,   uni   folklor   materiallarini   qay   darajada   tushunish
darajasini,   xalq   donishmandligidan   o‘z   asarlarida   qay   darajada   foydalanish
mahoratidan dalolat beradi.
                 2. Murakkab folklorizmlar .   B ular o‘zlarining tabiati badiiy asarda bajargan
funksiyalariga   qarab,   uch   tipga   bo‘linadi.   Bu   uch   tipdan   qay   biriga   murojaat
qilinishiga qarab ijodkorning folklorga bo‘lgan munosabati, uni tushunish darajasi
va   tarzi,   folklor   janrlarining   badiiy   imkoniyatlaridan   foydalana   olishdagi   o‘ziga
xosliklari,   bu   masaladagi   ijodkorlarning   bir-birlari   bilan   tipologik   o‘xshashlik
hamda farqlanishlari aniqlanadi.
                  1.   Analitik   folklorizmlar.   Bu   asarni   badiiy   to‘qimasini,   uning   yetakchi
g‘oyasi   bilan   organik   birikib   keta   olmasligi   jihatidan   xarakterlanadi.   Ijodkor   o‘z
asariga   o‘z   o‘rni   bilan   folklorga   oid   biror   motiv   va   sujetni   qistirib   ketadi   va   shu
orqali   o‘zi   tasvirlamoqchi   bo‘lgan   epizodga   falsafiy-didaktik   ruh   bag‘ishlashga,
tasvirning emotsionalligini oshirishga xizmat qiladi.
6
  Лутфий. Сенсан севарим. T. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1987. 214-б.
12                     2.   Sintezlashgan   folklorizmlar.   Bu   asarning   badiiy   to‘qimasini,   uning
g‘oyaviy   tematik   asoslarini   belgilovchi   muhim   omil   hisoblanadi.   Shuning   uchun
ham   u   ijodkordan   folklor   janrlarining   yetakchi   xususiyatlarini,   ularning   poetik
imkoniyatlarini,   eng   muhimi,   folklor   asarlarining   asrlar   davomida   o‘lmasligini
ta’minlovchi yetakchi insoniy g‘oyalarni to‘g‘ri ilg‘ab olish va ularni o‘z davrining
muhim muammolari bilan bog‘lab olishni talab etadi.
                    3.   Stilizatsiya   xarakteridagi   folklorizmlar.   O‘z   xarakteri   jihatidan   ikkiga
bo‘linadi.   A)   ijobiy   xarakterdagi   stilizatsiya   asosida   yuzaga   kelgan   folklorizmlar.
Bu   turdagi   folklorizmlar,   asosan,   folklor   materiallarining   ham   g‘oyaviy,   ham
mazmuniy   jihatlariga   to‘liq   tayangan   holda   ularni   yangi   shaklda   qaytadan   ishlov
berish tufayli yuzaga keladi. Folklor asarlaridagi o‘lmas g‘oyalarni xalq ommasiga
yanada   kengroq   yoyish,   ular   orqali   xalqning   axloqiy-estetik   talablarini   to‘laroq
qondirish   ehtiyoji,   ijodkorning   shaxsiy   mayli   va   uslubi   talablari   asosida   ijobiy
xarakterdagi stilizatsiya folklorizmlari yaratiladi. B) salbiy xarakterdagi stilizatsiya
asosida   yuzaga   kelgan   folklorizmlar.   Bu   tip   folklorizmlar   asosida   yaratilgan
asarlarda   asosan   zamonaviy   mavzular   qalamga   olinsa-da,   biroq   ular   traditsion
folklorga   xos   tasvir   vositalari,   xullaski,   shakliy   komponetlar   vositasida
tasvirlanadi. 7
 
                 Erkin  Vohidov adabiyotimizda  folklorizmlardan juda  unumli  foydalangan
yorqin  iste’doddir.  Shoir   she’riyatining  deyarli  har  bandi   xalq  donishmandligidan
yiroq emas. Xalq og‘zaki ijodi bilan sug‘orilgan mumtoz adabiyot shaydosi Erkin
Vohidov   lirikasining   pishiq-puxtaligi,   jarangdorligi,   poetik   mukammalligi
folklorizm sabablaridan deb o‘ylayman.
Oydin kecha,
Yog‘ar ko‘kdan zar,
O‘yga cho‘mib deding gu l  yuzim.
Osmon to‘la sonsiz yulduzlar, 
Qaysi ekan mening yulduzim. 8
7
 Саримсоқов Б.. “Фольклоризм типологияси масаласига доир” maqolasiga tayanildi. Ўзбек 
фолклоршунослиги. Antologiya. T. O‘zME.2017. 308-б.
8
 Воҳидов Э. Сайланма. 1-jild. T.Sharq. 2000. 52-б. barcha she’rlar shu kitobdan olindi.
13 Samodagi   har   bir   yulduz   yer   yuzida   yashayotgan   har   bir   insonni   ramziy   belgisi,
degan xalq naqli bor. Osmon shishadek tiniq bo‘lgan yoz kechalarida har bir inson
yulduzlarga   tikilib,   o‘zining   yulduzi   eng   yorug‘   bo‘lishini   istaydi.   So‘nggi
paytlarda   bu   holat   obraz   darajasiga   ko‘tarilganligini   ham   e’tirof   etish   mumkin.
Shoirlar   she’rlarida   timsol   bo‘lib   uni   bezab   kelayotir.   Masalan,   H.Olimjonning
“Bir  paytlar   eding yulduzim,  endi  kimga  yulduzsan  jonim” kabi   she’rlarini   misol
tariqasida   keltirish  mumkin. Ayniqsa,  Abdulla  Oripovning “Ona”  she’rida  esa  bu
holat   yanada   bo‘rt t irilib   poetiklashtiriladi.   Xalq   udumlariga   shoir   munosabat
bildirarkan,   yulduz   so‘zini   ona   timsoli   bilan   yaxlitlikda   tasvirlab   obraz   yaratadi.
Ona   obrazini   tasvirlashda   yulduz   vosita   bo‘lib   xizmat   qiladi.   She’riy   hukm
o‘qiladi.
Ko‘kda yulduz uchsa nogohon,
Bitdi derlar qaysi bir taqdir.
Bunday g‘amni ko‘tarmoq oson,
Bu ehtimol bizlar haqdadir.
Ba’zi tunlar ko‘kka tikib ko‘z,
Eslab deyman onamni shu on:
Ona ketsa, yulduz-ku, yulduz,
Qulab tushsa arziydi osmon. 9
Osmon   jismlari   shoirga   Ilhom   bag‘ishlovchi   ijod   manbai.   Bu   timsol   yillar
davomida ijodkorlarga  o‘z poetik g‘oyasini amalga oshirishga xizmat qilib kelgan.
Sarlavhasin topmay gohida
She’rim uzra qo‘yaman yulduz.
Posbon bo‘lsin she’rim boshida
O‘sha yulduz
                  Kecha-yu kunduz.
Zuhro kabi yaraqlab tursin
9
 Орипов A. Йиллар армони. T. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1987. 165-б.
14 Tunlar o‘zim 
                       yumganda ko‘zim.
Hech so‘nmasin charaqlab tursin,
So‘nganda ham mening yulduzim.
Mazkur she’rda yulduz shoir ilhomi, u she’riga “yulduz” deb sarlavha qo‘ysa, o‘z-
o‘zidan she’r tug‘iladi. Ramziy ma’noda esa she’rlarining taqdiri yulduzday porlab
turishini   istaydi   shoir.   Men   she’r   yozmaganimda   ham   she’rlarim   meni   ham,
kitobxonlarni ham o‘ziga tortib tursin. Ba’zan esa “yulduz” so‘zi borlik va yo‘qlik
tushunchasini ham izohlab kelgan holatlarga ham duch kelinmoqda. Shoir dunyoni
tark   etganda   ham   o‘zi   yaratgan   asarlari   yulduzlarga   o‘xshab   insonlar   qalbidan
so‘nmasligini ham nazarda tutadi. “Kecha va kunduz” she’rida xalq maqollaridagi
“Oyning   yuzida   ham   dog‘   bor”   iborasi   asotir   misoli   obrazlashtirilgan.   Bu   yorug‘
dunyo   o‘z   ziyosini   qadriga   yetmasdan   uni   minglab   yuluzlarga,   Oyga   sochib
tashlagan.   Shundan   oyning   yuzi   dog‘   bo‘lib   qolgan,   yulduzlar   ham   yig‘layverib,
ko‘zdagi munchoq yoshdek osmon bag‘rida qotib qolgan, kunduz esa barcha nurini
jamlab, birgina quyoshni yaratgan deb she’rini poetik xulosasini bergan.
Shundan oyning yuzi dog‘ ekan...
Yulduzlar ham xuddi munchoq yosh...
Kunduz esa barcha nuridan
Yaratadi birgina quyosh.
Erkin   Vohidov   xalq   maqollaridan   foydalanishda   ularni   semiotek   nuqta   sifatida
ko‘radi.   Maqol   ifodalagan   ma’no   bayt   so‘ngida   kelib ,   o‘sha   baytning   xulosasini
ham beradi. Unga shoir tomonidan shunday nozik hukm yuklatiladi.
Sevgi dardidan mening ham
          Bo‘ldi rangim qahrabo,
Yo‘q iloj, ne naf o‘kinma
           Bo‘lmasada ko‘zguda ayb?
15 Sen-ku Zuhrosan falakda
           Intizoringman faqat,
Ne ajab, talpinsa ko‘nglim,
           Yo‘q emish orzuda ayb.  
“Yuzing xunuk bo‘lsa oynadan o‘pkalama”, “Orzu qilish ayb emas” kabi maqollar
g‘azalda irsoli masal san’atini hosil qilgan. Maqollar inversiyalashtirilgan.
         Inson fe’l-atvoridagi qarama-qarshi xislatlarni bir baytda keltirish bilan shoir
ajoyib folklorizm yaratgan.
Do‘st qidir, do‘st top jahonda
          Do‘st yuz ming bo‘lsa oz.
Ko‘p erur bisyor dushman
          Bo‘lsa u bir dona ham.  
                       Abdulla Oripov she’riyati  ham  folklorizmning turli ko‘rinishlariga boy:
xalq maqollari, qarg‘ish va olqishlar, matallar, naqllar, xalqimizda uchraydigan bir
qayroqi   gaplar   shoir   she’riyatini   har   jihatdan   jozibador   qilib   turadi.   Ular   she’r
mohiyatiga singib, poetik xulosalar, falsafiy umumlashmalar hosil qiladi. Bu orqali
shoir   yuqorida   ta’kidlaganlarimizdan   tashqari,   she’r   ohangdorligiga,   hukmning
ixcham   va   lo‘ndaligiga   hamda   tushunarli   xulosalarga   erishadi.   Xalq   olqish   va
qarg‘ishlari   shoir   she’riyatida   qog‘ozga   o‘ralib   beriladi.   Ular   G‘afur   G‘ulom
misralari kabi yal a ng‘och emas.
Istasang, istasang qo‘shiqlarim bor,
Ba’zan yaxshi yomon to‘qishlarim bor,
Gar she’rni sevmasang so‘kishlarim bor, 
Omon aylamoqni kutmagil mendan.    
                Xalqda shunday naql bor. “Suv keltirgan xor, ko‘za sindirgan aziz” mazkur
16 ibora     xalq   donishmandligi,   uning   turmush   tajribasi   orqali   yuzaga   kelgan   real
ifodadir.   Mazkur   ma’noda   shoir   she’riyatida   yaxshilikka   yomonlik,   ezgulikning
ustidan tubanlikni g‘alaba qozonishi  kabi salbiy holatlarga urg‘u beriladi.
Kim berib dunyoga zar, abgor o‘lib qolgan  o‘zi,
Kimki dorni buzdi gar anga qurildi dorlar.
            Shoir mashhur xalq og‘zaki ijodi namunalarini keltirish orqali, o‘z yurtining
to‘kin   sochinligini,   istagan   narsaning   muhayyo   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   Vatan
qudratini   o‘xshatishlar   orqali   chizadi.   Shu   asosda   adabiyotda,   she’riyatda   talmeh
san’atini   yuzaga   keltiradi.   Aynan   yangi   yil   arafasida   xalqimiz   odatlariga   binoan
shohona   dasturxon   tuzaydilar.   Ular   ertaklardagi   “ochil   dasturxon”ga
o‘xshatilmoqda.
Bunchalik shon-shuhrat uchramas tayin,
“Ming bir kecha”larning afsonasida.
Yurtim, seni yana qutlab qo‘yayin
Qutlug‘ yangi yilning ostonasida. 
                        “Yigitning   og‘zi   oshga   yetguncha,   boshi   toshga   tegadi”   maqoli   shoir
she’riyatida     tayanch   vazifani   o‘tab   keladi.   Maqollar   kamdan   kam   holatda
she’rning  birinchi  misrasida   keladi.  Shuning  uchun  ham   mazkur   maqol   she’rning
ochg‘ich   vazifasini   ham   o‘tab   kelgan.   Epik   asarlardagi   kabi   tugun   bajargan
vazifasini   ham   bajarmoqda.   Nima   uchun   yigitning   boshi   toshga   tegish   sabablari
shoir kechinmalarida izohlanadi.
Oshga yetganida yigitning boshi
Toshlarga tegmasin boshi hech qachon.
Sen inson tayanchi, sen bashar baxti,
Ey buyuk iroda, to‘zim bilmas jon.
Poetik   mushohada   shu   ma’nodaki,   shoir   yigitning   boshi   toshlarga   tegishini   yana
bir   nechta   sababini   boshqa   bir   she’ri   “Ikki   soniya”   she’ri   orqali   yaxshigina
17 yechimini   ham   bergan.   Biri   yigitning   uyida   tinchi   bo‘lishi,   ikkinchisi   do‘stining
imoni   butun   bo‘lishligi   xalq   maqollarida   qayd   etilgan.   Shoir   uni   she’rlarida
jozibador   qilib   tasvirlagan.   She’rning   badiiy   estetik   g‘oyasiga   munosib   xulosa
bo‘lib xizmat qilgan.
1.2. Shoir va davr she’riyati uslubida folklorizm
                  Folklor ta’sir etmagan, folklordan ta’sirlanmagan adabiyotning o‘zi yo‘q.
O‘zbek   adabiyoti   ham   bundan   mustasno   emas.   Folklorizmni   o‘zini   uslub
darajasiga   ko‘tara   olgan   lotin   Amerikasi   adabiyoti   qanday   cho‘qqilarni   zabd
etganini   jahon   adabiyotshunoslari   e’tirof   etishgan.   Davr   she’riyatiga,   qolaversa,
o‘z   she’riyatiga   xalqona   ohang,   folklor   janrlari   namunalarini   singdirib   yuborgan,
shu   orqali   ma’lum   yutuqlarga   erishgan   shoirlar   o‘z   uslubini   shu   yo‘nalish   bilan
shakllantirgan bo‘ladi. Ya’ni folklorizm bir ijodkor asarida ayricha xususiyat kasb
etadi, o‘zini namoyon etib turadi.
                       Avvalo ,   uslub so‘ziga oydinlik kiritib olsak. Adabiyotshunoslikda uslub
borasida   bir   qancha   tadqiqotlar   amalga   oshirilgan.   Shunday   tadqiqotlarning
ibtidosi   Abdurauf   Fitratning     “Adabiyot   qoidalari”   risolasida   berilgan.   “Butun
o‘zbek yozuvchilarining ifodalari o‘zbekcha bo‘lgani holda, har birining o‘ziga  xos
bir   uslubi   bordir.   Biroq,   uslubdagi   bu   hol   tuban,   kuchsiz   asarlarida   o‘zini   ochiq
ko‘rsata   olmaydilar.   Kuchsiz   yozuvchilarning   uslublari   bir-birlariga   o‘xshab
qoladir.   Ular   oddiy   uslubda,   umumiy   til   uslubida   yozadir.   Shoir-yozg‘uchi
san’atkorlikda ko‘tarila borgan sayin o‘ziga maxsus bir uslub yarata boshlaydir.
                      Shoirning   xayol,   o‘y,   tushunish   shakllari   tugal,   komil   bo‘lgach,   o‘ziga
yarasha bir uslub borliqqa chiqqan bo‘ladir.
          Uslubning adabiyotdagi o‘rni juda katta, juda muhimdir. Bir asardagi fikrlar
ma’lumotlarning   eski,   boshqa   shoirlar   tomonidan   aytilgan   bo‘lishi   mumkindir.
Ularning eskiligini  bizga sezdirmasdan,  bildirmasdan  ifoda qilib, uni bizga o‘qita
olgan kuch uslubdadir”. 10
 
