SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI REJA 1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasi va uning mazmuni. 2. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy talablari va turlari. 3. Ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish. 4. Ta’limning uch bosqichli modeli (chaqiriq, anglash, fikrlash). 5. Tanqidiy fikrlash asoslari. 6. Muammoli ta’lim, uning asosiy vazifalari. 7. Muammo va muammoli vaziyat. 8. Muammoli vaziyat turlari. 9. Muammoli ta’limda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. 10. Muammoli o‘qitishning darajalari. 11. Pedagogik muammoni qo‘yish va hal etish bosqichlari. 12. Muammoli ta’lim texnologiyalari.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim Mamlakatimizning ta’lim sohasidagi asosiy hujjatlarida pedagogik texnologiyalarni yaratish va joriy etish kadrlar tayyorlash tizimida fanning asosiy vazifasi etib belgilangan. O‘qitish jarayoni o‘quv jarayoni texnologik tayyorgarligining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun «texnologiya»ni o‘qitish jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyaning vazifasidan biri hisoblanadi. O‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash, o‘qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. Oliy ta’limda ana’anaviy o‘qitish texnologiyasi o‘zining qator xususiyatlariga ko‘ra zamonaviy ta’lim ehtiyojlariga tobora zid bo‘lib bormoqda. Chunki mazkur o‘qitish texnologiyasida pedagogning talabaga munosabati avtoritar xarakterga ega, ya’ni ta’lim jarayonida u yagona subyekt sifatida namoyon bo‘ladi, talabalar esa faqatgina obyekt vazifasini bajaradi, xolos. Boshqacha qilib aytganda, avtoritar o‘qitish texnologiyasida talabaning tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo‘qoladi, o‘qitish majburiy yo‘sinda amalga oshiriladi. Bundan farqli o‘laroq shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda talaba ta’limning milliy modeli mohiyatiga ko‘ra pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobgachiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi. O‘quvchining o‘z-o‘zini bilishi, shaxsining o‘ziga xosligi, uning rivojlanish darajasi, kelgusidagi orzu-maqsadlariga zrishish uchun qilayotgan xatti-harakatlari zamirida puxta bilim olish, ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlanish mujassam. Uning qiziqishlari, fantaziyasi aniq maqsad sari yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z manfaatlarini fanlardan Davlat ta’lim standartlari talablari asosida nafaqat minimal darajadagi balki, maksimal darajadagi bilimlarni egallash bilan himoya qilishga qodir bo‘lishi mumkin. Buning uchun esa, o‘qituvchilar tomonidan ularning intilish va qiziqishlarini rag‘batlantirib borish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv orqali ta’lim jarayonini amalga oshirishda o‘quvchining bilim olish jarayonini o‘z ichiga olgan, o‘qituvchi – o‘quvchi – o‘qituvchi munosabati hamkorligi va erkin tanlash prinsipi uni tanlagan sohasi bilan shug‘ullanishdan zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi. Pedagog olimlar tomonidan ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, u quyidagilardan iborat: shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim; hamkorlik pedagogikasi; – adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi; o‘yin texnologiyasi; rivojlangan o‘qitish texnologiyasi; muammoli o‘qitish texnologiyasi; differensial o‘qitish; individual o‘qitish texnologiyasi. Ushbu yo‘nalishlarning har birida ta’lim o‘kuvchi shaxsining qiziqishi, qobiliyati, imkoniyati va shart-sharoitlari e’tiborga olinib tashkil etiladi. Ayniqsa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda o‘quvchida mustaqil fikrlash orqali muammoli vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urg‘u beriladi. O‘qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o‘quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o‘qitish samaradorligi, asosan, o‘quvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda o‘qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan. Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo‘ladi, o‘quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o‘quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo Ya.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika Шахсга йўналтирилган таълим деганда, биз кўпроқ ўқувчиларнинг шахсий манфаатлари, эҳтиёжларини назарда тутамиз. Бунда таълимнинг мазмуни ўқувчи шахсининг қизиқишларига мос равишда йўналтирилиши, унинг қизиқишлари ва лаёқатини қўллаб-қувватлаш бош мақсад қилиб олинади.
tamoyillariga asoslangan o‘qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan o‘quvchilar sinfni (guruhni) tashkil etadi: Sinf (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi; Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi; O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi. An’anaviy o‘qitish asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashti rishga qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi. An’anaviy o‘qitish asosini, Ya.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi: ilmiylik; tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi); uzviylik va tizimlilik; o‘zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga); mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …) onglilik va faollik; nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi; yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish. An’anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi, o‘qitishning tushuntiruv-ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish. An’anaviy o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: o‘quvchi bu hali to‘la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs. Mumtoz an’anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma’ruzaviy usuli va kitob bilan mustaqil ishlashni o‘z ichiga oladi (didaxografiya). Zamonaviy an’anaviy o‘qitishesa, o‘qitishning texnik vositalarini qo‘llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda, o‘quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va
jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o‘rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan, o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim. Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko‘ra rivojlanganroq bo‘ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha (XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur’atlarda amalga oshar edi. Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda Ya.A.Komenskiyning o‘qitishning avtoritar texnologiyasi, an’anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi), fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur’atlarda rivojla nayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan bu davrda, o‘qitishning an’ana viy tizimi (shu jumladan zamonaviy an’anaviy o‘qitish) o‘z umrini oxiri ga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish sur’ati oldingilardan ko‘ra ancha yuqori bo‘lganligi sababli, o‘qitishning an’anaviy tizimi, rivojlanishga to‘sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarining yetarliligi samarali individual va mustaqil o‘qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O‘qitishni jadallashtirish maqsadida, pedagogning o‘quvchiga bo‘lgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi zarur. O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos bo‘ladi: insonparvarliq ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz kechish; hamkorliq ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tengliq sheriklik; erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunika - tiv asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi. Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi: pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi; har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi; yuqori etik qadriyatlar (saxiyliq muhabbat, mehnatsevarliq vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi. Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish, o‘quvchining erkin tanlab olish huquqi; xatoga yo‘l qo‘yish huquqi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi pedagog va o‘quvchilar munosabati zayli: taqiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish. Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan zo‘ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir.
Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo‘ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi. Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi: ishonchga asoslangan erkin talabchanlik; o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish; o‘quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish; jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash. Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv fanidan o‘quvchiga emas, o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi. Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat: o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish; shaxsning yaxshi xislatlarini izlash; shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish. Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi: har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak. bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymasliq qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermasliq uning nafsoniyatiga tegmaslik. pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘zqobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish. Oliy, o‘r ta maxsus va kasbiy ta’lim tizimi uchun, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: