logo

ADABIYOT BO’YICHA YETUK MUTAFAKKIRLARNING MA’NAVIY VA MA’RIFIY, MADANIY MEROSLARI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ULARDAN FOYDALANISH

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

69.927734375 KB
ADABIYOT BO’YICHA YETUK
MUTAFAKKIRLARNING MA’NAVIY
VA MA’RIFIY, MADANIY
MEROSLARI VA TA’LIM-TARBIYA
JARAYONIDA ULARDAN
FOYDALANISH
1 ADABIYOT BO’YICHA YETUK MUTAFAKKIRLARNING MA’NAVIY
VA MA’RIFIY, MADANIY MEROSLARI VA TA’LIM-TARBIYA
JARAYONIDA ULARDAN FOYDALANISH
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………….3
I. BOB.   Sharq   adabiy   mutafakkirlarining   tarbiya   to’g’risidagi
fikrlari…………………………………………………………………..5
II. BOB. Sharq adabiyoti mutafakkirlarining ta'lim - tarbiya tog’risidagi
ilmiy qarashlari…………………………………………………………8
III. BOB.   Sharq   adabiy   mutafakkirlari   asarlarida   ta'lim   -   tarbiya
masalasining yoritilishi………………………………………………..19
XULOSA…………………………………………………………………..32
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR…………………………………….34
2 KIRISH
O’zbek   xalqi   o’zining   uzoq   tarixi   davomida   yaratilgan   ta’lim-tarbiyaga
oid boy  merosga   ega. Bundan  tashqari,  avlodlarda  insonparvarlik,  kamtarlik,
mehnatsevarlik,   do’stlik,   iymon-e’tiqod,   mehr-oqibat,   odoblilik   kabi
umuminsoniy   fazilatlarni   shakllantirishning   o’ziga   xos   tajribasini   to’plagan.
Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o’z-o’zidan vujudga
kelmaydi,   balki   ularning   kelib   chiqishining   haqiqiy   manbai,   ularni   keltirib
chiqargan   sabablar   va   harakatga   keltiradigan   kuchlar   mavjuddir.   Zero,   har
qanday   axloqiy   qoidalar   muayyan   tarixiy   zaruriyat   natijasiga   vujudga   keladi
va   muayyan   qonuniyat   asosida   rivojlanib   boradi.   Shuni   alohida   ta’kidlab
o’tish   kerakki,   Sharq   mutafakkirlarining   ta’lim-tarbiyaga   oid   qarashlari   bu
tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Tarbiya ham ota-onalarning
burchi   va   farzandlarning   haqqidir.   “Tarbiya”   so’zi   arabcha   “robba”   fe’lidan
olingan   bo’lib,   o’stirdi,   ziyoda   qildi,   rioyasiga   oldi,   rahbarlik   qildi   va   isloh
qildi ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif
qilganlar.   Jumladan,   imom   Bayzoviy   quyidagicha   ta’riflaydi:   “Tarbiya   bir
narsani   asta-sekin   kamoliga   etkazishdir”.   Rog’ib   Asfihoniy   tarbiyani
quyidagicha   ta’rif   qiladi:   “Tarbiya   bir   narsani   bir   holdan   ikkinchi   holga
o’tkaza   borib,   batamomlik   nuqtasiga   etkazishdir.   Tarbiyaning   ma’nolaridan
biri,   insonning   diniy,   fikriy   va   axloqiy   quvvatlarini   uyg’unlik   hamda
muvozanat   ila   o’stirishdir”.   Islomda   bolalar   tarbiyasi   ota-onaning   eng
mas’uliyatli   va   uzoq   davom   etadigan   burchlaridir.   Boshqa   burchlar   ba’zi
ishlarni   qilish   yoki   mulkni   sarflash   bilan   oxiriga   etadi.   Ammo   tarbiya
mas’uliyati   bardavom   bo’ladi.   Zotan,   ota-onaning   farzand   ne’matiga   haqiqiy
shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga
chiqadi   [1:339-340].   Odob   masalasini   insoniyat   tarixida   to’laqonli   ravishda
Islom   boshlagan,   desak   mubolag’a   qilmagan   bo’lamiz.   Islomda   kishining
hayotidagi har bir narsaning o’z odobi bor. Dunyodagi odobga bag’ishlangan
asarlarning asosini  va ko’piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan
asarlar tashkil  qiladi, degan gapda zarracha mubolag’a yo’q. Qadimda Sharq
3 mutafakkirlari   tomonidan   ilgari   surilgan   qarashlar   hamda   g’oyalar   bugungi
kunda   ham   muhim   ta’lim-tarbiyaviy   manba   sifatida   yoshlar   ongi   va   qalbiga
ma’naviy ozuqa berib kelmoqda. Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy
Osiyo   xalqlari   o’zining   ta’limtarbiyaga   oid   boy   merosini   yaratib,
takomillashtirib,   yoshlarni   insonparvarlik,   ilmparvarlik,   mehr-oqibat,
mehnatsevarlik,   insonlarga   va   tabiatga   do’stlik,   sahiylik   kabi   umuminsoniy
fazilatlar   ruhida   tarbiyalab   kelishgan.   Darhaqiqat,   ajdodlarimiz   tomonidan
qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil
etadi.   Shu   sababli   undan   bugun   yoshlarimizning   ta’lim   va   tarbiyasiga   keng
foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.   Chunki,   “Ajdodlarimizdan   qolgan   meros
millatimizning   nafaqat   o’tmishi,   shuningdek,   istiqboli   uchun   ham   kuch   va
fidoiylik   manbai   hisoblanadi”.   Har   bir   xalqning   ta’lim-tarbiyaga   oid
an’analari   borki,   ular   pedagogik   tafikkur   taraqqiyotining   asosi   bo’lib   xizmat
qiladi   va   bola   tarbiyasi   haqidagi   tasavvurlar   va   qarashlarni   ifodalaydi.
Yuqorida   aytganimizdek,   har   bir   ota   ona   o’z   farzandlarini   barkamol   inson
bo’lishini   istaydi,   o’zlari   eta   olmagan   orzuumidlariga   bolalarining   etishligini
o’ylaydi.   Bolalarning   har   bir   yutug’idan   quvonishadi,   mag’lubiyatidan
tashvishga   tushishadi.   Farzandlarini   baxtli   ko’rish   ular   uchun   eng   baxtiyor
damlar   hisoblanadi.   Buning   uchun   ularga   bor   kuch-quvvatini   sarflashadi.
O’tmishda   buyuk   allomalarimiz,   yuksak   darajadagi   ma’naviyat,   axloq-odob
saboqlarini   berganliklari,   Vatan,   xalq   istiqboli,   farovon   turmush,   halol
mehnat,   fan   taraqqiyoti,   inson   mehnati,   atrof-muhitga   oqilona   munosabat
haqidagi o’z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo’lamiz.
4 I BOB. SHARQ ADABIY MUTAFAKKIRLARINING TARBIYA
TO’G’RISIDAGI FIKRLARI
Jonajon   O’zbekistonimiz   zaminidan   jahon   sivilizatsiyasi   taraqqiyotiga
salmoqli   hissa   qo’shgan,   umumjahon   miqyosida   e’tirof   etilgan   qanchadan-
qancha   buyuk   mutafakkirlar   va   qomusiy   allomalar   yetishib   chiqqan.
Ajdodlarimizdan   qolgan   boy   meros   o’zining   o’ta   muhimligi   va   ilmiy
salohiyati   bilan   hanuzgacha   butun   dunyo   xalqlarini   lol   qoldirib   kelmoqda.
Vatanimiz tarixining ibrat  olsa  arzigulik zarvaraqlarini  holisona  o’rganish va
ana   shunday   meros   namunalaridan   foydalangan   holda   komil   insonlarni
shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Komil   inson   tarbiyasiyada   o’zidan   o’lmas   meros   qoldirgan   ajdodlar
xazinasidan foydalanish bugungi kunning vazifalaridandir.
Darhaqiqat,   ajdodlar   merosi   o’zligimiz,   ma’naviyatimiz,   aslimizdir.
Tarbiya   muammolari,   komillik   va   inson   kamoloti   masalalarini   o’z   asarlarida
dasturilamal qilgan ajdodlar ijodiga to’xtalsak.
Hadisshunos   olimlar   ichida  eng kuchlisi  Imom  al-Buxoriydir.  Uning 20
dan ortiq katta va kichik kitoblari mavjud bo’lib, ular orasidan “Al-jome’ as-
saxix”   alohida   o’rinda   turadi.   Bu   shoh   asar   ahamiyati   jihatidan   Qur’ondan
keyingi ikkinchi diniy manba deb e’lon qilingan.
Imom   al-Buxoriy   o’z   asarlarida   axloq-odob   haqida   fikr   yuritar   ekan,
odamlarni ota-onani e’zozlashga, ular oldidagi o’z burchlarini mukammal ado
etishga da’vat etadi.
Inson   sifatlari   haqidagi   qarashlarida   jaholat   kishiga   o’lim   keltiruvchi
fojea deb qaraladi. U odamlarni to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo qilishga
chorlaydi.   Munofiq   kishining   uchta   belgisini   ko’rsatadi,   ular:   yolg’on
gapirish,   va’daga   vafo   qilmaslik   va   omonatga   xiyonat   qilishdan   iboratligini
aytadi. U  insonning  kuch-qudratini   jismonan   paxlavonlikda emas,   balki  jahil
chiqqanda o’zini tuta olishda, deb hisoblaydi.
5 Oilaviy   muhitning   barqaror,   tinch,   oila   a’zolarining   sog’-salomat,   to’q
bo’lishi, kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatda bo’lish ... kabi umuminsoniy
axloqiy qadriyatlar uning asarlarida aks ettirilgan.
Hadisshunos   alloma   at-Termiziy   hadislarida   odamlarni   ahil   bo’lishga,
jamoaga   foyda   keltirishga,   do’stlik   va   birodarlikka   da’vat   etuvchi   hadislar
ko’p uchraydi. “Barcha musulmonlar o’zaro birodardurlar. Ular hech qachon
bir-birlariga   yomonlikni   ravo   ko’rmasliklari   kerak.   Kimda-kim   o’zining
musulmon   birodariga   yordam   qilsa,   oxiratda   Ollox   unga   yordam   qiladi.
Kimda-kim o’z birodari hojatini yengillatsa, Olloh ham uning oxiratini yengil
qiladi”.
Alloma, sog’lom tanda sog’ fikr bo’ladi, degen xalq maqoliga amal qilib,
yoshlikdanoq   sog’liqni   saqlashga,   vaqtni   bekor   o’tkazmaslikka   da’vat   etadi:
“Ikki   narsa   borkim,   ko’pchilik   ularning   qadriga   yetmaydi;   biri   sog’lik,
ikkinchi bo’sh vaqt”.
  Imom   at-Termiziyning   “Sunan”   kitobida   keltirilgan   kishi   ijtimoiy
sifatlariga   oid   fikrlar   ko’p   uchraydi.   Chunonchi:   “Xayrli   va   yaxshi   ishlar
qilishga   da’vat   etishing   va   zulmdan   qaytarishing   –   sening   sadaqang”,
“Adashgan kishilarga to’g’ri yo’l ko’rsatishing ham – sening sadaqang”, “O’z
paqiringdan boshqalarning idishiga suv solib berishing ham – sening sadaqang
hisoblanadi”.
Buyuk mutafakkir olimlardan yana biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy
o’z   qarashlarida   ta’limda   talabaning   shaxsiy   kuzatishlariga   katta   e’tibor
bergan.   U   sezgi   orqali   bilish   –   qisman   bilish,   mantiqiy   bilishni   esa   haqiqiy
bilish deb hisoblagan.
Xorazmiy   bilish   nazariyasiga   muhim   hissa   qo’shgan.   U   insonni   aqliy
kamolga etkazishda ilm-fan va ta’lim-tarbiya birlamchi deb hisoblagan.
Abu   Nasr   Farobiy   esa   komillikning   asosiy   mezoni   jamiyat   talablariga
javob   bera   oladigan   va   shu   jamiyat   uchun   xizmat   qiladigan   yetuk   insonning
asosiy sifatlarini tuzib chiqqan.
6 Farobiy   fikricha,   insonning   eng   yuksak   xususiyati   uning   baxtga
erishganligidir.   Baxtga   esa,   deydi   alloma,   faqat   foydali   bilimlarni   o’zida
jamlash   orqali   erishish   mumkin.   Chunki   inson   dil   rohatining   eng   yuqori
cho’qqisi – bilim olish jarayonidir.