10
 Фитрат. Танланган асарлар. 4-jild. T. Ma’naviyat. 2006. 17-б.
18           Uzoq Juraqulov “Yangi estetikaning shakllanishi” maqolasida A.Sa’diyning
“Adabiy   ham   nazariy   adabiyot   darslari”   risolasiga   to‘xtalib,   jumladan
quyidagilarni   yozadi:   “Sa’diyga   ko‘ra:   “Uslub   shoir   miyasining   ko‘lankasidir”.
Shunga   asosan   olim   uslub   originalligini   iste’dodda,   yangi   gap   aytishda,
xalqchillikda   ko‘radi.   Asarning   yashovchanligini   ham   uslubga   bog‘liq,   deb
hisoblaydi.   Uslubning   quyidagi   turlarini   ajratib   ko‘rsatadi.   Birinchisi   shuki,   bir
adib   ijodida   uslubning   bir   necha   shakllari   bo‘lishi   mumkin.   Ularning   ayirmasi
janrlar o‘zgarishi va ijodning turli davrlarida ko‘rinadi. Shuningdek,  uslub ijtimoiy
sharoit, ijtimoiy tabaqa va ijodkor shaxsi bilan o‘zgarishi mumkin.
                Uslubni   ichki   tuzilishi   uchun   quyidagi   to‘rt   jihat   muhim   deb   topiladi:   a)
ochiqlik – bunda tilning, fikrning soddaligi, yengil tushunilishi  ko‘zda tutiladi; b)
soflik – tilning omonim, sinonimlarga boy bo‘lishi, unda tushunilishi qiyin so‘zlar,
xususan   arxaizm,   neologizm,   varvarizm   unsurlarining   ishlatilmasligi   shart   qilib
qo‘yiladi;   v)   ko‘rinish   va   tasviriylik   –   ijodkor   fantaziyasiga   urg‘u   beriladi;   g)
hissiylik   (emotsionallik)   –   uslubning   go‘zal   hissiyot   bilan   yo‘g‘rilgan   bo‘lishi,
o‘quvchiga   emotsional   ta’siri   nazarda   tutiladi”. 11
  Mazkur   qarashlar   olimning
shaxsiy qarashlari hisoblanib, uni uslub haqidagi nazariy qarashlarga asos bo‘ladi
deyish bir muncha bahsli savollar tug‘ilishiga olib keladi. 
          Laylo Sharipovaning uslub haqidagi fikrlari o‘zining mazmundorligi, aynan
shu   sohaga   –   folklorga   qaratilganligi   bilan   alohida   ajralib   turadi.   Ularda   nazariy
ma’lumotlar tushunarli, har bir tadqiqotchini o‘zining qarashlariga ishontira oladi.
Masalan   menga   –   bir   magistrga   mazkur   qarashlar   juda   ma’qul.   “Uslub   ijodkorni
boshqa   ijodkorlardan   farqlab   turadigan   o‘ziga   xoslikdir.   Shu   o‘ziga   xoslik
she’riyatni rang-barang qilib go‘zallashtirib turadi. O‘z uslubiga ega shoir asarlari
g‘oyaviy-badiiy jihatdan pishiq bo‘ladi  hamda asrlardan osha oladi. Shu ma’noda
folklorning   she’riyat   badiiyatiga   ta’siri   masalasini   tadqiq   qilish   jarayonida   uslub
muhim   o‘rin   tutadi.   Uslub   qamroviga   ko‘ra   xususiylik   va   umuminsoniylik   kasb
etadi. Bir ijodkor uslubi uslubdagi xususiylikni, davr uslubi uslubdagi umumiylikni
tadqiq qilish imkoni demakdir. Bir qancha ijodkorlar uslubidagi umumiylik, o‘zaro
11
 Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва. T.Фан. 2006. 98-б.
19 mushtaraklik   davr   adabiyotiga   xos   uslubni   belgilaydi.   Uslubda   folklor   ta’siri
bo‘rtib turishi uchun ijodkor folklordan sezilarli darajada foydalangan, ta’sirlangan
bo‘lishi   lozim.   Bu  ta’sirlanish   adabiyot   badiiyatida  aks   etsa,   o‘zaro   munosabatlar
samarasi adabiyot rivojiga xizmat qilgan hisoblanadi”. 12
                      Erkin   Vohidov   folklordan   sezilarli   darajada   foydalangan   iste’dodli
shoirlarimizdan   biridir.   Tadqiqotchi   L.Sharipova   XX   asr   ikkinchi   yarmi   o‘zbek
shoirlarining folklorga munosabatini o‘rganib, jumladan, Erkin Vohidov to‘rtinchi
guruhga, ya’ni folklorga xos satira va yumor uning ijodida bo‘rtib turganidan hajv
uslubining   bir   qirrasiga   aylangan,   xalqona   kulguli,   kinoyani   o‘z   she’riyatiga
singdirib yuborgan shoirlar qatoriga kiritadi. Sirasini aytganda bu fikrlarda jon bor.
E’tirof   etish   kerak.   Biroq   shoirning   folklordan   foydalanishini   faqat   kinoyaviy
yumor   bilan   bog‘lab   qo‘yish   ham   to‘g‘ri   emas,   nazarimizda.   Shoirning   “Tong
g‘azali”   she’rini   olib   ko‘raylik.   She’r   boshdan   oyoq   afsonaviy   pari   timsolining
epik tasviridan iborat. Mazkur  she’rni voqeaband lirika qatoriga kiritish mumkin.
G‘azal   tabiat   tasviri,   manzaralar   namoyishi   bilan   boshlanadi.   Sharqona   gul   va
bulbul   timsollari   she’riy   ifodaga   o‘zgacha   kayfiyat   bag‘ishlaydi.   Hali   tong
yorishmaganidan   “Yumuq   tong   ko‘zlari”   tashbehi   chiroyli   ishlatilgan.   Ikkinchi
banddan afsonaviy pari timsoli talqiniga o‘tiladi.
Paridek nozu istig‘no etib
              Tong lola ruxsorin.
Yuvib shabnam bilan
              Bir tomchi shabnamdek yaraqlabdur.
Shafaq ko‘zgusida
              O‘z husniga oshiq bo‘lib boqmish,
Va tog‘larni taroq aylab,
              Quyosh sochin taroqlabdur.
Parilar   suvda   bo‘lishadi.   Ko‘p   o‘rinlarda   asosan   ular   tong   payti   paydo   bo‘ladi.
Suvdan chiqqan pari yuzlari  tomchi  shabnam  kabi  yaraqlashi, yaltiragan shafaqni
12
 Шарипова Л. Шеърият ва фольклор. T. Наврўз. 2019. 46-б.
20 ko‘zgu   etib,   o‘z   husniga   mahliyo   boqqani,   tong   tog‘larni   taroq   qilib   quyosh
vositasida   sochini   taraganini   mubolag‘a   qilib   lirik   qahramon   kayfiyat   yaratadi.
Parivash   husniga   termulib,   uning   jabridan   tongga   arz   aylasam.   Meni   ko‘zim
shamg‘alat qilib tong ham pari husniga asr tushibdi. Tong chog‘ida ko‘rgan yorini
firog‘ida   kuygan   shoir   tongdan   xafa,   chunki   tong   uni   parivashga   yaqinlashtirib,
parivashni undan uzoqlashtiribdur.
Ajab, tong xobida Erkin
      Ko‘ribdur yorini, evoh,
Ko‘z ochsa – yori yo‘q,
     Ikki qo‘li yostiq qo‘chog‘labdur.
Ertaklarda   ham   parilar   ertak   qahramonlariga   bir   ko‘rinish   berib   ajabtovur
hodisotlarga   evrilib   ketadi.   Yoki   afsonaviy   qahramonlarning   pari   visoli   haqidagi
orzu-o‘ylari   tushida,   ro‘yoda   kechadi.   Chunki   ilohiy   ishq   mujdalari   ruhan
kechinmalar   orqali   namayon   bo‘ladi.   Ularning   jisman   visol   onlari,   tushdagi   ajib
manzaraning   intihosi   bo‘lib   qoladi.   Shoir   mazkur   folklorizm   manzarasini   o‘z
she’riyati ich-ichiga singdirib yuborib, estetik badiiy kartina yarata olgan.
                       Shoirning “Masal borkim...” g‘azali zamonaviy she’riyatda har bir bayti
maqollardan   tarkib   topgan   yagona   she’rdir.   Mumtoz   adabiyotda   shunday
ko‘rinishdagi   she’r   (g‘azal)ni   Lutfiy   ham   yozgan   edi.   G‘azal   an’anaviy   ishqiy
mavzuda   yozilgan.   Sitamkor   yor   zulmidan   ozor   chekkan   oshiq   barcha   azoblarga
sabab   oqibat   izlar   ekan,   o‘z   xulosa   va   hukmlarini   maqollar   zimmasiga   yuklaydi.
Maqollar anglatgan ma’no shoir da’volariga munosabat bildiruvchi vazifasini o‘tab
beradi.   She’r   sevmoqlik   –   jondan   kechmoqlik   degan   ramziy   ifodaga   olib   keladi.
Ya’ni, biror ishga berilgan odam   jonini ayadimi u muvaffaqiyat qozona olmaydi,
degan majoziy ma’noga aylanib ketadi. Quyida mazkur g‘azalni to‘liq keltiramiz.
Erkin Vohidov g‘azallari mumtoz g‘azallar kabi ikki baytdan iborat baytlar emas,
balki   misralar   sin g dirilgan.   Bu   holat   shoir   she’rlarini   barmoq   vazniga
yaqinlashtirish bilan birgalikda, o‘qilishini hamda tushunilishini osonlashtiradi. 
Ajab, vaslingga men endi
21            Erishganda ko‘rindi moh,
Masal borkim, og‘iz oshga
           Burun toshga tegibdir, voh!
Kulib yurgay edim bir vaqt
           O‘qib majnun jununidin,
Degaylar, o‘zgadan kulma
          O‘zingdan bo‘lmayin ogoh.
Sevinch, deb she’r bitib avval
          O‘zim bo‘ldim asiri ishq,
O‘zi tushgay emish oxir
          Birovga kimki qozgay choh.
Parivash zulmidin bo‘ldi
          Ko‘ngil mulki parishonhol,
Demishlar mulk vayrondur
         Agar zolimlik etsa shoh.
Bo‘libsan oshiq, Erkin,
          Uz umid jondin, o‘kinch qilmay,
O‘zingga, deydilar, dushman
          Keyin chekkan pushaymon, oh. 13
           Folklorda aytishuvlar, ba’zan o‘lanlar tarzida ham beriladi. “Nikoh to‘ylari,
ba’zan   bayram   kunlar,   ayrim   yig‘inlarda,   asosan   cholg‘usiz   aytiladigan   o‘lanlar
ko‘proq chorvadorlar, dehqonlar orasida tarqalgan. O‘lanlarda cho‘pon yigit bilan
cho‘pon qiz sevgi dardlaridan bahs etib so‘zamollikda, chechanlikda, odamiylikda
bir-birlarini   sinagandek   bo‘ladi,   musobaqadosh   tomonlar   bir-birlariga   sovg‘alar
ulashadi. O‘lanlarda qochiriq, sevgi harorati, yoshlik sho‘xliklari g ‘ oyat samimiy,
optimistik ruh bilan yo‘g‘rilgan holda tarannum  qilinadi”. 14
 
        Erkin Vohidov  shu yo‘nalishda ham bir qancha she’rlar bitgan. Uning “Lola”
nomli   she’ri   bir   yigitning   shahardan   tog‘   lolasi   sayriga   ataylab   kelishi   tasvir i dan
13
 Воҳидов Э. Сайланма. 1-jild. T.Sharq. 2000. 195-б.
14
 Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди. T.Ўқитувчи. 1980. 91-б.
22 iborat.     Lola   va   yigit   aytishuvi     ramziy   ma’noda.   Xalq   og‘zaki   ijodi   namunalari
kabi folklorga muvofiq so‘zlar tanlangan. Qiz va yigit aytishuviga mos ohang bilan
bezangan. Yuqorida darslikda qayd etilgan nazariy qoidalar mazkur she’r tabiatiga
uyg‘un   holda   jaranglaydi.   Qochiriqlar   optimizm   ruh,   yoshlik   shijoati,   qaynoq
muhabbat va boshqalar shular jumlasidandir. 
Deyman: sahar shafaqdan
               Uchqunmi, lolasanmu,
Shodlik mayiga to‘lgan
               Gulgun piyolasanmu?
Deydi: qiziq savoling, 
              Qayda, ajab, xayoling,
Yellar ko‘rib bu holing
              Kulmoqqa bolasanmu?
–   So‘zimni qattiq olma,
              Boshingni quyi solma,
Buncha qizarma, lola,
              Mendan uyolasanmu?
–   Sen, aytchi, qaysi yog‘dan,
             Qaysi chaman va bog‘dan?
Kulsang dedim, shu tog‘dan
             Tushgan shalolasanmu?
–   Bilsang, uyim shaharda,
             Keldim senga saharda,
Yur, xo‘p desang agarda,
                 Yo shunda qolasanmu?
                “Badiiy   asar   ijodkor   shaxsiyatining   mevasi   ekani   sababli   ijodkor   qancha
o‘ziga   xos   bo‘lsa,   uning   yozganlari   ham   shunchalik   betakror   bo‘ladi.   To‘ra
Sulaymon   tomomila   o‘ziga   xos   shaxs   edi   va   bu   qaytarilmas   shaxsiyatning
bitganlarida   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Shoir   ijodining   bosh   belgisi   uning
to‘lig‘icha     xalq   og‘zaki   ijodi   namunalari   ta’sirida   ekanidadir.   Uning   o ‘ yi,
23 tuyg‘ulari,   hayrat - u   hayajonlari   hamda   ularning   ifodasi   xalqona.   Shoirning
qayg‘usi, quvonchi, hatto yumorida ham xalqchillik yaqqol ko‘rinib turishligini” 15
Q.Yo‘ldoshev  alohida  e’tirof  etadi.  Folklordan   ta’sirlanmagan   ijodkor  aslida   juda
kam   topiladi.   Haqiqatan   ham,   og‘zaki   ijodning   ta’siri   butun   yozganlarida   bo‘y
ko‘rsatib turadigan To‘ra Sulaymon kabi shoir boshqa yo‘q. Shuning uchun komil
ishonch bilan aytish mumkinki, To‘ra Sulaymon uslubi xalqona uslubdir. 
                “Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li   el   kezadi”   turkum   baxshiyonalarini   To‘ra
Sulaymon mustaqillik arafasida, to‘g‘rirogi, 1990-1991 yillarda yaratadi.   Bu davr
o‘zining   keskinligi   bilan   hech   bir   davrga   o‘xshamasdi.   Odamlar   qorong ‘ ilikdan
chiqqanday, ko‘zlari qamashib yorug‘likni his etolmay, endi nima bo‘larkin?, deb
o‘zlaricha fol ochib turgan paytlari edi. Bu vaqtda ularga dalda bo‘ladigan shoirlar,
xalq manfaatini ulug‘lovchi kishilar suv va havodek zarur edi. Xuddi shu paytlarda
xalq   tilidan   kuylovchi   kishilarga   ehtiyoj     seziladi.   To‘ra   Sulaymon   mana   shu
bo‘shliqni  birinchilardan bo‘lib to‘ldirishga bel bo‘g‘lagan xalq baxshisi  nomidan
ot   surib   maydonga   chiqqan   shoirlarimizdandir.   U   qaysi   bir   ma’noda   bu   ishning
uddasidan   chiqdi.   Usmon   Azim   usulida   elning   aytolmagan     dardini,   qalbida
cho‘kib yotgan  armonlarini ayta oldi. 
                  To‘ra   Sulaymonning   mazkur   “Turkum”lari   jami   o‘n   besh   kichik-katta
sarlavhalardan iborat. Ularning har birini Ergash Jumanbulbul o‘g‘li aytimlari yoki
kimnidir   savollariga   javoblari   birlashtirib   turadi.   Ba’zan   esa,   bu   vazifani   Fozil
Yo‘ldosh o‘g‘li ham bajarib beradi. Bular xuddi xalq dostonlaridagi singari nasriy
boshlanmalar   bilan   boshlanadi.     Masalan,   “Yetolmadim”   nomi   ostida   berilgan
savol-javob tarzidagi baxshiyona hajm jihatdan uncha katta   bo‘lmasa-da, yuksak
ma’nolarni o‘zida qamrab olgan: “Hurriyatdan oldingi yillar bir tumanbegi Ergash
Jumanbulbul   o‘g‘liga:   -   Siz   el   kezgan,   ko‘pning   nazari   tushgan,   dong   qazongan
oqinsiz.   Siz   nimalarga   yetib,   nimalarga   yeta   olmadingiz?   Sizning   ham   hech
armoningiz   bormi?   –   deya   bergan   savoliga   shoir   shunday   deb   javob   bergan
ekanlar: 
Men bir ulus armonining poyoniga yetolmadim,
15
 Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. T. Янги аср авлоди. 2006. 361-б.
24 Osmon qadar xirmonining poyoniga yetolmadim.
Bundan kelgan ziyonining poyoniga yetolmadim,
Rangi-ro‘yi samonining poyoniga yetolmadim.
Yigitlari qirqqa kirmay qarib bo‘lganga o‘xshaydir,
O‘z tuproq, o‘z oshyonida g‘arib bo‘lganga o‘xshaydir.
Bo‘y qizlari kelin bo‘lmay horib bo‘lganga o‘xshaydir, 
Xazon bo‘lgan gulshanining poyoniga yetolmadim.
              Baxshining   yuqoridagi   so‘zlaridan   shuni   ilg‘ash   mumkinki,   mustaqillik
arafasidagi   mahalliy   xalqning   o‘z   tuprog‘ida   g‘aribona   hayot   kechirayotganligini
guvohi   bo‘lamiz.   O‘z   davlatiga   egalik   qila   olmagan   kishilarning   ahvoli   shunday
bo‘lishini   his   qilib,  ich-ichimizdan   zil   ketamiz.   Ozodlik  buyuk   ne’mat   ekanligiga
imon   keltiramiz.     Aks   holda   bo‘y   qizlarimiz,   ya’ni   tog‘ni   urib   talqon   qiladigan,
To‘maris,   Oybarchinlarimiz   kelin   bo‘lmay   horib   qolaveradi.   Yigitlari   esa   qirqqa
kirib   qirchillama   bo‘lish   o‘rniga   qora   mehnatning   azoblariga   dosh   berolmay
qarimsiq tusga kirib qoladi. 
Toshi bilan tarozusi qay bir egri qo‘llardadir,
Xazinasin qulf-kaliti o‘zga nafsi g‘orlardadir.
Mulk egasi kimlar o‘zi? Bilmam ular qaylardadir?
Xayrsiz xayr-ehsonining poyoniga yetolmadim.
O‘zligin bilmas bu elning tayg‘og‘i ko‘p, ayg‘og‘i ko‘p,
O‘z ichidan o‘t chiqarar sayrog‘i ko‘p, qayrog‘i ko‘p.
Bosh-boshiga qozi-kalon, olaquroq bayrog‘i ko‘p,
Hayronining, vayronining poyoniga yetolmadim.
              Mustamlakachi,   bosqinchilar   qo‘liga   o‘tgan   tuzim   shunday   bo‘ladi.     Mulk
egasi asli kimlar ekanligi hammaga qarong‘uligicha qolaveradi. Xazinaning qulfi-
kaliti   aslida   kimda   bo‘lishi   kerakligi   hammaga   ma’lum.   Lekin   mustamlakachilar
kimga,   qanday   odamga   kalitni   berishni   biladi.   Bu   borada   Said   Ahmadning
25 “Qoplon”   hikoyasidagi   Qurbonboyga   o‘xshaganlar   pichog‘i   moy   ustida   bo‘lishi
tayin.   Shoir   bu   elning   “tayg‘og‘i”   ham,   “ayg‘og‘i”   ham,   “sayrog‘i”   ham,
“qayrog‘i” ham xuddi shular ekanidan kuyinadi.
         Xullas “Ergash Jumanbulbul o‘g‘li el kezadi” turkum baxshiyonalarda asosan
mustamlakachlik   davri,   Sho‘rolar   siyosati   qalamga   olingan,     ba’zan   ma’naviyati
past   darajada   bo‘lgan   xalqlarda   o‘zaro   kelishmaslik,   oshna-og‘aynigarchilik,   bir
birini ko‘rolmaslik kabi millatning kelajagini orqaga tortadigan, og‘riqli nuqtalarga
ham     shoir   Ergash   Jumanbulbul   tilidan   shunday   so‘zlar   aytadi.   Hadislarda   qayd
etilganidek,  “she’rda hikmat” aytadi:
Imtihon avvalambor, ikki jondan boshlanar,
Imonsiz yo imonli – tiniq tandin boshlanar.
Luqmai halol, ya’ni toza qondin boshlanar,
Norasida tavallud topgan ondin boshlanar.
Qizmidir, o‘g‘ilmidir tili chiqqan chog‘danoq,
Es-aqli kirib bilgach: savob ne, nedir gunoh,
Yaratgan kim? Ona  kim? Kim buzruk? Kim qiblagoh?
Endi uning a’moli shu zamondin boshlanar.
Imtihon   bu   o‘zi   nima?   Odamzodning   yorug‘   dunyoga   kelib,   Olloh   oldida   o‘zini
qanday tutishidan tortib, insoniyatning Vatan oldidagi burchini qanday o‘tashining
o‘zi   ham   imtihondir.   Aslida,   tiriklik,   inson   umri   o‘zi   imtihon.   Kimki   imtihondan
yaxshi   o‘tsa,   umrboqiy   saodatga   erishadi.   Kimki,   hayotda   oddiy   insoniylik
burchini ado etolmasa, xonavayron bo‘lishi hech gap emas. Baxshi shoir xuddi shu
imtihon   haqida   gapiradi,   so‘zlaydi.   Hayot   sinovlari,   deydi   shoir.   Avvalo,   er-
xotinning   ittifoqligidan,   munosabatidan   boshlanadi,   deb   e’tirof   etadi.   Haqiqatda
shunday,   er-xotin   bir-biri   bilan   murosa   qila   olmasa,   ulardan   tug‘ilgan   farzandlar
hech  qachon odam  bo‘lmaydi,  -  deb  aytadi. Shoir  baribir   “so‘z  san’atkori’   degan
nomga   sodiq   qoladi.   “Tilga   e’tiborsiz,   elga   e’tiborsiz”     hikmatidan   kelib   chiqib,
26 turkiy(o‘zbek)   tilining   kamsitishlariga   chiday   olmaydi.     Arabiy,   forsiy   tillarni
maqtab   gapiruvchilarga   zarba   beradi.   To‘ralarning   (el   ishongan   mansabdor
shaxslarning) mulla, eshondan pastligiga ishonmaydi. Agar shunday bo‘lsa, deydi
shoir: “Endi tamosha qiling, ish ziyondan boshlanur” deb bong uradi.
                   Ba’zan badiiy adabiyotda ertak-doston degan atamaga ham duch kelamiz.
Nomidan   ham   ko‘rinib   turibdiki,   ertak-doston   o‘zida   ham   ertaklarning,   ham
dostonlarning   xususiyatlarini   mujassam   etadi.     Ertak   dostonlar   asosan   shoirlar
tomonidan   yaratiladi.U   mazmunan   ertakka,   shaklan   esa   dostonga   yaqin   turadi.
Ya’ni   voqealar   xuddi   ertakdagi   kabi   boshlama,     voqealar   rivoji,   tugallanmadan
tashkil   topadi.     Ammo   bu   voqealar   nasriy   usulda   emas,   she’riy   usulda   davom
ettiriladi.
                    Ertak-dostonlar   qanday   ehtiyojdan   kelib   chiqib   yaratiladi?   Shoirlar   har
qanday   ertakni   ham   she’rga   solavermaydilar.   Avvalo,   bu   ertakning   sujeti   juda
qiziqarli,   voqealar   rivoji   tarang   bo‘lishi   kerak.   Shoir   uni   o‘z   iste’dodi,
dunyoqarashidan   kelib   chiqib,   o‘z   davrining   muammolariga   moslashtiradi.
Shuningdek,     ijodkor   ertak   doston   yaratar   ekan,   unga   asos   bo‘lgan   ertak
voqealarini she’riy usulda aynan bayon etib bermaydi. Ertakdagi voqeaga o‘zidan
nimadir qo‘shishi, nimadir o‘zgartirishi, nimanidir tushirib qoldirishi mumkin.
                To‘ra   Sulaymon   ijodini   kuzatar   bo‘lsak,   olti-yettita   doston   yaratgan.
Shulardan   uchtasi       ertak-doston   hisoblanadi.     Bu   dostonlarini   shoir   xalq   afsona,
ertaklari   asosida   yaratganmi   yoki   o‘zi   to‘qiganmi   bu   bizga   qarong‘u.   Bizga   shu
narsa   ma’lumki,   To‘ra   Sulaymon   ham   Hamid   Olimjon   kabi   otasidan   ko‘plab
ertaklar   eshitgan.   Dostonlarning     har   uchalasi   ozodlikning   tutqinlik   ustidan
g‘alabasi,   ezgu   ishlar   qilib   yurgan   insonlarning   murod-maqsadiga   etishi,
haqiqatning jaholat ustidan g‘alabasi bilan ertakona xotima topadi.
         Uning “Yovqochdi” ertak-dostoni xalq dostonlariga o‘xshab nasriy va nazmiy
usullardan   foydalanib   yozilgan.     O‘z   hududini   dushmanga   berib   qo‘yishni
istamagan shoh kengash chaqiradi: “Yov juda kuchli, uni yengishning ilojini topa
olmayapmiz. Nima qilishimiz kerak? Taslim bo‘lamizmi yoki yo hayot, yo mamot
deb jangga kiramizmi, boshim qotib qoldi”, deb kengash qatnashchilariga murojaat
27 qiladi.Shunda   bir   qariya   mamlakatda   Oqilbek   ismli   oqin   borligini   aytib,   bizni
qutqarsa,   faqat   shu   oqin   qutqarishini   bashorat   qiladi.   Oqin   termalarini
jangnomalarda   aytiladigan   qo‘shiqlarga   ulab,   hayqirib   jangga   tashlanadi.   “Qani
azamatlar,   ot-otingga   min   endi,   yovning   og‘zi-   burnidan   tirqirab   qon   kelib,     qon
qusishi tayin endi, deya bir muddat tin olib sozini sozlab,   otameros do ‘ mbirasini
pupak-popugini   pardozlab,   daryoday   mavj   urib   toshib,   ovozi   necha   bog‘,   necha
tog‘lardan oshib olomonni janggohga boshlab ketadi: 
Yov bosdiyo, yov bosdi,
Mamlakatni dov bosdi.
Kuz kelmay, qish kirmay ne
Bog‘larni qirov bosdi.
Keksaman, yoshman demay,
Qiz, egma qoshman demay,
Men podsho, men vazirga
Sal qarindoshman demay.
Ot sursin olg‘a tomon, 
Rangimiz  bo‘lmay samon.
Yov qo‘liga taslim bo‘p,
Tiriklay o‘lgan yomon.
                Oqilbek   oqinning   shunday   na’rasidan   qo‘shinning   ruhi   ko‘tarilib   ketadi.
Katta-yu   kichik,   yosh-u   qari   barcha-barcha   jangga   tashlanadi.   Yov   bunday
shiddatga bardosh bera  olmay taslim bo‘ladi. O‘z yurtiga ravona bo‘ladi.
       To‘ra Sulaymonning “Guljahon” dostonida ham xalq dostonlariga o‘xshash bir
qancha   detallarni   ko‘rish   mumkin.   “Qora   yo‘l”,   “Yilqichi”,   “Qo‘ychibon”,
“Shodmon kal”, “Shahsuvor”, “Qirq darvish”, “Qirq qalandar”, “Qirq qulli boy” va
boshqa so‘z va jumlalar To‘ra Sulaymonni baxshi shoirlar qatoriga qo‘shishimizga
asos   beradi.   Ertak-doston   Guljahonning   –kanizakning   Oynusxaga   –   malikaga
shaxzoda   topishidan   boshlanadi.   Guljahonning   tush   ko‘rishicha   Olatog‘   degan
joyda bir qaddi qomati kelishgan shaxzoda Oynusxani  kutayotgan emish. Olatog‘
28 bu   yerdan   olti   oylik   yo‘l   emish.   Shu   zaylda   boshlangan   ertak   o‘zining   qiziqarli
sujeti   bilan   kitobxonni   o‘ziga   torta   oladi.Asar   qahramonlari   barcha   to‘siqlarni
yengib eson-omon murod-maqsadlariga yetadilar.
        “Bolalar tomonidan yoki bolalar uchun kattalar tomonidan yaratilgan og‘zaki
ijod   namunalari   bolalar   folkloriga   kiradi.   Bolalar   folklorining   doirasi   nihoyatda
keng   bo‘lib,   uning   namunalari   xalq   og‘zaki   ijodining   deyarli   barcha   janrlarida
mavjud.   Bular   alla   qo‘shiqlari,   ertaklar,   tez   aytishlar,   topishmoqlar,   o‘yin
qo‘shiqlari, o‘yinlar, ermaklar va boshqalar”, 16
 -deb yozadi adabiyotshunos.
               Mamarasul Jumaboyev o‘z tadqiqotida yozarkan, jumladan quyidagi fikrlari
biz   tadqiqqa   tortayotgan   she’rlar   xususiyatlari   bilan   ma’no-   mazmun   jihatidan
aloqador   ekanligi   bilan   ham   e’tiborga   molik.   “Xalq   og‘zaki   ijodi   uning   turmush
tajribalari   asosida   yuzaga   kelgan   bo‘lib,   mehnat   jarayoni   bilan   chambarchas
bog‘langan.   Xalq   donishmandlari   shu   mehnat   jarayonining  turli   o‘ziga  xos   shart-
sharoitlariga   muvofiq   ravishda   bolalar   uchun   ham   ajoyib   ertaklar,   qo‘shiqlar
topishmoqlar,   maqollar   yaratganlar.   Xalq   og‘zaki   poetik   ijodidagi   obrazlarning
yorqinligi,   so‘z   ma’nolarining   aniqligi,   matnning   ohangdorligi,   musiqiyligi   kabi
xususiyatlar bola ruhiga orom, huzur bag‘ishlaydi, uni o‘ziga mahliyo etadi”. 17
           XXI asrning bolalari XX asr bolalaridan mutloq farq qiladi. Davr muhitidan
kelib   chiqib,   ular   biroz   erkinroq   o‘syaptilar.   Endi   ularga   Quddus   Muhammadiy,
Zafar  Diyor, Po‘lat  Mo‘min kabi  shoirlarning xalqona  she’rlaridan ko‘ra  Xurshid
Davron,   Usmon   Azim,   Azim   Suyun   kabi   davrimizning     iste’dodli   shoirlarining
xalqona,   folklorizm   bilan   sug‘orilgan   falsafiy   she’riyati   ko‘proq   zarur   deb
o‘ylayman. Bolalarimizning tafakkur darajasi shuni taqoza qilayotir. 
          Birinchi bobning qisqacha xulosasi shundan iboratki, folklordan foydalanish
o‘zbek   yozma   adabiyoti   tarixidan   boshlanganligi   tahlillar   natijasida   oydinlashdi.
Atoiy,   Lutfiy,   Navoiy   kabi   ijodkorlar   folklorizmlardan   unumli   foydalanib,
o‘zlarining   mukammal   asarlarini   yaratdilar.   Ayniqsa,   Navoiy   asarlarida   bu
boradagi   an’analar   yuqori   bosqichga   ko‘tarildi.   Shoirlar   repertuaridagi   folklor
asarlari   qayta   ishlanib,   folklorizmlar   hodisasini   yuzaga   keltirdi.   Folklor
16
 Жумабоев М. Болалар адабиёти. T.Ўқитувчи. 2001. 8-б.
17
 Ўзбек халқ поэтик ижоди... 268-б.
29 namunalaridan   unumli   foydalangan   Usmon   Azim,   To’ra   Sulaymon   kabi   shoirlar
o‘z   uslublari   bilan   bu   sohada   yetakchilik   qildilar.   To’ra   Sulaymon   dostonlarida
folklorizm   hodisasi   boshqa   janrdagi   asarlaridan   ko‘ra   kengroq   qimmatga   ega
ekanligi   qayd   etildi.   U.Azim,   X.Davron,   A.Suyun   kabi   shoirlar   ijodidagi   folklor
an’analari zaminida vatan erki, millat g ‘ ururi, o‘zbeklar manfaati yotadi.
                       II BOB. FOLKLORDAN O‘ZLASHGAN JANRLAR
2.1. Adabiy alla va adabiy yor-yor
                   Insoniyatning yashash zavqi o‘zi ijro etgan qo‘shiqlarda namoyon bo‘ladi.
Mavsum   marosimlar,   urf-odatlarga   bog‘liq   xalq   qo‘shiqlari,   kishilarning
bugunidan   roziligi,   ertasidan   umidvorligi,   orzu-armonlarini   amalga   oshirish
vositasi   o‘laroq   maydonga   keladi.   Mehnat   qo‘shiqlariga   o‘xshab   “alla”   va   “yor-
30 yor” qo‘shiqlari yomon kayfiyatda aytilmaydi. Yorug‘ kelajakka umid va ishonch
ruhi bilan s u g‘orilgan bo‘ladi. 
                 “Bolalarni   u xlatish vaqtida onalar tomonidan kuylangan qo‘shiqlar alla deb
ataladi.   O‘tmish   alla   qo‘shiqlarida   zahmatkash,   mushtipar,   ezilgan   ona   obrazi
gavdalanadi.   Uning   betinim   xatti-harakati   beminnat   mehnati   tufayligina   murg‘ak
go‘dak   ulg‘ayadi,   voyaga   yetadi.   Onaning   mehri   daryo,   deydilar.   Allalarda
onalarga   xos   bag‘rikenglik,   quyoshday   mehribonlik   mayin   dil   qa’ridan   sizib
chiqqan   yoqimli   kuylarda   taraladi.   Ularda   ezgu   orzu-havaslar,   umidbaxsh   yaxshi
niyatlar,  onaning  bola  kelajagi   haqidagi   orzu-o‘ylari   chiroyli   tasviriy bo‘yoqlarda
kuylanadi”, 18
 deb yozadi darslik mualliflari. Xuddi shu asarda yor-yor haqida ham
bir   muncha   nazariy   ma’lumotlar   bor.   “Qiz   uzatar   kechasida   aytiladigan
qo‘shiqlardan   biri   “yor-yor”lardir.   “Yor-yor”   qo‘shiqlari   musiqiyligi,   ma’lum
cho‘ziq ohangda ko‘pchilik bo‘lib kuylanishi, naqoratlari bilan ajralib turadi. Ular
chuqur   psixologizm   va   lirik   kechinmalarga   nihoyatda   boy.   “Yor-yor”   qo‘shiqlari
mazmunini   asosan   qiz   o‘stirgan   ona   bilan   otaning   ta’rifi,   orzulari,   uzatilayotgan
qizning   madhiyasi,   go‘zalligi,   chevarligi,   qizga   turmush   haqida   nasihatlar;   unib
o‘sishi, serfarzand bo‘lishi haqidagi tilaklar tashkil etadi” 19
, deyiladi.
                  Laylo   Sharipova   tadqiqotlarida   esa   “Alla”   janri   haqida   quyidagi   fikrlarni
o‘qiymiz: “Bu janrning nomi qo‘shiqning radifidan kelib chiqqani hammaga ayon.
Yozma   adabiyot   o‘zlashtirgan   barcha   janrlar   singari   alla   ham   shoirlar   e’tiborini
tortdi. Ayolning muqaddas xilqat ekanligini dalillab turuvchi qo‘shiq – alla yozma
she’riyatimiz tomonidan XX asrning ikkinchi yarmida o‘zlashtirildi. Ehtimol, XX
asrning   elliginchi   yillarida   onalar   dala   mehnati   bilan   band   bo‘lib,   alla   aytish
jarayoni   ilgarigidan   susaygani   sababli   shoirlar   alla   aytishga   ehtiyoj   sezgandirlar.
Adabiy allani ilk bor shoirlar yaratishdi, erkaklar ayollarga alla aytishni eslatishgan
bo‘lsa,   ehtimol”. 20
  Adabiyotshunos   folklor   janri   bo‘lmish   “alla”ni   adabiy   allaga
evrilishini,   yozma   adabiyotga   o‘tishini   to‘g‘ri   anglaydi.   Ijodkor   xalqi   doim
e’tibordan   chetda   qolgan,   ammo   bir   vaqtlar   milliy   ma’naviyatga   katta   ta’sir
18
 Ўзбек  халқ оғзаки ижоди... 84-b.
19
  O‘sha asar... 88-b.
20
  Шарипова Л. Ўt китоб... 80-b.
31 ko‘rsatgan   aqidalar,   urf-odatlar   haqida   yozishga   o‘zida   ehtiyoj   sezadi.   Bugungi
kunda “alla” qo‘shig‘ining beshik va boshqa yangidan yaratilgan uskunalar ustida
aytilmasligi, aytilsa ham uning keskin kamayib ketishi ayolning ro‘zg‘or tebratishi
uchun   dala   mehnatiga   jalb   etilganligi   yoki   amaldorlik,   rahbarlik   lavozimlarida
ishlashida   deb   bilaman.   Mening   nazarimda,   izohan   Olloh   ma’nosini   beruvchi
“alla”   kabi   qo‘shiqlarni   izsiz   yo‘qolib   ketmasligi   uchun   ham   shoirlarimiz   yozib
turishibdi, yozaverishlari kerak ham.
         Adabiyotshunos Haydarali Uzoqov shoir Elbek xalq og‘zaki ijodi – folklorga
katta   e’tibor   berganligini   e’tirof   etadi:   “Agar   G‘ozi   Olim   Yunusov   20   yillarning
dastlabki   onlarida   “Alpomish”dek   xalqimizning   ma’naviy   mulkini   “jumalak”u
“alla”larini   ilk   bor   yozib   olib   o‘zbek   folkloristikasiga   asos   solgan   bo‘lsa,   shoir
Elbek o‘zbek tilining rang-barang shevalari  vakillari tilidan son-sanoqsiz qo‘shiq,
doston va ertaklar, topishmoq va aytishuvlarni ilib olib, ularni sayqallab qayta jon
ato   etgan   buyuk   folklorshunos   sifatida   e’zozlanadi.   Uning   qalamiga   mansub
bo‘lgan “Bolalar qo‘shig‘i”, “Armug‘on”, “Ashulalar to‘plami”, “Mehnat kuylari”
kabi   to‘plamlari   ruhiyat   jihatidan   to‘la   xalq   og‘zaki   ijodiyoti   asarlari   bo‘lib,
qo‘shiq va ertak, doston va topishmoqlarni o‘z ichiga olgan” 21
.  
                        Yuqoridagi   fikrlardan  kelib   chiqib  aytish   mumkinki,   Elbek   adabiy  alla
yaratmagan bo‘lsa-da, folklordagi “alla” janridan foydalanib birinchi marta analitik
folklorizmni   yuzaga   keltirgan   XX   asr   shoiridir.   Uning   o‘sha   she’rini   misol
tariqasida keltirib o‘tamiz.
Alla, alla, alla, alla,
Uxla, qo‘zim bolam, alla!
Ikki ko‘zim, bolam alla,
Shirin so‘zim, bolam alla!
–   Kim bu, tun ichra uxlamay, yotmay
Allalab mungli-mungli kuylovchi?
Kim bu, allavaqtda, tong otmay
Bunchalik o‘tli-o‘tli s o ‘ ylovchi. 22
21
  Элбек. Момогулдирак. T. Чўлпон. 1993. 135-b.
22
 Элбек.  Танланган асарлар. T. Шарқ. 1999. 72-b.
32 Shoir folklor namunasi bo‘lmish to‘rt misra “alla”ni namuna keltirib, ostida shunga
monand   she’r   insho   qiladi.   Ya’ni   allaga   munosabat   bildiradi.   Uning   aytilishi,
sababi,   matni   bilan   o‘quvchida   mushfiq   onaizorga   nisbatan   xayrixohlik
uyg‘otmoqchi   bo‘ladi.   Har   qanday   holatda   ham   yozma   adabiyotdagi   birinchi
folklorizm namunasi bo‘lganligi uchun ham ushbu she’r qadrlidir. 
                    “Alla”   so‘zi   haqida   ensiklopedik   lug‘atlarda   quyidagi     ma’lumotlar
keltiriladi: “Ayrim taxminlarga ko‘ra “alla” nomi “Alloh” so‘zidan kelib chiqqan.
Unda   onaning   yaratgandan   chaqaloqni   o‘z   panohida   asrash   iltijosi   nam o yon
bo‘ladi.   Chin   yurakdan   mehr   bilan   aytiladigan   “alla”   da   uning   so‘zlari   onaga
quyilib kelaveradi. Alla go‘dakning borlig‘iga ma’naviy ozuqa sifatida singadi va
u orom olib uxlaydi”. 23
                   Otashnafas shoir Usmon Azim uslub haqida fikr bildirib: “Uslubni ataylab
yaratib   bo‘lmaydi.   Mehnat   va   qunt   tufayligina   haqiqiy   ijodkor   ruhining   shakli
yozganlarida ufura boshlaydi.
          Uslub – iste’dodning ko‘rinishi”. 24
 Shoirning o‘z iborasi bilan obrazli tarzda
aytadigan bo‘lsak, Usmon Azimning ko‘rinishi, ya’ni zuvalasi xalq og‘zaki ijodi –
folklor   bilan   qorilgan.   Uning   har   bir   she’ri   folklor   namunalaridan,   ohanglaridan
yiroq emas. Shoirning “adabiy alla”lari bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Bu beshikning ichiga
Yulduz qo‘nganday bo‘ldi,
El-yurtining ko‘nglida
Qunduz qo‘nganday bo‘ldi – 
Alla.
Beshigining boshiga
Falak kelib egildi,
Enasining tiliga
Yurak kelib egildi.
Alla.
Qirq farishta sog‘inib
23
 Tарбия. Энциклопедия. T. O‘zME.2010. 20-b.
24
 Азим У. Сўнгсўзлар.  T. Ilm-ziyo-zakovat. 2020. 226-b.
33 Xumordayin egildi,
Davomchim – deb bobosi
Chinordayin egildi – 
Alla.
Vatan ham suyib-suyib
“Polvonim”, deb egildi,
Menga tushar toshlarga
Qalqonim, deb egildi – 
Alla. 25
Shoir    e’tiroficha bu allani otasining enasi – Guldona momosining allasi deb Elbek
baxshi aytgich ekan. Mazkur  adabiy alla o‘zining tarixiy ko‘rinishlariga, shakliga
o‘xshamaydi.  Folklor  “alla”larida har  misra oxirida yoki bayt so‘nggida “alla yo-
alla   yo”   so‘zi   radif   bo‘lib   kelaveradi.   Aytuvchi   qo‘shiq   naq a r o ti   kabi   ovozini,
ritmini   “alla”   so‘ziga   beradi.   Ular   qofiyasiz   ham   bo‘lishi   mumkin.   Qofiya
vazifasini alla so‘zining o‘zi bajaradi. Ba’zan mehr bilan aytilgan allalarda ohang,
so‘zlar   b o ‘ g‘ini   aniq   maqsadga   yo‘naltirilgan   ijro   tufayli   bilinmaydi.   Bular   biror
tovushni   cho‘zib,   qisqa   qilib   aytish   orqali   amalga   oshiriladi.   Adabiy   allalarda
kompozitsion   qurilish   boshqacha     tartibga   ega.   Avval   to‘rt   qator   she’r   yozilib,
so‘ngida     “alla”   so‘zi   alohida   beshinchi   misra   o‘rnida   keladi.   To‘rt   qator   she’r
o‘zaro qofiyalanadi. Qofiyalar nihoyatda ohangdor, xalq kuylariga o‘xshab ketadi.
O‘qigan  kitobxon misradan  misraga  o‘tishda  hech  qoqilmaydi.  “Adabiy alla”dagi
xalqona   ohang   shu   tonda   she’r   o‘qishga   undab   turadi.   Bizningcha   adabiy
allalarning  kuchi   ham   shunda.   Baxshilar   tilidan   aytilgan  “alla”lar,   albatta,   el-yurt
farovonligi,   yurtning   pahlavon-botirlari,   xalqqa   o‘rnak   bo‘lgan   onaxon   va
otaxonlar hamda vatan mudofaasi taqdiri haqida so‘zlaydi. Aytilayotgan alla o‘g‘il
farzandga nisbatan aytilayotganligi so‘zlarda aniq- ravshan bilinib turadi. Yurtning
kelajagi tug‘ilganidan, uning sog‘lom o‘sayotganligidan ta’sirlanib, uning boshiga
farishtalar   ham   egiladi.   Elboshi   bobosi   o‘zining   chinordek   haybatli   ulug‘vor
yoshiga qaramasdan nevarasi boshiga davomchim deb egiladi. Bu bilan xalqimizda
25
 Азим У. Tанланган асарлар. Биринчи жилд.Т. G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi. 2016. 366-b.
34 urf     bo‘lgan     ezgu   nafaslilar   qudrati   ularga   ham   yuqtiriladi.   She’r   so‘ngida
yuqorida   ta’kidlaganimiz   vatan   himoyachilari   sifatida   qaralishi   she’rning
kulminatsion   nuqtasidir.   Go‘dakni   vatan   ham   suyib-suyib   erkalaydi.   Chunki   bu
farzand ertaga vatanga otilgan toshlarga qal q on vazifasini o‘tab beradi. 
                        Ikkinchi   “Alla”ning   esa   shakli   o‘zgacharoq   bo‘lib,   xalq   og‘zaki   ijodi
allalariga   biroz   yaqinlashadi.   Unda   qofiyalangan   misralar   masnaviy   shaklida
bo‘lib, ikki qator misrani tashkil etadi. Uchinchi qatordagi misra vazifasini “alla yo
alla”   so‘zi   to‘ldirib   keladi.   Bu   ko‘rinish   aytuvchiga   har   tomonlama   qulaylik
tug‘diradi. Yodlashga   oson,  urg‘u berilayotgan  so‘z tez-tez  takrorlanadi.  “Adabiy
alla”ning Elbek baxshi  tomonidan aytilishida jon bor, chunki  u enasidan  eshitgan
poetik misralarga o‘z dunyoqarashiga mos jumlalar qo‘sha oladi. Zamonaviyligini
ta’minlaydi.   Tug‘ilgan   bolani   yo‘rgakligidan   boshlab,   olam   va   odam   haqidagi
mushohadalar   norasida   ongiga   singdiriladi.     Eshik   tirqishidan   oy   mo‘ralaydi,
o‘zining bir zarrasidan xabar oladi. Shu paytda mening umrim (davomchim, ertam)
beshikda uxlab yotgan bo‘ladi, deydi Elbek baxshi.
Yulduzday so‘nmas bo‘lgin,
Eldayin o‘lmas bo‘lgin
Allayo, alla.
Yig‘lasam yoshimda tur,
Vatanday boshimda tur
Allayo, alla.
Olloh yolg‘iz, yurt – yolg‘iz,
Ona bergan sut yolg‘iz
Allayo, alla.
Turfa-turfadir olam,
Sen ham yolg‘issan bolam.
Allayo, alla.
Mazkur   she’rda   “yolg‘iz”   so‘zi   qayta-qayta   tilga   olingan.   Bizningcha   mard-
pahlavonlar   yolg‘iz   kurashadi.   Birovga   suyanish   kerak   emas.   Olloh   panohidan
yordam   so‘rab,   yolg‘iz   o‘zing   yo‘l   topishing   kerak,   demoqchi   Elbek   baxshi.   Bu
35 jihatlari bilan ham “Adabiy alla”lar xalq qahramonlik dostonlariga yaqin turadi.
                    Muhabbat   To‘xtasheva   samarqandlik   iqtidorli   shoira.   Samarqan   davlat
universitetida tahsil olgan. Men tahsil  olgan maskan uning ham iste ’ dodiga qanot
bo‘lgan.   Quyida   men   magistrlik   dissertatsiyam   bergan   imkoniyatdan   foydalanib
uning  “Alla”   nomli   adabiy   allasini   tahlilga   tortdim.  Shoira  yaratgan   alla   o‘zining
kompozitsion   qurilishi   bilan   folklor   namunalaridan   ham,   Usmon   Azim   “adabiy
alla”laridan   ham   keskin   farq   qiladi.   She’rning   sakkiz   qatori   bir   band   hisoblanib,
qit’alar singari a-b, v-b, d-b tarzida qofiyalangan. Band so‘ngidagi ikki misra she’r
barcha   bandlarda   takrorlanib   keladi.   Kelajak   egasi   bo‘ladigan,   bo‘lajak,   bo‘lajak
yurt   posboniga   onaning   tilaklari   butunlay   noan’anaviy.   Folklor   anglatgan   ma’no-
mohiyatga to‘g‘ri   kelmaydi. Bir qaraganda   anglanilishi mumkin bo‘lgan mazmun
mantiqsiz.   Ijtimoiy   hayot   muammolaridan   chiqarilgan   xulosalar   noodatiy.   Aslida
esa   zamonaviy   she’riyat   talablari   shuni   ko‘rsatyaptiki,   san’at   asaridagi   poetik
xulosa   mantiqsizlik   boshlangan   joydan   boshlanadi.   Ya’ni   oddiy   qilib   aytganda,
“eng   zo‘r   she’r   eng   yolg‘on   she’r”.   She’r   hajman   katta.   Yetti   banddan   iborat.
Shoira  yetti  bandda   o‘zining  hayot,  tiriklik  haqidagi   falsafiy  mushohadalarini   o‘z
farzandi   bilan  suhbat   monologida   to‘kib   solgan.   Birinchi   bandda   onaizorning  o‘z
farzandiga   mehri   tovlanib,   u   bilan   alla   aytish   bahonasida   yer-u   osmon   haqida,
yaxshi-yu yomonlar haqida suhbatlashmoqchi bo‘ladi.
Vujudimda mehr yo‘li – 
Yo‘lakchalar ochildi.
Tong – doyaning etagida
Yo‘rgakchalar ochildi.
Alla bolam, alla-yo.
Kel mehrimdan tot, bolam
Men seni uxlatayin
Sen meni uyg‘ot bolam.
Aslini olganda Muhabbat To‘xtashevaning “Alla” she’ridagi allalanayotgan go‘dak
aldanmayotir.   Uni   shunchaki   shirin   so‘zlar   bilan   uxlatishga   harakat   qilinmayapti.
Shoira   nazarida   farzand   obraz.   Uning   olam   va   odam   haqidagi     mushohadalarini
36 uyg‘otuvchi   vosita.   Bekorga     “ Men   seni   uxlatayin/   Sen   meni   uyg‘ot   bolam ”
deyilmayapti.   Turli   hikoyatlar,   rivoyatlar   aytib   insoniy   xislatlarni   qulog‘ingga
quyaman.   Sen   bundan   orom   olgin-u,   ezgu   niyatlaring   barq   urib,   meni   va   menga
o‘xshaganlarni   yaxshiliklar   sari   chorlagin,   degan   hayotiy   umumlashma   fikrlar
mujassamlashgan shoira satrlarida.
Dunyo qo‘yni-qo‘nji to‘la,
Rivoyat, matal bola.
Sen yotasan qo‘limda
Allaga mahtal bola.
Al l a bolam alla-yo
Quloq solib yot, bolam.
Men seni uxlatayin
Sen meni uyg‘ot bolam.
Xudo mehriboning bo‘lsin,
Farishtalar saqlasin.
Hayot ota bo‘lib sevib
Ona bo‘lib alqasin.
Alla bolam, all-yo,
Qo‘y solmagin dor bolam
Men seni uxlatayin
Sen meni uyg‘ot bolam. 26
Ilk yozma adabiyotdagi “alla”lar haqida yozganimizda keyingi yillardagi ommaviy
mehnatga jalb qilinish onalar allasiga ham putur etgan degan xulosani bergan edik.
Haqiqatan ham, bugungi yozma adabiy allalar bir paytlardagidek jonli repurtuarini
yo‘qotib   qo‘ygach,   mazkur   ko‘rinishdagi   adabiy   allalar     yozilishiga   sabab
bo‘lmoqda, deb xulosa qilish mumkin.
                    “Yor-yor”   xalq   qo‘shiqlari   sifatida   marosim   qo‘shiqlari   tarkibiga   kiradi.
Yor-yor   qo‘shiqlarini   birinchi   marta   mutafakkir   shoir   bobomiz   Alisher   Navoiy
26
 Ёшлар китоби. Tўплам.  T.Шарқ. 2008. 40-б.
37 o‘zining   “Mezon   ul-avzon”   asarida   keltirib   o‘tgan:   “Yana   “chinga”durkim,   turk
ulusi  zifof  va qiz ko‘chirur    to‘ylarda ani ayturlar, ul  surudedur bag‘oyat muassir
va   ikki   nav’dur.   Bir   nav’i   hech   vazn   bila   rost   kelmas   va   bir   nav’ida   bir   bayt
aytidurkim, munsarihi matviyi mavquf  bahridur va “yor-yor” lafzini radif o‘rnig‘a
mazkur qilurlar, andog‘kim, bayt:
Qaysi chamandin esib keldi sabo, yor-yor – 
Kim damidin tushti o‘t jonim aro yor-yor. 27
Ko‘rinadiki,   ilmu   aruzda   vazni   sabab   tilga   olingan   “Chinga”   janri   bugun   radifi
asosida nomlanmoqda.
               Navoiyshunos A.Hayitmetov Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonidan
o‘zbek xalqi laparlari ta’sirida yozilgan misralarni misol keltiradi:
Mug‘anniy, tuzib changa vaznida chang,
Navo chekki, hay-hay o‘lang, jon o‘lang.
Desang senki: jon qardoshim yor-yor,
Men aytayki: munglig‘ boshim yor-yor…
Ayolg‘ung necha yor-yor o‘lg‘usi,
Mening yig‘larim zor-zor o‘lg‘usi. 28
                M.Alaviya o‘zining “O‘zbek folklorida o‘lan janri” maqolasida  esa  “yor-
yor”ni o‘lan deb ataydi. Shunday deb atalishiga bir asosni keltirib o‘tadi: “Dialog
shaklida   erlar   bir   tomon,   qizlar   bir   tomon,   ya’ni   kuyov   tomon   yigitlar   (kuyov
navkarlar)   qiz   tomonning   ayollari   bilan   aytganda,   “yor-yor”   radifi   qo‘shilsa   ham
“yor-yor” aytdik demay “o‘lan aytdik” deyishadi. Shuning uchun biz ham bunday
namunalarni   o‘lan   deb   berdik”. 29
  Olimaning   fikriga   qo‘shilgan   holda   aytish
mumkinki,   bunday   nomlanish   Respublikamizning   turli   viloyatlariga   qarab
farqlansa kerak, deb o‘ylayman. 
            “Adabiy yor-yor”larning ilk ko‘rinishlari mumtoz adabiyotga borib taqaladi.
Birinchi   adabiy   yor-yorlar   Shayboniyxon   sulolasining   yirik   vakili   Qul   Ubaydiy
qalamiga mansub. U uch tilda ijod qilgan istedodli qalam sohibi bo‘lgan.
27
 Навоий. Мезон ул авзон. TAT. 10-жилд. T. Ғ.Ғулом номидаги  нашриёт матбаа-ижодий уйи.. 2011. 582-b.
28
  Ҳайитметов А. Алишер Навоийнинг адабий-танқидий қарашлари. Т. Фан. 1959. 64-б.
29
 Ўзбек фольклоршунослиги. Анталогия. 67-b.
38 Qayinini, yanganing qadrini bil yor-yor,
Bilib ani qadrini, shukrini qil yor-yor.
Nuqtasiga bu so‘zning yetmak kerak, yor-yor
Izzatini yaxshiroq etmak kerak yor-yor.
                      “Yor-yor”lar   XX   asrning   ikkinchi   yarmidan   yozma   adabiyotda   keng
tarqaldi.   O‘lan   aytish,   ya’ni   to‘y   marosimlarida   “yor-yor”lar   aytishda   aynan   yor-
yor   radifi   takrorini   keltirmay   ham   aytish   mumkin.   Yoki   xohlagan   bir   xalq
kuylariga   tushadigan   to‘ybob   she’rlar   so‘ngida   “yor-yor”   so‘zini   qo‘yib   ashula
qilingan holatlar ham yo‘q emas.
            Bundan olti ming yetti yuz o‘t sakkiz yil avval, Farg‘onaga kelganimizda, -
deb   eslaydi   Elbek   baxshi.     Mingqarchig‘ay   shoir   bir   farg‘onachi   qizni   yaxshi
ko‘rib   qoldi.   Qaytishda   Boysun-Qo‘ng‘irotga   yetguncha,   o‘ttiz   uch   kecha-yu
kunduz shu qizning ishqida dunyoni yig‘latib, tinmay qo‘shiq aytib bordi. Mana bu
qo‘shiqdan   esimda   qolganlari...,   deb   Elbek   baxshi   yigit   iztiroblarini   “yor-yor”
ko‘rinishda tasvirlaydi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, mohiyatan ham  “Yor-yor”lar
xursandchilik onlarida aytiladigan qo‘shiqlar hisoblanadi. Unda iloji boricha inson
g‘am   anduhlarni   unutgan   holda   xushchaqchaqlik,   xursandchilik   kechinmalarini
optimistik   ruhda   namoyon   etishi   kerak.   Usmon   Azim   she’rlaridagi   adabiy   yor-
yorlar keyingi davr mahsuli bo‘lib, bular ham ayrim o‘zgarishlarga uchragan.
Qorong‘u kechalarda
Topgan kunduzim yor-yor.
Sog‘inganda ko‘zimdan
Uchgan yulduzim yor-yor.
Qismatning ko‘chasidan, 
Seni izladim yor-yor.
Qachon ko‘ngildan botdi
Atir izlaring yor-yor.
Oting aytsam falakdan
Sado qaytadi yor-yor.
Sen kelsang bu olamga
39 H umo qaytadi yor-yor. 30
 
