MODUL TA’LIM TEXNOLOGIYASI
M O D U L T A ’ L I M T E X N O L O G I Y A S I Modul ta’lim texnologiyasi Reja: 1. Modulli o’qitish. 2. Modulli o’qitishning tamoyillari. 3. Modul tuzilmasi. 4. Modulli ta’limda o’quv dasturlari. 5. Modulli ta’lim tizimida “subyekt-subyekt” munosabatlari.
Modulli o’qitish - o’qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir. An’anaviy ta’limda o’quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan ya’ni bilim berishga yo’naltirilgan bo’lsa, modulli o’qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo’naltirilgan bo’ladi. Modulli o’qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: - ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi; - malakali professor-o’qituvchilar tarkibi darajasi; - talabalar tayyorgarligi darajasiga; - kutiladigan natijalar bahosiga; - didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga; - modullar natijasi va tahliliga. Modulli ta’limda o’quv dasturlari to’la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o’qitish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni o’qitishni individuallashtirish mumkin bo’ladi. Modulli o’qitishga o’tishda quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: Ø o’qitishning uzluksizligini ta’minlash; Ø o’qitishni individuallashtirish; Ø o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish; Ø o’qitishni jadallashtirish; Ø fanni samarali o’zlashtirishga erishish. Modulli ta’lim quyidagi tamoyillarga asoslanadi: Faoliyatlilik tamoyili: Bu tamoyil mutaxassisning kasbiy faoliyati mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi. Bu tamoyilga ko’ra modullar fan bo’yicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuv asosida tuzilishi mumkin. Tizimli kvantlash usuli - bu prinsip didaktik birliklar umumlashtirilgan nazariyalarining talablariga asoslanadi. Modulda tizimli kvantlash tamoyili o’quv materialining tegishli tuzilmasini tuzish yo’li bilan erishiladi. Modul umumiy ko’rinishda quyidagi elementlardan iborat bo’lishi mumkin: - tarixiy - bu muammo teorema masala kashfiyot va tushunchalarning tarixiga qisqacha sharh berish; - muammoli - bu muammoni shakllantirish; - tizimli - bu modul tarkibi tizimini namoyon etish; - faollashtirish - bu yangi o’quv materialini o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan tayanch iboralar va harakat usullarini ajratib ko’rsatish;
- nazariy - bu asosiy o’quv materiali bo’lib, unda - didaktik maqsadlar muammoni ifodalash gipotezani asoslash muammoni yechish yo’llari ochib ko’rsatiladi; - tajribaviy - bu tajribaviy materialni (o’quv tajribasi tajribaviy ishni) bayon etish; - umumlashtirish - bu muammo yechimini va modul mazmunini umumlashtirish; - joriy etish- bu harakatlarning yangi usullarini ishlab chiqish va o’rganilgan materialni amaliyotda qo’llash; - xatoliklar – talabalarning modul mazmunini o’rganishdagi o’zlashtirishda kuzatiladigan xatoliklarini ochib tashlash, ularning sababini aniqlash va tuzatish yo’llarini ko’rsatish; - bog’liqlik - o’tilgan modulni boshqa modullar bilan shu jumladan yondosh fanlar bilan bog’liqligini namoyon etish; - test va topshiriqlar yordamida baholash - modul mazmunini talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash. Modullilik tamoyili - bu tamoyil o’qitishni individuallashtirishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Birinchidan, modulning dinamik tuzilmasi fan mazmunini uch xil, ya’ni to’la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan ko’rinishda namoyon etish imkoniyatini beradi. O’qitishning u yoki bu turini tanlash talabaning o’ziga havola qilinadi. Ikkinchidan, modul mazmunini o’zlashtirishda o’qitish usuli va shakllarining turliligida ham modullilik namoyon bo’ladi. Bu esa o’qitishning faollashtirishga shakl va usullar (dialog, mustaqil o’qish, o’quv, imitasion o’yinlar va hokazo) hamda muammoli ma’ruzalar seminarlar maslahatlar bo’lishi mumkin. Uchinchidan, modullilik yangi materialni pog’onasimon o’zlashtirishda ta’minlanadi, ya’ni har bir fan va har bir modulda o’qitish oddiydan murakkabga qarab yo’nalgan bo’ladi. To’rtinchidan, modulga kiruvchi o’quv elementlarining moslanuvchanligi tufayli o’quv materialini muntazam ravishda yangilab turish imkoniyati tug’iladi. Muammolilik tamoyili- muammoli vaziyatlar va mashg’ulotlarni amaliy yo’naltirilganligi o’quv materialining o’zlashtirilish
