logo

Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simsiz tarmoq texnologiyalari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

66.419921875 KB
Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simsiz tarmoq
texnologiyalari, IEEE 802 ( 802.15,802.16) standartlari, mobil tarmoqlarining
standartlari, mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni
loyihalash dasturlari.
REJA:
1.Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. 
2.Simsiz tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 ( 802.15,802.16) standartlari.
3.Mobil tarmoqlarining standartlari Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va simsiz tarmoq
texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) standartlari
Mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari
Kompyuter   tarmoqlarining   standart   texnologiyalari.   Simli   va   simsiz   tarmoq
texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) standartlari
Kompyuter   (hisoblash)   tarmogi   –   bu   aloqa   kanallari   orqali   yagona   tizimga
boglangan kompyuter va terminallar majmuasidir.
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan xududiy taminlanishi jixatidan
tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintakaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar
farqlanadi.
  Qo’llaniladigan   dasturiy   taminot   nuqtai   nazaridan   tarmoq   tuzilishining   ikki   xil
asosiy tamoyili joriy etilgan.
    Birinchi   tamoyilda   tarmoqning   dasturlashtirilgan   taminoti   ko’pgina
foydalanuvchilarga   xamma   kirishi   mumkin   bo’lgan   bosh   kompyuter   resurslarini
taqdim etishga mo’ljallangan. U ‘fayl-server’ deb yuritiladi. Bosh kompyuterning
asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki
malumotlarga   ega   fayllar   bo’lishi   mumkin.   Fayl-server   -   bu   serverning   eng
umumiy turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi kompyuterdagidan ko’p bo’lishi
kerak, chunki undan ko’pgina kompyuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha
fayl   -   serverlar   bo’lishi   mumkin.   Tarmoqdan   foydalanuvchilarning   birgalikda
foydalanishiga taqdim etiladigan
fayl-serverning   boshqa   tur   serverlarini   sanab   o’tish   mumkin.   Masalan:   printer,
modem,   faksimil   aloqa   uchun   qurilma.   Fayl-server   resurslarini   boshqaruvchi   va
ko’pgina   tarmoq   foydalanuvchilari   uchun   ruxsat   beruvchi   dasturiy   taminoti
tarmoqning   operatsion   tizimi   deb   ataladi.   Uning   asosiy   qismi   fayl-serverda
joylashadi;   ishchi   stantsiyada   faqat   resurs   va   fayl-server   orasidan   murojaat
qilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo’lmagan
qobiq joylashtiriladi.
Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy taminoti
resurslardan   jamoa   bo’lib   foydalanishgagina   mo’ljallanib   qolmay,   ularni qaytaishlash   va   foydalanuvchi   talabiga   kura   resurslarni   joylashtirishga
mo’ljallangan.   “Klient-server”   arxitekturalar   dasturi   tizimi   ikkita   bo’linmadan
iborat:   Serverning   dasturiy   taminoti   va   foydalanuvchi   -   mijozning   dasturiy
taminoti.   Bu   tizimlar   ishi   quyidagicha   tashkil   qilinadi:   mijoz-dasturlar
foydalanuvchining   kompyuterida   bajariladi   va   umumiy   kirish   kompyuterida
ishlaydigan   dastur   -   serverga   so’rov   jo’natiladi.   Malumotlarning   asosiy   kismini
qayta   ishlash   kuchli   server   tomonidan   amalga   oshiriladi,   foydalanuvchi
kompyuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari yuboriladi. 
Malumotlar   bazasi   serverlari   katta   xajmdagi   malumotlar   (bir   necha   10
Gigabayt   va   undan   ko’p)   bilan   ishlashga   mo’ljallangan.   Global   tarmoqlari
ilovalarida   klient-server   arxitekturasi   (malum   manoda)   asosiy   sanaladi.   Katta
matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni taminlovchi mashxur Web-serverlari,
FTD-serverlari, elektron pochta serverlari va boshqalar malum. 
Sanab   o’tilgan   xizmat   turlarining   mijoz   dasturlari   ushbu   serverlar   tomonidan
xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob olish uchun so’rash imkonini beradi.
