logo

MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TALABALA YOShLARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI ShAKLLANTIRISh

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1151.91015625 KB
“MILLIY QADRIY A TLAR ASOSIDA TALABALA
YOShLARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI
ShAKLLANTIRISh”   MAVZUSIDAGI
BITIRUV MALAKAVIY  IShI
1 BITIRUV  MALAKAVIY   IShINING 
MUNDARIJASI 
Kirish ........................................................................................................................3
1-BOB .   MILLIY   QADRIYaTLAR   ASOSIDA   TALABALARNING
MAFKURAVIY   IMMUNITETINI   ShAKLLANTIRISh   NAZARIY
MASALALARI
1.1. Milliy     qadriyatlar   asosida   talabalarning   mafkuraviy   immunitetini
shakllantirish  nazariy asoslari ........................................................................6
1.2. Talabalarning     mafkuraviy   immunitetini   shakllantirishda     siyosiy-huquqiy
yetuklik va g‘oyaviy kurashchanlik...............................................................14
2-BOB     MILLIY     QADRIYaTLAR   ASOSIDA   TALABALARNING
MAFKURAVIY   IMMUNITETINI   ShAKLLANTIRIShNING   ELEKTRON
O‘QUV MODULI IShLANMASI
2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi........................................................26
2.2. Ma’ruza matni....................................................................................................42
2.3. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘satmalar.............53
 Xulosa ......................................................................................................................66
  Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati..................................................................68
2 KIRISh
Mavzuning   dolzarbligi.   Mamlakatimiz   mustaqillikga   erishgandan   so‘ng,
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarni  tiklash,  unutilgan ananalarini
keng   ommalashtirish   va   ularni   chuqur   o‘rganish   uchun   zarur   sharoitlar   yaratildi.
Zero, O‘zbekiston xalqining qadimgi urf-odat, anana va marosimlarga alohida e’tibor
berishi ma’naviy tiklanish jarayoni jadal kechayotgan hozirgi kunning mahim dolzarb
muammolardan   biridir.   Chunki,   talabalarni   yangicha   ruhda   tarbiyalash,   ularning
ongiga   milliy   mustaqillik   g‘oyalarni   chuqurroq   singdirish,   ajdodlarimiz   yaratgan
qadriyatlar mohiyatini keng targ‘ib qilishda, anana va marosimlar mohiyatini anglash,
ularni, ayniqsa talabalarga chuqurroq tushuntirish, milliy istiqlol mafkurasini yoshlar
orasiga yoyishning ta’sirchan vositalaridan biri xisoblanadi.
Ma’lumki,   milliy   qadriyatlar   azaldan   inson   ma’naviyatining   tarkibiy   qismi
sifatida   odamzodning   yuksak   ideallarini   o‘zida   mujassam   etgan.   «Ayniqsa,   ko‘p
asrlar mobaynida halqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy
madaniyatimiz va turmush tarzimizni, dinimizni, urf-odat va an’analarimizni bezavol
saqlashda   muqaddas   qadriyatlarimiz   qudratli   omil   bo‘lib   kelganligini   alohida
ta’kidlash   joiz» 1
.   Milliy   va   milliy   qadriyatlarni   tiklash   asosida   talabalarning
mafkuraviy   immunitetini   shakllantirish,   ularni   o‘rganish   va   targ‘ib   qilish,   yoshlar
ma’naviy madaniyati rivojiga qanday yo‘llar bilan ta’sir etishni tadqiq etish bugungi
kunning muhim vazifalardan biridir. 
Mavzuning   o‘rganilish   darajasining   qiyosiy   tahlili .   Yoshlar   ma’naviyati
masalasi   jamiyat   taraqqiyotining   ilk   davrlaridan   boshlab,   insoniyat   oldida   turgan
muhim   yo‘nalishlardan  bo‘lgan.   Zero,  qadimgi   dunyo  faylasuflaridan  tortib,  hozirgi
davr   tadqiqotchilarigacha   umuman   insoniyat   tarbiyasi,   xususan,   yoshlar kamoloti
haqida   tadqiqotlar   o‘tkazib,   bu   masalaga   salmoqli   hissa   qo‘shib   kelmoqdalar.
Qadimgi  xitoy mutafakkuri Konfutsiy, yunon faylasuflari  Demokrit, Platon, Gerodot ,
Aristotel  va boshqalar  shaxs kamoloti  jamiyat taraqqiyoti uchun muhim masala  deb
qaraganlar.   Jumladan,   Aristotel   nuqtai   nazariga   ko‘ra   jamiyat   taraqqiyoti   uchun
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: “ Маънавият ” , 2008.   36- бет .
3 ijtimoiy-iqtisodiy   o‘zgarishlar   qanchalik   ahamiyatli   bo‘lsa,   fuqarolarning   tarbiyasi
ham   undan   kam   emas 2
.   Markaziy   Osiyo lik   allomalar I bn   Sino,   A .R. Beruniy,
A .N. Forobiy,   Marg‘inoniy,   Imom   Buxoriy,   Abu   Abdurahmon   Nasoiy,   Hakim
Termiziy,   Ahmad   Yassaviy,   Pahlavon   Mahmud,   A . Navoiy 3
,   XX   asr   boshlarida
Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li, M . Behbudiy, A . Fitrat, A . Avloniy, S . Ayniy va
boshqa   ma’naviyat   va   ma’rifat   sohiblari   yoshlar   ongiga   ma’rifat,   madaniyat,   milliy
urf-odat, milliylik xususiyatlarini singdirishga harakat qil gan lar.
Bitiruv   loyihaviy   ishning   maqsadi.   Talabalarning     ma’naviy   madaniyatini
shakllantirishda   milliy   va   umuminsoniy     qadriyatlarning   o‘rnini,   mafkuraviy
immunitetlarini     shakllantirish   va   rivojlantirish   masalalarini     ijtimoiy   pedagogik
xususyatlari.
Bitiruv  loyihaviy  ishning vazifalari:
-   Milliy   qadriyatlar     tushunchasi   va   uning   inson   kamolotidagi   g‘oyaviy,
tarbiyaviy ahamiyati  tahlil etish;
-   Talabalarning   ma’naviy   madaniyatning   shakllanishiga   ma’naviy-madaniy
merosning o‘rnini  ilmiy asoslash;
-   Ma’naviy madaniyatning shakllanishida milliy urf-odatlar va qadriyatlarning
o‘rni  aniqlash;
-   Shaxs   ma’naviy   madaniyatini   shakllantirishda   milliy   va   milliy
qadriyatlarning uyg‘unligi  ko‘rsatish;
-   Talabalarda milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida mafkuraviy immunitetini
kuchaytirish xususiyatlari.
Bitiruv   loyihaviy   ishning   ob’ekti:   Talabalarning   ma’naviy   madaniyatini,
qadriyatlarni   shakllantirish,     mafkuraviy   immunitetini   kuchaytirish,     ijtimoiy,
ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan tahlil qilish 
2
Аристотель .  Метафизика . –  М .: 1934 // http: //www.filosofreferat.com/modulis.php?name = News &c file = print & s
sid = 129.
3
Қаранг :   Ушбу   мутафаккирларининг   асарлари   тўғрисидаги   маълумот   фойдаланилган   адабиётлар   рўйхатида
қайд этилган.
4 Bitiruv   loyihaviy   ishning   predmeti   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarning
talabalar     ma’naviy   madaniyatiga   ta’sirining   umumiy   va   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
aniqlashdan iboratdir.
Bitiruv   loyihaviy   ishda ko‘tarilgan masalalarni yoritishda   ilmiy bilishning
ob’ektivlik,   vorisiylik,   tarixiylik   va   mantiqiylik,   qiyosiy   va   tizimli   tahlil   kabi
metodlariga tayanildi.
Shuningdek,   Prezident   Islom   Karimovning   muammoga   oid   fikrlari,   nazariy
xulosalari,   mamlakatimiz   olimlarining   monografiyalari   materiallari,   ma’naviy
madaniyatga aloqador ilmiy tadqiqotlar nazariy asos sifatida xizmat qildi. 
Bitiruv  loyihaviy  ishning yangiligi:
-Talabalar     ma’naviy   madaniyati   shakllanishining   ijtimoiy-tarixiy,   falsafiy,
milliy va axloqiy ildizlari ilmiy asoslanganligi; 
-“shaxs   ma’naviyati”,   “milliy   va   umum   insoniy   qadriyatlar”,   “islomiy
qadriyatlar” haqidagi fikr va qarashlar o‘rganilib, qiyosiy tahlil qilindi;
-Talabalarning     qadriyatlar   bo‘yicha     olgan   bilimlarini   rivojlantirish   asosida
mafkuraviy immunitetini  shakllantirishi yoritilgan,
-milliy   mentallitetimiz   asosida   talabalar     ma’naviy   madaniyatini
shakllantirishda manfaat, ehtiyoj hamda islomiy qadriyatlarning o‘zaro ta’siri asoslab
berilgan.
1-BOB.   MILLIY   QADRIYaTLAR   ASOSIDA   TALABALARNING   MAFKURAVIY
IMMUNITETINI ShAKLLANTIRISh NAZARIY   MASALALARI
1.1. Milliy     qadriyatlar   asosida   talabalarning   mafkuraviy   immunitetini
shakllantirish   nazariy asoslari
5 Mamlakatimiz     mustaqillikka   erishganidan   so‘ng   fuqarolarni   yangi   yo‘ldan
boshlab  borish,  ularning  qarashlari   va  orzu-umidlarini,  maqsadlarini  bir   yo‘nalishga
burib,   kuchlarni   uyg‘unlashtirish   uchun   yagona   g‘oyaviy   qurol   zarur   edi.   Shu   bilan
birga   istiqlolning   dastlabki   yillarida   uzoq   davr   hukmronlik   qilgan   kommunistik
mafkuradan voz kechish, undan xalos bo‘lish lozim edi. 
Istiqlolning   dastlabki   kunlaridanoq   Yurtboshimiz   xalqimiz   ongiga   mustaqillik
g‘oyalarini   singdirish,   fuqarolarda   yangicha   tafakkur   va   dunyoqarashni   singdirishga
alohida   e’tibor   bera   boshladi.   1992   yil   2   iyulda   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy
Kengashining   X-sessiyasida   I.Karimov   shunday   degan   edi:   “Bugungi   kunda   xalqni
yakdil qiladigan ishlar va g‘oyalar oz emas. Ularning ichida eng ulug‘i, eng olijanobi-
O‘zbekiston   Respublikasining   mustaqilligini   ta’minlash.   Ana   shu   maqsad,   ana   shu
g‘oya atrofida birlashsak, aslo xor bo‘lmaymiz” 4
.
90-yillarning boshlarida mamlakatda vujudga kelgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy
qiyinchiliklar   ma’lum   muddat   xalqimiz   ruhiyatiga   salbiy   ta’sir   qildi.   Mamlakatimiz
siyosiy   rahbariyati  oldida  bir   tomondan   o‘sha   qiyinchiliklarni  bartaraf  etish,   boshqa
tomondan   kishilar   ruhiyatini     ko‘tarish,   mavjud   bo‘hronlarni   yo‘qotish   vazifasi
turardi. 1993 yilning 23 aprelida I.Karimov bir guruh   adiblar bilan uchrashdi. 1993
yil 6 mayda Oliy Kengashning XII – sessiyasida esa mafkurasiz, aniq yo‘nalishga ega
bo‘lgan   g‘oyalarsiz   taraqqiyot   bo‘lmasligi   alohida   ta’kidlandi   va   istiqlol,   milliy
istiqlol mafkurasini yaratish vazifasi qo‘yildi. 
Xo‘sh, mafkurasizlik nimaga olib keladi: 
Birinchidan ,   e’tiqodsizlikka olib keladi. E’tiqodsizlik esa har kimning o‘zicha
yashashiga,   ko‘ngil   tusaganicha   kun   ko‘rishga,   xayoliga   kelgan   ish   bilan
shug‘ullanishga   olib   keladi.   Bu   yakka-yakka   shaxslarning   hatti-harakatidan   butun
jamiyat ma’naviy-ruhiy qiyofasining qay tarzda shakllanishiga sabab bo‘ladi. 
Ikkinchidan,     mafkurasizlik   odamlar   ongida   manqurtlik,   qalbida,   fe’l-atvorida
andishasizlik va nihoyat o‘zligini anglamaslik xislatlarini chuqurlashtiradi. Jamiyatda
esa parokandalikni, beqarorlikni keltirib chiqaradi.   
4
 Каримов И.Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.-Тошкент, 1996.-15-бет. 
6                       Boshqacha   qilib   aytganda,   ya’ni   mafkuraning   asl   mazmun   -   mohiyati   –
yangicha tafakkurga, e’tiqodga ega, erkin fikrlaydigan, siyosiy-huquqiy savodxonligi
yuqori,   ma’naviy   jihatdan   baquvvat,   sog‘lom,   mutelik,   jur’atsizlik   tuyg‘usidan
mutlaqo xoli,  mustaqil insonni tarbiyalashdir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda
quyidagini   ta’kidlash   mumkin:   milliy   ong   ta’sirida   milliy   g‘oyalar   yaraladi.   Ushbu
g‘oyalar asosida milliy mafkuara shakllanadi.
               Mamlakatimizda milliy g‘oya va milliy mafkuraning shakllanishi puxta o‘ylab
chiqilgan   reja   asosida,   ilmiy   asoslangan   tarzda   amalga   oshirildi.   2000   yilda   “Milliy
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasi e’lon qilindi. Unda insoniyat
tarixi   g‘oyalar   tarixidan   iboratligi   ta’kidlangan   holda   “ G‘oya-inson   tafakkuri
mahsuli,   milliy   g‘oya   esa   millat   tafakkuri   mahsulidir.   Milliy   g‘oya   –   inson   va
jamiyat   hayotiga   ma’no-mazmun   baxsh   etadigan,   uni   ezgu   maqsad   sari
yetaklaydigan   fikrlar   majmuidir”,   deb   qayd   etildi.   Mafkura   esa   muayyan   ijtimoiy
guruh,   ijtimoiy   qatlam,   millat,   davlat,   xalq   va   jamiyat   ehtiyojlari,   maqsad-
muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini
o‘zida  mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir. 5
  
                   Ta’kidlash lozimki, milliy g‘oya mustaqillik g‘oyasi bilan hamohang. Xo‘sh
mustaqillik g‘oyasi nima? 
Mustaqillik   g‘oyasi   –   mustamlakachilik   asoratida   bo‘lgan   millat   va
xalqlarning,   ularga   mansub   bo‘lgan   ilg‘or   kishilarni   ozodlikka,   o‘z   erkini   qo‘lga
kiritishga   undaydigan  g‘oya.    Ana  shu  g‘oya  asosida  ular  ezgulik  va  ozodlik  uchun
kurashga otlanadilar, shu yo‘lda jon fido qiladilar.
                  Mustaqillik mafkurasi  esa    jamiyat a’zolarining, ijtimoiy guruhlari, siyosiy
partiyalar,   jamoat   tashkilotlari,   millatlar,   elatlar,   ommaviy   harakatlar,   milliy
tashkilotlar, boshqa ijtimoiy  sub’ektlarning umumiy manfaat va muddaolarini o‘zida
aks ettiruvchi  va mujassamlashtiruvchi,  ularning hatti-harakatlarini, faoliyatini, fikr-
zikrini   yagona   bir   maqsadga   –   mustaqillikka   erishish   holida   uni   mustahkamlashga
yo‘naltiruvchi g‘oyalar majmuidir. 
5
  Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар.-Тошкент, 2000.- 9-бет. 
7                Mustaqillik g‘oyasi va mustaqillik mafkurasining uyg‘unligi pirovard natijada
mamlakatimizda   ijtimoiy   taraqqiyotga,   demokratik,   huquqiy,   insonparvar   jamiyat
barpo etishga imkon yaratdi.
                Shu   bilan   birga   muhim   metodologik   masalalardan   yana   biri   –   milliy   istiqlol
mafkurasining bosh g‘oyasini aniqlash masalasidir. Shu ma’noda ta’kidlash lozimki,
O‘zbekiston   xalqining   milliy   taraqqiyot   yo‘lidagi   bosh   g‘oyasi   –   Ozod   va   obod
Vatan,   erkin   va   farovon   hayot   barpo   etishdir.   Ayni   paytda   milliy   istiqlol
mafkurasining asosiy g‘oyalari mavjud bo‘lib, ular 7 tadan iborat: Vatan ravnaqi, yurt
tinchligi,   xalq   farovonligi,   komil   inson,   ijtimoiy   hamkorlik,     millatlararo   totuvlik,
dinlararo bag‘rikenglik (tolerantlik).
              Milliy   mafkuramizning   bosh   g‘oyasi   va   asosiy   g‘oyalari   mamlakatimizda
istiqomat qilayotgan barcha 136 millat, elat vakillariga tegishli. Ushbu g‘oyalar biror-
bir   millatning   maqsad   –muddaolariga,   manfaatlariga   zid   emas,   aksincha,   umumiy
yaxlitlikka imkon beradi.
                      Mamlakatimizda   mustaqillikning   ilk   kunlaridanoq   rivojlanishning   faqat
iqtisodiy     jihatlarigagina   emas,   shu   bilan   ma’naviy   omillariga   ham   e’tibor   berish
vazifasi   ko‘ndalang   bo‘lib   turardi.   Buning   qator   sabablari   bor   edi.   Eng   avvalo
xalqimiz   ongidan   sovet   mustabid   tizimi   davrida   shakllangan   “sovet   madaniyati”
tushunchasini chiqarib tashlash lozim edi.
Mazkur  holat  sovet  davrida  milliy madaniyatlarga nisbatan  davlatning rasmiy
siyosatini   shakllantirishga   da’vat   etardi.   Natijada   “shaklan   milliy,   mazmunan
sotsialistik, ruhan baynalmilal” madaniyatni barpo etish kun tartibiga qo‘yildi. Unga
asosan,   sobiq   kompartiya   milliy   respublikalarga   o‘z   milliy   madaniyatini
“rivojlantirish” ga mone’lik qilmadi. Ammo “rivojlantirish” faqat shaklda aks etishi,
mazmunan esa u sotsialistik ruhni targ‘ib etishi lozimligi talab etildi.   Obrazli tarzda
aytganda,   o‘zbekning   o‘z   milliy   kiyimlarida,     milliy   choponlarda,   o‘z   ona   tilida
qo‘shiq   kuylashiga   ruxsat   berildi.   Ammo   ushbu   qo‘shiq   mazmun-mohiyatini
sotsializm,   kommunistik   partiyaning   “rahbarlik   roli”,   adolatli   sotsialistik   jamiyat”
tashkil   etishi   talab   qilindi.   Tabiiyki,   bu   narsa   milliy   respublikalar,   jumladan
8 O‘zbekistonda   haqli   noroziliklarni   keltirib   chiqardi,   kishilarda   madaniyatdan
“begonalashuv” boshlandi. 
O‘zbekiston   madaniyatidagi   transformatsiya   jarayonlari   ayniqsa   1980
yillarning   o‘rtalaridan   boshlangan   “qayta   qurish”   davrida   kuchaydi.   Madaniyatga
“sinfiylik”, “partiyaviylik”,  “g‘oyaviylik”  asosida   baho berildi. Madaniyat   va san’at
mafkuraviy   zug‘um   ostiga   olindi,   milliy   ehtiyoj,   milliy   manfaatlar   inkor   etildi,
“Navro‘z” bayramining “Navbahor” deb nomlanishi, islom dinining ma’rifiy-axloqiy
jihatlariga   nopisandlik   bilan   qarashning   sababi   ham   shunda   edi.   Rasmiy   hokimiyat
qadriyatlar   innovatsiyasi   tabiiy   jarayon   ekanligini   qayd   etdi.   Ammo   bu   innovatsion
o‘zgarishlarning   milliy   o‘sishga,   jipslashishga   hech   qanday   ijobiy   ta’siri   yo‘q   edi.