                 Quyida Muhammad Yusuf  qalamiga mansub “Yor-yor” she’ri  adabiy alla
ko‘rinishida   bo‘lsa-da,   analitik   folklorizmga   misol   bo‘la   oladi.   O‘zbek   xalqining
bulbulzabon     shoiri,   xalqona   qo‘shiqlar   ijodkori   Muhammad   Yusufning   quyidagi
she’rini shu faslda berishni ma’qul ko‘rdik.
Osmon olis, osmon jim,
Marhamatda qor yog‘ar.
Seni qanday sevardim
Ko‘rolmadi qarg‘alar.
Hay-hay o‘lan jon o‘lan, 
Jonim qaqshar yor-yor.
Qayda bo‘lsang sen bilan 
Sevgim  yashar yor-yor.
She’r   shu   zaylda   davom   etadi.   U   olti   banddan   iborat   ikkinchi   banddagi   folklor
namunasi   har   bitta   she’r   to‘rtligidan   keyin   takrorlanib   keladi.   Bu   holat   naqorat
vazifasini  o‘tab, she’rga xalqona ruh bag‘ishlab turibdi. Shoir tomonidan yozilgan
jumlalar   ham   takrorlardan     hosil   bo‘lgan.   “Osmon   olis,   osmon   jim”   misrasi   har
uchala   bandda   takrorlanadi.   Men   seni   sevganim,   Marhamatda   qor   yog‘ayotgan
paytda edi. Men  uni  baralla  aytardim. Qarg‘alar  (ichi  qora odamlar)  ko‘rolmasdi.
Uning sevgisini  aslida, bulbullar sayrashi   o voza qilishlari kerak edi, qarg‘alar esa
ko‘rolmadilar. Ajoyib o‘xshatish. 
       “Yor-yor” qo‘shiqlari o‘zbek xalqining qon-qoniga shunday singib ketganki, u
nikoh   to‘ylarining   ramziy   qo‘shig‘iga   aylanib   ketgan.   Xayriddin   Sultonovning
“Adash   karvon”   qissasida   jo‘rasi   tomonidan   otib   o‘ldirilgan   Nasimjon   chimildiq
ko‘rmay bu dunyoni tark etgani uchun uning tobutini ko‘targan o‘rtoqlari yor-yor
aytishadi.   Bu   holat   bir   oz   erish   tuyulsa-da,   ammo   yor-yor   qo‘shiqlarining   qadr-
qimmatini belgilashi bilan ham ahamiyatlidir.
        “– Mening bolam dunyoga kelib chodirlarga kuyov bo‘lmadi, sarupolar kiyib
“yor-yor”   eshitmadi...   aytinglar   bolalarim,   bolam   sho‘rlikning   loaqal   arvohi
30
 Азим У. O‘sha asar. 364-b.
40 eshitsin,   aytinglar...Yigitlarning   dadil   va   eslirog‘i   bir   yutinib   oldi-da,   ko‘zini
yerdan   uzmay,   do‘rillagan   ovoz   bilan   boshladi.   “Toyda   toychoq   kishnaydi-ey,   ot
bo‘ldim deb... yor-yor-ey, ot bo‘ldim deb...” 31
 
          Adabiy alla va yor-yorlar o‘zbek yozma adabiyotida o‘zining tarixiy shaklini
o‘zgartirib   qo‘llanmoqda.   Adabiy   allalarning   shoirlar   ijodida   faol   tus   olib   ketishi
onalarimizning,   xotin-qizlarimizning   keng   mehnatga,   rahbarlik   lavozimlariga   jalb
etilganigi   sababi   aytildi.   Usmon   Azim   allalari   “Baxshiyona”   turkum   she’rlari
orqali   Elbek   baxshi   tilidan   aytiladi.   Muhammad   Yusuf   yor-yorlarida   xalqona
ohang yetakchilik qiladi. 
        
2.2. She’riy latifa
                    Latifa   o‘zbek   xalqining   tabiatiga   juda   mos   tushadigan,   uning   maromini
belgilab beradigan xalq og‘zaki janrlaridan biri. O‘zbekning biror to‘yi, marakasi,
marosimi   o‘yin-kulgusiz   o‘tmaydi.     Ana   shu   xushchaqchaqlikning,   a’lo
kayfiyatning   boshida   latifago‘ylik   turadi.   So‘zga   chechan,   so‘zamol,   gapdon
odamlar har bir voqea-hodisadan, xatti-harakatdan, gap-gashtakdan latifalar yasab
tashlayveradilar.   Menimcha ,   folklorizmlar   xuddi   ana   shu   janrda   o‘zining   asl
tabiatini   ko‘rsata   oladi.   Afsuski   bu   aytganlarimiz   og‘zaki   tarzda   nasriy,   sochma
ko‘rinishda   bo‘ladi.   Yozma   shaklda,     she’riy   ifodadagi   folklorizm   ko‘rinishlari
ommaviy tus olib ketmagan. She’riyatda Anvar Obidjon, Orif To‘xtash,Tursunboy
Adashboyev kabi shoirlarning bolalar uchun hazil tarzda yozilgan she’rlarida nozik
qochirim, xotimadagi portlash latifa janri xususiyatlariga to‘g‘ri keladi. Lekin ular
folklorizmlar   emas.   Haqiqiy   ma’nodagi   folklorizmlar   esa   Erkin   Vohidovning
“Donishqishloq latifalari” nomli turkum latifalarida to‘liq namoyon bo‘ladi.
                    Latifa   (ar.   nozik,   yoqimli,   zarif)   xalqning   o‘tkir   mushohadasi   asosida
qurilgan yoqimli va nozik kulguli eng kichik nodir “hikoya”sidir. Unda eng qisqa
shakldagi   qiziq   voqeaning   bir   epizodi   nasriy   yo‘lda   kulgili   qilib   aytiladi,   epizod
qiziqarli umumlashmaga, muhim fikrga, yorqin ifodaga boy bo‘ladi. Bu xususiyati
31
 Султонов Х. Кўнгил озодадир. T. Yangi asr avlodi. 2019. 159-b.
41 topqirlik va mahorat bilan yaratilgan bo‘lsa, kishi xotirasida uzoq saqlanadi. Ayni
paytda, ular og‘izdan og‘izga tez o‘tib, yanada sayqallashadi.
                   Latifaning eng muhim xususiyatlaridan yana biri undagi konfliktning ikki
(ijobiy   va   salbiy)   qutbligidir,   uning   yorqin,   bo‘rtib   ko‘rinishidir,   “boshqacha
bo‘lishi   mumkin”,   degan   tushunchaga   o‘rin   qoldirmasligidir”. 32
  Adabiyotshunos
H.Umurov   latifaga   o‘zga   mos   ta’rif   beradi.   Uning   nazariy   jihatlarini   to‘g‘ri
anglaydi. 
           Tadqiqotchi A.Toshpo‘latov she’riy latifalarni she’riy novellalar deb ataydi.
Nazarimizda,   she’riy   hikoyalardagi   novellaga   xos   kutilmagan   yechim,   o‘tkir
konflikt, fikr so‘ngidagi portlash kabi xususiyatlar novella va latifaning asosiy janr
ko‘rsatgichlari   ekanligidan   shunday   xulosaga   kelinadi.   Erkin   Vohidovning
“Donishqishloq latifalari” turkum she’riy novellalari xalq og‘zaki ijodi namunalari
bo‘lmish   latifalar   asosida   yaratilgan.   She’riy   asarlarga   xos   qofiya,   ritm   –   shu
asosdagi   ohangdorlik   oddiy   tuyulgan   latifalarga   jon   bag‘ishlaydi.   Zamonaviy
mazmun   bilan   boyitiladi.   Ta’sir   doirasi   kuchaytiriladi.   Ularda   muayyan   bir   kishi
tabiatida uchraydigan qusurlardan tortib, jamiyatga xos illatlargacha kuyunchaklik
bilan   qalamga   olinadi.   O‘zi   mansub   jamiyat,   o‘zi   farzand   bo‘lgan   millat,   o‘zi
zamondoshi   bo‘lgan   kishilarga   xos   kamchilik   va   qusurlarni,   goh   hazil,   goh   hajv
yo‘sinida   tasvirlagani   uchun   shoir   ularga   o‘zini   ham   daxldor   deb   biladi” 33
,   deb
yozadi.   Adabiyotshunos   Laylo   Sharipova   esa   “She’riyat   va   folklor”
monografiyasida   “XX   asrning   70   yillarida   E.Vohidov   she’riy   latifalar   yaratdi.
Shoir xalqona hajvni yozma she’riyatga ko‘chirib, bu borada o‘ziga xos yo‘l tutdi.
Bu   she’riy   latifalardagi   satira   va   yumor   o‘zbekka   xos   askiya,   xalqona
qochirimlardan   o‘sib   chiqqan.   Ularda   xalq   latifalaridan   farqli   o‘laroq,   bosh
qahramon Matmusa. Shoir “Matmusaning qishlog‘i”, “Matmusaning charxpalagi”,
“Matmusaning   uylanishi”,   “Qiziquvchan   Matmusa”,   “Matmusa   rassom”   kabi
she’riy   latifalarini     “Donishqishloq   latifalari”   umumiy   nomi   ostida   birlashtirdi.
Latifalar o‘n yettita bo‘lib, shoir ularni 1976-1991- yillar davomida yaratgan”. 34
 