      Tarmoqda   axborotni   ishlab   chiqaruvchi   va   undan   foydalanuvchi   ob’yektlar
tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar
kompleksi,   ishlab   chiqarish   robotlari   va   boshqalar   bolishi   mumkin.   Axborotlarni
territorial   joylashuviga   kora   kompyuter   tarmoqlarini   uchta   asosiy   sinfga   bo`lish
mumkin:   global   tarmoqlor,   regional   (mintaqaviy)   tarmoqlar,   lokal   (mahalliy)
tarmoqlar.
Global   kompyuter   tarmoqlari   turli   mamlakatlarda,   turli   qitalarda   joylashgan
abonentlarni   birlashtiradi.Abonentlar   orasida   aloqa   bunday   tarmoqlarda   telefon
aloqa liniyalarda,radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
      Mintaqaviy   kompyuter   tarmoqlari   bir-biridan   ancha   uzokda   joylashgan   biror
mintaqaga   tegishli   abonentlarni   birlashtiradi.   Masalan,   biror   shahar   ichidagi   yoki
iqtisodiy   regionda   yoki   alohida   bir   mamlakatda   joylashgan   abonentlarni
birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal   (mahalliy)   tarmoq   kichik   bir   hududda   joylashgan   abonentlarni
birlashtiradi.   Bunday   tarmoq   odatda   aniq   bir   joyga   boglangan   boladi.   Masalan, biror   korxona   yoki   tashkilotga.   Mahalliy   tarmoqning   uzunligini   2-3   km   bilan
cheklanishi   mumkin.Global,   mintaqaviy   va   mahalliy   tarmoqlar   birlashmasi   kop
tarmoqli   ierarxiyani   tashkil   etish   imkonini   beradi.   Masalan,   Internet   kompyuter
tarmogi   keng   tarqalgan,   ommaviylashgan   global   kompyuter   tarmogidir.   Uning
tarkibiga   erkin   ravishda   birlashgan   tarmoqlar   kiradi.   Uning   nomining   ozi
«tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan.
Shuning   uchun   u   katta   imkoniyatlarga   ega.   Ozining   shaxsiy   kompyuteri   orqali
Internetning   ixtiyoriy   abonenti   axborotni   boshqa   shaharga   uzatishi,   Vashington
kongressi   kutubxonasidagi   adabiyotlar   katalogini   korib   chiqish,   Nyu-Yorkdagi
metropoliten   muzeyining   eng   songgi   korgazmasining   rasmlari   bilan   tanishib
chiqish,   tarmoqqa   ulangan   abonentlar   bilan   konferensiyada   yoki   o`yinda   ishtirok
etishi mumkin. Internetning asosiy tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil
etadi.
     Bunday tamoyillar asosida kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalarini
tavsiflash mumkin (2.1.-rasm).
              
2.1.-rasm. Tarmoqlar texnologiyalari tavsifi
                         Global tarmoqlar
Avvaliga   turli   hududlarda,   masalan   boshqa   shahar   va   davlatlarda   joylashgan
kompyuterlarni   birlashtiruvchi   global   tarmoqlar   vujudga   kelgan   (Wide   Area
Networks,   WAN).   Kompyuter   tarmoqlari   boshqa,   ancha   eski   va   keng   tarqalgan
telefon tarmoqlaridan ko’p xususiyatlarga ega edi.               IEEE   802.16   standarti   Telekommunikatsiyalar   sohasidagi   Yevropa
standartlashtirish   instituti   boshqaruvi   ostida   elektrotexnika   va   elektronika
muhandislari   institutida   ishlab   chiqilmoqda.   Bu   standart   «nuqta-ko‘p   nuqta»
topologiyali   keng   polosali   simli   aloqaning   tashkil   etilishini   tavsiflaydi   va
megapolis   (metropolitan   area   network   –   MAN)   masshtablaridagi   statsionar   simli
tar moqlarni yaratishga mo‘ljallangan. Aynan shuning uchun bu standart Wireless
