logo

Didaktik o’yin texnologiyasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.9970703125 KB
  Didaktik o’yin texnologiyasi
Reja.
1. Didaktik o‘yinlar turlari va maqsadlari.
2.Didaktik   o‘yin   texnologiyalari   amalga   oshiriladigan   ayrim
noana’naviy dar s  shakllari. Didaktik   o‘yinlar   texnologiyalari   o‘quvchi   faoliyatini   faollashtirish   va
jadallashtirishga  asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni
ro‘yobga   chiqaradi   va   rivojlantirishning   amaliy   echimlarini     aniqlash   va
amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Didaktik   o‘yinlarning   asosiy   turlari:   intellektual   (aqliy)   va   harakatli
hamda   aralash   o‘yinlardan   iborat.   Bu   o‘yinlar   ishtirokchilarda   aqliy,
jismoniy,   axloqiy,   psixologik,   estetik,   badiiy,   mehnat   va   boshqa
ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan   o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini,
ularning   turli   yo‘nalishdagi   qobiliyat   va     qiziqishlarini   oshiradigan,
biror   kasbga   moyilliklarini   ko‘rsatadigan   didaktik   o‘yinlardan
foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar  nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik
va   boshqa   yo‘nalishlar   bo‘yicha   turlarga   ajratiladi.     Hozirda   kompyuter
vositasidagi didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlar   o‘quvchilarda   tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq
qilish,  hisoblash,    o‘lchash,  yasash,  sanash,  kuzatish, solishtirish, xulosa
chiqarish,   mustaqil   qaror   qabul   qilish,   guruh   yoki   jamoa   tarkibida
ishlash, axloq-odob o‘rgatish, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar
o‘rgatish   va   boshqa   faoliyat   turlarini   rivojlantirishga   yo‘naltirilgan
o‘yinlarga ajratiladi.
Didaktik o‘yinlardan alohida foydalanish orqali boshqa usullar yordamida
erishish   qiyin   bo‘lgan   ta’lim-tarbiyaviy   maqsadlarni   amalga   oshirish   ko‘zda
tutiladi.   Turli   o‘quv   fanlariga   oid   didaktik   o‘yinlar   mavjud   bo‘lib,   ular   shu
fanlarni sifatli  o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.  
Umumiy   o‘yinlar   nazariyasiga   ko‘ra,   mavjud   barcha   o‘yin   turlarini
tasniflashda   ularni   funksional,   mavzuli,   konstruktiv,   didaktik,   sport   va
harbiy   o‘yinlar ga   ajratiladi.   Bularning   orasida   didaktik   o‘yinlar   alohida
ahamiyatga ega. O‘yinlar maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi.   Bu   esa   pedagog   va   psixolog   olimlar   tomonidan   shu   yosh
davridagi   o‘yinlarning   ta’lim-tarbiyaviy   ahamiyatini     o‘rganish     va   yanada
oshirish  bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo‘ladi.  
Natijada,   1960-yillar   boshidan   AQSHda,   so‘ngra   boshqa   g‘arb
mamlakatlarida   ishchanlik   o‘yinlari   qo‘llanila   boshladi.   Ishchanlik   o‘yinlari
tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan
iborat deb ta’kidlaganlar.
Didaktik   o‘yinlarning   yana   bir   turi   –   aqliy   hujum   usulini   birinchi   marta
1939 yilda A.F.Osborn  qo‘llagan. Bu usulni   g‘oyalar banki  deb nomlagan.
U muammolarni quyidagicha echishga asoslanadi:
- muammoli vaziyat yaratish;
- g‘oyalarni shakllantirish;
-   eng   yaxshi   g‘oyalarni   tekshirish,   baholash   va   uni   echish   bo‘yicha
iloji boricha ko‘p, ba’zan, batamom kutilmagan g‘oyalarni berish uchun
eng   qulay   sharoit   yaratilishi   aqliy   hujum   mashg‘uloti   samaradorligini
belgilaydi. 