32
 Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2004.  221-b.
33
  Toshpo‘latov A. Novella janri. Samarqand. SamDU  nashri. 2014. 77-b.
34
  Шарипова Л. Шеърият ва фольклор.... 123-b.
42             Ko‘rinadiki, har ikkala tadqiqotchi ham she’riy latifalar deyilganda, aynan
Erkin Vohidovga yuzlanadi. Uning bir qator turkum latifalaridan misollar keltirib,
tahlil qiladilar. Biz ham an’anaga sodiq qolgan holda Erkin Vohidovning tahlilga
tort il magan latifalarini tahlilga tortamiz.
                     Erkin  Vohidov latifalari  maxsus   turkum   bo‘lgani   uchun u  latifalar   bosh
qahramoniga  ism  beradi   –  Matmusa.  Bunday   holat   adabiyot   uchun  begona  emas.
Folklordagi latifalar ham Nasriddin nomi bilan sharaflangan. Har qanday ijtimoiy
kulgili biror voqea-hodisaga Nasriddin bosh qahramon vazifasini o‘tab beradi. Shu
boi s   latifaning   bu   ko‘rinishlarini   xalqimizda   latifa   o‘rnida   “afandi”   so‘zi   ham
ishlatiladi.   “Donishqishloq   latifalari”   bir   qaraganda,   xuddi   sarguzasht   asarlardagi
kabi   kichik-kichik   hikoyalardan   tashkil   topgan   yaxlit   bir   asarga   o‘xshaydi.   Balki
shuning   uchundir,   she’riy   latifalar   Matmusaning   qishlog‘i,   odamlari   tasviridan
boshlanadi.   Bu   bilan   shoir   kitobxonlarni   hajv   va   mutoyibaga   qiziqishlarini
oshiradi.   Shunga   tayyorlaydi.   Ularning   joy   nomlarini   aytish   orqali,   unchalik
begona emasligi, o‘zimizdan ekanligi, Aldarko‘sa va kalko‘sa  bilan bir qishloqda
yashashligini   aytadi.   Aldarko‘sa   qazoq   xalqlarida   Nasriddinga   o‘xshash   obraz
sanaladi.   Chunonchi   shoir   bu   bilan   latifalarni   o‘zim   to‘qimadim.   O‘z   xalqimiz
repertuaridan yig‘ib sizga taqdim etyapman degan fikrni tasdiqlaydi.
              Folklorda   latifalar   qahramonlari   donishmand   yoki   go‘l,   sodda   yoki   puxta
bo‘ladi. Erkin Vohidov latifalarida barcha e’tibor soddalikka, go‘llikka qaratiladi. 
                Shoirning   “Matmusaning   lagani”   she’riy   latifasi   ko‘proq   oqibatni
o‘ylaydigan,   biror   ishni   boshlamasdan   oldin   uni   foyda-ziyonini   o‘ylab   bosh
qotiradigan,   shuning   uchun   hech   bir   ishni   boshlay   olmaydigan   ehtiyotkor
odamning   xatti-harakatlaridan   so‘zlaydi.   Xayrli   yumush   boshlashda   qo‘rqmasdan
Ollohga tavakkal qilish ham yomon emasligini uqtirmoqchi bo‘ladi shoir.
Mashoyixlar gapi bor
Ish ko‘zini bil, degan.
Har yumushda ertaning
Hisobini qil, degan.
Nima qilsam ekan deb, 
43 Bir dam o‘yga toldi u.
So‘ng laganni sindirib,
Chigalatib oldi u. 35
          “Matmusaning uylanishi” she’riy latifasi 40-50 yillar oldin yozilgan bo‘lsa-
da,   ayni   bugungi   vaqt   hangomalaridan   so‘zlaydi.   Telefon,   ijtimoiy   tarmoqlar   avj
olib ketgach, yigitlarimiz boshqa shaharlardan, viloyatlardan tanimagan, bilmagan
qizlar   bilan   tanishib-uylanib,   aldanib   qolayotganlari   ham   yo‘q   emas.   Yaxshi   qiz
mahalladan,   qo‘shnilardan   ortmaydi,   degan   iboralar   hali   ham   kuchini   yo‘qotgani
yo‘q. Shunday ekan yigitlar bir ishni boshlamasdan oqibatini   o‘ylashsalar yomon
bo‘lmasdi,   deb   o‘ylayman.   Albatta ,   ularga   shu   latifani   o‘qishni   tavsiya   etgan
bo‘lardim.
Safar qildi Matmusa
Olisdagi shaharga.
Ul shaharda yo‘liqdi
Bir hur pari-paykarga.
Bo‘ydoq edi Matmusa,
Uzoq turmay  o ‘ ylanib,
Qishlog‘iga qaytdi u
Ul sanamga uylanib.
Hay’atlarda kekkayib
Yayrab yurar Matmusa.
Biz undoq, biz mundoq deb
Sayrab yurar Matmusa.
                     “Matmusa rassom” she’riy latifasida shoir izmlarga qarshiligini bildirgan
deb o‘yladim. Modernizm atamasi ostida yoziladigan she’rlar xalqona ohanglardan
xoli,  tushunarsiz.   Kitobxonlar   orasida   norozilikka  sabab   bo‘layotgan   noan’anaviy
tasvir   ifodalari   ustidan   shoirning   noroziligi,   oqimlarga   salbiy   munosabati   deb
tushunish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Ayniqsa, deng ayollar,
35
 Воҳидв Э. Ўзбегим T. O‘zME. 2006. 240-b. barcha she’rlar shu kitobdan olindi.
44 Qarab-qarab oldi u.
Boqib ba’zi suratga,
Surat bo‘lib qoldi u.
Biri-biridan qiziq,
Bir-biridan zo‘r, ammo
Abstrakt san’atga
Tushunmadi mutlaqo.
“Donishqishloq   latifalari”   turkum   she’rlari   tarkibiga   kirmagan   shoirning   yana   bir
shu   yo‘nalishdagi   she’riy   latifasi   borki,   ijtimoiylik   zalvori,   badiiy-g‘oyaviy
qimmati   bilan   turkum   latifalardan   alohida   ajralib   turadi.   Bu   she’r   bir   o‘rinda
“Yangi zamon shum bolasi”, bir o‘rinda shunchaki, “Shum bola” deb nomlangan.
Bu   ham   folklorga   begona   emas.   U   “qirq   yolg‘ondan   bir   yolg‘on”   ertagi   sujeti
asosiga q u rilgan. Yangi zamon shum bolasi yangi zamon boyining oldiga keladi.
Fazilatim ko‘pdir, yana
Aybimni ham aytgan m an.
Lekin endi yangi zamon
Men yolg‘ondan qaytganman.
Chunki endi yolg‘onni hech
Aybgina deb bo‘lmaydi.
Aldaganni balo urmas
Aldangan ham o‘lmaydi.
G‘afur   G‘ulom   “shum   bola”si   ba’zan   yolg‘on   gapirib   qo‘yishini   illat   hisoblasa,
Erkin Vohidov “shum bola”si rost gapirib qo‘yishidan xavotirda. To‘g‘ri so‘zdan,
haqiqatning oshkor bo‘lib qolishidan qo‘rqqan tovlamachi boy uni quvib soladi.
Boy otaning jahli chiqdi,
Dedi, ko‘nglim zormidi?
Yolg‘oningga chidab edim,
Rost gaping ham bormidi?
Yo‘qol, seni ishga olsam
Xonavayron bo‘laman.
45 Yolg‘oningdan omon qoldim,
Rost gapingdan o‘laman.
Erkin   Vohidov   folklorizmlaridagi   satirik,   komik   fojiaviy   usulda   yozilgan   mazkur
she’riy   latifa   bugun   ham     uchrab   turadigan   ba’zi   ijtimoiy   illatlarni   ayovsiz   fosh
etishi   bilan   ham   e’tiborli.   Rost,   haqiqatning   qudrati   bilan   ming   yillik   sirlar
ochilishi,   yolg‘ondan   iborat   “binolar”   qulab   tushishi   ayni   haqiqatdir.   Shuning
uchun ham bu she’rning darajasi juda yuqori turadi.
                   Xullas, Erkin Vohidovning “Donishqishloq latifalari” turkumi folklorizm
namunalari   hisoblanib,   kitobxon   diqqatini   o‘zining   xalqona   ohanglari,
qo‘shiqlariga eshligi  bilan o‘ziga torta oladi. Odamlar  Matmusaning soddaligidan
kulish   bilan,   o‘zida   shunday   illatlar   bo‘lsa,   yo‘qotishga,   aqlli   va   idrokli   inson
bo‘lishga   harakat   qilishadi.   Ruhiyati   ko‘tarilib   qalbi   tozaradi.   She’riyatning,
qolaversa, badiiy kashfiyotlarni ijtimoiy ahamiyati ham shunda.
         “Adabiy alla” va “Adabiy yor-yorlar” Usmon Azim va Muhammad Yusuflar
she’riyatida   folklordan   o‘zlashgan   janr,   ya’ni   folklorizmlar   sifatida   namayon
bo‘ladi.
       
2.3. Hikoyat va rivoyatlar talqini
                    Yozma   adabiyotda,   jumladan,   she’riy   asarlarda   hikoyatlar,   afsonalar,
rivoyatlarga   tez-tez   murojaat   qilinib   turiladi.   Epik   asarlarda   folklor   motivlaridan
foydalanishda  biror qahramon xarakterini  yorqinroq ochish ko‘zda tutilsa, she’riy
asarlarda g‘oyaviy niyatning bir vositasi sifatida  foydalaniladi.
        Adabiyotshunos Shaxnoza Nazarxonova “Erkin Vohidov dostonlarida folklor
ohanglari” maqolasida shunday yozadi: “Orzu chashmasi” dostoniga  “Qora dengiz
ertagi” deya yana bir nom beradi. Doston an’anaviy dostonlardagi kabi roviy nutqi
bilan   boshlanadi.   Butun   uslubiy   yechim   ertak,   afsona,   xalq   qo‘shiqlari   syujeti,
46 motivlari, obrazlari, ohanglari asosida ishlab chiqiladi, folklor qaytadan jonlanadi.
“Nido” dostonida folklor ikkilamchi manba bo‘lsa, bu dostonda u birlamchi manba
va   birlamchi   g‘oya   holatidadir.   Endi   roviyning   o‘zi   tinglovchiga,   shoir   esa
dengizga aylanadi.
Tebranadi 
Ohista to‘lqin,
Moviy dengiz tilga kiradi.
So‘ylab g‘amli o‘tmish ertagin,
Qoyalarga boshin uradi.
        Voqealar mifologik makonda – suv bo‘yida bo‘lib o‘tadi. Tog‘dagi muqaddas
buloq, uning tilga kirishi, hikoyat so‘zlashi, kelajakka ishoralar berishi, oshiqlarga
maktub   eltishi,   suv   boshidagi   pari   qiz,   uning   ishqi,   soz   tutgan   oqin   yigit,
qo‘shiqning muhabbat uyg‘otishi, tush, visol, qizni olib qochish, to‘y kechasidagi
ayriliq,   qizni   asir   saqlash,   go‘dakning   yov  yurtida  tug‘ilishi,   qizning  suv   parisiga
evrilishi, yot makondan qaytish – barchasi folklor syujetlari motivlariga mos tarzda
talqin etiladi”. 36
   Xullas, Erkin Vohidov dostonlarini folklor syujetlarisiz, ularning
ta’sirisiz tasavvur qilib bo‘lmasligi mazkur fikrlardan ham anglashilmaqda.
             Ijodkorning “Ruhlar isyoni” dostonida “Abadiyat haqida rivoyat” bor. Unda
aytilishicha,   bir   zamonlar   falokatga   uchragan   karvondan   bir   yolg‘iz   kishi   omon
qoladi.   Yo‘l   yurib,   yo‘l   yursa   ham   mo‘l   yurib,   bir   buloqning   qarshisidan   chiqib
qoladi. Shunday chanqog‘ini qondiray deb turganda, buloq tilga kiradi. Bu suv obi
hayot   ekanligi,   kimki   undan   iste’mol   qilsa   abadiy   hayot   kechirishi   mumkinligini
aytadi.   Bu   gaplarni   eshitgan   yo‘lovchi   sabr   qilib,   ehtiyotdan     ko‘zasini   suvga
to‘ldirib   yo‘lida   davom   etadi.   Bir   payt   ro‘parasidan   qum   va   tuproqqa   belanib,
o‘lolmay yotgan bir keksa abgor kishini ko‘radi. U buloqdan suv ichib shu ahvolga
tushganligini,   ming   yoshga   kirganligini   aytadi.   Yo‘lovchi   olloh   sabr   berganiga
shukrona   aytib   o‘tib   ketadi.   Rivoyat   voqeasi   bor   yo‘g‘i   shu.   Shoir   bu   o‘rinda
insonlarning   o‘rtacha   umr   ko‘rishlarini,   birovlarning   qo‘liga   qaram   bo‘lib
qolmasliklarin,  eng   asosiysi   sabrli   bo‘lishlikni,   har   qancha   aziz   bo‘lmasin   tilagan
36
  Эркин Воҳидов  Ҳаёти ва ижоди замондошлари хотирасида. T.Ўзбекистон. 2018. 272-b.
47 narsang  me’yorda   bo‘lishligini  doston   voqealari   orqali  lirik  qahramon  xarakterini
chuqurroq ochishda foydalangan.
Ol, ich,
Yasha davron surib
Abadiy bu dahr aro,
Ammo meni ichmay turib
Fikr qilgin avvalo.
Hayotga-ku 
            to‘ymas ko‘zing,
Yashaysanmi umrbod?
Mangu hayot uchun o‘zing
Yaraysanmi odamzod?. 37
          Abdulla Oripovning “Qasam dara” she’ri bir afsona asosiga qurilgan. Ovchi
bir   ohu   orqasidan   quvib   bir   jarlikka,   daraga   tushib   ketadi.   Nafsi   orqasidan
tumshug‘idan   ilingan   baliq   kabi   bir   cho‘pga,   daraxat   ildiziga   ilinib   qoladi.
Yuqoriga   chiqishga   kuch-quvvat   kerak,   pastga   tushib   ketsa,   “shaksiz   falokat   –
o‘lim.”   Ovchi   va   uning   atrofidagilari   qanday   yo‘l   tutishsa,   uni   qutqarib   qoladi.
Yana o‘sha donishmand ota-bobolarimiz ruhi yordamga keladi. Folklorda bunday
paytlar   er   yigitning  g‘ururi   qo‘zg‘atiladi.  Oila   sha’ni,   obro‘si   har   narsadan   ustun.
Ne-ne   azamat   botirlar,   yor   ishqida   halok   bo‘lib   ketishgan.   O‘z   yori   sabab
dushmanlari   bilan   hayot-mamot   jangiga   otlangan.   Yor   sha’ni   Vatan,   ona   sha’ni
kabi   muqaddas   sanalgan.   Shoir   she’riyatida   ham   xuddi   shu   udumlar   o‘zining
poetik   xulosasiga   ega.   “ Alvonlarni   yoyib   ufqqa\   Chiqqunicha   zarkokil   quyosh,\
Sho‘rlik ovchi  intilar ko‘kka,\ So‘ng ilojsiz to‘kar yum-yum yosh. Botirini  axtarib
shu zum\ Kelar yori, ovuldoshlari.\ - Ayting, ota, ne qilmoq lozim,!.. \ Keksa cholga
yuzlanar bari. Bolalarim, ov mehri uni,\ tushiribdi daraga oson.\Xotin mehri, yor
mehri, ko‘ring, \ Olib chiqar jardan begumon.”
Go‘yo cho‘kar daraning zirhi, 
Go‘yo toshlar ketar oradan:
37
 Воҳидов Э. Сайланма.Иккинчи жилди. T. Шарқ. 2001. 175-b.
48 –Hayt, - deydi-yu, (o, sen yor mehri)
Ovchi chiqib ketar daradan.
                Azim   Suyun   o‘zining   “Teshiktosh   afsonasi   va   yo   andisha   xususida   bir
haqiqat”   she’rida   Teshiktosh   haqidagi   afsonadan   g‘oyaviy   asos   yarata   olgan.
Afsona   mazmuniga   singdirilgan   xalqona   udumlardan   poetik   xulosa   chiqarilgan.
Shoir nazarida olchoq, uddaburon kimsalar gunoh va savobdan ham qo ‘ rqmasligi,
ular   uchun   urf-odatlar,   an’analar   odamlar   o‘ylab   topgan   cho‘pchaklar   ekanligini
aytmoqchi   bo‘ladi.   Aslida,   shoir   nazarida   xalq   rivoyat   va   afsonalari,   hikoyatlari
xalqni   ezgulik   sari   boshlashi   kerak   bo‘ladi.   Ammo ,   shunga   ham   amal   qilganlar,
qalbi,   bag‘ri   zanglab   ketmaganlargina   biror   kerakli   xulosa   chiqara   oladi.   Ko‘plar
esa   haqiqat   tarozisidan,   o‘zlari   haq   bo‘lmasalar-da,   haqliklarini   isbotlayveradilar.
Barchamizni   u   qoldirib   lol\   Dedi:   Do‘stlar,   bor   bir   imtihon:\   Kim   pok   bo‘lsa,
kelmasin   malol,\   Shu   teshikdan   o‘tgay     begumon.\   Kim   ishonmas   o‘ziga   agar,\
Yo‘q, o‘tmasin, siqib qolar tosh!\ Tepamizda quyosh muzaffar,\ Tepamizda guvoh
shu   quyosh.\   Yo‘q,   Yo‘q   chiday   olmadi   Latif,\   (Oramizda   eng   uchar   g‘irrom),\
Teshiktoshdan o‘tdi lip etib,\ Qarsak bo‘ldi unga zo‘r – in’om!
Jur’atsizlik va yoki hayo,
Yo qondagi sur andishadan,
Ishonsa ham o‘ziga hamma,
Boshqa hech kim o‘tmadi toshdan
Ki yo‘limdan chiqqanda ular,
Haqligimni tursam-da bilib,
Yuraverdi o‘tib Latiflar, 
Men  o‘tmadim andisha qilib. 38
 
