logo

Ta’limning innovasion shakllari amaliy o’yinlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

68.888671875 KB
Ta’limning innovasion shakllari: amaliy o’yinlar
Reja:
1.O'yin texnologiyasi
2.   Didaktik o'yinlarni tashkil etish tamoyillari.
3.   Didaktik   o'yinlarni   turlari   (psixotexnik,   rolli).   Rolli   va   ishbilarmon
o'yinlar.
               O'yin   xonalari   bir   nechta   funktsiyalarni   bajaradi:   ko'ngilochar,   terapevtik,
diagnostik,   ijtimoiy.   O'yin   davomida   o'quvchilar   erkin   rivojlanish   faoliyati   bilan
shug'ullanadilar,   nafaqat   natijadan,   balki   jarayondan   ham   zavqlanadilar   va   ta'sir
qiladilar.
O'quv   jarayonida   o'yin   kengroq   texnologiya   elementi,   darsning   bir   qismi
yoki   sinfdan   tashqari   mashg'ulotlar   sifatida   ishlatiladi.   Pedagogik   o'yin   aniq
shakllantirilgan   maqsadga   ega   bo'lib,   u   o'yin   vazifasi   shaklida   taqdim   etiladi,
o'yinning barcha ishtirokchilari oldindan tayyorlangan va e'lon qilingan qoidalarga
bo'ysunadilar.
Amaliy   o’yinlar.   Dastlab   “o’yin”   tushunchasining   mohiyatini   anglab   olish
talab   etiladi.   Zamonaviy   sharoitda   ta’lim   amaliyotida   amaliy-innovasion
xarakterga ega o’yinlardan samarali foydalanilmoqda.
O’yin   –   kishilik   faoliyatining   muhim   turi   hamda   ijtimoiy   munosabatlar
mazmunining   bolalar   tomonidan   imitasiyalash   (ko’chirish,   taqlid   qilish)   asosida
o’zlashtirish shakli sanaladi
Amaliy   o’yinlar   –   muayyan   amaliy   harakatlarning   tashkil   etilishini
imitasiyalash imkoniyatini beradigan o’yinlar.
Ta’lim   amaliyotida   qo’llaniladigan   amaliy   o’yinlar   o’z-o’zidan   didaktik
xususiyat   kasb   etadi,   shu   sababli   ular   ko’p   holatlarda   “didaktik   o’yinlar”   deb
yuritiladi.   Kishilik   tarixiy   taraqqiyotining   barcha   davrlarida   ham   o’yin   subyekt
faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan.
Binobarin,   shaxs   faoliyatining   muhim   turlari   –   mehnat,   o’qish   bilan   birga
o’yin   ham   uning   shakllanlanishi   va   rivojlanishida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
O’yinlar   vositasida   katta   avlod   tomonidan   to’plangan   hayotiy   tajriba,
o’zlashtirilgan   bilim,   turmush   tarzi   va   ijtimoiy   munosabat   asoslari,   madaniy
qadriyatlar   yosh   avlodga   izchil   uzatib   kelingan.   O’yin   shaxsning   tarbiyalash,
rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli
o’yinlar   qadimqadimdan   xalq   pedagogikasining   muhim   asoslaridan   biri   bo’lib
kelmoqda.   Bevosita   o’yinlar   bolalarda   idrok,   sezgi,   xotira,   tafakkur,   nutqni
rivojlantirishga   yordam   berish   orqali   ularni   ma’naviy-axloqiy,   aqliy,   jismoniy   va estetik   jihatdan   tarbiyalashga   xizmat   qiladi.   “Maktabgacha   yoshdagi   bola   o’yin
faoliyatida   o’qish   va   mehnatga   tayyorlanadi.   Yosh   ulg’aygan   sari   o’yinning   roli
biroz   kamayib   boradi.   O’yinlarning   tarbiyaviy   ahamiyati   bolaning   butun   hayoti
davomida   saqlanib   qoladi”     Agarda   jismoniy   xatti-harakatlarni   rivojlantirishga
xizmat   qiladigan   o’yinlar   bolalarda   chaqqonlik,   epchillik,   chidamlilik,   qat’iylikni
tarbiyalasa,   intellektual,   konstruksiyali   o’yinlar   ularni   o’ylashga,   fikrlashga,
mantiqiy tafakkur yuritishga o’rgatadi. “O’yin inson hayotining hayotining har bir
davri   uchun   uning   ruhiy   rivojlanishini   belgilovchi   yetakchi   faoliyat   turi
hisoblanadi. Faqat o’yinda va o’yin orqali bola voqyelikni, shu jumladan, kishilar
ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-harakatlarini bilib oladi”. Tarixiy taraqqiyot
jarayonida   o’yin   nafaqat   bolalar,   balki   kattalar   hayotidan   ham   alohida   o’rin
egallashga   muvaffaq   bo’lindi.   Zamonaviy   sharoitda   intellektual,   kompyuter,
iqtisodiy,   harbiy,   kasbiy,   sport   va   maishiy   hodiq   chiqarishga   ko’maklashadigan
o’yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan. Zamonaviy pedagogikada
o’yinlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning o’quv-
bilish faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi tarzda qo’llaniladi:
-   tushuncha,   mavzu   va   alohida   bo’lim   mohiyatini   o’zlashtirishda   alohida
texnologiya sifatida; 
- pedagogik texnologiyalarning elementi sifatida; 
- o’quv mashg’uloti shakli yoki uning bir qismi sifatida; 
-   sinf   (auditoriya)dan   tashqari   ishlardan   biri   (“Zakovat”,   “Bilimon”,   “Huquq   fani
bilimdoni” va b.) sifatida O’yinning mohiyati va tuzilishi  ma’lum  ko’nikma,
malaka,   qobiliyat   va   sifatlarning   har   bir   ishtirokchida   butun   o’yin   davomida
shakllanishini   ta’minlaydi.   Ta’lim   jarayonda   o’yin   texnologiyalaridan
foydalanishda   o’qituvchi   pedagogik   vazifalarini   ssenariyda   aniq   ifodalay   olishi
zarur.   O’yin   faoliyatining   psixologik   mexanizmlari   shaxsning   o’zini   namoyon
qilish,   o’zining   hayotda   o’rnini   belgilash,   o’zini   o’zi   boshqarish,   o’z
imkoniyatlarini amalga oshirishan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini
yaratadi.   O’yin   ijtimoiy   tajribalarni   o’zlashtirish   va   qayta   yaratishga   yo’nalgan
vaziyatlarda,   faoliyat   turi   sifatida   belgilanadi   hamda   o’yin   jarayonida   shaxsning o’z   xulqini   boshqarishi   shakllanadi   va  takomillashadi.   O’quv  faoliyatining  asosiy
motivi   –   bu   o’quv-bilish   motivi   bo’lsa,   o’quv   faoliyatining   eng   muhim
motivasiyasi   esa   talabada   o’zi   tanlangan   va   asoslarini   o’zlashtirayotgan   kasbga
bo’lgan   qiziqishi   sanaladi.   Talaba   o’quv   jarayonidagi   egallagan   bilimlaridan,
kasbiy   malakalari   va   ko’nikmalaridan   hissiy   jihatdan   qoniqa   olishi   lozim.   Bu
vazifani   hal   qilishda   o’qitish   jarayonida   o’yinli   texnologiyalardan   foydalanish
alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   O’yinli   texnologiyalari,   shuningdek,   talabalarning
ijodiy   qobiliyati   va   kreativ   tafakkurini   o’stiradi.   Pedagogik   maqsadda
foydalanilayotgan o’yinlar o’yin texnologiyalari deb nomlanadi.
O’yin texnologiyalari  (o’yin ta’limi) – ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirishning
barcha   ko’rinishlari:   bilim,   ko’nikma,   malaka   hamda   hissiy-baholovchi   faoliyat
jarayonini   hosil   qilishga   yo’naltirilgan   shartli   o’quv   vaziyatlarini   ifodalovchi
shaxsga yo’naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri .
O’yin   texnologiyalari   ta’lim   oluvchilarni   muayyan   jarayonga   tayyorlash,
ularda ma’lum hayotiy voqyelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun
dastlabki   ko’nikma,   malakalarni   hosil   qilishga   xizmat   qiladi.   Ta’lim   jarayoni
ishtirokchilari   (m:   ta’lim   oluvchilar,   ota-onalar,   pedagogik   jamoa   a’zolari,   ta’lim
muassasalarining   rahbarlari,   jamoatchilik   tashkilotlarining   vakili   va   b.)   sifatida
turli   rollarni   bajarish   talaba   (o’quvchi)larga   pedagogik   faoliyat   mazmuni   bilan
yaqindan   tanishish   imkoniyatini   yaratish   asosida   ma’lum   faoliyatni   samarali
tashkil   etishga   nazariy,   amaliy   va   ruhiy   tayyorgarlikka   erishish   nuqtai   nazaridan
yordam   beradi.   O’quv   mashg’ulotlaridan   o’yinlar   va   o’yinli   vaziyatlarni   qo’llash
quyidagi asosiy yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
-   didaktik   maqsad   talabalar   oldiga   o’yinli   topshiriq   shaklida   qo’yiladi;   -   o’quv
faoliyati   o’yin   qoidalariga   bo’ysundiriladi;   -   didaktik   o’quv   materialdan   o’yin
vositasi   sifatida   foydalaniladi;   -   o’quv   faoliyatida   didaktik   vazifani   o’yin
vazifasiga   aylantiruvchi   musobaqa   elementi   qo’llaniladi;   -   muvaffaqiyatli
bajarilgan didaktik topshiriq o’yin natijasi sanaladi.
O’quv   jarayonida   o’yin   texnologiyalarining   o’rni,   roli,
shuningdek,   o’yin   elementlari   hamda   ta’limning   o’zaro   uyg’unligi   ko’p   jihatdan o’qituvchi   tomonidan   pedagogik   o’yinlar   mohiyati,   funksiyasi   va   turlarining
qanchalik   tushunilishi   bilan   belgilanadi.   Aksariyat   pedagogik   o’yinlar   o’zida
quyidagi belgilarni namoyon qiladi Pedagogik o’yinlarning asosiy belgilari
Talabaning   xohishiga   ko’ra   tanlangan   erkin   rivojlantiruvchi   faoliyat   ekanligi
Ushbu   faoliyatning   ijodiy,   avvaldan   tayyorlanmagan,   juda   faol   xarakteri
Faoliyatning hissiy ko’tarinkiligi, raqobatga asoslanishi
Bilvosita va bevosita qoidalarning mavjudligi
Har   qanday   o’yinlar   kabi   pedagogik   jarayonlarda   foydalaniladigan   o’yinlar
ham o’zining aniq maqsadi  va natijasiga  ega bo’ladi. Ta’lim muassasalarida  ko’p
holatlarda  rolli   va  kasbiy  xarakterga  ega  ishbilarmonlik o’yinlarian  foydalaniladi.
Muhimi pedagogik maqsadlarda qo’llaniladigan o’yinli texnologiyalarining asosini
talabalarning   faollik   va   tezkorlikka   asoslangan   faoliyati   tashkil   etadi.   Pedagogik
o’yinlar   yangi   o’quv   materialini   o’zlashtirish,   mustahkamlash,   talabaning   ijodiy
qobiliyatini   rivojlantirish,   umumiy   kasbiy   tayyorgarlik   ko’nikma,   malakalarini
shakllantirish kabi masalalarni yechishga qaratiladi. Ular yordamida talabalar turli
holatlardan o’quv materialini tushunish, uning negizida ma’lum ko’nikma, malaka
va sifatni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ayni   o’rinda   o’yin   metodikasiga   ko’ra   guruhlangan   o’yin
texnologiyalarining mohiyati xususida so’z yuritiladi. 
1.   Didaktik   o’yinlar   –   o’rganilayotgan   obyekt,   hodisa,   jarayonlarni
modellashtirish   asosida   o’quvchilarning   bilishga   bo’lgan   qiziqishlari,   faolliklarini
oshiradigan   o’quv   faoliyati   turi   hisoblanadi.   Bu   kabi   o’yinlar   o’quvchilar
tomonidan   ijtimoiy-foydali   mehnat   va   o’qish   ko’nikmalarini   faol   o’zlashtirishda
muhim   ahamiyatga   ega   bo’lib,   ularning   ahamiyati   natijalar   bilan   emas,   balki
jarayonning   mazmuni   va   kechishi   bilan   belgilanadi;   bu   kabi   o’yinlar   bolalarni
ijtimoiy   munosabatlar   jarayonida   faol   ishtirok   etishga   tayyorlaydi,   ulardagi   turli
psixologik zo’riqishlarni kamaytiradi. 
2.   Syujetli   o’yinlar   –   pedagogik   voqyelik,   hodisalar   bayonining   muayyan
izchilligi   va   unda   ishtirok   etayotgan   shaxslar   faoliyatining   o’zaro   bog’liqligiga
asoslangan   o’yinlar  sanaladi.   Bu  kabi  o’yinlar   odatda  pedagogik muammolarning yechimini   izlash,   ta’im-tarbiya   jarayonida   yuzaga   kelgan   muammoli   vaziyatlarni
bartaraf etish, shaxsni qayta tarbiyalash maqsadida qo’llaniladi. 
3. Rolli o’yinlar – ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi
ruhiy   holati,   xatti-harakatlar   mohiyatini   ochib   berishga   yo’naltirilgan   o’yinlar,
ularda   rollar   majburiy   mazmuni   bilan   taqsimlanadi.   Rolli   va   ishbilarmonlik
o’yinlari   o’quvchilarni   muayyan   jarayonga   tayyorlash,   ularda   ma’lum   hayotiy
voqyelik,   hodisalar   jarayonida   bevosita   ishtirok   etish   uchun   dastlabki   ko’nikma-
malakalarni   hosil   qilishga   xizmat   qiladi.   Ta’lim   jarayoni   ishtirokchilari   (m:
o’quvchilar,   ota-onalar,   pedagogik   jamoa   a’zolari,   ta’lim   muassasalarining
rahbarlari,   jamoatchilik   tashkilotlarning   vakillari   va   b.)   sifatida   turli   rollarni
bajarish   talabalarga   pedagogik   faoliyat   mazmuni   bilan   yaqindan   tanishish
imkoniyatini   yaratsa,   o’quvchilarga   ma’lum   faoliyatni   samarali   tashkil   etishga
nazariy, amaliy, eng muhimi, ruhiy jihatdan tayyorlanishga yordam beradi. 
4.   Ishbilarmonlik   o’yinlari   –   ma’lum   faoliyat,   jarayon   yoki   munosabatlar
mazmunini yoritish, ularni  samarali, to’g’ri, oqilona uyushtirishga doir  ko’nikma,
malaka   hamda   sifatlarni   o’zlashtirish   maqsadida   tashkil   etiladigan   o’yinlar.   Bu
turdagi   o’yinlar   ta’lim   oluvchilarda   aniq   faoliyat   yo’nalishida   zarur   BKM   va
sifatlarni   shakllantirish   yoki   rivojlantirish   maqsadida   tashkil   etiladi.   Shu   jihatdan
ishbilarmonlik   o’yinlari   ishlab   chiqarish   jarayoni,   kasbiy   faoliyatining
modellashtirilishini   anglatadi.   Ishbilarmonlik   o’yini   talabalarda   kasbiy   sifatlarni
hosil   qilish   bilan   birga   shaxsiy   sifatlarni   ham   tarbiyalaydi,   ularning
ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. 
5.   Imitasion   o’yinlar   –   ishlab   chiqarish   korxonalari,   ish   o’rinlari,   firmalar,
tashkilotlarda   xodimlar   tomonidan   amalga   oshiriladigan   faoliyatni   imitasiyalash
(taqlid   qilish,   ko’chirish)   asosida   talabalarni   muayyan   amaliy   yoki   kasbiy
faoliyatga   samarali   tayyorlashga   yo’naltiradigan   o’yinlar.   Bu   turdagi   o’yinlar
ssenariyasi, syujetidan tashqari, imitasiya jarayon, obyektlarning tarkibiy tuzilmasi
va   ahamiyatini   to’la   ochib   berish   maqsadia   modellashtiriladi.   Imitasion   o’yinlar
jarayonida   ta’lim   oluvchilar   muayyan   operasiyalarni,   m:   masalalar   yechish,
ma’lum bir usulni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi.  6.   Dramatik   o’yinlar   (psixologik   va   ijtimoiy   dramalar)   –   psixologik   hamda
ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo’naltirilgan o’yinlar bo’lib, ular tashkil etilishi,
metodik   xususiyatlariga   ko’ra   rolli   va   ishbilarmonlik   o’yinlariga   yaqin.   Odatda
psixologik   va   ijtimoiy   xarakterdagi   dramatik   o’yinlar   jamoadagi   muhitni
yaxshilash,   shaxslararo   munosabatlarning   ijobiy   bo’lishiga   erishish,   muloqotga
kirisha   olish,   jamoada   yagona   birlikni   qaror   toptirish,   o’zgalarning   ruhiy   holatini
to’g’ri   baholash,   og’ir   vaziyatlarga   uch   kelgan   subyektlarga   yordam   ko’rsatish
hamda samarali, unumli faoliyat ko’rsatish uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat
qiladi.   Barcha   o’yinlarda   bo’lgani   kabi   pedagogik   o’yinlar   jarayonida   ham
ishtirokchi-talabalar   faol   holatda   bo’ladi,   sheriklari   bilan   o’zaro   munosabatga
kirishadi, shuningdek, o’z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, jamoa bilan
zarur   munosabatni   o’rnatish   orqali   o’zini   o’zi   o’rganadi.   Pedagogik   jarayonda
o’yinlardan foydalanishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Jumladan:
-   o’yin   ssenariysini   tayyorlash;   -   yo’riqnomalar   tuzish;   -   auditoriyani   o’yin
mohiyatiga muvofiq jihozlash Ssenariy va uning mohiyati muhim ahamiyatga ega.
Zero, aynan ssenariygina tegishli ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga
erishish   imkoniyatini   ta’minlaydi.   O’qituvchilar   o’yin   ssenariylarini   tayyorlashga
alohida e’tibor qaratishlari, ssenariyni tayyorlash malakasiga ega bo’lishlari zarur.
Pedagogik xarakterdagi o’yinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
- o’quv maqsadi; - o’yinning vazifasi; - o’rganiladigan muammo tafsiloti;
 - o’yin vaziyatining tafsiloti; - ishtirokchilarning tasnifi
Ta’lim jarayonida o’yin texnologiyalari qo’llash quyidagilarga asoslanadi:
- guruhni shakllantirish; - mashg’ulotlarning bosh maqsadini ifodalash; 
- muammoli vaziyatni vujudga keltirish; 
- rollarni taqsimlash, - o’yin reglamentini o’rnatish;
 - materiallar, yo’riqnomalar, qoidalar va ko’rsatmalar to’plamini tarqatish;
 - maslahat berish
2.  Ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida
qo’llaniladi.   Ushbu   darslarda   talabalarning   bilim   olish   jarayoni   o'yin   faoliyati
orqali   uyg’unlashtiriladi.   Shu   sababli   talabalarning   ta'lim   olish   faoliyati   o'yin faoliyati   bilan   uyg’unlashgan   darslar   didaktik   o'yinli   darslar   deb   ataladi.   Inson
hayotida o'yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
 -o'yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo'lgan qiziqishi ortadi;
      o'yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya'ni, kommunikativ
 – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
      shaxsning   o'z   iqtidori,   qiziqishi,   bilimi   va   o'zligini   namoyon   etishiga
imkon yaratiladi;
      hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinichiliklarni engish
va mo'ljalni to’g’ri olish ko'nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
      o'yin   jarayonida   ijtimoiy   normalarga   mos   xulq-atvorni   egallash,
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
      shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
      insoniyat   uchun   ahamiyatli   bo'lgan   qadriyatlar   tizimi,   ayniqsa,
ijtimoiy,   ma'naviy-madaniy,   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarni
o'rganishga e'tibor qaratiladi;
      o'yin   ishtirokchilarida   jamoaviy   muloqot   madaniyatini   rivojlantirish
ko'zda tutiladi.
                    Didaktik   o'yinli   mashg’ulotlarni   talabalarning   bilim   olish   va   o'yin
faoliyatining   uyg’unligiga   qarab:   syujetli-rolli   o'yinlar,   ijodiy   o'yinlar,
ishbilarmonlar   o'yini,   konferentsiyalar,   o'yin-mashqlarga   ajratish   mumkin.
    O’qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so'ngra
guruhli   o'yinlarga   tayyorlashi   va   uni   o'tkazishi,   o'yin   muvaffaqiyatli   chiqqandan
so'ng esa, ularni ommaviy o'yinlarga tayyorlashi  lozim. Chunki  talabalar  didaktik
o'yinli   mashg’ulotlarda   faol   ishtirok   etishlari   uchun   zaruriy   bilim,   ko'nikma   va
malakalarga   ega   bo'lishlari,   bundan   tashqari,   guruh   jamoasi   o'rtasida   hamkorlik,
o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O'yinli   texnologiyalardan   foydalanishning   asosini   talabalarning
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.
O'yin   olimlar   tadqiqotlariga   ko'ra   mehnat   va   o’qish   bilan   birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.
Psixologlarning   ta'kidlashlaricha,   o'yinli   faoliyatning   psixologik
mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda o'z o'rnini barqaror qilish,
o'zini   o'zi   boshqarish,   o'z   imkoniyatlarini   amalga   oshirishning   ftindamental
ehtiyojlariga tayanadi.
O'yin   ijtimoiy   tajribalarni   o'zlashtirish   va   qayta   yaratishga   yo'nalgan
vaziyatlarda,   faoliyat   turi   sifatida   belgilanadi   va   unda   shaxsning   o'z   xulqini
boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N.   Uznadzening   ta'rificha,   o'yin   shaxsga   xos   bo'lgan   ichki   immanent
psixik (ruhiy) xulq shaklidir.
L.S.   Vigodskiy   o'yinni   bolaning   ichki   ijtimoiy   dunyosi,   ijtimoiy
buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.
A.N.   Leontev   o'yinga   shaxsning   xayolotdagi   amalga   oshirib   bo'lmaydigan
qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar   ta'kidlaydilarki,   o'yinga   kirishib   ketish   qobiliyati   kishi   yoshiga
bog’liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o'yin o'ziga xos bo'ladi.
O'yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag’ishlangan bo'ladi.
    Ular quyidagilar.
               maftunkorlik;
       kommunikativlik;
       o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
       davolovchilik;
       tashxis;
       millatlararo muloqot;
       ijtimoiylashuv.
Pedagogik o'yinlar
1. O'yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteriga —
«ijod maydoni»ga ega bo'ladi. O'yin   uchun   hissiy   ko'tarinkilik   xosdir.   U   o'zaro   kurash,   musobaqalashish,
raqobat shaklida namoyon bo'ladi.
O'yinning   o'yin   mazmunini   aks   ettiruvchi,   uni   rivojlantirishning   mantiqiy   va
vaqtincha   izchilligini   ko'zda   tutgan   bevosita   tegishli   va   unga   nisbiy   aloqador
qoidalari bo'lishini ko'rsatadilar.
Tadqiqotchilar   nazariy   aspektda   o'yinga   faoliyat,   jarayon   va   o’qitish   metodi
sifatida qaraydilar.
O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish,
natijalarni   tahlil   qilishni   qamrab   oladi   va   bunda   shaxs   subekt   sifatida   o'z
imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi.
O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish shartlari,
shaxsning   o'zini   namoyon   qila   olishi,   o'z   imkoniyatlarini   amalga   oshirish
ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon  sifatida  o'yin   tuzilmasi   (G.K.  Selevko  ta'biricha)  quyidagilarni  qamrab
oladi:
- o'ynash uchun olingan rollar;
 - bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
-predmetlarni, ya'ni haqiqiy narsalarni shartli, o'yin narsalari o'rnida qo’llash;
-o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
-   (o'yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mavnun) — ijro sohasi.
O'yindan tushunchalar, mavzu va hatto o’quv predmeti bo'limini o'zlashtirishda
o’qitish   metodi   va   mustaqil   texnologiya   sifatida   foydalaniladi.   O'yin   bilish   va
uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O'yinlar   turli   maqsadlaiga   yo'naltirilgan   bo'ladi.   Ular   didaktik,   taibiyaviy,
faoliyatni   rivojlantiruvchi   va   ijtimoiylashuv   maqsadlarida   qo’llaniladi.
O'yinning   didaktik   maqsadi   bilimlar   doirasi,   bilish   faoliyati,   amaliy
faoliyatda   bilim,   malaka   va   ko'nikmalarni   qo’llash,   umumta'lim   malaka   va
ko'nikmalarini rivojlantirish, mehnat ko'nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga
qaratilgan bo'ladi. O'yinning   tarbiyaviy   maqsadi   mustaqillik,   irodani   tarbiyalash,   muayyan
yondashuvlar,   nuqtai   nazarlar,   ma'naviy,   estetik   va   dunyoqarashni
shakllantirishdagi   hamkorlikni,   kollektivizmni,   jamoaga   kirishib   keta   olishni,
kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi.
Faoliyatni   rivojlantiruvchi   o'yinlar   diqqat,   xotira,   nutq,   tafakkur,   qiyoslash
malakasi,   o'xshashini   topish,   faraz,   xayol,   ijodiy   qobiliyat,   empatiya,   refleksiya,
optimal   yechimni   topa   olish,   o’quv   faoliyatmi   motivatsiyalashni   rivojlantirishga
qaratilgan bo'ladi.
Ijtimoiylashuv   o'yinlari   jamiyatning   me'yorlari   va   qadriyatlariga   jalb
qilinish,   muhit   sharoitlariga   ko'nikish,   ehtiroslarni   nazorat   qilish,   o'z-o'zini
boshqarish, muloqotga o'rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi.
Pedagogikaga   oid   adabiyotlarda   pedagogik   o'yin   degan   tushuncha   mavjud.
Pedagogik   jarayonni   tashkil   etishning   bir   qator   metodlari   va   usullari   hamda   turli
shakldagi   pedagogik   o'yinlar   «o'yinli   pedagogik   texnologiyalar»ni   tashkil   etadi.
Pedagogik o'yinda ta'limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo'yiladi. Pedagogik
o'yinlar   asosida   talabalarni   o’quv   faoliyatiga   yo'llovchi   o'yinli   usullar   va
vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi.
G.K.   Selevko   tomonidan   pedagogik   o'yinlar   tasnifi   va   uni   amalga
pshirishning asosiy yo'nalishlari ishlab chiqilgan.
Pedagogik o'yinlar quyidagi asosiy yo'nalishlarda bo'ladi:
      didaktik maqsad o'yinli vazifa shaklida qo'yiladi;
      o’quv faoliyati o'yin qoidalariga bo'ysunadi;
      o’quv materialidan o'yin vositasi sifatida foydalaniladi;
      o’quv   jarayoniga   didaktik   vazifa   o'yinga   aylantirilgan   tarzda
musobaqalashish unsurlari kiritiladi;
      didaktik   vazifaning   muvaffaqiyatli   bajarilishi   o'yin   natijalari   bilan
boglanadi.
3.   O’quv   vaziyatini   modellashtirish   bo'yicha   tadbirkorlik   o'yinlarini
tayyorlashda   murakkab   amaliy   vazifalarni   (muammolarni)   echishga   qaratilgan kasbiy faoliyat mazmuni tanlanadi. Bunda mos vazifalarni tahlil qilib chiqish, uni
echishda   ishtirok   etadigan   rahbarlar   va   ijrochilarni,   ularning   vazifalari,   o'zaro
munosabatlari   tartibi,   vazifani   samarali   echishning   ibtidosi   bosqichlari   va
me'yorlari, unga kerak bo'ladigan texnik vositalar, me'yoriy, ehtiyoj (spravochnik),
metodik va boshqa manbalarni aniqlash zarur.
