TA’LIM JARAYONIDA EVRISTIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
TA’LIM JARAYONIDA EVRISTIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 1
MAVZU: TA’LIM JARAYONIDA EVRISTIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. MUNDARIJA: KIRISH. Evristik metod haqida…………………………………………………3 1. Triz metodi haqida tushuncha…………………………….............................13 2. Chet tilini o’rganishda qo’llaniladigan metodlar…………...........................17 3. Triz metodikasining mohiyati va samaradorligi…………........................... 21 4. Evristik ta’lim texnologiyalari………………………………………………..25 XULOSA…………………………………………………………………………28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….30 2
Kirish . Evristik metod haqida. “Evristika” grekcha so’z bo’lib, ”heurist” so’zi “izlayman”, “topaman” , ”ochdim” ma’nolarini beradi. O’quvchilarning mustaqil, faol, ijodiy faoliyatini tashkil tishda evristik metodlar asosidagi ta’lim alohida o’rin tutadi. Umuman evristik ta’lim juda uzoq antik zamonlardan beri qo’llanib kelinadi. Birinchi bora ta’lim arayonida qo’llanilganda evristik suhbatlar yo’naltirilgan, ketma ket berilgan savollarga javob jarayonida shakllangan, savollarga javob berishda javoblar o’quvchi tomonidan muammolar yechimiga qatnashish jarayonida rivojlantirilgan. Pedagogikada o’quvchi fikrini rivojlantiruvchi, maqsadli, sermahsul ishlanmalar asosida qo’llanilgan. Ko’proq bu usulni birinchilardan bo’lib, matematik olimlar o’quvchilar iste’moliga kiritganlar. Ko’pincha uni “matematik yechish san’ati” metodlari shaklida qo’llash ma’qul ko’rilgan. Keyinchalik uni boshqa o’quv predmetlarini o’qitish jarayonida ilg’or, universal metodlar sifatida ham qo’llashga harakatlar, urinishlar bo’lgan. Bu muammo bilan o’z davrida faylasuf askar, grek matematigi Papi Aleksandriyskiy, keyinchalik fruntsuz faylasufi va matematigi R.Dexretler shug’ullanib, evristik metodlar universal metoddir, degan xulosaga keldilar. Ilg’or metod sifatida uni Yan Amos Komenskiy ta’lim tizimiga kiritish zarurligini uqtirgan. U evristik usuldan ta’lim jarayonida foydalaniladi, shaxsning o’ylashi, ijodiy fikr yuritishi zamirida turli yangiliklarni yaratuvchi shaxs tarbiyalanadi, deb ta’rif beradi. Rus pedagogi P.K.Konterev xalq ta’lim maktablarida evristik ta’lim metodlarini keng qo’llash ijodiy fikr yurituvchi shaxsning shakllanishiga zamin yaratadi, degan fikrni ilgari surdi. Evristik ta’lim metodining keng tarqalishi bizga XX asrning ikkinchi yarmidan kela boshlagan. Ayniqsa, o’quv jarayonigia kibernetikaning kirib kelishi, ilmiy izlanuvchanlik, ijodkorlik, yangiliklar yaratishning oshishi munosabati bilan ta’lim jarayonida keng qo’llashni talab etadi. 1 Hozir fanda evristika yo’nalishi ham rivojlanmoqda. Biror yangilik yaratish g’oyasi ilgari surilgandan keyin yangi 1 Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch, Toshkent, Ma`naviyat, 2008 y 3
ixtiyoriy harakat dasturi tuziladi. Shu aziyatdan chiqish yoki jadallashtirish uchun yangicha ijodiy, nostandart fikrlash orqali yangilik yaratiladi. Fikrlash jarayoni analiz, sintez, umumlashtirish orqali ayrim operatsiyalar ketma -ketlikda yangicha yondashuv orqali yechiladi, hal etiladi. Evristikaning fan sifatidagi vazifalari quyidagilardan iborat: - Hosila beruvchi jarayonlarni o’rganish. Unda kechadigan o’ziga xos psixologik kechinmalarni o’rganish va bilish insonning evristik faoliyati yoki elementlari orqali real vaziyatni ajrata olish va uni xotirada saqlash. - Evristik faoliyatni yuritish uchun (model) sharoitni yaratish printsiplarini o’rganish. - Evristik faoliyatni yuritish, tashkil etish uchun vaziyatni modellashtirish. - Evristik faoliyatni yuritish uchun aniq maqsadga yo’nalgan evristik sistema qonuniyatlarini shakllantirish va yaratish. - Evristik faoliyatni joriy etish qonuniyatlarini amalga oshirish uchun texnik jixozlar konstruktsiyasini yaratish. Evristika fan sifatida o’z kategoriyasi: evristik faoliyat, evristik elementlar apparati, evristik tizim, evristik strategiya, evristik metod, evristik qoida, evristik yo’l kabilarni oladi. Endi evristik metodlar va ulardan foydalanish yo’nalishlari haqida fikr yuritamiz. Evristik savollar metodi. 2 Ma’lum qonuniyatlar va printsiplarga suyanadi. - G’oyani muammoligi va optimalligi (masala yechimida bosh optimal g’oya); - Axborotni bo’lim, bloklarga taqsimlash (maqsad vazifalar yechimidagi ketma-ket kichik yo’nalishlarni yechishga qaratilganligi). 2 Jalolov J.Chet tilini o`qitish metodikasi, Toshkent, “O`qituvchi nashriyoti” 1996 y. 4
Bunday metodlarda tashkil etilgan mashg’ulotlar shu bilan ajralib turadiki, u istalgan muammoni yechishda shaxsni ijodiy yondashuvga, intuitiv fikrlashga olib keladi. Lekin bu metod har doim ham g’oyalar yechimining absalyut yutuqlariga olib kelavermaydi. Ko’p o’lchamli matritsa metodi. Bu metod ilmiy izlanuvchi va yaratuvchining morfologik taktik muammolariga suyanadi: - Echilayotgan g’oyaning ayrim elementlari ma’lum darajada ilgaritdan ma’lum; - G’oyaning yechimida uning ayrim qirralari va elementlari noma’lum; - Muammo yechimi ma’lum emas. Ko’p o’lchamli matritsa metodi sistemali yangicha tahlilga suyanadi, muammoni hal etishda ma’lum printsiplarni o’z ichiga olganligi uchun ko’pgina xatoliklarning oldini olishga imkon beradi.Bu metod ko’pincha murakkab bo’lgan ijodiy muammolarni hal etib qolmay, yangi yangi g’oyalarni tug’ilishiga sabab bo’ladi. Ko’p o’lchamli matritsa metodining o’ziga xos kamchiligi am mavjud. U shundan iboratki, o’rtacha qiyinchilikdagi vazifalar yechimida, juda ko’plab variantlarni keltirib chiqaradi. Bu o’z o’rnida ular ichidagi eng optimalini tanlashga qiyinchilik tug’diradi. Bu metod izlanayotgan muammoning hamma parametrlarini ochib berish kafolatini bera olmaydi. Ko’p o’lchamli matritsa metodi asosida ishlash juda yuqori ko’nikma va mahorat talab etadi. Erkin assotsiatsiyali metod. Evristik faoliyatni yuritishda bu metod yuqori darajadagi ijodiy faoliyatni baholashda, g’oyalarni ilgari surishda yangi yangi assotsiatsiyalarni izlab topish va yaratish imkonini beradi. 5