Ma’lumki,   o‘quvchilarning   bilish     faoliyati   o‘yin   faoliyati   bilan
uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar  deyiladi.
Didaktik o‘yinli texnologiyalar o‘quvchilarning bilim olish faoliyatin o‘yin
faoliyati   bilan   qo‘shib   olish   borishdan   iborat.   Didaktik   o‘yinlar   musobaqa,
raqobat,   o‘zaro   yordam,   hamkorlik   tarzida   olib   boriladi.   Buning   uchun
o‘qituvchi   didaktik   o‘yindan   ko‘zda   tutilgan   maqsad,   uni   amalga   oshirish
yo‘llari, o‘yin mazmuni  va ishtirokchilari  faoliyatini  aniqlab  oladi.  Didaktik
o‘yin   darslari   ta’lim   va   tarbiya   berish,   o‘quvchilar   faoliyatini   yo‘naltirish,
kasbga   yo‘naltirish,   o‘quvchilarning   muloqot   va   nutq   madaniyatini
rivojlantirish,   ular   bilimlarini   chuqurlashtirish   va   shaxsni   rivojlantirish
vazifasini bajaradi. Didaktik     o‘yinli   darslarni   mazmuniga   ko‘ra   sahnalashtirilgan   rolli
o‘yinlar,   ijodiy   ishbilarmonlik   o‘yinlari,   konferensiya   va   o‘yin   mashqli
darslarga ajratish mumkin.
Didaktik   o‘yinli   darslarning   syujetli-rolli,     ijodiy,   ishbilarmonlar,
konferensiyalar va o‘yin mashklar  kabi turlari bor. 
Mazkur  darsga     hamma  o‘quvchilar   ular qaysi  rolni  bajarishidan  qat’iy
nazar qizqin tayyorgarlik ko‘rishi lozim .
    Didaktik o‘yinlarni amalda qo‘llash shart-sharoitlari
Didaktik   o‘yinlarni   tanlashda   ishtirokchilarning   yoshi,   bilimi   va
tarbiyalanganlik   darajasi   hisobga   olinadi.   Har   bir   didaktik   o‘yin
mashg‘ulotlariga   o‘ziga   xos   xavfsizlik   talablari   qo‘yiladi.   Bu   xavfsizlik
talablariga   to‘liq   rioya   qilinishi   har   bir   tashkilotchining   doimiy   e’tiborida
bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari har bir didaktik o‘yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini
turli   belgilash   va   unga   rioya   qilishning   o‘ziga   xos   asoslarini   bilish   va
darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi.
Didaktik o‘yin turlarini tanlash mezonlari:
- ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha   –  o‘g‘ il bolalar,  qiz  bolalar,  o‘ smirlar, katta
yoshdagilar uchun o‘yinlar;
- ishtirokchilar soni bo‘yicha   –   yakka, juftlikda, kichik guru h , katta guru h
sinf jamoasi, ra q obatdosh komandalar, sinflararo va ommaviy o‘yinlar;
-   o‘yin   jarayoni   bo‘yicha   –   fikrlash,   o‘ ylash,   topa g‘ onlik,   h arakatlar,
musoba q a va bo shq alarga yo‘naltirilgan o‘yinlar;
-   va q t   me’yori   bo‘yicha   –   dars,   mash g‘ ulot   va q tining   reja   bo‘yicha
ajratilgan   q ismi,   o‘yin   ma q sadiga   erishguncha,   g‘ olib   yoki   g‘ oliblar
an iq languncha davom etadigan va bo shq a o‘yin lar. Didaktik   o‘yinlar   vositalari,   ularni   tayyorlash   va   mash g‘ ulotlar
samaradorligini oshirish omillari
H ar bir didaktik o‘yin jarayonida o‘ziga xos vositalar turlari  qo‘ llaniladi va
mash g‘ ulot jarayonida ulardan tur l i, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu
vositalarni  q uyidagi turlarga ajratish mumkin:
-   konselyariya   tovarlari   –   turli   o‘ lchamlardagi   o q   va   rangli   q o g‘ ozlar,
skotch, flomasterlar, ruchka,  q alam, chiz g‘ ichlar,  q aychi, elim va bosh q alar;
-   texnika   vositalari   –   proektor,   mikrofon,   kompyuter;   videokamera,
videomagnitofon, televizor va bosh q alar;
-   o‘q uv   asbob-uskunalari   –   o‘q uv   laboratoriya   va   ustaxona   ji h ozlari,
o‘ lchov   asboblari,   o‘q uv   priborlari,   moslama,   mexanizm,   model   va
bo shq alar;
- ma h alliy va tabiiy materiallardan tayyorlangan vositalar.
Didaktik o‘yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan   h ar bir material
bilan   ishlash,   ulardan   tegishli   didaktik   vositalarni   tayyorlash   h amda
xavfsizlikni   ta’minlash   texnologiyalarini   puxta   bilishlari   va   rioya   q ilishlari
lozim.   CHunki   didaktik   vositalarning   sifati,   k o‘ zda   tutilgan   ma q sadlarga
mosligi, qulayligi va ulardan turli foydalanish mashg‘ulotlar samaradorligini
oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2.   Didaktik   o‘yin   texnologiyalari   amalga   oshiriladigan   ayrim
noana’naviy dar s  shakllari
Ishchanlik   o‘yini   darsi   –   dars   mavzusi   bo‘yicha   masalalarni   h al   etish
jarayonida   o‘q uvchilarning   faol   ishtirok   etishini   ta’minlash   orqali   yangi
bilimlarni o‘zlashtirishish m umkin .
Rolli   o‘yin   darsi   –   dars   mavzusi   bo‘yicha   masalalarni   o‘rganishda
o‘q uvchilarga     oldindan ma’lum     rollarni ta q simlash va dars jarayonida shu
rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni musta h kamlash darsi. Teatrlashtirilgan   dars   –   dars   mavzusi   bilan   bog‘liq   sa h na   k o‘ rinishlari
tashkil   etish   orqali   dars   mavzusi   bo‘yicha   chu q ur,   aniq   ma’lumotlar   berish
darsi.
Kompyuter   darsi   –   tegishli   o‘q uv   fani   bo‘yicha   dars   mavzusiga   do i r
kompyuter   materiallari   (multimedia,   virtual   o‘q uv   kursi   va   shu   kabilar)
asosida  o‘ tiladigan dars.
Kim  oshdi   savdosi   darsi   –   o‘q uv  fani  ayrim  bo‘limi  bo‘yicha  bilimlarni
h ar bir  o‘qu vchi  q anchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi.
YArmarka   darsi   –   dars   mavzusini   b o‘ laklar   bo‘yicha   oldindan
o‘zlashtirishgan   o‘q uvchilarning   o‘zaro   mulo q ot   asosida   sinfga   q izi qa rli
tushuntirish or q ali o‘tiladigan dars.
Formulalar   darsi   –   o‘quvchilarning   formulalarni   puxta
o‘zlashtirishishlari bo‘yicha turli o‘yinlar shaklidagi manlar  o‘t kazish darsi.
O‘ yin   darsi   –   dars   mavzusiga   mo s   o‘yin   or q ali   o‘q uvchilarning
o‘zlashtirishishlarini tashkil  q ilish darsi.
«Sud»   darsi   –   o‘q uvchilar   bilan   dars   mavzusiga   mos   «sud»   jarayonini
tashkil etish or q ali yangi mavzuni tushun tirish darsi.
Konsert darsi   – dars mavzusini sa h nalashtirgan   h oldagi konsert shaklida
ifodalash   mash q lari   bo‘lib,   o‘q uvchilarni   faollashtirish   va   bilimini
musta h kamlash  imkoniyatini beradi.
«Tergovni   bilimdonlar   olib   boradi»   darsi   –   dars   mavzusini   oldindan
puxta   o‘rgangan   o‘q uvchilar   yordamida   q iz iq arli   savol-javoblar,   ta h lillar
asosida   isbotlab   tushuntirish   ma t nlari   bo‘lib,   bunda   o‘q uvchilar   dars   mav -
zusini o‘zlashtirib, eslab  q olishlari uchun  q ulaylik yaratiladi.