      Muhammad Yusufning “Uch o‘g‘il va bir qiz qissasi” she’ri ham xalq og‘zaki
ijodidagi   bir   rivoyat   asosiga   qurilgan.   Mo‘min  chol   yoshini   yashab,   oshini   oshab
so‘ngi manziliga – boqiy dunyoga ketar bo‘ldi. U hayotlik chog‘ida uch pahlavon
o‘g‘il   va   bir   mehribon   qiz   tarbiyaladi.   Tobut   silkinib   ko‘tarilganda,   otasining   bir
38
 Суюн А. Сайланма. T.Шарқ. 1997. 314-b. 
49 do‘sti   ozroq   qarzi   borligini   eslatdi.   Barcha   lol.   Uch   zabardast   o‘g‘il   otasining
do‘stini   tanimaymiz   deb   turib   olishdi.   Ular   qarzni   to‘lay   desa   uch   pari   paykarga
qul. Yolg‘iz bo‘y yetgan qiz qarzni men to‘layman deb o‘rtaga chiqdi.
Xaloyiq lol. Bu ne hol,
Bu ne savdo, yoronlar.
Otasidan oldinroq 
O‘lar  bo‘ldi o‘g‘lonlar!...
Qarzdan kechib ketsa ham
Ota do‘sti hayratda.
Uch o‘g‘ilni qishloqdan
Haydadi xalq, albatta. 39
             Bobning xulosasi sifatida quyidagi fikrlarni keltirish mumkin.Usmon Azim
she’riyatida   Ebek   baxshi   tilidan   aytilgan   yor-yor,   allalarda   xalq   dardi,   orzu
umidlari yetakchilik qiladi.
              Muhammad   Yusuf   yor-yorlarida   xalqona   ohang   o‘zining   tabiatini   yorqin
namayon qiladi.
                Erkin   Vohidov   she’riy   latifalari   o‘zbek   adabiyotida   alohida   bir   bosqich,
turkum   hisoblanib   o‘zining   badiiy-g‘oyaviy   qimmati,   ijtimoiy   ahamiyati   bilan
novatorona she’riyat hisoblanadi.
III  BOB. OG‘ZAKI  VA Y O ZMA ADABIY O TDA UC H RAYDIGAN 
OBRAZLAR TALQINI
3.1. O‘simliklar obrazi
               Adabiyotning bu boradagi imkoniyati ham katta. U tabiatdagi har qanday
predmet  ashyodan obraz yarata oladi. Hayvonlar  timsoli  orqali  insonlardagi  ba’zi
bir   salbiy,   ijobiy   xislatlar   majoziy   ma’noda   tasvirlanadi.   Yaxshilik,   ezgulik
ulug‘lanib,   tubanlik,   yomonlik   mavh   etiladi.   Ayniqsa,   o‘simliklar   –   daraxtlar
insonga   do‘st   sifatida   tasvirlanadi.   Ko‘pda   folklorda   gul   obraz   sifatida   qiyoslov
vazifasini ham o‘tab keladi. Gul deyilganda kengroq ma’no tushuniladi. Umuman
o‘simliklarning meva tugishidan oldingi gullash jarayonidagi holati ko‘zda tutiladi.
39
 Юсуф М. сайланма. T. Шарқ. 2005. 176-b.
50 Masalan ,  folklor namunalaridan ikki, uchta misol keltiramiz.
Gulni gul dermu kishi
Gulni tikoni bo‘lmasa.
Yorni yor dermu kishi, 
Yorni vafosi bo‘lmasa.
.................
Olma guli nofarmon,
Izlab seni toparman.
...................
Guli safsarni ko‘ring,
Suvga qarab qayriladur.
Bevafo yorni ko‘ring 
O‘lmay turib ayriladi. 40
              Inson   va   o‘simlikning   umumiy,   ularni   yaqinlashtiruvchi   nuqtalar   bo‘lib,
avvalo, vertikal holat (bu narsa daraxtlar, butalar va o‘tlarga xos) va o‘sish jarayoni
hisoblanadi.   Dehqonchilikning   yuzaga   kelishi   bilan   o‘simlik   va   inson   o‘rtasida
mistik   birdamlik   o‘rnatildi.   Bunda   insonning   tanasi   o‘simlikning   davomi   sifatida
qaraladi. Insonni o‘simlikka aylanishi (kam hollarda aksincha) kabi keng tarqalgan
mavzu   asotirlar   va   xalq   og‘zaki   ijodida   aks   etgan.   Masalan,   yunon   asotirlarida
hayoti   notabiiy   tarzda   uzilgan   inson   o‘simlikka   aylanishi   to‘g‘risida   tasavvur
vujudga   kelgan.   Ba’zi   bir   diniy   va   folklor   an’analarida   inson   hayoti   muayyan
o‘simlikning hayoti bilan bog‘liq deb tasavvur qilinadi. Ulardan birini yo‘q qilish
boshqasini   halok   qilishga   olib   keladi.   Inson   va   o‘simlik   bir-biriga   qiyoslanadi:
barglarning   shitirlashi   –   shivirlash,   go‘zal   qiz   –   g‘uncha,   kuch-quvvatga   to‘lgan
kishi   eman   bilan,   tun   boshlangach   yopilib   qoladigan   gul   uyqudagi   kishi   bilan
qiyoslanadi.   Shu   bilan   bir   qatorda,   o‘simliklarning   ayrim   tur   va   xillari   o‘z
ramzlariga ega va muayyan sifatlar hamda hodisalar bilan bog‘lanadi.
                “Daraxt     jahon   an’anasining     markaziy   ramzlaridan   biri.   Boshqa   o‘simlik
shakllariga o‘xshab u hosildorlik, gullash, mo‘l-ko‘llik bilan bog‘lanadi”. 41
40
 Умрбоқий қўшиқлар. Т.Шарқ. 2002. 194-б.
41
  Мингбоева Д. Тимсоллар тилсими. Т.Янги аср авлоди. 2007. 65-б.
51                   Inson   hayoti   muayyan   o‘simlik   hayoti   bilan   bilan   bog‘liq   holda   tasavvur
qilinadi, deganlarida jon bor. Shodiqul Hamroyevning “Hovlidagi daraxt” 42
  nomli
hikoyasida   azim   bir   daraxt   shoxchasini   asar   qahramoni   firibgar,   munofiq,   avlod-
ajdodi bilan gunohga botgan bir qo‘shnisiga  payvandlikka bermaydi. Unga bersak
uyimizda   baxtsizlik   bo‘ladi   deb   o‘g‘illarini   ogohlantiradi,   ularning   ham
bermasliklarini   aytadi.   Katta   o‘g‘li   manfaat   yuzasidan   daraxtning   bir   shoxchasini
kesib berib yuboradi. Oqibatda shu uyga balo-qazo yopirilib kela boshlaydi.
         Usmon Azimning o‘simliklar timsolidan obraz yaratishi odatiy holga o‘xshab
ketadi.   U   daraxtlarga   ertaklardagi   majoziy   timsollar   kabi   qaraydi.   Ammo ,
daraxtning   turli   xususiyatlaridan   original   zamonaviy   ma’nolar   topadi.   Biz
tushungan,   ko‘nikib   qolgan   yashillik,   meva   berishi,   soya   berishi   kabi   foydali
jihatlari emas, balki otaxonning yoshini yashab, o‘limi oldidan qilingan vasiyatiga
o‘xshash   holat   tasvirlanadi.   Daraxt   yorug‘   dunyodagi   haq   va   adolatga   amal   qilib
yashagan,   xudoning   qudratini   his   etgan,   gunoh   ko‘chasidan   sira   o‘tmagan   to‘g‘ri
so‘z, haqiqiy erkak, mard kishi timsoli.
Men shunday yaraldim:
Sumbatim egri,
Gullarim qalblarga solmas hayajon.
Mevamga hech kimning tushmagan mehri,
Bargim – chumoliga bo‘lmas soyabon.
Alvido! Men endi maqsadga yetdim, 
Bog‘doshlar so‘ng yo‘lga kuzating qani.
Men o‘tin bo‘lgani uzlatga ketdim,
Men ketdim do‘stlarim olov bo‘lgani!.
                     Shoirning “Hayot qo‘shig‘i” she’ri ham hazin bir qo‘shiq ohanglari kabi
ongimizga   o‘rnashib   qoladi.   Mazkur   she’r   qo‘shiq   ham   bo‘lgan.   Daraxt   timsoli,
mening nazarimda, dunyoda nom-nishonsiz, oddiy yashash baxtidan ham mosuvo
bo‘lgan insonlar timsoli. Shoir o‘simliklar obrazlarida inson qiyofasini aks ettiradi.
Daraxtlar   taqdiri   inson   taqdiriga   taqdirdosh   degan   aqidalarni   obraz   darajasiga
42
 Ҳамроев Ш. Қақнус қанотидаги умр. Т. Ўзбекистон. 2016. 142-б.
52 ko‘taradi. Daraxtdagi jarayon – gullash, to‘kilish, meva berish, xazon bo‘lib yerga
sochilish, uning yerga sochilgan barglari o‘g‘itga evrilib yerdagi tuproqni unumdor
qilishi barcha-barchasi insoniy yaratuvchanlikka mos tarzda tasvirlangan.
Bog‘ qo‘ynida ikki daraxt – 
Bir-biriga intizor.
Sen – bir daraxt, 
Men – bir daraxt,
Kuyib-kuyib o‘tdik yor,
Ammo bahor kelganida 
Ochilish  kerak ekan.
Gulu meva, xazon bo‘lib
Sochilish kerak ekan.
Daraxt  timsolida  aytilgan ramz insonlar  hayotiga tegishlidir. “ Men yerga bog‘lab
qo‘yilganman,   ildizim   yer   ostida ”   deb   munojot   qiladi   lirik   qahramon.   Haqiqatda
insonlarning ildizi ham yer ostida. Ota-bobolari, ularning ulug‘ ajdodlari yer ostida
yotibdi.   Ularning   ruhlari   kechalari   shovullab,   farzandlari,   avlodlarining   ezgu
ishlaridan   quvonadi.   She’r   daraxt   timsolida   zamindagi   tirik   mavjudod,   jonli
tabiatning   bir   tan,   bir   jon   ekanligini   falsafiy   mushohadalarda   ko‘rsatishga
muvaffaq bo‘lgan.
                Ijodkorning “Sahrodagi   daraxt”  she’ri  ham   ramziy ijtimoiy xarakterga ega
bo‘lgan   she’rlardan.   Shoir   daryoni   beburtlikda,   xiyonatkorlikda   ayblaydi.   Uning
yo‘li   qayoqqa   ochilib   ketsa,   o‘sha   yoqqa   oqib   ketaveradi.   Faqat   sahro,   yolg‘iz
daraxtgina   xiyonat   qilmaydi.   Bir   joyda   mangu   yashaydi.   Qushlar,   bog‘lar
(yashillik), vaholar (tabiy muvozanat) ma’lum bir miqdor o‘zi sevib qolgan yerini
tashlab   ketishi   mumkin.   Yolg‘iz   daraxt   esa   shamol-u   bo‘ronlarga   bardosh   berib,
uchib kelgan qushlarni kutib sog‘inchlari bilan yashamoqda.
Daryo yo‘lini burdi.
Daryo – xiyonat.
Qushlar, bog‘lar voha... – xiyonatga qul
Faqat sahro qoldi tuzg‘igan ofat.
53 Quyosh sharsharasin daraxtga to‘kdi – 
Sevgi izhor etdi shu taxlit sahro – 
Qumli labi bilan barglarni o‘pdi,
Olovli quchoqlar ayladi barpo.
Daraxt jim termuldi sahro sathiga:
- Qayda kun ko‘rmayin podshohdir taqdir.
Meni bug‘ib o‘ldir 
Issiq  bag‘ringda,
Yoxud saksovulga tezroq aylantir.
                  “Xurshid   Davron   bizda   hamma   bilavermaydigan,   ammo   ikkinchi   jahon
urushidan   keyingi   davrning   yirik   shoiri   Vladimir   Sokolovning   oshig‘i   edi.
Menimcha, bu ikki katta shoirni dunyoga nazokatli, mayin tuyg‘uli qalb qarashidan
yaralgan she’rlar birlashtirib turadi. Shuni ham alohida aytish mumkinki, Xurshid
tarixiy   yoxud   sujetli   she’rlari   tufayli   emas,   nazarimda   mayin   ruhli   lirik   she’rlari
bilan adabiyotimiz tarixida qoladi.
           Xurshid Davronning Samarqand haqidagi chiroyli bir she’ri bor. Unda men
havas qiladiganim – juda aniq yozilgan ikki satr ajralib turadi.
Suydim sening Oqdaryongni man,
Hamda Qoradaryongni suydim.
Samarqand haqida bundan oshirib yozib bo‘ladimi!?” 43
  Yuqorida   shoirning shoir
tomonidan   e’tirof   etilishini   haqiqiy   e’tirof,   baho   deb   tushunaman.   Bu   jumlalar
xalqona ohanglarga ham boy. 
         Xurshid Davronning Oybekka bag‘ishlab yozilgan “Oybek” nomli she’ri ham
xuddi shunday “mayin ruhli lirik she’rdir”. Biz bilamizki, Oybekning lirik merosi
o‘zining   yangicha   tasvir   mahorati,   inson   kechinmalarining   noyob   kashfiyoti
sifatida   adabiyotimiz   tarixida   mustahkam   o‘rin   egallagan.   Shoir   xuddi   shunday
poetik obidani she’rga solib anglashga harakat qiladi.
             Xurshid Davron tasviri ,   folklorizm   namunalari ,   uning har bandi o‘simliklar,
daraxtlar,   maysalar   omuxtaligida   ifodalanadi.   Oybekning   daryo   qalbi   tabiatning
43
 Азим У. Сўнгсўзлар. Т. Илм-зиё-заковат. 2020. 321-б.
54 yashil gilami kabi mayin, ko‘z quvonadigan zavqli, faqat uni maysalar  bilan bitta
bo‘lib,   yotib,   yumalab   o‘qish,   uqish   kerak.   Maysalarning   inson   ilg‘ashi   qiyin
bo‘lgan   shiviri,   sasi   Oybekning   haqiqiy   shaydosiga   eshitiladi.   Bu   sokin   ovoz
maysanikimi, Oybekning she’rlari ovozimi deb hayratlarga cho‘mib yotishni xush
ko‘radi   shoir.   Oybekning   she’rlari   bedazor   bo‘ylari   taratgan   zavqni,   daryolar
shovqinidan   hosil   bo‘lgan   ohanraboni   eslatadi.   Quyosh   zarralaridan   suv   uzra
nurning yaltirashi ko‘ngillarni maftun etadi. Bu nur suvda aks etadimi yoki Oybek
she’ridami anglash emas, anglolmaslik muhim. Oybekning she’ r larini faqat o‘qish
va   eshitish   zarur.   Uni   tahlil   etib   izohlab   bo‘lmaydi.   Xuddikim,   tabiat   minglab
rassomlari   bilan   egzotik   manzarani   yaratgandek,   misli   yo‘q,   bepayon,   go‘zallik
namunasi bo‘lmish maysalarning ta’rifiga til ojiz qolgandek.
Oybekning she’rini dalaga chiqib,
Maysaga ag‘anab o‘qimoq kerak.
Va sokin shivirni – ohangni o‘qib,
Oybekmi? Maysami – deb tolsin yurak.
Oybekning she’rlari bamisli nigoh, 
Bu nigoh asrorin yo‘qdir bayoni.
Xuddi bo‘lmagandek maysaga izoh,
Yo‘q Oybek she’rining to‘la bayoni.
Oybek – bu ulkan bir chorbog‘ ostida,
Yovvoyi uzumzor oralab, titroq.
Quyosh tangalari o‘ynab sirtida
Birdan yorug‘likka chiqqan sho‘x irmoq. 44
                   Xurshid Davronning kuz faslini tasvirlagan she’ri sohir manzaralar tasviri.
Shoir   kunning   xususiyatlarini   rassom   kabi   chizadi.   Biz   uni   o‘qish   bilan   birga
ko‘ngil   ko‘zlarimiz   bilan   ko‘rib   his   qilib   turamiz.   So‘zlar   ishtirokidagi   chizilgan
kuz manzarasi. Qushlar tirik mavjudo t  ular issiq ulkalarga uchib ketishadi. Osmon
ko‘rpasi bo‘lgan bulutlar kuz kelishi bilan yopinib oladi. Faqat daraxtlar bog‘larga
44
  Даврон Х. Баҳордан бир кун олдин. Т.Шарқ. 1997. 40-б.
55 sodiq. U ma’yuslanib ,  atrof javonibga tikiladi. Bu jarayonga hali uzoq bo‘lmagani
uchun qushlar ovozining aks-sadosi eshitilib turibdi. Faqat kuz musavviri mahzun
holda     daraxtlar   bargini   sariq   rangga   bo‘yab   yuribdi.   Kuz   dalalarda   o‘z
hukmronligini o‘tkaza boshlagach, dalalarga qish malikasining oq ro ‘ moli – qirov
tashrif   buyuradi.   Ular   h a m   bekor   emas.   Sirg‘a   osishi m   kerak   deb   daraxtlarning
qulog‘ini   teshib   yuribdi.   Maqsad     go‘zalligidan   –   barglaridan   ayrilayotgan
daraxtlarga kuzning chiroyini baxsh etish. Tabiatning sevinch ko‘z yoshlari, osmon
ko‘rpasidan   hosil   bo‘lgan   yomg‘irlar   Jumabozor   saylidan   qaytgan   ota   kabi
xursand.   U   kuzak   yomg‘iri.   U   asta-sekinlik   bilan,   shovqinsiz,   kamtar-kamsuqim
bo‘lib   olib,   daraxt     shoxchalariga,   giyohlar   bargiga   sirg‘achalar   taqish   bilan
xursandchiligini   namoyish   etmoqda.   Shoir   kuz   manzarasini   shunday   obrazlar,
timsollar   vositasida   tirik,   jonli   mavjudo t   misol   jonlantiradi.     Ammo ,   barcha
obrazlar kuz kabi mah z un, ovozsiz.
Qushlar ketdi,
Bulutlar qaytdi.
Qoldi yana ma’yus daraxtlar.
Yana quyosh botgan shom payti
Dil bo‘zlaydi dilni daraklab
Bog‘lar aro qushlar ovozin
Aks-sadosi turar jaranglab.
Kezib yurar musavv i r mahzun – 
Daraxtlarning barglarin ranglab. 
              Azim   Suyunning   “Bir     daraxt”   she’ri   ham   tabiatning   bir   bo‘lagi   –   odam
haqidagi ramziy tasavvurlardan iborat. Aslida, har bir predmet, ashyo, detal inson
va uning tabiatini tasviriga y o ‘ naltirilgan bo‘ladi. Yozma adabiyotda daraxt timsoli
ko‘p o‘rinlarda yolg‘iz, issiq, sovuqqa, suvsizlikka  yillar davomida bardosh berib
yurgan   inson   timsoli   sifatida   qaraladi.   Bu   sarhadda   daraxt   o‘zining   pahlavon
muskillariday   chayir   ildiziga,   yo‘g‘on-yo‘g‘on   bilaklarday   tomirlariga   ishonib
o‘smoqda.   Uni   xudo   qarg‘agan,   shuning   uchun   u   yolg‘iz   sahroda   suvsizlikka
mahkum.   Bu   daraxtni   nima   gunohi   bor   ekanki,   bo‘ronlar   uni   savalaydi.   Adashib
56 yurgan bir to‘da kaptar uning shoxlari ga  qo‘na olmaydi. Shoir nazarida qumloq va
toshloqlarni   vatan   tutgan   el   uning   har   qanday   bo‘ronlariga,   jaziramasiga     ko‘nib
yashayveradi.   Abdulla   Oripov   aytganiday,   “Xalqim,   tarix   hukmi   seni   agarda,
/Mangu   muzliklarga   yeltgan   bo‘lsaydi,   /   Qorliklarni   makon   tutgan   bo‘lsayding,   /
Mehrim   bermasmidim   o‘sha   muzlarga” .   Azim   Suyun   she’ridagi   badiiy   estetik
g‘oya yuqoridagi she’r misolida yaqqolroq anglashilmoqda. Tabiatning seryomg‘ir
kunlarida   huzurlanib,   jazirama   bo‘ronlariga   sabr   qilib,   yorug‘   kunlarni   kutib
yashagan daraxt timsoliga ijtimoiy ma’no yuklangan.
Atrofiga qaraydi Daraxt,
                    atrof – 
                               sap-sariq
                                            qum-qum
Atrofiga qaraydi Daraxt,
                    atrof – 
                          qavjiroq
                                  jizg‘anak – 
                                          o‘t – o‘lan. 45
 
                      Abduvali   Qutbiddin   she’riyati     o‘zbek   adabiyotida     favqulodda   voqea
bo‘lgan   she’riyat   desak   adashmaymiz.   Shoir   she’riyatida   folklor   an’analaridan
tortib,   mumtoz   adabiyot   ohanglarigacha,   tasavvuf   falsafasidan   tortib,   modern,
ya’ni   zamonaviy   she’riyat   tasvir   ifodalarigacha   bo‘lgan   yuqori   darajadagi
she’rlarni   ko‘rish   mumkin.   Uning   “G‘ayriy   daraxt”   she’ri   metaforalar   hisobiga
qurilgan  ramziy xarakterdagi  she’rdir. Daraxtning inson  shajarasi   bilan bog‘liqlik
jihatlari   mavjud.   Shoir   daraxt   deyilganda   insonlar   tomonidan   tabiatga   qoldirilgan
izni,   o‘zgarishlarni   tushunadi.   To‘fon   qo‘zg‘alishi,   Nuh   payg‘ambarning
xoloskorligi   sabab   sohilda   daraxt   –   inson   yashaydi.   Ramziy   ma’noda   daraxt
jamiyat timsoli. Uning har  bir  shoxida daraxt  mevalari bilan   bir qatorda, ilonlar,
chayonlar ham o‘tiradi. Bular barchasi shu jamiyat yetishtirgan hosildorlik.
Nahr sohilida daraxt ko‘ringay
45
 А.Суюн. Сайланма. Т.Шарқ. 1997. 120-б.
57         Yaprog‘i chig‘alay,
        Ildizi baliq,
G‘adir-budurida tufon ko‘ringay
       Chayir shoxlariga 
       Ilingan qayiq.
Shu qayiq ichida sevgi o‘tirgay
       Tizzasida dovul
       Bo‘ynida ilon. 46
 
Mirtemir domlaning “Betobligimda” nomli she’rida Majnuntol daraxti timsoli aks
ettirilgan.   Majnuntol   adabiyotda   sevgi,   muhabbat   ramzi   sifatida   talqin   qilinadi.
Shoir  she’riyatida esa g‘amga cho‘kkan, dardli  g‘ussa bilan og‘rigan donishmand
timsoli.   Shoir   “Majnuntol   tagiga   o‘tqazing   meni”   deganda   unga   arz-dod   qilish
uchun   kelganini,   kerak   bo‘lsa,   dardlariga   sherik   bo‘lishligini   istaydi.   Shoir   ko‘z
yoshlarini   yo‘qotib   bo‘lganligini,   endi   uning   uchun,   yurt   qayg‘usi   uchun
majnuntolning ham  ko‘z yosh to‘kishini  istaydi. Mazkur  she’r haqida N.Karimov
shunday yozadi: “Mirtemirning “Betobligimda” degan vasiyat she’ri bemorlikning
shu   jiddiy   xuruji   ta’sirida   yozilgan.   Bu   she’rning   har   bir   satri   va   har   bir
h ujayrasidan hayotdan dod deb ketayotgan shoir qalbi zarb berib turadi”. 47
 
                     Xullas, yozma adabiyotda daraxt  va o‘simliklar timsoli  obraz darajasiga
ko‘tarilgan.   U.Azim   ijodida   eng   ko‘p   ishlangan   obrazlardan   biri   daraxtdir.   Shoir
ijodida   daraxtning   turli   mavzu   qirralarida   kelganligini   ko‘rish   mumkin.   Masalan,
Inson   timsolida   keladigan   ramziy   obrazlar,   vatan,   ayriliq,   sevgi   kabi   mavzu   rang
barangligi shoirning doimiy obrazlaridir. Xurshid Davron, Azim Suyun lirikasidagi
daraxt   obrazlari   inson   va   uning   falsafiy   mushohadalarini   aks   ettiruvchi   vosita
sifatida qaraladi.   
3.2. Kenja botir va ot obrazi
                    Ertaklarda   kenja   botir   yoxud   kichik   uka   timsoli   har   doim   tadqiqotchilar
e’tiborini   tortib   kelgan.   Aslida   hayotda   ham   shu.   Kamdan   kam   holatlarda   kenja
46
 Қутбиддин А. Бахтли йил. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1991. 48-б.
47
  Каримов Н. Миртемир. Т.  MERIYUS .  2012. 254-б.
58 farzand   biror   kasb-hunarni   boshidan   ushlamasdan   ota-onalarga   bosh   og‘riq
bo‘lishadi.     Aksariyat   hollarda   ular   bir   kun   kelib   barcha   akalariga   bosh   bo‘ladi.
Adabiyotshunos   Jabbor   Eshonqul   kenja   botir   haqida   shunday   yozadi:   “Kenja
botirni   Sharq   tafakkurining   islomgacha   bo‘lgan   orifi,   mumtoz   adabiyotdagi
oriflarning   ajdodi   deyish   mumkin.   Chunki   kenja   botir   butun   faoliyati   bilan
ilohiyatchidir…” 48
    Folrklorshunos   Sh.Turdimov   esa   kenja   botir   haqida
quyidagilarni   yozadi :   “ Kenja   botirning   yo‘li   ilohiyat   yo‘li   u   kamolat   sari   ruhiy
safarga chiqqan  shaxs timsoli, u ko‘zlagan manzil, avvalo ,  tilla qush, malika unga
ruhiy bilimga bog‘lanish imkonini beradi.   Shu sababli  ham  ertak davomida kenja
botirning sarguzashtlaridan hikoya qilinadi. 
                Kenja   botir   “borsa   kelar”,   “borsa   xatar”  manzillarini   yengib   o‘tgan,  uning
yo’li “borsa kelmas”da, murodi shu yo‘l manzillarini kashf etishda.” 49
 
               Usmon Azimning “Uchinchi o‘g‘il” she’ri shunday she’rlardan biridir. Biz
ertaklarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,   kenja o‘g‘ilga hech oson bo‘lmagan. U o‘z
yo‘lini qiyinchiliklar, azoblar, o‘lib tirilishlar oqibatida topishga muvaffaq bo‘lgan.
Uch yo‘lning eng qiyinini – borsa kelmasini tanlagan. Kitobxonda bu xatti-harakat
hayajon   uyg‘otgan.   Ertaklarga   qiziqishlarini   chandon   oshirgan.   Bu   folklorning
o‘ziga xos priyomi, tajribasi bo‘lganligiga shubha yo‘q.
Uchinchi o‘g‘il,
Otang akalaringni ardoqlaydi,
Sen poda boqasan.
Akalaring par t o ‘ shakda uxlaydilar,
Sen – bo‘sag‘aga boshingni qo‘yib.
Akalaring malikalarga uylanadilar,
Sen qurbaqaga uylanasan,
Uchinchi o‘g‘il.
Uchinchi   o‘g‘il   –   kenja   farzand   hamisha   ham   ahvoli,   ruhiyati   shu   darajada
fojialarga   boy   bo‘lgan.   Xalq   donoligi,   folklor   motivlari   bejizga   kenja   farzand
boshiga turli savdolarni solmagan. Ota qurgan kulba, kindik qoni to‘kilgan yurtni
48
  Эшонқул Ж. Фольклор: образ ва талқин. Қарши. Насаф. 1999. 78-б.
49
  T урдимов Ш. Ҳикмат хазинаси. Т. Ўзбекистон. 2016.38-б.
59 asrab-avaylab avlodlarga yetkazish kenja farzand yelkasiga, zimmasiga yuklatiladi.
Shunday   ekan,   u   har   tomonlama   kamolatga   y et ishishi   uchun   qishning   sovug‘ida,
yozning   issig‘ida,   fojialarning   girdobida   pishishi,   o‘zligini   anglashi   kerak.
Shundagina u erishgan baxt, boylikning umri  uzoq  bo‘ladi. Shoir  aytgan qurbaqa
(“Sen   qurbaqaga   uylanasan”)   go‘zal   malikaga   evrilib   kenja   botir   bilan   murod
maqsadiga   erishadi.   Oqibatda   ular   Vatanini   (otasidan   qolgan   kulbani)   qadriga
yetishni,   sevishni,   ardoqlashni   toza   vijdon   bilan   anglab   yetadi.   Shoir   nazarida
akalarda   shu   yagona   vatan   tushunchasi   yo‘q.   Ular   bequnim.   Shuning   uchun   bor
narsasini   sotib   ketaveradilar.   Vijdonlarini,   insoflarini,   insonliklarini,   umrlarini
sotadilar,   behudaga   sarflaydilar.   Kenja   o‘g‘il,   senda   yolg‘iz   Vatan   bor.   Uni   esa
sotib bo‘lmaydi, -deb she’rdan ijtimoiy ma’no keltirib chiqaradi, shoir.  
Uchinchi o‘g‘il, 
Akalaring  r a von yo‘ldan yuradilar,
Sening yo‘ling – 
“Borsa kelmas”.
Akalaring avval g‘ish uyda, 
So‘ngra  marmar qasrda,
So‘ngra oltin saroyda yashaydilar – 
Senga taqdir chor devor ham ko‘rmaydi ravo.
Uchinchi o‘g‘il,
Akalaringda
Pul, mansab, og‘aynilar, katta qorin,
Sog‘liq bo‘ladi – 
Sening yolg‘iz Vataning. 50
 
Oson erishilgan mol - u davlat, qiyinchiliksiz topilgan baxt qum ustida qurilgan uy
kabidurki, qor, bo‘ronlarga, yomg‘ir-shamollarga,   dosh berolmaydi. Chunki unda
turmush  tajribalari  yo‘q. O‘z manfaatlarini  ko‘zlab,  oson yo‘ldan borib, shu  mol-
dunyoga   sazovor   bo‘lishgan   ular.   Shuning   uchun   ular   boyliklarini,   xazinalarini
qo‘ldan   chiqarmaslik   uchun   bor   tubanliklarini   qilishga   qodir.   Kenja   botirdagi
50
 Азим У. Асарлар. Биринчи жилд. ...229-b.
60 yolg‘iz Vatan – bu ko‘ngil, vijdon ramzidirki, u har qanday holatda ham vijdonini
sotmaydi.   Uning   qo‘rqadigan   boyligi,   tortib   olinadigan   xazinasi   yo‘q.   Uning
boyligi, vijdoni, aqli, tafakkuri, qolaversa ota makoni – Vatanidir. Vаtanini sevgan
elning   koriga   yaraganni   xalq   sevishini,   tangri   taolo   ardoqlashini,   oqibatda   savob
ishlariga   munosib   mukofotlanishini   uchinchi   o‘g‘il   biladi.   Sarob   nima-yu   vijdon
xazinasi   nima   ekanligi   unga   ravshan.   Xudoning   bergani   butun   bo‘ladi.   U
kamaymaydi.  Aslida   barakali   degani     –  shu.  Mazkur   she’riy  ertak  shu   va  boshqa
xususiyatlari bilan bolalar dunyoqarashiga  jiddiy ta’sir qiladi. 
                       Xalq dostonlarida   ot obrazi muhim ahamiyatga egadir. Chunki u kerak
o‘rinlarda,   ya’ni   qahramon   mushkul   holatlarga   tushib   qolganda   yordamga   keladi
va   madad   bo‘ladi.   Bunday   otlarning   ko‘plab   g‘ayritabiy   xususiyatlari   mavjud.
Masalan,   uning   qanoti   masalasi.   Qanot   har   doim   ko‘rinavermaydi.   Qahramon   va
uning   oti   qiyin   vaziyatga   tushgandagina   unda   qanot   o‘sib   chiqishi   mumkin.
Boychiborning oyog‘iga mix qoqib tashlashganda, u poygadan ancha orqada qolib
ketadi. Agar o‘shanda uning qanoti o‘sib chiqmaganda edi ,   kitobxon uni poygada
birinchi yetib kelishiga shubha qilgan bo‘lardi.
                 Shavkat  Rahmonning “Otga  qiyosiy qasida”  she’ri  bir  paytlar  yurt  koriga
yaragan, og‘irni yengil, uzoqni yaqin qilgan, yovlarga beshafqat bo‘lgan jonivor –
ot haqidadir. Ot taqdiriga ko‘nib yashashga majbur. Uning jismidagi qon quvvat-u
g‘ussaning   qorishmasidan   iborat.   Shunday   bahaybat   o‘t   nafasli   jonivor   bugun
horg‘in.   Suvliqdan     yirtilib   ketgan   og‘zi   maysalarni   chimdib   yutolmaydi.   Ular
bandidan   uzilib,   otning   orqasida   qovjirab   qolaveradi.   Ustidagi   yukning
og‘irligidan,   qismatining   sho‘rligidan   u   ucholmaydi.   Axir   uning   ham   bir   paytlar
ulkan   qanotlari   bo‘lgan.   Lirik   qahramon   bir   abgor   otga   ishora   qilib:   o‘zim   ham
anovi qorabayirday qonim sovugan, o‘ychan, beqanot. Yag‘ir kiftlarini pashshalar
talab   yotibdi.   Axir   u   bir   paytlar   kimlarning   yukini   tortmagan.   U   shunday   abgor
holga   tushishi   mumkinmi.   Keng   sahro,   sarhadsiz   vatan   deysan:   “o‘xshatib
o‘ylasang   oylar   yetmaydi,   ot   kabi   o‘tlasang   joylar   yetmaydi”,   “o‘lguday
tashnasan   chanqoq   bostiga   chil-chil   sinib   oqqan   soylar   yetmaydi” .   Ot   obrazi   bu
o‘rinda   ramziy   ma’noda   tasvirlangan   bo‘lib,   elning   botir,   pahlavonlari,   ziyoli,
61 bilimdonlari   qaylardadir   suvliqda   oshini   oshamoqda.   Bir   paytlari   Alpomish,
Go‘ro‘g‘li kabi davrug‘i yetti iqlimga ketganlar biyday dalada arqonlab qo‘yilgan,
ularning qanoti qayrilgan, kesilgan. Endi ular mushkul holatlarda ham ucholmaydi.
Ular yurtning koriga yaramaydi. 
                      Abdulla   Oripovning   “Hangoma”   she’riy   hikoyasida   ham   ot   obrazining
folklordagi   ma’no   tasviriga   monand   timsol   yaratilgan.   She’riy   yo‘lda   yozilgan
latifaomuz   hangoma   kitobxonda   chuqur   taassurot   qoldiradi.   To‘yga   borishga
chog‘langan ikki qariya    chol yarim yo‘lda adashib qolishadi. Hamma yer bir tekis
qor   bilan   qoplangan   yo‘lni   topishning   esa   hech   iloji   yo‘q.   Eshakdek   savodsiz
odamlar senga yo‘lboshlovchi, rahbar bo‘lsa, manzil-ku manzil, uyingni ham topa
olmaysan   deydi   shoir.   Ot   boshini   ozod   qo‘yib,   o‘z   ixtiyorlarini   otga
topshirganlaridan   keyin,   eshak   otning   orqasidan   ketishni   boshlagandan   so‘ng   esa
o‘z   uyini   eson-omon   topib   kelishadi.   Ot   aqlli   jonivor   ekanligini   yana   bir   bor
namoyon etadi. 
Peshonada borini
Ko‘rar inson degan zot.
Yo‘l soldilar qaygadir,
Ot boshin qo‘yib ozod.
–  B ir kor-hol bo‘lmay endi,
Uyni topib borsak bas,
Surgaladi ot horg‘in,
Orqada eshak besas. 51
                Usmon   Azimning   “Ot,   o‘lim   va   hayot”   she’ri   yovuzlikni   mavh   bo‘lishi,
ezgulikning   g‘alabasi   bilan   xotimalanadi.   Ot   –   o‘limlar   sharpasidan   qutqaruvchi.
Bo‘ri   –   o‘lim   sharpasining   inson   hayotiga   chang   solishi.   Inson   har   soniyada,   har
daqiqada   o‘lim   bilan   yuzma-yuz   kelishi   mumkin.   Uni   o‘limdan,   hayot
tashvishlaridan,   azoblaridan   asrab   qoluvchi   kuch,   xaloskor   –   uning   botirligi,
qo‘rqmasligi,   ertangi   hayotiga   ishonchi,   yashashga   bo‘lgan   zavq,   muhabbatdir.
Qolaversa,  zarur   hollarda  ot   va shunga  o‘xshagan  yaqin  do‘stlar  ham   bu vazifani
51
  Орипов А. Танланган асарлар. Т.Шарқ. 2019.123-б.
62 bajarishi   mumkin.   Aqlli   jonivor   ot   kelayotgan   xavfni   sezib,   yiqilib   qolishiga
qaramasdan   egasini   manzilga,   bo‘rilar   galasidan   qutqarib   eson-omon   yetkazib
keladi.   Bu   she’rda   ham   ot   obrazi,   insonning   eng   yaqin   do‘sti   ekanligi,   uni
qo‘riqchisi,   panohi   ekanligi   folklor   an’analari   kabi   kitobxonda   hayrat   uyg‘otadi.
Otga   nisbatan   mehrini   oshiradi.   Bu   bilan   kitobxonlar   tabiat   va   insoniyat
uyg‘unligini yurak-yuraklaridan his etishadi.
Shamolda ot ko‘zidan
Shovullab oqdi uchqun – 
Telbaligi to‘zigan
Qishni yondirmoq uchun.
Dashtda sag‘irdir qo‘rqinch
Dashtda – k o ‘ ylakchan hayot.
Uvlaydi mangu yirtqich,
Yelib borar mangu ot.
                      Shoirning   “Lo‘li   qo‘shig‘i”   she’ri   o‘zining   qismatiga   ko‘nikkan,   og‘ir
mehnat   azobiga   bo‘yin   eggan,   o‘zining   ajdodlari   erkini   unutib   qo‘ygan   inson
obrazidir.   Lo‘li   qo‘shig‘ida   shunday   satrlar   bor.   “ Men   otimga   qamchi   urib
o‘tirmayman.  Qo‘shilgan aravani  xohlagan tarafiga tortib ketaversin  erki  o‘zida.
Faqat   arava   to‘xtamasa   bo‘lgani.   Yoz   kelganida   otning   qasur-qusur   yurganidan
yo‘llar changi olamni tutsin. Bahor chog‘i yerlar loy bo‘lganda, loylardan toyib-
toyib   ketaversin.   Menga   bo‘lar   huzur   bag‘ishlaydi.   Men   ohlar   urib   qo‘shiq
aytaman. Mening qo‘shig‘imdan dunyo ko‘ngli to‘lib boraversin. Men butun-butun
ovullarni   qanchalik   kezsam,   shunchalik   shodlanaman,   bu   holat   keng   cho‘li
biyobon,   o‘rmon-u   dasht   ochiq   yurgan   otga   qanchalik   huzur   bag‘ishlasa   menga
ham   shunday”.   Bu   she’rda   ijodkor   e’tiborni   otga   emas,   balki   lo‘lilarning
erkinligiga qaratgan. G‘oyaviy maqsad ot bo‘lmaganligidan she’rda obraz sifatida
keltirilgan   jonivor   ochib   berilmagan.   U   mavhumligicha   qolib   ketgan.   Vaholanki,
lo‘lining   uyi   yo‘q.   Otning   esa   erki   yo‘q.   U   ertadan   kechgacha   arava   sudrashga
majbur.   To‘xta   desa   to‘xtab,   yur   imosini   qilsa   yuradi.   Ot   bo‘lib   eshakning
vazifasini bajarishga mahkum. Dunyoning noto‘kisligi shunda.
63 Shod chog‘larim qo‘shiq aytmoq
Dilga erka o‘yindir.
Ot erkida mening erkim
Bu keng dunyo uyimdir.
O‘zga qo‘shiq aytmog‘im bor,
G‘amim bo‘lsa ziyoda:
– Qayga borsa otning hushi – 
Uyim yo‘qdir dunyoda. 52
 
