TA’LIM JARAYONIDA “KEYS-STADI” TEXNOLOGIYASI
T A ’ L I M J A R A Y O N I D A “ K E Y S - S T A D I ” T E X N O L O G I Y A S I Reja: 1. “Keys-stadi” texnologiyasi. 2. Zamonaviy o’qitish amaliyotida o’quv keyslarining turlari. 3. “Keys-stadi” tarkibiy tuzilmasi. 4. Keyslar tipologiyasi. 5. Keys-stadiga asoslangan o’quv topshiriqlari.
So’nggi vaqtlarda “Keys-stadi” metodi xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. “Keys-stadi” texnologiyasi (ingl. “casye” – chemodan, metod, “study” – muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) – 1) talabalarda aniq, real muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya; 2) real vaziyatlarni bayon etishda qo’llaniladigan o’qitish texnikasi Texnologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Tahlil ko’nikmalari va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish. 2. Nazariya va amaliyot birligini ta’minlash. 3. Muammo yuzasidan turli qarashlar va yondashuvlarni namoyish qilish. 4. Qarorlar qabul qilish va uning oqibatlariga doir mulohazalarni taqdim etish. 5. Noaniqliklar mavjud bo’lgan sharoitda muqobil variantlarni baholash ko’nikmalarini shakllantirish Darhaqiqat, keys-stadi talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni o’rganish va tahlil qilishga o’rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir: ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to’plash, ularni o’rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o’qituvchi va talaba (talaba) o’rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o’quv natijalari. “Keys-stadi” texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQShning Garvard universitetining huquq maktabida ta’lim jarayonida qo’llanilgan. Ushbu texnologiya Garvard universitetining biznes maktabida 1920 yilda qo’llanila boshlangan. Keyslarning ilk to’plami 1925 yilda biznes haqidagi Garvard universiteti hisobotlari asosida chop etilgan . Hozirda texnologiya xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng qo’llanilmoqda. O’zbekistonda mazkur texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo’lidagi harakatlar mustaqillik yillarida faollashdi.
Ta’limda qo’llaniladigan “Keys-stadi”ning tayyor variantlari hammavjud bo’lib, ularni sotib olish mumkin. Biroq, eng samarali yo’l har bir fan bo’yicha keyslarning mustaqil yaratilishiga erishishdir. Birgina Garvard universitetida yiliga 700 ta keys ishlab chiqiladi. Ularning narxi 10 $. Ammo ba’zi keyslarning narxi 500 ta 1000 $ gacha. London biznes maktabi va boshqa biznes maktablar o’zlarida 340 nafarga yaqin ishtirokchilarni birlashtirgan holda keyslarni yaratish bilan shug’ullanadi. Texnologiya talabalarda predmetni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishni, amaliy ko’nikmalarni, vaziyatni tahlil qilish va to’g’ri qaror qabul qilishga nisbatan ijodiy yondashish malakalarini rivojlantiradi, turli muammoli vaziyatlar va ularni hal qilish asosida ular tomonidan bilimlarning faol o’zlashtirilishi uchun imkoniyat yaratadi. “Keys-stadi” yordamida talabalar quyidagi ko’nikma, malakalar ga ega bo’ladi: 1. Tahliliy ko’nikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak). 2. Amaliy ko’nikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo’llay bilish). 3. Ijodiy ko’nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni yechish muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha yechimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi). 4. Muloqot ko’nikmalari (unga ko’ra talaba bahs-munozara olib borish, o’z nuqtai nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va ishonarli hisobotni tayyorlash ko’nikmalarini o’zlashtira bilishi zarur). 5. Ijtimoiy ko’nikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida talabalar boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda o’zgalarning fikrlarini qo’llab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qarama-qarshi fikrni bildira olish va o’zini boshqara olishi lozim). 6. O’z-o’zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o’zini tuta bilishi, boshqalarga namuna bo’lishi muhim) Har o’qituvchi keys-stadiga asoslangan o’quv
