UZLUKSIZ MA’NAVIY TARBIYANING IJTIMOIY MADANIY TEXNOLOGIYALARINI MODERNIZATSIYALASH (“Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni amalga oshirishning IV bosqichi misolida)
UZLUKSIZ MA’NAVIY TARBIYANING IJTIMOIY MADANIY TEXNOLOGIYALARINI MODERNIZATSIYALASH (“Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni amalga oshirishning IV bosqichi misolida) MUNDARIJA Kirish ............................................................................................................. 4 I BOB. O ‘ ZBEKISTONDA MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATNING NAZARIY, IJTIMOIY-SIYOSIY MOHIYATI 1.1-O ‘ zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni takomillashtirishning strategik masalalari …................................................. . 13 1.2.Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonining ijtimoiy pedagogik xususiyatlari .29 Birinchi bob bo ‘ yicha xulosalar ..................................................................... 48 II BOB. UZLUKSIZ MA’NAVIY TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING MA’NAVIY-MA’RIFIY FUNKSIYALARI 2.1. Yoshlar bilan ishlashda ijtimoiy-ma’rifiy hamkorlik tendensiyalari(maktab, oila, uyushmagan Yoshlar misolida)................................... 49 2.2. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari........................................................................................................................ 64 Ikkinchi bob bo ‘ yicha xulosalar ....................................................................... 75 III BOB. UZLUKSIZ MA’NAVIY TARBIYANING MA’NAVIY-M A’RIFIY TEXNOLOGIYALARINI MODERNIZATSIYALASHTIRISH YO ‘ NALISHLARI 3.1. Ijtimoiy-madaniy texnologiyalar orqali ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish mexanizmi………………………………………….....…. 77 3.2. Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari natijalari....................................... 87 Uchinchi bob bo ‘ yicha xulosalar....................................................................... 95 Umumiy xulosa......................................................................................... . ...... 96 Foydalanilgan adabiyotlar ................................................................................ .99
Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g ‘ oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g ‘ oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo ‘ naltirilgan targ ‘ ibot tizimi O ‘ zbekistonda jamiyat ma’naviy-axloqiy rivojlanishining muhim omiliga aylandi. O ‘ zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag ‘ ishlangan tantanali marosimda : «... hozirgi Yoshlar tarbiyasi biz uchun o ‘ z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo ‘ qotmaydigan masala bo ‘ lib qolmoqda... bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko ‘ y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak»ligi ta’kidlandi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi Yoshlarda yuksak ma’naviyat, mustaqil fikrlash va Vatan taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatning tarbiyalanishiga bog ‘ liq. Ushbu fazilatlar har bir yigit-qizimizning xulqida namoyon bo ‘ lishi uchun tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmun, shakl va texnologiyalari zamon talablaridan kelib chiqib takomillashtirilishi talab etiladi. J amiyat ma’naviyatini yuksaltirish, aholi, Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni Vatanga sodiq, fidoiy insonlar etib tarbiyalash uzviylik va uzluksizlikni talab qiladigan dolzarb pedagogik jarayon sifatida O ‘ zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo ‘ yicha Harakatlar strategiyasida muhim o ‘ rin egalladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish doirasida aholi, Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan targ ‘ ibot texnologiyalarini takomillashtirish; aholi ma’naviyatini yuksaltirishning diagnostik tizimini takomillashtirish; Yoshlarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish; Yoshlarni global axborot maydonidagi turli g ‘ oyaviy ta’sirlardan himoyalash 2
va axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishda xorijning samarali texnologiyalaridan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada dunyoning rivojlangan davlatlari Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, YAponiya, Janubiy Koreya tajribalariga murojat qilinishiga bir qator sabablar mavjud. Birinchidan, ushbu davlatlar “ommaviy madaniyat”ning aholi, Yoshlar ma’naviyatiga buzg ‘ unchi ta’siriga birinchilardan bo ‘ lib duch keldilar; ikkinchidan, mazkur mamlakatlarda Yoshlarni jamiyat ma’naviy hayotiga tadrijiy integratsiya qilishga qaratilgan qonunchilik asoslari ishlab chiqilgan bo ‘ lib, Yoshlar siyosatiga doir federal qonunlar qabul qilingan(“Bolalar va Yoshlarni qo ‘ llab-quvvatlash to ‘ g ‘ risida Qonun(Germaniya, 1991 y.), (“Bolalar va Yoshlarni qo ‘ llab-quvvatlash to ‘ g ‘ risida Qonun(Buyuk Britaniya, 2004 y.), “Jinoyatchilikning oldini olishning Milliy strategiyasi» dasturi, Kanada, 1994 y.), AQSHda qabul qilingan va amalga oshirilayotgan 300dan ortiq Yoshlarni qo ‘ llab-quvvatlash