logo

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida informatika fanlarini o’qitish. Informatikani o’qitishda hamkorlikda, jamoada, muammoli o’qitish; modul, didaktik-o’yin texnologiyalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.6005859375 KB
Shaxsga   yo’naltirilgan   ta’lim   texnologiyalari   asosida   informatika   fanlarini
o’qitish. Informatikani o’qitishda hamkorlikda, jamoada, muammoli o’qitish;
modul, didaktik-o’yin texnologiyalari 
                                                     Reja: 
1. Informatika   o’qitishda   shaxsga   yo’naltirilgan,   hamkorlikda,   jamoada   va
muammoli o’qitish texnologiyalari. 
2. Informatika o’qitishda didaktik o’yin texnologiyalari. 
  1. Informatika o’qitishda shaxsga yo’naltirilgan, hamkorlikda, jamoada va
muammoli   o’qitish   texnologiyalari.   Shaxsga   yo’naltirilgan   ta`limning   asosiy
tamoyili   ta`lim   markazida   talaba   (o’quvchi)   qo’yiladi.   Ta`lim   samaradorligini
oshirishda   shaxsga   yo’naltirilgan   ta`lim   muhim   hisoblanib   u   quyidagilarga
asoslanadi: 
- shaxsning xususiyatlariga; 
- uning oldingi tajribalariga; 
- aqliy xususiyatlariga; 
- ta`lim jarayoniga mos taxnologiyalarni tanlashga.
  Hamkorlikda   ta`lim   olish   metodi   ta`lim   samaradorligini   oshirish   usullaridan
biri bo’lib, uning asosiy g’oyasi turli o’quv holatlarida talaba (o’quvchi)larning
faol   o’quv   faoliyatlari   uchun   sharoit   yaratish   ya`ni   talabalar   uchun
ma`lumotlarning   axborot   banki,   nazorat-sinov   banki,   masofadan   turib   ta`lim
olish, mustaqil ishlarni to’g’ri tashkillashtirish kabi muammolarning echilishida
qo’l   keladi.   Hamkorlikda   o’rganish   modeli   –   o’quvchilarning   mustaqil
huruhlarda   ishlashi   evaziga   ta`lim   olishini   ko’zda   tutuvchi   metod.   Talabani
mustaqil ishlashga o’rgatish birinchi navbatda dars mashg’ulotlarida etakchi va
tajribali   o’qituvchilarning   ma`ruzalarini   tinglash,   konspektlar   yozish   va   ularni
to’ldirish, ilmiy va ilmiy-uslubiy jurnallardagi maqolalarni o’rganish, darslik va
adabiyotlar   bilan   ishlashga,   elektron   manbalardan   foydalanishga   o’rganishdan
boshlanadi.   O`quv   materialining   samarali   o’zlashtirilishi   amaliy,   seminar   va
laboratoriya   mashg’ulotlarida   va   talabalarning   jamoa   bo’lib   ta`lim   olishlarida
davom   ettiriladi.   Muammoli   ta`limning   asosiy   maqsadi.   “Kadrlar   tayyorlash
milliy   dasturi”ning   talablari   asosida   bilim   oluvchilarning   mustaqilligi   va
faolligini   oshirish,   tafakkurini   rivojlantirish,   o’zlashtirilgan   bilimlarning
amaliyotga   tatbiq   etilishini   kuchaytirishdan   iboratdir.   Pedagogik-psixologik
adabiyotlarda   muammoli   ta`limning   ilmiy-nazariy   asoslari   haqida   gap
borganda,   uni   ta`limning   metodi,   printsipi   yoki   alohida   tizim   deb   hisoblash holatlari   uchraydi.   Muammoli   ta`limni   qanday   nomlashdan   qat`iy   nazar   uning
asosiy hususiyati  – bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil, ilmiy,
ijodiy izlanish, o’zi uchun yangi bilim, ko’nikma va malakalarni kashf etishdan
iboratdir. Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yo’li bilan
egallanadigan   bilim,   ko’nikma   va   malakalar   yig’indisiga   muammoli   ta`lim
deyiladi.   Respublikamizda   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalarning   ta`lim
jarayoniga   tatbiq   etilishi   muammoli   ta`limni   hozirgi   sharoitda   dolzarb
pedagogik   masalaga   aylantirdi.   Muammoli   ta`lim   o’zining   maxsus
tushunchalariga   ega   bo’lib,   ularning   mohiyatini   bilmasdan   turib,
mashg’ulotlarni   muammoli   tarzda   tashkil   etib   bo’lmaydi.   Muammoli   ta`lim
quyidagi asosiy tushunchalarga ega: 
- Muammo
 - Muammoli savol 
- Muammoli vazifa 
- Muammoli topshiriq 
- Muammoli vaziyat 
Muammoli   ta`limning   asosiy   tushunchalariga   izoh   berishdan   oldin,   tayyor
bilimlarni   o’qituvchi   tamonidan   berilishi   yoki   o’quvchining   mustaqil
egallashini   izohliko’rgazmali   metodi   natijasi   sifatida   aniq   tasavvurlar   hosil
qiladigan, ongda saqlanadigan, zarur bo’lganda qayta tiklanishini  aniqlaydigan
axborot   shaklidagi   savolni   tushunish   o’rinlidir.   Axborot   shaklidagi   savol:
tayyor   javobi   bo’lgan,   xotiradagi   bilimlarga   tayanib   yechimi   topiladigan   holat
bo’lib, “nima, kim, qachon, qayerda, qanday, qancha, qaysi, ...?” kabi so’roqlar
asosida   javobi   aniqlanadi.   Muammoli   ta`limning   dastlabki   tushunchasi
muammo hisoblanadi. Muammo  yunoncha “problem” so’zidan olingan bo’lib,
vazifa, topshiriq degan ma`noni anglatadi. Tayyor javobi bo’lmagan, o’rganish,
tadqiq etishni talab qiladigan nazariy yoki amaliy masala muammo hisoblanadi.
Inson hayoti va faoliyati jarayonida cheksiz muammolarga duch keladi. Shaxsiy muammolar,   ijtimoiy   muammolar,   turmush   muammolari,   ta`lim-tarbiya
muammolari va boshqalar. Bularning har biri o’ziga xos yechim yo’llariga ega.
Ta`limiy   muammolar   bilim   oluvchidan   aqliy   operatsiyalarni   bajarishni   talab
etadi.   Bu   operatsiyalar   muammoli   holatning   xususiyatidan   kelib   chiqib,   bir-
biridan   farq   qiladi.   Muammoli   savolda   bajariladigan   aqliy   operatsiya
muammoli   vazifanikidan,   muammoli   topshiriqda   bajariladiganlari   muammoli
vaziyatnikidan   o’ziga   xos   xususiyatlari   bilan   ajralib   turadi.   Muammoli
ta`limning   keyingi   asosiy   tushunchasi   muammoli   savol   sanaladi.   Muammoli
savol   axborot   shaklidagi   savoldan   farqli   o’laroq   tafakkur   qilish   yo’li   bilan
izlangan   noma`lumni   topishni   ta`minlaydigan   so’roq   bo’lib   alohida   holda,
muammoli   vaziyat   va   vazifalarning   tarkibida   bo’lishi   mumkin.   Muammoli
savolga   fikr   yuritish  orqali  javob  topiladi.  “Nima  uchun,  nima  sababdan,  buni
qanday   tushunsa   bo’ladi,   bundan   qanday   xulosa   chiqarish   mumkin...?   “kabi
so’roqlar   muammoli   savol   paydo   bo’lishini   ta`minlaydi.   Pedagogika   fanining
predmeti, maqsad va vazifalari mavzusi yuzasidan quyidagi savolni muammoli
deb tavsiya etish mumkin:
  -   Pedagogika   faniga   turlicha   ta`riflar   berilgan.   “Pedagogika   tarbiya   haqidagi
fandir”   -   degan   ta`rif   ko’p   uchraydi.   Siz   shu   qoidaga   qo’shilasizmi   yoki
qo’shilmaysizmi?   Siz   qanday   ta`rifni   pedagogika   fani   uchun   eng   ma`qul   deb
sanaysiz?   O`zingizga   yoqqan   ta`rifni   izohlab   bering.   Bir   nechta   echimini
kutayotgan muammoli savolning bir-biriga bog’liq holda qo’yilishi  muammoli
vazifani   keltirib   chiqaradi.   Muammoli   vazifa   sharti   aniq   bo’lgan,   kimdir
tamonidan   hosil   qilingan,   javobini   topish   doirasi   cheklangan   didaktik
tushunchasidir.   Muammoli   vazifaning   mazmuni   bilim   oluvchiga   aniq   bo’lgan
masalaning   noanig’i   bilan   ziddiyatlashuvidan   iboratdir.   Noaniq   topilishi   zarur
bo’lib,   izlanishni,   fikrlashni,   mantiqiy   hulosalar   chiqarishni   ta`minlaydi.