O‘zbekiston   madaniyatining   tom   ma’noda   rivojlanishiga   mustaqillik   tufayligina
erishildi. 
Alohida   ta’kidlash   lozimki,   mustaqillik   eng   avvalo   xalqimizning   qo‘lidagi
siyosiy kishanlarni yechib tashladi. Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi  qullik, o‘z madaniy
siyosatini o‘zi belgilashi huquqidan mahrum bo‘lish esa qaysi xalq, millat bo‘lishidan
qat’iy   nazar   uning   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy,   ma’naviy-mafkuraviy   taraqqiyotiga
to‘siqdir.   “Moddiy   islohotlar,   iqtisodiy   islohotlar,   -degan   edi   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimov,   -o‘z   yo‘liga.   Ularni   hal   etish   mumkin.
Ammo, ma’naviy islohotlar-qullik,   mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland
tutish,   ota-bobolarimizning   udumlarini   tiklab,   ularga   munosib   voris   bo‘lish-bundan
og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda” 6
.
            Ma’naviyatni rivojlantirish uchun eng avvalo uni yaxshi tasavvur etish lozim
edi.   “Ma’naviyat   (arabcha   “ma’naviyat”-   ma’nolar   majmui)-   kishilarning   faoliyati,
huquqiy,   estetik,   badiiy,   axloqiy,   milliy   tasavvurlari   va   tushunchalari   majmui.
“Ma’naviyat”   so‘zining   negizida   arabcha   “ma’ni”   so‘zi   yotadi.   “Ma’naviy”   so‘zi
ma’niga   aloqadorlikni   bildirsa,   “ma’naviyat”   -   “ma’naviy”   so‘zining   ko‘plikdagi
shaklidir. 7
6
 Каримов И. Ўзбекистон: Миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.1.-Тошкент, 1996.-202-бет.  
7
 Мустақиллик. Изоҳли илмий- оммабоп луғат.-Тошкент, 2006.-184-бет.
9              Umuman, ma’naviyat juda ma’nodor, serqirra tushuncha bo‘lib, uning dunyoda
yagona   qabul   qilingan,   umume’tirof   etilgan   ta’rifi   yo‘q.   Shu   bilan   birga,   ruschada
ma’naviyat   “duxovnost”   deb   tarjima   qilinsada,   aslida   “duxovnost”   ko‘proq
“ruhoniylik” ni anglatadi. O‘zbek tilida qabul qilingan “ma’naviyat” so‘zi esa, inson
barkamolligi, ma’naviy olami, dunyoqarashi, tafakkuri, ongi kabi tushunchalar bilan
uyg‘unlikda o‘rganiladi.
            “Ma’naviyat”   ga   juda   ko‘plab   ta’riflar   berilgan   bo‘lsada,   ularning   ichida   eng
mukammali Prezident I.Karimov tomonidan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
asarida   berilgan   ta’rifdir.   Unda   “ma’naviyat   –   insonni   ruhan   poklanish,   qalban
ulg‘ayishga   chorlaydigan,   odamning   ichki   dunyosi,   irodasini   baquvvat,   iymon-
e’tiqodini   butun   qiladigan,   vijdonini   uyg‘otadigan   beqiyos   kuch,   uning   barcha
qarashlarining   mezonidir”. 8
  deyiladi.   Ushbu   ta’rifning   mukammalligi   unda   inson
kamolotining   uni   ruhi,   ichki   dunyosi,   qalbi,   irodasi,   iymon-e’tiqodi,   vijdoni,   barcha
qarashlari bilan uyg‘unlikda ko‘rilganligidir.
                 Kitobning o‘zi ham bejizga ma’naviyat yengilmas kuch, deb ta’riflanmagan.
Insonning   qalbi,   ruhi,   irodasi,   iymon-e’tiqodi,   vijdoni   sog‘lom   bo‘lsagina   uning
ma’naviy   olami     to‘g‘risida   fikrlash   mumkin.   Aslida   ma’naviyat   shaxs,   millat,
jamiyat   bilan   hamohanglikda   ro‘y   berishi   mumkin.   Inson   ma’naviyatini
shakllantirishda   uni   barpo   etilayotgan   jamiyat   mezonlari,   mazmun-mohiyatiga
uyg‘unlashtirgandagina tom ma’nodagi mutanosiblikka erishish mumkin.
     Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy-madaniy merosni tiklash, uni fuqarolar
ijtimoiy ongiga aylantirish borasida ham juda ibratli ishlar amalga oshirildi. Madaniy
meros-avlodlar   tomonidan   yaratilgan   amaliy     tajriba,   axloqiy,   ilmiy,   tafakkuriy,
milliy   va   ruhiy   qarashlar,   xalq   madaniyati   va   ijodi   kabi   moddiy   hamda   ma’naviy
boyliklar majmuidir.
            Mustaqillik   yillarida   madaniy   merosni   tiklash   bo‘yicha   davlat   siyosati   ishlab
chiqildi. “Me’ros” umummiliy dasturi  faoliyat  ko‘rsatdi, Oliy Majlisda  o‘lkamizdan
tashib   ketilgan   milliy-madaniy   merosni   Vatanimizga   qaytarish   bo‘yicha   maxsus
komissiya   tuzildi.   Bularning   bari   sovet   mustabid     tizimi   davrida   o‘zbek   milliy-
8
 И.Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Тошкент, 2008.-19-бет.
10 madaniy   merosiga   yetkazilgan   ziyon-zaxmatlarni   bartaraf   etish,   qaytarilgan,
tiklangan madaniy merosni xalqimiz mulkiga aylantirishdan iboratdir.
                Milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlar   uyg‘unligining   yuzaga   kelishi
mustaqillikning   eng   katta   yutuqlaridan   bo‘ldi.   Hozirgi   globallashuv   jarayonida
ma’naviy   ta’sirning   kuchi   toboro   sezilmoqda.   Ma’naviy   ta’sir   bir   tomondan
millatlararo  madaniyatlarning    rivojlanishiga   imkon  bersa,  boshqa   tomondan,  milliy
madaniyatlarga   salbiy   oqimlar,   turli   “izm”   larning   kirib   kelishiga   imkon   beradi.
O‘zbekiston   hukumati   bu   masalada   juda   to‘g‘ri   yo‘lni   tanlagan:   turli   salbiy
“ma’naviy”   oqimlarning   kirib   kelishining   oldini   olishda   eng   avvalo     xalqimiz
ma’naviy   olamini   shakllantirish,   ma’naviy   immunitetini   yaratish,   yoshlarda
yurtimizga   katta   oqimda   kirib   kelayotgan   salbiy   qarashlar,   nazariyalar,   “izm”   larni
ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
                  Bularning   bari,   shubhasiz,   mamlakatdan   ma’naviy   tiklanish   va   yuksalishga
zamin  yaratadi.   Mustaqillik   ma’naviy-ma’rifiy,   ruhiy,   g‘oyaviy-mafkuraviy   jihatdan
himoya   qilingandagina   ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va   farovon   hayot   barpo   etish
mumkin.
Milliy   qadriyatlarimiz   Hammamizga   malumki,   bizga   yaqin   bo‘lgan   kishilar
asta-sekin   bizning   qarindoshimizga   aylanadi.   Xuddi   shu   kabi   xaqning   ham   o‘z
hayotining   mano-mazmunini   tashkil   etadigan   urf-odat,   anana,   bayramlar   hamda   til,
din, adabiyot va madaniyat namunalarini, turli marosimlarini qadriyat deymiz.
Aslida  qadriyat   qadr so‘zidan olingan bo‘lib, inson uchun  qadrli bo‘lib qolgan
narsalarni   bildiradi.   Milliy   qadriyatlar   esa,   millat   uchun   qadrli   bo‘lgan,   uning
taraqqiyoti   uchun   xizmat   qiladigan   narsa   va   tushunchalarni   bildiradi   va   xaqning
milliy o‘zligiga xos xususiyatlarni ifoda etadi.
Navro‘z   bayrami   xalqimizning   o‘troq   hayoti   boshlagan   davrlardan   buyon
yashab kelmoqda. Avvalo bu bayram avvalo yerga, suvga, quyoshga, tabiatga butuni
mavjudodga mehr uyg‘otadi.
Xalqning   taqdiridi   shunday   qadriyatlar   bo‘ladiki,   ular   millatning   o‘zi   bilan
birga shakllanadi va uning asosiy belgilaridan biriga aylanadi.
11 Arab   va   mo‘g‘ul   istelosidan   keyin   o‘zbek   (turkiy)   tilining   mavqei   pasayib
ketgan.   Temuriylar   davlatchiligi   davrida   xalqimiz   tani,   qadr-qimmati   bilan   birga
tilimizning obro‘-etibori qayta tiklandi. Alisher Navoiy bobomiz sayharakatlari bilan
tilimiz yuksak darajaga ko‘tarildi.
Buxorodagi  berakror  mamorchilik koshonasi  – “Sltoram  mohi  xossa”ning  (oy
va yulduzlar saroyi degani) ruhiy kasalliklar shifoxonasiga aylantirilganligi, u yerdagi
noyob va qimmatbaho buyumlar esa rus imperatorlarining qishki qasri–Ermitajga olib
ketilganligidan bilsh mumkin.
Mustaqillikdan   so‘ng   xayotimiz   bunga   yaqqol   dalil   bo‘ldi.   Xalqimizning   va
millatimizning   barcha   qonuniy   haq-huquqlari   tiklandi.   Ayni   paytda   bebaho   milliy
qadriyatlarimiz-tilimiz, dinimiz, bayramlarimiz, anana va urf-odatlarimiz hayotimizga
yangidan kirib kelib zamonaviy mano kasb etdi.
Avvallari kimdir qazo qilsa janoza o‘qish mumkin bo‘lmagan vaqtlari berkitib
o‘qilgan.   Xaj   va   umra   safarlariga,   dunyoning   boshqa   mamlakatlariga   o‘qish,   ish,
savdo, dam olish maskanlarida borib kelganini yaxshi bilamiz.
Milliy qariyatlarimizning rivojlanishi yangicha mano bilan boyitishga ularning
umubashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirib borish muhim o‘rin tutadi.
  Umumbashariy   qadriyatlar   Butun   bashariyat   hayoti   uchun   qadrli,
ahamiyatli mano- mazmunga ega  bo‘lgan g‘oya va tushunchalardir.
Milliy qadriyatlarimiz qadim zamonlardan buyon boshqa xalqlar bilan bo‘lgan
doimiy maloqotlar natijasida boyib, takomillashgan.
Ayniqsa, Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab karvonlar tinimsiz qatnab yurgan davrlarda
ota   bobolarimiz   turli     xalqlarning   madaniyati,   urf-odat   va   ananalari   taraqqiyot
borasida yutuqlaridan bahramand bo‘lgan.
Tariximiz kabi, qadim madaniyatimizning yaratilishida ham unga ko‘plab etnik
guruxlar,   el-elatlar   o‘z   ulushini   qo‘shgan.   Bu   tabiiy   xol.   Chunki   hech   qaerda,   hech
qachon bir millatga xos madaniyat bo‘lmaydi. Har qanday svilizatsiya ko‘pdan-ko‘p
xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir.
Bugungi   kunda   ham   milliy   qadriyatlarimiz   umumbashariy   qadriyatlar   bilan
uyg‘unlashmoqda.
12 Navro‘z bayramini bugungi kunda nafaqt o‘zbek millatiga mansub aholi, balki,
mamlakatimzdagi barcha elatlar birdjek katta quvonch bilan  nishonlamoqda.
Bunday   erkin   va   ozod   turmush   sharoitida   milliy   umubashariy   qadriyatlar
o‘zaro qanchalik uyg‘unlashib borayotgani yaqqol nomoyon bo‘lmoqda.
Milliy   qadriyat   va   urf-odat   va   ananalarimiz   bizning   manaviy   va   milliy
boyligimizdir.
 Milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi .  Milliy   istiqlol   g‘oyasi   “Milliy”
so‘zi   bilan   atalishi   bejiz   emas.   Bu   avvalo   Vatanimizning   muborak   zaminida
yashayorgan   insonlarni,   millati,   tili,   dinidan   qat’iy   nazar,   yagona   yurt   farzandlari,
yagona   jamiyat   fuqarolari   sifatida   birlashishi,   ularning   ezgu   orzu   intilishi   va
manfaatlarini  ifoda etishi  istiqlol  mafkurasining asosiy  mano va mohiyatini  belgilab
berishini   ko‘rsatadi.   Chunki   “milliy”   sifatlashi   faqat   bir   millatga   emas,   balki   bir
hudud   bir   mamlakatga   mansublikni   bildiradi.   Shuning   uchun   shu   yagona   xalqning
milliy   qadriyatlari,   umubashariy   qadriyatlari   bilan   uyg‘unlashgan   xolda,   bu   g‘oyani
yanada boyitib boradi.  Milliy   istiqlol   g‘oyasi   milliy   qadriyatlarimizni   o‘zida   aks
etdiradi va o‘z navbatida, rivojlanib, takomillashib boruvchi tizim sifatida rivojlanidi.
                                                         
1.2. Talabalarning     mafkuraviy   immunitetini   shakllantirishda     siyosiy-
huquqiy yetuklik va g‘oyaviy kurashchanlik
Yoshlarda   siyosiy-huquqiy   yetuklik   va   g‘oyaviy   kurashchanlik   fazilatlarini
shakllantirish   jamiyat   tubdan   yangilanayotgan,   turmush   tarzimiz   jiddiy   ravishda
o‘zgarayotgan   bir   paytda   muhim   ahamiyatga   ega.   Biroq,   inson   qalbi,   hissiyoti,
tuyg‘usi   va   ruhiyati   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   bu   murakkab   jarayonda   eng   avvalo
insonning   o‘zi   kim,   u   qanday   jonzot,   inson   fenomeni   nimalardan   iborat?,   -   degan
savollarga javob topmog‘imiz lozim.
Inson   –   butun   mohiyati   bilan   ijtimoiy   hodisa.   U   qanchalik   xususiy,   alohida
qadriyat   bo‘lmasin,   o‘z   fe’l-atvori,   qarashlari,   jamiyatda   tutgan   o‘rni   va   ijtimoiy
taraqqiyotga bog‘liqligi jihatidan umumiydir. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, biz
13 alohida voqelik sifatida har bir insonning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini,
o‘tkazadigan ta’sirini e’tiborga olmog‘imiz lozim.
Inson  ijtimoiy tabiatiga  ko‘ra, o‘z  turmush  tarzini  o‘zi  yo‘lga  qo‘yadi, o‘zini-
o‘zi   boshqaradi.   O‘y-xayollari,   orzu-umidlari   va   maqsadlarini   ro‘yobga   chiqarish
jarayonlari   orqali   mavhum   holatlarni   real   voqelikka   aylantiradi.   Yaxshilik   va
yomonlik, saxiylik va baxillik, muhabbat va nafrat inson olamining butun mohiyatini
belgilaydi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   inson   o‘zini   o‘zi   muvofiqlashtirib   turadigan,
o‘zini o‘zi tiklaydigan, o‘zini o‘zi yo‘lga soladigan, shakllantiradigan murakkab, oliy
darajadagi   yaxlit   tizimdir.   Ana   shu   holatning   o‘zi   har   bir   insondan   ma’naviy
barkamollikka, ruhiy tozalik va axloqiy yetuklikka uzluksiz ravishda intilib yashashni
taqozo etadi.
Voqea-hodisalarga   befarqlik,   jamiyat   ishiga   aralashmaslik,   o‘z   istiqboliga   va
iqboliga   loqaydlik   har   qanday   odamning   insoniy   imkoniyatlarini   cheklab   qo‘yadi,
faol   hayotiy   pozitsiya   barxam   topadi,   kishida   ruhiy   siniqlik,   ma’naviy   tushkunlik,
tobelik va  mutelik illatlari  chuqur  ildiz  otadi, natijada  ruhiy jihatdan  mayib-majruh,
ma’naviy jihatdan noshud-notavon kishilar jamiyati shakllanishi mumkin.
Siyosiy-huquqiy   yetuklik   va   g‘oyaviy   kurashchanlik   fazilatlariga   ega   bo‘lgan
har qanday shaxs ana shunday illatlardan forig‘, jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeiga ega
bo‘lgan   inson   sifatida   o‘zini   namoyon   etadi.     Bunday   fuqaro   ma’naviy   jihatdan
qudratli,   axloqiy   jihatdan   barkamol,   ma’rifiy   jihatdan   yuksak   saviyali,   o‘zini,
hayotini,   oilasini   va   yaxlit   jamiyatni   asray   biladigan,   himoya   qila   oladigan,   uni
rivojlantirishga qodirlik salohiyatiga ega bo‘ladi.
Har qanday shaxs alohida va betakror qadriyat, individual   voqelik. Vatan esa
qadriyat sifatida undan ustun turadi. Chunki   har bir shaxs o‘zi uchun qadriyat, Vatan
esa butun bir millat, xalq, uning  butun o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan oliy
qadriyat     hisoblanadi.   Shuning   uchun   hamma   narsadan   ustun   turadi.   Mafkuraviy-
g‘oyaviy kurashchanlik  individual va umumiy qadriyatlarning xaloskori, himoyachisi
bo‘lib, g‘oyaviy kurashchanlik tuyg‘usiga aylanmog‘i lozim .
14 Mafkuraviy-g‘oyaviy kurashchanlikni   hosil  qilishning asosiy  ko‘rinishlari  eng
avvalo yurt tinchligini saqlash, tarixiy xotiraga egalik hissi, Vatanga sadoqat, o‘zlikni
anglash   tuyg‘ularida   o‘z   aksini   topadi.   Bunday   fazilatga   ega   bo‘lgan   shaxs   eng
avvalo   mustaqil   fikrlaydigan,   o‘z   kuch   va   imkoniyatlariga   qat’iy   ishonadigan,
islohotlar   mohiyatini   chuqur   tushungan   va   mustaqillikni   oliy   qadriyat   darajasida
anglagan odamdagina paydo bo‘lishi mumkin. Bunday shaxs “Ana shu Vatan meniki.
Vatan   bu-men.   Chunki   shu   Vatanda,   shu   aziz   tuproqda   ajdodlarim   hoki   yotibdi,
ularning muqaddas ruhi mening jismimda, jonimda, qonimda yashayapti, uni asrash,
avaylash   va   kelgusi   avlodga   bus-butunligicha   yetkazish   mening   o‘tmish   ajdodlarim
oldidagi   burchim,   kelgusi   avlodlar   oldidagi   muqaddas   vazifam”,   degan   fikr   bilan
yashaydi.
