ABDUVALI QUTBIDDIN SHE’RIYATIDA MILLIY QADRIYATLAR
ABDUVALI QUTBIDDIN SHE’RIYATIDA MILLIY QADRIYATLAR MUNDARIJA: KIRISH ……………………………………………………………………….3 I BOB. O‘ZBEK MODERN SHE’RIYATIDA MILLIY QADRIYATLAR IFODASI ……………………………………………………………………..7 1.1. Abduvali Qutbiddin she’riyatida an’anaviy va noan’anaviy talqin tamoyillari…………………………………………………………………….7 1.2. Shoir she’riyatida milliy qadriyatlarning zamonaviy tasviri…………..15 II BOB. SHOIR SHE’RIYATIDA POETIK G‘OYA VA TASVIR HAQQONIYLIGI …………………………………………………………...26 2.1. Milliy qadriyatlar timsolida badiiy detallarning o‘rni……………………26 2.2. Shoir she’riyatida peyzajning yetakchi tendinsiyalari……………………33 III BOB. SHOIR SHE’RIYATIDA IJODIY USLIB VA POETIK YANGILANISH ……………………………………………………………...41 3.1. Shoirning so‘z qo‘llash mahorati…………………………………………41 3.2. Ijodkor uslubida tasavvufiy an’analar…………………………………….48 XULOSA ………………………………………………………………………66 ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………………………………….69 1
KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . Jahon adabiyotshunosligida milliy qadiyatlarga bo‘lgan munosabat, ularning talqin etilishi hamda xalqona urf-odatlarning tobora ijodkor olamidagi badiiy bo‘yoqlar asosida ijod zamiriga kirib borishi eng qiziqarli va bahstalab masalalardan biriga aylanib ulgurgan. Shu bois o‘zbek adabiyotida XX asrda ijod etgan har bir ijodkor bu masalaga alohida yondashadi. Adabiyotshunoslikda esa ularga va ularning bu boradagi izlanishlariga tegishli baho berishga intiladi. Ayniqsa,ijoddagi xalqonalik, xalq urf-odatlarining tobora sentizlashib borishi va shu asosda milliy qadriyatlat talqini borasidagi izlanishlar bugingi adabiyotshunoslikning asosiy muammosi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan XX asr o‘zbek adabiyotida munosib o‘ringa ega bo‘lgan Abduvali Qutbiddin ijodini, uning mahoratini, o‘ziga xos milliy qadriyatlar talqinini o‘rganish va u yaratgan asarlarning ahamiyatini shu nuqtayi nazardan asoslash o‘zbek adabiyotshunoslikdagi dolzarb masala hisoblanadi. Abduvali Qutbiddin XX asr oxirlari va XXI asr boshlarida o‘zbek she’riyatiga kirib keldi. U yaratgan she’riyat modern asosida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, biroq undagi xalq qadriyatlarining ifoda etilishi va tasvirlab berilishi kishini maftun etadi. Ayniqsa, she’riyatidagi tasavvufona ohang xalq qadriyatlarini bilan birlashishi va xalq turmush tarzini noan’anaviy shaklda berishi bilan she’riyati muhim qimmatga ega. Bu tushunchalarning bosh mezonga ko‘tarilishi esa, shoir badiiy mahoratini belgilovchi xususiyatlaridandir. Zotan, “…adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor… bu avvalo, xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekani” 1 ayni haqiqatdir. Madaniyatga, adabiyotga e’tiborning bir ko‘rinishi esa shoir Abduvali Qutbiddin ijodini o‘rganish bilan ham belgilash mumkin. Chunki, shoir she’riyatining milliy qadriyatlar muammosi asosida o‘rganish yuqoridagi fikrlarning amaldagi ijrosi bo‘libgina qolmay, 1 O’zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqaro madaniyolamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir”. Mavzusida O’zbekiston ijodkorziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruza.// Xalq so’zi 2017, fevral. 2
mazkur tadqiqotning bugungi kundagi dolzarbligini asoslaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 17 - fevraldagi PF-49 47 - son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar stratediyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 - yil 18 - apreldagi PQ–28-29-son Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi q arorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qil ishi tayin . Tadqiqot ob’yekti va predmetining belgilanishi. Ijodkorning badiiy olami va u yaratgan yaratiqlar tadqiqotning asosiy ob’yekti sanaladi. Qiyosiy tahlilni amalga oshirish maqsadida XX asr o‘zbek shoirlarining to‘plamlari disertatsiyaga jalb etildi. Tadqiqotning predmetini Abduva Qutbiddinning “Bor” nomli to‘plami hamda adabiyotshunoslikda olib borilgan xalqona qadriyatlar borasidagi tadqiqotlar, izlanishlar tashkil etib, shoir she’riyatini ilmiy metodlar asosida tahlil va tadqiq etish tashkil etadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Adbudavali