Muammoli vazifa albatta vazifa beruvchi tomonidan hosil qilinadi. Pedagogika
fanining   ta`lim   metodlari   mavzusi   yuzasidan   talabalar   uchun   o’qituvchi
tomonidan quyidagi muammoli vazifalar belgilanishi mumkin:  -   Ilg’or   o’qituvchining   darsiga   kirib,   uni   tahlil   qiling.   Ta`limning   qanday
metodlaridan   foydalandi?   Bu   metodlar   fanning   va   mavzuning   mazmuniga
qanday darajada mosligini izohlang. 
- Sizningcha qanday metodlardan foydalanilganda dars yanada samarali bo’lishi
mumkin   edi?   Bu   vazifalarning   echimini   topish   uchun   talaba   birinchi   o’rinda
mavzu   yuzasidan   mavjud   bilimlarni   mufassal   egallashi,   ta`lim   metodlarini
bilishi   va   birbiridan   farqlay   olishi   zarur.   Shu   asosda   o’qituvchining   yutuq   va
kamchiligini   tahlil   qila   oladi.   Muammoli   savol   va   vazifalar   birgalikda
muammoli   topshiriqning   tarkibida   kelishi   mumkin.   Muammoli   topshiriq   -
o’qituvchi, ta`lim beruvchi, kitob muallifi tomonidan muammoli savol va vazifa
shaklida bilim oluvchini muammoli vaziyatga tushiradigan o’quv topshirig’idir.
Muammoli   topshiriqda   muammoli   savol   va   vazifalarning   elementlari   mavjud
bo’ladi.   Shuning   uchun   ham   muammoli   vaziyatga   olib   kiradi.   Muammoli
vaziyat   -   sub`ektning   psixologik   holati   bo’lib,   muammo   bilan   duch   kelganda
aqliy qiyinchilikning paydo bo’lishi zudlik bilan hal qilishga halaqit beradigan
yangi   bilim   va   harakat   usullarini   izlash,   ularni   topib,   hosil   bo’lgan
qiyinchiliklarni   bartaraf   etishni   ta`minlaydi.   Muammoli   holat   shaxsni   yangi
bilimlar   olishga   da`vat   etadi   Ma`lumki,   muammoli   vaziyat   hosil   qilgandagina
o’quvchilarni   fikrlashga,   munosabat   bildirishga   hamda   xulosalar   chiqarishga
harakat   qiladilar.   Dars   jarayonida   o’quvchilar   berilgan   o’quv   materialini
eslabgina   qolmay,   balki   uni   boshqa   materiallar   bilan   taqqoslash,
umumlashtirish, tahlil qilish, xulosa chiqarishga yo’naltirilmog’i kerak bo’ladi.
Bu jarayonda o’qituvchining vazifasi ma`lum muammoli vaziyatni tashkil qilar
ekan, eng avvalo, o’quvchiga qo’yilayotgan muammoni to’g’ri anglatish, unda
muammoni   yechishga   qiziqish   uyg’otish   zarurdir.   Muammoli   ta`limning
mohiyati   o’qituvchi   tomonidan   o’quv   mashg’ulotida   muammoli   vaziyatlarni
yuzaga   keltirish,   muammoli   savol,   topshiriq   va   vazifalarni   bajartirish   orqali
yangi   bilimlarni   egallash   bo’yicha   ularning   o’quv   faoliyatini   boshqarib
borilishidir.   Muammoli   o’quv  mashg’ulotlarini   tashkil   etishda   o’qituvchi   hech
qachon   o’quvchilarga   tayyor   javoblarni   berishi   kerak   emas,   balki   ularga bilimlarni   egallashga   yo’l   ko’rsatishi,   ayrim   voqea,   axborot   va   hodisalar
misolida   mustaqil   ravishda   uning   echimi   ustida   ishlash   ko’nikmalarini
shakllantirishga   qaratishi   lozim.   O`qituvchining   faoliyati   o’quv   materiallarini
bayon   etishdan,   o’quvchilarni   mavzuga   qiziqtirish   orqali   mustaqil   va   ijodiy
ishlashni   tashkil   qilish,   ularning   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   ob`ektiv
baholash   va   rag’batlantirib   borishdan   iborat   bo’ladi.   Zamonaviy   pedagogik
texnologiyalarning   zarur   shartlaridan   biri   ta`lim   jarayonida   o’qituvchi,
o’quvchilarning   mustaqil   bilim   olishlarini   ta`minlovchi,   yo’naltiruvchi,
maslahat beruvchi, tafakkurini rivojlantirishning to’g’ri yo’llarini ko’rsatuvchi,
hamkorlik qiluvchi shaxs sanaladi. Bunga muammoli ta`lim orqali erishish eng
ma`qul   yo’l   hisoblanadi.   Muammoli   ta`lim   mustaqil,   ijodiy   va   faol
o’zlashtirishni   ta`minlash   bilan   birga,   keng   qamrovli   fikr   yuritishga,   avvaliga
o’zi   uchun   yangi   bilimlarni   kashf   etishga   va   keyinchalik   ilmni,   fanni
rivojlantiradigan kashfiyotlar qilishga zamin hozirlaydi. 