Oliy   maktab   amaliyotida   tadbirkorlik   o'yinlari ga   alohida   ahamiyat
beriladi.Tadbirkorlik o'yinlari nazariyasi umuman boshqa o'yin faoliyati nazariyasi
bilan   bevosita   bog’langan.   Tadbirkorlik   o'yinlari   mashqur   psixologlar   L.S.
Vigodskiy,   A.N.   Leontev,   P.Ya.   Galperinlarning   islilarida   nazariy   asoslangan.
Tadbirkorlik   o'yinlari   o'z   xarakteriga   ko'ra   insonning   shaxsiy   xislatlarini
shakllantirishning amaldagi vositasi hisoblanadi.
Tadbirkorlik o'yinlari bilish va o’qitishning vositasi sifatida XX asrning 20-
yillarida   gurkirab   rivojlandi.   Tadbirkorlik   o'yinlariga   ta q lidiy   (imitasion)   o'yinlar
bilishning vositasi  sifatida asos bo'ldi. Taqlidiy o'yinlarga o'z navbatida harbiy va
harbiy-siyosiy o'yinlar asos bo'lgan.
A.A.   Verbiskiy   tadbirkorlik   o'yinlariga   o’qitishning   ishoraviy-kontekst
shakllari   sifatida   qaraydi.   Uning   fikricha,   tadbirkorlik   o'yinlarida   mashq   qilish
faoliyati va bo'lajak kasbiy faoliyat model yoki uning prototipi, qaysidir suniy va
tabiiy   tizim   sifatida   o'zaro   nisbatlanadi.   Shu   tufayli   tadbirkorlik   o'yinlari   kasbiy
faoliyatning   ishoraviy   modellari   sifatida   belgilanadi,   uning   konteksti   (mazmuni)
ishora   vositalari,   ya'ni   tabiiy   tilni   ham   hisobga   olgan   modellashtirish,   taqlid
(imitatsiya) va aloqa yordamida beriladi.
A.A.   Verbiskiy   oliy   o’quv   yurtining   vazifasini   bunday   o’qitishda,   ya'ni
talabanibir   etakchi   faoliyatini   (o’quv)dan   boshqa(kasbiy)   tipgafaoliyatning
predmeti,   motivi,   maqsadi,   vositasi,   usul   va   natijalarini   maqsadga   muvofiq
yo'naltirilgan (o'zlashtirilgan) holda o'tkazishni ta'minlash deb biladi.
Tadbirkorlik o'yini yangi texnologiya sifatida mohiyatan quyidagilarni bildiradi:
      ishlab chiqarish imitasion modeli  sifatida ta q dim etilgan o’quv material
mazmunining izchilligi;       o'yinli   o’quv   modelida   kelgusidagi   kasbiy   faoliyati   tarkibiy   qismlarini
yaratish;
      o’quv jarayoni tarzini bilimlarga ehtiyojlarni tug’dirish va ularni amalda
qo’llashning real sharoitlariga yaqinlashtirish;
      o'zinning ta 'limiy va larbiyaviy samaradorligi yigindisi;
      o'yinni olib boruvchi o’qituvchining talabalar faoliyatini tashkil etish va
boshqarishidan   talabalarning   o'z   hatti-harakatlarini   tashkil   etish   va
boshqarishga o'tishini ta'minlashi.
A.S.   va   G.F.   Arbenevlar   tadqiqotlarida   tadbirkorlik   o'yini   mutaxassisning
evristik   tafakkurini   rivojlantirishning   samarali   metodlaridan   bin
sifatida     baholanadi.
Atyukov   fikricha,   har   qanday   o'yin   qay   tarzda   loyihalashtirilishidan   qat’i
nazar ularning har biri quyidagi talablarni bajarishi lozim:     kasbiy doira imitasiyasi
yaxlitligi. Bunda o'yin imitasiyasiga taalluqli bo'lgan tuzilma va jarayonlar asosiy
voqelikni aks ettiruvchi umumiy syujet yoki asosiy mavzuga ega bo'lishi lozim;
      mustaqil tashkil etishga yo'nalganligi;
      o’qitishning muammoliligi;
      metodologik, psixologik va texnik jihatdan ta'minlanganligi.
Tashkiliy o'yin aslida tobora takomillashib boruvchi o’qitishni ta'minlashi kerak.
Shu   maqsadda   unda   faoliyat   rivojlanishining   to’liq   davriyligi   imitatsiyasi   amalga
oshiriladi,   ya'ni   qandaydir   vaziyat   yechimiga   bo'lgan   yondashuvdan   topilgan
yechimning umumlashtirilgan     bahosiga o'tiladi.   A.A. Tyukov o'yin davriyligining
quyidagi bosqichlarini qayd qiladi:  
-   vaziyatni   va muammolashtirishni   tahlil  qilish  asnosida   o'yinning asosiy   syujet
mavzusi bo'yicha o'yin ishtirokchisining sermahsul mustaqil ijodiy ishi.
- amaliy guruhlarning ish natijalarini umumiy tanqidiy muhokama qilish;
 - o'yin jarayoni va ishtirokchilar hatti-harakatlarini reflektiv tahlil qilish;
      yechimni tashkil etish bosqichi. Ya.S.   Ginzburg   va   N.M.   Koryak   o'yinning   quyidagi   sotsial-psixologik
xususiyatlarini farqilaydi:
    -   guruh xarakteri;
      - yaratuvchilik, shartlilik;
-       ramziylik, utilitar bo'lmaslik xarakteri;
    -   belgisizlik (mav h umlik), tar q l anu vchanlik xususiyati
Tadbirkorlik   o'yinini   tayyorlashning   sotsial-psixologik   muammolariga
quyidagilar kiradi:
    -   ishtirokchilarni tanlash;
  -     rollarni ta q simlash;
  -   o'yin rahbarini ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash;
    -   ijtimoiy psixologiya bo'yicha umumnazariy bilimlarni egallash;
    -   nazariy bilimlarini amalda   q o'lllay olish;
  -     shaxsiy tayyorgarlik.
Tadbirkorlik o'yinlarining bir necha modifikatsiyalari mavjud:
Imitatsion o'yinlar.   Bunday o'yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va
uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish
bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o'tkazish va b;), faoliyat holati
va shartlari andoza qilib olinishi ham mumkin.
Stsenariyda   bunday   o'yin   tuzilmasi   to'la   yozib   chiqiladi   va   imitasiya
qilinadigan ob’ektlar va jarayonlar belgilanadi.
Operatsion   (vo q eiy)   o'yinlar .   Bunday   o'yinlarda   aniq   o'ziga   xos   voqea-
hodisaning   bajarilishi   mashq   qilinadi.   Operatsion   o'yinlar   ish   jarayoniga   xos
modellashtiriladi.
Rol   ijro   etish   o'yinlari .   Unda   konkret   shaxsning   hulqi,   hatti-harakati,   o'z
vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.
Tadbirkorlik   teatri .   Bunda   qandaydir   vaziyat   va   undagi   kishining   xulqi
o'ynaladi.   Bu   o'yinning   asosiy   vazifasi   turli   holatlarda   mo'ljalni   to’g’ri     baholay olishni   o'rgatish,   o'zining   xulqiga   to’g’ri     baho   berish,   boshqa   kishilarning
imkoniyatlarini     baholay olish va ular bilan muloqot o'rnata olishga o'rgatishdir.
Psixodrama   va   sosiodrama .   Bu   ham   o'ziga   xos   «teatr»,   lekin   ijtimoiy
psixologik   maqsadni   ko'zlaydi:   Uning   asosiy   maqsadi   jamoada   vaziyatni   his   qila
olish, boshqa kishining holatini o'zgartirish va unga     baho berish, u bilan samarali
muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.
Tadbirkorlik   o'yinlari   texnologiyasi.   Bu   texnologiya   tayyorgarlik   davrini
ham   o'z   ichiga   oladi.   U   stsenariyni   yozib   chiqish,   vaziyat   va   ob’ektlarni   shartli
belgilar   asosida   tasvirlashdan   boshlanadi.   Stsenariy   mashg’ulotning   o’quv
maqsadi,   o'rganilayotgan   muammoning   tavsifi,   qo’yilgan   vazifani   asoslash,
o'yinning   rejasi,   vaziyatning   mazmuni   va   qatnashuvchi   shaxslarning   tavsiftni   o'z
ichiga oladi.
O'yinga   kirishish .   Bu   bosqichda   ish   rejimi   aniqlanadi,   mashg’ulotning   bosh
maqsadi shakllantiriladi, muammoni qo’yish va vaziyatni tanlash asoslanadi.
O'tkazish   bosqichi .   U   o'yin   jarayonidir.   O'yin   boshlangach,   hech   kim   unga
aralashmaydi va uning borishini o'zgartira olmaydi. O'yinni faqat uni boshqaruvchi
tuzatib borishi mumkin.
Tahlil   bosqichi .   O'yin   natijalari   muhokama   qilinadi   va     baholanadi.   Bu
bosqichda   ekspertlarning   fikrlari   eshitiladi.   O'zaro   fikr   almashinib   bo'lingach,
talabalar o'z hatti-harakatlari va xulosalarini himoya qiladilar.
Shunday   qilib,   tadbirkorlik   va   evristik   o'yinlar   bo'lg’usi   mutaxassisning   ilmiy-
ijodiy tajribalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Adabiyotlar.
1.A:  Pedagogy and Practice: Teaching and Learning in Secondary Schools. 
Q:1.   Mirziyoyev   Sh.M.   tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib-intizom   va   shaxsiy
javobgarlik-har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo’lishi   kerak.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil
istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi.
//Xalq so’zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11

Ta’limning innovasion shakllari: amaliy o’yinlar Reja: 1.O'yin texnologiyasi 2. Didaktik o'yinlarni tashkil etish tamoyillari. 3. Didaktik o'yinlarni turlari (psixotexnik, rolli). Rolli va ishbilarmon o'yinlar.