Qutbiddin she’riyatidagi xalqona qadriyatlarni anglash borasida unda modern, tasavvuf va xalqona qadriyatlarning ifoda etilishi, tasvirlanishi borasida izlanishlarini aniqlash, xalq urf-odatlari va kundalik turmushi sharoitida tasvir etilgan xususiyatlarga baho berish va tadqiq etish mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi sanaladi. Dissertatsiyaning vazifalari esa Abduvali Qutbiddin she’riyati, undagi xalqona qadriyatlarning ifodalanishi hamda modern va tasavvuf asosida berilgan tushunchalarni xalqona qadriyat asosida aniqlashdan iborat; Shoir she’riyatida xalqona qadriyatlar borasidagi izlanishlarini aniqlash; Moder tushunchalari xususida so‘z yuritish; Tasavvuf tushunchalarini xalq qadriyatlari bilan chambarchas bog‘langanligini tadqiq etish; Shoir she’riyatida xalqona qadriyatlar tamoyilini ko‘rsatib beruvchi 3
omillarga urg‘u berish; She’riyatidagi xalqona qadriyatlarni mahorat darajasida tasvir etilganligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Bizning mazkur tadqiqot imiz da Abduvali Qutbiddin she’riyati xalqona qadriyatlar muammosi asosida o‘rganilmoqda. Shoir potikasini belgilovchi xalqona qadriyatlar ijodkorning tasviradgi chizgilari hamda poetik olamda muhim tasviriy bo‘yoqdorlik masalalari tahlil doirasiga tortiladi; Bundan tashqari shoir ijodining o‘ziga xos original qarashlari va uslubini ko‘rsatish maqsadida XXI asrda ijod etayotgan ijodkorlarning she’riyati bilan qiyosan tahlil etiladi. Shu orqali shoirning xalqona qadriyatlarni berishga o‘ziga xosligiga oydinlik kiritiladi; Abduvali Qutbiddin she’riyatida mahorat masalasi hamda tasavvufga bo‘lgan munosabat aniqlanadi; Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tavsifi. Adabiy jarayonda an’anaviy qadriyat masalasi yoki noan’anaviy tasvir usuli masalasi muammosi alohida ahamiyat kasb etgan masalaladan biri sanaladi. Jumladan: O.Sharafiddinov, U.Normatov, B.Sarimsoqov, X.Boltaboyev, Q.Qahramonov, M.Xolbekov, Q.Yo‘ldoshev, U.Hamdamov, M.Yo‘ldosheva, M.Xolova singari adabiyotshunoslarning tadqiqotlarida bu masalaga to‘xtanilgan. O‘zbekiston xalq shoiri Abduvali Qutbiddin she’riyati xususida esa M.Davronova, D.Xursanov, E.Ernazarova 2 singari tadqiqotchilar o‘z tadqiqot ishlarini amalga oshirishgan. M.Davronova shoir uslubiga e’tibor qaratgan bo‘lsa, D.Xursanov Abduvali Qutbiddin she’riyatidagi vaqt va makon mauammosini tadqiq etishga erishadi. E.Ernazarova esa tasavvuf tushunchasi bilan bog‘liq fikrlar asosida tahlillarni amalga oshiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, biz olib chiqayotgan 2 Davronova M. Hozirgi adabiy jarayonda uslub poetikasi. Filol.fan.dok.dis.avtoref. (DSc). – Samarqand, 2019; Xursanob D. Hozirgi o’zbek she’riyatida xronotop poetikasi, Filol.fan.bo’yicha fal.fa,.dok.dis.avtoref. (PhD), - Samarqand, 2018; Ernazarova G. Hozirgi o’zbek she’riyatida tasavvuf an’analari. Filol.fan.bo’yicha fal.fa,.dok.dis.avtoref. (PhD), - Samarqand, 2022. 4
xalqona qadriyatlar asosida tasvir usulini o‘rganishga qaratilmagan yoki maxsus tadqiq etilmagan. Shu jihatdan tadiqqot dolzarbdir . Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati, shoirnning modern she’riyati xalqona qadriyatlar omuxtaligida yaratilganligi hamda milliy mentalitetga xos predmetlarning asosiy planga olib chiqiladi va shu yo‘l orqali shoir mahorati aniqlanib, shoir ijodini tadqiq etishda ilmiy-nazariy manba vazifasini o‘taydi. Tadqiqotning nazariy ahamiyati esa oliy ta’limda “Yangi o‘zbek adabiyoti” hamda she’riyat borasidagi “Tanlov fan”larning ma’ruza, seminar mashg‘ulotlarini olib borishda mazkut tadqiqotning xulosalaridan foydalanishi mumkinligi bilan asoslanadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiyasida ilk bor Abduvali Qutbiddin she’riyatida xalqona qadriyarlarning tasvirlanishi masalasi maxsus tadqiqot ob’yekti sifatida o‘rganilmoqda. Shoirning poetik olami hamda mahorati, o‘ziga xos uslubi masalasi va detallardan foydalanishdagi o‘ziga xosliklar tadqiq etiladi. Mazkur tadqiqot ishida shoirning o‘ziga xos uslubi xalqona qadriyatlarni bera olish talqin tamoyillari asosida ochib beriladi. Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat 7 3 sahifani tashkil qiladi. 5