2.   Informatika   o’qitishda   didaktik   o’yin   texnologiyalari.   Didaktik   o’yinli
mashg’ulotlar.  
Ta`lim jarayonida didaktik o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida
qo’llaniladi.   Ushbu   darslarda   talabalarning   bilim   olish   jarayoni   o’yin   faoliyati
orqali   uyg’unlashtiriladi.   Shu   sababli   talabalarning   ta`lim   olish   faoliyati   o’yin
faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi. Inson
hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
- o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi; 
-   o’yin   davomida   shaxsning   muloqotga   kirishishi   ya`ni,   kommunikativ   –
muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; 
- shaxsning  o’z iqtidori, qiziqishi,  bilimi  va  o’zligini  namoyon etishiga  imkon
yaratiladi;
  -   hayotda   va   o’yin   jarayonida   yuz   beradigan   turli   qiyinchiliklarni   engish   va
mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;  -   o’yin   jarayonida   ijtimoiy   normalarga   mos   xulq-atvorni   egallash,
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; 
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; 
-   insoniyat   uchun   ahamiyatli   bo’lgan   qadriyatlar   tizimi,   ayniqsa,   ijtimoiy,
ma`naviymadaniy,   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarni   o’rganishga   e`tibor
qaratiladi;
  -   o’yin   ishtirokchilarida   jamoaviy   muloqot   madaniyatini   rivojlantirish   ko’zda
tutiladi. 
Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni talabalarning bilim olish va o’yin faoliyatining
uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini,
konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin. O`qituvchi-pedagog avval
talabalarni   individual(yakka   tartibdagi),   so’ngra   guruhli   o’yinlarga   tayyorlashi
va  uni   o’tkazishi,  o’yin  muvaffaqiyatli   chiqqandan  so’ng  esa,  ularni   ommaviy
o’yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda
faol   ishtirok   etishlari   uchun   zaruriy   bilim,   ko’nikma   va   malakalarga   ega
bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam
vujudga   kelishi   lozim.   O`qituvchi-pedagog   didaktik   o’yinli   mashg’ulotlarni
o’tkazishga   qizg’in   tayyorgarlik   ko’rishi   va   uni   o’tkazishda   quyidagi   didaktik
talablarga rioya qilishi talab etiladi: 
1. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta`limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan
bo’lishi; 
2. Jamiyatdagi  va kundalik hayotdagi muhim  muammolarga bag’ishlanib, ular
o’yin davomida hal qilinishi; 
3.   Barkamol   shaxsni   tarbiyalash   tamoyillariga   va   sharqona   odob   -   ahloq
normalariga mos kelishi; 
4. O`yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi;  5.   Mashg’ulotlar   davomida   didaktik   printsiplarga   amal   qilinishi   va   eng   kam
vaqt   sarflanishiga   erishishi   kerak.   Quyida   “Informatika”   fanini   o’qitishda
tashkil   etish   va   o’tkazish   mumkin   bo’lgan   didaktik   o’yinli   mashg’ulotlardan