Kuchli   mafkuraviy   immunitetga   ega   bo‘lgan   shaxsda   tabiiy   ravishda
immunitetning   faol   holati,   g‘oyaviy   kurashchanlik   tuyg‘usi   o‘zini   yorqin   namoyon
etadi. Bunday odam bezovta-yu beorom, behalovat yashaydi. G‘oyaviy kurashchanlik
fazilatlari   eng   avvalo   tajovuzkor   tahdidlarga,   ma’naviy-mafkuraviy   kurashlarga
tayyorlik, globallashuvning salbiy ko‘rinishlariga murosasizlik, milliy ekstremizm va
xalqaro   terrorizmning   mohiyatini   chuqur   anglash,   madaniyatlararo   integratsiya   yoki
“ommaviy   madaniyat”   tahdidiga   qarshi   tura   oladigan   aniq   g‘oyaviy   va   mafkuraviy
tayanchga ega bo‘lmog‘i lozim.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
- Milliy   g‘oyaning   tub   mazmun-mohiyatini,   uning   jamiyat   hayotidagi
dolzarbligini yanada to‘laroq tushuntirish;
- Yoshlar   ongida   ozod   shaxs   va   erkin   fuqaroning   asosiy   jihatlarini
shakllantirgan holda ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish;
- Mafkuraviy immunitetning mazmun-mohiyati  va  uni  tashkil  etuvchi  tarkibiy
qismlari bilan yoshlarni kengroq tanishtirish;
- Dunyoning   siyosiy-mafkuraviy   manzarasi,   unda   kechayotgan   g‘oyaviy
kurashlardan ko‘zlangan tub maqsad-manfaatlarning asl qiyofasini ochib berish;
15 - Yoshlarga   mustaqillikni   mustahkamlash,   jamiyat   hayotining   turli   sohalarida
amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   tub   mohiyatini   yoritib   bergan   holda   ulardagi
Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash;
- Yoshlarda   tarixiy   xotira,   madaniy   merosga   hurmat,   milliy   o‘zlikni   anglash
tuyg‘ularini   mustahkamlagan   holda   ularda   o‘z   kuch   va   imkoniyatlariga   tayanib
yashash hissini shakllantirish;
- Yoshlarda   ma’naviy-mafkuraviy   tahdidlarga,   “ommaviy   madaniyat”   niqobi
ostidagi   turli   xil   xatti-harakatlarga     nisbatan   doimo   ogoh,   sezgir   va   xushyor   bo‘lish
ko‘nikmalarini shakllantirish;
- Globallashuvning   mazmun-mohiyatini   yoritgan   holda   bu   jarayonning   ham
ijobiy, ham salbiy tomonlarini tahlil qilish;
- Dinning   asl   insonparvarlik   mohiyatini   asrash,   uning   ma’naviy-ma’rifiy
salohiyatini   jamiyatdagi   barqarorlik,   ijtimoiy   hamkorlik,   konfessiyalararo
hamjihatlikni   mustahkamlashga   yo‘naltirish   borasidagi   ishlarda   tadrijiylikni
ta’minlash;
- Davlatimizning   vijdon   erkinligi   sohasida   olib   borayotgan   siyosatini   hamda
uning   amaliy   natijasi   bo‘lmish,   qaror   topgan   milliy   bag‘rikenglik   muhitini   yoshlar
orasida keng yoritishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini oshirish;
- Turli   millat   va   din   vakillari   orasida   totuvlikni   mustahkamlash   tomon
qaratilgan tadbirlarning hozirjavobligi va ta’sirchanligini oshirish;
- Fikr   qaramligi,   tafakkur   qulligi,   manqurt   tushunchalarining   mazmun-
mohiyatini, ularning jamiyat hayotidagi zararli jihatlarini tarixiy-badiiy asarlar orqali
tushuntirib berish;
- Sog‘lom   fikr   va   dunyoqarashga   ega   bo‘lgan   kadrlarni   tayyorlash,   ularning
salohiyatini vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida safarbar qilishga,
navqiron   avlodda   vatanparvarlik   tuyg‘usi,   yuksak   ma’naviy-axloqiy   fazilatlarni
shakllantirishga keng e’tibor berishdan iborat.
Zamonaviy   ilmiy   siyosiy   tahlillarda   globallashuv   va   yoshlar   dunyoqarashi
tushunchasi tobora ko‘p ishlatilishi yuz bermoqda. Ammo mafkuraviy immunitet va
g‘oyaviy   kurashchanlikni   shakllantirish     mavzusi   doirasidagi   ilmiy   muammolarni
16 tadqiq   etishning   rivojlanish   bosqichlari,   uning   o‘zbek   milliy   siyosiy-falsafiy
maktabida   tutgan   o‘rni,   rivojlanishga   xos   belgilari,   xususiyatlari   va   qonuniyatlari
yetarli   darajada   o‘rganilmagan   va   ko‘plab   dolzarb   ilmiy   muammolar,     uning
mukammal   texnologiyasi   borasidagi   masalalar     Respublikamizning   ilmiy
jamoatchiligida o‘ta muhim ilmiy muammolar bilan bog‘liq  holda hali o‘z yechimini
to‘liq topmagan.
Siyosiy-huquqiy   va   mafkuraviy-g‘oyaviy   kurashchanlik   fazilatlarini
shakllantirishda – har  bir ozod shaxs  va erkin fuqaro uchun ob’ektiv bilimlarga ega
bo‘lish   muhim   ahamiyatga   ega.   Bugungi   zamonda   inson   ma’lum   kuchlarning
manfaatlariga   xizmat   qiladigan   turli   ma’no-mazmundagi   mafkuraviy   kuchlarning
doimiy ta’sirini sezib yashaydi. Axborot asri, salohiyat asri, elektronika, informatsion
texnologiyalar asri deb nom olgan bugungi zamonda bunday ta’sirlardan holi bo‘lish
dolzarb  muammodir.  Qolaversa,   fikrni,  g‘oyani  ta’qiq  etish  yoki  ma’muriy  choralar
bilan  yengib   bo‘lmaydi.   Shunday  sharoitda   har   bir   shaxs   o‘z  mustaqil   fikriga,   sobit
e’tiqodiga,   mustaqil   tafakkur   va   mustahkam   irodaga   ega   bo‘lmasa,   turli   zararli
mafkuralarning oxir-oqibatini anglab yetishi qiyin kechadi.
Siyosiy-huquqiy   yetuklik   va   mafkuraviy-g‘oyaviy   kurashchanligini
shakllantirish va xalqimiz mentalitetiga, manfaatiga zid bo‘lgan zararli g‘oyalarning
tub mohiyatini ochib bergan holda ularni yagona ozod va obod Vatan g‘oyasi atrofida
jipslashtirishni   davr   taqozo   qiliyotgan   bir   paytda   ogohlik,   mafkuraviy-siyosiy
jarayonlardan xabardorlik, yetarli bilim va dunyoqarashga ega bo‘lmoqlik, sezgirlik,
ma’naviy   tahdidlar   bizning   jamiyatimiz   taraqqiyoti,   yoshlar   kamolotiga   g‘ov
bo‘layotganini   qalban   anglab   yetish   va   unga   murosasiz   munosabatni   shakllantirish,
hushyorlikni   oshirish,   ma’naviy-mafkuraviy   g‘animlarimizning   har   kun,   har   daqiqa
amalga   oshirishga   urinayotgan   hamlalarini   oldini   olish   va   ularga   munosib   ravishda
g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob qaytarishni o‘z oldimizga
asosiy maqsad kilib qo‘ymog‘imiz lozim.
Milliy   davlatchilik   va   huquqiy   tizim   qurish   uchun   amalga   oshirilayotgan   va
uzoq   muddatga   mo‘ljallangan   islohotlar,   buyuk   kelajagimizga   ishonch   ruhida
17 sug‘oriladigan   g‘oyalar,   tabiiyki,   g‘oyaviy   kurashchanlikda   harakatga   keladi.   Milliy
mafkurani   shakllantirish   nazariy,   amaliy   va   tarbiyaviy   ahamiyatga   molik   bo‘lib,
ma’naviy   sog‘lom   insonlargina   barkamol   jamiyat   qurish   imkoniyatiga   ega   bo‘ladi.
Shu sababli mamlakatning milliy mafkurasi o‘zining uch muhim jihati bilan alohida
ajralib turadi:
 Mustaqillik
 Milliylik
 Taraqqiyot
Mafkuraviy-g‘oyaviy kurashchanlikni shakllantirish jamiyat hayotining muhim
xususiyatlarini   o‘zida  ifodalaydi. Shu  bois,  g‘oyaviy  kurashchanlikning   poydevorini
yoki asosiy negizini vatanparvarlik tushunchasi egallashi zarur. Ma’lumki, qadimdan
Sharqda   yuqori   o‘ringa   oila,   uning   manfaatlari   va   qadriyatlar   qo‘yilgan.   Ushbu
qadriyatlarimizni   e’zozlash   xalqimizning   ma’naviyatini   yanada   boyishiga   xizmat
qilib kelgan. 
O‘zbekiston   Respublikasi   huquqiy   davlat   qurish   yo‘lidan   borar   ekan,   yuksak
huquqiy madaniyat, qonunga hurmat, itoatkorlik kabi xalqimizning farovonligi uchun
zarur   bo‘lgan   fazilatlar   siyosiy-huquqiy   yetuklikni   shakllantirishda   muhim   o‘rin
egallab kelmoqda. Xalqimizning eng ardoqli fazilatlari - iymon va insof, mehr-oqibat,
shafqat   va   rahmdillik,   uyat   va   andisha,   or-nomus,   o‘zaro   hurmat,   eliga   va   xalqiga
sadoqat   qadriyatlari   va   g‘oyalarini   mujassamlashtirish   mafkuraviy-g‘oyaviy
kurashchanlikning asosini tashkil qilmoqda. 
Shunday   qilib,   birinchidan,   milliy   mafkurani   shakllantirish   mustaqil
yo‘limizning,   amalga   oshirilayotgan   islohotlarimizning   eng   muhim,   ajralmas
jixatlaridan biridir.
Ikkinchidan,   har   qanday   mafkura   ma’lum   tarixiy   davr   mobaynida   ziddiyatli
jarayonlar   ta’sirida   shakllanadi.   Mafkuraviy-g‘oyaviy   kurashchanlikning   negizida
xalqning tub manfaatlari va istaklari yotgandagina, u xalq mafkurasi bo‘ladi. 
Uchinchidan,   ma’naviyat   har   qanday   siyosiy,   milliy,   huquqiy,   tarixiy
mafkuradan   ham   keng   tushunchadir.   Rasmiy   mafkura   xalq,   millat   ma’naviyatidan
18 yiroq   bo‘lsa,   hech   qanday   naf   bo‘lmaydi.   Zotan   ma’naviyat   –   mafkurani
oziqlantiruvchi buloq.
To‘rtinchidan,   vatanparvarlik   har   qanday   mafkuraning   muhim   jihatidir.
Chunki,   O‘zbekistonning   har   bir   fuqarosi   mustaqilligimizni   to‘la   his   etmog‘i,
mustaqillikni   e’zozlamog‘i,   mustaqillik   uchun   jon   fido   qilmog‘i,   millatimiz,
davlatimizning buyuk kelajagi uchun o‘zining fikri-zikrini, mehnatini bag‘ishlamog‘i
zarur. 
19 Мустақил фикрлаш 	
Э н г  м у ҳи м и	—	
Мустақил фикрлаш 	
маъсулияти	
Яхшилик ва  эзгу 	
идеал 	
ғояларни тушуниш	
Эркинликни намоён	
қила олиш
Ўзини эркин  
ҳис қилиш      
     Мў л ж ал  ол иш
Я нг и рағ бат л арДаъ ват , рағ барл ант ириш Аниқ л ик  к ирит иш
Я нг и маъ л у мот л арни
мавж у д ғоял ар  бил ан тақ қосл аш
Модиф ик ация, ў згарт ириш Му л оҳ аза ю рит иш -	
Эътиборни  жалб этиш ва ўқувчилардандастлабки  ғояларни йиғиш, 
-уларни кўпроқ  шарҳлашга ва ғоялар беришга  чорлаш,-гуруҳда ёки  индивидуал равишда айтилган ғояларни инкор эта оладиган қандайдир маълумотлар, нуқтайи назарлар.
Қўшимча маълумотларни излаш,     қабул  қилиш керакми? Қабул  қилмаслик керакми?Ғоялар  ўзгардими? Фикримиз ўзгардими?  Бирор нарсани ўргандикми?Янги билим  олдикми?  Ҳамма нарса янги даражада такрорланади.
20 ВатанВатан	тақдиригатақдирига	дахлдорликдахлдорлик	туйғусинитуйғусини	шакллантиришнингшакллантиришнинг	
11--босқичибосқичи
Маҳалла	Оила	
Тажриба	Шахсий	хислатлар	
Таълим	даргоҳи	
Ватан	туйғусини	шакллантиришга	таъсир	этувчи	омиллар	
ГЛОБАЛЛАШУВНИНГ	САЛБИЙ	КЎРИНИШЛАРИ	
ҒОЯГА	ҚАРШИ	ҒОЯ	ТАМОЙИЛИ	
ҒОЯВИЙ	ЖАРАЁНЛАР	
АХБОРОТ	ҲУРУЖИ	
ҚЎШИҚЧИЛИК	САНЪАТИ	
РАҚС	САНЪАТИ	
КИНО	САНЪАТИ	
МИЛЛИЙ	ВАУМУМИНСОНИЙ	ҚАДРИЯТЛАР
СОҒЛОМ	ВАХОЛИС	АХБОРОТ	
МИЛЛИЙ	МУМТОЗ	ВА	АНЪАНАВИЙ	ҚЎШИҚЧИЛИК	
МИЛЛИЙ	РАҚС	САНЪАТИ	
КИНО	САНЪАТИДА	МИЛЛИЙ	ОРИЯТ	ВАМИЛЛАТ	ШАЪНИ	
АКСИЛ	МИЛЛИЙ	ВААКСИЛ	ИНСОНИЙ	ҒОЯЛАРНИНГ	ТИЗИМЛИ	ТАҲДИДИ	
ҚЎПОРУВЧИЛИККА	ДАЪВАТ	ЭТУВЧИ	, 	БА РҚАРОРЛИККА	РАҲНА	СОЛУВЧИ	АХБОРОТЛАР
ЗАМОНАВИЙ	ЭСТРА ДА ДА	ҒАЙРИ	МИЛЛИЙ	ҲОЛ АТ ЛАР	
ҒАЙРИ	МИЛЛИЙ	ВАҒАЙРИ	АХЛОҚИЙ	РАҚСЛАР	
УРУШҚОҚ	, БЕҲАЁ	ФИЛМЛАР21	
Ислоҳотлар  моҳиятини  англаш	
Я нги у й қ у рмай	
ту риб, 
эск исини 
бу змайл ик !	
Исл оҳ от л арни 	
инсон 	
қа л би в а онги 
орқ ал и амал га 	
ошириш	
Исл оҳ от
исл оҳ от
у чу н  эмас,	
исл оҳ от инсон	
у чу н	
Исл оҳ отл арни
босқ ичма	-босқ ич 	
амал г аошириш  “Bugungi kunda,- deb yozadi Yurtboshimiz - insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan
qurol-yarog‘lar   yer   kurrasini   bir   necha   bor   yakson   qilishga   yetadi.   Buni   hammamiz
yaxshi   anglaymiz.   Lekin   hozirgi   zamondagi   eng   katta   havf-insonlarning   qalbi   va
ongini   egallash   uchun   uzluksiz   davom   etayotgan   mafkuraviy   kurashdir.   Endilikda
yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani
hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim.” 
Shunday  sharoitda   mohiyatan   g‘ayriinsoniy,   shu   jumladan   milliy  ekstremistik
g‘oyalarga   qarshi   tura   olish   uchun   kishilarimizda   mafkuraviy   immunitetni
shakllantirish   markaziy   masalalardan   biriga   aylanmoqda.   Immunitet   deganda
tibbiyotda   organizmning   doimiy   ichki   muayyanligini   saqlash,   o‘zini   turli,   shu
jumladan   zararli   ta’sirlardan   himoya   qilishga   qodir   bo‘lgan   hususiyatlari   majmui
tushuniladi.   Immunitet   kishi   vujudining   turli     infeksion   kasalliklarga   berilmaslik
xususiyatini ham ifodalaydi.
Insonning tug‘ma bo‘lgan ana shu umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda
mafkuraviy   immunitetni   shakllantirib   borish   zarur.   U   daxlsizlikni   ta’minlashga
xizmat qiladi.
Mafkuraviy   immunitet   tizimining   asosiy   va   birinchi   unsuri   bu   bilimdir.
Ammo   bilimlar   ko‘p.   Milliy   ekstremizm   va   terrorizm   tarafdorlari   ham   muayyan
bilimlarga   tayanadilar   va   uni   omma   ongiga   singdirishga   harakat   qiladilar.   Demak,
mafkuraviy   immunitet   tizimidagi   bilimlar   ob’yektiv   bo‘lishi,   voqeylikni   to‘g‘ri   va
to‘liq   aks   ettirishi,   inson   ma’naviyatining   boyishi   va   jamiyat   taraqqiyotiga   xizmat
qilishi lozim. Bu bir tomondan.
  Ikkinchi   tomondan,   bu   bilimlar   o‘z   mohiyat   e’tiboriga   ko‘ra,   Vatan,   millat,
insoniyat   manfaatlari   bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lmog‘i   kerak.   Fuqarolarimizning   asl
islom   haqida   xolis   va   yetarli   bilimga   ega   bo‘lishlari   milliy   ekstremizmga   qarshi
immunitetni shakllantirishning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi.
Mafkuraviy   immunitetning   ikkinchi   asosiy   unsuri   ana   shunday   bilimlar
zamirida   shakllandigan   baholar,   qadriyatlar   tizimidir.   Bilimlar   qanchalik   xolis   va
23 chuqur  bo‘lsa,  uning zamirida yuzaga  kelgan baholar, qadriyatlar  tizimi  mafkuraviy
immunitetning   imkoniyatlarini   belgilab   beradi   va   mafkuraviy   infeksiyalar   yo‘lida
mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi.
Asl islom haqida muayan bilimlarga ega bo‘lish, uning bayrog‘i ostida taqdim
etilayotgan   g‘oyalar,   qarashlar   va   harakatlarni   to‘g‘ri   baholash,   ularning   mohiyatan
islomiy   qadriyatlarga   butunlay   zid   ekanini   anglab   yetishga   xizmat   qiladi,   degan
xulosani   chiqarish   imkonini   beradi.   Bilimlar   va   qadriyatlar   tizimi   ham   mafkuraviy
immunitetning mohiyatini to‘liq ifoda eta olmaydi. 
Zero,   mafkuraviy   immunitetning   uchinchi   muhim   unsuri   ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi mo‘ljal va maqsadlar tizimi bilan bo‘gliq.
Ana   shunday   aniq   tizim   bo‘lmas   ekan,   hoh   alohida   inson,   hoh   millat   yoki   jamiyat
bo‘lsin,   goh   oshkora,   goh   pinxona   ko‘rinishdagi   mafkuraviy   tazyiqlarga   bardosh
berishi amri maholdir.
Mafkuraviy   immunitet   tizimini   shakllantirishda   yot   g‘oyalar   kirib   kelishining
oldini   olish   va   ularni   yo‘qotishga   qaratilgan   chora-tadbirlar   majmuini   o‘z   ichiga
oladigan   mafkuraviy   profilaktikaning   o‘rni   katta.   U   ijtimoiy   institutlar   tomonidan
xilma-xil   shakllarda   amalga   oshiriladigan   g‘oyaviy-tarbiyaviy,   ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy,   ma’naviy   ishlar   majmuini   to‘g‘i   tashkil   etilgan   butun   tarbiya   tizimini
qamrab oladi.
Prezidentimiz   ta’kidlaganlaridek,   “Millat   bor   ekan,   milliy   davlat   bor   ekan,
uning  mustaqilligi   va  erkinligiga,   an’ana   va  urf-odatlariga  tahdid  soladigan,  uni   o‘z
ta’siriga   olish,   uning   ustidan   hukmronlik   qilish,   uning   boyliklaridan   o‘z   manfaati
yo‘lida   foydalanishga   qaratilgan   intilish   va   harakatlar   doimiy   havf   sifatida   saqlanib
qolishi muqarrar”.
2   BOB     MILLIY     QADRIYaTLAR   ASOSIDA   TALABALARNING
MAFKURAVIY   IMMUNITETINI   ShAKLLANTIRIShNING   ELEKTRON
O‘QUV MODULI IShLANMASI
24 2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi.  
“ Harbiy   pedagogika   va   psixoldogiya ”   fanini   o‘qitish   jarayoni   yaxlit   tizim
tavsifiga   ega   bo‘lib,   har   bir   mashg‘ulotni   loyihalash   va   rejalashtirishni   talab   etadi.
