Axborot tizimlari va texnologiyalari
Axborot tizimlari va texnologiyalari Mundarija: 1. Kirish 2. Axborot tizimi uning turlari va tarkibi 3. Axborot tizimlarining ta’minotlari 4. Axborot tizimlarini loyihalash 5. Axborot texnologiyalari 6. Axborot texnologiyalari asoslari 7. Axborot texnologiyalarining turlari 8. Axborot tizimlarining rivojlanish yo'nalishlari Kirish
XXI asmi informatikasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi axborotdir. «Axborot so'zi lotincha «information so'zidan olingan bo'lib, biror ish holati yoki ish faoliyati haqida ma'lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma'lumot, degan ma'noni anglatadi. Keng ma'noda axborot moddiy dunyaning u yoki bu tomont va unda sodir bo'layotgan jarayonlarni bildiradi. Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, ob'ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida izohlanadi.. Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea hodisalar to'g'risidagi hilimlarni oshirish yoki mafhumlikni soddalashtirish mezoni sifatida qo'llaniladi. Komp'yuterlami ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob'ekt sifatida foydalaniladı. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog'liq, lekin har qanday ma'lumot axborot bo lavermaydi. Hazirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi hırlarga ajratish mumkin: 1. Texnik axborot 2. Agrobiologik axborot 3. Siyosiy axborot 4. Huquqiy axborot 5. Iqtisodiy axborot va boshqalar
6. Axborotning turlari o'zaro bog'liq bo'lib, bir-birini to'ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, u axborot turlarining 80 foiz hajmini tashkil qiladi. Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega 1. Uzluksiz hosil bo'lish. 2. Harf raqamlarda ifodalanish. 3. Diskret xarakterdalik. 4. To plash, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi Axborot inson bilimini oshirish va ish faoliyatini takomillashtirish uchun foydalanadigan yangi ma'lumotlardir. Axborot xalq ho'jaligining barcha tarmoqlari iste'mol eruvchi zahira bo'lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi muhim ahamiyatga ega. Axborot fan va texnikani rejalashtirish natijalari haqidagi, fan va texnika ma'lumotlari bilimlarining yig'indisidir. Axborot resurslari alohida hujjaæ va alohida hujjatlar to'plami, axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar to'plamidir, O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to'g'risida»gi qonunining ikkinchi moddasida Axborot texnologiyasi va Axborot tizimi atamalariga quyidagicha ta'rif bertigan: -axborot texnologiyasi axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmuyi; -axborot tizimi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining axboromi to plash, saqlash izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jixatdan tartibga solingan majmuyi. Axborot atrof-muhit ob'ektlari va hodisalari, ulaming o'lchamlari, xosiyatlari va holatlari tug'risidagi ma'lumotlardir. Keng ma'noda axborot insonlar o'rtasida ma'lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o'rtasida signallar ayirboshlashni
ifoda etadigan umummilliy tushunchadir. Informatika fani mi axborotga hodisalar yoki ob'ektlar to'g'risidagi tasavvurlarimizni o'zgartiruvchi, o'zaro kontseptual bog'liq ma'lumotlar, ko'rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham keng qo'llaniladi. Komp'yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob'ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog'langan, lekin har qanday ma'lumot axborot bo'lavermaydi. Ma'lumotlarga u yoki bu sabablarga ko'ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlardan biror narsa to'g'risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug'ilsa, ma lumotlar axborotga aylanadi. SHuning uchun axborotni foydalaniladigan ma'lumotlar, deb atasa ham bo'laveradi. Masalan, qog'ozga telefon raqamlarini ma'lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko'rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma'lumot sifatida qabul qiladi. Biroq, ana shu har bir telefon raqami to'g'risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo'yilsa, avvalgi ma'lumot axbororga aylanadi. Ma'lumotlar . Axborot iste'molchiga etib bargunga qadar bir qator o'zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko'ra xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada axborot tushunchasi nisbatan cheklangan ma'lumotlar tushunchasi bilan almashtiriladi. SHuning uchun ham ma'lumotlarni axborotning kompyuterdagi tasviri deb aytish mumkin. Ma'lumotlar bir-biri bilan o'zaro in o'zaro bog'langan dalil va raqamlar, fikrlar to'plamini Ifodalaydi. Axborot
va ma'lumotlar o'rtasidagi farq ta'kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi. Iqtisodiy axborot axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir. Jamiyatning rivojlanish tarixida bir necha axborot inqiloblari ro'y berdi axborotni qayta ishlash sohasida tub o'zgarishlar sodir bo'lgant tufayli ijtimoiy munosabatlarda o'zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o'zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo'ldi. So'ngi axborot inqilobi yangi soha yangt bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog'liq axborot sanoatini oldingi safga olib chiqdi. Axborot texnologiyalari, ayniqsa, telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibly. qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi komp'yuter texnikasi va aloqal vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Axborot texnologiyasi (AT) ob'ekt, Jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma'lumotlar yig'ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang'ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. Telekommunikatsiya komp'yuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma'lumotlami masofadan uzatishdir. Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini komp'yuter texnikasi va komp'yuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Axborot jamiyati unda ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo Imish bilimlarni izlab topish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo'lgan Jamiyatdir.