MAN   deb   ham   ataladi.   Fizik   darajada   IEEE   802.16-2001   standarti   atigi   bitta
tashuvchini chastotadan (SingleCarrier – SC) foydalanishni ko‘zda tutadi. Shuning
uchun protokolning nomiga SC qo‘shila boshlandi, ya’ni WirelessMAN-SC. 10–66
GHz   chastotalar   diapazonida   aloqani   tashkil   etish   qisqa   to‘lqinlarning   kuchli
so‘nishi   tufayli   ko‘proq   signal   uzatkichi   va   qabullagichning   to‘g‘ri   ko‘rinishida
bo‘lishi mumkin. Wireless MAN-SC protokolining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
ham   shundan   iborat.   Shu   bilan   bir   vaqtda   bunday   chastotalar   diapazonining
ishlatilishi   (ya’ni   aynan   uzatkich   va   qabullagichning   to‘g‘ri   ko‘rinishi   talabi   va
qaytgan nurlarda ishlash  mumkin emasligi)  radioaloqaning asosiy  mummolaridan
biri   –  signalning   ko‘p  nurli   tarqalishidan   qochishga   imkon  beradi.   Bu   chastotalar
diapazonida   ishlatilishi   mumkin   bo‘lgan   aloqa   kanallari   chastotalari   polosasi
kengligi   yetarlicha   keng   (odatda,   25   yoki   28   Hz),   bu   yuqori   uzatish   tezliklariga
(120   Mbit/s   gacha)   erishishga   imkon   beradi.To‘g‘ri   ko‘rinish   zonasida   simsiz
tarmoqni   qurish   zarurati   shunga   olib   keldiki,   IEEE   802.16   standarti   qurilmalari
keng qo‘llanilmayapti. Ko‘zda tutildiki, u so‘nggi  mil  – kabelli  modemlar, xDSL
va   T1/E1   kanallar   uchun   an’anaviy   keng   polosali   yechimlarga   muqobil   bo‘ladi.
IEEE 802.16a standartning 802.16 standartdan asosiy farqi uzatkich va qabullagich
orasidagi   to‘g‘ri   ko‘rinishni   talab   qilmaydigan   boshqa   chastota   diapazonining
qo‘llanilishi bo‘ldi. Bunday simsiz tarmoqlarning qamrab olish
zonasi   IEEE   802.16   standarti   tarmoqlaridagiga   qaraganda   sezilarli   keng.
Ta’kidlash kerakki, 2–11 Hz chastotalar diapazonidan foydalanish fizik darajadagi
signallarni   kodlash   va   modulatsiyalash   texnikasining   prinsipial   qayta   ko‘rib
chiqilishini   ham   talab   qildi.   IEEE   802.16a/d   standartining   o‘ziga   xos
xususiyatlaridan   biri   to‘g‘ri   bo‘lmagan   ko‘rinish   zonalarida   ishlash   imkoniyati hisoblanadi.Bunga   kanallarning   multipleksli   chastota   bo‘yicha   ajratish
texnologiyasidan   (Orthogonal   Frequency   Division   Multiplexing   –   OFDM)
foydalanish   hisobiga   erishiladi,   u   signallarning   ko‘p   nurli   interferensiyasi   kabi
salbiy hodisalar bilan samarali kurashishga imkon beradi.
Ko‘p   nurli   tarqalishning   natijasi   qabul   qilinadigan   signal   shaklining   buzilishi
hisoblanadi.   Ko‘p   nurli   interferensiya   istalgan   turdagi   signallar   uchun   xarakterli,
lekin u ayniqsa keng polosali signallarga salbiy ta’sir qiladi. Bu shundan iboratki,
keng polosali signal ishlatilganida interferensiya natijasida ma’lum signallar sinfaz
(sinxron)   qo‘shiladi,   bu   signalning   ortishiga   olib   keladi,   ayrimlari   esa,   aksincha,
qarama-qarshi fazada qo‘shiladi, bu chastotada signalning kuchsizlanishini keltirib
chiqaradi.   Signalning   buzilishiga   simvollararo   interferensiya   eng   sezilarli   ta’sir
qiladi.   Chunki   simvol   bu   tashuvchining   chastotasi,   amplitudasi   va   fazasi
qiymatlarini xarakterlaydigan signalning diskret qiymati hisoblanadi, u holda turli
simvollar   uchun   signalning   amplitudasi   va   fazasi   o‘zgaradi,   demak,   dastlabki
signalni qayta tiklash juda qiyin bo‘ladi.