Loyihalash   texnologik   modelda   o‘z   aksini   topadi   va   maqsadni   aniqlashtirish,
pedagogik   vazifalar   va   kutiladigan   natijalarni   oydinlashtirish,   mashg‘ulotda
qo‘llaniladigan shakl, metod va vositalarni oqilona tanlab olishni shart qilib qo‘yadi.
Rejalashtirish jarayoni mashg‘ulotning har bir bosqichi, mazkur bosqichda ajratilgan
vaqt   hamda   professor-o‘qituvchi   va   talabalarning   vazifalarini   aniq   belgilab   olishni
taqozo etadi. 
SILLABUSI
Fanning qisqacha tavsifi
OTMning nomi va 
joylashgan manzili: Sharof Rashidov nomidagi 
Samarkand davlat universiteti Universitet xiyoboni-15 uy
Kafedra: T arbiyaviy ishlarni 
tashkillashtirish, pedagogika va 
psixologiya kafedrasi
Ta’lim sohasi va 
yo‘nalishi: Ta’lim sohalari: 
110000 harbiy
pedagogika va
psixologiya Ta’lim yo‘nalishi:
Fanni (kursni) olib 
boradigan talaba  
to‘g‘risida 
ma’lumot:  Ostonov Mirjalol 
Ziyodullaevich
Dars vaqti va joyi: 203ma’ruza xonasi
Ukuv guruxi 
sinflari Kursning
davomiyligi: 02.09.2022 - 20 .03.2023
Individual grafik 
asosida ishlash 
vaqti:  dushanba, seshanba, chorshanba,  payshanba, juma, shanba  
kunlari 14.00 dan 
16.00gacha
Fanga ajratilgan 
soatlar Auditoriya soatlari Mustaqil
ta’lim: 12
Ma’ruza: 8 seminar 4
Fanning boshqa 
fanlar bilan 
bog‘liqligi 
(prerekvizitlari): “Tarix”,  “Falsafa”, “Sotsiologiya”, “Ma’naviyat asoslari”, 
“Madaniyatshunoslik”, 
25 Fanning boshqa 
fanlar bilan 
bog‘liqligi 
(postrekvizitlari): Xarbiy psixologiya va pedagogika, Tabiyaviy ishar uslubiyoti, 
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari, Dinshunoslik.
Fanning mazmuni
Fanning 
dolzarbligi va 
qisqacha 
mazmuni: Fanni   o‘qitishdan   maqsad   –   tkursantlarni
pedagogikjarayonning   xususiyatlarini   tahlil   qilishning   murakkab
bo‘lgan   usullari   orqali   turli   pedagogik-psixologik   jarayonlarni
o‘rganish,   psixologik   xususiyatlarni     yoritib   berish,   shu   bilan   bir
qatorda   talaba   xulq-atvorini   modellashtirish,   ta’lim   jarayonining
tarkibiy   qismlari   va   uzluksiz   xususiyatlarini   izohlash,   shaxslararo
munosabatlar   tizimini     to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yish   bo‘yicha   yo‘nalish
ixtisosligiga   mos   bo‘lgan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalar   bilan
qurollantirishdir. 
Fanning   vazifasi   -   kursantarga   didaktika,   ta’lim   va   tarbiya
nazariyasi,   pedagogik   fikrlar   tarixiy   taraqqiyotining   mohiyatini
yorituvchi nazariy bilimlarni hosil qilish; psixologiyaning predmeti,
shaxsning   bilish   jarayonlari   va   individual-tipologik   xususiyatlarini
samarali   egallash   yo‘llari,   muloqot   va   uni   amalga   oshirishga   oid
nazariy   bilimlarni   berish;   o‘z-o‘zida,   oila   muhitida   va   keyinchalik
jamoada   sog‘lom   psixologik   muhitni   ta’minlashning   o‘ziga   xos
xususiyatlarini,   sharoitdan   kelib   chiqqan   holda   nizo   va
kamchiliklarni   psixologik   jihatdan   bartaraf   qilish   va   tahlil   qilish
yo‘llarini;   o‘zini   va   boshqalarni   hurmat   qilish,   ularni   ongli
boshqarishda   psixologo-pedagogik   taktdan   mohirona   foydalana
olish yo‘llarini o‘rgatishdan iboratdir.
Kursantar uchun
talablar -   o‘qituvchiga   va   guruhdoshlarga   nisbatan   hurmat   bilan
munosabatda bo‘lish;
-   Darsga   o‘z   vaqtida   kelish(kechikkan   talaba   10   daqiqadan
auditoriyaga kiritilmaydi) ;
- uyali telefondan umuman foydalanmaslik;
- das vaktida uxlamaslik;
- berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va
sifatli bajarish;
- ko‘chirmachilik (plagiat) qat’iyan man etiladi;
-   darslarga   qatnashish   majburiy   hisoblanadi,   dars   qoldirilgan
holatda qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart; 
-  darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;
-   talaba   reyting   ballidan   norozi   bo‘lsa     e’lon   qilingan   vaqtdan
boshlab 1 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga murojat qilishi
mumkin 
Elektron pochta 
orqali 
munosabatlar 
26 tartibi
Kursantlarning bilimini baholash tizimi:   
t /
r Nazorat turidagi topshiriqlarning
nomlanishi Maksimal
yig‘ish mumkin
bo‘lgan ball JN va ON
ballar
taqsimoti
I.  Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti  55 ball 17 18
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda Maksimal ball  1-
JN 2-JN
1
. Talabaning   ma’ruza   va   amaliy
mashg‘ulotlardagi   faolligi   va   o‘zlashtirish
darajasi, daftarlarning yuritilishi va holati 35 0-9 0-10
2
. Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o‘z vaqtida
va   sifatli   bajarilishi   (keys-stadilar,   esse,
referat, taqdimot va boshqa turdagi mustaqil
ta’lim topshiriqlari) 20 0-8 0-8
II.  Oraliq nazorat 15 ball
1
. Oraliq nazorat (ma’ruza mashg‘uloti 
o‘qituvchisi tomonidan qabul qilinadi) . 
Oraliq nazorat 1 bosqichda amalga 
oshiriladi. Bunda talaba  yakka tartibda 
topshiriqlar oladi va himoya qiladi  hamda  
talabani ishi  10 balldan 15 ballgacha 
baholanadi. Semestrning 
oralig‘ida
III. Yakuniy nazorat 30 ball Semestrning
oxirgi haftasida
Jami: 100 ball
Asosiy adabiyotlar: 1. Davletshin   M.G.,   To‘ychieva   S.M.   Umumiy
psixologiya T.: TDPU, 2002.- 202b.
2. Ivanov P.I., Zufarova M.E. “Umumiy psixologiya” T.:
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2008. -480b.
3. G‘oziev   E.G‘.   Umumiy   psixologiya.   T:   Universitet,
2010.
4. .Pedagogika.   O‘quv   qo‘llanma.   A.Munavvarovning
umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent,   «O‘qituvchi»,
1996.
27 5. Obщaya pedagogika. Pod red. V.A.Slastenina. V 2 ch.
–  Moskva, «Vlados», 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar: 1. Xudoyqulov   X.J.   Pedagogika.   Psixologiya.
TTYMI.,2009.. 
2. Ibragimov X va b. Pedagogika nazariyasi. O’zbekiston
faylasuflari  milliy jamiyati, 2010.
3. Karimova   V.     Ijtimoiy   psixologiya.   T.”Fan   va
texnologiyalar”, 2012.
Ch.R.Nasriddinov   ’Harbiy   pedagogika   va   psixoloiya,
Toshkent, 2005.
Fan yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar ishlanmalar
“Harbiy pedagogika psixologiya” mavzusidagi ma’lumotli ma’ruza ta’lim
texnologiyasi modeli .
Mashgulotga ajratilgan 
vakt– 2 soat Talabalar soni 30ta
U q uv mashgulotining shakli Ma’lumotli ma’ruza
Mashgulot rejasi 1.   Bosh q aruvning   Pedagogika   psixologiya
maksadi va unga kuyiladigan asosiy talablar.
2.   Maksadning   turlari.   HPP   maksadlariga   ta’sir
etadigan omillar.
3.  HPP maksadlarini rivojlanish darajasi va uziga
xosliklari.
Ukuv mashgulotining maksadi: Mavzu asosini ochib berish.
Pedagogik vazifalar: 
-   HPPning   maksadi   va   unga
kuyiladigan   asosiy   talablarni
tushuntirdim;
-   Maksadning   turlari.   HPP
maksadlariga   ta’sir   etadigan Ukuv faoliyati natijalari. Mavzuni urganishni 
tugatgan talaba :
-   HPPning   maksadi   va   unga   kuyiladigan   asosiy
talablarni aniklashtiriadi;
28 omillarni ajratib kursatdim;
-     HPP   maksadlarini
rivojlanish   darajasini
tushuntirib berdim;
  -   HPP   maksadlarini   uziga
xosliklarini ochib berdim. -   Maksadning   turlari.   HPP   maksadlariga   ta’sir
etadigan omillarini bilib oladi;
- HPP maksadlarini rivojlanish darajasini anglab
oladi;
-   HPP   maksadlarini   uziga   xosliklarini
uzlashtiradi.
Ta’lim metodi Ma’ruza, akliy xujum, tushuntirish, suxbat.
Talabalarning ukuv 
faoliyatini tashkil etish 
shakli Ommaviy, individual.
Ukuv vositalari Ma’ruza matni, prezintatsiya slaydlari.
Ta’limni tashkil etish 
sharoiti  Axborot texnologiyalaridan foydalanish 
imkoniyatiga ega bulgan maxsus auditoriya
Nazorat   Uz-uzini nazorat kilish, refleksiya.
Harbiy pedagogika va psixologiya pxnologiyalarining  konseptual asoslari, kelib
chiqish   tarixi   to‘g‘risida   ma’lumotlar   berish,   zamonaviy   modulli   texnologiyalaridan
foydalanib tinglovchilarni mazkur yo‘nalishda malakasini oshirishga ko‘maklashish;
   Ta’lim-tarbiya jarayonida modulli texnologiyalarni  qo‘llashning afzalliklarini
yoritish va tinglovchilarda ulardan foydalanish mahoratini shakllantirish; 
 Demokratik   jamiyat   rivojlanishini   ta’minlash,   yuksak   malakali   mutaxassis
kadrlar   tayyorlash   borasidagi   islohotlarni   amalga   oshirish   jarayonida     ilg‘or   xorij
tajribasini  o‘rganish ulardan samarali foydalanish  mahoratni .
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
29 “Pedagogika   va   psixologiya     bo‘yicha   ilg‘or   xorijiy   tajribalar”   modulini
o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida :
Tinglovchi:
- modul,o‘qitish  modulli, kredit,reyting   tushunchasi; 
-texnologiyalashtirish qoidalari, tamoyillar; 
-nazorat jarayonini tashkil etish; 
-interfaol   texnologiyalar   va   ulardan     samarali   foydalanish   haqida   bilimlarga
ega bo‘lishi ;
Tinglovchi:
 -pedagogik  faoliyat jarayonini modullashtirish;
 -nazorat jarayonini tez va samarali o‘tkaza olish;
 -nazoratning turli shakllaridan samarali foydalanish;
 - interfaol metodlarni maqsadli ravishda to‘g‘ri tanlash va foydalanish; 
ko‘nikmalarini  egallashi;
Tinglovchi:
-o‘quv kursini modulini tuzish;
-axborotni strukturalashtirish;
-talabalarning mustaqil amaliy faoliyatni tashkil etish;
-kirish va chiqish nazoratini tashkil etish erishilgan natijalarini tahlil etish ;
-interfaol metodlardan foydalanish ; 
malakalarini egallashi;
   Tinglovchi:
  -o‘z   sohasiga   oid   axborotni   mantiqiy   bloklarga   ajratish   va   aniq,   lo‘nda,
tushunarli ravishda bayon etish ;
        - modulli yondashuv asosida o‘quv jarayonini tashkil etish;
        -texnologik yondashuv asosida ta’lim  va  tarbiya jarayonini  boshqarish; 
        -kommunikativlikni va mustaqil faoliyatni tashkil etish yuzasidan 
kompetensiyalarni egallashi lozim. 
Modulni  tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
30           “ Pedagogika va psixologiya  bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar” moduli  ma’ruza
va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
    Kursni   o‘qitish   jarayonida   ta’limning   zamonaviy   metodlari,   axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan:
- ma’ruza   darslarida   zamonaviy   kompyuter   texnologiyalari   yordamida
prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan;
- o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar,
test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash, va boshqa
interaktiv ta’lim usullarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Modulning o‘quv rejadagi boshqa modullar bilan bog‘liqligi va uzviyligi
“Pedagogika   va   psixologiya     bo‘yicha   bo‘yicha   ilg‘or   xorijiy   tajribalar”
moduli   o‘quv   rejadagi   birinchi   blok   va   mutaxxasislik   fanlarining   barcha   sohalari
bilan   o‘zviy   bog‘langan   holda   pedagoglarning   umumiy   tayyorgarlik   darajasini
oshirishga xizmat qiladi. 
Modulning oliy ta’limdagi o‘rni
Modulni   o‘zlashtirish   orqali   tinglovchilar   ta’lim   jarayonini   tashkil   etishda
texnologik yondashuv asoslarini  va bu boradagi  ilg‘or  tajribani    o‘rganadilar, ularni
tahlil etish, amalda qo‘llash va baholashga doir kasbiy kompetentlikka ega bo‘ladilar.
Modulli   yondashuv   konsepsiyasining   mohiyati,   maqsadi   va   vazifalari,
tamoyillari. 
Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  bir necha turga bo‘lish mumkin: 
1. Muammoli ta’lim texnologiyalari.
2. Didaktik- o‘yinlarga asoslangan texnologiyalar.
3. Hamkorlik texnologiyalari.
4. Modulli texnologiyalar.
Mudulli texnologiyalar - eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan
tashkil   topgan   axborotni   tizimli   ravishda   qayta   ishlash   va   tahlil   qilishga,
talabaning   mustaqil   faoliyatiga   asoslangan,   B.K.M.   diagnostikasida   turli
shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon.
31 Modul  -   mazmuniy  va  mantiqiy  yakunga  ega  bo‘lgan,  didaktik jihatdan  ishlab
chiqilgan,   natijaga   qaratilgan,   kirish   va   chiqish   nazoratlaridan   iborat   bo‘lgan
birlikdir.
Modul   dastur-   bir   fan   doirasidagi   modul   bloklarining   yig‘indisi   bo‘lib,     erishish
lozim bo‘lgan didaktik maqsad, qo‘llaniladigan usullar va vositalar yig‘indisidir.
              O‘quv   moduli   –   nisbatan     mustaqil   ,   mantiqiy   yakunga   ega   bo‘lgan   o‘quv
kursining   bo‘lagidir.   U   o‘quv   metodik   ta’minotdan   nazariy   va   amaliy     qismlardan,
topshiriq va joriy hamda yakuniy nazorat kabi qismlardan iborat.
                    Modulli   texnologiyalar     mustaqil   faoliyat   asosida   talabalarda   bilim,
ko‘nikmalarni   shakllantirish,   ularda   rejalashtirish,   o‘z-o‘zini   boshqarish   va   nazorat
qilish,   o‘zlashtirish   bo‘yicha   samarali   natijani   ta’minlashga   qaratilgan   eng   samarali
yondashuvlardan biri bo‘lib qolmoqda. Modul bu shunday maqsadgsha yo‘naltirilgan
bog‘lamki, u o‘zida o‘rganiladigan mazmunni va uni o‘zlashtirish texnologiyasini aks
ettiradi.
Bugungi kunda talaba shaxsini    barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun
albatta   ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan   xarakterda bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun
ta’limni   tashkil   etish   jarayonida   talabaning   qobiliyatlari,   extiyojlari   va   o‘ziga   xos
jihatlarini   xisobga   olish   lozim.   Ana   shu   elementlar   hisobga   olingan   taqdirda   o‘z–
o‘zidan     tabaqalashtirilgan,     rivojlantiruvchi,   o‘qishga   bo‘lgan   motivlarni
kuchaytiruvchi     “sub’ekt-sub’ekt”   konsepsiyasiga   asoslangan   ta’lim   tizimi   kelib
chiqadi. 
An’anaviy ta’lim tizimida chuqur o‘rnashib qolgan pedagogik paradigmalardan
biri bu  sub’ekt-ob’ekt munosabatlaridir. Bu yondashuv nemis pedagogi  I.F.Gerbard
tomonidan     (1776-1841yillar)   kiritilgan.   Bundy   yndashuvda   pedagog   sub’ekt   rlini
bajaradi va qanday o‘qitish, qanday talabalarni ishlab chiqish, talabalar jamoasini qay
yo‘nalishda   rivojlantirishni   faqat   o‘z     yondashuvi   asosida   hal   etadi.   Talabalar   esa
passiv   holda   ob’ekt   rolini   bajaradi.   Talabalarning   asosiy   faoliyati   eslab   qolish,
tushinish,   qo‘llashga   o‘rganish   hisoblanadi.   Bu   paragdimaga   qarshi   g‘oyani
amerikalik  pedagog D. Dyui ishlab  (1859-1952 ) chiqadi.  Uning fikricha nimani va
qanday o‘qish lozim degan savollarga javob topishda talabaga ham  erkinlik berish va
32 uning hoxishlarini xisobga olish lozim. Toki talaba o‘z faoliyatini, o‘z taqdirini, o‘z
hayotini   mustaqil   boshqarishga   faol   kirishsin.   Bu   konsepsiya   “sub’ekt-sub’ekt”
munosabatlari sifatida tan olindi va ko‘pgina rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida  o‘z
o‘rniga ega. 
Aytish   joizki,   ta’lim   tarixida   yig‘ilgan   boy   didaktik   tajribaning   ijobiy   jihatlari
o‘z aksini modulli ta’limda topdi.
“Modulli   ta’lim   ”   tushunchasi   1971   yillarda     Dj.Rassel   tomonidan     kiritildi.
Rassel   modulni   o‘quv   paketi   sifatida   talqin   etadi   va   unga   o‘quv   materialining
konseptual   birligini   o‘rganishga     oid   harakatlarni     kiratadi.   B.M.Goldshmid   –
modulni     talabaga ma’lum ko‘zlangan   natijaga yetishga yordam beruvchi mustaqil
birlik sifatida talqin etadi (1972 y).
G.Ouens   modulni   yopiq   kompleks   sifatida   talqin   etadi   va   bu   kompleksga
o‘qituvchi, o‘quvchi, o‘rganiladigan axborot materiali, vositalarni kiritadi.(1975 y).
Zamonaviy   tadqiqotchildardan   biri   P.A.Yusyavichene   modulni   ma’lum
darajadagi   mustaqil   axborotdan   hamda   maqsadli   ravishdagi   metodik   boshqaruv
asosida maqsad qilib qo‘yilgan natijalarni ta’minlashga qaratilgan birlik sifatida tahlil
etadi.
N.V. Borisova, V.M. K.Ya. Vazina, Gareev, Ye.M. Durko, V.V. Karpov, M.N.
Katxanov, S.I. Kulikov, P.   Yusyavichene   va boshqa olimlarning fikrlarini o‘rganish
natijasida quyidagi  ko‘rinishlardagi modullarni ajaratish  mumkin:
-  mustaqil konseptual  kichik birlik;
-   modul     mustaqil   birlik   sifatida   bir   o‘quv   kursini   o‘z   ichiga   olib,   bir   necha
bloklarni o‘zida mujassam etadi;
- modul ma’lum mutaxassislikka tegishli bo‘lgan bir qancha o‘quv predmetlarni
o‘zida mujassamlashtiruvchi  fanlararo birlik bo‘la oladi;
- aniq bir mutaxassislikni egallashga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim moduli. 