Integratsiyalashgan   dars   –   bir   nechta   fanlarga   doir   va   integratsiyalash
uchun   qulay   bo‘lgan   mavzular   bo‘yicha   tashkil   qilingan   dars   bo‘lib,
o‘q uvchilarning   turli   fanlarga   q izi q ishlarini   orttirib,   ta’lim   jarayonidagi
faolliklarini  ta’minlaydi. Bunday darslar  o‘q uvchilarga fanlararo bo g‘ l iqli kni o‘rgatish or q ali ularda
olam tuzilishining ilmiy asoslarini t o‘ l iq  idrok etish, ilmiy dunyo q arashlarini
shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat  q iladi.
«Mu’jizalar maydoni»  darsi   – o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan qiziqarli
o‘yin bo‘lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida turli javoblar topish
va   g‘oliblarni   rag‘batlantirish   orqali   o‘quvchilarda   fikrlash,   topqirlik,
ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi. Adabiyotlar
1.   Lutfillaev   M.X.   Oliy   ta’limda   axborot   texnologiyalari   integratsiyasi.
Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b.
2.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
3. Raxima   Mavlvanova,   Nargiz   Raxmankulova   Boshlang‘ich   ta’lim
pedagogikasi,   innovatsiya   va   intergatsiya   “Boshlangich   ta’lim”
mutaxassisligi:   Bakaiavriyat   yo‘nalishi   -   5111700   bo‘yicha   pedagogika
universitetining   talabalari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.-T.:   «   Voris-nashriyoti   »
2013y.
4.   N.N.Azizxujaeva   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   T.:   Fan,
2003y.
5. Omonov   X.,   Xo‘jaev   N.,   Madyarova   S.,   Eshchonov   E.,   Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: IQTISOD MOLIYA, 2009.
6. Musurmonova   O.   Pedagogik   texnologiyalar   –   ta’lim   samaradorligi   omili;
monografiya / T.: “YOshlar nashriyot uyi”, 2020  y . 
7.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.

Didaktik o’yin texnologiyasi Reja. 1. Didaktik o‘yinlar turlari va maqsadlari. 2.Didaktik o‘yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy dar s shakllari.

Didaktik o‘yinlar texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi va rivojlantirishning amaliy echimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sanash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o‘rgatish, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarga ajratiladi. Didaktik o‘yinlardan alohida foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Turli o‘quv fanlariga oid didaktik o‘yinlar mavjud bo‘lib, ular shu fanlarni sifatli o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi. Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlar ga ajratiladi. Bularning orasida didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega. O‘yinlar maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyat shakli

hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish va yanada oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo‘ladi. Natijada, 1960-yillar boshidan AQSHda, so‘ngra boshqa g‘arb mamlakatlarida ishchanlik o‘yinlari qo‘llanila boshladi. Ishchanlik o‘yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb ta’kidlaganlar. Didaktik o‘yinlarning yana bir turi – aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 yilda A.F.Osborn qo‘llagan. Bu usulni g‘oyalar banki deb nomlagan. U muammolarni quyidagicha echishga asoslanadi: - muammoli vaziyat yaratish; - g‘oyalarni shakllantirish; - eng yaxshi g‘oyalarni tekshirish, baholash va uni echish bo‘yicha iloji boricha ko‘p, ba’zan, batamom kutilmagan g‘oyalarni berish uchun eng qulay sharoit yaratilishi aqliy hujum mashg‘uloti samaradorligini belgilaydi. Ma’lumki, o‘quvchilarning bilish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deyiladi. Didaktik o‘yinli texnologiyalar o‘quvchilarning bilim olish faoliyatin o‘yin faoliyati bilan qo‘shib olish borishdan iborat. Didaktik o‘yinlar musobaqa, raqobat, o‘zaro yordam, hamkorlik tarzida olib boriladi. Buning uchun o‘qituvchi didaktik o‘yindan ko‘zda tutilgan maqsad, uni amalga oshirish yo‘llari, o‘yin mazmuni va ishtirokchilari faoliyatini aniqlab oladi. Didaktik o‘yin darslari ta’lim va tarbiya berish, o‘quvchilar faoliyatini yo‘naltirish, kasbga yo‘naltirish, o‘quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish, ular bilimlarini chuqurlashtirish va shaxsni rivojlantirish vazifasini bajaradi.

Didaktik o‘yinli darslarni mazmuniga ko‘ra sahnalashtirilgan rolli o‘yinlar, ijodiy ishbilarmonlik o‘yinlari, konferensiya va o‘yin mashqli darslarga ajratish mumkin. Didaktik o‘yinli darslarning syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar va o‘yin mashklar kabi turlari bor. Mazkur darsga hamma o‘quvchilar ular qaysi rolni bajarishidan qat’iy nazar qizqin tayyorgarlik ko‘rishi lozim . Didaktik o‘yinlarni amalda qo‘llash shart-sharoitlari Didaktik o‘yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik o‘yin mashg‘ulotlariga o‘ziga xos xavfsizlik talablari qo‘yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e’tiborida bo‘lishi lozim. Bundan tashqari har bir didaktik o‘yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini turli belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi. Didaktik o‘yin turlarini tanlash mezonlari: - ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha – o‘g‘ il bolalar, qiz bolalar, o‘ smirlar, katta yoshdagilar uchun o‘yinlar; - ishtirokchilar soni bo‘yicha – yakka, juftlikda, kichik guru h , katta guru h sinf jamoasi, ra q obatdosh komandalar, sinflararo va ommaviy o‘yinlar; - o‘yin jarayoni bo‘yicha – fikrlash, o‘ ylash, topa g‘ onlik, h arakatlar, musoba q a va bo shq alarga yo‘naltirilgan o‘yinlar; - va q t me’yori bo‘yicha – dars, mash g‘ ulot va q tining reja bo‘yicha ajratilgan q ismi, o‘yin ma q sadiga erishguncha, g‘ olib yoki g‘ oliblar an iq languncha davom etadigan va bo shq a o‘yin lar.

Didaktik o‘yinlar vositalari, ularni tayyorlash va mash g‘ ulotlar samaradorligini oshirish omillari H ar bir didaktik o‘yin jarayonida o‘ziga xos vositalar turlari qo‘ llaniladi va mash g‘ ulot jarayonida ulardan tur l i, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni q uyidagi turlarga ajratish mumkin: - konselyariya tovarlari – turli o‘ lchamlardagi o q va rangli q o g‘ ozlar, skotch, flomasterlar, ruchka, q alam, chiz g‘ ichlar, q aychi, elim va bosh q alar; - texnika vositalari – proektor, mikrofon, kompyuter; videokamera, videomagnitofon, televizor va bosh q alar; - o‘q uv asbob-uskunalari – o‘q uv laboratoriya va ustaxona ji h ozlari, o‘ lchov asboblari, o‘q uv priborlari, moslama, mexanizm, model va bo shq alar; - ma h alliy va tabiiy materiallardan tayyorlangan vositalar. Didaktik o‘yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan h ar bir material bilan ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash h amda xavfsizlikni ta’minlash texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya q ilishlari lozim. CHunki didaktik vositalarning sifati, k o‘ zda tutilgan ma q sadlarga mosligi, qulayligi va ulardan turli foydalanish mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 2. Didaktik o‘yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy dar s shakllari Ishchanlik o‘yini darsi – dars mavzusi bo‘yicha masalalarni h al etish jarayonida o‘q uvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishish m umkin . Rolli o‘yin darsi – dars mavzusi bo‘yicha masalalarni o‘rganishda o‘q uvchilarga oldindan ma’lum rollarni ta q simlash va dars jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni musta h kamlash darsi.