          Bobni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘zbek yozma adabiyotida kenja
botir   timsolini   yaratish   ommaviy   tus   olmagan.   Birgina   Usmon   Azim   asari   davr
ruhini   ko‘rsata   oladi.   Yozma   ertakda   zamonaviy   fikr   va   g‘oyalar   mahorat   bilan
ko‘rsatilgan.   Ot   obrazi   esa   anchagina   asosli   yoritilgan.   Unda   shoirlar   ijodida
birgina xususiyat ot insonning do‘sti, uzoqni yaqin qiluvchi, og‘irni yengillatuvchi
kuch sifatida namayon bo‘ladi. 
                                                        XULOSA
                      1.   XX   asr   zamonaviy   she’riyatida   xalq   og‘zaki   ijodiga   e’tibor   shoirlar
asarlarida   asosiy   kompozitsion   vositaga   aylandi.   Folklorizmlardan   foydalanish
ayniqsa,   saksoninchi   yillarda   o‘zining   yuqori   bosqichiga   ko‘tarildi.   Folklorizmlar
ijodkorlar   asarlarida   yurt,   vatan,   ozodlik   tushunchalarini   xalqqa   yetkazishning
asosiy vositasiga aylandi.
                 2. F olklordan foydalanish o‘zbek yozma adabiyoti tarixidan boshlanganligi
tahlillar   natijasida   oydinlashdi.   Atoiy,   Lutfiy,   Navoiy   kabi   ijodkorlar
folklorizmlardan   unumli   foydalanib,   o‘zlarining   mukammal   asarlarini   yaratdilar.
Ayniqsa, Navoiy asarlarida bu boradagi an’analar yuqori bosqichga ko‘tarildi. 
                  3.   Shoirlar   repertuaridagi   folklor   asarlari   qayta   ishlanib,   folklorizmlar
hodisasini   yuzaga   keltirdi.   Folklor   namunalaridan   unumli   foydalangan   Usmon
52
  У.Азим. Танланган асарлар. 2-жилд... 426-б.
64 Azim,   To’ra   Sulaymon   kabi   shoirlar   o‘z   uslublari   bilan   bu   sohada   yetakchilik
qildilar. 
                    4.   To’ra   Sulaymon   dostonlarida   folklorizm   hodisasi   boshqa   janrdagi
asarlaridan ko‘ra kengroq qimmatga ega ekanligi  qayd etildi. U.Azim, X.Davron,
A.Suyun kabi shoirlar ijodidagi folklor an’nalari zaminida vatan erki, millat gururi,
o‘zbeklar manfaati yotadi.
                        5.   Erkin   Vohidovning   “Donishqishloq   latifalari”   turkumi   folklorizm
namunalari   hisoblanib,   kitobxon   diqqatini   o‘zining   xalqona   ohanglari,
qo‘shiqlariga eshligi  bilan o‘ziga torta oladi. Odamlar  Matmusaning soddaligidan
kulish   bilan,   o‘zida   shunday   illatlar   bo‘lsa,   yo‘qotishga,   aqlli   va   idrokli   inson
bo‘lishga   harakat   qilishadi.   Ruhiyati   ko‘tarilib   qalbi   tozaradi.   She’riyatning,
qolaversa, badiiy adabiyotning vazifasi u yoki bu ma’noda insonlar qalbida ezgulik
urug‘larini   undirishdan   iborat.   E.Vohidov   folklorizmlari   kitobxonlar   ko‘nglida
shunday tuyg‘ularni uyg‘ota oladi.
                6.   “Adabiy   alla”   va   “Adabiy   yor-yorlar”   Usmon   Azim   va   Muhammad
Yusuflar     she’riyatida   folklordan   o‘zlashgan   janr,   ya’ni   folklorizmlar   sifatida
namoyon   bo‘ladi.   D avr,   tuzum   o‘zgarishi   bilan   folklor   janrlarining   ma’no
mohiyatida   ayrim   o‘zgarishlar   ko‘zatiladi.   Bir   paytlar   birgina   bolaga   aytilgan
insoniy   dardlar,   Allohga   munojotlar   orqali   bolaga   bildirilgan   tilaklar,   uning
sog‘lom o‘nib o‘sishi kabilar XX asrga kelib shoirlar tomonidan butun insoniyatga
nisbatan aytilayotganligini aytish mumkin. 
                  7.   O ‘zbek   yozma   adabiyotida   kenja   botir   timsolini   yaratish   ommaviy   tus
olmagan.   Birgina   Usmon   Azim   asari   davr   ruhini   ko‘rsata   oladi.   Yozma   ertakda
zamonaviy   fikr   va   g‘oyalar   mahorat   bilan   ko‘rsatilgan.   Ot   obrazi   esa   anchagina
asosli   yoritilgan.   Unda   shoirlar   ijodida   birgina   xususiyat   ot   insonning   do‘sti,
uzoqni yaqin qiluvchi, og‘irni yengillatuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. 
                    8.   Istiqlol   adabiyotida   folklorga   xos   obrazlar   Erkin   Vohidov,   Abdulla
Oripov, To‘ra Sulaymon, Xurshid Davron, Usmon Azimov, Abduvali Qutbiddinlar
tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Folklorizmlar namunalari shoirlar maqsadini
ro‘yobga   chiqarishda   badiiy   vosita   bo‘lib   xizmat   qildi.   Vatan,   erk,   ozodlik   kabi
65 insonparvarlik tuyg‘ularini tarannum etadigan so‘zlar folklorizm namunalari bilan
sintezlashib, yagona zamonaviy she’riyatni vujudga keltirishga xizmat qildi.  
                                   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. SIYOSIY-IJTIMOIY ADABIYOTLAR
1.   Mirziyoyev   Sh.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston. NMIU, 2017. 488-b.
2.   Mirziyoyev   Sh.   Erkin   va   farovon,   demokratik   o‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. –Toshkent: O‘zbekiston. 2016. 56-b.
3. Mirziyoyev Sh. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta]minlash – yurt
taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   –   Toshkent.   O‘zbekiston.   2017.
48-b.
4.   Mirziyoyev   Sh.   Kitob   mahsulotlarini   chop   etish   va   tarqatish   tuzimini
66 rivojlantirish,   kitob   mutolaasi   va   kitobxonlik   madaniyatini   oshirish   hamda
targ‘ibot   qilish   bo‘yicha   komissiya   tuzish   to‘g‘risida   \\   Prezident   Farmoni
“Xalq so‘zi” gazetasi. 2017 yil 13 yanvar. -  №9 . – B.1. 
II. IlMIY-NAZARIY ADABIYOTLAR
1. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. T. O‘qituvchi. 2005.270 b.
2. Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. Т. Шарқ. 2002. 252 б.
3. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Т.Ўзбекистон. 2002. 558 б.
4. Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. Т. Шарқ. 2007. 335 б.
5. Кун   Н.А.   Қадимги   юнон   афсона   ва   ривоятлари.   Т.   YANGI   NASHR.
2014. 574 б.
6. Қуронов Д. Адабиёт назарияси асослари. Т.   NAVOIY UNIVERSITSTI.
477  б.
7. Ўзбек   фольклоршунослиги.   Антология..   Саримсоқов   Б.
Фольклоризмлар типологияси ва масаласига доир. T. O‘zME.2017. 348-
б. 
8. Ҳакимов   М.Навоий   лирикасида   халқ     мақоллари.   Ўзбек   мумтоз
адабиёти. Антология. T. O‘zME. 2016. 248-б.
9. Алла ибтидо қўшиғи // “Жаннатмакон” журнали. 2011ю №4 84-б.
10. Ёрматов   И.   Фольклоризмларнинг   типологик   хусусиятлари.   //   Ўзбек
тили ва адабиёти. 1982. №2 – б. 55-58.
11. Жалолов Ф. Ўзбек фольклорида жанрлараро муносабат. Тошкент. Фан.
1988. 448-б.
12. Саримсоқов   Б..   “Фольклоризм   типологияси   масаласига   доир”
maqolasiga   tayanildi.   Ўзбек   фолклоршунослиги.   Antologiya.   T.
O‘zME.2017. 308-б.
13. Фитрат. Танланган асарлар. 4-jild. T. Ma’naviyat. 2006. 17-б.
14. Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва. T.Фан. 2006. 98-б.
15. Шарипова Л. Шеърият ва фольклор. T. Наврўз. 2019. 46-б.
16. Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди. T.Ўқитувчи. 1980. 91-б.
67 17. Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. T. Янги аср авлоди. 2006. 361-б.
18. Жумабоев М. Болалар адабиёти. T.Ўқитувчи. 2001. 8-б.
19. Tарбия. Энциклопедия. T. O‘zME.2010. 20-b.
20. Навоий. Мезон ул авзон. TAT. 10-жилд. T. Ғ.Ғулом номидаги  нашриёт
матбаа-ижодий уйи.. 2011. 582-b.
21. Ҳайитметов А. Алишер Навоийнинг адабий-танқидий қарашлари. Т. 
Фан. 1959. 64-б.
22. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T. A.Qodiriy nomidagi xalq 
merosi nashriyoti. 2004.  221-b.
23. Toshpo‘latov A. Novella janri. Samarqand. SamDU  nashri. 2014. 77-b.
24. Мингбоева Д. Тимсоллар тилсими. Т.Янги аср авлоди. 2007. 65-б.
25. Эшонқул Ж. Фольклор: образ ва талқин. Қарши. Насаф. 1999. 78-б.
26. Каримов Н. Миртемир. Т.  MERIYUS .  2012. 254-б.
27. Tурдимов Ш. Ҳикмат хазинаси. Т. Ўзбекистон. 2016.38-б.
28. Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. Т. Ўқитувчи. 1976. 662 б.
29. Sodiq S. Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. T. O‘qituvchi. 2019.  698 .
                   
III.   BADIIY ADABIYOTLAR
30. Навоий     A.Топмадим.   Ғазаллар.   T.   Ғ.Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва
санъат нашриёти. 1988. 12-b. 
31. Лутфий. Сенсан севарим. T. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат 
нашриёти. 1987. 214-б.
32. Ҳаёт   васфи.   Тўплам.   T.   Ғ.Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти. 1988. 352-б.
33. Воҳидов Э. Сайланма. 1-jild. T.Sharq. 2000. 52-б. 
34. Орипов A. Йиллар армони. T. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат 
нашриёти. 1987. 165-б.
35. Элбек. Момогулдирак. T. Чўлпон. 1993. 135-b.
36. Элбек.  Танланган асарлар. T. Шарқ. 1999. 72-b.
68 37. Азим У. Сўнгсўзлар.  T. Ilm-ziyo-zakovat. 2020. 226-b.
38. Азим   У.   Tанланган   асарлар.   Биринчи   жилд.Т.   G‘.G‘ulom   nomidagi
nashriyot – matbaa ijodiy uyi. 2016. 366-b.
39. Ёшлар китоби. Tўплам.  T.Шарқ. 2008. 40-б.
40. Воҳидoв Э. Ўзбегим T. O‘zME. 2006. 240-b.
41. Эркин Воҳидов  Ҳаёти ва ижоди замондошлари хотирасида. 
T.Ўзбекистон. 2018. 272-b.
42. Суюн А. Сайланма. T.Шарқ. 1997. 314-b. 
43. Юсуф М. Cайланма. T. Шарқ. 2005. 176-b.
44. Умрбоқий қўшиқлар. Т.Шарқ. 2002. 194-б.
45. Ҳамроев Ш. Қақнус қанотидаги умр. Т. Ўзбекистон. 2016. 142-б.
46. Даврон Х. Баҳордан бир кун олдин. Т.Шарқ. 1997. 40-б.
47. Қутбиддин А. Бахтли йил. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат 
нашриёти. 1991. 48-б.
48. Орипов А. Танланган асарлар. Т.Шарқ. 2019.123-б.
49. Сулаймон Т. Сенсиз ёлғиз ғариб бўлдим. Т.2013. 399 б.
50. Олимжон Ҳ. Дарё каби уйғоқ ўтурман. Т.Шарқ. 2019. 191 б.
51. Раҳмон Ш. Сайланма. Т.Шарқ. 2007. 383. 
INTERNET SAYTLARI
52.  e-adabiyot .uz   
53.   www.library.uz
54.   www.pedagog.uz
55.   www.uzedu.uz
56.   www.Ziyonet.uz
         
 
   
         
69  
  
70

HOZIRGI O‘ ZBEK SHE’RIYATIDA FOLKLOR AN’ANALARI MUNDARIJA: KIRISH .......................................................................................................................................................... 1 KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Jahon adabiyotshunosligida xalq og’zaki ijodiga e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy adabiyotning tarkibiga singdirilgan folklorizm namunalarining badiiy adabiyotdagi, uning poetikasidagi o ʻ rni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, bugungi kunda Lotin amerikasi adabiyotini folkorizmlarsiz tasavvur qilib bo ʻ lmaydi. Dunyo adabiyotshunosligida folklorizmning ko ʻ pgina namunalari Sharq adabiyoti, jumladan hind, fors-tojik, arab, turkiy xalqlar mifologiyasi asosiga qurilganligi fikrimizni isbotlaydi. Shuning uchun ham davr ijodkorlari asarlaridagi xalq og’zaki ijodiga monand jihatlarni o ʻ rganish va ularning asarlariga jahon adabiyotshunosligi nuqtai nazaridan baho berish asosiy muammolaridan hisoblanadi. Bu holat ayniqsa, Usmon Azim, Azim Suyun, E.Vohidov va boshqalar ijodidagi folklorizmlar badiiyatini har tomonlama chuqur tadqiq etish dolzarblik kasb etadi. 1

O zbek adabiyotida o tmish, adabiy merosga e’tibor ayniqsa, mustaqillikʻ ʻ yillarida jadal rivojlanib bormoqda. Shu o rinda alohida ta’kidlash zarurki, ʻ adabiyotimizda folklorga e’tibor yanada ommaviy tus olib bormoqda. O zbek ʻ shoirlar zamonaviy inson haqidagi qarashlarida bu kabi tajribalardan maksimal darajada foydalanmoqdalar. Poetik obraz folklor namunalari bilan xalqonalik kasb etib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mamlakatimizda barcha soha tarmoqlari qatori madaniyat va san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari rivojiga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, keyingi paytda bu soha ravnaqini yangi bosqichga ko tarish bo yicha ʻ ʻ ulkan ishlar qilinmoqda” 1 . Ana shu talablar adabiy-badiiy jabhada ham yangicha badiiy tafakkur va tamoyillarni zarurligini isbotlamoqda. Badiiy adabiyotda xalqning ijtimoiy hayoti, ma’naviy-ma’rifiy turmushini tasvirlashda, xususan, uning yanada taraqqiy topishida, xalqchillikning ta’minlanishida xalq og'zaki ijodining o rni nihoyatda kattadir. Shu ma’noda yozma adabiyot va xalq og zaki ʻ ʻ ijodining o zaro munosabatlarini o rganish adabiyotshunoslik oldidagi muhim ʻ ʻ vazifalardan biri bo lib kelgan. ʻ Adabiyot hamma zamonlarda xalq ma’naviyatining bebaho xazinasi bo lib kelgan. O zbek she’riyatining taniqli namoyandalari ijodidagi milliy, diniy ʻ ʻ qadriyatlarni, shuningdek, folklorga xos obrazlarni tadqiq etish, ularning xalq og zaki ijodidan ta’sirlanishi, erishgan yutuqlari sirlarini o rganish muhim masala ʻ ʻ hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi F-4789 -son Farmoyishi, 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-sonli «Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 18 apreldagi PQ –28-29-son Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi 1 Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. //Xalq so‘zi gazetasi. – Toshkent, 2017 yil. 4 avgust 2

q arori, 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy- tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qaror lar i va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Mavzuning o‘ganilish darajasi. Folklor va yozma adabiyot munosabati masalasi dolzarb masalalardan biri bo lib, hozirga qadar bu muammo talqiniga doirʻ ko plab tadqiqotlar yaratilgan. N.Mallayev, M.Hakimov, J.Qobulniyozov kabi ʻ olimlarning Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Atoiy kabi shoirlarning folklordan foydalanish mahoratiga doir tadqiqotlari mavjud. Yozma adabiyotdagi folklorizmlarning badiiy xususiyatlari, manbalari, tasnifi, tipologiyasiga doir B.Sarimsoqov, I.Yormatov kabi folklorshunoslarning qator maqolalari e’lon qilingan. XX asr o zbek adabiyoti namoyandalari asarlarida ʻ folklor elementlarining badiiy talqini masalasi G .Jalolov, G .Mo minov, ʻ ʻ ʻ A.Sabirdinov, L.Sharipova singari tadqiqotchilar tomonidan o rganilgan. ʻ Ma’lumki, XX asrning birinchi yarmida adabiyotimizda folklor an’analaridan ijodiy foydalanish jarayoni kuzatila boshlandi. 1 Shoir va adiblarimiz o z badiiy niyatlaridan kelib chiqib, asar personajlari va ʻ voqealar talqinining xususiyatlarini ta’minlash maqsadida xalqimizning milliy 1 Sarimsoqov B.Dostonlarda psixologik tasvirning xarakteri haqida ba’zi mulohazalar || Po’lkan shoir.O’zbek xalq ijodi bo’yicha tadqiqotlar.2-kitob.-Toshkent : Fan, 1976.-B.106-114; Qosimov Ya.O’zbek she’riyatida poetik fikrning yangilanish jarayoni(60 yillar shoirlar avlodi ijodi misolida ):Filol:fan.nomz…diss.-T.:1993; Aliyev B.Hozirgi o’zbek she’riyatda psixologizm problemasi: Filol.fan.nom..diss.T.: 1994; To’lakov I.Hozirgi o’zbek lirikasida davr va qahramon talqini : Filol.fan.doktori…dis.-T.: 1994; 4.Norboyev B.hayotni poetik talqin etish tamoyillari va mahorat muammolari: Filol.fan.doktori…diss.avtoreferati.-T.:1996; Jumaboyeva J. XX asr she’riyatida psixologik tasvir mahorati : Filol.fan.doktori…diss. aftoreferati. – T.,1999, Hamdamov U.Badiiy tafakkur tadriji.-Toshkent Yangi asr avlodi,2002-B.199; Yo’ldoshev Q.Ko’ngil mavjlari // “O’zbekiston ovozi”.- 2001.-10 mart; Yana o’sha insoniy tuyg’ular jilvasi// “Yozuvchi”. -2002.-27 aprel; Yana o’sha.Samimiy tuyg’ular tarovati// “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”.-2002-1mart .;Yana o’sha .Iztirob suratlari// “Hurriyat”. -2003.-24 sentabr ; Yana o’sha Adabiyot osmoni cheksiz// “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”.2004.-8oktabr; Yo’ldosheva M. Hozirgi o’zbek modrn she’riyatining asosiy xususiyatlari: Filol.fan.nom… diss. aftoreferati. –T.:2004; Hayitov A.90-yillar o’zbek lirikasida an’ana va shakliy izlanishlar: Filol.fan.nom… diss. aftoreferati. –T.:2004; Rajabov A.Usmon Nosir (hayoti va ijodi): Filol.fan.nom… diss. aftoreferati. –T.: 1967. 272 b.; G’afurov I. Lirikaning yuragi. – Toshkent: 1982-222 b. 3

qadriyatlariga, xususan, folklor asarlaridagi badiiyat durdonalariga murojaat qila boshladilar. Bu ijodiy jarayon hozirgi asrimizda ham yaqqol ko zga tashlanadi.ʻ Shu bois folklor va yozma adabiyot munosabati masalasini tadqiq etishda bugungi adabiy jarayonning badiiy-estetik mezonlaridan kelib chiqib ish ko rish, ʻ shoirlarning uslubi va ijodiy o ziga xosligini ularning folklorga munosabatisiz ʻ tasavvur qilish mumkin bo lmay qoldi. Shu jihatdan qaraganda zamonaviy o zbek ʻ ʻ shoirlarning folklor namunalaridan foydalanish mahoratini o rganish masalasi ʻ dolzarb adabiyotshunoslik oldidagi masalalardan biri hisoblanadi Tadqiqotning maqsadi. O zbek she’riyatida folklor motivlarining ʻ qo’llanilishini, folklorizmlardan foydalanish mahoratini o rganish, ushbu davr ʻ she’riyati namunalarida folklorizmlarning o ziga xos jihatlarini yoritish hamda ʻ adabiyot va folklor munosabatidagi dinamikani ko rsatish tadqiqotimizning asosiy ʻ maqsadini belgilab beradi. Tadqiqotning vazifalari: Mazkur ish quyidagi vazifalarni hal qilishni ko zda tutgan: ʻ – Elbek o zbek adabiyotshunosligida folklor an’analaridan foydalanish ʻ borasida ilk ijodiy namunalari bilan folklorizmlarni boshlab bergan ijodkorligi bilan novator shoir ekanligini o rganish; ʻ – Abdulla Oripov she’riyatida folklorga xos obrazlar tizimini va ularning individual xususiyatlarini talqin etish; – Afsona va rivoyatlarning Erkin Vohidov, A.Oripov, T.Sulaymon she’riyatida tutgan o rnini tahlil etish; ʻ – Usmon Azim ijodida folklor motivlari hamda bir qator janrlar, jumladan, maqol va matallarning qo llanilishini tadqiq etish; ʻ – Folklor namunalarining milliy ruhiyatga ta’sirini o’rganish. Tadqiqot ob’yekti. Magistrlik dissertatsiyamizda zamonaviy she’riyat vakillari, Erkin Vohidov “O zbegim”, (1999) Usmon Azim “Saylanma” 1-2 jild ʻ (2018), To ra Sulaymon “Saylanma” (2005), M.Yusuf “Saylanma” (2005) she’riy ʻ to plamlari asosiy manba qilib olindi. ʻ 4

Tadqiqotning predmeti ni boy va serqirra qadriyatlarimiz aks etgan folklore motivlarining milliy ruhiyat va milliy xarakter talqinini yaratishdagi mahorati ilmiy metodlar asosida tahlil va tadqiq etish tashkil etadi. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi. Zamonaviy shoirlar she’riyatida folklor an`analari zaminida shakllangan badiiy timsollar tizimini tahlil etilish; hozirgi davr she`riyatida maqol-matal, ibora va hikmatli so zlarning,ʻ E.Vohidov, A.Oripov, T.Sulaymon she’rlaridagi o’rnini ochib berish; afsona va rivoyatlarning she’riy asarlar kompozitsiyasida bajargan badiiy vazifasini tadqiq etish; zamonaviy she’riyatda folklorizmlardan foydalanib, poetik mahoratlarini namoyon etgan, etayotgan shoirlar o’ziga xosliklarini aniqlash; Dissertatsiyaining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Samarqand davlat universiteti Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasining “Adabiy tur va janrlar poetikasi” mavzusi doirasida bajarildi. Tadqiqotning metodologik asosi ni E.Meletenskiy, Yu.Borev, V.Baxten, V.Jirmunskiy kabi mutafakkir va olimlarning asarlaridagi ilmiy-nazariy qarashlar belgiladi. Bundan tashqari folklorga oid tadqiqotlar qayd etgan bir qator o ‘ zbek olimlari: T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, D.Quronov, D.O ‘ rayeva singari tadqiqotlariga tayaniladi. Tadqiqot metodi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishida qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-tipologik metodlar qo‘llaniladi. Shuningdek, qiyosiy-tipologik va qiyosiy tarixiy metodga murojaat etiladi. Dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati. Xalqimizning boy madaniy tarixini aks ettirgan folklor an’analarinining poetik ko’lamini oshirishga imkoniyatlar eshigini ochish. Ya’ni xalqimizning qadimiy urf-odatlari, kuy va qo ‘ shiqlari, afsona va rivoyatlari, shuningdek maqol va matallari o ‘ quvchilarning ma’naviy-ruhiy dunyoqarashiga yaqindan xizmat qilishini ta’minlash. Xalq donishmandligining tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi. Folklor namunalarini darsliklarda hajmini kengaytirish va tahlil qilishga ko ‘ mak berishdan iborat . 5