Insonning deyarli barcha ijtimoiy sifatlari tashqi ijtimoiy muhit ta’sirida
shakllanadi   va   rivojlanadi.   Shuning   uchun   kishining   insoniy   sifatlarini
shakllantirishda   maqsadga   yo’naltirilgan   ta’lim   va   tarbiya   hamda
tarbiyalanuvchining erkin tanlovi yetakchi o’rin egallaydi, deydi Farobiy.
Qomusiy   olim   Abu   Rayxon   Beruniy   ta’limotida   bilim   oluvchilarga
qalbingni   yomon   illatlardan,   inson   o’zi   sezishi   mumkin   bo’lmagan
holatlardan,   qotib   qolgan   urf-odatlardan,   hirsdan,   ochko’zlikdan   va   shon-
shuhratdan saqlashi lozimligini aytadi.
U  barcha  illatlarning  asosiy  sababi  bilimsizlikda,  deb   bilgan.   Bilimlarni
o’zlashtirishda   kishida   bilimga   intilish,   qiziqish   va   ijtimoiy   muhit   o’rnini
alohida ta’kidlaydi.
Beruniy   faxrlanishni   yaxshi   xulk   ma’nosida   ishlatib,   “Qadimgi
xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”   asarida   shunday   deydi:   “Faxrlanish   –
haqiqatda yaxshi  xulq va oliy fe’llar oldin ketishi, ilmu-hikmatni egallash va
imkoniyat   boricha   mavjud   nopokliklardan   tozalanishdir.   Kimda   shunday
sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular etishmasa, hukm uning
zarariga bo’ladi” [2] .
Beruniy inson kamolatida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi
ma’rifat,   ilm-fanni   ham   e’tirof   qiluvchi   –   irsiyat,   ijtimoiy   muhit   va   to’g’ri
tarbiyadir.
Beruniy nazarida inson kamolga etishining muhim omillari ko’p bilimga
ega bo’lish va yuksak ahloqiylikdir.
7 II BOB. SHARQ ADABIYOTI MUTAFAKKIRLARINING TA'LIM -
TARBIYA TOG’RISIDAGI ILMIY QARASHLARI
Ibn   Sino   boshqa   mutafakkirlar   kabi   o’zining   komil   inson   to’g’risidagi
qarashlarini falsafiy, ijtimoiy fikrlari bilan bog’liq holda ifodalagan. Olimning
ijodida “komil inson tarbiyasi to’g’risida”gi qarashlariga to’xtalsak.
Abu   Ali   ibn   Sino   kamolotga   erishishning   birinchi   mezoni   sanalgan
bilimlarga   erishishni   da’vat   etadi.   Buning   sababi   shundaki,   ilm-fan   tabiat   va
jamiyat   qonuniyatlarini   ochib,   avlodlarga   etkazadi.   Bu   maqsadga   etishish
uchun inson duch kelinadigan qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi.
“Ey   birodarlar:   Odamlarning   botiri   mushkilotdan   qo’rqmaydi.   Kamolot
hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir” 2
. Zero bilimli
kishi jasur, o’limdan ham qo’rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat
qiladigan bo’ladi, deydi u fikrini davom ettirib.
Ibn   Sino   insonning   shakllanishida   uning   atrofini   o’rab   turgan   muhit
alohida   ahamiyat   kasb   etishini,   ana   shu   muhit   insonning   atrof   dunyoni
bilishigina   emas,   balki   uning   xulqida   ijobiy   yoki   salbiy   jihatlarning   tarkib
topishiga   ham   ta’sir   etishini   uqtiradi.   Shu   bois   ham   bolalarni   tarbiyalashda
ehtiyotkor bo’lish, ularni yomon ijtimoiy muhitdan uzoqroq saqlash zarur deb
hisoblaydi.
Ibn   Sinoning   ta’lim-tarbiya   va   ahloqqa   oid   qaysi   asariga   ahamiyat
bermaylik   bu   asarlarning   bugunga   qadar   barkamol   avlodlarimizning   ta’lim-
tarbiyasida,   ularning   zamon   talablariga   javob   bera   oladigan   dono,   bilimli   va
kuchli bo’lishlaridagi ahamiyati kattaligiga amin bo’lamiz.
Yetuk   mutafakkir   Yusuf   Xos   Hojib   ta’limotida   ham   inson   komilligi,
kamoloti masalalari keng o’rin olgan.
Olimning eng mashhur “Qutadg’u bilig” (Saodatga eltuvchi bilim) ta’lim
tarbiyaga oid, har tomonlama komil inson qilib tarbiyalaydigan yetuk ma’rifiy
asari, pand-nasihatlari yoshlarni chin ma’noda komillikka yetaklovchi asardir.
8 Asarda   ahloqiy   xislatlar   –   insoniylik,   rostgo’ylik,   ishonch,   to’g’rilik,
soflik,   mehr-muhabbat,   vafo,   insof,   sodoqat,   aql-zakovat,   halollik   ...   kabilar
ulug’lanadi.
Faxr   va   iftixor   bilan   ayta   olamizki,   jonajon   zaminimizdan   jahon
sivilizatsiyasi   rivojiga   hissa   qo’shgan   allomalar,   faylasuf   olimlar   juda   ko’p
yetishib   chiqqan.   Ularning   merosidan   foydalanib,   milliy   mentalitimizni,
qadriyatu   an’analarimizni,   ma’naviyatimizni,   insoniy   go’zal   hislatlarimizni,
tafakkurimizni,   samimiy   dunyoqarashlarimizni   yanada   boyitish   hamda
o’zlashtirish mumkin. Bu har bir qalb uchun faxrga aylansin! 
Farobiy   bilimidan   ma’rifatli   etuk   odamning   obrazini   tasvirlar   ekan,   bunday
deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’
–   salomatligi   yaxshi   bo’lsin,   yaxshi   ahloq   va   odobi   bo’lsin,   so’zining   uddasidan
chiqsin,   yomon   ishlardan   saqlangan   bo’lsin,   barcha   qonun   –   qoidalarni   bilsin,
bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan
mol   –   dunyosini   ayamasin,   barcha   real   moddiy   narsalar   to’g’risida   bilimga   ega
bo’lsin».
Bu fikrlardan   Farobiy ning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib
tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib
turibdi,   uning   e’tiqodicha,   bilim,   ma’rifat,   albatta   yaxshi   axloq   bilan   bezatmog’i
lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola etuk bo’lib etishmaydi.
Ibn   Sino   bola   tarbiyasi   va   tarbiya   usullari   haqida   qimmatli   fikrlarini
bildirgan.   Ibn   Sino   bolaning   axloqiy   tarbiyasi   haqida   bildirgan   fikrlarida   uy   –
ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota –
onaning   asosiy   maqsadi   va   vazifasidir.   O’z   kamchiliklarini   tuzatishga   qodir
bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.
Axloqiy   tarbiyada   eng   muxim   vositalar   bolaning   nafsoniyatiga,   g’ururiga
tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.
Ibn   Sino   bolada   axloqiy   xususiyatlarni   mehnat,   jismoniy   aqliy   tarbiya   bilan
o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol  toptirishda asosiy  omil deb
biladi.
9 Yusuf   Xos   Xojib ning   uqtirishicha   har   bir   kishi   jamiyatga   munosib   bo’lib
kamol   topmog’i   kerak.   Buning   uchun   u   tug’ilgan   kundan   bolab   zarur   tarbiyani
olmog’i   lozim.   U   qobil   qizning   tarbiyasi   haqida   fikr   yuritar   ekan,   ularning
o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.
Farzandlar   tarbiyasi   nihoyatda  erta  boshlanmog’i  shart.  Shundagina ularning
noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.
Mirzo Ulug’bek ning oila  muhiti   sog’lom  avlodni   etishtirish  haqidagi  fikrlari
shundan   iboratki,   alloma   uqtirishicha,   bolaning   bilim   olishiga   bo’lgan   qiziqish,
xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota
–   onalar   ayniqsa   o’qimishli   ota   –   onalar   o’z   farzandlarining   haqiqiy   inson   bo’lib
kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Alisher   Navoiy   bolaning   voyaga   etishida,   kamol   topishida   tarbiyaning   kuchi
va   qudratiga   alohida   e’tibor   beradi.   Tarbiya   natijasida   bolaning   foydali   va   etuk
kishi   bo’lib   o’sishiga   ishonadi.   Yosh   bolaning   juda   kichik   yoshidan   boshlab
tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga
yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir
–   birlariga   bo’lgan   ruxiy   ma’naviy   ta’sirlari   natijasida   tarkib   topadi   deb   voyaga
etkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.
Voiz   Al   –   Koshifiy ning   o’qtirishicha   insonni   ta’lim   –   tarbiya   orqali   qayta
tarbiyalash   aqliy   qobilyatni   o’stirish   mumkin.   Koshifiy   o’zining   pedagogik
qarashlaricha   bolalarda   mustaqil   fikrlash   qobiliyatini   o’stirish   masalasiga   aloxida
e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni
talab   etadi.   Bu   masalada   oilaviy   hamda   tashqi   muxit   muxim   o’rin   tutadi.   Bola
to’g’ri so’zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin   Davoniy   ota   –   onaning   bolani   tarbiyalashdagi   axamiyatiga   keng
to’xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng
ishtirok   etishi   bolaning   yaxshi   xulq   –   odob   qoidalarini   muayyan   bir   kasbni
egallashiga ko’maklashishi  ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi
bo’lmishoziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni etkazib berish
uchun jozibalik ko’rsatishi kerak.
10 Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri   Muslixiddin Sadi
Sheroziy   Sheroz   shaxrida   1184   yilda   tug’ildi.   Sadining   fikricha,   oila,   bolaning
baxti,   kelajagi   uchun   zamin   yaratuvchidir.   Oilada   asosiy   tayanch   otadir.   U
ma’suliyatli   tarbiyachidir.   Ota   o’z   bolalarini   tarbiyalashi,   o’qitishi,   hunarga
o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.
Sadining   pedagogik   qarashicha   bola   qobiliyatli   va   kamqobiliyatli   bo’lishi
mumkin.   Qobiliyat   o’z   –   o’zidan   rivojlanmaydi.   Uning   rivojlanishi   uchun   bolani
tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi, tarbiyani 3 asosiy –
aqliy,   nafosat   va   jismoniy   mehnat   tarbiyasiga   bo’ladi.   Adib   bolani   tarbiyalash
vazifasini ularning ota – onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga kata e’tibor beradi.
Sadi ota – onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning
yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi.
XIX   asr   o’zbek   ijtimoiy   va   adabiy   xayotning   yirik   vakillaridan   biri   Komil
Xorazimiy   o’z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g’oyalarini olg’a
surdi.U   ilm-ma’rifatning   xalq,   jamiyat   farovonligiga,   insonning   axloq   kamolatida
tutgan   o’rni,   axloqiy   va   nafosat   tarbiyasini   uzviy   birligi   xaqidagi   pedagokik
fikrlarini xam bayon etadi.
Komil   Xorazimiyning   fikricha   ilm-xunar,   ilm-ma’rifat   inson   axloqiy
kamoloti, ijtimoiy ma’naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik
eskirmaydigan, eng go’zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo’lganlar obro’-
e’tiborli   komil   insonlardir.   Kamtarlik   insonni   turli   noxushlikdan   xijolatdan
saqlaydi.
Shoir   tarixshunos,   tarjimon   va   xattot   Munis   Xorazmiy   tilga   ko’p   erk
bermaslikni   maslaxat   beradi.   Uning   ta’kidlashicha,   ortqcha   so’zmonlik   kishi
boshiga olin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin.
Shoir   yomon   so’zli,   ozor   beruvchi   murodlar   sifatini   tasvirlab,   kishilarni
jumladan yoshlarni   ular  bilan  xamsuxbat   bo’lmaslikka  undaydi.  Munis  Xorazmiy
o’z   asarlarida   xalqni   adolatli,   ongli,   bilimli   bo’lishga,   jaxolatdan   yiroq   turishga
da’vat   etadi,   uning   fikiricha,   adolat   sharaf   ko’rki,   osoyishtali,   xushnutlikdir.   U
11 yoshlarni   kamtarlik   bilan   muloqotda   bo’lishga,   ularni   hurmat   qilib   e’zozlashga
chorlaydi.