Bundan   tashqari     “modul”   tushunchasiga   tegishli   bo‘lgan   bir   qancha
xususiyatlarni ajratish mumkin :
- Maqsad;
- Turli xil turdagi o‘quv faoliyatini integratsiyasi;
33 - Metodik ta’minot;
- Mustaqil rivojlanish;
- Ta’lim jarayonidagi talabaning mustaqilligi;
- O‘quv axborotini tahlil qilish va strukturalashtirish ko‘nikmasi;
- Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat;
- Talabaning ta’lim olishdagi shaxsiy traektoriyasi.
         Modul bir necha bloklardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Blok.   Kirish   nazorati-   yangi   mavzuni   o‘rganish   uchun   mavjud   bazaviy   va
qoldiq bilimlarni tekshirishga qaratilgan.
2. Blok.   Nazariy   blok.   Mavzuning   har   bir   mantiqiy   bo‘lagi   uchun   tuzilgan
axborot   va   ko‘rgazmali     materiallardan   iborat   (Axborot     rasm,   diagramma,
sxemalarda to‘liq  ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq).
3. Blok.   Nazariy   axborotni   har   bir   bo‘lagini   talabalar   bilan   birgalikda   tahlil
etishga qaratilgan.
4. Blok.Amaliy   blok.   Nazariy   bilimlar   asosida     talabalarning   amaliy   faoliyatini
tashkil etish.
5. Blok.   Chuqurlashib   boruvchi   blok.   Mavzuga   oid   soha   bo‘yicha   murakkab
topshiriqlarni bajarish.
6. Blok. Nazorat bloki. Bajarilgan topshiriqlarni nazorat qilish.
7. Blok.   Nazorat   natijalarini   tahlil   etish.   Umumiy   yo‘l   qo‘yilgan   hatoliklarni
aniqlash va tahlil qilish.
8. Blok.  Chiqish nazorati. Mavzu bo‘yicha  belgilangan topshiriqlarni bajarish va
topshirish.
Modulli yondashuv  tamoyillari:
 Modullilik
 Mazmunni strukturalashtirish
 Dinamik harakatni ta’minlash (soddadan-msurakkabga)
 Faoliyatlilik
 E giluvchanlik (gibkost)
34  Natijalarni oldindan aniqlash
 Maslahatlarning turli-tumanligini ta’minlash.
Modul turalri:
 Nazariy modullar( Nazariy bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan modullar).
 Amaliy   modullar   (Amaliy   ko‘nikmalarni   va   malakalarni   shakllantirishga
yo‘naltirilgan modullar).
 Texnologik   yoki   aralash   modullar   (nazariy   bilim,   amaliy   kunikma   va
malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan modullar).
2.1. Modulning tarkibiy  qismlari.
Modul   dastur   kompleks   didaktik   maqsaddan   (KDM)   va     bu   maqsadga     erishishga
xizmat qiluvchi modul bloklari yig‘indisidan iborat.
Modul   dasturini   ishlab   chiqish   uchun     asosiy     g‘oyalarni   ajaratib   olish   va   blok-
modullarda strukturalashtirish, so‘ngra kompleks didaktik maqsadlarni  shakllantirish
talab   etiladi.   Kompleks   didaktik   maqsadlar   modul-bloklarining   maqsadlariga,   ya’ni
integrativ   didaktik   maqsadlarga   (IDM)       va   xususiy   didaktik   maqsadlarga   (XDM)
bo‘linadi,  uni esa  o‘z navbatida o‘quv elementlari  tashkil etadi.
   Modul dasturlarning  maqsadi  albatta  malakali mutaxassisni yetishtirishga xizmat
qiladi. Modul  dasturning maqsadini  tuzishda ana shu mutaxassisga  qanday talabalar
tizimi qo‘yilayotgan ekanini aniqlab olishdan boshlanadi.  Bugungi kunda Rossiyada
mutaxassisga   qo‘yiladigan   umumiy   talabalar   tizimi   o‘rganilib   ularni   uch   asosiy
guruhga   ajratilmoqda.   Mutaxassisni   kompententligini   aniqlovchi   kriteriylarni
quyidagi kategoriyalarga bo‘lish mumkin
* Instrumental kompentensiyalar:
-analiz va sintez qobiliyatiga ega bo‘lish;
-rejalashtirish  va tashkil etish qobiliyati;
-umuiy bazaviy bilimlarga ega ekanligi;
-mutaxassislik bo‘yicha bazaviy bilimlarni egallaganligi;
-ona tilida bemalol  muloqatga kirisha olish;
-axborot texnologiyalaridan foydalan olish malakalari;
-axborot  materiali  bilan ishlash qobilyati;
35 -muammolarni yechish qobiliyati;
- Qarorlar qabul qilish qobiliyati.
*Komunikativ kompententlik:
- tanqid va o‘z-o‘zini tanqid qila olish;
-gruhda faoliyat ko‘rsataolish;-o‘zaro muloqatga kirisha olish;
-axloqiy qadriyatlarni tan olish;
-turli xalqlar madaniyatiga xurmat bilan qarash;
-boshqa   yo‘nalishda   faoliyat   yurituvchi   ekspertlar   bilan   munosabatga   kirisha
olish.
*Tizimli kompententlik:
-bilimlarini amalda tizimli ravishda qo‘llay olish;
-tadqiqot olib borish;
-yangi o‘aroitga moslashish;
-ijod qilish;
-liderlik qobiliyatini o‘stirib borish;
-individual holda faoliyat yuritish qobiliyati;
-loyihalarni ishlab chiqish va ularni boshqarish;
-tadbirkorlik va yangi  g‘oyalarni ilgari surish;
- masuliyatlilik;
-muvaffaqiyatga erishish motivining rivojlanganligi 9
.
Tanlangan   mutaxassislik   bo‘yicha   umumiy   didaktik   maqsadlar     tasdiqlangan
standartda   o‘z aksini  topgan. Modul dasturini ishlab chiqishda ana shu standart
talablariga  asoslaniladi.
Modullarni ishlab chiqishda uchta asosiy  komponentga e’tibor qaratish lozim:
1. Modul spesifikatsiyasi.
2. Modulning nazorat blokini ishlab chiqish.
3. Modulning o‘quv materialini ishlab chiqish.
9
36 “Harbiy pedagogika va psixologiya fanining maqsad va vazifalari” mavzusidagi
ma’ruza texnologik xaritasi.
Ish
boskichlari
va vakti Faoliyat mazmuni
Ukituvchi Talaba
1-boskich. 
Ukuv 
mashgulotiga
kirish(Da’vat
boskichi)
(10 min) 1.1. Ma’ruza  mavzusini e’lon kiladi, 
rejasini eslatadi, mustakil ukish uchun 
foydalaniladigan adabiyotlar ruyxati 
bilan tanishtiriladi.
1.2. (1-ilova) Eshitishadiva asosiy 
joylarini yozib 
olishadi.
1.2.  Talabalarning mavjud bilimlarini 
mustahkamlash maqsadida mavzuga doir 
bli s -so‘rov savollarini taqdim etadi  (2 -
ilova) . Savollarni tinglaydi 
va individual xolda 
o‘z munosabatini 
bildiradi.
II –boskich.
Asosiy(angla
sh bosqichi)
(50 min) 2.1.   -   HPPning   maksadi   va   unga
kuyiladigan   asosiy   talablarni   tushuntiradi
(3 - ilova) .
2.2. Maksadning turlari. HPP maksadlariga
ta’sir   etadigan   omillarini   ajratib   kursatadi
(4 - ilova)
2.3.   HPP   maksadlarini   rivojlanish
darajasini tushuntirib beradi;  (5 - ilova)
2.4.   HPP   maksadlarini   uziga   xosliklarini
ochib beradi. HPPning maksadi va 
unga kuyiladigan 
asosiy talablarni 
eshitishadi, asosiy 
joylarini yozishadi.
Jadvalni  daftarlariga 
yozib oladilar.
O‘qituvchi 
tomonidan berilgan 
savollarga javob 
berishadi.
Savollar berishadi, 
ukituvchi tomonidan 
37 kuyilgan vazifalarni 
bajaradilar.
III -boskich.
Yakuniy(fikr
lash
bosqichi)
  ( 20 min) 3.1. Xulosa kiladi, asosiy xolatga talabalar 
e’tiborini karatadi.  Talabalarning mavzu 
yuzasidan  savollarga javob beradi. O‘zlarni qiziqtirgan 
savollar bilan 
murojaat etadilar .
Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini 
qayta tushuntiradi. O‘z fikrlarini boyitadi
va to‘ldiradi.
1- ilova
Mavzu: Harbiy pedagogika va psixologiya fanining  maqsadlari va vazifalari.
Reja:
1.  HPPning maksadi va unga kuyiladigan asosiy talablar;
2. Maksadning turlari. HPP maksadlariga ta’sir etadigan omillar;
3. HPP maksadlarini rivojlanish darajasi;
4. HPP maksadlarini uziga xosliklari.
ADABIYoTLAR:
1. Ch.R.Nasriddinov Harbiy pedagogika va psixologiya.Toshkent, 2005
2. Kris Maknab Maxsus vazifa bajaruvchi kuchlarning psixologiya tayyorgarligi.
3. Ijtimoiy psixologiya.Toshkent, 2008.
2-ilova
Bli s -so‘rov savollari
1. “Ruhiyat ” so‘zi   nima ni anglatadi ?
2. Kayfiyat so‘zi odamlarga tqanday ta’sir etadi ?
3. Maksad turlari  nima?
4. Kishi ruhiyatiga   ta’sir etadigan omillar nima? 
5. Maksadlar sajarasi deganda nima tushuniladi?
3-ilova
38 Maqsad   — bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmo q uchun ko‘zda
tutilgan mush tarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi  faoliyatini, o‘z orzulari ni ushalishiga
yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning  oldimizda turgan maqsadimizni   aniqlab olamiz,
so‘ngra esa shu maqsadimiz:
 bo‘lajak   harakatlarimizni   oldindan   aniqlab
beradi;
 faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi;
 faoliyatimizni aniq soha, ishga yo‘naltiradi;
 u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini  belgilab beradi;
 pirovard natijamizning baholash me’yorini bel gilaydi va h.k.
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgi langanligi boshqarish uchun o‘ta
zarur. Chunki aynan shu  maqsadga binoan:
• boshqarish funksiyalari;
• boshqarish usullari;
• boshqarishning tuzilmaviy tarkibi;
• lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi  muhim masalalar yechiladi.
Yaxshi o‘ylanmagan va aniq bo‘lmagan    maqsad    bilan ish yurituvchi ko‘pgina
korxonalar odatda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, xonavayron bo‘ladi.
Nega   maqsadlar   shu   darajada   zarur?  Boshqarishning   asosiy   maqsadlaridan   biri
«maqsad   h arakat yo‘nalishini aniqlaydi» degan qoidadan iborat .     Huddi shu maqsad
firmaning   nimani,   qancha,   qaerda,   qanday   va   qachon   bajarishini   belgilaydi.   Har   bir
qarorda albatta maqsadga intilish ifodalanishi shart.
      4-ilova
 “Harbiy pedagogika va psixologiya  fanidan keys topshiriq.
Keys: 
Talabalarning   mafkuraviy   immunitetni     shakllantarashda   qanday   usullar
muhim   rol   o‘ynaydi?     Manbalarmi   yoki     adabiyotlar?   Bunda   talabalarga   asosiy
manba   sifatida   Islom   Karimovning   “Yuksak   ma’naviyat-yengilmas   kuch”   kitobini
39 o‘qib   chiqish   va   undan   ma’naviyatimizga   tahdid   bo‘luvchi   omillarni   sanab
ko‘rsaktish topshiriladi.
Vaziyatni urganish va vaziyatni baxolashgai doir savollarni taxlil etish asosida
keysda aks ettir ilgan xolat yuzasidan SWOT-taxlilini amalga oshiring.
Strength-  kuchli 
tomonlari
Weakness - kuchsiz 
tomonlari
Opportunities - 
imkoniyatlar
Threats - taxdidlar
2.2. Ma’ruza matni
Mavzu  : “Ma’naviyat – insonning ulg‘ayishi va kuch-qudratining
manbai”
Reja:
1.   Prezident   I.A.Karimovning   “Ma’naviyat”   tushunchasiga   ta’rifi   va   uning   inson
hamda jamiyat hayotidagi o‘rni to‘g‘risidagi g‘oyalari.
2. “Ma’naviyat” tushunchasi, mazmun-mohiyati va unga turli qarashlar 
3. Ma’naviyatni shakllantiradigan omillar.
4.   Ma’naviy   va   moddiy   hayot   uyg‘unligi   va   ularning   barkamol   insonni
tarbiyalashdagi o‘rni.
1. Ma’naviyat tushun chasiga Islom Karimovning ta’rifi.
Ma’naviyatni shaxs, millat davlat va jamiyatning qudratli kuchi sifatida hamda
shaklan   va   mazmunan   uyg‘un   holatda   o‘rganish   mamlakatimiz   o‘z   mustaqillikka
40 erishgandan   keyin   boshlandi.   Ma’naviyatni   bu   shaklda   o‘rganish   esa,   hech
mubolag‘asiz   aytish   mumkinki,   mustaqillik   sharoitidagi   milliy   tafakkur
taraqqiyotimizda   yangi   yo‘nalishdir .   Bu   yo‘nalishning   paydo   bo‘lishi   va   uning
konseptual  g‘oyalarini   nazariy  jihatdan  ishlab  chiqish   Prezidentimiz  Islom  Karimov
nomi   bilan   bog‘liq.   Uning   asarlari,   risolalari,   ma’ruzalarida   ma’naviyat
tushunchasining   mohiyati   ochib   berilgan.   Bu   ma’naviyatni   mustaqil   omil   sifatida
o‘rganishda   katta   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   Chunki   har   qanday   ilgari   surilayotgan
g‘oyalarning   mohiyati   ochib   berilmas   ekan,   uning   jamiyat   taraqqiyotida   millat   va
shaxs kamolotidagi rolini belgilash mumkin bo‘lmaydi 
Prezidentimiz Islom  Karimov “Ma’naviyat”  tushunchasi  va ahamiyatini  ilmiy
iste’molga   olib   kirgan   nazariyotchi   va   amaliyotchisi   hisoblanib,   mustaqillikning
dastlabki   yillaridan   boshlab   ma’naviyatni   rivojlantirishga   katta   e’tibor   bilan   qarab
keldi.   U   “ Ma’naviyat   haqida   gap   ketar   ekan,   men   avvalo,   insonni   ruhiy
poklanishi   va   yuksalishga   da’vat   etadigan,   inson   ichki   olamini   boyitadigan,
uning   iymon-irodasini,   e’tiqodini   mustahkamlaydigan,   vijdonini   uyg‘otadigan
qudratli   botiniy   kuchni   tasavvur   qilaman ” 10
  -   deb   ta’kidlaydi.   Mazkur   ta’rif
o‘zining   mazmuni   va   mohiyati   bilan   «Ma’naviyat»   ning   barcha   qirralarini   o‘ziga
qamrab olgan. Unda insonning ichki ruhiy olamini ifodalovchi barcha komponentlar
o‘z   ifodasini   topgan   va   uning   inson   barkamolligini   ta’minlaydigan   katta   kuch
ekanligi belgilab berilgan. 
«O‘zbekistonning   o‘z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo‘li»   asarida   ma’naviyatning
inson hayotidagi ahamiyatini ochib berib shunday yozgan edi:  “Ma’naviyat insonga
havodek,   suvdek   zarur.   Sahrodagi   sayyoh   har   doim   buloqdan   chanqog‘ini
bosadi.   Xuddi   shuningdek   inson   ham   necha-necha   azoblar   va   qiyinchilik   bilan
ma’naviyat chashmasini izlaydi” . 11
 
Mamlakatda  o‘tkazilayotgan  islohotlar  va uning vazifalarini  belgilab berishda
Prezidentimiz   yana   ma’naviyatni   rivojlantirish   masalasiga   qaytib   shunday   yozadi:
“Moddiy   islohotlar,   iqtisodiy   islohotlar-   o‘z   yo‘liga.   Ularni   hal   qilish   mumkin.
10
 Қаранг; Каримов И. А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Тошкент: Ўзбекистон, 1999, 17-бет.   
11
 Каримов И. А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.(Нутқлар, мақолалари 
суҳбатлар ). Тошкент. Ўзбекистон, 1993, 78-бет.     
41 Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin, ammo ma’naviy islohotlar –
qullik,   mu’telik   iskanjasidan   ozod   bo‘lish,   qaddini   baland   tutish,   ota-
bobolarimizning   udumlarini   tiklab,   ularga   voris   bo‘lish   –   bundan   og‘irroq   va
bundan   sharafliroq   vazifa   yo‘q,   bu   dunyoda” . 12
  Ya’ni,   bu   yerda   Prezidentimiz
o‘tkazilayotgan   islohotlarning   asosiy   tomonini   milliy-ma’naviy   tiklanish   tashkil
qilishini   ta’kidlamoqda.   Ularning   bu   g‘oyalariga   muvofiq   qullik,   mu’telik
iskanjasidan   ozod   bo‘lgan,   o‘zining   kimligini   anglagan,   millatining   o‘zligini
tarannum etgan insongina mamlakatni taraqqiyotga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.
Prezidentimiz ma’naviyat tushunchasi mazmunini ochib berar ekan:   “Er, oila,
ota-ona,   bolalar,   qarindosh-urug‘lar,   qo‘ni   –   qo‘shnilar,   xalq,   mustaqil
davlatimizga   sadoqat,   insonlarga   hurmat,   ishonch,   xotira,   vijdon,   erkinlik-
ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng” 13
 - deb ta’kidlaydi. 
Prezidentimiz   fikricha,   ma’naviyat   o‘z-o‘zidan   shakllanadigan   narsa   emas,   u
avvalo   har   bir   insonning   ichki   ma’naviy   salohiyatini   shakllantirish   yo‘lida   barcha
moddiy   va   ma’naviy   boyliklarni   o‘zlashtirish,   Vatan   va   millat   manfaatlari   yo‘lida
halol,   fidoyilik   bilan   mehnat   qilish   jarayonida   shakllanadi.   “Ma’naviyat   –
taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban
va   vijdonan,   aql   va   qo‘l   bilan   mehnat   qilishi   kerak” 14
  ligi   ta’kidlanadi.   Ko‘rinib
turibdiki, Prezidentimiz ma’naviyatni «tayyor» xolatda qaramaydi. Uni shakllantirish
va rivojlantirish, millatning chinakkam mulkiga, taraqqiyot omiliga aylantirish uchun
fidoyilik ko‘rsatish zarurligini ta’kidlamoqda.
“Barchamiz   yaxshi   anglab   olishimiz   kerakki,   hayotimizning   boshqa
sohalaridagi   ahvol,   amalga   oshirilayotgan   islohotlarimizning   samaradorligi,
avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi,
an’analarimizning   saqlanishi,   madaniyat   va   san’at,   fan   va   ta’lim   rivoji   bilan
12
Қаранг;  Каримов И. А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Тошкент. Ўзбекистон, 
1996, 
 1, 202-бет.    
13
 Каримов И. А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. (Нутқлар, мақолалари 
суҳбатлар) Тошкннт. Ўзбекистон, 1993, 78-бет.
14
 Каримов И. А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.(Нутқлар, мақолалари 
суҳбатлар ). Тошкент. Ўзбекистон, 1993, 79-бет. 
42 uzviy bog‘liqdir” . 15
  Haqiqatan ham ma’naviy qashshoqlik bilan hech qachon millat
iqtisodiy   va   ijtimoiy-siyosiy   taraqqiyotga   erisha   olmaydi.   Ma’naviyat   har   qanday
taraqqiyot   uchun   manba   bo‘lib   hizmat   qiladi.   Chunki   ma’naviyat   qancha   yuksak
bo‘lsa,   qilinadigan   ishlarning   samaradorligi   va   unumi   ham   shu   darajada   yuksak
bo‘ladi. 