Ko‘p   nurli   tarqalish   samarasini   qisman   bo‘lsa-da   kompensatsiyalash   uchun
chastotaviy   ekvalayzerlar   qo‘llaniladi,   lekin   ma’lumotlarni   uzatish   tezligining
ortishi   bilan   yoki   simvolli   tezlikning   ortishi   yoki   kodlash   sxemasining
murakkablashtirilishi tufayli ekvalayzerlardan foydalanish samaradorligi pasayadi.
Natijada   yuqoriroq   uzatish   tezliklarida   uzatiladigan   ma’lumotlar   oqimi   ko‘plab
chastotalar   nimkanallari   bo‘yicha   taqsimlanadigan   va   uzatish   bu   barcha
nimkanallarda   parallel   olib   boriladigan   ma’lumotlarni   kodlash   usuli   qo‘llaniladi.
Bundan   ma’lumotlarni   yuqori   uzatish   tezligiga   aynan   barcha   kanallar   bo‘yicha
ma’lumotlarning bir vaqtda uzatilishi bilan erishiladi, alohida nimkanaldagi uzatish
tezligi   esa   yuqori   bo‘lmasligi   ham   mumkin.   Kanallar   chastota   bo‘yicha
ajratilganida alohida kanalning kengligi, bir tomondan, alohida kanal chegaralarida
signalning buzilishini minimallashtirish uchun yetarlicha tor, boshqa tomondan esa
talab qilinadigan uzatish tezligini oshirish uchun turlicha keng bo‘lishi zarur.
                Bundan   tashqari,   nimkanallarga   bo‘linadigan   kanalning   butun   polosasidan
tejamli foydalanish uchun chastotalar nimkanallari iloji boricha zich joylashtirilishi kerak,   lekin   bunda   kanallarning   bir-birlariga   to‘liq   mustaqil   bo‘lishini   ta’minlash
uchun   kanallararo   interferensiyadan   qochish   kerak.   Sanab   o‘tilgan   talablarni
qoniqtiradigan chastotalar kanallari ortogonal kanallar deyiladi. Barcha chastotalar
nimkanallarining   tashuvchilari   (aniqrog‘i,   bu   signallarni   tavsiflaydigan
funksiyalar)   bir-birlariga   ortogonal   bo‘ladi.   Muhimi,   chastotalar   nimkanallarining
o‘zlari   bir-birlarini   qisman   qoplasa-da,   tashuvchi   signallarning   ortogonalligi
kanallarning   bir-birlaridan   mustaqilligini,   demak,   kanallararo   interferensiyaning
bo‘lmas ligini kafolatlaydi .
Har   bir   IFFT   sanog‘i   fazaviy   (BPSK,   QPSK)   yoki   kvadraturali-amplitudaviy
(QAM16   yoki   QAM64)   modulatsiya   lanadigan   nimtashuvchi   hisoblanadi,   bu
ma’lumotlarni   uzatish   axborot   tezligini   oshirishga   imkon   beradi.   Bitli   oqimlarni
tashiydigan   nimtashuvchi   chastotalar   guruhi   OFDM   simvol   deyiladi.   OFDM
texnologiyasi   nafaqat   IEEE   802.16   protokolida,   masalan,   IEEE   802.11g
protokolida   ham   qo‘llaniladi,   lekin   IEEE   802.11g   protokoliga   qaraganda   IEEE
802.16   protokolida   ma’lumotlarning   uzatilishi   uchun   ishlatiladigan   chastotalar
polosasining tez moslashuvchan taqsimlanishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotlarni   uzatishda   xalaqitbardoshlikning   oshirilishi   uchun   IEEE   802.16
protokolida   Viterbi   algoritmi   bo‘yicha   dekodlanadigan   o‘rama   kodlar   va   Rid-
Solomon kodlari kabi an’anaviy texnologiyalar ishlatiladi. Bundan tashqari, IEEE
802.16e-2005   standartida   turbokodlash   kabi   zamonaviy   kodlash   usullaridan
foydalanish   ko‘zda   tutilgan.   Yakunda   IEEE   802.16   standartlarida   signalni
modulatsiyalash   usuli   bilan   farqlanadigan   uchta   turdagi   fizik   bog‘lanishlar
darajalari ajratilgan: – Wireless MAN-SC – bitta tashuvchi chastotali fizik daraja;