Munis   Xorazmiyning   asarlariga   bayon   etilgan   ta’lim   –   tarbiyaga   oid   fikrlar
faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir.
Mohlar   oyim   Nodira ning   inson   va   tabiatiga   nisbatan   qarashlariga   faqat
shaxsiy   tuyg’u   emas,   balki   yoshlar   tarbiyasida   milliy   an’analarning   roli   haqidagi
fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik
g’oyalari-adolat,   insof,   xalq   manfaati   muxim   o’rinni   egallaydi.   Nodira   xayotning
tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha,
kimki   tiriklik   chog’ida   yaxshilik   bunyod   etgan   bo’ladi,   o’zining   bu   ezgu   ishlari
bilan   o’zidan   keyin   hayotda   yorqin   xotira   qoldiradi.   Umuman,   Nodira   o’z
she’rlarida   barkamol   insonni   ulug’laydi.   Ta’lim   –   tarbiyaga   oid   ko’p   foydali
o’gitlarni bayon etdi.
Muxammad Rizo Ogahiy   o’z ijodiy faoliyatini pedagogik qarashlarida nafosat
tarbiyasi   ham   yuqori   baholanadi.   Ogahiy   milliy   an’analarimiz   mexmondo’stlikni
go’zal   fazilatlardan   biri   hisoblaydi.   Mehmonga   chuqur   xurmat   bilan   qarash,
mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodidan o’z ifodasini topdi, odamlarni bu
fazilatni egallashga da’vat etdi.
Ogahiy ning ta’kidlashicha, insonga do’st  va dushmanni ajratib olish xayotda
o’z   o’rnini   topib   olishda   g’oyat   muximdir.   Uning   fikricha   to’g’ri   so’z   kishilar
xayotda   qiyinchilik   bilan   yashasalarda,   dunyoning   mavjudligini   saqlab   turadilar,
mangu yashaydilar.
Ogahiy   ta’lim-tarbiya   ilmlarni   egallash   va   tilni   bilishda   xam   muxim
axamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi.
Muxammad Rizo Ogaxiy o’z ijodiy faoliyatida binobarin yoshlarni odamlarni
xalq,   vatan,   jamiyat   farovonligi   yo’lida   xizmat   qilishga   da’vat   etdi.   U   do’stlikni
mehmondo’stlikni   axloqiy   go’zallikni   ulug’ladi.   Insonlarni   ziyraklikka,   to’g’ri
so’zli   bo’lishga   chorlaydi.   Ogahiyning   buf   ikr   o’gitlari   hozir   ham   pedagogik
qadriyat sifatida qimmatlidir.
12 Berdimurod   Berdaq   Qaraqolpog’iston   xalq   shoiri   butun   ijodi   davomida
xalqlar   tengligi,   insonparvarlik,   vatanparvarlik,   adolat   haqidagi   g’oyalarini   olg’a
suradi.
Berdaq   insonning   shaxsiy   baxti   xalq   baxti   bilan   bog’liq   deb   biladi.   Uning
ta’kidlashicha, har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o’z shaxsiy manfaatini
xalq   manfaati   bilan   birlashtirishi,   xalq   baxti   uchun   kerak   bo’lsa   jonini   ham
ayamasligi   kerak.   Berdaqning   fikricha   inson   oliy   axloqiy   sifatlariga,   chunonchi,
beg’arazlik,   olijanoblik,   vijdoniylik,   mehnatsevarlik,   mardlik   fazilatlariga   ega
bo’lishi lozim.
Berdaq   yoshlarning   aqliy   tarbiyasida   maktabning   mavqei   katta   ekanligini
ta’kidlaydi.   Maktabda   bolani   yaxshi   xulqi   atvorli   qilib   tarbyalash   lozim.   Uning
fikricha   maktabda   dars   beruvchi   muallim   o’z   xushmuomilaligi,   pok   qalbligi,
haqgo’yligi, o’z fanini yaxshi puxta bilishi bilan bolalarga o’rnak bo’lishi kerak.
Berdaq   oilaning   bola   tarbiyasida,   muxim   o’rin   tutishni   aloxida   ta’kidlaydi,
oila   muxitida   ota   –   onalar   bilan   bolalar   o’rtasida   o’zaro   hurmat   bo’lgandagina
tarbiya   yaxshi   natijalarga   erishishi   mumkinligini   aytadi.   Berdaqning   uqtirishicha,
inson tug’ilgan kundanoq tarbiyaga muxtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota
–   onalardir.   Berdaq ning   fikricha   barcha   odamlar   insonparvar   va   adolatli   bo’lsa
jamiyat   gullab   yashnaydi.   Buning   uchun   esa,   xalqqa   ta’lim   berish,   unda   ijobiy
xulq-atvorni tarbiyalash lozim.
Markaziy   Osiyo   xalqlari   ilm   –   fani   va   madaniyatini   jaxon   miqyosiga   olib
chiqqan   Markaziy   Osiyoda   pedagogik   fikr   taraqqiyotiga   munosib   xissa   qo’shgan
ulug’ siymolardan biri Mirzo Ulug’bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy
tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da’vat etdi.
Faqat   rivojlangan   fan   va   madaniyat   inson   tafakkurining   komil   topishini
ta’minlashga ishondi.
Allomaning   uqtirishicha,   bolaning   bilim   olishga   bo’lgan   qiziqishi,   havasini
oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar
ayniqsa,   o’qimishli   ota   –   onalar   o’z   farzandlarining   xaqiqiy   inson   bo’lib   kamol
topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
13 Mirzo   Ulug’bek   o’z   pedagogik   qarashlarida   bolalarning   jismonan   sog’lom,
harbiy   xunarni   puxta   egallagan,   jasur,   mard   bo’lib   etishuviga   aloxida   axamiyat
beradi.   Ulug’bekning   fikricha   odam   sog’lom   va   baquvvat   bo’lishi   uchun   yoshlik
chog’idayoq   jismoniy   mashqlar   bilan   shug’ullanishi,   ta’lim   –   tarbiyada
poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak.
Buyuk   shoir   va   olim,   fors   –   tojik   mumtoz   adabiyotning   ulug’
namoyondasi   Nuriddin   Abduraxmon   Jomiy   o’zidan   keyin   turli   fan,   adabiyot,
jumladan   pedagogikaga   doir   o’lmas   me’ros   qoldiradi.   U   o’z   asarlarida,   ayniqsa,
nasriy   yo’lda   yozilgan   «Baxoriston»   asarida   ta’lim   –   tarbiya   masalalari   xususida
fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z
pedagogik   qrashlarida   kishilarni   adolat,   xushmuomalalik   va   dono   so’z   bilan
zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.
O’zbekistonda   islohotlar   va   yangilanish   jarayonlari   tezkor   su’r'atlar   bilan
amalga   oshirilmoqda.Mamlakatimizning   istiqboli,   bozor   iqtisodiyoti   qonunlariga
asoslangan   jamiyat   qurish   sohasidagi   ishlarning   samarasi,   yuqori   malakali
mutaxassislar   tayyorlash   muammosi   bilan   chambarchas   bog`liq.   Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoevning   tashabbusi   bilan   ishlab   chiqilgan   va   hayotga   tatbiq   etilgan
“Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”   va   “Ta'lim   to`g`risidagi   qonun”   shuningdek
“Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni
voyaga   etkazish   to’g’risida”gi   farmoni   ana   shu   maqsadni   ro`yobga   chiqarishga
qaratilgan. Bu hujjatlarda ilgari surilgan vazifalarni hayotga tadbiq etish davlatimiz
siyosatining ustuvor sohasi bo`lib qolmoqda.
Mustaqillikning   dastlabki   yillaridanoq   butun   mamlakat   miqyosida   ta'lim-
tarbiya,   ilm-fan,   kasb-hunarga   o`rgatish   sohalarini   isloh   qilishga   nihoyatda   katta
zarurat   seza   boshlandi.   Shuni   ta'kidlash   lozimki,   ma'rifat   xalqimiz,   millatimiz
qonidadir. An'anaviy sharqona qarashga ko`ra, ma'rifatlilik faqat  bilim  va malaka
emas, ayni paytda chuqur ma'naviyat va go`zal axloq degani hamdir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam
bo`lmasligi, farzandlarmizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli
bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz,
14 bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”
deb ta'kidlaydilar. Tarbiya — bu shaxsning ijtimoiy, ma'naviy va ishlab chiqarish
faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma'naviy, jismoniy kamolotiga muntazam
ravishda   ta'sir   ko’rsatish   jarayonidir.   Biz   manashunday   chuqur   ma'naviyat   va
go`zal   axloqlilikni,   insonning   ma'naviy,   jismoniy   kamolotiga   muntazam   ravishda
ta'sir ko’rsatish jarayonlarini sharq mutafakkirlari asarlaridan olishimiz mumkin.
Sharq mutafakkirlaridan biri  Farobiyning ta'kidlashicha  har  bir  kishining  fe'l
atvoriga   qarab   ta'lim   —   tarbiya   ikki   xil   usul:   ixtiyoriy   va   majburiy   usullarda
amalga   oshirilishi   mumkin.   Ta'lim   oluvchilar   fan   va   hunar   o’rganishga   moyillik
bildirmasalar,   ularga   nisbatan   rag’batlantirish   usuli   qo’llaniladi.   Maboda   ular
o’zboshimcha va itoatsiz bo’lsalar majburiy usulni qo’llash mumkin. Farobiyning
ko’rsatishicha   aqlli   kishilar   o’tkir   zehn   —   idrokli,   fazilatli   bo’lishi,   o’zining
qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarga yo’naltirishi kerak. Farobiy “Aql to’g’risida”
nomli  risolasida  axloqli  odam  o’zida o’n ikki  xislatni  birlashtirgan bo’lishi  lozim
deb  hisoblaydi.  Abu  Nasr   Farobiyning  uqtirishicha  insonning   barcha   qobiliyat   va
fazilatlari   ikki   tomonga   ega.   Birinchisi-   tug’ma   irsiy,   tabiiy   xislatlar   bo’lsa,
ikkinchisi-   tajriba,   amaliyot,   sharoit   ta'sirida   tarkib   topadigan   xislatlardir.
Shuningdek bola tarbiyasida bir-biri bilan bog`liq bo’lgan xislatlarni hisobga olish
lozimligini   ta'kidlaydi.   Abu   Ali   ibn   Sino(980-1037)ning   fikricha   ta'lim-tarbiya
yagona jarayon. Bu jarayonda yoshlarga aqliy va jismoniy, axloqiy tarbiya berish
va   hunar   o’rgatish   nazarda   tutiladi.   Ibn   Sino   o’zining   “Tib   qonunlari”   asarida
bolani   olti   yoshidan   boshlab   muallimga   topshirish   xususida   fikr   yo’ritadi.   Ulug’
hakim   ta'lim   jarayonida   o’qitishda   oddiydan   murakkabga   qarab   borish   qoidasiga
amal   qilish   lozimligini   uqtiradi,   ayniqsa   bolaga   kuchi   etadigan   mashqlarni
bajartirish amali bu jarayonda katta ahamiyat kasb etadi. Ibn Sino bolalarni yakka-
yakka o’qitishdan ko’ra jamoada ta'lim berish afzal ekanligini e'tirof etadi.
Ibn Sinoning inson aqli, bilimi orqali erishiladigan natijalari haqidagi ta'limoti
o’qitish nazariyasida alohida o`rin egallaydi. Uning fikricha buyumlarni chinakam
bilishga   tashqi   ko’rinishini   tahlil   qilish   sabablarini   aniqlash   asosida   aql   bilan
erishiladi.   Ibn   Sino   aqlning   rivojlanish   bosqichlarini   ishlab   chiqqan.   Mushohada
15 bilan idrok qilishni birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarni tushuntirishdir. Ikkinchi
bosqich,   ikki   xil   fikrni   idrok   etishdir.   Aql   rivojlanishining   uchinchi   bosqichida,
o`zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyish
mumkin.
Ibn Sino aql deganda insonning tug`ma istedodini, shuningdek tajriba asosida
va   bilish   jarayonida   shakllanadigan   fikrlash   qobiliyatini   tushunadi.   U   ona
allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi deydi.