O'yin xonalari bir nechta funktsiyalarni bajaradi: ko'ngilochar, terapevtik, diagnostik, ijtimoiy. O'yin davomida o'quvchilar erkin rivojlanish faoliyati bilan shug'ullanadilar, nafaqat natijadan, balki jarayondan ham zavqlanadilar va ta'sir qiladilar. O'quv jarayonida o'yin kengroq texnologiya elementi, darsning bir qismi yoki sinfdan tashqari mashg'ulotlar sifatida ishlatiladi. Pedagogik o'yin aniq shakllantirilgan maqsadga ega bo'lib, u o'yin vazifasi shaklida taqdim etiladi, o'yinning barcha ishtirokchilari oldindan tayyorlangan va e'lon qilingan qoidalarga bo'ysunadilar. Amaliy o’yinlar. Dastlab “o’yin” tushunchasining mohiyatini anglab olish talab etiladi. Zamonaviy sharoitda ta’lim amaliyotida amaliy-innovasion xarakterga ega o’yinlardan samarali foydalanilmoqda. O’yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitasiyalash (ko’chirish, taqlid qilish) asosida o’zlashtirish shakli sanaladi Amaliy o’yinlar – muayyan amaliy harakatlarning tashkil etilishini imitasiyalash imkoniyatini beradigan o’yinlar. Ta’lim amaliyotida qo’llaniladigan amaliy o’yinlar o’z-o’zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko’p holatlarda “didaktik o’yinlar” deb yuritiladi. Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o’yin subyekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o’qish bilan birga o’yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’yinlar vositasida katta avlod tomonidan to’plangan hayotiy tajriba, o’zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan. O’yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o’yinlar qadimqadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo’lib kelmoqda. Bevosita o’yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va

estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola o’yin faoliyatida o’qish va mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulg’aygan sari o’yinning roli biroz kamayib boradi. O’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi” Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o’yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruksiyali o’yinlar ularni o’ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o’rgatadi. “O’yin inson hayotining hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini belgilovchi yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat o’yinda va o’yin orqali bola voqyelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-harakatlarini bilib oladi”. Tarixiy taraqqiyot jarayonida o’yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham alohida o’rin egallashga muvaffaq bo’lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga ko’maklashadigan o’yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan. Zamonaviy pedagogikada o’yinlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning o’quv- bilish faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi tarzda qo’llaniladi: - tushuncha, mavzu va alohida bo’lim mohiyatini o’zlashtirishda alohida texnologiya sifatida; - pedagogik texnologiyalarning elementi sifatida; - o’quv mashg’uloti shakli yoki uning bir qismi sifatida; - sinf (auditoriya)dan tashqari ishlardan biri (“Zakovat”, “Bilimon”, “Huquq fani bilimdoni” va b.) sifatida O’yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum ko’nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o’yin davomida shakllanishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda o’yin texnologiyalaridan foydalanishda o’qituvchi pedagogik vazifalarini ssenariyda aniq ifodalay olishi zarur. O’yin faoliyatining psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, o’zining hayotda o’rnini belgilash, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi. O’yin ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va qayta yaratishga yo’nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda o’yin jarayonida shaxsning

o’z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. O’quv faoliyatining asosiy motivi – bu o’quv-bilish motivi bo’lsa, o’quv faoliyatining eng muhim motivasiyasi esa talabada o’zi tanlangan va asoslarini o’zlashtirayotgan kasbga bo’lgan qiziqishi sanaladi. Talaba o’quv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko’nikmalaridan hissiy jihatdan qoniqa olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda o’qitish jarayonida o’yinli texnologiyalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. O’yinli texnologiyalari, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o’stiradi. Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o’yinlar o’yin texnologiyalari deb nomlanadi. O’yin texnologiyalari (o’yin ta’limi) – ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirishning barcha ko’rinishlari: bilim, ko’nikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo’naltirilgan shartli o’quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo’naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri . O’yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqyelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko’nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va b.) sifatida turli rollarni bajarish talaba (o’quvchi)larga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi. O’quv mashg’ulotlaridan o’yinlar va o’yinli vaziyatlarni qo’llash quyidagi asosiy yo’nalishlarda amalga oshiriladi: - didaktik maqsad talabalar oldiga o’yinli topshiriq shaklida qo’yiladi; - o’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysundiriladi; - didaktik o’quv materialdan o’yin vositasi sifatida foydalaniladi; - o’quv faoliyatida didaktik vazifani o’yin vazifasiga aylantiruvchi musobaqa elementi qo’llaniladi; - muvaffaqiyatli bajarilgan didaktik topshiriq o’yin natijasi sanaladi. O’quv jarayonida o’yin texnologiyalarining o’rni, roli, shuningdek, o’yin elementlari hamda ta’limning o’zaro uyg’unligi ko’p jihatdan

o’qituvchi tomonidan pedagogik o’yinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Aksariyat pedagogik o’yinlar o’zida quyidagi belgilarni namoyon qiladi Pedagogik o’yinlarning asosiy belgilari Talabaning xohishiga ko’ra tanlangan erkin rivojlantiruvchi faoliyat ekanligi Ushbu faoliyatning ijodiy, avvaldan tayyorlanmagan, juda faol xarakteri Faoliyatning hissiy ko’tarinkiligi, raqobatga asoslanishi Bilvosita va bevosita qoidalarning mavjudligi Har qanday o’yinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan o’yinlar ham o’zining aniq maqsadi va natijasiga ega bo’ladi. Ta’lim muassasalarida ko’p holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega ishbilarmonlik o’yinlarian foydalaniladi. Muhimi pedagogik maqsadlarda qo’llaniladigan o’yinli texnologiyalarining asosini talabalarning faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi. Pedagogik o’yinlar yangi o’quv materialini o’zlashtirish, mustahkamlash, talabaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik ko’nikma, malakalarini shakllantirish kabi masalalarni yechishga qaratiladi. Ular yordamida talabalar turli holatlardan o’quv materialini tushunish, uning negizida ma’lum ko’nikma, malaka va sifatni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ayni o’rinda o’yin metodikasiga ko’ra guruhlangan o’yin texnologiyalarining mohiyati xususida so’z yuritiladi. 1. Didaktik o’yinlar – o’rganilayotgan obyekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan o’quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o’yinlar o’quvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o’qish ko’nikmalarini faol o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi o’yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli psixologik zo’riqishlarni kamaytiradi. 2. Syujetli o’yinlar – pedagogik voqyelik, hodisalar bayonining muayyan izchilligi va unda ishtirok etayotgan shaxslar faoliyatining o’zaro bog’liqligiga asoslangan o’yinlar sanaladi. Bu kabi o’yinlar odatda pedagogik muammolarning