–   Wireless   MAN-OFDM   –   multiplekslashli   256   kanallarga   ortogonal   chastotaviy
bo‘lish.   Ma’lumotlarni   uzatish   muhitiga   ko‘p   tomonlama   ulanishning   ishlatilishi
vaqt   bo‘yicha   ajratish   (Time   Division   Multiple   Access   –   TDMA)   texnologiyasi
hisobiga   bo‘lib   o‘tadi;   –   Wireless   MAN-OFDMA   –   kanallarni   multiplekslashli
ortogonal   masshtablanadigan   chastota   bo‘yicha   bo‘lish   2048   ta   nimtashuvchi
chastotalarga bo‘lish ishlatiladi.           Ma’lumotlarni   uzatish   muhitiga   ko‘p   tomonlama   ulanish   bir   necha
nimtashuvchi   chastotalarni   bitta   uzatish   kanaligan   birlashtirish   va   uni   aniq   bir
foydalanuvchiga   ajratish   (OFD   Multiple   Access   –   OFDMA)   hisobiga   amalga
oshiriladi.Boshlanishidan   IEEE   802.16   standarti   ma’lumotlarni   uzatish   muhitiga
ulanishni   boshqarish   umumiy   protokoliga   (Medium   Access   Control   –   MAC)
asoslanadigan   radiointerfeyslar   to‘plami   sifatida,   lekin   spektrning   ishlatiladigan
qismiga   bog‘liq   bo‘lgan   fizik   darajaning   turli   spetsifikatsiyalarili   rivojlanishi
o‘ylangan.   Protokolning   MAC-darajasi   ham   yuqoriga   Up   Link-oqimda
(abonentdan   bazaviy   stansiyaga   oqim),   ham   pastga   Down   Linkoqimda   (bazaviy
stansiyadan   abonentga   oqim)   signallarni   yuqori   uzatish   tezliklariga   erishish
maqsadida   «nuqta-ko‘p   nuqta»   topologiyali   ulanish   tarmoqlari   uchun   ishlab
chiqildi.
Tuzilmasi   bo‘yicha   IEEE   802.16   standarti   tarmoqlari   an’anaviy   mobil   aloqa
tarmoqlariga   juda   o‘xshash.   Bu   yerda   ham   50   km   gacha   radiuslarda   ishlaydigan
bazaviy stansiyalar mavjud. Bazaviy stansiya abonent bilan ulanishi uchun binoda
o‘rnatiladigan   abonentlar   qurilmasi   zarur.   Bu   blokdan   signal   standart   Ethernet-
kabel   bo‘yicha   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   aniq   bir   kompyuterga,   IEEE   802.11   standarti
ulanish   nuqtasiga   yoki   Ethernet   standarti   lokal   simli   tarmog‘iga   uzatiladi.   IEEE
802.16 standarti tarmog‘idagi bitta bazaviy stansiya ko‘p sonli abonentlarga xizmat
ko‘rsatishi   va   ularga   turli   darajadagi   xizmatlarni   ko‘rsatishi   mumkin.   Masalan,
bitta bazaviy stansiya sektori T1 turdagi kanallar bo‘yicha (2 Mbit/s gacha tezlikli
ma’lumotlarni   uzatish)   ulangan   60   tadan   ortiq   korxonalarga   va   DSL   turdagi
kanallar   bo‘yicha   ulangan   100   tadan   ortiq   uylarga   bir   vaqtda   xizmat   ko‘rsatishi
mumkin. Odatdagi bazaviy stansiya oltitagacha sektorlarga ega bo‘ladi .
                                      Xulosa
IEEE   802.11  (Wireless  LAN)   «Wireless   Ethernet»  standartlari   oilasi  hisoblanadi.
WiMAX   ikkita   qayd   etilgan   va   mobil   versiyalarda   bo‘lishi   mumkin.   802.16   m
mobil   versiya   CDMA   va   GSM   texnologiyalarni   almashtirishi   mumkin.
To‘ldirilgan   802.16   d   va   802.16e   versiyalar   uy   uchun   mo‘ljallangan.   Wi-Fi
texnologiyasida   juda   ko‘p,   masalan,   802.11   a,   802.11   b,   802.11   g   va   802.11   n versiyalar mavjud. Wi-Fi  litsenziyalanmaydigan  spektrda ishlaydi, shuning uchun
turli kanallar bir-birlariga, shu jumladan, simsiz telefonlar ham juda xalaqit qiladi.