Prezidentimiz ma’naviyatning mohiyatini ochib berishda uning vatanparvarlik,
milliy   iftixor   tuyg‘ulari   bilan   uyg‘unlikda   qaraydi.   Jumladan,   «Fidokor»   gazetasi
muxbiri   savollariga   berilgan   javobda   quydagilarni   ta’kidlaydi:   “ …avvalambor
yoshlarimizning   iymon-e’tiqodini   mustahkamlash,   irodasini   baquvvat   qilish,
ularni   o‘z   mustaqil   fikriga   ega   bo‘lgan   barkamol   insonlar   qilib   tarbiyalash.
Ularning   tafakkurida   o‘zligini   unutmaslik,   ota-bobolarning   muqaddas
qadriyatlarini   asrab-avaylash   va   hurmat   qilish   fazilatlarini   qaror   toptirish,
ularning,   men   o‘zbek   farzandiman,   deb   g‘urur   va   iftixor   bilan   yashashiga
erishishidir” . 
Prezidentimiz   “ma’naviyat”ga   jamiyat   barcha   sohalarda   sodir   bo‘ladigan
o‘zgarishlarning   manbai   sifatida   qarab   keladi.   Shuning   bilan   birga   ma’naviyatni
mamlakatimiz   va   yoshlarimizga   qarshi   qaratilgan   turli   xurujlar   hamda   yovuz
kuchlardan himoya qilishda qudratli  kuch ekanligiga e’tiborni  qaratadi. U “ Bunday
balo-qazolarga   qarshi   kurashda,   farzandlarimizning   ma’naviy   dunyosini
himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur? Avvalo to‘g‘ri tarbiya, sog‘lom
turmush   g‘oyasi,   faqatgina   qattiq   iroda   va   iymon-e’tiqod   hisobidan   bunga
erishish mumkin» , deb ta’kidlaydi. 
Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ma’naviyat
fenomenining   borasida   ilgari   surilgan   g‘oyalar   fundamental   ahamiyatga   ega.
Ma’naviyatning   mazmun-mohiyatini   chuqurroq   va   teranroq   anglash   uchun   mazkur
asardagi g‘oyalarni chuqur o‘zlashtirib olishimiz lozim bo‘ladi. Unda keltirilishicha,
ma’naviyat   —   insonni   ruhan   poklanish,   qalban   ulg‘ayishga   chorlaydigan,
odamning  ichki  dunyosi,  irodasini  baquvvat,  iymon-e’tiqodini  butun  qiladigan,
vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir...
15
 Ўша асар 18-бет
43 O‘ylaymanki,  yer  yuzida  qancha  inson,  qancha  taqdir  bo‘lsa,  har   birining  o‘z
ma’naviy   olami   bor.   Ma’naviyatni   tushunish,   anglash   uchun   avvalo   insonni
tushunish,   anglash   kerak.   Shuning   uchun   ham   o‘zligini,   insoniy   qadr-qimmatini
anglab   yetgan   har   qanday   odam   bu   haqda   o‘ylamasdan   yashashini   tasavvur   qilish
qiyin.”
Ma’naviyat   tushunchasi   va   uning   mazmun   mohiyati   va   unga   turli
qarashlar
Mamlakatimiz   o‘z   mustaqilligini   qo‘lga   kiritgunga   qadar   ilmiy   adabiyotlarda
“Ma’naviyat”   mustaqil   ilmiy   tushuncha   sifatida   qo‘llanilmagan   edi.   Shu   bois   bu
tushunchani chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ayniqsa Prezidentimizning unga
bo‘lgan e’tiboridan keyin oshib ketdi.
A.Erkaevning   fikricha,   «Ma’naviyat   –   insoning   ijtimoiy   –   madaniy   mavjudot
sifatidagi   mohiyatidir,   ya’ni   insonning   mehr-muruvvat,   adolat,   to‘g‘rilik,   sofdillik,
vijdon,   or-nomus,   vatanparvarlik,   go‘zallikni   sevish,   zavqlanish,   yovuzlikka   nafrat,
iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik,
mushtaraklik   kasb   etgan   majmuidir». 16
  M.Imomnazarov   dastlab   “Ma’naviyat     inson
qalbidagi   ilohiy     nur…»,-deb   yozgan   bo‘lsa,   keyinchalik   «Ma’naviyat   –   inson
qalbida,   ko‘ngil   ko‘zgusida   aks   etgan   haqiqat   nuridir,   deyilgan   ta’rif   darhaqiqat,
so‘fiyona   ramziy   ta’rifdir,   zotan   boshqacha   ta’rif   bu   cheksiz   mohiyatni   cheklab
qo‘yadi»,-deb yozadi. 
E.   Yusupov   insonda   mavjud   bo‘ladigan   hamma   xislatlar   va   fazilatlar   emas,
balki ijobiylarigina ma’naviyat bo‘la olishini ko‘rsatib: «Ma’naviyat –inson axloqi va
odobi,   bilimlari,   istedodi,   qobiliyati,   amaliy   malakalari,   vijdoni,   iymoni,   e’tiqodi,
dunyoqarashi,   mafkuraviy   qarashlarning   bir   –   biri   bilan   uzviy   bog‘langan,   jamiyat
taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimdir»,  deb ta’riflaydi. 
T.   Mahmudov   «…Ma’naviyat   –   insoning   ma’lum   darajadagi   jismoniy,   aqliy,
ahloqiy   va   ruhiy   balog‘ati   va   dunyoqarashini   ifodalovchi   tushunchadir”, 17
  -degan
ta’rifni beradi.
16
 Эркаев А. Маънавият – миллат нишони. Тошкент. Маънавият, 1997, 27-бет    
17
 Маҳмудов Т. Мустақиллик ва маънавият.Тошкент: Шарқ, 2001, 9-бет  
44 Albatta,   yuqorida   keltirilgan   fikrlarning   hammasida   ham   ma’naviyatning
ko‘pgina   qirralari   o‘z   ifodasini   topgan   va   mualliflar   o‘zlarining   nuqtai   nazarlarini
bildirganlar,   ammo   ularda   inson   salohiyatini   o‘stirish   masalasi   e’tibordan   chetda
qolganligi ko‘rinadi. Shundan kelib chiqib, yuqoridagi ta’riflarni to‘ldirgan holda va
albatta,   Prezidentimiz   I.Karimov   tomonidan   ishlab   chiqilgan   konseptual   g‘oyalarga
tayanib   ma’naviyatning   quyidagi   jihatiga   e’tibor   berish   o‘rinlidir.   Ma’naviyat   –
insonning   ruhiyatini,   uning   o‘z-o‘zini   anglashi,   didi,   farosati,   adolat   bilan
razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go‘zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan
johillikni ajrata bilish qobliyatini, aql-zakovatini, yuksak maqsad va g‘oyalarni
qo‘ya   bilish,   ularni   amalga   oshirish   uchun   harakat   qilish   va   intilish
salohiyatidir . 
3.   “Ma’naviyat”ni   anglash,   uni   shakllantiruvchi   omillar   va   rivojlanish
qonuniyatlari
3.1. Ma’naviyatni anglash.
Ma’naviyatning   ayrim   kategoriyalari   (tushunchalari)   falsafa,   estetika,   etika,
dinshunoslik va boshqa fanlarning tushunchalari bilan ham uyg‘unlashib ketgan. Bu
tabiiy xol. Zero ma’naviyatni  ularning uyg‘unligisiz tassavvur  ham  qilib bo‘lmaydi.
Ana shu murakkablikka qaramasdan uning kategoriyalarini aniqlashga ehtiyoj katta.
Shu   ehtiyojni   hisobga   olib   «ma’naviyat»   ning   tushunchalari   xaqida   dastlabki
qarashlarni ilgari surish mumkin bo‘ladi.
Ma’naviyatning   mustaqil   kategoriyalariga   shartli   ravishda   inson,   millat   va
jamiyat hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi tushunchalarni kiritish mumkin. 
Shaxsning   o‘z o‘zini   anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik,
hayrihohlik,   iymonlilik,   halolik,   e’tiqodlilik,   diyonatlilik,   poklik,   mehr-shafqatlilik,
vijdonlilik, rostgo‘ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik,
to‘g‘rilik   va   boshqalar.   Shaxsning   millat   vakili   sifati   maqomida :   milliy   o‘z-o‘zini
anglash,   milliy   g‘urur,   millatparvarlik,   vatanparvarlik,   millat   taqdiriga   nisbatan
ma’suliyatni,   milliy   manfaat   ustivorligini   his   etish,   milliy   til,   milliy   tarix,   adabiyot,
san’at,   urf-odatlar,   an’analar,   qadriyatlar,   davlat   tizimiga,   qonunlarga   hurmat   va
itoatkorlik,   vazminlik,  o‘z  kasbining   mohir   ustasi   bo‘lish,   mamlakat   ichki   va   tashqi
45 faoliyatidan   habardor   bo‘lish   va   uni   qo‘llab-quvvatlash,   mamlakat   ijtimoiy,   siyosiy,
iqtisodiy,   ma’naviy   hayotida   faollik   va   boshqalar   bo‘lsa;   shaxsning   jamiyat   vakili
sifatidagi maqomida:  mamlakatning jahondagi nufuzini oshirishdagi ma’sullik, jahon
sivilizatsiyasi   yutuqlarini   egallash,   jahon   xalqlari   oldida   turgan   umumbashariy
muammolariga   befarq   bo‘lmaslik,   milliy   va   umuminsoniy   manfaatlar   uyg‘unligini
anglash, insonning tabiatining bir bo‘lagi ekanligi, uni asrashda ma’sullik va boshqa
bir qator tushunchalarni kiritishi mumkin.
3.2. Ma’naviyatni shakllantiruvchi omillar.
I.A.   Karimov   aytganidek,   ma’naviyat   –   taqdirining   ehsoni   emas.   Ma’naviyat
inson qalbida kamol topishi uchun ... aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak. 18
 
Ma’naviyat   inson   tug‘ilishida   ona   suti,   uning   allasi,   mehri,   ajdodlar   o‘giti,
Vatan   tuyg‘usi,   bu   hayotning   ba’zida   achchiq,   ba’zida   quvonchli   saboqlari   bilan
qatra-qatra   bo‘lib   shakllanadi.   Uning   qaror   topishida   oiladagi   muhit,   jamiyatdagi
hamjihatlik,   davlat   olib   boradigan   siyosatdagi   adolatparvarlik   va   insonparvarlikning
qay darajada amal qilinishi asosiy o‘rinni egallaydi.
Prezidentimiz   ta’kidlaganidek,   ma’naviyat   quyidagi   omillar   ta’sirida
shakllanadi:
1) ma’naviy meros; 
2) madaniy boyliklar;
3) ko‘hna tarixiy yodgorliklar;
4) xalq og‘zaki ijodi;
5) milliy bayramlar;
6) muqaddas milliy qadriyatlarimiz;
7) ilmiy ijod kashfiyotlari;
8) Amir Temur merosi;
9) oila;
10) mahalla;
11) ta’lim-tarbiya tizimi.
18
 Каримов И. А. Ўзбекистон: Миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. - Т.: Ўзбекистон,1993. - Б. 74.
46 Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat
va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada,
tabiiyki,   ma’naviy   meros,   madaniy   boyliklar,   ko‘hna   tarixiy   yodgorliklar   eng
muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek,   ma’naviyatni   shakllantirish
xalq og‘zaki  ijodi   ( «Alpomish» dostoni  va b.lar),   milliy bayramlar   (Navro‘z, turli
mavsumiy   sayllar...),   muqaddas         dinimiz,      ilmiy-ijodiy   kashfiyotlar,   Sohibqiron
Amir   Temur   xizmatlari,   oila,   mahalla   hamda   ta’lim-tarbiya   tizimi   bilan
chambarchas bog‘liqdir.
3.3. Ma’naviyatning rivojlanish qonuniyatlari.
Ma’naviyat   rivojlanishi   ham   ma’lum   qonuniyatlarga   tayanadi.   Bunday
qonuniyatlarni asosan ikki yirik guruhga ajratish mumkin.
Birinchi  guruh ga shaxs,  millat  yoki   jamiyatning ichki   salohiyati   bilan bog‘liq
bo‘lgan qonuniyatlar kiradi. Ichki salohiyat mustahkam, zaminlarning chuqur bo‘lishi
ma’naviyat rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Agar ichki salohiyat nochor bo‘lsa,
shaxs barkamollik darajasiga, millatning o‘z bir butunligini saqlashga va ayni paytda
jamiyatning yuksak taraqqiyot pog‘onasiga erishishiga salbiy ta’sir qiladi. 
Ikkinchi guruh   qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o‘zaro munosabatlari
jarayonida   sodir   bo‘ladigan   «o‘zaro   ta’sir»   va   «o‘zaro   boyitish»   orqali   bo‘ladigan
jarayonlar   kiradi.   Shaxs   ma’naviy   kamoloti   onadan   tug‘ilishi   bilan   yuzaga
kelmaganidek,   millat   ma’naviyati   ham   tarixiy   taraqqiyotning   ma’lum   bosqichlarida
boshqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida shakllanadi. Hech qachon shaxs,
inson   o‘zgalarsiz   yashay   olmaganidek,   millat   ham   boshqa   millatlar,   xalqlar   bilan
aloqa   munosabatlarsiz   taraqqiy   qila   olmaydi,   boz   ustiga   bugungi   kunda   dunyoda
«sof»   millat   borligiga   hech   kim   guvohlik   yoki   kafolat   bera   olmaydi.   Jamiyat   xuddi
ana shu qonuniyat asosida rivojlanadi.
         4. Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi
Prezidentimizning   “Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch”   asarida   ilgari
surilgan   quyidagi   fikrlarni   ma’no-mazmuniga   yetishimiz   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘ladi. Jumladan, ular asarda quyidagi fikrlarni keltiradilar: “Ma’naviyatning inson
47 va jamiyat hayotidagi mohiyati va ahamiyati haqida fikr yuritganda, bu borada asrlar
davomida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan bir masalaga alohida
to‘xtalib o‘tish lozim, deb o‘ylayman. Ya’ni, odamning kundalik hayoti va faoliyatida
moddiy va ma’naviy asoslar  bir-biriga nisbatan qan-day o‘rin tutishi, ularning qaysi
biri  ustuvorlik kasb etishi  haqida turli-tuman, ba’zan esa  ziddiyatli  fikr  va qarashlar
mavjud   bo‘lganini   va   bunday   tortishuvlar   hozirgacha   davom   etayotganini   kuzatish
qiyin emas.
Bashariyat   tarixida   yashab   o‘tgan   ne-ne   buyuk   allomalar   bu   masala   bo‘yicha
ko‘plab asarlar yaratib qoldirgani ham shundan dalolat beradi.
Misol   uchun,   qadimiy   hind,   xitoy   yoki   yunon   faylasuflarini   olasizmi,   o‘rta
asrlardagi Sharq va G‘arb Uyg‘onish davri namoyandalarini olasizmi, islom olamida
nom   qozongan   mutafakkir   zotlarni   olasizmi     ularning   ilmiy   merosida   moddiy   va
ma’naviy olam o‘rtasidagi munosabatlarga keng o‘rin berilganini ko‘rish mumkin.
Masalan,   antik   davr   faylasuflari   bo‘lmish   Sokrat   va   Platon,   Epikur   va
Demokrit, xitoy donishmandi Konfutsiy va boshqa allomalarning bu boradagi nazariy
qarashlari   fan   tarixidan   yaxliti   ma’lum.   Ularning   ayrimlari   ruhiy   olamni   birlamchi
deb   bilsa,   ba’zilari   esa   moddiy   olamni   asosiy   o‘ringa   qo‘yadi.   Ana   shunday
tushuncha va tasavvurlar asosida keyinchalik materializm va idealizm kabi ta’limotlar
maydonga   chiqdi.O‘ylaymanki,   bu   o‘rinda   ularning   tarixi,   ma’no-mazmuni   haqida
batafsil   to‘xtalib   o‘tirishning   hojati   bo‘lmasa   kerak.   Albatta,   bunday   falsafiy
yondashuvlarning   har   biri   o‘z   davridagi   mavjud   siyosiy-ijtimoiy   vaziyat,   hukmron
mafkura, jamiyatning huquqiy va madaniy saviyasi, turli sotsial guruh va toifalarning
qarashlarini ifoda etishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy   taraqqiyotning   turli   davrlarida   bunday   bahslar   sof   nazariy   masala
doirasidan   chiqib,   ma’lum   bir   tuzum   yoki   davlatning   rasmiy   mafkurasi   maqomini
ham olgan. Buning tasdig‘ini uzoqqa bormasdan yaqin tariximizda sho‘ro zamonida
materialistik   qarashni   ustun   qo‘yish   natijasida   materiya   birlamchi,   ong   esa
ikkilamchi, degan tamoyilning hukmron dunyo-qarash darajasiga ko‘tarilgani, buning
oqibatida   insonning   ma’naviy   qadriyatlari,   ayniqsa,   uning   milliy   va   milliy
tuyg‘ulariga bepisand qarab kelingani misolida ham ko‘rish mumkin.
48 Ushbu   masalaga   chuqurroq   va   atroflicha   nazar   tashlaydigan   bo‘lsak,   avvalo
shuni   aytish   kerakki,   bu   ko‘hna   dunyo,   biz   yashayotgan   hayot   yagona,   yaxlit   bir
voqelikdir.   Shunday   ekan,   moddiy   ehtiyojlarni   insonning   ruxiy   olamiga   qarama-
qarshi   qo‘yish,   ularning   birini   ustun   deb   bilgan   holda,   tiriklikning   asosiy   maqsadi
sifatida qabul qilish qandaydir biryoqlama qarash ifodasi, deb aytsak, xato bo‘lmaydi.
Qolaversa,   bu   masalaga   bunday   keskin   yondashuv,   xususan,   odamning   ruhiy
dunyosini   mensimaslik,   uni   ikkilamchi   o‘ringa   qo‘yish   oxir-oqibatda   jamiyat
hayotida inqirozga olib kelishi muqarrar ekanini tarix ko‘p marotaba isbotlagan. Bir
so‘z   bilan   aytganda,   inson   o‘z   timsolida   ham   moddiy,   ham   ma’naviy   xususiyat   va
alomatlarni  mujassam  etgan noyob xilqat, Yaratganning buyuk va sirli  mo‘jizasidir.
Shuning   uchun   ham   uning   ichki   dunyosi,   unga   ato   etilgan   fazilat   va   xislatlarni
oxirigacha anglash, tushunishning o‘zi o‘ta murakkab bir masala.
Mana   shunday   qarash   va   fikrlarni   umumlashtirib,   insonga   xos   orzu-
intilishlarni   ro‘yobga   chiqarish,   uning   ongli   hayot   kechirishi   uchun   zarur
bo‘lgan   moddiy   va   ma’naviy   olamni   bamisoli   parvoz   qilayotgan   qushning   ikki
qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi.
Qachonki ana shu ikki muhim omil o‘zaro uyg‘unlashsa, tom ma’nodagi qo‘sh
qanotga   aylansa,   shundagina   inson,   davlat   va   jamiyat   hayotida   o‘sish-o‘zgarish,
yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi”.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy
oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish –
ongsiz   va   ruhsiz   mahluqotlarga   xos.   Ma’naviyatga   intilish   esa   ruh   va   ong   egasi
bo‘lmish   odamzotgagina   xos   fazilatdir.   Ma’naviyat   odamning   aqliy   va   ruhiy   olami
majmui   kabi   murakkab   ijtimoiy   hodisa   bo‘lganligi   uchun   ham,   ma’naviyat   omili
orqali   insonni   tarbiyalash,   jamiyatdagi   barcha   ijobiy   o‘zgarishlarga   ta’sir   o‘tkazish
mumkin bo‘ladi.