topshiriqlarining puxta asoslanishiga erisha olishi lozim. Keys topshiriqlarining amaliydidaktik xarakterga ega bo’lishi uchun ularni ishlab chiqishda quyidagilarga e’tiborni qaratish talab etiladi: O’quv keyslarining muhim xarakterli jihatlari talabalarga muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan talabalar e’tiboriga adabiyotlar ro’yxatining taqdim etilishi, ularga metodik ko’rsatma, yo’riqnomalarning berilishi va albatta, o’qituvchi tomonidan muammoning yechimi bo’yicha o’z variantining taqdim etilishi sanaladi. Adabiyotlar ro’yxati o’rganilayotgan muammoga bevosita taalluqli bo’lishi zarur. Keyslarni yechishga doir metodik ko’rsatma, yo’riqnomalar taxminan shunday bo’lishi mumkin: 1. Keys (muammo) bilan tanishing. 2. Muammoning dolzarbligini baholang. 3. Muammoning dolzarbligini dalillar yordamida izohlang. 4. Keys (muammo)ni samarali yechish yo’llarini aniqlang. 5. Keys (muammo)ning samarali yechimini belgilovchi metod va texnologiyalarnitanlang. 6. Keys (muammo)ning samarali yechimini kafolatlovchi faraz (ilmiy faraz)larni shaklantiring. Xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida keyslar amaliy va ilmiy tadqiqotlarini tashkil etish maqsadida qo’llanilishi sababli ular odatda murakkab tarkibiy tuzilma hamda o’rtacha (Yevropa), katta (AQSh) hajmga ega bo’ladi. Ko’p holatlarda keyslar birgina mashg’ulot jarayonida hal qilinmay, balki butun bir semestr, hatto o’quv yili davomida yechiladi. Ularning bu boradagi tajribalaridan bitiruv malakaviy ishlari (bakalavriat), magistrlik dissertasiyalari (magistratura), bitiruv loyiha ishlari (malaka oshirish kurslari)da foydalanish maqsadga muvofiqir. O’quv materialining xarakteridan kelib chiqqan holda oddiy, murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo’lmagan, ya’ni mini testlardan ham foydalanish amaliy qiymatga egaligi ta’lim amaliyotida o’z tasdig’ini topgan. Aytib o’tilganidek, xorijiy mamlakatlar katta hajmli, murakkab ilmiytadqiqot xarakteriga ega keyslar ko’p qo’llaniladi va ularni hal etish butun bir semestr, hatto o’quv yili davomida amalga oshiriladi.
O’zbekiston sharoitida ham ushbu keyslaran samarali foyalanish mumkin. Shu bilan birga o’rganilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida kichik hajmli, sodda – mini keyslardan ham foydalanish foydadan holi emas. Murakkab va oddiy mini keyslar o’rtasidagi eng muhim farqlar – ularning hajmi, murakkablik darajasi va tarkibiy tuzilmasida aks etadi. Murakkab keys (muammoli vaziyat)lar quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo’ladi: 1. Pedagogik annotasiya. 2. Kirish. 3. Keys (muammo)ning bayoni. 4. Keys (muammo)ni yechish yuzasidan topshiriq (yoki savol)lar. 5. Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yxati. 6. Metodik ko’rsatmalar. 7. Keysni yechish jarayoni (tahlil va yechim variantlarini ilgari surish, variantlar maqbulligini tekshirish). 8. Keys yechimi bo’yicha taqdimotni tashkil etish 9. Keys yechimini tahlil qilish. 10. O’qituvchi (keysolog)ning yechimi Mini keyslar uchun quyidagi tarkibiy tuzilmaga egalik xarakterlidir: 1. Keys (muammo)ning bayoni. 2. Keys (muammo)ni yechish yuzasidan topshiriq (yoki savol)lar. 3. Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yxati. 4. Metodik ko’rsatmalar. 5. Keysni yechish jarayoni (tahlil va yechim variantlarini ilgari surish, variantlar maqbulligini tekshirish). 6. Keys yechimi bo’yicha taqdimotni tashkil etish. 7. Keys yechimini tahlil qilish. 8. O’qituvchi (keysolog)ning yechimi Anglanganidek, ta’lim jarayonida o’quv keyslarini qo’llashda jarayon (mashg’ulot) yakunida albatta o’qituvchi (keyolog)ning yechimi taqdim etilishi zarur. Buning didaktik ahamiyati bu yechim asosida talabalarning o’z o’quv-bilish harakatlarining qanchalik to’g’ri, samarali,