Birinchisi,beshikni  tebratish  orqali   bolaga  jismoniy  orom  bagishlanadi;  ikkinchisi
beshikni   bir   maromda   tebratishdan   onaning   mehri   jo’sh   uradi,   bolasiga   bo’lgan
muhabbatidan,   onaning   orzu   umidi   yo’rak   to’ridan   silqib   chiqadi.   Bu   o’ziga   xos
qo’shiq   bolasiga   qasidadek   yangraydi   va   u   farzandining   murg`ak   qalbiga,   butun
shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi anglamagan holat paydo bo’ladi. U
asta-sekin   bu   yorug`   olamni   anglay   boshlaydi.   Ana   shu   anglashdan   o`rganish
boshlanadi.   Xuddi   shu   o`rganish   tarbiyalanishdir.Zotan   o`rganish   sezishdan   kelib
chiqadi.
Buyuk   mutafakkir   Mahmud   Qoshg`ariy   “Qutadg`u   bilik”   asarida   bola
tarbiyasi   haqida   to’xtalib,   shunday   deb   yozadi:   “Farzand   qanchalik   bilimli,   aqlli,
xushli   bo’lsa,   ota-onaning   yo’zi   shunchalik   yorug`   bo’ladi”.   U   bola   tarbiyasida
otaning   ma'suliyatiga   asosiy   e'tibor   beradi.   “Kimning   o’gli,   qizi   erka   bo’lsa   -deb
yozadi u,unda shu kishining o’zi mungli bo’lib yig`laydi. Ota bolani kichikligidan
bebosh   qilib   qo’ysa,   bolada   gunoh   yo’q,   barcha   jafo   otaning   o’zida.   O’g`il   —
qizning   xulq-atvori   yaramas   bo’lsa,   bu   yaramas   ishni   ota   qilgan   bo’ladi.   Ota
bolalarni   nazorat   qilib   turli   hunarlarni   o’rgatsa,   ular   ulg`aygach,   o’gil-   qizim   bor
deb   sevinadi,   o’gil-   qizga   -hunar   va   bilim   o’rgatish   kerak,   toki   bu   -hunar   bilan
ularning   fe'l-atvorlari   go’zal   bo’lsin”.   Mahmud   Qoshg`ariy   fikricha,   bola   asta-
sekin   hunar   o’rganib   hayotdan   ta'lim   olib,   bilimdon   bo’ladi,   chinakam   insoniy
go`zallikka erishadi.
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham ta'lim-tarbiya jarayoni
munosib   o’rinni   egallaydi.   U   o’zining   qator   asarlarida   ta'lim-tarbiya   masalalari
umuminsoniy   g`oya   ekanligini   o’rtaga   tashlaydi.   Uning   fikricha,   jamiyatning
16 etukligi   uning   taqdiri   va   kelajagi   yoshlar   kamoloti   bilan   bog`liqdir,   shunga   ko`ra
bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir-deydi.
Alisher   Navoiy   tarbiyada   insoning   o’z-o’zini   tarbiyalashga,   xato   va
kamchiliklarini anglab tuzatishiga e'tibor beradi, yanglish va xato kishilik shartidir.
Xato   va   yanglishishni   anglab,   ogohlangan   baxtli   kishidir.   Kimki   e'tirof   tomon
qaytar ekan, xatosi yo’qoladi. Kimki dalil keltirib, aljiray bersa, xatosini bir karra
oshiradi. Mubolag`asi qancha ko’proq esa, yanglishishi shuncha ko’rimliroq bo’lur
va o’zini katta ko’rsatib, tortishuvi qancha esa ortiqroq, o’zi xalq o’rtasida shuncha
rasvoroq ko’rinur.
Ya`ni, kishi xato qilganda, yanglishganini bo`yniga olsa,- bu yaxshi. Agar o`z
xatosiga dalil ko`rsatib bersa, uning xatosi yana ikki barobar ortadi,- deydi alloma.
Yana   bir   mutafakkirlardan   biri   Abdurahmon   Jomiy   yoshlarni   faqat   bilim   va
hunar   egallashi   bilan   chegaralanib   qolmasdan,   balki   hayotda   yurish-turishda,
boshqa   kishilar   bilan   munosabatda,   o’zaro   muomalada,   axloq   normalariga   amal
qilishni va yoshlikdan yaxshi malakalarni kasb qilishga harakat qilishi kerakligini
uqtiradi.A.   Jomiy   yomon   xulqli   kishilarni   qattiq   tanqid   ostiga   oladi,   ularni   eng
yaramas   pastkash   kishilar   qatoriga   qo’shadi   va   yoshlarni   bunday   kishilar   bilan
suhbat qilmaslikka chaqiradi.
A.Jomiy   inson   hamma   vaqt   boshqalarga   yaxshilik   qilishi   lozim,   chunki
yaxshilik   kishining   eng   go’zal   fazilatdir   deb   aytadi,   jamiyat   va   xalq   manfaati
yo’lida xizmat qilishni u yaxshilik deb tushunadi.
Jomiy   yoshlarda   saxiylik,   shirinsuxanlik,   kamtarlik,   qanoat,   do’stlik,   aqllilik
kabi xislatlarni singdirmoqchi bo’ladi, bu fazilatlarni ko’klarga ko’tarib maqtaydi.
Mutafakkirlardan Davoniy fikricha bolani yaxshi yoki yomon bo’lishi keyingi
tarbiyaga   bog’liq.   Shuning   uchun   ham   bola,   yaramas   odatlarni   kasb   qilmasligi,
yaxshi jamoa orasida tarbiyalanishi, badxulq odamlardan o’zini tortishi, ular bilan
hamsuhbat   bo’lmasligi   darkor.   Bola   har   kungi   hayotida   zarur   bo`ladigan   insoniy
xislatlar-   xushmuomalalilik,   yurish-turish   qoidalari,   ota-onani   hurmat   qilishi,
yolg`on   gapirishga   o’rganmasdan,   doimo   to’g`ri   va   rost   gapirishni-
shirinsuxanlikni   puxta   o’rganishi   lozim.   Bola   boshqalar   oldida   o’zini   kamtar
17 tutishi, sergap va maxmadona bo’lmasligi, gapirda me'yoridan ortiq so’zlashni, u-
kishini   katta   nuqsoni   deb   hisoblaydi.   “Ko’p   gapirish   yaramaydi,   chunki   u
mahmadonalik,   dimog`   ko’tarilish   va   engil   tabiatlilik   nishonasidir,   ana   shu   narsa
hurmatning yo’qolishiga va jiddiyatsizlikka sabab bo’ladi-deydi.
Biz,   Sharq   mutafakkirlarining   ilmiy,   ma`naviy   merosini   o`rganish   asosida
allomalarimizning, barkamol, komil insonni tarbiyalash xususidagi qarashlari bilan
tanishib   chiqib,   undagi   ilgari   surilgan   g`oyalar,   bugungi   kunda   o’sib   kelayotgan
yosh   avlod   uchun   naqadar   zarurligini   angladik.   O’rganilgan   ma'lumotlarga
tayangan holda quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:
-   Pedagogik   faoliyatda,   Sharq   allomalari   va   mutafakkirlarining   g`oyalaridan
unumli   foydalanib,  ta'lim   oluvchilarning   intellektual,  ma'naviy,   axloqiy   sifatlarini
shakllantirish,rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
-     Talabalarni   insoniyat   erishgan   boy   qadriyat   va   an’analarga,   milliy   istiqlol
g`oyasi va mafkurasiga tayangan holda, barcha fanning o’ziga xos ilmiy va amaliy
asoslari bilan qurollantirish lozim.
-Tarbiya nazariyasi va amaliyotining ilg’or qarashlarini pedagogik jarayonga
tadbiq etish orqali, pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish mumkin.
-Sharq   allomalarining   komil   inson   ta’lim-tarbiyasi   xususidagi   g’oyalariga
tayanib,   undagi   tarbiya   usullari   va   vositalaridan,   bugungi   kun-   ta’lim-tarbiya
jarayonida foydalanish ijobiy samara beradi beb o’ylaymiz.
18 III BOB. SHARQ ADABIY MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA TA'LIM -
TARBIYA MASALASINING YORITILISHI
Biz farzand tarbiyasida mutafakkirlarning   qarashlari,   olimlarning fikrlarini
o’rganar   ekanmiz,   beixtiyor   milla-   timizga   xos   bo’lgan   axloqiy,   tarbiyaviy
fazilatlar   ko’z o’ngi-   mizda gavdalanadi. Shuningdek, ilk tarbiya, samimiy muno-
sabat,  go’zal  muomala oiladan ota-onalarimizning namunasi timsolida shakllanadi.
Abu   Nasr   Forobiyning:   “Inson   o’z   baxtiga   erishishda   go’zallikni   ko’rishi   va   his
qilishi-  ning  o’zi  etarli emas, buning uchun  go’zallikni  yarata olishi  muhimdir”, —
degan   fikrlarida   olam-olam   ma’no   bor.   Mu-   tafakkirning   bu   fikrida   bugungi   ota-
onalarimiz   o’zlari   namuna   bo’lgan   holda   oilalarida,   ishlarida,   ro’zg’orlarida,   uy
tutishlarida,   o’zaro   munosabatlarida,   yurish-turishlari-   da,   kiyinishlarida,
salomatliklarida, farzand tarbiyasida, ular bilan bo’ladigan muomalada go’zallikni
yarata olishla- ri zarur, degan g’oya o’z aksini topgan. Ajdodlarimiz ham o’z- lari
namuna   bo’lgan   holda   o’z   farzandlariga   pandu   nasihat-   lar   qilganlar.   Jumladan,
Abu   Nasr   Forobiy:   “Har   inson   kasb-korini   mukammal   bilmog’i,   yaxshi   tarbiya
olmog’i,   yaxshi   14
  Mirziyoev   Sh.M.   2017.   24   iyun.   “Xalq   so’zi”   gazetasi.xulq-
atvorga,   fazilatlarga   ega   bo’lmog’i   kerak”,   —   degan   ekan.   Arab   hikmatlarining
birida:   “Uch   narsa   kishi   aqlini   pesh-   laydi:   biri   olimlar   va   keksalar   bilan   suhbat,
ikkinchisi   ha-   yotiy tajriba, uchinchisi  chidam  va sabot bilan intilish. In- son ikki
narsaning   qadrini  faqat  yo’qotgandagina   biladi:  biri  yoshlik, biri   sog’liq”,   — deb
ta’kidlangani   bejiz   emas.   Darhaqiqat,   inson   odamlar   orasida   yashar   ekan,   o’zaro
muomala   va   munosabatda   bo’ladi   hamda   o’sha   jamiyatdagi   insonlarning   axloqi,
tarbiyasi   ko’zgusida   yashaydi,   unga   ko’nikib   ketadi.   Jamiyatda   xushmuomala,
tarbiyali,   aqlli,   tashabbuskor,   faol   insonlarni   hamma   yaxshi   ko’radi.
Mutafakkirlarimizning   tarbiya,   ilm,   fanga   oid   qarashlarini   quyida   keltirishdan
maqsad,   ular   farzand   tarbiyasida   unumli   foydalanishda   oz   bo’lsa-da,   yordam
beradi, deb umid  qilamiz.
Abu   Nasr   Forobiy   (873-950)   ilmning   turli   sohalari-   ga   oid   katta   ilmiy
meros   qoldirdi.   M.Xayrullaev   o’zining   “Forobiy   va   uning   falsafiy   asarlari”
monografiyasida   Forobiyning   119   ta   asari   ro’yxatini   keltiradi.   O’z   davri-   ning
19 zukko, ilmli mutafakkiri Forobiy 70 dan   ortiq   tilni mukammal bilgan va   ko’pgina
tillardagi   eng   muhim   asarlarni   asliyatda   mutolaa   qilgan. 1
  Agar   Aristotel   Sharqda
“Mual-  limi avval” degan unvon olgan   bo’lsa,   Forobiy Aristotel  asarlarini   targ’ib
qilgani   va   uning   qarashlarini   yanada   ri-   vojlantirgani,   Aristotel   kabi   universal
ilmga   ega   bo’lga-   ni   uchun   “Muallimi   soniy” 2
  (“Ikkinchi   muallim”)   degan   nom
olgan.   Forobiy   ijtimoiy-siyosiy   masalalarga   bag’ishlangan   “Fozil   shahar
aholilarining   fikrlari”,   “Baxt-saodatga   erishuv   haqida   risola”,   “Baxt-saodatga
erishuv   yo’llari”   kabi   asarlarni   yozgan.   Forobiy   fazilatli   shaharda   ilm,   falsafa,
axloq,   ma’rifatning   ahamiyati   birinchi   o’rinda   bo’lmog’i   ke-   rak,   shundagina
jamiyat   etuklikka   erishadi,   deya   ta’kidlaydi.   Uning   fikricha ,   insonning   va
jamiyatning   g’alabaga   erishuvi,   yaxshilikni   qo’lga   kiritish,   axloqiy   va   aqliy
mukammallikka erishuvi inson va jamoaning   o’z qo’lidadir, 3
  shuningdek, bi- lim-
ma’rifat, albatta, yaxshi   axloq  bilan  bezanmog’i   lozim, — degan   so’zlari   zamirida
oilada,   ta’lim   muassasalarida   far-   zandlarga   nafaqat   bilim,   balki   tarbiya   ham
zarurligi   ilgari   surilgan.   Zero,   dono   xalqimiz   “Bola   —   odobi   bilan   go’zal”,   deb
bejiz aytmagan.