dasturlari aholi, Yoshlar bilan ijtimoiy-pedagogik ishlarni amalga oshirish, Yoshlar submadaniyatining zararli ta’sirini kamaytirishga xizmat qilmoqda. O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi « O ‘ zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo ‘ shimcha chora-tadbirlar to ‘ g ‘ risida » gi PQ-2124-sonli Qarori, 2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to ‘ g ‘ risida»gi O ‘ RQ-406-sonli Q onuni, 2017 yil 12 yanvardagi « Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ ‘ ibot qilish bo ‘ yicha komissiya tuzish to ‘ g ‘ risida»gi Farmoyishi, 2017 yil 7 fevraldagi « O ‘ zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo ‘ yicha Harakatlar stretegiyasi to ‘ g ‘ risida»gi PF4947-son Farmoni, 2017 yil 28 iyuldagi «Ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorliini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko ‘ tarish to ‘ g ‘ risida »gi PQ-3160-sonli Qarori da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo ‘ nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar 3
rivojlanishining I. «Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish » ustuvor yo ‘ nalishi doirasida bajarilgan. O ‘ zbekistonda ham ushbu yo ‘ nalishda bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Ayni vaqtda globallashuv talablari O ‘ zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarasini oshirishning xorijiy tajribasini ijodiy o ‘ rganish va milliy xususiyatlarimizdan kelib chiqib adaptatsiya qilish orqali ma’rifiy ishlar samarasini oshirishni talab qilmoqda. Ushbu maqsadda xorij mamlakatlarida amalga oshirilgan muammoli toifaga kiruvchi Yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yuvenal yustitsiya, delikventlik prevensiyalari, jinoyatchilikning erta oldini olish bo ‘ yicha preventiv dasturlar mazmun-mohiyati o ‘ rganildi. Muammoning o ‘ rganilganlik darajasi. Milliy mafkura, g ‘ oyalar kurashi, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, Yoshlarni axloqiy, g ‘ oyaviy tarbiyalash masalalari bilan o ‘ zbekistonlik tarixchi, sotsiolog, faylasuf, siyosatshunos olimlardan A.Begmatov, A.YUnusov, M.Bekmurodov, M.YUldashev, S.Tuychieva, S.Otamurodov, R.Toshkuvatova, N.Safarova, B.Ochilova, G.Tulenova, M.Xadjieva, A.Muxtarov, Q.Quronboevlar tadqiqotlar olib bordilar. Pedagog va psixolog olimlardan O.Musurmonova, O.Jamoldinova, D.Ro ‘ zieva, X.Ibragimov, M.Quronov, V.Karimova, U.Mahkamov, Z.Azimova, SH.Akramova, Z.Kurbaniyazova, B.SHermuhammadov, H.Norqulov, Z.Qosimova, M.Abdujabbarova, R.Oripova, B.Xodjaev, A.Ismanova va boshqalarningtadqiqotlarida o ‘ quvchi-Yoshlarni milliy g ‘ oya ruhida tarbiyalashning nazariy, amaliy va uslubiy masalalari tadqiq qilingan. Yoshlarni islomiy qadriyatlar asosida ma’naviy tarbiyalash bilan bog ‘ liq jihatlar o ‘ zbekistonlik dinshunos olimlardan A.Hasanov, M.Radjabova, Z.Husniddinov, Z.Munavvarov, A.Juzjoniy, S.Abdullaev, A.Zakurlaev, I.Mirziyotov, G ‘ .Karomatov, K.Zaxidovlarning ilmiy izlanishlarida o ‘ rganilgan. O ‘ zbekistonlik faylasuf, tarixchi, siyosatshunos, huquqshunos olimlar , 4
A.Mavrulov, A.Mo ‘ minov, Q.Nazarov, A.Ochildiev, G.Tulenova, U.Ubaydullaev, A.Erkaev, M.Qahhorova, A.G ‘ aniev; pedagog va psixolog olimlardan N.Artikov, M.Abdujabborova, D. Kenjaeva, G.Maxmutova, M.Mahmudova, O.Musurmonova, U.Mahkamov, S.Nishonova, D.Ro ‘ zieva, N.Safaev, B.Xodjaev, SH.SHodmonova, M.Quronov, SH.Qurbonov, Z.Qosimova va boshqalarning tadqiqotlarida Yoshlarni tarbiyalashning nazariy masalalari, ularni milliy g ‘ oya ruhida tarbiyalashning nazariy, falsafiy, pedagogik, aksiologik masalalari, mental xususiyatlari tadqiq qilingan. Ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy texnologiyalar masalasida turli zamon va makonlarda yashagan xorijlik olim va mutaxassislar R.Abdullatipov, YU.Aleksandrov, Z.Bjezinskiy, G.Grachev, A.Zinovev, S.Zelinskiy, I.Zasurskiy, S.Kara-Murza, A.Karayani, K.Kalandarov, S.Rastorguev, Sun Szы, R.Xarris, V.Druzin, I.Kolotilova, O.Petrich, A.Rean, R.CHaldini va boshqalar mafkuraviy kurash, Yoshlarga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar, manipulyasiya jarayonlari, “ommaviy madaniyat”ning globallashuvi, g ‘ oyaviy kurashning turli jabhalarini tadqiq qildilar. Ijtimoiy-pedagogik ishlarning nazariy va uslubiy masalalari bo ‘ yicha P.S. Gurevich, L.G. Ionin, T.G. Islamshina, L. I.S. Bessarabova, N.E. Vorobyov, B.L. Vulfson, A.N. Djurinskiy, Z.A. Malkova, A.V. Mudrik va I.YA. Polonskiylar olib borgan tadqiqotlarda Yoshlar ma’naviyati, unga ta’sir qiluvchi zamonaviy ijtimoiy pedagogik omillar o ‘ rganilgan. Bu borada xorijlik olimlar A. Goldstein, U. Engels, C. Kochlar-Bryant, R. Lacey, J. Leonard, E. Anderson, J. Austin, A. Ben nette, N. Bentley, L. Crockett, R. Flacks, S. Hall, R. Hoggart, J. Kaplan, J. Kett, K. Mannheim, J. Short, M. Griffin, A. Hains and H. Hains, M. McDermott, M. Raywid, J. Reid, N. Svensson, J. Walker, F. Krafeld, G. Schaar, G. Stevenson va boshqalarning tadqiqotlarida Yoshlar submadaniyati, Yoshlar bilan olib boriladigan mobil pedagogik faoliyat, deviant xulqning oldini olish bo ‘ yicha dasturlar, ijtimoiy-pedagogik loyihalar ishlab chiqilgan. 5