ayrimlarining   tafsilotlari   keltiriladi.   Didaktik   o’yinli   mashg’ulotlar   orasida
konferentsiya   mashg’ulotlari   ham   muhim   o’rin   tutadi.   Konferentsiya
mashg’ulotlari   talabalarning   bilish   faoliyatini   faollashtirishda,   ilmiy
dunyoqarashini   kengaytirishda,   qo’shimcha   va   mahalliy   materiallari   bilan
tanishtirishda,   ilmiy   va   ilmiy-ommabop   adabiyotlar   bilan   mustaqil   ishlash
ko’nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Konferentsiya   mashg’ulotini   o’tishdan   avval   mashg’ulot
mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy,
ilmiy-ommabop adabiyotlar  ko’zdan  kechiriladi.  Mashg’u-lotni  o’tkazishdan  1
hafta   oldin  mashg’ulot  mavzusi  e`lon  qilinib,  unga   tayyorgarlik  ko’rish  uchun
adabiyotlar   tavsiya   etiladi.   Ushbu   mashg’ulotda   «Olimlar»   rolini   tanlash,
mavzuni   har   tomonlama   yoritish,   ma`ruza   tayyorlash   talabalarning   ixtiyorida
bo’ladi.   Ilmiy   konferentsiya   mashg’ulotini   quyidagicha   o’tkazish   tavsiya
etiladi:
  I.   O`qituvchining   kirish   so’zi.   Bunda   o’qituvchi   mashg’ulotning   mavzusi,
maqsadi   va   vazifalari,   tegishli   rollarni   bajaruvchi   «Olimlar»   bilan   talabalarni
tanishtiradi. 
II.   Ilmiy   ma`ruzalarni   tinglash.   «Olimlar»   mavzu   yuzasidan   tayyorlagan
ma`ruzalarini taqdimot va ko’rgazmali qurollar asosida bayon qiladilar. 
III.   Ma`ruzalar   muhokamasi.   Bunda   «Olimlar»   va   guruhdagi   boshqa   talabalar
o’rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkaziladi.
  IV.   Ilmiy   konferentsiya   yakuni.   O`qituvchi   mavzu   yuzasidan   eng   muhim
tushuncha va g’oyalarni ta`kidlab, darsni yakunlaydi. 
V.   Talabalarni   baholash.   Mashg’ulotda   faol   ishtirok   etgan   talabalar
rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.  VI. Uyga vazifa berish. 
VII. Mashg’ulotni umumiy yakunlash. 
“Kasb   ta`limi   metodlari”   mavzusida   o’tkaziladigan   ilmiy   konferentsiya
mashg’uloti quyidagi loyiha bo’yicha o’tkazilishi mumkin. 
Mavzu: “Kasb ta`limi metodlari”. Mashg’ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
II. Talabalarni   mashg’ulotning   mavzusi,   maqsadi   va   borishi   bilan
tanishtirish.   Bu   mashg’ulotni   o’tishdan   bir   hafta   oldin   talabalarni   4   ta
guruhga   ajratamiz   va   ularga   informatika   fani   sohasida   faoliyat
ko’rsatayotgan «Olimlar» maqomini beramiz. 
III. Yangi   mavzuni   o’rganish:   Talabalar   guruhi   o’z   mutaxassisliklariga
tegishli   bo’lgan   quyidagi   mavzulardan   biri   bo’yicha   ma`ruza
tayyorlaydi.   1.   Kasb   ta`limi   metodlari   va   ularning   tavsifnomasi.   2.
Reproduktiv   va   muammoli   izlanish   metodlari.   3.   Ta`lim   jarayonida
interfaol   metodlar.   Har   bir   yo’nalish   bo’yicha   «Olimlar»   maqomini
olgan   talabalar   o’zlariga   tegishli   mavzu   bo’yicha   taqdimot   va
ko’rgazmali   qurollar   asosida   qo’shimcha   materiallardan   foydalangan
holatda ma`ruza qiladilar.
 IV. Ma`ruzalar tugagach, talabalar o’rtasida bahs va munozara o’tkaziladi. 
V. Mashg’ulotni umumiy yakunlash. 
VI.   Uyga   vazifa   berish.   Talabalarning   ijodiy   izlanishi,   mantiqiy   fikrlashini
rivojlantirish   va   qo’shimcha   bilim   olishga   bo’lgan   ehtiyojlarini   qondirishda
ijodiy   o’yinlar   muhim   ahamiyatga   egadir.   Ta`lim   jarayonida   vujudga
keltirilgan   muammoli   vaziyatlarni   talabalar   o’zaro   hamkorlikda   avval
o’zlashtirgan   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   ijodiy   qo’llanish   va   izlanish
orqali   hal   etishga   zamin   tayyorlaydigan   didaktik   o’yinlar   ijodiy   o’yinlar   deb
ataladi.   Ijodiy   o’yinli   mashg’ulotlardan   «Informatika»   fanini   o’qitishda,   yani ma`lum   bir   mavzuni   o’rganishda   foydalanish   mumkin.   Bunda   talabalar   teng
sonli   guruhlarga   ajratilib,   ularga   shartli   ravishda   «Professor»,   «Dotsent»,
«Katta   o’qituvchi»   deb   nom   beriladi.   Bu   erda   mutaxassislarning   har   qaysi
guruhi   ijodiy   izlanib,   kelgusidagi   ishlarini   rejalashtirishga   o’rganadilar.
O`qituvchi   tomonidan   tavsiya   etilgan   topshiriqlarni   bajarib,   dalil   va   isbotlar
asosida   o’z   javoblarini   bildiradilar.   Ijodiy   o’yin   mashg’ulotlarida   guruhdagi
barcha talabalar hamkorlikda ishlaydilar, avvalgi mashg’ulotlarda o’zlashtirgan
bilimlarini   yangi   vaziyatlarda   qo’llaydilar.   Bu   esa   ularda   o’z   bilim   va
iqtidoriga   nisbatan   ishonch   hissini   uyg’otadi.   Shunday   qilib,   didaktik   o’yinli
mashg’ulotlar   orqali   o’quvchi-talabalar   yangi   kasblar   bilan   tanishadilar,
egallagan   bilimlarini   ta`limning   qaysi   sohalarida   qo’llash   mumkinligini
ko’rsatadilar,   ushbu   fanga   bo’lgan   qiziqishlari   ortadi,   qo’shimcha   adabiyotlar
bilan   mustaqil   foydalanishga,   o’z   o’rtog’ining   fikrini   sabot   va   chidam   bilan
tinglashga, bilimlarini nazorat qilishga, o’z-o’zini baholashga o’rganadilar.
                                      
                                       Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.   Yuldashev   U.Yu.,   Boqiev   R.R.,   Zokirova   F.M.   Informatika   o’qitish
metodikasi. Toshkent, “Talqin”, 2005 y. 
2.   Saidaxmedov   N.S.   Yangi   pedagogik   texnologiyalar   T.,   “Moliya”,   2003y.,
172 b.
  3.   To’raqulov   X.A.   Pedagogik   tadqiqotlarda   axborot   tizimlari   va
texnologiyalari. T., “Fan”, 2006 y., 240 b.
  4.   Ishmuhamedov   R.,   Abduqodirov   A.A.,   Pardaev   A.   Ta`limda   innovatsion
texnologiyalar   (ta`lim   muassasalari   pedagog-o’qituvchilari   uchun   amaliy
tavsiyalar). Toshkent 2008 y., 181 b.
  5.   Isoqov   I.,   Qulmamatov   S.I.   Informatikani   o’qitishda   innovatsion
texnologiyalar   fanidan   amaliy   mashg’ulotlar   ishlanmalari.   Guliston,   GulDU,
2013 y.

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida informatika fanlarini o’qitish. Informatikani o’qitishda hamkorlikda, jamoada, muammoli o’qitish; modul, didaktik-o’yin texnologiyalari Reja: 1. Informatika o’qitishda shaxsga yo’naltirilgan, hamkorlikda, jamoada va muammoli o’qitish texnologiyalari. 2. Informatika o’qitishda didaktik o’yin texnologiyalari.