Abu  Homid G’azzoliy  o’zining “Ihyou  ulumid-din” kito- bida  to’rtta  katta
mavzuni jamlagan:
a) ibodatlar   haqidagi qism,   b) urf-odatlar   haqidagi qism,   v)   halok qiluvchi
va g) najot beruvchi narsalar  haqidagi qism-  lar.  Har  bir  qism o’ntadan,  jami  qirqta
kitobni   o’z   ichiga   olgan.   Ta’kidlash   joiz,   Abu   Homid   G’azzoliy   biror   mavzu-   ni
yoritar   ekan,   islomiy   odob   va   an’anaga   ko’ra,   dastlab   unga   tegishli   oyatlarni
keltiradi,   so’ngra   Payg’ambarimizning   hadislariga   murojaat   etadi,   keyin   esa
sahobalar   va   boshqa   ulug’larning   so’zlaridan,   siyratlaridan   dalillar   keltiradi,
shundan   so’ng fikr-mulohazalarini   bayon etadi, lozim   o’rin-   larda   so’zlarini hujjat
bilan   quvvatlaydi. 4
  Biz   Abu   Homid   G’azzoliyning   “Ihyou   ulumid-din”   asarining
“Muhliqot”(ha-   lokatga   olib   boruvchi   ofatlar)   qismini,   ya’ni   “Til   ofat-   lari”ni
tanladik. Ushbu kitobda muomala odobi, yuksak   axloqiy   intizom masalalari  oyat,
1   Иброҳимов  А. Бизким,  ўзбеклар. “Шарқ”,  Т:2011. Б.142.
2  Форобий Абу Наср. Фозил одамлар  шаҳри.  “Абдулла  Қодирий”нашриёти,  Т:1993.Б.10.
3  Форобий Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри.
4  Имом Абу Ҳомид Муҳаммад ибн Муҳаммад ал-Ғаззолий. “Иҳёу улумид- дин”, Т: “Мовароуннвҳр”, 2003. Б.5.
20 hadis   asosida   sahobalar-   ning   so’zlari,   ibratomuz   rivoyatlar   orqali   yoritilgan.   Biz
qisqa bo’lsa-da,  til, til ofatlari  haqida so’z  yuritar ekanmiz, tilning faoliyat va ta’sir
doirasiga   chek   yo’q:   yaxshilik   sari   yursa,   oldida   keng   maydon,   ufqlar   qadar
cho’zilgan,  yomonlik  yo’liga   kirsa, ilon-chayonlar kabi sudralib, tubsiz tubanlikka
ketishi   mumkin   ekani   beixtiyor,   har   birimizni   avval   o’ylab,   keyin   so’ylashga
chorlaydi.
Abu   Bakr   ibn   Iyosh   hikoya   qiladi:   “To’rtta   shoh   —   Hind,   Chin,   Eron   va
Rum   podshohlari   bir   joyga   jamlandi.   Biri   dedi:   “Aytmaganlarimga   emas,   aytgan
so’zlarimga   pushaymon-   man”.   Yana   biri   aytdi:   “Qachonki   bitta   so’z   gapirgan
bo’lsam,   u   so’z   mening   xo’jayinimga   aylandi,   men   unga   tobe.   Gapirma-   gan
so’zimga   esa   men   xo’jayin   bo’ldim,   u   menga   tobe”.   Uchinchisi   dedi:   “Gapirgan
gapi   o’ziga   qaytarilsa,   zarar   beradigan,   agar   qaytarilmasa,   foyda   bermaydigan
gapiruvchiga   ajablana-   man?!”   To’rtinchisi   dedi:   “Aytganlarimdan   ko’ra,
aytmaganla- rimni rad  qilish  menga  osonroq”.
Abu   Zar   deydi:   “Rasululloh   sallollohu   alayhi   vasallam   menga   shunday
dedilar:
— Badaningga engil, mezonda  og’ir  amalni senga  o’rgataymi?
—  Ha,  albatta, ey  Ollohning  rasuli, — dedim.
— Bu amal — jim yurish,   go’zal xulq   va   behuda   gaplardan tiyilishdir, —
dedilar.
Ibn   Mas’ud   aytdi:   “Sizlarni   ortiqcha   gapdan   ogohlanti-   raman!   Kishiga
ehtiyoj  darajasidagi gap kifoyadir”.
Mujohid   dedi:   “Albatta,   so’zlar   yozib   boriladi.   Hatto   kishi   o’g’lini
tinchitish uchun: “Senga falon-falon narsalar sotib olaman,” — desa, uni “kazzob”
deb yozib  qo’yiladi.
Mutafakkir   Abu   Homid   G’azzoliy   qarashlaridagi   go’zal   xulq,   muomala,
so’zlashda aql va zakovat bilan o’ylab gapirish, yolg’on gapirishdan yiroq bo’lish
ilgari surilgan. Mutafak- kirning bu fikrlarini yoshlar ongiga singdirish va tarbiya-
lash   orqali   oilalardagi   o’zaro   munosabatlarni   yaxshilash,   turli   kelishmovchiliklar,
nizolarni   oldini   olish   mumkin.   Chunki   yaxshi   gap   ham,   yomon   gap   ham   bir
21 og’izdan chiqishi hech kimga sir emas. Shunday ekan, kelinglar, oilada farzandlar-
ga,   yaqinlarga   muloyim,   shirinso’z,   chiroyli   muomalada   bo’lib,   imkon   qadar
namuna bo’lishga harakat qilaylik.
Alisher Navoiy — shoir, mutafakkir, olim, davlat ar- bobi  (1441-1501).
U   nafaqat   buyuk   shoir,   o’zbek   adabiyotining   asoschisi,   ilk   bora   “Xamsa”   asarini
turkiy  tilda  yaratgan  buyuk mutafakkir   ham   edi. Uning  bir   qancha   nasriy asarlari
o’zbek   tiliga   bag’ishlangan.   O’zining   “Majolis   un-nafois”,   “Muhokamatul-
lug’atayn”,  “Mezon ul-avzon” kabi asarlarida
Sharq   mutafakkirlarining   ma’naviy   merosida   farzand   tarbiyasi   o’zbek
tilining   imkoniyatlarini   ko’rsatib   bergan.   “Muhoka-   mat   ul-lug’atayn”   asarida
o’zbek   tilini   fors-tojik   tili   bi lan   qiyoslab   uning   boyliklarini,   o’zbek   tilining
imkoniyat-   lari   nihoyatda   cheksiz   ekanligini   isbotlab   bergan.   Holbuki,
Navoiygacha   o’tgan   bir   qancha   shoirlar   bu   tilda   asarlar   yaratib   bo’lmaydi,   uning
imkoniyatlari   cheklangan,   degan   qarashlarni   ilgari   surishgan.   Zahiriddin
Muhammad   Boburning   ta’bi-   richa:   “Alisher   Navoiy   nazariy   g’oyalarni   ilgari
suribgi-   na   qolmay,   balki   bu   tilda   juda   ko’p   va   xo’p   asarlar   yaratgan.   Alisher
Navoiy   asarlarida   shunchalik   ko’p   so’zlar   ishlatil-   ganki,   to’la   bo’lmagan   hisob-
kitoblarga   ko’ra,   u   o’z   ijodida   26   mingdan   ortiq   so’z   ishlatganligi   aniqlangan.
Mutafakkir   o’z   asarlarida   bir   qator   to’rtliklarni   ayollar,   ota-ona   va   far-   zand
munosabatlari   ta’rifiga   bag’ishladi.   Navoiy   ijodida   ayollar,   ayniqsa,   onalarga
bo’lgan   chuqur   hurmat   va   ehtirom   doi mo   sezilib   turadi.   Jumladan,   “Iffatli,
shirinso’z,   xushmu- omala,   aqlli   va   go’zal xulq   ayollar   hamisha qut-baraka,   shirin
hayot   manbaidirlar.   Sen   o’zingga   yor,   mahbubu   tilasang,   uning   to’g’riso’zligi,
haqgo’yligi,   yurish-turishiga   boq” 5
  —   deydi.   Al-   batta,   shoir   ayollarni   bebaho
so’zlar bilan ko’klarga ko’tarar ekan, erkaklarni ayol tanlashda nimalarga ahamiyat
berish ke- rakligini ta’kidlab o’tadi.
Muso   Toshmuhammad   o’g’li   Oybekning   “Navoiy”   romanida   insoniylik,
yaxshilik, adolat, millatlararo va dinlararo to- tuvlik kabi ezgu g’oyalarning ilgari
surilishini   ko’rishimiz   mumkin.   Inson   qalbining   quvonch-qayg’usini,   ezgulik   va
5  Алишер Навоий. Ибратли ҳикоятлар ва хислатли ҳикматлар. Т:  “Sano- standart”?  2016/ Б.82.
22 hayot   mazmunini   Navoiydek   teran   ifoda   etgan   shoir   jahon   adabi-   yoti   tarixida
kamdan-kam topiladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni
qanchalik   ko’p   bahramand   etsak,   milliy   ma’naviyatimizni   yuksaltirishda,
jamiyatimiz-   da   ezgu   insoniy   fazilatlarni   kamol   toptirishda   shunchalik   qudratli
ma’rifiy   qurolga   ega   bo’lamiz.   Alisher   Navoiyning   “Nasoyim-ul   mu habbat”
asarida komil insonga xos xususiyat lar va uning  sharqona  fazilatlari sanab  o’tiladi.
Bular   qato-   riga   ulug’   mutafakkir:   tavba,   halol   luqma   bilan   qanoatlanish,   o’z
kasbidan   topib   kun   o’tkazish,   shariatga   rioya   etish,   barcha-   dan   o’zini   kam   deb
bilish,   hatto   farzandlari,   xizmatkorla-   riga   qo’pollik   qilmaslik,   chuchuk   tilli
bo’lish,   yaxshi,   muloyim   bo’lish,   rahmdil   bo’lish,   saxiy   bo’lish,   mard   bo’lish,
halimlik,   xushxulq   bo’lish,   rizo-rozilik   bilan   kun   o’tkazish,   sabrli   bo’-   lish,
sadoqatli,   vafoli   bo’lish,   riyozat chekishdan   qo’rqmaslik   kabilarni kiritadi. Alisher
Navoiyning  quyidagi:
Befoyda so’zni ko’p aytma,  Chin  ayta olur tilni yolg’onga bulg’ama; Aytur 
so’zni ayt,   Aytmas so’zdan qayt;
“Imkoni   bor   har   bir   yaxshilik   —   so’z   orqalidir”   kabi   baytlari   uning
qarashlariga misol bo’la oladi. Mutafakkirning “Hayrat ul-abror” dostonlarida ota-
onaga   hurmat,   iymon,   adolat,   saxiy-   lik,   to’g’rilik,   omonatga   xiyonat   qilmaslik,
sabr-qanoat,   vafo,   shukur,   ayniqsa,   rostgo’ylikka   da’vat   etakchilik   qiladi.   Mana
shunday fazilatlarga ega bo’lgan odamning oila va atrofdagi- lar oldida obro’yi va
hurmati   oshishi   ta’kidlanadi.   Aksincha,   ota-onasini   ranjitadigan,   va’dasida
turmaydigan,   birovning   omonatiga   xiyonat   qiladigan,   do’stga   vafosiz,   yolg’on
so’zlaydi-   ganlarning   uyatga   qolishi   yoki   biror   falokatga   uchrashi   ayti-   ladi.