U nazorat qilinmaydigan muhitda, shu jumladan Bluetooth, ratsiyalar bilan, ba’zan
esa mikroto‘lqinli diapazonlarda ishlaydi. Ulanish nuqtasiga yaqin bo‘lgan qurilma
olisdagi   qurilmaga   qaraganda   katta   efir   vaqtini   oladi.   WiMAX   shunday   ishlab
chiqilganki, u litsenziyalarni talab qiladi.
Chastota va litsenziya sotib olinishi kerak. Bu chastotalar quvvatliroq va yuqoriroq
diapazonda.   Unda   nazorat   qilish   kuchli   va   boshqarilishi   yaxshi   bo‘lib,   kabel,
Internet va DSL uchun ishlatilishi mumkin.
Yangi   litsenziyalangan   diapazonlar,   masalan,   700   MHz   Wi-Fi   uchun   emas,   balki
WiMAX uchun qo‘llanilishi mumkin. WiMAX yanada ommalashadi, chunki u bu
chastotada   ishlaydi,   shu   bilan   bir   vaqtda   Wi-Fi   shu   sababli   o‘z   ommaviyligini
yo‘qotadi.
                       Asosiy ma’lumotlar:
1.   «WiMAX»   «Mikroto‘lqinli   ulanish   orqali   butun   dunyo   o‘zaro   ta’sirlashishi»ni
bildiradi, «Wi-Fi» esa «Wireless Fidelity» sifatida yoyiladi.
2. WiMAX katta masofalarda simsiz keng polosali aloqani ta’minlaydi, Wi-Fi esa,
asosan,   ofis   yoki   uy   chegaralaridagi   yaqin   simsiz   keng   polosali   aloqani
ta’minlaydi.
3. WiMAX nazorat qilinadi va litsenziyalangan diapazonni talab qiladi. Wi-Fi kam
nazorat   qilinadigan   sharoitlarda   ishlashi   mumkin,   u   litsenziyalanmaydigan
diapazonlarda ishlaydi. Bundan tashqari, oxirgi foydalanuvchilar qurilmalarni sotib
olishi kerak.
4.   WiMAX   bog‘lanishga   mo‘ljallangan   MAC-protokolni,   Wi-Fi   esa   CSMA/CA
protokol yoki bog‘lanish asosidagi aloqani ishlatadi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://www.coursehero.com/file/113731819/kompyuter-tarmoqlarining-
standart-tepptx/
2. https://fayllar.org/kompyuter-tarmoqlari.html
3. https://hozir.org/kompyuter-tarmoqlarining-standart-texnologiyalari-
simli-va-sim.html
4. https://www.researchgate.net/publication/
5. https://crabo.ru/uz/configuring-wi-fi/a-wireless-network-is-what-it-is-
wireless-local-area-networks-wireless-lans.html
6. https://uz.atomiyme.com/topologiyasi-nima-mahalliy-tarmoq-
topologiyasi-nimani-anglatadi/
7. https://norarite.ru/uz/internet/chto-takoe-globalnaya-set-opredelenie-i-
tipy-globalnyh-setei-chto/
8. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/xayot-faoliyati-xavfsizligi/
maxalliy-va-global-tarmoq-texnologiyalari
9. https://rgu.jageun.sitehttps://rgu.jageun.site/
10. https://lib.fbtuit.uz/assets/files/Sim_ken_pol_tex.pdf

Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simsiz tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 ( 802.15,802.16) standartlari, mobil tarmoqlarining standartlari, mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari. REJA: 1.Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. 2.Simsiz tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 ( 802.15,802.16) standartlari. 3.Mobil tarmoqlarining standartlari

Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va simsiz tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) standartlari Mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va simsiz tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) standartlari Kompyuter (hisoblash) tarmogi – bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga boglangan kompyuter va terminallar majmuasidir. Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan xududiy taminlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintakaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi. Qo’llaniladigan dasturiy taminot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan. Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan taminoti ko’pgina foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo’lgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U ‘fayl-server’ deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki malumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi kompyuterdagidan ko’p bo’lishi kerak, chunki undan ko’pgina kompyuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo’lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab o’tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy taminoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo’lmagan qobiq joylashtiriladi. Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy taminoti resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni

qaytaishlash va foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga mo’ljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo’linmadan iborat: Serverning dasturiy taminoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy taminoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida ishlaydigan dastur - serverga so’rov jo’natiladi. Malumotlarning asosiy kismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi kompyuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari yuboriladi. Malumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi malumotlar (bir necha 10 Gigabayt va undan ko’p) bilan ishlashga mo’ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi (malum manoda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni taminlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta serverlari va boshqalar malum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob olish uchun so’rash imkonini beradi. Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bolishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga kora kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda,radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga boglangan boladi. Masalan,

biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi mumkin.Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi kop tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmogi keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmogidir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining ozi «tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. Ozining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini korib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng songgi korgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Bunday tamoyillar asosida kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalarini tavsiflash mumkin (2.1.-rasm). 2.1.-rasm. Tarmoqlar texnologiyalari tavsifi Global tarmoqlar Avvaliga turli hududlarda, masalan boshqa shahar va davlatlarda joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar vujudga kelgan (Wide Area Networks, WAN). Kompyuter tarmoqlari boshqa, ancha eski va keng tarqalgan telefon tarmoqlaridan ko’p xususiyatlarga ega edi.

IEEE 802.16 standarti Telekommunikatsiyalar sohasidagi Yevropa standartlashtirish instituti boshqaruvi ostida elektrotexnika va elektronika muhandislari institutida ishlab chiqilmoqda. Bu standart «nuqta-ko‘p nuqta» topologiyali keng polosali simli aloqaning tashkil etilishini tavsiflaydi va megapolis (metropolitan area network – MAN) masshtablaridagi statsionar simli tar moqlarni yaratishga mo‘ljallangan. Aynan shuning uchun bu standart Wireless MAN deb ham ataladi. Fizik darajada IEEE 802.16-2001 standarti atigi bitta tashuvchini chastotadan (SingleCarrier – SC) foydalanishni ko‘zda tutadi. Shuning uchun protokolning nomiga SC qo‘shila boshlandi, ya’ni WirelessMAN-SC. 10–66 GHz chastotalar diapazonida aloqani tashkil etish qisqa to‘lqinlarning kuchli so‘nishi tufayli ko‘proq signal uzatkichi va qabullagichning to‘g‘ri ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Wireless MAN-SC protokolining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ham shundan iborat. Shu bilan bir vaqtda bunday chastotalar diapazonining ishlatilishi (ya’ni aynan uzatkich va qabullagichning to‘g‘ri ko‘rinishi talabi va qaytgan nurlarda ishlash mumkin emasligi) radioaloqaning asosiy mummolaridan biri – signalning ko‘p nurli tarqalishidan qochishga imkon beradi. Bu chastotalar diapazonida ishlatilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanallari chastotalari polosasi kengligi yetarlicha keng (odatda, 25 yoki 28 Hz), bu yuqori uzatish tezliklariga (120 Mbit/s gacha) erishishga imkon beradi.To‘g‘ri ko‘rinish zonasida simsiz tarmoqni qurish zarurati shunga olib keldiki, IEEE 802.16 standarti qurilmalari keng qo‘llanilmayapti. Ko‘zda tutildiki, u so‘nggi mil – kabelli modemlar, xDSL va T1/E1 kanallar uchun an’anaviy keng polosali yechimlarga muqobil bo‘ladi. IEEE 802.16a standartning 802.16 standartdan asosiy farqi uzatkich va qabullagich orasidagi to‘g‘ri ko‘rinishni talab qilmaydigan boshqa chastota diapazonining qo‘llanilishi bo‘ldi. Bunday simsiz tarmoqlarning qamrab olish zonasi IEEE 802.16 standarti tarmoqlaridagiga qaraganda sezilarli keng. Ta’kidlash kerakki, 2–11 Hz chastotalar diapazonidan foydalanish fizik darajadagi signallarni kodlash va modulatsiyalash texnikasining prinsipial qayta ko‘rib chiqilishini ham talab qildi. IEEE 802.16a/d standartining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri to‘g‘ri bo‘lmagan ko‘rinish zonalarida ishlash imkoniyati