samaradorligini oshishiga imkon beradi. Kognitiv vizuallik (ko’z bilan kuzatiladigan) tamoyili-bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi. O’qitishdagi ko’rgazmalar nafaqat so’roq vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o’zlashtirish unumdorligini oshiradi. Aynan shuning uchun kognitiv grafika-sun’iy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi bo’lib, murakkab obyektlar kompyuter sur’atchalari ko’rinishida tasvirlanadi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo’lib rangli bajarilgan kognitiv-grafik o’quv elementlari xizmat qiladi. Xatoliklarga tayanish tamoyili- bu tamoyil o’qitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga talabalarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quv vaqtini tejash tamoyili - bu tamoyil talabalarda individual va mustaqil ishlash uchun o’quv vaqtining zahirasini yaratishga yo’naltirilgan bo’ladi. To’g’ri tashkil qilingan modulli o’qitish o’qish vaqtini 30% va undan ortiq tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o’qitishning barcha tamoyillari to’la amalga oshirilganda, o’quvjarayoni kompyuterlashtirilganda yondosh fanlarning o’quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin. Modulli ta’lim yuqorida aytib o’tilganidek “subyekt-subyekt” munosabatlariga qurilgan. Shu sababali talabalarning mustaqil faoliyatiga katta e’tibor qaratiladi. Talaba mustaqil faoliyatini samarali bo’lishi uchun pedagogdan turli xildagi maslahatlar tizimi talab qilinadi. Shu sababli xorij tajribasida pedagogik yordamning turli ko’rinishlari takomillashib bordi va bugungi kunda pedagogik faoliyatiga ko’ra bir qancha tushunchalar kelib chiqishiga sabab bo’ldi, jumladan: Tyuter - ( lot. tutorem – maslahatchi) faoliyati talabalarga o’quv jarayoniga moslashish, vujudga keluvchi ayrim savollarga javob topishga yordamlashishga qaratilgan. Edvayzer - (advisor - qadimgi fransuz so’zi “avisen”, “o’ylamoq” so’zidan olingan ) individual holda diplom ishi, kurs ishini ishlab chiqish, ilmiytadqiqot olib borish, individual dasturlarni ishlab chiqish jarayonida maslahatchidir.
Moderator - ( lot. Moderor – me’yorlashtiraman, tekshiraman) qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, talabalarning qobiliyatlarni ochilishiga, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Fasilitator (ingl. facilitator, lot. facilis – «yengil, qulay» degan ma’noni bildiradi) – fasilitator gruhlarda faoliyatni tashkil etishda ko’maklashadi. U guruhlardagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlashi, guruhda sog’lom muloqotni o’rnatishi, gruhda ishlash qoidalari va regamentlariga amal qilishni ta’minlashi joiz. Fasilitator gruhda qulay psixologik muhitni yaratadi va faoliyatni samarali bo’lishiga yordam beradi. Ushbu tushuncha mumtoz psixolog Karl Rodjers tomonidan kiritilgan bo’lib, ingliz zabon mamlakatlarining ta’lim muassasalarida keng foydalaniladi. 1989 yildan buyon Xalqaro bosh fasilitatorlar assosiasiyasi (The International Association of Facilitators) faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda uning faoliyatida 63 davlatning 1200 a’zosi ishtirok etmoqda. Fasilitator faoliyati turli modellarda uchraydi Modulli ta’lim bir qator g’oyalarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Ular: talabalar mustaqil tarzda bilimlarni o’zlashtirishlari, o’rganishlari, o’qituvchi esa ularning o’quv faoliyatini boshqarishi lozim. Bu jarayonda o’qituvchi talabalarni o’quv faoliyatiga yo’naltirishi, ularda mazkur faoliyatga nisbatan moyillikni hosil qilishi, ularning o’quv faoliyatini tashkil etishi, muvofiqlashtirishi va maslahatlar berishi kerak. Ushbu texnologiya pedagogika nazariyasi va amaliyotida to’plangan barcha ilg’or tajribalarni o’zida mujassamlashtiradi. Modulli o’qitish texnologiyasi – funksional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogik psixologiyaning umumiy nazariyasidan kelib chiqadi1. Odatda modul 3-6 soatli ma’ruzaviy mashg’ulotlar va shu bilan bog’liq bo’lgan amaliy (seminar), laboratoriya mashg’ulotlaridan iborat bo’ladi. Fanning tushuntiruv apparatining qat’iy tizimli (ko’p qirrali) tahlili asosida eng samarali modul tuziladi. Bu esa fundamental iboralar guruhini ajratish, materialni mantiqan va ixcham guruhlash imkoniyatini beradi. Modul – mustaqil tarkibiy birlik bo’lgani uchun, ba’zi hollarda, alohida talabalarga fanni to’laligacha emas, balki faqatgina bir qator modullarini tinglash imkoniyatini beradi. Bu esa iqtidorli talabalarning individual va mustaqil ishlarini optimal rejalash imkoniyatini