Alisher   Navoiy:   “Yaxshilik   bilan   nom   qoldirmoqning   o’zi   ulug’   mukofotdir” 6
,
deydi.   Tarbiyada   “yaxshilik”   axloqiy   tamoyillarning   eng   asosiysi   hisoblanadi.
Albatta,   yaxshilik   bor   joyda   unga   qarshi   yomonlik   ham   bor.   Inson   o’z   hayoti
davomi-   da   kimgadir   yaxshilik   va   yomonlik   qilsa,   kimdandir   yaxshilik   va
yomonlik   ko’radi.   Bu   hayot   qonuni   bo’lib   inson   hayotining   asosi-   ni   “yaxshilik”
tashkil   etadi.   Shu   o’rinda,   mutafakkir   va   davlat   arbobi   Alisher   Navoiyning   “har
6  Ойбек. “Навоий”. Т: “Шарқ”, 1995. Б.36.
23 qanday   kelishmovchilik   va   nizolarni   aql   bilan,   umummanfaatni   hisobga   olgan
holda hal qilish  zarur,” 7
 degan fikrini eslash ayni muddao.
Alisher Navoiy  o’z  ruboiylarida insonlarni shukur  qi-  lishga  chaqirib, og’ir
kundagi   shukr   umid   uyg’otadi,   boshga   tushgan   balolarni   daf   qiladi,   deb
ta’kidlaydi. Shu  o’rinda har  birimiz  beqiyos O’zbekistonning fuqarosi  ekanimizga,
yurtimiz   tinch,   osmonimiz   musaffoligiga,   sog’-omon   o’z   oi-   lamiz   bag’rida
yashayotganimizga shukr  qilishimiz  lozim.
Mutafakkir, ma’rifatparvar Abdulla Avloniy  (1878-1934) ta’lim-tarbiya
taraqqiyotiga   katta   hissa   qo’shgan   ustoz,   o’z   asarlarida   xalqimizning   eng   yaxshi
an’analarini   aks   ettirgan   ijodkor,   noshir   va   jamoat   arbobidir.   Abdul la   Avloniy
“usuli   jadid”,   ya’ni   ilg’or   usuldagi   maktablar   uchun   “Adabiyot   yoxud   milliy
she’rlar”, “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud  axloq”,  “Ikkinchi muallim”,
“Maktab gulistoni” kabi darslik va  o’qish  kitoblarini yaratdi.
Qur’oni   karim   suralaridan,   hadisi   shariflardan,   o’zbek   xalqining   boy
pedagogik   merosi   —   ertak,   maqol,   topishmoq   va   didaktik   hikoyalardan
foydalanilgan   bu   kitoblar   xalq   orasida   ma’lum   va   mashhur   bo’lgan.   Abdulla
Avloniy   o’z   asar-   larida   dunyo   xalqlari   madaniyatini,   ilm-fanni,   maktab   va   ma-
orifni   ulug’lab,   xalqni   ilmli,   madaniyatli   bo’lishga   undadi.   Mutafakkirning
fikricha,   axloq   bu   —   xulqlar   majmui.   Xulq   esa   ezgulik   yoxud   razillikning
muayyan bir insonda namoyon bo’lish shaklidir. Abdulla Avloniy o’zining “Turkiy
gulis-   ton   yoxud   axloq”   asarida   bola   tarbiyasini   to’rt   yo’nalishda:   “Tarbiyaning
zamoni”,   “Badan   tarbiyasi”,   “Fikr   tarbiyasi”,   “Axloq   tarbiyasi”   kabi   bo’limlarga
ajratgan holda tadqiq etadi. «Tarbiyaning zamoni” bo’limida tarbiyani bola tug’il-
gan kundanoq boshlash kerakligini ta’kidlaydi. “Tarbiyani kimlar qilur?”, “Qayday
qilinur?” degan savollarni o’rtaga tashlaydi va ularga javob qidiradi. “Birinchi —
uy   tarbi-   yasi.   Bu   ona   vazifasidur.   Ikkinchi   —   maktab   va   madrasa   tarbiyasi.   Bu
ota,   muallim,   mudarris   va   hukumat   vazifasidur”,   deya   tarbiyaga   hamma   —   ota-
ona,   muallim,   hukumat   va   boshqalar-   ning   mas’ul   ekanini   ta’kidlaydi.   Mamlakat
taraqqiyoti,   dav-   latning   qudratli   bo’lishi   yosh   avlod   tarbiyasiga   har   jihatdan
7  Салимов Б. А.Навоий ижодида инсонийлик  ғояларининг  акс эттирилиши ва унинг  аҳамияти.//А.Навоий  ва  XXI  аср. Республика илмий-назарий
анжуман материаллари. 2016й. Б.139.
24 bog’liq   deb   hisoblagan   alloma tarbiya xususiy emas, milliy, ijtimoiy ishdir degan
to’xtamga  keladi.
Tarbiyani   keng   ma’noda   tushungan   Avloniy   uni   birgina   axloq   tarbiyasi
bilan   chegaralab   qo’ymaydi.   U,   avvalo,   bolaning   sog’lig’i   haqida   g’amxo’rlik
qilish   lozimligiga   e’tibor   qarata-   di.   Avloniyning   fikricha,   sog’lom   fikr,   yaxshi
axloq,   ilm-ma’- rifatga ega   bo’lish   uchun, avvalo, tan salomatligi zarur. Avlo- niy
fikricha, «badanning salomat  va   quvvatli bo’lmog’i   insonga eng kerakli narsadur.
Chunki   o’qumoq,   o’qutmoq,   o’rganmoq   va   o’rgat-   moq   uchun   insonga   kuchlik,
kasalsiz jasad lozimdur».
Abdulla   Avloniy   bolaning   badantarbiyasi,   salomatligi   masalasida   ota-
onalarga   murojaat   qilsa,   uning   fikr   tarbiya-   si   borasida   asosiy   mas’uliyat
muallimlar   zimmasida   ekani-   ga   urg’u   beradi.   Bolalarda   fikrlash   qobiliyatini
o’stirish,   dunyoqarashini   shakllantirish   muallimlarning   «diqqatla-   riga   suyangan,
vijdonlariga   yuklangan   muqaddas   vazifadur...   Negaki,   fikrning   quvvati,   ziynati,
kengligi,   muallimning   tarbiyasiga   bog’liqdur»,   —   deydi   alloma.   Shu   bilan   birga,
mu-   tafakkir   Abdulla   Avloniy:   “Ta’lim   va   tarbiya   uzviy   bog’-   liq   jarayonlardur,
dars   ila   tarbiya   orasida   biroz   farq   bor   bo’lsa   ham,   ikkisi   bir-biridan
ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”, — deya ta’-
kidlaydi.   Avloniy   insonga   yaxshilik   va   ezgulik   faqat   ilm   egallash   orqali   singadi,
degan   qat’iy   fikrni   bildiradi.   Ilmli,   ezgu   g’oya   ruhida   tarbiyalangan   kishidagina
Vatan  tuy g’usi   shakllanadi,   ona  yurti  va  ona  tiliga   muhabbat   uyg’onadi,  sadoqati
qaror  topadi. Bu fazilatlarsiz komil insonni tasavvur etib  bo’lmaydi,  degan fikrlarni
ilgari suradi.
Yurt   ravnaqi,  avvalo, uning farzandlariga, ularning ma’- naviy va jismoniy
kamolotiga   bog’liqdir.   Shu   bois   Abdul la   Avloniy   yoshlarni   ilm,   foydali   hunar
egallashga,   kitob Sharq   mutafakkirlarining   ma’naviy   merosida   farzand   tarbiyasi
mutolaasiga   undaydi.   Shuningdek,   Avloniy   ilmsizni   jaho-   lat   bilan   tenglashtirib,
shunday   fikrlarni   bildiradi:   “Jaholat   deb   o’qimagan,   bilimsiz,   hech   narsaga
tushunmaydur-   gan   nodonlikni   aytilur”,   —   deydi.   “Ilm   sahroda   —   do’st,   hayot
yo’llarida   —   tayanch.   Yolg’izlik   damlarida   —   yo’ldosh,   baxtiyor   daqiqalarda   —
25 rahbar,   qayg’uli   onlarda   —   madadkor,   odamlar   orasida   —   zebu   ziynat,
dushmanlarga   qarshi   kurashda   —   qurol-   dir” 22
.   Mutafakkir:   “Go’zallik   yuzda
ermas,   ey   birodar,   so’zi   shirin   kishi   har   kimga   yoqar”,   “So’zing   oz   bo’lsinu,
ma’noli   bo’lsun,   eshitganlar   qulog’i   durga   to’lsun,”   —   deb   insonlarni   xushsuxan
bo’lishga chorlaydiki, toki so’zlarimiz farzandla- rimiz uchun namuna bo’lsin.
Abu   Rayhon   Beruniy   (973-1048).   Mutafakkirning   154   ta   asari   nomlari
ma’lum.   Ulardan   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”,   “Hindiston”,
“Ma’sud   qonuni”,   “Astronomiya   va   yulduzlar   to’g’risida”,   “Minerologiya”   va
boshqa   asarlari   bizgacha   etib   kelgan.   Mutafakkir   o’z   asarlarida   falsafiy-axloqiy
qarashlar  bilan bir  qatorda xalqlar  o’rtasida  do’stlik  va ilmiy hamkorlikni  yuksak
qadrlaydi.   Beruniyning   fikricha,   kishilar   uchun   dunyoda   turli   holatlar   bor.   Bu
mahmud (maqtaluvchi), yaxshilik va yomonlikdir. “Maqtanarli (yaxshi) hollarning
(markazi)   muruvvat   (mardlik-erlik)   bo’lib,   muruvvatning   tayanchi   poklik   va
tozalikdir”, — deydi.
Beruniyning fikricha, kishi axloqiy mukamallikka eri- sha olishi uchun o’z
xulqi   va   odatlaridagi   nuqsonlarni   tozalab,   o’zini   tarbiyalab,   axloqan   davolashi
zarur,   deydi.   Beruniy   xalqlar   o’rtasida   do’stlikni   va   ilmiy   hamkorlikni   yuksak
qadrlaydi.   Beruniy   o’zining   “Hindiston”   asarida   oila   va   nikoh   munosabatlarini
yoritadi. Mutafakkir oila va nikoh munosabatlarining nozik tomonlarini axloqiy va
huquqiy   nuqtai   nazardan   tadqiq   qilar   ekan,   oilaning   mustahkam   va   tinch-totuv
bo’lishi,   er-xotinning   ahilligi,   shirinso’zligi,   bir-biriga   bo’lgan   mehr-oqibatiga
bog’liq,   degan   fikrni   ilgari   suradi.   Beruniy   yoshlarga   qarata   shunday   dey di:   “Ey,
qizim,   sen   o’rgangan   uyingdan   ketib,   notanish   xona-   donga   tushmoqdasan.   Sen
bo’lajak  kuyovingning  hamma  xislatlarini bilmaysan. Sen er  bo’l,  u osmon  bo’ladi.
Sen u bilan shunday  yo’l  tutki, uning oldida er kabi kamtar  bo’lsang,  u osmon kabi
oliyjanob   bo’ladi.   Osmon shifoli   yomg’iri   bilan erni   ko’kartirgani   kabi u   ham o’z
mehr-shafqati   bilan seni   hushnud   etadi... Ering  sendan  shirin  va   yumshoq  so’zlar
eshit-   sin.   Yaramaydigan   yoki   eski   libosda   yoki   sochlaring   tartibga   solinmagan
holda  uning oldida  o’tirma.
Qizim,   kuyovingdan   kuchi   etmagan   va   olib   berishga   qudrati   bo’lmagan
26 narsalarni talab  qilma.  Bunday  qilsang,  oradagi totuvlik  yo’qoladi,  turli xil janjallar
paydo  bo’ladi.
Qizim,   rashk   qilishdan   saqlangin,   chunki   u   ajralib   ketishning   kalitidir.
Eringga   hadeb   gina   qilishni   man   qi laman.   Chunki   bu   ezmalik   nafratni   uyg’otadi.
Yaxshisi,   u   bi lan   xushmuomala,   shirinso’zli   bo’lgin,   bu   ishing   har   qanday   sehr-
jodudan  yaxshidir.
Suvdan   tez-tez   foydalangin.   O’zingga   xushbo’y   narsalar   bi lan   oro   ber.
Pokizalik  hamisha yo’ldoshing bo’lsin.” 8
Beruniy   qarashlaridagi   tarbiya,   oila,   hamkorlik,   o’zaro   munosabatlarda
xushmuomalalik   bugungi   kunda   aynan   farzand   tarbiyasida,   ularni   hayotga
tayyorlashda katta  ahamiyat  kasb etadi.
Abu   Ali   ibn   Sino   (980-1037)   o’zining   “Donishnoma”   asarida   —   hikmat
ilmini   ikki   turga   bo’ladi:   “Birinchisi,   o’zimizni   o’z   qilmishlarimizdan   xabardor
qiladi   va   “Amaliy   ilm”   deb   ataladi...   U   bizlarning   bu   dunyodagi   ishlarimizni
amalga oshirishimiz uchun nima qilishimiz kerakligini o’rgatadi. “Amaliy ilm” o’z
o’rnida   uch   turga   bo’linadi:   birin chisi   —   mamlakatni   idora   qilish,   ikkinchisi   —
uyni   idora   qilish   va   uchinchisi   o’z-o’zini   idora   qilish.   Axloq   har   bir   kishi   uchun
“o’z-o’zini  idora  qilish”  ilmidir 9
, — deydi.”
Uning   fikricha,   yaxshilik   donolikda,   donolik   esa   hodi salarni   bilish   orqali
qo’lga   kiritiladi,   bilim   inson   ha yotining   ajralmas   qismidir.   Mutafakkirning   axloq
ijtimoiy   munosabatlarning   ilmi   bo’lishi   kerakligi   haqidagi   fikri   bugungi   kunda
ham   muhimdir.   Mutafakkir   “Tadbiri   manzil”   asarida   oilaviy   munosabatlarni,
axloqiy   tarbiyada   oilaning   o’rnini   o’ziga   xos   tarzda   bayon   etadi.   Ibn   Sino   oila
boshlig’i   oldiga   katta   talablar   qo’yadi.   Oilada   har   qan day   sharoitda   ham   bola
tarbiyasi   ota-ona   vazifasi   ekanligi,   ularni   bir-birlariga   mehribon   qilib   tarbiyalash
zarur, degan fikrni ilgari suradi. Ibn Sino fikriga  ko’ra,  oiladagi  to’g’ri  tarbiya oila
baxtining asosidir. Shuningdek, oilada otaning  o’rni,  uning  qattiqqo’l bo’lishi  bola
tarbiyasi   uchun   muhimligini   e’tirof   etadi.   Ibn   Sino   “Tadbiri   manzil”   kitobining
“Ayollarning   yaxshi   sifatlari”   bo’limida:   “Onalar   oilada   bosiq,   dono,   halol   va
8  Бобоев Х.,  Ҳасанов  С. Берунийнинг  сиёсий-ҳуқуқий қарашлари. Ҳаёт  ва  қонун  журнали. №3. 1996.
9  Абу Али ибн Сино. Шеърлар. Нашрга тайёрловчи А.Ирисов. 1965, Б.18.
27 kamtar   bo’lishlari,   hamda   bola   tarbiyasida   otaga   eng   yaqin   ko’makdosh   bo’la
olishlari   oila   mustahkamligini   saqlashda   yordam   beradi”,   —   deydi.   Axloqqa
bag’ishlangan   risolasida   iffat,   qanoat,   saxiylik,   shijoat,   sabr-toqat,   muloyimlik,
do’stlik,   sirni   saqlay   bilish, ilm-ma’rifatli   bo’lish, ochiqlik,   farosatlilik, kamtarlik,
adolatlilik   kabi   axloqiy   fazilatlarga   ta’rif   beradi.   U   axloqiy   tarbiya   insonning
kamol   topishida   juda   muhim   o’rin   egallashini   ta’kidlaydi 10
.   Jumladan,   do’stlik
haqida   mutafakkir   “Agar   do’stlik   savdo-sotiqqa   o’xshab,   ehti-   yojiga   qarab
axtarilsa,   zarurat   tug’ilmagan   chog’da   do’stni   na-   zarga   ilmay   tashlab   ketilsa,   bu
qanday   do’stlik   bo’ldi   endi.   Do’stining   boshiga   mushkul   tushgandagina   holidan
xabar ol- gani kelib,  boshqa vaqtda  begonaday yursa, zarurat  tug’ilgan dagina eslab,
boshqa  mahalda   sira  eslamasa,   o’ylab  ko’r,   shu   ham   do’stlik   bo’ldimi   axir! 11
”  va
“Haqiqatni   ochinglar,   to’g’ri yo’l dan yuringlar! 12
” kabi fikrlaridan bugungi kunda
ham   oila   mustahkamligida,   undagi   muhitni   yaxshilashda,   farzand   tarbiyasida   va
ma’naviy barkamolligini ta’minlashda unumli foydalanish mumkin.
Umar Xayyom   (1048-1123) tafakkurning teran va noyob maz- muni bilan
poeziyaning nozik shakllari   o’rtasida uyg’unlik   yaratgan, matematik sifatida   ko’p
noma’lum   tenglamalarni   echgan,   astronom   sifatida   5000   yilda   bir   kunga   xato
qilgan,   jahonda   eng   mashhur   va   eng   mukammal   taqvim   yaratgan   buyuk
mutafakkirdir.   Uning   fikricha,   insoniyat   jamiyati   kiyim-kechak,   oziq-ovqat,   turar
joy yaratish uchun  hamkorlikda  yasha moqlari  zarur.
Qo’lni-qo’lga  berib  bo’lmasak hamdard,
Shodlik kasb etmas barbod  bo’lmas g’am. 13
Bir  g’arib ko’nglini qila  olsang shod,
Yaxshidir er yuzin  qilgandan  obod.
Umar   Xayyom   ushbu   ruboiysida:   “Kishiga   qarata   imkon   qa-   dar
kambag’al,   och bilan   baholi qudrat   narsangni   baham ko’r, saxiy bo’l”,.— deydi. 14
Uning fikricha, zaruriyat yomonlikning sababi  bo’la olmaydi. Oz yomonlikni deb
10  Шоумаров  Ғ.,  Акрамова Ф., Умаров Б. Оилада  маънавий-ахлоқий  тарбия. Т: 2015.Б.20.
11   Ҳикматлар  хазинаси.  Тўпловчи:  М.Азаматов.  Луғат  ва  изоҳлар  тузувчи: Наим  Норқулов.  Т., 1977. Б.92.
12  Ўша китоб, Б.115.
13  Я.Шермуҳамедов. Ўрта Осиё мутафаккирларининг яхшилик ва ёмонлик ҳақидаги қарашлари. Т: 1970.Фан, Б.36.
14  Ўша асар, Б.39.
28 katta   yaxshilikdan   voz   kechish   katta   yomonlikdir.   Mutafakkir   inson   axloqli   ki-
shilarning baxtli bo’lishi uchun xizmat qilishi kerakligi- ni, insonparvarlikni targ’ib
etadi.
Sa’diy   Sheroziy   (1203/08-1292)   —   insoniylikni   madh   etgan
mutafakkirlardan   biri.   Sa’diy   yaratgan   latif   g’azallar,   “Guliston”   va   “Bo’ston”
asarlari   uning   falsafiy   va   axloqiy   qarashlari   haqida   ma’lumot   beradi.   Mutafakkir
fikriga   ko’ra,   baxt   faqat   bu   olamdagina   mavjud.   Befoyda   o’tkazilgan   umr
behudaga sarf etilgan oltin bilan barobar,   deb ta’lim beradi. Mutafakkir   mehnatni,
xalqqa   xizmat   qi lishni   ulug’laydi.   U   inson   hayotining   ma’nosi   mehnat,   hunar
orqali   birovning   og’irini   engil   qilishdadir,  deydi. Sa’diy Sheroziy jamiyat   hayotini
yaxshilash,   adolatsizlikni   tugatish   uchun,   olamni   aqlga   muvofiqlashtirish   uchun
axloq,  odob,  pand-nasihat  zarur, deb  o’ylaydi.  Shuning uchun  ham  mutafakkirning
“Guliston”   va   “Bo’ston   asarlaridagi   kichik   hikoyalar,   she’riy   parchalar,
hikmatlarida  yomonlik  qorala-  nadi, olijanob insoniy fazilatlar  targ’ib  etiladi.
Kimga yoshlikdan berilmas odob,
Ulg’aygach   bo’ladi   baxtsiz,   dili   g’ash.   Ho’l   novda   egilar,   qay
xilda egsang,  Quruqni to’g’rilar faqat  —  o’t-otash. 30
Sa’diy   Sheroziy   axloq   nazariyasida   yaxshilikning   barqaror   bo’lishi,
yomonlikning   yo’qotilishi,   yaxshilikdan   o’rnak   olish,   yomonlikdan   nafratlanish
prinsipiga   asoslanadi.   U   o’z   asarlarida   axloqiy  tarbiyani   birinchi   o’ringa   qo’yadi.
Mutafakkir   rahmdillikning   oliy   xulq   ekanini   aytib,   kishilarga   zulm   qiladigan,
yomonlik   istaydigan,   odamlarga   ozor   beradigan   kishilarga   rahm-shafqat
qilmaslikni   ta’kidlaydi   va   jamiyatdagi   zulm   va   zo’ravonlikni,   adolatsizlikni
yomonlik   deb   baholaydi.   U   kishilardagi   ta’na,   hasad,   ig’vo,   yolg’onchilik,
o’g’rilik,   ishyoqmaslikni   yomonlik   deb,   bunday   illatlarga   qarshi   kurashishga
chaqiradi. Sa’diy hamisha inson uchun quvnoq, baxtli hayot, xush axloq — go’zal
odatlarni   tilab,   istab,   izlab   ijod   etganligi,   o’zgalar   g’ami   bilan   yashaganligi
barchamizga namunadir.
Abdurahmon   Jomiy   (1414-1492)   qomusiy   bilim   egasi,   atoqli   shoir,
adabiyotshunos,   faylasuf,   musiqashunos   sifa-   tida   mashhurdir.   Jomiy   Alisher
29 Navoiyning  ustozi   va   do’s-   ti   bo’lgan.   Mutafakkirning   “Haft   avrang”   (Yetti   taxt)
kito-   bi,   undagi   “Silsilat   ut-zahob”   (“Oltin   zanjir”),   “Tuhfat   ul-ahror”,   (“Hur
kishilarning   tuhfasi”),   “Sabxat   ul-abror”   (Yaxshi   kishilarning   tanbehi)   va   boshqa
falsafiy   dostonla-   ri   va   “Solomon   va   Absol”,   “Yusuf   va   Zulayho”,   “Layli   va
Majnun”   nomli   ishqiy-romantik   dostonlari   hozirgacha   yuk-   sak   qardlanadi.
Abdurahmon   Jomiy   Shayx   Sa’diyning   “Guliston”   asaridan   ilhomlanib,
“Bahoriston”  nomli  axloqiy-  ta’limiy asarini yaratgan. Jumladan:
Rotlik d an yaxshiroq ziynatni qachon,
Qayda ko’rdi ekan biror bilimdon;
Birdek qil  doimo  ichu tashingni,
To’g’ri bo’l, qing’irlik eyar boshingni;
Kishikim, yo’qturur mehru vafosi, Agar xursheddir, andin  ne  hosil?;
Behuda gaplardan tiling et xoli, Oshkor bo’ladi aqling jamoli, —  deydi 3
.
Mutafakkir   bu   dunyoda   insoniylik   odamlarga   yaxshilik   qilishda,   deb
hammaga   yaxshilikni  ravo   ko’radi.   Uning fik-  richa, yomonlik   qiluvchilarga ham
yaxshilik   qilib,   ularning   nomusini   uyg’otish   va   shu   bilan   ularni   yaxshilikka
yo’llash   va   tarbiyalash   mumkin,   deb   o’ylaydi.   Abdurahmon   Jomiy   va   Shayx
Sa’diy   hayoti   davomida   xalqning   saodati,   qahramonli-   gi, saxovati,   rostgo’ylik   va
adolatga intilishini  madh  etgani biz uchun vatanparvarlik namunasidir.