2.3. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘satmalar.
49 Talabalarning   mavzuni   o‘zlashtirishda   tezkor   fikrlashga   o‘rgatishga   maqsadida
quydagi   topshiriqlarni   berish   mumkin.   Masalan,   ishtirokchilarga   besh   daqiqa   ichida
“Mening   ta’lim   muassasamning   imkoniyatlari”   mavzusi   bo‘yicha   o‘z   xayollariga
kelgan   barcha   narsalarni   to‘xtamasdan   yozish   taklif   qilinadi.     Besh   daqiqa
tugaganidan   so‘ng,   ularga   o‘z   yozganlarini   namunaviy   chizma   bilan   taqqoslash
imkoniyati   beriladi.   Mazkur   jarayonda   ishtirokchining   o‘z   fikrini   asoslay   olishiga
erishish maqsadida aqliy hujum vaziyati yaratiladi.
Guruhlar bilan ishlash gomogen guruhlar (boshqaruv jarayonidagi funksiyalari
bilan   bog‘liqlikda)   amalga   oshirilib,   debatlar,   munozaralar,   ishbop   o‘yin
metodlaridan samarali foydalaniladi.
“Debat”  tushunchasi   fransuzcha   “debattere”  so‘zidan   olingan  bo‘lib,  “debats”
–   bahslashmoq   ma’nosini   anglatadi.     Debat   –   qandaydir   majlis   yoki   yig‘ilishlarda
o‘zaro   fikr   almashish   jarayonini   ifodalaydi.   Zamonaviy   sharoitda   debatlardan
muayyan   mavzu,   masala   yoki   muammo   yuzasidan   qarama-qarshi   fikr,   nuqtai   nazar
va fikr-mulohazalarni ifodalash orqali bahs tashkil etish maqsadida foydalanilmoqda.
Debat   ishtirokchilarda   tanqidiy   fikrlash,   fikrni   mantiqan   ifodalay   olish,   dalillardan
to‘g‘ri   va   yetarlicha   foydalanish   hamda   muammoning   mantiqiy   yechimini   topish
malakasini   shakllantirish,   shuningdek,   o‘zgalarning   fikrlarini   inobatga   olmaslik
noto‘g‘ri   xulosaga   olib   kelishi   mumkinligini   isbotlashga   yordam   beradi 19
.   Masalan,
“Ta’limni   strategik   boshqaruvning   afzalliklari   va   kamchiliklari”   mavzusida   debat
quyidagicha tashkil etiladi:
1)   debat   uchun   tanlangan   mavzu   oldindan   ishtirokchilarga   yetkaziladi.
debatlarni   tashkil   etish   oldidan   ishtirokchilar   maxsus   axborot   bilan   ta’minlanadilar.
Axborot debatlarni tashkil etishning umumiy qoidalarini yoritishga xizmat qiladi;
2)   ishtirokchilar   jamoasi  ikki  guruhga  bo‘linadilar  va  har  bir  guruh tanlangan
mavzu bo‘yicha bir-biriga zid bo‘lgan yechimni bayon etadilar. 
3)   guruhlar   o‘zlari   tomonidan   ifodalangan   yechimlarning   to‘g‘riligini   dalillar,
hayotiy misollar yordamida  isbotlashadi.
19
Содиқова Ш.А. Талабаларни ижтимоий-педагогик фаолиятга тайёрлаш. – Т.: ТДПУ, 2009. – Б.45.
50 4)   guruhlar   o‘z   pozitsiyalari   (muammo   bo‘yicha   taklif   etgan   yechimlar)ni
spikerlar yordamida himoya qiladilar.
Kursantlar   tomonidan   ishlab   chiqilgan   strategik   rejaning   taqdimotini
o‘tkazishda ayniqsa, “Himoya” ishbop o‘yini alohida ahamiyat kasb etadi 20
.
O‘yin quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladi:
1) ishtirokchilarda strategik reja tuzish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
2)  ularda strategik rejani amaliy ahamiyatini tushunib yetish qobiliyatini tarkib
toptirish ;
3)   kommunikatsiya   (guruhlarda   so‘zga   chiqish,   savollar   shakllantirish,
savollarga   javob   berish,   munozara   o‘tkazish)   usullari   yordamida   strategik   reja ning
mohiyatini aniqlashtirishga erishish;
4)   ishtirokchilarda   strategik   rejani   amaliyotga   tatbiq   etish   ko‘nikmasini
shakllantirish.
O‘yinning mazmuni:  harbiy ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini tashkil
etishning strategik rejasi .
O‘yin dan kutiladigan   natija: harbiy ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini
tashkil etishga doir strategik reja ishlab chiqiladi .
Ishbop   o‘yinda   quyidagi   ishtirokchilar   qatnashish a di:   ishbop   o‘yin
tashkilotchisi   ( harbiy   kadrlarni   tayyorlash   markazi   rahbari ),   novator   (tadqiqotchi),
munozara ishtirokchisi,  hakam lar.
O‘yin  tashkilotchi si:
1) o‘yinning borishini boshqar a di;
2) ishtirokchilar   bilan   o‘tkaziladigan   o‘yinning   maqsadi,   borishi,   mezonlari,
kutiladigan natijalari bo‘yicha suhbat o‘tkaz a di;
3) barcha ishtirokchilarning o‘zaro harakatini amalga oshir a di;
4) munozarani boshqar a di;
5) tavsiyalar ishlab chiqishga yordam ber a di;
6) yakunlarini chiqar a di va o‘yinni baholash d a  hakam ga yordam ber a di.
20
Рахматуллаев Д. Стратегик менежмент асосида умумий ўрта таълим муассасаларини бошқариш: назария ва 
амалиёт. Монография. – Т., 2015. – Б.158.
51 Novator:
1) reja ni taqdim et a di;
2) reja ning natijaviyligini ko‘rsatib ber a di;
3) joriy etish natijalarini loyihala y di.
Munozara ishtirokchisi:
1) taqdim etilgan  reja ni muhokama qilishda ishtirok et a di;
2) reja  yuzasidan o‘z mulohazalarini bayon et a di;
3) muhokama qilinayotgan muammoni yaxshilash bo‘yicha o‘z g‘oyasini taklif
et a di;
4) taqdim   etilayotgan   reja ni   o‘rganish,   amaliyotda   qo‘llash   rejasini
tayyorla y di.
Hakam :
1) taqdim etilgan  reja ni ekspertizadan o‘tkaz a di;
2) tadqiqotchining chiqishini bahola y di;
3) munozara ishtirokchisining chiqishini bahola y di;
4) taqdim etilayotgan  reja ni o‘rganish, amaliyotda qo‘llash rejasini bahola y di.
Rollar quyidagi tavsifga ega bo‘ladi:
Novator   portreti.   Novator   o‘zi   taqdim   etayotgan   reja ni   himoya   qil a di.   O‘z
nuqtai nazarida qol a di. Yangilikning ahamiyatini oshiruvchi mulohazalar ni  kirit ad i.
Yangilikni qo‘llab-quvvatlovchi portreti. U novatorni qo‘llab-quvvatladi, uning
fikrlarini   to‘ldirdi.   Ko‘proq   reja ni   amaliyotga   joriy   etish   afzalliklarini   ta’kidlab
o‘t a di. 
Konformist   portreti.   U   o‘zining   mustahkam   nuqtai   nazariga   ega   emasligini
namoyish   et a di.   Vaziyatga   qarab,   ba’zan   novatorni   qo‘llab-quvvatla y di,   ba’zan
qarshilik ko‘rsat a di.
Konservator   portreti.   U   yangi   taqdim   etilgan   reja ni   emas,   avvalgi   an’anaviy
boshqaruvning   samarali   ekanligini   ta’kidla y di.   Strategik   reja ning   kuchsiz
tomonlarini,   oddiy   reja ning   kuchli   tomonlarini   ajratib   ko‘rsat a di.   U   yangilikning
kuchli tomonlarini ochib qo‘ymaslik uchun ehtiyotkorlikni namoyish et a di.
52 Hakam   portreti.   U   taqdim   etilgan   strategik   reja   haqidagi   ma’lumotlarni   tahlil
qil a di   va   uning   eng   asosiy   jihatlarini   ajratib   ko‘rsat a di.   Strategik   reja ni   amaliyotga
joriy etishning sababiy aloqadorliklarini loyihala y di.
O‘yin   so‘nggida   ishtirokchilarda   taqdim   etilgan   strategik   reja   haqida   yorqin
tasavvur hosil bo‘lib, uni amaliyotga joriy etishga doir ko‘nikmalar shakllan a di.
Shuningdek,   kursantlarning   boshqaruv   kompetentligini   rivojlantirishda
quyidagi trening mashg‘ulotlaridan samarali foydalanildi:
1 . “Nizoli vaziyatlarni hal etish” o‘yini 21
. 
Maqsad:   Nizoni   bartaraf   etuvchi   harakatlar   namunasi   havola   etishdan   iborat
(ayni   holatda   bu   —   o‘z-o‘ziga   ishonchli   hulq-atvor   ko‘rinishidir).   Ishtirokchilarni
“ichi puch” nizolarning sabablari bilan tanishtirish.  “Ijtimoiy   xavfli”
vaziyatlardan konstruktiv  (ijobiy  yechim  topgan  xolda)  chiqib  keta olish  va  nizodan
chetda qolish malakalarini shakllantirish.
Materiallar: Vaziyatlar bayon etilgan 3 xil rangli  q o g‘ ozlar.
Vaziyatlar:
N1:   “Siz   yig‘in   o‘tkazayotgan   paytingizda   xodimlaringizdan   biri   ustingizdan
kulib   o‘tiribdi.   Siz   sababini   so‘raganigizda:   “Siz   hali   yoshsiz,   bizga   bunday
balandparvoz gaplar  kerak emas”,  — dedi. Uning gapi  sizga juda og‘ir botdi  va Siz
unga javob berishga qaror kilding.
N2:   Siz   rahbarlik   qilayotgan   harbiy   ta’lim   muassasasi   xodimlaridan   biri   sizni
ustama haqlarini noto‘g‘ri belgilayotganligingizni aytib, ustingizdan shikoyat yozishi
haqida   dag‘dag‘a   qilayapti.   Agar   unga   ham   ustama   haqi   yozsangiz   indamasdan
yurishni  qilayapti. U ofitser hammani  ustidan shikoyat  yozish orqali nom chiqargan.
Bu vaziyat sizni bezovta qilyapti va siz unga rad javobini bermoqchisiz.
N3:   Agressiv   holatdagi   kishi   ikkinchi   —   o‘ziga   ishongan   va   e’tiroz
bildirayotgan odamni noqonuniy harakat qilishga undayapti.
O‘yinning borishi: O‘yin 20 minut davom etadi.
21
 Қаранг: Исмоилова Н., Абдуллаева Д. Тренинг ўтиш методикаси. – Т.: ТДПУ, 2009. 
53 1. Boshlovchi ko‘pincha uchraydigan nizoli vaziyatlarning sabablarini aytadi va
ularning   oldini   olish   yoki   ulardan   chiqishning   qadam-baqadam   bosqichlarini   sanab
o‘tadi.
“Ichi puch” nizolarning sabablari:
Ko‘pincha   odamlar   o‘rtasidagi   nizoli   munosabatlarning   sababi   —   ular   bir-
birlarini yoki biron muammoga nisbatan sherigining munosabatini oxirigacha yaxshi
tushunmasligi. Bunday vaziyatlarda suhbat  kelishish yo‘nalishida emas, balki o‘zaro
talablar   ko‘yish   darajasida   olib   boriladi.   Ko‘p   jihatdan,   bu   xil   harakat   uslubini
tanlashning   sababi   nizoli   vaziyatlardan   chiqish   tajribasining   yo‘qligi   va   nizolarni
konstruktiv hal eta olmaslikdir.
Nizoli   konstruktiv   hal   etish   uchun   har   ikki   tomonni   nima
qoniqtirmayotganligini   aniqlab   olib   zarur.   Buning   uchun   esa   bir   necha   qadamdan
iborat bo‘lgan quyidagi algoritmni o‘zlashtirib olgan ma’qul:
***Muammoning   mohiyatini   va   ayni   paytda   nimani   his   etayotganligingizni
tushuntiring, Muammo haqidagi o‘z fikringizni to‘la bayon eting.
Ushbu    vaziyatdan    chiqish    yechimini,    o‘z    talabingiz    va iltimosingizni
ayting.
***Sizning talabingiz yuzasidan sheringingizning fikrini aniqlang.
***   Sherigingizning   samimiy   gaplari   yoki   u   taklif   etgan   yechim   uchun   unga
tashakkur bildiring.
2.   Boshlovchi   ishtirokchilar   orasidan   N3   vaziyatni   ijro   etish   uchun
ko‘ngillilarni chaqiradi va bu o‘yin orqali nizoli vaziyat kelib chiqishining oldini olish
imkoniyati namoyon etiladi. Muhokama.
3. Guruh uchliklarga bulinadi.
Har   bir   uchlikda   uchta   vaziyat   o‘yin   tariqasida   ijro   etiladi
(har   bir   ishtirokchi   agressiv,   nizodan   chiqa   oluvchi   va   o‘ziga   ishongan   odam   rolida
hamda kuzatuvchi rolida ishtirok etishi shart).
4. Har  bir  vaziyat ijro  etilganidan  keyin  kuzatuvchilar o‘z taassurotlari bilan
o‘rtoqlashadilar.
54 5.   O‘yin   nihoyasida   ishtirokchilar   o‘z   kechinmalari   haqida   fikr   almashadilar,
qanday   ijobiy   natijalarga   erishilganligi   yoki   muvaffaqiyatsizliklarning   sabablari
muhokama qilinadi.
A B. A tomon joyida  q oladi, B tomon esa A tomoniga o‘tadi. Bnu q tai nazaridan
q araganda bu xil munosabat yon berish deb ataladi.
1. AB.   A   h amB   ha m   bir-birlarining   tomoniga   o‘tishmaydi   va   o‘zjoylarida
q olishadi, bu xil munosabat passivlik, ya’ni masalani  h aletishdan  q ochish deyiladi.
2. AB.       To‘rtinchi       munosabat     tipi       kompramist     deb       ataladi.Bizning
misolimizda olimpiada 3-bir maktabda o‘tkazilishi taklifetiladi.
Bugungi   kunda   oliy   ta’lim   tizimi   oldidagi   eng   asosiy   vazifa   malakali
mutaxassisni tayyorlash. Bunday mutaxassisni tayyorlash uchun albatta unga nisbatan
surilayotgan   talablar   tizimini     aniqlab   olish   kerak.   Ushbu   savolga   javob   qidirib
quyidagi to‘rt yo‘nalishdagi talablar tizimiga duch keldik:
1. O‘z soxasi bo‘yicha zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
2. Soxaga   oid   mavjud   bilimlarini     doimiy   ravishda   mustaqil   oshirib   borish,
ya’ni mustaqil ta’limga tayyor bo‘lish.
3. Sohaga   innovatsiyalar   kiritish   uchun   mustaqil   izlanish     va   ijod   qilish
ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
4. O‘z   vaqtini     rejalashtirish,   boshqarish   va   o‘z   faoliyatini   tashkil   etish
ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
               Agar  soxa bo‘yicha bilim, ko‘nikma va  malalkalarni  shakllantirishda  mavjud
reproduktiv ta’lim yetarli bo‘lsa, mustaqail ta’lim olish ko‘nikmasini va ijodkorlikni
rivojlantirish,   o‘z   faoliyatini   boshqarish   masalasini   hal   etishda   modulli   yondashuv
katta imkoniyatlarga ega.  Modulli ta’limni maqsadi  talabaning aynan shu jihatlarini
shakllantirishga  qaratilgan. Modul     shunday  tuzilishi   lozimki,  talaba  ushbu  modulni
mustaqil   ravishda   o‘zlashtira   olish   va   ko‘zlangan   natijaga   erishish     imkoniga   ega
bo‘lsin. 
Bunday   natijani   ta’minlash   uchun   modulda   axborot   materiali   aniq,   lo‘nda,
tushunarli,   mantiqiy,   tizimli   bayon   etilishi   va   ko‘rgazmali   bo‘lishi,   axborotning   har
birn mantiqiy bo‘lagi bo‘yicha o‘z-o‘zini tekshirish uchun topshiriqlar ishlab chilgan
55 bo‘lishi,   ana   shu   topshiriqlarni     ishlab   chiqish   uchun     aniq   tavsiyalar     berilgan
bo‘lishi talab etiladi.
Modulli   ta’limda   pedagog     talabaning   o‘zlashtirish   jarayonini   tashkil   etadi,
boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi.
               Demak, modulli yondashuv yangi axborotni   mustaqil o‘zlashtirish, talabaning
mustaqil   va   hamkorlikdagi   faoliyatini   tashkil   etish,   o‘zini   va   o‘rtoqlarini   faoliyatini
baholashga qaratilgan. Bunday yondashuv zamonaviy talablar tizimiga mos tushadi.
        Modulli yondashuv  erishilgan natijani izchil nazorat qilib borishga asoslangan.
Natijada modul-kredit tizimi vujudga kelgan.
Kredit   –   (Zachet     birligiga     aylanuchi     Yevropa     tizimi   (ECTS)   (European
Credit   Transfer   and   Accumulating   System))   kredit   jamlash   tizimidir.   Ushbu   tizim
yevropa universitetlarida 1989 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlardan   muvafaqqiyatli o‘tdi
va   qabul   qilindi.   U   talabaning   umumiy   yuklamasiga   asoslanadi.   Kredit   tizimini
kiritishdan   maqsad   ta’limning   shaffofligini   va   akademik   bilimlarni     hamda
kvalifikatsiyani   tan   olishni   osonlashtirish   bo‘lib   hisoblanadi.   Dastlab   kredit   chetdan
kelib o‘qiyotgan talabalar uchun ishlatilgan va   unga ishonch bildirilgan. Oliy ta’lim
muassasalari   uchun   yagona   kreditlarni   o‘rnatilishi   esa     talabalarning   mobilligini
ta’minlashga   yordam   berdi.   Bugungi   kunda   yevropa   kredit   tizimi   Yevropaning
deyarli barcha davlatlarida tan olingan va amal qiluvchi tizimdir. Talaba   o‘natilgan
kredit ballarini to‘plagan taqdirdagina   diplom olishga muvaffaq bo‘ladi.  Dunyoning
oliy ta’lim tizimida kredit tizimining  bir nencha turi mavjud. Yuqorida aytib o‘tilgan
ECTS bilan bir qatorda   USCS —amerikaning kredit tizimi, CATS — britaniyaning
kredit   tizimi,   UCTS   —Osiyo   davlatlari   va   tinch   okeandagi   davlatlarning   kredit
tizimlari mavjud.
Yevropa   kredit   tizimining   asosini   uch   element   tashkil   etadi:   o‘quv   dasturlari
haqida axborot, talabaning erishgan natijalari   va talaba faoliyatining hajmi. Har bir
o‘quv yili   60   qismga bo‘linadi va zachyot birligi hisoblanadi. Bir haftalik yuklama
54  soatdan   oshmasligi  kerak,  54  soat   1,5  kreditga   teng.  O‘quv  yilining  davomiyligi
Yevropada   o‘rtacha   40   xafta.     Ammo   Yevropaning   turli   davlatlarida   o‘quv   yilining
davomiyligi turlicha bo‘lishi ma’lum darajada muammolarnip keltirib chiqaradi. 
56 Kredit  tizimi    barcha o‘qitish shakllarini  nazoratini  o‘z ichiga oladi (auditoriya
va auditoriyadan tashqari).