1. Informatika o’qitishda shaxsga yo’naltirilgan, hamkorlikda, jamoada va muammoli o’qitish texnologiyalari. Shaxsga yo’naltirilgan ta`limning asosiy tamoyili ta`lim markazida talaba (o’quvchi) qo’yiladi. Ta`lim samaradorligini oshirishda shaxsga yo’naltirilgan ta`lim muhim hisoblanib u quyidagilarga asoslanadi: - shaxsning xususiyatlariga; - uning oldingi tajribalariga; - aqliy xususiyatlariga; - ta`lim jarayoniga mos taxnologiyalarni tanlashga. Hamkorlikda ta`lim olish metodi ta`lim samaradorligini oshirish usullaridan biri bo’lib, uning asosiy g’oyasi turli o’quv holatlarida talaba (o’quvchi)larning faol o’quv faoliyatlari uchun sharoit yaratish ya`ni talabalar uchun ma`lumotlarning axborot banki, nazorat-sinov banki, masofadan turib ta`lim olish, mustaqil ishlarni to’g’ri tashkillashtirish kabi muammolarning echilishida qo’l keladi. Hamkorlikda o’rganish modeli – o’quvchilarning mustaqil huruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko’zda tutuvchi metod. Talabani mustaqil ishlashga o’rgatish birinchi navbatda dars mashg’ulotlarida etakchi va tajribali o’qituvchilarning ma`ruzalarini tinglash, konspektlar yozish va ularni to’ldirish, ilmiy va ilmiy-uslubiy jurnallardagi maqolalarni o’rganish, darslik va adabiyotlar bilan ishlashga, elektron manbalardan foydalanishga o’rganishdan boshlanadi. O`quv materialining samarali o’zlashtirilishi amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlarida va talabalarning jamoa bo’lib ta`lim olishlarida davom ettiriladi. Muammoli ta`limning asosiy maqsadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning talablari asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o’zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iboratdir. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda muammoli ta`limning ilmiy-nazariy asoslari haqida gap borganda, uni ta`limning metodi, printsipi yoki alohida tizim deb hisoblash

holatlari uchraydi. Muammoli ta`limni qanday nomlashdan qat`iy nazar uning asosiy hususiyati – bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil, ilmiy, ijodiy izlanish, o’zi uchun yangi bilim, ko’nikma va malakalarni kashf etishdan iboratdir. Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yo’li bilan egallanadigan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisiga muammoli ta`lim deyiladi. Respublikamizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ta`lim jarayoniga tatbiq etilishi muammoli ta`limni hozirgi sharoitda dolzarb pedagogik masalaga aylantirdi. Muammoli ta`lim o’zining maxsus tushunchalariga ega bo’lib, ularning mohiyatini bilmasdan turib, mashg’ulotlarni muammoli tarzda tashkil etib bo’lmaydi. Muammoli ta`lim quyidagi asosiy tushunchalarga ega: - Muammo - Muammoli savol - Muammoli vazifa - Muammoli topshiriq - Muammoli vaziyat Muammoli ta`limning asosiy tushunchalariga izoh berishdan oldin, tayyor bilimlarni o’qituvchi tamonidan berilishi yoki o’quvchining mustaqil egallashini izohliko’rgazmali metodi natijasi sifatida aniq tasavvurlar hosil qiladigan, ongda saqlanadigan, zarur bo’lganda qayta tiklanishini aniqlaydigan axborot shaklidagi savolni tushunish o’rinlidir. Axborot shaklidagi savol: tayyor javobi bo’lgan, xotiradagi bilimlarga tayanib yechimi topiladigan holat bo’lib, “nima, kim, qachon, qayerda, qanday, qancha, qaysi, ...?” kabi so’roqlar asosida javobi aniqlanadi. Muammoli ta`limning dastlabki tushunchasi muammo hisoblanadi. Muammo yunoncha “problem” so’zidan olingan bo’lib, vazifa, topshiriq degan ma`noni anglatadi. Tayyor javobi bo’lmagan, o’rganish, tadqiq etishni talab qiladigan nazariy yoki amaliy masala muammo hisoblanadi. Inson hayoti va faoliyati jarayonida cheksiz muammolarga duch keladi. Shaxsiy