Ahmad   Donish   (1827-1897)   o’z   davrining   atoqli   olimi,   ma’rifatparvari,
adolatparvar   g’oyalarning   ijodkori   hi-   soblanadi.   Ahmad   Donish “Agar mamlakat
adolatli   boshqa-   rilsa,   ilm-ma’rifatga   keng   yo’l   ochiladi,   xalq   baxtli   bo’la   oladi”,
deydi.   U   asrlar   davomida   barcha   mutafakkirlarning   o’y-fikrlari   markazida   turgan
inson   va   uning   intilishla-   ri,   orzu-umidlari   haqida   keng   fikr   yuritadi.   Ahmad
Donish   “Kishi   suratga   emas,   balki   ma’noli   ishqqa   bog’lansa,   ya’ni   31
  Hikmatlar
xazinasi.   To’plovchi:   M.Azamatov.   Lug’at   va   izohlar   tuzuvchi:   Naim   Norqulov.
T., 1977. B. 116, 119, 136.
Sharq   mutafakkirlarining   ma’naviy   merosida   farzand   tarbiyasi   hamma
narsani   o’z   haqiqati   bilan   bilishga,   xalq   uchun   ilmu   hunar   orttirishga   qiziqsa,
30 ishqning  eng a’losi shudir”, — deydi 15
. Mutafakkir “Odamlarning yaxshi va yomon
bo’lishla-   riga sabab nima?   To’g’ri yo’ldan   adashmaslik uchun odamlar   ko’nglida
turli   sezgi,   ruh   va   nafs   quvvatlari   bor”,   —   deydi.   Ruh   quvvati   yaxshilikka
buyuruvchi   va   yomonlikdan   saqlovchi-   dir,   nafs   quvvati   esa   yomonlikka
yurgizuvchi   va   yaxshilikdan   qaytaruvchidir.   Har   kimda   aql   etakchi   bo’lsa,   u
kishini   xatar-   li   joylarga   kirishdan   (yomonlikdan)   qaytarib   turadi,   har   ishda   sabr-
qanoat qilishga  buyuradi”. 16
  Ahmad  Donish  xalq-   ni botildan, yaxshini yomondan,
dononi   nodondan   ajratadi-   gan   mezon   har   bir   kishining   “etarlidan   ortiqcha
dunyoga   ko’n-   gil   qo’yish   yoki   qo’ymasligidadir”,   deydi.   U   ilmni   shunday
ta’riflaydi: “Butun   hunarlarning   a’losi ilmdir”, “Odam yaratilganidan   so’ng   uning
tuganmas  baxti  ilm   va ma’rifatda   bo’ladi” 17
  — deb  yozadi.  Mutafakkir  ilm  olish,
yaxshi   xulq,   ta’lim-tarbiya,   inson   fe’l-atvori   haqida   fikr   bildirar   ekan,   insondagi
yomon   fe’l-atvor   yo’qotilmog’i   kerak,   deydi.   Uning   fikricha,   “ochko’zlik   va
hasadning  insonga  hech qanday  nafi  yo’q, har  kimning  ko’kragidan  xasad  ko’chati
joy   olgan   bo’lsa,   u   ziyondan   boshqa   meva   bermaydi”. 18
  Mutafakkirning
qarashlaridagi   ilm,   mehnat,   adolat,   yaxshilik   haqidagi   fikr-   larni   bebaho   meros
sifatida tarbiya jarayonida  qo’llash  kat ta  ahamiyat  kasb etadi.
15  Дониш А. Наводир  ул-вақое.  Т; 1964.Б.215.
16  Дониш А. Наводир  ул-вақое.  Т; 1964.Б.38.
17   Ўша  асар, Б.358.
18   Ўша  асар, Б.69.
31 Xulosa
  Bilim   olish   faoliyati   nazariy   asoslarini   asoslash   uchun   yaqin   sharq   va
Markaziy   Osiyo   qomusiy   olimlarining   pedagogik   qarashlari   muhim   ahamiyatga
ega.   Oliy   ta’lim   mazmunining   sifatini   takomillashtirish   pedagogikadagi   bugungi
kunda   yangi   pedagogik   innovatsiya   yo’nalishisiz   mumkin   emas.   Oliy   maktabda
innovatsiyon   jarayonlar   innovatsiyon   xususiyati   yangiliklar   kiritish,   o’qituvchilar
kasbiy   imkoniyatlari   bilan   belgilanadi.   Oliy   maktabda   pedagogik   innovatsiyalar
pedagogik   texnologiyalar   muammolari   bilan   uzviy   bog’liqdir.   Pedagogik
texnologiyalardan   foydalanish   ta’lim   texnologiyalari   ilmiy   asoslarini,   mualliflik
maktablarini va yangi tajriba texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bog’iiq.Mazkur
q   o   ’llanmada   pedagogik   texnologiyalam   i   tizim   lashtirish   va   umumlashtirishga
urinishlar ushbu muammoni hal etmaydi. 
Ta’lim   mazmunini   yanada   takomillashtirish   oliy   maktabda   o’quv   jarayoni
yangi texnologik muammolami qo’yishni va hal etishni talab etadi.
Umuman,   qadimgi   Sharq   va   G‘arb   falsafasining   ijtimoiy   muammolari   orasida
axloq   mavzusi   yetakchilik   qiladi.   O‘sha   davrda   yaratilgan   hikmatli   so‘z,   iboralar
bugungi kunda ham insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi. Markaziy Osiyoda
siyosiy   fikrlarning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishida   islom   dini   ham   muhim
manbalardan biri bo‘ldi.
IX   asrda   maxsus   islom   ilmlari   shakllandi.   Greklardan   o‘tgan   falsafa,
matematika,   fizika   va   boshqa   qator   ilmlardan   tashqari   kalom,   hadis,   fiqh   kabi
islomiy   ilmlar   yuzaga   keldi.   Islom   Sharqda   nafaqat   din   sifatida,   balki   yaxlit
madaniyat,   ma’naviyatning   shakllanishida   ham   katta   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   U
madaniyatning ilm-fan, san’at, axloq, siyosat kabi sohalarining rivojiga ham ijobiy
ta’sir   ko‘rsatdi.   Bu   davrda   diniy   ilmlar   sohalarida   mintaqa   shuhratini   olamga
tanitgan imom Buxoriy, imom Termiziy, Nizomulmulk, dunyoviy ilmlar sohasida
esa,   Forobiy,   Beruniy,   Ibn   Sino   hamda   tasavvuf   ma’naviy-ma’rifiy   ta’limoti
sohasida Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro,
Bahouddin   Naqshband   va   boshqa   yirik   alloma   va   mutafakkirlarning   jamiyat
taraqqiyoti   rivojida   ma’naviyat   hodisasining   beqiyos   o‘rni   haqidagi   qarashlari
32 butun   jahon   ilmiy   va   falsafiy   tafakkurining   ravnaqiga   hayotbaxsh   hissa   qo‘shdi.
Abu   Nasr   Forobiy   (873–950)   jahon   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   tarixida   “Sharq
Aristoteli” (“Ikkinchi muallim”) degan unvonga sazovor bo‘lgan mashhur qomusiy
olimdir. Forobiy o‘zining ijtimoiy-falsafiy qarashlarida jamiyatning vujudga kelish
sabablarini,   axloqning   shakllanishi,   inson   va   jamiyatning   o‘zaro
munosabatini,   insoniylik,   adolatparvarlik,   tarraqiyot,   buyuk   jamiyat,   komil   inson
kabi   mavzularni   ilmiy-nazariy   jihatdan   asoslashga   harakat   qilgan.   Forobiy
talqinicha, “…haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni
birlashtirgan   shahar   –   fazilatli   shahardir,   baxtga   erishish   maqsadida
birlashgan kishilar jamoasi – fazilatli jamoadir. 
Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu
tartibda barcha xalqlar baxtaga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun
yer yuzi fazilatli bo‘ladi”.
33  ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Karimov I.A. “Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmaylik” O’zb.Res. Oliy
Kengashi XII sessiyasidagi nutqi 1993 y.
2. Abu Rayxon Beruniy. “Tanlangan asarlar” 1 tom Toshkent Fan 1968 y
151-b
  3.   O.Hasanboeva,   J.Hasanboev,H.Hamidov - Pedagogika   tarixi.
Toshkent.1997yil
      4.   X . Ibragimov,SH.Abdullaeva-Pedagogika   nazariyai.Toshkent.2008
yil
   5.  O’zbek pedagogikasi antologoyasi (Ikkinchi jild) Toshkent.199 yil.
34

ADABIYOT BO’YICHA YETUK MUTAFAKKIRLARNING MA’NAVIY VA MA’RIFIY, MADANIY MEROSLARI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ULARDAN FOYDALANISH 1

ADABIYOT BO’YICHA YETUK MUTAFAKKIRLARNING MA’NAVIY VA MA’RIFIY, MADANIY MEROSLARI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ULARDAN FOYDALANISH MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………….3 I. BOB. Sharq adabiy mutafakkirlarining tarbiya to’g’risidagi fikrlari…………………………………………………………………..5 II. BOB. Sharq adabiyoti mutafakkirlarining ta'lim - tarbiya tog’risidagi ilmiy qarashlari…………………………………………………………8 III. BOB. Sharq adabiy mutafakkirlari asarlarida ta'lim - tarbiya masalasining yoritilishi………………………………………………..19 XULOSA…………………………………………………………………..32 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR…………………………………….34 2

KIRISH O’zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o’ziga xos tajribasini to’plagan. Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so’zi arabcha “robba” fe’lidan olingan bo’lib, o’stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: “Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir”. Rog’ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o’tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unlik hamda muvozanat ila o’stirishdir”. Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo’ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi [1:339-340]. Odob masalasini insoniyat tarixida to’laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning o’z odobi bor. Dunyodagi odobga bag’ishlangan asarlarning asosini va ko’piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag’a yo’q. Qadimda Sharq 3

mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g’oyalar bugungi kunda ham muhim ta’lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma’naviy ozuqa berib kelmoqda. Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining ta’limtarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do’stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, “Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o’tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi”. Har bir xalqning ta’lim-tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo’lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o’z farzandlarini barkamol inson bo’lishini istaydi, o’zlari eta olmagan orzuumidlariga bolalarining etishligini o’ylaydi. Bolalarning har bir yutug’idan quvonishadi, mag’lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko’rish ular uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi. O’tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o’z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo’lamiz. 4

I BOB. SHARQ ADABIY MUTAFAKKIRLARINING TARBIYA TO’G’RISIDAGI FIKRLARI Jonajon O’zbekistonimiz zaminidan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan, umumjahon miqyosida e’tirof etilgan qanchadan- qancha buyuk mutafakkirlar va qomusiy allomalar yetishib chiqqan. Ajdodlarimizdan qolgan boy meros o’zining o’ta muhimligi va ilmiy salohiyati bilan hanuzgacha butun dunyo xalqlarini lol qoldirib kelmoqda. Vatanimiz tarixining ibrat olsa arzigulik zarvaraqlarini holisona o’rganish va ana shunday meros namunalaridan foydalangan holda komil insonlarni shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Komil inson tarbiyasiyada o’zidan o’lmas meros qoldirgan ajdodlar xazinasidan foydalanish bugungi kunning vazifalaridandir. Darhaqiqat, ajdodlar merosi o’zligimiz, ma’naviyatimiz, aslimizdir. Tarbiya muammolari, komillik va inson kamoloti masalalarini o’z asarlarida dasturilamal qilgan ajdodlar ijodiga to’xtalsak. Hadisshunos olimlar ichida eng kuchlisi Imom al-Buxoriydir. Uning 20 dan ortiq katta va kichik kitoblari mavjud bo’lib, ular orasidan “Al-jome’ as- saxix” alohida o’rinda turadi. Bu shoh asar ahamiyati jihatidan Qur’ondan keyingi ikkinchi diniy manba deb e’lon qilingan. Imom al-Buxoriy o’z asarlarida axloq-odob haqida fikr yuritar ekan, odamlarni ota-onani e’zozlashga, ular oldidagi o’z burchlarini mukammal ado etishga da’vat etadi. Inson sifatlari haqidagi qarashlarida jaholat kishiga o’lim keltiruvchi fojea deb qaraladi. U odamlarni to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo qilishga chorlaydi. Munofiq kishining uchta belgisini ko’rsatadi, ular: yolg’on gapirish, va’daga vafo qilmaslik va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. U insonning kuch-qudratini jismonan paxlavonlikda emas, balki jahil chiqqanda o’zini tuta olishda, deb hisoblaydi. 5