       Kredit tizimi  ta’lim jarayonida o‘qilgan soatlar miqdorini emas, balki erishilgan
natijani   ko‘rsatib   beruvchi   o‘lchov   birligidir.   Ya’ni   mutaxassisni   kompetentlik
darajasiga baho beruvchi natijaga qaratilgan o‘lchov birligidir.
Demak,   kredit   nafaqat   o‘quv   faoliyatiga   berilgan   baho,   balki,   bajarilgan   o‘quv
yuklamasini   ko‘rsatib   turuvchi   birlikdir.   Bir   kredit   36   akademik     soatga   teng   (54
akademik soat 1,5 kreditni tashkil  etadi).   Har bir o‘quv moduli 1 yoki 1,5 kreditga
mo‘ljallanadi va odatda uning soni uchtadan oshmasligi lozim.
Kreditining o‘quv jarayonidagi o‘rni va u  bilan bog‘langan elementlar quyidagi
sxemada ko‘rsatilgan.
Yevropa   kredit   tizimida     birinchi   bosqichda   (bakalavriat)   talaba   180   kreditdan
240 kreditgacha to‘plashi mumkin.
Ikkinchi bosqichda (Magistr) 90-120 gacha kredit yig‘ish imkoniga ega.
Kredit tizimining asosini albatta reyting ball tizimi tashkil etadi.
Kredit   tizimi   o‘z   navbatida   reyting   ballari   asoslanadi.     Yevropa   kredit   jamlash
tizimida  balli reyting tizimi qabul qilingan.  U ikki tuzilmaga  bo‘linadi:
57Ўқув  жараёнидаги  юкламани ҳажми
Ўқув жараёнини 
индивидуаллаштиришга
йўналтирилганЎқув дастурлари
Зачёт
кредит
бирлиги Ўқитувчининг 
юкламасиСтандартлар 
Рейтинг назорат 
тизими Моддий таъминот ва 
иқтисодий ҳолат
Ўзлаштириш даражаси 1. O‘rganilgan   kurs bo‘yicha o‘qituvchining bahosi. U 70 balldan oshmasligi
kerak.
2. Yakuniy imtihon ballari . U  maksimal 30 ballni tashkil etadi.
1.3. -jadval. 
Reyting ballarini  kreditdagi ifodasi
Ballar
ko‘rinishi -
dagi baho Rossiya
reyting
ballari
ko‘rinishida Evropa kredit tizimida
reyting ballari Talabalar
salmog‘iga
nisbatan ballar
taqsimotiBaho Aniqlik
90-100 A’lo A A’lo
(a’lo darajada
bajarilgan kichik
kamchiliklarga yo‘l
qo‘yilgan) 10
82–89 Yaxshi B Juda yaxshi
( o‘rtadan ko‘ra yuqori
ba’zi kamchiliklarga
yo‘l qo‘yilgan ) 25
75–81 C Yaxshi
(Umuman to‘g‘ri
bajarilgan, lekin
ko‘plab kamchiliklarga
yo‘l qo‘yilgan.) 30
67–74 Qoniqarli D Qoniqarli  (yomon
emas, lekin
kamchiliklar ko‘proq) 25
60–66 E Etarli
( talabalar minimal
hold a qondirilgan.) 10
35–59 Qoniqarli
emas
  FX Qoniqarli emas
 ( qayta topshirish
imkoni beriladi ) -
1–34 F Qoniqarsiz
( kursni qayta o‘qish
talab etiladi ) -
 
58 Texnologik   yondashuv   doimiy   tezkor   nazoratni   talab   etadi,   shu   sababali
nazoart jarayonini olib borish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar test nazoratini ta’lim
amaliyotiga kirib kelishiga sabab bo‘ldi. Pedagog testlar reyting tizimida  o‘z o‘rniga
ega.
Test savollari
1. Fuqarolarning   axborot   sohasidagi   huquq   va   erkinliklarini   ta’minlash
nimalardan iborat?
a)  insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish; 
b) ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlash;
v) ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirish;
g) ommaviy axborot vositalari  va axborot sohasini demokratlashtirish  
2. Axborot vositalarini liberallashtirish, deganda nimani tushunasiz?
a) axborotning muhofaza qilinishi va erkin faoliyati;
b) shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligi;
v)  qonunchilik asosida jurnalistning axborotlar bilan ta’minlanish erkinligi; 
g) ommaviy axborot vositalarini erkin rivojlanishini ta’minlash;
3. Axborotni   erkin   va   moneliksiz   olish   hamda   foydalanish   huquqlari
OAVga tegishli qaysi Qonunga tegishli
a) “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunga tegishli.
b) “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida” gi qonunga tegishli.
v) “Reklama to‘g‘risida” gi qonunga tegishli.
g)  “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi qonunga tegishli.
4. Ommaviy axborot vositalari (OAV) deganda nimani tushunasiz?
a)  gazeta, jurnal, televidenie, radio, internet
b) gazeta, jurnal, televidenie, radio
v) gazeta va jurnallar
g) televidenie va radio 
5. Mamlakatimiz   telekommunikatsiyalar   tizimi   dunyoning   nechta
mamlakati bilan aloqalar o‘rnatgan?
59 a) 150 ta
b)   160 ta
v) 170 ta
g)  180 ta  
6. O‘zbekiston   Respublikasi   elektron   OAV   soni   bugungi   kunda   nechtani
tashkil etadi?
a) 1000 ta
b)  1200 ta
v) 1500 ta
 g) 2000 ta
7. O‘zbekistonda Internet tizimidan foydalanuvchi aholi sonini ayting?
a) besh mln.dan ortiq
b)  olti mln.dan ortiq
v) yetti mln.dan ortiq
g) sakkiz mln.dan ortiq
8.   O‘zbekistonda   OAV   mamlakatda   istiqomat   qilayotgan   elat   va
millatlarning nechta tilida tarqatiladi va eshittiriladi?
a) beshta
b) oltita
v)  yettita
g) sakkizta
9.   Mamlakatda   faoliyat   yuritayotgan   radioeshittirishlarning   necha   foizi
nodavlat axborot vositalari hisoblanadi?
a) 80 foizi
b)  85  foizi
v) 90 foizi
g) 95 foizi
10.   “O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   saylovi   to‘g‘risida”gi   Qonunga
nechanchi yillarda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan?
a) 2000 va 2005 yillar
60 b) 2002 va 2006 yillar
v)  2003 va 2008 yillar
g) 2005 va 2009 yillar
Xulosa
Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka
tahdid,   barqarorlik   shartlari   va   taraqqiyot   kafolatlari”   asarida   ta’kidlaganidek;   “XX
asr ajoyib ilmiy kashfiyotlar asri, inson koinot sirlari qo‘yniga kirib borayotgan asr,
axborot   va   g‘oyat   ulkan   texnikaviy   imkoniyatlar   asri   bo‘ldi.   Shu   bilan   birga,   bu
61 asrning   oxiri   milliy   qadriyatlarning   uyg‘onish   davri   va   behuda   urushlardan   holi
bo‘lgan milliy qadriyatlarga o‘ziga xos tarzda qaytish davri bo‘lib qoldi”.
Mustaqilligimiz   sharofati   bilan   milliy   qadriyatlarimiz   qatorida   milliy   hamda
umuminsoniy qadriyatlarimizni ham e’zozlashga, ularga qaytishga, qayta o‘rganishga
va   amal   qilishga   imkoniyat   tug‘ildi.   Respublikamiz   miqyosida   muqaddas
qadamjoylarni   qayta   tiklashga   e’tibor   qaratildi.   Milliy   ta’lim   beruvchi   madrasalar,
Oliy   Islom   mahadi   faoliyat   ko‘rsata   boshladi.   Yurtimiz   musulmonlari   davlatimiz
tomonidan   e’tiqod   erkinligini   ta’minlashga   qaratilgan   qulay   imkoniyatlardan   emin-
erkin foydalana boshladi.
Ba’zan   maktab,   kasb-hunar   ta’lim   muassasalari   va   oliy   o‘quv   yurtlarida
ijtimoiy-siyosiy,   ma’naviy-axloqiy   mavzularda   o‘tkaziladigan   tadbirlar   ko‘proq
an’anaviy-ma’ruza   yoki   va’zxonlik   shaklida   tashkil   etiladi.Bunday   yig‘inlarga
yoshlar   majbur   bo‘lgan   holda   kiradilar.   Bir-birlaridan   yoki   o‘qituvchilaridan:   “Kim
kelar ekan, nima haqida gapiradi?”-deb so‘raydilar. Hali tadbir boshlanmasdan uning
zerikarli va ortiqcha vaqt sarflash bo‘lishiga o‘zlarini  ishontirishga harakat qiladilar.
O‘ta mahoratli ma’ruzachi hayotiy misollar bilan tinglovchilar uchun yangidan yangi
ma’lumot   bersalar-da,   hammada   to‘la   qoniqish   hosil   bo‘lmasligi   mumkin.   Shuning
uchun   ham   bunday   uchrashuvlar   interfaol   metodlardan   foydalanib   o‘tkazilsa,
samarali bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mavzu oldindan e’lon qilib qo‘yilsa,
ishtirokchilarning   barchalari   o‘z   imkoniyatlari   darajasida   tayyorgarlik   ko‘rsalar,   har
bir qatnashchining faol fikrlashi ta’minlansa kutilgan natijaga erishish oson va qulay
bo‘ladi.
Shunday   qilib,   yuqorida   bayon   etilgan   ma’lumotlarga   xulosa   qilib,   shuni
alohida   ta’kidlamoqchimizki,   biz   yashayotgan   hozirgi   murakkab   sharoitda
Vatanimizning har bir fuqarosi fikru-zikrini bir joyga qo‘yib, o‘z yurtining   bugungi
kuni  va kelajagi  haqida,    tinch-osoyishta   hayoti    va 
istiqbolli   hayotda   oila   va   Vatan   oldidagi   burchi   haqida   mulohaza   yuritib
yashamoqligi, Prezidentimiz Islom Karimovning bir emas, bir necha marotaba
qilgan ogohlikka da’vatini bir lahza ham unutmasliklari zamon talabidir.
62 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YHATI
1. Islom Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.
2. Toshkent, “O‘zbekiston”, 1992.
3. Islom Karimov. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir.
4. Toshkent, “O‘zbekiston”, 1996.
5. Islom Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. Toshkent, “O‘zbekiston”, 1994.
63 6. .Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q..    Toshkent, “Sharq”, 1998.
7. Islom Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat 
8. qilishga xizmat etsin.  Toshkent, “O‘zbekiston”, 1998.
9. Islom Karimov. O‘zbekiston XXI   asrga intilmoqda.   Toshkent, “O‘zbekiston”,
1999.
10. Islom   Karimov.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –   T.:   “Ma’naviyat”,
2008.
11. Respublika   “Ma’naviyat   va   ma’rifat   jamoatchilik   markazini   tuzish
to‘g‘risida”.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning   1994   yil,   23
aprel Farmoni.
12. “Ma’naviyat   va   ma’rifat   jamoatchilik   markazi   faoliyatini   yanada
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom  Karimovning 1996 yil, 9 sentyabr Farmoni.
13. “Toshkent   Islom   unversitetini   tashkil   etish   to‘g‘risida”.   O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1999 yil 7 aprel’ farmoni.    
14. 4.”Respublika   ma’naviyat   va   ma’rifat   Kengashini   qo‘llab   quvvatlash
to‘g‘risida”    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1999 yil,   3
sentyabr  Farmoni.
15. “Ma’naviy va ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning 
16. samaradorligini  oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston 
17. Respublikasi   Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 iyul Qarori
18. “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi qoshidagi “Oltin meros” xalqaro
hayriya   jamg‘armasini   qo‘llab-quvvatlash   to‘g‘risida”.   O‘zbekiston     Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil, 28 sentyabr Qarori.
19.   “Milliy   g‘oya   targ‘iboti   va   ma’naviy-ma’rifiy   ishlar   samaradorligini   oshirish
to‘g‘risida”       O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2006 yil 25
avgust Qarori.
20. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent. “O‘qituvchi” 1992.
21. Amir Temur o‘gitlari. Toshkent, 1992.
22. Aminov B, Rasulov T. Vatan- yurakdagi javohir. Toshkent, “O‘qituvchi” 1996.
64 23. Alimova D.A., Golovanov A. A. O‘zbekiston  mustabid tuzum  davrida:  siyosiy
va mafkuraviy tazyiq oqibatlari (1917-1990) Toshkent, “O‘zbekiston”, 2000.
24. Axloq – odobga oid xadis namunalari. Toshkent, 1990.
25. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent, 1991.
26. Ahmad Xo‘ja. Shu aziz Vatan – barchamizniki. Toshkent,1995.
27. Boboev X, Do‘stjonov T., Xasanov S. “Avesto”Sharq xalqlarining 
28. bebaxo yodgorligi.Toshkent 2004.
29. Buyuk siymolar, allomalar.O‘rta Osiyolik mashhur mutafakkir va donishandlar)
1-3 kitob. Toshkent, “O‘zbekiston”, 1996-1997.
30. Valieva   N.     Kamtarlik-insonning   eng   olijanob   fazilati.   Toshkent,
“O‘qituvchi”,1968.
65

“MILLIY QADRIY A TLAR ASOSIDA TALABALA YOShLARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI ShAKLLANTIRISh” MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY IShI 1

BITIRUV MALAKAVIY IShINING MUNDARIJASI Kirish ........................................................................................................................3 1-BOB . MILLIY QADRIYaTLAR ASOSIDA TALABALARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI ShAKLLANTIRISh NAZARIY MASALALARI 1.1. Milliy qadriyatlar asosida talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish nazariy asoslari ........................................................................6 1.2. Talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirishda siyosiy-huquqiy yetuklik va g‘oyaviy kurashchanlik...............................................................14 2-BOB MILLIY QADRIYaTLAR ASOSIDA TALABALARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI ShAKLLANTIRIShNING ELEKTRON O‘QUV MODULI IShLANMASI 2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi........................................................26 2.2. Ma’ruza matni....................................................................................................42 2.3. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘satmalar.............53 Xulosa ......................................................................................................................66 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati..................................................................68 2

KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so‘ng, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarni tiklash, unutilgan ananalarini keng ommalashtirish va ularni chuqur o‘rganish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Zero, O‘zbekiston xalqining qadimgi urf-odat, anana va marosimlarga alohida e’tibor berishi ma’naviy tiklanish jarayoni jadal kechayotgan hozirgi kunning mahim dolzarb muammolardan biridir. Chunki, talabalarni yangicha ruhda tarbiyalash, ularning ongiga milliy mustaqillik g‘oyalarni chuqurroq singdirish, ajdodlarimiz yaratgan qadriyatlar mohiyatini keng targ‘ib qilishda, anana va marosimlar mohiyatini anglash, ularni, ayniqsa talabalarga chuqurroq tushuntirish, milliy istiqlol mafkurasini yoshlar orasiga yoyishning ta’sirchan vositalaridan biri xisoblanadi. Ma’lumki, milliy qadriyatlar azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallarini o‘zida mujassam etgan. «Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida halqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, dinimizni, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas qadriyatlarimiz qudratli omil bo‘lib kelganligini alohida ta’kidlash joiz» 1 . Milliy va milliy qadriyatlarni tiklash asosida talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish, ularni o‘rganish va targ‘ib qilish, yoshlar ma’naviy madaniyati rivojiga qanday yo‘llar bilan ta’sir etishni tadqiq etish bugungi kunning muhim vazifalardan biridir. Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili . Yoshlar ma’naviyati masalasi jamiyat taraqqiyotining ilk davrlaridan boshlab, insoniyat oldida turgan muhim yo‘nalishlardan bo‘lgan. Zero, qadimgi dunyo faylasuflaridan tortib, hozirgi davr tadqiqotchilarigacha umuman insoniyat tarbiyasi, xususan, yoshlar kamoloti haqida tadqiqotlar o‘tkazib, bu masalaga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqdalar. Qadimgi xitoy mutafakkuri Konfutsiy, yunon faylasuflari Demokrit, Platon, Gerodot , Aristotel va boshqalar shaxs kamoloti jamiyat taraqqiyoti uchun muhim masala deb qaraganlar. Jumladan, Aristotel nuqtai nazariga ko‘ra jamiyat taraqqiyoti uchun 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: “ Маънавият ” , 2008. 36- бет . 3

ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, fuqarolarning tarbiyasi ham undan kam emas 2 . Markaziy Osiyo lik allomalar I bn Sino, A .R. Beruniy, A .N. Forobiy, Marg‘inoniy, Imom Buxoriy, Abu Abdurahmon Nasoiy, Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Pahlavon Mahmud, A . Navoiy 3 , XX asr boshlarida Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li, M . Behbudiy, A . Fitrat, A . Avloniy, S . Ayniy va boshqa ma’naviyat va ma’rifat sohiblari yoshlar ongiga ma’rifat, madaniyat, milliy urf-odat, milliylik xususiyatlarini singdirishga harakat qil gan lar. Bitiruv loyihaviy ishning maqsadi. Talabalarning ma’naviy madaniyatini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini, mafkuraviy immunitetlarini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini ijtimoiy pedagogik xususyatlari. Bitiruv loyihaviy ishning vazifalari: - Milliy qadriyatlar tushunchasi va uning inson kamolotidagi g‘oyaviy, tarbiyaviy ahamiyati tahlil etish; - Talabalarning ma’naviy madaniyatning shakllanishiga ma’naviy-madaniy merosning o‘rnini ilmiy asoslash; - Ma’naviy madaniyatning shakllanishida milliy urf-odatlar va qadriyatlarning o‘rni aniqlash; - Shaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirishda milliy va milliy qadriyatlarning uyg‘unligi ko‘rsatish; - Talabalarda milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida mafkuraviy immunitetini kuchaytirish xususiyatlari. Bitiruv loyihaviy ishning ob’ekti: Talabalarning ma’naviy madaniyatini, qadriyatlarni shakllantirish, mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijtimoiy, ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan tahlil qilish 2 Аристотель . Метафизика . – М .: 1934 // http: //www.filosofreferat.com/modulis.php?name = News &c file = print & s sid = 129. 3 Қаранг : Ушбу мутафаккирларининг асарлари тўғрисидаги маълумот фойдаланилган адабиётлар рўйхатида қайд этилган. 4

Bitiruv loyihaviy ishning predmeti milliy va umuminsoniy qadriyatlarning talabalar ma’naviy madaniyatiga ta’sirining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Bitiruv loyihaviy ishda ko‘tarilgan masalalarni yoritishda ilmiy bilishning ob’ektivlik, vorisiylik, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy va tizimli tahlil kabi metodlariga tayanildi. Shuningdek, Prezident Islom Karimovning muammoga oid fikrlari, nazariy xulosalari, mamlakatimiz olimlarining monografiyalari materiallari, ma’naviy madaniyatga aloqador ilmiy tadqiqotlar nazariy asos sifatida xizmat qildi. Bitiruv loyihaviy ishning yangiligi: -Talabalar ma’naviy madaniyati shakllanishining ijtimoiy-tarixiy, falsafiy, milliy va axloqiy ildizlari ilmiy asoslanganligi; -“shaxs ma’naviyati”, “milliy va umum insoniy qadriyatlar”, “islomiy qadriyatlar” haqidagi fikr va qarashlar o‘rganilib, qiyosiy tahlil qilindi; -Talabalarning qadriyatlar bo‘yicha olgan bilimlarini rivojlantirish asosida mafkuraviy immunitetini shakllantirishi yoritilgan, -milliy mentallitetimiz asosida talabalar ma’naviy madaniyatini shakllantirishda manfaat, ehtiyoj hamda islomiy qadriyatlarning o‘zaro ta’siri asoslab berilgan. 1-BOB. MILLIY QADRIYaTLAR ASOSIDA TALABALARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI ShAKLLANTIRISh NAZARIY MASALALARI 1.1. Milliy qadriyatlar asosida talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish nazariy asoslari 5