muammolar, ijtimoiy muammolar, turmush muammolari, ta`lim-tarbiya muammolari va boshqalar. Bularning har biri o’ziga xos yechim yo’llariga ega. Ta`limiy muammolar bilim oluvchidan aqliy operatsiyalarni bajarishni talab etadi. Bu operatsiyalar muammoli holatning xususiyatidan kelib chiqib, bir- biridan farq qiladi. Muammoli savolda bajariladigan aqliy operatsiya muammoli vazifanikidan, muammoli topshiriqda bajariladiganlari muammoli vaziyatnikidan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Muammoli ta`limning keyingi asosiy tushunchasi muammoli savol sanaladi. Muammoli savol axborot shaklidagi savoldan farqli o’laroq tafakkur qilish yo’li bilan izlangan noma`lumni topishni ta`minlaydigan so’roq bo’lib alohida holda, muammoli vaziyat va vazifalarning tarkibida bo’lishi mumkin. Muammoli savolga fikr yuritish orqali javob topiladi. “Nima uchun, nima sababdan, buni qanday tushunsa bo’ladi, bundan qanday xulosa chiqarish mumkin...? “kabi so’roqlar muammoli savol paydo bo’lishini ta`minlaydi. Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari mavzusi yuzasidan quyidagi savolni muammoli deb tavsiya etish mumkin: - Pedagogika faniga turlicha ta`riflar berilgan. “Pedagogika tarbiya haqidagi fandir” - degan ta`rif ko’p uchraydi. Siz shu qoidaga qo’shilasizmi yoki qo’shilmaysizmi? Siz qanday ta`rifni pedagogika fani uchun eng ma`qul deb sanaysiz? O`zingizga yoqqan ta`rifni izohlab bering. Bir nechta echimini kutayotgan muammoli savolning bir-biriga bog’liq holda qo’yilishi muammoli vazifani keltirib chiqaradi. Muammoli vazifa sharti aniq bo’lgan, kimdir tamonidan hosil qilingan, javobini topish doirasi cheklangan didaktik tushunchasidir. Muammoli vazifaning mazmuni bilim oluvchiga aniq bo’lgan masalaning noanig’i bilan ziddiyatlashuvidan iboratdir. Noaniq topilishi zarur bo’lib, izlanishni, fikrlashni, mantiqiy hulosalar chiqarishni ta`minlaydi. Muammoli vazifa albatta vazifa beruvchi tomonidan hosil qilinadi. Pedagogika fanining ta`lim metodlari mavzusi yuzasidan talabalar uchun o’qituvchi tomonidan quyidagi muammoli vazifalar belgilanishi mumkin:

- Ilg’or o’qituvchining darsiga kirib, uni tahlil qiling. Ta`limning qanday metodlaridan foydalandi? Bu metodlar fanning va mavzuning mazmuniga qanday darajada mosligini izohlang. - Sizningcha qanday metodlardan foydalanilganda dars yanada samarali bo’lishi mumkin edi? Bu vazifalarning echimini topish uchun talaba birinchi o’rinda mavzu yuzasidan mavjud bilimlarni mufassal egallashi, ta`lim metodlarini bilishi va birbiridan farqlay olishi zarur. Shu asosda o’qituvchining yutuq va kamchiligini tahlil qila oladi. Muammoli savol va vazifalar birgalikda muammoli topshiriqning tarkibida kelishi mumkin. Muammoli topshiriq - o’qituvchi, ta`lim beruvchi, kitob muallifi tomonidan muammoli savol va vazifa shaklida bilim oluvchini muammoli vaziyatga tushiradigan o’quv topshirig’idir. Muammoli topshiriqda muammoli savol va vazifalarning elementlari mavjud bo’ladi. Shuning uchun ham muammoli vaziyatga olib kiradi. Muammoli vaziyat - sub`ektning psixologik holati bo’lib, muammo bilan duch kelganda aqliy qiyinchilikning paydo bo’lishi zudlik bilan hal qilishga halaqit beradigan yangi bilim va harakat usullarini izlash, ularni topib, hosil bo’lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta`minlaydi. Muammoli holat shaxsni yangi bilimlar olishga da`vat etadi Ma`lumki, muammoli vaziyat hosil qilgandagina o’quvchilarni fikrlashga, munosabat bildirishga hamda xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Dars jarayonida o’quvchilar berilgan o’quv materialini eslabgina qolmay, balki uni boshqa materiallar bilan taqqoslash, umumlashtirish, tahlil qilish, xulosa chiqarishga yo’naltirilmog’i kerak bo’ladi. Bu jarayonda o’qituvchining vazifasi ma`lum muammoli vaziyatni tashkil qilar ekan, eng avvalo, o’quvchiga qo’yilayotgan muammoni to’g’ri anglatish, unda muammoni yechishga qiziqish uyg’otish zarurdir. Muammoli ta`limning mohiyati o’qituvchi tomonidan o’quv mashg’ulotida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, muammoli savol, topshiriq va vazifalarni bajartirish orqali yangi bilimlarni egallash bo’yicha ularning o’quv faoliyatini boshqarib borilishidir. Muammoli o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda o’qituvchi hech qachon o’quvchilarga tayyor javoblarni berishi kerak emas, balki ularga